O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” __________ A.YU.Umarov “KELISHILDI” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi _____________________ 202__ yil “___”___________ 202___ yil “_____”__________ Ro‘yhatga olindi: MD-5A110301-2.06.4 202__ - yil “ ____”_______________ ORGANIK SINTEZ FAN DASTURI Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Magistratura mutaxassisligi: 100000 – Gumanitar 110000 – Pedagogika 5A110301 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Kimyo) Toshkent - 2020 O‘quv yili Semetr ECTS - Kreditlar 2020-2021 2 2 Fan/modul turi Ta’lim tili Haftadagi dars soatlari Majburiy O‘zbek/ rus 2 Auditoriya Mustaqil Jami Fanning nomi mashg‘ulotlari ta’lim yuklama (soat) (soat) (soat) 1. Organik sintez 30 30 60 2. I. Fanning mazmuni Fanning maqsadi - organik kimyo sohasidagi nazariy bilimlarni, amaliy ko’nikmalar va olingan malakalarni mustahkamlash, chuqurlashtirish hamda kengaytirishdan iborat. Shu bilan birga, fanni o’qitishdan maqsad laboratoriya – amaliyot, fakultativ va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni olib bora oluvchi o’qituvchilarni tayyorlashdan ham iborat. Fanning vazifasi - magistrlarda maqsadga muvofiq organik sintezning zamonaviy usullarini tushunishni rivojlantirish; Ilgari organik kimyoning asosiy kursidan olingan bilimlarni kengaytirish; Organik birikmalarning turli usullar bilan sintez qilinishi ko’nikmalarini rivojlantirish; Magistrlar tarafidan organik sintezda eng ko’p qo’llaniladigan organik kimyoning zamonaviy metodlari va reagentlar haqidagi tasavvurlarning o’zlashtirilishiga erishish mutaxassisliklar uchun muhim ahamiyatga ega. II.Asosiy nazariy qism (laboratoriya mashg‘ulotlari) Laboratoriya mashg‘ulotlarga tavsiya etiladigan mavzular: Fan/modul kodi 1.Organik sintezga kirish, texnika xavfsizligi, eksperiment texnikasi. 2.Organik sintez usullari. 3.Alifatik qatorda va karbonil gruppasining uglerodi ishtirokida nukleofil almashinish reaktsiyalari . 4.Alifatik qatorda brometanni sintez qilish. 5.Etil bromid, etilastetat va astetilsalistil kislotasining sintezi. 6.Diazotirlash va azot kirituvchi boshqa reakstiyalar. 7.Element organik birikmalar va ularni organik sintezda ishlatilishi. 8.Magniy organik birikmalar sintezi 9.Alkogolyatlarni olinish reaksiyalari 10.Murakkab efirlarni olish reaksiyalari 11. Nitrobirikmalarni olish reaksiyalari 12. Sovunlar sintezi 13.Oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalari. 14.Karbonil birikmalarning kondensatsiya reaksiyalari. 15.Sanoat, tibbiyot va qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan organik birikmalar va ularni sintez qilish. III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Magistr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi : - darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish ; - tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish ; -avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash ; -yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish; -magistrning o’quv ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish ; -masofaviy ta’lim . Magistrga mustaqil tahlimning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol javob o’tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko’rsatiladi va o’xshash misollar yordamida tekshiriladi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari: 1.Organik birikmalarning klassifikastiyasi; kimyoviy bog’ turlari, organik kimyoda elektron va kvant-kimyoviy tasavvurlar; molekulada atomlarning o’zaro ta’sirlashish muammolari; o’tish zarrachalarining hosil bo’lishi va ularning barqa- rorligi; organik kimyoda reakstiyalarning klassifikastiyalanishi. Organik sintezning maqsadi va tendenstiyalari, uning prinstiplari va mukammallashtirish shartlari. Sintezlarning samaradorligi va mahsulotlarini tavsiflash. 2. Organik sintez usullari. Organik reakstiya, sintetik usul. Yo’naltirilgan sintez va uni rejalash- tirish. C-C bog’larni yig’ish (geterolitik sintez). Funkstional gruppalarni trans -formastiyalash. 