MAVZU. 3-SINF O’QUVCHILARIDA GEOMETRIC MATERIALLARNI O’RGATISH METODIKASI Ma‘lumki oʻquvchilarda matematika darslarida raqamli axborotlardan koʻra tasviriy axborotlar muhim hisoblanadi. Zero matematik bilimlarni (masalan har xil modellar, grafiklar, diagrammalar, grafiklar) va geometrik bilimlar (geometrik figuralarni)ni tasviriy tasvirlarsiz oʻrgatish mumkin emas. axborotlarsiz ya‘ni, Boshlang’ich sinflar dasturida geometriya materiali mustaqil boʻlim sifatida ajratilmagan. Boshlang’ich matematika kursida geometriya elementlarini oʻrganish arifmetikani oʻrganish masalalari bilan uzviy bog’liqdir. Hozir amal qilinayotgan dasturga muvofiq oʻquvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang’ich ma‘lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika (belgilash), oʻzgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni еchishni oʻrganishlari kerak. Boshlang’ich sinflarda oʻquvchilar bilan tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va oʻzgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish boʻyicha rejali ish olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi oʻzaro uzviy bog’langandir. Masalan, harfiy simvolikani kiritish oʻquvchilarga tengsizlik, tenglama va boshqa tushunchalar uchun propedevtik material sifatida tanishtirish imkonini beradi. Harfdan oʻzgaruvchini ifodalovchi simvol sifatida foydalanish boshlang’ich matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda oʻzlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi, keyinchalik bolalarni oʻzgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik boʻladi. Oʻquvchilarda tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish boʻyicha bajariladigan ishlar tenglamalar еchish va masalalarni tenglama tuzish yoʻli bilan еchishni kiritish uchun tayyorgarlik boʻlib xizmat qiladi. Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar birinchi sinfdan boshlab oʻrganiladi. Abatta sonli ifodalarning qiymatini topish yuzasidan misollar dastlab tasvirlar koʻrinishida tushuntiriladi. Tasvirlarni namoyish qilishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 2 + 3 = 5 Shuningdek masalalar еchimini topishga doir syujetli tasvirlar (video roliklar) sonli ifodalarnning qiymatini topishga, shuningdek, harfli ifodalar bilan tanishtirishga ham yordam beradi. «Ifoda», «Ifodaning qiymati» atamalari ikkinchi sinfda kiritiladi. Shu vaqtdan boshlab topshiriqlar ushbu shaklda beriladi: «Ifodani yoz va uning qiymatini hisobla», «Ifodalarni taqqosla», «Ifodani oʻqi», «Berilgan masala boʻyicha ifoda tuz». «Berilgan ifoda boʻyicha masala tuz» va hokazo. Bunday koʻrinishdagi topshiriqlarning bajarilishini jadval koʻrinishida ifodalash mumkin. Masalan, agar s=16, 33, 48, d=14, 15, 8 boʻlsa, s+d va s—d ifodalarning qiymatlarini toping. Daftarda jadval koʻrinishida yoziladi: S 16 33 48 D 14 15 48 s+d 30 48 96 S 16 33 48 D 14 15 48 S-d 2 18 0 Ushbu jadvalni toʻldiring: Birinchi qoʻshiluvchi b bir xil qiymatlarni qabul qilishini aniqlaganlaridan soʻng bolalar b+d yig’indi oʻrniga 37+d ifodani yozib, ikki grafali jadvalga oʻtadilar. D 37+d 10 15 0 Jadvallarni toʻldirish oʻqituvchiga ayirma va boʻlinmaning mavjudlik shartiga bolalarning e‘tiborini qaratish imkonini beradi. Masalan, bunday topshiriq taklif qilinadi: «Ushbu 0, 1, 15, 20, 23, 40, 50 sonlar qatoridan «b» ayiriluvchi uchun yaroqli qiymatlarni tanla va jadvalni 0, 1, 15, 20, 23, 40, 50 toʻldir» B 0 1 15 19-b Topshiriq bajarilganidan soʻng oʻqituvchi soʻraydi:» 20, 23, 40, 50 qiymatlarni nega tanlamadingiz? Jadvalning qolgan kataklarini toʻldirish uchun yana qaysi qiymatlarni qabul kilish mumkin? 19 qiymatni qabul qilish mumkinmi?» 