REJA : I KIRISH II ASOSIY QISM: Tangacha qanotlilar yoki kapalaklar (Lepidoptera). 2.1. Ko‘sak qurti (Heliothis armigera Hb) 2.2. Qora yelkali tunlam (Ochropleura flammatra Schiff.) 2.3. G'o'zaning yer ostki qismini kemiruvchi zararkunandalar 2.4. Kemiruvchi tunlamlar: Ipsilon tunlami Tamaki tunlami Qora-S tunlami Lentali katta tunlam Qora dog'li tunlam III Kurash choralari. IV XULOSA V FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1 KIRISH O‟zbekiston Respublikasi jaxon iqtisodiy inqirozidan chiqish davrida barcha yetishtirilayotgan qishloq xo‟jalik mahsulotlarini jahon bozor talablariga javob beradigan darajada sifat ko‟rsatkichlariga ega bo‟lishini taqazo etadi. Endilikda qishloq xo‟jaligining barcha sohalarida islohotlar o‟tkazilib mamalakatimizning oziq- ovqat xavfsizligini ta‟minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan aholi jon boshiga yetarli miqdorda qishloq xo‟jalik mahsulotlarini yetishtirish va iste‟mol qilish bo‟yicha eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish respublikada olib borilayotgan agrar siyosatning negizi hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o‟z ma‟ruzalarida, qishloq xo‟jaligi - Respublika iqtisodiyotining eng kulamli, xal kiluvchi bo‟g‟ini bo‟lib, Respublikaning taqdiri ko‟p jixatdan shu soxaning qanday rivojlanishiga bog‟liq, - deb ko‟rsatib, qishloq xo‟jaligining taqdiri, demakki, eng muxim ijtimoiyiqtisodiy muammolarimizning xal etilishi, pirovard natijada, mamlakatimiz oziq ovqat ta‟minoti xavfsizligi bu boradagi ishlarning ko‟lami va samaradorligi bilan bog‟- liqligini ta‟kidlab o‟tgan. Bizga ma‟ lumki, qishloq xo‟jaligi zararli zararkunanda, kasallik organizmlar, ekinlariga ya‟ni va begona o‟tlar katta zarar yetkazib, ularni sifatini va miqdorini keskin pasaytirmoqda. BMT ning dunyo miqyosidagi ma‟lumotlariga ko‟ra, har yili qishloq xo‟jaligada yetishtirilgan mahsulotlarning 30% dan yuqorisi, rivojlanmagan davlatlarda 50% yetishtirilgan mahsulot zararli organizmlar tomonidan nobud bo‟lmaoqda. Bundan ko‟rinib turibdiki, o‟simliklarni 2 himoya qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyat kasb qilish etadi. Respublikamizda o‟simliklarni uyg‟unlashgan himoya qilish keng ko‟lamda olib borilmoqda. Bu tizimning asosi ma‟lum fitosanitar sharoitda ekinlarni zararli organizmlardan to‟la himoya qilish va shu agroekosistemani mo‟ta‟dilligini ta‟minlashdan iboratdir. Bu degani zararli organizmlarni tabiatda tubdan yo‟q qilib yuborish emas, balki agrobiosenozdagi zarasiz muvozanatini saqlashdan iboratdir. O‟simliklarni uyg‟unlashgan himoya qilishning asosi biologik kurashda tayangan holda olib boriladi. Biologik usulning mohiyati qishloq xo‟jaligi ekinlarining zararkunandalarga qarshi tirik organizmlarni yoki ularning hayotiy mahsulotlarini qo‟llashdan iborat. Respublikamizda biologik usul qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishda 60 yillardan boshlab qo‟ llanilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud 800 ga yaqin biolaboratoriyalarda 20 dan ortiq entomofaglar va ularning hujayra organizmlari ko‟paytirilmoqda : masalan, parazitlar -brakon, trixogramma, enkarziya; yirtqich entomofaglardan: oltinko‟z, beshiktervatar, kandalalar va shu bilan birga biologik usulda qo‟llaniladigan mikropreparatlar ham shular jumlasiga kiradi. O‟simliklarni himoya qilishda biologik kurash usuli yildan yilga oshib bormoqda. Hozirda biologik usuldan 60% dar ortiq qishloq xo‟jaligi ekinlarida foydalanilmoqda. O‟zbekistonda mevali bog‟ larni ko‟paytirish uchun hamma imkoniyatlar mavjud, xususan tabiiy iqlimsharoitlari ham mevali daraxtlarni ekib o‟stirishga qulaydir. Ammo ko‟pchilik mevali daraxtlar bir yerda ko‟p yil o‟sishi tufayli zararkunandalar ko‟payib, ildizdan tortib mevalargacha katta zarar yetkazadi. Mevali daraxtlarga zarar keltiradilar 3 so‟ruvchi zararkunandalar orasida olma biti va qalqondorlar katta zarar yetkazadi. Bular o‟ziga xos hasharotlar guruhiga mansub bo‟lib, ular o‟simliklarning sharbati bilan oziqlanadilar, ko‟pincha qalqondorlar o‟simlikning to‟qimasida patologik o‟zgarishlarga olib keladilar, natijada barglarning va mevalarning to‟kilishiga sabab bo‟ladi, ayrim novda va shoxlarni quritadi, hosilning miqdori kamayib, sifati buziladi. Ba‟zi hollarda butun o‟simlikning qurishiga olib kelishi ham mumkin. Tangacha qanotlilar yoki kapalaklar (Lepidoptera). Bu turkumga mansub hasharotlarning qanotlari tangachalar va qilchalar bilan qoplangan ikki juft qanotlarining mavjudligi bilan farqlanadi. Oldingi qanotlari