3.Organik reakstiyalarning selektivligi (tanlovchanligi) muammolari. Organik sintezda asosiy va qo’shimcha mahsulotlar, ularni ajratish. Siklik strukturalarini sintez qilish usullari. 4. Alifatik qatorda va karbonil gruppasining uglerodi ishtirokida nukleofil almashinish reaktsiyalari.To’yingan (tetraedrik) uglerod atomi ishtirokidagi nukleofil almashinish reaktsiyalari: nukleofil almashinish reaktsiyalarining umumiy mexanizmi; mono molekulyar va bimolekulyar nukleofil almashinish reaktsiyalarining mexanizmlari. Nukleofil almashinish reaktsiyalarining tipiga ta’sir etuvchi omillar; alkilgalogenidlar ishtirokidagi nukleofil almashinish reaktsiyalari 5. Vilyamson bo’yicha oddiy efirlarni sintez qilish, galogennning aminogruppaga almashinishi, galogenlarning boshqa galogenlarga almashinishi, galogen- larning turli anionlarga almashinishi 6. Spirtlardagi gidroksil gruppasining nukleofil almashinish reaktsiyalari (galogenga almashinish, noorganik kislotalarning anionlariga almashinish, amino- gruppaga va alkoksianionga almashinish). 7. Alifatik qatorda asillash reaktsiyalari.Alifatik trigonal uglerod (sp2) atomi ishtirokidagi asillash reaktsiyalari: oksalat kislotaning dietil efiri, sirka kislotaning dietil efiri, ftal kislotaning dietil efirini sintez qilish usullari.Vilyamson reakstiyasi tipidagi reakstiyalar yordamida murakkab efirlarni olish; murakkab efirlarning gidrolizi. 8. Aminlash va amidlash reaksiyalari .Metilamin, dietilamin, glikakol, gippur kislota benzyl asitamid modda- larini sintez qilish usullari, almashinish reaktsiyalari. Almashinish reaksiyalarining umumiy sxemasi. Elektrofmil almashinish reaktsiyalari: elektrofil almashinish reaktsiyalarining mexanizmi. 9. Aromatik qatorda almashinish reaktsiyalari. Almashinish reaktsiyalarining umumiy sxemasi.Aromatik yadroda elektrofmil almashinish reaktsiyalari: elektrofil almashinish reaktsiyalarining mexanizmi; orientastiya qoidalari; rezonans strukturalar; nitrolash, sulfolash, galogenlash, alkillash, astillash reakstilari. Benzol halqasida nukleofil almashinish reaktsiyalari 10.Diazobirikmalarning tuzilishi; diazotirlash reakstiyasi; diazobirikmalarning kimyoviy xossalari (azot chiqishi bilan boradigan reakstiyalar, azot chiqmaydigan reakstiyalar); azobirikmalar. 11. Element organik birikmalar va ularni organik sintezda ishlatilishi. Malon efiridan malon kislota, fenol va salisil kislotani saloldan olish, 2,4dinitrohlorbenzol, n-N nitroasetaniliddan n-nitroanilinni sintez qilish usullari. 12. Oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalari.To’yingan uglevodorodlarning oksidlanishi reaktsiyalari; organik birikmalarning qo’sh bog’ bo’yicha oksidlanishi; spirtlarning oksidlanishi; karbonil birikmalarning oksidlanishi. Aromatik birikmalarning oksidlanishi; organik birikmalarning qo’sh bog’ bo’yicha qaytarilishi; spirtlarning qaytarilishi; karbonil gruppaning qaytarilishi; karbon kislotalar va ularning hosilalarining qaytarilishi; azot tutgan organik birikmalarning qaytarilishi. 13. Karbonil birikmalarning kondensatsiya reaksiyalari. Karbonil birikmalarning aldol va kroton kondensatsiyalari; aldegid va ketonlarning alifatik qator birikmalari bilan kondensatsiyasi; murakkab efirlar- ning kondensatsiya reakstilari 14. Tibbiyotda qo’llaniladigan organik birikmalar va ularni sintez qilish masalalari. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan organik birikmalar va ularni sintez qilish masalalari 15. Tabiy birikmalar- sintez qilish usullari. Benzoin kondensatsiyasi; to’yinmagan alifatik aldegidlarning aromatik aminlar bilan kondensatsiyasi; aromatik aldegid va angidridlarning aromatik aminlar va fenollar bilan kondensatsiyasi. 