Uploaded by fd545f sdr45rtf

Pedagogik Texnologiyalar Rivoji: Kurs Ishi

advertisement
PEDAGOGİK TEXNOLOGİYALARNİNG RİVOJLANİSH
BOSQİCHLARİ VA O'ZİGA XOS XUSUSİYATLARİ
MUNDARIJA
KIRISH… ................................................................................................................ 3
I
BOB.
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNING
RIVOJLANISH
BOSQICHLARI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ..................................... 7
1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi, tarixi va turlari ..................................... 7
1.2. Pedagogik texnologiya bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari .................... 14
II BOB. Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatni loyihalashtirish .............. 20
2.1
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
ta’lim
jarayonini
yanada
takomillashtirishda loyihalashtirish. ....................................................................20
2.2 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
asosida loyihalash usullari..................................................................................... 25
XULOSA VA TAVSIYALAR...........................................................................30-31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................... 32
KIRISH
Mamlakatimizda yurtboshimiz boshchiligida ta’lim sifati va samaradorligini
oshirish bo‘yicha qilinayotgan barcha islohotlardan ko‘zlangan maqsad – barkamol
insonni voyaga yetkazish, yurt istiqbolini porloq qilishdan iboratdir. Bu borada
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini har tomonlama rivojlantirish orqali
ta’limning keyingi bo‘g’inlari salohiyatni mustahkamlash mumkinligi aniq belgilab
berildi. Xususan, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimi haqida
quyidagi fikrlarni bejizga bildirmagan edilar: “Aslida, farzandlarimiz tarbiyasida eng
asosiy bo‘g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni
va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Aynan maktabgacha ta’lim
sohasiga bo‘lgan e’tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin
yaratadi”1.
Davlat maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni
belgilagan holda, maktabgacha ta’limda bolalarni milliy, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishni, o’quvtarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim-tarbiya faoliyatini sifatli tashkil etilishini,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni tarbiyalanuvchining
intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi asosida har bir bolaning, shu jumladan,
jismoniy yoki psixik rivojlanishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga
bo’lgan huquqini amalga oshirish orqali ta’minlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini
hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va
maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berishning asosini o‘yinli texnologiyalar tashkil qiladi. Bu yoshdagi
bolalarning yetakchi faoliyati o‘yin bo‘lganligi bois – u ta’lim
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. 30.09.2020
texnologiyasi sifatida tatbiq etilgan. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning
asosini bolalarning faolligi va tasavvuri tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga
ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri
hisoblanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim
texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi
kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy
hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg’or pedagogik texnologiya”,
“zamonaviy ta’lim texnologiyasi”ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga
tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona
talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi
ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi
ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi,
pedagog faoliyati yangilanadi, bola va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga
chanqoqlik,
Vatanga
mehr-muhabbat,
isonparvarlik
tuyg’ulari
tizimi
shakllantiriladi.
Zamonaviy ta’limga xos muhim sifatlardan biri – pedagog faoliyatining
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish
masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlangan. Xususan,
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayz, A.Xeyvlok, D.Chen,
R.Edem,
F.N.Gonobolin,
S.M.Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy,
V.A.Kalik,
N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan
ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish,
innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor
bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy
harakatlar mazmuni yoritilgan.
Innovatsion faoliyatning umumiy jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya,
V.A.KanKalik, S.I.Kuzmina, V.A.Slastyonin, L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining
ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar. I.Shumpatter va N.Kondratevlar esa
innovatsiya tushunchasining ilk va ulkan nazariyotchilari hisoblanadilar.
K.Angelovskiy, V.A.Slastyonin va V.I.Slobotchikovlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida
innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga
harakat qildilar. R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan
ko‘rib chiqqan bo‘lsa, rossiyalik olimlar A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy,
N.P.Stepanov va boshqalar innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini
o‘rganishga e’tiborlarini qaratdilar. Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyalarni
rivojlantirish muammolari ustida ilmiytadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularga
pedagog olimlardan N.Azizxodjayeva, B.Farbemon, N.Sayidahmedov, K.Zaripov,
M.Ochilov, O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Jumaniyozova va boshqalarni
keltirish mumkin.
«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat
talablari»2 va «Ilk qadam»3 о‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim
tizimida maktabgacha ta’limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar
yaratdi. Albatta maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga
qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola
tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan
holda yondashuvini talab etadi. Bugungi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar
bilan qurollantirish va jahondagi o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli
bilimlar egasi etib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangandir.
Yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar yosh avlodni ta‘lim-tarbiya olishida o‘zining
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash
to’g’risida”gi VMQ 802-sonli qarori. 2020 yil 22 dekabr. https://lex.uz.
2
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk qadam Davlat o’quv dasturi
/takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent 2022 y
3
munosib hissasini qo‘shmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodga har qaysi ta‘lim
yoshida o‘ziga xos e‘tibor qaratilishi yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilganidan darak beradi.
Shuning uchun maktabgacha ta’limdagi innovatsion texnologiyalar o‘yinli
texnologiyalar bilan bog’lanib ketgan. Ammo ularni bir xil qarash deb bo‘lmaydi.
Chunki innovatsiyalar turlicha yo‘nalishda foydalaniladi. Maktabgacha ta’lim
tashkiloti pedagogi o‘z faoliyatini prinsipial amalga oshirish uchun: samarali
(mavzuga
yo‘naltirilgan),
tejamkor
(shaxsga
yo‘naltirilgan),
hamkorlik
texnologiyalariga ega bo‘lishi lozim. Tajribali kreativ pedagog ushbu uslublar
asosida o‘zining “mualliflik” texnologiyasini yaratishi mumkin. Bunda, unga avval
egallangan bilimlari va tarkib topgan dunyoqarashi turtki bo‘ladi. Innovatsion
pedagogik texnologiyalar yuzaga chiqishi ta’rixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
ularning ta’lim jarayoniga kirib kelishida g‘oyalar banki muhim ahamiyat kasb etgan
Kurs
ishining
maqsadi:
Pedagogik
texnologiyalarning
bosqichlari
samaraligini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Pedagogik texnologiyalarning bosqichlari
Kurs
ishining
predmeti:
Pedagogik
texnologiyalarning
bosqichlari
metodlari, shakl va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:
Pedagogik texnologiya tushunchasi, tarixi va turlari
Pedagogik texnologiya bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
ta’lim
jarayonini
yanada
takomillashtirishda loyixalashtirish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
asosida loyihalash usullari
Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi, tarixi va turlari.
