Uploaded by Mister Hakimov

Tangachaqanotlilar va Tunlamlar Kurs ishi: Entomologiya

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO`JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR
INSTITUTI O’SIMLIKLAR HIMOYASI TUPROQSHUNOSLIK VA
AGROKIMYO FAKULTETI
« O`SIMLIKLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI
KARANTINI » KAFEDRASI
“UMUMIY ENTOMOLOGIYA”
Fanidan
Mavzu: Tangachaqanotlilar turkumini o’rganish. Tunlamlar
oilasi vakillari.
Bajardi: O`simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich, 33gurux talabasi
Polvonov Jamshidbek.
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana “____”
__________ 2022 y
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan
sana “___” __________ 2022 y
Kurs ishi himoya
qilingan sana “____”
___________ 2022 y
1KOMISSIYA A’ZOLARI:
____________________________
(imzo)
ANDIJON – 2022 y
Tangachaqanotlilar turkumini o’rganish. Tunlamlar oilasi
vakillari.
REJA
KIRISH
I. ADABIYOTLAR SHARHI
II. ASOSIY QISM
2.1 Tangachaqanotlilar turkumi haqida malumot.
2.2 Tangachaqanotlilar turkumi vakillarini tashqi tuzilishi
ko’payishi, oziqlanishi, morfalogiyasi.
2.3 Tunlamlar oilasiga kiruvchi kuzgi tunlam haqida malumot.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga
yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada
1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar,
toʻrqanotlilar,
kapalaklar,
burgalar,
termitlar,
qandalalar
kabi
34
turkumga
boʻlinadi.Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich
kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft
murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz
apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil
topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va
boshqalarga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor.Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr
xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon
buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani
qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi
chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra
shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa
koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan),
plevralardan (biqindan) tashkil topgan.
Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha,
koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning
oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11
boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm
qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil
topgan.H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish
(metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum,
lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi.
Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago
oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli boʻgʻin (avlod)larsoni,
mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan
belgilanadi.Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni
egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan.Koʻpchiligi yerda, qator turlari
suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan
oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda koʻp turlari
oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi.Oʻsimliklarni changlatish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham Hayvonning roli katta
(qarang Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar
qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H.
xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali Hashoratdan amaliyotda
foydalanish va zararkunanda Hashoratlarga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi
entomologiyasi fani oʻrganadi. Muhit harorati . abiotik faktoirlar ichida hayotiy muhit
sharoitni yaratishda iqllim faktorlarii –issiqlik , yorug’lik , namlik va havo harakati muhim
ro’l o’ynaydi .ayniqsa , Hasharotlar uchun isssiqlik termik factor katta ro’l o’ynaydi
Chunkinn hashoratlar sovuqqonli -poykliloterm organizmidir , yani doimiy haroratga ega
emas . Shuning uchun Hasharotlarning hayot funksiyasi , ularning hulqi o’sish tezligi ,
populyatsiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan aniqlanadi.Hasharotlar odatta 10-40C
o’rtasidagi issiqlikda harakatchan bo’ladi . harorat pasayganda Hasharotlar ovqatlanishdan
, so’ngra harakatlanishdan to’xtaydi, nobud bo'ladi. Xaroratning normadan ortiq ko’tarilishi
xam Hasharotlarga salbiy tasir ko’rsatadi.
Xarorat Hasharotlar jinsiy maxsulotoining yetilishiga ham tasir ko’rsatadi . suli shved
pashshasi g’umbakdan chiqqandan keyin 22C issiqlikda 10 kundan so’ng , 17C-14, 14C-36
va 4C da esa50 kundan so’ng tuxum qo’yadi.
O’simliklarning normal va erkin o’sishiga har xil kasalliklar, zararkunandalar va yovvoyi
o’tlar halag’it beradi.Hasharotlar va umurtg’ali mayda xayvonlar (aynig’sa, sichg’on,
kalamush
va
boshg’alar)
o’simliklarning
asosiy
zararkunandasi
hisoblanadi.Zararkunandalar keltiradigan zararning oldini olish va lozim bo’lganda kurash
choralari o’tkazish uchun tabiatdagi foydali va zararli turlarini bir-biridan farg’ g’ilish
lozim. Aynig’sa, hasharotlar orasida zararkunanda turlar juda ko’p, ularning kurinishi,
tuzilishi, hayot kechirishi va hatto, uchrash joylari ham bir-biridan farg’ g’iladi.Paxta
yetishtirish zonalarida uchraydigan hasharot turlari minglab hisoblanadi. Ularning ko’plari
g’ishlog’ va o’rmon xo’jaliklariga, bog’dorchilikka, chorvachilikka va kishilar sihat-
salomatligiga zarar keltirsa, ba‘zi turlari foyda keltirishi bilan ma‘lum ahamiyatga
egadir.O’zbekistonda g’o’zaga zarar yetkazuvchi hasharot turlari 100 dan ortadi,
bedazorlarda bo’lsa bundan ham ko’p tur uchraydi.SHuni ham eslatib o’tish kerakki, go’zabeda almashlab eg’iladigan maydonlar, boshg’a g’ishlog’ xo’jaliklari ekinlari eg’iladigan
yoki o’zlashtirilmagan yerlar bilan tutash bo’ladi. Shunday ekan, tevarak-atrofda targ’algan
hasharot turlari paxta maydonlarida ham uchraydi, deyishga hamma asoslar bor.G’o’za
zararkunandalariga g’arshi kurash, boshg’a ekinlar zararkunan-dalariga karshi kurash
demakdir.
Entomologiya - (yunoncha-entomon - hasharot, logos - fan) hasharotlarni o’rganuvchi fan
demakdir. Hozirgi zamon entomologiyasi biologiya fanining tez suratda rivojlanib
borayotgan bir tarmog’i hisoblanadi. Hozirgi vak;tda entomologiya g’ator mustag’il ilmiy
sohalarga - Umumiy entomologiya, g’ishlog’ xo’jaligi entomologiyasi, o’rmon
entomologiyasi, meditsina entomologiyasi va veterinariya entomologiyasiga bo’linadi.
Umumiy entomologiya nazariy fan bo’lib, ko’rsatilgan amaliy entomologiya sohalarining
Hasharot turlari tabiatda juda keng targ’algan va turlicha tuzilishga ega.. Hozirgi vag’tda
1,5 mln. ga yag’in hasharot turi borligi fanga ma‘lum.CHunki, har yili 7-8 minga g’adar
yangi turlar anig’lanib turadi. Sobig’; SSSRda 100 mingga yag’in hasharot turi borligi
taxmin etiladi.Har bir tur o’ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega. Hasharotlar tuzilishidagi
o’ziga xos belgilar ularning muhit sharoitga moslanish darajasi, tabiatda tutgan o’rnini va
kishilar uchun ahamiyati va boshg’alarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu
xususiyatlarni chug’urrog’ o’rganish zararkunanda xasharotlar tomonidan keltiriladigan
zararning o’z vag’tida oldini olish va foydalilarini sag’lab, ulardan foydalanish imkoniyatini
beradi.
Hasharotlar yetuk davriga g’adar bir necha marta o’zgarishga uchraydi. Hasharotlar
to’lig’siz va to’lig’ o’zgarish bilan rivojlanadi. Hasharotlar to’lig’siz o’zgarish _bilan
rivojlanganda ketma-ket uch faza (tuxum, lichinka va yetuk) ni o’taydi. Bu gruppa
hasharotlarning lichinkalari ust ko’rinishidan yetuk zotlariga o’shxaydi, fag’at ulardan
kichikligi va g’notlarining tarag’g’iy etmaganligi, burt bo’g’imlari mig’dori kamligi va yana
bir g’ator belgilari bilan farg’ g’iladi. Lichinka katta bo’lgan sari temir g’anotlar paydo
bo’lib, tana yiriklashadi, burt bo’g’imlarining mikdori ortib, umumiy gavda ko’rinishi
borgan sari yetuk zotiga o’xshab boradi. To’lig’siz o’zgarishli hasharotlarga chigirtkalar,
g’andalalar va shiralar misol bo’lishi mumkin.To’lig’ o’zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlar to’rtta rivojlanish fazasini: tuxum, lichinka,g’umbak va yetuk hasharot fazasini
o’taydi.Tuxumdan kemiruvchi og’iz apparatli va chuvalchangsimon lichinka ochib chig’adi.
U rivojlanib, yetuk zotga bir oz o’xshash, lekin harakatlanmaydigan g’umbakka aylanadi.
G’umbak esa kelgusida yetuk hasharotga aylanadi. To’lig’ o’zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlarga g’o’ng’izlar, kapalaklar, pashshalar, chivinlar, burgalar va parda g’anotlilar
kiradi. G’urtsimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga o’xshash bo’ladi.
Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo’lib, bosh g’ismi anig’ ajralgan, lekin uch
juft hag’ig’iy ko’krak oyog’laridan tashg’ari yana g’orincha g’ismida soxta oyog’lar deb
ataluvchi oyog’chalar ham bor. Bu oyog’chalar teri o’simtalaridan iborat, ular bo’g’imlarga
bo’linmaydi. Ular kapalak g’urtlarida 2-5 va arrakash (parda g’anotlilar) da 6-8 juftdir.
Kapalak lichinkalari g’urt, ularga o’xshash tuzilishdagi arrakash lichinkalari esa soxta g’urt
deb ataladi.G’umbaklar ustki tuzilishi jihatidan uch asosiy tipga ajratiladi.1.Yalang
g’umbak. Jild po’sti yo’g’, kelgusi yetuk zot tanao’simtalari (g’anot, oyog’ va boshg’alar)
ning belgilari anig’ ajralib tu-radi, g’o’ng’izlar, parda g’anotlilar va boshg’alar g’umbaklari
bunga mi-sol bo’la oladi.2.Parda g’umbak. Tanasi jild po’stli, tanaga yopishib o’rnashgan
kelgusi
g’anotlar,
oyog’lar,
burtlar
anig’
ko’rinmaydi.
Bunga
ka-
palaklar g’umbagini ko’rsatish mumkin.3. G’o’lag’umbak - aslg’umbak. Teri g’oplagich
soxta pilla ichida, shu sababli pupariy nomi bilan ham yuritiladi: bunday bochkacha formali
g’umbak pashshalarda uchraydi.Hasharotlarning har qaysi rivojlanish fazasi ma‘lum
fiziologik xususiyatlar bilan harakterlanadi. Tuxum fazasida embrion tarag’g’iy
etadi.Hasharotlar lichinkalik fazasida ko’p ovg’atlanadi, tez rivojlanadi va o’sadi. Shuning
uchun ko’pchilik tur o’simlikxur hasharotlarning zararkunandaligi shu fazasiga to’g’ri
keladi.Lichinkalar rivojlana borish protsessida bir necha marta (4-5 marta) tullaydi.
Tullashlar oraliridagi davr yosh deb ataladi. Lichinkaning tuxumdan chig’ib birinchi
tullashga g’adar bo’lgan davr birinchi yosh hisoblanadi. So’ngra har bir tullash ketidan
navbatdagi yosh farg’lanadi. So’nggi yoshda lichinka o’z rivojlanishi oxirida g’umbakka
(tulig’ o’zgarishli hasharotlar) yoki birdaniga yetuk zotga (to’lig’siz o’zgarishli hasharotlar)
aylanadi. Bir g’ator hasharotlar (kapalaklar, parda g’anotlilar)ning lichinkalari g’umbak
fazasiga o’tishdan ilgari o’rgimchak uyasi ipi singari ip tolalaridan pilla uraydi) va uning
ichida g’umbaklanadi. Pillasi ip tola chig’arish bezlari bo’lgan lichinkalargina uraydi.
Bunday bezlar suyug’ligi pastki labning maxsus teshikchasidan ingichka og’im kabi ajralib,
havoda tezda g’otadi.Ko’p hasharotlarning lichinkalari tuprog’ ichida g’umbakka aylanadi.
Tanasi atrofini tuprog’ bilan zichlashtirib, beshikcha yasaydi.G’umbak lichinkaning yetuk
hasharotga aylanish fazasidir. G’umbak harakatsiz, lekin unda yetuk hasharotga xos
organlar hosil bo’lish jarayoni boradi.G’umbak fazasida hayotiy jarayon to’xtamaydi, nafas
olish va shuningdeg’ tanadagi yog’ hisobiga ozig’lanish davom etadi.Gistogenez natijasida
lichinka organlari anchagina o’zgaradi.G’anotlar paydo bo’lishi sababli muskulatura
o’zgaradi, nafas olish organlari bag’uvvatlashib, uchishga moslashadi. Lichinkalarda
ko’rtak holidagi urchish organlari rivojlanadi. Nerv sistemasi esa g’isman o’zgaradi.Yetuk
hasharot g’umbak ichida shakllangach, g’umbak po’stini teshib, undan chig’adi.Ba‘zi tur
hasharotlarning (etuk fazasida) erkak va urg’ochi zotlari tashg’i ko’rinishidan farg’ g’iladi;
bunday farg’ jinsiy dimorfizm deb ataladi.Tengsiz ipakchi kapalakning urgochisi anchagina
yirik va tinig’ tusda, erkagi esa kichikrog’ va to’g’rog’ kurinishda bo’ladi. Ko’pincha
burtlarining tuzilishida ham farg’i bor; erkak zotlarining burtlari yaxshirog’ tarag’g’iy
etgan.Ko’pchilik hasharotlar urug’langan tuxumdan, ba‘zilari esa urug’lanmagan tuxumdan
ko’payadi. Parda g’anotlilar turkumiga kiruvchi ba‘zi arrakashlar va yaydog’chilar
partenogenetik usulda va urug’lanmasdan urchiydi, ularning erkak zotlari borligi ma‘lum
emas. Shiralarga o’xshash hasharotlarning partenogenetik urchishi, odamda, urug’lanmagan
tuxum g’uyib urchish bilan gallanib turadi.Yetuk hasharot g’umbakdan jinsiy mahsulotlari
yetishgan yoki yetishmagan holda chig’adi. Jinsiy mahsuloti yetishib chig’sa, ular tez vag’t
ichida juftlashishga va tuxum g’uyishga kirishadi. Bunday hasharotlarga ipakchi
kapalaklarni ko’rsatish mumkin. Bu turdagi hasharotlar ovg’atlanmaydi, hatto ularning
og’iz organlari ham tarag’g’iy etmagan. Jinsiy yetilmagan hasharotlarning mahsuloti fag’at
ovg’atlangandan so’ng paydo bo’ladi. Yetuk fazasida ovg’atlanish g’o’shimcha
ovg’atlanish
deyiladi.
Bu
davrda
ko’pgina
hasharotlar
(masalan,
butgullilarda
ovg’atlanuvchi burgachalar, beda, mayda va lavlagi filchalari va boshg’alar) o’simliklarga
anchagina shikast keltirishi mumkinQisman hasharotlar tirik tug’adi. Bunda lichinkalar
(masalan, shiralar) jinsiy organning chig’arish yo’llarida tuxumlaridan ochib chig’adi.
Jinsiy mahsulot yetilish davri, odatda, hasharotning aktiv uchish harakati bilan birga o’tadi.
Bunda
zrkak
zotlari
urg’ochi
zotlarini
topadi
va
juftlashadi.