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18, 19 19 Umumiy xulosa chiqariladi: «Ayirishda kamayuvchi ayiruvchidan katta yoki unga teng». Harfning matematikada simvol sifatidagi umumlashtiruvchi ahamiyati kelgusida oʻquvchilar kuzatadigan sonli bog’lanishlarni umumlashtirishda harflardan foydalanishga yordam beradi. Oʻqituvchi shu maqsadda topshiriqlarni maxsus tanlaydi. Shunga oʻxshash topshiriqlarni oʻqituvchining oʻzi ham matematika dasturiga amal qilgan holda tuzishi mumkin. Harfiy simvolikadan foydalanish boʻyicha ishni muntazam oʻtkazib borish kerak. U oʻquvchilar bilimlarining umumlashtirish darajasining ortishiga yordam beradi, yuqori sinflarda geometriya kursini oʻrganishga tayyorlaydi. Tengliklar, tengsizliklar va tenglamalar haqidagi tushunchalar oʻzaro bog’lanishda ochib beriladi. Ular ustidagi ish I sinfdan boshlab, arifmetik materialni oʻrganish bilan uzviy qoʻshib olib boriladi. I—II sinflarda sonli tenglama va tengsizlik haqida boshlang’ich tasavvurlar shakllantiriladi. Tenglik va tengsizliklar haqidagi birinchi tasavvurlarni bolalar tayyorgarlik davridayoq oladilar. Ikkita toʻplaorasida oʻzaro bir qiymatli moslik oʻrnatish, bir xil miqdorda boʻlmagan narsalar guruxlarini bir xil miqdordagi narsalar guruhlariga (ikki usul bilan) aylantirish va bir xil miqdordagi narsalar guruhlarini bir xil miqdor boʻlmagan narsalar guruxdariga aylantirish (ikki usul bilan) bilan «katta», «kichik», «kam», «teng» tushunchalari mustahkamlanadi. Ish bunday olib boriladi. Oʻqituvchi katakli taxtachada 5 ta doiracha tayyorlab qoʻyadi. Oʻqituvchi. «Men hozir doirachalar tagiga kvadratchalar qoʻyaman, men kvadratchalardan koʻp qoʻyamanmi yoki kam qoʻyamanmi?» Har bir doirachaning tagiga kvadratchani qoʻyadi. Bolalar koʻzlari bilan har bir kvadratchaga doirachani mos qoʻyadilar va kvadratchalar doirachalardan kam ekanligini aniqlaydilar («Katta», «teng» tushunchalari ham shunga oʻxshash shakllantiriladi). — Doirachalar qancha boʻlsa, kvadratchalar shuncha boʻlishi uchun nima qilish kerak (Birinchi usulni bolalar tez topadilar)? — — Yana kvadratchalar qoʻyish kerak. Har bir doirachaning tagida kvadratcha turibdi, demak, ular teng. — Doirachalar va kvadratchalarni yana qanday tenglashtirish mumkin? Oʻqituvchi bolalarni ortiqcha kvadrat doirachalarni olib tashlash kerak degan fikrga olib keladi. Keyinchalik, 100, 1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganishda, shuningdek, koʻp xonali sonlarni raqamlashda sonlarni taqqoslash ularning natural qatordagi oʻrnini taqqoslash asosida, yoki sonni xona qoʻshiluvlari yig’indisi bilan almashtirish asosida, yoki sonlarni tegishli xona boʻyicha taqqoslash asosida amalga oshiriladi: 857>785, chunki 8 yuzlik 7 yuzlikdan katta Miqdorlarni taqqoslash avval narsalarning oʻzlarini berilgan xossasi boʻyicha taqqoslashga tayanib bajariladi, keyin esa miqdorlarning son qiymatlarini taqqoslash asosida amalga oshiriladi, buning uchun berilgan miqdorlar bir xil oʻlchovlarda ifodalab olinadi. Miqdorlarni taqqoslash oʻquvchilarda qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun II — IV sinflarda axborot texnologiyalari yordamida rang-barang mashqlarni muntazam taklif qilish oʻquvhilar qiziqishini orttiradi. Tenglamalarni еchish. Boshlang’ich sinflarning matematika dasturiga muvofiq ravishda II sinfdan boshlab tenglamalar tanlash usuli bilan еchiladi. Bu vaqtga kelib bolalar noma‘lum qoʻshiluvchini, kamayuvchini, ayriluvchini, koʻpaytuvchini, boʻlinuvchini, boʻluvchini topish qoidalarini yaxshi ozlashtirganlar. Biroq noma‘lum komponentni amallarning komponentlari va natijasi orasidagi bog’lanish asosida topish 10 ichidagi sonlar ustida kiritiladi. 4+x=7 tenglamani shu usul bilan еchilishini koʻrib chiqamiz. Katakli taxtachada yozuv terilgan. 4 soniga noma‘lum sonni qoʻshdik va 7 ni hosil kildik. Noma‘lum qoʻshiluvchini qanday topish mumkin? (4 ta doiracha chiziladi, faqat berkitilgan doirachalar qoladi. Aytilayotgan qoida matematik yozuv bilan qayd etiladi: x=7—4 (x=3) Tenglama еchilishining umumiy yozuvi doskada va oʻquvchilarning daftarlarida yoziladi: 4+x=7 x=7—4 x+3 Tekshirish: 4+3=7 7=7 Geometrik materiallarni oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Boshlang’ich matematika fanidan oʻquv dasturida geometrik material katta oʻrinni oladi. Geometrik materialni oʻrganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar haqida, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba‘zi xossalari haqidagi