O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI “Himoyaga ruxsat etaman” Mintaqaviy markaz direktori ____________ B.Baratov “______”_______2025 yil Oliy ta’lim muassasasalarining nopedagogik yo’nalishlarini bitirgan mutaxassislar uchun “Maktabgacha ta’lim muassasasalari uchun maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi yo’nalishi bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi” Yuldasheva Xilola Zokirjon qizining “Maktabgacha ta’lim muassasasida qo’l mehnati va qurishyasash faoliyatini tashkil etish” mavzusi KURSNI TUGATISH ISHI Kafedra mudir: I.Solijonov Ilmiy rahbar: O.Abobakirova Farg’ona - 2023 yil 1 M U N D A R I J A: KIRISH……………………………………………………………………..3 Maktabgacha ta’lim muassasasida qo’l mehnati va qurish-yasash faoliyatini tashkil etish yuzasidan adabiyotlar tahlili………………9 I.BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasida qo’l mehnati va qurish-yasash faoliyatini tashkil etishning ahamiyati 2.1. Maktabgacha ta’lim muassasasining kichik guruhlarda qurish-yasashga o’rgatish orqali qo’l mehnatiga o’rgatish………………...…………...………..26 1.2. O’rta guruhlar bolalarini qurish-yasash mashg’ulotida qurilish detallarini mustaqil tahlil qilishni o’rgatish usullari. ……………………………………..33 1.3. Qo’l mehnati-bolada ijodiy ruhni shakllantiruvchi, yaratuvchanlik tuyg’usini shakllantiruvchi faoliyatdir……………............................................22 1.4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qurish-yasash mashg’ulotining bolalar tarbiyasida tutgan o’rni…………………………………………………………24 II. BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasida qurish-yasash faoliyatini tashkil etish yuzasidan ilmiy-uslubiy ishlar tahlili 2.1. Maktabgacha ta’lim muassasasining kichik guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning mazmuni, vazifalari va usullari……………………………….20 2.2.Maktabgacha ta’lim muassasasi o’rta guruhlarda qurish-yasash mashg’ulotida qurilish detallarini mustaqil tahlil qilishni o’rgatish usullari…..27 2.3. Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruhlarda bolalarni qurishyasashga o’rgatish orqali qo’l mehnatiga o’rgatish.…………………………..36 2.4. Maktabga tayyorlov guruhlarida qurish-yasashga mahg’ulotida bolalarni jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish………………………………………………..40 2.5. Mavzu yuzasidan ilmiy-uslibiy ishlar tahlili………………………...……43 Xulosa va tavsiyalar............................................................................................53 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati......................................................................56 2 Kirish. Mamlakatimiz aholisining munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi hamda kasb egallashi, jamiyatda o’zlarining munosib fuqaroliq pozitsiyasini egallashi va bunyodkorlik saloxiyatini ruyobga chiqari sh uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Buning asosiy tub ma’nosida sog’lom avlodni yuzaga keltirish va ularni munosib ravishda tarbiyalash yotadi. Yangi sharoitlardan kelib chiqib, Maktabgacha ta’lim tizimini yanada taqomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustaukamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog qadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intelleqtual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qarori (29.12.2016 y.) “Nodavlat ta’lim xizmatlari qursatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ3276-sonli qarori (15.09.2017y). “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan taqomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-326-sonli qarori (09.09.2017 y) “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.) “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan taqomillashtirish choratadbirlari to’g’risida” PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017y.) qabul qilindi. 2017-2021-yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respubliqasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga 3 muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini qompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malaqasini oshirish tizimini yanada taqomillashtirishni taqozo etadi. Mavzuning dolzarbligi: Xorijiy davlatlar ilg’or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. bilan hamkorlik qilish Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiytexnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’limtarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviyestetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadi qilib olingan. Kursni tugatish ishining maqsadi: Tasviriy faoliyatga o’rgatishning asosiy vazifasi tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda ko’zatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go’zallik hissini tarbiyalamoq, hamda tasvirlab berish usullarini o’rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi– 4 ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni qurilish materiallari yordamida o’yin va mashg’ulotlar o’tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o’tkaziladigan o’yin va mashg’ulotlar katta o’rin egallaydi. Bolalarning qurilish o’yinlari rollarga bo’linib, o’ynaladigan o’yinlarning ajralmas bir qismi xisoblanadi. Qurilish o’yinlarida ham bolalar tevarak atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o’yinlarining mazmuni bolalarning o’zlari yaratadilar. Kursni tugatish ishining vazifalari: Bolalar ko’pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o’yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o’z o’yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnat xaqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o’yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg’otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg’ulot va o’yin vaqtida bolalar bir–birlari bilan turlicha munosabatda bo’ladilar. Ular rollarni o’zaro bo’lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir birlariga yordam beradilar va maslaxatlashadilar. Qurilish o’yinlarida harakat elementlari ko’p bo’lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatan bo’lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo’llari faol harakat qiladi, ya’ni ma’lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o’ynaganda qo’lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o’yinlari o’ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo’lgan qiziqishlari o’sib boradi. Bundan tashqari ular o’yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. 5 Qurilish o’yinlarining tarbiyaviy ta’siri bolalar aks ettiradigan xodisa va narsalarning g’oyaviy mazmuni o’z aksini topadi. Kursni tugatish ishining predmeti: Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda tafakkurning taxlil va sintez, taqqoslay bilish kabi professiyalari hali sust rivojlangan bo’ladi. Qurilish materialari yordamida o’tkaziladigan o’yinlar esa bolalarning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o’stiradi. Tarbiyachining ko’rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bolalarni narsalarni bir–biriga solishtirishga, taxlil va sintez qilishga, o’xshashini topib qo’yishga va farqini ajrata bilishga majbur qiladi va qurilishdagi vazifalarni pala–partish bajarmaslikka, tasodifiy xulosa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo’l tutishga o’rgatadi. Bolalar bilimini sismavzuli ravishda qurilish o’yinlari faqat tevarak–atrofni bilib olish vositasigina bo’lib qolmay, balki axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi vosita hamdir. Bolalar doimo atrofda qurilayotgan yangi turar joylarni, maktablar, bolalar bog’chalari, magazinlarni ko’zatib boradilar va tarbiyachidan partiya va xukumatimizning xalqlarga qilayotgan g’amxo’rligini eshitadilar. Bolalar bevosita ko’zatayotgan qurilishdagi konkret misollar bolalarning o’zbek xalqi o’z mehnatni qanchalik sevishini tushunishlariga yordam beradi. Qurilish o’yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, o’z ishiga javobgarlikni xissini tarbiyalab borishga harakat qilidi. Kursni tugatish ishining obekti: Farg’ona shahar MT bo’limiga qarashli 27-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi turli yosh guruhlari olindi. Kurs ishida foydalanilgan metodlar. Kuzatish, suhbat, amaliy. Maktabgacha ta’lim muassasasida qurish-yasash mashg’ulotini tashkil etish usullari. Kursni tugatish ishining tatqiqot metodlari. -maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda tafakkurning taxlil va sintez, taqqoslay bilish kabi professiyalari his qilishni rivojlantirish; -qurilish materialari yordamida o’tkaziladigan o’yinlar orqali bolalarning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o’stirish; 6 -tarbiyachining ko’rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bolalarni narsalarni bir–biriga solishtirishga, taxlil va sintez qilishga, tasodifiy xulosa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo’l tutishga o’rgatish; -bolalar bilimini sismavzuli ravishda qurilish o’yinlari tevarak–atrofni bilib olish vositasigina va axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi vositasi; -bolalar bevosita ko’zatayotgan qurilishdagi konkret misollar bolalarning o’zbek xalqi o’z mehnatni qanchalik sevishini tushunishlariga yordam berish; - qurilish o’yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, o’z ishiga javobgarlikni xissini tarbiyalab borishga harakat qilish. Kursni tugatish ishining tuzilishi. Mazku kursni tugatish ishi kirish qismi, I bob: I. Maktabgacha yoshda bolalarni qurish-yasash mashg’ulotlariga oid ilmiy adabiyotlarda o‘rganilishi, mavzuga oid nazariy tushunchalar. II.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qurish-yasash mashg’ulotlariga faoliyatining hususiyatlari usullari va amaliy faoliyatlariga oid ma’lumotlar 5 ta rejadan iborat. Mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Kurs ishi 57 betdan iborat. 7 I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O’RGATISHNING AHAMYATI. 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil etishning ahamiyati Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi xozirgi davrda eng dolzarb mavzu xisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muxim ahamit kasb etadi. Bog’cha yoo’idagi bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muxim ahamiyatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to’g’ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining o’ziga xos tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda keng o’rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muxim belgisi uning ma'lum mehnatga qaratilganligidir. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mehnati biron jarayonga oid harakat bo’lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga: mashinadan - stolga, stoldan mashinaga ko’chiradi va xokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko’rsatib, uni mashinada shkaf ustiga olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib qo’ya boshlaydi. “qatnov” bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar jryiga yiqishtirib qo’yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo’ladi. Keyingi galda bolaning o’zi o’ynayotgan o’rtoqlariga o’ynab bo’lgandan keyin o’yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo’yishni aytadi. 8 Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvofaqqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o’yinchoqlar yasash va boshqalar. Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko’rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijagi erishish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o’z ishlaridan o’zlari qoniqmaydilar. Tarbiyachi bolalarni o’z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o’rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. Shunday qilib, butun bog’cha yoshi davrida mehnat va o’yin o’zaro bog’liq xolda kechadi, biroq har qanday xolda ham bolalar mehnatni o’yinga aylantirish, ularning farqini yo’qqa chiqarish noto’g’ri bo’lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida asta sekin bolalar mehnati o’z vazifasi mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi xisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga xavas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak. Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o’rtoqlarining baxosi va o’ziga-o’zi baxo berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlar o’yin va mashqulotlarda qo’llanilsa, ular o’zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muxim tomonlari shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirib olinadi. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o’yin bilan bog’liqligidir. 9 O’yin jarayonidagi biron harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi. Shu bilan birga o’zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko’ra mehnat bilan o’yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo’yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O’yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O’yinda mehnat singari biron aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch baqishlaydi, ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o’z o’ylaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo’lidagi mehnat harakatlari, o’yin o’zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to’xtatilishi mumkin, mehnatda esa albatta ko’zlangan natijaga erishiladi. Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o’ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi(“qo’qirchoqni sayrga otlantiramiz”, “qo’qirchoqni uxlatamiz” va shunga o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar. Sekin-asta o’z-o’ziga xizmat qilish malaka, ko’nikmalari shakllanib boradi. Mehnat qilish muntaam tarzda bo’lib unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa,u tarbiya vositasiga aylanadi. 10 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat turlari. Mehnat qilish muntazam tarzda bo’lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi: o’z -o’ziga xizmat qilish, xo’jalik -maishiy mehnat, tabiat quchog’idagi yoki tabiat burchagida mehnat va qo’l mehnati. O’z -o’ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo’lib, unda bolalar ilk yoshidagi boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o’yinchoqlarni yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi. O’z -o’ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo’llaridan kelgan ishni o’zlari bajarishga o’rganadilar. O’z -o’ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi, batartiblilikka, intizomli bo’lishga, xulq -odobga o’rgatadi. Bolalar xo’jalik -maishiy mehnatga bolalar bog’chasida va oilada jalb etiladi. Uning mazmuni har xil bo’ladi: xona va bog’cha maydonchasini yig’ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish -tovoqlarni yig’ishtirish, choy idishlarini, qo’g’irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo’yish, mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib olish va shkafidagi kiyimlarini taxlab qoyishi va h.k. Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash vositasidir shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o’g’itlash, ko’chatni o’tqazish, o’simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha muhnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar 11 organizmini chiniqtiradi, ularning sog’lig’ini mustahkamlaydi.Tabiat burchagida gullarga suv quyish va parvarishsilishni orgatishdan iborat. Qo’l mehnati -mashg’ulot, o’yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan o’yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo’yicha bolalar mehnatidir (qog’oz qiyqimlarini tashlash uchun, o’simlikar urug’i uchun qutichalar, qo’g’irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o’xshash narsalar tayyorlash). Qo’l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi -narsa, buyum vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo’yash, qiqish, arralash, miz qoqishni, tikish va shunga o’xshash oddiy mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topag’onlik, zehililik xislatlari o’sadi. Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati -har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jarayoni -mehnat faoliyatining o’ziga xos bir bo’lagi bo’lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol aslahatlari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli yaqqol qo’zga tashlanadi. Mehnat faoliyatini egallash -bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir. 1. Bolalarni bo’lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo’yishga o’rgatish 2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini eng oddiy rejalashtirib olishga o’rgatish. 3. O’z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o’rgatish. 4. Mehnat malakasi va ko’nikmalarini o’rgatish. 12 5. bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda bajarilganligiga qarab o’zining va boshqalarning ishini to’g’ri baholashga o’rgatish. 6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish 7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish. Maqsad qo’yish. Maqsad qo’yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul qilishdan boshlab to o’zi mustaqil maqsad qo’yadigan bo’lguncha rivojlanib boradi (o’simlikka suv qo’yishdan to uni o’stirguncha). Bolalarning o’z oldilariga maqsad qo’yib ish bajarishlarini rivojlantirish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur: - bolalar mehnat qilishdan ko’zlangan maqsadni tushunib yetishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko’zlangan natija nima?); - kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o’xshashlar tarzida ko’rsatmali tasavvur eta bilish; - ishning mo’ljallangan vaqtda bajarilishi; - bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko’chat o’tqazish, o’simlikni sug’orish, ularni parvarish qilish va shunga o’xshashlar) kerak. Bola o’z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo’lishni anglab yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olish -maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hyech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o’lchab kesib olish, ninaga o’tkazish, uchini tugish, tikish; o’yinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini 13 egallab olishlari kerak bo’ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o’z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak. Mehnat jarayonini rejalashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: maqsad qo’yish, mehnat faoliyati uchun kerakli ish qurollarini tayyorlab olish, qaysi harakatlarni qaysi izchillikda bajarish kerakligini va undan kutilgan natijani aniqlab olish, ish joyini yig’ishtirib qo’yish. Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi o’rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi. O’rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o’rgatadi. Buning uchun bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi: 1. Biz nima qilamiz? 2. Buning uchun nima qilishimiz kerak? 3. Ishimiz uchun nimalar -qanday materiallar, qanday ish qurollari kerak? 4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish o’ng’ay bo’lishi uchun ularni ish o’rinmizda qanday joylashtirishimiz kerak? 5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol mehnatning oddiy va murakkabligiga, mazmuniga qarab bir necha marta takrorlanishi mumkin). 6. Ishni qanday tugatamiz? Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o’rgatish mehnatni sifatli bajarishga va mehnat madanityaiga o’rgatadi. Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak. Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarishga o’rgatadi. Mehnatining sababi, ya’ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu quyidagi shart -sharoit ta’sirida rivojlanadi: 14 1. Bolalar mehnatdan keladagina natijani va uning ijtimoiy mohiyatini bilishlari kerak. 2. Bolalar yasagan buyumlardan bog’chada, oilada foydalanish kerak. 3. Bolalarning ijtimoiy -foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil 4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun etish. foydasini baholash. Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan egallab olinishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Maktabgacha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari quyidagilardan iborat: o’z -o’ziga xizmat qilish, topshiriqni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo’l mehnati bo’yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati. O’z -o’ziga xizmat, topshiriqni bajarish, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang’ich shakli hisoblanadi. O’z -o’ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog’liqdir. (bu mavzu “Jismoniy tarbiya” bobida batafsilroq yoritilgan). 15 1.3. Qo’l mehnati - bolada ijodiy ruhni shakllantiruvchi, yaratuvchanlik tuyg’usini shakllantiruvchi faoliyatdir. Qo’l mehnati - bolada ijodiy ruhni shakllantiruvchi, yaratuvchanlik tuyg’usini shakllantiruvchi faoliyatdir. Bolalar o’z mahsulotini yaratar ekan, unda o’zining tashqi dunyo haqidagi tasavvur va bilimlarini namoyon etadilar. Qo’l mehnati jarayonida bolalarni maktabga tayyorgarlik davri uchun zarur bo’lgan sensomotorik harakatlar, mayda mushaklar rivojlanadi, barmoqlar esa yangi ko’nikmalarga ega bo’ladi. Tarbiyachining maqsadi faqatgina bilim berish emasdir, balki bu bilimni amalda qo’llashga o’rgatish. Qo’l mehnitini mazmuni dastlab elementar harakatlarni ko’nikmalarga aylantirib, murakkablashgan vazifalarga o’tishdan iboratdir. Lekin amaliy mahsulotni yaratishda fikrlash solishtirma-taqqoslash harakatlarini rejalashtirish ya’ni amaliy masalani analiz qila olish kabi ko’nikmalar tarbiyalanmoqda. Qo’l mehnati bilan shug’ullanganda, bola maqsadli harakat ahamiyatini sezishga o’rganmoqda, chunki uning faoliyati natijasini ushlab ko’rish, o’ynash, sovg’a qilish, esdalikka saqlash mumkin. Qo’l mehnati mahsulotlaridan ko’rgazmalar. «kim oshdi» savdolari, yarmarka. Bozor tashkil etish mumkin. Bog’cha qoshida qo’l mehnati to’garaklari tashkil etilmoqda, masalan, «Mohir qo’llar», «Gilam to’qish» va hokazo. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’l mehnat uchun kerak bo’lgan jixozlar: qog’oz: qalin, nafis, oq papirus qog’ozi, qalin albom qog’ozi, hajmli shakllarni yasashga kerak bo’ladi, nafis qog’oz esa, uni bezashga ishlatiladi. 