Hasharotlar jinsiy funktsiyani ado etgandan so’ng nobud bo’ladi. Yetuk hasharotlar
tullamaydi va o’smaydi.Hasharotlarning tuxumdan boshlab to jinsiy yetuk holiga g’adar
o’tgan rivojlanish davri tarag’g’iyot tsikli deyiladi. Bir yillik va ko’p yillik tarag’g’iyot
tsikllari mavjud: Ko’p tsikllilar bir yilda bir necha bug’in berib urchiydi. Masalan, shiralar
o’sish davrida 10-15 va undan ham ortig’ bug’in beradi. Bedaning maysa filchasi va
murig’urti bir yil davomida rivojlanib bo’ladi. Ko’p yillik tarag’g’iyot tsiklli
hasharotlarning
rivojlanishi
bir
g’o’ng’izlarning
bir
rivojlanishi
bug’in
necha
yilga
chuziladi.
Masalan,
uchun
bir
yil
necha
chertmakchi
lozim
bo’ladi.
Janubiy rayonlarda bir g’ator hasharotlar uchun issig’ ig’lim yashash tsiklining tezrog’
o’tishiga sharoit tug’diradi.
Insoniyat birgina zararkunanda tufayli har yili 203,7 mln.tonna – don, 228,4 mln.tonna
– qand lavlagi, 23,8 mln.tonna – kartoshka, 23,4 mln.tonna – sabzavot, 11,3 mln.tonna –
meva xosilini kam olar ekan
O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish o’z oldiga zararkunanda va kasallik
qo’zg’atuvchilarini iqtisodiy zarar keltirish me’yori chegarasida saqlashning imkoni bo’lgan
barcha (agrotexnik, fizik, mexanik, biologik, karantin, va hokazo) usullardan samarali
foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi
Hasharotlar yer yuzasida keng tarqalgan va turlituzilishga ega. Ular eng ko’p sonli
hayvonlar sinf bo’lib, milliondan ortiq turlari fanga ma’lum bo’lib, ular soni 1,5 mln.ga
yaqinligi olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday katta turli xil hayot formalarni
egallashning ilmiy vositasi sistematika yoki taksonomiyadir. Qishloq xo’jaligida oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirishda, undan sifatli, yuqori hosil olishda, ayniqsa zararkunanda,
kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning ahamiyati katta.
ADABIYOTLAR SHARHI
Entomologiya (lotincha: — hasharotlar va ...logiya) — hasharotlar toʻgʻrisidagi fan.
Hasharotlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi,
xilmaxilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlari va boshqalarni
oʻrganadi. Vazifasiga binoan, nazariy, yaʼni umumiy E. va amaliy E. farq qilinadi. Umumiy
E. hasharotlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi,
entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalar fanlarga ajratiladi. Bu
fanlarni oʻrganish obʼyektiga binoan, yanada kichikroq boʻlimlarga ajratish mumkin. Mas,
sistematika tarkibida koleopterologiya — qattiq qanotlilarni, lepidopterologiya —
kapalaklarni, mirmikologiya — chumolilarni oʻrganadi.Amaliy E.ning oʻrganish obʼyekti
— qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va
oʻsimliklarning parazitlari hamda xalq xoʻjaligida va tabiatda foydali ahamiyatga ega
boʻlgan hasharotlar. Amaliy E. ham oʻz vazifasiga binoan, oʻrmon zararkunandalari (oʻrmon
E.si), qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari (qishloq xoʻjaligi E.si), xonaki va yovvoyi
hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar (veterinariya E.si), odamda parazitlik qiluvchi
(tibbiyot E.si) hamda odam foydalanadigan mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti
(ipakchilik), asalarni (asalarichilik) oʻrganadigan fanlarga ajratiladi.E. fani faqat 17-asrda
gollandiya olimi Ya. Svammerdamning asalari anatomiyasiva rivojlanishi (1669), italiya
olimlari M. Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi (1686) va F. Buonannining
hasharotlar ogʻiz organlarining tuzilishi, nemis olimi I. Gedartning hasharotlar metamorfozi
toʻgʻrisidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K. Linney hasharotlarning zamonaviy
sistematikasiga asos soldi. U hasharotlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarining tuzilishi
asosida ularni 9 turkumga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19-asrda ingliz
entomologlari U. Kyorbi, J. Uestvud va J. Lebbok yana bir necha turkumlarni tavsiflab
berishdi. Franiiya entomologi P. Laterl hasharotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif
etdi. 1831. Ch. Darvinnit "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asarining yuzaga kelishi bilan
hasharotlar sistematikasi filogenetik asosda tuzila boshlandi. 19-asrning 2-yarmida
hasharotlar anatomiyasi va metamorfozi toʻgʻrisida yirik ishlar paydo boʻladi. Rus olimlari
N.P.Vagner pedogenezni (1862), A.A.Tixomirov ipak qurtida sunʼiy partenogenezni
(1886), A.O.Kovalevskiy hasharotlarda murtak varaqdarini (1869—71), P. Marshal
poliembrioniyani (1898) kashf etishdi.20-asr davomida dunyo entomofaunasi boʻyicha juda
katta material toʻplandi; nazariy va amaliy E. sohasida koʻplab kashfiyotlar qilindi. 20-asr
oxirlariga kelib hasharotlarning 1 mln.dan ortiq turi aniqlandi; turkumlar soni 40 ga
yaqinlashdi, hasharotlar sistematikasi qayta koʻrib chiqildi va takomillashtirildi. E.da yangi
va ancha nozik metodlar (elektron mikroskopiya, kariosistematika) va kompyuter
texnologiyasi, sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik taxlil qoʻllanila boshlandi
(amerika olimi R. Sokal, rus olimi Ye.S.Smirnov va boshqalar). Hasharotlar fiziologiyasi,
nafas olishi (daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari,
qutblashgan nurni qabul qilish va unda moʻljal olish (nemis olimi K. Frish) va boshqalar
masalalar keng miqyosda oʻrganila boshlandi. Hasharotlar markaziy nerv sistemasining
gormon ajratishi (polyak olimi S. Kopets, 1917), tullash gormonlari—ekdizonlar
(A.Butenand, 1954), hasharotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon (K. Uilyams,
1956) kashf qilindi.20-asrning 2-yarmiga kelib hasharotlar ajratadigan va ular
xattiharakatini boshqaradigan feromonlarning kashf etilishi (nemis olimi A. Butenand va
boshqalar) hasharotlar xattiharakatini oʻrganishga qiziqishni kuchaytirdi. 20-asr oʻrtalarida
asalarilar tilining kashf etilishi (nemis zoologi K. Frish) bilan etologiya E.ning yetakchi
tarmoqlaridan biriga aylandi.Hasharotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar
amerika olimlari V.Shelford (1913) va R. Chempen (1931) nomi bilan bogʻliq. Nemis olimi
G. Blunk (1922) hasharotlarning yashash muhiti bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganadi va
ularning rivojlanishi harorat bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Norvegiya biologi K. Fegri
(1975) hasharotlar bilan entomofil oʻsimliklar oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni
umumlashtiradi.
Amaliy E. sohasida tadqiqotlar 19va 20-asr chegarasida rivojlana boshladi. Dastlabki yirik
ishlar oʻrmon, dala va poliz ekinlarining zararkunandalarini oʻrganishga bagʻishlangan edi
(nemis olimlari Yu. Ratseburg , 1837—44; G. Nerdlinger, 1869; Kaltenx, 1874; rus olimi
F. P. Keppen, 188184).
Tibbiyot E.ning rivojlanishi bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinning oʻrganilishidan
boshlandi (rus olimi V.Ya.Danilovskiy, 1888; italyan olimi E. Martini, 1923, 1941 va
boshqalar).
Tibbiyot
va
veterinariya
E.ning
rivojlanishida
rus
olimlari
V.N.Beklemishevning bezgak chivinini oʻrganish sohasidagi ishlari, Ye.N.Pavlovskiyning
transmissiv (hasharotlar va boshqalar boʻgʻimoyokdilar orqali tarqaladigan) kasalliklarning
tibbiy manbaligi toʻgʻrisidagi taʼlimoti katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo hududida,
jumladan, Oʻzbekistonda E. sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A. B. Fedchenko
boshlab bergan. U Olay va Zarafshon boʻylab oʻtkazgan ekspeditsiyalarida (1868—71)
hasharotlarning 2000 ga yaqin kolleksiyasini toʻplagan. V.F.Oshanin (1844— 45)
Amudaryo yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni oʻrganadi. Uning "Turkiston chala qattiq
qanotlilari faunasi zoogeofafiyasi" (1891) asarida 700 dan ortiq hasharotlar toʻgʻrisida
maʼlumot beriladi. 1898-yilda qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini oʻrganish maqsadida
Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati qoshida "Chigirtka komiteti", 1911-yilda Toshkentda
Turkiston entomologik stansiyasi tashkil etilib, 1925-yilda Oʻzbekiston oʻsimliklarni
himoya qilish stansiyasiga aylantiriladi. Stansiyada qishloq xoʻjaligi zararkunanda
hasharotlarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha bir
qancha tadqiqotlar olib borildi (V.I. Plotnikov, V.V.Yaxontov, P.P.Arxangelskiy,
V.V.Nikolskiy). 1929-yil gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish boʻyicha maxsus stansiya
tashkil etilib, 1958-yilda uning bazasida Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy
tekshirish instituti ochildi.Oʻzbekistonda tibbiyot va veterinariya E.si sohasidagi tadqiqotlar
bezgak kasalligi qoʻzgʻatuvchisini oʻrganish bilan boshlandi. 1913-yilda Turkistonda odam
va hayvonlar tropik kasalliklarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ekspeditsiya hisobotida
bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi (V.L.Yakimov). 20asrning 20—30- yillarida bezgak kasalligi va bezgak pashshasini oʻrganish boʻyicha keng
miqyosda tadqiqotlar olib boriladi (N.I.Xodukin, L.M.Isayev); bezgakni tadqiq etuvchi bir
qancha stansiyalar va Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot
parazitologiyasi) instituti tashkil etildi. 1920-yildan boshlab Turkiston davlat universiteti
kafedralari qoshida entomologiya sohasidagi ishlar boshlab yuborildi (A.L.Brodskiy). Qon
soʻruvchi ikki qanotlilarni oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston FA Zoologiya institutida olib
borilgan ishlar ular turlari tarkibi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari va epidemiologik
ahamiyatini aniqlashga imkon berdi (E.I.Gan, M.K. Qodirova).E. sohasida olib borilayotgan
tadqiqotlar tufayli hozir gʻoʻza va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda ombor
zararkunandalari toʻgʻrisida katta maʼlumotlar yigʻildi (V.V.Yaxontov, A. G. Davletshina),
kuzgi va gʻoʻza tunlamining tez koʻpayib ketishini prognoz qilish metodlari ishlab chiqildi
(K.I.Larchenko, F.M.Uspenskiy, F.N.Stepanov, S.A.Juravskaya, A. Sh.Hamroyev va
boshqalar); gʻoʻza maysalari va ildizida zararkunandalik qiluvchi hasharotlar (R.O.
Olimjonov), qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari (SM.Alimuhamedov), bogʻ va oʻrmon
zararkunandalari (X.T.Nevskiy, M.I.Kosobutskiy, I.K. Maxnovskiy) oʻrganildi.Hozirgi
davrda E. sohasida asosiy zʼtibor hasharotlarning xilmaxilligi, ularning noyob va yoʻqolib
borayotgan turlarini oʻrganish, zararkunanda hasharotlar (jumladan termitlar)ga qarshi
kurashning atrof muhitga kam ziyon yetkazadigan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bu maqsadda har xil biologik faol preparatlar, jumladan, attraktantlar, feromonlar va jinsiy
gormonlardan foydalanish metodlari ishlab chiqilmoqda. Oʻtonda E. sohasida tadqiqotlar
Yaxontov V.V (1963) Xozirgi kunda ochiq maydonlardagi o’stiradigan qishloq xo’jalik
o’simliklar bilan qatorida kuz, qish mavsumida issiqxonadagi o’simliklardan olinadigan
mahsulotlar katga ahamiyatga ega. Lekin issiqhonalardagi o’simliklarni o’ziga xos
zararkunandalari bor. Ana shu ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurash usullaridan
foydalanish qator shart sharoitlarga bog’liq. Bunda ekinlarning turi, zararkunandalarning
biologik xususiyatlari qo’llaniladigan agrotexnika chora tadbirlari, o’simlikning rivojlanish
fazalari, usulni qo’llash joyi, usulning texnologiyasi, zararkunandadarning turi va soni,
o’simliklarni zararlash darajasi va amalga oshiriladigan tadbirning iqgisodiy hamda bologik
samarasini hisobga olish zarur.
Viktorov V.A (1974) .Zarakunandalarning rivojlanishini oldindan bilish ishlarini tashkil
etish, kurash ishlarini aniqlash, ishlov beriladigan maydonlar hajmini aniqlash tadbiq
etiladigan uslubinnig samarasini yanada oshiradi. Kurash chora tadbirlarini amalaga
oshirishda quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor qaratish lozim:
Zararli organizmlarning issiqxonadagi sharoitini xisobga olib, ularning ommaviy ko’payishi
va rivojlashini kuzatib borish, iqgisodiy zarar yetkazadigan chegaralari darajasida ushlab
turishdan iborat bo’lish lozim.
Kimsanboyev X.X. va boshqalar (2002). Issiqxonadagi qishloq xo’jalik o’simliklarining
o’sishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ilgor texnologiyani tadbiq etish,
kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish va natijada zararkunandalar xavfi eng
kam bo’lishiga olib keladi.
Zararkunandalar bilan zararlangan qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan boshqa maydonga
tarqalmasliginig oldini olish va chora tadbirlar va uslublarni ishlab chiqish zarur.
SHunday qilib, issiqxonadagi zararkunandalarga kurashning ilmiy asoslangan uslubi.
qishloq xo’jalik ekinlari xosilini saqlab qolish, oziq ovqat uchun sifatli xosil yetkazishda
yetakchi rol o’ynaydi.
Deyarli barcha agrotexnika chora tadbirlari zararli hasharotlar ko’payishining oldini olishga
qaratilgan bo’lishi kerak. SHu bilan birga ayrim xollarda agrotexnika usullari bilan ham
zararkunandalarni butunlay nobud qilish mumkin .
Zararkunandalarannig tez ko’payishi va zarari juda ko’plab tashqi omillarga bog’liq bo’lib,
bularga yetarli oziqa o’simligining bo’lishi va ularning zarar keltirish darajasini
kamaytirishga qaratilgan. Issiqxonadagi tashkiliy xo’jalik chora tadbirlari zararkunandani
ko’payishi oldini olish, ularni rivojlanishini oldindan bilib borishi, xavf soladigan
maydonlarni belgilash va ularni yo’q qilish masalalarini hal etish talab qilinadi. Tashkiliy
xo’jalik tadbirlari ekin turlari, navlari va duragaylarni ilmiy asoslangan holda
rejalashtirishni o’z ichiga oladi va davlat miqyosidagi tadbirlari qatoriga kiradi.
Xo‘jaev Sh.T. (1978) ma’lumotiga ko‘ra makajo‘xori maydonlarida ko‘llanilgan kimyoviy
muddatlar 14-15 s/ga cha xosildordikni oshiradi. Hozirgi davrda makkajo‘xori tunlamining
o‘simliklarda aniqlash va kurash chorasini muddati va turini belgilash uchun feremon
tutqichlar yaratib amaliyotda keng ko‘llanidmoqda. Alimuxammedov S.N. va boshqalar
(1991) ta’kidlashicha bu usul 1986-1988 yillarning xar birida O‘zbekistonda 400-500 ming
tagacha ishlatiladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan shu davrlarda bu g‘oya muximdir.
