O‘zlashma so‘zlar uslubiyati Reja: 1. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘ati tuzilishi. 2. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘atidan foydalanish. 3. O‘zlashma so‘zlarni aniqlash yo‘llari. 1. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘ati tuzilishi. Ma’lumki, tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan bevosita bog‘liq holda muntazam ravishda boyib boradi. Tilimizning boyishi va takomillashuvida tashqi manba, ya’ni o‘zlashma so‘zlar ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda o‘zbek tili leksik tarkibining taxminan yarmini arab, fors-tojik, yunon, lotin, rus, ingliz fransuz va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil qiladi. Qo‘lingizdagi ushbu Lug‘atda maktab, litsey va kollejlarning darsliklarida hamda o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari dasturiga kiritilgan adabiy, badiiy adabiyotlarda uchraydigan uch mingdan ortiq o‘zlashma so‘zning izohi berilgan bo‘lib, ulardan 34 % dan ortiqrog‘ini arabcha, 12% dan ko‘prog‘ini forstojikcha, qariyb 9 % ini yunoncha, 8 % ini lotincha, 5 % dan ko‘prog‘ini fransuzcha, salkam 5 % ini ruscha, 2 % dan ortiqrog‘ini inglizcha, qolganini esa turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida til lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring kabi so‘zlar ham mazkur Lug‘atda o‘z o‘rnini topdi. Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVARЬ INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanildi. Oquvchilar uchun o‘zbek tilida birinchi tajriba sifatida yaratilgan «O‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati»da ayrim kamchilik va nuqsonlarning bo‘lishi ehtimoldan xoli 2 emas, albatta. Biroq, umid qilamizki, ushbu Lug‘at ilm-u fan cho‘qqilarini zabt etishingizda, mukammal bilimga ega bo‘lishingizda sizlarga yaqindan yordam beradi va ma’lum darajada sizlarning ehtiyojlaringizni qondiradi, nutq madaniyatingizni yuksaltiradi, dunyoqarashingizni kengaytiradi hamda savodxonlik darajangizni oshiradi. Lug‘at maqolalarining tuzilishi Har bir maqolaning bosh so‘zlari Lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma‘lumotlar va belgilar, unga berilgam izohlar lu‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan bo‘lib, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning etimologiyasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan: VAJ [a vajh] … yoki ASTOYDIL [f-t az tahi dil]… Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib ominimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan: GAZ I [f-t] esk. 1 Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin. GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i. O‘zlashma so‘zlarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek 3 tilida urg‘u turg‘un bo‘lib, u asosan so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi. Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan: AKADÉMIK [r] … AKADEMÍK [r akademicheskiy] … Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan: RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika. Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (kopma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki kopma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning kelib chiqishiga oid ma’lumotlardan keyin uning qaysi turkumga oid ekanligi ham ko‘rsatilgan. Masalan: TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati. 2 ot. Ajablanish, hayronlik. 3 kirsh.s. Ajab, qiziq. O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Masalan: IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari 4 qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi. Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmadi. Lug‘atdan foydalanishdan avval shartli qisqartmalar bilan tanishib chiqish lozim bo‘ladi. Shartli qisqartmalar ro‘yxati geom. – geometriyaga oid atama a – arabcha goll – gollandcha ad. – adabiyotga oid atama harb. – harbiy atama anat. – anatomiyaga oid atama hind – hindcha astr. – astronomiyaga oid atama his. – hisob-kitobga oid so‘z arxit. – arxitekturaga oid atama ijob. – ijobiy munosabatni ifodalaydi ayn. – aynan ingl – inglizcha biol. – biologiyaga oid atama iqt. – iqtisodga oid atama bnk. – binokorlikka oid atama isp – ispancha bot. – botanikaga oid atama ital – italyancha bog‘. – bog‘dorchilikka oid atama kam qo‘ll. – kam qo‘llanadi dehq. – dehqonchilikka oid atama kim. – kimyoga oid atama din. – diniy so‘z kirish s. – kirish so‘z esk. – eskirgan so‘z kt. – kitobiy so‘z etn. – etnografiyaga oid atama ko‘m. – ko‘makchi fals. – falsafaga oid atama ko‘ch. – ko‘chma ma‘nodagi so‘z fiz. – fizikaga oid atama lot – lotincha fiziol. – fiziologiyaga oid atama folk. – folklorga oid so‘z man. – mantiqqa oid atama fr – fransuzcha mat. – matematikaga oid atama f-t – fors-tojikcha maxs. – maxsus atama geogr. – geografiyaga oid atama mex. – mexanikaga oid atama geol. – geologiyaga oid atama mif. – mifologiyaga oid atama 5 modal s.- modal so‘z shahm. – shahmatga oid so‘z mol.- moliyaga oid atama shev. – shevaga xos so‘z mus. – musiqiy atama she’r. – she’riy so‘z mo‘g‘– mo‘g‘ulcha sh.k. – shu kabi nafr. – nafratni ifodalaydi chex – chex tilidan nem – nemischa opt. – optikaga oid atama ped. – pedagogikaga oid atama pol – polyakcha psixol. – psixologiyaga oid atama r – ruscha rvsh – ravish salb. – salbiy munosabatni ifodalaydi sft – sifat siyos. – siyosiy atama snq son – sanoq son sport. – sportga oid atama s.t. – so‘zlashuv tilida so‘r. olmsh – so‘roq olmoshi tar. – tarixga oid atama, tarixiy so‘z tex. – texnikaga oid atama tib. – tibbiyotga oid atama tilsh. – tilshunoslikka oid atama und s.- undov so‘z va h.k. – va hokazo xit – xitoycha yun – yunoncha yur. – yuridik atama zool. – zoologiyaga oid atama 6 2. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘atidan foydalanish. --------------------- A -----------------------ABAD [a] 1 ot Mangulik, poyonsiz kelajak. | To abad – umrbod, hamisha, doimo. 2 rvsh Mangu, abadiy. ABADIY [a] Vaqt bilan chegaralanmagan, doimiy; mangu. ABAJUR [fr] Lampa qalpog‘i. ABAS [a] esk. kt. Foydasiz, behuda. ABBAT [lot] 1 Katolik erkaklar monastirining boshlig‘i. 2 Fransiyada: katoliklar ruhoniysi. ABGOR [f-t afgor] Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob. ABJAD [a] Qadimiy arab alifbosi sirasini esda saqlash uchun o‘ylab chiqarilgan sakkizta so‘zdan birinchisining va shu sakkiz so‘z majmuining nomi. ABLAH [a] 1 Qabih, yaramas, razil. 2 Be’mani, nodon. ABONEMENT [fr] Biror narsadan ma’lum bir muddat ichida foydalanish uchun berilgan hujjat. ABONENT [nem] Abonementdan foydalanuvchi, abonement egasi; obunachi. ABR [f-t] esk. kt. Bulut. ABSOLUTIZM [lot] Monarxiyaning bir ko‘rinishi, hokimiyat boshqaruvi bir shaxs qo‘lida bo‘lgan davlat tuzumi. ABZAL [f-t afzor] Ot-ulov uchun egar-jabduq. ABZAS [nem] 1 Xat boshi, satr boshi. 2 Ikkita xat boshi orasidagi matn. ADAB [a] Axloqiy tarbiya va uning me‘yorlari. ADABIY [a] 1 Badiiy adabiyotga oid. 2 Yozuvchilarga oid. 3 Adabiyot talablariga javob bera oladigan, madaniy hayotda omma tomonidan qabul etilgan. ADABIYOT [a] 1 Ma’lum xalqqa tegishli bo‘lgan badiiy, ilmiy va falsafiy asarlar majmui. 2 San’atning so‘zlar yordamida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohaga oid asarlar majmui. 3 Muayyan bir fan yoki sohaga oid asarlar. ADAD [a] 1 Donalab sanash mumkin bo‘lgan narsalarning miqdori. 