Uploaded by Islombek Davlatov

Nutqning ontogenezda rivojlanishi o'quv-uslubiy majmua

advertisement
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor
_________________D.U.Ergashev
___________________2018 yil
“NUTQNING ONTOGENEZDA
RIVOJLANISHI” FANIDAN
О‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A
Bilim sohasi:
Ta`lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
№
1.
2.
3.
4.
Mashg‘ulot turi
Nazariy (ma’ruza)
Amaliy
Mustaqil ta’lim
Kurs ishi
Jami auditoriya
Umumiy o‘quv soati
100000 – Gumanitar
110000 – Pedagogika
5111900 – Defektologiya
Ajratilgan
soat
Semestr
II
18
20
30
38
68
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida ishlab chiqildi va
turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan kelishildi.
Tuzuvchilar:
Logopediya kafedrasi dotsent v/b,
pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa
doktori SH.Aripova
Logopediya kafedrasi о‘qituvchisi
B.Xusniddinova
Taqrizchi:
250-maxsus “ko`p ixtisosli” MTM
mudirasi D.T.Ismoilova
Mazkur О‘quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika
universiteti Kengashining ___________ yildagi 1-son majlisida tasdiqlangan
MUNDARIJA
Sо‘z boshi.................................................................................
О‘QUV MATERIALLARI....................................................
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari..............................................
Amaliy mashg‘ulot materiallari.................................................
Mustaqil ta’lim mavzulari .......................................................
GLOSSARIY..............................................................................
ILOVALAP.......................................................
Sо‘z boshi
Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish bilan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshdi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bu boradagi
umumnazariy va huquqiy asoslarni belgilab berdi. Shu maqsadda, ta’lim
bosqichlarining o‘zgarishi, uning sifat samaradorligini ko‘tarishga, mazmunini
tubdan yangilashga sabab bo‘ldi.
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlanishida
nuqsoni mavjud bolalar maxsus muassasalarda amaliyotda, oliy ta’limda
bakalavrlar tayyorlashda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini amaliyotga,
tadqiqot ishlariga tatbiq etish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan
asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi, magistr mutaxassislarni tayyorlash
jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu о‘quv-uslubiy majmuada yuqorida koʻrsatilgan ta’lim yoʻnalishidagi
talabalarning kasb egallashida oʻrganadigan fundamental fanlardan biri “Nutqning
meyorda va patologiyada rivojlanishi” fani hisoblanadi. О‘quv-uslubiy majmuada
nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi fanining
maqsadi, obekti,
mazmuni va uning vositalarini logopediya amaliyotida qo’llash masalalari
e’tiborga olingan. О‘quv-uslubiy majmuada ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish
va tajriba, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish keltirilgan. О‘quv-uslubiy
majmuada nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi yoritilgan.
Ushbu logopediya fani nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalar muassasalarida
korreksion ishlarning mazmuni, vositasi, metodlari va fanning rivojlanishi, nutq
kamchiligiga ega bolalar bilan logopedik ish, har xil nutq buzilishlarini bartaraf
etish metodikalari, logopediya fanidan bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarning
har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning
mutaxassislik bо‘yicha yо‘naltirishni kо‘zda tutadi.
Fanning asosiy maqsadi - talabalarga bola nutqini ontogenetik rivojlanish
bosqichlarini va ona tilini o’zlashtirish tizimi qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni
shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga ta’limiy-korreksion
jarayonini nutqida nuqsoni bo’lgan shaxsni psixofiziologik, yoshga doir
hususiyatlari va individual ta’limiy ehtiyojlariga tayangan tarzda amalga oshirish,
kasbiy faoliyatdagi taqdiqit masalalarini qoyish va hal etishda defektologik,
pedagogik, psixologik, lingvistik, tibbiy-biologik bilimlarni qo’llash
ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu kursni talabalar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlari orqali
о‘zlashtiradilar. Olingan nazariy va amaliy bilim talabalarning amaliy mavzularini
bayon etishlari orqali mustahkamlanadi.
Ushbu о‘quv-uslubiy majmua ma’ruza materiallari, amaliy mashg‘ulotlari,
kurs ishi mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari uchun mavzular, fanga oid
keyslar tо‘plami, glossariy va ilovalardan iborat. Ushbu majmua yuqori malakali
bо‘lg‘usi о‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.
О‘QUV MATERIALLARI
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari
1 - Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida
1-MA’RUZA
Fanning predmeti va vazifalari. Meyor va patologiya
tushunchasi.
РЕЖА
Fanning maqsad va vazifalari.
2. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Fanning tamoyil va metodlari.
4. Meyor va patologiya tushunchasi.
1.
Tayanch iboralar: ontogenez, norma, patologiya, disontogenez,
logopediya, kompensatsiya, nutq,nuqson, sabab, mexanizm, surdopedagogika,
tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, tamoyil.
Ontogenez – bu organizmning ona qornidaligi davridan, to qarilik davrigacha
normal, fiziologik jarayonlar asosida rivojlanishidir.
Fanning quyidagi vazifalarini ajratib kо‘rsatish mumkin:
1. Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini
о‘rganish.
2. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini
aniqlash.
3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning о‘z-о‘zidan va biror maqsadga
qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs
sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli kо‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon
qilishga, о‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash.
4. Rivojlanishida turli xil farqlar bо‘lgan bolalarda (eshitish, kо‘rish, fikrlash
qobiliyatining hamda tayanch xarakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning
shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini о‘rganish.
5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va
alomatlarini aniqlash.
6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashhisi, metodlarini ishlab chiqish.
7. Nutq buzilishlarini tartibga solish.
8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari
va vositalarini ishlab chiqish.
9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.
10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediyaning yuqorida kо‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy
yо‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni-nutq buzilishlarini
о‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan
metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni-nutq buzilishini oldini olish,
aniqlash va bartaraf etishni о‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy
vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir.
Qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni
о‘rganuvchi kо‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar,
tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni
hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;
2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan
va amaliyot о‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi
hamkorlikni ta’minlash;
3) nutqning buzilishini о‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini
amalga oshirish;
4) nutq buzilishini oldini olish uchun aholi о‘rtasida logopedik bilimlar
targ‘ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi.
Logopedik ta’sir etishning asosiy yо‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli
nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida
sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa
nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat
jarayonlarini rivojlan-tirish; shuningdek ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir
etish nazarda tutiladi.
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini tо‘g‘rilash bilan bir qatorda
psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U
pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bо‘lgan shaxsni har tomonlama kamol
toptirish imkonini beradi.
Ushbu fan boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langandir. Shaxsga har
tomonlama ta’sir kо‘rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan
omilkorona shug‘ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini, ularning
etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz
belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan
bо‘ladigan aloqasini belgilaydi.
Tizmlar ichidagi va tizmlararo aloqalar bor. Tizm-ichidagi aloqalarga
pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika,
tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan
bо‘ladigan aloqalari kiradi. Tizmlararo alolarga esa tibiy-biologik va tilshunoslik
fanlari о‘rtasidagi aloqalar kiradi.
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq
jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok
etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan
foydalanadi.
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini
aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi
tо‘g‘risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak
bо‘ladi.
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til
belgisi tartiblaridan qо‘llanish yotadi. Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli
ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bо‘lib, u bola tomonidan nisbatan qisqa
muddatlarda о‘zlashtirib olinadi.
Nutqiy tizm bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri
nutq faoliyatining о‘ziga xos vazifasini bajaradi.
A.R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.
Birinchi blok bosh miya pо‘stlog‘i osti (yuqori stvol va limbik oblast)
haqidagi bilimlarni о‘z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va
uning tetiklik holatini ta’minlaydi.
Ikkinchi blok-orqamiya qatlami katta yarim sharlari bо‘laklarini о‘z ichiga
oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va
saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati
hisoblanadi.
Uning tuzilish birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi.
Birlamchi doira-miya qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda
ham yuqori darajada о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi
a’zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi.
Miya qatlami appartlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar
qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‘zg‘alishlarni tahlil qiladi.
Ikkilamchi doiralar, birlamchi doiralar kabi, о‘zining ixtisosiy moddalligi (kо‘rish,
eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu
analizator (kо‘rish, eshitish va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini
о‘zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bо‘linmalarini о‘zgartirish
doiralari hisoblanadi. Ular turli moddallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil,
sintez, integratsiya qilish vazifasini о‘taydi. Ularning faoliyati asosida
sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e’tiborini qaratish
munosabatlari, murakkab logik-grammatik sо‘zlarqurilishi haqidagi bilimlar bilan
ish kо‘rishga о‘tish sodir bо‘ladi.
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‘ining oldingi bо‘limlari (motor,
motor oldi va old frontal soha) doirani о‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini
rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlydi. U shuningdek miya
qobig‘i ostidagi a’zolar faoliyati barcha tizmlarning tonusi va tetik holatini ular
faoliyati oldiga qо‘yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga
keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus о‘ziga xos
xususiyati bilan ishtirok etadi.
Nutqning akustik belgilarini ajratib kо‘rsatish va differensiyalash nutqeshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati bilan
ta’minlanadi. Bunga miya qobig‘i markaziy va old motor quyi bо‘linmalari sohasi
bilan bog‘liq bо‘lgan bosh miya qobig‘i (Vernike doirasi)ning sо‘l yuqori
ikkilamchi qismlari kiradi.
Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni nutq
apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus muvofiqlashtirish asosida
amalga oshiriladi. Nutq aktining motor quyi yig‘indisi markaziy qismlarning
ikkilamchi bо‘limlari (kinestetik apparat) va chap о‘ram qismining quyi bо‘limlari
(kinetik apparat) bilan ta’minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan
yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bо‘ladi. О‘ram qismida esa nutq
aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir harakatdan ikkinchi
harakatga yengil о‘tish imkoniyatini ta’minlovchi kinestatik modellar yaratiladi.
Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, ma’noning nutq
kо‘rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig‘ining eng yuqori darajada
shakllanishidir. U, ya’ni nutq bosh suyagi old va ustki qismi uchlamchi
bо‘linmalarining aralashuvisiz hosil bо‘lmaydi. Bosh miya qobig‘ining uchlamchi
bо‘limlari bir tekisda qabul qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash
sxemasi va obrazlariga о‘tkazilishini ta’minlaydi. Miya qobig‘ini ustki qismida,
shuningdek keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakllanadi.
Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig‘ining ensa va ensa-tepa
qismlarining turli bо‘limlari ishtirok etadi.
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‘ining turli qismlari turlicha
ishtirok etadi. bosh miya qobig‘i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati
buzilishining о‘ziga xos alomatlariga olib keladi. Nutq jarayonining miyada
amalga oshishi haqidagi ma’lumotlar nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va
mexanizmlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu
ma’lumotlar bosh miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli
shakllarini (afaziya) surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika,uchun
juda muhim bо‘lib, bemorlar nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib
borish imkonini beradi.
Logopediya-otorinolaringologiya, nevropotologiya, psixopa-tologiya,
oligofreniya klinikasi, pediatriya bilanuzviy bog‘langandir. Jumladan, nutq va
eshitish a’zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida) nafaqat buzilishlar
etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta’sir kо‘rsatish bilan bо‘ladigan logopedik
ishlarni tо‘g‘ri qо‘shib olib borish uchun ham imkon beradi. Masalan, tovushning
buzilishi qisman hiqildoq va tovush burishiqlari (g‘urralar, tugunchalar,
papillomalar, tovush burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli
organik jarohatlanishidan hosil bо‘lishi mumkin. Bunday hollardagi tovush
buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib davolash
mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya, psixoterapiya uslubida
ta’sir etish bilan ta’minlanadi.
Nutq buzilishining kо‘pgina turlari markaziy asab tizimining organik
shikastlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, u logoped va nevropatolog-vrach yoki
psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. Nutq buzilishi
hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: ruhiy rivojlanishda orqada qolish,
о‘zini tutish va his-hayajon hollaridagi buzilishlar, diqqat-e’tibor, xotira, aqliy
faoliyat buzilishlari kо‘zga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo
bо‘lish mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‘liq
bо‘lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi
psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach bolaning
aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi,
talab etiladigan davo choralarini qо‘llaydi.
Nutq buzilishining kо‘pgina kо‘rinishlari miya rivojlanishining barvaqt
sekinlashuvi bilan bog‘liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab tizimini
maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi mumkin. Bunday
davoni vrach-psixonevrolog belgilaydi. Ayrim paytlarda nutq buzilishlari hishayajonli qо‘zg‘olishning kuchayishi natijasida sodir bо‘ladigan harakatdagi
notinchlik bilan qо‘shiladi. bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning
ishi besamara bо‘laveradi.
Nutqning alohida kо‘rinishdagi buzilishlariga, masalan, duduqlanishning
ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar-qо‘rqish, hayajon, kо‘nikkan
muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab bо‘lishi
mumkin. Ularning paydo bо‘lish vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj
bо‘ladi; faqat psixonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi
uning sog‘ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma’lumotlarning hammasi shundan
dalolat beradiki, logopediya-pedagogik fan hisoblangani bilan u о‘z oldidagi
vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar
psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Anomal balalarni, shu jumladan nutqi buzilgan bolalarni ham о‘qitish va
tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari va
vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi.
Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar
psixopatalogiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruhiy
rivojlanishning tormozlanishi, harakat va his-hayajonli buzilishlarda namoyon
bо‘ladigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng kо‘p uchraydigan shakllari
haqida ham tasavvur bо‘lishi lozim. Bu bilimlar unga nutq buzilishining
sabablarini tо‘g‘ri aniqlashda, tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani
о‘qitish va tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam
beradi.
Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, kо‘rish, nutq
a’zolari patologiyasi bilan aloqada bо‘lish nutq buzilishini farq qilgan holda
tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, sensor alaliya va
eshitishning pasaygan hollaridagi nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish faoliyatini
chuqur tekshirishni talab qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq
buzilishlarini belgilash ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini,
intellektning ahvolini aniqlashsiz bо‘lmaydi.
Tibbiyot fanlaridan ma’lumotlar logopedga nutq buzilishining mexanizmlari,
etilogiyasini о‘rganishga tо‘g‘ri yondoshish uchun yordam beradi, nutq
buzilishlarining turli kо‘rinishlarini bartaraf etishda diagnostika va
differensiyalashgan logopedik ta’sir etish masalalarini tо‘g‘ri hal etish imkonini
yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus muassasalarga tо‘g‘ri tanlash ham tashxis
qо‘yishga bog‘liqdir.
Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog‘langan. Nutq
tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni
ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarida turlicha buzilishi mumkin. Bolaning
til normalarini о‘zlashtirib olish qonunlari va izchilligini bilish logopedik
xulosalarni aniqlashtirishga yordam beradi, logopedik ta’sir etish tizimlarini ishlab
chiqish uchun zarur bо‘ladi.
Zamonaviy logopediyaning tizimli nutq buzilishini о‘rganish va bartaraf
etishda L.S.Vigodskiy, A.R.Luriya, A.Leontyevning nutq faoliyatining murakkab
tuzilishi, idrok jarayonlari va nutq aytish samarasi haqidagi ta’limotiga
asoslanuvchi psixolingvistika ma’lumotlaridan keng qо‘llaniladi.
Nutqni idrok etish va uning samaralari turli operatsiyalarni qamrab oladigan,
murakkab iyerarxik qurilishga ega bо‘lgan kо‘p darajali jarayonlardan iboratdir.
Nuqt hosil bо‘lish
jarayonining har bir darajasi, har bir operatsiyasi о‘zining
lug‘atiga, birliklarni birlashtirish sintaksisiga ega.
Nutq buzilishlarini о‘rganishda nutq hosil bо‘lish operatsiyalaridan qaysi biri
buzilganligini aniqlash muhimdir. Logopediyada A.S.Vigotskiy, A.Leontyev,
T.V.Ryabova tomonidan ishlab chiqilgan nutq hosil bо‘lish modellaridan
foydalaniladi.
A.S.Vigotskiy fikr bilan sо‘z oralig‘idagi munosabatni fikrdan sо‘zga va
aksincha harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib
kо‘rsatar edi: motiv-fikr-ichki nutq-tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va
semantik (ruhiy) jihatlarini farq qilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik
(ruhiy) qurilishlarning о‘zaro munosabatlari kо‘zga tashlanadi. Ichki nutq semantik
jihatdan tashqi nutqqa aylanish strukturasi hisoblanadi. L.S.Vigotskiy ichki nutqni
chuqur tahil qildi, uning о‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdi.
A.A.Leontyev, L.S.Vigotskiy bayon qilgan nutq jarayoni qurilishiga
asoslanib, nutq paydo bо‘lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motiv-fikr (nutq
intensiyasi)-ichki rejalashtirish-leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalashmotor ishlab chiqarish-tashqi nutq.
Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi о‘z mexanizmlari bilan ajralib
turadigan ikkita operatsiyani о‘z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo
bо‘lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga
oshiriladigan leksik tо‘ldirish. Shundan sо‘ng motor ishlab chiqarishi davom etadi.
Misol uchun, alaliyani о‘rganishda psixolingvistik yondoshish ana shu nutq
buzilishi mexanizmini chuqur ochishga, nuqsonning tuzilishini aniqlashga, bu
buzilishni til buzilishi deb belgilashga imkon beradi.
Afaziya paytidagi xilma xil idrok operatsiyalari turli shakllarda nutqning
buzilish xususiyatlarini aniqlab olishga imkon beradi.
Psixolingvistik yondoshish nutq buzilishlarini tuzatish yuzasidan olib
boriladigan logopedik ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan
chambarchas bog‘langandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish
qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish
metodlarini bilishi muhimdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq
buzilishi turli kо‘rinishlarini tabaqalashtirish va ularni intellektual yetishmovchilik,
his-hayajonli va xarakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bog‘liq bо‘lgan nutq
buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlar logopedga nafaqat nutq nuqsonini
о‘zini, balki undan ham oldin bolani kо‘rishga, uning nutqiy buzilishining ruhiy
rivojlanishidagi muhim jihatlar bilan bо‘ladigan о‘zaro aloqasini umuman tо‘g‘ri
tushunishga yordam beradi. Bu bilim unga turli yoshdagi bolalar bilan aloqa
bog‘lashga, ularning nutqi, nutqidagi xalaqit beruvchi omillar, xotirasi, diqqate’tibori, intellekti, о‘zini erkin yoki his-hayajonli tutishlarini tekshirishda maqul
metodlarni tanlab olishga, shuningdek ma’lum yoshdagi bola faoliyati ustidan
logopedik ish olib borishga kо‘maklashadi.
Nutq buzilishini о‘rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning
о‘zaro bog‘liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus
qonuniyatlarning о‘zaro munosabatlari tо‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va
faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning о‘zaro
ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi
nazariyaga tayanadi.
Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish
maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va
metolardan foydalaniladi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik
rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan о‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish,
faoliyatli yondoshuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga
olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va
tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.1
Ulardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.
Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema tо‘g‘risidagi
tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari о‘zaro chambarchas aloqada
bо‘ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini
tuzatishni о‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha
tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi.
Nutq buzilishlarining о‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib
tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik
jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq
rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi
muhim jihatlarini tuzatish nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur bо‘ladi. Bunday
hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik
xususiyatga ega bо‘lishi kerak.
Shunday qilib, nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda komplekslilik
tamoyili muhim о‘rin tutadi.
Nutq buzilishlarini о‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar
rivojlanishining umumiy va о‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir.
Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasida о‘rin olgan
ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni
ham kо‘zda tutadi.
Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, shuningdek ular bilan olib
boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini
(predmetli-amaliy, о‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tuzatish-logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari
namoyon bо‘lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi (ontogenetik
tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Nutq buzilishlarining paydo bо‘lishi kо‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning
о‘zaro murakkab ta’siri bilan bog‘langan bо‘ladi. Nutq buzilishlarini samarali
logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi,
mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib kо‘rsatish,
nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning о‘zaro munosabatlarini aniqlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Мазкур ва бошқа тамойиллар бобларнинг ўзига хос мақсадларига боғлиқ ќолда саралаб кўриб чиқилади.
Nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar:
kо‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondoshish va boshqalar
muhim о‘rin tutadi.
Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bо‘lish
mumkin.
Birinchi guruh-tashkiliy metodlar: qiyosiy longityudinal (dinamikada
о‘rganish), kompleksli.
Ikkinchi guruhni empirik metodlar tashkil etadi: observatsion (kuzatish),
ekspetimental (laboratoriya, tabiiy, shakllanuvchi yoki psixologik-pedagogik
sinov), psixodiagnostik (testlar, standartlashtirilgan va hayoliy loyihalashtirilgan,
anketalar, suhbatlar, intervyu) faoliyatini, shuning bilan bir qatorda nutqiy
faoliyatini ham tahlil qilishning praksimetrik usullari, biografik metod (anomnestik
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish).
Uchinchi guruhga olingan ma’lumotlarni miqdor (matematik-statistik) va sifat
analizi kiradi. Bunda olingan ma’lumotlar EHMni qо‘llagan holda mashinada
ishlab chiqiladi.
Tо‘rtinchi guruh-interpretatsion metodlar, uslublar, о‘rganilayotgan hodisalar
о‘rtasidagi aloqalarni nazariy tadqiq qilish usullari (qismlar va butunlik о‘rtasidagi,
alohida jihatlar va umuman hodisa о‘rtasidagi, funksiyalar va shaxs о‘rtasidagi
hamda boshqa aloqalar).
Tadqiqotning obyektivligini ta’minlovchi texnik vositalar: kompyuter,
intonograflar, spektograflar, nazometrlar, video nutq, fonograflar, spirometr va
boshqa apparaturalar, shuningdek, butun nutq faoliyati va uning ayrim
komponentlarini dinamikada о‘rganishga imkon beruvchi rentgenokinofotografiya,
glottografiya, kinematografiya, elektromiografiyalardan keng foydalaniladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Meyor tushunchasi.
2. Statistik meyor.
3. Funksional yoki individual meyor.
4. Ideal meyor.
5. Ijtimoiy meyor.
6. Guruhiy meyor.
7. Meyor me’zonlari.
8. Patologiya va anomallik tushunchalari.
2-MA’RUZA
Meyordagi va patologik rivojlanish nazariyasi.
REJA:
1. Rivojlanish tushunchasi.
2. Bosqich va davrlar.
3. Senzitiv davr hususiyatlari.
4. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari.
Tayanch sо‘zlar: etiologiya, pereferik, markaziy, organik, funksional, nerv
faoliyati, bosh miya, nutq, sabab, anatomiya, fiziologiya, perseveratsiY.
«Etiologiya» termini grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, (etio-sabab, logos-fan, о‘rganish) sabablarni
о‘rganuvchi fan ma’nosini bildiradi. Sababiyat muammosi qadim qadimdan insoniyat e’tiborini о‘ziga
qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida
umumiy ilmiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari «etiologiya» tushunchasining о‘zi
falsafiy kategoriyalardan biri bо‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga uning ham aloqasi
bordir.
Yirik patafiziolog I.V.Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal
qilishga katta hissa qо‘shdi. Uning yozishicha: «Har qanday asl mazmun
sabablardan boshlanib keladi, ya’ni kauzallik va determenizm tushunchalaridan
boshlanadi. Bu ikki bir-biriga bog‘liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama
talqin etiladi. Birinchi tomondan sababiyat haqida, ya’ni sabab-oqibat
munosabatlari sifatida sharxlansa (aslida «etiologiya» tushunchasining mazmuni
shunday bо‘lishi kerak), ikkinchi tomondan hodisalar mohiyatini bilish haqida,
ya’ni uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish sifatida sharxlanadi».
Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi
sabablar haqidagi umumiy ta’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yо‘lini bosib
о‘tdi.
Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er.av. 460-377 y.) bir qator
nutq buzilishlarining sababini kо‘rsatib о‘tgan.
Boshqa grek faylasufi Aristotel (er.av. 384-322 y.) nutq hosil bо‘lish
jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‘lab, anatomik
tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‘rsatgan.
Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining
tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yо‘nalish
kо‘rsatilgan. Birinchi yо‘nalish Gippokrat nuqtai nazari bо‘lib, bosh miyaning
jarohatlanishi nutq buzilishlarini kelib chiqishiga sabab bо‘luvchi bosh omil
ekanligi ta’kidlangan. Ikkinchisi Aristotelga tegishli bо‘lib, periferik nutq
apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sababi etib kо‘rsatilgan. Nutq
buzilishlari sababini о‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqai nazar
saqlanib qolgan.
Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni
о‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi.
Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yо‘nalishini
ifodalaydi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining «о‘z о‘rni»
borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib о‘tilgan
bо‘lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861 yilda, fransuz shifokori Pol Broko
tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq
buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi kо‘rsatib berilgandan sо‘nggina
berilgandir. Xuddi shunga о‘xshash kashfiyot 1874 yilda Vernike tomonidan ham
amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bо‘lagi katta rol
о‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni rо‘y beradi.
Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 yillaridan jadal ishlana
boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq
buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M.Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari
sabablari orasida quyidagilarni ajratib kо‘rsatgan:
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patologik о‘zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u
organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik
sabablarni ajratib kо‘rsatdi.
Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng
bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek nutq periferik
organlaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar markaziy
(miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi jarohatlanishi,
tanglay yoriqligi va arti-kulyatsion apparatning boshqa marfologik о‘zgarishlari)
ajratilgan.
Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlovning ta’limoti orqali
tushuntiradi. Bu ta’limot M.N.S. da qо‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining
о‘zaro munosabatini buzilishi haqida bо‘lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va
funksional, markaziy va periferik sabablarning о‘zaro munosabati mavjudligini
ta’kidlaydi.
Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va
boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan.
M.YE.Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan va
buning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi.
Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida sо‘nggi 10 yillikda
qо‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa
fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq
tasavvurga ega bо‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen
(tashqi) va endogen (ichki) zararlarning ahamiyatini kо‘rsatdi. Nutq
buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan,
balki funksional sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola
organizmiga kо‘rsatadigan ta’sirini tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini
korreksiyalash uchun tо‘g‘ri yо‘l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish
va oldini olish uchun ham muhimdir.
Nutq buzilishlari sababi deganda – organizmga tashqi yoki ichki zararli
omilning ta’sir etishi yoki ularning о‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu,
nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi.
Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat
muammosining bir bо‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va
uning klinik kо‘rinishini shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, о‘zaro
aloqadorlik о‘rnatilgan.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol о‘ynaydi,
ya’ni nutq kamchiliklarini kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki tо‘sqinlik
qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga
kelsa, u tashqi sabab sifatida kо‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib
chiqishi uchun qulay sharoit bо‘lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning
nevropatik organizmi (nerv-psixik qо‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), M.N.S. ning
erta organik jarohatlanishi asorati va h.k.
Evolyusion-dinamik yondoshuv va psixikaning shakllanishi jarayonida
biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini о‘rganish
uchun asos bо‘ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning
M.N.S. ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning
tashqi olam bilan о‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
L.S.Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik
davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini о‘rganishda metodologik asos
bо‘lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof muhit ta’siri bilan bog‘liqligini
tushuntira turib, u «rivojlanishning ijtimoiy vaziyati» tushunchasini kiritdi. Bu о‘z
navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni о‘zida namoyon
etadi.
Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli
analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv
analizatori turli xil signallarni va eng avvalo nutqiy signallarni qabul qiladi.
Eshituv afferentatsiyasining manbasi bо‘lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta
odam hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning
roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy
sabablardan biri bо‘lishi mumkin.
Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan
muxitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi
(kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar, uzoq muddat
kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga
kirishishning chegaralanganligi).
Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega
bо‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shun-daygina
eshitish kamlik qiladi (radiomagnitafon, televizor). Dastlab ma’lum yosh davri
uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan
muloqoti shaklining о‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Demak,
hayotining birinchi yili uchun xarakterli bо‘lgan emotsional muloqotni 2-3
yoshlarda predmetli-xarakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina
turtki bо‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday о‘zgarish yuz bermasa u holda nutq
rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi.
Bolada predmetli-о‘yin faoliyati jarayonida tо‘plangan taassurotlar nutq
rivojlanishiga dastlabki zamin bо‘lib xizmat qiladi.
Bola nutg‘ining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va
buziladi: ijobiy emotsional muxitning yо‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli
muxit.
Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar
(talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar)
asosida taqlid yotadi.
Nutq kamchiliklari kо‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi
(qо‘rquv, yaqin odamini yо‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom
etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k.).
Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa kuchli psixik travmalarda
bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrotik
duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha shartli ravishda
funksional buzilishga kiritiladi.
Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish
mumkin:
1. Bola organizmiga zararli ta’sir kо‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar.
2. Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki tо‘la shakllanmagan
homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik.
3. Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining
buzilishi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish
shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal
rivojlanishi qachon sodir bо‘ladi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi
jarohatlanishining yuqori darajadagi havfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo
bо‘lishini о‘rganish osonroq kechadi.
Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi:
Birinchi davr (hayotining 1-2 yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi
shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va
uning xarakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bо‘ladi. Bu yoshda
pо‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bо‘ladi, xususan
Broka zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr
hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining
rivojlanishida о‘z aksini kо‘rsatishi mumkin.
Ikkinchi davr (3 yosh) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan
kontekstli nutqqa о‘tiladi. Bu M.N.S. ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutqxarakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). M.N.S. ishida vujudga keluvchi
ayrim nomuvofiqlik xulqdagi о‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik,
negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining
zararlanishiga bо‘lgan havfni belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kelishi
mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga
kirishishdan bosh tortadi, kattalar qо‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik
bildiradi.
Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil
psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bо‘lishi mumkin. Gohida
adabiyotlarda bu holat «evolyutiv» termini bilan yuritiladi, ya’ni yosh davrlari
bilan bog‘liq rivojlanish. Masalan: «evolyutiv duduqlanish».
Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning
M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qо‘yilganda
duduqlanish hosil bо‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi.
Bolada bor bо‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin
davrlarda birmuncha kuchli namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq
kamchiliklari ham paydo bо‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida
keskin davrlarni yaxshi bilishi va о‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi
kerak.
Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar
mustaqil ahamiyatga ega bо‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik,
bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida
organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda
о‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal
yetukligi va ishlab turishi muhim.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar kо‘proq rol
о‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha jarohat joyiga qarab
organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi.
Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit
ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish
vaqtiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:
1. Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar.
2. Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal).
3. Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal).
Kо‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining
jarohatlanishi bilan qо‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy
tibbiy adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv
tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida
turli xil zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan
sо‘ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal
patalogiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, infeksiyalar,
intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli kо‘rinishdagi
akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, chо‘zilgan yoki tezlashgan
tug‘ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka о‘ralish, homilaning notо‘g‘ri
yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi.
Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki о‘rinlarni asfiksiya va
tug‘ruq travmasi egallaydi.
Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va
asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu
esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi
va asfiksiya homila miyasining notо‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi.
Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining
о‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya pо‘stlog‘ining
nutq zonalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya
pо‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya).
Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi kо‘proq bо‘ladi.
Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bо‘ladi.
Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi
jarohat о‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar
vujudga keladi-dizartriY.
Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan
mos kelmasligi ham muhim rol о‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari
bо‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yо‘ldosh orqali о‘tib homila
eritrotsitlarining bо‘linishini keltirib chiqaradi.
Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bо‘lgan moddabilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning pо‘stloq osti bо‘limlari, eshituv
yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning
tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi.
Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq
buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga kо‘ra boshqa polimorf
nuqsonlar bilan qо‘shilib keladi (eshituv, kо‘ruv, tayanch xarakat apparati,
intellekt). Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli
kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa
nuqsonlarning og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida kо‘proq
miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog‘liq bо‘ladi. Homiladorlikning dastlabki
uchinchi oyida, shuningdek, embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha
birmuncha og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi
patalogik ta’sirlar odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv
tizimining shakllanishini kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining
buzilishiga olib keladi.
Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda kо‘pgina dizembriogenetik
stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari,
yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi;
miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar
ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish
mumkin.
Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadonyо‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va
kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod
yetishmasligi о‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi
mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning
natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola tо‘la shakllanmagan,
nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi,
nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning
neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar о‘z navbatida nutq
faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli
kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik
vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va
nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan.
Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik
genezli oligofreniyaning klinik kо‘rinishi о‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining
kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri kо‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va
aqliy rivojlanishning orqada qolishini о‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik
sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining
rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi
holati aniqlangan.
Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila о‘limining havfi ona qornidaligi
va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi, homilalik
va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola hayotining
birinchi yilida о‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga bog‘liqdir.
Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida о‘zining jismoniy zaifligi,
nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning
orqada qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, kо‘ruv va
eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining
tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan
uyg‘unlashadi. Ayni vaqtda kо‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i,
homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan.
Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan
chekishning aloqasi borligi isbotlandi.
Ma’lumotlarga kо‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning
patologik о‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator
zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va
chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar).
Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli
asfiksiya, yengil kо‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib
chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun
diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil
nutq buzilishlari xarakterlidir.
Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida
bir kо‘rinishi ajratilgan. Bu kо‘rinish asosida alohida oliy pо‘stloq funksiyalarining
yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq rivojlanishida о‘ziga xos
orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi.
Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining
sekinlashuvi alohida о‘ringa ega.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bо‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini
M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini о‘z vaqtida aniqlash va
psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy
rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va
pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim.
Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik
belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga
halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining
yengil buzilishi, tremor kо‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar,
umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi (ayniqsa kо‘ruv-motor
koordinatsiyasi), mayda qо‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining
rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini
sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada kо‘rish
mumkin.
Nutq buzilishlari kо‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi.
Sо‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab о‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar
(yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi kо‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan
nutqiy funksiyani amalga oshiradi, о‘ng yarim shar esa kо‘ruv-fazoviy gnozisni
amalga oshiradi. О‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan о‘ng yarim shar tezroq
shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va
shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi.
Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo
о‘zaro ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda
yaxshi yordam beradi.
Bundan tashqari о‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining kо‘p uchrashiga
xromasoma tuzilishidagi о‘ziga xos о‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va
nutq buzilishlari sabab bо‘lishi mumkin.
Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik
jarohatlanishlari katta rol о‘ynaydi.
Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional
ijobiy aloqani yetishmasligi).
Hayotining birinchi yillarida bola va onaning о‘zaro aloqasi buzilishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning
birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona
bilan yoki о‘ziga yaqin bо‘lgan boshqa kishilar bilan tо‘g‘ri о‘zaro munosabat
bо‘lishini talab etadi.
Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi
rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq
buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi
о‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi.
Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari
aspekti bо‘yicha va keyingi asoratlari orasida tо‘la bir-biriga bog‘liqlik bо‘lmaydi.
Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati kо‘pincha
nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bо‘lgan davrda hosil
bо‘ladimi yoki shakllanib bо‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr
100 yil avval kо‘rsatilgan va sо‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Kattalarda shunga о‘xshash jarohatlar ma’lum о‘ringa ega bо‘ladilar.
Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga
qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum
darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola
miyasining jarohatlanish о‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib
chiqishi chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yо‘qligi tushuntiriladi.
Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap
gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari
kelib chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa
bolaning yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining
borligi bilan izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi
darajasi orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bо‘lsa,
ya’ni ular qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi.
Bu shunda namoyon bо‘ladiki, о‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni
(nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan
nerv hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq
bu faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya pо‘stloq bо‘limlari miyelinizatsiyasi
hali tugamagan bо‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib
bо‘lmagan bо‘lsa.
Erta yoshlarda bola bosh miyasi pо‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi
kattalarga qaraganda о‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar
kattalarda afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida
yuzaga kelsa, bolalarda ular kо‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida
yuzaga keladi. Bundan tashqari, hatto о‘ng yarim sharlarning (odatda
subdominant) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi
ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim:
vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati,
shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik
darajasi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega.
Kо‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga
keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar.
Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi.
Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan
shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bо‘lishi
mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan
(1980) ma’lumotiga kо‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yо‘g‘i
1,31% ni tashkil etar ekan.
A.Gridnev (1976) ma’lumotiga kо‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik
17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya,
disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining kelib
chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan
birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda
boshlovchi omil bо‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv
tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi
bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning о‘zidan kelib
chiqadi.
Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va
odatda progridiyent oqimga ega bо‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma
sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish
kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi.
Xromosoma sindromi ikki guruhga bо‘linadi:
Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining о‘zgarishi bilan bog‘liq
sindromlar.
Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq
kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt
yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qо‘shilib
keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bо‘la oladi.
Sо‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni о‘ziga jalb qilib kelayotgan
muammo bu- x-xromosomasida о‘ziga xos о‘zgarishlari bо‘lgan bolalarning nutq
buzilishlari masalasidir (fragil yoki mо‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda
nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida
duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qо‘shilib keluvchi nutq tempining
tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu
sindromga xarakterlidir.
Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning
о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu
gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan
chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi.
О‘ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi. Fenilketonuriya
nasliy kasallik bо‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi.
Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari
strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan davolov ishlari
ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning keyinchalik
pasayishini va nutqning tо‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin.
Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va
davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni
maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yо‘naltirishni yodda tutishi
muhim.
Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va
polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay
omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qо‘shilib kelishi birmuncha
kо‘proqdir.
Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir:
1. Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va о‘chog‘ini hisobga olgan holda
pо‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini о‘rganish.
2. Turli xil kо‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar
rolini aniqlash.
3. Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar
va sabablarni batafsil о‘rganish.
4. Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik
ma’lumotlarni о‘rganish.
Nazoart savollari
1. Nutq buzilishlarining asosiy sabablarini ayting.
2. Nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi sharoitni tavsiflab bering.
3. Ekzogen-organik omillarni nutq buzilishlarining sababi sifatida tavsiflab
bering.
4. Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida nasliy omillarni rolini ochib bering.
5. Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini ochib
bering.
6. Rivojlanish tushunchasi.
7. Bosqich va davrlar.
8. Senzitiv davr hususiyatlari.
9. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari.
3-MA’RUZA
Tilni egallash konsepsiyalari.
REJA:
1. Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
2. Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi.
3. J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi.
4. Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish
(Dj.Bruner, M. Xelllidey).
5. L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga xos
faoliyat sifatida” konsepsiyasi.
6. Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya).
7.
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo
bо‘ladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov,
- odam fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qо‘shimcha
qо‘shildi”1. Bu qо‘shimcha odamda nutq paydo bо‘lishi va yangi signal tizimi
vujudga kelishidan iborat bо‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida
muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bо‘lgan ikkinchi signal
tizimi qaror topdi.
“Bо‘lg‘usi odamda, - deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar,
birinchi signallarning signallari-talaffuz etiladigan, eshitiladigan va kо‘riladigan
sо‘zlar kо‘rinishida paydo bо‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga
yetdi”2.
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal
tizimi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qо‘llab-quvvatlangandagina tо‘g‘ri
shakllanadi. Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega.
Nutqning tо‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bо‘lishi
muximdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining
ikkinchi xaftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki,
1 И.П.Павлов. тœла асарлар тœплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет.
2 Œша асар, 345-бет.
bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy
nerv tizimida eshituv dominantasi paydo bо‘la olishini kо‘rsatadi. Hayotining 2oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab
ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bо‘ladi, bola 3-4 oylik bо‘lib qolganda
tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqning eshitish bо‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari о‘zgarib boradi,
6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bо‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga
qaraganda yuqori bо‘ladi.
Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab,
suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati
va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi.
Shunday qilib, bola о‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv
analizatoridan kelayotgan signallarga bо‘ysundirish malakasini egallab boradi.
Eshituv yordamida bola atrofdagilarning nutqini idrok etadi, unga taqlid qiladi va
о‘z talaffuzini nazorat qiladi.
L.V.Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan tekshirishlarining
kо‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Dbdan kо‘p bо‘lmagan)
ayrim tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday
pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa,
odatda nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida
buzilishlar bо‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tuzim ham yetarli darajada
rivojlanmaydi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish
rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bо‘lgan tengdoshlaridagidek
paydo bо‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli
asta-sekin sо‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq
rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bо‘g‘in va atrofdagilarning
sо‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani
ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda kо‘p
hollarda bolalar о‘zlarining notо‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat
tusiga kirib, turg‘un bо‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf
qilinadi.
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda
rivojlanadi. Odatda bola 4 yoshga yetganda о‘z ona tilidagi barcha fonemalarni
eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bо‘ladi.
Kо‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi. Nutqning
paydo bо‘lishi va uning idrok qilinishida kо‘rish analizatorlarining muhim rol
о‘ynashi, tug‘ma kо‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi.
Kо‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan
kuzatadi, ularni qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni
yaxshi taqlid qiladi.
Bolaning rivojlanishi jarayonida kо‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar
о‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar
bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi.
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqining tо‘g‘ri
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhiti va ta’limtarbiyaga bog‘liq.
Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va
aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.
Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal
rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning
muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa
nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni о‘z vaqtida bilish va
aniqlash uchun kerak bо‘ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi sо‘zlar qachon paydo bо‘lishini
bilsa, u holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila
oladi.
Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga tо‘g‘ri
diagnoz qо‘yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxasislar uch yoshli bolaning
tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga
yuboradilar. Bu tо‘g‘rimi? Yо‘q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan
bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz etish xos bо‘ladi. Bu
kо‘rinish fiziologik dislasiya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya
apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. Nutq
kamchiliklarini bartaraf etishda tug‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish
uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur
hisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha kо‘rsatadilar, ularni
har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar.
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
1)
tayyorlov davri (2 yoshgacha)
2)
nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontyev
shakllanishini 4 davrga bо‘lib kо‘rsatadi;
1)
tayyorgarlik davri-bir 1yoshgacha;
2)
bog‘chagacha bо‘lgan davr- 3 yoshgacha;
3)
maktabgacha bо‘lgan davr-7yoshgacha;
4)
maktab davri
bola nutqining
Bu davrlarning tо‘liq tavsifi ustida tо‘xtalib о‘tamiz. Shunday qilib, birinchi
davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha).
Bola tug‘ilgandan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va
yig‘idan iborat bо‘ladi. Tо‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu
qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bо‘limini (nafas olish, ovoz hosil bо‘lish,
artikulyatsion) rivojlanishida katta rol о‘ynaydi.
Ikki hafta о‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera
boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan tо‘xtaydi. Bir oyligining
oxiriga borib, uni mayin qо‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bо‘lib qoladi.
Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni kо‘zlari bilan
kuzatadi. Tez kundv bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda
tinchlanadi, keskin intonatsiyaga-yig‘laydi.
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bug‘inlarning talaffuzi paydo
bо‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq
artikulyatsiya qilinmaydi.
Bolalarning chug‘urlashi haqida biz kо‘pgina lug‘atlardan va bolalar
nutqining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan istalgan adabiyotdan
umumiy ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Aniq ma’lumotlarga kelsak bizning bu
masalada nochorligimiz seziladi. Chug‘urlash ietapining rivojlanishi haqidagi aniq
va sistemali kuzatilgan ma’lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqini
vaqtlargacha G.Goyer (Deryagina) va A.E. Goyer (1927) tegishli edi. Bunda ham
faqat bitta bola kuzatilgan edi. Shuning uchun namoyon bо‘lgan faktlarning
barchasi chug‘urlash etapining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga qanchalik
kо‘p yoki kamroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu faktlarda shu bolaning
individual xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik kerak.
A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 ta bolada chug‘urlash
etapining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan materiallarga
egamiz.
Chug‘urlash etapining namoyon bо‘lish muddatiga kelsak, bu yerda turli
fikrlar mavjud: bir guruh mualliflar bu etap bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 3oyning boshlarida namoyon bо‘ladi deb hisoblaydilar. Chug‘urlash etapining
namoyon bо‘lishi muddatini aniqlashda bunday katta farq haqiqiy chegaralarni
topishda qiyinchilik tug‘diryapti. Bu esa о‘z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash
davri bilan chug‘urlash etapini chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir
qarashda A.A. Leontyev (1965) tomonidan gu-gulash va chug‘urlash etaplari
orasidagi ma’lum farqlar tо‘g‘ri ifodalangan bо‘lsada, bu 2 nutqgacha bо‘lgan
davrlar о‘tish stadiyasida shunday qо‘shilib ketadiki, ular orasidagi chegara
sayqallanib qoladi. Darvoqe, chegaralarning bunday noaniq kо‘rinishini
chug‘urlashdan haqiqiy nutqga о‘tishda ham kuzatish mumkin: bolada hosil
bо‘lgan sо‘zlar bilan bir qatorda ma’lum vaqt mobaynida atrof olamdagi predmet
va hodisalarga aloqasi bо‘lmagan chug‘urlovchi tovushlar uyg‘unligi ham
aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va chug‘urlash etaplari orasidagi chegara
singari, chug‘urlash bilan nutq orasidagi chegara ham individualdir. Bir vaqtda har
bir bolada chegara о‘ziga qarab u yoki bu tomonda bо‘lishi mumkin.
A.D. Salaxovaning kuzatishlari bо‘yicha chug‘urlash etapi namoyon
bо‘lishining haqiqiy muddati taxminan 4 chi va 5 chi oylar о‘rtasiga tо‘g‘ri keladi.
Aynan shunday fikrni A.A. Leontyevning yuqorida keltirilgan ishida ham
kо‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, bola hayotining 4 chi oyi chug‘urlash
davrining boshlanishi bо‘lib sanaladi.
Bizda bir savol tug‘iladi: bola chug‘urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday
munosabatda bо‘ladi, ya’ni boshqacha aytganda, chug‘urlash bevosita nutqiy
muhit ta’siri ostida yoki unga bog‘liq bо‘lmagan holda rivojlanadimi? Bu savol
behudaga berilgan emas. Chunki maxsus adabiyotlarda bu masala kо‘p ma’noda
tushuntiriladi. Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy (1915)
chug‘urlashni tovushlar hosil bо‘lishi jarayonidagi bolaning «ermagi» sifatida
izohlaydi. Bunda u chug‘urlashni nutq organlari bilan о‘ynaladigan oyoq-qо‘lini
bemaqsad harakatlantirishiga о‘xshash deb tushuntiradi. Boshqa mualliflar,
masalan, M.A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov (1883) chug‘urlashni
atrofdagilar nutqiga taqlid «meva»si sifatida baholaydi.
Berilgan savolni yechish usullaridan biri bо‘lib, chug‘urlash etapining tovush
tarkibini aynan о‘sha nutqiy tovushlar (fonemalar) sistemasi bilan solishtirish va
taqqoslanishi hisoblanadi.
Agar chug‘urlash etapining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga bog‘liqligini
taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi eng avvalo
unli tovushlarda namoyon bо‘lishi kerak. Chunki unli tovushlar akustik
munosabatda bir muncha «yorqinroq» va undoshlarga qaraganda bir-biriga bir
muncha zidroq.
Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida о‘zining artikulyatsiyasi
jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan о‘xshaydigan faqat unli tovushlar
aniqlanvermaydi, balki muayyan tilga xos bо‘lmagan tovushlar ham aniqlandi.
Masalan: unli (ä), artikulyatsiyasi jihatidan ingliz tiliga yaqin (); tovushlar orasida
о‘rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan ya’ni
nazalizatsiyalangan tovushlar (ã),(õ)-fratsuz tiliga xos. Shuni ta’kidlash joizki,
atrofidagi tilga aynan о‘xshamaydigan, chug‘urlash etapidagi unli tovushlar
miqdori, aynan о‘xshash tovushlarga nisbatan kо‘proq.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, rus tilidagi tovushlarga aynan о‘xshash unli
tovushlar chug‘urlash etapida tо‘liq tarkibda namoyon bо‘lgan bо‘lsa, undoshlar
bu munosabatda butunlay boshqacha. Tekshirishlarning kо‘rsatishicha, chug‘urlash
etapida qayd qilingan tovushlar ichida shipillovchi undoshlar va tish oldi, tish aro
undoshlar guruhi ham kо‘rsatilmagan. Bu hol taxminan shunday tushuntiriladi:
ayni davrda bolalarda tishlari hali chiqmagan bо‘ladi, ba’zi hollarda chiqishi ham
mumkin. Til oldi tovushlari xuddi portlovchilar va shovqinlilar singari ingliz tiliga
xos ????? chiqadi. Chug‘urlash etapining oxirlariga kelib bolada tishlar paydo
bо‘lgani bilan, til oldi tovushlar chug‘urlash etapida umuman kо‘rinmaydi. Ayrim
bolalarda bu vaqtga kelib lab-tish undoshlari paydo bо‘ladi. Demak, chug‘urlash
etapida portlovchi va shovqinlilar paydo bо‘lmaydi.
Chug‘urlash etapi rivojlanishining umumiy sxemasini taxminan shunday
tarzda berish mumkin.
Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiy taraqqiyoti natijasida bolaga ma’lum
miqdorda artikulyatsion rivojlanish dasturi о‘tadi. Gu-gulash davrida va
chug‘urlash etapining dastlabki bosqichlarida bu dastur bolalarning eshitishi
holatiga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshadi: biz bu haqda yuqorida aytib
о‘tgan edik, ya’ni gu-gulash va chug‘urlash etapi kar bolalarda ham bо‘ladi.
Chug‘urlash etapi rivojlanishining keyingi bosqichlarida autoexolaliya mexanizmi
qо‘shiladi. Bu rivojlanishda autoexolaliya mexanizmi faqat umumiy stimullovchi
rol о‘ynaydi. Autoexolaliya, chug‘urlash etapini tovushlar zahirasi bilan
boyitmaydi, chunki о‘z-о‘ziga taqlid jarayonida bola faqat talaffuz qilganini
о‘zinigina eshitadi. Chug‘urlash etapining keyingi rivojida, ayniqsa buetapning
tugashi bosqichida exolaliya mexanizmi qо‘yiladi. Bu mexanizm, chug‘urlash
etapi rivojlanishini umumiy rag‘batlantirish bilan birga, ma’lum miqdorda
bu etapni tovushlar zahirasi bilan boyitadi.
Bolalarning exolalik reaksiyalari 3 xil kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Birinchi
kо‘rinishda atrofdagilar bolaga chug‘urlashida bor bо‘lgan tovushlarni talaffuz
qiladilar. Bu holatda exolalik reaksiya bir muncha muvaffaqiyatli chiqadi. Biroq bu
reaksiyaning roli, autoexolaliyaning roli singari, chuqurlash etapining rivojlanishi
uchun faqat umumiy rag‘batlantiruvchi bо‘lib ifodalanishi mumkin.
Exolalik reaksiyaning ikkinchi kо‘rinishida atrofdagilar bolaning chug‘urlash
etapida ayni vaqtda yо‘q bо‘lgan tovushlarni talaffuz qiladilar yoki gapiradilar. Bu
tovushlar qо‘yilgan dastur bо‘yicha ancha kechroq paydo bо‘lishi kerak. Exolalik
reaksiya nol bо‘lib qoladi, ya’ni bola bu tovushlarga umuman ta’sirlanmaydi, agar
ta’sirlansa ham u holda baribir yana chug‘urlashi tarkibidagi tovush
artikulyatsiyalariga e’tibor qiladi. Exolalik reaksiyaning bu kо‘rinishi ish ham
birinchi kо‘rinishi singari asosan umumiy rag‘batlantiruvchi rol о‘ynaydi.
Exolalik reaksiyaning uchinchi kо‘rinishi qо‘yidagicha: bolalarga chug‘urlash
etapida yо‘q tovushlar talaffuz etiladi. Biroq bunda о‘zining akustikoartikulyatsion belgilari bо‘yicha atrofdagilar talaffuziga yaqin tovushlar bо‘ladi.
Bu holda bola tovush obrazining ta’siri ostida oldinga bir qadam tashlaydi, chunki
uning artikulyatsiyasi berilgan tovushga tо‘g‘ri kelishi kerak. Bunday turdagi
rag‘batlantirishlar kо‘rinishidan chug‘urlash tarkibini boyitishda birmuncha
samaralidir.
Exolalik reaksiyaning uchinchi kо‘rinishi ta’siri ostida bu etap rivojlanishi
uchun qо‘yilgan dastur, ayniqsa uning tugashi bosqichida muayyan korrektivlar
kiritilishi mumkin. A.D. Salaxova ham exolaliya hisobiga undoshlarni yumshoq va
qattiq belgisiga kо‘ra bir-biriga qarshi qо‘yib ma’lumot olgani extimoldan xoli
emas.
Kо‘rinib turibdiki, chug‘urlash etapining rivojlanishida bola eshituvining roli
asosan ovoz reaksiyalarini umumiy raqbatlantirishga va bolaga nasliy berilgan
artikulyatsion programmasini ma’lum miqdorda tuzatishga olib keladi.
Bolada nutqiy rivojlanish programmasini mavjudligi haqidagi taxminlar
tо‘g‘ri bо‘lsa, u holda bu programmani amalga oshirishda muayyan qonuniyat
mavjud bо‘lishi kerak, xususan chug‘urlash etapida u yoki bu tovushlarning tartib
bilan paydo bо‘lishi singari. Biroq shu paytgacha bu munosabatda biron-bir
qonuniyatlarni aniqlash imkoni bо‘lmadi. Bolalar nutqi masalalari bilan
shug‘ullanuvchi olimlar kо‘rinishidan yakdil fikrdalar: chug‘urlash etapida hech
qanday umumiy qonuniyatlar yо‘q va nutqgacha bо‘lgan davrda tovushlar tartibsiz
paydo bо‘ladi.
R. Yakobson (1940-1942) bu borada shunday yozadi: nutq rivojlanishi
jarayonida tovushlarni tanlash bevosita tilning tabiatiga bog‘liq va muammo
haqiqiy lingvistik hisoblanadi.
Chug‘urlash etapi tovushlari masalasida shunisi xarakterliki, bu yerda ularni
о‘zlashtirish bо‘yicha hech qanday ketma-ketlikni о‘rnatishning keragi yо‘q.
Chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish etapi asosida tovush zahirasida
yetishmaydigan tovushlarni о‘zlashtirish sodir bо‘ladi. Chug‘urlashdan nutqga
о‘tish stadiyasi haqida xuddi shu nuqtai nazarni A. Greguar (1947) ham aytib
о‘tadi.
Bu nuqtai nazarni dastlab bizga ham tо‘g‘ri bо‘lib tuyulgan. (V.I. Beltyukov,
1969). Biroq ish aslida boshqacha. Kо‘pgina mualliflar ajoyib faktni kо‘rsatadilar:
bola chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish vaqtida u yoki bu tovushlarni qandaydir
«unutadi» va ularni boshqatdan о‘zlashtirishni boshlaydi. A.D. Salaxovaning
(1972) tadqiqotlari shunga guvohlik beradiki, bu holatda faqat muayyan
tovushlarni «unutish» о‘rin olmaydi: tilning butun tovush (fonema) sistemasi
shakllanishi jarayoni qaytadan sodir bо‘ladi.
Bunga bog‘liq ravishda tabiiy savol tug‘iladi. Nutqning rivojlanishi
jarayonida chug‘urlash etapining roli qanday? Eng avvalo chug‘urlash etapi
bolaning artikulyatsion apparatini umumiy mashq qildirishni о‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu etapning ahamiyati shunga olib keladiki, exolaliya va
autoexolaliya asosida muayyan motor-akustik aloqalar ishlab chiqiladi. Tо‘g‘ri,
shuni unutmaslik kerakki, bolalar artikulyatsion apparatining rivojlanishi, xususan
chug‘urlash etapining rivojlanishi jarayonida motor-akustik aloqalarning hosil
bо‘lishi, harakatlar koordinatsiyasi va idrokning eng past darajalarida sodir bо‘ladi.
Endi, chug‘urlash etapining rivojlanishida qandaydir bir qonuniyatlar
mavjudmi, degan savolga qaytamiz.
Tovushlarning alohida hosil bо‘lishi tartibi munosabati bо‘yicha bir bolaning
chug‘urlashini 2chi bolaning chug‘urlashishi bilan solishtirganda ayrim
mualliflarning haqiqatan ham haqligi haqida tasavvur paydo bо‘ladi. Bu mualliflar
ta’kidlaydilarki, bu yerda qandaydir qonuniyatlarni о‘rnatish mumkin emas.
Tovushlar faqat u yoki bu differensial belgilariga qarab guruhlangandagina nutq
tovushlarining paydo bо‘lish tartibi aniqlanishi mumkin.
Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida tovushlarning birmuncha
intensiv kupayishi jarayoni umuman olganda 6 oylikdan keyin sodir bо‘ladi va bir
oydan kо‘proq davom etadi. Sо‘ng tovushlarning kо‘payishi juda sekin va asta
kechadi.
Endi tadqiqotdan olingan diqqatga sazovor faktlarni tahlil qilamiz.
Bu etapda burunli va og‘izli undoshlar deyarli bir vaqtda paydo bо‘ladi. Bu
tovushlarning paydo bо‘lishi vaqtida ayrim ustunlik tomonlar og‘iz undoshlari
tomonida kо‘rindi, biroq turli bolalarda ayrim tovushlarga nisbatan og‘iz
undoshlaridan kо‘ra burun undoshlarining о‘zib ketishini kuzatish mumkin.
Chug‘urlash etapida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning о‘zida
paydo bо‘ladi. Bu yerda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklarga egadir. Biroq
bu yerda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda alohida jarangsiz
undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bо‘ladi.
+attiq va yumshoq undoshlarning paydo bо‘lishi kuzatilganda dastlab
yumshoq, sо‘ng qattiq til oldi undoshlari paydo bо‘lar ekan: (t)-(t). Lab
undoshlariga kelsak, til oldi tovushlariga qarama-qarshi о‘laroq avval qattiq, sо‘ng
yumshoq undoshlar hosil bо‘ladi. Portlovchi va shovqinlilar ichida avval
portlovchilar, sо‘ng shovqinlilar paydo bо‘ladi.
Olingan bu ma’lumotdan kо‘rinib turibdiki, bolalarda chug‘urlash etapining
paydo bо‘lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial belgilar bо‘yicha
bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug‘urlash etapida bir vaqtning о‘zida
paydo bо‘ladi. (og‘izli-burunli, jarangli-jarangsiz). Boshqa differensial belgilari
bо‘yicha taqqoslangan tovushlar guruhi (qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli)
turli muddatlarda paydo bо‘ladi.
Tadqiqotning yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, chug‘urlash
davrining qaysi etapidan qat’iiy nazar juft tovushlarning biri paydo bо‘lgani zahoti,
ikkinchisi ham u bilan paydo bо‘ladi.
Demak, taqqoslangan barcha undosh tovushlar guruhidan chug‘urlash davrida
birmuncha kontrastlik guruh burunli va og‘izli undoshlar hisoblanadi. Deyarli shu
darajada kontrastlik bо‘lib jarangli va jarangsiz undoshlar hisoblanadi. Til oldi
yumshoq va qattiq undoshlar ham ma’lum miqdorda bir-biriga yaqin.
Keyin, bir-biriga yaqinligi bо‘yicha portlovchi va shovqinlilar qattiq va
yumshoq lab undoshlari ketadi.
Ma’lum undoshlar guruhi orasida kontrastlikning asta-sekin kamayishi tartibi
sxemasi qо‘yidagicha kо‘rinishda bо‘ladi:
burunli-og‘izli
jarangli-jarangsiz
qattiq-yumshoq (til oldi)
portlovchi-shovqinli
qattiq-yumshoq (lab)
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib qо‘yi-dagilarni aytish mumkin:
chug‘urlashning tovush tarkibi ma’lum miqdorda atrofdagilar nutqining tovush
sistemasidan farq qiladi. Chug‘urlash etapida ona tiliga adekvat tovushlardan kо‘ra
noadekvat tovushlar kо‘proq. Iteratsiyani о‘z ichiga olgan bо‘g‘in strukturasi
ruscha sо‘zlarning bо‘g‘in strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug‘urlash
atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bо‘ladi. Atrofdagilar
nutqiga taqlid qilish uchun bolada budavrda sensor va motor markazlar hali tо‘la
yetilmagan bо‘ladi.
Bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, unda nutqiy aloqada bо‘lish
extiyoji о‘sib boradi. U bir nimani olishni, sо‘rashni, aytishni xohlaydi. Bu extiyoj
bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bо‘lishini
belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana
boshlaydi, birinchi sо‘zlar paydo bо‘ladi. Ammo bu sо‘zlar kо‘pincha faqat bolaga,
uning yaqinlariga tushunarli bо‘ladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bо‘lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha)
Bolada birinchi sо‘zlar paydo bо‘lgandan sо‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv
nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga
e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sо‘zlarni kо‘p marotaba takrorlaydi va
о‘zi ham sо‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni notо‘g‘ri
talqin etadi, о‘rnini almashtiradi yoki о‘z nutqida qо‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir
sо‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni
ham ifodalashi mumkin.
Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib
boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘pgina xilma-xil tadqi-qotchilar bola lug‘at
boyligining о‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni kо‘rsatadilar. Eng keng
tarqalgan ma’lumotga kо‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan
davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3
yoshga borganda- 1000 ta suz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana
boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi.
Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi.
Uchinchi davr—maktabgacha bulgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bо‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatdan
oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, 6, m, f, ye va boshqalarni
о‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish kiyin bulgan: shivirlovchi,
sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzinn
egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notо‘g‘ri
qо‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
3—7 yoshgacha bulgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi,
bu esa bolaning о‘z talaffuzini nazorat kilishga imkoniyat yaratadi. Bazi hollarda
bola о‘z kamchiligini tо‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining о‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning
aktiv lug‘ati 3000-4000 ta suzgacha yetadi. Lugat boyligi usib borishi bilan
birgalikda nutqning grammatik tomoni xam rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 yiliga kelib, ular о‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni
qо‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qо‘shma gaplardan erkin foydalana
oladilar. 5 yoshli bolalar qо‘shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish
qobiliyatiga ega bо‘ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va
undoshlarni, sо‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok
shakllangan bulishi lozim.
Bu vaqtga kelib tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va
bola xar tomonlama tо‘g‘ri, an-iq gapiradi.
Tо‘rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ra-vishda rо‘y beradi. Bu davrda bolalar
tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar.
Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol о‘ynaydi. Grammatik
konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi
bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari
murakkablashib borayotganligini va bu nutqda о‘z ifoda-sini topayotganligini
kо‘rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus
sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘ bо‘lishi;
- normal aqliy qobiliyatgaega bо‘lishi;
- normal eshitishi va kо‘rishi;
- yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bо‘lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bо‘lishi;
- tо‘g‘ri nutq muxitiga ega bо‘lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni
о‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqi-dagi bilim va tasavvurini kengaytirishga
imkoniyat yara-tadi.
Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan о‘zviy
bog‘liqdir.
Nazoart uchun savollari
1. Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
2. Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi.
3. J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi.
4. Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish
(Dj.Bruner, M. Xelllidey).
5. L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga xos
faoliyat sifatida” konsepsiyasi.
6. Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya).
2- Modul. Meyordagi nutqiy ontogenez bosqichlari
4-MA’RUZA
So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish.
REJA:
1.Fonematik eshituv va uning xususiyatlari.
Tayanch iboralar: nutq,tasnif, nevrologiya, nutq buzilishi, patologiya,
neyrofiziologiya, tibbiyot, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, nutq
apparati, disfoniya, bradilaliya, duduqlanish, taxilaliya, dislaliya, rinolaliya,
dizartriya, alaliya, afaziya,
Eng avvalo, fonema, fonematik eshituv, fonematik idrok haqidagi
tushunchalarni aniqlashtiib olish zarur.
Fonematik eshituv – bu noziktizimlashtirilgan eshituv bо‘lib u ona tilidagi
fonemalarni tanish va farqlashga imkon beradi. U fizologik eshituvning bir qismi
bо‘lib ularni eshitilayotgan tovush etalonlarini qarshi qо‘yishga va moslashtirishga
yо‘znaltirilgan.
Fonematik idrok –bu fonemalarni farqlash va ajratishga kо‘ra, sо‘z
tarkibidagi tovushlarni aniqlash bо‘yicha aqliy faoliyatdir.
Fonematik eshituv – tanafussiz bо‘g‘inlar qatorini nazorat qilishni amalga
oshiradi.
Nutqiy eshituv-fonetik va fonematik eshituvni xamkorlikdagi faoliyati
bо‘lib,u nafaqalarо‘zgalar nutqini qabul qiladi va baxolaydi, balki о‘z nutqini xam
nazorat qiladi. Nutqiy eshituv talaffuzini shakillanishi asosi xisoblanadi.
Fonematik eshituv nutqiy faoliyatnning bо‘g‘inlaridan biri bо‘lib,bola
psixalogik
faoliyatining
boshqa
turlarini
xam
ta’millaydi:perseptiv,kornitiv,boshqaruvchi va boshqalar.
Kо‘pgina olimlarning ma’lumotlariga kо‘ra,idrokni shakillanmaganligi nutqiy
kamchiliklarga
olib
keluvchi
sabablar
ichidan
birinchi
о‘rinni
egallaydi,shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalarni о‘qish faoliyatiga moslasha
olmasliklariga xam sabab bо‘ladi.
Ontogenezda tovush qо‘zg‘atuvchilariga ta’sir kо‘rsatish chaqaloqlarda xam
kuzatiladi. Ubolani chо‘chishi,kо‘zini pirpiratishi,nafasi va pulsini о‘zgarishi bilan
ifodalanadi.
Keyinchalik 2-xaftalikda tovushli qо‘zg‘atuvchilari bolada umumiy
xarakatlarnitо‘xtashiga,qichqirishini tо‘xtashiga olib keladi.Bu barcha reaksiyalar
tug‘ma xarakterda bо‘lib,shartsiz reflekslardir.
Tovush qо‘zg‘atuvchilariga birinchi shartli reflekslar bolalarda bola
xayotining birinchi oyida va ikkinchi oyi boshida paydo bо‘ladi.Tovush signalini
kо‘p marotaba mustaxkamlash natijasida (masalan,qо‘ng‘iroq) bolani
oziqlantirishda,bola bu signallarga sо‘rish xarakatlari bilan javob bera boshlaydi,
Shu bilan bir vaqtda u tovush kelgan tovush manbai kelgan tomonga qarab boshini
buradi.
Uchinchi va tо‘rtinchi oyga kelib bola sifa jixatidan turli tovushlarni
(masalan,royal va qо‘ng‘iroq tovushlari) va turli balandlikdagi bir turdagi
tovushlarni farqlay boshlaydi. 3 oylikdan 6 oylikkacha bо‘lgan yoshda asosiy
semantik
bosim
intonatsiyaga
tushadi.
Buvaqtda
bolada
о‘z
kechinmalarini(masalan,yoqimli yoki yoqimsiz) ovoz ottenkalari orqali ifodalash
va intonatsiyalarni farqlash qobiliyati rivojlanadi. Xayotining birinchi yilini
keyingi oylarida eshituv analizatorining rivojlanishi kuzatiladi. Bola atrofolamdagi tovushlarni,odamlar ovozlarini ajrata boshlaydi va ularga turlicha javob
qaytaradi. Bola”tushuna”boshlagan sо‘zlar va iboralar ular uchun yetarlicha
qismlarga ajratilmagan kо‘rinishda va hodisalarni bildiruvchi signallardir. (itning
vovillashi, soatni qо‘ng‘rog‘i va hakazolar).
5-6 oylik bola birortasi tomonidan “soat” sо‘zini talaffuziga mos predmetni
kо‘rsatsa, tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsata oladi. Ammo bunda unga agar “soat” sо‘zi о‘rniga
aytilishiga kо‘ra о‘xshash bо‘g‘inlar: ti-ti, yoki pi-pi, deyilsa ham, u shu xarakatni
bajaradi. Shu tariqa bola sо‘zni uni ritimiga, umumiy tovushlarning tashqi
kо‘rinishiga kо‘ra ajratib oladi. Sо‘z tarkibiga kiruvchi tovushlar ular tomonidan
ham tarqoq xolda idrok etiladi. Shuning uchun ular akustik jixatdan о‘xshash
tovushlarga ajratiladi. Eshituv analizatorining keyingi rivojlanishi unda ikkinchi
signalsistemasining intensiv rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, nutqni tuzilishini
umumiy fonematik idrok etishdan ancha differensial idrok etishga о‘tishi bilan
xarakterlanadi. Agar bola xayotining birinchi yilida nutqda intonatsiya va ritmni
ilg‘ab olsa, unda 2 yoshda u nutqdagi tovushlarni,sо‘zning tovush tarkibini ancha
aniq farqlay boshlaydi.
Tovushlarni sо‘zdagi о‘rnini aniqlash bolalarda asta-sekin rivojlanib boradi.
Birinchi bо‘lib bolalar ancha qо‘pol qarama-qarshi qо‘yilgan unli va undosh
tovushlarni farqlaydi,ammo bu guruxlar ichida keng yetakchilik kuzatiladi,
undoshlar xali umuman farqlanmaydi, unlilar ichida esa ancha aniq va oson
talaffuz qilinadigan (a) tovushi ajratilib,unga qolgan barcha unli tovushlarga
qarshi,о‘zaro differensiyalanmagan tovushlar qо‘yiladi:
*keyinchalik unlilar “ ichida”difeferensatsiya amalga oshadi ( i-u )(e – o)(io).(e-u); keginchalik uboshka yukori chastotali tovushlar (i-e); (u-o) past
chastotali tovushlarni farklay boshlaydi .
* kegin undoshlar “ichida “gi oppozitsiyalar shakillanadi.. suz tarkibidagi
tovushlarni tushirib koldirish yoki tovushni umumiy tovushlar katoridan
aniklash sonor tovushlarni shovkinligidan portlovchilarni sirgalovchilardan .
jaranglilarni –jarangsizlardan ajratishi .
Bolalarda fonimatik eshituv asta-sekin tabiy rivojlanish jarayonida
shakillanadi bola 7-11 oylikda sо‘zlarga reaksiya bildiradi, ammo bu sо‘zni
predmetli ma’nosiga emas uni intonatsional tamoniga e’tibor qaratish bо‘ladi .
Bu davr nutq rivojlanishining fonemagacha bо‘lgan davri deb ataladi.
1 yoshga kelib, sо‘z birinchi bor muloqat quroli sifatida xiziat qiladi, til
vositasida xarakterini oladi va bolauning tovush doirasiga ta’sir kо‘rsata boshlaydi.
(uni tarkibiga kiruvchi fonemalar).
Keyinchalik fonematik rivojlanishkeskin amalga oshib, doimo talaffuzni
takomillashuvining
asosi bо‘lib xizmat qiladigan, bolaning artikulatsion
imkoniyatlaridan ilgarlab ketadi, deb xisoblaydi.
A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkinning takidlashicha, 2 yoshning oxiriga kelib,
nutqni tushunishda bola fonematik idrokda ona tilidagibarcha tovushlardan
foydalanadi. Taxminan 3 yoshga kelib bola eshituvga kо‘ra barcha tovushlarni
farqlash qobiliyatiga ega bо‘ladi deyishadi, bolalarni nutqiy eshituvini о‘rgangan
mashxur olimlar fonematik eshituvi bolalarda yetarlicha shakllangan bо‘ladi.
Ammo fongenmatik eshituvni rivojlanishi va uni takomillashuvi maktabgacha
yoshda davom etadi. Bolani fonematik eshituvini rivojlantirishni yetakchi omil uni
nutqini atrofdagiodamlar bilan muloqat jarayonida tо‘liq rivojlanishi xisoblanadi.
Bolada fonematik eshituv impressiv nutqni rivojlantirish asosidashakllanadi.
Fonematik eshituvniegallash nutqiy faoliyatning boshqa shakllariga – og‘zaki nutq,
о‘qish, yozish bilan birga keladi, shuning uchun fonematik eshituv barcha
murakkab nutqiy tizimning asosi xisolanadi,.
Nutqni idrok etishda bola kо‘p qirrali tovushlarga duch keladi: nutqda ishtirok
etuvchi tovushlar о‘zgaruvchan. U juda kо‘p turdagi tovushlarni eshitadi, ular
bо‘g‘in ketma-ketligida birikib, uzluksiz komplnentlarni tashkil etadi, Uni bular
ichidagi shundayfonemaga diqqatini qaratish kerakki, bitta fonemani u doimiy
belgisiga kо‘ra boshqa barcha tovushlar ichidan ajrata olsin, bunga bitta fonema
(til birligi sifatida) boshqasiga qarama qarshiqо‘yilsin. Agar bola bunga
о‘rganmasa, u bitta sо‘zniboshqasidan ajrata olmaydi, uni taniy olmaydi. Bola
rivojlanishi jarayonida zaruriy qobiliyat sifatida fonematik eshituv rivojlanadi,
N.I.Jinkinning fikricha busiz nutq rivojlanmaydi. Fonematik eshituv sо‘zini tashkil
etuvchi fonemalarni farqlash va tanish operatsiyalarni amalga oshiradi. U bolada
nutqni rivojlanish jarayonida birinchi navbatda shakllanadi. Bunda fonematik
eshituv ham rivojlanadi, u “bо‘g‘inlarni uzluksiz qatorini” kuzatishni amalga
oshiradi. Fonemalar talaffuz etilgan variantda berilar ekan-bunda tovushlar
(allafonlarda) me’orda umum qabul qilingan, odatiy ravishdatalffuz qilinishi kerak,
bо‘lmasa ularning eshituvchilar anglashda qiynaladi. Tilga doir tovushlar noodatiy
talaffuzi fonetik eshituv tomonidan notо‘g‘ri deb boxolanadi. Fonematik va fonetik
eshituv (ular birgalikda nutqiy eshituvni tashkil etadi) nafaqat о‘zgalar nutqini
qabul qilish va boxolashni amalga oshiradi, balki о‘zini nutqini nazorat qilishni
ham amalga oshiradi. Nutqiy eshituv meoridagi talaffuzni shakkillantirishni mahim
sharti xisoblanadi.
