7-MAVZU: TA’LIM RESURSLARINI ISHLAB CHIQISHDA AUDIO MATERIALLARGA ISHLOV BERISH Mavzu rejasi: 1. Audio tushunchalari va audio qurilmalar. 2. Audio fayllarni yaratish va ularning formatlari. 3. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan audio materiallaga ishlov berishning dasturiy vositalari. Multimediya vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimediyaning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 1) "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 2) Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 3) axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi. Multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi: •berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati mavjudligi; •o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi; •ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi; •olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va boshqalar. • Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: • ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash; • o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish; • ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik ...); • ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; • kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; • ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish; • ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; • mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi; • ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. • Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi. • Ovoz Bu atama ingliz tilidan kelib chiqadi, garchi uning eng etimologik antetsedenti Lotin tilida topilgan. Audio tushunchasi ismni nomlash uchun ishlatiladi texnikasi Bu imkon beradi tovushlarni yozib olish, uzatish va ijro etish . • МИКРОФОН (микро…ва…фон) товуш тебранишларини электр тебранишларга айлантирадиган электр акустик асбоб. Товуш кучайтириб узатиш (эшиттириш) учун қўлланилади. Кўмирли, электродинамикли, конденсаторли, электретли, пьезоэлектрли; товуш узатиш йўналиши жиҳатдан – йўналтирилмаган, бир томонга йўналтирилган (кардиоид) ва икки томонга йўналтирилган хиллари бор. Кўмирли Микрофонни биринчи марта рус ихтирочиси М. Махальский (1878) ва ундан бехабар равишда П. М. Голубицкий (1883) яратишган. Кумир ёки металл мембрана товуш тўлқинлари таъсирида тебраниб, зичликни ўзгартиради, натижада пистон ва мембранага тегиб турган кумир кукуни электр қаршилигини ўзгартиради. Микрофон орқали ўтаётган ток кучи ўзгаради. Ҳосил бўлган импульсланувчи (телефонга уланган ўтказгич орқали келаётган) ток телефондаги мембранани Микрофон даги мембранага мос равишда тебратади. Электродинамикли Микрофонда юпқа полистироль парда ёки алюминийдан тайёрланган диафрагма магнит тизимнинг ҳалқасимон тирқишида жойлашган ингичка симда ўралган ғалтакка бириктирилган. Audio (lot. audio – «eshitmoq») – ovoz texnologiyasiga ta’luqli bo‘lib, tashuvchilarga yozilgan ovoz, tovush, bundan tashqari ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari tushuniladi. Multimediali axborotning audio komponenti ovozli ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Multimedianing audio komponentasi tarkibiga ko‘ra musiqaviy ovoz va nutq ovoziga klassifikatsiyalanadi. Ovozni baholashda ikki asosiy ko‘rsatkich mavjud: 1) ovoz chastotasi; 2) va uning intensivligi, kuchi. Ovoz chastotasi gersda o‘lchanadi, 1 gers sekundiga bir marta tebranishni bildiradi. Ovoz kuchi detsibelda o‘lchanadi. Ovoz spektorini olib qaraganda eshitish oralig‘i 20 dan 20000 gersgacha, infrazvuk (20 gersgacha) va ultrazvuk – 20000 gersdan yuqori. Musiqali ovoz quyidagi xarakteristikaga ega: • chastotasi odatda 16 dan 4500 Gs gacha; • tembr, ovoz manbasidan kelib chiqadi; • balandlik, og‘riq chegarasidan oshmaydi; • davomiylik. Nutq ovozi inson ovoz paylari yordamida paydo bo‘ladi. Nutq ovozi shovqin va tondan iborat: nutq ovozi toni ovoz paylarining harakatlanishidan kelib chiqadi; shovqin o‘pkadan chiqadigan havo oqimining ovozga kelib qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Nutq ovozining asosiy harakteristikasi ton xisoblanadi. Nutq ovozining bu harakteristikasi signaldagi chastotani aniqlaydi. Turli insonlarning nutq ovozi chastotasi turlicha bo‘ladi va u 50-250 Gs oraliqda aniqlanadi. Axborotning audio ma’lumoti analogli va raqamli ko‘rinishda bo‘ladi. Multimedia texnologiyalari ovozning raqamli qiymatlarini qayta ishlaydi. Audio fayllar formatlarda klassifikatsiyalanib, formatlarning ba’zilari yo‘qotishlar bilan ba’ziladi esa yo‘qotishlarsiz amalga oshiriladi. Yo‘qotishlarsiz amalga oshiriladigan formatlash ovoz qiymatlarini butunligicha saqlagan holda diskretlashtiradi. ARO‘ va RAO‘ ishlash prinsipi bosqichlari: 1. Diskretlash- bu analogli signalni diskret qiymatlar ketmaketligi shakliga utkazish. 2. Kvantlash- diskret qiymatlar ketma-ketligini kodlash jarayoniga tayyerlash. 3.Kodlash-rakamli qiymatlarni mashina kodiga utkazish. RAU bosqichlari: 1. Dekodlash- mashina kodidan diskret qiymatlar shkalasini hosil qilish. 2. Tiklash- analog signalga o‘tish. Audiokodek - bu dasturiy ta’minot yoki apparat vositasi bo‘lib, ovozli ma’lumotlarni siqish uchun xizmat qiladi. Inson eshitmaydigan axborotlarni olib tashlaydi. Yo‘qotishlar bilan amalga oshiriladigan kodek: MPEG-1 Layer 3 ili MP3; Ogg Vorbis; WavPack. Yo‘qotishsiz kodeklashga misol: FLAC; WavPack; TTA. Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini tekst, statik va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi. Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin. • Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. • Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4 Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio (.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor”lar yoki audio tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin bo’ladi. • WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. • AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati. • MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo’llaniladi. • MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. • MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. • IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format. • AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. • RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. • Raqamli formatdagi tovush qaerdan kelgan? • Yozish jarayonida mikrofon mexanik tebranishlarni (ovozning o'zi) analog elektr signaliga aylantiradi. Eng umumiy holatda analog signal sinus to'lqiniga o'xshaydi, bu o'rta maktabdan beri barchamizga tanish. Analog tovush davrida, bu signal turli xil ommaviy axborot vositalarida yozilgan va keyin ijro etilgan. • Mikroprosessor texnologiyasining rivojlanishi bilan raqamli ma'lumotlarni yozib olish va saqlash imkoni paydo bo'ldi. Ushbu formatlarni analogdan-raqamli konvertatsiya (ADC) jarayonidan foydalanamiz. • ADC paytida analog signal (bizning o'rta maktabdan olingan sinus to'lqinimiz) diskret signalga aylantiriladi (boshqacha aytganda, bo'laklarga bo'linadi). Keyingi bosqichda diskret signal kvantlanadi, ya’ni, sinusoidning har bir paydo bo'ladigan qismi raqamli qiymat bilan bog'liq. Uchinchi bosqichda kvantlangan signal raqamlashtiriladi, ya’ni, 0 va 1 ketma-ketliklari ko'rinishidagi kodlash. Raqamli ovoz yozuvlariga nisbatan tovushning amplitudasi va chastotasi to'g'risidagi ma'lumotlar raqamlashtiriladi. • Raqamli audio formatlar raqamli audio ma'lumotlarini yozib olish va saqlash uchun ishlatiladi. • Multimedia -tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), axborot markazlarida kutubxona, muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli ko‘llanilmoqda. Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qitish muddatini qisqartirishda va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlar alohida o‘rin egallaydi.Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni kiziqtirgan mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish jarayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan jihozlangan Multimediya vositalarini ta’limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari. • Ta’limda Multimediya vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta’lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimediya vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (sstilka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin. O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimediya vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab.Vaqtning ko ‘proq talab etilishi. Multimediyali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari Multimediyadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, Multimediyali ta’lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta ’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishdavujudga keladigan muammolar. Multimediyali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda Multimediyali ta’lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi.Axborotlarni kompyuter ekranidan o ‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarnio‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda Multimediya vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.Hozirgi kunda o‘quv jarayonini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ko‘pgina kompyuter dasturlari mavjud. NАZОRАT SАVОLLАRI: 1. Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge)ni izohlang. 2. Tovush fayl formatlarini zichlashtirish qanday amalga oshiriladi? 3. Raqamli audio tushunchasini tushuntirib bering.. 4. Windows OT muhitida ishlovchi audio fayllarga ishlov beruvchi dasturlarni keltiring 5. Windows OT muhitida ishlovchi audio fayllarga ishlov beruvchi dasturlardan foydalanishni tushuntirib bering. ADABIYOTLAR: 1. Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology Издательство: Express Publishing 2. Громов Ю.Ю. Информационные технологии. Тамбов 2015 3. Захарова И.Г. Информационные технологии в образовании. Москва ACADEM'A 2003 4. David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. Буюк Британия/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.