2 7 Kitob, jurnal va sh.k.larning bosilib chiqqan nusxalari soni. ADAPTÁTSIYA [lot] Jonli mavjudotlar sezgi organlarining turli sharoitga moslashuvi. ADIB [a] Yozma asarlar yaratuvchi shaxs, yozuvchi. ADIL [a] 1 Tik, to‘ppa-to‘g‘ri. 2 Adolatli, odil. ADL [a] Adolat, haqiqat, to‘g‘rilik. ADLIYA [a] Sud organlari faoliyati. ADMIRAL [a amir al-bahr] Harbiy dengiz flotining oliy qo‘mondonlik tarkibiga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo‘lgan kishi. ADO [a] 1 Voqea-hodisa yoki harakatning oxiri. 2 Ishva, jilva, karashma. ADOLAT [a] Haqqoniylik, odillik, xolisona ish ko‘rish. ADOLATPARVAR [a+f-t] Adolat tarafdori, haqiqat uchun kurashuvchi, haqiqatgo‘y. ADOVAT [a] 1 Nizo, dushmanlik munosabati 2 Xusumat, kek. ADRAS [f-t] Ipak va paxta tolasidan tayyorlanadigan milliy gazlama. ADVOKAT [lot] 1 Ma’lum shaxsning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi mutaxassis, yurist. 2 Sudda ayblanuvchini oqlovchi. ADVOKATÚRA [lot] 1 Advokatlik ishi, faoliyati. 2 Shu soha xodimlari. ADYOL [r odeyalo] Jun yoki shu kabi qalin matolardan qilinadigan bir qavatli ko‘rpa. AERODINÁMIKA [r] Havo va gazlarning harakatini o‘rganadigan fan. AERODROM [r] Uchish apparatlari uchun zaruriy inshootlari bo‘lgan keng maydon. AEROFLOT [r] Havo floti, uchish apparatlari majmui. AEROPLAN [yun+fr] ayn. Samolyot. AEROPORT [r] Transport aviatsiyasining muntazam qatnovini ta’minlab turuvchi inshoot va muassasa. ÁFFIKS [lot] tilsh. O‘zaklarga qo‘shilib yangi so‘z yoki so‘zshakllarni yasash, turlash uchun hizmat qiladigan element; qo‘shimcha. 8 AFFRIKAT [r affrikata] tilsh. Ikki yoki undan ortiq elementdan iborat qorishiq tovush. AFÍSHA [fr] Spektakl, konsert, va sh.k.lar haqida ko‘rinarli joylarga yopishtiriladigan e’lon. AFORIZM [yun] Chuqur ma’noli, qisqa, ixcham ibora, hikmatli so‘z. AFSONA [f-t] 1 Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston. 2 ko‘ch. Asossiz gap, yolg‘onyashiq, uydirma. 3 ko‘ch. Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan, mislsiz narsa, ish. AFSUN [f-t] ayn. Jodu. AFSUNGAR [f-t] ayn. Jodugar. AFSUS [f-t] 1 O‘kinish, achinish tuyg‘usi, pushaymon. 2 kirish s. Attang, esiz. AFTODA [f-t] esk. 1 Notavon, nochor, abgor. 2 G‘am-anduh bilan yoki dard chekib ozib-to‘zib ketgan, ahvoli tang. AFV [a] Kechirim, uzr. AFYUN [a] 1 Ko‘knorining dumbul boshog‘idan olib quritilgan shira. 2 ko‘ch. Kishi ongini zaharlaydigan narsa. AFZAL [a] Yaxshi, a’lo, ortiq. AGAR [f-t] Shart bog‘lovchisi. AGENT [lot] 1 Tashkilot, muassasa va sh.k.larning manfaati uchun xizmat qiladigan shaxs. 2 Biror davlat razvedkasining maxfiy xodimi; voqeanavis, josus. AGENTÚRA [r] Maxfiy ma’lumotlar to‘plash va qo‘poruvchilik ishlari olib borish maqsadida uyushtirilgan josuslik xizmati. AGRAR [r agrarniy] Qishloq xo‘jaligi, xususan, yer-suvdan foydalanishga oid. AGRESSIV [r agressivniy] Agressiya siyosatini qo‘llovchi, tajovuzkor. AGRÉSSIYA [lot] O‘zga davlat yerlarini kuch bilan bosib olish, boshqa davlat mustaqilligiga tajovuz qilish, uni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram qilish, bosqinchilik. 9 AGROKIMYO [yun+a] O‘simliklarni o‘g‘itlash, oziqlantirish va kimyoviy yo‘l bilan zararkunandalardan saqlash to‘g‘risidagi fan. AGRONÓMIYA [yun] Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikka doir nazariy va amaliy bilimlar majmui. AGROTÉXNIKA [yun] Qishloq xo‘jaligiga oid ishlar majmui va ularni bajarish tizimi. AHAMIYAT [a] Kishilik hayotida,voqelikda tutgan o‘rin, qiymat; e’tibor. AHBOB [a] esk. kt. Do‘stlar, qadrdonlar. AHD [a] 1 Qat’iy so‘z, qaror, va’da, lafz. 2 Shartnoma, kelishuv, bitim. AHD-PAYMON [a+f-t] O‘zaro qat’iy kelishuv, va’da. AHIL [a] Bir yoqadan bosh chiqargan, bir jon-bir tan, totuv, inoq. AHL [a] 1Bir soha, kasb yoki doira odamlari. 2 Biror joyda istiqomat qiluvchi, yashovchi kishilar; aholi. 3 Qatnashchi. AHMOQ [a] Aqliy jihatdan cheklangan, tentak. AHOLI [a] Ma’lum joyda istiqomat qiluvchi odamlar majmui. AJABTOVUR [a+f-t] Qiziqarli, binoyiday. AJAM [a] 1 Arablardan boshqa xalqlar. 2 Shoshmaqom kuylaridan birining nomi. AJDAR [f-t] 1 Afsonaviy ulkan maxluq. 2 Janubiy Osiyo hududida tarqalgan uchar kaltakesak. AJDARGUL [f-t] ayn. Itog‘iz. AJDOD [a] Ota-bobolar. AJINA [a] 1 iloh. Alvasti, jin. 2 Kichkina ko‘rimsiz odam. AJNABIY [a] 1 Chet ellarga oid, xorijiy. 2 Chet ellik kishi. AJOYIB [a] 1 Hayratga soladigan darajada qiziq. 2 Qiziqarli. AJOYIBOT [a] G‘ayrioddiy voqea-hodisalar. AKADÉMIK [r] ot Fanlar akademiyasining a’zosi; Akademiya a’zoligiga saylangan olimning unvoni. AKADEMÍK [r akademicheskiy] sft 1 Akademiyaga oid. 2 | O‘quv yurtlarida: akademik yil – o‘quv yili, akademik soat – dars soati (45 yoki 80 10 daqiqa). AKADÉMIYA [yun] Ilm-fan yoki san’atni rivojlantirish maqsadida tuziladigan oliy ilmiy muassasa. AKÁTSIYA [yun] Dukkaklilar oilasiga mansub xushbo‘y gulli daraxt yoki buta. AKBAR [a] esk. kt. Katta, ulkan, buyuk. AKKORDEON [fr] Yelkaga osib chalinadigan klaviaturali musiqa asbobi. AKKROBÁTIKA [yun] Sport gimnastikasi va sirk san’atining murakkab turi. AKKUMULÁTOR [lot] Elektr yoki issiqlik energiyasini to‘playdigan asbob. AKOBIR [a] esk. kt. Yuqori martabali kishi. AKS I [a] 1 ot Narsaning silliq sathda ko‘ringan tasviri. 2 sft Qarama-qarshi, teskari. 3 Tutgan yerini kesadigan, gapga ko‘nmaydigan, o‘jar. AKSA [a] Dimog‘ qichishi natijasida o‘z-o‘zidan o‘pkadan keskin tovush bilan havo chiqishi. AKSAR [a] 1 Ko‘p qism, ko‘pchilik. 2 Ko‘pincha, ko‘p hollarda. AKSENT [lot] tilsh. 1 So‘z urg‘usi. 2 O‘zga tilda so‘zlaganda seziladigan talaffuz xususiyatlari. ÁKSIYA [fr] Aksiyadorlik jamiyati, jamg‘armasiga o‘z ulushini qo‘shgan hissadorlarga shu jamiyat ishida qatnashish va uning daromadlaridan foydalanish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz. AKT [lot] 1 Muhim voqea, hodisa, harakat. 2 Biror ishni tasdiqlovchi hujjat. AKTYOR [fr+r] Teatrda yoki kinoda rol bajaruvchi. AKÚLA [r] Dengiz hayvoni, katta yirtqich baliq. AKÚSTIKA [yun] 1 Fizikaning tovushlarni o‘rganadigan bo‘limi. 2 Biror binoda tovushlarning eshitilish xususiyatlari va imkoniyatlari. AKVAREL [fr] Suvda eritib ishlatiladigan bo‘yoq. ALAF [a] Yovvoyi o‘t. ALAM I [a]1 Jismoniy azob, og‘riq. 2 Ruhiy qiynalish, dard-hasrat, iztirob. 11 3 Qasos, o‘ch. 4 Qahr, g‘azab, nafrat. ALAM II [a] 1 esk. Bayroq, tug‘. 2 din. Ziyoratgoh joylardagi daraxtlarga biror niyat qilib bog‘lanadigan latta. ALAMZADA [a+f-t] Alamidan to‘yib, birovdan o‘ch olishga qasd qilgan. ALBÁTTA [a] modal s. 1 Fikrning qat’iyligini, bajarilishi aniqligini anglatadi. 2 kirish s. Shubhasiz, turgan gap. ALGÉBRA [a al jabr] Matematikaning bir bo‘limi. ALEBASTR [yun] Kukun shaklidagi pishirilgan oq gips. ALIFBO [a] Biror til yozuvining ma’lum tartibda joylashgan harflar to‘plami. ALLEGÓRIYA [yun] Mavhum tushunchalarni aniq obraz vositasi bilan ifodalash, majoz. ALLO [ingl hello] Telefon orqali so‘zlashganda «salom», «eshityapman», «eshityapsizmi» ma‘nolarida qo‘llanadigan so‘z. ALLOMA [a] kt. Ilm-fanning bir necha sohasini mukammal egallagan inson. ALMANAX [lot+a] Zamondosh mualliflarning asarlari to‘plami. ALÓE [yun] 1 Uzun bargli tropik va subtropik o‘simlik; sabur. 2 Shu o‘simlik shirasidan tayyorlanadigan dori. ALOMAT [a] 1 ot Shartli ravishda qo‘yilgan belgi, ishora. 2 ot Biror voqea, hodisa, vaziyat va shu k.lardan darak beruvchi belgi, nishona. 3 ot Ramz. 4 sft Ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan, ajoyib. 5 Kishini hayratga soladigan, ajablanarli. ALOQA [a] 1Kishilar, narsalar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 2 Tegishlilik, oidlik. 3 Masofadan turib bog‘lanish vositasi. ALPINIZM [lot] Tog‘ cho‘qqilariga chiqish sporti. ALUMÍNIY [lot] Kimyoviy unsur, kumush rangli yengil, qayishqoq metall. ALVIDO [a] und. s. Abadiy xayrlashuv, so‘ngso‘z. ALVON I [a] Sidirg‘a qizil ip gazlama. ALVON II [a] 1 Qizil. 