Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalash metodikasi. Mundareja Kirish . I bob. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning nazariy asoslari. 1.1. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning ilmiy pedagogik asoslari 1.2. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning hozirgi holati. II bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalash metodikasi. 2.2. 3-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo’yicha namunali dars. 2.2. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalab o’tishning metod-usul va vositalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: Yosh o’rganuvchilar ilk maktab kunlaridanoq matematika bilan tanishishadi. Va shu bilan birga bu fan orqali barcha fanlarga yo’l ochishadi. O’rganilayotgan fanlarning barcha mavzularida matemaikaga murojaat qilamiz. Yosh o’rganuvchilar uchun matematika dunyoning bilim eshiklarini ochadi, hamda o’z o’rganuvchilari uchun deyarli har kuni yangi topshiriq bera oladi. Fanlararo bog’lanishlarni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Boshlang’ich sinflarda predmetlararo bog’lanishlarni amalga oshirish juda oson kechadi. Chunki barcha fanlarni bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldiga fanlararoo bog’lanishlar ochiladi. Boshlang’ich sinflarning o’quv fanlari tevarak atrofdagi voqealar va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar oladilar. Matematikaning faxrlanuvchi xususiyati shundan iboratki, u ob’yektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlarga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Ya’ni tushunchalarni abstraksiyaligi va umumiyligini e’tirof etadi. Ular orasida bog’lanishlarni ifoda etadi bunday bog’lanishlarni o`rgatadi umumiy faoliyatlarni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi tasavvurlar va elementar tushunchalar, har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari, o’qitish forma va metodlarga tayanadi. Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimda bo’layogan o’zgarishlar ta’lim to’g’risidagi qonunlarda hamda «Kadrlar tayyorlash midlliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgandek har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo’ymoqda. Bu vazifa boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturida, o’quv rejalarida darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qilish mumkin. Davlat ta’lim standartlari o’quv fani bo’yicha o’quv metodik rejalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligi va fanlararo bog’lanishlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi haqida so’z borganda biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorgarligini tushunish kerak. Boshlang’ich ta’limda matematika fani alohida o’rin egallaydi, chunki bu fan bolalarni hisoblash qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmay ularning dunyoqarashlarini rvojlantirish, hayotda uchraydigan turli-tuman tushunchalar, miqdorlar har xil xossalar bilan tanishtiradilar. Darsliklarda berilgan har qanday misol va masalalarni yechishda fanlar bog’lanishlarni aniqlab ularni hayot bilan bog’laymiz. So’ngi yillarda respublikamiz boshlang’ich sinf maktablarida matematikani o’qitish butun sistemasida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab oldiga yangi vazifalarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunini tubdan o’zgarishiga olib keldi. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan katta mas’uliyat, bilim, mahoratni talab etadi. 1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o‘rta ta’lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o‘qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo‘lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi. Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarini o’rgatish jarayonida ularni tejamkorlikga o’rgatish usullari va ularni matematikaga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish. Kurs ishining vazifasi: Matematika darslarida o'quvchilarni tejamkorlikga o'rgatish hamda ularni teran fikrlashga o’rgatish. Kurs ishi obyekti: Kurs ishining muammosiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy- mantiqiy tahlil, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini kuzatish, suhbat, qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov so’rov-anketa, ishlarini tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish kabi usullardan foydalanildi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida” gi Farmonida belgilanganidek“2022 yil 1 sentyabrga qadar iqtidorli bolalar bilan ishlashning “MaktabUniversitet-Markaz” yaxlit uzluksiz ta'lim tizimini joriy etish va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va ta'lim dasturlari o'zaro uzviy bog'langan holda ishlab chiqish” kabi vazifalar belgilangan. O'zbekiston bugungi kunda mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimga ega zamonaviy davlat sifatida dadil rivojlanish yo'lidan bormoqda. Shu bilan birga mamlakatimizning barcha sohalarda keng miqyosda islohotlar amalga oshirildi. Shu ma'noda, matematika fani taraqqiyotiga buyuk allomalarimizning erishgan yutuqlari, ular yaratgan nazariyalar va fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini o'quvchilar ongiga singdirish ustoz va murabbiylar oldiga turgan vazifalardan biridir. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish zarur. Bu esa umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika darslarini ketma-ketlik asosida soddadan murakkabga va matematikaning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqlik asosida hamda ushbu fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlik va mantiqiy bog'liqlik asosida tashkil etish esa o'quvchilarni bilim olishlari uchun zamin yaratadi. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimi o'qitish texnologiyalarini tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Chunki o'qitishni individuallashtirish, ijodiy potentsialni kuchaytirish, ta'lim oluvchilarning shaxsiy qiziqish va individual xususiyatlarini amalga oshirishga ojizlik qiladi. Shuning uchun bugungi kunda o'qitishning didaktik tamoyillari, ilmiy-metodik yondashuvlari, o'qitish shakl, metod, vosita va texnologiyalarini, zamon talablari asosida qayta ko'rib chiqishga zaruriyat tug'ilmoqda. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi boshqa fanlarni o‘qitish metodikalari (tayanch fani matematika, ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bog’lanadi. O‘qituvchi o‘qitishda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Predmetlararo bog’lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Mashg‘ulotlarda metodika fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida metodik manbalarni (dastur, metodik qo‘llanma, darsliklarni tahlil qilish va uni tuzatish kabilar) o'rganish bilan birga, metodik adabiyotlarga ijodiy yondoshib, ulardan o‘qitish ishlarini tashkil qilishda, ilmiy izlanishlar olib borishda didaktik tamoyillar ketma-ketligidan foydalanadilar. 0‘quv-mashg‘ulotlarida talabalar dars ishlanmalari tuzish, turli metodik yo‘nalishga oid tavsiyalar yozish va bunda har bir mavzuga qay yo‘sinda yondoshish muhim ahamiyatga ega ekanligini har tomonlama muhokama qilish bilan ham shug‘ullanadilar. Pedagogik amaliyot mazmuni nazariy bilimlarni boshlangi‘ch sinf matematika darslarida qo‘llay olish, fanlararo aloqadorlikni mustahkamlashni amalga oshirishni talab etadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba Davlat ta'lim standard va dastur, darslik mazmuni bilan tanish bo‘lishi kuzatiladi.Talabalmining nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi, Boshlangi‘ch sinf o‘quvchilariga matematikadan beriladigan bilim, hosil qilinadigan malaka va ko‘nikmalar jarayoni o‘quvchilaming kasb-hunarga qiziqtirishini shakllantiriga qaratiladi. Uzviylikni ta‘minlash maqsadida 5-sinfda o‘rganiladigan million ichida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va boiishning hamma hollarini udallay olishi uchun metodik jihatdan uzviyligi va ketma-ketligini mustahkamlydi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika fanini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o'qitish bugungi kunda ta'lim jarayonining eng optimal shakl, metod, vositalarni tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi. Matematikani o'qitishda integrativ yondashuvlar metodologiyasi asosida o'qitishda o'quvchilar bilimini oshirishning an'anaviy shakli bo'lgan sinf-dars tizimida matematikani o'qitish jarayonida misol va masalalar yechish, namoyish tajribalar o'tkazish, nazorat ishi, test, konsultattsiyalar va mustaqil ishlar kabi o'qitishning eng taniqli shakllari ishlab chiqilgan. Ularning barchasi umumiy o'rta ta'lim maktablar tizimida o'zining o'rniga ega. “Integratsiya” atamasi bir butunlik degan ma'noni anglatadi, matematik fanlar integratsiyasi deganda fanlar mazmunining o'zaro singishi va aloqalari nazarda tutiladi. Integratsiya muammosi fanning rivojlanishi bilan bog'liq. Integratsiya atamasining turli talqinlari mavjud bo'lib, ular asosida umumiy bir g'oya yotadi. Biz matematika ta'limida integratsiya masalalarini tadbiq etar ekanmiz, integratsiya muammosini ikki yo'nalishda, ta'lim (fanlar) mazmuni yoki o'qitish texnologiyalari asosida hal qilishni maqsad qilib qo'ydik. Ta'lim mazmunini integratsiya etish-fanlararo aloqadorlik vositasida amalga oshirilib, fanlararo darajadagi aloqalarda tayanch predmet maqomi turli variantdan iborat