1. Yorug‘lik difraksiyasi. 2. Gyugens-Frenel prinsipi. 3. Frenel difraksiyasi haqida ma’lumot. 4. Golografiya haqida ma’lumot. To‘siqlarni to‘lqinlar aylanib o‘tish hodisasiga yorug‘lik difraksiyasi deyiladi. Optikada, bu hodisa yorug‘likning geometrik soya sohalariga og’ishini bildiradi. Gyuygens prinsipiga asosan, AB to‘lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi sferik to‘lqinlar manba’i deb qarash mumkin: Frenel esa, bu prinsipga, ikkilamchi to‘lqinlar o‘zaro ta’sirlashib interferensiya manzarasini hosil qilishi mumkin, degan fikrni qo‘shimcha qildi. Bu ikkilamchi to’lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranishni bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to’lqinlar interferensiyalashishining natijasi deb qarash lozim, degan fikrni ilgari surdi. 1. Doiraviy tirqishda hosil bo’ladigan difraksiya: r1 L , r2 L 2 , r3 L 3 ... 2 2 2 rm L m R2 m L 2 2. Doiraviy diskdan hosil bo’ladigan difraksiya: Difraksion panjara deganda, bir-biridan b uzoqlikda joylashgan a kenglikdagi tirqishlar to’plamidan iborat optik asbob tushuniladi. Difraksion panjaraning ajrata olish qobilyati panjaradagi tirqishlarning umumiy soni N va spektrning tartib nomeri k ning ko’paytmasiga teng, ya’ni: N Golografiya (yunoncha — to'la yozuv) — interferensiya manzarasi yordamida yozuvni va to'lqin maydonini qayta tiklashning maxsus usuli. Bu usul interferensiya va difraksiya qonunlariga asoslangan. Jismlarning fazoviy tasvirini qayd qilishning va qayta tiklashning bu yangi usuli 1947- yilda ingliz fizigi D.Gabor (1900—1979) tomonidan kashf qilingan. Bu kashfiyoti uchun D.Gabor 1971-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Golografiyaning asosiy g'oyasiga muvofiq, jism va tayanch to'lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga tushirib olinadi. So'ngra, fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug'lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo'lmasa ham, uni o'rganish imkoniyati vujudga keladi. Gologramma deb, fotoplastinkada qayd qilingan tayanch va jism to'lqinlari hosil qilgan interferension manzaraga aytiladi. buning qanday amalga oshirilishi quyidagi rasmdagi sxemada ko'rsatilgan. Golografiya usulidan hozir juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning eng muhimi — ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya usuliga qaraganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko'p ma'lumotni yozishga imkon beradi. Masalan, o'lchamlari 32x32 mm bo'lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 1 mm2 dan bo'lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana boshlamoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Jasprit Singh. “Modern Phyusics for Engineers” 2014. Robert G. Brown. “Introductory Physics I”. Duke University Physics Department Durham, 2013. 3. Robert G. Brown. “Introductory Physics II”. Duke University Physics Department Durham, 2013. 4. Marshal L. Burns. “Modern Physics” for science and engineering. Tuskegee University. USA. 2012. 2. 5. Savelev I.V. Umumiy fizika kursi, t. 1-3, M, Nauka 1989- 92. E’tiboringiz uchun katta raxmat!