Uploaded by Mohinur Ochilova

Tarbiya va ijtimoiy hodisalar: Ma'ruza matni

advertisement
1-MODUL TARBIYA - IJTIMOIY HODISA
1- MAVZU: TARBIYA - IJTIMOIYLASHTIRISH OMILI. IJTIMOIYLASHTIRISH
TARBIYANING BOSH MAQSADI. IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONI VA
TARBIYALANUVCHI TOMONIDAN JAMIYATDA MAVJUD BO‘LGAN ME’YORLAR,
QADRIYATLAR, XULQ-ATVOR SHAKLLARINING O‘ZLASHTIRILISHI.
Reja:
1.1. Tarbiya- ijtimoiy institut. Tarbiya - ijtimoiylashtirish omili.
1.2. Ijtimoiylashtirish - tarbiyaning bosh maqsadi.
1.3. Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar,
qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi
1.4. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti, tuzilishi va vazifalari
Tayanch so’z va iboralar: tarblya, ijtimoiylashtirish, omil, me’yorlar, qadriyatlar, xulqatvor, tamoyil, totalitar, siyosiy.
1.1. Tarbiya – ijtimoiy institut. Tarbiya - ijtimoiylashtirish omili.
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy institutlarning bir butun tizimi mavjud. Ijtimoiy institut
jamiyat a’zolarining ijtimoiy resurslardan foydalanish jarayonida vujudga kelgan u yoki bu
ehtiyojlarini (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy va boshqa) qondirish uchun birgalikdagi
faoliyatlarining tarixan shakllangan shaklidir. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida jamiyat a’zolarining
ijtimoiylashuvini amalga oshirish, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarini targ’ib etish, ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish uchun sharoit yaratish umuman olganda jamiyatning faol a’zolarni yetishtirish
uchun paydo bo’lgan. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida muayyan jamiyatning muayyan rivojlanish
bosqichida paydo bo’ladigan fenomen hisoblanadi.
Har bir jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan bosqichlarda quyidagilarning
sodir bo’lishi kuzatiladi:
1. Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va
o’zaro munosabati o’zgarmay qoladi.
2. Tarbiya jamiyatdagi katta avloddan yosh avlodga qarab yo’naladi va borgan sari
ko’proq yosh guruhlarini qamrab oladi.
3. Ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’lim olishni,
keyinchalik ma’lumotli bo’lishni ajratsak bo’ladi.
4. Korreksion tarbiya paydo bo’ladi.
5. Totalitar, siyosiy va jinoyatga moyil jamiyatlarda g’ayri-ijtimoiy tarbiya amalga
oshiriladi.
6. Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi.
7. Tarbiyaning ahamiyati ortadi.
U jamiyat va davlatning alohida funksiyasi bo’lib qoladi va ijtimoiy institutga aylanadi.
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy, ijtimoiy,
korreksion tarbiyalar majmuasi; ijtimoiy rollar yig’indisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila
a’zolari, din arboblari, mintaqaviy, hududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar
guruhlar yetakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanktsiyalar yig’indisi;
tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida
ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega.
Tarbiyaning eng umumiy vazifalari quyidagilar:
 Jamiyat a’zolarida bir maqsad sari qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish va ular
tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bir qator ehtiyojlarning
qondirilishi uchun sharoitlar yaratish. Jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir
bo’lgan kadrlarni tayyorlash. Ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatni avlodlarga meros qoldirish
orqali ta’minlash. O’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini moslashishini ta’minlash.
Jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, kasbiy, etnokonfessial
guruhlar manfaatlarining uyg’unlashuvini ta’minlash. Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlarga
bog’liq asosiy faoliyati zamonaviy tarbiya tamoyillari asosida quriladi. \
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari - tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular
asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi.
Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati haqidagi g’oya
dastlab chex pedagogi Yan Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan. XVIII asrdan
boshlab u turli davlatlar pedagoglarining tadqiqot ob’ektiga aylangan. Bu g’oya XVIII asrda
frantsuz mutafakkiri Jan Jak Russo va rus pedagogi L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX
asrda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida o’z aksini topgan. Ijtimoiy
pedagogik nuqtai nazardan insonparvarlashuv tamoyili pedagogning o’z tarbiyalanuvchisiga, uning
rivojlanish jarayonida mas’uliyatli va mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo’lishini ko’zda
tutadi.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, Yoshlarning
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:
 tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo’lmish inson qay darajada g’ayri ijtimoiy qadriyatlarni
emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishini aniqlaydi;
 tarbiya inson o’zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, o’z sub’ektivligining
namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;
 tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi;
 tarbiya insonni muayyan Yosh bosqichlarida xavflar bilan to’qnash kelishiga yo’l
qoymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va
o’z-o’zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga,
g’urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarni tashuvchisi bo’lgan
insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yanada kengroq ma’noda insonparvarlashuv
tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishi, ijtimoiy taraqqiyot uchun
kurashda insonlarning birlashishiga ko’maklashadi.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‟unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi haqidagi
g’oya antik davrlarda paydo bo’lgan va bizgacha Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib
kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi tamoyilni XVII asrda Yan Amos Komenskiy
ta’riflagan va u XVIII-XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX asrda tabiat va inson
haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda
rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol
oynadi. Noosfera – rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda
insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning o’zaro aloqasini ilmiy
tushunishga, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning umumiy qonunlari bilan mos kelishiga,
insonning yoshi va jinsini hisobga olgan holda tarbiyalashga, shuningdek uni o’z rivojlanishiga
o’zini javobgar etib tarbiyalashga va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini shakllantirish uchun
mas’ul ekanligini ko’zda tutadi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga ko’ra
inson:
 o’zini borliqning bir bo’lagi deb sezishini;
 roy berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global muammolarni
tushunishini;
 o’zida noosfera uchun mas’uliyatni sezishini;
 o’zini noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishini hamda tabiat, planeta va biosferaga
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko’zda tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili. Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati
g’oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr), fransuz mutafakkiri Klod Gelvetsiy (XVIIIasr) va
shvetsariyalik pedagog Iogann Pestalotstsi asarlarida yaqqol namoyon bo’ladi. XIX asrda nemis
pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan berilgan ta’rifga asosan tarbiyaning madaniyatgamuvofiqlik
tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlariga asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning
qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini ko’zda tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o’z oldiga bolalar va o’smirlarga xalq hamda
jamiyat madaniyatining turli yo’nalishlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishni maqsad
qilib qoyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy,
axloqiy yo’nalishlari nazarda tutilmoqda.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi
madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda.
Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda esa turli ijtimoiy kasbiy guruhlar
orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar
o’rtasidagi muvozanatni saqlash tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining
xilma-xilligi bilan aniqlanadi. Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va
lokal sharoitlarni inobatga olib, insoniy, yosh, differentsial va individual yondashuvlar asosida
manaviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy tarbiyaning
variativligi tamoyilining ta’rifini XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab roy bergan ijtimoiy-siyosiy
o’zgarishlar sababli asoslash imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlar insonning jamoaviy guruhlar
hamda jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda individual maqsadlarini
tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun
sharoitlar yaratish kabilar bilan izohlanadi.
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:
 turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik qatlamlarning
ijtimoiy-kasbiy talablarini, hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun
turli xildagi tarbiya muassasalarini tashkil etish;
 ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarini tashkil etish;
 mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish;
 inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini
tanlashdagi
imkoniyatlarini
kengaytirish
uchun
sharoitlar
yaratish.
Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning
ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro
munosabatlarida roy beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa
tomondan esa bolalar va o’smirlar jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida kirib boradi. Jamoa
tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan, uningnazariy
asoslari esa XIX asrdan boshlab pedagogik nuqtai nazardan jadallik bilan ishlab chiqilgan.
Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va
insonning o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi
tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra
ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa
jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi
suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida,
keyinchalik esa bir qator pedagoglarining asarlarida o’ziga xos rivojlanishga erishdi. So’nggi o’n
yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni
pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga
olib keldi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar,
o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar
(aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
 dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
 ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar;
 tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi tamoyili tarbiyachi va
tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir
xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida
birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi.
Tarbiyaning davomiyligi tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan
kelib chiqadi. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual
va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirning ijtimoiy rivojlanishida
doimo davomiy va tugallanmaydigan jihatlar mavjud bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro
munosabatda bo’la turib, ular doimo innovatik xususiyatini saqlab qolishadi ( Masalan, L. Tolstoy
hayoti davomida unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi). Tarbiyaning
davomiyligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson
“qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga
olish va ularning ta’minlanishi ijtimoiy pedagogikada ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri
hisoblanadi.
Fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy – tarixiy,
milliy ma’naviy – madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to‘la rioya etgan holdagina
rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam-shaxs sifatida shakllanadi.
Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoish
eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs
sifatida ijtimoiy mavqega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy
faoliyati bir-biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko‘ra, mazmuniga ko‘ra va ish metodiga ko‘ra
yuz beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Bu xavf-hatarini bartaraf etish uchun
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy istiqlol g‘oyasini joriy etish
masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish, differensiatsiyalashgan
psixologik-pedagogik dasturni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur.
Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘qitish, tarbiyalash,
targ‘ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda qo‘shish, ya’ni ma’naviy – mafkuraviy, ma’rifiy
faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy
pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishda xaqiqiy
jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar.
Ijtimoiy pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri - soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy
pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi
tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi.
1.2. Ijtimoiylashtirish - tarbiyaning bosh maqsadi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotgaasoslanadi.
Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat
rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot
sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir
etadi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa
fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o`zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga
yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo`lsa, u jamiyat a’zosi sifatida
kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o`ziga munosib o`rin egallaydi. Chunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to`g`ri ko`rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar
jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to`g`ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi
omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo`lib, uning shakllanishi ijtimoiy
munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan
olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me‘yorlar mohiyatini o`zlashtiradi. Jamiyatning
a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo`lga
qo`yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo`lida ham atrofdagilar bilan
munosabatga kirishadi.
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo`la olmaydi. Buning misoli sifatida
R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo`lsada,
ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko`nikma va malakalari shakllanmaganligi bois
odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan o`yin, mehnat va o`qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil
etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina
emas, balki o`zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa
orasida bo`lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o`rni va roliga alohida
e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini
yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o`zgarishlar,
jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning
shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo`lgan
mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta‘kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini
uqtiradi.
Shuningdek, alloma o`qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida
bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo`lish, ularning
yordami va qo`llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo`lidagi
amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa
shaxsning rivojlanishida o`zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy
muhitdagi roli va o`rnini belgilab beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uning turli xil va ko'p sonli omillar, guruhlar, tashkilotlar bilan
o'zaro munosabati jarayonida rivojlanadi, ular orasida maktab alohida o'rin egallaydi. Maktab
olimlari va o'qituvchilari eng muhim o'quv muassasalaridan biri bo'lgan sotsializatsiya
mikrofaktorlari qatoriga kiradi. Ma'lumki, maktab inson sotsializatsiyasining uch yosh bosqichlarini
qamrab oladi: boshlang'ich maktab yoshi (6-10 yosh), o'spirin (11-14 yosh), erta yoshlik (15-17
yosh). Bu davrda shaxsning shaxsiyati rivojlanishi tobora rivojlanmoqda, bu maktabga katta
mas'uliyat yuklaydi.
Bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida maktab, birinchi navbatda, shaxsiyatni har
tomonlama barkamol rivojlanishi uchun, A. Mudrik tomonidan ta'kidlangan barcha uchta guruhni:
tabiiy-madaniy, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-psixologik vazifalarni tizimli ravishda birlashtirishi
kerak. Bundan tashqari, har bir yosh bosqichida ularning o'ziga xos tarkibi va muammolarni hal
qilish usullari hisobga olinishi kerak. Agar boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar uchun tabiiymadaniy va ijtimoiy-madaniy vazifalar katta ahamiyatga ega bo'lsa, o'smirlik davrida, bola uchun,
ijtimoiy-psixologik vazifalar hayot faoliyati va hayotni tasdiqlash jarayonida hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Bu maktablarning maqsadlaridan birini nazarda tutadi: bolani sotsializatsiya qilish
vazifalarini aniqlashda yordam berish, pedagogikaning, ijtimoiy psixologiyaning barchausul va
usullarini o'z ichiga olgan holda ularni hal qilish yo'lida yordam berish. Mudrik A.V. Ijtimoiy
pedagogikaga kirish. - M, 1997, 101-bet
Maktabdan tashqari, ma'lum bir odamlarga bevosita ta'sir ko'rsatadigan mikrofaktorlar
qatoriga oila, tengdoshlar guruhlari, mikrosotsium va boshqa o'quv va ta'lim tashkilotlari kiradi.
Maktab bolalarni sotsializatsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan mikrofaktorlar bilan faol o'zaro
munosabatda bo'lishlari, ularning bolaning shaxsiyatining rivojlanishiga ta'sirini hisobga olishlari
shart. Shu bilan birga, maktab, boshqa ta'lim muassasalari singari, V.G. Bocharova ko'ra, jamiyat
tartibini amalga oshiradi - bu jamiyatning, davrning talablariga mos keladigan shaxsnishakllantirish,
yosh avlodni tarbiyalash, o'qitish va tarbiyalash ushbu ijtimoiy sharoitlarga imkon qadar ko'proq
imkon beradi. ular yashashadi va ishlaydi. Bocharova V.G. Ijtimoiy ish pedagogikasi. - M., 1994,
94-bet
1.3. Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud bo'lgan
me'yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o'zlashlirilishi.
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani
egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola
boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga
chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning
individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiyahamiyatga
ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurishturishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro
bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni
o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda
ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari
bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga
moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va
natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir.
Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va
natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan
bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit
beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlario’rtasida
tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs
va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli
ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga
oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal
olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor
me’yorlarini o’zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z
ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga
jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va hodisalar o`rgatiladi. Bu jarayonda o`quvchi
jamiyatga «kirishadi» va u bilan o`zaro munosabatda bo`ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim,
qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat
rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini
ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash,
uning a’zosi bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga
maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan,
shaxsning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko`rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni
o`rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat
talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning
individual rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda
ba’zan aksi ham bo`ladi: to`liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan,ammo muhitda ba’zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko`rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko`p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o`qituvchilar hamda otaonalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g`oyasi yordamidagina bartaraf
etilishi mumkin.
1.4. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti, tuzilishi va vazifalari
Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti -ijtimoiylashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalar, ularga
aqliy, pedagogik-psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan
va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo‘l qo‘yiladigan bolalar, ular hammasi jamiyatining
alohida yordamiga muhtojdir.
Ijtimoiy pedagog - faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini
tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek
tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan
mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni
vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega.
Fan bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar mavjud
dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida
tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar
yanada umumiy, fundamental «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalardan
mazkur fanda ishlatiladigan qaratilgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada
farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy
pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu
xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy pedagogika
mezonlarini ko‘rib chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika)
boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz.
So‘ng u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini qaysi tushunchalar o‘zinikiligini bilish uchun
pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz.
Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʼrganish, jamiyatning
ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari,
texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qoʼllashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʼrganadigan,
mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va taʼlim usullari hamda texnologiyalar bilan taʼminlaydigan fan
sifatida taʼrif bersak ham boʼladi.
Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir
nechta boʼlimlardan iborat. Bu boʼlimlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat
turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish boʼyicha muayyan tavsiyalarni
berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani
ijtimoiylashuv tarkibi sifatida oʼrganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan
foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga taʼsir etish mumkin boʼlgan ijobiy taʼsirlarni
kuchaytirish, salbiy taʼsirni kamaytirishning usullari va yoʼllarini izlab topish imkonini beradi.
Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan oʼzlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi
tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yoʼllarini qidirishga asos boʼlishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va
bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy
tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya maʼlumotlarini inobatga olib individual, guruhli,
ijtimoiy subʼektlar nima ekanligini va ular oʼzaro qanday munosabatda boʼlishlarini oʼrganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli
yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya subʼektlarining oʼzaro munosabati
samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi
usullari va metodlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga
boʼlgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin
boʼlgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu boʼlimda ijtimoiy tarbiya
boshqaruvi ham koʼrib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega.
A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib koʼrsatadi: nazariy, amaliy va insonparvarlikka oid.
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogika oid bilimlarni toʼplab zamonaviy jamiyatda oʼrganayotgan
jarayon va hodisalarining toʼliq tasvirini nazariy jihatdan yoritib berishda namoyon boʼladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliypedagogik va psixologik
yoʼnalishlardagi taʼsirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bogʼliq. Amaliy
vazifalarga quyidagilar kiradi:
1) bola (oʼsmir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, oʼzaro tushunishga muhabbatni
tarbiyalash;
2) inqirozli holatlardan mustaqil chiqib ketish maqsadini qoʼyish, chiqish yoʼllarini aniqlash,
atrofdagilar bilan muloqot qilishni oʼrganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash;
3) atrof-muhit,
inson, uning jismoniy va maʼnaviy xususiyatlari, jamiyatdagi
huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4 )gʼurur, mustaqillik, oʼziga ishonch hissini rivojlantirish;
5 )bola (oʼsmir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish.
Bunda ijtimoiy pedagog oʼz tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek,
u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va
jamiyat oʼrtasidagi nizolarni yechishga oʼrgatishi kerak. Bu vazifalar yaxshilik qilish, oʼz hayotini
tashkil etishga oʼrgatish, oʼziga xoslik va iqtidorni tashkil qilishga rivojlantirishda oʼz aksini topadi.
Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida oʼz-oʼzini takomillashtirish uchun sharoitlar
yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qoʼyilgan maqsad va
vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda oʼz ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy
pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog oʼrtasidagi munosabatlarni qattiqqoʼllik emas,
oʼzaro tushunishga asoslanishida koʼrinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy,
axloqiy va maʼnaviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga
yordam berishdan iborat.
Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng
foydalaniladi, masalan «Shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoilashuv),
«jamiyat». Uning asl mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o‘qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda
shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika
asl mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi.
«Prinsip» so‘zi lotincha «principim» so‘zidan hosil bo‘lgan «asos», «boshlanish» ma’nosini
bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan o‘z prinsiplari mavjud. Ijtimoiy pedagogika
pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi.
Pedagogikadagi prinsiplar Shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq
pedagogik vazifalar hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, shu fan rivojlanishining har bir
davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr hambundan
mustasno emas. Olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izohlaydi.
Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning
dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi
qadamlarini qo‘ymoqda.
Biz 3 ta prinsipni ko‘rib chiqamiz.
1. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip.
2. Tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi.
3. Gumanizm prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga
va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagok o‘z amaliy faoliyatida bolaning tibbiy
holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor slavyan
pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng
asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi
sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblanadi.
Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham
shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning
uslubiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o‘spirinlar va yosh
yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi,
asoslaydi va ko‘radi.
Komenskiydan ancha ilgari sharq uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va
mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish haqida
gapirgan edi.
Masalan «Uy ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot,
shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi.
«Yolg‘on hislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqsiz insonni
qayta tarbiyalomoqchi bo‘lsa unda u uni har tomonlama o‘rganishi, insonning tabiati qoidalarini
bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar
tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari ko‘rish asosi sifatida olingan edi.
Masalan, fransuz falsafachisi Jan Jak Russo hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan
uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozadiki, «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola
bo‘lishi kerak».
Shved pedagogi Iagon Genrix Pestalotssi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va
bolalar o‘yini yaratgan, u hisobladiki, tabiat maqsadi inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini
rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim.
Nemis olimi pedagogi Adolf Disterverg ham I. G. Pestalotssi ketidan bu prinsipni eng
muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, ta’lim-tarbiya jarayonida
bolalarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim.
Tarbiya bilan uyg‘un bo‘lishi Rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan.
Ushinskiy o‘zining asosiy «Inson - tarbiya predmeti sifatida» degan psixologik-pedagogik
asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplarini bilish, balki inson
tabiati asosiy qonunlarini bilishi, ularni har bir bola uchun tadbiq qila olishi lozim. Ushinskiy
fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini
asoslab berdi, uning asosi so‘zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy hislari, didaktikani
o‘rganishga o‘tish mumkin.
Sharq uyg‘onish davri mutafakkir ensiklopediyachisi Abu Nasr Farobiy (873-950).
Pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarida ta’riflagan ediki, Inson
tabiatning eng oliy mavjudoti, u atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.
Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yoxud ahloq» degan asarida turli shaxs
axloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan
pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin.
Pedagogika mustaqil fan sifatida Y. A. Komenskiyning «Buyuk didaktika» (XVII asr)
degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari
aniq ta’riflangan.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib,
quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bolalar xususiyatlarini e’tiborga olish;
- me’yoridan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual
xususiyatlarini e’tiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un
bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik
mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va
rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib ketishadi. Antik
jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur
bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari va
ensiklopedayachilari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham
tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi, shaxs madaniyati orqali shakllanadi, har qanday
madaniyat asosan boyligi esa insondir. O‘tmishi falsafachi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat
yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg‘un
bo‘lish prinsipi pedagogikada A. Disterverg (XIX asr) tomonidan ilgari surilgan. U hisoblardiki,
tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini ya’ni inson tug‘ilgan vaqt va joyini, bir so‘z bilan
aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olishga zarur
Nazorat uchun savollar.
1. Ijtimoiy pedagogika alohida fan sifatida
2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy prinsiplari o‘z ichiga nimalarni oladi?
3. Ijtimoiy pedagogik faoliyat deganda nimalarni tushunasiz?
4. Pedagogik sotsiologiya to‘g‘risida olimlarning qarashlari haqidagi fikringiz.
5. Bolaning rivojlanishi qanday yo`nalish asosida amalga oshiriladi?
6. Ijtimoiylashuvning bola tarbiyasidagi ahamiyatini yoriting.
7. Bolaning jamiyatga integratsiyalanishini tushuntiring.
8. Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o`rni va roli haqida qanday
fikrlar bildirishgan?
9. Ijtimoiy dezadaptsiya nima?
10. O`z-o`zini tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. O.U. Xasanboyeva va boshqalar Maktabgacha ta’lim pedagogikasi “Ilm-ziyo” T: 2006 y
3. F.Qodirova va boshqalar Maktabgacha pedagogika “Tafakkur” T: 2019 y
4. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
5. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
6. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
7. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
2- MAVZU: BOLALIK - INSONNING IJTIMOIY HAYOT ME’YORLARINI
EGALLAY BOSHLASH DAVRI. IJTIMOIYLASHTIRISHNING OMILLARI (MAKRO,
MEZO VA MIKRO OMILLAR) VA MEXANIZMLARI.
Reja:
2.1. Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.
2.2. Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlari.
2.3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni
Tayanch so’z va iboralar: makro, mezo va mikro omillar, ijtimoiy hayot me’yorlari,
mexanizmlari.
2.1. Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib
va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti
davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni
o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga – bo‘yinning o‘sishi, vaznining
og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi
kiradi. Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning
shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkibtopishi hisoblanadi. Odam
bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning
xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning
fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli
vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "Shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan
farqli o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan
muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson
ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa
olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, iymonli
bo‘lishi, insonni Shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq
bo‘ladi. Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson
rivojlanishi juda qiyin protsess.Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga
ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashqi faktorlarga: Insonni
o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda ma’lum Shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga
qaratilgan maqsadli yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson
rivojlanishga ta’sir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi.
Bolaning rivojlanishi prosessida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport
va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi ota-onasi, aka-ukasi, qarindoshlari do‘stlari va
boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy
ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda
kattadir. Bolaga global o‘y, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelibko‘r,
soqov ya’ni nuqsonli bolalarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch
apparat buzilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda. Lekin bolani
ijtimoiylashtirishda protsessida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro
faktorlar, makro faktorlar, mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati
juda kattadir. Bolaga eng yaqin bo‘lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil
to‘garaklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. U faqatgina bu sotsiumdan
o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka
yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Bolaning sotsiumda
rivojlanishiga ijtimoiy maqom Shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma,
orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish
va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat
va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq
takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga
muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo‘lishi
bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. A.
Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan shunday degan edi: Tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot,
yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu
alayxu vasallam : «Insonlarning qarami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi ahloqdandir, demishlar». Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik,
o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘sish nihoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida
ham jismoniy ham ruhiy jihatdan o‘sishi va o‘zgarishi tufayli Shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda
ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat
a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib
o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham L. I. Bojovich odam shaxs bo‘lishi uchun u psixik jihatdan
rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i, o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan
farq qilmog‘i kerak degan edi. Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam
boshqasidan o‘zini mijozi fe’l-atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanishga darajasi, ehtiyoj va
ko‘rsatishlari bilan farq qiladi. Bular odamning Shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu
xususiyatlarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya cho‘qqisiga erishgandan so‘ng, inson shaxs sifatida
o‘zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea va
hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazarga ham ega bo‘lmog‘i kerak. Bu ham Shaxsni birini
ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir. Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi.
Aniqrog‘i har bir odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha
ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshqalardan ajratib
turadi. Shaxs xaqida gapirilganda, tabiiy holatda shunday savol tug‘iladi. Har qanday odam shaxs
bo‘la oladimi? Shaxs bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak? Bu savolga shundayjavob berish mumkin.
Insonning sotsial mavjudot sifatida Shaxsga aylanishi uchun eng avvalo, ijtimoiy hayot tartiblari va
yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va Shaxsga
aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish natijalari
asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, quyidan
yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi holatga o‘tish, yangilanish yangining
paydo bo‘lishi va eskining o‘lib borishi, miqdor o‘zgarishning sifat o‘zgarishga olib keluvchi
murakkab harakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham
rivojlanishning asosiy manbai qaramakarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning
munosabatlar doirasiga nafaqat o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga,
mehnatta bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining
qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z haqidagi Vataniga,
umuman butun borliqdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsuli
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi
deb qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun avvalo uning xalqiga
ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, Shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Buning
uchun turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina Shaxsning ijtimoiy
xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlar ro‘yobga chiqadi. «Har bir inson, degan edi Forobiy: o‘z
tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga
muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun
insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni birbirlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim
bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish,
Shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga Shaxsiy farqni ularning
ruhiy holatining turlicha namoyon bo‘lishini, xulqi va qarashlaridagi farqni qaysi omil belgilaydi
degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki
tarbiya omilimi qaysi, biri yetakchi rol o‘ynaydi degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu
savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. Xozirgi kunda ham bu
masalaga turli nuqtai nazarlar bildirilmokda. Ochikrog‘i, fanda odamning Shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga
munozara ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki
bir-biriga qarama-qarshi nuqtainazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining Shaxs sifatida
rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa
ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining
fikricha odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish
va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning miqdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona ajdodi
avlodajdodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu
nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bundayilmiy
faraz fanda biologik yo‘nalish deb ataladi. Bu yo‘nalishning dastlabki namoyondalari qadimgi
Yunon olim va faylasuflari Aristotel, Platon, Suqrot va Demokritlarning pedagogik qarashlarida o‘z
aksini topib, ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan hukmron bo‘lishga, biri kambag‘al, biri
boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib, bu ollohning irodasi deb sabr-toqat qilishga da’vat etilgan.
Taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizq-ro‘zini, umrini o‘lchab bergan. Shu
jumladan insonning kelajakda qanday inson bo‘lishi ham ularning nasliy sifatlariga ko‘p jihatdan
bog‘liq deb ko‘rsatganlar. Aytish joizki, xuddi shunga yaqin nuqtai-nazarni XVII asr falsafasida
vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam
bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini chegaralab qo‘yishadi. Inson Shaxsi va uning xulq-atvorning
rivojlanishiga naslning rolini yuksak baholagan yana bir oqim «bixeviorizm» bo‘lib, u XX asrning
boshlarida keng tarqaldi. Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan
yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori
mexanik stimullari organizmda bevosita tug‘diradiga ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan
mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, Shaxsning barcha
xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, go‘yo odamning
«ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi»
bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va Shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini
ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atoqli vakili D.Dyui va
uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb
izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima
bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya
tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatnio‘zgartiradi»
- deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy
etib borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi. Uning shaxs sifatida
shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham
o‘z holi va o‘z o‘rni bilan muhim rol o‘ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini
pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy
nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy tuzilgan mahsuli. Uning
mohiyatini ijimoiy munosabatlarning tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy
sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy
ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, Shaxs sifatida
rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida
qo‘llaydilar. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit ungabo‘layotgan tarbiyaviy
ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli Shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi. Demak, odam
Shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘zi o‘rtasidagimurakkab aloqa ta’siri
ostida ro‘y beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Pedagogik va psixologik oqimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish
bilan birga muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baxho berishadi. Zotan, shaxsning kamolga
yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga
o‘zgarmas xususiyatlargina o‘tadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik
kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga
mustahkamlanib borishi nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos
xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular
insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi muhim rol o‘ynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tug‘ma
layoqatlar bo‘lsayu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti
bo‘lmas ekan inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘qdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola
o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat yerga ko‘rinib,
rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘q bo‘libketishi mumkin. Mana
shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘lato‘kis hayot sharoitiga bog‘liq. ekanligini ko‘rsatadi. Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining
rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tish kerakki,
sharoit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin. Butun jahonga ma’lum va mashxur O‘rta Osiyoning
buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa. biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib
tug‘ilmagan, balki ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti, qolaversa oila muhiti ularning
mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning
ma’nosi, ideal va voqelik, axloqiy xaqiqat burch va borliq, axloqiy hayotda obyektivlik va
subyektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadr-qimmat singari axloqiy
sifatlarning o‘ta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo‘ladi.
O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari qadr-qimmati, insoniylik yangi va yuksak bosqichga
ko‘tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil haqli ravishda tarbiyada inson qadr-qimmatining
buyukligi haqida gapirib shunday deydi; - «Xazrati insonnnng hurmatextiromga sazovor ekanligini
tan olmagan har kim mal’undir». Darhaqiqat bunday insonlar qadriyatlarimiz dahlsiz bo‘lishi imom
Buxoriy, Farobiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, So‘fi Olloyor, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bedil, Ahmad Donish va boshqa ko‘pgina
mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning
didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun
talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi Individning sotsiumga kirishi
murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat
ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar,
tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - Shaxsning o‘z ijtimoiy
tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining
samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng
muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik – Shaxsning ijtimoiy
jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir.
Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir
ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning
jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intellektual
qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasligiga olib borar edi. Binobarin, Shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy
jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi.
Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda Shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni
jamiyatdagi o‘z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam
edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni haqidagi tasavvuri bilan real mavqei o‘rtasida farq bo‘lgan bir
sharoitda ijtimoiy maqomni Shaxsiy talablar, qobiliyatlar va qadriyat yo‘nalishlariga muvofiq
o‘zgartirish mumkin emas edi.
2.2. Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlari.
Ijtimoiylashuv omillari.
Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, Yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli
shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil
deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli
emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo’linadi;
1. Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik,
ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari
orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi.
2. Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi
aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
3. Mezoomillar (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u
yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shartsharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu
hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
4. Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan
Shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli
ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan
mustaqil o’rganishning iloji yo’q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda Shaxs rivojlanishining asosiy
omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillarajratib ko’rsatiladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat
deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik, xususiyatlarning o’tishi tushuniladi.
Irsiyatga ko’ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari,
shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o’tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib
turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. SHuningdek irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan
nerv xusuiyatlari ham o’tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat
sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko’zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko’ra
qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo’la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo’lishi uning
hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog’liq.
Ota-onadan bolaga o’tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya,
daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o’rganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar
ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo’lib tug’ilayogan bolalar soni
ko’paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og’ir
kechadi. SHuning uchun ularga o’qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar
ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar shug’ullanishadi. Bu bolalar o’z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy
muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi.
SHuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga
tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning
ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo’ladi. Bu jarayon Shaxsning ijtimoiy
ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi
orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir. U ayniqsa
bolalik va Yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy
me’yorlar o’zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik
bilan o’zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi
yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya
muassasalari, turli ko’ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi”
kengayib boradi. Bola qanchalik ko’p muhitlarni o’zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini
egallashga harakat qiladi. Bola doimo o’zi uchun qulay bo’lganuni yaxshi tushunadigan, unga
hurmat bilan munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muhitdan
boshqa muhitga ko’chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba to’plashida
ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o’rganish ob’ekti
hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini
o’rgandilar.
2.3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni.
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga
integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi
tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir.
Muhit-inson kirishishi, o’zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo’lgan
ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari
bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi,
muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z
talablarini qo’yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin.
Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob
berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan
belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. Masalan, ayol
ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan
talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi
muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi.
Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi,
familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom
deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi.
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim
olgan va bu soha bo’yicha diplomga ega bo’lgan Shaxs erishishi mumkin. YUqoridagi maqomni
qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar
holatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u Shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. Shuning uchun
inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni
o’zlashtirish Shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi
jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy
norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanishi
va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday
rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek
bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir.
Bolalar bog’chasi va maktabda sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa
a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini
bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat,
kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana
olishni bola Yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z Vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan fahrlanish,
vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. Shu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa
rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang’ich kasbiy bilim
yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo’ladi. Katta shaharlar
ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin.
Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular
orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga
kattalar undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga
muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda Shaxsning ijtimoiy muhit
sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi.
Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada
faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala
sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul
qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “men”i obrazini
shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu
jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Nazorat savollari
1.Nima uchun tarbiyachi bolaning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilishi lozim?
2.Tarbiya qachon vujudga keldi?
3. Tarbiya haqida mutaffakkirlarning fikrlarini izohlang.
4. Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlarini ta’riflang.
5.Tashqi va ichki omillarning ijobiy va salbiy ta’sirini bugungi kunda qanday ko’rinishlari
mavjud?
6. Ijtimoiy maqom nima?
7. Pozitiv va salbiy rollar haqida ma’lumot bering.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
3. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7.A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8.Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
3- MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. IJTIMOIY PEDAGOGIKA
TA’RIFI, TUZILISHI VA VAZIFALARI. IJTIMOIY TARBIYA (KCNG VA TOR
MA’NODA) TUSHUNCHASI. IJTIMOIY TARBIYADA MAHALLANING O‘RNI .
Reja:
3.1. Ijtimoiy pedagogika ta’rifi, tuzilishi va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya (keng va tor ma’noda)
tushunchasi.
3.2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
3.3. Ijtimoiylashuv agentlari, ijtimoiylashuv mexanizmlari.
3.4. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni.
Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy pedagogika tushunchasi, tabaqalashuv va ixtisoslashuv
jarayoni, tarbiyalash qonuniyatlari ijtimoiylashtirish qonuniyatlari
3.1. Ijtimoiy pedagogika ta’rifi, tuzilishi va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya (keng va tor
ma’noda) tushunchasi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda.
Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida
faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga
o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida
o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa,
matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. O’zbekiston tarixiy
pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy
pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo’ladigan g’oyalar mavjuddir. XIX asrda o’zbek
ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy
pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy
pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qoyildi. Ijtimoiy pedagogikaning
tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida roy bera boshladi. Uning qayta “tug’ilishi” ijtimoiy
pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan
foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat
yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko’paytirish
yoki kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam
ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq ijtimoiy pedagogika
sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmagani bu ikki soha bir-biridan alohida
ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga ta’sirini
ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rifni 66 barish ancha
murakkab hisoblanadi, ammo Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat
qiladilar. Masalan, Y.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o’qitish
nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha
Yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogika”dir. V.D.Semenov “Ijtimoiy
pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya
jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “Pedagogika”
darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi
fandir”. M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif
bermoqchi bo’lgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan”
tushunchasining o’zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat
ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ijtimoiy
pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ya’ni
“Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U
fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida
tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan
sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika, kasb-xunar
pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’ldi.
Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika
singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o’rganadi. Biroq ular o’ziga xos yo’nalishlarni va
xususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida
mujassamlashtiilgan. “Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar
orasidagi o’zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog’liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu
degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy
pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo’shilishi(integratsiya) bilan bog’liq
xodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani
qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi.
Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash
orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy
pedagogikaning ham ob’ekti - bu bola, biroq o’rganish predmetlari turlicha.
Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy
pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash
lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o’ziga xos vazifalari tufayli
uzoqlashish roy berdi. Umumiy pedagogikaning o’ziga xos vazifasi ta’limtarbiyadir. Bola va
bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ijtimoiy
pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, insonlar birbirlari bilan qanday
muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy
masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha
tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy
pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy
faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya,
“Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash
va boshqalar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan
munosabatida namoyon bo’ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig’i haqidagi
masalalarini o’rtaga qoyadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan
tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson vauning
tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi. Bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni
uchratsak bo’ladi. Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining
umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning
axloqiy faoliyatini tahlil etadi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi,
tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Sotsiologiya va
ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning paydo bo’lishi,
rivojlanishi, faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika
ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib, sotsiologik ma’lumotlarga murojaat etadi va ulardan
o’z o’rnida foydalanadi. (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq,
ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi). Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika.
Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar
ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanish
qonuniyatlari, etnik steriotiplarni o’rganuvchi bilim sohasidir. Ijtimoiy psixologiya va
etnopsixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi
ma’lumotlar, etnosda ma’lum yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilovchi
omillar, ijtimoiylashuvda tarbiyaning etnik xususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganadi. Ijtimoiy
tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga
olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini belgilashda, tarbiya tizimini
tashkil etishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos
keladigan, etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasining ijtimoiy tarbiya tizimida
foylanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik
xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir. Ijtimoiy va yosh
psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy psixologiya inson va guruhlar faoliyatiga
psixologik tasnif berish bilan birga insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib
chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlarini ham ham o’rganadi. Yosh psixologiyasi
inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlarini, shuningdek shaxs rivojlanishiningyoshga bog’liq
omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik)
muammolarini o’rganishda ijtimoiy tarbiya metodikasi va texnologiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy
va Yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika ilmiy
tadqiqotlarning fanlararo bog’langan sohasi hisoblanadi. Uning asosini pedagogika, pedagogika
tarixi, pedagogik usullar va vositalar tashkil etadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari
sotsiologiya fani tomonidan ham o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik
nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy
pedagogika o’zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqmoqda. Yuqorida
bayon etilgan ma’lumotlar asosida Y.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy
pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi
qonuniyat-larini o‟rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy
pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‟llashga
qaratilgan pedagogika sohasi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi
qonuniyatlarini o’rganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari hamda
texnologiyalar bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning
sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu
bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida
xarakterlashga va uni mukammallashtirish boyicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
70 Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to’qnashuvidan kelib
chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan, ijtimoiy
tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish,
ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning
qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi
ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida
o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish,
ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish,
salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda,
ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni
birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy
tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiyanazariyasi
ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya
ma’lumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy sub’ektlar nima ekanligini va ular o’zaro
qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi. Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning
ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli Yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya
sub’ektlarining o’zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. Ijtimoiy
tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va
metodlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning
“inson kapitali”ga bo’lgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda
foydalanishi mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu
bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida
bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko’rsatadi: nazariy, amaliy
va insonparvarlikka oid. Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogika oid bilimlarni to’plab zamonaviy
jamiyatda o’rganayotgan jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini nazariy jihatdan yoritib berishda
namoyon bo’ladi. Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga
tashkiliypedagogik va psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini
aniqlash bilan bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1)bola (o’smir) ongida yaxshilik,
adolat, yaqinlariga, ijodga, o’zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash; 2)inqirozli holatlardan
mustaqil chiqib ketish maqsadini qoyish, chiqish yo’llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muloqot
qilishni o’rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash; 3)atrof-muhit, inson, uning jismoniy va
ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4)g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish; 5)bola (o’smir)da oila, maktab,
tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish. Bunda ijtimoiy pedagog o’z
tarbiyalanuvchilarining Yosh xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, u bolaga ijtimoiy
munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat
o’rtasidagi nizolarni yechishga o’rgatishi kerak. Bu vazifalar yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil
etishga o’rgatish, o’ziga xoslik va iqtidorni tashkil qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi.
Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida o’z-o’zini takomillashtirish uchun sharoitlar
yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qoyilgan maqsad va
vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda o’z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy
pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog o’rtasidagi munosabatlarni qattiqqo’llik emas,
o’zaro tushunishga asoslanishida ko’rinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy,
axloqiy va ma’naviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga
yordam berishdan iborat. Y.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiy reabilitatsion vazifalarini ajratadi. Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga
qo’shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishida ekanligini
ko’zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning
huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar
ishini takomillashtirish tashkil etadi. Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy
nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni
ijtimoiy pedagog bajaradi. Shu bilan birga Y.V.Vasil’kova vazifalarning yanada
kengroq tavsiflarini ham beradi:  falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish,
inqirozdan chiqish yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlashi; bola(o’smir)ni, uning
holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganishi; bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi
turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili; ijtimoiy pedagogikaning ijobiy
tajribalarini tahlil qilishi, tarqatishi, targ’ib qilishga qaratishi; u bola (o’smir) faoliyatini o’z-o’zini
tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi
; ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning muammolari, huquqlariga
aloqador tashkilot va mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanishi; ijtimoiy tarbiyaning
turli muammolarini o’rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.
3.2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Har bir fanni shu fanning o’rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi.
Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni
bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o’zgaruvchanligi va ko’p qirraliligi tufayli
tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga
bog’liq ravishda o’zgaradi. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga
birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo’llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy
ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta‟lim.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy
xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko’p bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek, uning
jamiyatga ko’nikishiga yordam beruvchi turli ko’nikma va malakalarni ham o’zlashtiradi. Bu
jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh Yoshgacha uning keyingi
hayotida o’z aksini topuvchi nihoyatda ko’p bilimlarni oladi. Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib
turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va
nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o’zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv
jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor,
pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo’lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va
yaxshiroq o’zlashtirishlari, ularni hayotda qo’llashga intilishlari aynan ularga bog’liqdir. Buning
ijtimoiy pedagogika bilan bog’liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish
jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o’zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u
muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko’nikma va malakalarni qo’lga kiritadi. Bu bilim, ko’nikma
va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo’lganda juda zarur bo’ladi
Ijtimoiylashuv tushunchasi. "Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqxisodiyotdan kelib chiqqan. U
siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan.
"Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo’lib amerikalik sotsiolog F. G. Keddings
insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin
ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy
hayotgatayyorlashdir” degan fikrni bildiradi.
XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi
hamda fanlararo boglanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli
konsepsiyalarini ta,\lil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkoniniberadi:
— subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi sifatida qaraladi (E.
Dyurkgeym, T. Parson );
— subyektiv-subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy
holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning \ozirgi talablariga ikkinchi
yondashuv ko‘proq mos keladi, Chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni
o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy
moslashuvi uning bilishga bulgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu
www.ziyouz.com kutubxonasi bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga
xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va
vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning
faqat o‘ziga tegishli bulgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi,
uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega buladi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bulgan ikki yo‘nalishda olib boriladi:
moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik,
nisbatan uziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda
inson Shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning
aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi)
ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi.
Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.
PiaJe, R. Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muqit talablariga insonning munosabat bildirishidir.
Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va
natijasidir. Individuallashuv insonning obyektiv ehtiyojlar bilan bogliq hrlda jamiyatda ma’lum
darajada alohidalikka intilishi bulib, uning Yoshligidayoq o‘z-o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan
harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj quyidagicha namoyon bo‘ladi:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklarga ega bo‘lish;
v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish;
g) o‘z mavqeini anik^ab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida moslashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida
tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga, bunday
\ollarda Shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli
ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi
mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meyorlarini
o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, uz ijtimoiy
mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos
bulgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari,
insonni o‘rab turuvchi moddiy
madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala
usuli va mazmuni, oilada
jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari:
muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish.
Ha r bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar,
ta’qiqlashlar, ruxeat berish, majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida
inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar
bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli
Yosh davrlariga xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anikutangan.
Bolaning barqaror rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir. Muloqot va
faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi Yosh davrlari qo‘llaniladi:
1) go‘daklik davri — bevosita \issiy-ruhiy;
2) go‘daklikdan keyingi davr — predmetli faoliyat;
3) maktabgacha davr — rolli o‘yinlar;
4) ilk maktab davri — o‘quv faoliyati;
5) o‘smirlik davri — kasb ta’limi faoliyati;
6) o‘spirinlik davri — Shaxsiy muloqot faoliyati.
3.3. Ijtimoiylashuv agentlari, ijtimoiylashuv mexanizmlari.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan
bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid
adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari’1 deb hrm nomlanadi. Turli Yosh davrlarida agentlarning
tarkibi turlicha buladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari,
tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush
o‘rtog‘I va hamkasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun
ahamiyatiga qarab agentlar faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan
hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard,
amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning
tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud
ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini
beradi:
I. P. Podlasiy tasnifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib
tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z
o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bulinadi.
G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga
oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning kengtarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun
yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni halqilishda
kuzatiladi.
O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rintutadi.
Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuk^ari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroqtuyulsa, uning uziga
nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z “Men”ini cheklab qo‘yishi va
qiyinchiliklar oldida ojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini
qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroquzoq muddatli
o‘z-o‘zini cheklash o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi.
Oqibatda bola o‘z salohiyatini bilmay turib, ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini
tashlab qo‘yib, oqimga qarab suza boshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli, deb
hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga yoki boshqalarga qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida
inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin
hammani xudbin deb hisoblaydi.
Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya
jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya obyekti
nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq,
qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda
boshqalarning xislatlari, go‘yoki “ketma- ket terilganday” maxsus o‘zgartirilmagan holda bola
ongida o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning natijalarini
anglab olish unchalik murakkab emas.
Empatiya mexanizmi boshqa odamning hissiy qolatiga hamdard bo‘lish. Bu mexanizm
hissiyotga boy Shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
Intellektuallashuv mexanizmida katta Yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi
va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek
tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga
o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
Harakatlarii bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun
qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon
bilan faoliyatini davom ettirishiga ishonadi.
Ko‘pchilik shu tarzda komillikka erishadi.
I. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
Imprinting (xotirada saqlab qolish) — insonning unga ta’sir qiladigan hayotiy muhim
obyektlarni eslab qolishi. Bu
mexanizm, odatda, go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroqkeyingi Yosh davrlarida ham
imprintingni kuzatish im iz mumkin.
Eksiztensial bosim mexanizmi — tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda
kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq- atvor meyorlariga anglamagan holda ega bo‘lish.
Taqlid — biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy
tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir.
Refleksiya mexanizmi — ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila,
tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli Shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib
chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy
Shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan
tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogic mexanizmlariga an’anaviy va institutsional
mexanizmlari I ham kiritsa buladi:
An’anaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof-mu\it,qo‘shnilar, o‘rtok^ariga xos meyor, qarash
steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz ravishda amalga oshirilib,
taassurotlar yordamida sodir buladi.
Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni tuplashi mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, Yoshlarning rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi.
Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham
anik^anmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga
bo‘linadi: tashqi va ichki.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar.
Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga
demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir
ko‘rsatadigan omillar kiritiladi.
Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u
yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shartsharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga
hamda shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
Mikroomillar, ya’ni muayyan Shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar bulib, bunga oila,
qo‘shnilar, tengdoshlar guru>ugari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy
tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadi gan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologic omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil
o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda Shaxs rivojlanishining asosiy
omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi.
Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi.
Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari,
shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib
turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan
nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan
qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning
tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim- tarbiya
jarayonlariga bog‘liq.
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud.
Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu
kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi.
Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi
kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan
bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va
faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy
qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga yetishishlari uchun yordam
beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z
tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi.
Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi
bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga aylanishi uning
ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon Shaxsning ijtimoiy
ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy meyor hamda xul q-atvor
namunasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U,
ayniqsa, bolalik va Yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki Shaxs tomonidan
aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy meyorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola astasekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi
rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya
muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti
“hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan va
unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muqitdan
boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba
to‘plashida muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish
obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi
ta’sirini o‘rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit,
avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati
hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun
qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu
alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir.
Shuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi
va uz o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti- harakatlarini
qabul qilishi qam, inkor qilishi \am mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurishturishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori
uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
3.4. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni.
Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. O‘zbek mentalitetining muhim
xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat
yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq
ijtimoiy munosabatlarga g‘arq bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda,
mahalla mikrotsizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat
faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda
ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv
va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A.Karimov quyidagicha
ta’kidlab o‘tgan: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas
manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat
kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning
ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan.
Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda
mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi”.
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi, balki
shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko‘zda tutadi. Shu borada mahalla
ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
 har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
 muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
 hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida
g‘amxo‘rlik;
 axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
 ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;
 alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan
kuzatuvda bo‘ladi.
Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga
oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga
yordam beradi.
Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy
o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirgan va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanadi.
Masalan, XXasrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi,
savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llab-quvvatlangan
Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni
qabul qilganliklari ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib kelganlarga o‘z uylarining bir qismini
berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy
salohiyatga ega, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni
tarbiyalashadi.
Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish, jamiyatni
demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi
sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ham ta’kidlangan.
Mahalla maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha
o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar.
Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla
insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla
qo‘mitalari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan
obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunaqa ishlarning asosiy
turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunaqa tadbirlar
asosan Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li
bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo‘lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon
bo‘ladi:
1. jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga
yordam ko‘rsatishadi;
2. o‘ziga to‘q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga
moddiy yordam berishlari;
3. oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga
yordam ko‘rsatishi va boshqalar.
Bularga misol qilib, 50-yillarda “Yangiobod” mahallasida aholining yordami bilan klub
bunyod etilib, unda ma’ruza, konsert, kechalar o‘tkazilgan. Bu ishlarda o‘qituvchilar, san’atkorlar
faol ishtirok etishgan.
Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo‘ldi va hokimiyatlar,
mahalla qo‘mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Respublika Prezidentining (1994 yil 23 avgust)
“Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari”
haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan
oilalarga har oy ko‘rsatiladigan yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki oilalar taqsimotini
mahalla hal qiladi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 1999 yil yanvarda O‘zbekiston
Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil yanvardagi “Aholining Ijtimoiy himoyaga
muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashining 2002- 2003 yillarda
mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablarini amalga
oshirmoqdalar. “Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining aholining ijtimoiy qo‘llabquvvatlanishini ta’minlash” to‘g‘risidagi farmoni chiqdi.
Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol
o‘ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi kabi marosimlar ham
o‘tkazilmoqda.
Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv
roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ladi. Nizoli holatlar
paydo bo‘lganda xotin-qizlar qo‘mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va odatda
vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga
ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga
chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o‘sib kelayotgan avlodni
tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog‘chalari va maktablari bilan yaqin
hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, tarbiya ishlarida yordam ko‘rsatadi.
Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi.
Yoshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning
an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar
mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini,
bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari
mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota-onalarning
bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla sening ham otang, ham
onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon
bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashni faollashtirish orqali bo‘ladi. Sobiq
Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos
tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini
saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla
fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy
ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z- o‘zini
ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.
Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta
avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie katta o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida
muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit
beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiqqilishga
va boshqa tijorat ishlariga sho‘g‘ib ketishi ularning o‘qishiga, bilim olishga bo‘lgan intilishlariga,
ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar
o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham
shug‘ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini
tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bulardan to‘liq foydalana olmaydilar.
So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi
va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o‘z mo‘ljallarini yo‘qotishlariga olib keldi. Mahalla
tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib, yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda
hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qilishdan
iborat.
Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki
ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, esa
oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha
qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasida janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar
qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla
qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun
ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash
faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga
joylashishlariga ham ko‘maklashmoqda. Harbiy qo‘mitalar askarlikka olishga tanlov bo‘lganda
mahalla faolligiga tayanishadi.
1999 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish
organlari haqida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yana bir marta fuqarolarning o‘zo‘zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiy xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy
odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Qonunda mahallaning vazifalari belgilab qo‘yilgan. Yuqorida
sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari mahallaga yangi vazifalar-tijorat va maishiy xizmat
ko‘rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilish
ham yuklatildi. Davlat mahallaga avval mahalliy kengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqda. Bu
esa mahalla qo‘mitalari davlat tuzilmalariga aylanayotganligidan guvohlik beradi.
Mahallaning ijtimoiy hayotida so‘nggi o‘n yillarda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan
qo‘shnichilik munosabatlari muhim o‘rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni
ketmoqda. Shu bilan birga yaqin qo‘shnichilik munosabatlari o‘zbek oilasining qadriyatlaridan biri
bo‘lib qolaveradi. Bu avvalombor xo‘jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda
yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘lmoqda. Shuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo‘ladi, ya’ni
kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Shu tarzda
mahalladagi eng kichik guruhlardan biri-qo‘shnichilik guruhi paydo bo‘ladi.
Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda
avvalgidan ko‘ra kamroq bo‘lsada, uning a’zolarining faol o‘zaro yordami bilan xarakterlidir.
Qarindoshlik munosabatlari o‘zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o‘rinda
turadi.
O‘zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari-gap,
gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdir. Har bir yosh guruh
o‘zining muomala shakliga ega: Qadimda Toshkentda gaplar ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ular
hosil yig‘im terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o‘tkazilgan. To‘qmada erkaklar har kuni birbirlarining uyida to‘planishgan va har kim qo‘lidan kelganini olib kelgan. Buning hammasi
“umumiy qozon”ga solingan. O‘zlari taom tayyorlashgan, o‘zlari uy yig‘ishtirishgan, namoz
o‘qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlari qaysilar?
2 Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mazmunini xarakterlang?
3 Ijtimoiy pedagogika atamalariga ta’rif bering?
4 Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalarini aniqlang?
5 Ijtimoiy ish nima?
6 Ijtimoiy xodimning faoliyati mazmuni?
7. Ijtimoiylashuv agentlari, ijtimoiylashuv mexanizmlarini izohlang.
8. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni qanday?
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
3.C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4. Sotsionalnaya
pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7.A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8.Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
2-MODUL. IJTIMOIY PEDAGOGIK TAMOYILLAR VA KATEGORIYALAR
4- MAVZU: “TAMOYIL”VA“QOIDA”TUSHUNCHALARI. INSONPARVARLIK
TAMOYILI. TABIATGA MOSLIK TAMOYILI. MADANIY MUVOFLQLIK TAMOYILI.
INSONPARVARLIK TAMOYILI.
Reja:
4.1.“Tamoyil” va “qoida”tushunchalari.
4.2. Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili.
4.3. Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyili.
4.4. Tarbiyaning madaniy muvoflqlik tamoyili.
4.5. Tarbiyaning variativligi tamoyili
4.6. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili.
Tayanch so’z va iboralar: “tamoyil” va “qoida”tushunchalari, insonparvarlik tamoyili,
tabiatga moslik tamoyili, madaniy muvoflqlik tamoyili.
4.1. “Tamoyil” va “qoida”tushunchalari.
Tarbiya tamoyillari - tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida nazariyalar ishlab
chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi. Tarbiyaning insonparvarlik
tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati haqidagi g’oya dastlab chex pedagogi Yan Amos
Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan. XVIII asrdan boshlab u turli davlatlar
pedagoglarining tadqiqot ob’ektiga aylangan. Bu g’oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak
Russo va rus pedagogi L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX asrda insonparvarlik
psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida o’z aksini topgan. Ijtimoiy pedagogik nuqtai
nazardan insonparvarlashuv tamoyili pedagogning o’z tarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish
jarayonida mas’uliyatli va mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo’lishini ko’zda tutadi.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, yoshlarning
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:
• tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo’lmish inson qay darajada g’ayri ijtimoiy qadriyatlarni
emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishini aniqlaydi;
• tarbiya inson o’zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, o’z sub’ektivligining
namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;
• tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi;
• tarbiya insonni muayyan yosh bosqichlarida xavflar bilan to’qnash kelishiga yo’l
qoymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.
4.2. Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili
Tarbiyaning insonparvarlik tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va o’zo’zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga,
g’urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarni tashuvchisi bo’lgan
insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yanada kengroq ma’noda insonparvarlashuv
tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishi, ijtimoiy taraqqiyot
uchun kurashda insonlarning birlashishiga ko’maklashadi. Insonparvarlik — insonning qadri,
erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga
chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha.
Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxtsaodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida
gʻamxoʻrlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insonparvarlik gʻoyalari uzoq tarixga ega. Ular
baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq ogʻzaki ijodida, adabiyotda, diniy
va falsafiy taʼlimotlarda oʻz aksini topib kelmoqda.
Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib,
uning koʻp ming yillik tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b.
asarlarida Insonparvarlik inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy
insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga
intilgan va tinchlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson
taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng
qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga,
uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik
gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga
yordam berishga, saho-vatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi. Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash
tizimi sifatida birinchi bor Yevropada uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik goyalari
Yevropada oʻrta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya
gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi,
inson huquqlari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi. Insonparvarlik keng ijtimoiy
fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17- asrlarda Italiyada, keyinchalik
esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Keyingi asrlar davomida insonparvarlik goyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama
birinchi marta 19-asr boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-asrning oʻrtalarigacha jamiyatdagi
adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan ke-yin jahon
taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi.
Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va
hujjatlarida koʻrish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot
qoidalaridan biriga aylanmoqda. Oʻzbekiston oʻz siyosatini insonparvarlik shartlari, talablari,
qoidalariga, Sharq va Gʻarb davlatlarining eng ilgʻor tajribalariga tayanib olib bormoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar “Inson manfaatlari hamma
narsadan ustun” degan ezgu tamoyilga asoslanadi. Bu xayrli yumushga yurtimizdagi fuqarolik
jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlar ham faol hissa qo‘shmoqda.
4.3. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‟unligi tamoyili.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi haqidagi g’oya antik davrlarda paydo bo’lgan va bizgacha
Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi
tamoyilni XVII asrda Yan Amos Komenskiy ta’riflagan va u XVIII-XIX asrlarda pedagogikada
keng rivojlangan. XX asrda tabiat va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan
uyg’unligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan noosfera haqidagi
ta’limotning yaratilishi ham muhim rol oynadi. Noosfera – rivojlanishning shunday bosqichini aks
etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi
va hal etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili tabiiy va ijtimoiy
jarayonlarning o’zaro aloqasini ilmiy tushunishga, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning
umumiy qonunlari bilan mos kelishiga, insonning Yoshi va jinsini hisobga olgan holda
tarbiyalashga, shuningdek uni o’z rivojlanishiga o’zini javobgar etib tarbiyalashga va noosferaning
kelajakdagi taraqqiyotini shakllantirish uchun mas’ul ekanligini ko’zda tutadi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga ko’ra
inson:
• o’zini Borliqning bir bo’lagi deb sezishini;
• roy berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global muammolarni
tushunishini;
• o’zida noosfera uchun mas’uliyatni sezishini;
• o’zini noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishini hamda tabiat, planeta va biosferaga
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko’zda tutadi.
4.4.Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili.
Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g’oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr),
frantsuz mutafakkiri Klod Gelvetsiy (XVIIIasr) va shvetsariyalik pedagog Iogann Pestalotstsi
asarlarida yaqqol namoyon bo’ladi. XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan
berilgan ta’rifga asosan tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili madaniyatning umuminsoniy
qadriyatlariga asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos
bunyod etilishini ko’zda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o’z oldiga bolalar va
o’smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli yo’nalishlarini, ularning
o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishni maqsad qilib qoyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy,
ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo’nalishlari nazarda tutilmoqda. Tarbiyaning
madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy
qadriyatlarning turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda. Bizning
davlatda shahar va qishloq
aholisi o’rtasida, shaharda esa turli ijtimoiykasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan
bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o’rtasidagi muvozanatni saqlash
tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.
4.5. Tarbiyaning variativligi tamoyili.
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi. Tarbiya
variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,
etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, insoniy,
Yosh, differentsial va individual yondashuvlar asosida manaviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni
amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. 98 Ijtimoiy tarbiyaning variativligitamoyilining ta’rifini XX
asrning 80-yillari oxiridan boshlab roy bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli asoslash
imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlar insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning Yosh va
ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda individualmaqsadlarini tan olish, ta’limning etnik
xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish kabilar bilan
izohlanadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:
• turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik qatlamlarning ijtimoiykasbiy talablarini, hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi
tarbiya muassasalarini tashkil etish;
• ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarini tashkil etish;
• mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish; • inson tomonidan o’zining rivojlanish
strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar
yaratish. Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning
ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro
munosabatlarida roy beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa
tomondan esa bolalar va o’smirlar jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida kirib boradi. Jamoa
tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan, uning nazariy
asoslari esa XIX asrdan boshlab pedagogik nuqtai nazardan jadallik bilan ishlab chiqilgan.
Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va
insonning o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi
tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra
ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa
jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi
faoliyat ekanligi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi
Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator pedagoglarining
asarlarida o’ziga xos rivojlanishga erishdi. So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni
sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni
pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi
faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga
oshiriladi. Bular: • dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar; • ijtimoiy
tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar; • tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos
bo’lgan qadriyatlar. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi tamoyili tarbiyachi va
tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol Yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning
bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning
assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas,
balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi.
4.6. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili.
Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning
davomiyligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb
biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo davomiy va
tugallanmaydigan jihatlar mavjud bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda bo’la
turib, ular doimo innovatik xususiyatini saqlab qolishadi ( Masalan, L. Tolstoy hayoti davomida
unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi). Tarbiyaning davomiyligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani
shunday tashkil qilish kerakki, har bir Yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga
ega bo’lishi lozim. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi
ijtimoiy pedagogikada ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolar o‘z
konstitutsiyaviy xuquqlariga, konkret tabiiy, iktisodiy, ijtimoiy – tarixiy, milliy ma’naviy – madaniy
sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to‘la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy
ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam-Shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni
bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan,
jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam Shaxs sifatida
ijtimoiy mavqega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati birbiriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko‘ra, mazmuniga ko‘ra va ish metodiga ko‘ra yuz beradi,
ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Bu xavf-hatarini bartaraf etish uchun ma’naviyma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy istiqlol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy
pedagogik yondashuvidan keng foydalanish, differensiatsiyalashgan psixologik-pedagogik
dasturni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat dunyohamjamiyatining dinamik
o‘zgarishi munosabati bilan o‘kitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda
qo‘shish, ya’ni ma’naviy – mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish
uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma
bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishda xaqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika
pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika
Universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan
biri soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy
faoliyatdan chetlashgan - bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy
pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogikpsixologik, Sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,
psixik tomondan buzilishga yo‘l qo‘yiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga
muhtojdir. Ijtimoiy pedagog - faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va
rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan Shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi
o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera
oladigan mutahassis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina
qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan
inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Nazorat savollari.
1.“Tamoyil” va “qoida”tushunchalarini ta’riflab bering.
2.Tarbiya tamoyillari qaysilari va ular haqida nimalar bilasiz?
Tarbiyaning insonparvarlik tamoyilini izohlang.
3. Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini izohlang.
4. Tarbiyaning madaniy muvoflqlik tamoyilini izohlang.
5. Tarbiyaning variativligi tamoyilini izohlang.
6. Tarbiyaning davomiyligi tamoyilini izohlang.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
3. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye”
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7.A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8.Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
2000.
4.
5- MAVZU:
IJTIMOIY-PEDAGOGIK KATEGORIYALAR. PEDAGOGIKA VA
IJTIMOIY PEDAGOGIKA KATCGORIYALARI: SHAXS, RIVOJLANISH, FAOLIYAT,
IJTIMOIYLASHUV, JAMIYAT. IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT. IJTIMOIY
TA’LIM- TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA .
Reja:
5.1. Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar.
5.2. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoiylashuv,
jamiyat.
5.3. Ijtimoiy pedagogik faoliyat.
5.4. Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiya
Tayanch so’zlar: Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar, pedagogika va ijtimoiy pedagogika
kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat, ijtimoiy pedagogik faoliyat.
5.1. Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar.
Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi.
Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real
olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi
tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga
bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi.
Fan
kategoriyalari
shu
fanda
qo`llaniladigan
yanada
kattaroq,,
amaliy
tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”,
“tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “Shaxs”, “rivojlanish”,
“faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan
tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng
qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy
pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika
va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
Pedagogika
 · ta'lim
 o`qitish
 tarbiya
 pedagogik faoliyat
Ijtimoiy pedagogika
 ijtimoiy ta'lim
 o`qitishning ijtimoiy jihatlari
 ijtimoiy tarbiya
 ijtimoiy pedagogik faoliyat
 ijtimoiylashuv
 ijtimoiy institut
 ijtimoiy adaptatsiya
 ijtimoiy reabilitatsiya
5.2. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat,
ijtimoiylashuv, jamiyat.
▪
Pedagogik faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini
singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat
tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy
faoliyatdir. U ma'lum Shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy
pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪
bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪
bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi
ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪
ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy
reabilitatsiya qilish .Bu
ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi
ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam
beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish
jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik
fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik,
V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning
me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va
malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki,
bola besh Yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish
me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning
uchun ham bola Shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan
mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur
ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga
bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida
ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda
muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar
ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va
malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
5.3.Ijtimoiypedagogikfaoliyat
Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning
diqqat markazida bo`lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega.
Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi
uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning
qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini
rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon
sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning
maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu
sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida
mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar,
o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda
ularga individual yordam ko’rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil
qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga
ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar,
bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan
munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z- o’zini anglash, o’ziga
ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga
qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish,
o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga
muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda
namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan
bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini
anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va
jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning Yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi
ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va
tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga
oshirayotgan ishlariga bog’liq
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot,
faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Buhgnday munosabat ijtimoiy jihatdan
tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan
etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu
darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda,
o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning
mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada
Shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro m,.unosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy
tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar
yaratadi.
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga
integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi
tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir.
Muhit-inson kirishishi, o’zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo’lgan
ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi vaqoidalari
bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi,
muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z
talablarini qoyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin.
Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob
berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan
belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan,
ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga
muayyan talablarni qoyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning
jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqei ijtimoiy maqom
deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati,
tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bundaymaqomlarga odatda
tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab
belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv
muassasasida ta’lim olgan va bu soha boyicha diplomga ega bo’lgan shaxs erishishi mumkin.
Yuqoridagi maqomni qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz. Maqom insonning
jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar holatiga ko’ra belgilaydi.
Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan
belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs
ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, 90
jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy norma va
qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va
rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin. Pozitiv rollarga avvalo
oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi:
o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim rolibu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar
bog’chasi va maktabda, sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda, bola jamoa a’zosi,
o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi.
Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyimkechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni
bola Yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish,
uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. Shu bilan birga bola o’zlashtirishi
mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki
boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi rollarini misol
qilsak bo’ladi. Katta shahar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni
ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul
undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda
bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga
ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy moslashuv deganda
shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib
boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi,
faoliyatningzaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala doirasining kengayishi, uning
mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishi sodir
bo’ladi. Anglash sohasida o’z “Men”i obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va
ijtimoiy o’rnini anglash roy beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
5.4. Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiya
So’nggi o’n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya
tushunchalarining o’zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining
o’zgarishi sababli bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi mualliflar
tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola
ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o’rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda,
fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To’rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini
tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy
omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni
ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni
muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv
anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson
doimo jamiyat bilan munosabatda bo’ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u
muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo’ladi. Tarbiya
pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay, tarbiyaning umume’tirof etilgan
ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko’p ma’noliligini sabab qilib ko’rsatsak bo’ladi. Tarbiyani
ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o’zaro munosabat sifatidako’rib chiqsak
bo’ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini alohida olgan holatdato’liq ochib bera
olmaydi. Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo’lgan
umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy,
ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi:
Tarbiya – insonning jamiyatga ko‟nikishiga ko‟maklashuvchi va bu ko’nikish sodir etiladigan
guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli
rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to’liq va butunlay to’g’ri, deb bo’lmaydi. Unda muallifning nuqtai
nazari o’z aksini topgan. Ijtimoiy omillarning insonga ta’sir ko’rsatishining tarkibiy qismi bo’lgan
tarbiya o’z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari
yo’naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya
jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, madaniyatlar
inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o’z o’rniga
ega bo’lib boshqa omillarning o’rnini to’liq to’ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o’tgan sari o’zgaradi. Bola qanchalik kichik bo’lsin,
tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko’p ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tgani sayin tarbiyaning hissasi
kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi.
Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’sirikamayadi. Biroq boshqa bir jarayon – o‟z-o‟zini
tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o’z shaxsini mukammallashtirish, o’z-o’zini
rivojlantirish boyicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o’z-o’zini tarbiyalashga
ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o’zo’zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o’z-o’zini tarbiyalash
jarayoni bir umrga cho’ziladi. Tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning
(madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV(ommaviy axborot vositalari), maktab jamoasi, do’stlar,
MTT va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy
jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siriqanchalik turli bo’lsa, bola undan shuncha erkin
va mustaqil bo’ladi. Bola ijtimoiylashuvi uning
jismoniy va ruhiy rivojlanishining salbiy xususiyatlari bilan qiyinlashtirilishi, bolaning ijtimoiy
me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishi muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto’g’ri yo’nalishda ketib
qolishi 93 mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib,maxsus
yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali
amalga oshadi. Biroq buning uchun har bir toifa bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya
metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va
mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan,
ya’ni jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko’nikishi yoki salbiy omillarning
oqibatlarini yengishdir. Agar shaxsda ijtimoiy muhit solbiy sifatlarining shakllanmagan darajasi
bolaga ijtimoiy muhitga ko’nikishga xalaqit beradigan holat bo’lsa, bolaning ijtimoiy moslasha
olmasligi sodir bo’ladi. Bu holatda bola tomonidan yo’qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni
tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning
jamiyatda o’sishi, rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir bo’ladi. Agar bu jarayon sodir
bo’lmasa, uning aksidezadaptatsiya kuzatiladi. Bunday holatda bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga
ehtiyoj tug’iladi.
Nazorat savollari.
1. Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalarga ta’rib bering.
2. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoiylashuv,
jamiyat haqida fikrlaringizni bayon eting.
3. Ijtimoiy pedagogik faoliyatni izohlang.
4. Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiyani izohlang.
5. A.V.Mudrik tarbiyani qanday izohlagan?
6. Diskret so’zini izohlang
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3.J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4.C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4. Sotsionalnaya
pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
6- MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT. IJTIMOIY TA’LIM - TARBIYA
VA IJTIMOIY TARBIYA.
Reja
6.1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida
6.2. Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiya
6.3. Ijtimoiy pedagogikaning soxalarilari va vazifalari.
6.4. Ijtimoiylashuv vositalari.
6. 1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida.
XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar
nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo
bo’lishini ta’minladi.
G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan
bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi, biroq ijtimoiy pedagoglar va
ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko’p umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi
sinonim so’zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya,
qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy
yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor ularni
insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”,
“yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogik ham ijtimoiy ishda qo’llanishi tasodif emas.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki ishchilar
toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini to’ldirishlariga
olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan, bolalar bog’chalari,
maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ishlashlari
mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli fanlardan kelib
chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa ijtimoiyogiyadan.