Entomologlar bizning mamlakatimiz va qo’shni hududlar faunasini o’rganishga katta hissa
qo’shdilar. Ularning ichida birinchi navbatda prof. V.V.Yaxontov, prof. R.O.Olimjonov,
M.Narziqulov, A.G.Davletshinalarni tilga olish kerak. Ular o’zlarining klassik ishlari bilan
fanda katta fond qoldirdilar. Masalan, V.V.Yaxontov “O’rta Osiyodagi qishloq xo’jalik
o’simlik mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash” nomli kitobini
yozdi(1953). Bu kitob haligacha o’z qadrini yuqotgani yo’q.
A.G.Davletshina esa “Hayvonlar hayoti” nomli ko’p tomli kitobida shiralarni yoritish bilan
bu fanga o’z hissasini qo’shgan. Bu yerda S.G.Bronshteyn ishlarini ham unutmaslik kerak.
U sabzavot ekinlarida zararkunanda o’simlik hisoblangan “shumgiya” o’simligiga qarshi
kurashning biologik metodini ishlab chiqdi.
U birinchidan bo’lib bu zararkunandalarga qarshi fitomiza pashshasini keng miqiyosida
ishlatgan.
Bundan
tashqari
Zarafshon
sharoiti
uchun
g’o’zaning
ko’pgina
zararkunandalariga qarshi itegral kurash tizimini o’tkazishning nazariy asosini yaratdi.
O’zbekitonda tibbiy entomologiya rivojlanishida o’zining yuksak hissasini qo’shgan yirik
olimlardan biri L.M.Isayev hisoblanadi (1886-1964). L.M.Isayev boshchiligida O’rta
Osiyoda malyariya, leyshmanioz, gelmintoz va qaytalama tifga qarshi katta muvaffaqiyatli
ishlar olib borildi. Bundan tashqari og’ir gelmintoz rishtaning manbasi yo’qotildi. Hozirgi
kunda O’zbekistonda entomologiyaning rivojlanishi davom etmoqda. Uning rivojlanishida
oliy o’quv yurtlarida va ilmiy tadqiqot istitutlarida faoliyat olib borayotgan olimlar o’z
hissasini qo’shib kelmoqda Entomologiya so’zi grekcha “entomon”- hasharot, “Logos”-fan
so’zidan olingan bo’lib, hasharotlar dunyosini o’rganadi. Hozirgi vaqtda jadal
rivojlanayotganligi sababli entomologiya bir qator mustaqil fanlarga bo’lib o’rganiladi umumiy entomologiya qishloq xo’jalik entomologiya va hokazo.
Umumiy entomologiya nazariy fan hisoblanib yuqorida sanab o’tilgan fanlarning asosi
hisoblanadi. Qolganlari o’zining vazifasi, o’simliklar, uy hayvonlari, odam uchun zararli
hasharotlarga
qarshi
kurashishning
ilmiy
ishlab
chiqarilgan
metodlariga
ega.
Entomologiyaga yaqin fanlardan biri bu asalarichilk va ipakchilik hisoblanadi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish tarixida dramatik voqyeyalaridan biri 1945-46
yillarda yangi sintetik insektisid DDTning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishining
boshlanishi hisoblanadi. DDTning boshqa mavjud bo’lgan insektisidlardan farqli ravishda
(xlorli uglevodorodlar guruhiga mansub) juda past dozalarda ham yuqori samara bergan va
juda barqaror edi. Shuning uchun hasharotlarni kirish uchun sarflanadigan harajatlar
kamaydi. Lekin bir necha yillar o’tgandan so’ng DDT va boshqa insektisidlar ta’siriga
chidamli zararli hasharotlar liniyalari paydo bo’lgan.
Tangachaqanotlilar turkumi haqida malumot.
KAPALAKLAR,
tangachaqanotlilar
(Lepidoptera)
—
toʻliq
metamorfoz
bilan
rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari
paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum.
Koʻpchilik Kapalaklarning ogʻiz organlari yuksak ixtisoslashgan soʻruvchi xartumdan
iborat boʻlib, boshining ostki tomonida spiral shaklda oʻralib turadi. Pardasimon qanotlari
rangli tangachalar bilan qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda
tovlanishi rangsiz tangachalarning yorugʻlik nurini har xil burchak ostida singdirishi b-n,
qora, sariq va b. rangli dogʻlar esa pigment bilan bogʻliq. Moʻylovlarining shakli va uzunligi
har xil. Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (mitti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar).
Tuxumlarining shakli xar xil boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft koʻkrak
oyokdari bilan birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham boʻladi. Gʻumbaklari yopiq (koʻpincha,
pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) boʻladi. Kapalaklar odatda, tuban Kapalaklar
(teng qanotlilar) va yuksak Kapalaklar (har xil qanotlilar) kenja turkumlariga boʻlinadi.
Ayrim hollarda ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlgan tishli kuyalar alohida kenja
turkumga ajratiladi. Kapalaklar turkumining sistemasi aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200
gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklar faunasi, ayniqsa, tropik
mintaqada xilma-xil. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniqlangan. Tunlam kapalaklar,
odimlovchilar, barg oʻrovchilar oilalari, olovrang Kapalaklarlar, kuyalar katta oilalari,
ayniqsa, turlarga boy.
Koʻpchilik Kapalaklar shomda yoki kechasi, ayrimlari kunduzi faol hayot kechiradi.
Voyaga yetgan Kapalaklar gul nektari yoki oʻsimlik (baʼzan qayvonlar) shirasi bilan
oziqlanadi. Koʻpchilik Kapalaklar imagosining ogʻiz organlari reduksiyaga uchragan,
oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi b-n oziklanadi. Kapalaklar voyaga
yetgan davrida bir necha kun, hatto bir necha soatdan (oziqlanmaydigan turlari) bir necha
oygacha (voyaga yetgan davrida qishlaydigan Kapalaklar) yashaydi. Koʻpchilik
Kapalaklarning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofaglar (yung va patxoʻrlar),
yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchraydi. Yillik rivojlanish sikli turlicha;
koʻpchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va pol ivol ti n l ar ) ikki
yoki koʻp marta nayel beradi; daraxtlarning yogʻochlik qismida rivojlanadigan turlari
generatsiyasi 2—3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, baʼzi turlari imago yoki tuxum
davrida qishlaydi. Ayrim turlarining d i a pauz a si turli rivojlanish davrlarida oʻtadi. Baʼzi
Kapalaklar, ayniqsa choʻlda tarqalgan turlari yezda ham diapauzaga oʻtadi. Koʻpchilik
Kapalaklar (aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut,
aylant va xitoy dub ipak qurtlari Kapalaklari ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi.
Koʻpchilik Kapalaklar qurtlari (tunlamlar, kuyalar va b.) q. x. ekinlari, oʻrmonchilik
xoʻjaliklari (odimlovchilar, barg oʻrovchilar va b.), oziq-ovqat zahiralari, yung va
moʻynadan tayyorlangan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va b.) katta ziyon keltiradi.
Oʻzbekiston qududida Kapalaklarning 100 dan ortiq turi mevali daraxtlar va qimmatbahr
yovvoyi oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Baʼzi turlari (mas, kuzgi, undov, gʻoʻza, kichik
quruqlik tunlamlari va b.) gʻoʻza hamda unga yoʻldosh ekinlar zararkunandalaridir.
Koʻpchilik Kapalaklar, ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi,
zaharli kimyoviy moddalar va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda.
Kapalaklarning bir qancha turlari muhofaza qilinadi. Kapalaklar juda chiroyli va xilma-xil
bo‘lib, ularning yer yuzida150 000 ga yaqin, O‘rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turlari
tarqalgan. Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun
ular tangachaqanotlilar deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog‘liq.
Kapalaklar boshining ostida spiralga o‘xshab o‘ralgan xartumi bor. Xartum paski jag‘ bilan
pastki labning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning
uchun ular xartumini to‘g‘rilab, gul ichiga suqadi va nektarini so‘rib oladi. Kapalaklar
chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo‘g‘im larga bo‘lingan bo‘lib, qurt deb ataladi.