16 Karton: tarbiyachi kartondan kerakli shablonlar tayyorlab beradi, o’yinchoqlar va suvenirlar tashlandiq materiallari: karobkalar, shampun, krem, tish yuvadigan pastalarni bo’sh idishlari, parolon, penaplast, simlar bulardan saqlab, mashg’ulotlarda o’yin uchun atributlar tayyorlash mumkin. Tabiiy material: urug’lar, qush patlari, yong’oq po’stlog’i, barglar va hokaz bularni bolalar bilan sayrda to’plab, quritib, bo’sh karobkalarda saqlash va mashg’ulotlarda qiziqarli o’yinchoqlar yasash mumkin. Gazlamalar: paxta, sun’iy toladan qilingan matolar qiyqimlari, qo’g’irchoqlar kiyimlari uchun andozalar, har xil rangdagi iplar va ignalar. Yuqoridagi barcha jixozlar va ular bilan ishlash kerak bo’lgan asbob-uskunalar alohida mo’ljallangan shkaflarda saqlanishi shart. Igna, qaychi, bolg’a, arrachalar singari xavfli asboblar maxsus karobkalarda alohida saqlanadi va ular bilan bolalar faqat tarbiyachi nazorat ostida ishlashadi. Bolalar bilan milliy xalq hunarmandchilik mahsulotlarini yaratish ham yangi dasturda ko’zda tutilgan. Buning uchun kerak bo’lgan asbob-uskunalarga ham alohida joy ajratilib saqlanishi lozim. Dasturdan foydalanayotganda, albatta, mavzuga ijodiy yondoshish, bola yashayotgan muhitini - yashash joyi, mintaqada tarqalgan hunarmandchilikni hisobga olish lozim. Mehnatning har bir turlari bolalarning yoshiga qarab asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar guruhida zarur sharoit bo’lishi lozim. Bolalarning kundalik faoliyatini mehnat faoliyatini tashkil etish uch shaklda bo’ladi: topshiriq, navbatchilik va jamoa mehnati olib boriladi. Mehnat tarbiyasini kun davomida o’tkaziladigan turli faoliyatlarda, bolalarning xohishistaklarini nazarga tutgan holda tashkil etish zarur va shart-sharoitlar gigienik talablarga javob berishi kerak. Buning uchun shunday rejalashtirish kerakki, unda har bir bola ma’lum bir topshiriqni bajarsin. Mehnat topshiriqlarini sifatli bajarish ko’p jihatdan mehnat qurollarini to’g’ri tanlashga va ularning bolalar uchun qulayligiga ham bog’liq. Bolalarga qo’l mehnatiga oid bilim berish, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish o’rta guruhdan boshlanishi mo’ljallangan. Bu guruhda ular qo’l mehnatini olib 17 borishi uchun kerakli bo’lgan turli materiallar bilan tanishadilar, jumladan, qog’oz, turli chiqindi, qiyqimlarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar. Men ham o’z faoliyatmda bolalarga mehnatga nisbatan qiziqish, xohish, boshlagan ishini oxirgacha yetkazish xissini tarbiyalashda turli yo’l va usullardan foydalanib kelaman va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam olib boraman. 1.3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qurish-yasash mashg’ulotining bolalar tarbiyasida tutgan o’rni Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo’lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog’ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o’yinchoqlar yasash o’rgatiladi. O’z harakteriga ko’ra bolalar qurish-yasashi ko’pincha tasviriy va o’yin faoliyati bilan o’xshashdir–bu tevarak atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan: o’yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg’a uchun. Qurish-yasash faoliyati–amaliy faoliyat bo’lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o’rgatish protsessida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mexnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi, hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni taxlil qilish ko’nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat’iylik va xakozo…) tarkib topa boshlaydi, bularni barchasi bolalarni maktabda o’qishga tayyorlaydi. Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o’rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog’ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali–mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, tsilindr, prizma va xokazo…) iborat. Mashg’ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda naborlardan foydalaniladi: M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7. 18 Mazmunli tuplamlar: «Kosmodrom», «Temir yo’l vokzali» va boshqalar. Mashg’ulot paytida materiallar ko’p bo’lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, xayvon, o’simlik va transportni ifodalovchi mayda o’yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak atrofdagi konkret narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yulovchilar uchun ko’prik yasaydilar. O’yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o’yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qurilish materiallarni ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi. Konstruktorlar. tashqari Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg’ulotdan konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu naborlar orqali turli konstruktsiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo’yicha turli xil harakatli konstruktsiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo’llarini muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo’l muskullari xali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig’ishni metodik ko’rsatmalarini o’rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar mashg’ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog’ochli, platmassali konstruktorlardan foydalanadilar. Bu va metaldan tayyorlangan naborlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo’lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo’llarini va turli xil harakterdagi konstruktsiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o’rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o’zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko’rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o’rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to’plami hammasi birdaniga 19 berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o’zlashtirishlariga qarab beriladi. II.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyatining qurush-yasash mashg’ulotini tashkil qilishning ilmiy-uslubiy ishlar tahlili 2.1. Maktabgacha ta’lim muassasasining kichik guruhlarda qurishyasashga o’rgatish orqali qo’l mehnatiga o’rgatish. Bolalarga qurilish materiali–kubik, g’ishtcha, turli xil shakldagi formalar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g’ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, birbirini ustiga qo’yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o’rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o’rtasidagi o’xshashlikni topishni bolalardan so’raydi. Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g’ishtcha, plastilin) farklash bilan birga ularni nomini aytish, katta, kichik, o’zun, qisqa, baland, past kabi so’zlarni ma’nosini tushunib aytish, g’ishtchalarni orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi. Bolalarga 8-10 qurilmalar qurish o’rgatiladi: mebel (stol, stul, divan, krovat), zinapoya, ko’prik, uycha, tramvay. Birinchi mashg’ulotlarda bolalar oldingi guruhlarda yasalgan qurish-yasash ishlarini qaytaradilar, so’ng bolalar mebel ko’radilar. Avval bolalar alohida predmetlarni turli usullarda, so’ng 2-3 qurilmalarni birdaniga qurishni o’rganadilar. (stol va stul, divan va xokazo) Keyingi mashg’ulotda bolalar katta uy quradilar, 3-4 kubiklardan, so’ng 6 kubik yoki g’ishtchadan zinapoya quradilar. Ishning keyingi etapi–ko’prik qurish, 2 kichik prizmadan ko’prik qurish. 20 Dastlabki mashg’ulotlar ikkinchi kichik guruhda g’ishtchalarni 1 tekisda yo’lakcha qilib terib chiqish malakalarini rivojlantirish, mustahkamlashga qaratiladi. Bolalar qisqa yo’lka, keng yo’lkalar quradilar. Keyinchalik tramvay yo’li qurishni bolalardan talab qilish mumkin. Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi–bolalarga g’ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga va o’zun-qisqa, tor-keng kabi tushunchalarini o’rgatish. Keyingi mashg’ulotlarda bolalar g’ishtchalarni vertikal holda joylashtirishni o’rganadilar. Shundan keyin bolalarga tarbiyachi darvozani turli usulda yasashga o’rgatadi. (g’ishtchalarda, kubik, plastilindan), bularni bolalar ma’lum ketma-ketlikka asoslangan holda bajaradilar. Tor-keng, baland-past tushunchalari darvoza qurish jarayonida bolalarga tushuntirib boriladi: keng darvoza–yuk mashinasi uchun, tori esa– engil mashina uchun, baland darvoza–katta qo’g’irchoq uchun, pasti esa–kichik qo’g’irchoq uchun mo’ljallangan. Bolalarga bir necha mashg’ulot davomida sismavzuli ravishda uychani yangi konstruktsiyasi berib boriladi. Tarbiyachi har gal yangi konstruktsiyani oldingi konstruktsiya bilan solishtiradi, ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarini topadi. Bolalarni namunaga qarab uychani qurish malakasi hosil bo’lganligini tekshirish uchun, namunani o’zlari mustaqil tarzda qurib berishlarini tarbiyachi iltimos qiladi. Masalan: tarbiyachi boladan xuddi namunada qurilgan uychani, faqat baland qilib qurib berishni so’raydi. Masalaning bu turi bolalarda aqliy faollikni yanada oshiradi. Kichik guruhda bolalarni faqatgina qurilish detallari (kub, g’isht, plastina) ni bilishga farq qilishga ularni to’g’ri atashga o’rgatib boriladi. Masalan: katta-kichik, o’zun-qisqa, past-baland g’ishtlarni bir biridan bir xil masofada doyra, to’g’ri to’rtburchak bo’ylab (panjara) ularni ensiz tomoni bilan qo’yib chiqishga o’rgatib boriladi. Kichik guruhda bolalarni 8-10 oddiy bo’lgan qurilmalarni barpo etishga o’rgatiladi, (stol, stul, divan, krovat, minoracha, ko’prikcha, uycha, tramvay) kabilarni qurishga o’rgatiladi. Dastlabki mashg’ulotlarda bolalar oldingi guruhda bajarilgan qurilmalarni qaytaddan qurdilar, so’ng mebel qurishga o’rganadilar. Oldin bu predmetlar alohida turli xil usullarda quriladi, so’ng bolalarga 21 birato’lasiga 2-3 ta qurilmalarni qurish taklif etiladi. (stol, stullar, stol va divanlar) bu qurilmalar bilan bolalar o’yin o’ynashlari uchun bolalarga turli xil qo’g’irchoqlar, idishlar beriladi. Keyingi mashg’ulotlarida bolalar uycha, qurishlar uchun 3-4 kubikdan bir-birining ustiga qo’yish 3 yoqli prizma bilan ustini qoplash orqali kuradilar. So’ng kubikdan yoki gishtdan yukoriga taxlash orqali narvoncha quradilar. Bolalar bu qurilmalarni qurish yo’llarini o’zlashtirib olishgach, ular tarbiyachining so’zi orqali qurilmalarni qurishga 2 ta kubikdan plastinalar va ikki kichik uch yoqli prizma yordamida ko’prik o’rganadilar. Tarbiyachi bolalarni bog’cha uchastkasida va guruh hovlisida mashg’ulot protsessida o’rgangan qurilmalarni ko’rib, ular bilan o’yinlar o’ynashga nisbatan qiziqish uyg’otish kerak. Ikkinchi kichik guruhda dastlab birinchi kichik go’ruhda olgan bilim va malakalari mustahkamlanadi. Bolalar keng va tor yo’lkachalarni, g’ishtlarni qatorasiga tekislikda joylashtirish orqali quradilar. Keyinchalik tramvay uchun har bir bola kalta yo’lkachani, hammasi bir bo’lib tramvay yo’lini quradilar. Bu mashg’ulotlardan maqsad bolalarni g’ishtchalarni tartibli qilib bir-biriga ulashga yoki birlashtirishga ularning fazoviy belgilarini to’g’ri atashga o’zun qisqa, keng-torligini o’rganadilar. Keyingi 2-3 ta mashg’ulotlarda bolalarni g’ishtlarni bir-biriga zich yoki ma’lum bir oraliqda vertikal joylashtirishga o’rganadilar. Bunda g’ishtlarni o’zunasiga yoki ensiz qisqa tomoni bilan joylashtirishga o’rganadilar. Masalan: shu maqsadda bolalar o’z hayvonlari o’rdakcha, kuchukcha uchun panjaralar quradilar. Keyingi mashg’ulotlarda bolalar darvozalarning turli usullari bilan tanishadilar. Bularni kub va plastinalardan quradilar. Tarbiyachi bolalarni keng va tor haqidagi tushunchalarni egallashlari uchun, yuk mashinasi uchun keng darvoza yengil mashina uchun tor darvozalar qurishni taklif etadi. Bitta qurilma detallarni o’zgartirish orqali uning qurilish yo’llarini o’zgartirish mumkinligini bolalalarga tushuntirish maqsadida tarbiyachi bir nechta mashg’ulotlar uyushtiradi. Har bir mashg’ulotda qat’iy sismavzu asosida yangi qurish konstruktsiyasi bilan tanishtiriladi va uni eski konstruktsiya bilan solishtirilib, ular orasidagi farq aniqlashtiriladi. Bolalar tarbiyachining namunasiga qarab qurishni o’zlashtirib 22 olishgach, tarbiyachi bolalar oldiga xuddi shunday uycha ammo balandroq yoki o’zunroq qilib qurishni taklif etishi mumkin. Avvalo, tarbiyachi shu konstruktsiyani saqlab qolib, faqatgina uni o’zunroq yoki balandroq qilib qurish yo’llarini oldindan tushuntirib beradi. Bu esa bolalarni aqliy faolligini o’sishga olib keladi. Kichik guruhda bolalarni qurishga o’rgatishda kublar, g’ishtlar, plastina va uch yoqli prizmalar to’plamidan iborat qurilish materiali M.A.Agapova avtorligidagi shuningdek, № 3-4 bo’lgan qurilish to’plamlaridan foydalanadilar. Yil davomida tarbiyachi birinchi kichik guruhda to’rtta oltitadan bo’lib mashg’ulotlarni uyushtiradi. Asta-sekin podguruhchalar soni ko’paytiriladi, yilning ikkinchi yarmidan boshlab butun guruh bolalari bilan o’tkaziladi. Kichik guruh bolalarini qurishga o’rgatishda turlicha metodlardan foydalaniladi. Asosiy o’rinni informatsion retseptiv metod va repraduktiv metod egallaydi. Bolalarni nimani qurish va qanday qurish kerakligi bilan tanishtiriladi. Shu maqsadda tarbiyachining qurish namunasidan qurish yo’llarini ko’rsatish va to’g’ri tushuntirish jarayoni bilan birgalikda foydalaniladi. Bolalarni u yoki bu qurilmani qurishda o’rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarni o’sha predmet, uning qismari bilan ularning amaliy belgilari bilan tanishtirib boriladi. Masalan: tarbiyachi sayr vaqtida bolalar bilan arg’imchoqni ko’zatadi, u ikki qismdan iborat: birinchi qism zinapoya, ya’ni bolalarning tepasiga chiqishlari uchun, ikkinchi qismi esa tushishi uchun sirg’aluvchi qismi. Bunday maqsad sari ko’rib chiqishlar, uyushtirishlar yordamida bolalar bu narsalarni o’z qurilmalarida ijobiy hal qilishlariga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni qurishga o’rgatishda o’z namunalarini ko’rib taxlil qilib chiqadi. Oldin namuna yaxshilab ko’rib chiqiladi, butun bir holda, so’ng esa ularni qismma-qism ko’rib chiqiladi. Masalan: uycha devorlari, to’siqlari va tomi. So’ng ularning shakllari va birbiriga nisbatan joylanishlari ko’rib chiqiladi. So’ng har bir qismning qaysi detallardan kurilganliklari kurib chiqiladi. Masalan: uychaning tomi, katormakator kuyilgan prizmalardan iborat va x.z. Namunaning bunday tartibda ko’rib chiqish, qurilmani bunday bunyod etishda ketma-ketlikka rioya qilishga yordam 23 berib, bolalar uchun ham qurish yasash protsessini ancha osonlashtiradi. Tarbiyachi bolalarni qurish yasashning texnik usullariga o’rgatishda, bolalarni o’zlari mustaqil ravishda harakat qilishlari uchun qurish yasashning xilma-xil usullaridan va uni qurishning turli yo’llaridan foydalanishga o’rgatib boriladi. Bu vaqtda tarbiyachi reproduktiv va evristik metodlardan birgalikda foydalanadi yoki qo’llaydi. Har bir mashg’ulot ohirida tarbiyachi bolalarni o’zi qurgan ishlarini yoki qurilmalari bilan o’yin o’ynashlari uchun ikki-uch minut ajratib beriladi bu esa bolalarda o’yin jarayoniga nisbatan qiziqishni uyg’otadi, unda foydalanadigan o’yinchoqlar esa bolalarni qurish-yasashga chalg’itmay, balki qurish yasashga nisbatan qiziqish xavas paydo qiladi. Tarbiyachi bolalarni qurilish materiallari detallari nomini faqatgina mashg’ulotlarda emas, balki mashg’ulotdan keyin ularni yig’ib qo’yish protsessida ham bu narsani ham amalga oshiradi. Masalan: qurilmalarni yig’ib terganda, oldin kublar, so’ng plastinalarni va bolalar qurish-yasash protsessida she’r, qo’shiqlardan, ertaklar mazmunidan («Uch ayiq») ertagida ular mebel qurishda foydalanish bolalar qurilish ishlarini yana ham qiziqarli bo’lishiga olib keladi. SHuningdek, qurishyasash jarayonida ba’zi bolalarga savollarni amaliy harakat orqali berish mumkin. Agarda ko’ngilli bolalar vazifani bajarishga qiynalsalar yoki bilmasa unda tarbiyachi qaytatdan tushuntirib beradi. Bolalar ishlarini taxlil qilishda faqatgina bolalar ishlaridan toza va tug’riligi ko’rsatib o’tilmay balki barcha protsess, ya’ni, namunani qanday ko’rib chiqishligi material qanday tanlanganligi ayrim harakatlar qanday bajarilganligi haqida tarbiyachi gapirib o’tadi. Har bir mashg’ulotdan so’ng tarbiyachi bolalarga qurilmani qanday joyjoyiga taxlashni, qanday ish qo’yishni sismavzuli ravishda ko’rsatib beradi. Qurish-yasashning oddiy qurilmalarini yasashda bolalar texnik malakalarga ega bo’ladilar; Yilning boshida ikkinchi kichik guruhda o’tilgan mavzularni takrorlovchi mashg’ulotlar o’tkaziladi. Masalan: Darboza qurish (keng-tor, baland), mebel, o’yinchoqlarni kattaligiga qarab garaj qurish. Tarbiyachi garaj qurib ko’rsatishdan avval bolalarga mashinani katta-kichikligiga e’tibor berishni 24 iltimos qiladi. Yuk mashinasi uchun katta garaj, yengil mashina uchun kichik garaj qurish kerak. Keyingi mashg’ulotlarda bolalar tarbiyachini ko’rsatmasi va namunasi asosida ko’prik, trolleybus, tramvay, avtobus, yuk mashinasini ko’ra boshlaydilar. Shunda bolalar tsilindr bilan, undan qurilmada qanday foydalanish kerakligi bilan tanishadilar. Har bir qurilmani o’rganish uchun bir nechta mashg’ulotlar o’tkaziladi. Dastlabki mashg’ulotlarda bolalar namuna bo’yicha, keyingilarida esa mustaqil qurishni o’rganadilar. Masalan: Bolalar namuna bo’yicha ko’prik qurishni o’rganib bo’lganlaridan so’ng, ularga mustaqil tarzda baland, keng ko’prik qurish taklif etiladi. Bunda bolalar o’zlari qurilish materiali tanlab, ko’prikni konstruktsiyasini o’ylab topadilar. Har bir mavzu, konstruktsiya borgan sari murakkablashib boradi. Har bir mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida olib boriladi, ba’zi bir usullarni bolalar o’zlari mustaqil bajaradilar, shu orqali bolalarda mustaqil fikrlash malakasi rivojlanadi. Yilning ikkinchi yarmida bolalar o’z o’ylagan, istagan narsalarini yasashlari mumkin. Bundan maqsad hosil bo’lgan malakalarni mustahkamlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish va o’ylagan narsalarini ijodlarida qo’llashga o’rgatish. Kichik guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning metod va usullari. Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda kubiklar, g’ishtchalar, plastilin, prizmalardan foydalaniladi. Yil boshida 1 kichik guruhda tarbiyachi 4-6 bolalar guruhi tashkil qiladi. Sekin-asta guruhlar soni ko’payib boradi, yilning 2 yarimida esa mashg’ulotlar butun guruh bilan birgalikda olib boriladi. Kichik guruhda qurish-yasashga o’rgatishda tarbiyachi turli metodlardan foydalanadi. Asosiy metodlar informatsion-retseptiv va reproduktiv metodlardir. Bolalarga nimani, qanday yasash kerakligini tushuntiriladi, tarbiyachi bolalarga namuna ko’rsatib, to’la tushuncha beradi. O’rgatishdan avval tarbiyachi tasvirlanadigan predmetni yaxlit o’zini, uning qismlarini bolalarga to’laligicha ko’rsatib tushuntiriladi. Bolalar predmetni ko’zatishlari asosida o’z qurilmalarini kuradilar. Masalan: Tarbiyachi sayr vaqtida bolalarga avval zinapoyadan tepalikka ko’tarilib, so’ng sirpanib tushish kerakligini aytadi. Mashg’ulotni boshida namuna yaxlitligicha ko’rsatiladi. So’ng namunani qismlari, uning 25 formasi qanday, joylashganligi tushuntiriladi. (Uyning–devori, tomonlari, tomi va xokazo) Tarbiyachining bunday tushuntirishi bolalar ishini ancha osonlashtiradi. Bolalar olgan bilimlari asosida o’z qurilmalarini mustaqil tarzda yasay olishlari kerak. Shuning uchun biror bir qurilmani turli xil usullarda ko’rib ko’rsatish lozim. Har bir mashg’ulot yakunida tarbiyachi bolalarga bu qurilma bilan qanday o’ynash mumkinligini ko’rsatadi. (2-3 min) Bu paytda bolalarda o’yin faoliyatiga qiziqish uyg’onadi. Bu o’yin faoliyati bolalarni qurish-yasash jarayonidan chalg’itadi, lekin kichik guruhda bundan tez-tez foydalaniladi. O’yinchok bolalarni qurishga undaydi. Bolalarga qurilish materiallarni qismlarini nomini yaxshi o’zlashtirish uchun tarbiyachi mashg’ulotdan keyin materiallarni (guruh) stolga birma bir qo’yib, ularni nomini aytadi. Didaktik o’yinlar orqali ham bolalarga tushuncha berib boriladi. Qurish-yasash faoliyatini yanada qiziqarli o’tishi uchun tarbiyachi bolalar bilan ishlaganda ertak parchalari, topishmoq she’rlardan keng foydalanishi lozim. Bu tarbiyachining maxoratiga bog’liq. Tarbiyachi qurish-yasash jarayonida bolalarni ishlarini to’g’ri bajarishlarini, materialdan to’g’ri foydalanishlarini ko’zatib boradi. Agar tarbiyachi bolalarni biron bir xatolarini ko’rsa, u paytda qaytadan tushuntirib, ko’rsatib berishi mumkin. Bolalarni ish faoliyatini taxlil qilganda tarbiyachi faqatgina natijalarnigina emas, balki bolalar namunani qanday ko’zatganliklari, materialni tanlab, bajara olishlarini ham xisobga oladi. Mashg’ulot yakunida pedagog bolalarga qurilish materiallarini yig’ib joyiga joylashni ham ko’rsatib beradi. 26 2.2. O’rta guruhlar bolalarini qurish-yasash mashg’ulotida qurilish detallarini mustaqil tahlil qilishni o’rgatish usullari. O’rta guruhda bolalarga tanish bo’lgan qismlarni (kubik, g’ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, uni bir-biridan farqlashga ham o’rgatiladi. Bolalar qurilmalarni mustaqil tahlil qilishni o’rganadilar: uning asosiy qismlarini ajratish, uni katta kichikligi, to’zilishini farqlash, narsalarni qanday joylashganligini o’rganadilar. Bolalar kichik guruhda tarbiyachini namunasi asosida ko’rgan bo’lsalar, o’rta guruhda esa mavzuni nomlanishi, o’zlari o’ylaganlari bo’yicha quradilar. Shuning uchun bolalar diqqati qurilmani oldindan rejalashtirib, unga kerakli bo’lgan formalarni tanlashga qaratiladi. O’rta guruhda qurish yasash predmetlarini farqlash, ularni xususiyati bilan tanishish, shu xususiyatiga asoslanib predmetlarni guruhlarga ajratishni o’rganadilar. Qurilmalarni qurish ishning ketma-ketligini rejalashtirishga bolalarni oldindan detallarni shakliga, katta-kichikligiga va mustahkamligiga qarab tanlashga o’rgatilib boriladi. Bularni qurish jarayonida bolalar tsilindr nomini to’g’ri aytishga uni o’z o’rnida to’g’ri foydalanishga o’rganadilar. Bolalarning har bir konstruktsiyasini o’zlashtirib olishlari uchun bir necha mashg’ulot o’tkaziladi. Birinchisida bolalar namunaga qarab qurishga o’rganadilar, keyingi mashg’ulotlarda esa bu namunani o’zlari mustaqil xal qilishga ya’ni konstruktiv masalani xal qilishga o’rganadilar. Masalan: bolalar namuna asosida ko’proq, qurishni o’rganib olishgach, (ko’prikning tayanch qismini, ko’prik qurilamlarini va mashinalar uchun plastik qismi, ya’ni tushuvchi qismini bilib olishgach, uni qurish uchun qanday detallardan 27 foydalanish kerakligini) bolalarga shu usulda ko’prik, ammo baland yoki keng ko’prik qurish tavsiya etiladi. Keyinchalik, bolalar o’zlarida bor