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog faoliyatining
nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan ijtimoiy nazariya va
texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo’ladi. Bu ikki mutaxassisliklar shuningdek,
faoliyat ob’ekti bo’yicha ham farqlanadilar.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga
ega Shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga keladi. Ular psixologik,
tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular ham insonga bog’liq bo’lmagan tashqi
omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z
muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson
bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan insondir.
Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga aylanishiga kerak bo’ladigan
yordamdir.
Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada odatda
“go’dak” so’zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini bildiruvchi ibora.
U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi
sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus
tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti.
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish qaratilgan
tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o’xshash faoliyat doirasidan nafaqat kundalik
muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to’siq bo’ladigan
muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) ko’rsatadigan
yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish jamiyatning yuqori madaniyati va
taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning
uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy
tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham ko’p emas.
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol paydo bo’ladi:
ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi?
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning “
Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy ishchi
odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi, u kambag’allikni umuman bartaraf
etish uchunvnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis,
davolash parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida I.Karpf (1931
yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot,
psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan
buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda. Avvallari bu ishga turli ta’riflar
berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yerning yo’naltirilganligi
nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish
muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash.
Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kkengroq yondashuvlar ham shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu muammolarga
aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar
ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin.
Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi.
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog’liqni
saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish
muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida unga yordam so’rab
murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi yondoshuvga aylandi. Unga
muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv mos, universallik turli usullarni
uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik, nazariyalarning ahamiyati oshdi.
Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat,
ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy
ishchilar bir vaqtning o’zida bir qancha inson muammolarini hal qilishdi.
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim .tizimlarining
o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya,
Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda bilimlar
zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o’zlashtirishganlarning qo’shiluvidan iborat.
Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiyadan ko’p narsa olgan. Shaxs,
ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy hayot,
ijtimoiylashtirish, submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va
turli madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan
o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi
darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tushunish kengayib bormoqda.
Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib bormoqda, maxsus
konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo’llash
masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar almashuvi
pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
ijtimoiy
6.2. Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiya
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat,
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida
ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli
ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalgaoshadi.
Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p
bilimlarni oladi.
Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurishturish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi.Shuning
uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan
mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda
zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari
aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa
ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi.
Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga
kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak
bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning
rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya”
tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning
vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Boshqa tomondan tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning
ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir.
Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan
jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya
tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar
yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro
bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan
jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning
ta’lim olishlarini ta’minlash, ularga individual yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish,
guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir
etish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurishturish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish
tajribasi, shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini belgilash yig‘indisidir.
Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib
qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi
mavqei, o‘rnini yuksaltirishda yordam berishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa
insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishga insonga ongli
yordam berish, insonning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglash, oila, guruh, jamiyatga mansubligi
hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi
bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiy-madaniy
mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlari farqlanadi. Farqlar ham
tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning o‘z faoliyatlarida amalga
oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat
usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida
ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va
ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub
guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi.
Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagifaoliyati,
uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o‘zlarini qay
darajada shaxs deb hisoblashiga bog‘liq.
O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy,
ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
6.3. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu bo’limlarda
olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy amaliyoti turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni
mukammallashtirish bo’yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va pedagogika to’qnashuvidan kelib
chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya
va uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish,
ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning
qadriyat va tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani
ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan
foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni
kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi.
Umuman olganda ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyat
tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va
bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi
ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini
va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli
Yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o’zaro munosabati
samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi
usullarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning inson mablag’iga
ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo’lgan
jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo’limda ijtimoiy tarbiya
boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrin bu vazifalarni
3 guruhga ajratib ko’rsatadi: nazariy, insoniylikka oid va amaliy.
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogik bilimlarni to’plab zamonaviy jamiyatda o’rganayotgan
jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini tuzishga intilishida namoyon bo’ladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik
yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog’liq. Amaliy
vazifalarga quyidagilar kiradi:
1) bola (o’smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o’zaro tushunishga
muhabbatni tarbiyalash;
2) inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo’yish, chiqish yo’llarini aniqlash,
atrofdagilar bilan muomala qilishni o’rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash;
3) atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va
majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4) g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish;
5) bola (o’smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala qilishga
ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika o’z tarbiyalanuvchilarining Yosh xususiyatlarini
bilishi zarur. SHuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga
suyangan holda insonlar, Shaxs va jamiyat o’rtasidagi nizolarni yechishga o’rgatishi kerak. Bu
vazifalarni yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil qilishni o’rgatish, o’ziga xosligi va iqtidorini tashkil
qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi.
Insonparvarlik vazifasisi Shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy
pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o’z ifodasini
topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o’rtasidagi munosabatlarni
qattiqqo’llik emas, o’zaro tushunishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy,
axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga
yordam berishdan iborat.
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy
va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo’shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o’quv va
tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi.
Ijtimoiy- huquqiy vazifa davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning huquqiy himoyasini
bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan
tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
- falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish. Inqirozdan chiqish yo’llarini topish,
qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlash ham muhimdir;
- bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganish;
- bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining
tahlili;
- ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ’ib qilishga qaratilish;
- u bola(o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini mustaqil
tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
- ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador
tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanish;
- ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o’rganishni
tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.
Ijtimoiylashuv tushunchasi. “Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib
chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini
anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” (1987) kitobida
hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi.
Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy
hayotga tayyorlashdir.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o’rganuvchi
mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli
raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi
(E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy
holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv
ko’proq mos tushadi, Chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish
jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi
uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan
uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham
shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning
natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, Shaxsning
ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu Shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi,
uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy
rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba
madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish).
SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv
jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat
sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday
qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq
jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit
beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar Shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o’rtasidatenglik
yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. SHu bilan birga bu yerda Shaxs va
muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv
moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu
jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor
me’yorlarini o’zlashtirish.
- anglash-Shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy
mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.
6.4. Ijtimoiylashuv vositalari.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar
orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qlilish usullari, maishiy va
gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy
madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada
jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlarimuloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash
chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul
qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari
muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod,
sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli Yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos
kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va
faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi Yosh davrlari qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-Shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita
munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid
adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli Yosh davrlarida agentlarning
tarkibi turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari,
tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. Yoshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush
o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o’rinlariga, insonuchun
qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir
ko’rsatmaydigan.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza
qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar
majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning Yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik
vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi
gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash,
aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga
barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini
taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat
koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning
kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar
himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash;
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan
qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Nazorat savollari
1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida nimalarni bilib oldingiz?
2. Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiyani izohlang.
3. Ijtimoiy pedagogikaning soxalarilari va vazifalari nimadan iborat?
4. Ijtimoiylashuv vositalariga nimalar kiradi?
5. Ijtimoiylashuv jarayoni.
6. Ijtimoiy himoya nima
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3.J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2009
3-MODUI. IJTIMOIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR.
7- MAVZU: LLMIY TADQIQOT METODLARI: EMPIRIK VA NAZARIY. IJTIMOIY
PEDAGOGIKADA ILMIY TADQIQOTNING VAZIFALARI. LLMIY TADQIQOT
METODLARI TAVSIFI
Reja:
7.1. llmiy tadqiqot metodlari: empirik va nazariy.
7.2 Ijtimoiy pedagogikada ilmiy tadqiqotning vazifalari.
7.3 llmiy tadqiqot metodlari tavsifi
Tayanch so`zlar: Metod, usul va vositalar, Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar, ishontirish va
mashq qilish metodlari, talab qilish, xikoya, suxbat va baxs, jazolash va maktash, intervyu,
monitoring, ijtimoiy so`rov, ekspertiza, identifikatsiya fasilitatsiya.
7.1. llmiy tadqiqot metodlari: empirik va nazariy.
O`z kasbining xususiyatlarini o`rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar
ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulk-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida
amaliy tadbik etish muammosi ko`riladi. Bu muammoni xal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat
metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniklab olish
lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotdagi metodlar- bolaijtimoiylashuvi yoki
reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to`planishini ta’minlovchi ijtimoiy
pedagogik va bolaning o`zaro boglik faoliyati bo`lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari
xaqida gapirishga xali erta. Ular xozir shakllanish boskichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog
o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda ko`llanayotgan metodlardan
foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari ko`llaniladi.
Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo`ysunuvchan xarakterga
ega. Aslida xar bir metod amaliyot tomonidan to`plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan
usullar majmuasi orkali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo`llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulkatvoriga, zaxiradagi usullarga bogliq. Vosita usul va metoddan ko`ra kengrok tushuncha
xisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan xolatlarda vosita vazifasini bajarishlari
mumkin. Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga ko`yilgan maqsadga erishishi uchun
ko`llanadigan moddiy, emotsional, akliy va boshka shartlar majmuasidir. Vositalar o`z moxiyatiga
ko`ra faoliyat usullari xisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o`yin,
suxbat, disput, konferentsiya, trening va boshkalar)ga yetishishi uchun ko`llanilganida faoliyat
usuliga aylanishadi.
Ma’lumki, metod - bu grekcha so‘z bo‘lib, ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan yo‘l
degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos) - bu shaxsning
ijtimoiylashuviga va ijtimoiy - pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy
tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir.
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:
1. Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik
savol - javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat
terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.
2. Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar,
savol-javoblar, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik
konsultatsiyalar berish) kiradi.
3. Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’limtarbiya berish metodlari)
4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy pedagogik
hamkorlik qilish va h.k) Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar - bola
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to‘planishini
ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o‘zaro bog‘liq faoliyati bo‘lganligi uchun ijtimoiy
pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning
uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda
qo‘llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va
“vositalar” tushunchalari qo‘llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan
xususiy, bo‘ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to‘plangan,
nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy
pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga,
zahiradagi usullarga Ijtimoiy pedagogik faoliyatda qo`llaniladigan metodlar 69 bog‘liq.vosita usul
va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan
holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga
qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar
majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror - bir
pedagogik maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi
uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Metodlar- o`rganilayotgan ob’ektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni
amaliy va nazariy o`zlashtirish usullaridir, ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir soxasi
bo`lib, uning metodlarini pedagogikada qo`llanadigan tarbiyalash va o`kitishning an’anaviy
metodlariga tayanamiz, boshka tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy
pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o`zarib bormokda. Yana shuni yodda tutish kerakki , buning
dikkat markazimizda bola va uni o`rab turgan ijtimoiy muxit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga
muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon xal qilishga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog bolaga
bevosiga yoki bilvosita –oila, do`stlari, bolalar jamoasi orkali ta’sir o`tkazadi. U kandaydir kiska
muddatli vazifalarni bajarishi yoki bola bilan uzok vakt davomida ishlashi mumkinligini xisobga
olamiz.
Ijtimoiy pedagog metodlar orqali bolaning ongi, xulki xis-tuygulariga maqsadga muvofiqta’sir
o`tkazishi xamda uni o`rab turgan ijtimoiy muxitga ta’sir o`tkazishi mumkin .
Metodlar - bolaning ijtimoiylashishi va uni tiklashda xamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba
to`plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o`zaro xatti- harakat usullaridir. Ijtimoiy
pedagogika xam pedagogikaning eng yangi soxalaridan biri bo`lib „ijtimoiy - pedagogik faoliyat”
yangi shakllanayotgani uchun uning metodlari tizimi xaqida gapirishga xali vakt bor.
Shuning uchun ijtimoiy pedagog o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy
ishdagi metodlardan keng foydalanadi. Bola shakllanishi boskichida u o`z kasbiy faoliyatini
bajarishi uchun ijtimoiy pedagogikaning aloxida usullaridan tashkil topgan metodlarni xam
egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tarika bir - birlari bilan boglik.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashk qilish metodlari xam keng ko`llaniladi. Bu
metodni ko`llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog kaysidir sabablarga ko`ra odob
- axlokning umum kabul kilgan meyorlari shakllanmagan yoki noto`gri shakllangan bola bilan ish
olib borishga majbur buladi.
Shu jamiyatda kabul qilingan xayot meyorlari, ular to`grisidagi to`gri va anik tasavvurning
yuzaga kelishi,oxir - okibatda Shaxsning ishonchini, uning xayotdagi o`rnini shakllantiradi. Bular
bilim va ular xaqidagi tasavvurlar bilan bogliq.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib
tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-hikoya
-suhbat va baxs
-jazolash va maktash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini kamrab oluvchi metodlar tasnifi quyidagi
ko`rinishga ega:
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar tasnifi
Metodlar
Ijtimoiy ish
Psixologik
Ijtimoiy diagnostika metodlari
Psixotashxisli Intellekt va qobiliyatlar
Intervyu
testlari
Monitoring
Shaxsiy so`rovnomalar
Ijtimoiy so`rov
Loixaviy testlar
Ekspertiza
Rasmli testlar
Biografik metod
Sotsimetriya
Ijtimoiy profilaktika metodlari
Psixokorrektsion metodlar
Preventiv metod
O`yin terapiyasi
Ijtimoiy davolash
Tajriba ijtimoiy psixologik trening
Sotsiodrama
Xulk-atvor treningi
Ko`llab-kuvvatlash
Psixologik
maslahat
berish
Ijtimoiy nazorat metodlari
metodlari
Ijtimoiy nazorat
Empatik tinglash
Ijtimoiy vasiylik
SHarxlash
Ijtimoiy tibbiy gamxo`rlik
Identifikatsiya
Ijtimoiy xizmat ko`rsatish
Fasilitatsiya
Ijtimoiy reabilitatsiya metodlari
Gipotezalarni ilgari surish
Mexnat terapiyasi
Psixoterapiya metodlari
Gurux terapiyasi
Suggestil
Makom o`zgarishi
O`z-o`zini ishontirish
Inkiroz kelishi
Ratsionallashuv
Ijtimoiy iqtisodiy metodlar
Psixotaxlil
Imtiyoz metodlari
Tranzakt taxlil
Kompensatsiya metodlari
Gurux terapiyasi
Ijtimoiy patronaj
Xulk-atvor terapiyasi
Tibbiy patronaj
Oilaviy psixoterapiya
Ijtimoiy iktisodiy choralar
Tashkiliy
metodlar
Reglamentlashtirish
Normalashtirish
Tankid
Ijro nazorati
pedagogik
Tashqiliy
Pedagogik eksperiment
Pedagogik tashxis metodlari
Pedagogik kuzatuv
Tabiiy eksperiment
Ta’lim metodlari
Ogzaki (xikoya, suxbat, bax
ma’ruza)
Ko`rgazmali (namoyish, darsli
bilan ishlash)
Amaliy (mashklar, laboratoriy
ishlari, didaktik o`yinlar, ijodi
topshiriqlar,
muammo
vaziyatlar)
Tarbiya metodlari
Namuna
Ishontirish
O`kitish
Jazolash
Maktash
Mashk
Istikbol
O`yin
Ishonch
Muvaffakiyat
O`z-o`zini tarbiyalash
Ishontirish metodi jamiyatda kabul qilingan meyorlarni bola xulki va faoliyoti motivlariga
ko`chirishga yordam berib, e’tikodni shakllantiradi.
E’tiqod - bu bolaning ma’naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatliliga kat’iy ishonch bo`lib,
u Shaxsning axlokiy faoliyatga va xarakatga ichki xoxishidir. E’tiqod - bu muayyan xarakatning
zarurligi va to`griligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog
bolaning ongi, xis - tuygulari va irodasiga ta’sir o`tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi
uchun bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning xulki va kizikishlarini, Shaxsiy tajribasini
xisobga olishi zarur.
7.2. Ijtimoiy pedagogikada ilmiy tadqiqotning vazifalari.
Emperik tadqiqot metodlari. Kuzatish. Eksperiment. Analiz. Sintez. Turkumlash.
Akademik J.Tulenov fikricha, empirik tadkikot jarayoni uch boskichdan iborat.
Empirik tadqiqotning birinchi boskichi: Bu boskichda avvalo tadkikot ob’ekta yuzasidan kuzatuv
va
eksperiment utkazish nazarda tutiladi. Bu kuyidagi gargibda amalga oshiriladi.
Eksperiment rejasini ishlab chikish va unga tayyorgarlik. Tajribani amalga oshirish. Tajriba
natijalarini dastlabki ishlovdan utkazish. Eksperiment natijalarini o'rganish. Tajriba natijalari ilmiy
tushunchalar, maxsus terminlar yoki matematik formulalar tarzida ifodalanadi. Ularning chinligi
kayta tajriba utkazish orkali aniklanadi.
Emperik tadkikotning ikkinchi boskichi: Bu boskich tadkikot ob’ektiga xos xossa, xislatlarni,
ob’ektiv aloka va munosabatlarni aniklash, ularni muayyan guruxlarga ajratish va turkumlashga
karatilgan.Bu boskichda analiz, sintez, turkumlash, tizimga solish metodlaridan foydalaniladi.
Tadkikot ob’ektida olib borilgan kuzatuv, tajriba natijalari taxlil kilinadi, ularga xos belgi,
munosabatlar aniklanadi. Muxim va muxim bulmagan xislatlar ajratiladi va shu asosda muayyan
tizimga
solinadi,
turkumlarga
ajratiladi.
Analiz, sintez, turkumlash turlicha fanlarda uziga xos namoyon buladi. Masalan; ximiyada
turkumlash mikdoriy va sifat taxliliga asoslanadi. Biologiyada usimliklar va xayvonlar;
geologiyada minerallar; tilshunoslikda morfologik, sintaktik, fonetik taxlil kabi turkumlash turlari
mavjud. Turkumlash barcha soxalardagi ilmiy izlanishlarning muxim tomonini tashkil etadi.
Turkumlash ob’ektiv olam narsa va x;odisalari orasidagi uzaro aloka va munosabatlar ni ng
ifodasidir. Turkumlash bilimning parsa, xodisalarning, tashki xossa-xususiyatlaridan moxiyatga,
konunlarni bilishga karab borishdagi muxim boskich xisoblanadi. Unda xodisalardagi barkaror
aloka
va
munosabatlar
ifodalanadi.
Empirik tadkikotning uchinchi boskichida narsa, xodisalar orasidagi ichki aloka va munosabatlar
aniklanadi, dastlabki empirik umumlashmalar xosil kil i nad i. Bu boskichda ilmiy induksiya
metodidan foydalaniladi. Bu metod o'rganilayotgai ob’ektga xos sababiy aloka va munosabatlarni
aniklashga karatilgan. Narsa, xodisalardagi umumiylik, muayyan uxshashlik, u yoki bu
tomonlarning umumga xos ligi tygrisida fikrning shakllanishiga olib keladi. Bu induktiv
xulosalarda
uz
ifodasini
topadi.
Emperik bilish va uning shakllari. Empirik bilishning eng asosiy kurinishi - ilmiy dalil.
Shundan kelib chikkan xolda xar kanday ilmiytadkikot ilmiy dalillarni tuplash, sistemaga solish va
umumlashtirishdan boshlanadi. Empirik bilish nuktai nazaridan ilmiy dalil (fakt) deganda; a)
borlikda kuzatiladigan xolat, borlikning biron-bir kurinishi yoki uni anglash; b) biron-bir xodisa,
jarayon xakidagi chinligi isbotlangan bilim; v) kuzatish va eksperiment jarayonida xosil chilingan
empirik bilim nazarda tutiladi. Ilmiy dalilning axamiyati olimlar tomonidan kup bor e’tirof kilingan.
Mashxur fizik olim Nils Bor ilmiy dalillarning ilmiy terminlar, tushunchalar tarzida mavjud bulishni
nazarda tutib “Biron - bir tajribadan olingan dalilni tushunchalarsiz ifodapash mumkin emas” deydi.
Lui de Broyl esa “eksperiment natijaasida shunchaki oddiy dalil emas,balki asoslash lozim bulgan
ilmiy dalil xosil buladi” deydi. U“eksperimental kuzatish ilmiy kiymatga ega bulmogi uchun
ma’lkm darajada fikr yuritmogimiz, nazariy xarakterga ega tasavvurlarni shakllantirmogimiz
lozim”, deb xisoblaydi. Akademik V.I. Vernadskiy “Ilmiy dalillar ilmiy bilim va ilmiytadkikotning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Agar ular tugri aniklanganbulsa, munazaraga urin
kolmmaydi”‘degan edi.Falsafa fanlari doktori, professor S.A.Lebedev empirik bilimlardeganda
kuyidagilarni nazarda tutadi:
1. Empirik bilishning eng sodda kurinini kuzatish natijasida xosil bulgan dastlabki bilim. Bunda
kuzatishning ob’ekti va amalga oshiriladigan vakti anik belgilanadi. Kuzatish va eksperimentilmiy
bilim xosil kilishga yunaltirilgan buladi va muayyan maksadni uzida ifodalaydi. Maksad
degandailmiy muammoni xal etishda ilgari surilgan biron-bir goya, tadkikotgipotezasi nazarda
tutiladi. Demak, kuzatish, eksperiment biron-bir goyani tasdiklash yoki inkor etish maksadida olib
boriladi.
2. Ilmiy dalillar. Ular xosil kilingan bilimlarni induksiya yuli bilan umumlashtirish orkali xosil
buladi. Ilmiy dalillar ayrim xossa, xususiyat,munosabatlarining tadkikot ob’ektiga xos ekanligini,
ularning kay darajada umumiy va barkaror ekanligini ifodalaydi. Bunday ilmiy
dalillar,tushunchalar, terminlar. diagrammalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar,matematik modellar
shakllarida namoyon buladi.
3. Empirik bilim turli yunalishdagi empirik konuniyatlarda uz ifodasini topadi. Empirik konunlar
kuzatilayotgan ob’ektga tallukli narsava xodisalar urtasidagi umumiy alokadorliklarni ifodalaydi.
Empirik konuniyatlar aksari xolatlarda taxminiy, gipotetik xarakterga ega, extimollik ma’nosidagi
bilimlardir va ular indektiv umumlashtirish natijasida xosil kilinadi. Empirik konuniyatlar kuzatish
va eksperimentnatijalarini umumlashtirish, yakka xususiyatlar taxlili asosida umumiybilim xosil
kilishni anglatadi. Bu bilim fakat u yoki bu goyani tasdiklashimumkin. Lekin uni asoslab
berolmaydi. Mexanika soxasidagi empirik bilimkattik va sutok jismlarning mexanik xarakatini
kuzatish va bu buyichaeksperiment olib borish bilan boglik xolda shakllanadi. Astronomik
kuzatuvlar xam bizga empirik bilimlar beradi.
7.3. llmiy tadqiqot metodlari tavsifi
Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari,
vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq
birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy
texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik texnologiya ikki sohada o‘z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o‘quv
jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish.
Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o‘rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya),
V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo‘senkova (istiqbolli ta’lim) va
boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.Ye.Selivanova, N.I.Hurkova va
boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o‘quvfani
professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan
foydalanishi orqali o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari
tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish
kafolatlangan ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini
tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko‘zda tutadi.
“Ijtimoiy texnologiyalar”
tushunchasi
sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy
jarayonlarning rivojlanishi asosi bo‘lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog‘liq.
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo‘lib, ular ijtimoiy
pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek, ijtimoiy pedagog va
ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko‘p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi
texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘z
tuzilishiga ega ekanligiga bog‘liq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni
aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala
ko‘nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko‘nikishga yordam berishdir va boshqa
maqsadlar o‘z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish
shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to‘g‘ri
aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va
usullari majmuasidir.
Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik trening – jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan
pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo‘lib, uning davomida shaxs
rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo‘lishi, psixologik yordam ko‘rsatish masalalari
hal qilinadi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo‘ladi, bilimlar
kengayadi, o‘ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg‘ulotlari paytida har bir o‘smirga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. U boshqalarning
yordamiga tayanishi mumkin. Shuning uchun turli muomala stillarini sinab ko‘rishi, odamlararo
ishonishni o‘rganishi, avval unga xos bo‘lmagan kammunikativ malaka va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishga qodir. Bu mashg‘ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy
pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o‘zini individual vositalar bilan
namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o‘z-o‘zini anglab olishi lozim.
Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalashni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
o‘z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish
qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o‘zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga
ajoyib imkoniyat yaratadi.
O‘zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan
ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so‘zlari, his-tuyg‘ulari,xulqatvor reaksiyalari orqali o‘ziga bo‘lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.
O‘zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O‘z-o‘zini
baholashning bu usuli o‘z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.
O‘zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.
Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:
a) ishtirokchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga
kirishish qobiliyatini o‘stirish.
b) o‘smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o‘z hayotlarida o‘zgarish sodir eta
olish qobiliyatini rivojlantirish.
v) psixologik madaniy darajasini ko‘tarish.
Treningning asosiy tamoyillari:
Ishtirokchilarning o‘zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to‘laqonli shaxslararo
muomala.
Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti-harakatlariga baho
beruvchi ma’lumotlarni olishi.
O‘z-o‘ziga tashxis qo‘yish .
Rivojlanishning optimallashuvi.
Aqliy va emotsional sohalarning uyg‘unlashuvi.
Trening va uning alohida mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.
Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.
Yakkalik.
Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.
Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag‘ni iqtisod qilish ijtimoiy
pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiy pedagog oldida turgan
vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog texnologiyalar ijtimoiy
pedagogning keng ko‘lamdagi vazifalari- tashxis qo‘yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya
va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Ijtimoiy pedagogik tadqiqot metodlarini sanab bering?
2.Ijtimoiy ish yo’nalishlari nomini ayting?
3.Ijtimoiy reablitatsion metodlarni sanab bering
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
4-MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING SOTSIUMDA
RIVOJLANISHI.
8- MAVZU: SOTSIUM TUSHUNCHASI. SOTSIUM VA BOLA SHAXSI. BOLANING
RIVOJLANISHIDA TARBIYA SOTSIUM SIFATIDA.
Reja:
8.1. Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi.
8.2. Bolaning rivojlanishida tarbiya sotsium sifatida
8.3. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
8.1. Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi.
«Sotsium» atamasidagi lotincha «sotsio» fe’li qo‘shish, birlashtirish, birgalikda mehnat
qilmoqni anglatadi. Tushuncha sifatida «sotsium», universumning – yaxlit olamning tarkibiyqismi
bo‘lgan kishilik dunyosi alohida jihatlarini ifodalaydi. Unda tabiatga, tabiiylikka muqobil bo‘lgan
ijtimoiy-madaniy borliq aks etadi. «Jamoa» va «jamiyat» atamalari anglatgan ma’nolariga ko‘ra
yaqindir. Har ikki so‘z arabcha «jam‘a»dan yasalgan bo‘lib, kishilarning turli darajada va maqomda
olingan umumiyligini anglatadi. Agar «jamiyat» deyilganda keng ma’noda oldingi paragraflarda
ko‘rsatib o‘tilganidek, kishilarning birgalikdagi manfaatlari va kelishuvi asosida maqsadga muvofiq
oqilona tashkil etilgan birgalikdagi faoliyati ifodasi tushunilsa, «jamoa» tushunchasida umumiy
kelib chiqish, til, taqdir va qarashlar bilan bog‘liqlik o‘z aksini topadi. Oila, xalq va hokazolar ayni
shunday jamoalardir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa
hisoblanadi. Ayniqsa, jamiyat murakkab jamoa bo‘lib o‘zo‘zidan tashkillanganlik va rivojlanish
xususiyatlariga egadir. Bunday murakkab hodisani yaxlit holda na kuzatib va na tajribada tekshirib
bo‘ladi. Uni faqat nazariy jihatdangina andaza, nusxa tarzida tasavvur etib, asosiy jihatlarini
aniqlash mumkin. «Jamiyat» deyilganda, odatda hammaga tushunarli bo‘lgan atama va, hatto,
tushuncha tasavvur etiladi. G‘ayritabiiylik shundaki, ko‘pincha bu xildagi tushunchani ta’riflash,
uning salmog‘ini aniqlash juda qiyin. Masalaga tarixiy yondashilganda ko‘rinadiki, «jamiyat»
tushunchasi alohida holda XIX asrdan beri qo‘llaniladi. Unga qadar «Sotsium», «jamoa» va
«jamiyat» tushunchalari jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli, sotsium dunyosi boshqa ilmiy
tushunchalar orqali ifodalangan. Masalan, qadimgi yunon mutafakkirlari qarashlarida jamiyat
nazarda tutilib shunday fikrlar ilgari surilgan: Empedokl (miloddan avvalgi 341–270-yillar)
fikricha, «kishilar o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish uchun ongli ravishda uyushadilar». Aflotunning
fikricha (miloddan avvalgi 427–347-yillar), «kishilar ehtiyojlariga ko‘ra bir-biriga muhtojdir».
Qadimgi yunonlar qarashlari markazida turli tomondan taxmin qilinishi mumkin va lozim bo‘lgan
Olamning tarkibiy qismi sifatida kishilik dunyosi asosan axloq va davlat fenomenlari misolida
tadqiq qilingan. Ayni ana shu tushunchada kishilar hayotining boshqa sohalari ham o‘z aksini
topgan. Kishilik hayoti muammolarini keyinroq maxsus tadqiq etgan mutafakkirlar – J.Vikoning
(1668–1744, «Millatlarning umumiy tabiati to‘g‘risida yangi fanning asoslari»), I. Gerderning
(1744–1803, «Inson tarixi falsafasiga doir») asarlarida
«jamiyat» atamasi ishlatilmay, «millat» va «insoniyat» tushunchalari qo‘llangan. XIX asrda
O.Kont, G. Spenser va boshqalarning asarlarida uchray boshladi. Kishilik dunyosi shakllari turli
darajalaridan kelib-chiqib, jamiyat to‘g‘risidagi yangidan yangi qarashlar ilgari surildi. Ulardan
biriga ko‘ra kishilarni jamiyatga ruhiy hayot o‘xshashligi, qadriyatlar mohiyatini bir xil tushunishi
birlashtiradi. Boshqasiga binoan jamiyat – bu:1) o‘zidan katta tizimga kirmagan birlashma; 2)
nikohlar birlashma a’zolari o‘rtasida tuziladi; 3) birlashma a’zolari bolalar hisobiga to‘ldiriladi; 4)
hududiga ega; 5) o‘z nomi va tarixiga ega; 6) o‘z boshqaruv tizimiga ega; 7) o‘zining a’zosi
umridan uzoq vaqt davomida mavjud bo‘ladi; 8) o‘zining madaniyatiga (odatlari, an’analari,
me’yorlari, qonunlari, qoidalari va h.k.) ega. Uchinchi nuqtayi nazar tarafdorlari moddiy-iqtisodiy
ishlab chiqarishni kishilik hayotining asosiy tashkil etuvchisi, deb hisoblaydilar. Ko‘rinadiki,
«jamiyat» tushunchasining qo‘llanilish ko‘lami, tarkibiy jihatlari juda keng va turli-tumandir.
Mazkur tushunchaga keng ma’no berilsa, «jamiyat» «tabiat ustida turgan olam», «ijtimoiymadaniy
borliq», «sotsium» bilan bir xil ma’noni anglatadi. Ma’lumki, turli ijtimoiy oqimlar bu tushunchalar
yordamida kishilik dunyosi umumiy masalalarini xilma-xil ta’limotlarda (ba’zan ularbir-birini inkor
etishi mumkin) ifodalab keldilar. «Jamiyat» tushunchasiga zamonaviy yondashuvlar jamiyatni keng
ma’noda tushunish shartli bo‘lib, buni hisobga olmaslik ko‘pgina chalkashliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, ovchilar jamiyati bilan kishilik jamiyati sifat jihatidanham, mohiyat jihatidan ham boshqaboshqa ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Ya’ni, aniq holda jamiyat – bu kishilar birgalikdagi
faoliyatining tashkiliy shakllari turli darajalaridan iboratdir. Bu faoliyat doirasida turli-tuman
jamiyat va uning a’zolari, ularga mansub bo‘lgan birliklarning har biri uchun umumiy bo‘lgan
ehtiyojlar qondiriladi. Aniqroq qilib aytganda, jamiyat – bu o‘z- o‘zicha yetarlilik bo‘lib, o‘z a’zolari
turmush sharoiti uchun barcha zarur jarayonlarni yo‘lga qo‘yadi, amalga oshiradi. Bu «o‘z-o‘zicha
yetarlilik»ni jamiyat bilan uning bir qismi bo‘lgan siyosiy partiya nisbatini aniqlash misolida yaqqol
ko‘rish mumkin. Masalan, Xitoy Xalq Respublikasidagi hukmron partiyaning a’zolari soni
allaqachon 100 million kishidan oshib ketgan.Lekin bu partiya jamiyat ichida mavjud. Umumiy soni
mingdan ham ko‘p bo‘lmagan yovvoyilar qabilasi haqiqiy, to‘laqonli jamiyat bo‘la oladi. Gap
shundaki, etnos tarixan birinchi o‘z-o‘zicha yetarli ijtimoiy guruh bo‘lgan. «Jamiyat» tushunchasiga
zamonaviy yondashishlar, etnos a’zolari birgalikdagi xatti-harakatlari bilan zarur hayot sharoitlarini
yaratadilar. So‘z turkumlaridan ot bo‘lgan «sotsium» va «jamiyat» so‘zlaridan «sotsial» va
«ijtimoiy» sifatlar yasaladi. Binobarin, ularni sinonim sifatida ishlatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki
bu tushunchalar anglatadigan ma’nolar, garchand yaqin bo‘lsa-da, lekin aynan emas. «Sotsium»
tushunchasi «jamiyat» tushunchasidan keng. «Jamiyat» tushunchasi «sotsium» ifodalaydigan
voqelikni konkretlashtirib aks ettiradi, uning mavjudlik usulini ko‘rsatadi. Ushbu holat va sifat
ko‘rinishidagi «jamiyat», «ijtimoiy» so‘zlarini aniq ishlatish, o‘rnida qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va
rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayotidavomida
davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarnio‘z boshidan
kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga – bo‘yning o‘sishi, vaznining og‘irlashib
borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi.
Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib
borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam
bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning
xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi xamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning
fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli
vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "Shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan
farqli o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan
muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson
ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa
olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, iymonli
bo‘lishi, insonni Shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq
bo‘ladi. Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson
rivojlanishi juda qiyin protsess.
Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va
ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit
kiradi. Bolalarda ma’lum Shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yo‘naltirilgan
faoliyat kiradi. Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta’sir qiladigan faktorlar
boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi protsessida turli faoliyatlarga
duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi otaonasi, aka-ukasi, qarindoshlari do‘stlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan
muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal
rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o‘y, ekologik faktorlar: suv,
xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko‘r, soqov ya’ni nuqsonli bolalarning ko‘payishi
kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat buzilishini, shizofreniya kon
kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda. Lekin bolaniijtimoiylashtirishda protsessida bularni
hammasini hisobga olish kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro faktorlar, makro faktorlar, mezon
faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng yaqin
bo‘lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to‘garaklardir. Bola bir sotsiumdan
ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. U faqatgina bu sotsiumdan o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni
qidiradi va shu qidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka
salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom Shaxsining
ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan
ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va
belgilaydigan tarkibiy qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning
murakkab yig‘indisidir. Tarbiya - Shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning Shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish
imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi,
jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya xam o‘zgarib bordi. A. Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan
shunday degan edi: tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo
falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxu vasallam afandimiz:
«Insonlarning qarami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi ahloqdandir, - demishlar». Ma’lumki
inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik
davridagi o‘sish nihoyatda kuchli kechadi.Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy ham ruhiy
jihatdan o‘sishi va o‘zgarishi tufayli Shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda ular harakteriga
singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol
topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.
Shuning uchun ham L. I. Bojovich odam shaxs bo‘lishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini
bir butun inson deb his qilmog‘i o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak
degan edi. Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘zini
mijozi fe’l-atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanishga darajasi, ehtiyoj va ko‘rsatishlari bilan farq qiladi.
Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi ta’limtarbiya cho‘qqisiga erishgandan so‘ng, inson Shaxs sifatida o‘zini namoyon qila olishi mumkin.
Ayni vaqtda odam atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazarga
ham ega bo‘lmog‘i kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir. Shaxs
ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i har bir odamning mehnatga, kishilarga,
jamiyatga nisbatanmunosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga
xos sifatlari ham uni boshqalardan ajratib turadi. Shaxs xaqida gapirilganda, tabiiy holatda shunday
savol tug‘iladi. Har qanday odam Shaxs bo‘la oladimi? Shaxs bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak?
Bu savolga
shunday javob berish mumkin. Insonning sotsial mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun eng
avvalo, ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida
inson rivojlanadi va Shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p
yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan
murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi holatga o‘tish, yangilanish yangining paydo
bo‘lishi va eskining o‘lib borishi, miqdor o‘zgarishning sifat o‘zgarishga olib keluvchi murakkab
harakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning
asosiy manbai qaramakarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga
nafaqat o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga, mehnatta bo‘lgan
munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini,
aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z haqidagi Vataniga, umuman butun
borliqdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsuli bo‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb
qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun avvalo uningxalqiga ta’sir
etuvchi omillarning tabiatini, Shaxsning Shaxsiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Buning
uchun turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina Shaxsning ijtimoiy
xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlar ro‘yobga chiqadi. «Xar bir inson, degan edi Farobiy: o‘z
tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga
muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun
insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni birbirlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim
bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish,
Shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga Shaxsiy farqni ularning
ruhiy holatining turlicha namoyon bo‘lishini, xulqi va qarashlaridagi farqni qaysi omil belgilaydi
degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki
tarbiya omilimi qaysi, biri yetakchi rol o‘ynaydi degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu
savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. Xozirgi kunda ham bu
masalaga turli nuqtai nazarlar bildirilmokda. Ochiqrog‘i, fanda odamning Shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga
munozara ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki
bir-biriga qarama-qarshi nuqtainazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining Shaxs sifatida
rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa
ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining
fikricha odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish
va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning miqdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona ajdodi
avlodajdodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu
nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bundayilmiy
faraz fanda biologik yo‘nalish deb ataladi. Bu yo‘nalishning dastlabki namoyondalari qadimgi
Yunon olim va faylasuflari Aristotel, Platon, Suqrot va Demokratlarning pedagogikqarashlarida o‘z
aksini topib, ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan hukmron bo‘lishga, biri kambag‘al, biri
boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib, bu ollohning irodasi deb sabr-toqat qilishga da’vat etilgan.
Takdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizq-ro‘zini, umrini o‘lchab bergan. Shu
jumladan insonning kelajakda qanday inson bo‘lishi ham ularning nasliy sifatlariga ko‘p jihatdan
bog‘liq deb ko‘rsatganlar. Aytish joizki, xuddi shunga yaqin
nuqtai-nazarni XVII asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining
fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa,
faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab qo‘yishadi.
Inson Shaxsi va uning xulq-atvorning rivojlanishiga naslning rolini yuksak baholagan yana bir oqim
«bixeviorizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan yirik
namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik
stimullari organizmda bevosita tug‘diradiga ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan
mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, Shaxsning barcha
xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, go‘yo odamning
«ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi»
bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va Shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini
ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atoqli vakili D.Dyui va
uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb
izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima
bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya
tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatnio‘zgartiradi»
- deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy etib
borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi. Uning Shaxssifatida shakllanishida
nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham o‘z holi va
o‘z o‘rni bilan muhim rol o‘ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini
pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy
nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy tuzilgan mahsuli. Uning
mohiyatini ijimoiy munosabatlarning tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy
sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy
ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, Shaxs sifatida
rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida
qo‘llaydilar. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit ungabo‘layotgan tarbiyaviy
ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli Shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi. Demak, odam
shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘zi o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri
ostida ro‘y beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Pedagogik va psixologik oqimlar Shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish
bilan birga muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baxho berishadi. Zotan Shaxsning kamolga
yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga
o‘zgarmas xususiyatlargina o‘tadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik
kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga
mustahkamlanib borishi nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos
xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular
insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi muhim rol o‘ynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tug‘ma
layoqatlar bo‘lsayu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti
bo‘lmas ekan inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘qdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola
o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat yerga ko‘rinib,
rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘q bo‘libketishi mumkin. Mana
shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘lato‘kis hayot sharoitiga bog‘liq. ekanligini ko‘rsatadi. Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining
rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tish kerakki,
sharoit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin. Butun jahonga ma’lum va
mashhur O‘rta Osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa. biri
muxandis, biri faylasuf bo‘lib tug‘ilmagan, balki ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti,
qolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan,
ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va voqelik, axloqiy xaqiqat burch va borliq, axloqiy
hayotda obyektivlik va subyektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadr-qimmat singari axloqiy
sifatlarning o‘ta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo‘ladi.
O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari qadr-qimmati, insoniylik yangi va yuksak bosqichga
ko‘tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil haqli ravishda tarbiyada inson qadr-qimmatining
buyukligi haqida gapirib shunday deydi; - «Xazrati insonnnng hurmat-ehtiromga sazovor ekanligini
tan olmagan har kim mal’undir». Darhaqiqat bunday insonlar qadriyatlarimiz dahlsiz bo‘lishi imom
Buxoriy, Farobiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, So‘fi Olloyor, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bedil, Ahmad Donish va boshqa ko‘pgina
mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning
didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun
talabidagi Yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi Individning sotsiumga kirishi
murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat
ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar,
tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - Shaxsning o‘z ijtimoiy
tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining
samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng
muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik – shaxsning ijtimoiy
jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir.
Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir
ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning
jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intellektual
qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasligiga olib borar edi. Binobarin, Shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy
jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi.
Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda Shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni
jamiyatdagi o‘z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam
edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni haqidagi tasavvuri bilan real mavqei o‘rtasida farq bo‘lgan bir
sharoitda ijtimoiy maqomni Shaxsiy talablar, qobiliyatlar va qadriyat yo‘nalishlariga muvofiq
o‘zgartirish mumkin emas edi.
8.3. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi
uning bilishga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda
bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni
yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning
individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega
xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga
ega bo‘ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq ikki yo‘nalishda olib
boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv
(mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi
zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv
jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi
sub’ekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib,
ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq
jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashidir. Bu ehtiyoj: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklariga
ega bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasinianiqlab olishiga
xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning
jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa,
insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro
ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va
individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon
uch
asosiy
sohada
amalga
oshadi: 1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va
vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini
o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy
mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari. Inson
ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga
oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurishturish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat
unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash
va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlarimuloqot,
o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug‘ullanishi kiradi. Har bir jamiyat, davlat,
ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish,
majburlash choratadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq- atvori shu jamiyatda
qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari:
muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport).
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi
aniqlangan. Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri muloqot. Muloqot va
faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
. go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
- go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
- maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
- ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
- o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanish jarayonida, u bevosita
munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid
adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning
tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari,
tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush
o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun
qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir
ko‘rsatmaydigan. Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar
bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi
Gabriel Tard amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning
tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud
ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini
beradi: 1. I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha: Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr,
xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari
mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayriixtiyoriy
mexanizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalgaoshiriladi. Tashqi
bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm
ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan
bog‘liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi.
Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari
do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy
boshlaydi. Bu o‘z “Men”ini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘zo‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi
mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib
keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan
so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; Loyihalash mexanizmining
mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga
qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni 22 saqlab qoladi. Shubhali
inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; Identifikatsiyalash
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi
hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki
tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz
turlari mavjud. identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda
boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan
amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas; Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa
odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam
berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; Intellektuallashuv
mexanizmida katta yoshdagitarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish
yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm
tarbiyalanuvchi hayotiymuhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish)
duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Harakatlarni bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni
susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi
va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka
erishishadi. 2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga
quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: Imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy
muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq
keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin. Eksiztensial bosim mexanizmitilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor
normalariga anglamagan holda ega bo‘lish. Taqlid - biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat
qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan
biridir. 23 Refleksiya mexanizmi - ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila,
tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi
yoki inkoretadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning
ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari
ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi:
1.An’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma,
qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib,
taassurotlar yordamida sodir bo‘ladi. 2. Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va
turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va
tajribalarni to‘plashi mumkin. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi
bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar
haqida bilimlar yetarli emas
Nazorat savollari
1. Ijtimoiy pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?
2. Ijtimoiy tarbiya nima?
3. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat nima?
4. Ijtimoiy ta`limning uziga xosligi?.
5. Sotsium nima?
6. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri haqida ma’lumot bering.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3.J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4.C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4. Sotsionalnaya
pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
9- MAVZU: MADANIY SOTSIUMNING BOLA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. DINNING
SOTSIUM SIFATIDAGI O‘RNI. MADANIY-MA’RIFIY MUASSASALARNING BOLA
RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI.
Reja:
9.1. Madaniy sotsiumning bola rivojlanishiga ta’siri.
9.2. Dinning sotsium sifatidagi o‘rni.
9.3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni
9.4. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
Asosiy tushunchalar
• Axborot – ma’naviyatning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib moddiy tashuvchi inson miyasida
joylashgan, uni his qilib bo‘lmaydi, balki mantiq yordamida bilish mumkin.
• Ma’naviy madaniyat – kishilarning ma’naviy hayoti sohasi bo‘lib, ular faoliyatida amalga
oshadigan kuchi va qobiliyatidir.
• Ziyolilar – aholining asosan ma’naviy faoliyat bilan kasbiy shug‘ullanuvchi (hozirgi vaqtda)
qismi.
• Ta’lim – ma’naviyat tashkil etuvchilari ichida keng qamrovli ijtimoiy institut.
9.1. Madaniy sotsiumning bola rivojlanishiga ta’siri.
Jamiyat a’zolari uning asosiy jihatlarining tashuvchilari bo‘lgan kishilar ichki dunyolarida bir
tomondan o‘zlariga tegishli, ikkinchi tomondan esa umumijtimoiylikni ifodalagan eng oddiy histuyg‘u, hayajon, hissiy bilish, tajriba, odatlardan tortib ruhiyatning oliy bosqichi darajalari va
ko‘rinishlari qadriyatlarigacha joylaydilar. Ma’naviyat deb ataladigan ichki tuzilma kishilar moddiy
borlig‘iga muqobildir. Ma’naviy hodisalar takror hosil etib turishlikni taqozo etadi. Bular tegishli
sohalar qadriyatlari bo‘lib, o‘z navbatida madaniyat umumiy tizimi tarkibiga kiradilar. Madaniyat
kishilarning va ular mansub bo‘lgan jamiyatning keng ma’noda olingan bilish, axloq- odob,
adabiyot va san’at, falsafa, huquq, din va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu hodisalar mavjudligi bilan
bog‘liq holda tegishli tashkilotlar va muassasalar faoliyati ham ma’naviylik kasb etadi. Barcha
holatlarda bularning ma’naviy mohiyati borliq to‘g‘risidagi axborotlardan nechog‘lik
xabardorligini taqozo etadi. Aniqrog‘i, jamiyatda axborotlar muayyan tarzda yig‘iladigan,
saqlanadigan va qayta ishlanadigan soha ma’naviyat sohasidir. Inson shunday tuzilganki, u «sof
holda» olingan axborotni shunchaki qayd etib qolmaydi, balki undan foydalanadi. Bu axborotning
moddiy tashuvchisi miyada joylashgan bo‘lib, inson uning borligini bilsa-da, lekin his eta olmaydi.
Ziyolilar alohida ijtimoiy guruhni, so‘ngroq qatlamni tashkil etadi. Ular kasbiy jihatdan asosan
murakkab aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Ayni vaqtda, ular faoliyati ma’naviy-amaliy xarakter
ham kasb etishi mumkin. Masalan, ma’naviy qadriyatlarni taqsimlash, tarqatish va iste’mol
masalalari muayyan mutaxassislarning nazorati bo‘lishligini taqozo etadi. Ziyolilar – ma’naviyat
yaratuvchilari Ma’naviyatning mazmuni * Ushbu paragraf falsafa fanlari nomzodi, dotsent F.
Saifnazarova tomonidan yozilgan. IV bob. jamiyat hayotining asosiy sohalari. Ijtimoiy voqelikni
ma’naviy-axloqiy o‘zlashtirish mavjud jamiyatda amalda bo‘lgan huquqiy, axloqiy, diniy va hokazo
me’yorlar tizimi doirasida amalga oshadi. Agar huquqda bular davlat hokimiyati, jamoa
tashkilotlari tomonidan belgilangan va nazorat qilinadigan, shuningdek, ilgaridan davom etib
kelayotgan an’anaviy me’yorlar bo‘lsa, axloqda boshqacha tarzda mavjuddir. Unda jamiyat
tomonidan kishilarning ezgulik, adolat, burch, sha’n vabularning muqobillari to‘g‘risidagi axloqiy
bilimlariga muvofiq belgilanadi va jamoatchilik fikri kuchi bilan nazorat qilinadi. Dinda bulardan
farqli o‘laroq ijtimoiy me’yorlar kishilarning Olamni,
shu jumladan, kishilarning o‘zini ham yaratgan xudo to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi. Ziyolilar
qadimda aytarli badavlat bo‘lmagan erkin fuqarolardan, undan keyingi asrlarda bir qismi
mehnatkash ommaning, shu jumladan, kambag‘al tabaqaning ham iqtidorli vakillaridan yetishgan.
Bunday hol kishilik jamiyati tadrijining keyingi bosqichlarida ham garchi saqlangan bo‘lsa-da,
ammo ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan katta ijtimoiy ehtiyoj tufayli ziyolilar safi tobora keng xalq
ommasi vakillari hisobiga to‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan davlatlarda ziyolilar
mavjud ko‘pchilik – O‘rta qatlamning asosiy qismini tashkil etadilar va xizmat ko‘rsatuvchi barcha
sohalarda ularning soni tobora oshib bormoqda. Bunda ta’lim tizimining o‘rni, ahamiyatining
qanday bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, ravshandir. Hozirgi jamiyatda yuksak bilimli, o‘ziga ishongan, mas’ul
qarorlar qabul qilishga tayyor, zamonaviy texnika va texnologiyadan zarur darajada xabardor
mutaxassisni faqat maxsus tayyorlash mumkin. Masalan, Shvetsiyada bu maqsadda har bir
o‘quvchiga individual yondashiladi. Mamlakat bo‘yicha har 9 o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri
keladi. Yoki Germaniyada texnik ta’lim ko‘zdan kechirilsa, ma’lum bo‘ladiki,bu yerda rasman
ma’lumot olish uchun 4 yildan kam bo‘lmagan vaqt ajratilgan. Lekin talabalarga chuqur mutaxassis
bo‘lish uchun 6–7 yil o‘qish berilgan. Chunki firmalarga diplom egalari emas, balki mutaxassislar
kerak, shunga ko‘ra talabalar vaqtni qizg‘anmasdan ixtisoslik egallaydilar. Zamonaviy ta’lim
tashkiliy-huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasida eng yuksak talablar darajasida yo‘lga
qo‘yilgan. Endigi vazifa mas’uliyat bilan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. ikkinchi bo‘lim.
jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
9.2. Dinning sotsium sifatidagi o‘rni.
So‘nggi paytlarda respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari doirasini
kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Yevropa pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo‘lgan
umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda, Yan Amos Komenskiy, Ushinskiy,
Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay, bizda ham boshqa
xalqlarda bo‘lgani kabi Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Navoiy,Avloniy,
Behbudiy, Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar borligini unutmasligimiz lozim. Yoshlarimiz
ko‘p yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan bebahra bo‘lishganligi esa achinarli holdir.”.ko‘rib
chiqish kerak
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi Beruniy, Farobiy
va Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo‘lishgan. Imom Buhoriy (810-870) islom
olamida mashhur hadisshunos olim hisoblanadi. 600000 hadis ichidan 7400 sahih hadisni tanlab
olib, u “Al-Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi muqaddas
kitob hisoblanadi.
At-Termiziy- eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko‘p islom tarixi, ta’limoti,
so‘fiylik nazariyasiga bag‘ishlangan asarlar yozgan. Uning “Shamoyili Muhammadiya”
(Muhammad hayoti) asari barcha diniy o‘quv yurtlarida darslik hisoblanadi. Gap shundaki,
aksariyat voqea-hodisalar islomning paydo bo‘lish davriga tegishli bo‘lsa, ularning katta qismi
islomning keyingi rivoji bilan bog‘liq. Hadislarning obro‘si bilan islomda shakllanayotgan yangi
tamoyillar, diniy, huquqiy, maishiy va ma’muriy amaliyotning barcha sohalari yoritilgan. Hadis
shaklida islomga madaniy va g‘oyaviy merosning ko‘pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va
islomdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi.
Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon keltirishdir.Bu
dinning asoschisi payg‘ambar Muhammad s.a.v.(570-632). Musulmonlar o‘limdan keyingi hayotga
ishonishadi. Ularning muqaddas kitobi Qur’ondir.
Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on yagona kitob shakliga
keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo‘q qilingan. Qur’on 114 suradan iborat. Oddiy
musulmon Qur’onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng
mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli.
Natijada sunna-Qur’onni mazmunini tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila
a’zolari orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham
qo‘llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig‘ish, ularni ajratishga ko‘p olimlar o‘z
umrlarini bag‘ishlaganlar. Islomga muvofiq Qur’on barcha musulmonlar bo‘ysunishlari lozim
bo‘lgan muqaddas kitobdir.
Muhammad (s.a.v.) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy sunnalar ham
ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg‘ambarga o‘xshashga harakat qilish bulgan.
Bu o‘xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul qilish balki marosimlar, odatlarni ham qamrab
olgan. Qur’on aslida ijtimoiy-huquqiy qoidalar yig‘indisi hisoblanadi. Qur’on nafaqat Sharqda balki
Yevropada ham nihoyatda e’zozlanadi.
VII asrning o‘zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi insonning
ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi.
Shariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy xarakterga ega va quyidagi tamoyillarga asoslangan
odil jamiyatni ifodalaydi:
 jamiyatning barcha a’zolarining irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi;
 jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari, chunki ular bitta manbadan kelib
chiqganligi;
 inson hayoti va erkinligi tengligi;
 oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o‘z himoyasiga oladi va unga g‘amxo‘rlik qiladi;
 boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi;
 yagona Alloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilgan ne’matlar barcha mavjudot
va maxluqotlarga uning hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o‘z bo‘lagini olishga haqli.
 xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan
maslahatlashib hal qilinishi lozim.
 o‘zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi. Inson va ma’naviy
hayotga tegishli ishlari uchun esa-faqatgina Alloh oldida;
 jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lmish inson ma’n etilganlarni sodir etayotgan shaxsga qarshi
da’vo qilishi mumkin va sh.k.
Islom hadislarda bayon etilgan eng muhim inson huquqlari sifatida quyidagilarni kafolatlaydi:
 yashash huquqi, o‘limdan so‘ng esa janoza o‘qilishiga “Agar birortangiz birodaringizni
kafanlasangiz, bu ishni hurmat va mehr bilan qiling”, “o‘liklarni urishmang, ular
o‘tmishlarini tugatishdi”;
 erkinlik huquqi, “siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular ozod tug‘ilishgan ediku?”
 tenglik huquqi, “arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun emaslar, qora sariqdan,
sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo‘lgan inson ustundur”;
Islom dini besh asosga tayanadi:
 Iymon-Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad (sav) uning rasuli.
 Solat-musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz).
 Zakot-rahmdillik.
Beruvchi
insonning
munosabati,
u
berayotgan
miqdordan
muhimroqdir.
 Ro‘za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu oyda Muhammad
(sav) payg‘ambar bo‘lgan.
 Haj – har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.
Tarbiyaviy vositaga ega bo‘lgan Qur’on oyatlari muhim ahamiyatga ega. Ularda ota-ona va
farzand o‘rtasidagi munosabat haqida bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona nimaga intilishi haqida,
shuningdek ular yetmoqchi bo‘lgan maqsadlar ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Qur’on musulmonlar hayotining mazmuni va maqsadi haqidagi qarashlariga katta ta’sir
ko‘rsatgan va uning g‘oyalari musulmon halqlarining madaniyatidan chuqur joy olganlar hamda
xalq pedagogikasi manbalari-maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har tomonlama ta’sir
ko‘rsatgan.
O‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga moslashuvida bilim, unga
munosabat masalasi doimiy muammo hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy sharoitda yanada keskin
ko‘rinish kasb etmoqda. Bir tomondan iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar shunga olib
keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo‘lishdi. Ularning topganlari bilan ziyolilarning
maoshini tenglashtirib bo‘lmaydi. Buning hammasi yoshlarda bilim olishga qiziqish pasayishiga
sabab bo‘ldi. Ularga bilim olish moddiy va ma’naviy muvaffaqiyat garovi bo‘lib tuyulmayapti.
Boshqa tomondan esa bozor munosabatlari va unga bog‘liq bo‘lgan texnikaning doimiy
yangilanishi, korxonalar orasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan faqat chuqur bilimlar, balki ularning
doimiy yangilanishini ham talab qiladi.
Yoshlarning bilim olishida Qur’on tayanch bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, Qur’onda “ilm” so‘zi
750 marta uchraydi. Agar Qur’on 780000 so‘zdan iboratligini inobatga olsak, “ilm” so‘zi muqaddas
kitobning ma’lum qismini tashkil qilishi ma’lum bo‘ladi.
Qur’on inson bilimlarini ikkiga ajratadi- diniy va dunyoviy. Diniy bilimlar-dunyo asoslarini,
dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi inson yetishishi mumkin bo‘lgan eng oliy cho‘qqidir.
Bu masalaga qisqa to‘xtalib o‘tsak.
Qur’onda inson ega bo‘lgan dunyoviy bilim haqidagi oyatlarni uchratamiz. U badanning uch
a’zosi-ko‘z, quloq va yurak bilan qo‘lga kiritildi.
Bilimning holatlaridan tashqari Qur’on uning rivojlanishining dialektik, dinamik jarayonini
va inson tomonidan o‘zlashtirilishini ham qayd etadi. Buning hammasi Muhammad
s.a.v. bu fenomenga qanchalik e’tibor berganligidan dalolat beradi. Endi esa Qur’on qoidalari
hadislarida o‘z rivojini topishini ko‘rib chiqamiz. F.Rouzental to‘liq hajmda Imom Buxoriyning “asSahih” asarini tahlil qilib chiqqan va ularda bilim bilan bog‘liq quyidagi g‘oyalarni ko‘rsatib o‘tgan:
 bilim talab qilish jannatga yo‘l ochadi;
 bilim faqatgina o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi;
 inson rahbar bo‘lishidan oldin bilimli bo‘lishi kerak;
 ayollarni o‘qitishga ruxsat berilgan;
 ilm va olimlarning yo‘qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi.
Boshqa mashhur hadislarda ham islom nuqtai nazaridan bilim va fanlar naqadar qadrli
ekanligini bildiruvchi g‘oyalar uchraydi:
 to‘lin oy qancha yulduzlardan ustun bo‘lsa, olimlar mo‘minlardan shunchalik ustundirlar.
 olimlar o‘zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir.
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan Qur’onning hayot va inson
mehnatiga nisbatan bo‘lgan munosabati haqidagi g‘oyalarining ahamiyati katta. Islomshunoslarning
tadqiqotlarida islomning inson hayoti va mehnatga nisbatan munosabatiborasida izlanishlar olib
boriladi. Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni
musulmonning farzlarini unutishga chorlovchi boylikni qoralaydi. Agarboylik din nuqtai nazaridan
halol topilgan bo‘lsa va zakoti berilsa, uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on harakatsizlikni ham
qoralaydi. U ham dunyoviy, ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi.
Bu borada tarbiya tizimiga hadislarni qo‘shish nihoyatda maqbul hisoblanadi. Chunki ularda
payg‘ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar va uning axloqiy pandlari mavjud.
Hadislarda islom asoslarining sharhlari berilgan, mehribonlik, muqaddas dargoh, tozalik, halolharom, ayyorlik kabi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yaxshilik, yomonlik, axloq
to‘g‘risida o‘gitlar berilgan.
Hadislarning pedagogik tahlili ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim
mazmuniy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi:
 “go‘zal xulq sohibi” – u insonlarning bir-biriga ishonchini paydo qiladi;
 o‘z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi;
 o‘z fikrini bildirish – inson kuchining ifodasidir. O‘z fikrini bildirmaslik esa shariat va
sog‘lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati;
 o‘z farzini tushunish va uni ixtiyoriy bajarish insonda yaxshi xislatlar paydo bo‘lishiga olib
keladi; insonning o‘z Vatani, do‘stlari, xalqi oldida majburiyatini bajarishi-inson
tarbiyalanganligining ko‘rsatkichi;
 hayotda vaqtning qadriga yetish-insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir;
 sabr qilish baxtsizlik, yetishmovchilik, kasalliklarni yengishga yordam beruvchi xislatlar.
Muvaffaqiyatga erishish uchun aqldan tashqari sabr ham talab qilinadi;
 insonni farishta darajasiga ko‘taruvchi, bu - hislatdir. Undan mahrum bo‘lgan kishida asl
sevgi bo‘lishi mumkin emas. Ichkilikbozlik, fahsh, zino-buning hammasi irodasizlikdir.
Bunday insonlar atrofdagilarga, o‘z xalqiga zarar keltiradi;
 chuqur fikr yuritish-insonning aqliy voyaga yetganlik alomatidir;
kim o‘z o‘tmishini yo‘qotsa-uning kelajagi yo‘qdir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan yoshavlod
iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g‘alaba qozonadi
9. 3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni
Tobora rivojlanib chiroy ochib borayotgan O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash bizga, endi yetishib
chiqayotgan kadrlar zimmasiga mas’uliyatli va sharafli ishni, ya’ni bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish yuklatildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida
yurtimizning porloq kelajagi, davlatimizning buyukligini tasavvur etganining natijasiga ko‘rata’lim
tizimini qayta ko‘rib chiqish, buning uchun pishiq-puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni
o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar talab etar edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun
Prezedentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2019-yil 19-martda ilgari surilgan “Yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5ta muhim
tashabbusning 1-yo‘nalishiga asosan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning
boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish musiqa fanining yangi davr
talablari asosida o‘qitilishini ta’minlash, xalqimizning nomoddiy meroslarini avlodlarga yetkazish,
milliy turizmni yanada rivojlantirish, shuningdek, xalqlar orasida do‘stlik, madaniy aloqalarni
mustahkamlash oliy ta’lim muassasasi talabalari, bo‘lajak pedagoglar
zimmasiga, shuningdek, ta’lim muassasasalarida faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylar
zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi
asosida ishlar amalga oshiriladi. «Bolajon» tayanch dasturi maktabgacha ta’lim bilan
shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan tayanch dastur hisoblanadi.
Tayanch dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan
davlat talablarining bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan, aqlan, ma’nan yetuk
bolalarni tayyorlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020 – 6- noyabrdagi
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalari chora- tadbirlari
to‘grisidagi PF – 6108 – sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Ilk qadam» tayanch dasturi
bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni quyidagi 3 yo‘nalishda ishni amalga
oshirilishini belgilab beradi: 1. Bolalarni jismonan rivojlantirish. 2. Bolalarning nutqi va tafakkurini
rivojlantirish. 3. Bolalarni ma’nan rivojlantirishdir. «Bolajon» tayanch dasturi bolalarni ma’nan
rivojlanishida aynan musiqa mashg‘ulotlarda bolani aqlan, jismonan va ma’nan yetuk qilib
tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san’at muhim o‘rin tutadi. San’at
insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o‘stirishda yordam berib, ijodkorlik
qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida
g‘amxo‘rlik qilar ekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his-hayajondan uni o‘z
hayoti va faoliyatida foydalana olishga o‘rgatishimiz kerak. Shuni hisobga olganda musiqa orqali
tarbiya berish estetik tarbiya tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblanib, bolalarda yoshlik chog‘idan
idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va shu kabi
go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Unda
badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini
garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak,
Ayniqsa, bolalar bilan musiqiy ish olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqiy
targ‘ibot olib bormay turib, to‘laqonli natijalarga erishibbo‘lmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda erta
yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional histuyg‘u uyg‘otadi. Musiqa
yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini
rivojlantirmay ularning musiqaga mehrmuhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har
tomonlama jismoniy, ma’naviy boy shaxsni shakllantirib va boshqa ijobiy sifatlarini tarbiyalab
bo‘lmaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli
ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra musiqani idrok etishning vazifasiva mazmunini aniqlash muhimdir.
Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog‘liq umumiy
maqsadlar bilan belgilanadi. Ma’lumki, bunday vazifalarbolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga
jalb etish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o‘zlashtirishni rivojlantirish,
muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi
bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorinirivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va
intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va
voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqiy asardan o‘rinli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos
kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go‘zalliklarni idrok etishga bevosita bog‘liqdir. Shu
borada musiqa mashg‘ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo
etadi. Bulardan tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro etish
jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi.
- o‘zbek milliy qo‘shiqlar va uning tarixi tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari
tavsiflanganligi; - bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning shakl, metod va
vositalarining mazmuni, xususiyatlari aniqlanganligi bilan belgilanadi. Xulosa qilib olganimizda
maktabgacha ta’lim muassasalarida badan-tarbiya mashg‘ulotlarini musiqa ostida bajarish va shu
orqali g‘oyaviy-estetik tarbiyalash, bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda qo‘llaniladigan uslubiy
tavsiyalar, senariylarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy- ma’rifiy
ishlarda bolalarga o‘z tengdoshlari orqali ta’sir o‘tkazish usulining ishlab chiqib, joriy etish usullari
taklif etilganligida o‘z ifodasini topd
9.4. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy
an’analari va xususiyatlariga bog‘liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy
qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsiyasi davomida har qanday jamiyat o‘zi mustaqil mavjud
bo‘lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir
necha bor duch kelgan. Bunday odamlarga munosabat jamiyatning g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy,
axloqiy va milliy xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlangan va ularning jismoniy yo‘q qilinishidan
tortib, jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvlarigacha bo‘lgan ko‘rinishlarda ifodalangan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o‘ziga xos
yo‘lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini berdi va
hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo‘ydi.
Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi omillarni alohida inobatga
olish kerak. Bunday omillarga nafaqat moddiy, g‘oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning
shakllanishi ro‘y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga mustaqil davlatlarda olib beriladigan
millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy
hislatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xislatlarga milliy o‘z-o‘zini anglash,
g‘urur, iftixor kabi tushunchalar kirishini e’tiborga olsak, shaxsning axloqiy shakllanishi
umuminsoniy qadriyatlar bilan birga chambarchas bog‘liq holda kechadi, dab xulosa qilish mumkin.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhit egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona
(milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning
ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga
ko‘nikishadi. O‘quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o‘rganishi va ona tillarida turli ma’lumotlarni
olishi orqali o‘smirlik yoshida o‘z mansubligini va etnik umummilliylikni anglash ro‘y beradi.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida
fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo‘ladi.Mentalitetning
tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo‘lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til,
madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega,
shuningdek boshqa shunday tuzilmalardan o‘z-o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar
majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan
madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida paydo
bo‘ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o‘z-o‘zini anglashning mavjudligidir. Etnosni
boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlarga (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)
asosan shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi.
Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni
bajarishi mumkin: himoya
qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o‘zini his qilishi
uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni
etnosdan ajratib bo‘lmaydi. Shu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi
hisoblanadi.
Etnosning shaxsiy, ijtimoiy, faoliyat darajalaridagi xususiyatlari etnopsixologiya orqali
ifodalanadi. Etnopsixologiya o‘z ichiga milliy hissiyat va kayfiyat, milliy madaniyat va mo‘ljal,
milliy an’analarni oladi. So‘ngi paytlarda etnopsixologiyada “milliy xarakter” tushunchasi kam
ishlatilmoqda. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun esa mentallik va
mentalitet tushunchalari qo‘llanilmoqda.
Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida
yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo‘lgan o‘ziga yarasha
dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlabberiluvchi
ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari
mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo‘lib, muayyan
tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllangandir. (A.V. Mudrik)
Mentalitet – bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his
qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir.
Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy xarakter, iqtisodiy
va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi.
Mentalitet hatto bir mafkura boshqasiga o‘zgarganda ham o‘zining asosiy parametrlarini
saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet madaniyatga tegishli odamlarda
umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqiular
quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari,
ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon
va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo‘ladi.
Mentalitet – bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvint-esseksiyasidir. “Mentalitet”
kategoriyasi, odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasining
tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning
integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin,
A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar tomonidan o‘tkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning
ma’naviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat dunyoqarashining asosiy o‘lchovi sifatida tushuniladi.
Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi
hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi:
 ishlab chiqarish qurollari va mehnatning jamoaviy natijalari;
 ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar;
 til va muloqot.
Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular
orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari,
kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng
ma’noda tushuniladi.
Keng ma’noda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish o‘ziga xosligi sifatida o‘zining
tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga o‘zicha dunyoga munosabatda bo‘lish imkonini beradi.
Tarbiyalanuvchilarning milliy psixologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog inobatga olishi
kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini oshirishda kerakli qoidalarni topa
olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan
tarbiyaviy ta’sir choralarini qabul qilishning o‘ziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini
inobatga olib, tarbiya tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga
ko‘nikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli
xalqlarda tarbiyaviy ta’sir paytida nizomiy munosabatlarning ifodalanishi xususiyatlarini, milliy
mintaqalarda odamlarga nisbatan qo‘llanilayotgan psixologik ta’sirga bog‘liq ravishda tarbiya
ishining
mahsuldorligi,
turli
millat
vakillarining
muomalasi
jarayonida
shaxslararo
munosabatlarning shakllanishini o‘rganishga yordam beradi.
Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga quyidagi shakllarda ta’sir
ko‘rsatadi:
 faoliyatning milliy o‘ziga xosligi;
 inson xislatlarining milliy xususiyati;
 axloqiy holatning milliy o‘ziga xosligi.
Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, balki bu jarayonga
muayyan tuzilish va mazmun beradi.
Milliy psixologiyada ijtimoiy ong hodisasi sifatida to‘rtta sohani ajratsa bo‘ladi.
Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini
xarakterlaydi.
Intellektual soha esa milliy psixika tashuvchilari tafakkurining o‘ziga xosligini
xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar mavjudligida ifodalanadi.
Kommunikativ soha esa har bir xalqning o‘rnatilib bo‘lingan o‘zaro munosabatlar
me’yorlari, o‘z axloq stereotiplari, o‘z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi.
Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug‘ma
xususiyatlarining faoliyat yuritishida o‘z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning
emotsional-irodaviy sohalarining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Milliy psixologik xususiyatlar ko‘nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon
bo‘ladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni qurilma
muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa vakili o‘z etnik sharoitlaridan kelib
chiqib milliy mentaliteti shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlari va
qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini mustahkamlash, atrof-muhitdagi
odamlarga baho berish, o‘z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g‘oyalarni qoralash vazifasini
bajaradi.
Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini
shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani e’tirof etadi. Oila:
 milliy axloqiy normalarni o‘zlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga
ko‘nikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi.
 millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yo‘li orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga
kirishini ta’kidlaydi.
 milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi.
 o‘zining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi.
 milliy odatlar, urf va an’analarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi.
Oilaning barcha sanab o‘tilgan xususiyatlari o‘zbek oilasida o‘zining yorqin ifodasini
topadi.
O‘zbek xalqi shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari oilada milliy va diniy
qadriyatlar asosida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib ta’lim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar
shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalo o‘z yurtining o‘tmishiga hurmat, milliy
an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga
mehnat faoliyatining xarakteri va yo‘naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi,
madaniy ta’lim darajasi ta’sir qiladi.
Milliy xislatlar shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar
hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi- milliy odat
va an’analar hisoblanadi.
Axloqiy qadriyatlar asosida o‘zbek oilasida rostgo‘ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi.
O‘zbek oilasining pedagogik va psixologik xususiyatlari alohida e’tiborga loyiq.Chunki ular hayot
tarzi, ma’naviy axloqiy muhit, tarbiyaviy tamoyillarni belgilab beradi. Bularga milliy qadriyatlarga
sodiqlik, diniy amallarga hurmat, bolalarni yaxshi, xayrli ishlarni qilishga undash, o‘z so‘zida turish,
kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lish, yosh xususiyatlarining inobatga
olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi.
Bir qator tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida biz shunday xulosaga keldikki, tarbiyaviy
ta’sirlarning natijalari o‘zbek millatining o‘ziga xos xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni esa
shartli ravishda ikkiga bo‘lsak bo‘ladi:
 xarakterli-ishonuvchanlik, hissiyotlik, sodiqlik, sabrlilik, bolalarni sevish;
 axloqiy-tarbiyalanganlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insoniylik, insoflilik,
g‘amxo‘rlik, saxiylik. vatanparvarlik.
An’analar iqtisodiy va ma’naviy borliqning tarkibiy unsuri sifatida qaysidir ma’noda bizning
hayotimizni kelajak bilan bog‘laydi. Har bir rivojlanish bosqichida an’analarning mazmuni va
ahamiyati aniq ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va vazifalar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari-maishiy, ijtimoiy, san’at sohasining zaruriy tarkibiy qismi
bo‘lish bilan birga, an’ana va odatlar odamlarning har bir davrdagi ko‘p asrli qarashlarini
mujassamlashtiradilar. Aksariyat hollarda an’analarning kelib chiqishi muhim tarixiy hodisalarga
borib taqaladi.
Xalqda faqatgina insonlarni tashqi va ichki holatda birlashtiruvchi shu qadriyatlar qadrlanadi.
An’analar qanchalik qadimiylik ega bo‘lsa, shuncha ishonch bilan ularning ahamiyati va uning
jamiyat institutlari tomonidan qabul qilinishiga e’tibor qaratsa bo‘ladi.
An’analar o‘z ifodalarini
topish bo‘yicha nihoyatda milliylik xususiyatiga egadirlar,,
biroq tarixiy rivojlanish mobaynida ular boshqa xalqlari tomonidan ham boyitiladi va shu paytning
o‘zidayoq umumxalq, xalqaro qiyofaga ega bo‘lishadi. An’ana va odatlarga ikki o‘zaro bog‘liq
ijtimoiy vazifa xosdir: a) shu jamiyatda o‘rnatilgan munosabatlarni barqarorlashtirish vositalari, b)
bu munosabatlarni yangi avlod hayotida amalga oshirish. Bu vazifalar turli yo‘llar bilan amalga
oshiriladi: agar an’analar bu hayotda qanday harakat qilish lozimligini aniq belgilab qo‘ygan bo‘lsa,
unda an’analar, yurish-turishning umumiy me’yorlari yoki tamoyillarini ilgari surishadi.
Hozirgi kunda o‘zbek xalqining mentaliteti milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanadi. Prezident
I.A.Karimovning fikricha quyidagilar milliy mentalitetning asosiy tushunchalari hisoblanadi:
 Vatanga muhabbat:
 ona tiliga muhabbat:
 milliy axloqiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlar:
 oila:
 mahalla:
 islom dini:
 ta’lim va ma’rifatning o‘rni:
 umuminsoniy qadriyatlarga tayanish.
Nazorat savollari.
1. Ma’naviyat jamiyat sohalari tizimida qanday o‘rin tutadi?
2. Ma’naviyatning bosh tashkil etuvchisini mulohaza qiling.
3. Aholining ziyolilar qatlami paydo bo‘lmasdan avval ham ma’naviyat bo‘lganmi?
4. Ma’naviyat tarkibida ta’limning o‘rni qanday?
5. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini mulohaza qilib ko‘ring.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
5-MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIGA TA’SIR
KO‘RSATUVCHI FAKTORLAR.
10- MAVZU: RIVOJLANISH VA O‘SISH. SHAXS RIVOJLANISHI. SHAXSNING
RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI FAKTORLAMING TASNIFI. MIKRO
FAKTORLAR VA ULARNING BOLA IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI
Reja:
10.1. Rivojlanish va o‘sish. Shaxs rivojlanishi.
10.2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlaming tasnifi
10.3. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni.
10.4. Mikro faktorlar va ulaming bola ijtimoiylashuviga ta’siri
10.1. Rivojlanish va o‘sish. Shaxs rivojlanishi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning
a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini
yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha
“individium”so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini
anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va
yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.Individual yondashuv
o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamdaiste’dodini namoyon etishda
muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z
xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Odamning ijtimoiy mavjudot
sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular
ta’sirida
odam
inson
sifatida
rivojlanib
boradi
va
shaxsga
aylanadi.
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish,
yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat
o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai
qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy
mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot
hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib
bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga Yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga
boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U
ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga
muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida
o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning
fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish
lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi
omillar hamda Shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi
uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday
qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida
ikki
tomonlama
aloqa
mavjud.
10.2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlaming tasnifi.
Fanda odamning Shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri
o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs
sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning
o’zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi
o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo’yadi.
Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan,
deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib,
uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan,
deyiladi.
Mazkur
ta’limot
vakili
amerikalik
olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini
biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb
qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb
biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydilar.
Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb
ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai
nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan
xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,
odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning Shaxs bo’lib kamolga
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga
muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda
ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafadahsaxsni jamiyat
bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi.
Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan
ham, Shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa
odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, Shaxs ma’lum
ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat Shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu
insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani
ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti Shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.Demak, Shaxs
bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam Shaxsiningjamiyatdagi
rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi,inson ularga
faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.Shaxsga ijtimoiy
muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik
faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma
kamchiliklar ham o’zgartirilib, Shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning
salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni
belgilaydi.
Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz
«…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan
yetuk mutaxassis yoshlarimiz…». Shunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-birigata’sir
etadigan bu tarbiya tamoyilidir. Bola Shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega
bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga
qodir,
degan
xulosani
chiqarish
mumkin.
10. 3. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori
bo’ladi. Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq
o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati
va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida
inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga
muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda Shaxsning
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish
faoliyatlari cheklangan bo’ladi. O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va
mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik
hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi– muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki
susayishi mumkin. Inson Shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z
imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini Shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z
faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini
namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini
ta’minlaydi.
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi
faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli Yosh davrlarida ularning
faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy
natija beravermaydi. Turli Yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson
o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki
tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi.
Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri
yo’lga qo’ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir.
Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish
– uning Shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
10. 4. Mikro faktorlar va ulaming bola ijtimoiylashuviga ta’siri
Oilada ham, referent guruhda ham "mazmunli boshqalar" bilan muloqotda bola madaniyat
maydonini egallaydi, ijtimoiy qadriyatlarni belgilaydi. Oila ijtimoiylashuvning eng qadimgi
institutidir, uning ahamiyati inson uchun hayot uchun saqlanadi. Er roli noyob va ajralmas,ayniqsa,
erta va maktabgacha yoshdagi bolalik davrida, "dastlabki ijtimoiylashuv"davrida. Oilasiz, bolalar
uyida yoki internat maktabida, hatto ma'lum bir qulaylikda yashaydigan va moddiy jihatdan
ta'minlangan bolalar hali ham yomon ijtimoiylashtirilgan bo'lib chiqishi tasodif emas. 16 yilda-18
yil, mustaqil hayotga kirib, ularning ko'plari avtonom, ularning oila yashash uchun qanday
bilmayman, ular tez-tez tushunib emas, o'z ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish uchun qo'rqib, eng
oddiy kundalik muammolarni hal qilish uchun qanday bilmayman, va infantilno boshqalar odatdagi
vasiylik kutmoqda. Oila bolaning psixologik jinsining shakllanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi: u o'z
jinsining xususiyatlarini o'rganadi, "ularni" ayol "va"erkak" oila a'zolarining xatti-harakatlarida
haqiqiy namunalarda o'qiydi. Qizig'i shundaki, bolalarning ijtimoiy tajribasini o'rganish orqali siz
"onaning chiziqlari" va "otaning chiziqlari"ni topishingiz mumkin. "Ona chizig'i "bolalarning"
odamlar dunyosi " ga bo'lgan tajribasini loyihalashtiradi: Mehribonlik, zaif va qadimgi narsalarga
e'tibor, sabr-toqat, boshqa odamlarning kamchiliklariga mehr-muhabbat, qo'shnilarga bo'lgan sevgi
kabi axloqiy fazilatlar uchun asosiy munosabatlarni yaratadi. "Otaning liniyasi "bolalarning ijtimoiy
tajribasini" narsalar dunyosi " ga yanada faol ravishda loyihalashtiradi: intizom, tartib, lekin ayni
paytda raqobat, ustunlik, kurash va bartaraf etish,majburiyat va mas'uliyat qadriyatlarini qadrlaydi.
Ota-onalar bolaning psixologik jinsining shakllanishiga va unga bo'lgan munosabatiga ta'sir qiladi.
Ona, ayniqsa, hayotining dastlabki uch yilida, har ikki jinsdagi bolalarga nisbatan tez – tez uchraydi
va otasi o'z munosabatini darhol ajratib turadi: o'g'liga – kelajakdagi inson sifatida, qizi-kelajakdagi
ayol sifatida. Oila o'sib borayotgan bolalarning ijtimoiy tajribasida va erkak va ayolning kelajakdagi
ijtimoiy rollarida bo'lish uchun juda muhimdir. Oilada insonning asosiy qadriyatlari, uning turmush
tarzi shakllanadi. Ijtimoiylashuvning mikrofaktori sifatida oilaning harakati u yaratgan ijtimoiy
makon bilan belgilanadi. Oilaning qiyofasi tasodifan "uy" tasviri bilan bog'liq emas. Bolaning
ijtimoiylashuvi uchun o'z hududi juda muhimdir (shkafning orqasidagi burchak, stol va javonlar
bilan stol, o'yin uchun joy). Uyda yashash joyiga ega bo'lish istagi bolaning ongida bu dunyoda o'z
bo'lish haqiqatini mustahkamlaydi. Oilaning har bir a'zosining o'z narsalarini, ayniqsa, o'z qo'llari
bilan ishlabchiqarilgan, eski avlodlardan meros bo'lib qolgan narsalarni ijtimoiylashtirish uchun
juda muhimdir. Sevimli o'yinchoq, chashka, buvisi bilan bog'langan sharf, bolaning o'ziga xosligi
va qarindoshlariga aloqasi borligiga hissa qo'shadi. Uning oddiy kundalik hayoti bilan oila dunyosi
juda boy va xilma-xildir. U bolaga hayotning turli jihatlarini, ichki tashvishlardan yuqori fuqarolik
impulslariga qadar his qilish va tushunish imkonini beradi. Bu uning uchun eng muhim ishlarni,
munosabatlarni ko'rsatadigan yaqin odamlardir, shuning uchun oilada sodir bo'layotgan barcha
narsalar o'zlari bilan shaxsan bog'liq deb hisoblanadilar. Bolaning oiladagi munosabatlarining
tajribasi (hatto to'liq tushunilmagan) boshqa odamlar bilan kelajakdagi munosabatlarining modeliga
aylanadi. Maxsus ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki (AiZaxarov, AA Rean, G. T.
Homentauskas), ijtimoiy xatti-harakatlarning" ssenariysi " bolalarda erta va barqaror ravishda
rivojlanadi. Ammo ko'p yillik tadqiqotlar asosida Litva psixologi G. T. Homentauskas oilaviy
muloqotda shakllanadigan va keyinchalik ularning ijtimoiy xulq-atvorini jiddiy belgilaydigan
bolalarda to'rt turdagi ijtimoiy munosabatlarni ta'kidlaydi.
1. "Men kerak va sevaman, va men ham sizni yaxshi ko'raman."
Bolaning bunday ichki pozitsiyasi oilada shakllanadi, u erda u doimo ota-onasi bilan yaqinlik,
ularning ishonchi va sevgisini boshdan kechiradi, u erda uning hayoti ular bilan birgalikda faoliyat
va tashvishlar bilan to'ldiriladi.
2. "Men kerak va sevaman, va siz men uchun mavjud."
Ushbu sozlama oilaviy ijtimoiylashuvning mahsulotidir, u erda bola oila a'zolarining barcha
tashvishlari, ruhiy kuchlari, vaqtlari va moddiy vositalariga qaratilgan "Koinot markazi" dir.Bunday
oilada bola ko'pincha ota-onalarning mag'rurligi masalasidir, ular erta iste'dodlarini (masalan, sport
sohasida, musiqa sohasida) jadal rivojlantiradilar yoki aksincha, sog'lig'ini vahima bilan himoya
qiladilar, maxsus usullar bilan davolashadi.
3. "Men yaxshi ko'raman, lekin men chin dildan sizga yo'l istayman."
Ushbu turdagi ijtimoiy munosabatlar oilalarda ota-onalarning hayotida joy yo'qligini ochiq- oydin
ko'rsatadigan bolalarda paydo bo'ladi. Odatda, bu ona biznesda faol ishtirok etadigan oilalarda sodir
bo'ladi va dadamlar, hokimlar va uy o'qituvchilari ota-ona e'tiborining etishmasligi uchun
to'ldirilmaydi. Biroq, bunday ichki holat ota-onasi ijtimoiy turmush tarziga ega bo'lgan "noqulay"
oilalarning farzandlarini xarakterlaydi. Ichkilikbozlik, giyohvand moddalar, odatda,bola bilan ruhiy
aloqa qilish uchun joy qoldirmaydi va u hali ham umid qilmoqda va ularning sevgisini kutmoqda.
4. "Men kerak emas va yoqtirmasligim kerak, meni yolg'iz qoldiring".
Bunday ijtimoiy o'rnatish-ijtimoiy jihatdan" kodlangan "yordam uchun yig'lash:" men
yomonman, hech kimga muhtoj emasman, men bu dunyoda yolg'izman!». Shunday qilib, baxtsiz,
oilasi tashlab qo'yilgan bolalar. Ammo ota-onalarning mavjudligi ko'pincha oilaviy
ijtimoiylashuvning bunday natijasidan xalos bo'lmaydi. Bu kattalar har doim bir kam mavjudot
sifatida bola bilan munosabatlarni qurish oilalarda paydo, doimo kulgili ko'rinishi uchun, aytganda
ahmoqlik uchun, uy ishlarida ishonchsizlik uchun, maktabda muvaffaqiyatsizlikka uchun uni
haqorat – bir so'z bilan aytganda, har bir narsa uchun. Bunday munosabatlardagi bola hech
bo'lmaganda o'z-o'zini hurmat qilish tajribasini boshdan kechirish, hech bo'lmaganda uning
erishishida o'zini namoyon qilish uchun hech qanday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun bunday
bolalar ko'pincha kattalar bilan bo'lgan har qanday munosabatlardan xalos bo'lishga intiladi: ular
yopiladi, o'z-o'zidan ketadi, kasallik, giyohvand moddalar yoki hatto uydan.
Bu, ayniqsa, ijtimoiy ta'lim va ta'lim, uning "psixologik hududida" bola bilan aloqani tashkil etish
taklif ta'kidlash lozim, shuning uchun o'qituvchilar hisobga olish kerak bo'ladi, bir oz oila
ijtimoiylashtirish jarayonida shakllangan xatti bu "stsenariylarini" bartaraf qilish mumkin
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy- iqtisodiyotda yer,
ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining
muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy pedagogika nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin
ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“
ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr
o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida -subyekt-subyekt.
Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati
nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga
ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning
madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi. Ma’lum
bir
yosh
davriga
xos
bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi.Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan
holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi
turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola
orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha
bo’ladi.
Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani
tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda
murakkab. Chunki bir xil Yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki
vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv
faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va
bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Shuningdek, turli Yosh
davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan
10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik
kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.
Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
2.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 Yoshdan 3 Yoshgacha.
3.
Maktabgacha ta’lim Yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, yoshlarni barkamol insonlar
qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o’rganadi. Yosh
avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo
mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va
atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o’zgarib
bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib keldi. Biroq, fantexnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini
tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida Shaxsni komil etib
tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon
pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib
tarbiyalashda birinchi navbatda SHarq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim
dasturil amal ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy,
Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Alisher Navoy va
Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy
qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini
chuqur o’rganmagan va e’zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan,
milliy mustaqillik yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo’lmagan inson
o’zligini hech hachon anglab yetolmaydi. O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni
sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g’oyalarni Yosh avlod ongiga
singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda Shaxsni
ma’lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir. Turli zamon va
makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy
maqsadlardan
kelib
chiqib
asoslangan.
Tarbiya maqsadi - kelajakda nimaga erishish, uning uchun qanday sa’yi-harakatlarni amalga
oshirish bilan bog’liq jarayondir. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi
asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Maqsadsiz,
ma’lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni
asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya
maqsadining
muammosi
pedagogikaning
dolzarb
masalalaridan
biri
sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogikaumumiy
va
individual
maqsadlar
birligi
va
uyg’unligini
namoyon
etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq
vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi – bu tarbiya orqali hal
etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq
vazifalar
sifatida
guruhlanadi.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko’pgina ob’ektiv sabablar muhim
o’rin tutadi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi,falsafiy
va pedagogik fikrlar yutug’i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo’nalishberadi.
Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo’lib
qolaveradi.Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng
iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga
erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib olishlari uchun g’amxo’rlik
qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning Turkiya,
Xitoy, Yaponiya, AQSH, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun
yuborilayotganliklari
fikrimizning
yorqin
dalilidir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonunni hayotga joriy etish,
ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablaridarajasida
olib borish, maktablarni milliylashtirish, o’rta maxsus hamda oliy o’quv yurtlariga kirish
imtihonlarini test usulida o’tkazish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar o’zsamarasini
bermoqda.
Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon,
insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z- o’zidan
shakllanmaydi. Barchasining asosida Yosh avlodga oila, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar
hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi
va
samarasi
yotadi.
O’sib kelayotgan Yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib shakllanishlari
uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat,
estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai
nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu
esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir.
Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – ta’lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan
qurollantiradi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo’lib,
o’quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirib olishlari, ularda ilmiy
dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va
nutq
qobliyatlarini
o’stirishni
maqsad
qilib
qo’yadi.Bilimlar tizimini ongli
ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va
iqtidorni
rivojlantirishga
ko’maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
-aqliy kuch, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
-bilishga bo’lgan qiziqishlarni rivojlantirish;
-bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
- o’z bilimlarni muntazam ravishda to’ldirib borish, umumiy o’rta ta’lim va maxsus kasbiy
tayyorgarlik
darajasini
oshirishga
bo’lgan
ehtiyojni
rivojlantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu
hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida
tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar
orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi. Shuningdek, hadisi sharifda
«Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllarida bo’lib, insonlarning o’zi, do’st- birodarlari,
jamoa a’zolari va tabiatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonunqoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush
tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farxodning aqlu-idrokli, bilimdon,
hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmat
qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar
odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi
munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat,
mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom
O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar
davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega
bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin
Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy SHeroziy
Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagiqarashlari bugungi
kunda ham o’z ifodasini topgan.
Nazorat savollari.
1. Rivojlanish va o‘sishni izohlang.
2. Shaxs rivojlanishi haqida nimalar bilib oldingiz?
3. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlaming tasniflang.
4. Mikro faktorlar va ulaming bola ijtimoiylashuviga ta’siri qanday?
5. Aqliy tarbiyani izohlang.
6. Axloqiy tarbiya nima?
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
11- MAVZU: MEGA FAKTORLAR VA ULARNING BOLA IJTIMOIYLASHUVIGA
TA’SIRI. MEZO FAKTORLARNING BOLA IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI. MIKRO
FAKTORLAR – BOLA IJTIMOIYLASHUVINING MUHIM FAKTORI SIFATIDA.
Reja:
11.1. Mega faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.
11.2. Mezo faktorlarning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.
11.3. Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida.
11.4. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
Tayanch so’z va iboralar: juz’iy va umumiy davrlar, o’smirlik davri, egosentrizm,
o’spirinlikdavri, attraksiya, simpatiya.
11.1.Mega faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z
rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi.
Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan
tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib
bola Shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu
qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni
shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan
boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod
sifatida Shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak.
Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi
omillarni ham o`rganadi.
Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik va
o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi ,
suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-funktsional faoliyatining kamol topishi, aql
zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda naslirsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya
va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Biologik faktorlar. Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda tutiladi. Irsiyat
deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o`ziga xos xususiyatlarining o`tishi nazarda
tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Buinsonni
boshqa insonlardan ajratib turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar
haqida unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o`rganadi. Lekin ushbu kasalliklar
bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi faktorlar ham ta'siro`tkazadi.
Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir
ko`rsatadi. Bunday Shaxslar uchun jamiyat bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus
metodikalar mavjud.
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga
o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Turli davrlardagi preformizm,
bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari Shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga
ortiqcha baho berishgan, rivojlanishni naslga bog`lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni
inkor etib bo`lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas deb tushunmaslik kerak. Rivojlanishga
naslning ta'siri deganda ota-onaga, ajdodlarga o`xshashlikni ifodalovchi biologik takrorlanishni
tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi, sochning, ko`zning, terining rangi kabilar. Nerv faoliyati
ko`rinishlari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik
xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tug`ma o`tishi
mumkin,lekin inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tug`iladi.
Layoqat o`z holicha rivojlana olmaydi, uning uyg`onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit
deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig`indisini tushunamiz. Bunga tabiiy
muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va ularning
rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o`sishi, kamol topishi
insonlar muhiti, yashash sharoiti vatarbiyaga bog`liq buladi. «Inson bolasi, agar ijtimoiyinsoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning
biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi.
(Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti bunga misol bo`la oladi)»
Ijtimoiy faktorlar. Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning o`zi
kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy sub'ektga aylanishi insonning
ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali amalga oshiriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta), mezo-(o`rta) va mikro (kichik)
faktorlar mavjud.
Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, hududiy sharoitlarning ta'siri,
aholi tipisingarilar kiradi.
Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi.
Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy
jarayonlar(ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat
hodisalari) kiradi.
Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga
oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya oladi. Inson
kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o`rin tutadi. Bola o`qish, yozishni, maxsus bilim,
malaka, ko`nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanadi.
11. 2. Mezo faktorlarning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.
Muayyan mamlakat fuqarolarining hayoti doimo belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan
belgilanadi.
Ushbu munosabatlarga shaxslar, oilalar, ijtimoiy va professional guruhlar, siyosiy va jamoat
birlashmalari kiradi. Insonning shakllanishi va hatto uning taqdiri to'g'ridan-to'g'ri oddiy rus tuman
markazida, tundrada yo'qolgan chegara posti yoki Kuban qishlog'ida bo'lgan demografik
sharoitlarga bog'liq bo'lishi mumkin. Demografik holat ko'p jihatdan uning manfaatlarini,
bo'sh vaqtlarida darslarni, axborot muhitining mavjudligini, muloqot doirasini va hatto ko'plab
hayotiy muammolarni hal qilish yo'llarini belgilaydi. Endi, axborot texnologiyalarining ijtimoiy
ta'siri shunchalik katta bo'lsa, insonning yashash joyi ham uning axborot muhitining mavjudligini
anglatadi. Shahar aholisi (ayniqsa, yirik shaharlarning aholisi) yanada mobilroq, ular kasb tanlashda,
ta'lim olishda, bo'sh vaqtlarini o'tkazishda keng imkoniyatlarga ega. Lekin ular ko'pincha "olomonda
yolg'izlik", atrofdagi odamlarga keraksiz his-tuyg'ularni boshdan kechiradilar, hayotning tez o'tishi
va "yo'lda"qolmaslik uchun vaqt ajratish uchun doimo zo'riqish kerak. Qishloq aholisi tabiatga
yaqinroq bo'lib, uning buyukligi va go'zalligini his qilishlari mumkin, ular er yuzidagi haqiqiy
mehnat bilan bog'liq, qarindoshlar va qo'shnilar orasida ular o'zlarining "ildizlari", bobolarining
an'analarini yaxshi his qilishadi, lekin qishloq aholisi o'zlarining kundalik xatti-harakatlarini ochiq
nazorat qilishadi. Biroq, ular sifatli raqobatbardosh ta'lim olish uchun kamroq imkoniyatlarga ega,
ularning bo'sh vaqtlari ko'pincha taassurotlar
bilan
kambag'al
va
shahar
hayotining
namunalaridan
uzoqdir. Har bir inson madaniyatga kiradi, shuningdek, jamiyatning muayyan
qatlamiga (sinf, sinf) ma'lum bir ijtimoiy aloqaga muvofiq ijtimoiylashtiriladi. Jamiyatning ijtimoiy
tuzilishini tasvirlaydigan zamonaviy sotsiologlar etnik va diniy farqlardan tashqari, ijtimoiy
tabaqalanish bunday"o'lchovlar" bilan belgilanadi: hokimiyat darajasi; daromad yoki boylik;
kasbning obro'si; ta'lim. Zamonaviy post-sanoat jamiyatida ta'lim asosiy iqtisodiy resurs hisoblanadi.
Jamoat ongida boy vamuvaffaqiyatli bo'lishi mumkin bo'lgan ishonch faqat yuqori darajadagi
ta'limga ega bo'lgan shaxs bo'lishi mumkin. Bilim tezda o'sib borishi, raqobatbardoshligini yo'qotishi
sababli ularni qo'llab- quvvatlash, yangilash, axborot manbalariga kirish va zamonaviy axborot
texnologiyalariga ega bo'lish yo'llarini egallash kerak. Va buning uchun pul va kuch
kerak. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy qatlam (iqtisodiy va siyosiy elita, o'rta sinf, ziyolilar, malakasiz
ishchilar, marginallar) o'zlarining turmush tarzini, ijtimoiy jihatdan ma'qullangan xattiharakatlarning stereotiplarini, bo'sh vaqtni o'tkazish usullarini va ularning ta'lim shakllarini
shakllantiradi. Mamlakatimizda mavjud bo'lgan xususiy bolalar bog'chalari va maktablarning
amaliyoti, chet elda o'qish elitaning farzandlarini boshqa ijtimoiy qatlamlardan tengdoshlari bilan"
ajrashdi".
Ayniqsa, o'smirlar va yoshlarni ijtimoiylashtirish uchun ushbu ijtimoiy tabaqalanish qiyin. Ular
hayot yo'llarining "chorrahasida" tanlanganidan so'ng, ularning kattalar hayotini jalb qilish juda
ziddiyatli va adolatsiz ekanini bilib, faqat o'zlari va yaqinlariga umid qilishlari mumkin. Bu
mikrofaktorlar (xususan, oila) zamonaviy bolalar va o'smirlardagi ijtimoiy dunyo qiyofasini
yaratishning eng muhim sohasidir.
Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri.
Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli xil
pozitsiyalarda bo`lishi mumkin. Ma'lum haq-huquqlar va majburiyatlar bilan
tavsiflanuvchi insonning jamiyatdagi shunday pozitsiyasini egallashi ijtimoiy status deb
ataladi. Bunday ijtimoiy statuslar tug`ma va egallangan bo`lishi mumkin.
Tug`ma ijtimoiy statuslarga jinsi, millati, tug`ilgan joyi, familiyasi va boshqa
faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi mumkinki, ular insonning o`z kuchi va
xarakterlari bilan egallanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog statusi insonning maxsus o`quv
yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha olgan diplomi asosida egallanadi.
Ya'ni bu egallangan statusqisoblanadi.
Lekin qayotda shunday vaziyatlar bo`lishi ham mumkinki, inson o`zining xoxish
irodasiga qarshi ma'lum hatti-harakatda bo`lishi mumkin. Bu uning jamiyatda tutgan statusi
asosida yoki boshqa insonlar undan ma'lum xarakatlarni namoyon etishi mumkin. Bu xolat
insonning jamiyatdagi roli deb ataladi.
Lekin ijtimoiylashuv hamda rivojlanish jarayonida bola pozitiv va negativ ijtimoiy
rollarni ham o`zlashtirishi mumkin.
Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar
kirishi mumkin.Negativ ijtimoiy rolga esa daydilar, tilamchi-gadoylar, narkomanlar singari
kategoriyadagi insonlar kiradi. Individ yuqoridagi kabi ijtimoiy rollarni o`zlashtirish
mexanizmi natijasida ijtimoiy munosabatlarga kirishib o`sha ijtimoiy muqitga moslashib
boradi. Individning o`sha ijtimoiy sharoitlarga moslashib borish jarayoni ijtimoiy
adaptatsiya deb ataladi. Bunda muloqat, faoliyat va anglash jaryoni amalga oshiriladi.
Ijtimoiy adaptatsiyalanish jarayonida bolada “hammaga o`xshash”ehtiyoj vujudga keladi.
Shu bilan bir qatorda unda “o`zini ko`rsatish”,“o`zini namoyon etish” ehtiyoji tug`iladi va
u o`zini ko`rsatish usullari va vositalarini qidira boshlaydi hamda bu jarayon
individualizatsiyalanish deb ataladi.
Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi:
ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish.
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan
bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib
borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.
Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha
boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa
tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini tarbiyalash
jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari
bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan.
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy-ma'naviy fazilatlarning
yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda
ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning
jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan
ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb
ataladi.
Shaxs indivudal taraqiyotining muxim omillaridan yana biri uning Yoshiga bog’liq bo’lgan
xususiyatlaridir.Chunki taraqqiyotining xar bir Yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga,
qonuniyatlariga, yangiliklariga, o’zgarishlariga ega bo’lib, ular Shaxsning xaraktari, temperamenti,
iqdidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining xam sifat, xam miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan
ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya xar bir Yosh xususiyatlarni ana shu ikkala ko’rsatgich
nuqtai nazaridan o’rganishi va Shaxs xulqini boshqarish va tasir ko’rsatishda ularga tayanmog’i
lozim.Umuman Psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti
o’ta murakkab jarayon bo’lib, xar bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Xar bir bosqichda
Shaxsning biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik vazifasiga erishadi.
Masalan, olamni sensor jixatdan bilishning yetuklik vazifasi 18- 25 Yoshlarda, intelektual,
ijodiy yetuklik-35 Yoshlarda, Shaxsning yetukligi 50-60 Yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga
erishadi. SHunga o’xshash xususiyatlar insonning butun umri davomida muttasil kamolga etib,
rivojlanib borishini ta’minlaydi. SHunisi xarakterliki,xar bir Yoshda biror funksiyalarning
rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi xisobiga ro’y beradi.
11.3. Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida.
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash jamiyat oldidagi eng dolzarb masala
sifatida qaralib, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat vamadaniyatni
qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun- qoidalarini
muttasil izlaganlar. Ota-bobolarimiz azaldan bola tarbiyasi kamolotiga alohida e’tibor qaratganlar.
Inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina
amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlaganlar. Buning uchun esa shaxs ta’lim- tarbiyasi va
rivojlanishiga jiddiy e’tibor qaratmoq lozimligini aytadilar. Shaxs - ta’lim tizimining bosh subyekti
va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi sifatida
qaraladi. Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning har tomonlama kamol topishida va
uning xulq-atvorida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi.
Uning xulqiga, munosabatlariga vaziyatlar, vositalar, ijtimoiy agentlar ham ta’sir etadi. Shaxsning
kamolga yetishida, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida, nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya
muhim ahamiyatga ega albatta. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, shu jamiyat hayotidagi qonunqoidalarga, shu jamiyat ijtimoiy iqlimiga asoslanib kamol topadi. Vao‘z navbatida har bir odam
shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. O‘zining qobiliyati, o‘zining o‘rni, xarakteri, qiziqishi,
aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati, atrofga munosabati,
menligi bilan farqlanadi. Rivojlanish kishidagi tabiiy, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u
barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish
bu - o‘sishi, vaznning ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g’ri boshqara
bilish bilan bog’liq jarayondir. Ruhiy rivojlanishda esa bu - insondagi psixologik sifatlar
belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y berishidir.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi eng avvalo oilada u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning
xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning shakllanishi kishilik
jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani mukammal o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya
berish orqali amalga oshiriladi. Bu turlicha faoliyatlarda yuzaga keladigan jarayondir. Bolalar
egallashlari lozim bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy tajribalar kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida,
turli xil vaziyatlarda muntazam amalga oshirilib boriladi.
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning
yoshiga qarab izohlanadi. Jumladan, 3 yoshdagi kichik bolalar bilan ish olib borilganda ularning
mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olgan holda ish tutiladi. Bola ulg’aygan sari
uning mustaqilligi, ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi oshib boradi. O‘z navbatida ta’limtarbiyaviy ishlarning mazmuni, vazifalari, vositalari, ijtimoiy agentlar, ijtimoiy muhitlar o‘zgaradi.
Bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish asosan faol ish jarayonlarida ro‘y beradi. Faollik bolaga xos
xususiyatdir. Tarbiya jarayonlaridagi - faollik asosida faoliyatning har xil shakllanadi boshlaydi.
Faoliyatlar bola hayotidagi bilim, ko‘nikma malakalarning ortib borishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan turli faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar bir
vaqtning o‘zida o‘zlashtira olmaydilar. Ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida, uning yordamida
sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotidagi ilk faoliyatlarning eng oddiylari undagi shaxsiy
qobiliyatlar, xususiyatlar, aqliy salohiyati, menligi, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning
shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bolada dastlabki ijtimoiy moslashuvchanlik, dastlabki
harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali
bolada faollik sekin-asta rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi ham
irsiyatga ham taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola tabiatida taqlidchanlik borligini hammamiz
yaxshi bilamiz. Bola hayotining ilk dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan har bir munosabati
va narsa-buyumlar ishtirokida bajargan harakatlari asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan
muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin ijtimoiy faoliyatga olib kiradilar. Mana shu yo‘llar
bilan bola faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradilar. Shaxsni shakllantirish tarbiya
jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi uning kamoloti yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, oila
instituti, ijtimoiy hayotda, sotsialiqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo‘ladi. Shaxs
shakllanishida ta’sir etuvchi omillar mavjud. .Shaxsni shakllantiruvchi omillar Tarbiya bola
hayotida yetakchi omil sifatida qaraladi, chunki bu to‘plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun
yosh avlodga ta’sir ko‘rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida, maktabda, turli xildagi ijtimoiy muhitlarda amalga oshirilib, faoliyatni,
munosabatlarni tashkil etishga qaratilgandir. Shaxsning shakllantirishga ijtimoiy muhit, tabiiy muhit
katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning
taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati, dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi.
Tabiiy muhit bolada tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, asrab avaylash, ulardan oqilona foydalanish,
hayvonlarni, o‘simliklarni, suv havzalarini va hokazolarni muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan
faol muloqotda bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida bolaga har
tomonlama ta’sir ko‘rsatib, uni shakllantiradi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir.
Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin,
albatta ijtimoiy agentlari bilan. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki
yo‘q qilishi mumkin. Bu o‘z navbatida jamiyatning ma’naviy qiyofasi, munosabatlar, ta’sir etuvchi
vositalar darajasiga bog’liq. Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi borliq,
olam voqelik, hodisalar, agentlar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografikhududiy,
ijtimoiy va mikro muhit yani oila instituti xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida ijtimoiy
muhit qiyofasini aks ettiradi. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, MTT,
maktab, do‘stlar, va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu mikromuhitda bolani ijobiy va salbiy
rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola mo‘tadil muhitda o‘sib, foydali
faoliyat bilan shug’ullanmasa xulqida og’ishishlar ro‘y berishi mumkin Shuni ta’kidlash lozimki
odob, axioq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri
asosida vujudga keladi. Ta’lim-tarbiya masalalari, ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish
jarayonida alohida e’tiborga ega. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta'siri g'oyat
muhim. Ijtimoiy muhit abadiy emas, u inson umri davomida o‘zgarib boradi ijtimoiytarixiy
qonuniyatlar ta’siri ostida yangilanadi. Oila muhiti
- bola tarbiyasida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois, mustaqillikka erishilgandan
so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari
chuqur tahlil etilmoqda. Ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi.
Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarbiya - biror
maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan darajadagi dastur g’oyalari asosida maxsus
kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Xulosa qilib aytganda tarbiya
bu - inson ziynati, shaxsni kamolotga eltuvchi yo‘ldir. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzliuksiz
jarayon bo‘lib, kishining umri oxirigacha davom etadi. Tarbiya bu bolaga ijtimoiy muhit orqali
qilinadigan ta’sirlarning barchasidir. Inson bolasi qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatning
ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan dunyoga keladi. Layoqat
“mudroq” holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi.
Bu uyg’onish jarayoni aynan ijtimoiy muhitda sodir bo‘ladi, takomillashadi va bolaning komil shaxs
sifatida kamol topishida, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida xizmat qiladi.
11.4. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib unda bola bilim olish
bilan bog’liq, malaka va ko’nikmalarni ortirishdan tashqari, Shaxs sifatida xam muxim
o’zgarishlarga yuz tutadi.
O’smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muxim taraqqiyot bosqichidirki o’smirlik 11-14
yoshni, katta o’smirlik 14-15 yoshlarni o’z ichiga oladi. Bu davrning eng muhim hislatlari shundan
iboratki, u bolalikdan o’spirinlik, kattalikka, Yoshlikdan yetuklikka o’tish davridir. O’smirlikorganizm taraqqiyotidagi shiddat va notekistlik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensif
tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida xam
notekistlik bo’lib, bu xam bola felining o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan nomoquliklar va
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga xam o’z ta’sirini ko’rsatib bola tezda
achiqlanadigan yoki to’rmizlanish yuz berganda depressiya xolatidan chiqa olmaydigan
tushkinlikda qolishi ham mumkin. O’smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy
balog’at bo’lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini xam belgilaydi. SHu bilan bog’liq
xolda ongni jinsiy mayinlar shu bilan bog’liq noxush xis kechinmalar , fikrlar paydo bo’ladiki bola
ularning asl sababini tushinib yeta olmaydi.Psixik taraqqiyotning o’ziga xosligi shundaki u muttasil
rivojlanib boradi lekin bu rivojlanish ko’plab qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi.Bu taraqqiyot
o’quv jarayonida kechgani uchun xam to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati bola psixikaning
muvozanati va uning turli fikr o’ylardan chalinishiga zamin yaratadi.Ayniqsa - diqqat, xotira,
tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda o’smir mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi.
Chunki bu davrda u ko’proq o’z fikr-o’ylari dunyosida mushoxada qilish, olam va uning sirlarini
bilishga, nazariy bilimlarni ko’paytirishga intiladi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari nafaqat professional tanlov va kasb egallash uchun maqbul
davr bo’lmay,bu davr yoshlarning o’zligini anglash uchun maqbul davr bo’lmay, bu davr
yoshlarning o’zligini anglash, o’z qadr-qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda
bo’lish tajribasini egallash davri xamdir. O’smir xam o’spirin xam qancha ichki ruxiy iztirob,
qarama-qarshilik, ma’suliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emosional olami, atrof-muxitda
ro’y berayotgan xodisalarini ongida aks ettirishi katta o’rin tutadi. Aynan o’smirlik payti bola
qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o’ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish,uni ruxiyatida
kechayotgan barcha o’zgarishlardan vofiq etish istagi va extiyojini uyg’otadi.
Birinchi marta do’stlik, muhabbat, sevgi tushunchalari xam aynan shu davrda paydo bo’ladi.
Shuning uchun xam yetuklik va keksalik davridagi kishilar xam o’smirlik va o’spirinlik yillarini eng
beg’ubor jozibali va yoqimli sifatida xotiralaydilar.
Attraksiya - bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va
yoqtirishi, o’zaro moyillikni tushintiruvchi emosional hisdir. Do’stlik - o’smirlik va o’spirinlik
yoshda paydo bo’ladigan barcha muammolarni yechish va u bilan o’rtoqlashish uchun bolaga
do’stkerak. Do’stlikni ham ko’zlagan maqsadlari bo’ladi: u amaliy, ish faoliyatbilan bog’liq, sof
emosional, ratsional, ahloqiy bo’lishi mumkin.
Do’stlikni asosiy sharti - o’zaro bir-birini tushinish.
Sevgi - bu shunday tuyg’uki, u bir shasxning ikkinchi bir Shaxs ustidan muloqot ustunligi yoki
afzalligini inkor etadi. Bunday xissiyot esa sevgi bo’lmaydi. SHuning uchun xam o’spirinlik
yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda bo’lishni xoxlaydilar. Bu talab sevishganlar uchun ham
qonun hisoblanadi. Olimlar sevgini yoshlarda namoyon bo’lishi va uning psixologiko’rganishgan
buning dastlabki qismi - o’zaro yoqtirib qolish-simpatiya bo’lib, bunda asosan sevgi ob’ektining
tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Nazorat savollari.
1. Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha.
2. Bola rivojlanishida biologik faktorlarning roli.
3. Rivojlanishda ijtimoiy omillarning o`rni.
4. Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri.
5. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
6. Attraksiya nima?
7. Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
6-MODUL. DEVIANT XULQ - IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
12- MAVZU: DEVIANT XULQ-ATVOR TUSHUNCHASI. DEVIANT XULQ-
ATVORNING YUZAGA KELISHI. DEVIANT XULQ-ATVOR TURLARI. O‘SMIRLIK
YOSHIDA DEVIANT XULQ-AIVOMING NAMOYON BORISHI.
Reja:
12.1. Deviant xulq-atvor tushunchasi.
12.2. Deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi.
12.3. Deviant xulq-atvor turlari.
12.4. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish
12.5. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar bilan ish olib borishi
12.1 Deviant xulq-atvor tushunchasi.
Ijtimoiy pedagogikada norma va normadan chetga chiqish qoidalari. Har qanday jamiyatda,
u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar
bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan
odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan
alohida munosabat shakllangan. Zamonaviy AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga
ega jamiyatga integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu
odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga
ega a’zosi sifatida ko’riladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun
dunyoda shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada
jiddiylashmoqda. Shuning uchun bunaqa odamlar avalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy
hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada
“norma”ning o’z ko’rsatkichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni“og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi. Ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish”
tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini xarakterlash
uchun qo’llanadi. Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola
rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi
jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy
shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Og’ish turlari. Normadan chetga chiqishni shartli ravishda 4 guruhga ajratsak bo’ladi:
jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik. Ularni batafsil o’rganib chiqsak. Normadan jismoniy
og’ish avvalambor inson sog’ligiga bog’liq. Sog’liqdagi og’ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir
tashqi holatlar: og’ir ekologik holat, ichimlik suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining
pasayishi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga
moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan
imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi: kasallik, xastalik-ruhiy
yoki fiziologik funktsiyalar, anatomik struktura elementlarini har qandayyo’qotish yoki ularning
anomaliyasi; cheklangan imkoniyat-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni
bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qoyish; nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan
kelib chiqib insonning biro-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi
cheklangan imkoniyat. G’arb davlatlarida “sog’liqning cheklangan imkoniyatlariga ega shaxs”
tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki
ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek, nuqson tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning
4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og’ir turlari mavjud. Jismoniy nuqsonlarga – inson organining
faoliyat yurgizishga yoki rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek, har
qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi. Ruhiy nuqsonlarga – insonning ruhiy
rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik kiradi. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati,
shuningdek, aqliy rivojlanishning buzilishlari kiradi. Murakkab nuqson belgilangan tartibda
tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o’zida mujassam etadi.
12.2. Deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi.
Og’ir nuqson – belgilangan tartibda tasdiqlangan shunaqa nuqsonki, bu nuqson mavjud
bo’lgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning umuman iloji yo’q. Bola
jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi.
Normadan ruhiy og’ishlar, avvalambor, bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga
bog’liqdir. Bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi, bolalarning
aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohat
asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-yengil aqliy zaiflikdan, chuqurtentaklikkacha namoyon bo’ladi. Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi.
Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir
shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak
bo’ladi. Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir.
Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga qarab, ham
belgilanadi. Pedagogik og’ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam
qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga
oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini
tartibga solganidan turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan
standartlarga, shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim olishda
yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham kiritsak bo’ladi. Ta’lim
olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda
turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni
pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular
maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang’ich maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan
bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabablar talaygina: dars
qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga
chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi.
Daydilikka moyilligi bo’lgan bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil
olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi. Ruhiy va jismoniy rivojlanishda
og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o’tish joiz.
Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular professional
mutaxassislar qo’l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qaerda yashashligiga -qishloq yoki
shaharda, qanaqa oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’ligida muammosi bor bolalar uchun ta’lim
uyda individual tarzda o’tiladi. Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi
ularning keyinchalik professional ta’lim olishlari bilan bog’liq. O’z ijtimoiy rivojlanishlarining
buzilib bo’lganligi sababli biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan
chetda qoldirmaslik kerak. Bu bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohasida o’zlarini
sinab ko’rish xohishi yo’qligi birlashtiradi. Bu holatda bu og’ishni yengib o’tish uchun
mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’lishadi. Ijtimoiy
og’ishlar “ ijtimoiy norma” tushunchasi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy norma bu insonlar yoki ijtimoiy
guruhlar faoliyati yoki xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan
yoki rasman o’rnatilgan qoidalari namunasidir. Aslida ijtimoiy norma kerakli xulq-atvor, ijtimoiy
munosabatlar va faoliyatlar modeli hisoblanadi. Bolalar uchun ijtimoiy normalarning o‟ziga xos
xususiyati shuki, ular tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy norma va qadriyatlarni
o‟zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o‟zlashtirish sodir bo‟ladi. Bu
holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, Chunki uning vazifasi
bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan
darajada tashkil qilishdir. Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga
ega bolalar muammolari ustida yetarliish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi
o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning
noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal
holatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan
ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan
bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki
maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborishlari mumkin. M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish
turlarining tasnifi quyidagicha berilgan: Jismoniy, ruhiy, pedagogik, ijtimoiy 1) kasallik; 2) ko’rish
qobiliyatining buzilishi; 3) eshitish qobiliyatining buzilishi. 4) ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi;
5) aqliy qoloqlik; 6) nutq buzilishi; 7) iqtidorlilik. 8) umumiy o’rta ta’lim olishdan chetga chiqish;
9) kasbi y ta’lim olishdanchetga chiqish. 10) yeti mlik; 11) xul q-atvor normasidan og’ish; 1.
aroqxo’rlik ; 12) nor
kamaniya; 13) taksikomaniya; 14) foxishabozlik; 15) daydilik va b. Ijtimoiy pedagogning og’ish
xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni
buzishning oldini olish, shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning
reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.
12.3. Deviatsiya va uning turlari.
Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari
ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, Chunki bu davr mobaynida bolalikdan
yigitlikka o’tish roy beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari- anotomikfiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’smirlik davrida o’smir
hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar roy beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta
shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi.
O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar
qoyila boshlaydi. Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridan chetga chiqqan
o’smirlarni qiyin o’smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o’smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda
pedagogik ta’sirga qarshilik ko’rsatish tushuniladi. O’smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan
qabul qilingan norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o’rganiladi.
Deviatsiya (og’ish) ham insonga, ham uni o’rab turgan olamga xos bo’lgan o’zgaruvchanlik
hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o’zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan
biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o’zgaruvchanlik faoliyatga bog’liq va insonning atrofdagilar bilan
o’zaro munosabatini aks ettiradigan xulq-atvorida o’z ifodasini topadi. Avval aytib o’tganimizdek,
xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo’ladi. O’smirning normal xulq-atvori uning bilan
ijtimoiylashuvi rivojlanishi ehtiyojlariga mos tushuvchi mikrosotsium o’zaro munosabati. Agar
bolani atrofdagilari o’smirning u yoki bu xususiyatlariga o’z vaqtida e’tibor qaratishsa, uning xulqatvori doimo normal bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni
jamiyat rivoji va tsivilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida
buzilishiga olib keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunsak bo’ladi. Aftidan
chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va
o’smirlardezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga giriftor bo’lgan bolalar toifalarini aniqlab
olish lozim: maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar; yetim bolalar; ijtimoiy yetimlar,
bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab o’z navbatlarini ota-onalik huquqidan
mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk
ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo’lishadi; giyohvand va toksin
moddalar iste’mol qiluvchi bolalar; jinsiy intizomsiz bolalar; g’ayriqonuniy hatti-harakatlar sodir
etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez
oshmoqda.
Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor – mikro
ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan
ijtimoiy normalar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog’liq me’yordan og’uvchi xulq-atvor
turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g’ayriintizomiy deb atasak ham bo’ladi. Deviant xulq- atvorning
yorqin namoyon bo’lishiga namoyish, agressiya, chaqiruv, o’qishdan qochish va daydilik, boalar va
o’smirlarning aroqxo’rlik, giyohvandlik va u bilan bog’liq asotsial harakatlar, jinsiy xarakterdagi
asotsial hatti-harakatlar, o’ziga suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo’ladi.
Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o’smirlarning takrorlanib turuvchi
asotsial hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu harakatlar huquqiy
normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib
chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi
turlari mavjud: agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o’t qoyish kabilar kiradi;
g’arazli xulq-atvor: kichik o’g’riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va moddiy daromad
olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon
bo’ladi. Ya’ni bunda o’smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib
keluvchi qadriyatlarning o’zgarishi roy beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga,
ma’lum Yoshga yetganda jinoiy ish qo’zg’ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksiningmuayyan
moddalarida nazarda tutilgan g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy
turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo’rlik, toksikomaniya, giyohvandlik,
fohishabozlik, o’z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo’ladi. Ular tizimni
barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O‟smirlarning
deviant xulq-atvori sabablari. Me’yordan chetga chiquvchi xulqatvor murakkab tabiatga ega bo’lib,
turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq- atvorini keltirib
chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik
yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: irsiy
xususiyatlar; aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining
zararlanishi va boshqalar; organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning
kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat
manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aktsetkatsiyasining
borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada
g’ayriadekvant reaktsiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi. Yorqin namoyon
bo’lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning
eng keskin varianti hisoblanmish aktsentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda
qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har
bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat
rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki
ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda
uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaktsiyalar,
atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab
qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi. O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish
kabi hislatlar odatda birbiriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati
hisoblanadi. O’smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari
g’arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib,
uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi
og’ishlarga olib keluvchi Yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor
maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi,
maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi.
Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Maktab o’quvchisining
dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi: o’quv dekompensatsiyasi – bola
bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan
holat; maktab dezadaptatsiyasi – o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar,
sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan
bola holati; ijtimoiy dezadaptatsiya – bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom
so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining
kriminallashuvi. Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili
noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda asotsial xulq-atvorni shakllanishiga olib
keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular: o’zida
bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni
yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni
mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi; to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat
ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; spirtli ichimliklar, giyohvand
moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, otaonalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a
ijtimoiy munosabatlar turi. SHafqatsiz muomala (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki
unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. Bolaning ruhiyijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda
ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy
va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga
sinflashishi, aholi ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish
usullarining cheklab qoyilishidan iborat. 5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning
past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa
jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.
12.4. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik Yoshida deviatsiya
namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning
yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qoyadi. Ilmiy nazariy va
amaliyotda ikki asosiy texnologiyaprofilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika – o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini
keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy,
tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq
bo’ladi. Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga
suyanadi:
1. Ijtimoiy-madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi.
Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la
qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik
qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati, balki uning zimmasiga anomal
ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi. 3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi
nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan
boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga
oshirilishi kerak. “Profilaktika” atamasi o’zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni
bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijtimoiy og’ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini
inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo’ladi:
neytrallashtiruvchi; o’rnini to’ldiruvchi; ijtimoiy og’ishlarga sabab bo’luvchi holatlarni yuzaga
kelishidan ogohlantiruvchi; bu holatlarni bartaraf etuvchi; o’tkaziladigan profilaktika ishlarini
nazorat qiluvchi. Ijtimoiy pedagogning o’smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta
yondashuvlar mavjud: Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat
tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor
qilinadilar. Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash,
bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy
pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va
tarbiyaviy chora tadbirlarni o’tkazishdan iborat. Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa
ijtimoiy normalardan ehtimoliy og’ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi
shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o’smirning ijobiy xislatlarini tiklashda
namoyon bo’ladi. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi. Ijtimoiy
pedagogning dezadaptatsiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning
reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib
insonning jamiyatda to’liq integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya ob‟yektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan
toifasi bo’lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi.
Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga
og’ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar faoliyatning
to’la qonli sub’ekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota- onalar
ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‟ish bo‟lgan
o‟smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam
ko’rsatish lozim. Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab
o’tilga funktsiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‟ligi buzilgan va funktsional og‟ishlarga ega
bolalar: surunkali somatik kasalliklar, funktsional buzilishlar, asab-ruhiy hastaliklar, aqliy qoloqlik,
nogironlik. Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning
sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan
hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o’tkazishlari mumkin. Reabilitatsion yordam xarakteri:
kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish, jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish, anonim yordamdan shaxsiy
yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi.
Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun
qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi. Demak,
reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish
maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir. Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy,
psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining
u yoki bu yo’qotilgan funktsiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan
bo’ladi. Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib,uning maqsadi deviant
xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi
tasavvurni yengib o’tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy
reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan
moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiypedagogik reabilitatsiya – bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy xislatlarni, uning
jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni,
jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy
xarakterdagi chora-tadbirlardir. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish; voyaga
yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash; kasbiy, o’quv,
ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va
reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash; uy sharoitlarida
reabilitatsion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar
oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash; nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18
Yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga
bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.); oilada inqirozli vaziyatni
bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorrektsion va boshqa
yordam ko’rsatish; voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish; boshqa
muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab
chiqish va amalga oshirish. Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi
va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Muassasalar quyidagi voyaga
yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi: ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy
psixokorrektsion va tibbiypsixologik yordamga muhtojlarga; ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar
va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga turli sabablarga ko’ra
deprivatsiyaga mayli borlarga; noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga; yetim bolalar va ota-onasi
qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga). Deviant xulqatvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi
ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: nazoratsizlik,
daydilik profilaktikasi; ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga
tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam; ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan
muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish; ota- onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan
vasiylik funktsiyalarini bajarish; shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam
beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llab-quvvatlanish; oilagaqaytib kelishga ruxsat; normal rivojlanish,
ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash; ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat. Bu
muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish
reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy
rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik
tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib,
faoliyatning asosiy elementlari- maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida
mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini
shakllantirish va to’g’rilash, bolalargamuomala ko’nikmalarini shakllantirishga yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so’ng oila,
do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Qiyin
tarbiyalanadigan bolalarning reabilitatsiya
jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega. Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati
umumiy yondashuv asosida funktsional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasida o’zaro
munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro
bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir.
Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa
spetsifikasini ham inobatga oladi. Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: bolalar
va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etish vositalarini
qidirish; ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; normal shaxsrivojlanishiga yordam
beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish; tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida
aniqlash; o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish; maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga
oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish. Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish;
sheriklik; reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi; ketma-ketlik; individual, insoniy
yondashuv. Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar
kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi. Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog,
shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi
orqali amalga oshirilishidan iborat. Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga
oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko’zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari
mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b. Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan
boshqasiga astasekin o’tishni ko’zda tutadi.
Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkishunga yaqin hududlarini
ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi. Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan
psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab
xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning
to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (yetakchi o’quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida
tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib
borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari
asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga
solinadilar. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga
nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga,
shuningdek, ularni o’quv faoliyatining sub’ekti sifatida tiklashga qaratiladi. Reabilitatsion ijtimoiy
pedagogik texnologiyalar. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya
dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy xislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga
ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvorida
ijobiy xislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan
so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun
keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog
bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu
holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini
aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulqatvorli bolani u uchun
ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi,
Chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar
jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik
berishicha, qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti to’rt marta
ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda
yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan
qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabrmatonat talab qilinadi. Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonidamutaxassis quyidagi
vazifalarni bajaradi: dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash;
o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash, intilishni
shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish; o’smir faoliyatining
ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
12.5. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar bilan ish olib borishi. Maktab
ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar, ya’ni 12-16 yoshli o‘g‘ilqizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga
ham o‘smirlik tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir.
O‘spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o‘zgaradi, ruhiyatining
qayta qurilishi ro‘y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo‘ladi.
Jamoada o‘spirinning ijtimoiy maqomida o‘zgarishlar ro‘y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan
unga talablar kuchayadi
Bu yoshda o‘spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo‘ladi.
O‘spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy
muomala guruhini tanlash bilan band bo‘ladi va oxir oqibat o‘zini qulay sezadigan, unga hurmat
bilan munosabatda bo‘ladigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to‘garagi bo‘lishi mumkin. Shu
bilan birga bu guruh o‘smirlar yig‘ilib, ichib-chekib o‘tiradigan yerto‘la ham bo‘lishi mumkin.
Bu yoshda o‘spirinlarning kattalar, xususan, ota-onalar bilan muammolari paydo bo‘ladi.
Ota-ona o‘z farzandiga yosh bolaga bo‘lganday qarashadi, bola esa bu g‘amxo‘rlikdan chiqib
ketmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko‘p nizolar kelib chiqadi,
bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham
o‘zgaradi: bo‘ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o‘tmoqchi bo‘ladi. Bir vaqtning
o‘zida tengdoshlar bilan ham o‘zaro munosabatlarning xarakteri o‘zgaradi. O‘zpirinda kattalik hissi
tug‘iladi va bu xissiyot mustaqil bo‘lishga intilish, kattalarning xohish- istaklariga qarshi chiqishda
namoyon bo‘ladi. Kichkina bolaga qaraganda o‘spirinning qiziqishlari ham ancha o‘zgaradi.
O‘spiringa ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.
Shunday qilib, o‘spirinlik yoshining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratsak bo‘ladi:
emotsional voyaga yetmaganlik, o‘z xulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, katta bo‘lishga intilish.
O‘spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari
shakllanishi bosqichida bo‘lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o‘rtasidagi davrdir. Shaxs
hali o‘zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan
munosabatga kirishish jarayonida o‘z harakatlarida ijtimoiy me’yor va qoidalar talablariga amal
qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O‘spirin aqlli qarorlar qabul qilishga, ongli harakatlar sodir etish uchun axloqiy va huquqiy
jihatdan mas’ul bo‘lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o‘spirin o‘z xatti-harakatlari uchun huquqiy
javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik
rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham, katta o‘spirinlik va
o‘smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo‘ladi.
Tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar jismoniy jihatdan sog‘-salomatdirlar, biroq ularning ta’limtarbiyasi buzilgan. Ular o‘z tengdoshlaridan o‘qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur
va tasavvur hislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o‘zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham, ular mehnat qilishni yoqtirishmaydi,
o‘zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, tizimli shug‘ullana olishmaydi. Tarbiyasi og‘ir
o‘spirinlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o‘qishni xohlashmaydi, o‘qituvchilar,
tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, o‘zlarini omadsiz deb
bilishadi,
daydilik
qilishadi,
spirtli
ichimlik,
giyohvand
moddalar iste’mol
qilishadi,
huquqbuzarliklar sodir etishadi. Ba’zan o‘spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo‘rlik oqibatida o‘z
jonlariga qasd qilishadi.
O‘spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo‘lib,
oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz
yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek, o‘spirinni o‘rab turgan muhit shakllari
odatda ijtimoiy pedagogik darajalari, yo‘nalishlari, o‘spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo‘ladi.
Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasalarda bolani tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillarni
nazorat qilsa, ko‘cha-ko‘yda ularni boshqarish ancha qiyin bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida aks
etmasligi mumkin emas. Chunki o‘spirinlar bo‘sh vaqtlarining aksariyatini aynan ko‘chada
o‘tkazishadi. U yerda ularda
muloqot, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlardan biri shakllanadi.
O‘quvchi o‘spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o‘qishdir. Biroq o‘qish tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar
uchun o‘qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular
o‘zlariga muhim bo‘lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynanshu yerda, o‘zi kabi
o‘spirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo‘polliklari uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu
kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida, mahallalarda bolalar bilan birgalikda
ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo bo‘lmoqda. Bu faoliyat tuman, mahalla, hamda maktabda
ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo‘yicha va barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar
tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo‘yicha ish yuritish
maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari
bolalar muassasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo‘shilishadi va ular bilan yaqin
hamkorlikda bo‘lishadi.
Bu faoliyatda asosiy e’tibor bolaga qaratiladi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati
maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar
muhitiga murojaat qilishadi.
Pedagogik tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan
tashqari jamoaning ularning xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Ular bilan ish olib borishda yaxshi
natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:
1. O‘spirin bilan aloqa o‘rnatish;
2. O‘spirin bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;
3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o‘rganish.
Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan pedagogik texnologiya ham samarali
hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o‘spirin bilan aloqasining bir nechta bosqichlari
ko‘rsatilgan:
1.qarashlarida roziliklarning to‘planishi;
2.uning qiziqishlarini bilib olish;
3.xarakteridagi salbiy xususiyatlarning sabablarini tushunish;
4.uning shaxsiyatidagi salbiy xislatlarini o‘rganish;
5. yurish-turish va o‘zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish1.
Yu.V.Vasilkova tarbiyasi og‘ir o‘spirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondashuvni
ilgari suradi2:
Birinchi bosqich: o‘spirin va uning atrofidagilar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;
Ikkinchi bosqich: o‘spirinning shaxsiy varaqasi (delo) bilan tanishib chiqish;
Uchinchi bosqich: pedagogik tarbiyasi og‘irligining sabablarini aniqlash;
Л.П.Филонов Дезадаптив ыспиринлар билан реабилитация жараёнида ало=а ырнатиш технологияси.
Замонавий шароитларда болалар ва ысмирлар реабилитацияси муаммолари ва тажрибаси. М, 1994. 127-143 б.
2
Ю.В.Василкова, Т.А.Василкова Социал педагогика. М:Академия, 2003. 362-363 б.
1
To‘rtinchi bosqich: ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;
Beshinchi bosqich: o‘spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash;
Oltinchi bosqich: tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o‘spirin faoliyatini o‘zo‘zini mukammallashtirishga qaratish.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv o‘spirinlar guruhlari paydo bo‘ladigan mikro
muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko‘ra, voyaga
yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo‘lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida
huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari
hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o‘spirinning huquqbuzarliklarini bartaraf
etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat
huquqbuzar o‘spirinning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo‘lganligi va uning xatti-harakatlari
guruh kayfiyati, ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog‘liq bo‘lishi bilan izohlanadi.
Demak, biz pedagogik tarbiyasi og‘ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini
e’tirof etgan holda o‘spirinlarni o‘rab turgan mikromuhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish
zarurligini ham ta’kidlab o‘tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu
faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og‘ir bolalarni sinf jamoasi, o‘qituvchilar, sinfdoshlar
bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o‘smir guruhlarning rejali qayta to‘g‘irlash
hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o‘smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borish ommaviy so‘rovnoma va anketa to‘ldirish bilan
amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o‘smirlar guruhlarining qaerda paydobo‘lganligi
haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga
olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, uchrashuv joylari va vaqti, guruh
faoliyatining mazmuni va yo‘nalishi. Muloqotning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman,
shaharda o‘smir guruhlari bilan ishlashning eng to‘g‘ri va samarali shakl, vositalarini qo‘llashga
yordam beradi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy
tarkibi turli bo‘lgan o‘smirlar guruhlarida o‘zaro axborot almashuv va muloqot qilish qiziqarli
bo‘ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg‘on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi
mumkin.
Tarbiyachining vazifasi:
1) guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2) tarbiyaviy ta’sirni to‘g‘ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish.
Guruhlarning o‘rganilishi va taxlil qilinishi lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarini quyidagi turlarga
ajratsak bo‘ladi: vaqt bo‘yicha – doimiy va vaqtinchalik, yo‘nalishi bo‘yicha – ijobiy(mehnat,
sport, san’at bilan mashg‘ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish,
qimor o‘ynash).
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari
va texnologiyalari quyidagilar:
1. maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir (seksiya, klub,
to‘garaklar);
2. intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo‘nalish birbiri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga talab bo‘lganda juda muvafaqqiyatli amalga
oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar
bilan shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishni amalga oshirishning muvafaqqiyati ko‘pincha
o‘qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog‘liq;
3. sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bu birgalikdagi faoliyat(sayohatga
chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy harakatlar)ni talab qiladi.
Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun balki
jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko‘p narsa bog‘liqligini
anglab yetishadi. Bunday faoliyatlarda og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga
nisbatan to‘g‘ri munosabat shakllanadi, yuklatilgan vazifa uchun mas’uliyat hissi ortadi;
4. pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko‘rib
chiqilgan
yo‘nalishlari
muvaffaqiyatining ta’minlanishi mikromuhitning tarbiyaviy ishlari maktab jamoasi bilan
birgalikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga bog‘liq.
Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil qilishda
quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:
1. To‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik
kerak. Pedagog o‘smirlarni mehnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal
munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim.
2. Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib, ularni rasmiy
guruhga o‘tishlariga erishsa bo‘ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyiladi. Bu
jarayon o‘smirlar uchun sezdirmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy
guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati
o‘smirlarni o‘zi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin
faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlantirish, keyinchalik o‘zi bajarayotgan ishlari
uchun mas’uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib borlishi lozim.
Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash
jarayonini ko‘zda tutadi. Qayta tarbiyalash – bola yoki o‘smir yurish-turishidagi turli
cheklanishlarni yengib o‘tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi, ham
tarbiyalanuvchilar uchun ham og‘ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo‘lning istiqboli bilan
qiziqishi lozim. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi, bugungi kunini tahlil qilib, uning
kelajagini tasavvur etishi lozim.
O‘smirni qayta tarbiya yoki o‘z-o‘zini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha
bosqichdan iborat:
Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish;
O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uning ruhiy tayyorlash;
Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash;
Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan
tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani
o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltiradi. O‘smirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan
ijtimoiy pedagog maxsus metodlardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o‘z idealiga o‘xshashga
intilish maqsadini qo‘yadi. Bu o‘smirning ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.
Nazorat savollari:
1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari o’rganiladi?
2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada?
3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi?
4. “ Ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada?
5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz?
6. Maktab yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning xususiyatlari nimadan
iborat?
7. Maktabning ijtimoiy vazifalarini sanab bering?
8. O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida tengdoshlar jamiyati va bolalar submadaniyatining
ahamiyatini ochib bering?
9. “Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar” ijtimoiy pedagogik muammo sifatida qanday o‘ziga xosliklarga
ega?
10. Maktab va yashash joyida tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishda qanday ijtimoiy
pedagogik bosqich va texnologiyalardan foydalaniladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
13- MAVZU: DEVIATSIYA KONSEPSIYALARI. DEVIATSIYA KONSEPSIYALARIDAN
REALIBITATSIYA, PROFILAKTIKA VA KORREKSIYA MASALALARI.
Reja:
13.1. Deviatsiya konsepsiyalari.
13.2. Deviatsiya konsepsiyalaridan realibitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.
13.3. Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
Tayanch so’zlar: deviatsiya konsepsiyalari, deviatsiya konsepsiyalaridan realibitatsiya,
profilaktika va korreksiya masalalari, reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
13.1. Deviatsiya konsepsiyasiyalari.
Deviant hatti-harakatdagi bolalar va o`smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va
korrektsiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitatsiya - bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, soqligi, ishga layoqatsizligini
tiklashga qaratilgan kompleks, ko`p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va
korrektsiya singari aspektlarni o`z ichiga oladi.
Profilaktika- bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni
yo`qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko`proq ijtimoiy muhit bilan
bog`liqdir.
Korreksiya- bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan
aniq faoliyat hisoblanadi.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi;
- g‘arazli xulq-atvor: (kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy
tajovuzlar);
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish
qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayri
huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi.
Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik,
toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikni kiritish mumkin.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
Biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi
fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o‘z ifodasini topadi. Ularga
quyidagilar kiradi:
-irsiy xususiyatlar;
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining
zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi,
turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq
bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar.
Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki harakterining aksetkatsiyasining
borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada
g‘ayri adekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi.
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik
ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va harakterning ba’zi ruhiy hislatlari
shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan
ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli
mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu
begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emotsional
sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon
bo‘ladi.
Ijtimoiy-pedagogik omillar Maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, uning
asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi
og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunday bolalar maktabda
yomon o‘qishadi, darslarni ko‘plab qoldirishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi,
maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat
beradi.
Maktab o‘quvchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
-o‘quv dekompensatsiyasi - bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qayinchiliklar
paydo bo‘lishi bilan harakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi – o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar,
sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan harakterlanadigan;
-ijtimoiy dezadaptatsiya - bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi,
giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo - ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir salbiy omili noxush oila
hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olibkeladigan
oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli
vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun
umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tarbiyaviy munosabatlar turi;
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat alohida yashashlari sharoitida
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayri axloqiy hayot tarzi, ota- onalarning
jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar turi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning tabaqalashuvi, ishsizlik,
inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
Axloqiy omillar. Bir tomondan jamiyatning axloqiy darajasida qadriyatlarning yo‘qolib ketishida
namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga
befarq qarashida o‘z aksini topadi.
Ilmiy nazariy va amaliyotda deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlashning ikki asosiy:
profilaktika va reabilitatsiya shakllari mavjud.
Profilaktika-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlardan og‘ishning turli shakllarini
keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy,
tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
“Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish
ma’nosini bildiradi.
Ijmimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olingan holda,
profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ko‘rsatish mumkin:
-neytrallashtiruvchi,
-o‘rnini to‘ldiruvchi,
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi,
-bu holatlarni bartaraf etuvchi,
-o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda
to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi
sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‘ish bo‘lgan
o‘smirlar.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar.
- surunkali somatik kasalliklar,
- funksional buzilishlar,
- asab-ruhiy hastaliklar,
- aqliy qoloqlik,
- nogironlik.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiyiqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini
to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi.
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan
sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun me’yorli yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish,
unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy
hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish,
ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga
qaratilgan tarbiyaviy harakterdagi chora-tadbirlardir.
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz
deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan
bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy, ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomila qilish ko‘nikmalarini shakllantirish,
-ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik
qo‘llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-me’yori rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga joylashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot
sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton
deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan
qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud
imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”.
Deviant xulq-atvor yozilgan va yozilmagan me’yorlarga mos kelmaydigan har qandayxattiharakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jamiyatlarda an’analardan chetga chiqish jiddiy xato,
nojo‘ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham,
ko‘rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo‘ladi.
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‘ular, fikr va xatti-harakatlar turlitumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa hech qanday natija bermagan, ya’ni
deviatsiya yanada yorqinroq ifodalanishi mumkin. Masalan, 80-yillarda yoshlar G‘arb modellariga
taqlid qilgan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan.