3 IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakillanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida magistr: - organik birikmalarning asosiy sinflariga taalluqli moddalarning kimyoviy xossalari, hamda organik birikmalarni olishning asosiy metodlari, tozalash va identifikastiya usullari haqidagi bilimlarga ega bo’lish; - laboratoriya asbob-uskunalarini, maxsus kimyoviy idishlarni, reaktivlarni to’g’ri ishlata olish, organik birikmalar sintezining rejasini to’g’ri tuza olish, sintez sharoitlarini tanlay olish, texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda sintezni o’tkaza olish bilimga; - reakstiya mexanizmlani, sodir bo’layotgan jarayonlarning mohiyatini tushunish; o’zlashtirgan bilimlarini organik birikmalar sintezidagi amaliy muammolarni tahlil qilish uchun, hamda pedagogik amaliyotda ham qo’llay olish ko’nikmasiga; - ajratib olingan moddalarning xossalarini o’rganish; - mustaqil ravishda tadqiqotlar olib borishga, eksperiment qo’yish; - ilmiy va professional masalalarni echish uchun informastion texnologiyalarni qo’llay olish; - laboratoriyadagi tadqiqotlar natijalariga baho bera olish va tahlil qila olishga tayyor bo’lish malakasiga ega bo’lishi lozim. 4. V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: laboratoriyalar; (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); interfaol keys-stadilar; guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. 5. VI. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. Organik sintez fanidan yozladigan mustaqil ishlari talabalarda ilmiy – metodik tadqiqot olib borish ko‘nikmasi va malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Mustaqil ishlari ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va referativ xarakterdagi mavzular bo‘yicha tayyorlanadi. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha taqdimot tayyorlab himoya qilishi zarur. 6. Asosiy adabiyotlar 1. Abdusamatob A. Organik kimyo , -Toshkent. - Talqin , -2005 2. Umarov V. Organik kimyo ,Toshkent. -Iqtisod – moliya. - 2007 3. Sobirov Z. Organik kimyo ,Toshkent. - 1999 Qo‘shimcha adabiyotlar 4. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. 5. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O‘zbekiston”, 2017. 6. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017y., 6-son,70-modda. 7. Mirziyoev SH.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. T.: “O‘zbekiston”, 2017. 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-T.: O‘zbekiston, 2014.-46 b. 9. Francis a.garey.and Richard j. advanced organic chemistry .5 th edition. USA. Springer science. 2007. 10. John Mc.Murrey Organic chimestry 2016 y. Printed in the United States of America 978 -1-305-63871-6. 11. G,H.Schmid “ORGANIK CHEMISTRY”, USA, 1996. P. 1-1208yu 12. X.C. Tojimuhammedov, X.M. Shohidoyatov. Organik birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyati. 1, 2-qism. Toshkent: O’qituvchi, 2001. 13. K.A.Axmedov, X.I.Yoldashev. Organik kimyo usullari. (darslik) Toshkent: Universitet. 1998 14. K.A.Axmedov, X.I.Yoldashev. Organik kimyo usullari. 2- qism( darslik) Toshkent, Universitet. 2003 15. Berezin B.D, Berezin D.B. Kurs sovremennoy organicheskoy ximii. M, Vыsshaya shkola, 2003 g, Berezin B.D. 768 s 16. Traven V.F. Organicheskaya ximiya v 2-x .M.,IKS “Akademkniga“ 2004 g.T.1 727s., T.2, 582 s. Axborot manbalari: 17. www. tdpu.uz 18.www.pedagog.uz 19.www.ziyonet.uz 20.www.edu.uz 21.tdpu-internet.ped. 22. www.chemistry.ru 23. www.labchem.ru Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 202 _-yil “____” _______ dagi _____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202__yil “____” _______dagi ____-sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan. 8. Fan/modul uchun ma’sul: N.I.Mamadalieva −Nizomiy nomidagi TDPU “Kimyo va uni o‘qitish metodikasi” katta o’qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha PhD 9. Taqrizchilar: I.T.Maxmudov− Qo‘qon DPI Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, f-m.f.n. M.T.Xonkeldiyeva − O’zRFA Bioorganik kimyo instituti etakchi ilmiy xodimi, kimyo fanlari bo’yicha PhD 7.
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )