Uploaded by Islombek Davlatov

Autizm sindromi: rivojlanish nuqsonlarini korreksiyalash

advertisement
AUTIZM SINDROMIGA CHALINGAN BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI
NUQSONLARNI OLDINI OLISH VA KORREKSIYALASH
Axrorova Sevinch Abrorovna
Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
sevinchaxrorova0@gmail.com
Annotatsiya: Autizmning asosiy belgisi reallikni qabul qilishning buzilishi.
Autizmdan qiynalayotgan bola hech kim bilan muloqotga kirishishni hoxlamaydi.
Hatto, kishilarda bola og’riqni ham sezmaydigandek tasavvur paydo bo’ladi. Nutqi
sekin rivojlanadi. Bola har qanday yangilikdan qo’rqadi, takroriy harakatlarni bajaradi.
Agar ota-ona bolada autizm alomatini payqasa, zudlik bilan bolalar mutaxassisga
murojaat etishlari zarur. Ayni vaqtda bolalarni rivojlantiruvchi ko’plab markazlar
tashkil etilgan bo’lib, u yerda tashxis qo’yishga hamda samarali davolanishga yordam
berishadi.
Kalit so’zlar: Erta bolalar autizmi, o’smirlar autizmi, kattalar autizmi, TEACCH,
ABA, Son-Rise, predmetoterapiya, sensor integratsiya, peks terapiya, Flour Time.
Atrofimizda xatti-harakatlari real voqeylik bilan bog’liq bo’lmagan, yonidagilar
bilan
muloqot
qilishni
xohlamaydigan,
yolg’izlikni
yoqtiradigan,
fikrlashi
boshqalarga o’xshamaydigan insonlarga nisbatan “sal g’alatiroq” degan iborani
ishlatamiz. Bunday holatni tibbiyotda “autizm” deb atashadi.
Autizm (grekcha “autos” – “o’zim” degan so’z) – bu ruhiyatning o’ziga xos holati
bo’lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U
yolg’izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so’zlarni takrorlaydi.
Kasallikka doir “autizm” terminini fanga 1912 yilda E.Bleyler kiritgan. Uning
fikricha, xasta odam o’z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o’xshamaydi.
Ularning
xatti-harakatlari
real
voqyelik
bilan
bog’liq
emas.
Bemorlarning
harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o’rin tutadi. Bu kasallik sindromi o’g’il
bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko’p uchraydi. Kasallikning ilk belgilari uch
yoshgacha kuzatiladi. Ba’zan klinik belgilar barvaqt aniqlanishi ham mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda autizmning tarqalishi har 10.000 bolaga 526 holat to’g’ri kelgan. 2005 yilda 250 - 300 nafar bolaga o’rtacha bitta autizm holati
to’g’ri kelardi,
bu bola yoshidagi qandli diabet, Daun sindrom yoki onkologik
kasalliklardan ham yuqori degani. Jaxon Sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga
ko’ra, 2008-yilda har 150 nafar bolaga 1 ta autizm holati to’g’ri kela boshladi. Shu
vaqtdan e’tiboran Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) jamiyat uchun muammoning
jiddiyligi hamda asoratlaraning og’irligini tushungan holda 2 aprelni
«Butunjahon
autizm muammosi haqidagi axborotni tarqatish kuni» deb elon qildi. 2012 yilda
Amerikadagi kasallanishni nazorat qiliish markazi har 88 nafar bolaga 1 ta autizm holati
to’g’ri kelganini ma’lum qildi. Qariyb 10 yil ichida autizmdan qiynalayotgan bolalar
soni 10 baravarga ko’paygan. Achinarlisi, bunday o’sish kelgusida ham davom etishi
mumkin.
Psixiatrlar bolada autizm borligini darrov aniqlashga qiynalishadi. Bunga autizm
alomatlari normal rivojlanayotgan bolada ham kuzatilishi sabab bo’ladi. Shu bois
tashxis ko’pincha kechikib
qo’yiladi. Autizm uchun xilma-xil holatlar xos, bunda
go’dak bor-yo’g’i 2-3 ta alomatga ega bo’lishi mumkin, bu ham tashxis quyishni
qiyinlashtiradi.
Bolalarda autizm sirli kasallik hisoblanib, har bir bemor o’z alomatlariga ega
bo’ladi. Biroq har bir autizm bemoriga umumiy belgilar xosdir va ular ushbu
xastalikning borligiga asos bo’la oladi. Bolalar autizmi alomatlari yoshga bogliqdir.