Ko‘p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‘ladi: yomon to-monga og‘ish
qoralanadi, yaxshi tomonga og‘ish qo‘llab-quvvatlanadi. Ja-miyatda odamlarning aksariyat qismi
deviant bo‘lishi mumkin (bunga o‘g‘rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusdabilet
olmagan, mumkin bo‘lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharo-itda me’yordan
chetga chiqish miqdori yoki shakliga e’tibor berish kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko‘p bo‘lib,
ularga oddiy, elementar tartib bu-zishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi.
Tor ma’noda deviant xulq-atvor deganda qonunga qarshi bo‘lmagan me’yordan chetga chiqishlar
tushuniladi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘ri-nishlaridan
hisoblanadi:
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim
shaxslarning salbiy munosabati tufayli jinoiy faoliyat kelib chiqadi, mazkur shaxs esa jinoyatchi
hisoblanadi;
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni
ba’zida iste’mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p iste’mol qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni
haftada bir martadan bir ne-cha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqtorda
(200 ml.dan oshiq) ichish. Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Al-kogolizm – spirtli
ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik;
v) giyohvandlik. Giyohvandlik moddalari yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam
ruju qo‘yish va iste’mol qilish.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunda zid ravishda ishlab chiqarish hamda ular
bilan savdo qilish qonun bilan taqiqlanadi.
g) byurokratiya. “Byurokratiya” iborasi “hokimiyatga ega bo‘lgan xodim” ma’nosini
anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan “byurokratiya” ma-halliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik,
mansabni suiiste’mol qilish kabi sal-biy ma’nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab
davlatlarda bu ibora asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy salbiy us-lub tarzida
tushuniladi.
13.2. Deviatsiya konsepsiyalaridan realibitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.
Deviant bolalar va o’smirlar, ularni reabilitastiya qilish yo’llari.
Pedagogikaning asosiy mezon - tarbiya. Tarbiya - ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy
mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs axloqiy hislatlarini shakllantirishning maqsadga
qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Biroq, bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida
ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib-chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va
ko’nikmalar shakllanishi kerak ularning shakllanish jarayoni masalan, otaga, onaga bo’lgan
g`amxo’r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog`liq. Agar qandaydir
sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak munosabatlar shakllanmagan,
ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos hislatlari ham shakllanmagan. Shuning
uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamaiyatga ega bo’lgan
hislatlar shakllangan bo’lishi kerak shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya
deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi
hislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushiniladi.
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy
– axloqiy qadriyat va normalar bilan bevosita bog`liq. Ular xalq pedagogikasi, urf – odatlari,
bayramlari, o’yinlari va boshqalarda o’z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi,
«Ma’rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashkilotlari,
jamg`armalari yuqorida qo’yilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir.
Tarbiyasi «qiyin» o’smirlar anomalligi o’qishda (o’qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va
xulqida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo’ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid
yo’nalishdagi, beqaror axloqli, irodasi bo’sh, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko’rsatib keluvchi
yoshlardir. Maktab miqyosida ular ko’p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf,
maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. «Qiyin» bolalar o’quvchilarning
kam qismini tashkil etsa ham ular o’quv – tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar.
Ular maktabda va undan tashqarida (oilada, ko’chada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni
vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan
tashqarida ham o’qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik –
pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin:
1. Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
2. O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib
ketishi (60 – 70 % voyaga etmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
3. Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
4. Mikro muhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri.
5. Biror faoliyat yuzasidan o’z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati
bo’lmasligi.
Giyohvandlik – deviant xulq shakli sifatida. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish (hattoki bir
marta) organizmga o’ta jiddiy zarar yetkazish bilan birga og’ir xastalik, ya’ni giyohvandlikka
(narkomaniyaga) olib kelishi mumkin.
Giyohvand moddalarni iste’mol qilish oqibatida organizmning surunkali zaharlanishi yuz
beradi, buning natijasida tolerantlikni o’zgarishi, o’rganib qolish, mahrum bo’lish sindromi,
emosional-psixik o’zgarishlar, jismoniy hamda jinsiy o’zgarishlarga olib keladi.
VOZ (xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti) 1991 yil giyohvand moddalar toifasiga quyidagilarni
kiritdi:
1. Alkogol, -barbitura moddalar tipi: etil spirti, barbituralar, sedativ-meprobronat, xloralgid va
boshqalar.
2. Amfetamin tipidagi moddalar: anfetamin, fenmetrazin.
3. Kannabis tipidagi: marixuana, gashish. 4. Kokain tipidagi: kokain, koka barglari.
4. Galyutsinogen moddalar:LSD, meskalin. 6.Kata tipidagi moddalar.
5. Opiada tipidagi:morfin, geroin, kofein, metdon.
6. Efir suyuqliklari tipidagi moddalar: toluin, atseton, tetloxlormetan.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan moddalarning hammasi (efir suyuqligidan tashqari) davolash
maqsadida ishlatiladi, ammo ularga ko’nikib, o’rganib qolish paydo bo’ladi.
VOZ eksperementlari shuni aniqladiki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan giyohvand moddalarni
iste’mol qilishga qarab giyohvan yoki toksikomaniyaga ajratiladi.
Eng ko’p tanilgan giyohvand moddalarga legan narkotiklar kiradi, ularga tabaq bilan
alkogol xos.
Giyohvand degan tushuncha, asosan biz nolegal bo’lgan narkotik moddalarni iste’mol
qiluvchilarni tushuntirishimiz lozim.
Rossiya federatsiyasida hozirgi kunda qo’yidagi nolegal (norasmiy) narkotik moddalar
tarqalgan.
Opiy (opiy moddalari, morfin, ko’knori);
Gashish (ko’knori preparatlari, ya’ni gashish, konoplya, nasha, marixuana);
Psixostimulyatorlar (efedrin);
Ba’zi tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dori preparatlari.
Toksikomaniyani qo’yidagi moddalar keltirib chiqaradi:
Uchuvchi ximiyaviy moddalar (gengansion-benzol, toluol, atseton va boshqalar);
Tinchlantiruvchi va uxlatuvchi vositalar (trankvilizatorlar);
Ba’zi og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi vositalar.
Ba’zi giyohvand moddalar tibbiyot amaliyotida ishlatiladi, chunki ular og’riq qoldiruvchi
xususiyatga ega. Bu moddalarni iste’mol qilinishi faqat shifokor tomonidan begilanadi.
Giyohvand moddalar organizmga tushishi bilan MNS ga ta’sir ko’satadi va eyforiya holatini
keltirib chiqaradi. Buning natijasida aniqlik yo’qoladi, o’ylash qobiliyati susayadi, harakat
kordinatsiyasi buziladi.
Giyohvand moddalarning eng xavfli oqibatlaridan biri ularga o’rganib qolishdir. Ularga
o’rganib qolishlik ba’zi bir kasalliklarni davolash mobaynida ham sodir bo’ladi. Ular davolanib
bo’lganidan so’ng ham narkotik moddalarga ehtiyoj sezadilar.
Giyohvand moddaalrni bir bor qiziqish bilan iste’mol qilinganligi salbiy oqibatlarga olib
keladi. Bu esa giyohvand degan nomga ega bo’lishidir.
Giyohvand moddalarni mukkasidan iste’mol qilinishi inson organizmini surunkali ravishda
zaharlab borish deganidir. Buning natijasida organizmda ruhiy hamda jismoniy toliqish kuzatiladi.
Giyohvandlarning asosiy belgilari qo’yidagilar: o’ta qo’zg’aluvchan, harakat
kordinatsiyasining buzilishi, qo’llarning qaltirashi, terlash, holsizlik. Aqliy hamda jismoniy
qobiliyatning keskin tushib ketishi.
Giyohvandlar tez orada o’z sog’ligidan hamda mehnat qobiliyatidan mahrum bo’ladilar.
Giyohvandlar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri OITS dir (SPID). Bu kasallikni
ular orasida ko’p tarqalganligining sababi, ularning bitta shprisdan bir-birini venasiga narkotik
yuborishidir.
OITS - o’ta xavfli kasallik hisoblanadi, uning hozirgi kungacha davosi aniqlanmagan.
OITSning oxiri- o’lim fojiasidir.
Ming afsuslar bo’lsinki, bu kasallikning, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishi hammani
tashvishga solmoqda.
Keyingi paytda giyohvandlik bilan toksikomaniya rivojlanib bormoqda. Toksikomanlarning
asosiy iste’mol vositalari-bu tinchlantiruvchi moddalar va ba’zi bir toksik ximiyaviy vositalardir.
Ularni iste'mol qilish natijasida inson o’zgaradi, eyforiya holatiga tushadilar, oddiy so’z bilan
aytganda, kayf qiladilar.
Ba’zi bir holatlarda organizmning zaharlanishi, undan so’ng o’lim holatlari ham
kuzatilmoqda.
Ko’pgina tranvilizator vositalar (sekunsen, elenium, tazepam, trioksazin) psixiatrik
xastaliklarni davolash qo’llanialdi. Bu vositalarni qo’llash vaqtida shifokor nazoratida bo’lishi
lozim. Hech kim o’z-o’zidan bu dorilarni iste’mol qilmasligi kerak, chunki organizm o’rganib qolib,
bemorni giyohvandlikka olib kelishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida uyqu dorilarini ham iste’mol qilish mumkin emas, chunki ular ham
toksikomaniyaga olib keladi.
Keyingi paytlarda yoshlar orasida toksikomaniya xastaligi keng tarqalmoqda. Ular har xil
kimyoviy vositalarni (aseton, benzol, toluol va boshqalar) nafas yo’li orqali hidlab, o’zlarida
eyforiya holati, ya’ni kayf holatini chaqirishmoqda. Lekin oradan 4 oy vaqt o’tishi bilan ularda har
xil o’zgarishdan kuzatilmoqda: aqliy hamda jismoniy ish faoliyatining susayishi, ruhiy holatning
buzilishi, ko’p xlash holati. Nafas yo’llarida har xil surunkali kasalliklar rivojlanadi.
Keyingi yillar mobaynida giyohvandlar ko’payib bormoqda, shulardan 60 %ini o’spirinyoshlar tashkil etishi, bu albatta achinarli holdir. Giyohvandlar jamiyat uchun ham xavfli
hisoblanadi, chunkali o’zlariga yaqin bo’lgan insonlarni shunga jalb etadilar. Giyohvand
moddalarni qabul qiluvchilar 4-5 yil umr ko’radilar.
Giyohvand moddalarni hamda toksik holatining asosiy belgilari:
- ong, ruhiyat, kayfiyatning ummiy ahvolini buzilishi;
- harakat funksiyalarining buzilishi;
- teri va shilliq qavatlar rangining o’zgarishi;
- ko’z qorachig’ining o’zgarishi; - diqqatlikni, o’ylashni, fikr qilishni, xotirani keskin
buzilishi.
Har bir talaba shuni chuqur anglashi lozimki, eng kuchsiz giyohvand moddalar iste’mol
qilinganda ham, o’ta xavfli kasallik, ya’ni giyohvandlik paydo bo’ladi. Shuning uchun har qanday
holatda giyohvand vositalarni iste’mol qilish man etiladi.
Faqat giyohvand moddalardan qat’iyan voz kechish natijasida giyohvand degan nomni
olmaslikka va uzoq umr kechirishga erishish mumkin.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda
quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulqatvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulqatvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish
lozim.
2.Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan
so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun
keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda
ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini
anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati
uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorlibolani
u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa
hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki
bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik
berishicha qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti 4 marta
ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan
bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola
tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy
pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi vazifalarni
bajaradi:
-dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash,
-o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash,
intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish,
-o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.
Bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq ravishda reabilitatsiya dasturlarini tuzayotganda
o’smirning qaysi holatda ekanligini ham inobatga olish darkor. Bu oiladagi yoki tengdoshlari
davrasidagi janjal natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati ham bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o’smir ichki olamini ijtimoiy
sog’lomlashtirishga qaratiladi. ijtimoiy pedagog bola tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxiz
qo’ya olishi va ijtimoiy-shaxsiy-emotsional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aniqlashi lozim.
SHu borada asosiy faoliyat turlariga: individual maslahat berish, salbiy emotsional ahamiyatga ega
vaziyatlarni to’g’irlash maqsadida o’smirlarni treyning guruhlariga qo’shish, bola qadriyatlari tizimi
bilan individual ish olib borish, ijtimoiy ko’nikmalar paydo qilish kiradi. Bundan tashqari bola va
ota-ona o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarni tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. Bu
faoliyat oila pedagogik pozitsiyalariga tashxiz qo’yishni, ota-onalarni treyning guruhlarga jalb
etishni ko’zda tutadi.
Inqirozli holatda turgan o’smir boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda bunaqa xulqatvor o’smirning hal qilib bo’lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. Bu toifa bolalar bilan ish
olib borishda emotsional holatning shoshilinch diagnoztikasi, bu muammo sabablarini aniqlash,
muammolarni hal qilish ko’nikmalariga o’rgatish, ijobiy “Men” konsepsiyasinishakllantirish ustida
ish olib borishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy pedagog faolyatning boshqa bir yo’nalishi uy-joysiz bolalarga qaratilgan. Bubolalar
bilan ishlash ikki yo’nalishdan iborat:
-bunaqa bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko’rsatish,
ovqat bilan ta’minlash),
-o’ziga, o’z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun o’tgan hayotlarining salbiy
tajribasidan xalos etish.
Asosiy ish metodi-patroj, asosiy ish shakli “Men” konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan
ijtimoiypsixologik treyning tashkil qilish.
Bu reabilitatsiya dasturlarini quyidagi 3 shartlarni bajargandagina effektiv tarzda amalga
oshirsa bo’ladi:
1) dasturning barcha ishtirokchilarini-bola, ota-ona, ijtimoiy pedagog, mutaxassis yuqori
motivatsiyasi,
2) mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-pedagogik
kompetentliklari,
3) turli davlat xizmatlari-ta’lim sog’liqni saqlash, - faoliyatini tartibga solish.
Dezadaptatsiya bo’lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud texnologiyalari deviant
xulq-atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga qaratilgan. Bu jarayon birinchidan eng xavfli deviant
xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib chiqarilishi, ikkinchidan bolaning
ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga yo’naltirish, uchinchidan daydilik,
giyohvandlik, besoqolbozlik, fohishabozlik bilan shug’ullanuvchi o’smirlarni jinoiy yoki ma’muriy
kuzatuvdan xalos etish;
4) maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tuzishdan iborat.
Nazorat savollari:
1. Deviant hatti-harakatdagi bolalar va o`smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va
korrektsiya ishlari qanday amalga oshiriladi?
2. Deviant bolalar va o’smirlar, ularni reabilitastiya qilish yo’llari haqida fikr-mulohazalaringizni
bayon eting.
3. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda nimalar
inobatga olinadi?
4. Dezadaptatsiya tushunchasini izohlang.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4.C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4. Sotsionalnaya
pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
14- MAVZU:
MTTDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING MAZMUNI. IJTIMOIY
PEDAGOGIK FAOLIYATNING BOLALARNING MOSLASHUV KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISHDAGI
O‘RNI.
TA’LIM,
TARBIYA,
RIVOJLANTIRISH
VAZIFALARINI HAL ETISHGA KOMPLEKS IJTIMOIY PEDAGOGIK YONDASHUV.
TARBIYACHILAR, BOLALAR VA OTA-ONALARGA PSIXOLOGIK-IJTIMOIY
YORDAM.
Reja:
14.1. MTTda ijtimoiy pedagogikaning mazmuni.
14.2. Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi
o‘rni.
14.3. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
14.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi
xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy himoyalash, ijtimoiylashuv , moslashuv, Go’daklik,
Maktabgacha ta’lim muassasasi, ijtimoiy-pedagogik faoliyat, tarbiyaviy, ijtimoiy muhit, ijtimoiy
– iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar va boshq.
14.1. MTTda ijtimoiy pedagogikaning mazmuni.
Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning
asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.
Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish
kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik
maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik
tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun
faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila,
ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy
institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab
bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi
tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi“vositachi” rolini
bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪
o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪
sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:
▪
ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi.
Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli
Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri
sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy
vazifalari:
▪
bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
▪
sog`ligini tiklash,·
kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
▪
nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi;
nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar,
sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan
ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb
muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini
oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi
tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
1. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3. Tabiatga mos yondoshuv
4. Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni
o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati modeli
quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.
Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga
bo`lgan ijtimoiy talab
Ijtimoiy pedagogik faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari
IPF tamoyillari
IPF mazmuni
IPFning o`ziga xosliklari
Shakllari
Metodlari
Ijtimoiy pedagogik
Dasturlar bosqichi
Vositalar
IPF
Bolalar va o`smirlar: ularning
ijtimoiylashganlik va rivojlanganlik darajalari
Chiqish: Ijtimoiylashgan bola
14.2. Ijtimoiy pedagogik
shakllantirishdagi o‘rni.
faoliyatning
bolalarning
moslashuv
ko‘nikmalarini
Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari.
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy
maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik qimoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini
yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar,
yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha
muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib,
mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu
aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga
ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.
Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Ijtimoiy hayotda ob'ektiv sabablarga ko`ra noto`liq oilalar mavjud. Ota-onalarning
ajralishlari, nikohsiz farzand ko`rish, o`rta yoshdagi insonlarning orasidagi o`limning ko`payishi,
bolasidan voz kechish bunga asos yaratmoqdalar. So`nggi yillarda ko`plab oilalar moddiy
yetishmovchilik holatiga duch kelmoqdalar. Bu holat, albatta,
bolaning ruhiy olamiga o`z ta'siri o`tkazadi. qarovsiz bolalar-oilalarning buzilishi natijasidir.internat
shaklidagi muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar psixologik, hissiy deprivatsiyaga uchraydi, ya'ni
qiynaladi, sesorli ochlikni boshidan o`tkazadi, real qayotdan uzoqlashadi, ijtimoiy izolyatsiyada
bo`ladi. Maktab internatlar nafaqat ta'lim-tarbiya maskani, balki shaxsning ijtimoiylashuviga
ko`maklashadi. Internatlarda
bajaradigan ijtimoiy pedagogning vazifalari quydagilardan iborat;
▪
tarbiyalanuvchilarda insoniy munosabatlarni shakllantirish:
▪
bolalarning xavfsizligini va psixologik konfortni ta'minlash:
▪
har bir tarbiyalanuvchining hayot tarzi, ijtimoiy rivojlanish vaziyatlarini, intividual
xususiyatlarini o`rganish:
▪
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasini va ijtimoiy potologiyasini o`rganish:
▪
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qilish:
▪
tarbiyalanuvchilar, muassasa, oila a'zolari va ijtimoiy institutlar orasida dallollik vazifasini
o`taydi:
▪
internat bitiruvchilarni ishga joylashtirish, turarjoy bilan ta'minlash, pensiya, posobie va
boshqa imtiyozlardan foydalanishiga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli
Sog`liq inson hayoti mazmunining asosini tashkil etadi. Inson uchun u adekvat gigienik
muqit va sog`lom turmush tarzi hisoblanadi. “Sog`lom inson”, “Sog`lom jamiyat”, “Sog`lom
millat”, “Sog`lom avlod” tushunchalari mavjud. Sog`lig`ning ikkita aspekti mavjud: biologik va
ijtimoiy. Sog`lig`ni obektiv faktorlar(turmush darajasi, ijtimoiy xizmat, ekologiya) va sub'ektiv
faktorlar (mazmunli hayot va sog`lom turmush tarzi) o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Sog`lom turmush tarzi-bu har bir shaxs va butun jamiyatning insonparvarlashganlik va
rivojlanganlik me'yoridir. Xalqimizda “Tani sog`lik-tuman boylik” , “Sog`lom tanda sog`lom aql”
singari xalq donoligi mavjud bo`lib, ular asosida jamiyat a'zolari ongiga ta'sir o`tkazilib, sog`lom
turmush tarzini yaratishga, bolalikdan valeologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi.
Valeologiya-bu pedagogika va tibbiyot fanlarini muvofiqlashtiruvchi sohasidir. U sog`liqni
saqlash madaniyati va sog`lom turmush tarzini shakllantirishga yo`naltirilgandir. Inson
salomatligining bir-biri bilan bog`liq turli aspektlari mavjud; somatik, psixik, ijtimoiy va h.k.
Somatik (biologik, jismoniy) sog`liq- bu surunkali kasalliklardan, jismoniy defektlardan,
funktsional buzilishlardan yiroq insonning ijtimoiy layoqatidir.
Psixik (ruhiy) sog`liq. Asosan tibbiyotda ko`proq foydalaniladi. Psixik sog`liq bu ruhiy
xotirjamlik va tinchlikdir.
Ijtimoiy (shaxsiy) sog`liq- bu individning ijtimoiy muhit va muloqatining rivojlanganlik
darajasidir (moslashganlik, vazminlik, tartiblilik).
Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular
yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan
bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy
muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y berdi, chunki
aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar.
Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy
himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.
Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yetimlar soni
borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va
u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda.
agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila
yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq
muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi.
Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va
mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi: bolani o’z oilasida saqlab
qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish,maxsus
tarbiya muassasalariga topshirish.
Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning tarbiyasi
va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi.
Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan tashlandiq bolalar, tug’ma yetimlar tarbiyalanadilar,
keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda maktab internatlarga o’tishadi.
Bolalar uyining maktab internatdan asosiy farqi uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagimaktablarda
ta’lim olishadi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi
ham ta’lim olishadi.
O’z oilasidan boshqa joyda ulg’ayayotgan bola-doimo g’ayitabiy hodisadir. Go’dak
hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz tarbiya 90% holatlarda uning
rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internat turidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar
ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor jihatdan och qolishadi, ular real
hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktab-internatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari
ruhiy jarohatniboshdan kechirishgan, bu esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy
tarbiya sharoitlari, emotsional-shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy
infantilzim, kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi.
Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar nafaqat ta’lim-tarbiya
funksiyalarini bajarishga qaratilganlar, ular bolaning normal ijtimoiylashuvi, uning to’liq
rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini to’g’irlashadi, tarbiyachilarning huquqiy va psixologik
himoyalarini ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini
yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o’z o’rniga ega.
Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida ijtimoiy pedagogning o’rni Bola
hayotining ilk yillarida unda u o’sib-rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit talablarini
aks etuvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro ijtimoiy muhitning
o’zgarishi yurish-turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu esa yoshlik davrida anchagina
mushkul vazifa bo’lib odatda adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi.
Go’daklar uyida bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida bo’lishadi va
bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi hisoblanadi. Bu sharoitlarda
bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga
kirishishadi.
Bolalar uyida go’dak ijtimoiy yurish-turishning stereotipini o’zgartirish zarurati haqida
gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:
- Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi.
- Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi.
- Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan holatlar ham
bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib tushadi yoki onasi
uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z xususiyatiga egalar, u
yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi.
14.3. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
Adaptatsiya atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik mavjudotlarning
muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion imkoniyatlari
ham shuncha yuqori bo’ladi.
Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud bo’lishidir. Inson
uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir
omili hisoblanadi.
Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan ijtimoiy
sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya deyiladi. Muayyan
mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu ijtimoiy sharoitlarga adekvat
yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog’i
bajaradi.
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurish-turish
shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi. ijtimoiy
adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun markaziy nerv tizimi hujayralarining chidamlilik
darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy nerv
faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning ta’siri va
shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish reaksiyalari paydo
bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikro ijtimoiy muhit o’zgarishlariga duchor
kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir ko’rsatadi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga qo’shish va
uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish qobiliyatini
rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va
boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini
rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot
o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha
past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak
go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va
sog’ligi ko’rsatkichlari ham doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini
tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining xomligi
xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik holatlarini tez paydo
bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga ko’nikishi
bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni
aniqlash imkonini berdi.
Ko’nikish bosqichlari:
1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi mikroijtimoiy muhit talablari va
odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi. Bu vaqtda ayniqsa
yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, o’yinlarda o’zgarishlar ko’p
bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi, infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi
kabi hodisalar ham kuzatiladi.
2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi yurishturish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning kamayishi
kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional holat vaqti
cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi (60 kungacha).
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani murakkabligi bo’yicha
tasniflash imkonini beradi.
Yengil adaptatsiya. Bola yurish-turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo’ladi. Bunda
ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola iste’mol qiladigan narsalar
hajmi normasiga qaytadi, uyquning tiklanishi 7-10 kunda ro’y beradi, emotsional holat, nutq
faoliyati va bolalar bilan o’zaro munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi.
Shu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati ham pasayadi.
Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi.
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish-turishida barcha buzilishlar yaqqol namoyon
bo’ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30 kunda normallashadi, mo’ljalolish
faoliyatining buzilishi o’rtacha 20 kun davom etadi, nutq faoliyat 20-40 kungacha qayta
tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror bo’lib turadi, harakat faoliyatining
tiklanishi 30-35 kunda sodir bo’ladi.
Bu davrda ham kattalar bilan o’zaro munosabatlar buzilmaydi. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya
respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.
Adaptatsiyaning bu yo’nalishi bolalarda odatda 9 oylik yoshdan 1,5 yoshgacha qayd etiladi.
Biroq agar bolalarda sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa yoki go’daklar uyida
sog’lomlashtirish-tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo’lsa har qanday yoshdagi bolada bu holatlar
qo’zg’atilishi mumkin.
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazilayotganda,
statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi.
Og’ir adaptatsiya. Bu adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2-6 oy va ko’proq) vabarcha
alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi.
Organizmning ko’nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining emotsionalijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional muvozanat va shu asosda
shakllanadigan anglab olish faoliyatining yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani
ta’minlaydi.
Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylash noto’g’ri hisoblanadi.
ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlarini maqsadga muvofiq
shakllantirish va mashq qildirishdir. Chunki bola o’z adaptatsion imkoniyatlarisiz o’zini turli
ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarni mashq qildirishmasalasi
go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilishning eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit
sharoitlariga yengil adaptatsiya darajasida ko’nikishga intilish va adaptatsiyaning og’ir
buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.
14.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga
moslashuvi xususiyatlari.
Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog‘chasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha
shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog‘ligi, ham
har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etishuchun
ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va
bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:
1. organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining
nihoyatda tez sur’atidir;
2. jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi;
3. go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni.
Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib uch asosiy
komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va
muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak, bola tug‘ilishdanoq uning faolligi “bola- kattalar”
munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning
emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrof-muhit va odatiy
hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi.
O‘yin – bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sayotgan bola organizmining
tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat
qilishga ehtiyojidir. O‘yin bolaning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir.
Shuningdek, o‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin
bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga ko‘nikish
shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasidagi
bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak
bo‘ladi:
1. Adaptatsion bosqichning kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish
darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;
2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili;
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sog‘liq holatini saqlashga
yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.
Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizg‘inlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. Buning ilk
namoyon bo‘lish shakllari emotsinal holatning buzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga
tayanishi lozim:
1. Yengil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi.
Bola MTMga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta boshlaydi.
2. O‘rta adaptatsiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o‘zgarishlar 1530 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u
o‘z vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil
kasallikka chalinadi va 7-10 kun MTMga kelmasligi mumkin.
3. Og‘ir adaptatsiya shunda namoyon bo‘ladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo‘lish
kuzatiladi va u kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda
adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va sog‘liq ko‘rsatgichlarida noxush
holatlar ham namoyon bo‘ladi.
Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9oylikdan
1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishlarini inobatga
olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham
og‘irlashtirishi mumkin:
1. noto‘g‘ri ovqatlanish;
2. bolani noto‘g‘ri belash;
3. salbiy odatlar;
4. yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar;
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.
Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi
bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish,
ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar:
1. otasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);
2. onasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);
3. onasida homilaning kechishi va bola tug‘ilishi.
2. Maishiy sharoitlari:
1. istiqomat qiluvchilar soni;
2. yashash joyiga baho berish (qulayliklari);
3. yuvinish moslamalari;
4. yashash joyi havosining tozaligi;
1. bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi?
3. Bola haqida ma’lumotlar:
2. yoshi;
3. sog‘ligi;
4. bolaga kim g‘amxo‘rlik qiladi?
5. bolaning kun tartibi qanaqa?
6. u alohida xona, krovatga egami?
4.Bedorlik vaqti:
7. bola bedorlik vaqtini qanday o‘tkazadi?
8. uyg‘oqlik davrining uzunligi;
9. sevimli o‘yinchoqlari;
10. kiyinish-yechinish, yuvinish jarayonlariga munosabati;
11. kattalarning bolaga munosabatlari;
12. bolaning kattalarga munosabati;
13. bola bilan tez-tez sayr qilishadimi?
5.Ovqatlanish:
1. ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi?
2. bola nima yeydi?
3. nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshiqdami)
4. bolaning ishtaxasi, faolligi.
7.Uyqu:
1. bolani uxlatishda o‘zini tutishi;
2. uyqudagi kiyimi;
3. bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)?
4. kuniga necha marta, qancha uxlaydi?
5. uyqu xarakteri va uzunligi;
6. qanday uyg‘onadi (tinch, yig‘i bilan)?
7. bola kunduzi qaerda uxlaydi (kravat, xona, ko‘cha)?
8. tunda qanday uxlaydi?
9. bolani uxlatish uchun unga so‘rg‘ich berishadimi?
1-jadval
Adaptatsiya varaqasi
MTM
guruh
_ tug‘ilgan sanasi
MTMga kirish sanasi
Kirishdagi yoshi: yosh, oy.
Sana
Ishta
hasi
Uyqu
uzunligi,
hissiy
Katta
O‘yinchoq
holati
larga
larga
munosabat
xarakter
munosa
O‘zini
tutishi
Tavsiyalar
bat
Adaptatsiya varaqasida bolaning hissiy holati, uni ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi.
Shuningdek, unda kattalar, boshqa bolalar bilan munosabati, individual xususiyatlar ham qayd
etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb shartli ravishda bola
yurish – turishining normallashuvi olinadi.
Tayyorlov bosqichi o‘z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul
qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:
1. Og‘ir adaptatsiya sabablarini aniqlash;
2. Tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasi tarbiyachilari bilan aloqa va
hamkorlik o‘rnatish;
3. Bolalarning MTM, bolalar bog‘chalariga kirishlaridan avval sog‘lomlashtirish chora-
tadbirlarini nazorat qilish;
4. Bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish;
5. Bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o‘rnatish;
6.Maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun
ruhiy, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
ijtimoiy pedagogik,
ijtimoiy
Amaliy bosqich quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila va ta’lim muassasasida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish;
2. Oila bilan aloqalar – bolaning MTMga qatnay boshlaganida 3-4 kun mobaynida onasining
ishtirok etishi;
3. Axborot bazasining kengayib borishi;
4. Bolalarni ruhiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash.
Go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilar ekan
ijtimoiy pedagog unga
sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak.
ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
1.
Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash.
2.
Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab turish
uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish.
3.
12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta
shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan
tanishtirishi lozim.
4.
Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish kerak,
maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim.
Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda avvalambor
bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu bilan birga bolaning shu
paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa ovqatlanish rejimini nihoyatdaehtiyotlik
bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va
glyukoza qqo’shilgan qorishma berish ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun
mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim.
5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi, bolalar, xizmat
ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. YAngi guruhdagi ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor,
mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir o’yinchoqni olib kelishga ham
ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat
berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi yoki guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini
aniqlash uchun bolaning yurish-turishi, ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish
kerak.
6. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya muassasaga
kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar uyiga kirishdagi vaziyat
ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi,
o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va
og’ir adaptatsion sindrom ham paydo bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan
ko’proq shaxsan aloqa qilish, uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini
to’g’ri anglab yetish, bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab
o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish;
2. Bolalar sog’ligini saqlash;
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash;
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati yo’lida
yetarli ta’lim olish;
8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish:
9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini shakllantirish.
Etim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yetimxonalar mavjud.
yetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona qaramog’isiz
qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin hayotiy
vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni
ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina
muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga yangi
yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari
faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy
reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga ta’lim berishni
tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi
tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi jiddiy
muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli rivojlanmagan.
Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki ularni katta odamning o’zi
jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning
e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa shaxsiy
muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-bolalar uyida bola bilan
kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e’tibor
qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi
kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va
kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan pastdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun bolalar uyidagi kundalik faoliyati, u
yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin namoyon bo’lishi xosdir. Bu
yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha sermahsuldir.
Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari va
ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli vaziyatlarda
ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining to’qnashuvi, tengdoshlari
tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari tomonidan tushunilmasligi va hokazo.
Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin. SHunday qilib
olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va ehtiyoj sohasini
aniqlashdi.
O’smirlik yoshida bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga, o’z
“men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga bola
sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq sog’-salomat
bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida nogironlar ham uchrab
turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar,
shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadibolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida
amalga oshiriladi:
ijtimoiy
pedagog
tashxis ijtimoiy profilaktik
ijtimoiy tarbiya
qo’yish va maslahat
faoliyat
Maqsadi: shaxs sotsiogenezi Maqsadi: bolalar ijtimoiy Maqsadi: shaxs ijtimoiylashuvi
dinamikasini kuzatish, uning rivojlanishidagi buzilishlarni jarayoniga
faol
ta’sir
buzilish sabablarini aniqlash;
oldini olish, shaxsning to’liq ko’rsatish, ijtimoiy tarbiya va
Ijtimoiypsixologik
rivojlanishi uchun sharoitlar ijtimoiy
pedagogik
muammolarini va ularni xal yaratish;
reabilitatsiya dasturlari orqali
qilish usullarini o’rganish;
Bolalarda ruhiy keskinlik unga ijobiy ta’sir ko’rsatish;
Tarbiyachilarning
ijtimoiy profilaktikasi
dasturlarini Hayotiy
malakalar
va
adaptatsiyalari xususiyatlarini ishlab chiqish va amalga ko’nikmalarni
rivojlantirish
o’rganish;
oshirish;
dasturi;
ijtimoiy
tavakkal
guruhi Qulay
ijtimoiypsixologik Profiariyentatsiya dasturi:
tarbiyalanuvchilarini aniqlash;
mikromuhit yaratish;
Jinsiy tarbiya va oilaviy
Bolalar
qiziqish
va tarbiyalanuvchilarning
o’z hayotga tayyorlash dasturi;
qobiliyatlarini o’rganish;
oilalari,
pedagoglar
va Aloqa ko’nikmalari va muloqat
ijtimoiy
rivojlanishning tengdoshlari bilan muloqot
madaniyatini
rivojlantirish
individual xaritalarini tuzish;
qilishlarining eng optimal dasturi;
Bolalar rivojining
ijtimoiy yo’lini tanlash;
Xulq-atvordagi turli chetga
tarmoqlva individual vaziyatiga shaxsiyatlararo
chiqishlarni
(agressiya,
tashhiz qo’yish;
munosabatlarning
avtoagressiya, adiktiv xulqBolalarning
kattalar
va profilaktikasi dasturi.
atvor,
uyatchanlik,
autiz)
tengdoshlari bilan muloqotda ijtimoiy
zararli
illatlar to’g’irlash dasturi.
bo’lishlariga tashhiz qo’yish;
(araqxo’rlik, giyohvandlik, Xarakter aksentuatsiyalarining
ijtimoiy xulq-atvordan chetga
taksikomaniya)ning
psixoterapiyasi dasturi.
chiqishlariga tashhiz qo’yish.
profilaktikasi dasturi.