Hozirgi
paytda
pedagogika
fanida
pedagogik
texnologiyalar,
ta’lim
texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi
kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy
hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg’or pedagogik texnologiya”,
“zamonaviy ta’lim texnologiyasi”ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga
tushirilmagan, ensiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona
talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi
ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik faoliyat bu- jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni
ilmiy asoslagan reja- dasturga muvofiq amalga oshirish,ya’niy yosh avlodni har
tomonlama hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turidir.Pedagogik faoliyat
pedagog tomonidan kasbiy maqsadlarga muvofiq tashkil etiladigan tizimli
harakatlarning muayyan shakli hamdir.
Pedagoglar qo’yilayotgan talablar asosida o’z faoliyatlariga yangiliklar kiritib
bormoqda. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida fan, texnika va ilg’or
tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
unumli foydalanilmoqda. Bu jarayon pedagog-tarbiyachilarda yanada ma’suliyat
hissini oshirmoqda. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi pedagog va
bolalarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga aniq ketma-ketlik asosida
tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlagan texnologiyalariga bog’liq 4.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari – loyihalashtirish, amalga
oshirish va kafolatli natija. Interfaol usullarning asosiy maqsadi – bolalarni faol
harakatga undash, mashg’ulotga jalb etish, hamkorlikda ishlashga o’rgatishdan
iborat.
4
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq
Тоlipov.O’., Usmonboyeva.М. “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari”. Т.: “Fan”. 2006 y.
etilishi, yaxsh samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng
ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor
zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan o’quv jarayoni modelini
yaratish va multimediya texnologiyalariga asoslangan elektron darslik, o’quv
qo’llanmalarini yaratish muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi
ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi,
pedagog faoliyati yangilanadi, bola va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga
chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini
anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabrbardoshli,
qanoatli,
o’zgalar
fikrini
hurmatlaydigan,
milliy-madaniy
va
umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan
insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni
texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.
Pedagogik texnologiya - bu pedagog (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari
yordamida bola (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish
jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya
tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham,
bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir.
Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini
uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot
texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi
pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni
anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv
materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq
xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik texnologiya5 esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini
ifodalaydi va "pedagog - pedagogik jarayon bola (talaba)" funksional tizim
qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki,
ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash
borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar
berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik
texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan
pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan
muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quvpedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng
rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z
bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu
jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish
amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif
ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning
sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar
yig’indisi.
Pedagogik texnologiya-pedagog
mahoratiga
bog’liq bo’lmagan xolda
pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan bola shaxsini shakllantirish
jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalko).
5
Ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Osiyo taraqqiyot banki o’rta maxsus, kasb-hunar ta‟limini rivojlantirish
loyihasi. Toshkent-2002 yil.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini
hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish
va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va
aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion)
yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi,
texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning
muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
Pedagogning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida bolalarga muayyan
sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki,
pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik,
didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan
yondashish mumkin.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga
nisbatan kengdir. Ta’lim metodi - o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini
yechishga yo’naltirilgan pedagog va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyati usuli.
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida,
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish
hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish sifatida qaralib kelingan.
Lug’aviy jihatdan “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi (ing. “An educational
technology”) – ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etishga
doir ma’lumotlar beruvchi fan, ta’limot ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya
masalalarini tadqiq etishda ham umumiy ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari faol
qo’llaniladi. “Pedagogik texnologiya” fani tomonidan o’rganiladigan yaxlit
pedagogik jarayon qonuniyatlarining namoyon bo’lishi uchun quyidagi omillar
o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish zarur:
1) pedagogik jarayon bilan keng ko’lamli ijtimoiy jarayonlar va shartsharoitlar o’rtasidagi;
2) pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari o'rtasidagi (ichki aloqadorlik);
3) o’qitish, ta’lim, tarbiya va shaxs rivoji o’rtasidagi;
4) tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayonlari o’rtasidagi;
5) pedagogik rahbarlik va ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyati
o’rtasidagi;
6) barcha tarbiya sub’ektlariga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatish jarayoni
o’rtasidagi;
7) pedagogik topshiriq, ta’lim (tarbiya) mazmuni, metodlari, vositalari va
pedagogik jarayonning tashkiliy shakllari o’rtasidagi.
Yuqorida ko’rsatilgan omillar o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish natijasida
pedagogik texnologiya asoslarini o’qitishning qonuniyatlari aniqlanadi. Ular
quyidagilardir:
Birinchi qonuniyat. Texnologik mazmunga ega pedagogik jarayon yaxlit
holda jamiyat hayotining ijtimoiy, qtisodiy va madaniy sohalarida ro’y berayotgan
o’zgarishlar natijasida har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, zamonaviy
texnika va texnologiyalar bilan bevosita ishlay oladigan mutaxassisni tayyorlash
borasidagi ehtiyoji bilan shartlanadi.
Ikkinchi qonuniyat. Pedagogik-texnologik jarayon samaradorligi bevosita
moddiy, ruhiy, ijtimoiy-axloqiy, gigiynik va estetik shart-sharoitlarga bevosita
bog’liq.To’rtinchi qonuniyat. Amaliy jihatdan pedagogik jarayon samaradorligini
uning ishtirokchilari tomonidan ta’lim va tarbiya sohasida tashkil qilinadigan
faoliyatlari birligi hal qiladi.
