Tavsifnoma Berildi ushbu tavsifnoma Osiyo Xalqaro Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti fioligiya va tillarni o’qitish : ( roman-german ) ta’lim yo’nalishi 8 FT ing 23 guruh talabasi Ahmedova Muhabbat Alisherovnaga shu haqdakim , u haqiqatdan ham 2025 -yil 27-yanvardan 22-fevralgacha Buxoro shahridagi 20-umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotni o’tadi. Ahmedova Muhabbat pedagogik amaliyot davomida 1-V, 4 -A, 4-V , 1-A sinflarida ingliz tili fanidan darslarni olib bordi. U o’z darslarini didaktik o’yin texnalogiyasidan foydalanib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga erishdi. U har bir darsni interfaol usullardan foydalanib, turli xil tarzda o,tkazishga va o’quvchilarning bilim samadorligini oshirishga erishdi. Ahmedova Muhabbat 12-fevral kuni 3-A sinf o’quvchilari bilan ‘Hobbies’ mavzusida noan’anaviy dars o’tkazib maktab jamoasi va o’quvchilar orasida katta obro’ga ega bo’ldi va o’zining izlanuvchan, ijodkor o’qituvchi ekanligini namoyon etdi. Budan tashqari 27-fevral kuni ‘Milliy liboslar’ mavzusida 5-‘A’ va 10-‘A’ sinf o’quvchilari bilan interfaol usullardan foydalanib sinf tadbiri tashkil etdi. Ahmedova Muhabbat 5-‘A’ va 10-‘A’ sinf rahbari sifatida ham faoliyat ko’rsatib o’zining kirishimli, xushmuomala va mehnatsevar ekanligini ko’rsata oldi. U sinf rahbariga barcha ishlarida yaqindan yordam berdi va sinf o’quvchilari bilan maktab va jamoa ishlarida faol ishtirok etib , 14- fevral kuni ‘Alisher Navoiy hayoti’ mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazdi. Maktab ma’muriyati va ingliz tili fani metod birlashmasi Ahmedova Muhabbat kelajakda yetuk malakali mutaxasis bo’lib yetishadi deb ishonch bildiradi. Tavsiyanoma so’ralgan joyga taqdim etidh uchun berildi. Maktab direktori: ` ____________________________________ Metod birlashma raisi: ___________ ______________ ________________________________________ Sinf rahbari: _______________ ______________________________________