Telekomunikatsiya injinering va kasbiy ta`lim fakulteti Mavzu: “Online noutbuk savdo WEB sayti” Topshirdi__________________________Ubaydullayev Abduvahob Qabul qildi__________________________________ X.Musayev ONLINE NOUTBUK SAVDO WEB SAYTINI YARATISH MUNDARIJA I. KIRISH ................................................................................................. 3 II. NAZARIY QISM. .............................................................................. 7 2.1. Web saytlar va ular haqida umumiy ma’lumotlar. ...................... 7 2.2. HTML, Java Script va CSS texnologiyalari. ................................. 8 III. AMALIY QISM. ............................................................................. 12 3.1. Web saytning tashqi dizayn ko’rinishini (front-end) yaratish. . 12 3.2. Web saytning ichki ko’rinishini (back-end) yaratish. ................ 13 XULOSA ................................................................................................ 17 Foydalanilgan adabiyotlar : ................................................................. 17 I. KIRISH Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu iqtisodiy o’sish mexanizmi, hamda boshqa sohalarda iqtisodiy jarayonlarni sezilarli darajada o’zgartirib va intellektual inson mehnat mahsuloti, ma’lumotlaridan foydalanish va bilimlarga asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotni shakllantirishga ta’sir ko’rsatishni davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947- sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvoffiq, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’li bilan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish xizmat ko’rsatish sohasining jadal rivojlanishi, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning roli va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibida tub o’zgarishlarni, birinchi navbatda zamonaviy yuqori texnologiyali xizmatlar, shuningdek, yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, boshqaruv tizimida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. O’zbekistonda zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hayotning barcha javxalarida innovatsion usullar bilan bog`liq bo’lgan yuksak salohiyatli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha bir qator choratadbirlar amalga oshirilmokda. Bugungi kunda respublikamiz AKT sohasidagi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida tan olingan. 2017 yilda Halqaro elektraloqa ittifoqi (“ Axborot jamiyati o’lchovi”) ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yil bilan taqqoslanganda mamlakatimiz AKTni rivojlanish indeksi bo’yicha sakkiz pog`onaga ko’tarilib, 95 o’rinni egalladi. 2016 yilda respublika YaIMda AKT sektorining ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. AKT tarkibida yuqori ulush xizmatlar sohasiga to’g`ri keladi. Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini intеrnеt global tarmog’isiz, intеllеktual ishchini esa ish joyida kompyutеrsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyutеr tеxnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida bеhad ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida intеrnеtdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmoqda. Intеrnеtda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko’rinishi qulay bo’lishiga e'tibor bеrish zarur. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, informatsion yagona bus-butun bo’lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma'lum standartga ega bo’lishi kеrak. Yuqorida kеltirilganlardan Web-saytni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o’rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbliligi kеlib chiqmoqda. Ushbu qo’llanma o’quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan bo’lib, ular maktablar yoki o’quv markazlari haqida masofadan turib to’liq ma’lumotga e’ga bo’lib o’zlari istagan o’qituvchining darslariga online ravishda yozilish imkoniyatini yaratib beradi. Ayniqsa xozirgi COVID-19 pandemiyasi paytida bunday loyihalar juda dolzarb xisoblanadi. Shu sababdan, ushbu yo’nalish mutaxassislariga, ularning informatsion intеllеktual faolligi va zamonaviy tеxnologik madaniyatiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi, mutaxassis va umuman, jamoaning muvaffaqiyati tadqiqodchi va foydalanuvchilarning zamonaviy kompyutеr va Web–tеxnologiya uslublari va instrumеntal vositalarini qanday darajada o’zlashtirib olganliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ushbu loyiha ishi informatsion tеxnologiyaning yangi va samarali yo’nalishini o’rganishga yo’naltirilgan. Web-tеxnologiya va WWW butun dunyo cho’lg’amining ishlab turish asoslarini, Web-sahifa saytlarini yaratish va rеjalashtirishni va ularni intеrnеtga joylash va rеklama qilishning ahamiyati bеqiyos katta dеsak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: 3. Texnik 4. Programmaviy 5. Informatsion Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi. II. NAZARIY QISM. 2.1. Web saytlar va ular haqida umumiy ma’lumotlar. Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog’imizga chalinadi. Ushbu so’z internet manzil ekanligini bilamizku, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o’zimiz ham saytimizga ega bo’lishimiz kerakligi haqida o’ylab ko’rmaymi.Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi. Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir. Saytlarning Turlari: Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do’konlar), bloglar, lendinglar va h.k. Web-sayt – nima uchun kerak? Hozirda mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi va o’z mahsulotlarini taklif etuvchi shaxslar, kompaniya va tashkilotlar o’z web-saytlariga egalar. Ho’sh, internetdagi sayt ular uchun nega keak? 1. Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish – websayt orqali kompaniya, xizmatlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etish mumkin. Sayt mijozlaringizni xizmat yoki mahsulotlaringiz haqida yil bo’yi, kecha-yu kunduz xabardor qiladi.Siz o’z saytingizga havolani vizitkalar, suhbat davomida, reklama materiallari va kataloglarda, qidiruv tizimlarida va shu kabi turli ma’lumotnomalarda taqdim etishingiz mumkin.Qolaversa saytdagi ma’lumotlarni o’zgartirish va yangilash ham juda oson. Bu avvalgi reklama bukletni modellashtirish, chop etish va mijozlarga yuborish kabi sarf-harajatlarning oldini oladi. Mijozlarni jalb qilish – web-sayt – xizmatlaringiz va mahsulotlaringizga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish va mijozlarni jalb qilishda yordam beradi. Potensial mijozlar kataloglar va internet orqali qidiruvda kalit so’zlarni kiritib sizning saytingizni topadilar, xizmat, mahsulotlar va shartlar bilan tanishadilar. Mijozlarga xizmat ko’rsatish – web-sayt mavjud mijozlar bilan ishlash vositasidir. Uning yordamida internet orqali mijozlarga turli xil ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Axborot almashish – web-sayt kompaniya xodimlari va rahbarlarining o’zaro axborot almashinuv vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Agar siz hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni saytga joylashtirsangiz, kompaniya rahbariyati va boshqa xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo’ladi. Kompaniya imidji – sayt – sizning yoki kompaniyangiz imidji hisoblanadi. Sayt mavjudligi kompaniyaning taraqqiyoti va uning zamon talablariga muvofiqligidan dalolat beradi. 