Beshinchi qonuniyat. Pedagogik texnologiya vazifalarming ijobiy yechimi
magistrlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, jamoaning
rivoji darajasi bilan belgilanadi.
Oltinchi qonuniyat. Ta’lim (tarbiya) jarayonining mazmuni vazifalarni aniq
belgilash asosida shakllantiriladi.
Yettinchi qonuniyat. Ta’lim (tarbiya) metod va vositalari ta’limiy (tarbiyaviy)
topshiriqlar va mavjud vaziyatlar mazmunidan kelib chiqib tanlanadi.
Sakkizinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonni tashkil qilish shakllari pedagogik
faoliyat vazifalari, mazmuni, tanlangan metod va vositalari asosida belgilanadi.
To’qqizinchi qonuniyat. Ma’lum sharoitda ajratilgan vaqt bo’yicha pedagogik
jarayonga doir barcha ichki va tashqi o'zaro aloqadorliklarning bir butun, yaxlit
holda inobatga olinishi eng yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
O’ninchi qonuniyat. Ta’lim jarayonida pedagog tarbiya jarayonida esa
tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi o’rtasida ob’ektiv qonunlarga asoslangan qayta
aloqa mavjud bo’ladi.
O’n birinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonda kutilgan natijaga o’zaro
aloqadorlik asosida belgilangan vazifalar, ta’lim (tarbiya) mazmuni, shakli, metod va
vositalarining maqsadga to’la mos kelgandagina erishiladi.
Pedagogik texnologiya tarixi
Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish yanada mukammal
metodlarini va usullarini izlashni talab etmoqda.O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti
uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har
qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.Jamiyat tarixida iqtisodiy
davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab
chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga qarab farq
qilmaydi.Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik
rivojlanish davr” larni ko’rib chiqamiz.
Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha;
I. Yozuv kitobi davri -XVII asrdan hozirgi davrgacha;
II. Audiovizual vositalar davri - XX asrning 50 yillari;
III. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri -XX
asrning 70 yillari;Zamonaviy hisoblash
mashinalari asosida ta’limni
boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri - XX asr oxiri komp’yuterda
o’qitish.Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor
pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa –
“pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda
o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va
vositalar sifatida ifodalangan.
Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb
qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda
qilgan.
60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik
nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu
sohada turli mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya,
Vengriya) uni talqin qilishning ikki yo’nalishi belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish
vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar.
Ikkinchi
yo’nalish
tarafdorlari
esa
o’quv
jarayonini
tashkil
etish
samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarni texnikaning keskin rivojlanishidan
ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish
“o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi,
2- yo’nalish
“o’qitish
texnologiyasi” yoki “o’quv
jarayoni
texnologiyasi” sifatida belgilandi.
AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar
bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. 1961 yilda “Pedagogik texnologiya”
jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali
nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy
kengash, 1964 yildan boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish”
jurnalini, 1971 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.
Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar
shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash”
tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965
yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz
tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr
etildi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy
kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham
shug’ullanadi.Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz
tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada – 1973
yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim
S.G.Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik printsiplarini ko’rsatdi:
- Bilim va texnikani mukammal egallash.
- Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish.
- Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy
yondashishi rivojlanishi ham.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik
texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom
etdi. Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz
tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr
etiladi.
1.2. Pedagogik texnologiya bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari.
1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar
bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi
jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha
maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida,
“Ma’rifat”, “Pedagoglar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib
chiqarilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar
materiallari maxsus to’plamda chop etildi.
Pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva,
Ziyomuhammedov,
O’.Tolipov,
B.L.Faberman
va
boshqalar
Respublikada
pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida
pedagogika
fanlari
doktori,
professor
N.N.Azizxodjaeva
rahbarligi
ostida
innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik
va innovatsion texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagogik kadrlar malakasini
oshirish bilan shug’ullanadi.
Pedagogik texnologiya turlari6
Pedagogik texnologiya turlari: Muammoli o’qitish, mujassamlashtirilgan
ta’lim, modul ta’limi, rivojlantiruvchi ta’lim, differentsiallashgan ta’lim, faol
o’qitish (majmuaviy ta’lim), o’yin texnologiyalari.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham
mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion,
integrativ,
adaptiv,
inklyuziv
pedagogik
texnologiyalardan
iborat.
Bu
yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik - (tajriba).Sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy
e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim
berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi. Kognitiv-(bilishga oid).
Atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U
tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish
ehtiyojlarini rivojlantiradi. Evristik–(haqiqatni toppish.
Inklyuziv – (tenglik). Pedagog bilan bolaning o’zaro munosabatlarida tenglik
asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati
cheklangan bolalarni sog’lom bolalar bilan birgalikda o’qishni tashkil qilish .
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik
texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari,
pedagog va bolalarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy
natijalariga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq. Hozirgi
kunda pedagoglar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar
birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash
hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib,
quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman,
yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z
bo’lib tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni
anglatadi. Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq,
ta’riflarning umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari
majmuasidir (1-ta’rif).
Metodika - o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga
ajraladi. (3-ta’rif).
Metodika - pedagogning kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy
natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish
qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har
ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish metodi uch xil.
1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi).
2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi).
3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi).
Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor.
An’anaviy ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera
olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini
har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi
o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi
pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga
qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari
ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi
tomonlari ko’proq ifodalanadi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar
tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan
metoddan farq qiladi.
Metod-biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat
uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan
maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish
yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, pedagog
yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida
o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham
yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib
harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi.
Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi.
Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni pedagogning, bolaning faoliyati bilan
uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi
bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi va IMEN
texnologiya deb tan olingandir. Bu pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda
hozirgi
kunda
yo’naltirilgan
bolani
ta’lim,
qo’llab-quvvatlash
o’yinli
texnologiyalari
texnologiyalar,
ta’limning
–
bola
shaxsiga
individuallashtirish
texnologiyasi, interfaol ta’lim (bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar),
muammoli ta’lim, loyihali ta’lim texnologiyalari maktabgacha ta’lim jarayoniga
kirib kelmoqda. Bu pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bolalar yoshiga,
ularning individual xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Masalan, bolani qo’llabquvvatlash texnologiyalari. Bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi har bir ta’lim
oluvchining individual xususiyatlariga mos keluvchi usullar va vositalarni izlab
topishga harakat qilishdir. Buning uchun psixodiagnostika usullaridan foydalaniladi,
bolalar faoliyatini turlicha tashkillaydilar, har xil o’qitish vositalarini qo’llaydilar,
ta’lim mazmuniga o’zgartirishlar kiritadilar. Shaxsni qo’llash texnologiyalari o’zini
eng to’la ifodasini chet elda gumanistik psixologiya yo’nalishidagi izlanishlarda
topgan. K.Rodjers agar pedagog quyidagilarni qo’llasa, u guruhda shaxsni individual
rivojlanishi uchun kerakli muhitni yarata oladi deb ta’kidlaydi:
- pedagog butun ta’lim jarayonida bolalarga bo’lgan ishonchini namoyish etib
borishi zarur;
- pedagog guruh va shaxsan har bir tarbiyalanuvchi oldida turgan maqsad va
vazifalarni aniqlashga yordam berishi kerak;
- ta’lim jarayonini tashkillashda pedagog bolani ichki motivatsiyasidan kelib
chiqishi kerak;
- pedagog bolalar uchun turli —tuman tajriba manbasi bo’lib, bolalar
keragicha unga murojaat qilishi nazarda tutiladi;
- bu sifatda u hamma bolaga bir xil yondashishi kerak;
- pedagog guruhdagi emotsional muhitni his etib va qabul qilish malakasini
oshirib borishi lozim;
-
pedagog guruhdagi o’zaro fikr almashinuvini faol ishtirokchisi bo’lish
Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga
yetkazib qo’llay olishimiz juda muhim.
Masalan, bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi, lekin
ta’lim-tarbiya bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dastur asosida olib borilar ekan
deb, hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz to’g’ri emas, qaysidir bola ba’zi
narsalarni oldinroq o’rgansa, ba’zilari keyinroq o’rganadi, kimdir amaliy bajarib tez
o’rgansa, kimdir boshqaning bajarganini ko’rib tez o’rganib oladi. Shu sababli
bolalar bilan ishlayotganimizda ularga individual bo’lishimiz, har bir bolaning
yutug’ini ko’ra olishimiz va rag’batlantirishimiz, ularning yanada kuchli ishtiyoq
bilan o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi.
Pedagogik
texnologiyalarda
didaktik
o’yinlar
texnologiyalari
bolalar
faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bolalar shaxsidagi
ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini
aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning asosiy
turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar
ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik,
mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta’lim olish motivlarini, ularning
turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini
ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy,
jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi.
Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib
bormoqda.
Didaktik o’yinlar tarbiyalanuvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish,
hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil
qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq
o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan amalda
foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’limtarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid
didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga
xizmat qiladi.Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini
tasniflashda ularni funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy
o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini
amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar
maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa
pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’limtarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib
borilishiga asos bo’ldi.
O‘tgan
asrning
60-yillari
boshidan
AQShda
so’ngra
boshqa g’arb
mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat
deb ta’kidlaganlar.
II. BOB. Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatni loyilashtirish
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini yanada
takomillashtirishda loyihalashtirish
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
bolalarga
ta’lim-tarbiya
berish
muammosiga bir qator olimlarning (F.R. Qodirova, L.R. Mo‘minova, G.E.
Djanpeisova, Sh.A. Sodiqova, G.A. Mardonova, G. Nazirova, N.Sh. Abdullayeva,
D.A. Abduraximova, M. Abdullayeva, Z.A. Botirova, A.E. Rustamova va boshq.)
ilmiy tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo‘latova, N.M.
Qayumova, M.N. A’zamova 10 va Sh.A. Sodiqova o‘z ilmiy izlanishlarida
maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasining ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan
bo‘lib, maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, bolalar
rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, maktabgacha yoshdagi bola
psixik taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ta’limning didaktik tamoyillari, bolalarga
pedagogik ta’sir ko‘rsatish, maktabgacha ta’limni tashkil etish shakl va metodlari
hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyada pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning
nazariy asoslari yoritilgan.
L.R. Muminovaning ilmiy tadqiqotlari maktab yoshidagi bolalarning til
rivojlanishidagi nuqsonlarni bataraf etishda pedagogik-korreksion faoliyatning
nazariy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, L.R. Muminova
tomonidan maktabgacha umumiy va maxsus ta’lim tashkilotlarining katta va
tayyorlov guruh bolalari hamda boshlang‘ich sinf bolalarining nutqini xalq o‘yinlari
asosida rivojlantirish muammosi o‘rganilgan. Bu maqsadda qadimiy va boy folklor
merosimizdan bolalar o‘yinlarining qo‘shiq hamkorligida ijro etiladigan namunalari
tanlab olinib, o‘yinlarning tasnifi, ta’lim tarbiyadagi o‘rni, shuningdek logopedikkorreksion ishda qo‘llanish xususiyatlari va metodikasi taklif qilingan. Bunday
o‘yinlar bolalarning nutqiy, jismoniy, psixologik, ma’naviy rivojlanishida muhim
o‘rin tutishi tajriba-sinov ishlari yordamida aniqlangan8.
Parmonov B.E. (2018) Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik
jihatlari. “Science and Education” Scientific Journal. 350-bet.
8
G.E.Djanpeisova maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida
matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tadqiq etgan 9.