Og‘iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga mos lashgan.
Qurtning ko‘krak bo‘limida 3 juft haqiqiy oyoqlar, qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlar
bo‘ladi. Soxta oyoqlar yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi va tovon qismida mayda il
moqchalarning bo‘lishi bilan ko‘krak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar
yordamida harakat qiladi; ko‘krak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi. Qanotlarining rangi,
ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi rangsiz tangachalarning yorugʻlik nurini har xil
burchak ostida singdirishi bilan, qora, sariq va boshqa rangli dogʻlar esa pigment bilan
bogʻliq.
Kapalaklar xilma xilligi.
Tangachaqanotlilar turkumi vakillarini tashqi tuzilishi
ko’payishi, oziqlanishi, morfalogiyasi.
Kapalaklar, tangachaqanotlilar (lotincha: Lepidóptera) — toʻliq metamorfoz bilan
rivojlanadigan hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari
paleogenning boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum.
Koʻpchilik Kapalaklarning ogʻiz organlari yuksak ixtisoslashgan soʻruvchi hartumdan
iborat boʻlib, boshining ostki tomonida spiral shaklda oʻralib turadi. Pardasimon qanotlari
rangli tangachalar bilan qoplangan. Koʻpchilik kapalaklar shomda yoki kechasi, ayrimlari
kunduzi faol hayot kechiradi. Voyaga yetgan kapalaklar gul nektari yoki oʻsimlik (baʼzan
qayvonlar) shirasi bilan oziqlanadi. Koʻpchilik kapalaklar imagosining ogʻiz organlari
reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi (afagiya). Tishli tunlamlar gul changi bilan oziklanadi.
kapalaklar voyaga yetgan davrida bir necha kun, hatto bir necha soatdan(oziqlanmaydigan
turlari) bir necha oygacha (voyaga yetgan davrida qishlaydigan kapalaklar) yashaydi.
Koʻpchilik kapalaklarning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofaglar (yung va
patxoʻrlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchraydi. Yillik rivojlanish sikli
turlicha; koʻpchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va polivoltinlar)
ikki yoki koʻp marta nayel beradi; daraxtlarning yogʻochlik qismida rivojlanadigan turlari
generatsiyasi 2—3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, baʼzi turlari imago yoki tuxum
davrida qishlaydi. Ayrim turlarining diapauzasi turli rivojlanish davrlarida oʻtadi. Baʼzi
kapalaklar, ayniqsa choʻlda tarqalgan. turlari yezda ham diapauzaga oʻtadi. Koʻpchilik K.
(aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va xitoy
dub ipak qurtlari
ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi. Koʻpchilik kapalak qurtlari
(tunlamlar, kuyalar va boshqalar) qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik xoʻjaliklari
(odimlovchilar, barg oʻrovchilar va boshqalar), oziq-ovqat zahiralari, yung va moʻynadan
tayyorlangan mahsulotlarga (kuyalar, tunlamlar va boshqalar) katta ziyon keltiradi.
Oʻzbekiston qududida K.ning 100 dan ortiq turi mevali daraxtlar va qimmatbahr yovvoyi
oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Baʼzi turlari (mas, kuzgi, undov, gʻoʻza, kichik quruqlik
tunlamlari va boshqalar) gʻoʻza hamda unga yoʻldosh ekinlar zararkunandalaridir.
Koʻpchilik kapalak ayniqsa, kunduzgi turlarining soni yashash muhitining buzilishi, zaharli
kimyoviy moddalar va oʻgʻitlarning qoʻllanilishi tufayli keskin kamayib bormoqda. K.ning
bir qancha turlari muhofaza qilinadi.
Karam kapalagining tashqi tushilishi
Karam kapalagining qurti karam, sholg‘om, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga
mansub o‘simlik larning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo‘lganidan oq
kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog‘i bo‘ladi.
Kapalak qo‘nganida qanotlari tanasi ustida tik bo‘lib taxlanadi. Qanotlari ning ostki tomoni
yashil-sarg‘ish rangda bo‘lganidan uni barglar orasida sezish qiyin.
Karam kapalagi tuxumlarini o‘simlik bargi ostiga qo‘yadi. Tuxumlardan chiqqan yosh
qurtlar dastlab sariq rangda bo‘ladi, keyinchalik rivojlanib, ko‘k-yashil rangga kiradi.
Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog‘lari bo‘ladi. Qurtlar po‘st
tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g‘umbakka
aylanadi. G‘umbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan so‘ng ucha boshlaydi.
Tuxumlardan mayda qurtchalar rivojlanadi. Ularning tashqi ko‘rinishi va hayot kechirishi
voyaga yetgan qo‘ng‘izlarga o‘xshamaydi. Qurtlarining oqish va yo‘g‘on tanasi yoyga
o‘xshash egilgan; yirik boshi hamda oyoqlari sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qalin xitin bilan
qoplangan; tanasining qolgan qismida xitin qoplag‘ichi yupqa va yumshoq bo‘ladi.
Tanasining ikki yon tomonida nafas olish teshiklari ko‘rinib turadi. Qurtlar chirib, uvalanib
ketgan yog‘och qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular bir necha marta po‘st tashlab, g‘umbakka
aylanadi. Kapalaklar Еr yuzida kеng tarqalgan. Qanotlari mayda, rangli tangachalar bilan
qoplangan. Og’iz organlariso’ruvchi xartumdan iborat. Qurtlarining ko’krak oyo’qlari bilan
birga 3-5 juft soxta qorin oyo’qlari ham bo’ladi. Qorin oyo’qlar bo’g’imlari bo’lmasligi
bilan haqiqiy ko’krak oyo’qlardan farq qiladi. Bosh qismida bir juft mo’ylovlari va
murakkab ko’zlari bor. Uzun xartumi boshining ostida spiral shaklida taxlanib turadi.
Ko’pchilik turlari, ayniqsa tropik kapalaklar juda chiroyli bo’ladi. Qanotlarining rangi
tangachalardagi pigmеntlar bilan bog’liq bo’ladi. Voyaga yetgan kapalaklar asosan gul
nеktari bilan oziqlanadi. Gulga qo’ngan kapalak xartumini yoyib gulning ichiga botiradi va
nеktar so’ra boshlaydi. Ayrim kapalaklar voyaga yetganda oziqlanmaydi. Kapalaklar
qurtlarining og’iz organlari kеmiruvchi tipda tuzilgan. Qurtlar o’simlik to’qimasi bilan
oziqlanadi. Ular orasida mеvali daraxtlar va ekinlarga katta ziyon еtkazadigan turlari
ko’pchilikni tashkil etadi. Bir qancha kapalaklar qurtlari g’alla, un, yung, mum va boshqa
qimmatbaho mahsulotlar hamda matеriallar bilan oziqlanadi.
Kapalaklar sutkaning qaysi davrida faol hayot kеchirishiga ko’ra kunduzgi va tungi
kapalaklarga bo’linadi.
Kapalakning rivojlanish bosqichlari
Kunduzgi kapalaklar uchishi, oziqlanishi, ko’payishi sutkaning yorug’ davriga to’g’ri
kеladi. Kеch kirishi bilan ular pana joy to’pib, yashirinib oladi. Tungi kapalaklar, aksincha
kunduz kunlari pana joyda yashirinib, kеchqurunlari va tunda faol harakat qiladi. Kunduzgi
kapalaklar
gavdasi
bir
tеkis
yo’g’onlikda,
nisbatan
ingichka,
mo’ylovlari
to’g’nog’ichsimon; qanotlari juda kеng, qo’nganida tanasi ustida vеrtikal taxlanib turadi.
Ular sеkin qanot qoqib uchadi. Tunlam kapalaklar qanoti qisqa va ensiz bo’lib, qo’nganida
qorin qismini yopib, ikki tomonga Yoyilib turadi. Tunlamlar tеz-tеz qanot qoqib uchadi.