Agar bolada aloxida tovushlarning akustek obrazi shakillanmagan bо‘lsa,
fonemalar eshitilishiga kо‘ra farqlanmaydi, bu tovushlarni almashtirilishiga olib
keladi. Nutq uchun zarur bо‘lgan barcha tovushlar shakllanmaguncha artikulyar
baza tо‘liq xisoblanmaydi.
Boshqa xollarda bolada barcha artikulyatsion xolatlar shakillangan bо‘ladi,
ammo ba’zi xolatlarni farqlash malakasi bо‘lmaydi, bu tanlangan tovushni
notо‘g‘ri talaffuz etishga olib keladi. Buning oqibatida fonemalar
almashtiriladi,bitta sо‘z turli xil tovushlar qatori sifatida qabul qilinadi. Bu xodisa
fonemalarni (tovushlarni) о‘zaro almashtirilishi yoki qorishtirilishi deb
ataladi.Tovushlarni almashtirilishi yoki qorishtirilishi fonologik yoki shuningdek
fonematik nuqsonlar sifatida guruxlanadi, Boladagi fonematik eshituv va
fonematik eshituvni buzilishida tovushlar talaffuzi buziladi.
Bu toifa bolalarning tovushlar talaffuzi xolati quyidagi xususiyatlar bilan
xarakterlanadi:
Nutqda u yoki bu tovushlarni yо‘qligi va tovushlarni almashtirilishi.
Artikulyatsion jixatdan murakkab tovushlar,artikulyatsiyasi oson tovuо‘larga
almashtiriladi. Masalan(S), (SH) – (F) ga (R) tovush о‘rniga – (L) – (Y), (m)–
(g)ga almashtiriladi. Tovushning yо‘qligiyoki uni boshqa artikulyatsion belgisiga
kо‘ra almashtirilishi unga mos fonemalarni qorishuviga sharoit yaratadi.
Artikulyator yoki akustik jixatdan yaqin tovushlarni almashtirilishida bolada
artikulema shakillanadi, ammo fonemani shakillanishi tugallanmaydi.
Turli fonetik guruxlarga tegishli yaqin tovushlarni farqlashdagi qiyinchilik
ularni о‘qish va yozishda xam almashtirilishiga olib keladi.
Nutqda tovushlarni notо‘g‘ri qо‘llash kо‘pi bilan 16-20 tagacha bо‘lishi
mumkin.Kо‘pincha shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlar (s),(ch),(sh), (z),(s), (j), (t)
va (d), (l), (r),tovushlari,jarangli tovushlarning jarangsiz juftlari yetarlicha
shakillanmagan bо‘ladi.
2.Artikulyatsiyasiga kо‘ra о‘xshash tovushlarni almashtirilishi.Ikki yoki bir
nechta artikulyatsion jixatdan yaqin tovushlar о‘rniga oraliq,noaniq tovushlar
talaffuz qilinadi, sh va s tovushi о‘rniga-yumshoq (sh), ch va t tovushi о‘rnigayumshatilgan (ch)tovushi.
Bunday almashtirishlarning sababi fonematik eshituvning yetarlicha
shakillanmaganligi yokiuni buzilishi xisoblanadi.
3.Nutqda tovushlarni notug‘un qо‘llanilishi.Ba’zi tovushlarni bolalar
kо‘rsatma asosida aloxida (yakka) xolda tо‘g‘ri talaffuz qilishadi ammo nutqda
talaffuz qila olmaydi yoki almashtiradi.Ba’zan bola bitta sо‘zni turli xolatda
takrorlashda turllicha talaffuz qiladi. Shunday xolatlar xam bо‘ladiki,bola bir
fonetik guruxga tegishli tovushlarni almashtiradi,boshqa tovushlarni-buzibtalaffuz
qiladi.
Bundan nuqson fonetiko-fonematik buzilish deyiladi.
4.Bir yoki bir nechta tovushlarni buzib talaffuz qilinishi.
Bola 2-4 tovushi buzib talaffuz qilishi yoki nuqsonsiz gapirishi mumkin,
ammo eshtishida turli guruxlarga tegishli qо‘proq tovushlarni farqlay olmaydi.
Talaffuzning yaxshi ekanligi bazan fonematik jarayonlarni chuqur
rivojlanmaganligini berkitishi mumkin.
Tovushlarni buzub talaffuz qilinishining asosiy sababi odatda artikulyatsion
motorikaning rivojlanmaganligi yoki uni buzulishi xisoblanadi. Bu fonematik
buzulishlarga tegishli.
Tadqiqot natijalari va о‘zining fiziko-akustik xususiyatlariga kо‘ra turlicha
tovushlar funksiyalarini qarama-qarshi qо‘yish, tovushlarining ba’zi belgilari
sо‘zlarni farqlash funksiyasini bajarishi aniqlangan. Nutqiy muloqatni ta’minlay
turib, tovushlar ijtimoiy funksiyaga ega bо‘ladi. Nutqning tovush tomonidagi
ijtimoiy axamiyatiga ega sifatlarini birinchi о‘ringa qо‘yib mutaxasislar fonemani
о‘rganish xaqidagi vazifani xal etishni ishlab chiqib unda tilning tovush
tomonidagi asosiy birliklari xaqidagi muammolarni xal etishning asosan usullari
berilgan. Nutqning tovush tomonini о‘rganish natijasida bizning nutqimizdagi
tovushlarning munosabati xilma-xil va noodatiy, turli-tumanligi aniqlandi.
Tovushlarni о‘rganishda quyidagi aspektlar aniqlangan: nutqning
tovushlarining fizik xususiyatlarini nazarda tutuvchi fizik – ular tarkibiga tovush
tonlari va shovqinlari kiradi:
2) Fiziologik-tovushlar talaffuzida ishtirok etuvchi inson organizmlarini
о‘rganuvchi :
3) Ijtimoiy – nutq tovushlarini ularni axamiyatiga kо‘ra muloqat quroli
maqsadida о‘rganuvchi.
Bu muammoni kо‘rib chiqishda birinchi о‘rinda ijtimoiy aspekt chiqadi.
Nutqdagi tovushlarni bildirish uchun ijtimoiy aspektda “fonema” atamasi
qо‘llaniladi
Ma’lumot tilga tegishli fonemalar tizimi tashkil etadi. Ular bir-biri bilan
munosabatda buladi xar bir fonema о‘zining ottenkasiga kо‘ra, boshqa tovushlarga
ulardagi akustik farqlar asosida gapiruvchini eshitib ilg‘ab olishga kо‘ra qaramaqarshi qо‘yiladi.
Fonemalarni farqlash qobiliyati ayniqsa bir tovushga kо‘ra farqlanadigan
sо‘zlarni qarama-qarshi qо‘yganda yaqqol kо‘rinadi, masalan, tol-pol, chol-sol,
sim-shim kabi bu [m],[n],[ch],[s],[sh] tovushlar о‘zbek tilida aloxida fonema
ekanligini kо‘rsatadi.
Bu fonemalarni gapiruvchi yaxshi farqlay olmasa, kо‘pgina sо‘zlarni
talaffuzda farqlay olmaydi, unutqni tushunishni qiyinlashtiradi.
Gvozdevning kо‘rsatishicha, fonemalar manoviy birliklarni farqlashga xizmat
qila turib ular о‘z xolicha ma’noni anglatmaydi. Fonema – bu tilning kichik birligi
xisoblangan tovush bо‘lib, u manolarni saqlash funksiyasini bajaradi.
XX asrning 60-yillarida “tovush taxlili” atamasi qо‘llanilgan va uni quyidagi
turlarini farqlashgan: tabiiy tovush taxlili va sun’iy tovush taxlili.
Tabiiy (sensor-persentif) tovush taxlili og‘zaki nutqiga xizmat qilib, u
yordamidamanoni farqlash funksiyasi amalga oshiriladi.
Sun’iy (intelektuall) tovush taxlili о‘z-о‘zidan shakillanmaydi uni bolalar shk
maqsadda о‘qitish davomida egallaydilar.
Tovush taxlilining bu turi insonning yozma nutqiga xizmat qiladi.
Intelektual tovush taxlili jarayonida 3 ta asosiy operatsiyalar am alga
oshiriladi: 1) sо‘zdagi tovushlarni yoki uning yо‘qligini aniqlash, 2) sо‘zdagi
tovushlarni о‘zaro о‘rnini aniqlash, 3) sо‘zdagi tovushlar soni va ularni chiziqli
ketma-ketligini aniqlash.
D.B.Elkomin bu ikki turdagi tovushlar taxlilini “yangi atamalar-fonematik
eshituv” va “fonematik idrok” deb atashni taklif etadi.
M.YE.Xvatev fonematik eshituvni “nutqimizdagi manoviy birliklar sifatida
qabul qilish qolbiliyati bо‘lib u inson eshituvining asosiy sifati xisoblanadi”, deb
belgilaydi. Faqatgina fonematik eshituv orqaligina nutq dagi tovushlarni va aloxida
sо‘zlar ma’zmunini aniq idrok etish mumkin.
Shu tariqa fonematik eshituv insonni fizik eshituvini asosiy turi bо‘lib u ona
tilidagi fonemalarni eshitish va farqlash imkonini beradi. Fonemktk idrok bu
sо‘zning tovush tarkibini taxlil qilish demakdir. Bollarda fonemalarni talffuz qilish
va idrok etishni buzilishida akustik-artikuliyatsion belgilariga kо‘ra farqlanuvi
tovushlarni idrok etish va artikuliyatsiyalash jarayonini tugallanmaganligi
kuzatiladi.
Fonematik eshituvni rivojlanish darajasi tovush taxlilini egallashga ta’sir
kо‘rsatadi. Fonematik eshituvni rivojlangmaganlik darajasi turlicha bо‘lishi
mumkimn. Ularning quyidagi darajalarga ajratish mumkin.
1) Bilamchi daraja: Fonematik eshituv bilamchi buzilgan. Tovush taxlildi
faoliyatlari darajasi va tovush taxlilini egallashning asosiy shartlari yetarlicha
shakllanmagan.
2) Ikkilamchi darajda: Folnematik eshituv ikkilamcha buzigan.
Artikuliyatsin organlar
motorikasininig buzilishi oqibatidagi nutqiy
kinesteziyalar yoki nutq organlarida anatomik nuqsonlar kuzatiladi. Me’orda
eshitib talffuz qilish munosabati buziladi: muximi talaffuzni rivojlanish
mexanizmi.
Yengil dizartriyali bolalardagi fonetiko-fonematik buzilish xususiyatlarin
о‘rgana turib “foyemati eshituv” va “fonemati idrok” tushunchalarni aniqlab olish
zarur.
Psixologiya, lingivistik, defektalogiya, pedagogikada bu tushunchalarni
belgilash uchun turlicha qarashlar mavjud. Logopedik va psixologik lug‘atlarda
“fonematik eshituv” atamasi odamning nutqiy tovushlarini analiz va sintez qilish,
shu til fonemalarnini idrok etishni ta’minlovchi qobiliyat sifatida belgilanadi.
Fonematik eshituvni shakllanishini tushunishga nutq rivojlanishini tekshiruvchi
olimlar turlicha yondashishadi, ammo ularning barchasi 2 yoshga kelib “birlamchi”
fonematik eshituv maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosi
bо‘ladi degan xulosaga kelishdi.
A.R.Luriya fonematik eshituni aloxida guruxdagi turli tovushlarni
umumlashtirish qobiliyati sifatida qarab,unda tovushglarning о‘ziga xos belgilari
va uning masofaviy belgilarinisolishtirishni qullaydi.
T.B.Filicheva, T.V.Tumanov fonematik eshituvni bolani sо‘z tarkibidagi
morfologik va tovush tushunchalarini am aliy umumlashtirish qobiliyati sifatida.
L.E.Jurova va D.B.El’koninlarning fikricha fonematik eshituv bolalarda
jarayonida nutqiy eshituvning ancha yuqori shakli natijasi sifatida shakllanadi.
“Fonematik idrok” atamasi ostida tild tovushlarini ajratish va sо‘zning tovush
tizimining uni birligi sifatida qabul qilish tushuniladi.
A.M.Borodovich fikricha fonematik idrok sо‘zida bolani о‘z nutqini doirasida
analitik faoliyatini rivojlanishini aks ettiradi. (nutqni taxlil qilish malakasi, uni
tashkil etuvchi qisimlarga ajratish) Boshqa sо‘z bilan aytganda fonematik idrok
“nutqda gaplarni, gaplarda sо‘zlarni, sо‘zlarda” tovushlarni ajrata olish malakasi
sifatida tushuniladi.
M.G.Gening va N.A.Gemanlar bolaning fonematik idrok qobiliyatida nutq
tovushlarni ayniqsa akustik yaqin tovushlarnni eshitib idrok etish va tо‘g‘ri
farqlashni kо‘radilar. Fonematik idrokni malaka emas, qobiliyat sifatida kо‘rib
chiqib olimlar uni fonematik eshituv bilan bir xil deb xisoblashadi.
Shuningdek kо‘pgina olimlar fonematik idrokni о‘z nutqidagi tovushlarni
tо‘g‘ri farqlash malakasini maxsus tarbiyalash sifatida xarakterlaydi.
N.X.Shvachkinni bolalarni fonematik eshituvini о‘rganishga bag‘ishlangan
ishida bolalarni fonematik eshituvini qonuniyatlarini aniqladi va bolani fonematik
rivojlanishini, shakllanishini 12 ta genetik qatorini belgiladi.
12 ta fonematik (genetik) qator:
1-chisi – unlilarni farqlash;
2-chisi-undoshlarni farqlash;
3-chisi-sonorlar va shovqinlarni farqlash;
4-chisi qattiq va yumshoq undoshlarni farqlash;
5-chisi-sonar undoshlarni farqlash;
6-chisi-sonar va artikuliyatsiyalanmaydigan shovqinlarni farqlash;
7-chisi-lab va tiltovushlarini farqlash;
8-chisi-portlovchi va sirg‘aluvchi tovushlarni farqlash;
9-chisi-til oldi va til orqa tovushlarni farqlash;
10-chisi-jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlash;
11-chisi-shovqinli va portlovchi tovushlarnifaqlash;
12-chisi-sirg‘aluvchi va til о‘rta tovushlarni farqlash.
Fonematik eshituv bola nutqining semantikasi bilan bog‘liq ravishda
rivojlanadi bola nutqida fonematik rivojlanish ketma-ketligini umumlashtirilgan
xolatda 1-jadvalda kо‘rsatilagan.
Fonematik rivojlanishning umumiy sxemasi. (N.X.Shvachkin)
1-jadval
Rivojlanish ketma-ketligi
Fonematik farqlash
Davr
Daraja
Qator
Bosqich
Birinchi
(unlilarni
farqlash)
Birinchi
(unlilarni
farqlash)
Birinchi
(unlilarni
farqlash)
Birinchi
ikkinchi
Ikkinchi
(undoshlarni
faqlash)
Ikkinchi
taxminiy
(undoshlarni
faqlash)
Ikinchi
-
uchunchi
[a] va boshqa unlilarni
farqlash [4-u], [e-0], [4-0],
[e-u]dan farqlash [4-e],[u0] dan farqlash.
Undoshlarni
faqlash:
fonema=undosh-nolfonema
[bok -ok], [vek-ek],
[dik-ik].
Uchunchi
Uchunchi
(sonar
va
artikulyatsiy
a-lanadigan
shovqinlarni
farqlash)
-
Sonar
va
artikulatsiyalanadigan
shovqinlarni farqlash [mb], [r-g], [n-g], [j-v]
Tо‘rtinchi
Tо‘rtinchi
(yumshoq va
qattiq
undoshlarni
farqlash)
-
Qatiq
va
yumshoq
undoshlarni farqlash [nn’][m-m’],[v-v’],
[z-z’],
[g-g’][l-l’],[r-r’]
Beshinchi
(sonarlarni
faqlash)
-
Burunli va sirg‘aluvchilarni jfarqlash
Beshinchi
[m-l],[m-r], [n-l], [nr][n-j], [m-j]
Burunli farqlash
[m-n].
Sirg‘aluvchi farqlash
[l-r]
Oltinchi
(shovqinlilarni
faqlash)
Oltinchi
-
Sonar
va
artikulyatsiyalanadigan
shovqinlarni farqlash
[m-z],[l-x], [n-z]
Yettinchi
-
Til va lab
farqlash
undoshlarni
[v-g],[v-z], [f-x]
Sakkizinchi
-
Portlovachi va sirg‘aluvchi
tovushlarni farqlash
[b-v],[d-z], [k-x], [k-j].
Tо‘qqizinchi
-
Til oldi va til
tovushlarni farqlash:
orqa
[d-g],[s-x], [sh-s].
О‘ninchi
-
Jarangli
va
jarangstz
tovushlarni farqlash
[n-b],[m-g], [k-g], [fv]
[s-z],[sh-j].
О‘n birinchi
-
Shovqinli va portlovchi
tovushlarni farqlash
[s-z],[sh-j].
Un ikinchi
-
Sirg‘aluvchi va jni farqlash
[r-j],[k-j].
Ontegnezda nutqning fonematik va fonematik tomonini rivojlanishi asta-sekin
rivojlanadi. Nutqni egallashda asosiy rolni fonematik eshituv egallaydi.
R.YE.Levina
fonematik
bosqichlarinitaklif etadi:
rivojlanishni
shakillanishini
quyidagi
1-bosqich-fonemagacha
bо‘lmaydi.
rivojlanish
davri,
unda
tovushlarni
farqlash
2-bosqich-fonemalarni farqlashni boshlang‘ich bosqichi:
3-bosqich-fonemalarni farqlash amalaga oshirish bosqichi.
4-bosqich-elementar tovush taxliliga tayyorgarlik bosqichi.
5-bosqich fonemalarni farqlash va tovush taxlili operatsiyalarini amalga
oshirish imkoniyati.
Agar birinchi 3-bosqichni ilk yoshda bola meyorida amalga oshirsa,unda
qolgan 2 bosqich katta maktab yoshida, kattalar tomonidan faol ta’sir etish
jarayonida amalga oshadi.
Tо‘g‘ri tovushlar talaffuzini egallash sensor va mator funksiyalarni о‘zaro
chambarchas aloqasi asosida rivojlanib, ular nutqiy tizim birligini ta’minlaydi. Bir
tomondan nutqning tovush tomonini tо‘g‘ri о‘zlashtirish kо‘p tomondan idrokning
fonematik va perseptiv darajasini rivojlanishi belgilaydi. Boshqa tomolnidan
nutqni rivojlanishi davomida eshituv analizatori nutq xarakat analizatori tomonidan
ta’sirni xis etadi: Bola tovushlarni qanday talaffuz qilsa shunday eshitadi va idrok
etadi, Bola tо‘g‘ri talffuz etadigan tovushlarni eshitishiga kо‘ra yaxshi farqlanadi
yoki aksincha.
Shuningdek, bola nutqni tovush tomonini tо‘g‘ri shakllanishi uchun nafaqat
bunga artikulyatsin apparat tayyor bо‘lishi kerak balki о‘zini va boshqalar
nutqidagi notо‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni yaxshi eshita olishi va farqlash
malakasiga ega bо‘lishi kerak.
Yengil dizartriyali bolalarda fonematik eshituvni shakllanishini buzilishi
ikkilamchi xarakterda bо‘ladi. Bu turdagi nuqsonlar patologik nutqiy
kinestiziyalarda, nutq organlaridagi xarakat organlaridagi jaroxatlarda, ikkilamchi
xarakterdagi fonematik eshituv yengil dizartriyali bolalarda paydo bо‘ladi, uning
ifodalanish darajasi dizartiriyaning о‘zidagidek ifodalanish darajasiga bog‘liq.
Bolalar aytilishiga kо‘ra yaqin tovushlarni farqlash (rasmlar asosida),
berilgan tovushlarga rasmlar tanlash, ularni bо‘g‘imlarda tanish mashqlarni yomon
bajaradi. Yengil dizartriyali bolalarda artikulatsion aparatdagi patalogiyalar
(ginertonus, gipotonus, deviatsiya, gipertinezlar, gipersolivatsiya va boshqalar)
tufayli artikulatsin organlar motorikasi buziladi, artikuliator xarakatlar sifatida
yomonlashadi.
Bu mator yetishmovchilik ponevmatik eshituvni shakklanishiga salbiy ta’sir
kо‘rsatadi. Bu birinchi bо‘g‘inni buzilishi fonematik idrokni tashkil etuvchi aqli
operatsiyalarni о‘qitish jarayonida о‘zgartirilishiga qarshilik kо‘rsatadi. Bunga
bog‘liq ravishda fonematik analizni aqliy doirada amalga oshiruvchi (malaka)
fonematik malaka va kо‘nikmalar, tassavvurlar shakllanmaydi. Shuningdek ,
eshituv va nutq xarakat apparati о‘rtasidagi aloqani tuzilishi sо‘zni tovush
tarkibini yetarlicha о‘zlashtira olmaslikka olib keladi, bu esa о‘z navbatida о‘qish
va yozishni egallash jarayonida aks etadi. Nutq payitida artikulyatsining aniqligini
buzilishi, yengil dizartriyali bolalarni tushunarsiz nutqi aniq eshituv idrokini
shakkillanishiga imkon bermaydi. Kо‘pincha bolalar о‘zlarning tovushlar
talaffuzini nazorat qila olmaydi.
Kenestik nazoratni va eshituv differensatsiyasining buzilishi nutqning
prosodik va fonematik tomonlarini turg‘un buzilishining sababi xisoblanadi.
Yengil dizartriyali bolalarni fonematik eshituv xolatini tekshirishga
bag‘ishlangan bizning tadqiqotlarimiz shuni kо‘rsatdiki, ba’zi bolalarda
qiyinchiliklar I-darajadayoq boshlanib ular nonutqiy tovushlarni yaxshi farqlay
olmaydi.
Nonutqiy tovushlarni farqlay olmaslik eshituv diqqatining xolatidan dalolat
beradi va fonematik eshituvning shakallanishini sharti xisoblanadi. Anamnez
ma’lumotlarni о‘rganish qiziqarli kuzatish xisoblanadi. Dearli barcha nonutqiy
tovushlarni farqlashda muammolari bor bolalarning omoloringolog xulosasida
adenoid о‘simtalari xaqidagi tashxizlar (II-daraja) mavjud. Yana boshqa muxim
kuzatishdeb, bolalar ularga yaxshi tanish xayotda mashg‘ulotlarda kо‘p
uchraydigan tovushlarni birinchi martta qabul qilayotgan va ularga tashish
bо‘lmagan tovushlarga qaraganda yaxshi faqlaydi.
Kо‘pgina bolalarni ritmik qobiliyatlarni idrok va ritmik qatorlarni
takrorlashlarini tekshirilganda, ularda ikkalasida xam xotaliklar kuzatiladi. Eshituv
diqqatining turg‘un emasligi tufayli ba’zi toprshiriqlar 2 yoki xatto uch martta
urinishdan keyin bajarildi. Bunda mator buzilish yaqqol kо‘rinadi. Ba’zi bolalar bu
topshiriqlarni bajaraolmaydi, topshiriqlarni bajarishdan bosh tortadi. Bir xil tovush
komplekslari va tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni farqlashi tekshirilganda
yengil dizartriyali bolalar dizartriyali bolalar bir xil bо‘lmagan guruxlarni aks
ettiradi. Kamchilik xammada kuzatiladi, ammo turli darajada ifodalanadi.
Xatoliklar bilan bajarilgan topshiriklarni kо‘pchilik bolalar mustaqil tо‘g‘irlashadi.
Kо‘pincha bolalar xatolarini sezishmaydi. Tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni
fqrqlash va ajratish bо‘yicha topshiriqlarni bolalar qiyinchilik bilan bajaraishadi.
Bunday topshiriqlarda chapak chalish talab etiladi. Agar logoped kо‘p sо‘zlar
qatoridan biror sо‘zni xato talaffuz qilsa bola chapak chaladi. (shashka-sashka,
chashka-shashka). Barcha bolalar bо‘g‘inlar va fonemalarni farqlashda
qiyinchiliklarga uchraydi, faqat bir necha bor urinishdan keyin (2-tо‘rt martta)
bolalar boshqa unlilar qatoridan berilgan unli tovushni ajrata oladi. Oppozitsion
undoshli bо‘g‘inlarni: jarangli va jarangsiz tovushlar ishtirok etgan bо‘g‘inlar
farqlashga barcha bolalar qodir emas.
Bug‘inlar va fonemalarni faqlash tadqiqotida bolalarning 1/ tasida nutq
eshituv xotirasining buzilganligi aniqlanadi.
Qiyinchiliklar faqatgini nozik akustiko- artikulyator belgilarga kо‘ra
farqlanadigan tovushlarni farqlashdaemas balki aniq tovushlarda xam kuzatiladi.
Ba’zi yengil dizartriyali bolalarda asosiy qiyinchilik bо‘g‘inlar janjirini
takrorlashda aniqlanadi. О‘ziga xos buzilishlar iikinchi bо‘g‘inni birinchisiga
moslashda, bо‘g‘inlarni bо‘g‘inlar janjiridagi о‘rninialmashtirishda aks etadi.
Kо‘pgina olimlar fonetik, leksik-grammatik buzulishlarni muvoffaqiyatlibartaraf
etish, gidiografiya va disleksiyani oldini olish ularni fonematik eshituvini
shakllantirishni taklif etadi bundan tashqari yaxshi fonematik eshituv bolalarga
atrofdagilar nutqidagi prosodik xarakteristikani farqoashga yordam beradi va
prosodika kachiliklarni muvoffaqiyatli bartaraf etishga imkon beradi.
Nazorat uchun savollar.
1.
Tovushlar talaffuzi nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichi.
2.
Nutqni tug’ma asoslari: chaqaloqning qichqirishi va yig’isi, ularni
bolaning sub’ektiv holati bilan aloqasi.
3.
Bolalik davrini dastlabki vokalizasiyasi: gugulash va guvrash, ularni
biologik determinasiyasi. Gugulash davri hususiyatlari.
4.
Guvrashning fonetik boyligi va hilma-hilligi.
5.
Guvrash tuzilmalarinin ahamiyati va o’zgarish hususiyatlari. Ona tilini
hissiy-ifodaviy vokalizmini o’zlashtirish.
6.
“Nutqiy imo-ishoralar” fonemalarni yuzaga kelish asoslari sifarida.
7.
Nutqning artikulyasion tomonini o’zlashtirish qoniniyatlari.
5-MA’RUZA
Bola nutqini leksikasini rivojlanishi.
REJA:
1. So’zli nutq texnikasiga o’tish. Dastlabki bolalar leksikoni
hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi,
tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash.
2. So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va
signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari
xarakteristikasi.
3. Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari,
ularni semantizasiyasi usullari. To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal
assasiasiyalar rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini
o’zlashtirish.
Tayanch sо‘zlar: ovoz, xiqildoq, funksiya, otorinolaringologiya, diafragma,
traxeya, organik, fuksional, markaziy, pereferik, afoniya, disfoniya,
fonosteniY.
Psixologik adabiyotlarni tahlili, bolalarda birinchi nutqi funksiyasining
shakllanishi jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to
maktabgacha qadam qо‘yg‘uncha qadar)
nutqni muloqat vositasi sifatida
о‘zlashtirish jarayonida uchta asosiy bosqich yuz beradi.
Birinchi bosqichda – bola ham atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi
ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab
beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbaldan oldingi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda – nutqning umuman namoyon bо‘lmasligidan uning
paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi. Va
о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon
bо‘lishi bosqichdir.
Uchinchi bosqichda – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrni
qamrab oladi, bunda bola nutqini egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqat
qilishi davrida uni turlicha va keng qо‘llay boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqatning
rviojlanish bosqichi deb yuritiladi.
Nutqning rivojlanishi va yuzaga chiqishning har bir bosqichida juda kо‘p
sondagi va turlicha bо‘lgan omillar ta’siri kuzatiladi.
Nutq muloqat vositasi sifatida, uning jarayoni sifatida kommunikativ faoliyat
rivojlanishning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va
rivojlanishi muloqat qilish va bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan
shartlanadi.
Verbal bо‘lmagan muloqat davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi,
bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga
intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqatga
kirishmaydi, balki nutqiy muloqatdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima
uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlarni
artikulyatsiyasini qaytaruvchi bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi.
Faqatgina sherikning faolligi – katta kishining undashi – bola uchun vaziyatni
tо‘liq о‘zgariruvchi, uni nutqga undovchi vaziyat hisoblanadi.
Bolada faol nuqtning yuzaga kelishi, unga kattalar tomonidan taklif
qilinayotgan о‘ziga xos hamkorlik darajasiga yetganligi yoki yetmaganligiga
bog‘liq bо‘ladi. Agar yetarli darajaga yetgan bо‘lsa, hayotning birinchi yili
yakunida kichik bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi,
key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki
yoshdan sо‘ng esa boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan
foydalanish qobiliyatini egallaydi.
Bolalarda nutqiy reaksiyannig uchta asosiy shakli mavjuddir:
Hamkor mavjud bо‘lmagandagi nutqiy reaksiya – bu nisbatan elementar
shaklidir.
Diolog – muloqatda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat
qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Monolog – bolalardan biri boshqalar oldiga gapiradi.
Nutqiy muloqatning nisbatan yuqori shakli – diologdir. U katta ahamiyatga
ega bо‘ladi, chunki, bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishiga sababchi
bо‘ladi.
Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u
bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha hattoki yaxshi gapiruvchi bolaga yomon
kirishlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri
keladi, chunki agar muloqatga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham
yetarli bо‘lmay qoladi.
Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun
yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning
har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonini о‘z
vaqtida anglash uchun “sifatli о‘sishining har biriga e’tibor berish kerak”.
Tadqiqotchilar bolalarda nutqning shakllanishi bosqichning miqdorini
ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar.
G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki
yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi.
A.N.Leontev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan:
1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar
2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki
egallash bosqichi; uch yoshga qadar
3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar
4 chi bosqich – maktab bosqichi.
Bolalarning nutqiy rivojlanishning qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini
tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolani tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal
nutqiy rivojlanishda ham bu yoshdagi bolaga ayrim tovshularni xato talaffuz qilish
odatiy xolat” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishning
qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni barchasini tо‘g‘ri
tashkil etish uchun muhimdir.
Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5
yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bо‘lgan kerakligining nimalar
endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman
kuzatilmasligining chegerasini о‘rnatib olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning
nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda
bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib
amalga oshirib bо‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha
tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni
talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq.
 Qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar;
 Gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning
kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha;
 Bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30
haftallika qadar (4 – 7,5 oylik);
 Sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish
bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik;
 Sо‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni
о‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar;
 Gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6
oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera
boshlaydi;
 Bog‘langan nutq -3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish,
she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar
asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab
о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi.
5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib
о‘tamiz.
Iborali nutq.Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta
sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar.
Nutqni tushunish.О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar,
atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar.
Lug‘at boyligi.Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi tushunchalar
(idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari
va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: otlangan sifatlar bola nutqida hosil bо‘ladi.
Nutqning grammatik tuzilishi.Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari
jihatidan, ot va sonlarni moslay oladilar, sо‘zlarni shaxs-son jihatdan tuslay
oladilar:
Tovushlarning talaffuz. Tovshularni о‘zlashtirish jarayoni tugalanadi, nutq
umuman olganda sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish, boyitish,
qofiya tanishga qiziqish oratdi.
Fonematik idrok. Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlangan sim
– shim, tor – tur kabi sо‘zlarni ajrata oladi; topshirilgan tovushni sо‘zda mavjud
yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi tovshuni ajratib
beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi, tebri va ovoz
balandligini farqlaydilar. Lekin, sо‘zni yuqori darajada analiz va sintez qilish
maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi.
Bog‘langan nutq. Tanish ertak, qisqa matn (shakl marta, о‘qib berilgan) ni
gapirib bera oladilar, she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida
hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya qilib bera
oladilar; baxslashidilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya qiladilar,
dо‘stlarini ishontiradilar.
Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq
holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning
nuqsonli nutqi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik
darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Nazorat uchun savollar.
So’zli nutq texnikasiga o’tish.
Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash
komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash.
So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va
signifikativ mazmunlarni shakllanishi.
Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi.
Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni
semantizasiyasi usullari.
To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi.
So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish.
6-MA’RUZA
Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish.
REJA:
1. Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan
farqi. Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy
maxsulini yaratishdagi ustunligi.
2. Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy
tandensiyalari. So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini
o’zlashtirish jarayonini.
3. Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar. Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni
shakllanishi. Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish
holatlari.
Tayanch sо‘zlar: ovoz, kompleks, psixoterapiya, artikulyatsiya, nafas, ovoz
balandligi, ortofoniya, laringostoma, fonotsiya, massaj.
Nutq – bu oliy va о‘ziga xos jarayon bо‘lib, boshqa barcha oliy psixik
funksiyalarni tashkillashtiradi va ularning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir
etadi (L. S. Svetkova). L.S.Vigotskiyning yozishicha: “... nutq – bu avvalom bor,
ijtimoiy muloqot vositasi, fikrni bayon etish va tushunish jarayonidir”.
S.L.Rubinshteyn nutqni muloqot, bayon etish va ta’sir etish faoliyati sifatida kо‘rib
chiqqan. “Nutq,- deb yozadi u,- ayrim insonlar uchun ong mavjudligining shakli, u
tildan foydalanish jarayoni, nutq bu muloqot-bayon etish, ta’sir etish faoliyati, til
orqali xabar berish demakdir. Nutq bu harakatdagi tildir”.
Shunday ekan, insoniyat muloqot qilishni boshlagandan buyon muloqot
vositasi – tilni va muloqot jarayoni - nutqni о‘rganishga, tushunishga va tadqiq
etishga harakat qiladi. Antik davrdagi olimlar va sharq xalqlari mutaffakirlari ham
nutqni (ularning ishlarida “til” о‘rnida “nutq” sо‘zi ishlatilgan) о‘rganishga, uni
tushunishga va ilmiy isbotlashga harakat qilganlar.
Organizm atrofdagi muhit bilan doimo о‘zaro mustahkam aloqada bо‘lmay
turib yashay olmaydi. Organizmning shunday tashqi ta’sirlarga moslashishi,
atrofdagi muhit bilan muvozanatda bо‘lishi nerv sistemasi tufayli yuzaga keladi.
“Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosi, - deb yozadi I.P.Pavlov, - odam
darajasiga kelganda nerv faoliyati mexanizmlariga juda ham katta qо‘shimcha
qо‘shiladi. Bu qо‘shimcha - nutq faoliyati bо‘lib, ikkinchi signal sistemasining
yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bо‘ladi”.
Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz “signallarning signallari”
(I.P.Pavlov) tarzidagi sо‘zlardan foydalanamiz, ya’ni sо‘zlarni tanlaymiz va ularni
ma’nosiga qarab tahlil qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim
sharining pо‘stlog‘ida amalga oshiriladi.
Nutq faqat inson uchun xos bо‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa
shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir
etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til- bu fonetik, leksik va
grammatik vositalar tizimidir. Sо‘zlovchi о‘z fikrini bayon etish uchun zarur
sо‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq
a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Bolalar nutqi maromida bо‘lishi uchun bosh miya pо‘stlog‘idagi nutq
markazlari tо‘liq rivojlanishi, ularning sezgi organlari ham yetarli darajada
rivojlangan bо‘lishi kerak. Bu о‘rinda ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi va
nutqni eshituvchi analizatorlarning rivojlanishi juda muhimdir.
N.V.Shchelevanov kо‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi:
“Miya funksiyasi murakkablashuvi, oliy asab sistemasi faoliyatining yuzaga kelishi
uchun miyaning faqat anatomik tayyorlanishi kifoya emas. Miya yarimshar
pо‘stlog‘ining murakkab funksiyalari individual hayot davomida organizmni о‘rab
turgan atrof-muhit, shuningdek, murakkab hodisalar ta’siri va aks ta’siri natijasida
yuzaga keladi”. Agar bunday aks ta’sir kо‘rinmasa yoki ular kamlik qilsa, u holda
garchi о‘z anatomik konstruksiyasiga kо‘ra vazifa bajarishga tayyor bо‘lgan miya
pо‘stlog‘ining inson uchun muhim bо‘lgan barcha a’zolari munosabatini
tashkillovchi miya yarimsharlari faoliyatining amalga oshishi kechikadi. Shu
sababli bola dunyoga kelgan birinchi oydan boshlab, paydo bо‘lishi mumkin
bо‘lgan tо‘xtalishning oldini olish uchun, tarbiyani о‘z vaqtida olib borish lozim.
Bola tarbiyasi – uning psixologik rivojlanishi, xususan, nutqning
rivojlanishida asosiy faktor sanaladi. Biroq bola hayotining dastlabki birinchi
oyidagi tarbiya faqat uni parvarish qilish bilangina chegaralanishi mumkin emas.
Unda qarash, eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emotsional
daraja – jilmayish, kulish va ovoz tonini uyg‘otish lozim. Bular hammasi
birgalikda nutqning rivojlanishida muhim shartlardan sanaladi.
Psixologik adabiyotlarning tahliliga kо‘ra, bolalarda birinchi nutq
funksiyasining shakllanish jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida
(tug‘ilishdan to maktab yoshiga qadar)
nutqni muloqot vositasi sifatida
о‘zlashtirish jarayonida uch asosiy bosqich yuz beradi.
Birinchi bosqichda – bola hali atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi
ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab
beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbal(til vositasi)dan oldingi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda – umuman mavjud bо‘lmagan nutqdan uning paydo
bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi, va
о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon
bо‘lish bosqichidir.
Uchinchi bosqich – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrlarni
qamrab oladi, bunda bola nutqni egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqot
qilish davrida til birliklaridan turlicha va keng foydalana boshlaydi. Bu esa nutqiy
muloqotning rivojlanish bosqichi deb yuritiladi.
Nutq rivojlanishi va yuzaga chiqishining har bir bosqichida juda kо‘p va turli
omillar ta’siri kuzatiladi.
Ma’lumki, til muloqot vositasi nutq, uning jarayoni sifatida, ya’ni
kommunikativ faoliyat rivojlanishining ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning
yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqot qilish hamda bola hayotiy faoliyatidagi
umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi.
Verbal bо‘lmagan muloqot davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi,
bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga
intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqotga
kirishmaydi, balki nutqiy muloqotdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima
uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlar
artikulyatsiyasini qaytarish, bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi.
Faqatgina suhbatdoshning faolligi – katta kishining undashi – bolada vaziyatni
tо‘liq о‘zgartiruvchi, uni nutqga undovchi vaziyatga ehtiyoj seziladi.
Demak, bolada faol nuqtning yuzaga kelishi bevosita kattalar bilan о‘zaro
hamkorlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Agar bu hamkorlik yetarli darajada yо‘lga
qо‘yilgan bо‘lsa, u holda hayotining birinchi yili yakunida kichik yoshdagi bola
о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar
davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa, boshqa
bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini faol
egallaydi.
Bolalarda nutqiy reaksiyaning ikki asosiy shakli mavjuddir:
Dialog – muloqotda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat
qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha.
Monolog – о‘yin davomida bola о‘zi bilan о‘zi gaplashadi.
Nutqiy muloqotning nisbatan yuqori shakli diologdir. U bolalar nutqining
shakllanishida katta ahamiyatga ega. Chunki diologik hamkorlik bolalarda
ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga turtki bо‘ladi.
Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u
bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha, hattoki, kо‘p gapiruvchi bolaga nisbatan
yomon qarashlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga
tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqotga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik
ham yetarli bо‘lmay qoladi.
Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun
yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning
har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonni о‘z
vaqtida anglash uchun “bola nutqi sifatli о‘sishining har bir jihatiga e’tibor berish
kerak”.
Grammatika – tilshunoslikning sо‘z va gap qurilishini о‘rganuvchi bо‘limi
hisoblanib, ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.
Morfologiya grekcha “morfe” – shakl, “logos” – fan, talimot degan manoni
anglatib, sо‘zlarning tuzilishi, о‘zgarishi va turkumlarga ajralishi haqidagi
qonuniyatlarni о‘rganuvchi
grammatikaning bо‘limidir. Shu asosda,
morfologiyani sо‘z shakllari haqidagi talimot deyish mumkin.
Sintaksis sо‘z birikmasi gap, gap qurilishi, gap turlari haqidagi talimotdir.
Sintaksis sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishi, ularning birikish usullari, vositalarini
о‘rganadi. Grammatikaning mazkur bо‘limi muayyan grammatik tuzilma bо‘lib,
til elementlari bо‘lgan sо‘zlar, grammatik qoidalar va grammatik vositalardan nutq
yuzaga keladi. Bu degan sо‘z – sо‘zlarni ma’lum grammatik forma qiyofasiga
kiritish, ularni biriktirish va gap tuzish demakdir.
Nutq ana shunday sо‘zning grammatik formalari, sо‘z birikmalari va
gaplardan vujudga keladi. Mantiqiy izchillik nuqtai nazaridan olganda, nutq
gaplardan – gap formalaridan, gap - sо‘z birikmasi va gap bо‘lagi shakllaridan
(formalaridan) tuzilib, bularning hammasi sо‘zning grammatik formasiga
asoslanadi.
Nutqning grammatik tomonini egallash ham paradigmatik, ham sintagmatik
aloqalarni о‘zlashtirishni taqazo etadi. Nutq grammatik qurilishining shakllanishi
jarayonida о‘zaklarni ajratish hamda ularni leksik yoki grammatik ahamiyati bilan
taqqoslash amalga oshirilib, dastlab mazkur jarayon amaliy, ongsiz tarzda
bajariladi. Mazkur jarayon asosida esa morfologik va sintaktik til umumlashmalari
yuzaga keladi.
Til umumlashmalarining shakllanishi bola analitik-sintetik faoliyatining
yetarli darajadagi rivoji, yani sо‘zlarning tovush, morfologik tuzilishini tahlil
qilish, bir sо‘zning turli grammatik shakllarda (uy – uyning – uyda - uyga) hamda
bir xil grammatik ahamiyatga ega turli sо‘zlarning (stollar - partalar) umumiy va
maxsus tomonlarini ajrata olish, til qonuniyatlari asosida sо‘z tarkibidagi turli xil
о‘zaklarni sintezlay olish kо‘nikmalari asosida yuzaga keladi.
Ma’lum til qonuniyatlarini tо‘g‘ri о‘zlashtirib olish natijasidagina bola о‘z
fikrini nutqda tо‘g‘ri modellashtira oladi. Til qonuniyatlarini о‘zlashtira olmaslik
esa sо‘zning morfologik hamda gap sintaktik tuzilishining buzilishiga olib keladi.
Bolalarda nutqning grammatik qurilishini rivojlanishining asosiy omili bu
bolaning yaqin katta yoshdagi odamlar bilan har kungi muloqoti, ular bilan
birgalikdagi faoliyatidir. Kichik maktabgacha yoshda ularning nutqi vaziyatli-ishga
doir muloqotdan, katta maktabgacha yoshda esa vaziyatga doir bо‘lmagan
muloqotdan iborat bо‘ladi. Oilada mazkur muloqot spontan ravishda yuzaga keladi
va jadallashadi.1
Tadqiqotchilar bolalarda nutq shakllanishi bosqichining miqdorini ajratadilar,
ularni turlicha nomlaydilar.
G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki
yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi.
A.N.Leontyev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan:
1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar.
2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki
egallash bosqichi; uch yoshga qadar.
3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar.
4 - bosqich – maktab bosqichi.
Bizningcha, bolalar nutqiy rivojlanishining qonuniyatlarini bilish nutq
nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolaning tovushlar
talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas,
chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshda bolaning ayrim tovushlarni
xato talaffuz qilishi odatiy hol” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi
rivojlanishining qonuniyatlarini bilish bolalar bilan korreksion tarbiyaviy
ishlarning barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun о‘ta muhimdir.
Nutqning rivojlanish jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oydan –
5 yoshgacha) mutaxassis bola nutqining qaysi jihatlari shakllanganligini va
nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman
kuzatilmasligining aniq chegarasini belgilab olishi kerak. Kichik yoshdagi
bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni bolalar nutqining
normal bolalar nutqniig shakllanishi, rivojlanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega
bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chiziqli shaklda quyidagicha
tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni
talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq. YA’ni:
 qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar;
1
Арушанова А.Г. Формирование грамматического строя речи. - М.,2005 й. - 296 б.
 gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning
kattalar bilan muloqoti bilan bog‘liqdir (2 oydan 5 – 7 oygacha);
 bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30
haftallika qadar (4 – 7,5 oylik);
 sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish
bilan hamkorlikda davom etadi (11,12 oylik);
 sо‘z birikmalarining talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni
о‘zlashtirib olgach yuz beradi (1 yoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar);
 gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida (2 yoshdan, 2 yoshu 6
oylikkacha) – qayerda? qayerga? 3 yoshdan – nimaga? qachon? savollarini bera
boshlaydi;
 bog‘langan nutq -2 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish,
she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar
asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab
о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi.
5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib
о‘tamiz:
1.
Nutqni tushunish. О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini
tushunadilar, atrofdagilar nutqini e’tibor bilan tinglay oladilar.
2.
Lug‘at boyligi. Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi
tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni
predmetlarning belgilari va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: bola nutqida otlashgan
sifatlar hosil bо‘ladi.
3.
Nutqning grammatik tuzilishi.
1. Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari jihatdan turlaydilar, ot va
sonlarni moslay oladilar, fe’l turkumiga oid sо‘zlarni shaxs-sonda tuslay
oladilar.
2. Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan
iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar.
4.
Tovushlar talaffuzi. Tovushlarni о‘zlashtirish jarayoni tugallanadi,
nutq, umuman olganda, sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish,
boyitish, qofiya topishga qiziqish ortadi.
5.
Fonematik idrok. Fonematik
eshituv yetarli darajada yaxshi
rivojlanadi: sim – shim, tor – tur kabi sо‘z ma’nolarini ajrata oladi; topshirilgan
tovushni sо‘zda mavjud yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi
tovushni ajratib beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi,
tembri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin sо‘zni yuqori darajada analiz va
sintez qila olmaydilar. Chunki bu jarayon maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi.
6.
Bog‘langan nutq. Tanish ertak yoki о‘qib berilgan qisqa matnni
gapirib bera oladilar, yod olingan she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli
rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya
qilib bera oladilar; bahslashadilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya
qiladilar, dо‘stlarini ishontiradilar.
Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq
holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning
nutqiy kamchiligi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik
darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.
A.N.Gvozdev2 о‘z ishlarida bolalar nutqida grammatikaning shakllanishida
quyidagi davrlarni farqlaydi:
Birinchi davr – amorf, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan tashkil topuvchi gaplar davri
(1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha).
Bu davr 2 bosqichni о‘z ichiga oladi:
1-bosqich – bir sо‘zli gaplar.
2-bosqich bir nechta sо‘z о‘zaklardan iborat gaplar.
Birinchi davrning 1-bosqichida (1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 8 oylikkacha)
bola faqat alohida sо‘zlarnigina gap shaklida qо‘llaydi (bir sо‘zli gaplar). Bu
davrlarda bola faqatgina о‘zining xohish-istaklari, ehtiyoj va kechinmalarini
bildiradigan, unchalik kо‘p bо‘lmagan sо‘zlarnigina qо‘llaydi. Shu bilan birga, о‘z
fikrini aniqlash maqsadida kо‘pincha bola jestlar, intonatsiyalardan foydalanadi.
Bola qо‘llaydigan birinchi sо‘z dastlab ma’lum grammatik shaklga ega bо‘lmaydi,
chunki u sо‘z-о‘zakka teng bо‘ladi. Ular turli gaplarda bir xil tovushda,
о‘zgarishsiz qо‘llaniladi.
Bu yoshdagi bolalar lug‘atining asosiy qismini shaxslarning nomi,
predmetlarni bildiruvchi otlar (bi-bi, mu, myau) dan iborat bо‘ladi.
Birinchi davrning 2-bosqichida (1 yoshu 8 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha)
gaplar bir nechta sо‘z-о‘zaklardan iborat bо‘ladi. Bu bosqichda bola avval 2 sо‘zni,
keyin 3 ta sо‘zni biriktirib jumla hosil qiladi, biroq sо‘zlar orasida grammatik
bog‘liqlik bо‘lmaydi. Bola sо‘zlarni gapda faqat intonatsiyalar bilan bog‘lab
biriktiradi. Bunday sо‘z gaplar bir xil, о‘zgarishsiz о‘zak shaklida qо‘llaniladi.
Otlar bosh kelishik birlikda qо‘llaniladi. Fe’llar noaniq shaklda yoki II shaxs
birlikda buyruq maylida qо‘llaniladi (ber, ol, tashla). Bu bosqichdagi bolalar
nutqidagi gaplarni tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, bolalar atrofdagilar nutqidan
faqat umumiy mazmunni, sо‘zning umumiy ma’nosini, uning leksik asosinigina
ilib olishadi. Tilning rasmiy vositasi farqlanmasdan, idrok doirasidan chetda
qoladi. Demak, turli sо‘z shakllarini (uy, uyda, uydan) idrok etishda bola faqatgina
bu sо‘zlarning umumiy qismini (uy) idrok etadi. Sо‘z-о‘zaklarni biriktirishda hali
о‘z oldiga zarur grammatik shaklni tanlash vazifasini qо‘ya olmaydi hamda bir xil
sо‘z shaklini turli gaplarda qо‘llaydi.
Demak, muayyan davrda bolalarda bir sо‘zli gap, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan
iborat gap davrlarida nutqni tushunish turli darajada (eng past daraja, yani bola
unga qaratilgan oddiy buyruqlarni qiyinchilik bilan tushunishdan, to bazi
2
Гвоздев А. Н. Вопросы изучения детской речи. М., 1961
grammatik shakllar mazmunini tushunish, masalan, otlarning birlik va kо‘plik
shaklini ajrata olishgacha) bо‘lishi mumkin. Biroq ba’zi nutqi yо‘q bolalar ikki
predmetning fazoviy munosabatini ifodalovchi oddiy ot kо‘makchilar (masalan,
qutining ustida, qutining ichida, qutining tagida) mazmunini tushuna oladilar.
Ikkinchi davr – gapni grammatik tuzilishini о‘zlashtirish davri (1 yoshu 10
oylikda – 3 yoshgacha).
Bu davr 3 bosqichdan iborat:
1-bosqich – birinchi gaplarni shakllantirish bosqichi (1 yoshu 10 oylikdan – 2
yoshu 1 oylikkacha).
2-bosqich – sо‘zlarning sintaktik bog‘liqligini aks ettirishda tilning grammatik
(turlanishi va tuslanishida о‘zgarishi) tizimini qо‘llashga harakat qilish (2 yoshu 1
oylikdan – 2 yoshu 6 oylikkacha).
3-bosqich – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi yordamchi sо‘zlarning
о‘zlashtirilishi (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha).
Ikkinchi davrning 1-bosqichi dastlabki sо‘zlarining shakllanishi, paydo
bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda nutqning grammatik qurilishi
takomillashib, bolalar analogiya asosida sо‘zlarni gaplarda turli bog‘lanishlar
asosida bog‘laydilar. Bu bosqichda bolalar avvalgi bosqichdan farqli о‘laroq,
sо‘zlarni о‘zgartirmagan holda, gaplarda birdek qо‘llamasdan, balki bir xil sо‘zni
turli shakllarda ifodalay boshlaydilar.
Bu davrda bolalar nutqida daslabki otlarning grammatik shakllari quyidagicha
ifodaga ega bо‘ladi: bosh kelishikdagi birlik va kо‘plik shakli, tushum
kelishigidagi -ni qо‘shimchali sо‘zlar shakli, о‘rin-payt kelishigidagi -da
qо‘shimchali sо‘zlar, jо‘nalish kelishigidagi -ga qо‘shimchali sо‘zlar.
Fe’lning dastlabki grammatik shakllari quyidagilar: buyruq maylidagi
fe’llarning II shaxs birligi (bor, ber, ol); hozirgi zamonning III shaxs birligidagi
sо‘zlar (о‘tiribdi, uxlayapti), о‘timli va о‘timsiz fe’llar.
Ikkinchi yoshga kelib, bolalar nutqida predmet belgisini bildiruvchi sо‘zlar,
ya’ni sifatlar paydo bо‘ladi. Ular kо‘pincha, ot bilan moslashmagan bosh kelishik
shaklida namoyon bо‘ladi.
Shu tariqa bola nutqida sо‘zlar о‘rtasidagi birinchi grammatik munosabatlar
paydo bо‘la boshlaydi: bosh kelishik birlikdagi fe’lning ot bilan moslashuvi (bola
uxlayapti) shakllana boshlaydi. Bu bosqichda gap tuzilishi 3-4 sо‘zgacha
kengayadi. (Aziza qо‘g‘irchoq о‘ynayapti).
Ikkinchi davrning 2-bosqichi – bu sо‘zlarning о‘zaro aloqasini aks ettirish
uchun grammatik tizimdan foydalanish bosqichi (2 yoshu 1 oylikdan, 2 yoshu 6
oylikkacha) hisoblanadi.
Bu bosqichda bolalar nutqiga xos xususiyat - turli sо‘z shakllarini
birxillashtirishga harakat qilish hisoblanadi. Boshida ularning nutqida о‘zak va
qо‘shimchalarni bir ma’noli bog‘lash kuzatilib, unda turli tovush almashishlarining
yо‘qligi, unlilarning qо‘shilishi aks etadi. Shu tariqa, boshlang‘ich bosqichda bola
ancha umumiy, ancha mahsuldor shakl о‘zgartirish qonunlarini egallaydi
(E.Kosermu, S.N.Seytlin tizimi bо‘yicha3), keyinchalik umumiy qonunlardan
mustasno xususiy qonunlarni о‘zlashtiradi, til tizimi ichida differensiya sodir
bо‘ladi. Bu bosqichda bolalar nutqida hali juda kо‘p grammatik noaniqliklar
kuzatiladi. Ba’zi qо‘shimchalar boshqalari bilan anologik tarzda almashtiriladi,
ammo bitta grammatik mazmun doirasida bо‘ladi. Otga xos kelishik kategoriyasi
о‘rtasida kelishik qо‘shimchalarining almashtirilib qо‘llanilishi kuchayadi. Bola
nutqida fe’llarning birlik va kо‘plik shakllari, mayllarini farqlash kuzatiladi, shaxsson, hozirgi va kelasi zamon shakllari о‘zlashtiriladi, ammo о‘tgan zamon
shakllarining almashtirilishi kuzatiladi.
Sifatlarda sо‘z о‘zgartirish hali о‘zlashtirilmagan, bolalar nutqida ham tо‘g‘ri,
ham notо‘g‘ri anologik tarzda otning sifatga moslashuvi kuzatiladi. Sifatlar
kо‘plikda faqat bosh kelishikda tо‘g‘ri qо‘llanadi. Kо‘pincha, sifatlar otlardan
keyin qо‘llanadi. Shaxs olmoshlari о‘zlashtirib bо‘lingan, bu bosqichda
bolalarning og‘zaki nutqida ba’zi semantik tushunchalar paydo bо‘ladi: ustida,
yonida, ichida, atrofida kabi, ammo ularni qо‘llash har doim til meyorlariga mos
kelmaydi, qо‘shimchalarni almashtirish kuzatiladi. Bu davrda gap tuzilishining
murakkablashuvi va kengayishi ham kuzatilib, 5 tadan – 8 ta sо‘zgacha, avval
bog‘lovchisiz murakkab gaplar, keyin bog‘lovchili murakkab gaplar paydo bо‘ladi.
Ikkinchi davrning 3-bosqichi – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi
sо‘zlarni о‘zlashtirish bosqichidir (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha). Meyordagi
nutq rivojlanishining asosiy xususiyati shundaki, qо‘shimchalarning о‘zlashtirilishi
faqat tilning funksional grammatik elementlarini – grammatik shakllarni
о‘zlashtirgandan keyin sodir bо‘ladi.
Nutq rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida bolalar nutqida qо‘shimchalar
bо‘lmaydi (stolda-stol). Bu bosqich davomiy emas. Grammatik shakllarni farqlash
va qо‘llashga о‘rgangandan keyin bola о‘z nutqiy konstruksiyalariga uchinchi
element qо‘shimchalarni kiritadi, leksik- grammatik mazmunni qо‘shimcha
kо‘nikmalar yoki anologiya yordamida aks ettiradi. Bu bosqichda bola ayrim
qо‘shimcha va kо‘pgina bog‘lovchilarni tо‘g‘ri qо‘llaydi, ammo ularni qо‘llashda
agrammatizmlar kuzatiladi. Bu bosqichda sо‘z о‘zgartirishning ancha xususiy
qonunlari, shuningdek, otlarning morfologik tizimini farqlashni о‘zlashtirish
davom etadi hamda otlarning sifatga kelishik qо‘shimchalarida moslashuvi
mustahkamlanadi. Bolalar nutqida murakkab tuzilgan gaplarning rivojlanishi
davom etadi, ular tomondan kо‘pgina yordamchi sо‘zlar, kо‘pgina grammatik
shakllar о‘zlashtiriladi. Ammo tilning morfologik tizimi hali tо‘liq
о‘zlashtirilmagan bо‘ladi.
Цейтлин С.Н. Язык и ребенок: Лингвистика детской речи: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений
. —— М: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2000.
3
Uchinchi bosqich – morfologik tizimni о‘zlashtirish bosqichi (3 yoshdan –
7 yoshgacha).
Bu davrda bola grammatik shakllarni turlab va tuslab tizimlashtiradi, kо‘pgina
birlik shakllarni о‘zlashtiradi. Bu davrda morfologik elementlarni erkin anologik
tarzda qо‘llash sezilarli qisqaradi, bola nafaqat grammatikaning umumiy
qoidalarini о‘zlashtiradi, balki ancha xususiy qoidalar, “filtrlash” tizimini, umumiy
qoidalarni qо‘llashni ham о‘rganadi.
Nutqning tо‘liq va meyoriy rivojlanishida bola uch yoshidayoq predmetlar,
oddiy hodisalar haqida sodda fikr-mulohazalar bayon eta boshlaydi. Bunda u bir
sо‘zli gaplar bilan birga bir necha sо‘zdan iborat gaplardan foydalanadi 4.
Nutq shakllanishining erta bosqichlarida bola nutqining yetarli darajada ongli
va ixtiyoriy emasligi nutq aktida о‘ng yarimsharning faol ishtiroki bilan bog‘liq.
Nutq vositalarini ongli va ixtiyoriy qо‘llashning shakllanishi esa nutq funksiyasi
bо‘yicha dominant bо‘lgan miyaning chap yarimshari tuzilmalariga bog‘liq. 5 Bu
bosqichda bolalarda fonemalarning tо‘g‘ri talaffuzi shakllanadi, dastlabki
grammatik shakllar о‘zlashtiriladi. Bola hayoti uchinchi yilining oxiriga kelib esa
uning nutqida kо‘p sо‘zli jumlalar, gapning turli kо‘rinishlari, gap tarkibida teng
bog‘lovchilar va olmoshlar paydo bо‘ladi. Bu esa, о‘z navbatida, bu davrda
bolalarning ona tilining nutq-harakat algoritmlarini egallanganligidan dalolat
beradi. Uch yoshda funksional nutqiy tizim asoslarining shakllanishi о‘z yakuniga
etadi, biroq bola hayotining tо‘rtinchi va beshinchi yillarida uning
mukammallashuvi davom etadi6.
Bolalar nutqidagi dastlabki sо‘z birikmalarining о‘ziga xos xarakterdaligi
ularni atrofdagilar nutqidan oldinganligi yoki bola sо‘z ijodining natijasi ekanligi
bilan ifodalanadi. Bola tomonidan dastlabki sо‘z kombinatsiyalarida qо‘llanadigan
sо‘zlar atrofdagilar nutqidan qay holatda olingan bо‘lsa, xuddi shu kо‘rinishda, о‘z
jumlasining tuzilishi bilan bog‘liq kerakli grammatik shaklga moslashsiz
qо‘llaniladi. 7
Rus tilida sо‘z о‘zgartirish turli kо‘rinishdagi fleksiyalar (о‘zak ichidagi
о‘zgarish) bilan xarakterlanib, ularni otlarning va fellarning turli tipdagi turlanish
va tuslanishlari kabi grammatik shakl о‘zgarishlarida tizimlashadi. Fleksiya
(sinish, egilish, bukilish ma’nosida).
Flektiv tillar oilasiga Hind-Yevropa tillari kiritiladi. Hind-Yevropa oilasiga
rus, ingliz, nemis, fors-tojik, arab tillari ham kiritiladi.
Фомичева М.Ф. Воспитание у детей правильного произношения.- М.,1989.-186 б.
Визель Т.Г. Мозговая организация речевой функции и ее нарушения // Логопед.- М.,
2004. №6. 4-9 б.
6
Смирнов В.М Нейрофизиология и высшая нервная деятельность детей и подростков. М., 2000.- 400 б.
7
Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичева Т.Б. Логопедия. - Екатеринбург, 2000. 316б.
4
5
Bunday tillarda ichki va tashqi fleksiya mavjud bо‘lib, bu о‘zakning
tarkibidagi
tovush
о‘zgartirilishi
bilan
sо‘z-semantikasi-ma’nosining
о‘zgartirilishini ifodalaydi. Bunday tillarda undosh tovushlar asosiy vazifani
bajaradi, ya’ni asos bо‘ladi, о‘zak ichidagi unli tovushlarni о‘zgartirish bilan sо‘z
ma’nosi о‘zgartiriladi. Masalan: ruka (k-ch) ruchki, rukova; ingl. foot-feet; arab
tilida k-t-b- kitob-kutb, maktab kabi. Fors-tojik dо‘xtar-birlik-dо‘xtoron kо‘plik.
О‘zbek tili biriktiruvchi tillarning – sintetik tillar guruhiga mansub
agglyutinativ til sanaladi. Bunday tillarda grammatik munosabatlar kо‘pincha, sо‘z
formalari (affikslar) bilan ifodalanadi.
Masalan: ish+chi+lar+i+miz+ga
fay+la+suf+lar+ning.
Shu sababli rus tilida fleksiylar deyilganda о‘zak tarkibidagi о‘zgartiruvchi
vosita – shakl nazarda tutiladi.
Biroq bunday (flektiv tillarning) tillarning ichida ham agglyutinatsiya, ya’ni
qо‘shimcha olish xususiyatiga ega bо‘lganlari ham ajratiladi. Buni rus tilida ham
kо‘rish mumkin.
Bola tomonidan sо‘z grammatik shakllarining о‘zlashtirilish davomiyligi
semantik funksiya hamda mazkur sо‘zni atrofdagilar nutqida qо‘llanilish
intensivligi darajasi bilan belgilanadi. Malum vaqt davomida bola sо‘zning
faqatgina bir, eng qulay va kо‘p qо‘llaniluvchi shaklini ishlatadi.
Dastlab bolalar nutqida qaratqich, tushum kelishiklari о‘zlashtiriladi, darak
maylidagi felning birlik va kо‘plik shakllari differensiatsiyalashadi, fellarni shaxssonda tuslash hamda hozirgi va о‘tgan zamon shakllarini о‘zaro ajrata olish
kо‘nikmasi shakllanadi8.
Malumki, dastlabki sо‘zli kombinatsiyalar turli mano-mazmunni anglatuvchi
“amorf- sо‘z-о‘zaklar” kо‘rinishida bо‘lishiga qaramay, bolalar grammatik
aloqalarni ifoda etish uchun formal til vositalaridan tо‘g‘ri foydalana olmaydilar.
Bazida bola tomonidan jumla yoki gapda sо‘zning tо‘g‘ri grammatik shaklini
qо‘llay olish nutqning grammatik qurilishni о‘zlashtirib olganlik belgisi
hisoblanmasligini takidlab о‘tish joiz. Bola nutqida bir sо‘zning ikki-uch
grammatik shaklining mavjudligi hamda bu shakllarni boshqa sо‘zlarda qо‘llay
olish kо‘nikmasining shakllanganligi grammatik qurilish xususiyatlarini
о‘zlashtirganlik belgisi bо‘lishi mumkin.
Grammatik qurilishning rivojlanish bosqichilarining asosiy xususiyati bola
sо‘zni atrofdagilar nutqidan qanday shaklda о‘zlashtirgan bо‘lsa, xuddi shu
shaklda qо‘llashi, mazkur sо‘zni о‘z lug‘atidagi boshqa sо‘zlar bilan
Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников.Петербург, 1999й.- 160 б.
8
kombinatsiyalashida ifodalanadi.
ifoda etishda foydalanadi.
Bola о‘zlashtirgan sо‘zidan turli vaziyatlarni
Nutq rivojlanishining mazkur bosqichida meyorda ham, kamchilikli nutqning
rivojlanishida ham bо‘g‘in va sо‘zlarni eliziyasi, kо‘pgina artikulyatsion notо‘g‘ri
talaffuz, sо‘zdagi tovushlarni tashlab ketish yoki almashtirish holatlari kuzatiladi9.
Bola hayotining 3,5-4 yiliga kelib, sо‘zning predmetga muvofiqligi yetarli
darajada turg‘un xarakterga ega bо‘ladi, biroq uning takomillashuvi katta
maktabgacha yoshda ham davom etadi.
Leksikaning shakllanishi jarayonida sо‘z manosining aniqlashuvi ham amalga
oshadi.
Nutqning leksik-grammatik tomoni rivojlanishining dastlabki bosqichida sо‘z
ma’nosi polisemantik, amorf (о‘zak) va noaniq xarakterga ega bо‘ladi. Bola
lug‘atidagi sо‘z bir necha manoga ega bо‘lishi mumkin. Bir sо‘z predmetni ham,
belgi-xususiyatni ham, predmet bilan amalga oshiriluvchi harakatni ham ifodalashi
mumkin.10
Ba’zan 4 yoshgacha bolalar nutqida sо‘z о‘zgartirishda sо‘zlarning asosini bir
xillashtirish kuzatiladi. Bu tо‘rt yoshdan keyin yо‘qolib, faqat fe’l asosidagi nutqiy
buzilishlargina qoladi. Otlarning sifat bilan birgalikda qо‘llanishi, kelishiklarda
turlanishi, fe’llarning boshqarilishi о‘zlashtiriladi. 5 yoshga kelib esa grammatik
xatolar soni yanada ortadi, chunki bu davrda bola muloqot jarayonida murakkab
gaplardan kо‘proq foydalana boshlaydi. Gaplarning sifati sezilarli darajada
о‘zgaradi, murakkab gap tarkibiga kiruvchi sodda gaplar ancha yoyiq, gapning
uyushiq bо‘laklari paydo bо‘ladi. Bu davrda bola 12-15tacha sо‘zlarni gaplarda
qо‘llay olishi mumkin, ammo bolalarning yoshlari kichikligi bois, ularda sintaktik
xatoliklar ortadi, shu bilan birga, u bir vaqtning о‘zida fikrni ifodalash shakli va
mazmunini kuzatish imkoniga ega emas. Katta guruhdagi bolalarda uyushiq
bо‘laklarni qarama-qarshi qо‘yish malakasi shakllanadi (mening tugmalarim
temirdan, yog‘ochli emas). Bola о‘z nutqida turli xil ergash gapli murakkab
gaplarni qо‘llashga о‘rganadi.
Bola grammatik shakliga kо‘ra uning uchun yangi bо‘lgan sо‘zlarni har doim
ham eslab qola olmaydi, uni yoyiq gaplarda qо‘llashda sо‘z mazmuni va shaklini
nazorat qilishga ulgurmaydi. Katta maktabgacha tarbiya yoshiga kelib, sо‘z
birikmalarini о‘zlashtirish deyarli о‘z nihoyasiga yetadi, biroq mazkur bosqichda
ham gap tuzishda sо‘zlar tartibini buzish, sо‘z birikmalarini tuzishda, bitishuv,
moslashuv va boshqaruv munosabatlarini qо‘llashda qiyinchilik xatoliklarga yо‘l
qо‘yish kuzatilishi mumkin.
9
Зикеев А.Г. Развитие речи учащихся специальных
– 210 б.
образовательных
учреждений. - М., 2000.
Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников.
-Петербург, 1999.- 160 б.
10
Demak, maktabgacha yosh davrida bolalar nutqining morfologik va sintaktik
tomoni tо‘liq takomillashmaganligi kuzatiladi. Kichik yoshdagi bolalarning nutqni
egallashi, grammatik qonuniyatlardan foydalanishlari, ular nutqining rivojlanish
bosqichlari (sintaktik konstruksiyalardan foydalanishlari) ularning qaysi millat
vakili va sog‘lom yoki nuqsonli bо‘lishiga qaramay umumiy о‘xshash jarayon
asosida rivojlanib boradi.
Bolalar tomonidan tilni egallash juda tezlik bilan kechadi. Bu bola birinchi
yoshining oxiriga borib, dastlabki sо‘zni egallagan vaqtdan boshlanadi. Qisqa vaqt
mobaynida, taxminan ikki yarim yil oralig‘ida bola nutqi eng oddiy ifodadan
anglangan ifodagacha, grammatik tо‘g‘ri gaplardan tuzilgan qochiriq nutqqacha
shiddat bilan о‘sadi. Bolalar ona tilining grammatik qonunlarini 4-5 yoshida
maxsus о‘qitishsiz egallaydilar va bu yoshda ular kо‘plab morfologik hamda
sintaktik qonuniyatlardan tо‘g‘ri foydalanadilar. Bu qonunlar о‘z ichiga sо‘z
formalarini tо‘g‘ri ifodalash hamda gaplarni tо‘g‘ri tuzish qonun-qoidalarini ham
qamraydi.
Dastlab grammatik munosabatlar shaklini bildiruvchilarni umumlashtirish va
mavhumlashtirish yuzaga keladi. Nutqning о‘sish jarayonida bolalar sо‘z
turkumlaridan otlarni tez о‘zlashtiradilar. Otlardan sо‘ng bolalar sо‘z
turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni egallay boshlaydilar. Fe’llarining shaxs
qо‘shimchalarini osonlik bilan egallasalar ham lekin fe’llarning zamonga qarab
о‘zgarishini darhol tо‘g‘ri о‘zlashtira olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar
nutqida sifatlar (ranglarning nomlari) juda kech paydo bо‘ladi. Olmoshlar kattalar
nutqida qanday qо‘llansa, bolalar tomonidan aynan о‘zlashtiriladi. Bolalar
nutqidagi dastlabki gaplar ixcham kо‘rinishda bо‘lib, ularda qonuniy ravishda
qо‘shimchalar tushiriladi, bog‘lovchilar, kо‘makchilar, zamon va mayl shakllari
ifodalanmaydi.
Sintaksisni egallagandan sо‘ng bolalar sо‘z ma’nolari va gaplar
semantikasini ham juda tez о‘zlashtiradilar. Bolalar nutqi leksik qatlamining
о‘sishi ham, albatta, gapirishi, tushunishiga bog‘liq ravishda ortib boradi. Biroq
ularni о‘rab turgan atrofdagilar bilan tо‘liq muloqot qilishlari uchun grammatik
qonuniyatlar qv sо‘zlarning ma’noarini tushunishning о‘zi kifoya qilmaydi. Bolalar
yana albatta, о‘z ifodasini va kо‘zlagan maqsadni tо‘la va aniq yetkazib berish
imkoniyatini egallashlari lozim. Buning uchun tilning pragmatik aspektlarini:
suhbatlashish qoidalarni, odamlarga nisbatan hushmuomalalik shakllarini,
tengdoshlar va kattalar bilan qanday gaplashish lozimligini, qisqasi turli sotsial
sharoitlarda tildan tо‘g‘ri foydalanish imkoniyatlarini ham egallashlari ham zarur.
Bu esa, bola har tomonlama rivojlanishining muhim shartidir. Bolaning
nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish
shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi,
kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi,
uning psixik rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham
bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi, uning sof va tо‘g‘riligi haqida
qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida
namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi.
Nazorat uchun savollar.
1. Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan farqi.
Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy maxsulini
yaratishdagi ustunligi.
2. Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy
tandensiyalari.
3. So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini o’zlashtirish
jarayonini.
4. Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar.
5. Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni shakllanishi.
6. Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish holatlari.
7-MA’RUZA
Bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi.
REJA:
1. Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni
shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin
o’zgarishi.
2. Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning
monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari.
Tayanch iboralar: mashg‘ulot, ovoz kuchi, ovoz balandligi, ovoz toni,
avtomatizatsiY.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini
rivojlantirishda muhim о‘rin eallaydi. Maktabgacha ѐshdagi bolalar kо‘pincha s-z,
p-f, t-d, p-b, u-о‘, x-h, q-g‘ tovushlarini tо‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq
jaraѐnida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam – Rustam, qalg‘a
- qarg‘a kabi talaffuz etishda yо‘l qо‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni
tо‘g‘ri talaffuz etishga yо‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish
metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar о‘zidan kichiklarni jerkib,
ovozini kо‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq
madaniyatiga, me’ѐrda sо‘zlab, muomala qilishga о‘rgatish zarur. Chunki
bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib
qoladi. Samimiy muomala me’ѐri, xatto muomalada kо‘z qarashlari, boshqalar
oldida о‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir. Yosh
avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bо‘lib kamolga yetishi uchun ona
tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning
uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasining eng muhim vazifalaridan biri
milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini shakllantirish va
rivojlantirishdan iboratdir. Kuzatishlardan ma’lumki, maktabgacha ѐshdagi bolalar
nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Tilni tо‘g‘ri
о‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib sо‘zlashish, bolalarda erkin
muhokama yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari
yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishning turli
kо‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida
sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, bolalarning tо‘g‘ri muomalaga kirishtirish,
boshqalar bilan gaplashish ishtiѐqining ortishiga turtki bо‘ladi. Buning uchun
bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab
hisoblanadi. Birinchi talab, dastlab bola о‘z lug‘at boyligiga ega bо‘lishi zarur. Bu
uning boshqalar bilan muomalaga kirishishida ѐrdam beradi. Bunda tarbiyachi
asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini oshirib
borishga qaratadi. Bolalarning sо‘z boyligini oshirishda esa ularning kundalik
faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi muhim omil bо‘lib hisoblanadi.
Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga
e’tibor berish. Bunda bolalarni yо‘naltiruvchi savollar, mashqlar vositasida
nutqdagi sо‘zlarni tо‘g‘ri ishlatish, gapni tо‘g‘ri tuzishga о‘rgatish hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Uchinchi muhim talab, bolalarda tovush madaniyatini
tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishga
о‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi. Tо‘rtinchi muhim
talab, dialogik nutq, ya’ni sо‘zlashuv nutqini rivojlantirishdir. Beshinchi talab,
hikoya qilib berishga (monologik nutq) о‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni
rivojlantirishda monologik nutq katta ѐrdam berishi amaliѐtda о‘z isbotini topgan.
Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, о‘z fikrini erkin
va ravon baѐn eta olish kо‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq. Oltinchi talab,
bolalarni badiiy adabiѐt bilan tanishtirish bо‘lib, bolalar adabiѐti va xalq og‘zaki
ijodining eng ѐrqin namunalari kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga
xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni
rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiѐtga mehr - muhabbat tuyg‘ularini
ham paydo qiladi. Yettinchi talab, bolalarni savod о‘rgatishga tayѐrlashdir. Bu
talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin
ularning har birida bolalarning ѐsh xususiyati, shaxsiy tayѐrgarlik darajasi hisobga
olinadi. Tо‘g‘ri, katta guruhda bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero,
bog‘cha ѐshidagi katta bolalar faoliyatining mazmunan va shaklan xilma-xilligi
ular nutqining takomillashib borishiga ham ѐrdam beradi. Bolalarning tevarakatrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga о‘zgara boshlaydi:
tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi,
grammatik tomondan gapni tо‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi.
Bolalarning о‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni
erkin baѐn qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, о‘z fikrini erkin
baѐn etish kabi xislatlar paydo bо‘la boshlaydi. Shunga kо‘ra bolalar nutqida
tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar
nomini ifodalovchi sо‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning
oddiy shakllariga rioya etish, о‘z fikrini grammatik jihatdan tо‘g‘ri va aniq
ifodalay olish kо‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar
bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar
tuzish, о‘z fikrini baѐn qila olish, ifodali о‘qish faoliyati jaraѐnida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri
natijasida о‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir ѐki bir necha
jumlalarda о‘z aksini topishi mumkin. Bog‘lanishli nutqning shakllanishida
bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol о‘ynaydi.
Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va
kо‘nikmalari mavjud bо‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni
shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz
kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki
tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar sо‘z
boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va
qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning о‘ziga xos belgilari
va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va sо‘zlar bilan
boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini о‘rganish: ona tilidagi
antonim, sinonim, omonim sо‘zlarni tushunish va tо‘g‘ri qо‘llashga doir
tushunchalar, sо‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning
nomlarini tо‘g‘ri aytishga, ularning о‘xshash va farqli tomonlarini tushunish,
shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yо‘naltiruvchi lug‘atini
faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini
shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod
о‘rgatishga tayѐrlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sо‘zlashish – monologik
(bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi. Sо‘zlashuv (dialogik) nutqni
shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan
sanaladi. Sо‘zlashuv nutqi bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq bо‘ladi. Bunda bola
о‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga
tо‘g‘ri javob bera olish bilan birga, sо‘zlashuv madaniyatini egallay borishi ham
taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jaraѐnida kо‘proq yо‘naltiruvchi savollar
beriladi. Masalan, tabiatga saѐhat paytida tarbiyachi tomonidan “Hozir yilning
qaysi fasli?”, “Bahorda tabiatda qanday о‘zgarishlar yuz beradi?”, “Bahorda
qanday qushlar uchib keladi?” kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik
nutqining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Bog‘lanishli nutqda eng muhim metod bu
dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan sо‘zlashishdir. Sо‘zlashish og‘zaki nutqning eng
oddiy shakli bо‘lib, unda bola о‘zini tutishi, kо‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining
pastbalandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. Sо‘zlashish – dialogik
nutq, asosan kattalar ѐrdamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni
bilish jaraѐnida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, kо‘pchilik
о‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining
nutqini tо‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, sо‘rash, sо‘rab bilib olish dialogik
nutqqa о‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki shaklda – erkin va
maxsus tayѐrlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik haѐt va
taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bо‘lib, yо‘l-yо‘lakay
о‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bо‘lishiga ѐrdam beradi, ularda jumlalarni
grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bо‘lishiga, sо‘z
zahirasining boyishiga olib keladi. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarda ham
bog‘lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan
matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning ѐrdamisiz, mustaqil ifodalay olishga,
lug‘at boyligiga, matn mazmunini baѐn etishda izchillikka rioya qilishi, tilning
ifoda vositalaridan foydalana olishi, nutqning ravonligi, tezligi, jumlalarni
grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olishi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishi, nutq
madaniyatiga rioya etishiga qaratiladi. Misol tariqasida, “Ovchilar va quѐnlar”,
“Oqsoq bо‘ri va qо‘ylar”, “Nimaning pati?” kabi о‘yinlardagi savol-javoblar ham
bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga “nimaning pati?”
deb savol beradi. Bolalar о‘rdakniki, qarg‘aniki, burgutniki deya javob
qaytaradilar. О‘yin shartiga asosan qushning nomini takror aytgan bola biror
shartni bajaradi: о‘yinga tushadi, she’r aytadi ѐki qо‘shiq kuylaydi. Bolalarning
nutqini rivojlantirishda monologik nutq (bog‘lanishli, hikoya qilib berish) ayniqsa,
muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab о‘tilgan
bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bо‘ladi. Bolalarning monologik
nutqining shakllanishi ularni maktabga tayѐrlashning asosiy shartlaridan biridir.
Zero, bog‘lanishli nutq bolalarning mantiqiy tafakkurini va unga bog‘liq bо‘lgan
zehnni о‘tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya
qilish kо‘nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham
ahamiyatlidir. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarga muayyan mavzular bо‘yicha
ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi mumkin. Bunday
topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi.
Masalan, “Bizning oila”, “Bahor fasli”, “О‘z - о‘tar soz”, “Qaldirg‘ochlar uchib
keldi” va hokazo mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda
qiziqtiradi. Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish,
tovushlarni, qо‘shimchalarni tо‘g‘ri talaffuz etish, ѐshiga mos darajada tasviriy
vositalardan tо‘g‘ri foydalana olishiga ѐrdam berib boriladi. Kattalarning mehnat
jaraѐnini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, darѐ, chо‘l, dalalarga
saѐhatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini
rivojlantirishda badiiy adabiѐtning imkoniyatlari kattadir. Maktabgacha tarbiya
muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiѐtning eng ѐrqin namunalari bilan har
kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar,
tez aytishlar va qо‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qо‘ya qolmaydi,
balki sо‘z zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi.
Bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ularni savodxonlikka о‘rgatish bilan
davom ettiriladi. Bu jaraѐn eshitganini anglab olishga kо‘nikma hosil qilish, о‘z
fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan tо‘g‘ri ifodalay olish bilan
bog‘liq bо‘ladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim
vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik
tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish,
badiiy adabiѐt namunalaridan foydalanish hamda savod о‘rgatishga tayѐrgarlik
kabilarni kiritish mumkin. Tevarak-atrofni о‘rganish jaraѐni bola tafakkurini
rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bо‘lmagan hissiy
rag‘batlantirishga sabab bо‘ladi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha ѐshidagi katta
bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki, tevarak-atrofdagi predmetlar,
voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiѐt bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga,
jonli ifodaga kо‘chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni
bilib borishi, uning gо‘zalligini, bitmas - tuganmas murakkabliklarini his etishi,
ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunѐsiga kirib borishi, uning har tomonlama
kamol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishiga
olib keladi. Zero, bolalik dunѐni zavqlanib, hissiѐtlarga tо‘lib idrok etish, uni kashf
etish bilan uyg‘undir. Demak, bog‘lanishli nutqni rivojlantirish, xilma-xil va
betakror dunѐni metodik tomondan qiziqarli, turli shakl va vositalardan
foydalangan holda zamon talablari asosida bolalarga yetkazishni tashkil etish
zaruratini keltirib chiqaradi. Bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
bolalarning ѐshi, о‘ziga xos xususiyatlari, lug‘at boyligi, nutq madaniyati, nutqni
grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olish kabi juda kо‘p talablarni hisobga olish
zarurati tug‘iladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni
shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin
o’zgarishi.
2. Egosentrik
nutq fenomeni, J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik
konsepsiyasi. Egosentriklik nutqi konsepsiyasini L.S. Vigotskiyning ichki nutq
konsepsiyasi bilan yaqinlik holatlari. Nutq rivojlanishini situativ yaqinligi.
3. Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning
monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari.
3 Modul. Nutqni patologik rivojlanishi
8-MA’RUZA
Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos
hususiyatlari.
REJA:
1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.
2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning
o’ziga xos hususiyatlari.
Bolaning ruhiy rivojlanishi bir tekisda rо‘y bermaydi. Ularda sekinlik bilan
sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan bir qatorda, anchagina shiddatli, tezlik bilan
rо‘y beradigan kuzatishlar bir vaqtning о‘zida kuzatilishi mumkin. Bu о‘zgarishlar
bora-bora yо‘qolib boradigan eski fazilatlar va yangi ruhiy fazilatlarning paydo
bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lib, bolani gohida tanib bо‘lmaydigan holatga keltirib
qо‘yadi. Bu jadal о‘zgarishlar rivojlanishning krizis davri deb ataladi. [Muxina
V.S., 1978]
Kо‘pgina yirik psixologlar kabi L.Vigotskiy, A.Leontyevlar ham,
maktabgacha yoshda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni ajratib berishgan, ularni
faoliyat turlarining asosiy о‘zgarishlari bilan bog‘laganlar. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning zarur hususiyatlari yangi vazifalar tizimiga asoslanishi lozim, bu
vazifalar markazida xotira, xotiraning markazida ong turadi. Avvalambor bu
bolaning tafakkurini о‘zgartirishi bilan bog‘liq: u umumiy tasavvurlari orasida
aloqa о‘rnatish imkoniyatini egallaydi, bu tasavvurlar bolaning bevosita oshirgan
malakasida mavjud emas. Bu sof yaqqol tafakkurdan birinchi ajralish, mavhum
tafakkurning birinchi bosqichi, bola uchun mumkin bо‘lgan umumlashtirish
doirasining kengayishidir. Bola bemalol erkin faraz qiladi, yarata olish darajasiga
yetadi.
Ikkinchi natija – bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarining о‘zgarishi. Biror bir
vaziyatga bо‘lgan qiziqishlari ma’noga ega bо‘lishni boshlaydi. Dastlabki effekttiv
umumlashtirish yuzaga keladi.
Uchinchi natija – bola yangi turdagi faoliyatlarga о‘tishni boshlaydi, bular
fikr va faoliyatning о‘zaro о‘ziga xos munosabatiga ega bо‘ladi. Faoliyatning
bunday turlarini ijodiy faoliyatlar deb nomlashimiz mumkin.
Va nihoyat maktabgacha yoshdagi bolalalarda dastlab bolalarda ichki
axloqiy instansiyalar, shuningdek, tabiat hamda о‘z shaxsi haqidagi dastlabki
umumiy tasavvurlar vujudga keladi. A.Leontyev bolaning ijtimoiy munosabatlar
tizimida egallab turgan о‘rnining о‘zgarishidan kelib chiqqan holda, shunday
fikrga kelgan: birinchi bо‘lib belgilab oladigan ishimiz bola rivojlanishini
harakatga keltiruvchi kuch muammosini hal qilishni aniqlash lozim, bu hayot, unda
mavjud bо‘lgan jarayonlarning rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda bolaning
ichki va tashqi faoliyatlarining rivojlanishidir.
Ruhiy rivojlanishning har bir bosqichi bolaning butun borliqqa bо‘lgan
ma’lum, bosh munosabati о‘z faoliyatining muayyan, yetakchi turi bilan
xarakterlanadi.
Leontyevning fikricha, aynan ilk bolalik davrida yuzaga keluvchi о‘yin turi
– asosiy, yetakchi faoliyat turi bо‘lib hisoblanadi. Boshqa asosiy xulosa:
maktabgacha bо‘lgan davrdagi bolalik – shaxsning rivojlanishining dastlabki
haqiqiy davri, xulq-atvorning shaxsiy mexanizmi rivojlanishi davridir.
Maktabgacha yosh davrida ilk munosabatlar va aloqalar о‘rnatiladi, bular
yordamida oliy faoliyat birligi va shaxs birligi hosil bо‘ladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalikda yuzaga keluvchi faoliyatning xarakterli xususiyatlari – bu birbiri bilan almashib turadigan, bir-birini asoslaydigan, yoki bir-biri bilan qarshi
tо‘qnashuvlarga duch keladigan hamda bir-biri bilan umuman bog‘liqlikka ega
bо‘lmagan motivlarga undaydi va yо‘naltiriladi, unday emas, balki bir-biriga tobe
bо‘lgan sabab-vajlarning tizimidir. [Leontyev, 1983].
Maktabgacha yoshdagi shaxsning shakllanishining xususiyatlaridan yana
biri, bola va kattalar orasidagi munosabatlar о‘zgarishidir. Bola о‘zini individ
sifatida sezishni boshlaydi, ya’ni u о‘z fikriga, о‘z ismiga egadir, u о‘zini erkak
yoki ayol jinsi vakili deb sezishni boshlaydi. U tezroq katta bо‘lishga intiladi.
Mustaqil samarali natijalarga erishishga intiladi va buning evaziga
minnatdorchilik, maqtov yoki boshqa qandaydir baho olishni istaydi. Bolalar
kattalarga qarab taqlid qilishga intiladilar. Shunday ekan, bolaning harakati kattalar
faoliyatining timsoli bevosita ifodalanadi. Kattalar, ularning predmetlarga va birbiriga bо‘lgan munosabatini kо‘rib, bola ularga taqlid qilishni, u endi nafaqat
tomosha qilishni balki kattalar harakatini taqlid orqali aynan ulardek qaytarishni
boshlaydi. Bu bola va kattalar orasidagi yangi munosabat bо‘lib, kattalar timsoli
bolalar harakatini va qiliqlarini boshqaradi, bu maktabgacha yoshdagi bola shaxsi
uchun barcha yangidan yuzaga keluvchi harakatlarning asosi bо‘lib xizmat qiladi.
Bola har qanday rag‘batlantirishga katta e’tibor beradi. Bunda ular xulq-atvorining
emotsional-motivatsion boshqaruvini rivojlantiradilar, modomiki maktabgacha
yoshdagi bolalar о‘zlari haqida ma’lum bir xulosaga kela olmaydilar, ular о‘zlarini
baholashlari kattalar xulosasiga bog‘liq bо‘ladi. [Nemov R.S., 1995].
Maktabgacha yoshda axloqiy normalarni о‘zlashtirish, shaxsning asosiy
sifatlarining shakllanishi kechadi. Shaxsning bazaviy sifatlari deb, shaxsning
ijtimoiy turi, yoki xarakteri tomonidan aniqlanadigan insonning barqaror
individualligining yuzaga kelishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bu shaxsning
fundamental tomonlari bо‘lib, individni kо‘p yillardan sо‘ng ham tanib olish
mumkin bо‘lgan ustun keluvchi sabab va ehtiyojlarini о‘z ichiga oladi. [Nemov
R.S., 1995].
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining barcha kо‘rinishlari ularning
xarakter tuzilishini umumlashtiradi. Bolalar ma’lum bir syujetli о‘yin jarayonida
odamlarning о‘zaro munosabatlarini modellashtiradilar. [Uruntayeva G.A., 1999].
Birinchi navbatda, nutqni egallash hisobiga, bolalarda maktabgacha yoshda
kattalar bilan muloqot chegarasining ancha-muncha kengayishi rо‘y beradi. Aynan
shu yoshda bola faoliyatni keng doirada egallaydi – bular о‘yin, mehnat, sermahsul
maishiy muloqot kabi faoliyatlar. Texnik tomonlari shakllangani kabi, motivatsionmaqsadli tomoni ham shakllanadi. Faoliyatning yetakchi kо‘rinishi bо‘lib syujetlirolli о‘yin hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrini ularda yanada intensiv mо‘ljalga
olish davri deb atasak bо‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida о‘z о‘rnini aniqlash
yangi darajasi, yangi ichki vaziyat asosiy о‘zgarish bо‘lib hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bola kо‘proq kelajakka qaratilgan maqsadlarni, vositali
ravishda namoyon bо‘lgan taqdimotlarni qо‘yishga о‘rganadi, va ularga erishish
uchun duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay harakat qiladi.
Bilish sohasida erishgan asosiy natija – bu bilishga oid vosita va usullarini
egallash hisoblanadi. Bilish jarayonlari о‘rtasida о‘zaro zich aloqalar vujudga
kelib, ularning barchasi borgan sari intellektuallashadi, anglanadi, boshqaruvchi
xarakterlarni egallaydi. [Uruntayeva G.A., 1999].
Shunday qilib, biz aniqladikki, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxs
shakllanishi boshlanadi, atrof-muhit va о‘z-о‘zi bilan yangi munosabatlar
о‘rnatiladi. О‘z-о‘zini baholash, mustaqillik, biron-bir muammo haqida о‘z fikriga
ega bо‘lish kabi xususiyatlari namoyon bо‘la boshlaydi. Shaxs rivojlanishning bu
ikki yо‘nalishi bir-biri bilan tо‘qnash keladi, asosiysi, ularning ikkisi ham
rivojlanishi zarur.
Maktabgacha yoshdagi bola axloqiy qoidalar va qiymatlarini о‘zlashtirib
olishi lozim.
О‘yin bolaning asosiy faoliyati hisoblanib, uning yordamida bola о‘zi uchun
zarur bо‘lgan barcha norma va qiymatlarni о‘zlashtirib boradi.
Shuningdek, huddi boshqa muhim faoliyatlarning rivojlanishi kabi
maktabgacha yosh davrida nutq ham intensiv ravishda rivojlanadi.
D.B.Elkoninning [1989] hisoblashicha, bola unga qaratib aytilgan kattalar
nutqini hayotida ilk yoshining ikkinchi qismida tushuna boshlaydi. U talaffuz
qilinadigan sо‘zlar (ularning tovushli tasviri orqali), predmetlar va о‘ziga tegishli
xatti-harakatlari orasida aloqalar о‘rnatadi. Bu aloqalar bola va kattalar bilan
о‘zaro birgalikdagi faoliyatlari orqali, yoki maxsus ta’lim natijasida vujudga
keladi. 9-10 oylikka kelganda ularning miqdori ahamiyatli darajada kо‘payadi.
D.Elkonin [1989], huddi L.Vigotskiy singari, bolada birinchi bosqichda
predmet haqidagi tasavvurning hosil bо‘lishi shunchaki bо‘ladi, ya’ni u predmetni
asl holicha anglamaydi. Masalan soat tushunchasi, bu kichik soat ham, katta devor
soatlari ham, budilnik vazifasini bajaruvchi soat sifatida ham tushuniladi. Shunday
qilib, mustaqil nutqning paydo bо‘lish davridagina birinchi umumlashtirish
malakalari namoyon bо‘ladi, buning asosida oson payqash mumkin bо‘lgan belgi
va alomatlarni ajrata olishi mumkin.
Narsalarni nomlash malakalari jadal ravishda mustahkamlanib boradi, va
nomlangan predmetlar soni ortib boradi. Birinchi navbatda bolani bevosita о‘rab
olgan atrof-muhitdagi narsalarni tushunish о‘zlashtiriladi, keyin esa kattalar ismi
va о‘yinchoqlar nomi, kiyim predmetlar tasviri, va nihoyat tana va yuz qismlarini
nomlash kо‘nikmalari hosil bо‘ladi.
Asta-sekinlik bilan bola ikki yoshga kelib, kattalar tomonidan unga aytilgan
barcha sо‘zlarni tushuna boshlaydi, amalga oshirilgan emas, balki talaffuzda
buyurilgan barcha buyruqlarni bajara oladi.
Aktiv lug‘at boyligini jadal о‘sib borishning ilk muddatlari, kattalarga
aytilgan 2 va 3 sо‘zdan iborat gaplarning paydo bо‘lishi, birinchi navbatda kattalar
va bolalar о‘rtasidagi munosabat xarakteriga, hamda о‘zaro muloqoti orasidagi
xususiyatlarga bog‘liq buladi. Bola bilan kam gaplashilsa, yoki ular xohishistaklarini biron urinishsiz, sо‘zsiz bajarishga shoshilsalar, bola nutqiga katta zarar,
ya’ni nutq rivojlanishining orqada qolishiga sabachi bо‘lib qolinadi.
Kattalar bola gapirishni boshlagandan sо‘ng, u bilan ishlashni tо‘xtatib
qо‘yishgan hollar juda kо‘p kuzatiladi. Biroq kattalar ishtirokisiz, bola nutqi
kambag‘allashadi, va xatolarga boy bо‘ladi. K.Chukovskiy yozishicha: «Agarda
har bir gо‘daklik yoshidagi bola bizning sayyoramizda eng mehnatkash,
zahmatkash, fidoiyligini isbotlash uchun hammaga kо‘rgazmali, aniq-ravshan dalil
talab qilinganda edi, u juda qisqa muddatda о‘z ona tilini, uning barcha ajoyib
shakllaridagi nozik farqlari, turli xil sо‘z yasovchi qо‘shimchalari, sо‘zning
turlanishi yoki tuslanishida о‘zgaradigan tugallanmasining ikir-chikirini
egallashdek qobiliyatga ega ekanligini aniq dalil qilib kо‘rsatib berishimiz mumkin
edi. Bularni egallashda kattalarning bevosita ta’siri ulkan ahamiyatga ega bо‘lsa
ham, men uchun bu bola ruhiy dunyosidagi eng katta mо‘jizalaridan biri bо‘lib
qolaveradi...» [Elkonin D.B., 1999].
Bola nutqining rivojlanishi uchun eng qulay davr, bu 1,5 yoshdan 3
yoshgacha bо‘lgan davrdir. Agar bola shu yoshda qandaydir sabablarga kо‘ra nutq
malakalarini egallay olmasa, u keyinchalik juda katta qiyinchiliklar evaziga
о‘tkazib yuborgan bilimlarni egallashiga tо‘gri keladi. Situativ nutq bosqichida
bola nutqi rivojlanishida kechikish hollari ham kuzatiladi. Sabablar kо‘p, lekin
agar bola sog‘lom bо‘lsa, asosiy sabab ota-onaning vaqtida bola bilan pedagogik
jihatdan shug‘ullanmaganligidir.
Bolani tо‘g‘ri tarbiyalash jarayonida 2 yoshga kelib nutq rivojlanishida
keskin о‘zgarish (yomon tomonga) sodir bо‘lishi mumkin. Bunga sabab bо‘lib,
foydalaniladigan sо‘zlar miqdori kо‘payib borgan sari, ilk 2 va 3 sо‘zli gaplar
paydo bо‘la boshlashidir. [Elkonin D.B., 1989]. Bola turli bahonalarda murojaat
qiladi. bolaning о‘z nutqi uning faoliyatiga aylanib bо‘lgan bо‘lib, kо‘pincha
predmet va о‘yinchoqlarni manipulyatsiya qilish bilan kuzatiladi. Nutq uning
faoliyatlarini boshqaruvchisiga aylanib, ularning asosiy komponenti sifatida
tushuniladi. Kо‘p ma’noli sо‘zlar ikkinchi planga о‘tadi, ular yanada mustahkam,
predmetga nisbiylikdaligi aniq ifodalangan sо‘zlar bilan almashinadi.
Bola 2 va 3-yoshlarga kelib kattalar bilan nutq orqali suhbatlashadi.
Endilikda bu yerda kontekstli nutqqa (bu nutqiy faoliyatni egallashning yuqoriroq
darajasi bо‘lib, gapiruvchi voqelikning ketma-ketligini oldindan bilib turish juda
muhim, ushbu ketma-ketlikni tо‘g‘ri ifodalash uchun kerakli formalarni topa olish,
va voqelikka bо‘lgan о‘z munosabatini aniq bilib turishi lozim) о‘tish kerakligi
maslahat beriladi. [Kulesha, 1989]. Nutq ustida ishlash jarayonida reja asosida,
asta-sekinlik bilan murakkablashtirish lozim, ya’ni savol-javobdan boshlab asta
sekin mustaqil gapirib bera olish darajasigacha olib borish zarur. Bunga ertak
yaqqol misol bо‘lishi mumkin. Maktabgacha yosh davrida quyidagi nutq izohli
nutqni egallashda davom ettiriladi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarda
lug‘at boyligini boyitish jarayoni kechadi. 3 yoshning oxiriga kelib bola 1200 dan
1500 gacha bо‘lgan sо‘z miqdorini egalllaydi.
Dialogik nutq asosida ona tilining grammatik tuzilishini jadal ravishda
о‘zlashtirish amalga oshadi. A.N.Gvozdeva kuzatuvlariga asoslangan holda,
grammatik tuzilishni egallash ikki davrga bо‘linadi.
Birinchi davr – 1 yoshu 3 oylikdan bir yoshu 10 oylikkacha davom etib, bu
davrda amorf о‘zakli sо‘zlardan tuzilgan gaplarga duch kelinib, bular har qanday
holatda о‘zgarmagan holda uchraydi. Bunday davrda ikki bosqich yaqqol namoyon
bо‘ladi: a) bir sо‘zli gap (1 yoshu 3 oy – 1 yoshu 8 oy); b) bir nechta sо‘zdan
tuzilgan gaplar, asosan ikki sо‘zli gaplar.
Ikkinchi davr – 1 yoshu 10 oylikdan 3 yoshgacha. Bu gapning grammatik
tuzilishini о‘zlashtirish davri bо‘lib, grammatik kategoriyalarning shakllanishi va
ularning tashqi kо‘rinishlari bilan bog‘lik bо‘ladi. Oddiy va murakkab gaplarning
jadal yuksalishi namoyon buladi. Ushbu gaplarning gap bо‘laklari tilning sintaksik
vositalarini ifodalaydi. Bundan tashqari bu davr ham о‘z navbatida uch bosqichga
ega: a) ilk shakllarning shakllanishi (1 yoshu 10 oy – 2 yoshu 1 oy); b) sintaksik
aloqalarni ifodalash uchun ona tilining fleksik tizimidan foydalanish (2 yoshu 1 oy
– 2 yoshu 3 oy); v) sintaksik munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladigan
sо‘zlarni egallash. Bola 2 yoshu 6 oyligidan 3 yoshgacha qator bog‘lovchilardan
foydalanish kо‘nikmalarini egallashni boshlaydi.
A.N.Gvozdev tekshiruvlari natijasida, bu yoshda quyidagi bog‘lovchilar
paydo bо‘lishi aniqlandi, bular: va, chunki, ammo, lekin, esa, bilan, faqat, demak,
qayerda, qanday kabilar. 2 yoshga kelib 39 bog‘lovchidan 15 tasigina
о‘zlashtiriladi.
Normada rivojlanib kelayotgan bola, avvalambor kelishik shakllarini
о‘zlashtiradi.
3-3,5 yoshda sо‘z hosil qilish jarayoni ham jadal tarzda kechadi. Bu davrdan
boshlab garchi о‘zlari sezmasalarda, ularning nutqlari sо‘z yasovchi, kichraytirisherkalash, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar yordamida boyib boradi. Ular leksik
tomondan sо‘zlarni notо‘g‘ri ifodalasalar ham, rasmiy jihatdan ular tо‘g‘ri
bajaradilar. (Gvozdev «Ota-о‘g‘il» о‘yinini misol qilib kо‘rsatadi: man
ayiqtoyman, siz esa ayiq).
Nutq va nutq madaniyatini kengaytirish, fonematik eshitish qobiliyati ustida
ish olib borish lozim. Nutq asta-sekin keyingi xatti-harakatlarni rejalashtirishning
muhim shartiga aylanadi. Avval bola о‘z faoliyatlarni ketma-ket talaffuz qiladi,
keyinchalik, bu ichki nutqqa aylanadi.
Ilk bolalik davridayoq nutqni egallash, faol nutq shakllanishi bolaning shu
davrda umumiy psixik rivojlanishiga asos bо‘lib xizmat qiladi. Olib borilgan
tadqiqot ishlar shuni kо‘rsatadiki, normal nutqqa ega bо‘lgan bolalar nutqi tо‘liq
rivojlanmagan tengdoshlaridan elementar umumlashtirish borasida ancha balandda
turadilar. (G.L.Rozenberg-Pupko nutqqa ega bо‘lgan va ega bо‘lmagan bolalarning
predmetlarni umumlashtirishi bо‘yicha quyidagi ma’lumotni bergan (predmet va
miqdorni aniqlash masalasini о‘rtaga qо‘yganimizda; predmet va uning qismi
haqida birdaniga 100 nafar nutqi normada rivojlangan bolalarning hammasi tо‘g‘ri
javob berdi, NTR bolalardan esa faqat 40 nafarga yaqini tо‘g‘ri aytib bera
olishgan)).
4-5 yoshga kelib bolalar о‘z nutqida kasbga oid otlar; mehnat faoliyatini
bildiruvchi fe’llardan foydalanishni boshlaydilar, hamda predmetning qayerda
joylashganligini (chapda, о‘ngda, orasida, yonida) aytib bera oladilar, kechakunduz vaqtlarini ajrata oladilar, insonlarning kayfiyati va holatini xarakterlab
beradilar, predmet qismlari va nomlarini ifodalovchi otlardan; xususiyatlarni
ifodalovchi sifatlarni, hamda eng kо‘p ishlatiladigan fe’l, ravish, va
kо‘makchilardan foydalanadilar.
5-6 yoshga kelib kasblarni nomlaydigan otlar, predmet belgilarini
ifodalovchi sifatlar, odamlarni mehnatga bо‘lgan munosabatini ifodlovchi
ravishlar, odamlarning ish-harakatini bildiruvchi fe’llar, bir xil ma’noga ega
sо‘zlardan foydalanishni boshlaydilar. Ular sifat, ot, fe’l, ravish, qо‘shimchalarni
tо‘g‘ri va о‘z joyida ma’nosiga qarab ishlatishni boshlaydilar.
6-7 yoshga kelib bolalar lug‘at boyligi kengayadi, bular predmetlar,
faoliyatlar, belgilarni ifodlovchi sо‘zlardir. Ular nutqda sinonim, antonim,
umulashtiruvchi otlardan foydalanishadi, ma’nosiga qarab nutqning turli qismlarini
joy-joyida ishlatishadi. [Belobrikina O.A., 1998]
Biz maktabgacha yoshdagi bolaning psixologik xarakteristikasini о‘rganib
chiqib, ular bilan maxsus maktabgacha muassasalarda qanday ish olib borish katta
ahamiyatga ega ekanligini aniqladik. U yoki bu holda, bolalar baribir о‘xshash
psixologik vazitlarga duch keladilar, bu ular bilan yanada savodli va professional
ravishda ish olib borishga kо‘mak beradi.
Shuningdek, biz nutqi normada rivojlanayotgan bolalar nutqining
bosqichma-bosqich rivojlanishini kо‘rib chiqdik. Endilikda NTR bolalar nutqining
rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib о‘tishlari bilan tanishib chiqamiz.
Qachon, va qaysi bosqichda tо‘xtalish yoki orqada qolish kuzatiladi? Albatta
avvalambor, nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning barcha hollarini kо‘rib chiqishimiz
tо‘g‘riroq bо‘lar edi, bularga alaliya, dizartriya va boshqa nutq nuqsonlarga ega
bо‘lgan bolalarni misol qilishimiz mumkin.
Biroq biz nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning umumiy masalalarini kо‘rib
chiqish bilan cheklandik, shuningdek, NTR III darajasidagi bolalarda batafsil
tо‘xtalib о‘tamiz. Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bu bolalar nutqi normada
rivojlangan bolalar bilan kо‘p tomonlama о‘xshash bо‘ladi, faqatgina ular nutq
jarayonida xatolar qiladilar. Ularni normal bolalardan farqlash qiyinroq, shuning
uchun ham biz kо‘pincha ular nutqida paydo bо‘layotgan orqada qolishni
payqamay о‘tkazib yuboramiz.
Nazorat uchun savollar
1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.
2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning
o’ziga xos hususiyatlari.
9-MA’RUZA
Nutqiy patologiya sharoitida nutqning grammatik qurilish
va bog’langan nutqni shakllanishi.
REJA:
1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi.
2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
bog’lanишли nutqni shakllanishi.
3.
Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola
tomonidan til qonuniyatlarini til umumlashmalarini о‘zlashtirish hisoblanadi.
Chunki, til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda
amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar
haddan tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining
yetarlicha rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi.
Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi»
tushunchasi, eshitish va intellekti normada bо‘lgan bolalarda barcha nutq
komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga
nisbatan qо‘llaniladi (keyingi sahifalarda NTR deb ataladi). Nutqi tо‘liq
rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini о‘zlashtirilishining turg‘un
buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan
bо‘ladi, morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi,
natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at
boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada
qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.Vorbyeva, B.Grinshpun,
V.Gluxov, R.Levina, T.Filicheva, G.Chirkina va b.).
Nutq shakllanishidagi о‘zgarishlar, asosan, yuqori ruhiy jarayonlarning
iyerarxik tuzilishidagi rivojlanishning buzilishi sifatida qaraladi. Shuningdek,
sistematik yondashish kо‘rinishi yordamida nutq tizimidagi komponentlarning
holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq
kamchiliklarini tadqiq qilishda nutqning rivojlanishini о‘rganishga izchil
yondashish prinsipi qо‘llaniladi. Bu esa nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni
maktabda о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe,
N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova,
YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi.
Bu ishlarda asosiy e’tibor bolalarning nutqiy talaffuzi, lug‘at tarkibi,
grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida
bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator
masalalarni о‘rganishga qaratilgan.
Bundan tashqari, yana bir qator olimlar bolalar nutqi tо‘liq
rivojlanmaganligining turli yо‘nalishlari psixolingvistika, neyrolingvistka
(V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga
oid S.S.Lyapidskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Grushevskaya, M.Velyakov,
S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan.
Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe,
A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir
tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular
tomonidan bо‘g‘in tuzilishi tartibining о‘zlashtirilishi kabi masalalargina keng
yoritildi.
Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik
tuzilishining о‘ziga xosligi R.YE.Levina, V.K.Orfinskaya, N.N.Traugott,
S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina,
A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy
tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi.
Bu ishlarda nutqning talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishiga,
bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning
mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.
Bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganishga katta hissa
qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels
keyinchalik M.YE.Xvatsev, N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, R.YE.Levina,
L.V.Melexova,
G.V.Matsiyevskaya,
YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov,
S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni
qо‘llash asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning
tuzilish xususiyatlari (fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va
boshqalar) ajratib kо‘rsatilgan. Shuningdek, ularda NTRning turli shakllari
ta’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta’sir
metodikasi ishlab chiqilgan.
Sо‘nggi yillarda bolalardagi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganish
bо‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning о‘z ishlarida muammo
tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari
natijasidir. Bolalar nutqining psixolingvistik aspekti bunday yondashuvning
dastlabkilaridan hisoblanadi va bu YE.F.Sabotovich, V.A.Kovishkov,
B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni
о‘rganishning barcha masalalari hali tо‘liq ochib berilmagan. Biroq
V.K.Ofrinskaya hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari
orasida umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali
masalalar va ziddiyatlar, logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari
yuzasidan NTRga umumiy qarashlar misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini
belgilaydi.
I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik
mexanizmlarni о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining
inertligini, bosh miya pо‘stlog‘i tо‘qimalarining yuqori darajada funksional
zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va
tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasi yetishmasligini aniqlaydi.
NTR bolalarda miyaning elektr faolligini о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakkatepa-ensa sohalarida, peshona-chakka va dominat yarim sharning chekka
shoxlarida biopotensiallarning aniq lokal о‘zgarishlarini belgilab berdi
(L.A.Belogrud, A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova).