2 Xilma-xil, turli-tuman. 12 AMAL [a] 1 Kundalik ish, faoliyat. 2 Mansab, lavozim. 3 Chora, iloj. 4 mat. Matematik hisob. AMALDOR [a+f-t] Yuqori mansab egasi. AMALIYOT [a] 1 Kundalik tajriba. 2 Ilmiy-nazariy xulosa, qoida va sh.k.larni hayotga tatbiq qilish, amalda qo‘llash; tajriba. AMBULATÓRIYA [lot] Qatnab davolanuvchilarga va uyda yotgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifoxona. AMFÍBIYA [yun] 1 zool. Suvda hamda quruqlikda yashash xususiyatiga ega umurtqali jonivor. 2 bot. Ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan o‘simlik. AMFITEATR [yun] 1 Qadimgi Yunonistonda va Italiyada: tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan, o‘rindiqlari zinapoya shaklida qurilgan ochiq bino. 2 Teatrlarda zalning zinapoya shaklida joylashgan o‘rindiqlari. AMIN I [a] faqat kesim vazifasida: Qat’iy ishongan. AMIN II [a] tar. 1 O‘rta Osiyo xonliklarida daha boshlig‘i yoki qishloq oqsoqoli. 2 Bozorlarda soliq undiruvchi. AMIR [a] tar. Buxoroda va ayrim musulmon mamlakatlarida: xonlik unvoni va shu unvon egasi. AMIRI [a+f-t] 1 Po‘chog‘i ko‘kish rangli, uzunchoq qovun navi. 2 Uzum navi. AMLOK [a] 1 Katta yer-mulk. 2 Umuman mulk, mol-dunyo. 3 tar. Buxoro xonligida: yer-mulkdan o‘lpon olish uchun ajratilgan ma’muriy hudud. AMLOKDOR [a+f-t] tar. 1 Katta yer egasi, zamindor. 2 O‘lpon soluvchi mansabdor. 3 Buxoro xonligida: tuman hokimi. AMMIAK [yun] Azot va vodorod birikmasidan iborat o‘tkir hidli rangsiz gaz. AMMÓNIY [lot] kim. Azot va vodoroddan iborat atomlar guruhi. AMORF [r amorfniy] 1 Kristall shakliga ega bo‘lmagan, kristallanmagan. 2 Ma’lum shaklga ega bo‘lmagan, uyushmagan. 13 AMORTIZÁTOR [fr+r] Urilish zarbini yumshatib turuvchi moslama. ÁMPER [fr] Elektr tokining o‘lchov birligi. AMPERMETR [fr+yun]Tok kuchini o‘lchaydigan asbob. AMPLITÚDA [lot] fiz. Tebranuvchi jismning tebranish kengligi. ÁMPULA [lot] Naychasimon shisha idish. AMR I [a] 1 Buyruq, farmoyish. 2 Izn, ixtiyor. AMR II [a] esk. kt. ayn. Ish. AMYÓBA [yun] Bir hujayrali eng sodda jonivor. ANABIOZ [yun] biol. Ba’zi bir tirik organizmlarda hayot jarayonining vaqtinchalik sekinlashuvi yoki to‘xtab qolishi. ANALITIK [yun] Tahliliy usulga asoslangan. ANÁRXIYA [yun] 1 siyos. Har qanday davlat hokimiyatini, barcha qonunqoidalarni va axloq-odob me’yorlarini inkor etish, hokimiyatsizlik. 2 ko‘ch. Beboshlik, tartibsizlik. ANARXIZM [yun] Mayda burjua reaksion ijtimoiy-siyosiy oqimi. ANATÓMIYA [yun] Tirik organizmlarning tuzilishi to‘g‘risidagi fan. ANBAR [a] Mumsimon xushbo‘y modda. ANBIYO [a] din. Nabiylar, payg‘ambarlar. ANDALIB [a] esk. kt. ayn. Bulbul. ANDAZA [f-t] 1 Kiyim, poyafzal va shu k. narsalarni bichish uchun tayyorlangan shakl. 2 ko‘ch. Tayyor qolip, namuna. ANDISHA [f-t] 1 Yuz-xotir, ehtiyotkorlik. 2 Umuman fikr, mulohaza. ANGÍNA [lot] Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishidan iborat kasallik. ANGISHVONA [f-t] Tikish qilishda asosan nomsiz barmoqqa kiydiriladigan metall qalpoqcha. ANILIN [a] kim. Zaharli rangsiz suyuqlik. ANJUMAN [f-t] 1 Yig‘in, majlis. 2 Bir davrda faoliyat ko‘rsatgan atoqli shaxslar guruhi. ÁNKER [goll] 1 Soat mexanizmining bir maromda yurib turishini 14 ta’minlaydigan qismi. 2 Mashina, uskuna, inshoot va sh. k.larning qismlarini biriktirishda ishlatiladigan detal. ANKÉTA [fr] Tegishli ma’lumot olish, to‘plash uchun belgilangan so‘roq varaqasi. ANNOTÁTSIYA [lot] Kitob, maqola va sh. k.larning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot. ANOD [yun] Musbat zaryadlangan elektrod; aksi katod. ANOMÁLIYA [yun] Me’yordan chetlashish, umumiy qonuniyatga xiloflik. ANONIM [r anonimniy] Muallifi noma’lum. ANONS [fr] Konsertlar va boshqa tomoshalar haqida oldindan qilingan e’lon. ANOR [f-t] 1 Qizil gulli buta. 2 Shu butaning mevasi. ANQO [a] mif. Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy katta qush (yo‘qlik ramzi). ANSAMBL [fr] 1 O‘zaro mos va uyg‘un qismlarining birikuvidan hosil bo‘lgan butunlik. 2 Butun jamoa bo‘lib tomosha ko‘rsatadigan artistlar guruhi. ANTÉNNA [lot] Elektromagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi moslama. ÁNTIK [r antichniy] Qadimgi Yunoniston yoki Rim ijtimoiy tuzumi, madaniy hayotiga oid bo‘lgan. ANTÓNIM [yun] tilsh. Ma’nosi biror so‘z ma’nosiga zid bo‘lgan so‘z. ANTROPOLÓGIYA [yun] Odamning biologik tabiatini o‘rganadigan fan. AN’ANA [a] Avloddan avlodga, ota-bobolardan bolalarga o‘tib kelgan urfodatlar, axloqiy me’yorlar, qarashlar, rasm-rusumlar. AÓRTA [yun] anat. O‘pkadan boshqa hamma organlarni qon bilan ta’minlab turuvchi eng katta tomir. APELSIN [goll] 1 Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt. 2 Shu daraxtning sarg‘ish shirin mevasi. APÓSTROF [yun] Tutuq belgisi. APPARAT [lot] 1 Muayyan bir ishni bajarish uchun xizmat qiladigan asbob, 15 moslama. 2 fiziol. Ma’lum vazifani bajaruvchi organlar majmui. 3 Boshqarma yoki xo‘jalikning biror sohasiga xizmat APPENDITSIT [lot] qiladigan muassasalar majmui. Ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. APPLIKÁTSIYA [lot] 1 Biror narsaga rang-barang gazlama yoki qog‘oz parchalari yopishtirib yoki tikib naqsh solish usuli. 2 Shu usul bilan solingan surat. APTÉKA [yun] Dori-darmon tayyorlanadigan, shuningdek, dorilar hamda tibbiyotga oid mollar sotiladigan muassasa. AQIDA [a] kt. 1 Ko‘r- ko‘rona ishonishga, e’tiqodga asoslangan dalilsiz va isbotsiz qoida. 2 Ishonch bilan aytilgan yoki qattiq ishonilgan fikr, mulohaza. AQIDAPARAST [a+f-t] salb. Aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonuvchi kishi. AQIQA [a] esk. Oilada chaqaloq tug‘ilganligi munosabati bilan beriladigan ziyofat. AQL [a] 1 Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati. 2 Zakovat darajasi; fahm- idrok, zehn, donishmandlik, yetuklik. 3 Es- hush, miya. 4 Mulohaza, maslahat. AQRAB [a] 1 Mezon bilan Qavs o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida sakkizinchi oy nomi. AR [lot] Yer o‘lchov birligi, yuz kvadrat metrga teng keladigan joy. ARAFA [a] 1 din. Hayit yoki bayramdan oldingi kun. 2 ko‘ch. Biror voqeadan oldingi vaqt. ARAVA [a] Ikki, uch yoki to‘rt g‘ildirakli oddiy transport vositasi. ARÁXIS [yun] ayn. Yer yong‘oq. ARBOB [a] 1 Fan, madaniyat sohasida yoki davlat ishida faoliyat ko‘rsatib tanilgan shaxs. 2 tar. Buxoro xonligida: mahalla boshlig‘i, ellikboshi yoki qishloq oqsoqoli. ÁRFA [nem] Torlari barmoqlar bilan chertib chalinadigan uchburchak shakldagi changsimon musiqa asbobi. ARIFMÉTIKA [yun] Matematikaning sodda xossalarni o‘rganadigan bo‘limi. 16 ÁRIYA [ital] Musiqa asboblari jo‘rligida bir kishi aytadigan vokal asar, qo‘shiq. ARJUMAND [f-t] esk. kt. Aziz, qadrli; qimmatli. ARK [f-t] tar. Poytaxtdagi qasr; xon yoki amir saroyining mustahkamlangan qismi va shuningdek saroyning o‘zi . ÁRKTIKA [yun] Yer sharining shimoliy qutb hududi. ARMATÚRA [lot] tex. 1 Apparat, mashina va sh.k.larning asosiy qismiga kirmaydigan yordamchi qismlari majmui. 2 Iinshootlarni mustahkamlash uchun ularning oralariga qo‘yilgan metall qismlar majmui. ÁRMIYA [lot] 1 Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2 Quruqlikdagi qurolli kuchlar. 3 Urushda bir yoki bir necha qo‘shin turlarining qo‘shilmasi. ARMON [f-t] Amalga oshmagan ish yoki orzu tufayli ko‘ngilda qolgan o‘kinch. ARMUG‘ON [f-t] kt. Sovg‘a, tortiq, tuhfa. ARSENAL [a] Qurol-aslaha ombori, qo‘rxona. ARTÉRIYA [yun] anat. Yurakdan tananing hamma organlariga qon tarqatuvchi tomir. ARTEZIAN [fr] Parmalab kovlangan va suvi o‘zi otilib chiqadigan quduq. ARTIKL [lot] Otlarning aniq yoki noaniqligini bildiruvchi grammatik ko‘rsatkich. ARTÍKUL [lot] Mahsulot turi. ARTIST [fr] 1 San’at asarlarini tomoshabinlar uchun ijro etuvchi. 