Ko’pchilik kunduzgi kapalaklar katta iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Ular tabiatda odamga
estеtik zavq bеruvchi hayvonlar sifatida himoya qilinadi. O’simliklar zararkunandasi
sifatida karam kapalagi ko’pchilikka ma'lum.
Karam kapalagi oq kapalaklar oilasiga mansuv bo’lib, uning oldingi qanotlari chеti qoramtir
rangda va qora dog’lari bo’lishi bilan boshqa oq kapalaklardan farq qiladi. Kapalak qurtlari
karamdoshlar oilasiga mansuv o’simliklarga, ayniqsa karamga ko’proq ziyon еtkazadi.
Urg’ochi kapalak karam bargiga to’p-to’p qilib 20 dan 200 gacha tuxum qo’yadi. Qurtlari
dastlab barg plastinkasi yuzasini qirib, kеyinroq bargning mag’zi bilan oziqlanadi. Bargdan
yirik tomirlar qoladi. Qurtlar o’sib yog’och dеvorlar shoxiga chiqib oladi va ipchasi
Yordamida vеrtikal holda osilib, g’umbakka aylanadi. Bir yilda kapalakning bir nеcha
bo’g’ini rivojlanadi. Kapalak qurti birmuncha shimoliy mintaqalarda karamga juda katta
ziyon еtkazadi. O’rta Osiyoda kapalak tog’ oldi hududlarida tarqalgan. Bu kapalakni bahor
va yoz oylarida Toshkеnt shahridagi hiyobonlarda ham uchratish mumkin.
Olma mеvaxo’ri kapalagi juda kеng tarqalgan tunlamlardan hisoblanadi. Ularning qurtlari
olma, olxo’ri, ba'zan nok, o’rik mеvalariga katta zarar еtkazadi. Olma mеvaxo’ri qurti
barglar va yosh mеvalarga bittadan, hammasi bo’lib 100 ga yaqin tuxum qo’yadi. Bir hafta
ichida tuxumdan juda mayda qurtchalar chiqadi. Bargdagi qurtchalar dastlab bargning
yumshoq to’qimalari, kеyinroq yosh mеvalar bilan oziqlanadi. Qurtchalar dastlab yosh
mеva po’sti ostidagi yumshoq to’qimasini еydi. Kеyin mеva ichiga o’tadi va urug’ini еb
bitiradi. Shundan so’ng u boshqa mеvaga o’tadi. Qurtlar bir oy o’sib rivojlangandan so’ng
mеva ichidan chiqadi va daraxt po’stlog’i yoki daraxt tanasidagi biron kovakka kirib olib,
pilla o’raydi va g’umbakka aylanadi.
Tunlamlar oilasiga kiruvchi kuzgi tunlam haqida malumot.
Tunlamlar – Nuctuidae
kapalaklarga mansub oilalardan biri .Dala ekinlariga zarar
keltiruvchi turlari ko‘p. Tunlamlar turli kattalikda bo‘ladi, rangi ko‘pincha xira, odatda
kechvurun va kechasi uchadi.Oldingi kanotlarida naqshdor dog‘lar va yo‘llar bor.Tunlamlar
tuxumlari yarim shar shaklli, past tomoni tekkis, ust tomoni bosiq gumbazsimon , oq
sarg‘ish, ba’zan yashil yoki pushti rang ko‘rinishida , ichida embrion taraqqiy etgan sari ular
qorayib boradi. Tuxum diametri kapalak turlariga qarab 0,4-1,7 mm balandligi 0,2 -1,1 mm
gacha boradi. Kuzgi tunlam – Agrotis segetum Den .et Schiff.
Jo‘xorilarning asosiy
zararkunandalaridan biri xisoblanadi. Qurtlari o‘simlik yosh nixollarining yer ostki qismi ,
shuningdek yozilmagan yosh barglarni zararlaydi. Yosh o‘simlik poyasining yer betiga
yaqin qismini kemirib, teshik-teshik qilib qo‘yadi. Shu yo‘l bilan o‘simlikni nobud qiladi.
Qurt kemirgan joyda , shumladan ildiz bo‘g‘zida katta kovak paydo bo‘ladi, shikastlangan
o‘simlikning yuqori qismi quriydi, uni barg qinidan osongina sug‘urib olish mumkin.
O‘zbekistonda kuzgi tunlam qurtlari makkajo‘xorini sezilarli shikastlab, ko‘pgina maxsus
ximoya tadbirlarini o‘tkazishni tavsiya etadi. Кузги тунлам O‘zbekistonda bir mavsumda
3-4 bo‘g‘in beradi. Makkajo‘xori ekinlariga ayniqsa baxor paytlarida katta zarar yetkazadi.
O‘simlik ko‘karib chiqa boshlagan paytdan to 8-10 barg chiqaradigan paytgacha zararlaydi.
So‘ngi bo‘g‘in qurtlari kechgi makkajo‘xori xamda sabzavot va beda maysalarini
shikastlaydi.
G‘o‘za tunlami - Heliothis armigera Hb. Makkajo‘xori ko‘sak qurti uchun yoqimli
ekinlardan biri xisoblanadi. Shuning uchun bu zararkunanda makkajo‘xoriga katta zarar
yetkazishi mumkin. Bunga sabab, makkajo‘xori , g‘o‘za tunlamiuchun g‘o‘za nisbatan
to‘yimli xisoblanadi. Shuning uchun xam makkajo‘xori g‘o‘za tunlamini jalb etuvchi ekin
xisoblanadi, zararkunandaning yig‘uvchi uyasi xisoblanadi. Bu esa , makkajo‘xori va uning
atrofidagi g‘o‘zani tunlamdan saqlash uchun mutaxasislardan aloxida ma’suliyat talab
etiladi.
G‘o‘za tunlamining kapalagi tuxumlarining asosan makkajo‘xori so‘talarining
popugiga yakka-yakka qilib qo‘yadi. Zararkunandaning birinchi bo‘g‘ini iyunda, ikkinchisi
va uchinchisi avgustda gullagan makkajo‘xoriga o‘z tuxumini qo‘yadi. Birinchi yoshdagi
qurtlar makkajo‘xorining popugini zararlaydi, kattalashgan sari so‘tani o‘ragan barglarining
ostiga kirib, so‘ta uchidagi donlarni kemiradi. Leukan tunlamlari Kapalagi yirik ,qanot
yozganda 40-44 mm keladi. Qanotlari deyarli sidirg‘a kulrang-och sariq tusda, sezilarsezilmas kundalang o‘tgan chiziqlari bor. Qurtlari yirik, 4,5-5 sm ga boradi. Umumiy yashil
asosda och qizg‘ish tuslar namayon bo‘ladi, ust tomonidan och rangli chiziqlar o‘tadi. Boshi
gavdasiga nisbatan kam rivojlangan. Bezovta qilingan qurt darxol kulcha bo‘lib olib,
bargdan yerga tushib ketadi. Tuxumlari g‘ubbasimon, qovurg‘alari bor, kapalagi 0,4-0,5
mm. Aprel-may oylarida kapalaklar paydo bo‘ladi. Ular qo‘shimcha oziqlanib urchiydi,
so‘ngra 3-4 bargga ega bo‘lgan makajo‘xori o‘simliklariga tuxumini yakka-yakka qilib, yoki
kichikroq to‘p-to‘p qilib barg qo‘ltig‘iga qo‘yadi. Xar bir urg‘ochi zot 350-500 dona tuxum
qo‘yish mumkin. 4-6 kundan keyin tuxumdan chiqqan qurtlar barg qo‘ltig‘i , markaziy
xamda o‘rov barglarining asosini kemirib oziqlanadi va 6 yoshni boshdan kechiradi. Qurtlar
17-25 kun rivojlanib katta yoshida makkajo‘xori sultonini shikastlaydi, shuningdek, g‘o‘za
tunlamisingari , so‘ta va popugini xam yeyishi mumkin. To‘yingan qurtlar yerga tushib
g‘ummaklanadi va 10-12 kundan so‘ng yangi bo‘g‘in kapalaklari uchib chiqadi.