keyingilariga qaraganda kattaroq bo'ladi. Kapalaklarning og'iz apparati gullarning nektarini so'rib olishga moslashgan. Kapalaklarning lichinkalarini qurtlar (gusenitsa) deb ataladi. Qurtlarning yaqqol ko'zga tashlanadigan boshi, uch juft ko'krak oyoqlari va ikki-besh juft qorin soxta oyoqlari mavjud. Qurtlarning og'iz tuzilishi kemirishga moslashgan. G'umbaklari ba'zan pilla ichida bo'ladi. Tunlamlar, kuyalar va boshqa oilalarga mansub kapalak turlari eng zararli hisoblanadi. Kapalaklarning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Shuning uchun ular tangachaqanotlilar deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog„liq. Kapalaklar boshining ostida spiralga o„xshab o„ralgan xartumi bor. Xartum past ki jag„ bilan pastki labning qo„shilishidan hosil bo„ladi. Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini to„g„rilab, gul ichiga suqadi va nektarini so„rib oladi. Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo„g„imlarga bo„lingan bo„lib, qurt deb ataladi. Og„iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni kemirishga moslashgan. Qurtning ko„krak bo„limida 3 juft haqiqiy oyoqlar, 4 qorin bo„limida 5 juft soxta oyoqlar bo„ladi. Soxta oyoqlar yo„g„on, bo„g„imlarga bo„linmaganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalarning bo„lishi bilan ko„krak oyoqlardan farq qiladi. Qurtlar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; ko„krak oyoqlari bilan oziqni ushlab turadi. Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholg„om, turp, achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o„simliklarning bargi bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo„lganidan oq kapalak ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog„i bo„ladi. Kapalak qo„nganida qanotlari tanasi ustida tik bo„lib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg„ish rangda bo„lganidan uni barglar orasida sezish qiyin. Karam kapalagi tuxumlarini o„simlik bargi ostiga qo„yadi. Tuxumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda bo„ladi, keyinchalik rivojlanib, ko„k-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog„lari bo„ladi. Qurtlar po„st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g„umbakka aylanadi. G„umbakdan chiqqan kapalaklar bir necha soatdan so„ng ucha boshlaydi. Tut iðak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan tanish bo„lganlar. Ularni, ayniqsa, kapalak qurtlarining pilla o„rashi qiziqtirgan. Tut iðak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bo„lib, bundan 5 000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir iðak qurti Yaponiya, Xitoy, Braziliya, O„rta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Kavkazda boqiladi. Iðak qurti kapalagining uzunligi 4–6 sm, qanotlari oqish tusda Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliyatini yo„qotgan. Erkak kapalaklar urg„ochilariga nisbatan xiðcharoq, mo„ylovlari patsimon va uzun bo„ladi. Kapalaklar oziqlanmaydi, urug„lanib tuxum qo„ygandan keyin halok 5 bo„ladi. Qurtning iðak suyuqligi ajratuvchi so„lak bezlari juda kuchli rivojlangan bo„lib, tana bo„shlig„ini to„ldirib turadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotganida 1 000 – 1 500 m ip hosil bo„ladi. Qurt ana shu iðlardan pilla o„raydi va uning ichida g„umbakka aylanadi. Qurt faqat tut bargi bilan oziqlanganligi sababli tut iðak qurti deb ataladi. Iðakchilik. Iðakchilik, ya‟ni pillachilik xalq xo„jaligi tarmog„i bo„lib, tut iðak qurti boqish va uni qayta ishlashni o„z ichiga oladi. Iðak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan so„kchaklarda boqiladi. Qurtlik davri 20–24 kun davom etadi. Shu davr mobaynida qurt to„rt marta tullab, beshinchi yoshga o„tadi. Bu yoshda uning uzunligi 8–9 sm ga yetadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va harakatdan to„xtaydi. Bu davr «uyqu davri» deb ataladi. Qurtlar g„umbakka aylanishi uchun so„kchaklarga qurigan mayda shoxlar tashlanadi. Qurtlar shoxlarning ustiga chiqib, uch kun davomida tanasi atrofiga pilla o„raydi va g„umbakka aylanadi. Pillalar yig„ib olinib, iðak olish uchun yigiruv fabrikalariga jo„natiladi. Fabrikada pilla ichidagi g„umbak issiq suv yoki bug„ ta‟sirida o„ldiriladi; pilladan esa ið yigiriladi. 1 kg pilladan 90 g yengil va pishiq tabiiy iðak olinadi. O„zbekiston Respublikasi Iðakchilik instituti olimlari tomonidan iðak qurtining oq pilla beradigan sermahsul zotlari, tut daraxtining mo„l hamda to„yimli barg beradigan navlari yaratilgan. Eng katta turkumi 100 mingdan ortiq turni birlashtiradi. O„lchami mayda kuyadan (qanoti yoyiq holatda 3–8 mm) to yirik kunduzgi kapalakdek 6 (qanoti yoyiq holatda 20–28 mm) keladi. 