tasavvurlarning toʻla sistemasini tarkib toptirishdan iborat Geometrik bilimlar (geometrik figuralarni) ni tasviriy axborotlarsiz ya‘ni, tasvirlarsiz oʻrgatish mumkin emas. Axborot texnologiyalari yordamida har xil tabiatli predmetlar va geometrik figuralarning modellari bilan ish koʻrib oʻquvchilar ularning materialiga, rangiga, holatiga, og’irligiga va boshqalarga bog’liq boʻlmagan umumiy belgilarini (alomatlarini) hamda oʻziga hos boʻlgan xususiy belgilarini topadilar. Bunga geometrik namunalarni mujassamlashtirish usulini sistemali ravishda qoʻllanish bilan erishiladi. Masalan, ekranda toʻg’ri chiziq vaziyatini oʻzgartirish, ya‘ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda tasvirlash, toʻg’ri chiziq faqat chizg’ich yordamidagina hosil boʻlmay, balki u harakatlanuvchi nuqtaning (qalam uchining) izi yordamida hosil boʻlishini maxsus videoroliklar asosida oʻrgatish mumkin. Dastllab figuralar va ularning nomlari bilan dastlabki tanishtirish yakunlanishi bilan, bu ish atrofdagi moddiy narsalar, figuralarning tayyor modellari va tasvirlari yordamida bajariladi. Oʻquvchilarda sekin-asta figuralarni oʻrganish sxemasi, ularning har bir figura xossalarini oʻzlashtirishlarini osonlashtiruvchi analiz va sintez qilish sxemalari tarkib topadi, ya‘ni geometrik rivojlanishning eng yuqori bosqichiga oʻtish amalga oshadi. Atrof-muhitdagi predmetlarda toʻg’ri chiziq kesmasini koʻrsatishga doir didaktik oʻyin oʻtkazish mumkin. Slaytda tasvirlar (masalan, shkafning qirralari, pol bilan devor tutashadigan joylar yoki shift bilan devorlar tutashadigan joylar va hokazolar) namoyish qilinadi. Oʻquvchilar tasvirlarda namoyish etilgan predmetlardagi toʻg’ri chiziq kesmasini koʻrsatadilar va tushunchalarini mustahkamlaydilar. Elektron koʻrinishdagi modellar koʻpburchaklarning alomatlarini ajratishga doir ish klassifikatsiyalash ishiga asos boʻladi. Bu ishning mohiyati berilgan turdagi ob‘ektlarga tegishli boʻlgan va bu ob‘ektlarni boshqa turdagi ob‘ektlardan farqlantiruvchi muhim alomatlarga koʻra shu ob‘ektlarni gruppalashdan (ajratishdan) iborat. Bu logik operatsiya yordamida geometrik figuralar haqidagi bilimlar sistemalashtiriladi, umumlashtirishga doir qobiliyatlar rivojlantiriladi. Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni klassifikatsiyalashga doir har xil mashqlarni bajarish mumkin: 1. Figuralarni rangiga koʻra har xil gruppalarga ajratish. 2. Figuralarni aralashtiring va formalari boʻyicha oʻxshash gruppalarga ajratirish. 3. Berilgan koʻpburchaklarni rang va boshqa belgilariga koʻra qarab gruppalash. Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir (applikatsiyalar yasashga doir), naqshlar tuzishga doir masalalar bilan bog’liq boʻlgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik «sezgirlik»ni, fazoviy tasavvurni rivojlantirishga imkon beradi. Dasturda koʻrsatilishicha, boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini oʻrganish maqsadlariga javob beruvchi ish turlaridan biri tanish geometrik figuralarni atrof sharoitda va chizmada tanishga doir mashqlardir (xususan, bu figura murakkabroq konfiguratsiya elementlaridan biri boʻlgan holda ham.) Bu ish oʻz ichiga murakkab figuralarda (chizmalarda) tanish figuralarni topish, bir nechta figuradan iborat, figurani, bir nechta figuraning umumiy qismidan iborat figurani topish yoki umumiy elementga ega figuralarni izlashgadoir mashqlarni oladi. Darsliklarda quyidagi xildagi mashqlar sistemasi shu masalaga boʻysundirilgan. 1. Berilgan figuralar orasidan koʻrsatilgan xossalarga ega boʻlgan figurani topish. Masalan, rasmga qarab bu figuralar nima deb atalishini ayt. Toʻrtburchaklar orasidan toʻg’ri toʻrtburchaklarni top. Toʻrtburchaklar orasidan kvadratni koʻrsat 1. Murakkab chizmadan bir nechta figuradan tashkil topgan figuralarni izlash. Masalan, chizmada uchburchaklar nechta (rasm)?
0
You can add this document to your study collection(s)
Sign in Available only to authorized usersYou can add this document to your saved list
Sign in Available only to authorized users(For complaints, use another form )