“Men” obrazining to’g’irlash
dasturi
O’z faoliyatida ijtimoiy pedagog bir qator vazifalarni hal qiladi:
1. bolaning ijtimoiy maqomini aniqlash;
2. tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanish dasturini tuzish;
3. bola adaptatsiyasi, intergatsiyasi, reabilitatsiyasi;
Shu bilan birga u o’z faoliyatida tashhiz qo’yish, bashorat berish, reabilitatsion vositachilik
va patronaj o’tkazish vazifasini ham bajaradi. ijtimoiy pedagog faoliyati bola ijtimoiy maqomini
aniqlashdan boshlanadi. Hujjatlarni o’rganish, suhbat, test o’tkazish yo’li bilan ijtimoiy pedagog
yechishi lozim bo’lgan muammolarni aniqlaydi. Bola kasallanishini tashhizi qanchalik aniq
qo’yilsa, unga berish mumkin bo’lgan yordam turini aniqlash oson bo’ladi. Bolaning tarbiyasi
jamoada kechadi, shuning uchun ijtimoiy pedagog bolalar jamoasini ham to’liq o’rganadi.
Buning uchun ijtimoiy pedagog tomonidan “bolani o’rganish varaqasi” hamda “Bolaning
individual xaritasi” to’ldiradi.
Bolani o’rganish varaqasi
O’g’il bola
Qiz bola F.I.SH.
I.
Bola haqidagi umumiy ma’lumotlar
1. Bola yoshi
(tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
2. Bola joylashgan muassasa nomi va manzili
3. Qarindoshlari va ularning manzili
4. Millati
5.
Ilova
qilinadigan
hujjatlar
(tavsifnoma,
rasmlar)
6. Asosiy shikoyatlar
II. Bolaning yurish-turishi
Umumiy ma’lumotlar
1. Qayerda ta’lim oladi
2. Qachon va qaysi yil
Javoblar
ijtimoiy pedagog savollari
Tarbiyachi
tibbiy
xarita,
Pedagog
3. takrorlash, qachon va qancha
4. ta’lim jarayonida qanday qiyinchiliklar mavjud
5. muvaffaqiyatning qiziqish tufayli oshishi
6. o’zi o’qishni yoki eshitishni yoqtiradimi
7. sevimli predmetlari
8. sevimli o’yinlari
9. sevimli mashg’uloti
10. musiqa
11. ijtimoiy faoliyat, hayvonlar, tabiatga qiziqish
12. jismoniy tarbiya va sport
intellektual xulq-atvor
13. e’tibor, xotira
14. ishlash qobiliyati
15. darslarda o’zini tutishi
16. zamon va makonda mo’ljal olish
17. yoshga mos kelishi
18. tarbiyasida chetga chiqishlar
19. aqliy rivojlanishning ortda qolishi
Nutq
20. toza, duduqlanish, afaziya, sergaplik, lug’at boyligi, exolaliya va boshqalar
Mator ta’sirlar
21. epchillik, yurishi, yozuvi, kulgusi, chaynashi, kiyinishi, charchashi
22. kayfiyati, negativizm, egotsentrizm, yalqovlik, yolg’onchilik, maqtanchoqlik
23. og’riqqa chidamliligi
yozma
ishlar,
Psixolog
24. ishontirish
Uyqu
25. tinch, chuqur, barvaqt, kech, uyqusizlik
Gastrik instinklari
26. spirtli ichimliklar iste’mol qilish
Jinsiy instinklari
27. jinslarga munosabati, uyatsiz harakatlar, rasmlar, so’kinish
28. erta rivojlanish. Onanizm, sadizm, eksgibitsionizm
ijtimoiy xul-atvor
29. atrofdagilarga munosabati
30. tartib, majburiyatlarga munosabati
31. o’g’irlik, o’g’irlangan narsalardan foydalanish
32. qochish, daydilik, gadoylik
Ijod
33. shakl, mazmun, kuch, taqlid
Boladagi o’zgarishlar
34. qaysi munosabatlarda va qachon
Bolaning individual xaritasi
1. O’g’il bola
Qiz bola
2. Bola yoshi
(tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
3. Kelishi (qachon, qayerdan)
1.
Oilasi haqida
Onasi
Otasi
Qarindoshlari
Vasiy
2. Tibbiy ko’rsatkichlari (jismoniy rivojlanish darajasi, yuqumli kasalliklar va boshqalar)
3. Pedagogik ko’rsatkichlari
-o’qitish jadalligi
-o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar
-o’qishdagi qiziqishlar
5. Psixologik ko’rsatkichlari
-temperament turi
-xarakter xususiyatlari
-“Men” obrazi
-psixologik rivojlanishining umumiy darajasi
-anglab oluvchi jarayonlarning o’ziga xosligi
-xulq-atvor xususiyatlari
-qobiliyatlari
2.
ijtimoiy pedagogik tavsifi
a) ijtimoiy zararli jihatlar:
-erta alkogollashuv
-chekish
-taksik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish
-g’ayriijtimoiy o’yinlarga qiziqish
-jinsiy xohish
b) ijtimoiy xulq-atvorida chetga chiqishlar
-qo’pollik
-janjallar
-darsdan, mashg’ulotlardan va boshqa shunga o’xshashlardan qochish
-intizomsizlik
-kuchsizlarni urish
-qalloblik
-hayvonlarga qo’pol munosabatda bo’lish
-o’g’irlik
-jamoat tartibini buzish
v) rivojlanishning ijtimoiy vaziyati
-noxush ob’ektiv
-noxush sub’ektiv
g) ijtimoiy maqom
-etakchi
-guruhda olqishlanadigan
-muayyan shartsiz qabul qilingan
-nazardan qolgan odam
-jasur
Ijtimoiy pedagogning keyingi vazifasi tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi
dasturini to’qish, ya’ni bolalar uyining bitiruvchisi qanaqa bo’lishi kerakligini tasavvur etishlozim.
Buning uchun ijtimoiy pedagog tarbiyachi bilan birgalikda bolaning barcha hujjatlarini, uning
muammolarini tahlil qiladi, vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi.
Ish bosqichlari
1. Tayyorlov-muassasaga kirishlarida tanishish bolalar, bola hayoti muhitining omillari, aloqalar
o’rnatish, ijtimoiy tashhizi, shaxsning pedagogik imkoniyatlari bilan tanishish, shahar (tuman)
muassasalari bilan aloqalar o’rnatiladi, bolalar kartatekasi tuziladi, ishning qisqacha taxlili beriladi.
Tadqiqot usullari
Psixologik test o’tkazish:
a) “maktab ta’limiga ko’nikish” anketasi
b) ruhiy sholatlarning tashhiz qilinishi
v) bolaning muhitga ko’nikishiga muassasa ta’sirini aniqlash maqsadida kuzatuv olib borish,
intervyu olish
Anketa so’rovnovnomasi o’tkazish:
a) insho-bolaning ijodiy qiziqishini aniqlash uchun (adabiyot o’qituvchisi o’tkazadi)
b) qizishlarini so’rab bilish
v) kasbiy qiziqish bo’yicha anketa
2. Tashkiliy-muammolarni tasniflash, ularni tahlil qilish. ijtimoiy pedagog o’z faoliyatiningustuvor
yo’nalishlarini, ijtimoiy ijod shakllarini aniqlaydi, ishda ijtimoiy institutlarni (oila, maktab, yoshlar
tashkilotlari, sog’lomlashtirish muassasalari, armiya, ijtimoiy xizmatlar) tartibga soladigan ijtimoiy
yordamchilar tarkibini tuzadi, ta’lim, sog’liq, dam olish payti muammolari bilan shug’ullanuvchi
tashkilot, to’garaklar imkoniyatlarini o’rganadi, ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar natijalarini
tizimlashtiradi.
3. Bevosita ijtimoiy ish-kuzatuv, g’amxo’rlik, maslahat berish, bola huquqlarini himoya
qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili.
Ish shakllari:
1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish.
Vositalar-predmetlar, hodisalar, jarayonlar.
Bolalar uyi sharoitlarida ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish,
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish,
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish.
ijtimoiy pedagog faoliyatining bu umumiy qoidalari bolalar uyi turi, bolalarning yoshi,
ularning tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik muammolariga qarab konkretlashadi.
Psixologlar bilan birgalikda ijtimoiy pedagog bitiruvchilarning o’z-o’zini belgilab olishlari
(kasb-hunar to’g’risida suhbatlar, korxonalarga ekskursiyalar, professional ta’lim olish to’g’risida
suhbatlar), insonning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollarini o’zlashtirishlari (vatanparvar, oila a’zosi,
jamiyat a’zosi, iste’molchi, professional va boshqa), oila funksiyalari va tuzilishi bilantanishishlari,
adaptiv mexanizmlarning shakllanishi muammolari bilan shug’ullanishadi. Bolalar uyidagi
murakkab tarbiyaviy jarayon tarbiyachilardan nafaqat bugungi vazifalarni, balki ham bolaning ham
jamoaning rivojlanish tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi.
Nazorat savollari.
1..MTTda-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
2. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli.
3. Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
4. Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
5. Ijimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli.
6. Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar
bilan belgilanganligi.
7. Adaptatsiya va ijtimoiy adaptatsiyaga ta’rif bering.
8. Bolalarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli adaptatsiyalarini ta’minlashda
pedagogning vazifalari nimalardan iborat.
ijtimoiy
9. Bolalar MTMga adaptatsiya(moslashish) turlarini sanab o‘ting.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.:
Tafakkur 2019 y
3..J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
4. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4.
Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006
6. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
8. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
8-MODUL
FAOLIYATI.
IJTIMOIY PEDAGOGNING OILA BILAN OLIB BORADIGAN
15- MAVZU: MTTDA PSIXOLOGIK-IJTIMOIY VA REABILITATSION YORDAMNING
IJTIMOIY PEDAGOGIK XIZMATI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA
IJTIMOIY PEDAGOGNING ISHI XUSUSIYATLARI
Reja:
15.1. Oila va uning o’ziga xosliklari
15.2. Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati.
15.3. MTTda psixologik-ijtimoiy va reabilitatsion yordamning ijtimoiy pedagogik xizmati
15.4. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.
15.1. Oila va uning o’ziga xosliklari
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda eng muhim vazifalarni
bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar
shakllanadi. Oila omili insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiyjihatdan oila inson turli
ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z
– o‘zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda
oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqeini hozirgacha ushlab turibdi. O‘zbek
oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ko‘pbolali
o‘zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini
ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilalariga
ham ta’sir qilmoqda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining
kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim
ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy
pedagoglar yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan.
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut
sifatida. Birinchi holatda, u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan
hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Jamiyatda oila bir nechta funksiyalarni bajaradi.
Reproduktiv funksiya. Bu funksiya naslni davom ettirish bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda
O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda, oila a’zolari sonining qisqarishi
ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh
oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning darajasi, ekologiyaning inson
salomatligiga ta’siri bilan izohlanadi.
Iqtisodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy
mablag‘lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag‘larini
to‘plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil etadi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash,
mulkka ega bo‘lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv funksiya. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy
guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy
bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada
insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan
oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o‘rganadi.
Xo‘jalik-maishiy funksiya. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir. Undaoila
a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish
amalga oshiriladi. Ilmiy – texnik taraqqiyot intensiv rivojlanayotgan bizning asrimizda oilaning
kundalik yumushlarini (ovqat pishirish, uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va b.) mayishiy xizmat
ko‘rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmoqda.
Tarbiyaviy funksiya. Biz bu vazifani alohida ajratib ko‘rsatamiz, chunki u bolaning ilk
ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va
iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Yuqorida
“Tarbiya ijtimoiy institut sifatida”, -deb nomlangan qismda ham tarbiyaning jamiyat va davlat
taraqqiyotidagi o‘rniga to‘liq to‘xtab o‘tilgan.
Psixoterapevtik funksiya. Bu vazifa shunda namoyon bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini
qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari
oila sharoitida jadal tiklanadi.
O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.
O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izohlanadi:
organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila
davrining uzunligi;
1. Inson
2. Erta nikohdan o‘tish an’anasi;
3. Ijtimoiy omillar;
4. Ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni.
Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari
borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu
masala yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ko‘pbolali oila – kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning
ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish
muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko‘p
bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi deyishadi, chunki ko‘p bolali oila
tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng
taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko‘p bolali oilada bola har tomonlama
yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish
kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin
bo‘lamiz.
Ko‘pbolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p
tamonlamaligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi? Individual yondashuv uchun avvalo psixologik
va pedagogik bilimlar, shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va
psixologik tahlil o‘tkazish kerak.
Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan ko‘pbolali o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini
yuritish bilan bog‘liq. Ko‘p o‘zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa
bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi
muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. Ba’zan esa bolalar uy yumushlariga
haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o‘zbek
oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni
bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha
oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatdako‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham
paydo bo‘ladi-televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish
talabi va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham
yaxshi jihozlanmagan bo‘ladi. Bu borada aksariyat
ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq
usullari bilan tanishtirish lozim.
O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga
qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritsak
bo‘ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy
majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy
ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida
kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy ta’sirini bartaraf etish
oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi. Bu
masalaning muhimligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan ta’lim- tarbiya jarayoni
talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabda balki, oilada ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan
katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga bir qator o‘zbek pedagog olimlari aynan ko‘pbolali oilalarda bolalar tarbiyasi
uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘pbolali oila pedagogik munosabatga
kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida otaonalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq
jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar
shakllanadi. Ko‘pgina ota-onalar ko‘pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta
farzandlar yordam berishadi, deyishadi. Ko‘pbolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari
muomola muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar
yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar farzandlari axloqiy xislatlarining shakllanganligi,
mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta
oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, boshqa a’zolar oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.
Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘pbolaliylik omili bola tarbiyasiga umuman olganda
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning jamiyatda moslashuvining ko‘rsatkichi uning ijtimoiy
maqomi hisoblanadi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining
individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta ijtimoiy maqomi mavjuddir.
Ular ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyatli-rolli maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom – oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila daromadlari,
yashash ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta
va past bo‘lishi mumkin.
Yuqori – daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni qondirish
imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O‘rta – holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bir qatorda dam olish, ta’lim
va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past – daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, ovqat,
kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom – bu oilaning psixologik iqlimi. Yaxshi iqlim emotsional
yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar
ko‘pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom – ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni saqlab
qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy ehtiyojlar, dam olish
va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari bilan xarakterlanadi.
Oilaning ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun ijtimoiy pedagogika, uning
xususiyatlarini bilish, ularga baho berish lozim. A. Q. Munavarovning3 fikricha, oilaning tarbiyaviy
funksiyasining darajasi uch yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq.
Bu yo‘nalishlar demografik – ko‘pbolalilik, kambolalilik, ikki yoki uch avlodning birgalikda
yashashi, ota-onalarning ikkalasining ham bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi,
bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, shuningdek,
oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi to‘rtta asosiy kategoriya
asosida shakllanadi:
Tinch, baxtli oilalar – o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o‘z bolasi
ehtiyojlariga tez ko‘nikishadi. Muammo paydo bo‘lib qolsa, ularga bir karra yordam ko‘rsatish
kifoya.
Xavfi bor oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan
eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga ehtiyoj sezadilar.
Notinch oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib,
ular o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptativ imkoniyatlari past, bola
tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning
faol yordami zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib, pedagog ularga pedagogik, psixologik
yordamlar ko‘rsatadi.
Asotsial oilalar – bu oilalar tubdan isloh qilinishi lozim. Bu oilalarda ota-onalar
g‘ayriaxloqiy va g‘ayrihuquqiy hayot tarzini olib borishadi, yashash sharoitlari oddiy tozalikgigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan, albatta, hech kim shug‘ullanmaydi,
bolalar nazoratsiz qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan
ishlaganda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik asosida ish yuritishi darkor.
15.2. Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yuritishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani
o‘rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o‘rganish pedagogga oilada bolaning holatini
tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani o‘rgangandan keyin ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi
munosabatlarni o‘rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy
birlashmalar, bog‘, tomorqadagi ishga jalb qilish yo‘li bilan hal qilsa bo‘ladi.
Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng ijtimoiy pedagog oila
bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzishi ham mumkin. Unda oilaning har bir
a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek oila maqomi, yashash sharoitlari,
qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi.
“Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o‘rganish” deb nomlangan qisim ham
mavjud, unda ota-onalar bola bilan qancha vaqt va qanday o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari
nimalardan iboratligi, ota-onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z
aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning
sog‘ligi qanaqa va sh.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima
bilishlarini aniqlash juda muhimdir.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar-kattalarning o‘zaro
munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi.
Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi?
Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday
murojaat qilishi, unga nima yoqishi-yoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi
navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida
yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar bularga ishsiz
oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar,
o‘qishni hohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, foxishabozlik, giyohvandlik, daydi
bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi
birinchi vazifasi bu inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda
quyidagi asosiy rollarni bajaradi.
Maslahatchi – oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib
beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant – oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya
metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni
yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi - bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon
munosabat) to‘liq degratatsiyaga duch kelganda bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil etadi.
U ta’limiy, psixologik, vositachilik ko‘rinishida bo‘ladi.
5-chizma.
Ижтимоий педагогик
ёрдам
Психологик
Таълимий
Воситачилик
Ташкил
=илиш
Қыллаб=увватлаш
Тартибга
солиш
Тарбиявий
Коррекция
Pedagogik yordam o‘z ichiga
ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam.
Ахборот бериш
ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi:
Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va otaonalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har
tomonlama
o‘rganishni ko‘zda tutadi:
ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik
tayyorgarligi;
bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona ijtimoiy maqomining ahamiyati;
oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy
munosabatning shakllanganligi.
Tarbiyaviy yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan avvalo, ota-onalar bilan ularga
maslahat berish orqali, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy holatlar yaratish orqali o‘tkaziladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiypsixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash).
Qo‘llab-quvvatlash qisqa muddatli inqiroz davrida oilada yaxshi muhitni yaratishga qaratilgan
turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotgan oilalarni psixologik qo‘llab- quvvatlashni
ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lganda amalga oshiriladi. Bundan
tashqari bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab-quvvatlash
kompleks tarzida amalga oshirilsa nihoyatda foydali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogoiladagi shaxslararo
munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilish orqali
muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila
a’zolarining nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarini aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan band
bo‘ladi.
Shaxslararo munosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyasi asosan oilada bolaga
nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llanadi. Ruhiy zo‘rlik bola asab-ruhiy va jismoniy holatining
buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka
bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslikkiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, oilada tartibva
intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”
talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni
ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga,
muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir.
Ijtimoiy pedagogik yordamning vositachilik yo‘nalishi uch komponentdan iborat: tashkil
qilishga yordam, tartibga solishga yordam va axborot berishga yordam.
Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o‘z
ichiga xayriya auksionlarini o‘tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha
kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo‘yicha turli
muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:
1) bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish;
2) bolalikka olish;
3) bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha axborot bilan
ta’minlashga qaratilgan va konsultatsiya shaklida o‘tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat,
fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviynizolarga
tegishli bo‘lishi mumkin.
Oilaga ko‘rsatiladigan ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish
shakllaridan iborat bo‘ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o‘zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini
ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko‘rsatishni
ko‘zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o‘zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog‘liq
bo‘lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo‘lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning
vazifasi bevosita emotsional yordam ko‘rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila
kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir.
Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo‘lib, uning muddati to‘rt oydan
oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, ya’ni model
markazida shunday talab turadiki, yordam ko‘rsatuvchi mutaxassis shaxslar o‘z harakatlarini
oiladagi muammolarini yechishga yo‘naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksariyat
muammolarni oila a’zolarining o‘zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy
vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam
ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzilishidir. Shartnomaning asosini
oilaning oldida turgan maqsad va vazifalarini aniqlash tashkil etadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi
esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilashdir.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh
shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega
bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma
shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O‘smirlar va
o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlarigajiddiy
xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari ijtimoiy psixologik
yondoshuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortiq vaqtni talab qiladi. Ijtimoiy psixologik yondashuvning
asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga
ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni aniqlashdan iborat.
Ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.Patronaj
– ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagog tashhis, nazorat va reabilitatsiya
maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga
zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning
o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul
qilish, konfidensiallik va boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan ijtimoiy pedagog tashrifi
to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo‘ladi. Doimiy
patronajlar, avvalambor, g‘ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy
nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash
imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim
shakllaridan biri – bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir. Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal
qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog‘lom oilalarga mo‘ljallangan. Yakka tarzdagi
konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari – treninglar ham
o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib borishning
faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari
kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika,
ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Trening bir qancha individual va jamoaviy ish olib borish
usullarining uyg‘unlashuvi bo‘lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish
muammosini hal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so‘ngi o‘n
yilliklar davomida o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli
farzandi bor oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashinish, savollar berish va guruhda
qo‘llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari, axborot almashinuvida yetakchilik rolini
bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi usullar – konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib
ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali
bo‘lishi mumkin. U demografiya, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning
tarbiyaviy funksiyasi), huquq, iqtisod (oila budjeti), etnografiya, tarix, falsafa ma’lumotlarini
o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy
ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir
jamiyatning kelajagi o‘sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liqdir.
15. 3. MTTda psixologik-ijtimoiy va reabilitatsion yordamning ijtimoiy pedagogik
xizmati
Har bir hududda bolalar va o`smirlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish xizmati ma’lum
kontingent asosida hududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim
tizimining reabilitatsiya xizmati – bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini
ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishga qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar
(maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir.
Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalar va o`smirlarning rivojlanishidagi o`zgarishlarning (deformatsiyalanish)
sabablarini aniqlash.
2. Ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish.
3. Ta’lim-tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish.
4. Normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni
vujudga keltirish.
5. Maxsus reabilitatsion xizmatga muxtoj bolalarga korrektsion rivojlantiruvchi maxsus
dasturlar asosida xar tomonlama yordam berish va xokazo.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
1. Hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy uziga xosliklarni inobatga olish.
2. Reabilitatsion tadbirlarning xilma-xilligi.
3. Pedagogik, ijtimoiy-psixologik va biologik metodlarning birligi.
4. Boskichlilik.
5 Individuallik, gumanistik yondashish.
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishning ahamiyati:
a). Bolaning sog`ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalash.
b). Deviatsiya xolatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilish.
v). Pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iborat.
Reabilitatsiya qilish ob’ektlari va sub’ektlari:
1. Ijtimoiy-pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar.
3. Psixosomatik va asabiy, ruxiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi.
Hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning uziga xosligi reabilitatsion xizmatning
ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o`smirlarning:
1. Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy).
2. SHaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik).
3. Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy).
4. Faoliyat sub’ekti darajasiga ko’tarishga qaratilgan reabilitatsion xizmatnihg bo`lishi kerak.
Bu quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruxiy nuksonlarga ega bolalar bilan
tarbiyaviy va o`quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengrok tavsiflarini xam beradi:
1. Falokatga uchragan bola(o`smir)larga yordam ko`rsatish. Inkirozdan chikish yo`llarini
topish, kiyin vaktda ko`llab-kuvvatlash xam muximdir;
2. Bola(o`smir)ni, uning xolatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o`rganish;
3. Bolani o`rab turgan va unga ta’sir kiluvchi turli ijtimoiy soxalardagi ijtimoiy tarbiya
xolatining taxlili;
4. Ijtimoiy pedagog dikkatini ijobiy tajribani taxlil qilishga, tarkatishga va tarkib qilishga
karatishi;
5. Bola(o`smir) faoliyatini o`z-o`zini tarbiyalash, o`z-o`zini o`kitish va o`z xayotini mustaqil
tashkil kila bilishga karatishi ;
6. Ijtimoiy pedagog bola (o`smir) muammolarini xal kiluvchi, uning inkirozi, xukuklariga
alokador tashkilotlar xamda mutaxassislarni birlashtirish bilan xam shugullanishi;
7. Ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri
ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini
o`rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini taxlil qilishdan iboratdir.
Hududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati ular agarda quyidagi mexanizm
asosida faoliyat yuritsalar samarali bo`ladi, ya’ni:
1. Reabilitatsion xizmat ko`rsatishda muassasalararo umumhamkorlik.
2. Reabilitatsion xizmat ko`rsatishni ilmiy metodik ta’minlash.
3. Reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi yo`lga qo`yilgan bo`lsa.
4. Reabilitatsiya qilish ob’ektlarini tanlash va diagnostika qilish.
5. Reabilitatsiya sub’ektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritilsa.
Ta’lim muassasalarida reabilitatsion faoliyat tizimi
Reabilitatsion
faoliyat
ob’ektlari va yo`nalishlari
vazifalari, Bu
yo`nalishda
yuritadigan muassasalar
1) Ruhiy-pedagogik reabilitatsiya.
Ob’ekt- ijtimoiy va pedagogik qarovsiz
bolalar.
Vazifalari:
-maktab va oilaviy kamsitishlarni
yengish
-etakchi faoliyatda muvafakkiyatga
erishish
-rukiy va shaxsiy rivojlantirishning
uygunlashuvi
-ijobiy “men” obrazini shakllantirish
- ijtimoiy adovat profilaktikasi
2) ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya.
Ob’ekti-nizoli tarbiviy vaziyatda kolib
ketgan dezadaptatsiya bo`lgan bolalar,
voyaga
yetmagan
huquqbuzarlar
vazifalari:
-xukuklarni ximoya qilish, vasiylik
-nazoratsizlikni oldini olish
- ijtimoiy zararli omillar profilaktikasi
- ijtimoiy makomning tiklanishi
-psixofizik va shaxsiy rivojlanish
sur’atlarini ushlab kolish
faoliyat
Umumta’lim,
maktabgacha
muassasalari, maktablar, oddiy
guruh (sinf) korrektsion sinf,
individual o`qitish maktablari,
o`smirlar va bolalarga psixologik
yordam ko`rsatish markazlari.
Go`daklar uyi.
Bolalar uyi.
Maktab
internati.
maktablar, xospislar.
Ijtimoiy yordam va
reabilitatsiya markazlari
Reabilitatsion dasturlarni
amalga
oshiruvchi
ishchilar toifalari
Pedagoglar.
psixologlar.
Logopedlar.
Korrektsion
o`qituvchilari.
Amaliy
ta’lim
ijtimoiy pedagoglar.
ijtimoiy ishchilar. Amaliy
psixologik tarbiyachilar.
Maxsus Bolalar
xukuklarini
ximoya
kiluvchi
ijtimoiy inspektorlar.
Psixoterapevtlar.
Psixonervologlar.
3) tibbiy pedagogik reabilitatsiya.
Ob’ekt-nogiron
bolalar
surunkali
kasalliklarga chalinuvchi bolalar, akliy
imkoniyatlari cheklangan bolalar
Vazifalar:
-tarbiyaviy mikromuxit gigienasi
-soglomlashtirish va davolash
-tibbiy profilaktika
-soglikni saklash
- ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya
-zaxiradagi
imkoniyatlardan
foydalanish
-kompensatorlik
funktsiyalarini
rivojlantirish
Korrektsion maktab nogironlar
uylari, soglik markazlari, davolash
markazlari, terapevrt pedagog,
maktabgacha
muassasalar
va
logopedik guruxlar, raebilitatsiya
markazlari
Pedagog-defektolog.
O`kituvchi-defektolog.
Tarbiyachilar.
Valeologlar,
ijtimoiy
ishchilar.
ijtimoiy
pedagoglar,
tibbiy
xodimlar.
Psixologdefektologlar.
Ijtimoiy jihatdan qarovsiz qolgan o`smirlarning o`z oilasidan va maktabdan begonalashishi
ancha chuqur xarakter kasb etadi. Ularning shakllanishi asosan antiijtimoiy va kriminal guruhlar
ta’siri ostida kechadi. Ular uchun salbiy ijtimoiy xarakterlar, qonunga qarshi bo`lgan faoliyatlar
(daydilik, narkomaniya, mastlik – mayxo`rlik, tajavvuzkorlik, tovlamagarchilik, yulg`ichlik)
xarakterlidir. Odatda ular kasbiy yo`nalmagan, mehnat qilishga mutloqo hohishlari bo`lmay,
parazitik xayot kechirishga moyillik juda kuchli bo`ladi. Bunday o`smirlar bilan o`quv – tarbiya
muassasalari sharoitida ish olib borish, ularni tuzatish qiyin. SHu sababli ularni voyaga yetmagan
o`smirlar bilan ish olib boruvchi militsiya bo`limida hisobga qo`yish va mahsus, yopiq tipdagi o`quv
– tarbiya muassalariga o`tkazish lozim.
Dezadaptatsiyalashuvning xarakteriga qarab shaxsni tuzatish, reabilitatsiya qilishda odam
psixikasidagi salbiy tomonlarni aniqlovchi, psixologo –pedagogik jihatdan tuzatuvchi dasturlar yoki
ijtimoiy –pedagogik jihatdan shaxsni ijtimoiylashtirish dasturlari ko`proq qo`llaniladi.
Reabilitatsiyalanish jarayonining qiyin kechishi ham mumkin. Bunda bir bola –o`smirning
o`zida dezadaptatsiyalanishning turli shakllari, ya’ni, patogen, ruxiy –ijtimoiy va ijtimoiy xillari
qo`shilib ketgan bo`ladi. Demak, diagnostika –korrektsiya qilish dasturlari ham shunga yarasha
yuqorida sanab o`tilgan dezadaptatsiyalanish shakllarini tuzatishga qarata yo`naltirilmog`i lozim.
15.4. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam
Yosh bolalar va o`smirlarni ijtimoiy reabilitatsiyalash muassasalari xozirgi davrda Ta’lim
vazirligida, mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa turdagi
ko`mitalarda, jamiyatlarda tuzilmoqda.
Yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalanishining eng murakkab va chuqur shakllarini
ijtimoiy jihatdan reabilitatsiyalash (sog`lamlashtirish) muassasalarida kuzatiladi. Bunday
muassasalarga bolalar uylari (yetimxonalar) kiradi. Bolalar uylarida «ko`cha bolalari», daydi
bolalar, ijtimoiy yetim bolalar, ota yoki onalik huquqidan mahrum etilgan kishilarning bolalari
tarbiyalanadi.
Bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy reabilitatsiya ishi qoida bo`yicha ijtimoiy –maishiy va
tibbiy –ijtimoiy reabilitatsiyalashdan boshlanadi. Bunda bolalarni vannadan qanday foydalanish
kerakligiga, issik ovqat yeyishga, choyshabli yostiqda qanday uxlash lozimligiga va boshqa ishlarga
o`rgatishadi. Shuningdek, ruhiy – emotsional reabilitatsiyalash ishlariga ham katta ahamiyat
beriladi. 1 – chi navbatda shinam uyda bekami ko`st yashash sharoitlari yaratib beriladi,
xizmatchilar va tarbiyachilarning xayrihoxligi hamda maxsus ruxiy muolaja usullari, ya’ni, eng
avvalo, o`yin terapiyasi, ertak terapiya, ruxiy terapiya qilish teatridir. Kattaroq Yoshdagi bolalar
va o`smirlar turli shakldagi mehnatga, masalan, o`yinchoqlar, yodgorlik buyumlari va boshqa
narsalarni tayyorlaydigan tikuv va duradgorlik kabi ustaxonalarda ishlashga tortiladi. Bolalar
uylarida tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan qo`llanilayotgan reabilitatsion tadbirlar qatorida
bolaning oilasi bilan olib boriladigan ijtimoiy –pedagogik ishlarga katta o`rin
beriladi. Agarda bolaning oilasi bo`lmasa yoki uning oilasidagi sharoit mutlaqo
yaroqsiz bo`lsa, bolani qabul qilib (saqlab oladigan) olishga rozi bo`ladigan oila
tanlanadi. Agar bola o`sha oilada yashashga moslashib, o`rganib ketsa, oila va
bolaning roziligi bilan vasiylik qilish to`g`risidagi xujjat yoki o`g`il qilib olish
xujjati rasmiylashtiriladi.
Bolalarning ijtimoiy – reabilitatsiyalash muassasalarida bo`lish vaqti uni
bo`lg`usi doimiy yashash joyiga o`rnashtirishgacha ketadigan vaqt bilan
chegaralangan. Bola yoki o`z oilasiga (agar yashash sharoiti yaxshilansa)
qaytariladi yoki uni o`g`il qilib olgan oilaga, yo bo`lmasa, davlat tarbiya
muassasalari – bolalar uylariga va maktab – internatlarga beriladi.
Boshlang`ich maktab o`quvchilari uchun reabilitatsiya qilish tadbirlari
ichida birinchi o`ringa psixologo –pedagogik diagnostika va tuzatish dasturlari
chiqadi. Bunda, boladagi bilish, idrok etish soxasidagi illatlar aniqlanadi. Bu
illatlar tuzatish –rivojlantirish orqali ta’lim – tarbiya berish jarayonida yo`qotila
boriladi va bu tibbiy – ijtimoiy reabilitatsiyalash va harakatlantiruvchi
korrektsiya qilish ishlari bilan qo`shib olib boriladi.
O`smirlik yoshidagi dezadaptatsiyalangan o`quvchilar uchun kasbiy
yo`naltirilganlik, ishchi kasblarga ularni tayyorlash, shaxsni ruxiy jihatdan
tuzatish va shaxslararo munosabatlarni ijtimoiy
– psixologik korrektsiya qilish 1 – chi o`rinda turadi. Bunday o`smirlarning
oilalariga ijtimoiy – pedagogik va psixologik jihatdan yordam berish ham katta
ahamiyatga ega. Ko`p bolalik oilalarni tadqiq etish shuni ko`rsatmoqdaki,
ularga moddiy yordam ko`rsatish bilan bir qatorda bunday oilalarni psixologo–
pedagogik jihatdan qo`llab–quvvatlash ham katta rol o`ynaydi.
Dezadaptatsiyalashgan Yosh bolalar va o`smirlarni reabilitatsiya qilish
markazlarining faoliyati, uning mazmuni va printsiplari quyidagicha bo`lishi
mumkin:
1. Diagnostikaga (kasallikni aniklash usuliga) kompleks yondashish va
bolalarni o`qitish va tarbiyalashda ularning potentsial imkoniyatlarini to`la
ishga solish;
2. Ta’lim va tarbiya berishda muammolarga ega bo`lgan bolalarga yakka holda
va shuning bilan birga differentsial ravishda yondashish;
3. Ushbu toifaga kiruvchi bolalarni o`qitish va tarbiyalash ishlarini tashkil
etishda turli xildagi usullardan, o`qitishni tashkil etish shakllaridan foydalanish;
4. Psixofiziologik funktsiyalari buzilgan bolalarni dastlabki kunlardayoq
tibbiy psixologo– pedagogik tashxizdan o`tkazib, ta’lim olishlariga to`sqinlik
qiladigan asosiy ijtimoiy dezadaptatsiyalashuv sabablarini aniqlash.
5. O`qitish va tarbiyalashning korrektsion yo`naltirilganligi.
6. O`qitish va tarbiyalash tizimining bolalarni sog`ligini asrash va
rivojlantirishga qarata yo`naltirilganligi.
7. Yosh bolalar va o`smirlar huquqlariga rioya etib, alohida diqqat–e’tiborga
muhtoj bo`lgan bolalarga ijtimoiy patronaj (tibbiy–profilaktik yordam)
xizmatini yo`lga qo`yish.
Nazorat savollari
1. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq - atvorini keltirib chiqaruvchi omillari sanab
bering
2. O‘smirlarda deviant xulq - atvorning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
3. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og‘ish
tushunchalari o‘rganiladi? 4 .Bolalarda normadan og‘ishning sababi
nimada?
5. Normadan pedagogik og‘ish deganda nima tushuniladi?
Adabiyotlar ro’yxati
1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y
2. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006
3. C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “G 1 rosveщenie”2000
4. Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy -M.: Vlados., 2000
5. L.M. Mardaxaev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosveщenie”,2006
6. F.A.Mustafaeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosveщenie” D003
7. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosveщenie”,2005
8. Yu.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006
Download