Shuning uchun 4 ta asosiy alomatlar guruhi ajratib ko’rsatiladi: erta bolalik autizmi (2
yoshgacha bolalarda), bolalar autizmi (2-11 yoshgacha bolalarda), o’smirlar autizmi (11
- 18 yoshgacha bo’lgan o’spirinlarda) va kattalar autizmi(18 yoshdan keyin).
Erta bolalar autizmi etiologiyasi haligacha aniq emas. Autizm asosan o’gil bolalarda
kuzatiladi va ijtimoiy adaptasiya buzilishi, muloqot rivojlanishi va psixika buzilishi
bilan ifodalanadi. Jumladan:
♦ Tez ta’sirlanishadi (masalan, chiroq yoki arzimagan shovqin ham ularni chuchitib
yuboradi);
♦ Go’dakda nutq rivojlanishi sust kechadi;
♦
Bola ota-onasining ham ko’ziga karamaydi, nigohi boshqa tomonda bo’ladi
♦
Go’dak onasiga og’lanib qolmaydi (u ketganda yig’lamaydi va kelganda
kulmaydi);
♦
Bola boshqa bolalar bilan tajovuzkorona munosabatda bo’ladi, ular bilan
o’ynashni va gaplashishni xoxlamaydi;
♦
Go’dak yangi o’yinchoqlarga qiziqish bildirmaydi, faqat bittasi bilan o’ynashni
ma’qul ko’radi. Erta bolalik autizmni 4 guruhga bo’lib tasniflash mumkin:
Birinchi guruh. Sodir bo’layotgan hodisalarga umuman e’tibor bermasligi bilan
ajralib turadi. Muloqot qilganda go’dak noqulaylikni his etadi, hatto, ota-onasi ham
farzandini o’ziga qaratishga yoki kulishga ko’ndirolmaydi. Nigohlarning to’qnashishi
va jismoniy teginishlardan qochadi.
Ikkinchi guruh. Atrofdagi olamdan ajralib qolganligi bilan ifodalanadi. Bola
tashqi dunyo bilan munosabatlarda o’ta talabchan bo’ladi, faqat ota-onasi va yaqin
kishilari bilan muloqotda bo’ladi. Bitta kiyim, muayyan sharoit va taomga bog’lanib
qoladi. Odatdagi holatdan har qanday chetga chiqish asabiy portlashga olib keladi. Bu
guruhdagi bolalar qo’rquv hissini qattiqroq tuyishadi, undan o’ta ta’sirlanishadi.
Uchinchi guruh. Autistik qiziqishlariga o’ralib olganligi bilan ajralib turadi. Bola
o’z qiziqishlarini atrofdagi olamdan yashirishga urinadi. Bu qiziqishlar bilim olishga
bog’liq bo’lmaydi, ular qayg’uli, daxshatli, tajovuzkorona xususiyatga ega bo’ladi.
To’rtinchi guruh. Atrof-muhit bilan munosabatga kirishishi haddan tashqari
qiyinligi bilan ifodalanadi, mazkur guruhga mansub bolalar ko’ngli nozikligi va gap
ko’tarolmasligi bilan ajralib turishadi. Qandaydir to’siqqa duch kelsa yoki yoqmaydigan
gapni eshitib qolsa, munosabatlardan qochishadi.
Erta bolalar autizmi sindromi bu nafaqat bola yoshidagilar balki kattalarining ham
muammosi, negaki autizm bir necha yillardan sung ham yo’qolib ketmaydi. Biroq erta
tashxis qo’yish va mazkur kasallikni tuzatish autizmdan qiynalayotganlarning
atrofdagilar bilan munosabatga kirishishiga ko’maklashadi.
Olimlar bolalarda autizmning kelib chiqish sabablarini hali-xanuz aniqlay
olishgani yo’q. Mazkur masalaga oid nazariyalar juda ko’p, biroq ulardan birortasi ham
klinik tasdig’ini topganicha yo’q. Aksariyat olimlarning fikricha, bolalar autizmi irsiy
kasallik, lekin autist bolalar soppa-sog’ oilalarda ham dunyoga kelishmoqda.
Olimlarning aniqlashicha, ko’pincha autizm birinchi farzandda qayd etiladi. Mazkur
kasallikka homiladorlik davrida onadagi virusli infeksiya (qizilcha, qizamiq,
suvchechak) sabab bo’lishi ehtimoldan holi emas. U go’dakning bosh miya tuzilishida
organik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa keyinchalik bolalar autizmiga olib
keladi. Bolalarda autizm alomatlarini go’dakligidayoq payqash mumkin, ko’pincha bu
dard 3 yoshlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Autizm alomatlari bolaning yoshi va
rivojlanish darajasiga qarab o’zgarishi mumkin.
Kattalardagi autizm ruhiyatning jiddiy buzilishi bilan ifodalanib, atrofdagi
olamga moslashish va ijtimoiylashish darajasini keskin pasaytiradi. Erta yoshda bu
kasallikka tashxis qo’yish juda mushkul. Negaki, hatti-xarakatidagi turli motorik va
nutqidagi o’ziga xosliklarni kattalar bolaning yoshiga va fe’l-atvoriga oid deb
hisoblashlari mumkin. Biroq katta yoshda autizm alomatlari atrofdagilarga yaqqol
sezilib qoladi. Mazkur xastalik etiologiyasi haligacha to’liq o’rganilmagan. Irsiy va gen
o’zgarishiga oid farazlar mavjud xolos. Boz ustiga, autizm bilan ko’pincha erkaklar
xastalanishadi.
Katta yoshli odam autizmdan qiynalsa, darrov ko’zga tashlanib qoladi. U sodir
bo’layotgan voqea hodisalarga befarq qaraydi, hissiyotga berilmaydi va o’ta loqayd
bo’ladi. Odam xuddi o’z dunyosida yashayotgandek tuyuladi. U begonalar bilan istaristamas muloqotga kirishadi. Faqat qarindoshlari va yaqin kishilari bilan munosabatda
bo’ladi. Autistlarni quruq gapdan ko’ra sukutni afzal biladigan introvertlardan ajrata
bilish muhimdir. Autistlarning aqliy qobiliyati past bo’ladi, ko’rsatkichi 50 dan
oshmaydi va biror nimani o’rganishi juda qiyin.
Autizmdan qiynalayotgan hamda muloqotga aralashmaydigan katta yoshli
kishilar o’z fikr-hayollari bilan band bo’lishadi. Ular turli bema’ni hatti-xarakatlarni
takrorlayverishi mumkin. Kattalar autizmi ko’pincha miyaga o’rnashib qolgan g’oyalar
bilan kechadi. Bu vaqtda ular atrofdagi olamga loqayd bo’lib qolishadi. Ularni bu
holatdan faqat birorta kutilmagan, notabiiy vaziyat chiqarishi mumkin. Ko’pincha
autizmdan qiynaladigan bemorlarda tutqanoq kuzatiladi bu ko’pincha og’ir asoratlarga
olib keladi. Ma’lumki, autistlarning qariyb yarmi o’ziga shikast yetkazib qo’yishadi.
Bunday bemorlar
nazorat, parvarish va e’tiborda bo’lishi talab etiladi, davolash
samaradorligi esa kasallik bosqichi, darajasi va har bir autistning o’ziga xosligiga
bog’liqdir.
Shuni xulosa qilish mumkinki, bolalar autizmini korreksiyalash bu uzoq
mashaqqatli, murakkab jarayon bo’lib, odamning ruhan va jismonan tinka-madorini
quritadi. Bunday bolalarning ota-onasi shunga tayyor turishlari kerakki, kasallikka
qarshi kurashish uzoq davom etadi va muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi ham mumkin.
Dori-darmonlar bilan davolash bolalar autizmida juda samarali vosita hisoblanmaydi.
Biroq ular qo’shilib keluvchi boshqa alomatlarni bartaraf etishi mumkin.
Amaliyotda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga, ayniqsa autizm
bilan
kasallangan bolalar uchun mo’ljallangan korreksion metodikalar ko’p emas. “Alohida
e’tiborga muhtoj” bolaga nisbatan birlamchi tibbiy va psixologik yondashuvdan,
shuningdek, pedagogik uslublardan farqlanuvchi asosiy metodika va texnologiyalar
mavjud. Bular - TEACCH, ABA, Son-Rise, Predmetoterapiya, Sensor integratsiya, Peks
terapiya va Flour Time kabi metod va texnologiyalardir.
Adabiyotlar:
1. Yunusov, M. (2020). КАР ВА ЗАИФ ЭШИТУВЧИ БОЛАЛАР ТАЪЛИМИ
ЖАРАЁНИДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ
ИМКОНИЯТЛАРИ. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(76). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6465
2. Yunusov, M. (2020). THE IMPORTANCE OF MODERN TECHNICAL
DEVICES IN THE DEVELOPMENT OF HEARING. Архив Научных
Публикаций
JSPI, 1(71).
извлечено
от
https://science.iedu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6366
3. Yunusov, M. (2020). Методика обучения детей с нарушением слуха на
основе мультимедийных средств. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(71).
извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6367
4. Yunusov, M. (2020). Мактабгача таълим жараёнига мультимедиа
технологиясини татбиқ этиш. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(75).
извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6480
5. Yunusov, M. (2021). MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA KOMPYUTER
TEXNOLOGIYALARINING O’RNI. Журнал Педагогики и психологии в
современном
образовании, 1(1).
извлечено
от
https://journal.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/711
6. Yunusov, M. (2021). ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
DARSLARIDA
MULTIMEDIA
VOSITALARIDAN
FOYDALANISH
METODIKASI. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании,
(1).
извлечено
от
https://journal.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1190
7. Axrorova, S. (2020). HOZIRGI ZAMONDA AUTIZMLI BOLALARNING
TA’LIM-TARBIYA MUAMMOSI . Архив Научных Публикаций JSPI, 1(75).
извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6485
8. Axrorova, S. (2020). AUTIZMLI BOLALARGA TASHXIS QO’YISH
USULLARI. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(74). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6487
9. Axrorova, S. (2020). Медико-педагогические и психологические основы
подготовки детей с синдромом аутизма к социальной жизни. Архив Научных
Публикаций
JSPI, 1(74).
извлечено
от
https://science.iedu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6488
10.Axrorova, S. (2021). РАННИЙ ДЕТСКИЙ АУТИЗМ И РАБОТА ПО
РАЗВИТИЮ РЕЧИ. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании,
(2).
извлечено
от
https://matinfo.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1788
11.Axrorova,
S.
(2021).
ИГРА
КАК
СРЕДСТВО
КОРРЕКЦИИ
АУТИСТИЧЕСКОГО ПОВЕДЕНИЯ У ДЕТЕЙ ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ТЕРАПИИ ИГРОЙ. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 1(1).
извлечено
от
https://matinfo.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/710
12.Muzaffarova, X. (2020). OQUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA
DIDAKTIK OYIN VA MASHQLARNI TANLASH TEXNOLOGIYASI. Архив
Научных Публикаций JSPI.
13.Muzaffarova, X. (2020). Мактабгача таълим жараёнига мультимедиа
технологиясини татбиқ этиш. Архив Научных Публикаций JSPI.
14.Muzaffarova, X. (2020). Pedagogik texnologiyalar va ularni maxsus ta’lim
mussasalariga tadbiq etish. Архив Научных Публикаций JSPI.
15.Muzaffarova, X. (2020). Мактабгача таълим жараёнига мультимедиа
технологиясини татбиқ этиш. Архив Научных Публикаций JSPI.
16.Muzaffarova, X. (2020). ДИДАКТИК ЎЙИН ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ–
ПЕДАГОГИК ФЕНОМЕН СИФАТИДА. Архив Научных Публикаций JSPI.
17.Muzaffarova, X. (2020). Логопедик машғулотларда болалар сўз бойлигини
ошириш бўйича тавсиялар. Архив Научных Публикаций JSPI.
18.Muzaffarova, X. O’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
masalalari. Bola va Zamon jurnal. T, (2-2019).
19.Muzaffarova, X. (2020). Kar bolalarda og’zaki nutqni shakllantirish. Архив
Научных Публикаций JSPI.
20.Islomova, O. (2021). UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI
LOGOPEDIYA SHAXOBCHALARI ISHINI TAKOMILLASHTIRISH
BO’YICHA PEDAGOGIK TAVSIYALAR. Журнал Педагогики и психологии
в
современном
образовании,
(2).
извлечено
от
https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619
21.Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTIDA
BOLALAR
NUTQINI
TUZATISHDA
SIFATLI
LOGOPEDIK XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, (1)
22.Djurayeva, S. (2020). Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini kompyuter
texnologiyalari orqali rivojlantirish. Архив Научных Публикаций JSPI.
23.Djurayeva, S. (2020). INNOVATSION TEXNIKALAR YORDAMIDA
YO’QOTILGAN ESHITUVNI KOMPENSATSIYALASH. Архив Научных
Публикаций JSPI.
24.haqberdiyev, jamoliddin. (2020). THE IMPORTANCE OF MODERN
TECHNICAL DEVICES IN THE DEVELOPMENT OF HEARING. Архив
Научных Публикаций JSPI, 1(64). извлечено от https://science.iedu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6183
25.haqberdiyev, jamoliddin. (2020). THE IMPORTANCE OF COCHLEAR
IMPLANT IN THE EDUCATIONAL SYSTEM OF CHILDREN WITH
HEARING DISORDERS . Архив Научных Публикаций JSPI, 1(80). извлечено
от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6742
Download