O‘zbekiston sharoitida Leukani tunlamlari yiliga 3-4 bo‘g‘im beradi. Leukani tunlamlari
nisbatan ochik xayot kechiradi, shuning uchun xam kushandalar ta’sirida ko’p qirilib ketadi.
Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Schiff.), koʻk qurt tunlami —tunlamlar turkumiga mansub
zararkunanda kapalak. Koʻzgi ekinlar, gʻoʻza, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori va
boshqa (150 turdagi oʻsimliklar) maysalarini zararlaydigan xavfli zararkunanda. Afrika,
Yevrosiyo, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda gʻoʻza (35% gacha),
makkajoʻxori maysalariga (12—18%), beda, kungaboqarga, begona oʻtlardan shoʻra,
pechakoʻt va boshqa ga katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 34–45 mm. oldingi
qanotlari och qoʻngʻirdan qoramtir tusgacha. Tuxumi sutsimon oq; 2—3 kun oʻtgach, ularda
qizgʻish doirachalar paydo boʻladi, qurtlari chiqishidan oldin esa tuxumi qorayadi. Qurtlari
tuproqning10—25 sm chuqurligida qishlaydi. Yiliga 3— 4 avlod beradi. Kishlab qolgan
avlod kapalaklari samarali harorat yigʻindisi 550° boʻlganda (gʻumbagining rivojlanishi
uchun harorat 10° dan kam boʻlmasligi kerak) uchib chiqadi. Kapalaklarning eng koʻp uchib
chiqishi va juda koʻp miqdorda tuxum qoʻyishi havo harorati 12—20° boʻlganida kuzatiladi.
Tuxumlarini tarqoq holda oʻsimlik bargining orqasiga qoʻyadi. 4—15 kundan keyin
tuxumdan chiqadi, ular kunduzi tuproqda yashirinib yotadi, tunda yuzaga chiqib, maysa va
yosh niholdar tanasi, kurtagi, nishini kemiradi, barglarini tyoshib tashlaydi.
25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi
qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati
soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi
qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi
qoʻygan tuxumi sargʻimtiroqish. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyogʻining birinchi boʻgʻimida
va 10 juft qorin oyogʻining 1—8 boʻgʻimida nafas olish teshigi joylashgan.
Tunlam kapalagi
XULOSA.
Kapalaklar, tangachaqanotlilar (Lepidoptera) — toʻliq metamorfoz bilan rivojlanadigan
hasharotlar turkumi. Mezozoyning boshlarida kelib chiqqan; asosiy oilalari paleogenning
boshlarida shakllangan. Qazilma qoldiqlari, asosan, boʻr davridan maʼlum. Koʻpchilik
Kapalaklarning ogʻiz organlari yuksak ixtisoslashgan soʻruvchi xartumdan iborat boʻlib,
boshining ostki tomonida spiral shaklda oʻralib turadi. Pardasimon qanotlari rangli
tangachalar bilan qoplangan. Qanotlarining rangi, ayniqsa, ularning turli rangda tovlanishi
rangsiz tangachalarning yorugʻlik nurini har xil burchak ostida singdirishi b-n, qora, sariq
va b. rangli dogʻlar esa pigment bilan bogʻliq. Moʻylovlarining shakli va uzunligi har xil.
Yozilgan qanotlari 3,2 mm dan (mitti kuyachalar) 300 mm gacha (tunlamlar).
Tuxumlarining shakli xar xil boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Qurtlarida 3 juft koʻkrak
oyokdari bilan birga 5 juft soxta qorin oyoqlari ham boʻladi. Gʻumbaklari yopiq (koʻpincha,
pilla ichida), tuban vakillarida ochiq (erkin) boʻladi. Kapalaklar odatda, tuban Kapalaklar
(teng qanotlilar) va yuksak Kapalaklar (har xil qanotlilar) kenja turkumlariga boʻlinadi.
Ayrim hollarda ogʻiz organlari kemiruvchi tipda boʻlgan tishli kuyalar alohida kenja
turkumga ajratiladi. Kapalaklar turkumining sistemasi aniq ishlab chiqilmagan, 100 dan 200
gacha oilaga ajratiladi. 140 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklar faunasi, ayniqsa, tropik
mintaqada xilma-xil. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin turi aniqlangan.
Koʻpchilik kapalaklarning qurtlari fitofag, lekin saprofaglar, kerotofaglar (yung va
patxoʻrlar), yirtqichlar, hatto parazitlar (tropikada) ham uchraydi. Yillik rivojlanish sikli
turlicha; koʻpchilik turlari (monovoltinlar) yilda bir marta, boshqalari (bi-va polivoltinlar)
ikki yoki koʻp marta nayel beradi; daraxtlarning yogʻochlik qismida rivojlanadigan turlari
generatsiyasi 2—3 yil davom etadi. Odatda, qurtlik davrida, baʼzi turlari imago yoki tuxum
davrida qishlaydi. Ayrim turlarining diapauzasi turli rivojlanish davrlarida oʻtadi. Baʼzi
kapalaklar, ayniqsa choʻlda tarqalgan. turlari yezda ham diapauzaga oʻtadi. Koʻpchilik K.
(aksariyat, ixtisoslashganlari) oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Tut, aylant va xitoy
dub ipak qurtlari ipak olish maqsadida qoʻlda boqiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 2014 yilda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yakuni haqida ma’lumot.
2014.
2. Alimuxammedov S., Xo‘jaev SH. «G‘o‘za zararkunandalari va ularga qarshi kurash
choralari». Toshkent, «O‘zbekiston», 1991 y.
3. Alimuxammedov S. va boshqalar. «G‘o‘zani biologik usulda ximoya qilish». Toshkent,
«Mexnat», 1982 y.
4. Alimuhammedov S.N, Odilov Z.K.va boshqalar. “O’zbekiston Respublikasida kartoshka
va ituzumsimon oilasiga mansub boshqa ekinlarni kolorada qo’ng’izidan saqlashga oid
tavsiyalar 1988 yilgi qo’shimchalar” 43-47 betlar. O’qituvchi nashriyoti. Toshkent-1990
5. Atabayeva X, Alimov A, “Donchilik” (Magistratura talabalari uchun ma’ruza matnlari).
TashDAU nashriyot Toshkent-2003. 4-28 betlar.
6. Atabayeva X.N Biologiya zernovыx kultur (Uchebnoye posobiye dlya magistrov)
Tosh.A.U izdatistvo Toshkent-2003 str 3-23
7. Berim N.T. «O‘simliklarni ximoya qilish». Moskva, 1986 y.
8. Bo’riyev H.Ch, Kimsanboyev H.H, Sullaymonov B.A. “Biolabaratoriyalarda
entomofaglarning ko’paytirish”. O’qituvchi nashriyoti. Toshkent-2000. 3-7 betlar
9.Davletshina A.G., Jo‘ravinskaya S.A. «G‘o‘za shiralari va unga qarshi kurash choralari».
Toshkent, 1953 y. 12.Nazirqulov M.N. «Poliz shirasi biologiyasi». Stolinobod, 1949 y.
10.Nasrullaev D.N. «Qishloq xo‘jalik ekinlari, zararkunandalari, kasalliklari va ularga
qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari», Navoiy, 1992 y.
11.Migulin A.A. «Qishloq xo‘jalik entomologiyasi». Moskva, 1983 y.
12.
Kan
A.A.va boshqalar. «Farg‘ona» vodiysi sharoitida
g‘o‘zani
so‘ruvchi
zararkunandalari». Toshkent, 1992 y.
13.Kann A.A., Kim CH.N. «G‘o‘za zararkunandalarini uyg‘un-lashgan usulda ximoya
qilish». Toshkent, «Mexnat», 1988 y.
14.Dospexov B.A. «Dala tajribasi metodikasi», Moskva, 1985 y.
Download