V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab
chiqib, til tuzilishining buzilishlari yetakchi kо‘rinishlarining birlamchi va
ikkilamchi shakllarini ajratadi.
S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar
nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot
turkumlarini о‘zlashtirishda, sо‘zdagi о‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir о‘tkazish ana shu nuqson
tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi:
I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish.
II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash.
III. Nutqni umumiy rivojlantirish.
N.N.Traugotning ta’kidlashicha, ruhiy jihatdan sustlik, cheklanish,
tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi.
Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq
kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil
talaffuz qilishning birdaniga pasayishida bolalarning faol lug‘at boyligini
о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning
bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi.
M.Sovak NTR tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga
nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan
mutizm hamda demensiya va shizofreniyada nutqning yо‘qolishi, eshitishning
pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar.
G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi
xususiyatlarini kо‘rsatib о‘tadi. Shunga asoslanib, u о‘qitishning quyidagi
yо‘nalishlarini belgilab beradi:
I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.
II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va
iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.
Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda, fonetik,
fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim
ish sanaladi.
Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning
mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil
qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan
belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va
takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish
qobiliyatlarini rivojlantirish bо‘yicha logopedik yо‘nalishdagi ishlarni shartli
ravishda 5 bosqichga ajratadi:
I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish.
II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil
sо‘zlarni ajrata bilish.
III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish.
IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish.
V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish.
YE.M.Mastyukova nutqning tо‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar
ekan, shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan
taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining
dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli о‘laroq, nutq tо‘liq
rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday
holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning
mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini
ta’kidlab о‘tadi.
K.P.Bekker va M.Sovak nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi holatlarida
biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq
komponentlarni ajratadilar. An’anaviy tarzda nomlanuvchi eshituvchi soqovlik
kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga
xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi.
I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy
faoliyatini tashkil etuvchi struktural tarkibiy qismlar orasida dissatsiatsiya
aniqlangan. Ularning bir xillarida operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi
holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa
yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion
qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan.
Bu muammoga til konsepsiyasida zamonaviy psixolingvistik nuqtai
nazardan yondashish YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, B.M.Grinshpun,
V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan.
L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarni о‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining
о‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan. Mualliflar bunday bolalarda klinik
alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining
kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd
etadilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmaganlik turlicha, ya’ni nutq umuman mavjud
emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bо‘lgan holatlarni
qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning tо‘liq
rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish
lozimligini taklif etishadi:
1. Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar
tuzatiladi, oydinlashtiriladi).
2. Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish.
3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim
asosida bolalar savodga о‘rgatiladi.
Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning
nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida
juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqiy rivojlanishining о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning
lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor,
sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar.
J.V.Antipovaning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqidagi
sо‘zlarning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar tahlil etilgan.
Sо‘zning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar sintagmatik va
paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy
doiraning tashkil etilishi darajasining pastligi, sо‘zni izlash jarayonining
mukammal emasligida namoyon bо‘ladi. Ular leksikasining о‘ziga xosligi,
odatdagidek kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib
bera oladigan sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi
holatlarda kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha
ma’nodagi sо‘zlar bilan almashtirish kabi kamchiliklar sifatida ularda hali
ma’noviy tizimning yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin.
L.F.Spirova neytral leksikadan kelib chiqib, nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan.
Leksik ma’nolarni о‘zlashtirishning kognifikativ yondashuvi T.V.Tumanova
tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha
yoshdagi bolalarda grammatik umumlashtirish shakllanishining о‘ziga xos
jihatlarini aniqladi va sо‘z hosil qilish operatsiyasini о‘zlashtira olmaslikning
asosiy sabablarini asoslab berdi.
YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik
jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga
oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada
shakllanmaganligini aniqlaydi. Muallif buni narsalarni nomlash va harakat
vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar,
shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok
etuvchi paradigmatik va sintagmatik til apparatlarining umumiy tarzda yetarli
rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi.
О‘tgan asrdayoq professor R.YE.Levina nutq buzilishlarining eng murakkab
qо‘rinishlarini tadqiq etgan holda nutqning barcha tomonlari rivojlanmaganligi
bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligini chegaraladi va uni batafsil ta’riflab berdi.
Mazkur toifadagi bolalarda tovushlar talaffuzi va fonemalarni ajratish holatining
buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular nutqida morfema(о‘zak)lar
tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq sо‘z о‘zgartirish va sо‘z
hosil qilish(yasash) kо‘nikmalarining yaxshi rivojlanganligi, lug‘at boyligining
meyorga nisbatan orqada qolishida namoyon bо‘ladi. Tabiiyki, mazkur omillar
bog‘lanishli nutq rivojlanishiga salbiy tasir qо‘rsatadi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech
qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi.
Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar
edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik
qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida
qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U
nutq buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli
yondashuv asosida о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va
oqibatlari, ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi
mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksikgrammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan
kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan.
Har bir darajada nutq komponentlarining rivojlanishini susaytiruvchi
nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga
о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning
buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga
bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga
ega bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq
qiluvchi qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin.
Masalan, “umumiy” sо‘zi bir vaqtning о‘zida “о‘qituvchi”, “о‘qitadi” va shu
sо‘zning boshqa grammatik shakllarini anglatadi.
Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday
jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday
morfemalarsiz tanlashda chiziqli biriktirish” orqali gap tuzish holatlari
(A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap
tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu
gaplar tarkibiga kiruvchi sо‘zlar sonini orttiradi. U, shuningdek, gap tuzish
qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum,
tushunarsiz, farqlanmagan sо‘zlar konturidan meyordagi nutqiy rivojlanishga,
grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez
о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi: “Bunda
e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik
qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning о‘zak qismi mavhum
talaffuz qilinishicha qoladi”.
A.V.Korotkova , YE.N.Drozdova, A.G.Zikeyev , R.I.Lalayeva,
N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54;
78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning
grammatik jihatdan rivojlanishining ikkilamchi orqada qolishi kuzatilishini
ta’kidlab о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning о‘ziga xos xususiyatlari hozirda
ham logopediyaning kam о‘rganilgan jabhalaridan biri sifatida qolmoqda.
Nutqning grammatik jihatdan rivojlanmaslik darajasi nuqtai nazardan mazkur
bolalar kategoriyasi simptomatikasining polimorfligi, variativligi (tilning
morfologik va sintaktik tizimi shakllanishidagi yengil orqada qolishdan to
ekspressiv nutqdagi yaqqol agrammatizmlarda namoyon bо‘luvchi og‘ir
darajasigacha) bilan xarakterlanadi.
Nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda nutqning grammatik jihatdan
shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar
bilan amalga oshadi. Chunki grammatik mazmun leksik ma’no-mazmunga
nisbatan doimo mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til
qoidalari asosida tashkil etiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap
turlarining grammatik shakllari nutqning meyorda rivojlanishida kuzatiladigan
ketma-ketlikdagi singari bosqichma-bosqich rivojlanadi. NTR bolalar nutqni
grammatik jihatdan о‘zlashtirishdagi о‘ziga xos xususiyatlar о‘zlashtirish
sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi hamda rasmiy tilga oid
semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy tajribaning, xususan, faol
nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab
grammatik tizimining empirik tarzda о‘zlashtirilishining zamini bо‘lmish “til
sezgirligi”ning yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur
bolalar
kategoriyasi
tomonidan
grammatik
shakllarni
tushunishdagi
qiyinchiliklarga sabab bо‘ladi.
Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis
qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va
pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda
tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining
buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik
agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi
shundan iboratki, ular morfemalarni ajratishdagi qiyinchilik va ikkilanishlar,
morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan
xatoliklar tarzida belgilanadi. N.S.Jukova, V.A.Kovshikov, L.F.Spirova,
YE.F.Sobatovich, T.B.Filicheva, S.N.Shaxovskaya [54; 68; 105; 102; 118;
132]kabi tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida
gap tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1) kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri
qо‘llash;
2) kelishik va egalik qо‘shimchalarini sonlar bilan notо‘g‘ri qо‘llash
(kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q);
3) ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular
kelyapti(lar);
4) о‘tgan zamondagi fe’l qо‘shimchalarini notо‘g‘ri qо‘llash (daraxt
yiqil(gan)di);
5) tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan).
Amaliy grammatikani egallash jarayonida bolalar nutqida turli-tuman
“okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda
bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar)
ishlatiladi. Umumiy okkazionalizmlar11 meyoriy nutqiy rivojlanish kabi nutq
rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir.
T.N.Ushakovaning [112; 78-b.] fikricha, okkizionalizmlarning asosiy nutqiy
mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni ortiqcha
umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl о‘zgartirish demakdir.
Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy
tendensiyalar: turlanish va tuslanishdagi sо‘z о‘zgarishini umumlashtirishda
kuzatiladi. S.N.Seytlin [130; 6-b.] fikriga kо‘ra, bolaning nutqni о‘zlashtirishda
shakl о‘zgartirishdagi okkazionalizmlarning quyidagi turlarini farqlash mumkin:
- urg‘uli bо‘g‘inni bir xillashtirish, urg‘uni sо‘zdagi ma’lum bir bо‘g‘inda
mustahkamlash. Otning turli shakllarida ham avvalgi sо‘zdagi urg‘u saqlanib
qoladi;
- unlilarni qо‘shish, ketma-ket kelgan unlilarni tushirib qoldirish (salomsalm, bо‘lak-bо‘lk, maktab-makitab);
- sо‘zlarning oxirida kelgan undoshlarni e’tiborga olmaslik;
- qо‘shimchalarning о‘zgarishi, kо‘plik –lar son kategoriyasining о‘rnida
birlik shaklining qо‘llanishi (dо‘st-dо‘stlar, stul-stullar, mushuk-mushuklar,
daraxt-daraxtlar);
- shakl о‘zgarishida suppletivizmlarning yо‘qligi (odam-odamlar, bolabolalar, ot-otlar).
Bunda okkazional qо‘shimchalarni tanlash bir xil grammatik ma’nodagi ot
shakllarining turlanishida paydo bо‘ladi. Kо‘rinadiki, funksional elementlarning
almashtirilib tanlanishi nutqiy vaziyatda doim talab etiladigan funksional
kategoriyalar ostida sodir bо‘ladi. Bola nutqida grammatik shakllar ketmaketligining о‘zlashtirilishi ularning semantik oppozitsiya darajasi bilan belgilanadi.
Agar grammatik shakl asosida aniq, semantik qarama-qarshi qо‘yilgan kognitiv
rivojlanish yotgan bо‘lsa, u oson farqlanadi. Bu esa bolalarning bosh kelishikdagi
birlik va kо‘plik shakllarni farqlash erta о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalariga kо‘ra, okkazional shakllar bilan bog‘liq
agrammatizmlar normal bolalar uchun ham, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar
uchun ham xosdir.
Изоҳ: Сўз ясашдаги оккозионализмлар (лат. occasio – тасодифан) сўз ясаш билан боғлиқ
қонуниятларнинг бузилиши билан боғлиқ янги сўзлар ясалишидир. Термины и понятия: Морфемика.
Словообразование: Словарь-справочник. — Назрань: ООО «Пилигрим». Т.В. Жеребило. 2011.
11
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining xarakterli xususiyatlaridan
yana biri bir vaqtning о‘zida nutq grammatik qurilishining ikki usulini о‘zlashtirish
xususiyatiga ega:
- sо‘zlarni bо‘laklarga ajratmasdan, yaxlit holatda о‘zlashtirish (taqlid qilish
mexanizmi asosida);
- analiz va sintez mexanizmi asosida sо‘zlarni va uni tashkil etuvchi
morfemalarini ajratishni о‘zlashtirish. Bu nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda
ancha sekin kechishi belgilangan.
YE.F.Sobatovich [102] nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni (motoralalik)
ikki guruhga ajratadi: 1-guruh bolalar nutqida gapning chuqur semantik mazmuni
saqlanishi bilan bog‘liq ravishda ularning nutqida tilning morfologik tizimi
buzilishi kuzatiladi. Bu guruhdagi barcha bolalar nutqida chuqur morfologik
agrammatizmlar mavjudligiga qaramasdan, 2-3 sо‘zdan iborat gaplarni tо‘g‘ri
tuzadilar, sо‘zlar orasidagi semantik bog‘liqlik va tartibni tо‘g‘ri ifodalaydilar.
Yuqoridagi misollardan kо‘rinib turibdiki, gaplar tuzilishida tartib saqlangan
bо‘lsa ham, sо‘zlar о‘rtasidagi morfologik kо‘rsatkich, sintaktik aloqa bо‘lmaydi.
Shu tariqa birinchi guruh bolalar nutqida tilning sintaktik va morfologik tizimining
rivojlanish jarayoni о‘rtasida keskin disproporsiya о‘rin egallaydi.
Ikkinchi guruh bolalar nutqida nafaqat tilning morfologik tizimi, balki
gapning sintaktik tuzilishidagi buzilishlar ham kuzatiladi. Bunda gap sintaktik
strukturasining buzilishi kо‘p hollarda gap bо‘laklarining tushirib qoldirilishi
(elmepsis)da, kо‘pincha predikatlarni, sо‘zlarni noodatiy tartibda ifodalash
(inversiya)da aks etadi. Bu hatto gapni takrorlashda ham bо‘ladi. Kо‘p о‘rmonda
bor (bolalar о‘rmonda kо‘p qо‘ziqorin terishdi); sut tо‘kdi (sutni mushuk tо‘kib
qо‘ydi).
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida sintaktik imkoniyatlarning
buzilishini mohiyatiga kо‘ra chuqur sintaktik buzilish hamda yuzaki sintaktik
buzilishga ajratish mumkin.
Nutqda sintaksisning chuqur buzilish darajasini sо‘z birikmalari semantik
komponentlari о‘rtasida (obyektiv, relyativ, atributiv) munosabatlarni
о‘zlashtirishda gap ifoda semantik tizimini tashkil etishdagi qiyinchiliklarda paydo
bо‘ladi. Yuzaki darajadagi buzilish holati sо‘zlar о‘rtasidagi grammatik
bog‘liqlikning buzilishida, gapda sо‘zlarni notо‘g‘ri ketma-ketlik asosida
shakllantirish holatlarida paydo bо‘ladi.
Ba’zan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy vaziyatda dastlab bitta
gapda 3-5ta о‘zgarmagan о‘zak-sо‘zdan foydalanishadi. Keyinchalik, nutqning
rivojlanishi jarayonida ular sо‘z о‘zgartirishni ham egallab oladilar, biroq ular
sо‘zlarni biriktirishni eski usullardan foydalangan holda о‘z fikrlarini ifodalaydilar.
Bolaning tilni о‘zlashtirishi, sо‘z tarkibini tahlil qilish jarayoni gapda
sо‘zlarni joylashtirish “texnikasi” bilan bog‘liq bо‘lib, 3, 5 va undan kechroq
davrlarda kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan, ba’zi hollarda bolalar sо‘z
oxirini grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza oladilar. Sintaksisning boshqa anologik
qurilishida esa tо‘g‘ri sо‘z shakli о‘rniga bola sо‘zning shakllanmagan turini yoki
ularning fragmentlarini qо‘llashini kuzatishimiz mumkin.
Bolalar nutqining shakllanishida gapni grammatik jihatdan tо‘g‘ri yoki
notо‘g‘ri tuzishning uzoq muddat davom etishi nutq dizontogenezining xarakterli
xususiyati hisoblanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar sintaktik konstruksiyalar
bilan sо‘zlarni bog‘lash zarurligi haqidagi bilimlarga ega bо‘lishlariga qaramay,
turg‘un holatda uzoq vaqt sо‘zlarni ma’nosiga mos bо‘lmagan xolda qо‘llaydilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining og‘ir shaklida bolalar uzoq vaqt kelishik
qо‘shimchalarining sintaktik mazmunini о‘zgartira olmaydilar: “bо‘tq ye”, “stul
о‘tir”(bо‘tqani ye, stulga о‘tir).
Bolalar nutqi patologiyasi haqidagi materiallarda shuni kuzatish mumkinki,
bola sо‘zning grammatik tо‘g‘ri shaklini egallash davrida turli leksik va grammatik
til birliklaridan foydalanadi. Shu bilan birga, tanlangan sо‘zning grammatik shakli,
kо‘pincha, umumiy kо‘rinishda shakllangan leksik-grammatik va sintaktik nutq
kо‘rinishiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘langan bо‘ladi.
A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkin, M.N.Krasnogorskiy kabi olimlarning
ta’kidlashlaricha, meyoriy nutqiy rivojlanish sharoitida 5 yoshli bola amalda
morfologiya va sintaksisning asosiy qonunlarini о‘zlashtirgan bо‘ladi. U nafaqat
sodda, balki kо‘pgina murakkab gaplarni ham tо‘g‘ri shakllantiradi.
Ammo nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda boshlang‘ich maktab yoshida (7
yoshda) tilning leksik-grammatik vositasi shakllanganligi sezilarli darajada
meyordan farq qiladi. Ularda tilning grammatik qonunlarini qо‘llash va
о‘zlashtirishda turg‘un buzilishlar kuzatiladi.
Bolalarning faol nutqiy faoliyati rivojlanishining turli darajasida kо‘p qirrali
agrammatizmlarning paydo bо‘lishi xarakterlidir (R.YE.Levina, N.A.Nikashina).
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalardagi impressiv agrammatizmlarning paydo
bо‘lishi G.I.Jarenkova tomonidan tavsiflangan. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar
tomonidan sо‘z shakllari va grammatik qurilmalarning ma’nosini yetarlicha
tushunmaslik faol lug‘atning rivojlanmaganligi, nutqiy malakaning tо‘liq emasligi,
tilning barcha murakkab grammatik tizimi meyoriy egallanishiga tо‘sqinlik
qiluvchi til sezgirligi deb nomlanuvchi qayta ishlashning yо‘qligi oqibatidir.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda agrammatizmlarning paydo bо‘lishi
nafaqat og‘zaki nutqda, balki yozma nutqda ham kuzatiladi. Agrammatizmlar nutqi
tо‘liq rivojlanmaslikning paydo bо‘lishidagi asosiy va turg‘un bо‘lmagan hodisa
hisoblanadi.
A.N.Gvozdevning ta’kidlashicha, ona tilini egallash, turli xil gap turlarini
о‘zlashtirish kо‘rinishida sodir bо‘ladi.
M. Gopnik, M. B.Cragolarning ta’kidlashicha, og‘ir nutq nuqsonlariga ega
bolalar nutqining grammatik jihatini egallashlari sust kechadi, bolalar sо‘z
oxiridagi kо‘plik, zamon tushunchalarini ifodalovchi qо‘shimchalarni kо‘p
xollarda tushirib qoldiradilar. Friedmann va Novogrodsky, Van der Lelylarning
tadqiqotlarida ushbu toifadagi bolalar nutqning sintaksis va semantik tomonlarini
egallashlaridagi qiyinchiliklari belgilangan. Smith-Lockning ilmiy izlanishlarida
og‘ir nutq nuqsonlariga ega bolalar nutqi meyorda rivojlanuvchi bolalarga nisbatan
gaplardagi sо‘zlarni grammatik jihatdan moslashtirish kо‘nikmalarning kech
rivojlanishi bilan xarakterlanishi keltirib о‘tilgan.
Marc E. Fey, Patricia L. Cleave va Steven H. Long tomonidan о‘tqazilgan
tadqiqotlarda mazkur guruh bolalari nutqining grammatik tomonidagi kamchiliklar
taxlil etilib, ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab
о‘tilgan.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda kichik maktab yoshida ham gap
tarkibiga kiruvchi lug‘at boyligi ortishi mumkin, ammo nutqda sо‘zlarni hatto
sodda gaplarda ham bir-biri bilan bog‘lash yetarlicha shakllanmagan bо‘ladi.
Bolalar nutqida asosan hodisalarning ketma-ketligi yoki ularning qaramaqarshi bog‘lanishi ifodalanadi. Buning uchun bolalar rasmda tasvirlangan
hodisalarni tasvirlashda gaplar zanjiridan foydalanishadi.
Sо‘zlarni grammatik kategoriyalariga kо‘ra farqlashda bola turli xil
tuzilishdagi gaplarni о‘zlashtirishda, eng avvalo, tilning leksik tarkibini adekvat
tushunish va qо‘llashga tayanadi. Ammo lug‘at boyligining rivojlanish
kо‘rsatkichi, leksik va grammatik mazmunlarni egallash darajasi sifatida muhim
bо‘lib, gapda sо‘zlarning о‘zaro munosabati va bu munosabatlarni aks ettirish
vositasi majmui sifatida namoyon bо‘ladi.
Sо‘zlarni farqlash va amaliy qо‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ularning
grammatik shakl va sо‘zning gap tarkibidagi grammatik о‘zgarishiga bog‘liq
ravishda normada ancha erta egallanadi. Bola sо‘zlarni juda tez turli shaklda
ifodalash, ularni grammatik kategoriyalari belgilariga kо‘ra qо‘llash va farqlashni
о‘rganadi.
Kо‘pgina olimlar bolalar nutqida avval, ot va fe’llarni aks ettiradi, keyinroq
esa, ularda tilning morfologik tizimi shakllanadi deb ta’kidlaydilar.
Sо‘zlarni gaplarda tо‘g‘ri bog‘lash uchun nutqi tо‘liq rivojlanmagan
о‘quvchilar nafaqat moslashtirish qoidalarini, balki boshqaruvni ham yaxshi
egallashi kerak. Barcha otlar sо‘z birikmasi va gaplarda faqat ma’lum kelishik
qо‘shimchalari va qо‘shimchalarsiz berilishi mumkin.
Sо‘zlar о‘rtasidagi rasmiy sintaksis qurilish usuli an’anaviy lingvistikada
boshqaruv nomini oldi.
Boshqaruv, deyarli doimo ma’lum mazmunni beruvchi vosita hisoblanadi.
Masalan, xat yozmoq, qalam bilan yozmoq yoki akamga yozmoq, turli kelishiklarda
nafaqat bir sо‘z ikkinchisiga “bо‘ysunishi” vositasi bо‘lmay, yangi turli ma’nolarni
hosil qiladi. Shuning uchun boshqaruvchi sо‘zlarni ma’lum ma’noni berishi
yuzasidan kelishik qо‘shimchalari bilan qо‘llash sifatida qarash kerak.
Qо‘shimchalarni notо‘g‘ri qо‘llash, nutqning grammatik jihatdan
qurilishining buzilishi barcha turdagi nutqiy kamchiliklarga xos hisoblanadi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik jihatdan rivojlanish
xususiyatlarini nutq holatini normadagi ma’lumotlar bilan solishtirish natijasida
bolaning nuqsonli nutq fazasini belgilash, til komponentlarining shakllanganlik
darajasini baholash, tashxis qо‘yish hamda ular bilan korreksion-pedagogik
ishlarni tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir.
Demak, yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarni maxsus о‘qitish natijasida ularda til tizimidagi nutqiy munosabatlar
shakllanadi, sodda va ancha keng tarqalgan murakkab gaplar о‘zlashtiriladi.
Maktab yoshiga yetganida esa, о‘z nutqida sodda (4-6 sо‘zli), keng tarqalgan
gaplarni qо‘llashga о‘tadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan о‘quvchilar murakkab
gaplarni nafaqat nutqda qо‘llashga, balki ularni grammatik jihatdan tо‘g‘ri
tuzishga ham о‘rganishadi. Bu esa, nafaqat muloqot qilishning osonlashganini,
balki ularning ona tilini о‘zlashtirib borayotganligidan ham dalolat beradi.
Nazorat uchun savollar.
1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik qurilishini shakllanishi.
2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
bog’lanishli nutqni shakllanishi.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
1-Mavzu: Nutqiy va psixik me’yor va patologiya tushunchasi
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda nutqning normada va patologiyada farqlash tushunchalari
haqidagi bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
4. Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting. “Venn”
diagrammasi asosida (3-ilova)
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Nutq nima? Uning mohiyati nimadan iborat?
2-ilova
Rangli kartochkalar
№ 1. Bolalarda nutqning lug‘at tomonini ontogenez va disontogenezda
rivojlanishi mohiyatini ochib bering.
№ 2. Bolalarda nutqning talaffuz tomonini ontogenez va disontogenezda
rivojlanishi mohiyatini ochib bering.
№ 3. Bolalarda nutqning grammatik tomonini ontogenez va disontogenezda
rivojlanishi mohiyatini ochib bering.
3-ilova
“Venn”diagrammasi
Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Tilni tizimli tuzilishi haqida tushuncha
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarni nutqning anatomik-fiziologik mexanizmi bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash. Analizatorlar faoliyatini
yoritish va “Venn” diagrammasida mustaxkamlash (2-3-ilovalar).
3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Nutq so’zini izoxlab bering.
2. Nutq apparati necha qismdan iborat?
3. Nutq apparati va uning qismlari vazifalarini izohlang.
4. Bola nutqining rivojlanishi uchun qanday sharoitlar bo`lishi kerak?
5. Bola nutqining rivojlanishida ko`rish, eshitishning roli qanday?
2. Amaliy topshiriqlar.
1. Nutq harakat analizatori.
2. Nutq kо‘ruv analizatori.
3. Nutq eshituv analizatori.
( izoh: mazkur topshiriq yozma amaliy ish sifatida yoziladi, bajarilgan ish
taqdimoti o’tkaziladi topshiriladi.)
3. Amaliy topshiriq.
1. Artikulyatsiya apparati organlarining kesimi rasmini chizing. (3-rasmga
qarang). Uning barcha tarkibiy qismlarini rangli qalamlar bilan boyang.
2. Artikulyatsiya organlarining kesimi rasmini chizing. Uning barcha
harakatchan qismlarini bir xil rang bilan bo`yang (guruhlarga vatmanlar taqdim
etiladi)
2.1.-ilova
“Venn”diagrammasi.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Bolalar nutqning rivojlanishini davrlashtirish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda bolalar nutqning rivojlanish xususiyatlari haqidagi bilimlarini
umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
4. G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez
jarayonida bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang. “Venn”
diagrammasi asosida (3-ilova)
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Bola nutqining rivojlanishi necha davrni o‘z ichiga oladi? Uning mohiyati
nimadan iborat?
2. G.L. Rozengrad-Pupko nutq rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi?
3. A.N. Leontev bola nutqining rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi.
2-ilova
Rangli kartochkalar
№ 1. Nutq rivojlanishida tayyorgarlik davrining mohiyatini ochib bering?
№ 2. Nutq rivojlanishida bog‘chagacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting.
№ 3. Nutq rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting.
№ 4. Nutq rivojlanishida maktab davri mazmunini yoriting.
3-ilova
“Venn”diagrammasi.
G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez jarayonida
bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang
6-ilova
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda so’zni tovushli shaklini o’zlashtirish haqidagi bilimlarini
umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
5. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
6. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
7. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Fonematik eshituv- bu…..
2. Fonematik idrok so`ziga ta`rif bering.
3. Nutqiy eshituv so`zini izohlab bering.
4.Nutqni idrok etish qachondan boshlanadi?
5.Fonetik-fonematik buzilish nima?
Amaliy topshiriq
Jadvalni to`ldiring.
Bosqich
Tayyorgarlik (1 yoshgacha)
Maktabgacha (1-3yoshgacha)
Maktabgacha (7 yoshgacha)
Maktab yoshi (7-17)
Ta`rifi
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Bola nutqini leksikasini rivojlanishi
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda bola nutqini leksikasini rivojlanishi haqidagi bilimlarini
umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
8. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
9. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
10.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Leksika bu –davom ettiring.
2. Lug`at boyligini rivojlantirish ma`nosini izohlang.
3. Bola so`zning ma`nosini tushunishi uchun nimalar kerak?
4. MTMlarda lug`at boyligi bilan ishlash nimalarda yo`naltirilgan?
5.Bog`langan nutq ma`nosini izohlang.
6.Monolog so`zining ma`nosi?
7.Dialogik nutqning vazifasi qanday?
Amaliy topshiriq
Jadvalni to`ldiring.
Nutqning tuzilish komponentlari
Iborali nutq
Nutqni tushunish
Lug‘at boyligi.
Nutqning grammatik tuzilishi
Tovushlarning talaffuz
Fonematik idrok
Bog‘langan nutq.
Ta`rif
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish haqidagi
bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
11.Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
12.Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
13.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1. Grammatika so`ziga ta`rif bering.
2. Morfologiya so`zini izohlang
3. Sintaksis qanday ma`noni anglatadi?
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chiziqli shaklda tasvirlang
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda bolalarda bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi haqidagi
bilimlarini umumlashtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
14.Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
15.Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova).
16.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1.Bog`langan nutq ma`nosini izohlang.
2.Monolog so`zining ma`nosi?
3.Dialogik nutqning vazifasi qanday?
Amaliy topshiriq.
Quyidagi jadvalni to`ldiring.
Dialog
Monolog
Davom ettiring.
Vaziyatli nutq
Iborali nutq
___________________________________________
__________________________________________
Nutqni tushunish ____________________________________
Bog`langan nutq ______________________________________
Nutqning grammatik tuzilishi ___________________________________
Mavzu: Umumta’lim maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini
o’rganish va tahlil qilish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarni umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida fonetik
kamchiliklarga ega bolalar nutqini mashg’ulotlarda kuzatish, tahlil etishga
o’rgatish va bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlari bilan tanishtirish
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. Logoped mashg‘ulotini kuzatib, 2-ilovada keltirilgan jadvalni tо‘ldiring.
Yakka tartibda (2-ilova).
3. Ommaviy maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarning tibbiypedagogik hujjatlarini o’rganish va daftarga qayd etish.
1-ilova
“Blits-so’rov” savollari.
1. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasida qanday guruhar mavjud.
2 Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasida fonetik nutq nuqsoniga
ega bolalarni logopunkt royhatiga kiritish tartibi.
3. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasi qoshidagi logopunktda
yuritiladigan bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlarini sanab o’ting.
4. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasi qoshidagi logopunktda ish
faoliyati.
2-ilova
Amaliy topshiriq
Amaliy topshiriq sifatida quyidagi berilgan tahlil varog’i to’ldiriladi.
Mahsus bolalar bog’chasida mashg’ulot tahlilini o’tkazish.
№
Baholash mezonlari
1
Mavzuning kalendar reja va dasturga to’g’ri
kelishi.
Mashg’ulot mavzusining maqsadi va
vazifalarini anik ravshanligi
O’qituvchining fanni bilish darajasi
 Yuqori
 O’rta
 Past
Yangi
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanish darajasi
Defektologning mashg’ulot jarayonidagi
o’zaro munosabati
 Pedagogning xulk atvori
2
3
4
5
Reyting
ko`rsatkichi
Baholang
6
7
8
9
10
 Kamtarligi
 Xushmuomilaligi
 Talabchanligi
 Madaniyatliligi
 O’quvchi dikkatini uziga karata olishi
 Mashg’ulotga e`tiborsiz o’quvchiga
tanbex berish yuli
Kasb maxorati:
 Notiqlik maxorati
 Ma`lumotlarni tushunarli etkazish shakli
Mashg’ulotning uslubiy ta`minlanganligi
( mashg’ulotlik, o’quv qo’llanma, tarqatma
materiallar, rasmlarning mavjudligi)
Mashg’ulotning moddiy texnik ta`minoti.
 Sinf xonasining xolati
 Doska va undan unumli foydalanish
 Ko’rgazmali qurollardan foydalanish
O’tilgan mashg’ulot yuzasidan savol
javoblar muloqoti
Jami
2.1.-ilova
Oliy ta`lim muassasasining nomi
__________________________________________________________________
Fakultet
__________________________________________________________________
Talabaning ismi,sharifi
_________________________________________________________________
Fanning nomi va defektolog-o’qituvchining ismi-sharifi
__________________________________________________________________
Mashg’ulot mavzusi
__________________________________________________________________
Mashg’ulotni olib borish tili ____________ gurux ____ xona ____Sana ______
Mashg’ulotning borishi ______________________________________________
I. Tashkiliy qism____________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
II.O’tilgan mavzuni takrorlash_______________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
III.Yangi mavzu bayoni_____________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
IV.Jismoniy daqiqa_________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
V.O’tilgan mavzuni mustaxkamlash___________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
VI.Uyga vazifa_____________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
VII.Bolalar faoliyatini baxolash va rag’batlantirish______________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
VIII.Mashg’ulotni yakunlash_________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
IX.Mashg’ulotning ijobiy tomonlari
1.______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
2.______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
3.______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
4_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
X.Mashg’ulotdagi kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar:
1_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
2_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
3_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
4_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
III. Taklif va mulohazalar:
1_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
2_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
3_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
4_______________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
Mashg’ulot qatnashchisi
(ismi sharifi, )
_______________imzo
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini
o’rganish va tahlil qilish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarda nutq bog’chasining tuzilishi va ish faoliyati bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. “Qarama-qarshi munosabat” jadvalini tо‘ldiring. Yakka tartibda (2ilova).
3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
4. “Venn” diagrammasi asosida MMTM a MTM faoiyatini yoriting va
daftaringizga qayd eting (3-ilova).
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1.Nutq bog’chalari va undagi logoped ishi haqida nimalarni bilasiz?
2-ilova
“Qarama-qarshi munosabat” jadvali
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalining o’ziga xos jihatlari
Ommaviy bog’chada
Maxsus bog’chada
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
3-ilova
“Venn”diagrammasi.
Ommaviy MTMning ish faoliyati
Maxsus MTMning ish faoliyati
Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli.
Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini
o’rganish va tahlil qilish
Amaliy mashg’uloti maqsadi:
Talabalarni nutq bog’chasining guruhlari hamda logoped ishi bilan
tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari:
1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova).
2. “Klaster” strategiyasi asosida mavzuni yortish. Yakka tartibda (2-ilova).
3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting.
4. “Qarama-qarshi munosabat” jadvali asosida MMTM a MTM logoped ish
faoliyatini yoriting va daftaringizga qayd eting (3-ilova).
1-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1.Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash haqida qanday ma’lumotlarga
egasiz?
2. Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash qaysi tamoil va mezonlar
asosida amalga oshiriladi?
2-ilova
“Klaster” grafik organayzerini tuzish topshirig’i
Maxsus MTM
guruhlari
3-ilova
“Qarama-qarshi munosabat” jadvali
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalining o’ziga xos jihatlari
MTM da (ommaviy) logopedning ish
Maxsus MTM da logopedning ish
faoliyati
faoliyati
1.
1.
2.
2.
3.
3.
4.
4.
5.
5.
6.
6.
MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari bevosita talabalar tomonidan
bajarilib, uning nazorati referat yozish, tanlangan mavzu bо‘yicha ma’ruza qilish,
barcha talabalar ishtirokida о‘zaro savol-javoblar, hamda mustaqil ish mavzularini
talabaning nazariy bilimlarini nazorat qilishning asosiy turlaridan hisoblangan
oraliq baholash savollariga kiritish orqali ham amalga oshirilib, talabalar bilimi
muntazam ravishda joriy baholash orqali amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
 darslik, о‘quv qо‘llanmalar va о‘quv-uslubiy majmua bо‘yicha fan boblari
va mavzularini о‘rganish;
 maxsus adabiyotlar bо‘yicha fan bо‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
fan mavzulari bо‘yicha referat yozish;
 fan mavzulari bо‘yicha ma’ruza qilish;
tanlangan mavzu bо‘yicha о‘zaro savol-javoblar о‘tkazish;
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
1. Nutq faoliyatining norma va patologiyasi.
2. Pereferik nutq apparati tuzilishi.
3. Nutqni neyrofiziologik mexanizmlari
4. Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni
5. Nutqning tug’ma asoslari.
6. Guvrash jarayonining davrlari
7. Bolalar nutqida ona tili tovushlarini paydo bo’lish ketma-ketligi.
8. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar nutqida odatiy fonetik xatolar
9. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning fonetik tomonini shakllanish hususiyatlari.
10. Bolalar lug’at boyligini shakllanishining asosiy bosqichlari
11. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning leksik tomonini shakllanish hususiyatlari.
12. Bolalar tomonidan nutqni morfologik qonuniyatlarini o’zlashtirishi
13. Ontogenezda so’z hosil qilish mexanizmlarini shakllanishi
14. Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarini shakllanishi
15. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik qurilishni shakllanish hususiyatlari.
16. Ontogenezda bog’langan nutqni shakllanishining asosiy bosqichlari
17. J.Piaje J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik konsepsiyasi.
18. L.S.Vigotskiy tadqiqotlarida ichki nutq konsepsiyasi.
19. Kontekstli nutq hususiyatlari.
20. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
bog’langan nutqni shakllanishi hususiyatlari.
21. Pereferik nutq apparati tuzilishi.
22. Bola nutqini rivojlanishida biologik va sotsial faktorlarning roli.
Glossariy
Faol lug‘at- gapiruvchi ushbu tilda nafatqat tushunadigan, balki faol
kо‘llaydigan sо‘zlar.
Akustik-eshituvli.