bo'lishi mumkin. Ikki o'quv predmeti orasidagi aloqalarni o'rnatishda, ularni integratsiyalashda vaqtivaqti bilan u yoki bu predmet tayanch bo'lib xizmat qiladi. Lekin shuni ta'kidlash joizki, matematika fanining mohiyati, uning muayyan hodisalarni abstraktlashtirib o'rganishdan iborat, ya'ni matematika bilimlar integratsiyasini amalga oshirishning ko'rinishlaridan biridir. Hozirgi paytda matematik bilimlar majmuasini bir butun qilib birlashtirib, fanlar integratsiyasini ta'minlovchi vositasi bo'lib qoldi. Matematika fanidan integrativ yondashuv metodologiyalarining sohaga kirib kelishi nafaqat matematika fanining rivojlanishiga, balki fanning tarkibiy o'zgarishlarga olib keladi. Fanlarni integratsiyalashni shakllantirish fanlarni taraqqiy etishda yetakchi tendentsiya sifatida emas, balki uning taraqqiy etishning zarur qonuniyati tarzida yuzaga chiqadi. Shu bilan birga O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirishda ta'lim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, o'quvchilarni matematik tasavvurlarini shakllantirishga integrativ yondashuvlar metodlaridan foydalanishning kontseptual metodlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bunda matematika fanini o'qitishda integratsiya (fanlararo aloqadorlik) ning o'rni beqiyosdir. Ayni paytda jahonda ta'lim tizimidagi jadal o'zgarishlar natijasida umumta'lim maktablarida matematika fanini o'qitishning mazmunini takomillashtirish, masalalar yechish jarayonida tabiiy va virtual shaklda integratsiyalashgan holda tashkil etish va o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, bo'yicha milliy va umumjahon yutuqlarini o'rganish uchun sharoit yaratish dolzarb hisoblanadi. 1.1. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning ilmiy pedagogik asoslari Hozirgi kunda matematika ilm-fanini rivojlantirish hamda, bu sohada ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 9-iyulda imzolangan “Matema¬tika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, hamda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorlari qabul qilindi. [1.] Qabul qilingan qarorlarning ustuvor yo`nalishlaridan ko`rishimiz mumkinki matematika ilm-fani rivojlantirishda eng asosiy o`rinda matematika o`qituvchilarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan. Zero bolalarning bilim olishida ustozlarning o`rni beqiyosdir. Bilasizmi nega yurtimizda ilm-fanni rivojlantirish birinchi navbatda matematika fanini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki mаtеmаtikа so`zi qаdimgi grеkchа - mathеma so`zidаn оlingаn bo`lib, uning mа’nоsi «fаnlаrni bilish» dеmаkdir [3]. Ya`ni matematika fanlarning bilishning poydevoridir. Matematika - inson fikri va mantiqining asosiy qismi bo'lib, dunyoni va o'zimizni tushunishga urinishlarning ajralmas qismidir. Matematika aqliy intizomni shakllantirishning samarali usulini ta'minlaydi va mantiqiy fikrlash va aqliy qat'iylikni rag'batlantiradi Atoqli fiziklardan biri R.Feynman “Matematikaning tabiat hodisalarini o‘rganishdagi samaradorligi hayratlidir”, deya e’tirof etgan edi. Haqiqatdan ham ushbu fan borliqni, hodisalarni anglashda asosdir. Bolalar ushbu fan haqida ilk bilimlarni ota-onasi, yaqinlari yoki bog`chadan olsa, asosiy bilimlarni albatta maktab, kollej-litsey, oliy ta`limda oladilar. Har bir inson matematik bilimlarga ega bo`lishida matematika o`qituvchilarning o`rni beqiyosdir. Matematika fani oʻqituvchisi-oʻquvchilarda asosiy va maxsus matematik koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi ustozdir. Oliy ta`limda algebra, geometriya va matematik analiz va boshqa matematik fanlardan professional ta`lim beruvchi o`qituvchidir.[5] Har qanday kasblar singari matematika o`qituvchisining ham zimmzasiga yuklatilgan vazifalari border. Ushbu vazifalarning vijdonan, qaban, aqlan ma`suliyatni his qilgan holda bajarishi lozim. Shunda kelajakda yetuk, bilimli hamda keng fikrli vatanparvar avlodni tarbiyalashimiz mumkin. Matematika o'qituvchisining vazifalari — O'quv jarayonini tashkil etish; — Talabalarning iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash; — Barkamol shaxsni tarbiyalash; — Matematika o`qitishning joriy usullaridan foydalanish; — Matematika fanlari bo'yicha o'quv materiallarini ishlab chiqish metodikasi; — O'qituvchilar kengashlarida ishtirok etish; — Iqtidorli bolalarni rivojlantirish; — Maktab o'quvchilarini olimpiada va fan tanlovlariga tayyorlash; — Matematikani interfaol texnologiyalar yordamida o‘qitish. O'qituvchi shunchaki ko'nikmalarni rivojlantirmaydi, shu bilan birga u shaxsni rivojlantirish va tarbiyalash bilan shug'ullanadi va ma'lumotlarning ko'p qismini o'quvchilarga o'z na`munasi bilan uzatadi. Shu sababli matematika o`qituvchiga xos bo`lgan