2 ko‘ch. s.t. Biror sohada yuksak mahoratga ega bo‘lgan, havosini, hadisini olgan odam. ARUZ [a] ad. She’r tuzilishida uzun va qisqa bo‘g‘inlarning ma’lum tartibda almashib kelishiga asoslangan va Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan vazn sistemasi. ARVOH [a] 1 din. Odam bilan xudo o‘rtasida vositachi bo‘ladigan abadiy ruh. Marhumning g‘ayrimoddiy xayoliy sharpasi. ARXEOLÓGIYA [yun] Qadimiy madaniy yodgorliklar asosida xalqlarning tarixiy o‘tmishi va madaniyatini o‘rganuvchi fan. 17 ARXIPELAG [yun] Bir-biriga yaqin turgan dengiz orollari guruhi, orollar tizmasi. ARXITEKTÚRA [yun] Bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san’ati; me’morchilik. ARXIV [lot] 1 Eski hujjatlar, yozma yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus muassasa. 2 Muassasaning eski xujjatlar saqlanadigan bo‘limi. ARXIYEPÍSKOP [yun] Yepiskopdan quyi unvon va shu unvonga ega bo‘lgan ruhoniy. ARZ [a] Og‘zaki bayon etilgan shikoyat yoki iltimos. ARZANDA [f-t] 1 Orzu qilib yetishgan o‘g‘il yoki qiz. 2 Hammadan ortiq ko‘rilgan kishi, erka. ARZON [f-t] Bahosi, narxi past. ARSH [a] din. Xudoning taxti. ASAD [a] 1 astr. Saraton bilan Sunbula o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida beshinchi oy nomi. ASBEST [yun] O‘tga chidamli, kislota ta’sir qilmaydigan, issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydigan tolali mineral. ASBOB [a] 1 Biror ishni bajarish uchun maxsus qurol; ish quroli. 2 Biror maqsad uchun belgilangan moslama, buyum. 3 Musiqa asarini ijro etish uchun cholg‘u; soz. ASFALT [yun] 1 Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qoramtir smolasimon modda. 2 Yo‘lga yotqizilgan shunday modda qatlami. ASIL [a] 1 A’lo sifatli, eng yaxshi; toza, sof. 2 Qimmatbaho. 3 ko‘ch. Yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan; olijanob; haqiqiy; pok. ASILZODA [a+f-t] Yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak, zodagon. ASIR [a] 1 Dushman qo‘liga tushib, ozodlikdan mahrum etilgan kishi. 2 ko‘ch. Biror kimsa yoki narsaga berilib ketgan kishi; maftun; qul. ASKAR [a] 1 Harbiy xizmatchi. 2 Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki 18 ularning bir qismi; qo‘shin. ASKIYA [a azkiyo] So‘z o‘yiniga, qochiriqlarga asoslangan kulgu musobaqasi. ASL [a] 1 Haqiqiy hol; tub, negiz. 2 Dastlabgi hol. 3 Haqiqiy nusxa. 4 Kelib chiqish zoti. 5 sft Chin, chinakam. ASNO [a] kt. 1 Biror hodisa yoki harakat sodir bo‘layotgan payt, fursat. 2 Qisqa muddatli ikki voqea oralig‘i. ASO [a] kt. Hassa, suyanchiq. ASORAT I [a] Asirlik, tutqunlik. ASORAT II [a] Ta’sir, iz, belgi. ASOS [a] 1 Narsaning barcha qismlarini tutib turuvchi qismi, tayanchig‘i. 2 Narsa yoki hodisalarning negizi, poydevor. 3 (ko‘plikda) Bosh qoidalar, tamoyillar. 4 Dalil, isbot. 5 kim. Kislotalar bilan o‘zaro birikib tuz hosil qiladigan birikma. ASOSAN [a] rvsh 1 Umumiy tarzda, umuman olganda. 2 Binoan, ko‘ra. ASP [f-t] 1 Ot. 2 shahm. Ot shaklidagi sipoh. ASPEKT [lot] kt. Nuqtai nazar, qarash. ASPIRANTÚRA [lot] Oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tekshirish institutlarida fan nomzodi darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi. ASR I [a] 1 Yuz yil. 2 Davr, zamon. ASR II [a] Quyosh botishidan bir soatcha oldingi payt va shu paytda o‘qiladigan namoz. ASROR [a] kt. Sirlar. ASSALOMU ALAYKUM [a] ayn. Sizga tinchlik-omonlik tilayman; hol so‘rash, qutlash. ASSAMBLÉYA [fr] Xalqaro tashkilot a’zolarining yoki bir necha davlat vakillarining yalpi majlisi. ASSIMILÁTSIYA [lot] 1 biol. Tirik organizmlar tomonidan qabul qilingan moddalarning o‘zlashishi, singishi. 2 Bir xalqning boshqa xalq urf-odatlari, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib, birlashib ketishi. 