Alaliya- meyordagi eshituv va saqlangan intellektda bosh miya yarim
sharlarining tug‘ruq trvamalari, bolani nutqgacha bо‘lgan davrda boshidan
о‘kazgan bosh miya kasalliklari yoki jaraohatlari oqbatida nutqning tо‘g‘iq
rivojlanmaganligi yoki yо‘qligi. Alaliyaning motor( nutqning ekspressiv tomonini
buzilishi) va sensor(nutqni tushunishning buzilishi) shakllari farqlanadi.
Alveolali undoshlar-til uchini yuqori tish ildizlaridagi alveolalarga bosib
hosil qilinadigan til oldi undoshlari.
Ambidekstriya- о‘ng va chap qо‘llarni birdek boshqara olish malkasi.
Amimiya-yuz muskullarining parezlari, paralichlari yoki yuz muskullari
harkatlari koordinatsiyalarining markaziy nevr tizimining turli kasalliklari ,
falajlanish oqibatida yuz muskullarining ifodalliligining pasayishi yoki yо‘qligi.
Amneziya- xotra buzilishi bо‘lib,bunda odam avval shakllangan tasavvur va
tushanchalarni ifodalab bera olmaydi.Amneziyaning ikkita asosiy shakllari
farqlanadi:
1) Retrograd(jaholatparast) amneziY. Bunda kasallik ( travmalar) oqibatida
xotira buzilishi kuztiladi, bu holatda kasallikkacha bо‘lgan bir necha soat oldin
sodir bо‘lgan voqealar , ba’zan kasallikka bо‘lgan bir yildagi voqealar esdan
chiqib ketadi.
Analizatorlar-murakkab nerv mexanizmlari bо‘lib, hayvonlar va inson
organizmi ichki va tashqi muhitdan qabul qilinadigan qо‘zg‘atuvchilarni nozik
tahlilini ta’minlaydi. Har bir analizator quyidagilardan tashkil topgan:
1) qо‘zg‘alishni qabul qiluvchi soha- retseptordan;
2) retseptorlarda paydo bо‘lgan qо‘zg‘alishlarni orqali oliy nerv tizimiga
yetkazib beruvchi о‘tkazuvchi yо‘llar(afferent) va yuqori markazlardan quyi
darajadagi analizatorlarga impulslarni yetkazib beruvchi efferent yо‘llardan;
3) bosh miyaning aks ettiruvchi maydonlaridan.
Analizatorlarga barcha sezgi organlari (kо‘rish, eshitish, ta’m bilish, teri
tuyish, hid bilish), shuningdek, ichki organlar va muskullarda joylashgan maxsus
retseptorlar.
Anamnez- bemorning uning hayoti, kasallikni rivojlanish tarixi haqidagi
ma’lumotlari bо‘lib, tashxis qо‘yish va zarur davolash choralarini belgilash uchun
zarur bо‘ladi.
Anartriya- dizartriyaning og‘ir shakli bо‘lib, bunda nutq harakat
muskullarining falajlanganligi, artikulyatsiya tizimining kesikn buzilishlariga
kо‘ra , deyarli nutqning umuman yо‘qligi.
Anomaliya-organizm va uning qismalari faoliyatlarini meyordan patologik
chetga chiqishi.
Antitsipatsiya- oldingi tovushlarni keyingisi bilan almashtirilishi.
Apraksiya- maqsadaga qaratilagan harakatlar va faoliyatlarning bosh miya
qobig‘ining jaraohatlanishi oqibatida buzilishi.
Apraksiyali bemor qо‘lini
harakatlantira oladi, ammo, maqsadga qaratilagan faoliyatni bajara olmaydi(
kо‘rsatma asosida qо‘lini kо‘tara olmaydi, tugmalarini qaday olmaydi va hakozo).
Apraksiyaning quyidagi asosiy turlari farqlanadi:
1) kinestetik- kinestetik analiz va sintez buzilishi kо‘rinishida zarur harakatlar
tо‘plamini buzilishi;
2) fazoviy ( konstruktiv)- harakat aktlarini kо‘ruv-fazoviy tashkil etishning
buzilishi;
3) kinetik ( dinamik)- turli harakat kо‘nikmalari asosida yotuvchi ketma- ket
bajariladigan
harakat
akatlarni
bajarishining
qiyinlashuvi,
harakat
perservatsiyalarininng yuzaga kelishi;
4) “ peshona” boshqaruvchi- berilgan dasturga bо‘ysunishni buzilishi.
Artikulyatsion fazalar- tovush artikulyatsiyasining uchta qismi: pristup(
eskursiya),ushlab turish( о‘rtacha qism), boshidan boshlash (rekursiY.)
Artikulyatsiya- berilgan tovush, bо‘g‘inlar va sо‘zlarni tashkil etuvchi,
artikulyatsion fazalardan о‘tgan tovushlar kompleksini talaffuz qilish uchun zarur
nutq organlarining faoliyati, holati va harakati.
Astenik – kuchsiz, bо‘sh, zaif. Astenik sindrom-nerv- psixologik holatining
zaifligi, nerv jarayonlari tonusining buzilishi.
Asteniya- nerv jarayonlarining qattiq charchashida namoyon bо‘luvchi
nervli- psixologik zaiflik, qо‘zg‘aluvchanlik, ishchanlik qobiliyatining va barcha
psixik faollik shakllarining pasayshishi. Asteniya bolalarda boshidan о‘tkazgan (
yuqumli) kasalliklari va miyaning jarohatlanishi natijasida paydo bо‘ladi.
Astereognoz- taktil sezgirlik saqlangan holda predmetlarni paypaslabbilish
qobiliyatining buzidishidir;bosh miya qobig‘iningdominant yarimsharlarini
ikkilamchi jarohatlanishida kuzatiladi.
Asfiksiya- homilaning yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas olish
markazini qо‘zg‘aluvchanligini yо‘qotishi yoki pasayishi oqibatida nafas ololmay
qolishi oqibatida bо‘g‘ilib qolishi.
Tovushlar atakasi-ovoz hosil bо‘lishida ovoz boylamlari faoliyatini kо‘rish
usuli. Qattiq, yumshoq, nafasli tovushlar atakasi farqlanadi.
Ataksiya- harakat yо‘nalishi, kо‘lami, aniqligi tempini nomutanosibligida
paydo bо‘luvchi harakati koordinatsiyasi, bо‘ysunuvchanligining buzilishi. Bu
miyachaning vestibulyar labirinti va chuqur sezuvchanliu yо‘llarini
jarohatlanishida paydo bо‘ladi.
Atrofiya- qaysidir sezgi, xususiyatni yо‘qotilishi, о‘tmaslashib qolishi.
Atrofiyada a’zo tо‘qimalarni kichrayishi hisobiga kichrayib qoladi. Patologik
atrofiya tо‘qimalarni oziqlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan turli xil omillar
natijasida paydo bо‘ladi.
Audiogramma-maxsus audiometr asbobi yordamida eshitishni tekshirishdan
olingan ma’lumotlarni maxsus jadvaldagi grafik tasviri.
Audiometriya- eshitish о‘tkirligini tekshirish.
Autizm- psixik holatning kasalligi bо‘lib, tashqi dunyodan tashqaridaligi,
о‘zining
ichki
dunyosi,
о‘zining
ichki
kechinmalari
bilan
chegaralangan.Autimzmda kо‘pincha, hozir bо‘layotgan vaqea- hodisalar о‘tib
ketgan hodisalar bilan, haqiqiysi- fantaziya bilan aralashtiriladi.Autizmli bolalarda
hulq –atvorning buzilishlari, fantaziyalar, о‘yinlardagi faollikning pastligida
yaqqol namoyon bо‘ladi. Bolalar hafa, о‘zi- bilan о‘zi bо‘lib qoladi, tengdoshlari
va kattalar bilan muloqotchanligi yо‘qoladi, nutqiy ikloqot kamyib ketadi. Ba’zan
bolalar nutqdan foydalanmay qо‘yishadi (mutizm), atrofdagilar nutqiga ta’sir
kо‘rsatishmaydi.
Autogen mashqlar-davolashning psixoterapevtik metodi bо‘lib, bemorlar
muskullarini bо‘shashtirish, о‘z- о‘ziga ishontirishga о‘rgatish, diqqatni
turg‘unligini va tasavvur kuchini, ixtiyorsiz aqliy faollikni subyekt faoliyatini
ahamiyatini, samaradorligini oshirish maqsadida rivojlantirishdir. Ikki xil autogen
mashqlar farqlanadi:
1) relaksatsiya, tanani og‘irligini, sovuqni sezishga о‘rgatish bо‘lib, bu
vegetativ faoliyatlarni boshqarishdan dalolat beradi;
2) turli darajadagi gipnoz holatlarini yaratish.
Afaziya- bosh miya tramvmalari natijasida ( qon- tomir kasalliklari, insult,
miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari- ensefalit, abssesslarda) nutq
о‘choqlarini jarohatlanishi natijasida nutqni tо‘liq yoki qisman yо‘qolishi. Afaziya
о‘zida nutq faoliyatining turli xil tizimli buzilishlarini aks ettiradi, u nutqning
fonematik , morfologik,semantik tuzilishini buzilishida shuningdek, nutq apparati
harakatlarining saqlangan holda nutqni tushuninshning buzilishi kо‘rinishlarida
namoyon bо‘ladi. Quyidagi afaziya turlari farqlanadi:
1) Afferent afaziya- sо‘zlarni talaffuzining buzilishi, bir tovushni boshqasi
bilan almashtirilishi, mustaqil yozish va diktovka asosida yozishning buzilishi;
2) Efferent motor afaziya- nutq aktlarining kinetik buzilishi, nutqiy
stereotiplarning turg‘unligi sababli bir
sо‘zdan ikkinchisiga о‘tishdagi
qiyinchiliklar;
3) sensor afaziya- eshitiuv о‘tkirligi saqlangan holda idrok etilayotgan barcha
tovushlarning buzilishi; og‘zaki nutqni tushunnishdagi qiyinchiliklar, diktovka
asosida yozishda nutq toushlarini akustik tahliliga muhtoj bо‘ladilar, kо‘chirib
yozish, о‘qishda esa bunga muhtojlik sezishmaydilar;
4) akustik- mexanik afaziya- nutq eshitiuv xotirasining atrofdagilar nutqini
tushunishdagi qiyinchiliklar kо‘rinishida buzilishi,predmetlar nomi va ularning
tasvirini, sо‘zlar ka kichik iboralarni esdan chiqarilishi;
5) semantik afaziya- alohida mantiqiy grammatik qurilmalarni buzilishi(
dadamning ukasi, dadamning ukasining akasi, yozdan oldin bahor keladi kabi),
sanoqningbuzilishi, fazoviy tafakkurning buzilishi qо‘shilib keladi;
6) dinamik afaziya- nutqiy ifodani ketma- ketligini buzilishi nutqni
rejalashtirishni buzilishi kо‘rinishida namoyon bо‘lib, bog‘langan og‘zaki nutqni
buzilishida va yozma nutqda faoliyatlarni bildiruvchi sо‘zlarni faollashtrishdagi
qiyinchiliklar kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Affekt- emotsional holatninng bir turi bо‘lib, bu kuchli, qisqa muddatli,
keskin kechivchi hissiyotlardir.
Afferentli- markazga boruvchi, uzatuvchi.
Afoniya- shivirlagan nutq saqlangan holda jaranglagan ovozning yо‘qligi.
Bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida,
shamollashlarda, bо‘g‘iz
muskullarining falajlanishida, bо‘g‘iz о‘smalarida kuzatiladi. Ovoz boylalaridagi
о‘zgarishlarda ( sohta yoki bо‘g‘izli afaoniya), shuningdek, turli isterika va
nevrozlarda( funksional yoki isterik afoniya) kuzatiladi. Afoniyaning bevosita
sababi ovoz boylamlarining birikmasligi yoki tо‘liq birikishi bо‘lib, uning
oqibatida ovoz chiqarish vaqtida havo oqimining siqilib chiqishidir.
Affrikat- qorishiq undosh tovush. Bunda talaffuziga kо‘ra о‘xshash
tovushlar birgalikda kо‘shimlib, qorishib talaffuz qilinadi.
Battarizm- nutq tempining patologik tezlashuvi, taxilaliyaning bir kо‘rinishi.
Battarizmda nutqiy nafas buzilgan, sо‘zlar haddan tashqari tez tempda talaffuz
qilinib, noaniq, oxirigacha aytilmasdan “ yeb qо‘yiladi”,nutq tushunarsiz.
Kо‘pincha battarizmdagi fonematik kamchiliklarga uning sintaksisi, fikralarni
ketma-ket bayon qilinishining buzilishi ham qо‘shilib keladi. Battarizm- umumiy
darajadagi yuqori qо‘zg‘alish hodisalaridan biri bо‘lib, u kо‘pincha nevropat
bolalarda uchraydi.
Bradikineziya-harakatlarning umumiy sustlashuvi.
Bradilaliya- nutqning patologik sekinlashuvi bо‘lib, bunda unlilar chо‘zilib,
sust, noaniq talaffuz qilinadi. Sinonimi- bradifraziY. Battarizm о‘zida nerv
jarayonlarini sekinlashishini, umumiy bо‘shlikni, tormozlanishni aks ettiradi.
Bilingvizm- ikki tillilik.
Broka markazi- bosh miyaning chap peshona qismida joylashgan nutq
harakat markazi. Broka markazi jarahatlanganda odam sо‘zlarni talaffuz qiloa
olmaydi ( motor alaliya va afaziya). Nutqni motor faoliyatini boshqarishda bu
markazdan tashqari yana boshqa maydonlar ham ishtirok etadi( motor oldi va
boshq).
Harf- Ma’lum bir tilni alifbosi tarkibidagi grafik belgilar bо‘lib, tovushlarni
yozuvda va ularni turli – tumanligini ifodalashga xizmat qiladi. Birtta harf
turlicha tovushlarni anglatishi mumkin. Boshqa tomondan bitta tovush turli harflar
bilan ifodalanishi mumkin. Bitta harf ikkita tovushni anglatishi mumkin ( rus
tilida:ya, ye,yu ). Rus tilida yana tovush anglatmaydigan harflar ham mavjud: ь,’.
Bulbar falajlik- uzunchoq miyaning kassaliklaridagi klininik hodisa.
Uzunchoq miyadagi peshona- miya nervlari- til- yutqun, sayyor, til osti
nervlarining jarohatlanishida kuzatiladi. Kо‘pincha yuz va uch boshli nervlar ham
jarohatlangan bо‘ladi.
Bulbar falajlik til, lab, yutqun,ovoz boylamlari
muskullarining periferik falajlanishi bilan xarakterlanadi va yutishning buzilishidisfagiya kuzatiladi. Bulbar falajlikda odatda artikulyatsiya buzilishlari kuzatiladi(
dizartriya): nutq tuzunarsiz, burunli ottenka bilan chiqadi. Ba’zan og‘zaki nutq
imkonsiz (yо‘q) bо‘ladi.
Kundalik lug‘at- har kuni qо‘llaniladigan sо‘zlar, predmetlar, hodisalarning
nomlari, bizni о‘rab turgan muhit, an’analar, odatlar va boshqalar nomlari.
Velyar tovushlar- til orqa tovushlari (k, g, x)
Verbal- sо‘zli yoki nutqli.
Vernike markazi- bosh mb, miyaning ensa qismida joylashgan bо‘lib,
nuqtni idrok qilish markazi hisoblanadi. Agarda odamda bu markaz jarohatlansa,
inson nutq tovushlarini eshitadi, ammo, bu sо‘zlarni ma’nosini idrok etish
qobiliyatini yо‘qotadi ( sensor alaliya va afaziya).
Portlovchi undoshlar-bu undoshlar talaffuz qiliganda tovushlar portlab
chiqadi. Sinonimlari: bir muddatli, ekspoziv, portlovchi undoshlar.
Vibrant- titrovchi undosh.
Tashqi nutq- о‘z nomi bilan tashqi, tovushli, ovozli ifodaga ega bо‘lgan
nutq.
Diqqat- bir vaqtda boshqalardan farqli, bitta predmet yoki hodisaga
yо‘naltirilgan psixik hodisa. Diqqatning fiziologik asosi- bosh miyaning boshqa
о‘choqlaridan u yoki bu darajada ustunlik qiluvchi qо‘zg‘alish о‘chog‘i (nerv
jarayonlarining manfiy induksiyalari qonuni). Diqqat ixtiyoriy va ixtiyorsiz
bо‘ladi. Diqqatning oddiy va sodda shakllridan biri insonning hech bir maxsus
istaklarisiz paydo bо‘luvchi diqqat, mо‘ljal oluvchi refleksdir. Ixtiyoriy diqqatda
inson о‘z oldiga ma’lum bir obyektga e’tiborini qaratishni maqsad qilib qо‘yadi.
Ichki nutq-yopiq, tovushlarsiz nutq, haqiqiy muloqotni amalga oshirish uchun
tilning turli xil shakllaridan Ichki nutqning asosiy uch xil turi farqlanadi:
1) ichki sо‘zlashish“ichida gapirish”;
tashqi nutqning tuzilishi saqlangan, ammo ovozsiz,
2) о‘zining ichki nutqi, u tafakkurning ifoda vositasi sifatida yuzaga
chiqqanida maxsus birliklar bilan qо‘llaniladi( obrazli kodlar va sxemalar,
predmetli kod, predmetli mazmun) va о‘ziga xos tizim, tashqi nutqdan a’lo tizimga
ega bо‘ladi;
3) ichki dasturlar,
nutqiy ifoda va uning mazmanini maxsus ma’noviy
birliklarini shakllantirish va mustahkamlash.
Ishontirish- anglash va tanqidiylikni pasayishi bilan bog‘liq ravishda
insonlarning psixologik sohasiga ta’sir etish jarayoni, ishontirilayotgan narsani
idrok etish va amalga oshirishda subyektning avvalgi malakalari va hozirgi
holati bilan solishtirish, uni faol maqsadli tushunish, maktiqiy tahlil qilish va
baholash mavjud bо‘lmaydi. Ishontirish turli sezgi organlari orqali asosan,
eshitish va kshrish analizatorlari orqali amalga oshirriladi. Ishontirish tibbiyotda
bemorning ruhiy va somatik holatini tuzatishda, shuningdek, duduqlanuvchi
о‘smirlar va kattalarda duduqlanishni barataraf etishga kompleks yondoshuvda
keng qо‘llaniladi.
Idrok- Psixologik jarayon bо‘lib, obyektiv olamdagi predmetlar va
hodisalarni turli qismlari va xususiyatlari majmuyi bilan hozirgi vaqtda faoliyat
kо‘rsatayotgan sezgi organi bilan aks ettirishdir. Sezish, his qilish jarayonlari
bilan birshga idrok bevosita atrof olamda hissiy mо‘ljal olishni ta’minlaydi.
Diqqat, xotira, taffakkur bilan bog‘liq.
Ifodalash- xotira jarayonlaridan biri.
Eski xotiralar, hissiyotlar,
kechinmalar,nutqiy materillar, harakatlarni jonlantirishda ishtirok etadi, natijada
avval sodir bо‘lgan tizim faollashib, ularni voqelikda aks ettirishda inson ongida
paydo bо‘ladi.
Yuqori ton- vaqt birligida ovoz boylamlarining tebranish chastotasiga
bog‘liq ovoz sifati: tebranishlar qancha kо‘p bо‘lsa, shuncha ovoz kо‘p bо‘ladi,
tebranishlar qancha kam bо‘lsa, ovoz shuncha past bо‘ladi.
Oliy nerv faoliyati- bosh miya katta yarim sharlari va unga yaqin qobiq osti
bо‘limlarning faoliyati, ular butun organizmni ichki va tashqi olam bilan
murakkab munosabatlarini meyorda kechishini va vaqtga bog‘liq ravishda qayta
ishlash va tormozlash asosida
muntanosiblashuvini ta’minlaydi.
organizmni tashqi olam sharoitlari bilan
Gemiplegiya- tananing bir tomonini falajlanishi.
bо‘lmagan darajasi gemiparez deb ataladi.
Gemiplegiyaning tо‘liq
Genezis- kelib chiqishi.
Nutq mashqlari- logoped kо‘rsatmalari bо‘yicha nutq a’zolari uchun
belgilangan mashqlar tizimi.
Giperakuziyapast, atrofdagilar uchun ahamiyatsiz
sezgirlikning yuqoriligi. Sensor buzilishlarda kuzatiladi.
tovushlarga
Giperkinez-haddan tashqari ixtiyorsiz harakatlar, bosh miya qobiq ostida
paydo bо‘ladigan, bosh miya qobig‘ining organik va funsional buzilishlarida paydo
bо‘ladigan keng qamrovli harakat buzilishlari. Harakat buzilishlari xarakteriga
kо‘ra quyidagi buzilishlar farqlanadi:
1 ) atetozqо‘llarning, barmoqlarning va yuz muskullarining
jimjimador, chuvalchangsifat harakatlari;
sekin,
2) torzion distoniya- atetozga yaqin harakatlar, ammo, tana muskullarini
ham qamrab oladi, odatda yotgan holatda ular yо‘qoladi;
3) xoreik giperkinez- muskullar tonusi pasayganda tananing turli qismlarida
paydo bо‘luvchi bosimsiz, ritmsiz, tartibsiz, tarqalgan, tez harakatlar;
4) miokloniya- alohida yoki bir guruh muskullarning
qmsqarishi;
tez, tо‘lqinli klonik
5) muskullarni pir- pir uchishi- tez, ixtiyorsiz stereotip takrorlanuvchi
harakatlar ma’lum guruh musullarda, kо‘pincha yuz muskullarida , kamroq
bо‘yin, yelka qismida kuzatiladi( kо‘pincha kо‘z qovoqlarini uchishi, kо‘zlarni
ochib –yumilishi, qoshlarni yuqoriga kо‘tarilishi, yelkani yuqoriga kо‘tarilishi va
hakozo); muskullarni pir- pir uchishi ixtiyoriy harakatlarni buzmaydi;
6) titrash ( tremor) - butun tana yoi tananing bir qismini qamrab olgan
majburiy tebranishli harakatlar.
Gipoakuziya- eshitish о‘tkirligining pasayishi.
Gipnoz- ongning qisqa muddatli holati bо‘lib, uning kо‘lami va mazmuni
ishontirish mazmunini xarakterlaydi, bu faoliyatlarni idividual boshqarish va о‘z о‘zini boshqarish orqali о‘zgatiradi Gipnozchining maxsus ta’siri ostida yuzaga
keladiga holat.
Unli tovushlar- og‘iz bо‘shlig‘idan havo oqimini erkin о‘tishi bilan, deyarli
hech qanday shovqinlarsiz hosil bо‘ladigan tovushlar. Ularni guruhlashda
artikulyatsiyaning quyidagi holatlari asos qilib olinadi: tilning kо‘tarilish darajasi,
uni kо‘tarilish joyi ( tilning gorizonatal yoki vertikal holatiga kо‘ra),lablarning
ishtirokigiga kо‘ra.
Kar-soqovlik- eshitishning chuqur buzilishi yoki yо‘qligi va shu bilan
bog‘liq nutqning yо‘qligi.
Burunlanish- nutq tovushlari va ovozni noxush burunli ohang bilan aytilishi.
Ovoz- artikulyatsion apparat orqali uzatiladigan turli xil balandlikda, kuchda
va tembrdagi tovushlar majmui. Ovoz- nutq komponentlaridan biri hisoblanadi.
Nafas va artikulyatsiya orqali mazmunni ( sо‘zlarni) tashqi ifodalashga xizmat
qiladi va bosh miya qobig‘i orvali nazorat qilinadi.
Lab –tish undoshlari- pastki labni yuqori lab bilan yaqinlashishi natijasida
hosil bо‘ladigan undoshlar.
Grafema- shu tilning yozuv variantiga kiruvchi asosiy tizimli birlik;
fonemalarni yozuvda harflar bilan ifodalash.
Gu-gulash- bolaning hayotini birinchi 2-3 oyligida ovoz reaksiyalari, ilk
guvranish bosqichlari.
Daktilologiya- kar- soqov odamlarni о‘zaro va atrofdagi boshfa odamlar
bilan muloqot qilishiga xizmat qiluvchi qо‘l alifbosi. Daktil belgilar harflar о‘rnini
bosadi, chiziladigan belgilar bosma yoki qо‘l yozma shriftdagi harflarni bildiradi.
Ikki tillilik-ikki tilni birdek о‘zlashtirish.
Debillik- oligofreniyaning ancha yengil darajasi bо‘lib, bunda bolar nutq,
elementar yozuv qv hisob kо‘nikmalarini , keyinchali yordamchi maktab
dasturidagi barcha fanlarni egllay oladilar; jamoat, foydali mehnatga moslasha
oladilar, murakkab bо‘lmagan kasblarni egallay oladilar va buning oqibatida
о‘zlari mustaqil hayot kechira oladilar.
Demensiya- aqli zaiflik, bilish faoliyatlari, tanqid va xotraning turg‘un
pasayishi, hissiyotlarning qо‘polloshishi. Oligofreniyadan farqli о‘laroq, bunda
smya faoliyatining buzilishi bolaning meyorda rivojlangan davrdan keyin, bir qator
sababalar( shizofreniya, epilepsiya, miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari,
travmalari) oqibatida paydo bо‘ladi. Demensiyadagi intellektual nuqson tabiatiga
kо‘ra orqaga qaytmaydi.
Defekt- bolaning meyoriy rivojlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan
jismoniy yoki psixik nuqsonlar . Asosiy nuqson turlari: kо‘rish,eshitish, harakat
buzilishlari, psixika va nutq buzilishlari.
Deontologiya- pedagogik etika, estetika, hulq- atvor haqidagi fan bо‘lib,
xususan logoped sifatida logopatlar, ularning qarindoshlari, ishdagi hamkasblari
bilan qanday munosabat о‘rnatishni о‘rganish.
Deprivatsiya- asosiy ehtiyojlarni yetarlicha qondirilmasligi.
DekompensatsiyaDefektologiya- jismoniy va psixik kamchiliklarga ega bolalar rivojlanishi,
ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlari haqidagi fan. Defektologiya quyidagi mustaqil
sohalarga bо‘linadi: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va
logopediY.
Didaktik material- о‘quv kо‘rgazmalari turi.
Dizartriya- nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi oqibatida
nutqning talaffuz tomonidan buzilishi. Bunda artikulyatsiyaning buzilishi,
nutqning motor faoliyatida ishtirok etuvchi muskullardagi parezlar, tortishishlar,
giperkinezlar yoki mushaklar ataksiyasi sababli nutqda undosh tovushlarni talaffuz
qilish qiyinlashadi. Nutq tushunarsiz, noanik yoki chо‘zilgan, sekinlashagan,
uzulishli bо‘ladi . Dizartriya jarohatlanish о‘chog‘iga qarab farqlanadi: bulbar,
psevdobulbar, ekstrapiramidali, miyachali, qobiq osti.
Dinamik sterotip- shartli va shartsiz reflekslarning turg‘un tizimiga tegishli.
Disgrafiya- yozuv jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi.
Yozuv
grammatik qoidalarni bilishiga bog‘liq bо‘lmagan turg‘un, qо‘pol va о‘ziga xos
xatoliklar bilan amalag oshiriladi.
Quyidagi tur disgrafilar farqlanadi:
artikulyator- akustik, fonematik idrokni buzilishi bilan bog‘liq, til analizi va sintezi
buzilishi asosida kelib chiqadigan, agrammatik va optik disgrafiyalar. Disgrafiya
odatda og‘zaki nutq buzilishlari bilan qо‘shilib keladi( alaliya, afaziya,dizartriya,
dislaliya) , shuningdek, eshitish nuqsonlarida, oligofreniyada kuzatiladi, ammo,
о‘zi mustaqil ham paydo bо‘lishi mumkin.
Dislaliya- nutq apparati innervatsiyasi va eshituv saqlangan holda tovushlar
talaffuzining buzilishi. Kelib chiqish sabablariga kо‘ra funksional va mexanik (
organik) dislaliya farqlanadi.
Disleksiya- О‘qish jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi. Disleksiyada
о‘qishda kо‘pincha fonetik jihatdan bir- biriga о‘xshash tovushlarni almashtirlishi
va qorishtirilishi kuzatiladi. Shuningdek, grammatik jihatdan о‘xshash harflar ham
almashtiriladi,
sо‘zlarning tovush- bо‘g‘in tarkibi buziladi, agrammatizm,
о‘qiganlarini tushunishni buzilishi kuzatiladi.
Quyidagi tur disleksiyalar
farqlanadi: fonematik, semantik, agrammatik, mnestik, optik, taktil. Disleksiya
asosidda asosan og‘zaki nutqning buzilishi yotib, u lug‘atining
kambag‘alligida,nutqning grammatik qurilishini buzilishida, shuningdek,
fonematik idrokning buzilishi va tovushlar talaffuzining buzilishida namoyon
bо‘ladi.
Disfoniya- bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida ovoz buzilishi.
Disfoniyada ovoz saqlanib qoladi, ammo tо‘laqonli bо‘lmaydi, ovoz sust,
xirillagan, titroqli, uzulishli bо‘ladi.
Diksiya- sо‘zlarni aniq, tushunarli, ifodali talaffuz qilinishi.
Tovushlar differensiatsiyasi- tovushlar talaffuzini tarbiyalash bо‘yicha
korreksion ish bosqichi bо‘lib, bu bosqichda logopetlarda о‘rganilayotgan tovushni
talaffuziga va hosil bо‘lish о‘rniga kо‘ra yaqin tovushlardan farqlash malakasini
rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.
Ta’limning tushunarliligi- didaktik tamoyil bо‘lib, bunda ta’lim
о‘quvchilarning tayyorgarlik darajjasi , ularning yoо‘i, individual xususiyatlarini
hisobga olib tashkil etiladi.
Duduqlanish- kommunikativ faoliyatini buzlishi, bunda uning ravonligi
ixtiyorsiz, tutilishlar, majburiy takrorlash, alohida bо‘g‘inlar va sо‘zlarni
chо‘zilishi kuzatiladi. Nutqiy tutilishlarga bо‘ysunadi( klonik, tonik, aralash).
Ruhiy rivojlanishning sustlashuvi-bolalarda meyoriy ruhiy rivojlanish
tempining buzilishi.
Nutq tovushi- nutq a’zolari orqali hosil qilnadigan,nutqda talaffuz
qilinadigan element. Nutqni fonetik tahlil qilishda tovush- sо‘zning bir qismi, bir
artikulyatsiyada talaffuz qilinadigan qisqa tovush birligi hisoblanadi.
Oynavand yozuv- yozma nutq buzilishi bо‘lib, unda sо‘zlar va harflar huddi
oynadagi aksidek yoziladi.
Logopedik zondlar-tovushlarni nutqga qо‘yishda tilga mexanik ta’sir
kо‘rsatish va ba’zi tovushlar talaffuzini korreksiyalash uchun mо‘ljallangan
zanglmaydigan metlldan tayyorlargan asboblar.
Impressiv nutq-nutqni idrok etish, tushunish. Og‘zaki impressiv nutq
talaffuz qilingan sо‘zlani tо‘g‘ri eshitishda, yozma impressiv nutq – matnni kо‘rib
idrok etishda ( о‘qishda ) namoyon bо‘ladi.
Inversiya-sо‘zlarning aks tartibi.
Innervatsiya- a’zorlar va tо‘qimalarni narv bilan ta’minlash.
Inspiratsiya- nafas olish.
Infantilizm-rivojlanishdan orqada qolish, katta bо‘lg‘anda ham jismonan
tuzilishi yoki hulq-atvorini yosh bolalarga xosligicha qolishi.
Qо‘zg‘alish irradiatsiyasi- qо‘zg‘alish jarayonini u paydo bо‘lgan
о‘chog‘idan atrofidagi nerv tо‘qimalariga tarqalishi.
Iteratsiya-takrorlashlar, tutilishlar, nutqdagi takrorlashlar.
Katamnez- bemor haqida tuzalaganidan keyingi ma’lumotlar.
Kinestetik sezgi- a’zolar holati va harakatlarini va о‘zining tana a’zolari
qismini sezish.
Kommunikativemotsional, g‘am, qayg‘u, quvonch va boshqa
hissiyotlardan farqli о‘laroq,
nokommunikativ ifodalardan tashkil topgan
intellektual mazmunni berish kо‘rinishidagi muloqotdir.
Kompensatsiya- buzilgan faoliyat о‘rnini boshqa faoliyat bilan о‘rnini
bosish.
Konvergensiya- tilning turli tovushlarini о‘xshashi yoki hatto mos kelishini
ifodalash kо‘rinishidagi о‘zgarishlar.
Kontaminatsiya- sо‘zlarni xato ifodalash bо‘lib, ikki va undan oriq
sо‘zlarni о‘zaro qorishtirilishi. Mazmuniy va fonetik yaqin sо‘zlar kontaminatsiya
paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Kontaminatsiya alaliya va afaziyada kuzatiladi,
ammo sog‘lom odamlarda ham yanglish sifatida kuzatiladi.
Korreksion pedagogika-( maxsus pedagogika, defektologiya) pedagogik fan
bо‘lib, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni
rivojlanishi, ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlarini о‘rganadi.
Tovushlar talaffuzini korreksiyalash- tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni
tuzatish.
Laringospazm-bо‘g‘iz,
qisqarishi.
tovush
paychalari
muskullarining
tortishishli
Lateral- yon tovush.
Bо‘g‘inli nutq- bolaning ijobiy qо‘zg‘atuvchilarga nisbatan ovozli reaksiyasi.
Bо‘g‘inli nutq odatda gu-gulashdan keyin 5-6 oylikda paydo bо‘lib, turli xil
bolaning ona tilida mavjud va mavjud bо‘lmagan unli va undosh tovushlar
birikishidan hosil bо‘ladi.
Logonevroz- nutq buzilishi- duduqlanish shaklida namoyon bо‘luvchi
nevroz.
Logopat- nutq nuqsoniga ega shaxs.
Logoped- bolalar va kattalar nutqidagi nuqsonlarni barataraf etish bilan
shug‘ullanadigan о‘qituvchi.
Logopedik punkt-og‘zaki va yozma nutq nuqsonlarini baratarof etish
bо‘yicha logoped- о‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotlar olib boriladigan maxsus
muassasa.
Logopediya- nutq nuqsonlari, ularni oldini olish, aniqlash va maxsus ta’lim
va tarbiya vositasida barataraf etish metodlari haqidagi fan bо‘lib, korreksion
pedagogikaning bir bо‘limidir.
Soxta un paychalari- bо‘g‘izda shilliq pardalardan hosil bо‘luvchi burmalar.
Lokolizatsiya- qandaydir hodisa, jarayonlarni rivojlanish joyi.
Makroglossiya- til muskullarini haddan tashqari о‘sib ketishi, kam
uchraydigan tug‘ma anomaliY.
Manoral tizim-tovushlar artikulyatsiyasini kо‘z ilg‘amaydigan elementlarini
tо‘ldiruvchi maxsus qо‘l belgilari tizimi. Qо‘l panjalari va barmoqlarining turlicha
holatlari yordamida ovoz paychalarining birikkan yoki birikmaganligini, yumshoq
tanglayni kо‘tarilgan yoki tushirilganligini, shuningdek, kо‘z bilan ilg‘ab
bо‘lmaydigan tilning artikulyatsiyasi belgilarini bildirish mumkin. Monoral tizim
belgilari labdan о‘qish uchun yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Tibbiy- pedagogik-psixologik konsultatsiya- anomal bolalarni mos о‘quvtarbiya muassasasi yoki sog‘lomlashtirish muasssasalariga yо‘llanma berish uchun
kompleks tibbiy- psixologo- pedagogik tekshirishni о‘tkazadigan maxsus
muassasa.
Maxsus metodika- rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni
barataraf etishga yо‘naltirilgan ta’lim usullari va vositalari tizimi.
nuqsonlarni
Mimika- insonlarning turli xil kechinmalarini( quvonch, qayg‘u, havotir,
qо‘rquv va hakozo) aks ettiruvchi yuz, kо‘z muskullarining harakati .
Imo-ishorali nutq- og‘zaki nutqga ega bо‘lmagan kar-soqov odamlarning
muloqot shakli bо‘lib, sodda muloqot va tafakkur shakli bо‘lsa ham mustaqil
muloqot shakli. Uning asosini imo- ishoralar tizimi tashkil etib, har biri о‘ziga xos
ma’noni bildiradi. Shuningdek,bunda mimika ham ishtirok etib, u nafaqat histuyg‘u vaolatlarni bildiradi, balki imo- ishoralarning ma’nosini о‘zgartiradi.
Miokloniya- giperkinez, alohida yoki bir guruh muskullarning tez va qisqa
tortishishi.
Motorika- insonlar va hayvonlarning harakat reaksiyalari tizimi.
Tovush modulyatsiyasi- intonatsiya bilan bog‘liq ravishda ovoz balandligini
о‘zgarishi. Tovush modulyatsiyasi zaif eshituvchilikda va ayniqsa karlikda aziyat
chekadi, nktq monoton bо‘lib qoladi. Ta’limda ovoz kuchaytiruvchi apparatlardan,
maxsus mashqlardan foydalaniladi.
Monoplegiya- bir tomonni falajlanishi.
Ovoz mutatsiyasi- balog‘atga yetish davrida bо‘g‘izni jadal о‘sishi bilan
bog‘liq ravishda ovozni о‘zgarishi.
Mutizm- psixik travmalar oqibatida nutqiy muloqotning buzilishi ( nutqni
yо‘qotish) . Mutizm vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, ba’zan yillab davom
etadi. Uning asosida nutq –harakat analizatorining tormozlanishi qobiq osti
tо‘qimalarnini u yoki bu kuchli qо‘zg‘atuvchilar ta’siri natijasida(qat’iy
talabchanlik, turli konliktlar, janjallar, hafagarchili va hakozo ) zaiflashuvi sifatida
yotadi. U uyatchan, bо‘sh, о‘z kuchiga ishonmaydigan bolalarda uchraydi. Ba’zan
mutizm psixogen travmalarning bir qismini, masalan, о‘tkir psixologik shokning
bir qismini tashkil etadi.
Tafakkur- predmetlarni umumlashtirish va bevosita predmetlar va
hodisalarni voqelikda aks ettirish. U hissiy bilishga tayanadi( sezgi, idrok,
tasavvur, obrazli xotira), ammo, uning chegarasidan chiqib, odamda nutq bilan
о‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Tafakkur bilish faolidantining yuqori darajadagi
jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tafakkurning fiziologik asosini – bosh miya
qobig‘idagi analiz- sintezining oxirgi faoliyati tashkil etadi. Intellekti meyorda va
analizatorlari tizimi sog‘lom bolalarda avval kо‘rgazmali- harakatli tafakkur,
sо‘ng, uning asosida – kо‘rgazmali- obrazli tafakkur rivojlanadi.
Optik-gnostik buzilishlar- alohida belgilar va xususiyatlarni ilg‘ab qolish
qobiliyatiga qaramasdan, predmetlarni bir butunligicha kо‘ra olmaslik.
Nutq organlari- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi inson
organizmining turli qismlari ( nutq apparati). Nutq organlaridan faol, harakatchan
asosiy ishni bajaradigan, tovush hosil bо‘lishi uchun zararlari- til, lablar, yumshoq
tanglay, kichik tilcha, halqum. Nutq organlarining pasiv, harakatsiz, mustaqil
harakatlana olmaydigan, ammo tovush hosil bо‘lishida faol organlar uchun tayanch
bо‘ladiganlari- tishlar, qattiq tanglay , alveolalar, yutqun, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz.
Tovushlar hosil bо‘lishida harakatlantiruvchi kuch sifatida (hvao oqimini hosil
qilish uchun) diafragma, о‘pka, bronxlar, traxeya ishtirok etadi.
Ortodontiya-tishlar qatori va yuz-jag‘ skletining turg‘un deformatsiyasini
oldini olish va tuzatishni о‘rganish bilan shug‘ullanadigan tibbiyot bо‘limi.
Deformatsiya -tishlarning shakli va soni, joylashishini о‘zgarishi, prikuslardagi
kamchiliklar kо‘rinishida kuzatiladi.
Ortofoniya-ovoz buzilishlarini davolashning maxsus turi
Muloqotning paralingvistik vositasi- imo- ishoralar, mimika.
Parez- tо‘liq darajada bо‘lmagan falajlik yoki qayta rivojlanish bosqichidagi
falajlik.
Paroksizm- tо‘satdan va tez paydo bо‘luvchi kasallik hodisalari yoki ularni
о‘tkir hurujlar kо‘rinishida kuchayishi.
Paronimlar-bir о‘zakli talaffuziga qо‘ra о‘xshash , lekin ma’nolari turlicha
bо‘lgan sо‘zlar. Paronimlar kо‘pincha bir tovush bilan bir- biridan farq qiladi.
Masalan: amr-amir, asr-asir, shoh-shox va hakozo.
Passiv lug‘at- odatdagi nutqiy muloqotda qо‘llanilmaydigan, ammo,
tushunarli, tanish sо‘zlar.
Patogenez-patologiyaning bir bо‘limi bо‘lib, kasallik asosida yotadigan
patologik jarayonlarning kelib chiqishini ichki mexanizmlarini va rivojlanishini
о‘rganadi.
Patologik- kasal, meyorda emas.
Perservatsiya- xotra obrazidagi bitta sо‘zni xiralik bilan kо‘p marta
takrorlanishi. Perservatsiya kо‘pincha afaziyaning bir nechta shakllarida ovoz
chiqari о‘qish va yozishida kuzatiladi.
Nerv jarayonlarining harakatchanligi- nerv jarayonlariga xos asosiy
jarayonlardan biri bо‘lib, organizmni atrof muhitdagi о‘zgarishlaraga tezda ta’sir
kо‘rsatish qobiliyatini ta’minlaydi. Nerv jarayonlari harakatlarining patologik
о‘zgarishi
nerv tizimining bir qancha jarohatlanishlarida, xususan,
oligofreniyadagi patologik inertlikda kuzatiladi.
Taqlid- Bola rivojlanishida katta rol о‘ynab, ixtiyoriy yokki ixtiyorsiz
ravishda qandaydir harakatlar, holatlar, faoliyatlar va boshqalarni takrorlashdir.
Kattalarga taqlid qila turib bola nutq va hulq- atvor shakllarini, turli xil odatlar va
kо‘nikmalarni egallaydi. Bola rivojlanishida ixtiyorsiz taqlid ongli, ixtiyoriy
bо‘lib boradi.
Tovush qо‘yish- kar, zaif eshituvchi va nutq nuqsoniga ega bolalarda talaffuz
kо‘nikmalarini shakllantirishning birinchi bosqichi bо‘lib,
saqlangan
analizatorlardan , turli xil metodik usullar, mexanik vositalardan keng
foydalanilishi bilan xarakterlanib, natijada bola u yoki bu tovushning birlamchi
talaffuz malakalarini о‘zlashtiradi.
Nutqning predikativ faoliyati- muhokama predmetini ifodalovchi nutqiy
ifoda faoliyati (ma’lumot berish faoliyatlaridan biri).
Odatlar- inson ehtiyoji uchun ma’lum sharoitlarda
bajariladigan avtomatlashgan harakatlar.Tarbiyaning asosiy vazifalaridan
biri- bolalarda ijobiy odatlarni shakllantirish, salbiy odatlarni oldini olish va
shakllanib bо‘lgan salbiy odatlar bilan kurashishdir.
Kо‘nikmalar- avtomatlashgan harakatlar.
Ta’limdagi kо‘rgazmalilik- didakatik tamoyillardan biri bо‘lib, bunda ta’lim
о‘quvchilar bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosida tashkil etiladi.
Kо‘rgazmali vositalardan foydalanish nafaqat bolalarda ta’limiy tasavvurlarni,
balki, ular orasidagi farqli bog‘liqlik va о‘zaro aloqlar haqidagi tushanchalarni ham
shakllantirishga xizmat qiladi.
Nazallanish ( burunlanish)- tanglay burmalrini pasga tushirilishi va bir
vaqtda havo oqimining og‘iz va burun bо‘shlig‘idan chiqarilishi oqibati burunli
ottenkaga ega tovushlarni, asosan undosh tovushlarni talaffuz qilinishi.
Ovoz buzilishlari- ovoz hosil bо‘lish apparatidagi kamchiliklar natijasida
ovozning yо‘qligi yoki buzilishlari.
Nutq buzilishlari- nutq faoliyatining psixolingvistik mexanizmlarini meyoriy
faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan va qisman buzilishlar sifatida(
tovushlar talaffuzi, ovoz, nutqning tempi, ritmi va hakozolar.) namoyon bо‘ldgan
gapiruvchining shu til meyorlarida qabul qilingan qoidalarni buzib gapirishi.
Kommunikativ nuqtayi nazardan nutq buzilishlari- bu verbal muloqotning
buzilishidir.Sinonimlari: nutq buzilishi, nutq nuqsoni, nutqdagi yetishmovchilik,
nutqiy patologiY.
О‘qish va yozish buzilishlari- nutqning grafik shaklini egallashdagi keskin
qiyinchiliklar, bu kо‘pincha bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligida
kuzatiladi. Ammo, о‘qish va yozish buzilishlari kо‘pincha nutqning talaffuz
tlmonini buzilishlarida ham kuzatiladi. О‘qish va yozish buzilishlarini bartarf
etishning asosiy vazifasi bolalarda sо‘zning tovush tarkibi haqida aniq
tasavvurlarni shakllantirish bilan bir vaqtda tovushlar talaffuzini tuzatish, nutqiy
tovushlarni idrok etish va ifodalashda analiz va sintez kо‘nikmalarini
rivojlantirishdan iborat. Bunday ishlar ommaviy maktablardagi logopunktlarda
yoki nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar uchun maxsus maktab- internatlarda
amalga oshiriladi.
Nevropatiya-konstitutsional
qо‘zg‘aluvchanligi).
asabiylik(
nerv
sistemasining
yuqori
Negativizm- bolani unga kattalar tomonidan ta’siriga sababsiz qarshilik
kо‘rsatishi. Nutqiy negativizm-bu nutqiy muloqotdan kat’iy bosh tortish.
Neyrolingvistika- psixologiyaning bir bо‘limi
nevrologiya va lingvistikani о‘z ichiga qamarab oladi.
bо‘lib,
psixologiya,
Oligofreniya- turli sabablar natijasida kelib chiqadigan psixologik
rivojlanmaslikning о‘ziga xos shakli:
patologik nasliylik,
xromosoma
abberatsiyalari ( о‘zgarishlari),homilaning jarohatlanishi, tug‘ruq patologiyalari,
homiladorlik davrida yoki erta rivojlanish bosqichlarida markaziy nerv tizimining
organik jarohatlanishi.
Oligofreniyada bilish faoliyatlarining murakkab va xilma- xil buzilishlari
namoyon bо‘ladi: atrofdagi predmetlarni idrok etishning torligi , ularni va fazoviy
munosabatlarini farqlay olmaslik, idrokning noaniqligi, о‘xshash obrazlarni ajrata
olmaslik, mantiqiy eslab qolishning qiyinligi, о‘rgangan narsalariniesda saqlay
olmaslik va hakozo. Oligofren bollarda kо‘rgazmali- obrazli tafakkur buzilgan
bо‘lib, bu sо‘z mantiq tafakkrining rivojlanmaganligida yaqqol namoyon bо‘ladi.
Ular anliz va sintezning murakkab shakllarida qiynalishadi: taqqoslash va
umumlashtirish, sabab- oqibat bog‘iqliklarini aniqlashda. Bolalar voqelikni
sodda aks ettirishadi, ular tafakkurida sezib anglashdan absalyut tafakkurga о‘tish
mavjud bо‘lmaydi. Intellekt buzilishlari darajalariga qarab uch toifadagi oligofren
bolalar farqlanadi: og‘ir daraja- idiotiya, о‘rta og‘ir daraja- imbetsillik, yengil
daraja- debillik.
Oligofrenopedagogika- defektologiyaning bir bо‘limi, aqli zaif bolalarni
ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Ontogenez- jonli yoki о‘simlik organizmining tug‘ilganidan to hayotining
oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenezda har bir organizm bosqichmabosqich rivojlanish davrlarini bosib о‘tadi. Individum rivojlanishining pernatal,
psnatal rivojlanish davrlari farqlanadi. Postanal rivojlanish davri chaqaloqlik va
kо‘krak yoshi davri, bolalik va kichik maktab yoshigacha , pubertat davri yoshliq,
qarilik davrlarini qamrab oladi.
Prikus-yuqori va pasiki jag‘lardagi birikishidagi tishlarning о‘zaro holati.
Prikusda yuqori jag‘ tishlari pastki tish qatorini qisman yopib turishi meyoriy
holat hisoblanadi. Prikusdagi kamchiliklar, progeniya, prognatiya,ochiq prikus
kо‘rninishida uchrab, unda yuqori va pastki jag‘lar birikkanda tishlar orasida
tirqishlar bо‘ladi. Old ochiq prikusda yuqori va pastki jag‘lar birlashganda old
tishlar orasida oraliq hosil bо‘ladi. Bir yoki ikki tomonlama prikusda jag‘larning
yon tomonlarining qiyshayishi natijasida yon tishlarorasida tirqish hosil bо‘ladi,
old tishlar esa, bir- birini ustiga tushadi. Prikuslardagi kamchiliklar talaffuz
nuqsonlarini keltirib chiqarib, ular ortodontik metod bilan bartarf etiladi.
Progeniya- prikus kamchiligi bо‘lib, bunda pastki jag‘ oldinga turtib chiqqan
bо‘ladi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga tushmaydi.
Prognatiya- prikus kamchiligi bо‘lib, yuqori jag‘ni sezilarli darajada
oldinga turtib chiqishi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga
tushmasligi bilan xarkaterlanadi.
Talaffuz- nutqni fonetik tashkil etish va bir vaqtda ular belgilaydigan
kompleks nutq- harakat kompleksidir. Bu nutqiy nafas, ovoz hosil qilish, tovushlar
va tovush birikmalarini ifodalash uо‘nikmalari, sо‘z urg‘usi va ibora intonatsiyasi
barcha vositalari bilan birga, orfoepiya qoidalariga amal qilishdir.
Kar, zaif
eshituvchi, shuningdek, nutq nuqsonlariga ega bо‘lagan bolalarni talaffuzga
о‘rgatish va uni korreksiyalashdagi muhim bо‘limlardan biri- nutqni fonetik
tashkil etishga о‘rgatishdir.
Prosodiya- nutqning ritmik- intonatsion tomoni, balandligi, toni va boshqa
shu kabilarning umumiy nomi.
Bolalarning psevdobulbar falajlik -mimik- artikulyatsion muskullarning
markaziy falaji bо‘lib, bu bosh miya qobig‘idan yutqun, sayyor, qо‘shimcha va til
osti nervlari yadrolariga (9-12 juft nervlar) olib boruvchi yо‘llarning ikki
tomonlama jarohatlanishi sababli kelib chiqadi. Klinik kо‘rinishiga kо‘ra u bulbar
falajlikka mos keladi, ammo, u psevdobulbar ( soxta bulbar) falajlik deb atalaodai,
chunki, u uzunchoq siyaning jarohatlanishidan emas, balki qobiq ostdagi harakat
zonalarining jarohatlanishi tufayli kelib chiqadi. Bolalar psevdobulbar falajligiga
xos simptomlar dizartriya hisoblanadi.
Psevdoovoz ( sohta ovoz)– bо‘g‘iz olib tashlangan odamlardagi ovoz.
Bunday shaxslar maxsus ta’lim natijasida yuqori yutqun devori yaqinlashishi
tebranishi evaziga sohta ovozni egallashadi. Sohta ovoz havo ta’siri oqibatida
pastdagi yutqun va oshqozonning siqilishi natijasida hosil bо‘ladi. Maxsus
mashqlar yо‘li bilan qoniqarli va bо‘g‘iz yо‘qligida nutqni tushunarliligini,
modulyatsiyasini ta’minlaydigan sohta ovozga erishiladi.
Psixogen- psixik vaziyatlarni jarohatlanishi bilan bog‘liq ravishda kelib
chiqadigan holat.
Psixolingvistika- 1) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, unda nutq jarayoni
nuqtayi nazaridan gapiruvchi (yozuvchi), ma’lumot beruvchi shaxsning hattiharkatlari va nutq akti mazmunini о‘rtasidagi munosabatlar о‘rganiladi;
2) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, gapiruvchi jamoaning ijtimoiy hayoti,
jamoat tafakkuri va til tomonidan mazmun mohiyati о‘rtasidagi bog‘liqlikni
о‘rganadi. Psixolingvistika о‘zida psixologiya va lingvistikani tahliq qilishni
namoyon etib, qkyidagi bо‘shliqlar: nutqni idrok etish, tilni о‘zlashtirish ( bollarda
nutqni о‘zlashtirish, ikki tillilik), anglashdagi lingvitik jarayonlar va boshqalarni
о‘rganadi.
Psixoterapiya-psixik ta’sir bilan davolash: mehnat terapiyasi, turli xil
korreksion – tarbiyaviy ishlar, shuningdek, bevosita psixoterapevtik ta’sir etish
shakllari- suhbat, ishontirish, gipnoz. Psixoterapiya kasal bollarni davolashda katta
rol о‘ynaydi.
Nutqning yо‘qolishi- bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida mavjud
nutqiy kо‘nikmalar va kommunikativ malakalarni yо‘qolishi.
Tanglay yoriqliklari- yumshoq yoki qattiq tanglay tuzilishidagi tug‘ma
anomaliyalar. Anomaliyalarning namoyon bо‘lish darajasiga qarab , ochiq yoki
yopiq (submukoz)tanglay yoriqliklari farqlanadi. Tanglay yoriqliklari og‘ir nutqiy
nusonlarni keltirib chiqaradi: ovoz burunlanib chiqadi,kо‘p tovushlarning talaffuzi
buziladi, nutq tushunarsiz bо‘ladi. Tanglaydagi yoriqliklar bevosita xirurgik yо‘l
bilan davolanadi. Xirurgik operatsiya imkoniyati bо‘lmaganda, yumshoq yoki
qattiq tanglaydagi yoriqliklar maxsus tayyorlangan protezlar bilan bekitiladi.
Reabilitatsiya-organizmning turg‘un buzilishlari,salomatlikning buzilishi
oqibatida kelib chiqadigan hayotiy imkoniyatlarni chegaralanganligini bartarf etish
yoki kompensatsiyalashga yо‘naltirilgan bir butun tibbiy, psixologik, pedagogik
va ijtimoiy- iqtisodiy tizim.
Regeneratsiya- avvalgi holatni tiklash jarayoni, yо‘qotilgan a’zolar,
tо‘qimalarni tiklanishi.
Ovoz registri- ketma- ket joylashgan, ohangiga kо‘ra bir- biridan farq
qiluvchi qator ovoz tonlari. Uch xil ovoz tnlari farqlanadi: kо‘krakli, boshli
(falset),aralash (mikst). Sо‘zlashuv nutqida bevosita mikst qо‘llaniladi.
Rezonator- ovozni kuchaytirishga xizmat qiladigan moslama. Insonda
rezanator sifatida turli bо‘shliqlar xizmat qilib ( xususan, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz,
kо‘krak qafasi), ularning kо‘lami va shakliga qо‘ra tovush ohangi о‘zgaradi.
Relaksatsiya-tana va nutqiy muskullar tonusini pasaytirish, bо‘shashtirish.
Relyefli shrift-kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun maxsu bо‘rtma shrift. 1929
yilda fransuz tiflopedagogi L.Brayl tomonidan relyefli- nuqtali shrift ixtiro
qilingan bо‘lib, u kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun unversal deb tan olingan va
butun dunyoga tarqalgan.
Retseptiv nutq- boshqa odamlar nutqnini tushunish.
Retseptorlar- analizatorlarning bir qismida qabul qilinadigan- turli sezgi
organlarida hosil bо‘ladigan periferik nerv hodisalari.
Nutq apparati- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi organlar
tizimi. Nutq analizatorining periferik va markaziy bо‘limlari farqlanadi. Nutq
apparattining markaziy bо‘limi bosh miyada joylashgan bо‘lib, qobiq osti
markazlari va qobiq osti tugunlaridan, zarur nervlarga olib boruvchi yо‘llar va
yadrolardan iborat. Periferik nutq apparati tarkibiga ovoz hosil bо‘lishida ishtirok
etuvchi va artikulyatsiya a’zolari, shuningdek, sezuvchi va harakat nervlari kiradi.
Nutqiy oqim- eshituvchi va qabul qiluvchi tomonidan sо‘zlarni qanday
tuziganligini ajratsa bо‘ladigan uzluksiz nutqiy zanjir.
Nutqiy kinesteziya- nutqiy mexanizmni psixofonematik tashkil etish bilan
bog‘liq qayta aloqalar hodisalarni belgilovchi harakat sezgilari.
Nutq- insonlarning moddiy faoliyatlari jarayonida tarixiy shakllangan,
bevosita til yordamida amlga oshiriladigan muloqot shakli. “ Nutq ” atamasining
asosiy ma’nolari:
1. gapiruvchining til vositasidan foydalanib, shu tilda sо‘zlashuvchi boshqa
jamoa a’zosi bilan muloqoti yoki о‘z- о‘ziga murojaati ( ichki nutq);
2. muloqot maqsadi va sharoitidan kelib chiqib u yoki bu leksik va
grammatik vositalarning tanlashni xarakterlaydigan til yordamidagi muloqotning
xilma-xilligi( odatda stilistik).
3. sо‘zlashishni sintaktik qurilishi turi ( avtor nutqi, qisman olingan nutq,
yarim tо‘g‘ri, tо‘g‘ri nutq, birovning nutqi va boshqlar)
Ichki nutq- haqiqiy muloqotdan tashqarida tilning turli shakllaridan
foydalanish. Nutqni tushunish.
Yozma nutq- yozma matnlar yordamidagi ( sо‘zli) verbal muloqot.
Og‘zaki nutq- eshitish mumkin bо‘lgan til vositalari yordamidagi verbal
muloqot.
Rinolaliya- Nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli
ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Burun bо‘shlig‘ida
rezanatorlikning buzilishi burun- halqumdagi mexanik kamchiliklar sababli ovoznafasni notо‘g‘ri yо‘naltirishdan , burun bо‘shlig‘i, yumshoq va qattiq tanglaydagi
kamchiliklar sababli yoki yumshoq tanglay faoliyatining buzilishlari sababli
yuzaga keladi. Rinolaliyaning ochiq, yopiq va aralash shakllari farqlanadi.
Ritmika-harakatlarni musiqa bilan bog‘lash asosida tashkil etiladigan
jismoniy mashqlar tizim. Ritmika- bolalarni jismoniy tarbiyalashning asosiy qismi
bо‘lib, nutqni shakllantirish va korreksiyalashda muhim ro о‘ynaydi, nutqning
ravonligi va ritmliligini ta’minlaydi ( logoritmika).
Rotatsizm- “ R” tovushining talaffuzini buzilishi bо‘lib, u bu tovushni buzib
talaffuz qilinishida yoki uni nutqda tushirib qoldirilishida namoyon bо‘ladi.
Salivatsiya-sо‘lak ajralishi.
Mustaqil nutq- bevosita tayyor namunalarsiz talaffuz qilingan sо‘z yoki
iborali nutq;nutqiy muloqotni rivojlantirish bо‘yicha maxsus mashqlar qо‘llash
orqali logopedik ishlar natijasida qayta ishlangan nutqiy kо‘nikma va malakalar.
Mustaqil nutqning ikkita
asosiy turlari farqlanadi: tayyorlangan, va
tayyorlanmagan. Nutqiy faoliyat bajaradigan faoliyatiga bog‘liq ravishda vaziyatli
va kontekstli mustaqil nutq farqlanadi. Mustaqil nutqni qо‘llash bilan bog‘liq
mashqlar, ayniqsa, duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda yaxshi ishlab chiqilgan.
Mashqlar tizimi vaziyatli va kontekstli mustaqil nutqni murakkablashib borishi
hisobga olinib tuzilgan.
Sensomotor- sezgi-harakatli.
Sensor- sezgili.
Sigmatizm-Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuzining buzilishi. U nutqning tо‘liq
rivojlanmaganligida yoki uning fonetik tomonidan rivojlanmaganligida paydo
bо‘lishi mumkin. Kо‘pincha sigmatizmning paydo bо‘lishi nutq organlari
motorikasining va tuzilishining, xususan, tishlar, prikuslar, tilning haddan tashqari
kattaligi, uning harakachmnligining yetarli emasligi bilan bog‘liq bо‘ladi.
Logopedik mashg‘ulotlar sigmatizmni barataraf etishga yordam beradi.
Tovush kuchi-tebranishlar amplitudasiga bog‘liq tovush sifati, shuningdek,
tovush tо‘lqinlarining yuqoriga qо‘tarilish va pastga tushish nuqtasiga bog‘liq,
tebranishlar qanchalik kuchli bо‘lsa, tovush shuncha kuchli bо‘ladi.
Simptom-kasallik holatlarini apydo bо‘lishini xarekterlaydi. Simptomlar
obyektiv av subyektiv simptomlarga bо‘linadi. Har bir simptomni aniqlash, uni
tahlil qilish boshqa simptomlar bilan qarshi qо‘yish tashxis qо‘yish, kasallikni
aniqlash va davolash metodalarini belgilash uchun zarur bо‘ladi.
Simptokompleks- qandaydir kasallikni xarakterlovchi simptomlar guruhi.
Smnonimi-sindromlar.
Simultan- ma’lum bir butun xarakterga ega analiz va sintez qilish jarayoni
Sinkeniziya- bevosita ixtiyoriy harakatlar bilan tutushuvchi qо‘shimcha
harakatlar. Sinkeniziyaning meyoriy va patologik holatlari farqlanadi.
Situativ- ushbu vaziyatga bog‘liq yoki vaziyatli.
Sintagma- sintaktik intonatsion- ma’noviy birlik.
Skandirlangan nutq-she’rlarni metrlar bilan о‘lchab ( qadamlab) о‘qish,
urg‘uli bо‘g‘inni tomon bilan sun’iy ajratish. Skandirlangan nutq duduqlanuvchi
bolalar, taxilaliyadagi logopedik mashg‘ulotlarda alohida muhim usul sifatida
qо‘llaniladi. Kо‘pincha skandirlangan nutq meyoriy nutqining turg‘un buzilishi
hisoblanib, u notо‘g‘ri о‘qitishda ( masalan, kar , zaif eshituvchilarda) yoki miya
kasalliklari oqibatida kelib chiqadi.
Bola lug‘ati- sо‘z boyligi uzluksiz impreyesiv raviо‘shda ortib boradi. Ikki
xil lug‘at farqlanadi: bola faqat tushunadigan sо‘zlar-passiv va bola nutqda
qо‘llaydigan- faol lug‘at.
Murakkab (mujassam) nuqson- ma’lum bir bog‘liqlikdagi nutqsonlar,
masalan,nutqiy va kо‘rishdagi kamchiliklar va boshqa qо‘shilib keladigan
nuqsonlar.
Tovushlarning almashtirilishi- u yoki bu tovushni talaffuz qila olishiga
qaramasdan,bu tovushlarni nutqda almashtirishi bilan anmoyon bо‘ladigan nutq
buzilishi ( masalan: ”shapka” о‘rniga sapka, “rom” о‘rniga lom ). Tovushlarning
almashtirilishi – fonetik tizimni egallash jarayoning buzilishidan darak beradi. Bu
jarayon meyorda 4-5 yoshda tugaydi. Bu vaqtga kelib bolalar tomonidan barcha
tovushlar ravon talaffuz qilinadi va farqlanadi. Savodga о‘rgatish ta’sirida
tovushlarni almashtirilishining 60% dan ortig‘i maxsus logopedik aralashuvsiz
bartarf etiladi. Ammao, holat yuz bermasa, tovushlarning almashtirilishi,
disgarfiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Hamkorlikdagi nutq- sо‘z yoki iboralari ikki yoki undan ortiq shaxslarni
birgalikda talaffuz qitlishi. Bir qancha nutqiy nuqsonlarda nutqiy mahsuldorlikni
oshirishning bir turi sifatida qо‘llaniladi.
О‘zining
afzalliklari bilan
hamkorlikdagi nutq ayniqsa, duduqlanishi bartarf etish bо‘yicha an’anaviy
metodiklar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning birinchi bosqichida keng
qо‘llaniladi.
Ijtimoiy adaptatsiya- anomal bolalarning individual va guruhli tarzda hulqatvorlarini jamiyat meyordlari , qonunlari va qadriyatlari tizimiga moslashtirish.
Ijtimoiy reabilitatsiya- imkoniyati
psixofiziologik imkoniyatlari darajasida
meg‘natga jalb qilish.
cheklangan bolalrni
ularning
ijtimoiy muhit, ijtimoiy foydali
Klonik tortishishlar-muskullarni ixtyorsiz tez- tez, birin-ketin qisqa muddatli
tortishishi yoki bо‘shashishi.
Tonik tortishlar-bir martalik impulslar oqibatida muskullar qisqarishining
davomiyligi.
Suksessiv-tо‘liq emas, qisman , qismlarga bо‘lib
jarayoni.
analiz va sintez qilish
Surdomutizm- Psixogen xarakterdagi kar-soqovlik. Eshitish va nutqning
funksional buzilishi. Surdomutizm vaqtinchalik, о‘tib ketuvchi xarakterga ega.
Taktil-sezishli.
Taxilaliya-Nutq tempining haddan tashqari tezlashishi namoyon bо‘ladigan
nutq buzilishi. Battarizmdan farqli о‘laroq, taxilaliya о‘zida nutqning faqatgina
tempining buzilishi bilan namoyon bо‘ladi, qolgan nutq komponentlari fonetik,
leksik va grammatik qurilish saqlangan bо‘ladi.
Taxilaliya logopedik
mashg‘ulotlarda nutqni skandirlash yо‘li bilan bartarf etiladi.
Muskullarni pir- pir uchishi- zо‘rlik xarakteridan farqli о‘laroq,
muskullarni tez, ixyorsiz, sterotip ravishda takrorlanuvchi klonik tortishishidir.
Nutqiy pir- pir uchishda bemorlar ba’zan mazmunsiz sо‘zlar va iboralarni talaffuz
qiladi. Pir-pir uchishni kechishi surunkali bо‘lib, resmissiyalar bо‘lishi mumkin,
ba’zan о‘z –о‘zidan tо‘htab qoladi.
Tremor- qо‘l- oyoqlar, ovoz, tilni ixtiyorsiz ritmik tebranishi.
Tormozlanish- qо‘zg‘alishga qarama-qarshi nerv jarayonlaridan biri bо‘lib,
nerv markazlari ishlayotgan a’zolar( muskullar, bezlar) faoliyatini tо‘htatadi.
Tormozlanish о‘ziga xos muhim ahamiyatga ega: u organizmaning hayot
faoliyatini, xususan, saqlanuqchi faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Bosh
miya yarim sharlari qobig‘ida tormozlanish keng tarqalganda uyqusirash, qobiq
ostida tormozlanish tarqalganda uyqu kuzatiladi.
Karlik- nutqni idrok etishga tо‘sqinlik qiluvchi turg‘un eshitish pastligi.
Karlik turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: shivirlagan nutqni eshita
olmaslikdan to sо‘zlashuv nutqini eshita olmaslikkacha. Karlikning uchta darajasi
farqlanadi: yengil, о‘rta va og‘ir. Karlik bilan aziyat chekadigan bollarda odatda
nutqiy rivojlanishda nuqsonlar mavjud bо‘ladi va ular maxsus maktabinternatlarda tarbiyalanadi.
Yuganchaning kaltaligi- tug‘ma nuqson bо‘lib, u til uchini tortib turadi va
natijada til kalta holatda bо‘ladi. Bunday nuqsonda tilning harakatlanishi qiyin
bо‘lishi mumkin. Til yuganchasining kaltaligi odatda mexanik dimlaliyaga sabab
bо‘ladi. Til yuganchasini chо‘zish uchun maxsus logopedik mashqlar- til
gimnastikalari qо‘llaniladi. Bunday holatlarda xirurgiu aralashuv kerak bо‘lmay
qoladi.
Uranoplastika- qattiq va yumshoq tanglayni operatsiya yо‘li bilan bekitish.
Havf-xatar omili- organizmning patologik holatni rivojlantiruvchi turli xil
ichki va tashqi shart-sharoitlar.
Nutq fobiyasi( nutqdan qо‘rqish)- kо‘pincha
kuzatiladigan nutqdan qо‘rqish, muloqotdan qо‘rqish holati.
duduqlanuvchilarda
Fonosteniya- ovoz apparatida organik о‘zgarishlarsiz ovoz hosil bо‘lish
faoliyatining buzilishi. Fonosteniyada ovozning tez charchashi, uzilib qolishi,
kuylash va sо‘zlashishda tomoqda yoqimsiz hislarning( qirilishi, achishishi) paydo
bо‘lishi kuzatiladi.
Kichik yoshdagi maktab о‘quvchilarida ba’zan soxta
fonosteniya kuzatilishi mumkin, bu- kо‘pincha darslarda javob berayotganda
hayojonlanish oqibatida ovozning uzilib qolishi kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Fonema- nutq tovushlari. Har bir tilda ma’lum sondagi fonemalar mavjud
bо‘lib, ular bir- biriga akustik belgilari va sо‘zlarni bir -biridan farqlash uchun
qarshi qо‘yiladi. Masalan : rus tilida 42 ta fonema, 6 ta unli va 36 ta undosh
tovush bor.
Fonematik idrok- tovushlarni farqlash va sо‘zning tovushli tuzilishini
aniqlash bо‘yicha maxsus aqliy faoliyat.
Fonematik eshituv- nutq tovushlarini eshitib idrok etish qobiliyati bо‘libning
tovush , fonema- tomonini egallashda muhim ahamiyatga ega. Fonematik
eshitishning buzilishi bolalarda tovushlar talaffuzininng buzilishiga, о‘qish va
yozish kо‘nikmalarini egallashdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Fonematik
eshitishni asta- sekin yо‘qotish sensor afaziyada kuzatiladi. Nutq tovushlari va
sо‘zlarni idrok etib farqlay olmaslik impressiv nutqni buzilishiga olib keladi.
Fonetik- fonematik rivojlanmaganlik- ona tilining talaffuz tomonini
shakllanishini buzilishi bо‘lib, turli nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda
fonemalarni talaffuz va idrok qilishni buzilishi.
Nutqni fonetik tashkil etish- nutq va mazmunni farqlashni asosini
ta’minlaydigan moddik asosni tashkil etuvchi nutqning tovush tomoni. Nutqni
fonetik tashkil etishning buzilishi eshitilishi noxush nutqga olib keladi, ancha
yaqqol namoyon bо‘ladigan holatlarda esa, yeutqiy muloqotni umuman tushunarsiz
qilib qо‘yadi, bu ba’zi xollarda bolalarda о‘qish va yozish buzilishlariga olib
keladi.
Fonopediya- Bо‘g‘izdagi nerv muskullar apparatini koordinatsiyasi va
faollashtirish, nafasni korreksiyalar va о‘quvchi shaxsini qayta tarbiyalashga
yо‘naltirilagan pedagogik ta’sirlar kompleksi.
Xeyloplastika-Yuqori lab yoriqliklarini operatsiya yо‘li bilan bekitish.
Boshqa asoratlardan qochish maqsadida bu operatsiyani 10-12 oylikda qilish
tavsiya etiladi.
Xitizm-“X” tovushining talaffuzini buzilishi yoki nutqda bu tovushning
tushirib qoldirilishi. Mustaqil nuqson sifatida “X” tovushining buzilishi kam
uchiraydi, u kо‘pincha dislaliya yoki eshitish buzilishlaridagi talaffuz kamchiliklari
sifatida uchraydi.
Serebral- miyali.
Labdan о‘qish-og‘zaki nutqni kо‘rinarli nutq organlari orkali kо‘rib idrok
etish. Karlar va zaif eshituvchilarda labdan о‘qish ma’lum darajada nutqni eshitib
idrok eta olmaslik yoki chegaralanganligini о‘rnini bosadi, ammo, bu maxsus
о‘qitishni talab etadi.
Egzogen-organizmga bog‘liq bо‘lmagan sabalar asosida paydo bо‘lishi.
Ekspiratsiya-nafas chiqarish.
Ekspressiv nutq-nutqning tashqi shakli, faol og‘zaki yoki yozma nutq.
Ekstirpatsiya-biror bir organni operatsiya yо‘li bilan olib tashlash.
Embolofraziya-qо‘shimcha tovushlar, bо‘g‘inlar va kо‘pincha : anaqa, anavi,
nimaydi,demak va boshqa sо‘zlar qо‘shilishi oqibatida gapning sintaktik
qurilishining
buzilishi. Embolofraziya odatda duduqlanish va afaziya kabi
murakkab nutq nuqsonlarida uchraydi. Sinonimlari- embolaliya, nutqiy embol.
Endogen- organizmni ichki muhiti asosida yotuvchi sabablarga kо‘ra paydo
bо‘lishi.
Etiologiya-kasallik yoki biror- bir nuqsonning kelib chiqish sabablarini
о‘rganish, ba’zan u keng kо‘lamli bо‘lib, о‘z ichiga kelib chiqish sharoitlarini
о‘rganishni ham qamrab oladi.
Efferent- markazdan qochuvchi.
Exolaliya- sо‘zlar, tovushlar, savollarni takrorlashga patologik moyilik,
exopraksiyaning shakllaridan biri; bosh miyaning organik kasalliklari bilan
og‘rigan kattalar va bolalarda kuzatiladi.Exolaliya ba’zan meyorda rivojlanayotgan
bolalarda ham kuzatilib, u nutq shakllanishining erta bosqichlaridan biri
hisoblanadi.
Download