81 Og„iz apparati o„ziga xos tuzilgan. U, odatda, gullar nektarini so„rishga moslashgan, tinchlanganda spiralsimon, qayrilgan uzun xartumchadan iborat. Xartumcha pastki jag„larning uzayib, kuchli o„zgarishi natijasida vujudga kelgan. Pastki labi to„liq rivojlanmagan, lekin paypaslagichning 3bo„g„imi saqlanib qolgan. Shunday qilib, kapalaklarning tipik og„iz apparatida mukammal kemiruvchi tipda birgalashib so„ruvchi naycha – xartumcha hosil qiluvchi faqat pastki jag„lar va shuningdek, lab paypaslagichlari qolgan. Lekin sodda formalarida, jumladan, kuyalar (Micropterygidae) oilasi turlarining og„iz organlarida yuqorigi jag„lar rivojlangan va uzun 5 bo„g„imdan iborat paypaslagichli va ikki parchali pastki jag„lari bo„lgan to„la kemiruvchidir. Demak, xartumchasi yo„q va bu kapalaklar o„simliklar kukuni bilan oziqlanadi. Qator guruhlarga mansub kapalaklarning og„iz apparati reduksiyalangan, ular yetuk fazasida oziqlanmaydi, jumladan, pillato„qirlar (Lasiocampidae), to„lqinlilar (Laymntriidae) oilasiga mansub turlar va boshqalar shular jumlasidandir. Kapalaklar qanoti nisbatan juda yirik pardasimon tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar tanani ham qoplab turadi. Ular butunlay o„zgargan va yapaloqlashgan tuklar bo„lib, turli shaklda. Ularning rangdor pigmentlari bo„lib, qanoti rangini himoya qiladi. Qisman turlarda tangacha qoplami anchagina siyrak, shuning uchun qanotlari tiniq ko„rinadi. Bu tiniqlar (Algeriidae) oilasiga xosdir, natijada bu oilaga mansub turlar tashqi ko„rinishidan asalarilar va arilarga o„xshab ketadi. Kapalaklar qanotining rangi va rasmlari juda turli-tuman. Pigment rangi, ba‟zan, optik rang bilan ko„payadi yoki almashinadi. Bunday hodisa, ayniqsa, nimfalidlar (Nymphalidae) oilasi vakillarida aniq ko„zga tashlanadi. Uchishda ikkala qanot birga harakatlanadi; bu harakat oldingi 7 juft qanotlarning orqa jufti bilan maxsus birlashish mexanizmi orqali amalga oshadi. Qanotlar deyarli uzunasiga tomirlangan. Faqat qanot markazi yoki o„rtasi yaqinida radius (R yoki P) hamda kubtus (Cu yoki Ky) o„rtasida siniq ko„ndalang tomiri bor; u o„rtadagi katta yoki diskoidal katakni tamomlaydi. Tuban tangacha qanotlilar oldingi va o„rta qanotlari kattaligi va tomirlanishi jihatidan bir xilda bo„ladi. Yuqori takomillashganlarida esa oldingi qanotlar bir qadar keng burchaklidir, ularning oldingi tomirlari kostal chetiga o„tib borgan. Erkak zotining qorinchasi oxirida kopulyativ apparati bor. U urug„lantirish vaqtida urg„ochi zotni tutib turishga xizmat qiladi. Urg„ochi zotida haqiqiy tuxum qo„ygich yo„q, lekin ba‟zilarida oxirgi segmentlari maydalashgan va qaytib joylashadigan ikkilamchi tuxum qo„ygichni tashkil qiladi. Bular tuxumini ko„pincha yakka-yakka yoki to„p-to„p qilib o„simliklarga qo„yadi. Ularning shakli har xil va xarionning strukturasi ham boshqa belgilar bo„yicha farqlanadi. Tuxum fazasiga qarab ham tur yoki avlodni aniqlash mumkin. Tangacha qanotlilarning lichinkasi qurt deyiladi, tanasi silindrsimon shaklda, uch juft ko„krak va odatda, besh juft qorincha oyoqlari bor. Qisman turlarida qorincha oyoqlar 2–3 juftga kamaygan. Bunday holat odimchilar oilasi (Geometidae) va ba‟zi tur tunlamlar (Noctuidae) uchun xos. Bir qator sodda guruhlarida qorincha oyoqlar 7–8 juftgacha bo„lishi mumkin. Barglarda mina yasovchilar yoki g„ilof ichida yashovchilarda shunday holat kuzatiladi. Qorincha oyoqlar tovonida tana sathida turishni ta‟minlovchi dasta ilmoqchalar bor. Ilmoqchalar doirali bo„lib, to„liq yoki to„liqsiz dasta hosil qilishi mumkin. Boshi yaxshi rivojlangan, baquvvat jag„lar bilan ta‟minlangan, pastki labiga ipak tola bezlarning juft teshikchalari ochiladi. Tanasining usti silliq va pix yoki tuk bilan qoplangan. Lekin silliq 8 bo„lganida ham ma‟lum qismlarida doimiy tuk saqlanadi. Qurtlar tanasidagi tuklarning tarkibi, joylashishi, shuningdek qorincha oyoqlari soni ham, tuzilishi ham tangacha qanotlilarni qurtlar bo„yicha diagnostika qilishda muhim ahamiyatga ega. Qurtlar orasida bir-biridan farqlanuvchi qator biologik guruhlar mavjud. Ularning ko„pchiligi erkin yoki ochiq hayot kechiradi, lekin ba‟zilari tuproqda, boshqalari o„ralgan va yopishtirilgan barglar oralig„ida yashab, barg o„rarlar guruhini tashkil qiladi. Ko‘sak qurti (Heliothis armigera Hb) (Noctuidae – tunlamlar oilasi, Lepidoptera – tengqanotlilar turkumi) G„o„za tunlamining qurti – ko„sak qurti g„o„zaning guli, shonasi va ko„saklarini, makkajo„xorining so„tasini, pomidor mevalarini, bamiya, kanop va kanopning g„unchalarini, no„xat dukkaklarini va boshqa ko„pgina o„simliklarning hosil organlarini zararlaydi. Zararlangan shona va yosh tugunchalar ko„pincha to„kilib ketadi. Ko„sak qurti ba‟zan barglarni ham zararlaydi. Ozarbayjonning Mugon cho„lida ko„sak qurti ko„plab urchigan ba‟zi yillari paxta hosilining 20–30%, ayrim xo„jaliklarda esa 70% va undan ham ko„proq qismi nobud bo„lgan. O„rta Osiyoda, jumladan, Janubiy Tojikistondagi ayrim xo„jaliklarda ko„sak qurti hosil organlarining 12% ga yaqinini nobud qiladi. Umuman 9 olganda, Tojikistonda yalpi paxta hosilining 30% ga yaqini ko„sak qurtidan nobud bo„ladi.Nihoyat, O„rta Osiyoning barcha sug„oriladigan tumanlarida ko„sak qurti no„xat, pomidor, tamaki va makkajo„xori ekinlariga har yili anchagina zarar yetkazishi qayd qilingan. Ko„sak qurti O„rta Osiyo, Kavkaz, Kavkazorti, Yevropaning janubiy yarmi, Xitoy va Hindi-Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika, Shimoliy Amerikaning janubiy yarmi, Janubiy Amerika va Avstraliyaning sharqiy qismida uchraydi. Ko„sak qurti kapalagining uzunligi 12–18 mm, qanotlari yozilganda qulochi 3–4 sm keladi. Oldingi qanotlari sarg„ishkulrang tusda bo„lib, ba‟zan qizg„ish-qo„ng„ir yoki pushti, yoxud ko„kish rangda tovlanib turadi. Oldingi qanotlarida qoramtir rangli yoyiq naqsh bor, oldingi qanotlarining uchidan ichkariroqda unchalik ko„zga tashlanib turmaydigan belbog„cha va qanotlarining o„rtasida ikkita dog„ bor. Bu dog„lardan biri to„q kulrang, buyrak ko„rinishida, ikkinchisi kichikroq, kulrang tusda, yumaloq shaklda va markazi qoramtir rangda bo„ladi. Keyingi qanotlarining rangi oldingilariga nisbatan ochroq, ularning uch tomonidagi bir qismi qoramtirroq bo„ladi. Keyingi qanotlarining o„rtasida bitta qoramtir nishona bor. Ko„sak qurtining tuxumi gumbaz ko„rinishida, qirrali, qirralar tuxumning uchiga borib, bir nuqtada tutashadi. Yangi qo„yilgan tuxumlari oqimtirsarg„ish tusda bo„ladi. Ko„sak qurti O„rta Osiyoning shimoliy tumanlarida ob-havo sharoitiga qarab, soni juda kam bo„lgan birinchi generatsiya bilan hisoblanganda bir yilda 3–4 generatsiya, janubiy tumanlarida esa 4–5 generatsiya beradi. Qishlovchi g„umbaklar diapauzaga kirishi sababli bu zararkunandaning taxminan 85% i O„rta Osiyoning janubida 3–4 bo„g„in va boshqa qismlarida 2–3 bo„g„in beradi. Ko„sak qurti kuzda qaysi o„simliklarda oziqlangan bo„lsa, uning 10 g„umbaklari ham o„sha o„simliklarga yaqin joyda – yerda – 10– 15 sm chuqurlikda qishlaydi. Dastlab voyaga yetgan kapalaklar aprel oxiri – may boshida paydo bo„ladi. O„rta Osiyo va Kavkaz ortida kapalaklarning birinchi ko„plab uchishi g„o„za shonalayotgan (20 may bilan 20 iyun o„rtasida) davrga to„g„ri keladi. 5–10 sm chuqurlikdagi tuproq 20° gacha 158 isigandan keyin 5–10 kun o„tgach, g„umbakdan kapalaklar chiqa boshlaydi. Qishlab chiqqan g„umbaklarning bir qismi may oxiri-iyun o„rtasi va hatto oxirigacha diapauzaga kiradi. O„rta Osiyo o„simliklarni himoya qilish stansiyasi ma‟lumotiga ko„ra, ko„sak qurti kapalaklarining birinchi ko„plab uchishi havoning sutkalik o„rtacha harorati 15°C dan yuqori bo„lganda boshlanadi, qishlayotgan g„umbaklar esa harorat shundan pasaymaganda yaxshi rivojlanadi. Zararkunandaning qurtlik bosqichi 13–21 kun davom etadi. Bu bosqich uzoqroqqa cho„zilganda g„umbaklik bosqichi qisqaradi. Qurtlarning oxirgi 2– 3 generatsiyasi eng xavfli. Qurtlar o„sgan sari, o„simliklarning yuqori qismidan pastki qismlariga tusha boradi. O„sib bo„lgan qurtlar o„zi oziqlangan daladagi yoki unga yaqin joydagi tuproq orasiga 5–15 sm chuqurlikka kirib, g„umbakka aylanadi. Qurtlar g„umbakka aylanishidan oldin tuproq ichiga kirib, mustahkam devorli beshikcha yasaydi va uning yo„li hamda ichki tomoniga o„rgimchak iplari o„rab oladi. Harorat 15°C dan past bo„lmaganda, 15 kundan keyin g„umbaklardan kapalaklar chiqadi, harorat bundan past bo„lganda esa 11 g„umbaklar qishlab qoladi. Ko„sak qurtining to„la rivojlanib bo„lishi (generatsiyasi) asosan haroratga 20°C harorat bog„liq. Oylik o„rtacha bo„lganda qurtning rivojlanishi 43– 44 kunda, 30°C bo„lganda esa 30 kunda tugallanadi. G„o„za zararkunandalariga qarshi biologik kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo„zg„atuvchi mikroorganizmlardan olingan mikrobiopreparatlardan foydalanadi. Biologik agentlardan foydalanishga doir mazkur usulning boisi shundaki, odatda, hammaxo„r entomofaglar va akarifaglar zararkunandaning sonini mustaqil ravishda kamaytirib tura olmaydi. Buning asosiy sababi g„o„za, beda, makkajo„xori va boshqa ekinlarni kimyoviy usulda dorilash oqibatida ular ommaviy ravishda qirilib, tabiatda kam qoladi. Bundan tashqari, tekinxo„r foydali hasharotlarning ko„payib rivojlanishi, aksariyat hollarda, tabiatda ular zararlaydigan va oziqlanadigan zararkunanda hasharotlarning rivojlanish davriga to„g„ri kelmaydi. Bunday foydali hasharotlar qo„shimcha zararkunandalarga bog„liq bo„ladi va soni asta-sekin ortib boradi. Paxta dalalari biotsenozida bu hasharot uchun qo„shimcha oziq kam bo„ladi yoki hatto bo„lmaydi ham. Shuning uchun o„simlik zararkunandalarining kushandalari biolaboratoriyalarda ommaviy ravishda ko„paytiriladi va zararkunandaning ko„plab rivojlanish bosqichida dalalarga qo„yib yuboriladi, bu paytda tabiiy foydali hasharotlar hali kam bo„ladi. Kemiruvchi tunlamlardan 12 Kemiruvchi tunlamlardan quyidagi turlar ham g'o'zaga zarar yetkazishi mumkin (A.I. Petrov ma'lumotlari).Ipsilon tunlami (Agrotis ypsilon Rtt). Turli yoshdagi qurtlarning qishlashi, sernam soz tuproqlarni yoqtirishi bu tur uchun xosdir.Tamaki tunlami (Agrotis obesa Bd.). Ko'plab tamaki ekiniga tushadi, biroq g'o'zada ham uchrab turadi. Birinchi va ikkinchi yoshdagisi qishlashga kirishadi, shu boisdan zarar keltirishi bahordayoq boshlanadi.Qora yelkali tunlam (Ochropleura flammatra Schiff.) ko'pincha g'o'zaga zarar yetkazadi.Qora-S tunlami (Agrotis C – nigrum L.). Rossiya,Ukraina, Belorussiya mintaqalarida ko'proq uchraydi va sezilarli darajada zarar keltiradi. Odatda, yiliga ikki bo'g'in beradi. G'o'zaning zararkunandasi sifatida ham qayd etilgan. Lentali katta tunlam (Triphaena pronuba L.). Bu tur O'rta Osiyoda ko'p uchraydi. Yosh qurtlari hammaxo'r, g'o'zaga ham shikast yetkazishi mumkin. Qora dog'li tunlam (Euxoa temera Hb.). Turkmaniston,Buxoro viloyati va Kavkazda uchratilgan. Yosh qurtlari qishlab chiqadi, ular yozda uzoq davom etadigan diapauzada bo'ladi.Och kulrang yer tunlami (Agrotis crossa Tr.). Keng tarqalgan tur bo'lib, sabzavot va poliz ekinlariga shikast yetkazadi, ba'zan g'o'zaga ham tushadi. Ildizqirqar tunlamlarga qarshi kurash choralari. 1. Tashkiliy-xo'jalik va agrotexnika tadbirlarini o'tkazish. Bunda kuzgi shudgor, yaxob suvini berish, begona o'tlarga qarshi kurashish, g'o'za qator oralariga ishlov berish, uvat yoqalarini tozalash va boshqalar nazarda tutiladi. Xorazmda K. Durdiev (1987) o'tkazgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,qishda sho'r yuvish hamda yaxob suvini berish paytida 3-4 kun ichida suv ostida turgan yerda kuzgi tunlam 83%, undov tunlamining qurtlari esa 27% gacha nobud bo'lgan. 13 2. G'o'za nihollarini so'ruvchi hasharotlardan (shira,trips) himoya qilish uchun chigit gaucho (yoki analoglari) bilan upalanib ekilgan bo'lsa, bu ularni ildiz kemiruvchi zararkunandalardan ham himoya qiladi. 3. Hozirgi kunda ildiz kemiruvchi tunlamlarning nufuzi va ahamiyati 30-40 yil muqaddam davrlardagiga nisbatan ancha kamaygan. Bunga uyg'unlashgan omillar sababchidir. Shu bois tunlamlarning odatdagi uncha yuqori bo'lmagan soniga qarshi biologik usulda muvaffaqiyatli kurashish mumkin. Buning uchun g'o'za nihollari paydo bo'lgach, zararkunandaning feromon tutqichlarini tarqatish kerak. Kech yoki qayta ekilgan paykallarda kuzgi tunlam feromoni bilan bir qatorda undov tunlami feromoni ham joylashtirilishi lozim. Har ikkala feromonli tutqichlar bir-biridan kamida 25-30 m masofada o'rnatiladi. Har kechada o'rtacha 3-4 kapalak tutilishi trixogramma qo'yishni boshlash kerakligidan dalolat beradi. O'z vaqtida (kechiktirmay) dalaga chiqarilgan sifatli trixogramma muvaffaqiyat garovidir. 4. Kuzgi tunlam uchun qabul qilingan iqtisodiy mezon birligi O'zbekistonda o'rtacha har m 2 paykalda 0,2-0,4 dona va undan ko'p qurt mavjudligi bilan belgilangan. Xorazm viloyati sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar g'o'za nihollik davrida vaqtincha har 2 m yerda sun'iy ravishda 4-5 ta begona o't qoldirilsa, ildiz kemiruvchi qurtlar soni har m 2 da 2-3 ta bo'lsa ham o'simlikka xavf tug'dirmaydi. Bu usul Xorazm viloyati sharoitida keng tekshirildi va amaliyotda keng qo'llanilmoqda. Hozirda bu usul yangi nashr etilgan «G'o'za zararkunandalari, kasalliklari va begona o'tlariga qarshi kurash usullari» tavsiyanomalariga kiritilgan. 5. Tunlam qurtlarining soni xavfli darajaga yetgani aniqlansa (har 1 m 2 yerda 1-1,5 ta va undan ko'p qurt) kimyoviy kurash o'tkazish lozim. Buning 14 uchun quyidagi insektitsidlar traktor purkagichi yordamida sepilib, kul`tivatsiya qilinadi yoki dalaga suv taraladi. Kul`tivatsiya qilinganda preparat yer ostiga ko'milib samarasi oshadi, suv quyganda esa qurtlar yuqoriga qarab harakatlanadi va preparat bilan «uchrashuvi» tezlashadi hamda tashqariga chiqqan qurtlar turli kushandalar xavfiga mubtalo bo'ladi. Preparatlardan sipermetrin – 0,3 l/ga, vanteks – 0,25-0,3 l/ga, detsis – 0,7 l/ga, kinmiks – 0,6 l/ga, kurakron – 1,2, politrin-K – 1,0, endjeo- K – 0,2 va fenkill – 0,6 l/ga tavsiya etilgan 2.1.O„rik tunlam. Calymnia subtilis Stgr. Zarari. O„rik tunlamining qurtlari o„rik barglarini, yozilayotgan barg kurtaklarini va gul kurtaklarini, gul va mevalarni eb qo„yadi. Yosh qurtlar gulning ichki qismlariga zarar etkazib to„kib yuboradi. Kattaroq yoshdagi qurtlar mevalarga zarar etkazib, sirtini chuqur va keng chaqa qilib qo„yadi. O„rik tunlami behiga ham bir oz zarar etkazadi. Bazi joylarda o„rik tunlami o„rikning eng ashaddiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Tarqalishi. O„rik tunlami Markaziy Osiyoda uchraydi, Farg„ona vodiysida, SHimoliy Tojikistonda, va O„zbekistonning qo„shni tumanlarida ayniqsa ko„p zarar etkazadi. Ta‟rifi. Kapalagi taxminan 3 sm keladi. Kapalagining oldingi qanotlari rangi sariq-pushti, keyingi qanotlari och malla. Oldingi qanotlarining tashqi chekkasidan och qo„ng„ir tusli keng hoshiya va unga parallel ravishda och yashil yo„l o„tadi. Oldingi qanotlarining 15 uchidagi burchakdan keyingi chekkasining o„rtasiga qarab och yashil yo„l o„tadi, dastlabki qismi uzilgan bu yo„ldan qanotning oldingi chekkasiga uchta perpendikulyar tarmoq ketadi. Tuxumi sharsimon, diametri 1 mm chamasidadir. Tunlam qurtining uzunligi g„umbakka aylanish oldida 2,5 sm gacha etadi, rangi yashil. O„rta yoshdagi qurtlarning orqasida va yonlarida uzunasiga ketgan beshta kambar tiniq yo„l ko„rinib turadi. YOsh qurtlarning gavdasida ko„pgina qora nuqtalar bor, ular keyinchalik oqaradi; yosh qurtlarda birinchi segmentning opqa tomonida ko„ndalangiga qopa qalqon bor; ko„krak oyoqlari qora, so„nggi segmentning yuqorisida qopa dog„ bor. G„ u m b a g i n i n g uzunligi 13-14 mm, rangi qo„ng„ir, orqadagi uchida ikkita uzun qarmoqsimon qili va oltita kalta qili bor. G„umbak o„rgimchak iplaridan siyrak to„qilgan pillaning ichida turadi – pillaga tuproq donalari ham yopishgan bo„ladi. Hayot kechirishi. O„rik tunlami yo„g„on shoxlarning pastki va yon yuzalariga hamda daraxt tanasining shoxlar yaqinidagi qismiga 26 tadan tizilgan tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Tuxumlari och kul rang tusli chang bilan yopilib turadi, urg„ochi hasharot bu changni qornining uchidagi tuklari yordami bilan o„rik po„stlog„idan yig„ib oladi va yopishqoq axlati bilan mahkamlab qo„yadi. Qurtlar ko„klamda barglar yozilishdan sal oldin paydo bo„ladi, ular yuzada ovqatlanmay, kurtaklarning ichini o„yib kiradi. Yozilgan barglarni tunlam qurtlari o„rgimchak iplari bilan yopishtirib teshib qo„yadi. Tunlam qurtlari gullarning otalik onalik iplariga, tugunchasiga zarar etkazadi. Ular g„o„ralarning etini va mag„zini eydi. Zararlangan 16 mevalarda to„g„ri yumaloq teshiklar, ba‟zan noto„g„ri shakldagi keng va chuqur chaqalar ko„rinadi. Tunlam qurtlari tunda oziqlanadi, kunduz kunlari esa o„rgimchak ini bilan biriktirilgan barglar orasida bo„ladi. Tunlam qurtlari bir oydan keyin rivojlanishni tugallab, erga tushadida, xazonlar tagida yoki tuproq yuza qavatida pilla o„raydi va 2-7 kundan keyin g„umbakka aylanadi. Qurtlar bog„ devorlarining burchaklarida va yoriqlarida ham, daraxtlarning po„stloq yoriqlarida ham pilla o„rab g„umbakka aylanadi. G„umbakka aylanishdan 2-3 hafta keyin g„umbaklardan voyaga etgan k a p a l a k l a r uchib chiqadi. Kapalaklar kechqurun soat 9 dan kechasi soat 2 gacha uchadi, tunda ular lampaga yopirilib keladi. Kunduz kuni kapalaklar daraxtlarning pastki tomonida va tanasida qimirlamay yotadi. Tez orada kapalaklar juftlashib tuxum qo„yadi. Urg„ochi kapalak umrida 300-400 ta tuxum qo„yadi. O„rik tunlami bir yilda bitta bo„g„in beradi. Tunlamlar. Paxta yetishtiruvchi barcha mintaqalarda g'o'zaning yer ostki qismiga zarar yetkazuvchi tunlamlarning o'n bitta turi aniqlangan. Tunlamlar g'o'zaga turli darajada shikast yetkazadi. O'rta Osiyo sharoitida g'o'zaga ko'pincha kuzgi tunlam (ko'k qurt) tushadi. Boshqa turlari, jumladan undov va yovvoyi tunlam uncha ko'p uchramaydi, ammo ba'zi yillarda bunday turlar ham ekinlarga katta xavf tug'dirishi mumkin.Bu tunlamlar hammaxo'r hisoblanadi, lekin ularning xush ko'radigan ekinlari va begona o'tlari mavjud. Masalan, undov tunlami – bedani, kuzgi tunlam – g'o'zani, yovvoyi tunlam esa poliz ekinlarini xush ko'radi. Yashash tarzi, shikastlashi va kurash usullari hamma tunlamlarda deyarli bir xil. Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Schiff). Sug'oriladigan paxtachilik tumanlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir. Uning qurtlari 34 ta o'simliklar 17 oilasiga mansub bo'lgan yuzlab ekinlarga zarar yetkazadi. G'o'za, beda, qand lavlagi, makkajo'xori, g'alla, moyli o'simliklar va poliz ekinlari, shuningdek, pechak, yovvoyi tojixo'roz, sho'ra, olabo'ta kuzgi tunlamning eng xush ko'rgan ozig'idir. Kuzgi tunlam qurtlari unib chiqayotgan g'o'za chigitini shikastlab,urug' pallalarini teshadi, ildizlarni yoki ildiz bo'g'zi yaqinidagi poyani kemiradi, ba'zan maysaning yer ustki qismiga ham zarar yetkazadi. Ko‘k tunlam Monitna incerta Hufn. Zarari. Ko‘k tunlam qurtlari Tojikistonning Isfara-Konibodom bog‘lariga o‘rik tunlamining qurtlari bilan birgalikda zarar etkazadi. Ular birmuncha kam bo‘lgani uchun o‘rik tunlamidan kamroq zarar keltiradi. Tarqalishi. Ko‘k tunlam Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz, G‘arbiy va Markaziy Sibir hamda Evropada uchraydi. Ta’rifi. Ko‘k tunlam kapalagining kattaligi qanotlarini yozib turganda 36-40 mm keladi; rangi qo‘ng‘ir yoki gunafsha kul rang; oldingi qanotlarida qoramtir (ko‘pincha qora) cho‘ziq dog‘i bor; bundan tashqari, oldingi qanotlarining o‘rtasiga yaqin joyda bo‘yraksimon va yumaloq dog‘lari bo‘ladi. YUmaloq dog‘ ro‘parasidagi cho‘ziq qoramtir dog‘ning oldingi chekkasi kertikdir. tunlam deb ataladi, ba’zan esa gunafsha tusli ilk tunlam deb ham yuritiladi. Hayot kechirishi. Ko‘Ko‘k tunlam qurti uzunligi 3,0-3,5 sm bo‘lib, havo rang tuslidir, uning gavdasi bo‘ylab oq yo‘llar o‘tgan. Qurtlarining rangiga qarab, bu hasharot ko‘k k tunlam bilan o‘rik tunlamining hayot kechirishi asosan bir-biriga o‘xshaydi. III. QARSHI KIMYOVIY KURASH TADBIRLARI. O„rik tunlamining qator tizib qo„ygan tuxumlari daraxtlarning tanasi va 18 shoxlarida yaxshi ko„rinib turadi, shuning uchun qishda yoki erta ko„klamda ularni qirib olish yoki latta bilan ezib yanchish kerak. 19 Ammo bu usulda hasharotning bir ozgina qismi yo„qoladi, chunki u daraxtning ko„p joylariga tuxum qo„ygan bo„ladi. Ko„klamda, kurtaklar bo„rtguncha 6 % li karbolineum emulsiyasi yoki 10 % li mineral moy emulsiyalarini purkash ma‟qul, chunki ayni vaqtda o„simlik bitlarining tuxumlari bilan koksidalar ham nobud bo„ladi. G„umbaklarga qarshi kurashda daraxtlar ostidagi tuproqni yaxshilab yumshatgandan keyin bog„larga suv bostirish foydalidir. Tunlam qurtlariga qarshi kurash uchun daraxtlarga 10 % li DDT dustining suvdagi 2 % li suspenziyasi yoki ho„llanuvchi 30 % li DDT poroshogining 1 % li suspenziyasi purkaladi. Dori erdan turib purkalganda shox-shabba qalinligiga qarab gektariga 2500-4000 l suyuq dori ketadi, samolyotdan turib esa DDT dustining 10 % li suspenziyasi gektariga 150-250 l hisobidan purkaladi. DDT dusti samolyotdan changlanganda gektariga 40-60 kg hisobidan sarflanadi. Daraxtlar gullagan davrda gullarni hasharotlar changlashiga to„sqinlik qilmaslik uchun DDT ishlatish yaramaydi. Har bir ayrim holda samolyotdan dori purkash masalasini mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishib hal etish kerak. Ipak qurtlarining ozig„i-tut daraxtlarining yaqinida samolyotdan dori sepish yaramaydi. Bog„da o„rik tunlamidan tashqari o„rik filchasi ham bo„lsa, DDT dustining 2 % li suspenziyasi o„rniga 3 % li suspenziyasini purkash kerak. Bog„dagi daraxtlarga klyasterosporoz (danakli mevalarga dog„ tushishi) kasalligi va tunlam tushgan bo„lsa, suspenziyani suvda emas, balki bordo suyuqligida tayyorlash kerak: daraxtlar gullagandan keyin 20 1 % li suspenziya va kurtaklar yozilguncha 3 % li suspenziya purkaladi. O„rik tunlamining qurtlariga qarshi kurashda, DDT preparatlaridan tashqari, piretrum ekstrakti ham ishlatiladi, bu dori daraxtlar gullagandan keyin 7 va 17 kun o„tkazib, ikki marta purkaladi, eritma 1 l suvga 2 % li piretrum ekstraktidan 2 g va sovundan 2 g qo„shilib tayyorlanadi. Dori purkashdan keyin to„kilgan qurtlarni ezib tashlash kerak, chunki ulardan ko„plari ma‟lum vaqtdan keyin jonlanib, yana daraxtlarga chiqib oladi. O„rik tunlamiga qarshi qanday kimyoviy vositalar qo„llanilsa, o„rik odimchisining qurtlariga qarshi o„shanday kimyoviy vositalar ishlatiladi. Bog„ erini yumshatib qo„yish ham katta ahamiyatga egadir, chunki odimchi g„umbaklari osoyishtalikning buzilishiga toqat qilolmaydi. Bundan tashqari o„rik odimchisiga qarshi kurashda ham xuddi tut odimchisiga qarshi kurashdagi kabi elim halqalaridan foydalaniladi, ammo bu halqalar ertaroq-noyabr oxirida qo„yiladi. O„rik tunlamiga qarshi qanday kurash olib borilsa, ko„k tunlamga qarshi o„shanday kurash olib boriladi. Meva o‟rgimchakkanasiga qarshi kurashdagi eng muhim deqqonchilik-xo„jalik choralari qo„yidagilardan iborat: erta ko„klamda yoki kech kuzda daraxtlarning po„stlog„i nobud bo„lgan po„stlardan tozalanadi, tushgan chiqindi yoqib tashlanadi, daraxtlar tanasi ohak bilan oqlanadi; erta ko„klamda daraxtlarning shox-shabbasi uchidan kesiladi – siyraklanadi va zararlangan shoxlari hamda erkak novdalari kesib tashlanadi. 21 Meva o„rgimchakkanasiga qarshi kurash uchun ishlatiladigan kimyoviy choralar qo„yidagidan iborat: erta ko„klamda, kurtaklar bo„rtguncha daraxtlarga karbolineumning 8 foizli emulsiyasi, yoki 5° li (Bome areometri bo„yicha) ohak-oltingugurt qaynatmasi yoki 10 foizli mineral moy emulsiyasi purkaladi. YOzda daraxtlarga 0,5° li ohakoltingugurt qaynatmasi purkaladi. Olma qurti va o„rgimchakkanaga qarshi bir yo„la kurash olib borganda insektitsid suspenziyasining 1 l ga yanchilgan yoki kolloid holatdagi oltingugurtdan 10 g qo„shish tavsiya etiladi. Kimyoviy preparatlarni qo‟llash natijalari bo‟yicha Nurell-D, 55% e.k preparati 0,1 l/ga ishlatilganda 1 tupdagi daraxt shoxida lichinka 3 kunda n so‟ng 18 dona qolgan. Kuzatuvning 7 kunda qalqondorlari 18 donadan 10 donani tashkil qilgan. 14 kuni esa 5 dona qolgan. Biologik samaradorlik gektariga 0,1 litr ishlatilganda 3 kundan keyin 46,1% ga ishlov berilgandan so‟ng 7 kun o‟tgach 66,5% ni, kuzatuvning 14 chi kuni biologik samaradorlik 81% ni tashkil etgan. Gektariga Sumi-alfa, 5%e.k. 0,3 l/ga preparatini ishlatganda ishlov berilgungacha bir tup daraxtda 35 ta qalqondor bo‟ lgan bo‟ lsa ishlov berilgandan 3 kun o‟tgandan so‟ng ularning soni 14 dona bo‟ lgan.Ishlov berilgandan 7 kun o‟tgandan so‟ng lichinkalarning soni 8 dona qolgan. Kuzatvning oxirgi 14 kuni bir tup daraxtda o‟rtacha 4 dona qalqondor bo‟lgan. 22 XULOSA Meva bog„larimizni zararkunandalardan xoli bo„lishi xalqimiz dasturxonidan qishin-yozin eng sifatli va mazali mevalarni arimasligiga asos bo„ladi. Buning uchun meva bog„lari va tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni, o„g„itlash xamda sug„orish ishlarini o„z vaqtida va sifatli o„tkazish lozim. O„rik tunlamining qurtlari o„rik barglarini, yozilayotgan barg kurtaklarini va gul kurtaklarini, gul va mevalarni eb qo„yadi. YOsh qurtlar gulning ichki qismlariga zarar etkazib to„kib yuboradi. Kattaroq yoshdagi qurtlar mevalarga zarar etkazib, sirtini chuqur va keng chaqa qilib qo„yadi. O„rgimchakkana odatda olma daraxtiga zarar etkazadi, ammo boshqa urug„li va danakli meva daraxtlariga ham tushadi. O„rgimchakkana ko„p so„rgan barglar qo„ng„ir tusga kirib, assimilyasiya xossasini ancha yo„qotib qo„yadi, ba‟zan nobud bo„lib, ko„plab to„kilib ketadi O„rta Osiyo vergulsimon qalqondori tuxum stansiyasida ona qalqoni ostida, ozuqa o„simliklarining po„stida qishlaydi. Bir yilda ikki avlodi rivojlanadi. Qalqondorlar miqdor me‟yorini nazorat etishda yirtqichlar va parazitlar katta ro‟l o„ynaydilar, barcha tadqiq etilgan qalqondorlar eng samarali yirtqichlari quyidagilardir: Chilocorus bipustulatus L va Exochomus quadripustulatus L. 23 Turon soxta qalqondorida 19 dan ortiq turdagi parazitlar aniqlangan. Bulardan samarasi yuqori bo„lganlari: Blasthotrix turanica Sug. Metaphycus dispar Mecred, ular ikkinchi yoshdagi lichinkalarni 30% ga qadar zararlaydi. Binafsha rangli qalqondorda parazitlarning uch turi Aniqlangan va ulardan eng samaralisi Anthemus aspidioti Nikdir. Bu parazit qalqondorni 10.213.6% zararlaydi. 24 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Entomologiya, qishloq xo„jalik ekinlarini ximoya qilish va agrotoksikologiya asoslari” SH. T. Xo„jaev, E.A. Xolmurodov Toshkent – 2009 2. “Agro iljm”jurnali 3(27)-son, 2013 3. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №5.2013 4. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №10.2013 5. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №4.2007 6. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №11.2008 7. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №11.2009 8. “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnali №3.2013 9. “O„simliklarni ximoya qilish” Pospelov va boshqalar. INTERNET MA‟LUMOTLARI http://www.referat.ru http://www.phytopatology.com http://www.fungiperfekti.com http://www.mycophy.com 25