3 tilsh. Nutqda so‘z tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’siri natijasida o‘zaro 19 muvofiqlashuvi. ASSISTENT [lot] 1 Biror ishni, masalan, xirurgik operatsiyani bajarishda asosiy ijrochiga yordam beruvchi shaxs. 2 Oliy o‘quv yurtlarida kichik o‘qituvchilik lavozimi. ASSOTSIÁTSIYA [lot] 1 Shaxslar yoki muassasalarning ma’lum ish olib borish uchun tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. 2 psixol. Miya-asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy tasavvurlar, fikrlar, tuyg‘ular orasidagi bog‘lanish va shunga asoslangan idrok. Qarindosh bo`lmagan tildan kirib kеlgan so`z o`zlashma, olinma yoki o`zlashma qatlam dеyiladi: kitob, daftar, non, ma’rifat, tеlеfon, komputеr. O`zbеk tilidagi o`zlashma so`zning asosiy qismini fors-tojik, arab tilidan o`zlashgan ham ruscha-baynalmilal (xalqaro) so`z tashkil qiladi. O`zbеk tilidagi fors-tojikcha so`zni fonеtik ko`rinishiga ko`ra o`zbеkcha so`zdan farqlash qiyin. Lеkin ayrim muhim bеlgisi mavjud: 1) sirg`aluvchi dj tovushi fors-tojikcha so`zda uchraydi: mujda, gijda, mujgon kabi; 2) so`z oxirida undosh qator kеladi: taxt, baxt, dard, go`sht, farzand, daraxt kabi; 3) o unlisi cho`zib aytiladi: non, darmon, bahor kabi. Lеkin buning barchasi ham asosiy bеlgi bo`lolmaydi. O`zbеk tilida arabcha o`zlashma ham talay. Uning muhim bеlgisi: 1) tutuq bеlgili so`z arab tiliga mansub (ruscha-baynalmilal (xalqaro) so`z mustasno); 2) ko`plik qo`shimchasi so`z oldida bo`ladi: xulq-axloq, shе’r-ash’or, xabar-axbor kabi. 3) -ot, -at, illo, ullo, iy, viy unsuri bilan tugagan so`z arab tiliga xos: axborot, hayvonot, nabotot, shaxsiyat, tabiat, Abdullo, adabiyot, oilaviy, ilmiy kabi; 4) arabcha so`z tarkibida g, dj, ch, p, ng tovushi uchramaydi; 5) so`z boshida -ik, -iq, -ak, -mu, -ma unsuri bo`ladi: ikrom, iqror, akram, muallim, maktab, mahorat kabi. O`zbеk tili lеksikasi tarkibi quyidagicha bo`lgan: Qatlam 1923- yil 1940- yil O`zbеkcha so`z 61 % 69 % Arabcha-forscha so`z 37,4 % 25 % 20 Ruscha-baynalmilal so`z 2% 25 % Eslatma Turkiylar ham boshqa tilga ko`plab so`z bеrgan. Masalan rus tiliga chugun, tovar, kirpich, utyug, aliy, bumaga, topor, yarlik, bara, karakuli, arik, djugara, xirman, dеngi, altin, izumrud, jеmchug, bazar, kazna, chulok, karman, tulup, sarafan, kaftan, yapancha, tyubеtеyka, xalat, kolbasa, kavardak, shurpa, plov, kumis, ayran, jir, arbuz, vishnya, uryuk, ayva, kumach, churеk, xalva, alcha, injir, Barsunov, Baskakov, Tolmachov, Turgеnev, Saltikov, Polivanov, Arakchеyеv, Chirikov, Saratov, yessеntuki, Bеrdichеv, Arbatskaya kabi so`zlarni. 21 Tavsiya еtiladigan asosiy adabiyotlar 1. Nе’matоv H. So‘z, uning til va nutqdagi o‘rni // O‘zbеk tili va adabiyoti. 1988, 6-sоn. 23-27 b. 2. Nе’matоv H., Bеgmatоv Е, Rasulоv R. Lеksik mikrоsistеma va uning tadqiq mеtоdikasi // O‘zbеk tili va adabiyoti. 1989. 6-sоn. 3. Nе’matоv H, Bоzоrоv О., Til va nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993.Б-3 4. Nе’matоv H, Rasulоv R. O‘zbеk tili sistеm lеksiоlоgiyasi asоslari. –T.: O‘qituvchi, 1995. -127b. 5. Nе’matоva G. O‘zbеk tilida o‘simlik nоmlari lеksеmalari: tizim va badiiy qo‘llanilishi. Filоl.fan.nоmz..diss.avtоrеf. -–T.: 1998. -21b. 6. Оrifjоnоva SH. O‘zbеk tilida lug‘aviy darajalanish. Filоl.fan.nоmz.diss.avtоrеf. -–T.:1996. -21 b. 7. Rasulоv R, Narziyеva M. Lеksikоlоgiyani o‘rganish.–T.:O‘qituvchi,1992. 8. Rahmatullaеv Sh. Sеmalar mustaqil til birligi. O‘zbеk tili va adabiyoti. 9. Rahmatullaеv Sh, Yunusоv R. Sеmеmalarning sеmalar sоstavi va sеmantik bоg‘lanishlar haqida// O‘zbеk tili va adabiyoti. 1974. 1-sоn.34.O‘zbеk tilining izоhli lug‘ati. 2-tоmli. 1-tоm [Z.Ma’rufоv tahriri оstida] -M.: Rus tili, 1981. -632 b. 10. O‘zbеk tilining izоhli lug‘ati, 2 tоmli, 2-tоm. Z.Ma’rufоv tahriri оstida -M.: Rus tili, 1981. 71-b. 11. Qilichеv B. O‘zbеk tilida pargоnоmiya. Filоl. fan. nоm. diss. avtоr.–T.:1997.120b. 22