Muallif o‘z tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetika va
geometriyaga oid ilk bilimlarni shakllantirish yo‘llari, vositalari hamda pedagogik
shart-sharoitlarini tadqiq etgan. Bolalarda matematik bilimlarni shakllantirish va
rivojlantirish ularning aqliy rivojlanishi, o‘zini anglashi, ijtimoiylashuvida muhim
omillardan bo‘lishini aniqlagan. Bolalarga interaktiv mantiqiy-matematik ta’limni
tashkil etishda kompyuterli muhitning ahamiyatini alohida e’tirof etgan. Bolaning
vositachi-personajlar orqali kompyuter bilan virtual tashkillashtiriladigan dialogi
kompyuterni “jonlantirib”, bolaning harakatlarini faol va ongli bo‘lishini
ta’minlaydi.
G.A.Mardonovaning ilmiy tadqiqot ishi oilada bolalarni alla vositasida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash muammosini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotchi allaning ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni,
tarbiyaviy ta’siri hamda “alla” so‘zining etimologik ma’nosi va tarixiy
shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etgan. Bolalarni alla vositasida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafiy, pedagogik va psixologik holatini tahlil
etib bolalarning yoshi, psixologik-ma’naviy rivojlanishi bo‘yicha ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashga yo‘naltirilgan alla turlarini didaktik mazmuniga ko‘ra tasniflagan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish
muammosini G.M.Nazirova tadqiq etgan. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda tizimli yondashuvning
o‘ziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflab, ushbu
jarayonlarni tizimli yondashuvga tayangan holda takomillashtirish modelini
nazariy- empirik jihatdan asoslagan.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta’limiytarbiyaviy faoliyat
komponentlarining rivojlanish sohalari bilan o‘zaro integratsiyalash, refleksiv
Трайнев В.А. Интенсивные педагогические игровые технологии в гуманитарном образовании.,
М.:Владивосток 2006 й.
9
uzviylikni ta’minlash hamda mustaqil faoliyatni rivojlantirishning tashkiliypedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari bo‘yicha tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslangan
Play
guruhlar
faoliyatidagi
kreativlikka
ustuvorlik
berish
asosida
takomillashtirilgan.
G.M. Nazirova maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni
tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yoshga doir
xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi
sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati – o‘yin10. To‘g‘ri tashkil etilgan
o‘yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o‘quv
faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy
muvaffaqiyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, - deb hulosa qiladi.
N.Sh.Abdullayevaning
maktabgacha
ta’limni
kreativ
yondashuv
asosida
takomillashtirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida maktabgacha ta’lim sifatini
oshirish uchun o‘quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual
jihatlarini inobatga olish, ta’limni individuallashtirish va differensiyalashga
asoslangan
texnologiyalaridan
ta’lim-tarbiya
jarayonida
yetarli
darajada
foydalanish, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish va amalda joriy etish
zaruriyatini asoslab berdi.
Variativ yondashuvning asoslari sifatida “ta’lim texnologiyalarining
variativligi”, “ta’lim traektoriyasi” va “ta’limni individuallashtirish” ekanligini
alohida ta’kidladi. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib
borayotgan rahbar va pedagog kadrlarning variativ yondashuvni amaliyotga joriy
etish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
variativ yondashuvli ta’lim dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish uchun
maxsus metodik qo‘llanmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda zamonaviy
axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan keng
10
Yo’ldoshev J “Ta’lim yangilanish yo’lida” T.: O’qituvchi. 2000 y.
foydalanish
tavsiya
qilingan.D.A.
Abdurahimovaning
dissertatsiyasida
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviyaxloqiy tarbiyalashni takomillashtirishning konseptual asosi bu jarayonning
aksiologik, qadriyatli, tizimlifaoliyatli, rivojlantiruvchi komponentlariga pedagogik,
psixologik, falsafiy, perseptiv yondashuvlar integratsiyasiga ustuvorlik berishda
muhim vazifa ekanligini aniqladi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni
ma’naviy- axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarni
taklif qilladi: yaxlit yondashuv; tarbiyalanuvchiga pedagogik qo‘llab-quvvatlashga
ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bo‘lishni talab etuvchi shaxs deb qarash;
tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan
yondashuv; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; tarbiyaviy
jarayondagi munosabatlarni tashkil etishga insonparvar yondashuv; qadriyatlimazmunli yondashuv. M.N. A’zamova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab
bolalarda
do‘stona
munosabatlarga
asoslangan
hamkorlik
ko‘nikmalarini
shakllantirish alohida ijtimoiypedagogik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etadi 11.
Bolalarni
maktabga
tayyorlash
jarayonida
ular
orasida
do‘stona
munosabatlarga asoslangan hamkorlik muhitini vujudga keltirish nihoyatda zarur
bo‘lib, bunday ko‘nikmalar ularning maktab hayotiga oson va samarali
moslashishini ta’minlaydi.
Z.H.Rahmatova maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini
yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq etib, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim
tizimining isloh qilinishi, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini
sifatida ajratilishi, qolaversa, maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv
dasturida maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy muhim kompetensiyalari asosida
kommunikativ, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining yotishi, bu tizim uchun
mo‘ljallangan nutq o‘stirish vositalari – lug‘atlar, leksik minimumlar, qo‘shimcha
axborot manbalariga bo‘lgan talabni oshirayotganligini ta’kidlagan.
11
Ishmuxamedov.R.J. va boshqalar “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. T.: Iste’dod. 2008 y.
Tadqiqotchi
maktabgacha
yoshdagi
bolalar
lug‘ati
so‘z
boyligini
shakllantirish va semantizatsiyalashda12:
1) ilmiylik va mantiqlilik;
2) ta’limiylik;
3) leksikani qulay shaklda taqdim etish;
4) ko‘rsatib tushuntirish;
5) umumiylik-xususiylik;
6) izchillik;
7) milliylik;
8) zamonaviylik;
9) didaktik;
10) tushunarlilik;
11) darajalilik kabi tamoyillarga asoslanishi kerak, deb xulosa qiladi.
M.N.Xushnazarova maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy
kompetensiyasini
takomillashtirish
masalalarini
tadqiq
etib,
tarbiyachilarni
ilmiymetodik faoliyatga tizimli yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish
hamda innovasion mashg‘ulot ishlanmalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga keng joriy
etishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini e’tirof etgan.
Shunday
qilib,
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
ta’lim
jarayonini
takomillashtirish muammosining yechim yo‘llaridan biri, eng avvalo, o‘qitish va
tarbiyalashning innovasion metodlarini amaliyotga joriy qilish – ta’lim jarayoniga
tarbiyalanuvchi shaxsi va individualligiga yo‘naltirilgan o‘qitishning innovasion
texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni interaktiv didaktik o‘yinlar va
materiallar asosida o‘qitish – bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish
imkonini beradi.
2.2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
asosida loyihalash usullari.
Zamonaviy mutaxassislarning asosiy g'oyalaridan biri pedagogika fanlari
Ta'lim ishlarini olib borishning yangi usullarini, to'liq tendentsiyalar, maqbul
ehtiyojlar, otaonalarning kognitiv ehtiyojlarini o'rganish zarur. Maktabgacha ta'limda
innovatsiyalar O'rnatilgan ta'lim an'analarini eksperimental va ijodiy tushunish
bo'yicha hamma joyda qidirib topilgan, "soxta-yadroviy" muammosi keskin,
shaklning o'ziga xosligi bilan tavsiflangan uslubiy amaliyotlar va shaklning o'ziga
xosligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, hatto ko'p yillik amaliyotga ega bo'lgan
pedagoglar ham tajriba pedagogik joylari va maktabgacha tashkilotlar faoliyatida
izchil innovatsiyalarni amalga oshirishni ta'minlash qiyin. Ushbu maqolada,
maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida fikr va
mulohazalar qilinadi.
Maktabgacha ta'lim mutaxassislari ta'lim tizimida innovatsion g'oyalarni
yaratish va joriy etish zamonaviy bolalar bog'chasini rivojlantirish uchun zaruriy
shartdir degan fikrga kelishib olishadi. Moliyalashtirish yuzasidan davlat tashkilotlari
"Maktabgacha tarbiyachiga pul ketayotganda" innovatsion tashkiliy echimlarining
kundalik tartibida kiradigan innovatsion tashkiliy echimlarning kunlik tartibiga
kiritilishi institutning obro'sini sezilarli darajada oshiradi va rivojlanishning keyingi
yo'nalishlarini belgilab beradi. O'quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy
etish Psixofizik yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktabgacha tarbiyachilar
tomonidan har doim ijobiy seziladi, ular faoliyatni osongina o'zgartiradilar. O'z
navbatida, tashabbus pedagogik kompozitsiya Ota-ona jamoatchiligi, bolalar
bog'chasini
o'quvchilarning
oilalari
bilan
o'zaro
ta'siri
mexanizmlarini
takomillashtirish zarurati, shuningdek, muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislarning
ta'kidlashicha, shtatlardagi innovatsion texnologiyalar nafaqat mumkin, balki ehtiyoj
ham. Biroq, buni yodda tutish kerak pedagogik texnologiyalar
Maktabgacha bolalarning o'quv jarayonida qo'llanilishi mumkin, bir nechta
qat'iy talablar berildi. Bularga quyidagilar kiradi:
 Kontseptuallik, o'quv jarayoni ma'lum ilmiy tushunchaga asoslanishi
kerakligini anglatadi.
 Tizimga tegishli texnologiyalar, bu texnologiyalar tizimga xos bo'lgan
barcha belgilarga ega bo'lishi kerak. Ya'ni, ular yaxlit, mantiqiy va ularning
elementlarining tarkibiy qismlari bo'lishi kerak - o'zaro bog'liq.
 Ishlov berish - pedagogik jamoa muayyan maqsadlarni belgilash, o'quv
jarayonini rejalashtirish, ish jarayonida, bir yoki boshqa lahzalarni tuzatish
imkoniyatini tushunish kerak.
 Reprodikuvchanlik - bu talabga nisbatan qo'llaniladigan pedagog
shaxsidan qat'i nazar, texnologiyani teng darajada samarali bo'lishi kerak.
Maktabgacha yoshi - bu bolaning atrofida dunyoni faol o'rganadigan davr.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarining psixologik rivojlanish xususiyatlariga ega.
Yurish boshlaganida, bola juda ko'p kashfiyotlar qiladi, xonada, ko'chada, bolalar
bog'chasida joylashgan narsalar bilan tanishadi. Turli narsalarni yig'ish, ularni
o'rganish, mavzudan kelib chiqqan tovushlarni tinglash, bu ob'ektning qaysi fazilatlari
va xususiyatlari borligini biladi.