bilm, qobilyat va shaxsiy fazilatlar egasi bo`lishlari lozim. «Matematika o‘qitish metodikasi” fanining maqsadi- talabalarga matematika o‘qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini, metodlari va vositalarini, shuningdek matematikani boshqa fan asoslari bilan aloqadorlik xususiyatini o‘rgatish, shuningdek bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish, rivojlantirish hamda metodik ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal qilishi lozim: ● matematikaning ahamiyati va rolini ta'lim tizimida uning turli bosqichlarida ochib beriladi; ● matematika nio'qitish metodikasining asosiy tushunchalari, o'qitish shakllari va usullari haqida bilimlar shakllantiriladi; ● talabalar umumiy o'rta ta'lim matematika dasturining mazmuni, darsliklar va o'quv qo'llanmalari , o'quv materiallari bilan tanishadilar; ● matematikani o'qitish, mustaqil ta`lim olish, o'z-o'zini tarbiyalash va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalarning asoslari shakillantiriladi; Matematika o`qitish metodikasining predmeti - matematika ta`limining maqsad va mazmuni, matematika o`qitish usullari, vositalari, shakllaridan tashkil topgan matematikani o`qitishdir. Matematika o`qitish metodikasi matematika o`qitishning vazifalari, mazmuni va usullari haqidagi pedagogik fan. U matematika o‘qitish jarayonini uning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida o‘rganadi va tadqiq qiladi. Matematika o'qitish metodikasi matematikani qanday o'qitish kerak degan savolni ko'rib chiqadi. Matematika o’qitish metodikasi – pedagogikaning jamiyat tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodni o’qitish maqsadlariga muvofiq rivojlanishning ma’lum darajasida o’qitish qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limi. Matematika oʻqitish metodikasi matematika taʼlimi, matematika oʻqitish va matematika taʼlimi muammolarini oʻrganishga moʻljallangan. Matematika o'qitish metodikasi quyidagi uchta savolga javob berishga mo'ljallangan: 1) Nega biz matematikani o'rgatishimiz kerak? 2) Kimga o'rgatish kerak? 3) Matematikani qanday o'rgatish kerak?[4] Shu savollarga javoblarni biz ushbu fanni o`rganish davomida topamiz. Ushbu savollar negizida o`qituvchining butun bir faoliyati yotibti.Matematika aniqlikni talab qiladigan va murakkab mazmunga ega bo`lgan fan bu fani o`quvchi ustozsiz o`zlashtirolmaydi. Aksariyat bolalar yuqori sinfga kelib bu fanni o`zlashtirishga qiynaladi va fanga nisbatan qiziqish yo`qoladi bunga sabab nima? Mening fikrimcha sabab o`qituvchi ananaviy ta`limdan foydalanishi yani dars faqat doskada misol yechib ko`rsatishdan iborat bo`lishidadir.O`qituvchi diqqati doskada tushintirayotgan mavzusida bo`lai,bunda bola zerikadi va e`tabor bermaydi so`ngra mavzuga tushinmay qoladi natijada fanni o`zlashtirishda qiyinchiliklarga uchraydi. Hozirgi axborot texnologiyasi asrida eng qiyin ish yoshlarni diqatini darsda muntazam ushlab turish. Hozirgi davr o`qituvchilaridan aniq dars rejasi, bilim, qiziqarli metodlar va hushmuomalalik har qanday holda tayyorlik va hozir javoblik talab qilinmoqda. Bu bilimlarga bo`lajak matematika o`qituvchisi oliy ta`limda matematika o'qitish metodikasi fanini o`qib o`rganish orqali ega bo`ldi va ish faoiyati davomida yanada rivojlantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari: 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O’zbekiston 2017 yil 2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O`zbekiston, 2000yil 3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak T.: O’zbekiston 2017 yil II. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar: 1. Boboyev O.P., Shamsiyeva G.F. Matematikadan qo`shimcha masala, mashq va misollar T.: Turon-Iqbol, 2017 yil 2. Jumayev E.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi T.: Turon - Iqbol 2012 yil 3. Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumayev M. Matematika 1-sinf Turon–iqbol T., 2017 yil 4. Abdurahmonova N. O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf II-nashr Yangiyo`l Poligraf servis T., 2017 yil 5. Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q. Matematika 3-sinf Sharq nashriyot Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi T., 2017 yil 6. Bikbayeva N.U., Yangiboyeva E. Matematika 4-sinf O`qituvchi, 2015 yil 7. Mardanova F. I. Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf. O`qituvchi, Toshkent 2016 yil 8. Bozorova.M.Q, Norpo‘latova. X.A, Olimov.Q.T Ta’limni faollashtiruvchi metodlar. O‘quv qo‘llanma. Termiz 2011yil. 9. Bikbayeva N. U. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. T.: O’qituvchi, 1996 yil 10. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi T.: 2005 yil
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )