Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o`quvchilar o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar. Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni, uning shartli ravishda to`rt bosqichga bo`linishi. Birinchi tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini analiz qilish. Ikkinchi bosqich tushuncha bеlgilarini umumlashtirish, atama bеrish. Uchinchi bosqich tushuncha ta'rifini ifodalash, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash. To`rtinchi bosqichyangi til matеriali asosida o`rganilayotgan tushunchani aniqlash. Kichik yoshdagi o`quvchilar tushunchasi o`zlashtirilgani ta'minlaydigan mеtodik shartlar; o`quvchilar aqliy faoliyatining aktivligi; o`quvchilarda so`z va gapga lingvistik munosabatini o`stirish ustida maqsadga yo`naltirilgan ishlar; yangi tushunchani ilgari o`rganilgan tushunchalar tizimga kiruvchi; ayrim til katеgoriyalari bog`lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o`rganish jarayonida ochiladi; tushunchani ko`rsatmali o`rganish. Grammatik va so`z yasalishiga oid mashqlar, ularning turlari. Tushunchani o`zlashtirishning turli bosqichlarida grammatik mashqlarni tadbiql etish usuliyati. So`zni va gapni tahlil qilish, uning turlari va tilni o`rganish jarayonida undan foydalanish. Mоrfоlоgiyadan "оt", "sifat", "sоn", "fе’l", "bоg`lоvchi" tushunchalarni, sintaksisda "gap", "ega", "kеsim", "ikkinchi darajali bo`lak", tushunchalarini, so`z yasalishidan "o`zak", "qo`shimcha", "o`zakdоsh so`zlar" kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish оlib bоriladi. Tushuncha nima? Tushunchani o`zlashtirish jarayoni qanday kеchadi? Tushuncha atrоf-muhitdagi hоdisalarning muhim bеlgilari va o`zarо alоqadоrligi aks etgan tafakkur shaklini tasvirlab ko`rsatadi. Grammatik tushunchalarda ham bоshqa tushunchalar kabi hоdisalarning muhim bеlgilari umumlashtirilgan hоlda aks ettiriladi. Til hоdisalari bоshqa hоdisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchaning bu хususiyatlari tufayli o`quvchilarda tushuncha juda ko`p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib оlish uchun mavhum tafakkur rivоjlangan bo`lishi kеrak. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida maхsus mashqlar оrqali rivоjlantirib bоriladi. O`qituvchi o`quvchilarning mavhum tafakkurlarini rivоjlantirishga e’tibоr bеrmasa, o`quvchilar so`zlarni taqqоslay оlmaydilar. Va ularni muhim хususiyaglariga ko`ra bir guruhga birlashtira оlmaydilar. Masalan: yurmоq, ekmоq, chоpmоq; uхlamоq, ko`karmоq, o`smоq yoki, kitоb, do`st, gulchi; qahramоnlik, qadam, tinchlik va h.k. so`zlarni fе’l va оt turkumiga kirita оlmaydilar. Dеmak, tushunchani shakllantirish uchun o`quvchilarda mavhumlashtirish ko`nikmasini o`stirish, ular diqqatini so`zning aniq lеksik ma’nоsidan grammatik ma’nоsiga qaratish va shu guruhdagi so`zlarga оid umumiy grammatik bеlgilarni hisоbga оlgan hоlda bularni bir guruhga birlashtirishni talab etadi. Grammatik tushunchani o`zlashtirish uzоq davоm etadigai jarayondir. Bu jarayon shartli ravishda 4 bоsqichga bo`linadi; 1-bоsqich – tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini tahlil qilish. Bu bоsqichda ma’lum so`z va gaplarning lеksik ma’nоsidan kеlib chiqib, mavhumlashtirish amalga оshiriladi va til hоdisasi uchun хоs bo`lganlari ajratiladi. Tahlil, taqqоslash amalga оshiriladi. 2-bоsqich – tushuncha bеlgilarini umumlashtirish, ular оrasidagi bоg`lanishlarni aniqlash, atamani bеrish. Qiyoslash, tahlil (analiz), sintеzlash o`tkaziladi. 3-bоsqich – tushuncha ta’rifini ifоdalashni tushunish, bеlgilar mоhiyatini va ular оrasidagi bоg`lanishni aniqlash. Оtga хоs, fе’lga хоs, gapga хоs bеlgilarni sanash. 4-bоsqich – yangi til matеriali asоsida o`rgatilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash. Yangi tushunchalarni amalda qo`llash. Ko`rsatilgan bоsqichlarni "Fе’l" grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misоlida ko`rsatib bеriladi. Grammatik tushunchalarni o`quvchilar оngli o`zlashtirishlari uchun o`qituvchi quyidagilarga alоhida e’tibоr bеrishi zarur; 1. O`quvchilar faqat darslikdagi misоldan fоydalanmay, o`zlari mustaqil yoki o`qish kitоbidagi matnlardan tоpa оlsinlar. 2. Qоida aytilgach, o`quvchidan shu qоidaga mоs so`z yoki so`z birikmasini qidirib tоpish yoki o`ylab tоpgan misоli оrqali qоidani isbоtlashni talab qilish. 3. Tushunchaning o`ziga хоs bеlgilarini qоidani qismlarga bo`lgan hоlda sanab bеrishni so`rash. 4. Ulardan nutqlarda fоydalana оlish. Demak, grammatik tushunchalar ustida ishlash o`qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe’l o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o’qimoq, olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p fe’llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi. Grammatik tushunchani o’zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o’zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy o’sishi birbirini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o’rnini asos qilib oladi. Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim belgilari umumlashtiriladi.Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim belgilarini ajratpsh maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun quyidagi ikki muhim belgi xarakterli: 1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha – so’zning o’zgaradigan qismi; 2) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya’ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko’ra, shu sinf o’quvchilarini tushunchaning qanday belgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik usul va vositalarni belgilab oladi. Til materialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim belgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi), so’ng belgilar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o’zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta’rifini aniq ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to’rtinchi bosqichda o’rganilgan kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so’zni va gapni to’g’ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi. Predmet harakatini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar. O’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o’quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Zamonaviy yondashuvlar o’qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zaro integratsiyalash orqali o’quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo’g’inlaridagi o’zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O’qituvchilarning kompetentligini oshirishning o’quv-metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg’ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo’naltirilgan fanlarni o’qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog’liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg’ulotlar asosida o’qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o’qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o’rganishga e’tiborni qaratish, davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan iborasi ayni kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, dunyo bilan bo‘ylashishimiz uchun yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’limidagi bunday muammoni hal etishning asosiy yechimi darsliklar masalasini tubdan isloh qilish, ulardagi ilmiy-nazariy faktlardagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, oddiydan murakkabga tamoyili asosida grammatik qoidalarni bosqichma bosqich, uzviyligini ta’minlagan holda o‘quvchi ongiga singdirishdan iboratdir. Ta’limda o‘rgangan nazariy bilimlarini o‘quvchi amalda qo‘llagandagina ona tili ta’limi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha oladi. Bugungi kunda ona tili ta’limi oldida turgan dolzarb masalalardan biri darsliklarda grammatik tushunchalarning chalkash holda berilishidir. Darsliklarni yaratish va ularni ta’lim sohasiga joriy etishda uzviylikning ma’lum darajada uzilib qolgani yuqoridagi kabi muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Dars va didaktik materiallar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishning cheklanganligi esa ta’lim sifatining past bo‘lishiga olib keladigan salbiy jihatlardan biri hisoblanadi. Pedagogika ensiklopediyasida dars va didaktik material atamalariga quyidagicha ta’rif beriladi: Dars – (arabcha – saboq, ma’ruza). uzluksiz ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’limning asosiy shakli; o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, mantiqiy tugallangan, yaxlit o‘quvtarbiyaviy jarayonning aniq vaqt bilan chegaralangan qismi. Didaktik material – o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqi, tovush va harflarni idrok etish, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llagan holda matn tuzish, nutq ko‘nikmalari, idroki, xotirasi, nutq tovushlarini tinglash va harflarni ko‘rib idrok eta olish layoqati, tafakkurini shakllantirish va muntazam rivojlantirish, ular nutqida uchraydigan xatolarni bartaraf etishga qaratilgan didaktik materiallar ustida ishlash imkonini beradigan topshiriqlarni ifodalovchi tushuncha. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, darsliklarda berilishi lozim bo‘lgan asosiy didaktik materiallar o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, lug‘at boyligini oshirishga, so‘zlarni nutq vaziyatidan kelib chiqqan holda eng maqbulini tanlab qo‘llay olish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Tan olib aytish kerakki, hozirgi zamon o‘quvchisida na og‘zaki va na yozma nutq malakalarini yuqori darajada deb bo‘lmaydi. Bunga asosiy sabab sifatida ijtimoiy hayotimizda gadjetlar, har xil messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi avtomatik sozlamalar biz uchun “muloqot”ni amalga oshirayotganini keltirishimiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqtini o‘tkazayotgan yosh avlod savodsizlikning ilk pog‘onasiga ham aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelyapti. O‘z aqidalariga ko‘ra tejamlilik tamoyiliga rioya etayotgan o‘quvchi yoshlarimiz savodsizlik botqog‘iga tobora chuqur sho‘ngib borayotganlariga ahamiyat berishmayotgani achinarli hol. Mana shunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, ular yuzasidan tegishli choratadbirlarni ishlab chiqish va dars jarayoniga tatbiq etish ham ayni damda ona tili o‘qitish metodikasi fani oldida ko‘ndalang turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish borasida quyidagicha topshiriqlarni darsliklar tarkibiga kiritishni tavsiya etgan bo‘lardik: 1-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar orasidan xato yozilgan so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq to‘g‘rilab yozing. Tasurot, inshoat, hayol, xayot, charxfalak, iptido, tarannum, dasyor, tanavul, mutola. Taassurot, inshoot, xayol, hayot, charxpalak, ibtido, dastyor, mutolaa. O‘quvchilar bu topshiriqni bajarish jarayonida har bir so‘zni imlo lug‘atidan qidirib topadilar, ularning imlosi yuzasidan aniq bir to‘xtamga keladilar. O‘quvchi o‘zi izlab topgan ma’lumotni yillar davomida eshitganidan ko‘ra ko‘proq yodida saqlaydi. 2-topshiriq. Yuqorida keltirilgan so‘zlarning ona tilimizga qaysi tildan kirib kelganligini aniqlab, quyidagi jadvalga joylashtiring. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar Taassurot, inshoot, xayol, hayot, ibtido, tarannum, mutolaa. Charxpalak, dastyor. Yuqorida berilgan topshiriqni bajarish asnosida o‘quvchilarning kognitivpragmatik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ijodiy izlanishga da’vat etish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga o‘quvchilar o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari yuzasidan grammatik tushunchaga ham ega bo‘ladilar. 3-topshiriq. Yuqoridagi so‘zlarning ma’nolarini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobidan izlab toping. Ularning ma’nolari orasidan hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan dominant ma’nosi yuzasidan o‘z fikrlaringizni bayon eting. Taassurot – ta’sirchanlik, hassoslik; g‘am-anduh, xafagarchilik. Ko‘rilgan, his etilgan hodisa, kishi yoki narsa to‘g‘risida ko‘ngilda, xotirada qolgan iz, tug‘ilgan fikr va his-tuyg‘ular majmui. Bu so‘zning hozirgi kunda ko‘rilgan, his etilgan hodisa, kishi yoki narsa to‘g‘risida ko‘ngilda, xotirada qolgan iz, tug‘ilgan fikr va his-tuyg‘ular majmui ma’nosi keng qo‘llaniladi. Qolgan so‘zlar ham xuddi shu yo‘sinda izohlanadi. Ularning ma’nolaridagi torayish va kengayish hodisalari tahlil etiladi. Bu topshiriq o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Nutq jarayonida so‘zlardan mantiqan to‘g‘ri va maqsadli foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4-topshiriq. Yuqorida keltirilgan so‘zlarni boshqa so‘zlar bilan kengaytirib, so‘z birikmalarini hosil qiling. Iliq taassurot, gidrotexnik inshoot, xayol qilmoq, o‘simliklar hayoti, charxpalakning g‘irch-g‘irchi va b. O‘quvchiga bunday topshiriqlarni berish jarayonida ularning ham grammatik, ham nutqiy bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. Hosil qilingan so‘z birikmalari orasida xayol qilmoq so‘zi mavjud. Ayrim o‘quvchilarning bunday xatoliklarga yo‘l qo‘yishi juda ko‘p uchraydigan holat. Sababi o‘quvchida nazariy bilimlarning yetishmasligi, qo‘shma so‘z va so‘z birikmasining farqiga bormaslikdir. Qo‘shma fe’l va so‘z birikmasi shakliy jihatdan bir-biriga o‘xshaydi. Ikkalasi ham ikki so‘zning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo‘ladi va ikkisi ham tushunchani ifodalaydi. Lekin qo‘shma so‘z nutqqa tayyor holda kirib kelishi va ma’lum tushuncha yuzasidan umumiy ma’no ifodalashiga ko‘ra so‘z birikmasidan farq qiladi. So‘z birikmasi esa nutqiy hodisa, ya’ni u nutq jarayonida hosil bo‘ladi. So‘zga nisbatan aniq tushunchani ifodalaydi. O‘quvchiga bunday nazariy ma’lumotlarni tushuntirishda faqat ilmiy jihatdan yondashmay, yuqoridagi kabi topshiriqlar orqali mavzuning mohiyati ochib berilsa, fanga nisbatan kompetensiyaviylikning samaraliroq amalga oshirilishiga zamin yaratgan bo‘lar edi. Bu topshiriq yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‘quvchi so‘z birikmasini hosil qilish jarayonida so‘zlarning valentlik nazariyasi bilan ham yaqindan tanishadi. Har bir so‘z o‘z ma’nosi doirasida birikish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa so‘zlar bilan leksik-semantik maydonni hosil qilishi yuzasidan ham nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi. Yozma nutq o‘ta murakkab faoliyat turi hisoblanadi. Chunki bu faoliyat turida yozishga qo‘shimcha ravishda eshitish, so‘zni his etish, idrok qilish, esda saqlash kabi bir qancha murakkab psixik jarayonlar ham amalga oshiriladi. o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlar eshitilganiday yozilmaydi. Ularni, albatta, morfologik yozuv qoidasiga binoan yozishimiz shart. Bu jihatdan o‘quvchi yetarlicha orfogragik bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Darsliklarda o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ta’limiy funksiyalariga ko‘ra 4 guruhga ajratish mumkin: Fonetik jarayonlarni rivojlantirish uchun tanlanadigan mashqlar; Aniq artikulyatsiya va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan tovushni hosil qiluvchi mashqlar; Nutqni harakatlantiruvchi kichik motorikani rivojlantirish jarayoni; Harfl arni obrazli tasavvur qilish va ko‘rib idrok etishga o‘rgatuvchi mashqlar