Ushbu davrda bolaning ingl. -figurativ va ingl. Effektiv fikrlash shakllari
yaratilgan. 5-6 yoshligida bola, shimgich kabi, barcha ma'lumotlarni so'radi. Olimlar
ushbu yoshlik davrida bolaning bu ma'lumotni esga olishini, bundan keyin u hayotda
hech qachon eslamasligini isbotladi. Bola ufqlarini kengaytira oladigan har qanday
narsaga qiziqish uyg'otadigan davrdir va bu uning atrofidagi dunyoni qo'llabquvvatlaydi. Umuman olganda, maktabgacha yoshdagi yoshlar xotirjamlik hissi bilan
ajralib turadi. Ularning kichik sabablarga ko'ra ziddiyatlari va kuchli affektiv
epizootiyalari yo'q. Biroq, bu bolaning hissiy hayotining to'yinganligi pasayadi degani
emas qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini
tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilish maktabgacha ta`lim tashkiloti hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek
maktabgacha
ta`lim
tashkilotiga
biriktirilgan
sog’liqni
saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim
tashkilotida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va
qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkilotiga bolalarni olib kelish va olib ketish
qoidalari, maktabgacha ta`lim tashkiloti binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid
talablar, maktabgacha ta`lim tashkilotida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid
talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida
Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – O’zbekiston
Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha
bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim
tashkilotlari 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni,
nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish
davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari,
nizom, maktabgacha ta`lim tashkiloti va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda
ta`sischilar tomonidan belgilanadi. Maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotini tashkil
etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotida
o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni
ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim tashkilotining boshqaruvi haqidagi
to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti to’g’risidagi Nizom”
da ko’rsatilgan. Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini
yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga
jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini
takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.Ayniqsa, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz
holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid
qilinib, kelasi yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita
yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi. Xulosa qilib aytganda, yaqin o'tkan
yillarda zamonaviy innovatsion IT texnologiyasi dominant pozitsiyani egallash
maktabgacha ta'limda to'g'ridan-to'g'ri o'quv-uslubiy ishlarni tashkil etish uchun keng
qo'llaniladi. Pedagoglar, kompyuterlar savodxonligini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan,
o'quvchilar uchun keng imkoniyatlarni ochishi mumkin va bu faqat taqdimotlar va
o'qitish roliklarini namoyish etish bilan cheklanmaydi. Mahalliy rivojlanayotgan
dasturlarning ulkan tanlov sharoitida otaonalar yoshga to'liq javob beradigan narsalarni
tanlash juda qiyin va ta'lim ehtiyojlari ta’minlanadi. Vakolatli fikrni olish bu masala
faoliyat uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon beradi yoshni rivojlantirish
bolalar, oilaviy vakillarning oilaviy vakillari bilan samarali hamkorlikni barpo etish
uchun zaruriy narsalarni yaratadilar, ota-onalarning nazarida pedagogning nufuzini
oshiradi.
Innovatsiya so'zi lotincha innovatsiya kelib chiqishi. "Novatio" "yangilash",
"o'zgartirish" degan ma'noni anglatadi va "in" "yo'nalishda" deb tarjima qilingan.
So'zma-so'z "innovatio" - "o'zgarish yo'nalishida".
Bundan tashqari, bu shunchaki har qanday yangilik emas, balki uni qo'llashdan
keyin faoliyat samaradorligi va sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Texnologiya
(yunoncha techne "san'at", "mahorat", logos "so'z", "bilim" - san'at haqidagi fan)
deganda har qanday biznesda yoki biror narsa ishlab chiqarishda qo'llaniladigan
usullar va jarayonlar majmui tushuniladi. Har qanday innovatsiya texnologiya orqali
amalga oshirilishini topadi. Shunday qilib, innovatsion texnologiya- bu inson
faoliyatining turli sohalarida taraqqiyotni ta'minlash va samaradorlikni
oshirish
uchun yangi narsalarni yaratish yoki mavjudini
takomillashtirish texnikasi va jarayoni.
Har qanday innovatsiya - bu atrof-muhitdagi sifat o'zgarishlariga olib keladigan
printsipial jihatdan yangi komponentni yaratish va keyinchalik amalga oshirishdan
boshqa
narsa
emas.
hunarmandchilikda
Texnologiya,
yoki
san'atda
o'z
navbatida,
qo'llaniladigan
ma'lum
turli
bir
xil
biznesda,
texnikalarning
kombinatsiyasidir.Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion
texnologiyalar zamonaviy komponentlar va texnikalarni yaratishga qaratilgan bo'lib,
ularning asosiy maqsadi ta'lim jarayonini modernizatsiya qilishdir. Shu maqsadda
bogchalardagi
pedagogik
jamoalar
bolalarni
tarbiyalash
va
intellektual
rivojlantirishning boshqa maktabgacha talim tashkilotlaridan ajralib turadigan eng
yangi modellarini ishlab chiqmoqda. Pedagoglar o'z kasbiy faoliyatida qabul qilingan
modelga to'liq mos keladigan uslubiy vositalar, o'qitish usullari va usullaridan
foydalanadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy ta'lim texnologiyalari
tobora ko'proq qo'llanilmoqda va ularni amalga oshirish natijasi o'n yildan ortiq vaqt
davomida namoyon bo'ladi.
Maktabgacha talimdagi pedagogik innovatsiyalar davr talabidir. Talim va
tarbiyaviy faoliyatning sifati maktabgacha talim tashkilotlarida innovatsiyalar
qanchalik samarali ozlashtirilishiga bogliq. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi
innovatsiyalar bolalar bog'chasi pedagogik tizimining sifat jihatidan yuqori ta'lim
natijalariga erishish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Yangi ta'lim dasturlari bolaning
individualligi va uning oilasining ehtiyojlariga qaratilgan ta'lim jarayonining
o'zgaruvchanligini
ta'minlash
uchun
mo'ljallangan. Bolalar bog'chasidagi
turli innovatsiyalar o'quvchiga yo'naltirilgan yondashuvga asoslanadi, bunda bolaga
tarbiya va ta'lim jarayonida asosiy rol ajratiladi. O'z amaliyotida bolalar bog'chasi
pedagoglari maktabgacha ta'lim sifatiga shubhasiz ta'sir ko'rsatadigan turli
innovatsion pedagogik texnologiyalardan faol foydalanadilar.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘rgazmali tasavvur orqali anglash davrida
bo‘lganligi bois, barcha yangi bilimlar ko‘rgazmalilikka asoslanadi. Bu yoshdagi
bolalar bilan innovatsion pedagogik texnologiyalar sifatida interfaol metodlardan
tarbiyachilar unumli foydalanadilar. Chunki mazkur metodlardan foydalanish orqali
har bir bola o‘zining individual qobilyatlarini namoyon eta oladi;mantiqiy o‘yinlar
o‘ynash bolaning aqliy rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;atrof-muhit hodisalari
haqida aniq tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi; bolani ham ruhan, ham jismonan
rivojlantirishda xizmat qiladi;bolalarni o‘z oldiga maqsad qo‘yib, uni amalga oshirishga
o‘rgatadi;qiyin vaziyatlar tu’g’ilganda musta’qil ravishda muammoga yechim topishga
o‘rgatadi.Shu bilan birgalikda bolalarning nutqini ravon bo‘lishida, o‘z fikrini erkin
bayon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish imkoni yaratiladi. Interfaol metodlar
mazmuniga ko‘ra bolalar faol o‘zaro ta’sir qilish sharoitida o‘zlashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Birgalikdagi faoliyatdan zavq oluvchi bolalar uchun bunday usullar
yangi bilimlarni egallashda qiziqarli va tassurotga boy bo‘lishini ta’milaydi. Faqatgina
tarbiyachi ushbu usullarni bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari va yosh jihatlariga
moslashtirgan holda foydalanishi lozim. Bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan “Davlat
talablari” va “Ilk qadam” davlat dasturida bolaning umumiy va rivojlanish sohasi
kompetensiyalarining muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni bolalar ta’limiy jarayonida qo‘llashda
avvalo yuqoridagi bola kompetensiyalarini shakllantirishning qay birida maqbulligini
aniqlash hamda ustuvor jihatlarini hisobga olish kerak. Masalan, mantiqiy o‘yinlar va
tajribalar ustida ishlash bolaning bilish jarayonida xizmat qilsa, so‘z o‘yinlari
kommunikativlikni oshiradi.Shu bois usullarni saralash va muvofiqlashtirish asosida
olib borish zarur
TAVSIYALAR
Hozirgi davrdagi inqilobiy hodisalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ijtimoiy
munosabatlardagi nomutanosibliklar global muammolardek jamiyat ravnaqiga aks
ta’sir etmoqda. Agarda erta yosh davridan bolalarda ijtimoiy hayot qadriyatlari
shakllantirib borilsa, kelajakda sog‘lom hayot tarzini yaratishda zamin bo‘lib xizmat
qiladi.Bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida ommalashib borayotgan ta’limiy
faoliyatlar innovatsion xarakter kasb etmoqda. Chunki maktabgacha yoshdagi
bolalarga ma'naviy-axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiya berishda innovatsion yangi
texnologiya
loyihalarini
yaratish
ta'limtarbiya
samaradorligini
oshirmoqda.
Maktabgacha yosh davrida o‘yin ustuvor ahamiyat kasb etganligi bois, bolalar bilan
interfaol metodlar o‘yin tarzida olib boriladi. Tarbiyachilarni innovatsion ta’limga
kirib borishlarida eng maqbul o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish va dastur sifatida
joriy etish pedagogik muammo hisoblanadi. Bugungi kungacha eng ustuvor o‘yinlar
mazmuniga asoslanib, ularni takomillashtirish va ta’lim - tarbiyaviy xarakterdagi
talablarga moslashgan innovatsion o‘yinlar texnologiyasi tuzilib, qo‘lanma sifatida
barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilishi lozim. Ana shunda barcha
mutaxassislar bolalar bilan faoliyat olib borishda qiyinchilikka kamroq duch keladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk qadam Davlat
o’quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent 2022 y
2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida”gi VMQ 802-sonli qarori. 2020 yil
22 dekabr. https://lex.uz.
3.O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni.
2019 yil 16 dekabr. https://lex.uz.
4.O‘zbekiston
Respublikasining
Qonuni
“Ta’lim
To‘G‘Risida”
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son . https://lex.uz.
5.Prezident Shavkat Mirziyoyevning
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va
xalqiga murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr. https://president.uz.
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4312sonli qarori. https://lex.uz.
7.Ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim dasturini ishlab chiqishda taxminiy aso-siy
ta’lim dasturidan foydalanish bo’yicha metodik maslahatlar. Rossiya federatsiyasining ta’limni rivojlantirish instituti.
8.Tsay YE.F., Grosheva.I.V., Nazarova v.a., Ismailova.M.A. O’zbkiston Respublikasi
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari va
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturini qo’llash. Trenerlar UCHUN METODIK
QO’LLANMA. Toshkent, 2019 Y.
9.Tarasevich,
S.I.
Maktabgacha
Ta’limning
Hududiy
Tarkibiy
Qismi/
S.I.Tarasevich,T. I. Ivlicheva, Ye. V. Saltыkova. – Matn: Elektron Shaklda // Ta’lim:
O’tmish, hozir va kelajak: ii ilmiy. konf. materiallari. (krasnodar, 2017 yil fevral). –
Krasnodar
novattsiya,
2017
S.
36-38.
HTTPS://MOLUCH.RU/CONF/PED/ARCHIVE/211/11751/.
–
URL:
10.Parmonov B.E. (2018) Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda
xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari. “Science and Education” Scientific
Journal. 350-bet.
11.Yo’ldoshev J “Ta’lim yangilanish yo’lida” T.: Pedagog. 2000 y.
12.Ishmuxamedov.R.J. va boshqalar “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. T.:
Iste’dod. 2008 y.
13.Трайнев В.А. Интенсивные педагогические игровые технологии в
гуманитарном образовании., М.: Владивосток 2006 й.
14.Тоlipov.O’., Usmonboyeva.М. “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy
asoslari”. Т.: “Fan”. 2006 y.
15.Маdumarov.Т., Каmoldinov.М. Innovatsion pedagogic texnologiya asoslari
va uni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash. Т.: “Таlqin”, 2012 y.
16.Ishmatov Q. «Pedagogik texnologiya». Namangan 2004 yil.
17.Ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Osiyo taraqqiyot banki o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasi. Toshkent-2002 yil.
Elektron ta`lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet.uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Download