bo’lgan qurilish materiallaridan keng foydalanib, o’zlari yangi ko’prik konstruktsiyasini o’ylab topadilar. Tarbiyachining rahbarligida bolalar bitta konstruktsiyani bir necha murakkablashgan ko’rinishlarda qurishga o’rganadilar. Bu esa bolalarda qurishning turli yo’llari haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatlarini o’stiradi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolalarga yuqoridagi vazifalardan tashqari, bolalarga o’z ixtiyorlari bo’yicha qurish yasashlar beriladi. Bu ixtiyoriy qurish mashg’ulotlari davomida bolalar qurish bo’yicha olgan bilim malakalari rivojlanadi, mustaqillik va tashabbuskorliklar o’sadi. O’z maqsadlarini va qurish yasash ishlarida amalga oshirish o’quvlari shakllanadi. Mashg’ulotlarini uyushtirganda turli-tuman mayda o’yinchoqlardan (odamlar, xayvonlar, o’simliklar, transport) foydalanadilar. Bu esa bolalar qurilish o’yinlarini yanada boyitadi, uni maqsad sari yo’naltiradi va o’yin faoliyatlarini yanada rivojlanishiga olib keladi. Qurilish materiallari alohida-alohida bo’lakchalarga yoki bo’limlarga ajratilgan shkaflarda saqlanishi mumkin. Har bir qurilish materiallarining turi bir-biridan alohida saqlanadi, tuzilishiga ya’ni shakliga qarab, chunki bolalar o’zlari tezda va osonlikcha kerak qurilish materiallarini ajratib oladilar va har bir shaklni tezroq, o’zlashtirib olishlariga yordam beradi. Yilning ikkinchi yarmidan “Shaharcha” mazmunli tuplamidan foydalaniladi, bu nabor prizma, kubik va daraxt siluetlaridan iborat. O’rta guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning metod va usullari. O’rta guruhda asosan informatsion-retseptiv metoddan foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga yangi bilim berayotganda, bolalarga illyustratsiyani ko’rsatib, uning asosiy qismlarini ajratib ko’rsatadi. Namunani ko’zatish paytida tarbiyachi bolalarga ular o’rtasidagi farq, o’xshashlikni tushuntirib beradi. Bolalarni taxlil qilishga jalb qilish lozim, qurilma nimadan iborat, uning qismlari qaysi detallardan iboratligi so’raladi. Tarbiyachi agar bolalar xato qilsa to’g’rilaydi, qiynalsa yo’llanma beradi. Tarbiyachi bolalarga ko’prik 28 konstruktsiyasini o’ylab topish vazifasini berayotganda bolalar bilan qisqa suxbat o’tkazadi: ko’prikni asosiy qismlari nimadan iboratligi eslatib o’tiladi. Mavjud materialdan qurilma uchun kerakli bo’lgan detallarni tanlab olish taklif etiladi. Qurish-yasash mashg’ulotida bolalarga tanish bo’lgan materiallar stol ustiga qo’yiladi, uni yoniga turli xil mayda o’yinchoqlar: qo’g’irchoq, xayvon, transport terib qo’yiladi. Mashg’ulotni boshida tarbiyachi bolalarni nima yasamoqchi ekanliklarini, kim uchun, qanday materialdan foydalanishlarini bilib oladi. Buning uchun bolalar kerakli materialni tanlab olib, keyin qurishni boshlashlari lozim. Tarbiyachi bolalar ishini ko’zatib, ularga yordam beradi, rag’batlantiradi. Bolalarni o’zlari o’ylab topgan qurilmalarni asosan taxlil qilinadi. Bolalarni qurish-yasashga o’rgatishda tarbiyachi har bir bolaga berilgan vazifani mustaqil bajarishga imkoniyat beriladi. 29 2.3. Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruhlarda bolalarni qurish-yasashga o’rgatish orqali qo’l mehnatiga o’rgatish. Katta guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning vazifalari. Katta guruhda predmetni taxlil qilish ularni harakterli, belgilarini solishtirishga o’rgatib boriladi. Bu guruhda o’rgatish faoliyatining oddiy elementlari katta ahamiyatga ega; ya’ni vazifaning tushunishi ularni mustaqil bajarishi. Bolalarga so’zlab berish orqali qurish-yasashga o’rgatadi. Tarbiyachi bolalarga o’z so’zlari orqali mavzuni rasm, illyustratsiyalar ko’rsatib tushuntirib beradi. Asosiy diqqat bolalarni o’z o’ylaganlari bo’yicha ishlashga qaratiladi. Bolalarda qurilmalarni mustahkam qurish g’ishchalarndan ustuncha qurish kabi yangi malakalar shakllanadi. Jamoa qurilmalarni qurishda (hayvonot bog’i, ko’cha, bolalar bog’chasi) bolalar bir birlari bilan birga bajaradi. Yuqoridagi malakalarni bolalar turli qurilmalarni yasashda egallab boradilar. Ba’zi qismlarni almashtirib yasash uchun turli mavzular tanlanadi: uylar, transport, ko’prik. Bu paytda tarbiyachi mavzuni nomlashni bolalarga aytadi. Shundan so’ng tarbiyachi tayyor qurilmani bolalarga ko’rsatib, xududi shunday bajarishlari kerakligini iltimos qiladi. Bunday mashg’ulotlarda bolalar bor bo’lgan materiallardan mustaqil ravishda konstruktiv vazifalarni bajarishni o’rganadilar. Bolalarda oldindan, quriladigan materialni orientirlash malakasini shakllantirish uning devorchalar qurish-yasash mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Daslabki mashg’ulotlarda bolalarga oddiy vazifa, ya’ni devorni na’muna orqali qurish vazifasi beriladi. Tarbiyachi ustunchalarni qurish, so’ng g’ishtchalarni to’g’ri joylashtirishni ko’rsatadi. Keyingi mashg’ulotda esa bolalar 2 uy quradilar. Bu vazifa na’munasiz bajaradi. Vazifani shu tariqa 30 berilishi va uning asta-sekin murakkablashtirib borish bolalarni keyingi bo’ladigan faoliyatga tayyorlab beradi. «Tepalik qurish» mashg’ulotlarda bolalar avval tarbiyachini na’munasini ko’rib, tepalikni balandligini belgilab oladilar. Shundan so’ng bu tepalikdan kaptokchani dumalatib ko’radilar. Tarbiyachi bolalarga tepalikni baland, pastlikka ko’ra koptokchalarni tezva sekin dumalatishni tushuntirib beradi. Bolalarga topshiriq beriladi, ya’ni baland tepalik va past tepalik qurish. Bu mashg’ulotdan bolalar koptokchani tez yoki sekin dumalatish tepalikni baland pastlikga bog’likligini aniqlaydilar, ya’ni baland tepalikdan koptok tez dumalaydi, past tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday mashg’ulotlar bolalarni mustaqil fikrlash qobilyatini o’stiradi. Katta guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning metod va usullari. Katta guruhlarda M.P.Agapovaning qurilish materiallaridan, o’yinchoqlar institutida ishlab chiqilgan № 2,5,6 naborlaridan foydalanish mumkin. O’rgatishning asosiy metodlari-infarmatsion-retseptiv, tekshirish evristik metodlar. Bolalar namuna orqali tasvirlaydilar, tarbiyachi tushintiradi, sayrda maqsadga qaratilgan ko’zatishlar olib borishadi. Tarbiyachi bu metodlar yordamida bolalarda mustaqillikni rivojlantiradi. So’zlashuv usuli ham bolalarda faollik, mustaqillikni o’stiradi. Tarbiyachi mavzu nomini aytib namunani ko’rsatadi (kema). Bolalar modelni ko’zatib topshirikni bajaradilar. Tarbiyachi esa oldindan bir qancha detallarni to’playdi va ularni bolalar oldinga qo’yadi. Topshiriqni bajarayotganda tarbiyachi bolalarga savollar berib, bolalarni mustaqil faoliyatga undaydi. Tarbiyachi bolalarga gapirib berishini o’rgatgandagina ular o’zlari o’ylaganlari bo’yicha qurilmalarni qurishlari mumkin. Qurilmalarni taxlil qilayotganda shuni ko’rsatib o’tish kerakki, bir predmetni turlicha qilib qurish mumkin. Katta guruhda predmetni taxlil qilish ularni harakterli, belgilarini solishtirishga o’rgatib boriladi. Bu guruhda o’rgatish faoliyatining oddiy elementlari katta ahamiyatga ega; ya’ni vazifaning tushunishi ularni mustaqil bajarishi. Bolalarga so’zlab berish orqali qurish-yasashga o’rgatadi. Tarbiyachi 31 bolalarga o’z so’zlari orqali mavzuni rasm, illyustratsiyalar ko’rsatib tushuntirib beradi. Asosiy diqqat bolalarni o’z o’ylaganlari bo’yicha ishlashga qaratiladi. Bolalarda qurilmalarni mustahkam qurish g’ishchalarndan ustuncha qurish kabi yangi malakalar shakllanadi. Jamoa qurilmalarni qurishda (hayvonot bog’i, ko’cha, bolalar bog’chasi) bolalar bir birlari bilan birga bajaradi. Yuqoridagi malakalarni bolalar turli qurilmalarni yasashda egallab boradilar. Ba’zi qismlarni almashtirib yasash uchun turli mavzular tanlanadi: uylar, transport, ko’prik. Bu paytda tarbiyachi mavzuni nomlashni bolalarga aytadi. Shundan so’ng tarbiyachi tayyor qurilmani bolalarga ko’rsatib, xududi shunday bajarishlari kerakligini iltimos qiladi. Bunday mashg’ulotlarda bolalar bor bo’lgan materiallardan mustaqil ravishda konstruktiv vazifalarni bajarishni o’rganadilar. Bolalarda oldindan, quriladigan materialni orientirlash malakasini shakllantirish uning devorchalar qurish-yasash mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Daslabki mashg’ulotlarda bolalarga oddiy vazifa, ya’ni devorni na’muna orqali qurish vazifasi beriladi. Tarbiyachi ustunchalarni qurish, so’ng g’ishtchalarni to’g’ri joylashtirishni ko’rsatadi. Keyingi mashg’ulotda esa bolalar 2 uy quradilar. Bu vazifa na’munasiz bajaradi. Vazifani shu tariqa berilishi va uning asta-sekin murakkablashtirib borish bolalarni keyingi bo’ladigan faoliyatga tayyorlab beradi. «Tepalik qurish» mashg’ulotlarda bolalar avval tarbiyachini na’munasini ko’rib, tepalikni balandligini belgilab oladilar. Shundan so’ng bu tepalikdan kaptokchani dumalatib ko’radilar. Tarbiyachi bolalarga tepalikni baland, pastlikka ko’ra koptokchalarni tezva sekin dumalatishni tushuntirib beradi. Bolalarga topshiriq beriladi, ya’ni baland tepalik va past tepalik qurish. Bu mashg’ulotdan bolalar koptokchani tez yoki sekin dumalatish tepalikni baland pastlikga bog’likligini aniqlaydilar, ya’ni baland tepalikdan koptok tez dumalaydi, past tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday mashg’ulotlar bolalarni mustaqil fikrlash qobilyatini o’stiradi. Katta guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning metod va usullari. Katta guruhlarda M.P.Agapovaning qurilish materiallaridan, o’yinchoqlar institutida ishlab chiqilgan № 2,5,6 naborlaridan foydalanish mumkin. 32 O’rgatishning asosiy metodlari-infarmatsion-retseptiv, tekshirish evristik metodlar. Bolalar namuna orqali tasvirlaydilar, tarbiyachi tushintiradi, sayrda maqsadga qaratilgan ko’zatishlar olib borishadi. Tarbiyachi bu metodlar yordamida bolalarda mustaqillikni rivojlantiradi. So’zlashuv usuli ham bolalarda faollik, mustaqillikni o’stiradi. Tarbiyachi mavzu nomini aytib namunani ko’rsatadi (kema). Bolalar modelni ko’zatib topshirikni bajaradilar. Tarbiyachi esa oldindan bir qancha detallarni to’playdi va ularni bolalar oldinga qo’yadi. Topshiriqni bajarayotganda tarbiyachi bolalarga savollar berib, bolalarni mustaqil faoliyatga undaydi. Tarbiyachi bolalarga gapirib berishini o’rgatgandagina ular o’zlari o’ylaganlari bo’yicha qurilmalarni qurishlari mumkin. Qurilmalarni taxlil qilayotganda shuni ko’rsatib o’tish kerakki, bir predmetni turlicha qilib qurish mumkin. 33 2.4. Maktabga tayyorlov guruhlarida qurish-yasashga mahg’ulotida bolalarni jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish. Tayyorlov guruhda bolalarga predmetni xususiyatlarini ajratishga o’rnatiladi. Bolalar umumiy va individual narsalarning qismlarini proportsiyasini, simmetriyasini aniq chamalashga, narsalarni chiroyli bezashni o’rganadilar. Bu yoshdagi bolalar oldindan ko’rmokchi bo’lgan narsalarini tassavur qilib, uni qanday tuzilishini gapirib bera olishlari kerak, buning uchun qanday materialni tanlab, ishni qanday bajarilishini bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalarga kompleks narsalarni jamoa bo’lib qurishni, guruh bilan qurishni o’rgatib boradi. Bolalar bundan tashqari mavzuni aniqlab, kerakli materiallar tanlash, bir-birlari bilan maslaxatlashib birga fikrlab qurishni o’rganadilar. Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari berilgan topshiriq bo’yicha, rasmlar orqali murakkab bo’lgan turli narsalarni yasaydilar. qurish-yasash jarayonida predmetlar shakli orasida bog’liqlikni o’rganish, ularni qo’llanilishi alohida qismlarni katta-kichikligi, konstruktsiyasini bolalar egallab boradilar. Tayyorlov guruhda bolalar transportning turlari bilan, binolar bilan tanishish katta ahamiyatga ega. Pedagog asosiy diqqatini binokorlarni nima uchun qo’llanilishga (aytiladi) qaratiladi. Bolalar olgan bilimlarini o’z ishlarida qo’llaydilar. Tayyorlov guruhda bolalar predmet formasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganadilar. Tarbiyachi mashg’ulot o’tishdan avval bolalarni transportni turi bilan tanishtiradi. Bundan tashqari bolalar kemalarni turlari bilan ham tanishadilar: katta va kichik, yuk, harbiy, passajir kemalari. Tarbiyachi kemalarni turlarina solishtirib bolalarga tushuntiradi; tez yurar kemalar, uzun ingichga asosga ega, yuk kemasi-keng asosli, passajir kemasi harbiy kemaga qaraganda keng bo’ladi. Birinchi mashg’ulotda bolalar harbiy kema, keyingisida passajir kemasini yasaydilar. Shu sxema asosida «shahar transporti» mavzusida mashg’ulot o’tkaziladi. Kuzatish paytida bolalarda 34 shahar transportining turli tumanligi haqida tasavvuri rivojlanadi. Tarbiyachi transportning har bir turini nima uchun qo’llanilishi takidlab o’tadi. Keyinchalik bolalarda predmetning qo’llanishiga ko’ra konstruktsiyasini ajratish, konstruktsiyani va predmetning alohida qismlarining katta kichikligini aniqlash malakasi shakllanadi. Bu vazifani ko’prik qurish jarayonida hal qilish mumkin. Bolalar bir nechta konstruktsiyasi bilan tanishadilar va quyidagi fikrga keladilar: Qurilmalarning razmeri, ularning qo’llanilishi bo’yicha aniqlanadi. Kemalar qatnaydigan keng va chuqur daryoga baland va keng ko’prik quriladi. Ko’prikning tepa qismida transport va yo’lovchilar uchun yo’laklar quriladi. Birinchi mashg’ulotda tarbiyachi bolalrga yo’lovchilar uchun va transport uchun ko’prik qurishni taklif qiladi. Ikkinchi mashg’ulotda bolalar, ham yo’lovchi ham transport uchun umumiy ko’prik quradilar. Uchinchi mashg’ulotda esa bolalarni o’zlari mustaqil konstruktsiya o’ylab, uni nima uchun qo’llanilishini tushuntirib beradilar. Tayyorlov guruhda bolalarda turli binolar haqida tushuncha bo’ladi: ko’p qavatli bino, teatr, vokzal, ertak-uychalar. Pedagog asosan bolalar diqqatini fazoviy joylashtirish, qurilmalarini fazoviy joylashtirishga qaratadi. «Ko’cha, shahar maydonlarni qurish» mavzuni o’tishdan avval pedagog bolalarni shahar bo’ylab ekskursiyaga olib boradi va bolalar diqqatini shaharni qurilishi va estetik tuzilishiga qaratadi. Mashg’ulotda bolalarni guruhchalarga bo’lib, har bir guruhga biror bir maydon, ko’chalari qurish topshiriladi. Bolalar turli binolarni qurayotganlarida ularda predmetning asosiy qismlarini va tanish bo’lgan geometrik shakllarni ajratish malakasi shakllanib boradi. Kinoteatrga ekskursiyadan so’ng bolalar tomoshabinlar zali, foyega kirish qismini kub, prizma, yarimdoira shakliga ega ekanligini ko’radilar va o’zlari kinoteatr qurganlarida shu narsalarga e’tibor beradilar. Tarbiyachi tomoshabinlar zali va foyeni qurilish usulini ko’rsatib beradi. Bolalar jamoa bo’lib birga turli mavzularda narsalar quradilar (ko’chalar, temir yo’llar, vokzal, xayvonot bog’lari, kinoteatrlar va xokazo). Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o’rgatishning metod va usullari. Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan 35 foydalanadilar, ya’ni tarbiyachining topshirigi bo’yicha bola o’z tasavvuriga tayangan holda rasm, foto rasmlardan foydalanadi. Ko’pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar ko’pincha rasm, foto rasm bo’lib, bu rasmda bolalar ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalar aks etgan bo’ladi. Ba’zida tarbiyachini o’zi yasagan narsani namuna sifatida ko’rsatish mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to’g’ri kelmaydi. Tarbiyachi topshirikni tushintirayotganda kurish-yasashni yangi usulini qisman ko’rsatib o’tadi. Tayyorlov guruhida ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash obektlarini tasavvurlarini qilishlariga yordam beradi. Har bir ekskursiya bolalarni keyingi mashg’ulotga tayyorgarligini oshirishga qaratadi. Shahar bo’ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko’chalarni to’zilishini, binolarni chiroyli qurilganligiga qaratadi. Biror bir maydonni tarbiyachi bolalar bilan fazoviy joylanishini, binolarni taxlil qiladi. Mashg’ulotda esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi. Mashg’ulotni boshida o’tkaziladigan suxbatlarbolalar bilimini faollashtiradi. Tarbiyachi ko’prik eslatiyu o’tiladi: ko’priklar har xil bo’ladi. qurayotganida bolalarga Yo’lovchilar uchun va trasport uchun ham ko’priklar. Mashg’ulotni boshida, kinoteatr qurishda suhbatida tarbiyachi binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakli, fazoviy joylanishini aniqlaydi. Agar mashg’ulot boshqa bo’lsatarbiyachi bolalardan o’ylagan qurilmalarini, uning nima uchun qo’llanishi tanlangan materiallar haqida gapirib berishni iltimos qiladi. 36 2.4. Mavzu yuzasidan ilmiy-uslubiy ishlar tahlili. Men malaka amaliyotimni Farg’ona shahar 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi amalga oshiridim. Maktabgacha ta’lim muassasasi bino 220 o’ringa mo’ljallangan bo’lib zamonaviy bolalar maskani loyihasiga muvofiqlashtirilgan. Muassasada jami 10 ta guruh mavjud bo’lib ulardan tayyorlov guruhi 2 nafar, katta 2 nafar, o’rta 4 nafar, 2 ta kichik guruhlar mavjud. Guruhlarda 24 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb qilingan bolalar soni 230 nafarni tashkil etadi. 2-tayyorlov guruh tarbiyachisi Sotvoldieva Madina Eminjonovnaga biriktirildim. Ta’lim muassasasi zamonaviy tipda qurilgan bo’lib bolajonlarni ta’limtarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o’tkazish uchun musiqa zali mavjud, muassasada tadbirlar bolajonlarni sog’lom va barkamol rivojlanishi uchun sport zali ham mavjud, ularni sog’liqlarini nazorat qilib borish uchun hamshira xonasi va profilaktika xonalari tashkil etilgan. Sanitariya gigiena qoidalariga rioya etilgan katta oshxona bilan ta’minlangan, har bir xonalarda, koridorlarda videokameralar o’rnatilgan. Amaliyot davrida tarbiyachining ish xujjatlari yuritilishi bilan tanishdim. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanirish maqsadida 2017 yilda chiqarilgan yangi qarorlar, farmonlarni ijrosini, buyruqlarni yuritilishi, tarbiyachining oylik, xaftalik ish rejalarini, ko’rgazma, tarqatma vaxakozalar bilan yakindan tanishdim. Muassasa logoped D.Usmonova tomonidan tuzilgan ish rejalarini o’rganib chiqdim, nutqida nuqsoni bor bolalarni ro’yhati tuzilgan, ular bilan individual tarzda mashg’ulotlar o’tkazib boriladi, ular ishtirokida turli xil mashqlar bajariladi. MTMning hamshirasi X.G’ofurovaning ish faoliyati bilan tanishdim, muasasada 230 nafar tarbiyalanuvchilar mavjud har biriga alohida daftarlar 37 yuritilganligi har bir bolaning sog’ligi haqida xulosalar yozilganligi bilan tanishib chiqdim. Amaliyot jarayonida muassasa psixologi N.G Shamsiddinovaning ish faoliyati bilan tanishib chiqdim. Psixologning ish rejalarini, har bir bola uchun yuritilgan psixologik kartalarning yuritilishi bilan tanishib chiqdim. Psixologik kartada har bir bolaning ota-onasi haqida ma’lumotlar kiritilgan, bundan tashqari har bir bolaning jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlari, bilish psixik jarayonlari va individual psixologik xususiyatlari, sezgilari idroki tafakkuri qayd etilishini o’rganib chiqdim. Muassasaning uslubchisi L.Viktorovnaning xonasi bilan tanishib chiqdim. Uslubchidan metodik tavsiyalar ko’rgazmalar, stendlar, tadbirlar, stsenariylari, ish rejalari yuritilishi, mashg’ulot tahlillarining yuritilishi chiqdim. bilan tanishib Tayyolov guruhida ”Tabiat va biz” mavzusida ochik mashg’ulot o’tkizdim. Shuningdek o’rta guruhda matematika mashg’ulotida “Shakldan shakl tuzamiz” mavzusida ochiq mashg’ulot o’tkazdim. Har kuni bolajonlar bilan ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarni o’tkazdim. Amaliyot davrida 10ta guruhda mashg’ulotni kuzatdim va tahlilga qildim. Ta’lim muassasasining ko’rgazma va tarqatma materiallarga qo’yilgan talablar, metod birlashmaning faoliyati, maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini tuzishini amaliyot davrida o’rgandim. Kursni tugatish ishi mavzusi bo’yicha bolalar bilan ishladim. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo’l mehnati turlaridan orqali ijodkorligini shakllantirish. O’yin fakat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga xam ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qo’l mehnati-bolada ijodiy ruhni shakllantiruvchi, yaratuvchanlik tuyg’usini o’stiruvchi faoliyatdir. Bolalar o’z ma’sulotini yaratar ekan, unda o’zining tashqi dunyo haqidagi tasavvur va bilimlarini namoyon etadilar. Qo’l mehnati jarayonida bolalarni maktabga tayyorgarlik davri uchun zarur bo’lgan sensomotorik harakatlar, mayda mushaklar rivojlanadi, barmoqlar esa yangi ko’nikmalarga ega bo’ladi. 38 Tarbiyachining maqsadi faqatgina bilim berish emasdir, balki bu bilimni amalda qo’llashga o’rgatish. Qo’l mehnitini mazmuni dastlab elementar harakatlarni ko’nikmalarga aylantirib, murakkablashgan vazifalarga o’tishdan iboratdir. Lekin amaliy mahsulotni yaratishda fikrlash solishtirma-taqqoslash harakatlarini rejalashtirish yaoni amaliy masalani analiz qila olish kabi ko’nikmalar tarbiyalanmoqda. Qo’l mehnati bilan shug’ullanganda, bola maqsadli harakat ahamiyatini sezishga o’rganmoqda, chunki uning faoliyati natijasini ushlab ko’rish, o’ynash, sovg’a qilish, esdalikka saqlash mumkin. Qo’l mehnati mahsulotlaridan ko’rgazmalar. «kim oshdi» savdolari, yarmarka. Bozor tashkil etish mumkin. Bog’cha qoshida qo’l mehnati to’garaklari tashkil etilmoqda, masalan, «Mohir qo’llar», «Gilam to’qish» va hokazo. Maktabgacha ta’lim muassasalarda bolalarga ta’lim–tarbiya berishda o’yinchoqlar yasash katta ahamiyatga egadir. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda zarur bo’lgan xususiyatlar – ko’rib idrok qilish, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga qo’l mehnati ko’nikma va malakalar-ni hosil qilishga yordam beradi. O’yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go’zallikni his qilishga, uning rang –barangligini tushunishga o’rgatadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda idrok qilish hissi ayniqsa o’tkir bo’ladi. Bolalikda his-hayajon bilan idrok etilgan narsalar butun umr bo’yi esda qoladi. Go’zal narsalarni idrok etish bolalarda estetik hissiyotni, san’at asarlariga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni shakllantiradi. San’at asarlari muayyan axborotlar berish orqali bolalarning bilim doirasini kengaytiradi. Bunday asarlar bolalarda ahloqiy his-tuyg’ularni tarkib toptiradi. Bolalarni haykaltaroshlik bilan tanishtirish nafaqat tarbiyaviy jihatidan zarur, bolalar idrok etish jarayonida haykaltaroshlikning tilini, tasviriy usullarini o’zlashtiradi. Bundan tashqari bolalar insoniyat to’plagan ijtimoiy taj-ribani ham 39 o’rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining kichik va o’rta guruhlarida asosan dekorativ-amaliy san’at predmetlari va formasi kichik haykallar bilan tanishtiriladi. Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa monu-mental haykaltaroshlik asarlari bilan ham tanishtirilib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni haykaltaroshlik bilan tanishtirishdan oldin bolalarni haykaltaroshlik to’g’risidagi bilimlari-ni kengaytirish lozim, ya’ni ko’rgazmalarga, muzeylarga borishlari tegishli adabiyotlarni o’rganish, kichik haykallar namunasidan guruhlarda yoki me-todik xonada bo’lish kerak bo’ladi. Bolalarni haykallar bilan tanishtirishda ota-onalar ham o’z xissa-larini qo’shishlari zarur. Masalan: ota-onalar haykallarni fotosurat-larga tushirishlari, ularni kattalashtirib rangli standlar tayyorlashda qatnashishlari mumkin. Haykallarni ko’rish uchun maktabgacha ta’lim muas-sasasi tomonidan yoki otaonalar tomonidan ekskursiyalar, sayrlar uyush-tirilishi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarda haykallar bilan tanishtirishda bolalar qanday bilimlarni egallashlari lozim: Birinchi kichik guruhda - xalq o’yinchoqlariga qiziqish uyg’otish va o’yinchoqlar bilan o’ynash istagini hosil qilishdan iborat. Ikkinchi kichik guruhda - xalq o’yinchoqlariga faqat qiziqibgina qolmay, balki ularning xilma-xil ko’rinishlari, ularga solingan gullar rangini ham ajrata bilishlari, bu faqatgina o’yinchoq emas, balki guruh xonasini bezatish uchun ham kerakli jihoz ekanligini bilishlari kerak. O’rta guruhda – xalq o’yinchoqlarini bilishdan tashqari ular haqida hikoya qilishlari kerak, guruhdagi haykallarni haykaltarosh yasaganligini va uni san’at asari ekanligini bilishlari lozim. Katta guruhda – xalq o’yinchoqlari qanday materiallardan yasalganligini bilishlari, o’yinchoqlarni shakli, proportsiyasi, o’yinchoqlarni qanday qo’shimchalar qo’shsa yanada qiziqarli bo’lishini so’zlay bilishlari lozim. xaykal to’g’risidagi suqbatlarga qo’shilishlari lozim. 40 Maktabga tayyorlov guruqida – xalq o’yinchoqlarini tushunishlari va sevishlari, ayrim o’yinchoqlarni tayyorlanishiga oid xunarmandchilik kasbi haqida tushunchaga ega bo’lishlari , turli o’yinchoqlarni bir-biridan farqlay bilishlari, xalq o’yinchoqlari to’g’risida mustaqil hikoya qila olishlari lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalardagi bolalarning eng oddiy haykalni yasashlari ham ijodiy jarayondir. Masalan: loyning sharsimon bir bo’lagi koptok, apelsin, olma, xalqa, teshkulchalar kabi shakllarni yasaydilar. Ish vaqtida bolalar loyni turli shaklga solib o’ynar ekan, uning yumshoqligidan, qajmliligidan zavqlanadi, o’zi yasagan shaklga qarab xursand bo’ladi. SHu bilan birga loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo’llari aniq qarakatlantirish ko’zi bilan to’g’ri mo’ljal olishni o’rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakillanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, loy va plastilindan turli o’yinchoqlar yasash bolalarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolishi mumkin. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash mashg’ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko’nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg’otish vazifalari qo’yiladi. Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy aktivlikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy aktiv shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo’lmaydi. Loydan va plastilindan o’yinchoqlar yasash mashg’ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlaishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. CHunonchi qar qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko’rib idrok etadi. Bolalar o’yinchoqlar yasashda o’zlarining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi, applikatsiyalar yasashdagi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash rasm chizish applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo’l bilan siypalab tabiiiy sezishni ko’proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. 41 Faoliyatning barcha turlari bolalarni tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondoshishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o’rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o’rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevasita barmoqlar yog’och, qalam bilan to’g’rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yoqud shaklga qalal berayotgan ortiqcha loylarni sindrib tashlash bilan xatolarni tuzatib borish imkonini beradi. Bunda bolalar shakllarni bir necha marta qayta yasab ko’rishi mumkin. Rasm va applikatsiyada bunday qilib bo’lmaydi. Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolalarning badiiy didni shakllantiradi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o’yinlar bilan o’yinchoqlarning hajmliligi uzviy bog’liqligidir. Bajarilgan shakl va bolalarni shu o’yinchoq yordamida turli o’yin qarakatlariga rag’batlantiradi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda meqnat malakalari masalan: yeng shimarib ishlash, ish o’rnini ozoda, tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgoqdan foydalanish odatlari qamda predmetni qamma tomoniga ishlov berish zarurligi qaqida tushunchalar qosil bo’ladi. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash ba’zan mashg’ulotlarni tashkil etishga aloqida yondoshishni talab qiladi. Masalan, ishning hajmiga qarab bitta mavzuni bir mashg’ulotda emas, balki 2-3 mashg’ulotda tushuntirib berish mumkin. Loy va plastilindan biror predmetni yasash uni angob bilan bo’yash uzoqroq 30 – 35 daqiqagacha davom etadigan mashg’ulot o’tkazishni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalardagi bolalar bilan ishlashda loy va plastilindan 3 xil: predmetli, syujetli va dekorativ o’yinchoqlar yasaladi. Predmetli o’yinchoqlar yasashda ayrim predmetlarni tasvirlash bolalar uchun rasm chizishga nisbatan ancha oson tuyuladi chunki o’yinchoq yasayotgan bola real qajm bilan ishlaydi va shartli ifoda vositalarini qo’llaydilar. Syujetli o’yinchoqlar yasash qam rasm chizish bilan qiyoslanadigan rasm 42 chizishga nisbatan o’z xususiyatlariga ega. Syujetli o’yinchoqlar yasashdagi asosiy vazifa: bolalarga 2-3 predmetlardan iborat kompozitsiyani o’ylash va tasvirlash, syujetni qal qilishga ijodiy yondoshish va asosiy narsani ifodalashni, predmetlarning formasi va nisbatlari qaqidagi bilimlaridan jonli narsalar xarakati ustidagi o’z kuzatishlaridan, o’yinchoq yasashning turli usullaridan foydalanishni o’rgatishdan iboratdir. Dekorativ o’yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalardan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning qar xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir. qo’g’irchoq, qayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan formalar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi tafakkurini va tasavvurini kengaytiradi. Dekorativ o’yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o’ylashni, eskizlarni rasm qolida tayyorlab olishni, predmetning formasi va bezaklarini shartli qal qilishni o’rgatish imkonini beradi. Masalan: tuzdon gul shaklida, qush yoki qo’ng’iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllari (doira, kvadrat, romb, uchburchak va qokazolarni o’simlik shakllari qo’l meva, barg, o’t, gul va boshqalarni o’z ichiga olganornament qilib bezatilishi mumkin. Bolalar loy va plastilin bilan ishlash orqali qo’l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’siri katta bo’ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uch yoshli guruqlardan boshlanadi. Bu mashg’ulotlarda amalga oshiriladigan vazifalar “Bolajon” dasturida ifodalangan. Kichik guruq bolalariga tarbiyachi o’yinchoqlarni tasviri to’g’risida tushunchalar beradi. Lekin avvalo bolalarni loy va plastilin bilan tanishtiradi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun shakllar – tsilindr, shar, disk yasash o’rgatiladi. Shuning uchun ularga loy vaplastilindan: tsilindr shaklidagi – tayoqcha, kolbasa, yumaloq shakldagi – koptok, olma, chalpak, non va boshqalarni yasash orqali bilim, ko’nikma, malakalar beriladi. Bolalarda qarakat malakasini qosil qilishda ko’rib bilish kattaahamiyatga ega. Kichkintoylarga u yoki bu qarakat usuli qanday bajarilishi kerakligini faqat aytib turishgina emas, 43 balki o’sha xarakatni bolalar o’z qo’li bilan amalga oshirishga yordam berish, bunda qo’llarning qarakati va qolatiga e’tiborni qaratish lozim. Bu esa zarur qarakatlar qaqida to’g’ri tasavvur qosil qilish imkonini beradi. Tarbiyachi bolalar ish usulini: loyni kaftlar orasida yumshatishni o’zlashtirayotganini kuzatib borishi kerak.Predmetlarni ko’zdan kechirishda tarbiyachi o’z oldiga quydagi maqsadlarni qo’ymog’i lozim: - predmetni idrok etish jarayonini maqsadli qilish (tarbiyachi bolalarga: “Biz sizlar bilan qozir piramidani ko’ramiz, keyin loydan shunaqa piramida yasaymiz” – deydi) - bolalarda chamalash faoliyatini, diqqatni, kuzatilayotgan predmetga qiziqishni qosil qilish - predmetning asosiy qismlarini ajratib ko’rsatishni o’rgatish. - Idrok etilayotgan narsalarni mavjud ko’nikmalarga bog’lash. Tarbiyachi predmetlarni nima uchun ko’zdan kechirib chiqish zarurligini emotsional tarzda tushuntirishi zarur. Bolalarda biror ishni bajarish uchun katta istaklarni yaratishlari kerak. Shuning uchun tarbiyachining : “biz sizlar bilan piramida yasaymiz, keling uni diqqat bilan ko’zdan kechiramiz” – degan so’zlari bolalarda qiziqish uyg’otadi. Bundan tashqari , tarbiyachilar bolalarni aktiv yo’naltirib, uning e’tiborini predmetdagi o’zi payqamagan xossalariga qaratsa, unda atrofidagi predmetlarga bolalarda qizqish uyg’onadi.Bu guruqda mashg’ulotlarni muvoffaqiyatli o’tkazish uchun muayyan shart-sharoitlar talab qiladi. Kichik guruqdarda mashg’ulotlar o’tkazilayotganda undagi mashg’ulotlar to’rtadan oshmasligi zarur. O’yinchoq yasash uchun plastilindan qam loydan qam foydalanish mumkin. Bolalarga beriladigan loy va plastilinning uzunligi 5-6 sm bo’lishi kerak. Mashg’ulotning oxirida bolalar yasalgan o’yinchoqlar yig’ishtirilib olinib, katakchalarga joylashtiriladi va ota-onalarga ko’rgazma sifatida qo’yiladi. Ikkinchi kichik guruqda to’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarda idrok etish ancha differentsiyalashadi, shakl, predmetlarning rangi, katta – kichikligi 44 to’g’risida tasavvurlari shakllanib boradi. Bolaning xotirasi yanada rivojlanadi. Bolalarning tajribasi boyishi va nutqining takomillashi bilan tasavuri rivojlanadi. Dastlab ixtiyorsiz tasavvur obrazlari tarbiyachilar ta’sirida paydo bo’la boshlaydi. To’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarning tasvirlash faoliyati tezda o’yin faoliyatiga aylanadi. Loy va plastilindan yasagan narsalarini o’ynashga qiziqadi. Bu yoshdagi bolalar aktivligi, mustaqil qarakat qilishiga intilishi bilan ajralib turadilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlari beqaror bo’ladi. Bolalarda guruq bo’lib ishlash, bir-biriga yordam berish ko’nikmalari shakillanib boradi.Tarbiyachi bu yosh guruq bolalariga ishning natijalari va sifatiga qiziqishlarini shakllantirishdir. Ikkinchi kichik guruqda tarbiyachininig vazifasi bolalarda kuzatuvchanlikni predmetga diqqat-e’tibor bilan qarash, uning shaklini, katta kichikligini ayrim xarakterli belgilarini masalan: qushcha tumshug’i formasining qayvonlardagi quloqlar va dumlarning xususiyatlarini bilib olish qobiliyatini tarbiyalab borishdan iborat. Tarbiyachi bolalarga oldin bir xil, keyin qar xil formadagi 2-3 qismdan iborat soda o’yinchoqlar yasashni o’rgatadi. Tarbiyachi bolalarda ayrim faoliyati malakalarini ya’ni tarbiyachi qo’ygan topshiriqlarni eshitish va eslab qolish, ishni bajarishning ko’rsatilayotgan usullarini kuzatish belgilangan vaqt mobaynida bajarish, kerakli jiqozlardan materiallardan batartib foydalanish malakalarini singdirishdan iborat. Bolalarni o’z o’rtoqlarining bajarilayotganini ishini baqolashga, kuzatishga, boshqa qamkorlikda natijalaridan quvonishga o’rgatiladi. bolalar amalga ishini qanday oshirilgan faoliyat Loy va platilindan o’yinchoqlar yasash mashg’ulotlarining mazmuni bolalarning bilimini, texnik va tasviriy malakalarini, yil fasllari qamda maqalliy sharoitlarni, ishning mazkur bosqichidagi vazifalarni qisobga olib belgilanadi. Mashg’ulotlarning izchilligi bolalar asta-sekin har xil shakldagi predmetlar yasashni o’rganib olishlarini ta’minlaydi. Bolalarga tasvirlash ko’nikmasini o’rgatish bilan bir vaqtda tarbiyaviy vazifalar ham xal qilinadi. Bolalarni loy va plastilindan tartibli foydalanishga, 45 ishga kirishdan oldin yenglarni shimarib olishga, o’yinchoqlarni taxtacha ustida yasashga, tarbiyachining izohlarini oxirigacha qunt bilan tinglashga, savollarga javob qaytarishga o’rgatib boriladi. Jonivor – o’yinchoqlar yasashda bolalar loyni har xil uch bo’lakka katta qismi – tana, kichikroq qismi – bosh, eng kichik qismi – quloq va dumlar ajratishni hamda alohida bo’laklarda narsa tuzishni o’rgatiladi. Masalan: ular har xil sharlardan hayvonlar tanasini yasaydilar, lekin bunda quloq, dum, tumshuqlar formasining ayrim xarakterli xususiyatlarini yoritadilar. Bunda biriktirish, chimdilash, chizish yangi texnik usullar qisoblanadi. Tarbiyachi bolalarga topshiriqni emotsional tarzda tushuntiradi, tushuntirish 3-4 daqiqadan ortiq vaqtni olmasligi kerak. Agar tarbiyachi mashg’ulotda o’yin usulini qo’llayotgan bo’lsa, u mashg’ulot davomida o’yinda qatnashadigan personaj to’g’risida oldindan o’ylab qo’yishi va aslo uni unutib qo’ymasligi kerak. Masalan: qo’g’irchoq bolalar qanday ishlayotganligi topshiriqlarni kim qanday bajarayotganligi bilan qiziqishi mumkin. Keyin u bolalarning xatti-harakatlarini ma’qullaydi, o’yinchoq yasashga qiynalayotgan bolalarga yordam beradi va boshqa shunga o’xshagan ishlarni bajaradi. Mashg’ulotlarning oxirida bajarilgan ishlarni tahlil qilishga bolalarni jalb etiladi. Bizning bolalarimiz o’yinchoqlarida xalqimizning mehnati va turmushi ifodalanadi Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’yinchoqlarning ta’lim va tarbiyaviy maqsadiga katta e’tibor beriladi. O’yinchoqning ta’limiy ahamiyati shuki, u bolalarni xamma mamlakatlarning halqlari, tabiati, xayvonlari va mashinalari bilan tanishtiradi. O’yinchoq bola hayotini mazmunli va qiziqarli qiladi, quvontiradi va o’yin faoliyatini ma’lum maqsadga yo’naltiradi. O’yinchoq bolalarda badiiy didni tarbiyalaydi, ijodiyotini o’stiradi. 46 XULOSA VA TAVSIYALAR Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berish uchun bog’cha bilan oila o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari zarur. Majlislar, adabiy -pedagogik kechalar, savol -javob kechalari .Mehnat tarbiyasining har xil masalalari bo’yicha ota onalar konferensiyalari, ko’rgazmalar, stendlar tashkil etiladi. Ota -onalar uchun eslatmalar chiqariladi. Ilg’or tajribalarni o’rganib, umumlashtirib boriladi.Mehnat tarbiyasi masalalari bog’chaning yillik rejasida aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to’g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishda yordam beradi. Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amlaga oshirishga yordam beradi. Bizga ma'lumki, mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omili xisoblanadi. Shuning uchun bolalarni juda kichik yoshidan boshlab mehnatga o’rgatish zarur. Bundan tashqari mehnat tarbiyasi masalasi ma'rifatparvarlar va mutafakkirlar ijodida ham hamisha asosiy o’rin tutgan. O’zbek ma'rifatparvarlarining taniqli namoyondalaridan biri Abdullar Avloniy yoshlarni biror kasb bilan mashqul bo’lishi birinchi galdagi muxim ish deb xisoblaydi. U “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida dangasalik va yalqovlikni qoralab, insonlarni mehnatga da'vat etgan. Bolalarni xunar o’rganishga chaqirib, kishilarni biror kasb bilan shuqullanishga undagan. Maktabgacha tarbiya muassasalarida mehnat tarbiyasining maqsadi bolalarga har tomonlama rivojlantirish, axloqliqvilib tarbiyalash kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tarbiyalash, bolalarga mehnat qilish xoxishini singdirib borishdir. Mehnat qilish muntazam tarzda bo’lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi. 47 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi:o’z-o’ziga mehnat qilish, xo’jalik maishiy mehnat, tabiat quchoqidagi mehnat va qo’l mehnati. Shu mehnat turlari asosida mehnat malaka va ko’nikmalari shakllantiriladi. Mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab olish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat jarayonining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u xech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil bajaradi va mehnat faoliyatida qatnashishga kirishadi. Masalan, o’z-o’ziga xizmat qilishda bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng idishlarni o’zlari yuviladigan joyga olib borib qo’yishi yoki bo’lmasa xonada tozalik ishlarini olib borishda tarbiyachilarga yordamlashib gullarga suv quyishi, changlarni artishga yordamlashishi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Mana shunday mehnat malakalari shakllanib boshlaganda bolalarda mehnatni rejalashtirish, mehnatda maqsadl qo’yish, mehnat qurollarini tanlashga va mehnatni sifatli amalga oshirishga o’rgatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasini o’rgatib borish bilan birga ularda yalqovlik fazilatlarining yo’qolishiga va ijobiy fazilatlar ochilishiga yo’l ochib beradi. Bolalar mehnat to’qrisida ma'lumotlarga ega bo’ladi. Shu asosida bola aqlik, axloqiy, jismoniy va ma'nan jixatdan yuksaladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mehnat o’rgatib borish bilan birga - jismonan chiniqadi - aqliy va axloqiy sifatlar rivojlanadi - mehnat qilishga o’rganadi - boshqalar mehnatini qadrlashga o’rganadi - mehnat asosida komil inson tarbiyalanadi Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga o'gatishning nazariy asoslarini bolalarga bera olish pedagogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnati to'g'risida juda ko'plab olimlar amalyotchi pedagoglardan Texeyeva, Makerenko, Ya.Z.Neverovich, 48 Loginova, V.A.Garbacheva, Yu.A.Nevelshteyn, I.P.Pavlov va boshqalar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Mehnat turlarining bolalarda mehnatsevarlik xislatlarini tarkib toptirishda ahamyati juda katta. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni mehnatga o'gatish asosida aqliy ahloqiy fazilatlar va bola jismonan baquvat manan yetuk komil inson bo'lib shakillanadi. Inson o'zining bolalik davridan boshlab mehnat qilishga o'rgatib, o'ziga yoqqan kasbni egallab borishi va kelajakda mehnatsevar inson bo'lib yetishmoq uchun harakat qilishi kerak.El-yurt orasida o'z kasbining mohir ustasi bo'lgan,qo'lida guldek hunari bo'lgan kishilarni odamlar ezozlab ,hurmat qiladilar. 1. Hozirgi davrning talabi bo’lgan maktabgacha ta’lim tarbiyasida yoshlarni mehnatga, kasb-xunarga jalb qilish ularni o’rgatish masalasi atroflicha qo’rib chiqildi. 2. Hunarmandchilik qadim zamonlardan boshab tarbiya sifatida foydalanilganligi taxliliy ma’lumotlar asosida qo’rsatildi. 3. Mehnat ko’nikmalari barkamol avlodni tarbiyalashda muhim o’rni va ahamiyati borligi turli kasb- xunarlar misolida qo’rsatildi. 4. Xalq xunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali yoshlarning milliy ruhini, yashash tarzini, an’ana va qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish xalq ustalarining boy merosini o’rgatish, ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini mustaxkamlash mumkinligi ko’rsatib o’tildi. 5.Tarbiyalanuvchilarda umumxalq ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish mumkinligi misollar tariqasida e’tirof etildi. Yaxshi inson haqida hayol qilganimizda,mehnat hayotining eng zarur ehtiyojiga aylangan kishi ko'z oldimizga keladi.Har kuni,har daqiqa mehnat burchini kamtarlik bilan, kerilmasdan, maqtanmasdan o'tkazmasdan bajarib kelgan odam chinakam yaxshi insondir. 49 vaqtni bekor Men ham o’z faoliyatmda bolalarga mehnatga nisbatan qiziqish, xohish, boshlagan ishini oxirgacha yetkazish xissini tarbiyalashda turli yo’l va usullardan foydalanib kelaman va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam olib boraman. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. I.A.Karimov ,,Yuksak manaviyat yengilmas kuch ‘’ Toshkent 2008 2. I.A . Karimov ,, Barkamol avlod yili davlat dasturi ‘’ Toshkent 2010 3. Sh. Mirziyoyev. ”Erkin va obod,demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz.” Toshkent 2017 4. Sh. Mirziyoyev .” Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ” Toshkent 2018 5. Bolalar bog’chalari uchun dasturlar . Toshkent 1992 6.Avloniy .A ,, Turkiy guliston yoxud axloq’’ Toshkent O’qituvchi 1992 7. Yusupova G. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi . Toshkent O’qituvchi 1993 8. Logipova .V .I Maktabgacha tarbiya pedagogikasi . Toshkent O’qituvchi 1992 9. Yusuf Xos Hojib . Qutadg’u bilig . Toshkent . Yulduzcha 1989 10. Yusupov .I . Ismoilov F Inson barkamolligi . Toshkent 1989 11. Yo’ldoshov J . Talimimiz istiqlolli yo’lida . Toshkent Sharq 1996 12. Halq ta limi jurnali 2004, 3son 13.Hoshimova K . Nishonova N . Pedagpgika tarixi Tosh. O’qituvchi 1994 14.Xasanboeva O. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi .Toshkent 1996 15.Daminova M .Adamkekova T .O’yin mashg’ulotlari Tosh.O’ qituvchi 1993 16.Godina G .N Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarga talim tarbiya berish.Tosh 1989 17. Halq talimi jurnali 2001 ,3 son 18. Oila pedagogikasi Toshkent aloqachi 2007 19. Bolalar bog’chasida tarbiyachi dasturiga oid metodik ko’rsatmalar Toshkent 1967 50 20. Pedagogika J. Xasanbaev, X.A.To’raqulov, I.Sh, Avqarov, N.U. Usmonov. T. Noshir 2011 21. Loginova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi 1993 22. “Bolajon” tayanch dasturi 2008 23. Pedagogika R.Mavlonov, O.To’raeva, K.Xoliqberdiev O’qituvchi T. 2010 24. Tarbiyachi bo lalarning rivojlanishi haqiga. A,A. Lublnsnaya T.O’qituvchi 1997 Internet saytlari: 1. www.press-servis/ .uz. 2. www. Gov.uz. 3. www. Iscs.uz 4. www. Edu.uz. 5. www. Ziyo net. Uz 6. www/pedagog/uz Maxsus adabiyotlar: 1.Takomillashgan “Bolajon ”tayach dasturi. T., 2016 yil. 2.Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” T., 2017 yil 3.Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik ko’llanma. T., 2001 yil. 4. Xasanboeva O ”Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”T.,2006yil 5.Maktabgacha ta’lim jurnali.2014y 4-soni. 51