2.2. HTML, Java Script va CSS texnologiyalari. JavaScript - bu interaktiv va dinamik veb-saytlarni yaratish uchun keng qo'llaniladigan dasturlash tili. U birinchi marta 1995 yilda Brendan Eich tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda ECMAScript standartlari organi tomonidan qo'llabquvvatlanadi. JavaScript barcha asosiy veb-brauzerlar tomonidan qo'llabquvvatlanadigan yuqori darajali, talqin qilingan dasturlash tilidir. JavaScript asosan veb-brauzerda ishlaydigan mijoz tomoni skriptlarini yaratish uchun ishlatiladi. Bu shuni anglatadiki, u serverda emas, balki foydalanuvchining kompyuterida bajariladi. Bu foydalanuvchi tajribasini tezroq va sezgirroq qilish imkonini beradi, chunki kod to'g'ridan-to'g'ri brauzerda serverga borishni talab qilmasdan ishlashi mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-dan Node.js kabi texnologiyalar yordamida server tomonidagi skriptlarni yaratish uchun foydalanish mumkin. JavaScript-ning eng mashhur qo'llanilishidan biri bu interaktiv veb-sahifalarni yaratishdir. Masalan, JavaScript-dan ochiladigan menyular, tasvir slayderlarini yaratish va shaklni tekshirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, animatsiyalar, qalqib chiquvchi oynalar va modal oynalar kabi dinamik effektlarni yaratish uchun ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript vazifalar ro'yxati va kalendarlar kabi veb-ilovalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin. JavaScript odatda HTML va CSS kabi boshqa veb-texnologiyalar bilan birgalikda ishlatiladi. HTML veb-sahifaning tuzilishini ta'minlaydi, CSS esa maket va dizaynni yaratish uchun ishlatiladi. JavaScript veb-sahifaga interaktivlik va dinamik xatti-harakatlarni qo'shish uchun ishlatilishi mumkin. avaScript o'rganish uchun nisbatan oson til bo'lib, barcha asosiy veb-brauzerlar tomonidan qo'llabquvvatlanadi. Sintaksis C va Java kabi boshqa dasturlash tillariga o'xshaydi va JavaScript-ni o'rganish va boshlashga yordam beradigan ko'plab manbalar mavjud. Bundan tashqari, Angular, React va Vue.js kabi ko'plab ramkalar va kutubxonalar mavjud bo'lib, ular ishlab chiqish jarayonini soddalashtirish va murakkab ilovalarni yaratishni osonlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, JavaScript mijoz tomoni tilidir, shuning uchun u foydalanuvchi kompyuterida ishlaydi. Bu shuni anglatadiki, kod foydalanuvchiga ko'rinadi va ular xohlasa, uni ko'rishi va o'zgartirishi mumkin. Bu xavfsizlik bilan bog'liq bo'lishi mumkin, shuning uchun har qanday foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarni serverga yuborishdan oldin tekshirish va tozalash muhim ahamiyatga ega. CSS (Cascading style sheets – Kaskadlangan stillar jadvali) — bu belgilash tilidan foydalanib yozilgan hujjatlarning ko’rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan rasmiy til hisoblanadi.U asosan HTML va XHTML belgilash tillari yordamida yozilgan veb-sahifalarning ko’rinishini tasvirlash va loyihalash vositasi sifatida ishlatiladi, ammo har qanday XML hujjatlariga, masalan, SVG yoki XUL-ga ham qo’llanilishi mumkin. CSS veb-sahifaning tashqi ko’rinishiga ishlov beradi. CSS dan foydalanib, siz matnning rangini, shriftlarning uslubini, paragraflar orasidagi bo’shliqni, ustunlarning o’lchamlari va joylashishini, fon rasmlari yoki ranglarning qanday ishlatilishini, sxemaning tuzilishini, turli xil qurilmalar va ekran o’lchamlari uchun displeyning o’zgarishini boshqarishingiz mumkin. shuningdek, turli xil effektlarni ham. CSS ning afzalliklari CSS vaqtni tejaydi – Siz CSS ni bir marta yozib, keyin bir nechta HTML sahifalarida qayta foydalanishingiz mumkin. Har bir HTML elementi uchun uslubni aniqlab, uni istaganingizcha veb-sahifalarga qo’llashingiz mumkin.Sahifalar tezroq yuklanadi – Agar siz CSSdan foydalanayotgan bo’lsangiz, har safar HTML atributlarini yozishingiz shart emas. Bir tegning bitta CSS qoidasini yozing va uni ushbu tegning barcha holatlariga qo’llang. Shunday qilib, kam kod degani tezroq yuklab olish vaqtini anglatadi.Oson texnik xizmat ko’rsatish – global o’zgarishni amalga oshirish uchun oddiygina uslubni o’zgartiring va barcha veb-sahifalardagi barcha elementlar avtomatik ravishda yangilanadi.HTML ga nisbatan ustun uslublar CSS da HTML ga nisbatan ancha kengroq xususiyatlar mavjud, shuning uchun HTML atributlarga qaraganda HTML sahifangizga yanada yaxshiroq ko’rinish berishingiz mumkin. Bir nechta qurilmalar mosligi – Uslublar jadvallari bir nechta turdagi qurilmalar uchun tarkibni optimallashtirishga imkon beradi. Xuddi shu HTML hujjatidan foydalangan holda veb-saytning turli xil versiyalari uyali telefonlar kabi qo’lda yoki qurilmalarda taqdim etilishi mumkin. PHP juda keng qo'llanadigan dasturlash tilli bo'lib, internet juda katta qismini egallab o'lgan. Nega aynan internetni deyishingiz mumkin. Chunki PHP web server texnologiyalari hisoblanib, web server yani saytda ishlaydi. Masalan qolgan dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar konsolda yoki windows(oyna) shaklida ishlaydi. Tuzgan dasturimizning natijasini ko'pchilikga yoqimsiz va tushunarsiz bo'lgan konsolda ko'ramiz. Agarda biron-bir odamga oddiygina tuzgan dasturingizni ko'rsatmoqchi bo'lsangizchi? Yoqimisiz, qop-qora konsolni ko'rsatasizmi? :) Windows elementlaridan foydalanib, o'ziga xos dizaynga ega dastur tuzishga esa anchagina vaqt ketadi. Lekin tuzgan taqdiringizda ham oddiy foydalanuvchini e'tiborini qozonish juda qiyin bo'ladi. Unda qanaqa dastur tuzish kerak deb o'ylaysiz. Masalan siz oddiy hisob kitob qiluvchi dasturning kompyuter uchun C++ yozdingiz va huddi shu dasturni PHPda yozib chiqdingiz. Endi shu dasturni do'stingizga foydalanishni tavsiya qilsangiz, do'stingiz nima qiladi? Albatta o'sha PHPda yozilgan dasturni ishlatib ko'radi. U oddiygina mobil telefoni yoki planshetidan o'sha dastur joylashtirilgan saytga kirib ko'radi va albatta bu dasturingizdan qoyil qo'ladi :) Yani dastur foydalanish qulay bo'lgan platformaga tuzish kerak. Ayni paytda web sayt va mobil telefonlar foydalanish hamma uchun qulay. Masalan hozir internet juda rivojlanib, foydalanish esa qulaylashib bormoqda. Demak kelajakda internet bundan ham rivojlanib ketadi. Shuning uchun internetga dastur ya'ni Web App yozish kerak. Bunda esa bizga PHP yordam beradi. III. AMALIY QISM. 3.1. Web saytning tashqi dizayn ko’rinishini (front-end) yaratish. Asosiy(home) qismi. “Bizning o`qutuvchilar” “Biz haqimizda” 3.2. Web saytning ichki ko’rinishini (back-end) yaratish. Web saytga php qo`shish uchun “xampp”- dan foydalanamiz. “PHP-ga ulanish kodi” “PHPMyadmin”-yordamida baza yaratib olamiz. Yaratilgan bazaga ma`lumot qo`shish Yaratilgan bazadan ma`lumot o`chirish Yaratilgan bazadan ma`lumotni taxrirash Web sayhifadagi “Biz haqimizda”-ga malumot kiritish XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hozirgi zamonda web dasturlash tili rivojlanib bormoqda. Kundan kunga yangiliklar qoshilib bormoqda.Men qisqa vaqt mobaynida web dasturlash fanidan ancha tushunchaga ega boldim.Ustozlarimiz orqali bilimimni mustahkamlab tushunmagan joylarimni tushunib oldim. Shu bilimim doirasida kichik loyiha ishini qildim. Loyiha ishida maksimal darajada bilimlarimdan foydalanib tushunmagan joylarimni ustozlardan so`rab o`raginib oldim va mustahkamladim. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. https://www.youtube.com/@AnglaUz 2. https://www.w3schools.com/html/default.asp 3. https://getbootstrap.com/docs/5.3/getting-started/introduction/ 4. https://chat.openai.com/ 5. https://fontawesome.com/
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )