O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor _________________D.U.Ergashev ___________________2018 yil “NUTQNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI” FANIDAN О‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A Bilim sohasi: Ta`lim sohasi: Ta’lim yo’nalishi: № 1. 2. 3. 4. Mashg‘ulot turi Nazariy (ma’ruza) Amaliy Mustaqil ta’lim Kurs ishi Jami auditoriya Umumiy o‘quv soati 100000 – Gumanitar 110000 – Pedagogika 5111900 – Defektologiya Ajratilgan soat Semestr II 18 20 30 38 68 Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan kelishildi. Tuzuvchilar: Logopediya kafedrasi dotsent v/b, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori SH.Aripova Logopediya kafedrasi о‘qituvchisi B.Xusniddinova Taqrizchi: 250-maxsus “ko`p ixtisosli” MTM mudirasi D.T.Ismoilova Mazkur О‘quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Kengashining ___________ yildagi 1-son majlisida tasdiqlangan MUNDARIJA Sо‘z boshi................................................................................. О‘QUV MATERIALLARI.................................................... Ma’ruza mashg‘uloti materiallari.............................................. Amaliy mashg‘ulot materiallari................................................. Mustaqil ta’lim mavzulari ....................................................... GLOSSARIY.............................................................................. ILOVALAP....................................................... Sо‘z boshi Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish bilan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshdi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bu boradagi umumnazariy va huquqiy asoslarni belgilab berdi. Shu maqsadda, ta’lim bosqichlarining o‘zgarishi, uning sifat samaradorligini ko‘tarishga, mazmunini tubdan yangilashga sabab bo‘ldi. Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus muassasalarda amaliyotda, oliy ta’limda bakalavrlar tayyorlashda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini amaliyotga, tadqiqot ishlariga tatbiq etish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi, magistr mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir. Ushbu о‘quv-uslubiy majmuada yuqorida koʻrsatilgan ta’lim yoʻnalishidagi talabalarning kasb egallashida oʻrganadigan fundamental fanlardan biri “Nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi” fani hisoblanadi. О‘quv-uslubiy majmuada nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi fanining maqsadi, obekti, mazmuni va uning vositalarini logopediya amaliyotida qo’llash masalalari e’tiborga olingan. О‘quv-uslubiy majmuada ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish keltirilgan. О‘quv-uslubiy majmuada nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi yoritilgan. Ushbu logopediya fani nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalar muassasalarida korreksion ishlarning mazmuni, vositasi, metodlari va fanning rivojlanishi, nutq kamchiligiga ega bolalar bilan logopedik ish, har xil nutq buzilishlarini bartaraf etish metodikalari, logopediya fanidan bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarning har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning mutaxassislik bо‘yicha yо‘naltirishni kо‘zda tutadi. Fanning asosiy maqsadi - talabalarga bola nutqini ontogenetik rivojlanish bosqichlarini va ona tilini o’zlashtirish tizimi qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga ta’limiy-korreksion jarayonini nutqida nuqsoni bo’lgan shaxsni psixofiziologik, yoshga doir hususiyatlari va individual ta’limiy ehtiyojlariga tayangan tarzda amalga oshirish, kasbiy faoliyatdagi taqdiqit masalalarini qoyish va hal etishda defektologik, pedagogik, psixologik, lingvistik, tibbiy-biologik bilimlarni qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu kursni talabalar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlari orqali о‘zlashtiradilar. Olingan nazariy va amaliy bilim talabalarning amaliy mavzularini bayon etishlari orqali mustahkamlanadi. Ushbu о‘quv-uslubiy majmua ma’ruza materiallari, amaliy mashg‘ulotlari, kurs ishi mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari uchun mavzular, fanga oid keyslar tо‘plami, glossariy va ilovalardan iborat. Ushbu majmua yuqori malakali bо‘lg‘usi о‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir. О‘QUV MATERIALLARI Ma’ruza mashg‘uloti materiallari 1 - Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida 1-MA’RUZA Fanning predmeti va vazifalari. Meyor va patologiya tushunchasi. РЕЖА Fanning maqsad va vazifalari. 2. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Fanning tamoyil va metodlari. 4. Meyor va patologiya tushunchasi. 1. Tayanch iboralar: ontogenez, norma, patologiya, disontogenez, logopediya, kompensatsiya, nutq,nuqson, sabab, mexanizm, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, tamoyil. Ontogenez – bu organizmning ona qornidaligi davridan, to qarilik davrigacha normal, fiziologik jarayonlar asosida rivojlanishidir. Fanning quyidagi vazifalarini ajratib kо‘rsatish mumkin: 1. Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini о‘rganish. 2. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning о‘z-о‘zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli kо‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, о‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. 4. Rivojlanishida turli xil farqlar bо‘lgan bolalarda (eshitish, kо‘rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch xarakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini о‘rganish. 5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash. 6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashhisi, metodlarini ishlab chiqish. 7. Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. 9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida kо‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yо‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni-nutq buzilishlarini о‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni-nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni о‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir. Qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni о‘rganuvchi kо‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish; 2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot о‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash; 3) nutqning buzilishini о‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish; 4) nutq buzilishini oldini olish uchun aholi о‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi. Logopedik ta’sir etishning asosiy yо‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlan-tirish; shuningdek ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi. Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini tо‘g‘rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bо‘lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi. Ushbu fan boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langandir. Shaxsga har tomonlama ta’sir kо‘rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan omilkorona shug‘ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan bо‘ladigan aloqasini belgilaydi. Tizmlar ichidagi va tizmlararo aloqalar bor. Tizm-ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan bо‘ladigan aloqalari kiradi. Tizmlararo alolarga esa tibiy-biologik va tilshunoslik fanlari о‘rtasidagi aloqalar kiradi. Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalanadi. Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi tо‘g‘risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak bо‘ladi. Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til belgisi tartiblaridan qо‘llanish yotadi. Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bо‘lib, u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda о‘zlashtirib olinadi. Nutqiy tizm bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining о‘ziga xos vazifasini bajaradi. A.R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi. Birinchi blok bosh miya pо‘stlog‘i osti (yuqori stvol va limbik oblast) haqidagi bilimlarni о‘z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta’minlaydi. Ikkinchi blok-orqamiya qatlami katta yarim sharlari bо‘laklarini о‘z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilish birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira-miya qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a’zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami appartlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‘zg‘alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar, birlamchi doiralar kabi, о‘zining ixtisosiy moddalligi (kо‘rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (kо‘rish, eshitish va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini о‘zida namoyon etadi. Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bо‘linmalarini о‘zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli moddallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini о‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e’tiborini qaratish munosabatlari, murakkab logik-grammatik sо‘zlarqurilishi haqidagi bilimlar bilan ish kо‘rishga о‘tish sodir bо‘ladi. Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‘ining oldingi bо‘limlari (motor, motor oldi va old frontal soha) doirani о‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlydi. U shuningdek miya qobig‘i ostidagi a’zolar faoliyati barcha tizmlarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qо‘yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus о‘ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi. Nutqning akustik belgilarini ajratib kо‘rsatish va differensiyalash nutqeshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati bilan ta’minlanadi. Bunga miya qobig‘i markaziy va old motor quyi bо‘linmalari sohasi bilan bog‘liq bо‘lgan bosh miya qobig‘i (Vernike doirasi)ning sо‘l yuqori ikkilamchi qismlari kiradi. Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni nutq apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi. Nutq aktining motor quyi yig‘indisi markaziy qismlarning ikkilamchi bо‘limlari (kinestetik apparat) va chap о‘ram qismining quyi bо‘limlari (kinetik apparat) bilan ta’minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bо‘ladi. О‘ram qismida esa nutq aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir harakatdan ikkinchi harakatga yengil о‘tish imkoniyatini ta’minlovchi kinestatik modellar yaratiladi. Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, ma’noning nutq kо‘rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig‘ining eng yuqori darajada shakllanishidir. U, ya’ni nutq bosh suyagi old va ustki qismi uchlamchi bо‘linmalarining aralashuvisiz hosil bо‘lmaydi. Bosh miya qobig‘ining uchlamchi bо‘limlari bir tekisda qabul qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash sxemasi va obrazlariga о‘tkazilishini ta’minlaydi. Miya qobig‘ini ustki qismida, shuningdek keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakllanadi. Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig‘ining ensa va ensa-tepa qismlarining turli bо‘limlari ishtirok etadi. Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‘ining turli qismlari turlicha ishtirok etadi. bosh miya qobig‘i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining о‘ziga xos alomatlariga olib keladi. Nutq jarayonining miyada amalga oshishi haqidagi ma’lumotlar nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va mexanizmlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar bosh miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli shakllarini (afaziya) surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika,uchun juda muhim bо‘lib, bemorlar nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi. Logopediya-otorinolaringologiya, nevropotologiya, psixopa-tologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilanuzviy bog‘langandir. Jumladan, nutq va eshitish a’zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida) nafaqat buzilishlar etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta’sir kо‘rsatish bilan bо‘ladigan logopedik ishlarni tо‘g‘ri qо‘shib olib borish uchun ham imkon beradi. Masalan, tovushning buzilishi qisman hiqildoq va tovush burishiqlari (g‘urralar, tugunchalar, papillomalar, tovush burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli organik jarohatlanishidan hosil bо‘lishi mumkin. Bunday hollardagi tovush buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib davolash mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya, psixoterapiya uslubida ta’sir etish bilan ta’minlanadi. Nutq buzilishining kо‘pgina turlari markaziy asab tizimining organik shikastlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, u logoped va nevropatolog-vrach yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. Nutq buzilishi hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: ruhiy rivojlanishda orqada qolish, о‘zini tutish va his-hayajon hollaridagi buzilishlar, diqqat-e’tibor, xotira, aqliy faoliyat buzilishlari kо‘zga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo bо‘lish mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‘liq bо‘lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach bolaning aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi, talab etiladigan davo choralarini qо‘llaydi. Nutq buzilishining kо‘pgina kо‘rinishlari miya rivojlanishining barvaqt sekinlashuvi bilan bog‘liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab tizimini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi mumkin. Bunday davoni vrach-psixonevrolog belgilaydi. Ayrim paytlarda nutq buzilishlari hishayajonli qо‘zg‘olishning kuchayishi natijasida sodir bо‘ladigan harakatdagi notinchlik bilan qо‘shiladi. bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning ishi besamara bо‘laveradi. Nutqning alohida kо‘rinishdagi buzilishlariga, masalan, duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar-qо‘rqish, hayajon, kо‘nikkan muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab bо‘lishi mumkin. Ularning paydo bо‘lish vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj bо‘ladi; faqat psixonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning sog‘ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma’lumotlarning hammasi shundan dalolat beradiki, logopediya-pedagogik fan hisoblangani bilan u о‘z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Anomal balalarni, shu jumladan nutqi buzilgan bolalarni ham о‘qitish va tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari va vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi. Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar psixopatalogiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruhiy rivojlanishning tormozlanishi, harakat va his-hayajonli buzilishlarda namoyon bо‘ladigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng kо‘p uchraydigan shakllari haqida ham tasavvur bо‘lishi lozim. Bu bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini tо‘g‘ri aniqlashda, tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani о‘qitish va tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam beradi. Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, kо‘rish, nutq a’zolari patologiyasi bilan aloqada bо‘lish nutq buzilishini farq qilgan holda tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, sensor alaliya va eshitishning pasaygan hollaridagi nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish faoliyatini chuqur tekshirishni talab qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq buzilishlarini belgilash ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini, intellektning ahvolini aniqlashsiz bо‘lmaydi. Tibbiyot fanlaridan ma’lumotlar logopedga nutq buzilishining mexanizmlari, etilogiyasini о‘rganishga tо‘g‘ri yondoshish uchun yordam beradi, nutq buzilishlarining turli kо‘rinishlarini bartaraf etishda diagnostika va differensiyalashgan logopedik ta’sir etish masalalarini tо‘g‘ri hal etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus muassasalarga tо‘g‘ri tanlash ham tashxis qо‘yishga bog‘liqdir. Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog‘langan. Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarida turlicha buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini о‘zlashtirib olish qonunlari va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam beradi, logopedik ta’sir etish tizimlarini ishlab chiqish uchun zarur bо‘ladi. Zamonaviy logopediyaning tizimli nutq buzilishini о‘rganish va bartaraf etishda L.S.Vigodskiy, A.R.Luriya, A.Leontyevning nutq faoliyatining murakkab tuzilishi, idrok jarayonlari va nutq aytish samarasi haqidagi ta’limotiga asoslanuvchi psixolingvistika ma’lumotlaridan keng qо‘llaniladi. Nutqni idrok etish va uning samaralari turli operatsiyalarni qamrab oladigan, murakkab iyerarxik qurilishga ega bо‘lgan kо‘p darajali jarayonlardan iboratdir. Nuqt hosil bо‘lish jarayonining har bir darajasi, har bir operatsiyasi о‘zining lug‘atiga, birliklarni birlashtirish sintaksisiga ega. Nutq buzilishlarini о‘rganishda nutq hosil bо‘lish operatsiyalaridan qaysi biri buzilganligini aniqlash muhimdir. Logopediyada A.S.Vigotskiy, A.Leontyev, T.V.Ryabova tomonidan ishlab chiqilgan nutq hosil bо‘lish modellaridan foydalaniladi. A.S.Vigotskiy fikr bilan sо‘z oralig‘idagi munosabatni fikrdan sо‘zga va aksincha harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib kо‘rsatar edi: motiv-fikr-ichki nutq-tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va semantik (ruhiy) jihatlarini farq qilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik (ruhiy) qurilishlarning о‘zaro munosabatlari kо‘zga tashlanadi. Ichki nutq semantik jihatdan tashqi nutqqa aylanish strukturasi hisoblanadi. L.S.Vigotskiy ichki nutqni chuqur tahil qildi, uning о‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdi. A.A.Leontyev, L.S.Vigotskiy bayon qilgan nutq jarayoni qurilishiga asoslanib, nutq paydo bо‘lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motiv-fikr (nutq intensiyasi)-ichki rejalashtirish-leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalashmotor ishlab chiqarish-tashqi nutq. Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi о‘z mexanizmlari bilan ajralib turadigan ikkita operatsiyani о‘z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo bо‘lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga oshiriladigan leksik tо‘ldirish. Shundan sо‘ng motor ishlab chiqarishi davom etadi. Misol uchun, alaliyani о‘rganishda psixolingvistik yondoshish ana shu nutq buzilishi mexanizmini chuqur ochishga, nuqsonning tuzilishini aniqlashga, bu buzilishni til buzilishi deb belgilashga imkon beradi. Afaziya paytidagi xilma xil idrok operatsiyalari turli shakllarda nutqning buzilish xususiyatlarini aniqlab olishga imkon beradi. Psixolingvistik yondoshish nutq buzilishlarini tuzatish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan chambarchas bog‘langandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish metodlarini bilishi muhimdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq buzilishi turli kо‘rinishlarini tabaqalashtirish va ularni intellektual yetishmovchilik, his-hayajonli va xarakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bog‘liq bо‘lgan nutq buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlar logopedga nafaqat nutq nuqsonini о‘zini, balki undan ham oldin bolani kо‘rishga, uning nutqiy buzilishining ruhiy rivojlanishidagi muhim jihatlar bilan bо‘ladigan о‘zaro aloqasini umuman tо‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Bu bilim unga turli yoshdagi bolalar bilan aloqa bog‘lashga, ularning nutqi, nutqidagi xalaqit beruvchi omillar, xotirasi, diqqate’tibori, intellekti, о‘zini erkin yoki his-hayajonli tutishlarini tekshirishda maqul metodlarni tanlab olishga, shuningdek ma’lum yoshdagi bola faoliyati ustidan logopedik ish olib borishga kо‘maklashadi. Nutq buzilishini о‘rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning о‘zaro bog‘liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning о‘zaro munosabatlari tо‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning о‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va metolardan foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan о‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondoshuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.1 Ulardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz. Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema tо‘g‘risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari о‘zaro chambarchas aloqada bо‘ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni о‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi. Nutq buzilishlarining о‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur bо‘ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik xususiyatga ega bо‘lishi kerak. Shunday qilib, nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim о‘rin tutadi. Nutq buzilishlarini о‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va о‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir. Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasida о‘rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham kо‘zda tutadi. Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, shuningdek ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, о‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tuzatish-logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bо‘lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi (ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Nutq buzilishlarining paydo bо‘lishi kо‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning о‘zaro murakkab ta’siri bilan bog‘langan bо‘ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib kо‘rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning о‘zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 1 Мазкур ва бошқа тамойиллар бобларнинг ўзига хос мақсадларига боғлиқ ќолда саралаб кўриб чиқилади. Nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar: kо‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondoshish va boshqalar muhim о‘rin tutadi. Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bо‘lish mumkin. Birinchi guruh-tashkiliy metodlar: qiyosiy longityudinal (dinamikada о‘rganish), kompleksli. Ikkinchi guruhni empirik metodlar tashkil etadi: observatsion (kuzatish), ekspetimental (laboratoriya, tabiiy, shakllanuvchi yoki psixologik-pedagogik sinov), psixodiagnostik (testlar, standartlashtirilgan va hayoliy loyihalashtirilgan, anketalar, suhbatlar, intervyu) faoliyatini, shuning bilan bir qatorda nutqiy faoliyatini ham tahlil qilishning praksimetrik usullari, biografik metod (anomnestik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish). Uchinchi guruhga olingan ma’lumotlarni miqdor (matematik-statistik) va sifat analizi kiradi. Bunda olingan ma’lumotlar EHMni qо‘llagan holda mashinada ishlab chiqiladi. Tо‘rtinchi guruh-interpretatsion metodlar, uslublar, о‘rganilayotgan hodisalar о‘rtasidagi aloqalarni nazariy tadqiq qilish usullari (qismlar va butunlik о‘rtasidagi, alohida jihatlar va umuman hodisa о‘rtasidagi, funksiyalar va shaxs о‘rtasidagi hamda boshqa aloqalar). Tadqiqotning obyektivligini ta’minlovchi texnik vositalar: kompyuter, intonograflar, spektograflar, nazometrlar, video nutq, fonograflar, spirometr va boshqa apparaturalar, shuningdek, butun nutq faoliyati va uning ayrim komponentlarini dinamikada о‘rganishga imkon beruvchi rentgenokinofotografiya, glottografiya, kinematografiya, elektromiografiyalardan keng foydalaniladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Meyor tushunchasi. 2. Statistik meyor. 3. Funksional yoki individual meyor. 4. Ideal meyor. 5. Ijtimoiy meyor. 6. Guruhiy meyor. 7. Meyor me’zonlari. 8. Patologiya va anomallik tushunchalari. 2-MA’RUZA Meyordagi va patologik rivojlanish nazariyasi. REJA: 1. Rivojlanish tushunchasi. 2. Bosqich va davrlar. 3. Senzitiv davr hususiyatlari. 4. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari. Tayanch sо‘zlar: etiologiya, pereferik, markaziy, organik, funksional, nerv faoliyati, bosh miya, nutq, sabab, anatomiya, fiziologiya, perseveratsiY. «Etiologiya» termini grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, (etio-sabab, logos-fan, о‘rganish) sabablarni о‘rganuvchi fan ma’nosini bildiradi. Sababiyat muammosi qadim qadimdan insoniyat e’tiborini о‘ziga qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida umumiy ilmiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari «etiologiya» tushunchasining о‘zi falsafiy kategoriyalardan biri bо‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga uning ham aloqasi bordir. Yirik patafiziolog I.V.Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal qilishga katta hissa qо‘shdi. Uning yozishicha: «Har qanday asl mazmun sabablardan boshlanib keladi, ya’ni kauzallik va determenizm tushunchalaridan boshlanadi. Bu ikki bir-biriga bog‘liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama talqin etiladi. Birinchi tomondan sababiyat haqida, ya’ni sabab-oqibat munosabatlari sifatida sharxlansa (aslida «etiologiya» tushunchasining mazmuni shunday bо‘lishi kerak), ikkinchi tomondan hodisalar mohiyatini bilish haqida, ya’ni uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish sifatida sharxlanadi». Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar haqidagi umumiy ta’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yо‘lini bosib о‘tdi. Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er.av. 460-377 y.) bir qator nutq buzilishlarining sababini kо‘rsatib о‘tgan. Boshqa grek faylasufi Aristotel (er.av. 384-322 y.) nutq hosil bо‘lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‘lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‘rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yо‘nalish kо‘rsatilgan. Birinchi yо‘nalish Gippokrat nuqtai nazari bо‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarini kelib chiqishiga sabab bо‘luvchi bosh omil ekanligi ta’kidlangan. Ikkinchisi Aristotelga tegishli bо‘lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sababi etib kо‘rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini о‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqai nazar saqlanib qolgan. Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni о‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yо‘nalishini ifodalaydi. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining «о‘z о‘rni» borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib о‘tilgan bо‘lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861 yilda, fransuz shifokori Pol Broko tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi kо‘rsatib berilgandan sо‘nggina berilgandir. Xuddi shunga о‘xshash kashfiyot 1874 yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bо‘lagi katta rol о‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni rо‘y beradi. Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 yillaridan jadal ishlana boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M.Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari sabablari orasida quyidagilarni ajratib kо‘rsatgan: 1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari. 2. Anatomik nutq apparatida patologik о‘zgarishlar. 3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi. 4. Organizmning umumiy nevropatik holati. M.YE.Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‘rsatdi. Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek nutq periferik organlaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar markaziy (miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi jarohatlanishi, tanglay yoriqligi va arti-kulyatsion apparatning boshqa marfologik о‘zgarishlari) ajratilgan. Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlovning ta’limoti orqali tushuntiradi. Bu ta’limot M.N.S. da qо‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining о‘zaro munosabatini buzilishi haqida bо‘lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning о‘zaro munosabati mavjudligini ta’kidlaydi. Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan. M.YE.Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan va buning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi. Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida sо‘nggi 10 yillikda qо‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega bо‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) zararlarning ahamiyatini kо‘rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola organizmiga kо‘rsatadigan ta’sirini tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun tо‘g‘ri yо‘l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir. Nutq buzilishlari sababi deganda – organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta’sir etishi yoki ularning о‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bо‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik kо‘rinishini shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, о‘zaro aloqadorlik о‘rnatilgan. Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol о‘ynaydi, ya’ni nutq kamchiliklarini kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki tо‘sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida kо‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bо‘lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nerv-psixik qо‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), M.N.S. ning erta organik jarohatlanishi asorati va h.k. Evolyusion-dinamik yondoshuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini о‘rganish uchun asos bо‘ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning M.N.S. ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning tashqi olam bilan о‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog‘liqdir. L.S.Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini о‘rganishda metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof muhit ta’siri bilan bog‘liqligini tushuntira turib, u «rivojlanishning ijtimoiy vaziyati» tushunchasini kiritdi. Bu о‘z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni о‘zida namoyon etadi. Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv afferentatsiyasining manbasi bо‘lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bо‘lishi mumkin. Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muxitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar, uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi). Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega bо‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shun-daygina eshitish kamlik qiladi (radiomagnitafon, televizor). Dastlab ma’lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining о‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Demak, hayotining birinchi yili uchun xarakterli bо‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-xarakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bо‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday о‘zgarish yuz bermasa u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi. Bolada predmetli-о‘yin faoliyati jarayonida tо‘plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bо‘lib xizmat qiladi. Bola nutg‘ining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi: ijobiy emotsional muxitning yо‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muxit. Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotadi. Nutq kamchiliklari kо‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi (qо‘rquv, yaqin odamini yо‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k.). Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrotik duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi. Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: 1. Bola organizmiga zararli ta’sir kо‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar. 2. Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki tо‘la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik. 3. Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining buzilishi. Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal rivojlanishi qachon sodir bо‘ladi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi jarohatlanishining yuqori darajadagi havfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo bо‘lishini о‘rganish osonroq kechadi. Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi: Birinchi davr (hayotining 1-2 yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va uning xarakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bо‘ladi. Bu yoshda pо‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bо‘ladi, xususan Broka zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida о‘z aksini kо‘rsatishi mumkin. Ikkinchi davr (3 yosh) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan kontekstli nutqqa о‘tiladi. Bu M.N.S. ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutqxarakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). M.N.S. ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi о‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bо‘lgan havfni belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kelishi mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh tortadi, kattalar qо‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik bildiradi. Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bо‘lishi mumkin. Gohida adabiyotlarda bu holat «evolyutiv» termini bilan yuritiladi, ya’ni yosh davrlari bilan bog‘liq rivojlanish. Masalan: «evolyutiv duduqlanish». Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qо‘yilganda duduqlanish hosil bо‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi. Bolada bor bо‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq kamchiliklari ham paydo bо‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlarni yaxshi bilishi va о‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi kerak. Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar mustaqil ahamiyatga ega bо‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik, bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi. Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda о‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal yetukligi va ishlab turishi muhim. Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar kо‘proq rol о‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi. Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bо‘linadi: 1. Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar. 2. Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal). 3. Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal). Kо‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qо‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida turli xil zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal patalogiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, infeksiyalar, intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli kо‘rinishdagi akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, chо‘zilgan yoki tezlashgan tug‘ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka о‘ralish, homilaning notо‘g‘ri yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi. Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki о‘rinlarni asfiksiya va tug‘ruq travmasi egallaydi. Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi va asfiksiya homila miyasining notо‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi. Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining о‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya pо‘stlog‘ining nutq zonalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya pо‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya). Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi kо‘proq bо‘ladi. Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bо‘ladi. Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi jarohat о‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar vujudga keladi-dizartriY. Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan mos kelmasligi ham muhim rol о‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari bо‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yо‘ldosh orqali о‘tib homila eritrotsitlarining bо‘linishini keltirib chiqaradi. Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bо‘lgan moddabilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning pо‘stloq osti bо‘limlari, eshituv yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi. Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga kо‘ra boshqa polimorf nuqsonlar bilan qо‘shilib keladi (eshituv, kо‘ruv, tayanch xarakat apparati, intellekt). Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa nuqsonlarning og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida kо‘proq miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog‘liq bо‘ladi. Homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida, shuningdek, embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha birmuncha og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi patalogik ta’sirlar odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv tizimining shakllanishini kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining buzilishiga olib keladi. Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda kо‘pgina dizembriogenetik stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari, yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi; miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish mumkin. Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadonyо‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod yetishmasligi о‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola tо‘la shakllanmagan, nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi, nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar о‘z navbatida nutq faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan. Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik genezli oligofreniyaning klinik kо‘rinishi о‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri kо‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va aqliy rivojlanishning orqada qolishini о‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi holati aniqlangan. Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila о‘limining havfi ona qornidaligi va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi, homilalik va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola hayotining birinchi yilida о‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga bog‘liqdir. Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida о‘zining jismoniy zaifligi, nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning orqada qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, kо‘ruv va eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashadi. Ayni vaqtda kо‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i, homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan. Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan chekishning aloqasi borligi isbotlandi. Ma’lumotlarga kо‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning patologik о‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar). Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli asfiksiya, yengil kо‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil nutq buzilishlari xarakterlidir. Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida bir kо‘rinishi ajratilgan. Bu kо‘rinish asosida alohida oliy pо‘stloq funksiyalarining yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq rivojlanishida о‘ziga xos orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi. Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining sekinlashuvi alohida о‘ringa ega. Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bо‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini о‘z vaqtida aniqlash va psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim. Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining yengil buzilishi, tremor kо‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar, umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi (ayniqsa kо‘ruv-motor koordinatsiyasi), mayda qо‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada kо‘rish mumkin. Nutq buzilishlari kо‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi. Sо‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab о‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar (yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi kо‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan nutqiy funksiyani amalga oshiradi, о‘ng yarim shar esa kо‘ruv-fazoviy gnozisni amalga oshiradi. О‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan о‘ng yarim shar tezroq shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi. Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo о‘zaro ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari о‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining kо‘p uchrashiga xromasoma tuzilishidagi о‘ziga xos о‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va nutq buzilishlari sabab bо‘lishi mumkin. Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik jarohatlanishlari katta rol о‘ynaydi. Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional ijobiy aloqani yetishmasligi). Hayotining birinchi yillarida bola va onaning о‘zaro aloqasi buzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona bilan yoki о‘ziga yaqin bо‘lgan boshqa kishilar bilan tо‘g‘ri о‘zaro munosabat bо‘lishini talab etadi. Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi о‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi. Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari aspekti bо‘yicha va keyingi asoratlari orasida tо‘la bir-biriga bog‘liqlik bо‘lmaydi. Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati kо‘pincha nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bо‘lgan davrda hosil bо‘ladimi yoki shakllanib bо‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr 100 yil avval kо‘rsatilgan va sо‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan. Kattalarda shunga о‘xshash jarohatlar ma’lum о‘ringa ega bо‘ladilar. Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola miyasining jarohatlanish о‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib chiqishi chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yо‘qligi tushuntiriladi. Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari kelib chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa bolaning yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining borligi bilan izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi darajasi orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bо‘lsa, ya’ni ular qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi. Bu shunda namoyon bо‘ladiki, о‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni (nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan nerv hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq bu faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya pо‘stloq bо‘limlari miyelinizatsiyasi hali tugamagan bо‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib bо‘lmagan bо‘lsa. Erta yoshlarda bola bosh miyasi pо‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi kattalarga qaraganda о‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar kattalarda afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga kelsa, bolalarda ular kо‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, hatto о‘ng yarim sharlarning (odatda subdominant) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim: vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati, shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik darajasi. Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega. Kо‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar. Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi. Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan (1980) ma’lumotiga kо‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yо‘g‘i 1,31% ni tashkil etar ekan. A.Gridnev (1976) ma’lumotiga kо‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik 17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya, disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bо‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning о‘zidan kelib chiqadi. Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va odatda progridiyent oqimga ega bо‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi. Xromosoma sindromi ikki guruhga bо‘linadi: Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar. Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar. Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qо‘shilib keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bо‘la oladi. Sо‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni о‘ziga jalb qilib kelayotgan muammo bu- x-xromosomasida о‘ziga xos о‘zgarishlari bо‘lgan bolalarning nutq buzilishlari masalasidir (fragil yoki mо‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qо‘shilib keluvchi nutq tempining tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu sindromga xarakterlidir. Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi. О‘ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi. Fenilketonuriya nasliy kasallik bо‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi. Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan davolov ishlari ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning keyinchalik pasayishini va nutqning tо‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin. Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yо‘naltirishni yodda tutishi muhim. Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qо‘shilib kelishi birmuncha kо‘proqdir. Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir: 1. Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va о‘chog‘ini hisobga olgan holda pо‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini о‘rganish. 2. Turli xil kо‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar rolini aniqlash. 3. Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar va sabablarni batafsil о‘rganish. 4. Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik ma’lumotlarni о‘rganish. Nazoart savollari 1. Nutq buzilishlarining asosiy sabablarini ayting. 2. Nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi sharoitni tavsiflab bering. 3. Ekzogen-organik omillarni nutq buzilishlarining sababi sifatida tavsiflab bering. 4. Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida nasliy omillarni rolini ochib bering. 5. Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini ochib bering. 6. Rivojlanish tushunchasi. 7. Bosqich va davrlar. 8. Senzitiv davr hususiyatlari. 9. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari. 3-MA’RUZA Tilni egallash konsepsiyalari. REJA: 1. Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin). 2. Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi. 3. J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi. 4. Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish (Dj.Bruner, M. Xelllidey). 5. L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga xos faoliyat sifatida” konsepsiyasi. 6. Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya). 7. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bо‘ladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qо‘shimcha qо‘shildi”1. Bu qо‘shimcha odamda nutq paydo bо‘lishi va yangi signal tizimi vujudga kelishidan iborat bо‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bо‘lgan ikkinchi signal tizimi qaror topdi. “Bо‘lg‘usi odamda, - deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signallari-talaffuz etiladigan, eshitiladigan va kо‘riladigan sо‘zlar kо‘rinishida paydo bо‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga yetdi”2. Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qо‘llab-quvvatlangandagina tо‘g‘ri shakllanadi. Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega. Nutqning tо‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bо‘lishi muximdir. Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining ikkinchi xaftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, 1 И.П.Павлов. тœла асарлар тœплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет. 2 Œша асар, 345-бет. bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy nerv tizimida eshituv dominantasi paydo bо‘la olishini kо‘rsatadi. Hayotining 2oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bо‘ladi, bola 3-4 oylik bо‘lib qolganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi. Bolalarda nutqning eshitish bо‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari о‘zgarib boradi, 6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bо‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bо‘ladi. Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi. Shunday qilib, bola о‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv analizatoridan kelayotgan signallarga bо‘ysundirish malakasini egallab boradi. Eshituv yordamida bola atrofdagilarning nutqini idrok etadi, unga taqlid qiladi va о‘z talaffuzini nazorat qiladi. L.V.Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan tekshirishlarining kо‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Dbdan kо‘p bо‘lmagan) ayrim tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa, odatda nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida buzilishlar bо‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tuzim ham yetarli darajada rivojlanmaydi. Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bо‘lgan tengdoshlaridagidek paydo bо‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin sо‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bо‘g‘in va atrofdagilarning sо‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda kо‘p hollarda bolalar о‘zlarining notо‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bо‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda rivojlanadi. Odatda bola 4 yoshga yetganda о‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Kо‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi. Nutqning paydo bо‘lishi va uning idrok qilinishida kо‘rish analizatorlarining muhim rol о‘ynashi, tug‘ma kо‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi. Kо‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni yaxshi taqlid qiladi. Bolaning rivojlanishi jarayonida kо‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar о‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqining tо‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhiti va ta’limtarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni о‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bо‘ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi sо‘zlar qachon paydo bо‘lishini bilsa, u holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga tо‘g‘ri diagnoz qо‘yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxasislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Bu tо‘g‘rimi? Yо‘q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz etish xos bо‘ladi. Bu kо‘rinish fiziologik dislasiya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda tug‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur hisoblanadi. Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha kо‘rsatadilar, ularni har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1) tayyorlov davri (2 yoshgacha) 2) nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontyev shakllanishini 4 davrga bо‘lib kо‘rsatadi; 1) tayyorgarlik davri-bir 1yoshgacha; 2) bog‘chagacha bо‘lgan davr- 3 yoshgacha; 3) maktabgacha bо‘lgan davr-7yoshgacha; 4) maktab davri bola nutqining Bu davrlarning tо‘liq tavsifi ustida tо‘xtalib о‘tamiz. Shunday qilib, birinchi davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha). Bola tug‘ilgandan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bо‘ladi. Tо‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bо‘limini (nafas olish, ovoz hosil bо‘lish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol о‘ynaydi. Ikki hafta о‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan tо‘xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qо‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bо‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni kо‘zlari bilan kuzatadi. Tez kundv bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga-yig‘laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bug‘inlarning talaffuzi paydo bо‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bolalarning chug‘urlashi haqida biz kо‘pgina lug‘atlardan va bolalar nutqining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan istalgan adabiyotdan umumiy ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Aniq ma’lumotlarga kelsak bizning bu masalada nochorligimiz seziladi. Chug‘urlash ietapining rivojlanishi haqidagi aniq va sistemali kuzatilgan ma’lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqini vaqtlargacha G.Goyer (Deryagina) va A.E. Goyer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta bola kuzatilgan edi. Shuning uchun namoyon bо‘lgan faktlarning barchasi chug‘urlash etapining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga qanchalik kо‘p yoki kamroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu faktlarda shu bolaning individual xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik kerak. A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 ta bolada chug‘urlash etapining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan materiallarga egamiz. Chug‘urlash etapining namoyon bо‘lish muddatiga kelsak, bu yerda turli fikrlar mavjud: bir guruh mualliflar bu etap bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 3oyning boshlarida namoyon bо‘ladi deb hisoblaydilar. Chug‘urlash etapining namoyon bо‘lishi muddatini aniqlashda bunday katta farq haqiqiy chegaralarni topishda qiyinchilik tug‘diryapti. Bu esa о‘z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash davri bilan chug‘urlash etapini chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir qarashda A.A. Leontyev (1965) tomonidan gu-gulash va chug‘urlash etaplari orasidagi ma’lum farqlar tо‘g‘ri ifodalangan bо‘lsada, bu 2 nutqgacha bо‘lgan davrlar о‘tish stadiyasida shunday qо‘shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib qoladi. Darvoqe, chegaralarning bunday noaniq kо‘rinishini chug‘urlashdan haqiqiy nutqga о‘tishda ham kuzatish mumkin: bolada hosil bо‘lgan sо‘zlar bilan bir qatorda ma’lum vaqt mobaynida atrof olamdagi predmet va hodisalarga aloqasi bо‘lmagan chug‘urlovchi tovushlar uyg‘unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va chug‘urlash etaplari orasidagi chegara singari, chug‘urlash bilan nutq orasidagi chegara ham individualdir. Bir vaqtda har bir bolada chegara о‘ziga qarab u yoki bu tomonda bо‘lishi mumkin. A.D. Salaxovaning kuzatishlari bо‘yicha chug‘urlash etapi namoyon bо‘lishining haqiqiy muddati taxminan 4 chi va 5 chi oylar о‘rtasiga tо‘g‘ri keladi. Aynan shunday fikrni A.A. Leontyevning yuqorida keltirilgan ishida ham kо‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, bola hayotining 4 chi oyi chug‘urlash davrining boshlanishi bо‘lib sanaladi. Bizda bir savol tug‘iladi: bola chug‘urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday munosabatda bо‘ladi, ya’ni boshqacha aytganda, chug‘urlash bevosita nutqiy muhit ta’siri ostida yoki unga bog‘liq bо‘lmagan holda rivojlanadimi? Bu savol behudaga berilgan emas. Chunki maxsus adabiyotlarda bu masala kо‘p ma’noda tushuntiriladi. Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy (1915) chug‘urlashni tovushlar hosil bо‘lishi jarayonidagi bolaning «ermagi» sifatida izohlaydi. Bunda u chug‘urlashni nutq organlari bilan о‘ynaladigan oyoq-qо‘lini bemaqsad harakatlantirishiga о‘xshash deb tushuntiradi. Boshqa mualliflar, masalan, M.A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov (1883) chug‘urlashni atrofdagilar nutqiga taqlid «meva»si sifatida baholaydi. Berilgan savolni yechish usullaridan biri bо‘lib, chug‘urlash etapining tovush tarkibini aynan о‘sha nutqiy tovushlar (fonemalar) sistemasi bilan solishtirish va taqqoslanishi hisoblanadi. Agar chug‘urlash etapining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga bog‘liqligini taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi eng avvalo unli tovushlarda namoyon bо‘lishi kerak. Chunki unli tovushlar akustik munosabatda bir muncha «yorqinroq» va undoshlarga qaraganda bir-biriga bir muncha zidroq. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida о‘zining artikulyatsiyasi jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan о‘xshaydigan faqat unli tovushlar aniqlanvermaydi, balki muayyan tilga xos bо‘lmagan tovushlar ham aniqlandi. Masalan: unli (ä), artikulyatsiyasi jihatidan ingliz tiliga yaqin (); tovushlar orasida о‘rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan ya’ni nazalizatsiyalangan tovushlar (ã),(õ)-fratsuz tiliga xos. Shuni ta’kidlash joizki, atrofidagi tilga aynan о‘xshamaydigan, chug‘urlash etapidagi unli tovushlar miqdori, aynan о‘xshash tovushlarga nisbatan kо‘proq. Eng avvalo shuni aytish kerakki, rus tilidagi tovushlarga aynan о‘xshash unli tovushlar chug‘urlash etapida tо‘liq tarkibda namoyon bо‘lgan bо‘lsa, undoshlar bu munosabatda butunlay boshqacha. Tekshirishlarning kо‘rsatishicha, chug‘urlash etapida qayd qilingan tovushlar ichida shipillovchi undoshlar va tish oldi, tish aro undoshlar guruhi ham kо‘rsatilmagan. Bu hol taxminan shunday tushuntiriladi: ayni davrda bolalarda tishlari hali chiqmagan bо‘ladi, ba’zi hollarda chiqishi ham mumkin. Til oldi tovushlari xuddi portlovchilar va shovqinlilar singari ingliz tiliga xos ????? chiqadi. Chug‘urlash etapining oxirlariga kelib bolada tishlar paydo bо‘lgani bilan, til oldi tovushlar chug‘urlash etapida umuman kо‘rinmaydi. Ayrim bolalarda bu vaqtga kelib lab-tish undoshlari paydo bо‘ladi. Demak, chug‘urlash etapida portlovchi va shovqinlilar paydo bо‘lmaydi. Chug‘urlash etapi rivojlanishining umumiy sxemasini taxminan shunday tarzda berish mumkin. Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiy taraqqiyoti natijasida bolaga ma’lum miqdorda artikulyatsion rivojlanish dasturi о‘tadi. Gu-gulash davrida va chug‘urlash etapining dastlabki bosqichlarida bu dastur bolalarning eshitishi holatiga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshadi: biz bu haqda yuqorida aytib о‘tgan edik, ya’ni gu-gulash va chug‘urlash etapi kar bolalarda ham bо‘ladi. Chug‘urlash etapi rivojlanishining keyingi bosqichlarida autoexolaliya mexanizmi qо‘shiladi. Bu rivojlanishda autoexolaliya mexanizmi faqat umumiy stimullovchi rol о‘ynaydi. Autoexolaliya, chug‘urlash etapini tovushlar zahirasi bilan boyitmaydi, chunki о‘z-о‘ziga taqlid jarayonida bola faqat talaffuz qilganini о‘zinigina eshitadi. Chug‘urlash etapining keyingi rivojida, ayniqsa buetapning tugashi bosqichida exolaliya mexanizmi qо‘yiladi. Bu mexanizm, chug‘urlash etapi rivojlanishini umumiy rag‘batlantirish bilan birga, ma’lum miqdorda bu etapni tovushlar zahirasi bilan boyitadi. Bolalarning exolalik reaksiyalari 3 xil kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Birinchi kо‘rinishda atrofdagilar bolaga chug‘urlashida bor bо‘lgan tovushlarni talaffuz qiladilar. Bu holatda exolalik reaksiya bir muncha muvaffaqiyatli chiqadi. Biroq bu reaksiyaning roli, autoexolaliyaning roli singari, chuqurlash etapining rivojlanishi uchun faqat umumiy rag‘batlantiruvchi bо‘lib ifodalanishi mumkin. Exolalik reaksiyaning ikkinchi kо‘rinishida atrofdagilar bolaning chug‘urlash etapida ayni vaqtda yо‘q bо‘lgan tovushlarni talaffuz qiladilar yoki gapiradilar. Bu tovushlar qо‘yilgan dastur bо‘yicha ancha kechroq paydo bо‘lishi kerak. Exolalik reaksiya nol bо‘lib qoladi, ya’ni bola bu tovushlarga umuman ta’sirlanmaydi, agar ta’sirlansa ham u holda baribir yana chug‘urlashi tarkibidagi tovush artikulyatsiyalariga e’tibor qiladi. Exolalik reaksiyaning bu kо‘rinishi ish ham birinchi kо‘rinishi singari asosan umumiy rag‘batlantiruvchi rol о‘ynaydi. Exolalik reaksiyaning uchinchi kо‘rinishi qо‘yidagicha: bolalarga chug‘urlash etapida yо‘q tovushlar talaffuz etiladi. Biroq bunda о‘zining akustikoartikulyatsion belgilari bо‘yicha atrofdagilar talaffuziga yaqin tovushlar bо‘ladi. Bu holda bola tovush obrazining ta’siri ostida oldinga bir qadam tashlaydi, chunki uning artikulyatsiyasi berilgan tovushga tо‘g‘ri kelishi kerak. Bunday turdagi rag‘batlantirishlar kо‘rinishidan chug‘urlash tarkibini boyitishda birmuncha samaralidir. Exolalik reaksiyaning uchinchi kо‘rinishi ta’siri ostida bu etap rivojlanishi uchun qо‘yilgan dastur, ayniqsa uning tugashi bosqichida muayyan korrektivlar kiritilishi mumkin. A.D. Salaxova ham exolaliya hisobiga undoshlarni yumshoq va qattiq belgisiga kо‘ra bir-biriga qarshi qо‘yib ma’lumot olgani extimoldan xoli emas. Kо‘rinib turibdiki, chug‘urlash etapining rivojlanishida bola eshituvining roli asosan ovoz reaksiyalarini umumiy raqbatlantirishga va bolaga nasliy berilgan artikulyatsion programmasini ma’lum miqdorda tuzatishga olib keladi. Bolada nutqiy rivojlanish programmasini mavjudligi haqidagi taxminlar tо‘g‘ri bо‘lsa, u holda bu programmani amalga oshirishda muayyan qonuniyat mavjud bо‘lishi kerak, xususan chug‘urlash etapida u yoki bu tovushlarning tartib bilan paydo bо‘lishi singari. Biroq shu paytgacha bu munosabatda biron-bir qonuniyatlarni aniqlash imkoni bо‘lmadi. Bolalar nutqi masalalari bilan shug‘ullanuvchi olimlar kо‘rinishidan yakdil fikrdalar: chug‘urlash etapida hech qanday umumiy qonuniyatlar yо‘q va nutqgacha bо‘lgan davrda tovushlar tartibsiz paydo bо‘ladi. R. Yakobson (1940-1942) bu borada shunday yozadi: nutq rivojlanishi jarayonida tovushlarni tanlash bevosita tilning tabiatiga bog‘liq va muammo haqiqiy lingvistik hisoblanadi. Chug‘urlash etapi tovushlari masalasida shunisi xarakterliki, bu yerda ularni о‘zlashtirish bо‘yicha hech qanday ketma-ketlikni о‘rnatishning keragi yо‘q. Chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish etapi asosida tovush zahirasida yetishmaydigan tovushlarni о‘zlashtirish sodir bо‘ladi. Chug‘urlashdan nutqga о‘tish stadiyasi haqida xuddi shu nuqtai nazarni A. Greguar (1947) ham aytib о‘tadi. Bu nuqtai nazarni dastlab bizga ham tо‘g‘ri bо‘lib tuyulgan. (V.I. Beltyukov, 1969). Biroq ish aslida boshqacha. Kо‘pgina mualliflar ajoyib faktni kо‘rsatadilar: bola chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish vaqtida u yoki bu tovushlarni qandaydir «unutadi» va ularni boshqatdan о‘zlashtirishni boshlaydi. A.D. Salaxovaning (1972) tadqiqotlari shunga guvohlik beradiki, bu holatda faqat muayyan tovushlarni «unutish» о‘rin olmaydi: tilning butun tovush (fonema) sistemasi shakllanishi jarayoni qaytadan sodir bо‘ladi. Bunga bog‘liq ravishda tabiiy savol tug‘iladi. Nutqning rivojlanishi jarayonida chug‘urlash etapining roli qanday? Eng avvalo chug‘urlash etapi bolaning artikulyatsion apparatini umumiy mashq qildirishni о‘z ichiga oladi. Bundan tashqari bu etapning ahamiyati shunga olib keladiki, exolaliya va autoexolaliya asosida muayyan motor-akustik aloqalar ishlab chiqiladi. Tо‘g‘ri, shuni unutmaslik kerakki, bolalar artikulyatsion apparatining rivojlanishi, xususan chug‘urlash etapining rivojlanishi jarayonida motor-akustik aloqalarning hosil bо‘lishi, harakatlar koordinatsiyasi va idrokning eng past darajalarida sodir bо‘ladi. Endi, chug‘urlash etapining rivojlanishida qandaydir bir qonuniyatlar mavjudmi, degan savolga qaytamiz. Tovushlarning alohida hosil bо‘lishi tartibi munosabati bо‘yicha bir bolaning chug‘urlashini 2chi bolaning chug‘urlashishi bilan solishtirganda ayrim mualliflarning haqiqatan ham haqligi haqida tasavvur paydo bо‘ladi. Bu mualliflar ta’kidlaydilarki, bu yerda qandaydir qonuniyatlarni о‘rnatish mumkin emas. Tovushlar faqat u yoki bu differensial belgilariga qarab guruhlangandagina nutq tovushlarining paydo bо‘lish tartibi aniqlanishi mumkin. Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida tovushlarning birmuncha intensiv kupayishi jarayoni umuman olganda 6 oylikdan keyin sodir bо‘ladi va bir oydan kо‘proq davom etadi. Sо‘ng tovushlarning kо‘payishi juda sekin va asta kechadi. Endi tadqiqotdan olingan diqqatga sazovor faktlarni tahlil qilamiz. Bu etapda burunli va og‘izli undoshlar deyarli bir vaqtda paydo bо‘ladi. Bu tovushlarning paydo bо‘lishi vaqtida ayrim ustunlik tomonlar og‘iz undoshlari tomonida kо‘rindi, biroq turli bolalarda ayrim tovushlarga nisbatan og‘iz undoshlaridan kо‘ra burun undoshlarining о‘zib ketishini kuzatish mumkin. Chug‘urlash etapida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning о‘zida paydo bо‘ladi. Bu yerda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklarga egadir. Biroq bu yerda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda alohida jarangsiz undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bо‘ladi. +attiq va yumshoq undoshlarning paydo bо‘lishi kuzatilganda dastlab yumshoq, sо‘ng qattiq til oldi undoshlari paydo bо‘lar ekan: (t)-(t). Lab undoshlariga kelsak, til oldi tovushlariga qarama-qarshi о‘laroq avval qattiq, sо‘ng yumshoq undoshlar hosil bо‘ladi. Portlovchi va shovqinlilar ichida avval portlovchilar, sо‘ng shovqinlilar paydo bо‘ladi. Olingan bu ma’lumotdan kо‘rinib turibdiki, bolalarda chug‘urlash etapining paydo bо‘lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial belgilar bо‘yicha bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug‘urlash etapida bir vaqtning о‘zida paydo bо‘ladi. (og‘izli-burunli, jarangli-jarangsiz). Boshqa differensial belgilari bо‘yicha taqqoslangan tovushlar guruhi (qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli) turli muddatlarda paydo bо‘ladi. Tadqiqotning yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, chug‘urlash davrining qaysi etapidan qat’iiy nazar juft tovushlarning biri paydo bо‘lgani zahoti, ikkinchisi ham u bilan paydo bо‘ladi. Demak, taqqoslangan barcha undosh tovushlar guruhidan chug‘urlash davrida birmuncha kontrastlik guruh burunli va og‘izli undoshlar hisoblanadi. Deyarli shu darajada kontrastlik bо‘lib jarangli va jarangsiz undoshlar hisoblanadi. Til oldi yumshoq va qattiq undoshlar ham ma’lum miqdorda bir-biriga yaqin. Keyin, bir-biriga yaqinligi bо‘yicha portlovchi va shovqinlilar qattiq va yumshoq lab undoshlari ketadi. Ma’lum undoshlar guruhi orasida kontrastlikning asta-sekin kamayishi tartibi sxemasi qо‘yidagicha kо‘rinishda bо‘ladi: burunli-og‘izli jarangli-jarangsiz qattiq-yumshoq (til oldi) portlovchi-shovqinli qattiq-yumshoq (lab) Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib qо‘yi-dagilarni aytish mumkin: chug‘urlashning tovush tarkibi ma’lum miqdorda atrofdagilar nutqining tovush sistemasidan farq qiladi. Chug‘urlash etapida ona tiliga adekvat tovushlardan kо‘ra noadekvat tovushlar kо‘proq. Iteratsiyani о‘z ichiga olgan bо‘g‘in strukturasi ruscha sо‘zlarning bо‘g‘in strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug‘urlash atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bо‘ladi. Atrofdagilar nutqiga taqlid qilish uchun bolada budavrda sensor va motor markazlar hali tо‘la yetilmagan bо‘ladi. Bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, unda nutqiy aloqada bо‘lish extiyoji о‘sib boradi. U bir nimani olishni, sо‘rashni, aytishni xohlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bо‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi, birinchi sо‘zlar paydo bо‘ladi. Ammo bu sо‘zlar kо‘pincha faqat bolaga, uning yaqinlariga tushunarli bо‘ladi. Ikkinchi davr-bog‘chagacha bо‘lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi sо‘zlar paydo bо‘lgandan sо‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sо‘zlarni kо‘p marotaba takrorlaydi va о‘zi ham sо‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni notо‘g‘ri talqin etadi, о‘rnini almashtiradi yoki о‘z nutqida qо‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir sо‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘pgina xilma-xil tadqi-qotchilar bola lug‘at boyligining о‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni kо‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga kо‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi: 1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3 yoshga borganda- 1000 ta suz. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi. Uchinchi davr—maktabgacha bulgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bо‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, 6, m, f, ye va boshqalarni о‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish kiyin bulgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzinn egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notо‘g‘ri qо‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. 3—7 yoshgacha bulgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning о‘z talaffuzini nazorat kilishga imkoniyat yaratadi. Bazi hollarda bola о‘z kamchiligini tо‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi. Bu davrda lug‘at boyligining о‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta suzgacha yetadi. Lugat boyligi usib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni xam rivojlanib boradi. Bola hayotining 4 yiliga kelib, ular о‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qо‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qо‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qо‘shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bо‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, sо‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bulishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola xar tomonlama tо‘g‘ri, an-iq gapiradi. Tо‘rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ra-vishda rо‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol о‘ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda о‘z ifoda-sini topayotganligini kо‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: - bola ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘ bо‘lishi; - normal aqliy qobiliyatgaega bо‘lishi; - normal eshitishi va kо‘rishi; - yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bо‘lishi; - gaplashish ehtiyojiga ega bо‘lishi; - tо‘g‘ri nutq muxitiga ega bо‘lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni о‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqi-dagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yara-tadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan о‘zviy bog‘liqdir. Nazoart uchun savollari 1. Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin). 2. Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi. 3. J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi. 4. Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish (Dj.Bruner, M. Xelllidey). 5. L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga xos faoliyat sifatida” konsepsiyasi. 6. Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya). 2- Modul. Meyordagi nutqiy ontogenez bosqichlari 4-MA’RUZA So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish. REJA: 1.Fonematik eshituv va uning xususiyatlari. Tayanch iboralar: nutq,tasnif, nevrologiya, nutq buzilishi, patologiya, neyrofiziologiya, tibbiyot, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, nutq apparati, disfoniya, bradilaliya, duduqlanish, taxilaliya, dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, afaziya, Eng avvalo, fonema, fonematik eshituv, fonematik idrok haqidagi tushunchalarni aniqlashtiib olish zarur. Fonematik eshituv – bu noziktizimlashtirilgan eshituv bо‘lib u ona tilidagi fonemalarni tanish va farqlashga imkon beradi. U fizologik eshituvning bir qismi bо‘lib ularni eshitilayotgan tovush etalonlarini qarshi qо‘yishga va moslashtirishga yо‘znaltirilgan. Fonematik idrok –bu fonemalarni farqlash va ajratishga kо‘ra, sо‘z tarkibidagi tovushlarni aniqlash bо‘yicha aqliy faoliyatdir. Fonematik eshituv – tanafussiz bо‘g‘inlar qatorini nazorat qilishni amalga oshiradi. Nutqiy eshituv-fonetik va fonematik eshituvni xamkorlikdagi faoliyati bо‘lib,u nafaqalarо‘zgalar nutqini qabul qiladi va baxolaydi, balki о‘z nutqini xam nazorat qiladi. Nutqiy eshituv talaffuzini shakillanishi asosi xisoblanadi. Fonematik eshituv nutqiy faoliyatnning bо‘g‘inlaridan biri bо‘lib,bola psixalogik faoliyatining boshqa turlarini xam ta’millaydi:perseptiv,kornitiv,boshqaruvchi va boshqalar. Kо‘pgina olimlarning ma’lumotlariga kо‘ra,idrokni shakillanmaganligi nutqiy kamchiliklarga olib keluvchi sabablar ichidan birinchi о‘rinni egallaydi,shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalarni о‘qish faoliyatiga moslasha olmasliklariga xam sabab bо‘ladi. Ontogenezda tovush qо‘zg‘atuvchilariga ta’sir kо‘rsatish chaqaloqlarda xam kuzatiladi. Ubolani chо‘chishi,kо‘zini pirpiratishi,nafasi va pulsini о‘zgarishi bilan ifodalanadi. Keyinchalik 2-xaftalikda tovushli qо‘zg‘atuvchilari bolada umumiy xarakatlarnitо‘xtashiga,qichqirishini tо‘xtashiga olib keladi.Bu barcha reaksiyalar tug‘ma xarakterda bо‘lib,shartsiz reflekslardir. Tovush qо‘zg‘atuvchilariga birinchi shartli reflekslar bolalarda bola xayotining birinchi oyida va ikkinchi oyi boshida paydo bо‘ladi.Tovush signalini kо‘p marotaba mustaxkamlash natijasida (masalan,qо‘ng‘iroq) bolani oziqlantirishda,bola bu signallarga sо‘rish xarakatlari bilan javob bera boshlaydi, Shu bilan bir vaqtda u tovush kelgan tovush manbai kelgan tomonga qarab boshini buradi. Uchinchi va tо‘rtinchi oyga kelib bola sifa jixatidan turli tovushlarni (masalan,royal va qо‘ng‘iroq tovushlari) va turli balandlikdagi bir turdagi tovushlarni farqlay boshlaydi. 3 oylikdan 6 oylikkacha bо‘lgan yoshda asosiy semantik bosim intonatsiyaga tushadi. Buvaqtda bolada о‘z kechinmalarini(masalan,yoqimli yoki yoqimsiz) ovoz ottenkalari orqali ifodalash va intonatsiyalarni farqlash qobiliyati rivojlanadi. Xayotining birinchi yilini keyingi oylarida eshituv analizatorining rivojlanishi kuzatiladi. Bola atrofolamdagi tovushlarni,odamlar ovozlarini ajrata boshlaydi va ularga turlicha javob qaytaradi. Bola”tushuna”boshlagan sо‘zlar va iboralar ular uchun yetarlicha qismlarga ajratilmagan kо‘rinishda va hodisalarni bildiruvchi signallardir. (itning vovillashi, soatni qо‘ng‘rog‘i va hakazolar). 5-6 oylik bola birortasi tomonidan “soat” sо‘zini talaffuziga mos predmetni kо‘rsatsa, tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsata oladi. Ammo bunda unga agar “soat” sо‘zi о‘rniga aytilishiga kо‘ra о‘xshash bо‘g‘inlar: ti-ti, yoki pi-pi, deyilsa ham, u shu xarakatni bajaradi. Shu tariqa bola sо‘zni uni ritimiga, umumiy tovushlarning tashqi kо‘rinishiga kо‘ra ajratib oladi. Sо‘z tarkibiga kiruvchi tovushlar ular tomonidan ham tarqoq xolda idrok etiladi. Shuning uchun ular akustik jixatdan о‘xshash tovushlarga ajratiladi. Eshituv analizatorining keyingi rivojlanishi unda ikkinchi signalsistemasining intensiv rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, nutqni tuzilishini umumiy fonematik idrok etishdan ancha differensial idrok etishga о‘tishi bilan xarakterlanadi. Agar bola xayotining birinchi yilida nutqda intonatsiya va ritmni ilg‘ab olsa, unda 2 yoshda u nutqdagi tovushlarni,sо‘zning tovush tarkibini ancha aniq farqlay boshlaydi. Tovushlarni sо‘zdagi о‘rnini aniqlash bolalarda asta-sekin rivojlanib boradi. Birinchi bо‘lib bolalar ancha qо‘pol qarama-qarshi qо‘yilgan unli va undosh tovushlarni farqlaydi,ammo bu guruxlar ichida keng yetakchilik kuzatiladi, undoshlar xali umuman farqlanmaydi, unlilar ichida esa ancha aniq va oson talaffuz qilinadigan (a) tovushi ajratilib,unga qolgan barcha unli tovushlarga qarshi,о‘zaro differensiyalanmagan tovushlar qо‘yiladi: *keyinchalik unlilar “ ichida”difeferensatsiya amalga oshadi ( i-u )(e – o)(io).(e-u); keginchalik uboshka yukori chastotali tovushlar (i-e); (u-o) past chastotali tovushlarni farklay boshlaydi . * kegin undoshlar “ichida “gi oppozitsiyalar shakillanadi.. suz tarkibidagi tovushlarni tushirib koldirish yoki tovushni umumiy tovushlar katoridan aniklash sonor tovushlarni shovkinligidan portlovchilarni sirgalovchilardan . jaranglilarni –jarangsizlardan ajratishi . Bolalarda fonimatik eshituv asta-sekin tabiy rivojlanish jarayonida shakillanadi bola 7-11 oylikda sо‘zlarga reaksiya bildiradi, ammo bu sо‘zni predmetli ma’nosiga emas uni intonatsional tamoniga e’tibor qaratish bо‘ladi . Bu davr nutq rivojlanishining fonemagacha bо‘lgan davri deb ataladi. 1 yoshga kelib, sо‘z birinchi bor muloqat quroli sifatida xiziat qiladi, til vositasida xarakterini oladi va bolauning tovush doirasiga ta’sir kо‘rsata boshlaydi. (uni tarkibiga kiruvchi fonemalar). Keyinchalik fonematik rivojlanishkeskin amalga oshib, doimo talaffuzni takomillashuvining asosi bо‘lib xizmat qiladigan, bolaning artikulatsion imkoniyatlaridan ilgarlab ketadi, deb xisoblaydi. A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkinning takidlashicha, 2 yoshning oxiriga kelib, nutqni tushunishda bola fonematik idrokda ona tilidagibarcha tovushlardan foydalanadi. Taxminan 3 yoshga kelib bola eshituvga kо‘ra barcha tovushlarni farqlash qobiliyatiga ega bо‘ladi deyishadi, bolalarni nutqiy eshituvini о‘rgangan mashxur olimlar fonematik eshituvi bolalarda yetarlicha shakllangan bо‘ladi. Ammo fongenmatik eshituvni rivojlanishi va uni takomillashuvi maktabgacha yoshda davom etadi. Bolani fonematik eshituvini rivojlantirishni yetakchi omil uni nutqini atrofdagiodamlar bilan muloqat jarayonida tо‘liq rivojlanishi xisoblanadi. Bolada fonematik eshituv impressiv nutqni rivojlantirish asosidashakllanadi. Fonematik eshituvniegallash nutqiy faoliyatning boshqa shakllariga – og‘zaki nutq, о‘qish, yozish bilan birga keladi, shuning uchun fonematik eshituv barcha murakkab nutqiy tizimning asosi xisolanadi,. Nutqni idrok etishda bola kо‘p qirrali tovushlarga duch keladi: nutqda ishtirok etuvchi tovushlar о‘zgaruvchan. U juda kо‘p turdagi tovushlarni eshitadi, ular bо‘g‘in ketma-ketligida birikib, uzluksiz komplnentlarni tashkil etadi, Uni bular ichidagi shundayfonemaga diqqatini qaratish kerakki, bitta fonemani u doimiy belgisiga kо‘ra boshqa barcha tovushlar ichidan ajrata olsin, bunga bitta fonema (til birligi sifatida) boshqasiga qarama qarshiqо‘yilsin. Agar bola bunga о‘rganmasa, u bitta sо‘zniboshqasidan ajrata olmaydi, uni taniy olmaydi. Bola rivojlanishi jarayonida zaruriy qobiliyat sifatida fonematik eshituv rivojlanadi, N.I.Jinkinning fikricha busiz nutq rivojlanmaydi. Fonematik eshituv sо‘zini tashkil etuvchi fonemalarni farqlash va tanish operatsiyalarni amalga oshiradi. U bolada nutqni rivojlanish jarayonida birinchi navbatda shakllanadi. Bunda fonematik eshituv ham rivojlanadi, u “bо‘g‘inlarni uzluksiz qatorini” kuzatishni amalga oshiradi. Fonemalar talaffuz etilgan variantda berilar ekan-bunda tovushlar (allafonlarda) me’orda umum qabul qilingan, odatiy ravishdatalffuz qilinishi kerak, bо‘lmasa ularning eshituvchilar anglashda qiynaladi. Tilga doir tovushlar noodatiy talaffuzi fonetik eshituv tomonidan notо‘g‘ri deb boxolanadi. Fonematik va fonetik eshituv (ular birgalikda nutqiy eshituvni tashkil etadi) nafaqat о‘zgalar nutqini qabul qilish va boxolashni amalga oshiradi, balki о‘zini nutqini nazorat qilishni ham amalga oshiradi. Nutqiy eshituv meoridagi talaffuzni shakkillantirishni mahim sharti xisoblanadi. Agar bolada aloxida tovushlarning akustek obrazi shakillanmagan bо‘lsa, fonemalar eshitilishiga kо‘ra farqlanmaydi, bu tovushlarni almashtirilishiga olib keladi. Nutq uchun zarur bо‘lgan barcha tovushlar shakllanmaguncha artikulyar baza tо‘liq xisoblanmaydi. Boshqa xollarda bolada barcha artikulyatsion xolatlar shakillangan bо‘ladi, ammo ba’zi xolatlarni farqlash malakasi bо‘lmaydi, bu tanlangan tovushni notо‘g‘ri talaffuz etishga olib keladi. Buning oqibatida fonemalar almashtiriladi,bitta sо‘z turli xil tovushlar qatori sifatida qabul qilinadi. Bu xodisa fonemalarni (tovushlarni) о‘zaro almashtirilishi yoki qorishtirilishi deb ataladi.Tovushlarni almashtirilishi yoki qorishtirilishi fonologik yoki shuningdek fonematik nuqsonlar sifatida guruxlanadi, Boladagi fonematik eshituv va fonematik eshituvni buzilishida tovushlar talaffuzi buziladi. Bu toifa bolalarning tovushlar talaffuzi xolati quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: Nutqda u yoki bu tovushlarni yо‘qligi va tovushlarni almashtirilishi. Artikulyatsion jixatdan murakkab tovushlar,artikulyatsiyasi oson tovuо‘larga almashtiriladi. Masalan(S), (SH) – (F) ga (R) tovush о‘rniga – (L) – (Y), (m)– (g)ga almashtiriladi. Tovushning yо‘qligiyoki uni boshqa artikulyatsion belgisiga kо‘ra almashtirilishi unga mos fonemalarni qorishuviga sharoit yaratadi. Artikulyator yoki akustik jixatdan yaqin tovushlarni almashtirilishida bolada artikulema shakillanadi, ammo fonemani shakillanishi tugallanmaydi. Turli fonetik guruxlarga tegishli yaqin tovushlarni farqlashdagi qiyinchilik ularni о‘qish va yozishda xam almashtirilishiga olib keladi. Nutqda tovushlarni notо‘g‘ri qо‘llash kо‘pi bilan 16-20 tagacha bо‘lishi mumkin.Kо‘pincha shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlar (s),(ch),(sh), (z),(s), (j), (t) va (d), (l), (r),tovushlari,jarangli tovushlarning jarangsiz juftlari yetarlicha shakillanmagan bо‘ladi. 2.Artikulyatsiyasiga kо‘ra о‘xshash tovushlarni almashtirilishi.Ikki yoki bir nechta artikulyatsion jixatdan yaqin tovushlar о‘rniga oraliq,noaniq tovushlar talaffuz qilinadi, sh va s tovushi о‘rniga-yumshoq (sh), ch va t tovushi о‘rnigayumshatilgan (ch)tovushi. Bunday almashtirishlarning sababi fonematik eshituvning yetarlicha shakillanmaganligi yokiuni buzilishi xisoblanadi. 3.Nutqda tovushlarni notug‘un qо‘llanilishi.Ba’zi tovushlarni bolalar kо‘rsatma asosida aloxida (yakka) xolda tо‘g‘ri talaffuz qilishadi ammo nutqda talaffuz qila olmaydi yoki almashtiradi.Ba’zan bola bitta sо‘zni turli xolatda takrorlashda turllicha talaffuz qiladi. Shunday xolatlar xam bо‘ladiki,bola bir fonetik guruxga tegishli tovushlarni almashtiradi,boshqa tovushlarni-buzibtalaffuz qiladi. Bundan nuqson fonetiko-fonematik buzilish deyiladi. 4.Bir yoki bir nechta tovushlarni buzib talaffuz qilinishi. Bola 2-4 tovushi buzib talaffuz qilishi yoki nuqsonsiz gapirishi mumkin, ammo eshtishida turli guruxlarga tegishli qо‘proq tovushlarni farqlay olmaydi. Talaffuzning yaxshi ekanligi bazan fonematik jarayonlarni chuqur rivojlanmaganligini berkitishi mumkin. Tovushlarni buzub talaffuz qilinishining asosiy sababi odatda artikulyatsion motorikaning rivojlanmaganligi yoki uni buzulishi xisoblanadi. Bu fonematik buzulishlarga tegishli. Tadqiqot natijalari va о‘zining fiziko-akustik xususiyatlariga kо‘ra turlicha tovushlar funksiyalarini qarama-qarshi qо‘yish, tovushlarining ba’zi belgilari sо‘zlarni farqlash funksiyasini bajarishi aniqlangan. Nutqiy muloqatni ta’minlay turib, tovushlar ijtimoiy funksiyaga ega bо‘ladi. Nutqning tovush tomonidagi ijtimoiy axamiyatiga ega sifatlarini birinchi о‘ringa qо‘yib mutaxasislar fonemani о‘rganish xaqidagi vazifani xal etishni ishlab chiqib unda tilning tovush tomonidagi asosiy birliklari xaqidagi muammolarni xal etishning asosan usullari berilgan. Nutqning tovush tomonini о‘rganish natijasida bizning nutqimizdagi tovushlarning munosabati xilma-xil va noodatiy, turli-tumanligi aniqlandi. Tovushlarni о‘rganishda quyidagi aspektlar aniqlangan: nutqning tovushlarining fizik xususiyatlarini nazarda tutuvchi fizik – ular tarkibiga tovush tonlari va shovqinlari kiradi: 2) Fiziologik-tovushlar talaffuzida ishtirok etuvchi inson organizmlarini о‘rganuvchi : 3) Ijtimoiy – nutq tovushlarini ularni axamiyatiga kо‘ra muloqat quroli maqsadida о‘rganuvchi. Bu muammoni kо‘rib chiqishda birinchi о‘rinda ijtimoiy aspekt chiqadi. Nutqdagi tovushlarni bildirish uchun ijtimoiy aspektda “fonema” atamasi qо‘llaniladi Ma’lumot tilga tegishli fonemalar tizimi tashkil etadi. Ular bir-biri bilan munosabatda buladi xar bir fonema о‘zining ottenkasiga kо‘ra, boshqa tovushlarga ulardagi akustik farqlar asosida gapiruvchini eshitib ilg‘ab olishga kо‘ra qaramaqarshi qо‘yiladi. Fonemalarni farqlash qobiliyati ayniqsa bir tovushga kо‘ra farqlanadigan sо‘zlarni qarama-qarshi qо‘yganda yaqqol kо‘rinadi, masalan, tol-pol, chol-sol, sim-shim kabi bu [m],[n],[ch],[s],[sh] tovushlar о‘zbek tilida aloxida fonema ekanligini kо‘rsatadi. Bu fonemalarni gapiruvchi yaxshi farqlay olmasa, kо‘pgina sо‘zlarni talaffuzda farqlay olmaydi, unutqni tushunishni qiyinlashtiradi. Gvozdevning kо‘rsatishicha, fonemalar manoviy birliklarni farqlashga xizmat qila turib ular о‘z xolicha ma’noni anglatmaydi. Fonema – bu tilning kichik birligi xisoblangan tovush bо‘lib, u manolarni saqlash funksiyasini bajaradi. XX asrning 60-yillarida “tovush taxlili” atamasi qо‘llanilgan va uni quyidagi turlarini farqlashgan: tabiiy tovush taxlili va sun’iy tovush taxlili. Tabiiy (sensor-persentif) tovush taxlili og‘zaki nutqiga xizmat qilib, u yordamidamanoni farqlash funksiyasi amalga oshiriladi. Sun’iy (intelektuall) tovush taxlili о‘z-о‘zidan shakillanmaydi uni bolalar shk maqsadda о‘qitish davomida egallaydilar. Tovush taxlilining bu turi insonning yozma nutqiga xizmat qiladi. Intelektual tovush taxlili jarayonida 3 ta asosiy operatsiyalar am alga oshiriladi: 1) sо‘zdagi tovushlarni yoki uning yо‘qligini aniqlash, 2) sо‘zdagi tovushlarni о‘zaro о‘rnini aniqlash, 3) sо‘zdagi tovushlar soni va ularni chiziqli ketma-ketligini aniqlash. D.B.Elkomin bu ikki turdagi tovushlar taxlilini “yangi atamalar-fonematik eshituv” va “fonematik idrok” deb atashni taklif etadi. M.YE.Xvatev fonematik eshituvni “nutqimizdagi manoviy birliklar sifatida qabul qilish qolbiliyati bо‘lib u inson eshituvining asosiy sifati xisoblanadi”, deb belgilaydi. Faqatgina fonematik eshituv orqaligina nutq dagi tovushlarni va aloxida sо‘zlar ma’zmunini aniq idrok etish mumkin. Shu tariqa fonematik eshituv insonni fizik eshituvini asosiy turi bо‘lib u ona tilidagi fonemalarni eshitish va farqlash imkonini beradi. Fonemktk idrok bu sо‘zning tovush tarkibini taxlil qilish demakdir. Bollarda fonemalarni talffuz qilish va idrok etishni buzilishida akustik-artikuliyatsion belgilariga kо‘ra farqlanuvi tovushlarni idrok etish va artikuliyatsiyalash jarayonini tugallanmaganligi kuzatiladi. Fonematik eshituvni rivojlanish darajasi tovush taxlilini egallashga ta’sir kо‘rsatadi. Fonematik eshituvni rivojlangmaganlik darajasi turlicha bо‘lishi mumkimn. Ularning quyidagi darajalarga ajratish mumkin. 1) Bilamchi daraja: Fonematik eshituv bilamchi buzilgan. Tovush taxlildi faoliyatlari darajasi va tovush taxlilini egallashning asosiy shartlari yetarlicha shakllanmagan. 2) Ikkilamchi darajda: Folnematik eshituv ikkilamcha buzigan. Artikuliyatsin organlar motorikasininig buzilishi oqibatidagi nutqiy kinesteziyalar yoki nutq organlarida anatomik nuqsonlar kuzatiladi. Me’orda eshitib talffuz qilish munosabati buziladi: muximi talaffuzni rivojlanish mexanizmi. Yengil dizartriyali bolalardagi fonetiko-fonematik buzilish xususiyatlarin о‘rgana turib “foyemati eshituv” va “fonemati idrok” tushunchalarni aniqlab olish zarur. Psixologiya, lingivistik, defektalogiya, pedagogikada bu tushunchalarni belgilash uchun turlicha qarashlar mavjud. Logopedik va psixologik lug‘atlarda “fonematik eshituv” atamasi odamning nutqiy tovushlarini analiz va sintez qilish, shu til fonemalarnini idrok etishni ta’minlovchi qobiliyat sifatida belgilanadi. Fonematik eshituvni shakllanishini tushunishga nutq rivojlanishini tekshiruvchi olimlar turlicha yondashishadi, ammo ularning barchasi 2 yoshga kelib “birlamchi” fonematik eshituv maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosi bо‘ladi degan xulosaga kelishdi. A.R.Luriya fonematik eshituni aloxida guruxdagi turli tovushlarni umumlashtirish qobiliyati sifatida qarab,unda tovushglarning о‘ziga xos belgilari va uning masofaviy belgilarinisolishtirishni qullaydi. T.B.Filicheva, T.V.Tumanov fonematik eshituvni bolani sо‘z tarkibidagi morfologik va tovush tushunchalarini am aliy umumlashtirish qobiliyati sifatida. L.E.Jurova va D.B.El’koninlarning fikricha fonematik eshituv bolalarda jarayonida nutqiy eshituvning ancha yuqori shakli natijasi sifatida shakllanadi. “Fonematik idrok” atamasi ostida tild tovushlarini ajratish va sо‘zning tovush tizimining uni birligi sifatida qabul qilish tushuniladi. A.M.Borodovich fikricha fonematik idrok sо‘zida bolani о‘z nutqini doirasida analitik faoliyatini rivojlanishini aks ettiradi. (nutqni taxlil qilish malakasi, uni tashkil etuvchi qisimlarga ajratish) Boshqa sо‘z bilan aytganda fonematik idrok “nutqda gaplarni, gaplarda sо‘zlarni, sо‘zlarda” tovushlarni ajrata olish malakasi sifatida tushuniladi. M.G.Gening va N.A.Gemanlar bolaning fonematik idrok qobiliyatida nutq tovushlarni ayniqsa akustik yaqin tovushlarnni eshitib idrok etish va tо‘g‘ri farqlashni kо‘radilar. Fonematik idrokni malaka emas, qobiliyat sifatida kо‘rib chiqib olimlar uni fonematik eshituv bilan bir xil deb xisoblashadi. Shuningdek kо‘pgina olimlar fonematik idrokni о‘z nutqidagi tovushlarni tо‘g‘ri farqlash malakasini maxsus tarbiyalash sifatida xarakterlaydi. N.X.Shvachkinni bolalarni fonematik eshituvini о‘rganishga bag‘ishlangan ishida bolalarni fonematik eshituvini qonuniyatlarini aniqladi va bolani fonematik rivojlanishini, shakllanishini 12 ta genetik qatorini belgiladi. 12 ta fonematik (genetik) qator: 1-chisi – unlilarni farqlash; 2-chisi-undoshlarni farqlash; 3-chisi-sonorlar va shovqinlarni farqlash; 4-chisi qattiq va yumshoq undoshlarni farqlash; 5-chisi-sonar undoshlarni farqlash; 6-chisi-sonar va artikuliyatsiyalanmaydigan shovqinlarni farqlash; 7-chisi-lab va tiltovushlarini farqlash; 8-chisi-portlovchi va sirg‘aluvchi tovushlarni farqlash; 9-chisi-til oldi va til orqa tovushlarni farqlash; 10-chisi-jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlash; 11-chisi-shovqinli va portlovchi tovushlarnifaqlash; 12-chisi-sirg‘aluvchi va til о‘rta tovushlarni farqlash. Fonematik eshituv bola nutqining semantikasi bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi bola nutqida fonematik rivojlanish ketma-ketligini umumlashtirilgan xolatda 1-jadvalda kо‘rsatilagan. Fonematik rivojlanishning umumiy sxemasi. (N.X.Shvachkin) 1-jadval Rivojlanish ketma-ketligi Fonematik farqlash Davr Daraja Qator Bosqich Birinchi (unlilarni farqlash) Birinchi (unlilarni farqlash) Birinchi (unlilarni farqlash) Birinchi ikkinchi Ikkinchi (undoshlarni faqlash) Ikkinchi taxminiy (undoshlarni faqlash) Ikinchi - uchunchi [a] va boshqa unlilarni farqlash [4-u], [e-0], [4-0], [e-u]dan farqlash [4-e],[u0] dan farqlash. Undoshlarni faqlash: fonema=undosh-nolfonema [bok -ok], [vek-ek], [dik-ik]. Uchunchi Uchunchi (sonar va artikulyatsiy a-lanadigan shovqinlarni farqlash) - Sonar va artikulatsiyalanadigan shovqinlarni farqlash [mb], [r-g], [n-g], [j-v] Tо‘rtinchi Tо‘rtinchi (yumshoq va qattiq undoshlarni farqlash) - Qatiq va yumshoq undoshlarni farqlash [nn’][m-m’],[v-v’], [z-z’], [g-g’][l-l’],[r-r’] Beshinchi (sonarlarni faqlash) - Burunli va sirg‘aluvchilarni jfarqlash Beshinchi [m-l],[m-r], [n-l], [nr][n-j], [m-j] Burunli farqlash [m-n]. Sirg‘aluvchi farqlash [l-r] Oltinchi (shovqinlilarni faqlash) Oltinchi - Sonar va artikulyatsiyalanadigan shovqinlarni farqlash [m-z],[l-x], [n-z] Yettinchi - Til va lab farqlash undoshlarni [v-g],[v-z], [f-x] Sakkizinchi - Portlovachi va sirg‘aluvchi tovushlarni farqlash [b-v],[d-z], [k-x], [k-j]. Tо‘qqizinchi - Til oldi va til tovushlarni farqlash: orqa [d-g],[s-x], [sh-s]. О‘ninchi - Jarangli va jarangstz tovushlarni farqlash [n-b],[m-g], [k-g], [fv] [s-z],[sh-j]. О‘n birinchi - Shovqinli va portlovchi tovushlarni farqlash [s-z],[sh-j]. Un ikinchi - Sirg‘aluvchi va jni farqlash [r-j],[k-j]. Ontegnezda nutqning fonematik va fonematik tomonini rivojlanishi asta-sekin rivojlanadi. Nutqni egallashda asosiy rolni fonematik eshituv egallaydi. R.YE.Levina fonematik bosqichlarinitaklif etadi: rivojlanishni shakillanishini quyidagi 1-bosqich-fonemagacha bо‘lmaydi. rivojlanish davri, unda tovushlarni farqlash 2-bosqich-fonemalarni farqlashni boshlang‘ich bosqichi: 3-bosqich-fonemalarni farqlash amalaga oshirish bosqichi. 4-bosqich-elementar tovush taxliliga tayyorgarlik bosqichi. 5-bosqich fonemalarni farqlash va tovush taxlili operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati. Agar birinchi 3-bosqichni ilk yoshda bola meyorida amalga oshirsa,unda qolgan 2 bosqich katta maktab yoshida, kattalar tomonidan faol ta’sir etish jarayonida amalga oshadi. Tо‘g‘ri tovushlar talaffuzini egallash sensor va mator funksiyalarni о‘zaro chambarchas aloqasi asosida rivojlanib, ular nutqiy tizim birligini ta’minlaydi. Bir tomondan nutqning tovush tomonini tо‘g‘ri о‘zlashtirish kо‘p tomondan idrokning fonematik va perseptiv darajasini rivojlanishi belgilaydi. Boshqa tomolnidan nutqni rivojlanishi davomida eshituv analizatori nutq xarakat analizatori tomonidan ta’sirni xis etadi: Bola tovushlarni qanday talaffuz qilsa shunday eshitadi va idrok etadi, Bola tо‘g‘ri talffuz etadigan tovushlarni eshitishiga kо‘ra yaxshi farqlanadi yoki aksincha. Shuningdek, bola nutqni tovush tomonini tо‘g‘ri shakllanishi uchun nafaqat bunga artikulyatsin apparat tayyor bо‘lishi kerak balki о‘zini va boshqalar nutqidagi notо‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni yaxshi eshita olishi va farqlash malakasiga ega bо‘lishi kerak. Yengil dizartriyali bolalarda fonematik eshituvni shakllanishini buzilishi ikkilamchi xarakterda bо‘ladi. Bu turdagi nuqsonlar patologik nutqiy kinestiziyalarda, nutq organlaridagi xarakat organlaridagi jaroxatlarda, ikkilamchi xarakterdagi fonematik eshituv yengil dizartriyali bolalarda paydo bо‘ladi, uning ifodalanish darajasi dizartiriyaning о‘zidagidek ifodalanish darajasiga bog‘liq. Bolalar aytilishiga kо‘ra yaqin tovushlarni farqlash (rasmlar asosida), berilgan tovushlarga rasmlar tanlash, ularni bо‘g‘imlarda tanish mashqlarni yomon bajaradi. Yengil dizartriyali bolalarda artikulatsion aparatdagi patalogiyalar (ginertonus, gipotonus, deviatsiya, gipertinezlar, gipersolivatsiya va boshqalar) tufayli artikulatsin organlar motorikasi buziladi, artikuliator xarakatlar sifatida yomonlashadi. Bu mator yetishmovchilik ponevmatik eshituvni shakklanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu birinchi bо‘g‘inni buzilishi fonematik idrokni tashkil etuvchi aqli operatsiyalarni о‘qitish jarayonida о‘zgartirilishiga qarshilik kо‘rsatadi. Bunga bog‘liq ravishda fonematik analizni aqliy doirada amalga oshiruvchi (malaka) fonematik malaka va kо‘nikmalar, tassavvurlar shakllanmaydi. Shuningdek , eshituv va nutq xarakat apparati о‘rtasidagi aloqani tuzilishi sо‘zni tovush tarkibini yetarlicha о‘zlashtira olmaslikka olib keladi, bu esa о‘z navbatida о‘qish va yozishni egallash jarayonida aks etadi. Nutq payitida artikulyatsining aniqligini buzilishi, yengil dizartriyali bolalarni tushunarsiz nutqi aniq eshituv idrokini shakkillanishiga imkon bermaydi. Kо‘pincha bolalar о‘zlarning tovushlar talaffuzini nazorat qila olmaydi. Kenestik nazoratni va eshituv differensatsiyasining buzilishi nutqning prosodik va fonematik tomonlarini turg‘un buzilishining sababi xisoblanadi. Yengil dizartriyali bolalarni fonematik eshituv xolatini tekshirishga bag‘ishlangan bizning tadqiqotlarimiz shuni kо‘rsatdiki, ba’zi bolalarda qiyinchiliklar I-darajadayoq boshlanib ular nonutqiy tovushlarni yaxshi farqlay olmaydi. Nonutqiy tovushlarni farqlay olmaslik eshituv diqqatining xolatidan dalolat beradi va fonematik eshituvning shakallanishini sharti xisoblanadi. Anamnez ma’lumotlarni о‘rganish qiziqarli kuzatish xisoblanadi. Dearli barcha nonutqiy tovushlarni farqlashda muammolari bor bolalarning omoloringolog xulosasida adenoid о‘simtalari xaqidagi tashxizlar (II-daraja) mavjud. Yana boshqa muxim kuzatishdeb, bolalar ularga yaxshi tanish xayotda mashg‘ulotlarda kо‘p uchraydigan tovushlarni birinchi martta qabul qilayotgan va ularga tashish bо‘lmagan tovushlarga qaraganda yaxshi faqlaydi. Kо‘pgina bolalarni ritmik qobiliyatlarni idrok va ritmik qatorlarni takrorlashlarini tekshirilganda, ularda ikkalasida xam xotaliklar kuzatiladi. Eshituv diqqatining turg‘un emasligi tufayli ba’zi toprshiriqlar 2 yoki xatto uch martta urinishdan keyin bajarildi. Bunda mator buzilish yaqqol kо‘rinadi. Ba’zi bolalar bu topshiriqlarni bajaraolmaydi, topshiriqlarni bajarishdan bosh tortadi. Bir xil tovush komplekslari va tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni farqlashi tekshirilganda yengil dizartriyali bolalar dizartriyali bolalar bir xil bо‘lmagan guruxlarni aks ettiradi. Kamchilik xammada kuzatiladi, ammo turli darajada ifodalanadi. Xatoliklar bilan bajarilgan topshiriklarni kо‘pchilik bolalar mustaqil tо‘g‘irlashadi. Kо‘pincha bolalar xatolarini sezishmaydi. Tovush tarkibiga kо‘ra yaqin sо‘zlarni fqrqlash va ajratish bо‘yicha topshiriqlarni bolalar qiyinchilik bilan bajaraishadi. Bunday topshiriqlarda chapak chalish talab etiladi. Agar logoped kо‘p sо‘zlar qatoridan biror sо‘zni xato talaffuz qilsa bola chapak chaladi. (shashka-sashka, chashka-shashka). Barcha bolalar bо‘g‘inlar va fonemalarni farqlashda qiyinchiliklarga uchraydi, faqat bir necha bor urinishdan keyin (2-tо‘rt martta) bolalar boshqa unlilar qatoridan berilgan unli tovushni ajrata oladi. Oppozitsion undoshli bо‘g‘inlarni: jarangli va jarangsiz tovushlar ishtirok etgan bо‘g‘inlar farqlashga barcha bolalar qodir emas. Bug‘inlar va fonemalarni faqlash tadqiqotida bolalarning 1/ tasida nutq eshituv xotirasining buzilganligi aniqlanadi. Qiyinchiliklar faqatgini nozik akustiko- artikulyator belgilarga kо‘ra farqlanadigan tovushlarni farqlashdaemas balki aniq tovushlarda xam kuzatiladi. Ba’zi yengil dizartriyali bolalarda asosiy qiyinchilik bо‘g‘inlar janjirini takrorlashda aniqlanadi. О‘ziga xos buzilishlar iikinchi bо‘g‘inni birinchisiga moslashda, bо‘g‘inlarni bо‘g‘inlar janjiridagi о‘rninialmashtirishda aks etadi. Kо‘pgina olimlar fonetik, leksik-grammatik buzulishlarni muvoffaqiyatlibartaraf etish, gidiografiya va disleksiyani oldini olish ularni fonematik eshituvini shakllantirishni taklif etadi bundan tashqari yaxshi fonematik eshituv bolalarga atrofdagilar nutqidagi prosodik xarakteristikani farqoashga yordam beradi va prosodika kachiliklarni muvoffaqiyatli bartaraf etishga imkon beradi. Nazorat uchun savollar. 1. Tovushlar talaffuzi nutqiy ontogenezni dastlabki bosqichi. 2. Nutqni tug’ma asoslari: chaqaloqning qichqirishi va yig’isi, ularni bolaning sub’ektiv holati bilan aloqasi. 3. Bolalik davrini dastlabki vokalizasiyasi: gugulash va guvrash, ularni biologik determinasiyasi. Gugulash davri hususiyatlari. 4. Guvrashning fonetik boyligi va hilma-hilligi. 5. Guvrash tuzilmalarinin ahamiyati va o’zgarish hususiyatlari. Ona tilini hissiy-ifodaviy vokalizmini o’zlashtirish. 6. “Nutqiy imo-ishoralar” fonemalarni yuzaga kelish asoslari sifarida. 7. Nutqning artikulyasion tomonini o’zlashtirish qoniniyatlari. 5-MA’RUZA Bola nutqini leksikasini rivojlanishi. REJA: 1. So’zli nutq texnikasiga o’tish. Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash. 2. So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi. 3. Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni semantizasiyasi usullari. To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish. Tayanch sо‘zlar: ovoz, xiqildoq, funksiya, otorinolaringologiya, diafragma, traxeya, organik, fuksional, markaziy, pereferik, afoniya, disfoniya, fonosteniY. Psixologik adabiyotlarni tahlili, bolalarda birinchi nutqi funksiyasining shakllanishi jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to maktabgacha qadam qо‘yg‘uncha qadar) nutqni muloqat vositasi sifatida о‘zlashtirish jarayonida uchta asosiy bosqich yuz beradi. Birinchi bosqichda – bola ham atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbaldan oldingi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda – nutqning umuman namoyon bо‘lmasligidan uning paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi. Va о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon bо‘lishi bosqichdir. Uchinchi bosqichda – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrni qamrab oladi, bunda bola nutqini egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqat qilishi davrida uni turlicha va keng qо‘llay boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqatning rviojlanish bosqichi deb yuritiladi. Nutqning rivojlanishi va yuzaga chiqishning har bir bosqichida juda kо‘p sondagi va turlicha bо‘lgan omillar ta’siri kuzatiladi. Nutq muloqat vositasi sifatida, uning jarayoni sifatida kommunikativ faoliyat rivojlanishning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqat qilish va bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi. Verbal bо‘lmagan muloqat davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqatga kirishmaydi, balki nutqiy muloqatdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlarni artikulyatsiyasini qaytaruvchi bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi. Faqatgina sherikning faolligi – katta kishining undashi – bola uchun vaziyatni tо‘liq о‘zgariruvchi, uni nutqga undovchi vaziyat hisoblanadi. Bolada faol nuqtning yuzaga kelishi, unga kattalar tomonidan taklif qilinayotgan о‘ziga xos hamkorlik darajasiga yetganligi yoki yetmaganligiga bog‘liq bо‘ladi. Agar yetarli darajaga yetgan bо‘lsa, hayotning birinchi yili yakunida kichik bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini egallaydi. Bolalarda nutqiy reaksiyannig uchta asosiy shakli mavjuddir: Hamkor mavjud bо‘lmagandagi nutqiy reaksiya – bu nisbatan elementar shaklidir. Diolog – muloqatda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha. Monolog – bolalardan biri boshqalar oldiga gapiradi. Nutqiy muloqatning nisbatan yuqori shakli – diologdir. U katta ahamiyatga ega bо‘ladi, chunki, bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishiga sababchi bо‘ladi. Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha hattoki yaxshi gapiruvchi bolaga yomon kirishlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqatga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham yetarli bо‘lmay qoladi. Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonini о‘z vaqtida anglash uchun “sifatli о‘sishining har biriga e’tibor berish kerak”. Tadqiqotchilar bolalarda nutqning shakllanishi bosqichning miqdorini ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar. G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi. A.N.Leontev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan: 1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar 2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar 3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar 4 chi bosqich – maktab bosqichi. Bolalarning nutqiy rivojlanishning qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolani tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshdagi bolaga ayrim tovshularni xato talaffuz qilish odatiy xolat” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishning qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir. Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bо‘lgan kerakligining nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining chegerasini о‘rnatib olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi. Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq. Qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar; Gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha; Bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik); Sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik; Sо‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni о‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar; Gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera boshlaydi; Bog‘langan nutq -3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish, she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. 5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib о‘tamiz. Iborali nutq.Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar. Nutqni tushunish.О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar. Lug‘at boyligi.Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: otlangan sifatlar bola nutqida hosil bо‘ladi. Nutqning grammatik tuzilishi.Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari jihatidan, ot va sonlarni moslay oladilar, sо‘zlarni shaxs-son jihatdan tuslay oladilar: Tovushlarning talaffuz. Tovshularni о‘zlashtirish jarayoni tugalanadi, nutq umuman olganda sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish, boyitish, qofiya tanishga qiziqish oratdi. Fonematik idrok. Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlangan sim – shim, tor – tur kabi sо‘zlarni ajrata oladi; topshirilgan tovushni sо‘zda mavjud yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi tovshuni ajratib beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi, tebri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin, sо‘zni yuqori darajada analiz va sintez qilish maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi. Bog‘langan nutq. Tanish ertak, qisqa matn (shakl marta, о‘qib berilgan) ni gapirib bera oladilar, she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya qilib bera oladilar; baxslashidilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya qiladilar, dо‘stlarini ishontiradilar. Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutqi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Nazorat uchun savollar. So’zli nutq texnikasiga o’tish. Dastlabki bolalar leksikoni hususiyatlari: uning tarkibida guvrash komplekslarini mavjudligi, tovush-taqlidiy so’zlarni qo’llash. So’zni belgilash hususiyatlari bilan tanishish jarayoni: denotativ va signifikativ mazmunlarni shakllanishi. Bola nutqini til vositalari xarakteristikasi. Bolalar tomonidan so’zlarni ma’nisini talqin etish hususiyatlari, ularni semantizasiyasi usullari. To’g’ri va ko’chma ma’no: verbal assasiasiyalar rivojlanishi. So’zni leksik-grammatik variantlarini o’zlashtirish. 6-MA’RUZA Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish. REJA: 1. Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan farqi. Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy maxsulini yaratishdagi ustunligi. 2. Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy tandensiyalari. So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini o’zlashtirish jarayonini. 3. Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar. Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni shakllanishi. Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish holatlari. Tayanch sо‘zlar: ovoz, kompleks, psixoterapiya, artikulyatsiya, nafas, ovoz balandligi, ortofoniya, laringostoma, fonotsiya, massaj. Nutq – bu oliy va о‘ziga xos jarayon bо‘lib, boshqa barcha oliy psixik funksiyalarni tashkillashtiradi va ularning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etadi (L. S. Svetkova). L.S.Vigotskiyning yozishicha: “... nutq – bu avvalom bor, ijtimoiy muloqot vositasi, fikrni bayon etish va tushunish jarayonidir”. S.L.Rubinshteyn nutqni muloqot, bayon etish va ta’sir etish faoliyati sifatida kо‘rib chiqqan. “Nutq,- deb yozadi u,- ayrim insonlar uchun ong mavjudligining shakli, u tildan foydalanish jarayoni, nutq bu muloqot-bayon etish, ta’sir etish faoliyati, til orqali xabar berish demakdir. Nutq bu harakatdagi tildir”. Shunday ekan, insoniyat muloqot qilishni boshlagandan buyon muloqot vositasi – tilni va muloqot jarayoni - nutqni о‘rganishga, tushunishga va tadqiq etishga harakat qiladi. Antik davrdagi olimlar va sharq xalqlari mutaffakirlari ham nutqni (ularning ishlarida “til” о‘rnida “nutq” sо‘zi ishlatilgan) о‘rganishga, uni tushunishga va ilmiy isbotlashga harakat qilganlar. Organizm atrofdagi muhit bilan doimo о‘zaro mustahkam aloqada bо‘lmay turib yashay olmaydi. Organizmning shunday tashqi ta’sirlarga moslashishi, atrofdagi muhit bilan muvozanatda bо‘lishi nerv sistemasi tufayli yuzaga keladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosi, - deb yozadi I.P.Pavlov, - odam darajasiga kelganda nerv faoliyati mexanizmlariga juda ham katta qо‘shimcha qо‘shiladi. Bu qо‘shimcha - nutq faoliyati bо‘lib, ikkinchi signal sistemasining yuzaga kelishi va rivojlanib borishidan iborat bо‘ladi”. Nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida biz “signallarning signallari” (I.P.Pavlov) tarzidagi sо‘zlardan foydalanamiz, ya’ni sо‘zlarni tanlaymiz va ularni ma’nosiga qarab tahlil qilamiz, ajratamiz. Bu murakkab jarayon katta miya yarim sharining pо‘stlog‘ida amalga oshiriladi. Nutq faqat inson uchun xos bо‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til- bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Sо‘zlovchi о‘z fikrini bayon etish uchun zarur sо‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Bolalar nutqi maromida bо‘lishi uchun bosh miya pо‘stlog‘idagi nutq markazlari tо‘liq rivojlanishi, ularning sezgi organlari ham yetarli darajada rivojlangan bо‘lishi kerak. Bu о‘rinda ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi va nutqni eshituvchi analizatorlarning rivojlanishi juda muhimdir. N.V.Shchelevanov kо‘p yillik tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladi: “Miya funksiyasi murakkablashuvi, oliy asab sistemasi faoliyatining yuzaga kelishi uchun miyaning faqat anatomik tayyorlanishi kifoya emas. Miya yarimshar pо‘stlog‘ining murakkab funksiyalari individual hayot davomida organizmni о‘rab turgan atrof-muhit, shuningdek, murakkab hodisalar ta’siri va aks ta’siri natijasida yuzaga keladi”. Agar bunday aks ta’sir kо‘rinmasa yoki ular kamlik qilsa, u holda garchi о‘z anatomik konstruksiyasiga kо‘ra vazifa bajarishga tayyor bо‘lgan miya pо‘stlog‘ining inson uchun muhim bо‘lgan barcha a’zolari munosabatini tashkillovchi miya yarimsharlari faoliyatining amalga oshishi kechikadi. Shu sababli bola dunyoga kelgan birinchi oydan boshlab, paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan tо‘xtalishning oldini olish uchun, tarbiyani о‘z vaqtida olib borish lozim. Bola tarbiyasi – uning psixologik rivojlanishi, xususan, nutqning rivojlanishida asosiy faktor sanaladi. Biroq bola hayotining dastlabki birinchi oyidagi tarbiya faqat uni parvarish qilish bilangina chegaralanishi mumkin emas. Unda qarash, eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emotsional daraja – jilmayish, kulish va ovoz tonini uyg‘otish lozim. Bular hammasi birgalikda nutqning rivojlanishida muhim shartlardan sanaladi. Psixologik adabiyotlarning tahliliga kо‘ra, bolalarda birinchi nutq funksiyasining shakllanish jarayoni, ya’ni hayotining dastlabki yetti yilida (tug‘ilishdan to maktab yoshiga qadar) nutqni muloqot vositasi sifatida о‘zlashtirish jarayonida uch asosiy bosqich yuz beradi. Birinchi bosqichda – bola hali atrofdagi kattalar nutqini tushunmaydi va о‘zi ham gapira olmaydi, lekin bu bosqichda keyinchalik nutqni egallashni ta’minlab beruvchi sharoit yaratiladi. Bu verbal(til vositasi)dan oldingi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda – umuman mavjud bо‘lmagan nutqdan uning paydo bо‘lishiga о‘tiladi. Bola kattalarning sodda iboralarini tushuna boshlaydi, va о‘zining dastlabki faol sо‘zlarini talaffuz qila boshlaydi. Bu nutqning namoyon bо‘lish bosqichidir. Uchinchi bosqich – esa yetti yoshgacha bо‘lgan keyingi barcha davrlarni qamrab oladi, bunda bola nutqni egallagan bо‘ladi va atrofdagilar bilan muloqot qilish davrida til birliklaridan turlicha va keng foydalana boshlaydi. Bu esa nutqiy muloqotning rivojlanish bosqichi deb yuritiladi. Nutq rivojlanishi va yuzaga chiqishining har bir bosqichida juda kо‘p va turli omillar ta’siri kuzatiladi. Ma’lumki, til muloqot vositasi nutq, uning jarayoni sifatida, ya’ni kommunikativ faoliyat rivojlanishining ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi muloqot qilish hamda bola hayotiy faoliyatidagi umumiy ehtiyojlar bilan shartlanadi. Verbal bо‘lmagan muloqot davri orasida о‘ziga xos о‘tish davri ajralib turadi, bu jarayonda bola gapirsa ham bо‘ladi, lekin u ham sо‘zlarni ishlatishga intilmaydi. Bola juda kо‘p haftalar davomida о‘z istagi bilan nutqiy muloqotga kirishmaydi, balki nutqiy muloqotdan oldingi holat darajasida qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi, nutqni tushunuvchi va kerakli sо‘zlar artikulyatsiyasini qaytarish, bolaga gapirish uchun nima tо‘sqinlik qiladi. Faqatgina suhbatdoshning faolligi – katta kishining undashi – bolada vaziyatni tо‘liq о‘zgartiruvchi, uni nutqga undovchi vaziyatga ehtiyoj seziladi. Demak, bolada faol nuqtning yuzaga kelishi bevosita kattalar bilan о‘zaro hamkorlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Agar bu hamkorlik yetarli darajada yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsa, u holda hayotining birinchi yili yakunida kichik yoshdagi bola о‘zining kattalarga qaratilgan ilk sо‘zlarini talaffuz qiladi, key in esa necha yillar davomida atrofdagi kishilar, dastlab kattalar bilan, ikki yoshdan sо‘ng esa, boshqa bolalar bilan о‘zaro harakat uchun verbal vositalardan foydalanish qobiliyatini faol egallaydi. Bolalarda nutqiy reaksiyaning ikki asosiy shakli mavjuddir: Dialog – muloqotda ikki kishi faol: biri ikkinchisiga savol bilan murojaat qiladi, boshqasi javob beradi va aksincha. Monolog – о‘yin davomida bola о‘zi bilan о‘zi gaplashadi. Nutqiy muloqotning nisbatan yuqori shakli diologdir. U bolalar nutqining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Chunki diologik hamkorlik bolalarda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Diolog natijasida bir bola boshqa bolani о‘yinga, mashg‘ulotga jalb etadi, u bilan aloqa о‘rnatadi. Afsuski, kо‘pincha, hattoki, kо‘p gapiruvchi bolaga nisbatan yomon qarashlariga guvoh bо‘lishga tо‘g‘ri keladi. Bunga juda jiddiy qarashga tо‘g‘ri keladi, chunki agar muloqotga qobiliyat amalda rivojlanmasa, u keyinchalik ham yetarli bо‘lmay qoladi. Nutq nuqsonini aniq tushunish uchun normadagi nutqiy rivojlanishning butun yо‘nalishini ketma – ket, aniq tasavvur etish kerak bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishning har bir bosqichni aniq tasavvur qilish, bu jarayondagi u yoki bu nuqsonni о‘z vaqtida anglash uchun “bola nutqi sifatli о‘sishining har bir jihatiga e’tibor berish kerak”. Grammatika – tilshunoslikning sо‘z va gap qurilishini о‘rganuvchi bо‘limi hisoblanib, ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya grekcha “morfe” – shakl, “logos” – fan, talimot degan manoni anglatib, sо‘zlarning tuzilishi, о‘zgarishi va turkumlarga ajralishi haqidagi qonuniyatlarni о‘rganuvchi grammatikaning bо‘limidir. Shu asosda, morfologiyani sо‘z shakllari haqidagi talimot deyish mumkin. Sintaksis sо‘z birikmasi gap, gap qurilishi, gap turlari haqidagi talimotdir. Sintaksis sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishi, ularning birikish usullari, vositalarini о‘rganadi. Grammatikaning mazkur bо‘limi muayyan grammatik tuzilma bо‘lib, til elementlari bо‘lgan sо‘zlar, grammatik qoidalar va grammatik vositalardan nutq yuzaga keladi. Bu degan sо‘z – sо‘zlarni ma’lum grammatik forma qiyofasiga kiritish, ularni biriktirish va gap tuzish demakdir. Nutq ana shunday sо‘zning grammatik formalari, sо‘z birikmalari va gaplardan vujudga keladi. Mantiqiy izchillik nuqtai nazaridan olganda, nutq gaplardan – gap formalaridan, gap - sо‘z birikmasi va gap bо‘lagi shakllaridan (formalaridan) tuzilib, bularning hammasi sо‘zning grammatik formasiga asoslanadi. Nutqning grammatik tomonini egallash ham paradigmatik, ham sintagmatik aloqalarni о‘zlashtirishni taqazo etadi. Nutq grammatik qurilishining shakllanishi jarayonida о‘zaklarni ajratish hamda ularni leksik yoki grammatik ahamiyati bilan taqqoslash amalga oshirilib, dastlab mazkur jarayon amaliy, ongsiz tarzda bajariladi. Mazkur jarayon asosida esa morfologik va sintaktik til umumlashmalari yuzaga keladi. Til umumlashmalarining shakllanishi bola analitik-sintetik faoliyatining yetarli darajadagi rivoji, yani sо‘zlarning tovush, morfologik tuzilishini tahlil qilish, bir sо‘zning turli grammatik shakllarda (uy – uyning – uyda - uyga) hamda bir xil grammatik ahamiyatga ega turli sо‘zlarning (stollar - partalar) umumiy va maxsus tomonlarini ajrata olish, til qonuniyatlari asosida sо‘z tarkibidagi turli xil о‘zaklarni sintezlay olish kо‘nikmalari asosida yuzaga keladi. Ma’lum til qonuniyatlarini tо‘g‘ri о‘zlashtirib olish natijasidagina bola о‘z fikrini nutqda tо‘g‘ri modellashtira oladi. Til qonuniyatlarini о‘zlashtira olmaslik esa sо‘zning morfologik hamda gap sintaktik tuzilishining buzilishiga olib keladi. Bolalarda nutqning grammatik qurilishini rivojlanishining asosiy omili bu bolaning yaqin katta yoshdagi odamlar bilan har kungi muloqoti, ular bilan birgalikdagi faoliyatidir. Kichik maktabgacha yoshda ularning nutqi vaziyatli-ishga doir muloqotdan, katta maktabgacha yoshda esa vaziyatga doir bо‘lmagan muloqotdan iborat bо‘ladi. Oilada mazkur muloqot spontan ravishda yuzaga keladi va jadallashadi.1 Tadqiqotchilar bolalarda nutq shakllanishi bosqichining miqdorini ajratadilar, ularni turlicha nomlaydilar. G.L.Rozengrad Pupko nutqiy rivojlanishida ikki bosqichni: tayyorlov (ikki yoshga qadar) va nutqni mustaqil bayon etish bosqichlarini ajaratadi. A.N.Leontyev bolalarda nutq shakllanishning tо‘rt bosqichini aniqlagan: 1 - bosqich – tayyorlov; bir yoshga qadar. 2 - bosqich – maktabgacha yosh davriga qadar bо‘lgan bosqich tilni dastlabki egallash bosqichi; uch yoshga qadar. 3 - bosqich – maktabgacha yosh bosqichi; yetti yoshga qadar. 4 - bosqich – maktab bosqichi. Bizningcha, bolalar nutqiy rivojlanishining qonuniyatlarini bilish nutq nuqsonlarini tо‘g‘ri tashxis etish uchun muhimdir. “Uch yoshli bolaning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun logopedga yо‘llash kerak emas, chunki normal nutqiy rivojlanishda ham bu yoshda bolaning ayrim tovushlarni xato talaffuz qilishi odatiy hol” hisoblanadi. Ontogenez jarayonida bolalar nutqi rivojlanishining qonuniyatlarini bilish bolalar bilan korreksion tarbiyaviy ishlarning barchasini tо‘g‘ri tashkil etish uchun о‘ta muhimdir. Nutqning rivojlanish jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oydan – 5 yoshgacha) mutaxassis bola nutqining qaysi jihatlari shakllanganligini va nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining aniq chegarasini belgilab olishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni bolalar nutqining normal bolalar nutqniig shakllanishi, rivojlanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bо‘lmay turib amalga oshirib bо‘lmaydi. Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chiziqli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash, bо‘g‘inlarni talaffuz qilish, sо‘zlarni talaffuz qilish, sо‘z birikmalari, gap, bog‘langan nutq. YA’ni: qiyqiriqlar о‘z о‘zidan yuz beradi- tug‘ilgandan 2 oylikka qadar; 1 Арушанова А.Г. Формирование грамматического строя речи. - М.,2005 й. - 296 б. gugulash о‘z о‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bо‘lishi bolaning kattalar bilan muloqoti bilan bog‘liqdir (2 oydan 5 – 7 oygacha); bо‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik); sо‘zlarni talaffuz qilish – sо‘zlardan foydalanish bо‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi (11,12 oylik); sо‘z birikmalarining talaffuz qilinishi ikki va uch bо‘g‘inli sо‘zlarni о‘zlashtirib olgach yuz beradi (1 yoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar); gaplarni qо‘llash kо‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida (2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikkacha) – qayerda? qayerga? 3 yoshdan – nimaga? qachon? savollarini bera boshlaydi; bog‘langan nutq -2 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish, she’rlar, ashulalar yodlash orqali namoyon bо‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishga о‘tiladi, 4 yoshdan boshlab о‘yinchoqlar tasvirlanadi, 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. 5 yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq tо‘xtalib о‘tamiz: 1. Nutqni tushunish. О‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqini e’tibor bilan tinglay oladilar. 2. Lug‘at boyligi. Hajmi 3000 gacha bо‘lgan sо‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bо‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini kо‘p qо‘llaydilar: bola nutqida otlashgan sifatlar hosil bо‘ladi. 3. Nutqning grammatik tuzilishi. 1. Ot va sifatlarni son va kelishik qо‘shimchalari jihatdan turlaydilar, ot va sonlarni moslay oladilar, fe’l turkumiga oid sо‘zlarni shaxs-sonda tuslay oladilar. 2. Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta sо‘zdan iborat bо‘lgan gaplarni qо‘llay oladilar. 4. Tovushlar talaffuzi. Tovushlarni о‘zlashtirish jarayoni tugallanadi, nutq, umuman olganda, sof va aniq bо‘ladi, sо‘zlarni tovushlar bilan tо‘ldirish, boyitish, qofiya topishga qiziqish ortadi. 5. Fonematik idrok. Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlanadi: sim – shim, tor – tur kabi sо‘z ma’nolarini ajrata oladi; topshirilgan tovushni sо‘zda mavjud yoki yо‘qligini aniqlay oladilar; sо‘zdagi oxirgi va birinchi tovushni ajratib beradilar, ma’lum tovushga sо‘z topa oladilar; nutqning tempi, tembri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin sо‘zni yuqori darajada analiz va sintez qila olmaydilar. Chunki bu jarayon maxsus о‘qitishsiz rivojlanmaydi. 6. Bog‘langan nutq. Tanish ertak yoki о‘qib berilgan qisqa matnni gapirib bera oladilar, yod olingan she’rlarni ifodali о‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; kо‘rgan va eshitganlari haqida tо‘liq hikoya qilib bera oladilar; bahslashadilar, mulohaza yuritadilar, о‘z fikrlarini himoya qiladilar, dо‘stlarini ishontiradilar. Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nutqiy kamchiligi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi. A.N.Gvozdev2 о‘z ishlarida bolalar nutqida grammatikaning shakllanishida quyidagi davrlarni farqlaydi: Birinchi davr – amorf, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan tashkil topuvchi gaplar davri (1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha). Bu davr 2 bosqichni о‘z ichiga oladi: 1-bosqich – bir sо‘zli gaplar. 2-bosqich bir nechta sо‘z о‘zaklardan iborat gaplar. Birinchi davrning 1-bosqichida (1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 8 oylikkacha) bola faqat alohida sо‘zlarnigina gap shaklida qо‘llaydi (bir sо‘zli gaplar). Bu davrlarda bola faqatgina о‘zining xohish-istaklari, ehtiyoj va kechinmalarini bildiradigan, unchalik kо‘p bо‘lmagan sо‘zlarnigina qо‘llaydi. Shu bilan birga, о‘z fikrini aniqlash maqsadida kо‘pincha bola jestlar, intonatsiyalardan foydalanadi. Bola qо‘llaydigan birinchi sо‘z dastlab ma’lum grammatik shaklga ega bо‘lmaydi, chunki u sо‘z-о‘zakka teng bо‘ladi. Ular turli gaplarda bir xil tovushda, о‘zgarishsiz qо‘llaniladi. Bu yoshdagi bolalar lug‘atining asosiy qismini shaxslarning nomi, predmetlarni bildiruvchi otlar (bi-bi, mu, myau) dan iborat bо‘ladi. Birinchi davrning 2-bosqichida (1 yoshu 8 oylikdan – 1 yoshu 10 oylikkacha) gaplar bir nechta sо‘z-о‘zaklardan iborat bо‘ladi. Bu bosqichda bola avval 2 sо‘zni, keyin 3 ta sо‘zni biriktirib jumla hosil qiladi, biroq sо‘zlar orasida grammatik bog‘liqlik bо‘lmaydi. Bola sо‘zlarni gapda faqat intonatsiyalar bilan bog‘lab biriktiradi. Bunday sо‘z gaplar bir xil, о‘zgarishsiz о‘zak shaklida qо‘llaniladi. Otlar bosh kelishik birlikda qо‘llaniladi. Fe’llar noaniq shaklda yoki II shaxs birlikda buyruq maylida qо‘llaniladi (ber, ol, tashla). Bu bosqichdagi bolalar nutqidagi gaplarni tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, bolalar atrofdagilar nutqidan faqat umumiy mazmunni, sо‘zning umumiy ma’nosini, uning leksik asosinigina ilib olishadi. Tilning rasmiy vositasi farqlanmasdan, idrok doirasidan chetda qoladi. Demak, turli sо‘z shakllarini (uy, uyda, uydan) idrok etishda bola faqatgina bu sо‘zlarning umumiy qismini (uy) idrok etadi. Sо‘z-о‘zaklarni biriktirishda hali о‘z oldiga zarur grammatik shaklni tanlash vazifasini qо‘ya olmaydi hamda bir xil sо‘z shaklini turli gaplarda qо‘llaydi. Demak, muayyan davrda bolalarda bir sо‘zli gap, ya’ni sо‘z-о‘zaklardan iborat gap davrlarida nutqni tushunish turli darajada (eng past daraja, yani bola unga qaratilgan oddiy buyruqlarni qiyinchilik bilan tushunishdan, to bazi 2 Гвоздев А. Н. Вопросы изучения детской речи. М., 1961 grammatik shakllar mazmunini tushunish, masalan, otlarning birlik va kо‘plik shaklini ajrata olishgacha) bо‘lishi mumkin. Biroq ba’zi nutqi yо‘q bolalar ikki predmetning fazoviy munosabatini ifodalovchi oddiy ot kо‘makchilar (masalan, qutining ustida, qutining ichida, qutining tagida) mazmunini tushuna oladilar. Ikkinchi davr – gapni grammatik tuzilishini о‘zlashtirish davri (1 yoshu 10 oylikda – 3 yoshgacha). Bu davr 3 bosqichdan iborat: 1-bosqich – birinchi gaplarni shakllantirish bosqichi (1 yoshu 10 oylikdan – 2 yoshu 1 oylikkacha). 2-bosqich – sо‘zlarning sintaktik bog‘liqligini aks ettirishda tilning grammatik (turlanishi va tuslanishida о‘zgarishi) tizimini qо‘llashga harakat qilish (2 yoshu 1 oylikdan – 2 yoshu 6 oylikkacha). 3-bosqich – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi yordamchi sо‘zlarning о‘zlashtirilishi (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha). Ikkinchi davrning 1-bosqichi dastlabki sо‘zlarining shakllanishi, paydo bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda nutqning grammatik qurilishi takomillashib, bolalar analogiya asosida sо‘zlarni gaplarda turli bog‘lanishlar asosida bog‘laydilar. Bu bosqichda bolalar avvalgi bosqichdan farqli о‘laroq, sо‘zlarni о‘zgartirmagan holda, gaplarda birdek qо‘llamasdan, balki bir xil sо‘zni turli shakllarda ifodalay boshlaydilar. Bu davrda bolalar nutqida daslabki otlarning grammatik shakllari quyidagicha ifodaga ega bо‘ladi: bosh kelishikdagi birlik va kо‘plik shakli, tushum kelishigidagi -ni qо‘shimchali sо‘zlar shakli, о‘rin-payt kelishigidagi -da qо‘shimchali sо‘zlar, jо‘nalish kelishigidagi -ga qо‘shimchali sо‘zlar. Fe’lning dastlabki grammatik shakllari quyidagilar: buyruq maylidagi fe’llarning II shaxs birligi (bor, ber, ol); hozirgi zamonning III shaxs birligidagi sо‘zlar (о‘tiribdi, uxlayapti), о‘timli va о‘timsiz fe’llar. Ikkinchi yoshga kelib, bolalar nutqida predmet belgisini bildiruvchi sо‘zlar, ya’ni sifatlar paydo bо‘ladi. Ular kо‘pincha, ot bilan moslashmagan bosh kelishik shaklida namoyon bо‘ladi. Shu tariqa bola nutqida sо‘zlar о‘rtasidagi birinchi grammatik munosabatlar paydo bо‘la boshlaydi: bosh kelishik birlikdagi fe’lning ot bilan moslashuvi (bola uxlayapti) shakllana boshlaydi. Bu bosqichda gap tuzilishi 3-4 sо‘zgacha kengayadi. (Aziza qо‘g‘irchoq о‘ynayapti). Ikkinchi davrning 2-bosqichi – bu sо‘zlarning о‘zaro aloqasini aks ettirish uchun grammatik tizimdan foydalanish bosqichi (2 yoshu 1 oylikdan, 2 yoshu 6 oylikkacha) hisoblanadi. Bu bosqichda bolalar nutqiga xos xususiyat - turli sо‘z shakllarini birxillashtirishga harakat qilish hisoblanadi. Boshida ularning nutqida о‘zak va qо‘shimchalarni bir ma’noli bog‘lash kuzatilib, unda turli tovush almashishlarining yо‘qligi, unlilarning qо‘shilishi aks etadi. Shu tariqa, boshlang‘ich bosqichda bola ancha umumiy, ancha mahsuldor shakl о‘zgartirish qonunlarini egallaydi (E.Kosermu, S.N.Seytlin tizimi bо‘yicha3), keyinchalik umumiy qonunlardan mustasno xususiy qonunlarni о‘zlashtiradi, til tizimi ichida differensiya sodir bо‘ladi. Bu bosqichda bolalar nutqida hali juda kо‘p grammatik noaniqliklar kuzatiladi. Ba’zi qо‘shimchalar boshqalari bilan anologik tarzda almashtiriladi, ammo bitta grammatik mazmun doirasida bо‘ladi. Otga xos kelishik kategoriyasi о‘rtasida kelishik qо‘shimchalarining almashtirilib qо‘llanilishi kuchayadi. Bola nutqida fe’llarning birlik va kо‘plik shakllari, mayllarini farqlash kuzatiladi, shaxsson, hozirgi va kelasi zamon shakllari о‘zlashtiriladi, ammo о‘tgan zamon shakllarining almashtirilishi kuzatiladi. Sifatlarda sо‘z о‘zgartirish hali о‘zlashtirilmagan, bolalar nutqida ham tо‘g‘ri, ham notо‘g‘ri anologik tarzda otning sifatga moslashuvi kuzatiladi. Sifatlar kо‘plikda faqat bosh kelishikda tо‘g‘ri qо‘llanadi. Kо‘pincha, sifatlar otlardan keyin qо‘llanadi. Shaxs olmoshlari о‘zlashtirib bо‘lingan, bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqida ba’zi semantik tushunchalar paydo bо‘ladi: ustida, yonida, ichida, atrofida kabi, ammo ularni qо‘llash har doim til meyorlariga mos kelmaydi, qо‘shimchalarni almashtirish kuzatiladi. Bu davrda gap tuzilishining murakkablashuvi va kengayishi ham kuzatilib, 5 tadan – 8 ta sо‘zgacha, avval bog‘lovchisiz murakkab gaplar, keyin bog‘lovchili murakkab gaplar paydo bо‘ladi. Ikkinchi davrning 3-bosqichi – sintaktik munosabatlarni aks ettiruvchi sо‘zlarni о‘zlashtirish bosqichidir (2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha). Meyordagi nutq rivojlanishining asosiy xususiyati shundaki, qо‘shimchalarning о‘zlashtirilishi faqat tilning funksional grammatik elementlarini – grammatik shakllarni о‘zlashtirgandan keyin sodir bо‘ladi. Nutq rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida bolalar nutqida qо‘shimchalar bо‘lmaydi (stolda-stol). Bu bosqich davomiy emas. Grammatik shakllarni farqlash va qо‘llashga о‘rgangandan keyin bola о‘z nutqiy konstruksiyalariga uchinchi element qо‘shimchalarni kiritadi, leksik- grammatik mazmunni qо‘shimcha kо‘nikmalar yoki anologiya yordamida aks ettiradi. Bu bosqichda bola ayrim qо‘shimcha va kо‘pgina bog‘lovchilarni tо‘g‘ri qо‘llaydi, ammo ularni qо‘llashda agrammatizmlar kuzatiladi. Bu bosqichda sо‘z о‘zgartirishning ancha xususiy qonunlari, shuningdek, otlarning morfologik tizimini farqlashni о‘zlashtirish davom etadi hamda otlarning sifatga kelishik qо‘shimchalarida moslashuvi mustahkamlanadi. Bolalar nutqida murakkab tuzilgan gaplarning rivojlanishi davom etadi, ular tomondan kо‘pgina yordamchi sо‘zlar, kо‘pgina grammatik shakllar о‘zlashtiriladi. Ammo tilning morfologik tizimi hali tо‘liq о‘zlashtirilmagan bо‘ladi. Цейтлин С.Н. Язык и ребенок: Лингвистика детской речи: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений . —— М: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2000. 3 Uchinchi bosqich – morfologik tizimni о‘zlashtirish bosqichi (3 yoshdan – 7 yoshgacha). Bu davrda bola grammatik shakllarni turlab va tuslab tizimlashtiradi, kо‘pgina birlik shakllarni о‘zlashtiradi. Bu davrda morfologik elementlarni erkin anologik tarzda qо‘llash sezilarli qisqaradi, bola nafaqat grammatikaning umumiy qoidalarini о‘zlashtiradi, balki ancha xususiy qoidalar, “filtrlash” tizimini, umumiy qoidalarni qо‘llashni ham о‘rganadi. Nutqning tо‘liq va meyoriy rivojlanishida bola uch yoshidayoq predmetlar, oddiy hodisalar haqida sodda fikr-mulohazalar bayon eta boshlaydi. Bunda u bir sо‘zli gaplar bilan birga bir necha sо‘zdan iborat gaplardan foydalanadi 4. Nutq shakllanishining erta bosqichlarida bola nutqining yetarli darajada ongli va ixtiyoriy emasligi nutq aktida о‘ng yarimsharning faol ishtiroki bilan bog‘liq. Nutq vositalarini ongli va ixtiyoriy qо‘llashning shakllanishi esa nutq funksiyasi bо‘yicha dominant bо‘lgan miyaning chap yarimshari tuzilmalariga bog‘liq. 5 Bu bosqichda bolalarda fonemalarning tо‘g‘ri talaffuzi shakllanadi, dastlabki grammatik shakllar о‘zlashtiriladi. Bola hayoti uchinchi yilining oxiriga kelib esa uning nutqida kо‘p sо‘zli jumlalar, gapning turli kо‘rinishlari, gap tarkibida teng bog‘lovchilar va olmoshlar paydo bо‘ladi. Bu esa, о‘z navbatida, bu davrda bolalarning ona tilining nutq-harakat algoritmlarini egallanganligidan dalolat beradi. Uch yoshda funksional nutqiy tizim asoslarining shakllanishi о‘z yakuniga etadi, biroq bola hayotining tо‘rtinchi va beshinchi yillarida uning mukammallashuvi davom etadi6. Bolalar nutqidagi dastlabki sо‘z birikmalarining о‘ziga xos xarakterdaligi ularni atrofdagilar nutqidan oldinganligi yoki bola sо‘z ijodining natijasi ekanligi bilan ifodalanadi. Bola tomonidan dastlabki sо‘z kombinatsiyalarida qо‘llanadigan sо‘zlar atrofdagilar nutqidan qay holatda olingan bо‘lsa, xuddi shu kо‘rinishda, о‘z jumlasining tuzilishi bilan bog‘liq kerakli grammatik shaklga moslashsiz qо‘llaniladi. 7 Rus tilida sо‘z о‘zgartirish turli kо‘rinishdagi fleksiyalar (о‘zak ichidagi о‘zgarish) bilan xarakterlanib, ularni otlarning va fellarning turli tipdagi turlanish va tuslanishlari kabi grammatik shakl о‘zgarishlarida tizimlashadi. Fleksiya (sinish, egilish, bukilish ma’nosida). Flektiv tillar oilasiga Hind-Yevropa tillari kiritiladi. Hind-Yevropa oilasiga rus, ingliz, nemis, fors-tojik, arab tillari ham kiritiladi. Фомичева М.Ф. Воспитание у детей правильного произношения.- М.,1989.-186 б. Визель Т.Г. Мозговая организация речевой функции и ее нарушения // Логопед.- М., 2004. №6. 4-9 б. 6 Смирнов В.М Нейрофизиология и высшая нервная деятельность детей и подростков. М., 2000.- 400 б. 7 Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичева Т.Б. Логопедия. - Екатеринбург, 2000. 316б. 4 5 Bunday tillarda ichki va tashqi fleksiya mavjud bо‘lib, bu о‘zakning tarkibidagi tovush о‘zgartirilishi bilan sо‘z-semantikasi-ma’nosining о‘zgartirilishini ifodalaydi. Bunday tillarda undosh tovushlar asosiy vazifani bajaradi, ya’ni asos bо‘ladi, о‘zak ichidagi unli tovushlarni о‘zgartirish bilan sо‘z ma’nosi о‘zgartiriladi. Masalan: ruka (k-ch) ruchki, rukova; ingl. foot-feet; arab tilida k-t-b- kitob-kutb, maktab kabi. Fors-tojik dо‘xtar-birlik-dо‘xtoron kо‘plik. О‘zbek tili biriktiruvchi tillarning – sintetik tillar guruhiga mansub agglyutinativ til sanaladi. Bunday tillarda grammatik munosabatlar kо‘pincha, sо‘z formalari (affikslar) bilan ifodalanadi. Masalan: ish+chi+lar+i+miz+ga fay+la+suf+lar+ning. Shu sababli rus tilida fleksiylar deyilganda о‘zak tarkibidagi о‘zgartiruvchi vosita – shakl nazarda tutiladi. Biroq bunday (flektiv tillarning) tillarning ichida ham agglyutinatsiya, ya’ni qо‘shimcha olish xususiyatiga ega bо‘lganlari ham ajratiladi. Buni rus tilida ham kо‘rish mumkin. Bola tomonidan sо‘z grammatik shakllarining о‘zlashtirilish davomiyligi semantik funksiya hamda mazkur sо‘zni atrofdagilar nutqida qо‘llanilish intensivligi darajasi bilan belgilanadi. Malum vaqt davomida bola sо‘zning faqatgina bir, eng qulay va kо‘p qо‘llaniluvchi shaklini ishlatadi. Dastlab bolalar nutqida qaratqich, tushum kelishiklari о‘zlashtiriladi, darak maylidagi felning birlik va kо‘plik shakllari differensiatsiyalashadi, fellarni shaxssonda tuslash hamda hozirgi va о‘tgan zamon shakllarini о‘zaro ajrata olish kо‘nikmasi shakllanadi8. Malumki, dastlabki sо‘zli kombinatsiyalar turli mano-mazmunni anglatuvchi “amorf- sо‘z-о‘zaklar” kо‘rinishida bо‘lishiga qaramay, bolalar grammatik aloqalarni ifoda etish uchun formal til vositalaridan tо‘g‘ri foydalana olmaydilar. Bazida bola tomonidan jumla yoki gapda sо‘zning tо‘g‘ri grammatik shaklini qо‘llay olish nutqning grammatik qurilishni о‘zlashtirib olganlik belgisi hisoblanmasligini takidlab о‘tish joiz. Bola nutqida bir sо‘zning ikki-uch grammatik shaklining mavjudligi hamda bu shakllarni boshqa sо‘zlarda qо‘llay olish kо‘nikmasining shakllanganligi grammatik qurilish xususiyatlarini о‘zlashtirganlik belgisi bо‘lishi mumkin. Grammatik qurilishning rivojlanish bosqichilarining asosiy xususiyati bola sо‘zni atrofdagilar nutqidan qanday shaklda о‘zlashtirgan bо‘lsa, xuddi shu shaklda qо‘llashi, mazkur sо‘zni о‘z lug‘atidagi boshqa sо‘zlar bilan Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников.Петербург, 1999й.- 160 б. 8 kombinatsiyalashida ifodalanadi. ifoda etishda foydalanadi. Bola о‘zlashtirgan sо‘zidan turli vaziyatlarni Nutq rivojlanishining mazkur bosqichida meyorda ham, kamchilikli nutqning rivojlanishida ham bо‘g‘in va sо‘zlarni eliziyasi, kо‘pgina artikulyatsion notо‘g‘ri talaffuz, sо‘zdagi tovushlarni tashlab ketish yoki almashtirish holatlari kuzatiladi9. Bola hayotining 3,5-4 yiliga kelib, sо‘zning predmetga muvofiqligi yetarli darajada turg‘un xarakterga ega bо‘ladi, biroq uning takomillashuvi katta maktabgacha yoshda ham davom etadi. Leksikaning shakllanishi jarayonida sо‘z manosining aniqlashuvi ham amalga oshadi. Nutqning leksik-grammatik tomoni rivojlanishining dastlabki bosqichida sо‘z ma’nosi polisemantik, amorf (о‘zak) va noaniq xarakterga ega bо‘ladi. Bola lug‘atidagi sо‘z bir necha manoga ega bо‘lishi mumkin. Bir sо‘z predmetni ham, belgi-xususiyatni ham, predmet bilan amalga oshiriluvchi harakatni ham ifodalashi mumkin.10 Ba’zan 4 yoshgacha bolalar nutqida sо‘z о‘zgartirishda sо‘zlarning asosini bir xillashtirish kuzatiladi. Bu tо‘rt yoshdan keyin yо‘qolib, faqat fe’l asosidagi nutqiy buzilishlargina qoladi. Otlarning sifat bilan birgalikda qо‘llanishi, kelishiklarda turlanishi, fe’llarning boshqarilishi о‘zlashtiriladi. 5 yoshga kelib esa grammatik xatolar soni yanada ortadi, chunki bu davrda bola muloqot jarayonida murakkab gaplardan kо‘proq foydalana boshlaydi. Gaplarning sifati sezilarli darajada о‘zgaradi, murakkab gap tarkibiga kiruvchi sodda gaplar ancha yoyiq, gapning uyushiq bо‘laklari paydo bо‘ladi. Bu davrda bola 12-15tacha sо‘zlarni gaplarda qо‘llay olishi mumkin, ammo bolalarning yoshlari kichikligi bois, ularda sintaktik xatoliklar ortadi, shu bilan birga, u bir vaqtning о‘zida fikrni ifodalash shakli va mazmunini kuzatish imkoniga ega emas. Katta guruhdagi bolalarda uyushiq bо‘laklarni qarama-qarshi qо‘yish malakasi shakllanadi (mening tugmalarim temirdan, yog‘ochli emas). Bola о‘z nutqida turli xil ergash gapli murakkab gaplarni qо‘llashga о‘rganadi. Bola grammatik shakliga kо‘ra uning uchun yangi bо‘lgan sо‘zlarni har doim ham eslab qola olmaydi, uni yoyiq gaplarda qо‘llashda sо‘z mazmuni va shaklini nazorat qilishga ulgurmaydi. Katta maktabgacha tarbiya yoshiga kelib, sо‘z birikmalarini о‘zlashtirish deyarli о‘z nihoyasiga yetadi, biroq mazkur bosqichda ham gap tuzishda sо‘zlar tartibini buzish, sо‘z birikmalarini tuzishda, bitishuv, moslashuv va boshqaruv munosabatlarini qо‘llashda qiyinchilik xatoliklarga yо‘l qо‘yish kuzatilishi mumkin. 9 Зикеев А.Г. Развитие речи учащихся специальных – 210 б. образовательных учреждений. - М., 2000. Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников. -Петербург, 1999.- 160 б. 10 Demak, maktabgacha yosh davrida bolalar nutqining morfologik va sintaktik tomoni tо‘liq takomillashmaganligi kuzatiladi. Kichik yoshdagi bolalarning nutqni egallashi, grammatik qonuniyatlardan foydalanishlari, ular nutqining rivojlanish bosqichlari (sintaktik konstruksiyalardan foydalanishlari) ularning qaysi millat vakili va sog‘lom yoki nuqsonli bо‘lishiga qaramay umumiy о‘xshash jarayon asosida rivojlanib boradi. Bolalar tomonidan tilni egallash juda tezlik bilan kechadi. Bu bola birinchi yoshining oxiriga borib, dastlabki sо‘zni egallagan vaqtdan boshlanadi. Qisqa vaqt mobaynida, taxminan ikki yarim yil oralig‘ida bola nutqi eng oddiy ifodadan anglangan ifodagacha, grammatik tо‘g‘ri gaplardan tuzilgan qochiriq nutqqacha shiddat bilan о‘sadi. Bolalar ona tilining grammatik qonunlarini 4-5 yoshida maxsus о‘qitishsiz egallaydilar va bu yoshda ular kо‘plab morfologik hamda sintaktik qonuniyatlardan tо‘g‘ri foydalanadilar. Bu qonunlar о‘z ichiga sо‘z formalarini tо‘g‘ri ifodalash hamda gaplarni tо‘g‘ri tuzish qonun-qoidalarini ham qamraydi. Dastlab grammatik munosabatlar shaklini bildiruvchilarni umumlashtirish va mavhumlashtirish yuzaga keladi. Nutqning о‘sish jarayonida bolalar sо‘z turkumlaridan otlarni tez о‘zlashtiradilar. Otlardan sо‘ng bolalar sо‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni egallay boshlaydilar. Fe’llarining shaxs qо‘shimchalarini osonlik bilan egallasalar ham lekin fe’llarning zamonga qarab о‘zgarishini darhol tо‘g‘ri о‘zlashtira olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida sifatlar (ranglarning nomlari) juda kech paydo bо‘ladi. Olmoshlar kattalar nutqida qanday qо‘llansa, bolalar tomonidan aynan о‘zlashtiriladi. Bolalar nutqidagi dastlabki gaplar ixcham kо‘rinishda bо‘lib, ularda qonuniy ravishda qо‘shimchalar tushiriladi, bog‘lovchilar, kо‘makchilar, zamon va mayl shakllari ifodalanmaydi. Sintaksisni egallagandan sо‘ng bolalar sо‘z ma’nolari va gaplar semantikasini ham juda tez о‘zlashtiradilar. Bolalar nutqi leksik qatlamining о‘sishi ham, albatta, gapirishi, tushunishiga bog‘liq ravishda ortib boradi. Biroq ularni о‘rab turgan atrofdagilar bilan tо‘liq muloqot qilishlari uchun grammatik qonuniyatlar qv sо‘zlarning ma’noarini tushunishning о‘zi kifoya qilmaydi. Bolalar yana albatta, о‘z ifodasini va kо‘zlagan maqsadni tо‘la va aniq yetkazib berish imkoniyatini egallashlari lozim. Buning uchun tilning pragmatik aspektlarini: suhbatlashish qoidalarni, odamlarga nisbatan hushmuomalalik shakllarini, tengdoshlar va kattalar bilan qanday gaplashish lozimligini, qisqasi turli sotsial sharoitlarda tildan tо‘g‘ri foydalanish imkoniyatlarini ham egallashlari ham zarur. Bu esa, bola har tomonlama rivojlanishining muhim shartidir. Bolaning nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi, uning psixik rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi, uning sof va tо‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi. Nazorat uchun savollar. 1. Bolalar nutqini amaliy grammatikasi, unu kattalar grammatikasidan farqi. Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish jarayoni, ularni nutqiy maxsulini yaratishdagi ustunligi. 2. Morfologiyani rivojlanishi. Grammatik shakllarni rivojlanishining asosiy tandensiyalari. 3. So’z hosil qilishni rivojlanishi. So’z hosil qilish modelini o’zlashtirish jarayonini. 4. Sintaksisni rivojlanishi. Bir so’zli gaplar. 5. Ikki so’zli gaplar (protogaplar)ni shakllanishi. 6. Ko’p so’zli jumlalarga o’tish. Sintaktik meyorlarni tipik buzilish holatlari. 7-MA’RUZA Bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi. REJA: 1. Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin o’zgarishi. 2. Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari. Tayanch iboralar: mashg‘ulot, ovoz kuchi, ovoz balandligi, ovoz toni, avtomatizatsiY. Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim о‘rin eallaydi. Maktabgacha ѐshdagi bolalar kо‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-о‘, x-h, q-g‘ tovushlarini tо‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jaraѐnida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam – Rustam, qalg‘a - qarg‘a kabi talaffuz etishda yо‘l qо‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni tо‘g‘ri talaffuz etishga yо‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar о‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini kо‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’ѐrda sо‘zlab, muomala qilishga о‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Samimiy muomala me’ѐri, xatto muomalada kо‘z qarashlari, boshqalar oldida о‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir. Yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bо‘lib kamolga yetishi uchun ona tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasining eng muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Kuzatishlardan ma’lumki, maktabgacha ѐshdagi bolalar nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Tilni tо‘g‘ri о‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib sо‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishning turli kо‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, bolalarning tо‘g‘ri muomalaga kirishtirish, boshqalar bilan gaplashish ishtiѐqining ortishiga turtki bо‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi. Birinchi talab, dastlab bola о‘z lug‘at boyligiga ega bо‘lishi zarur. Bu uning boshqalar bilan muomalaga kirishishida ѐrdam beradi. Bunda tarbiyachi asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini oshirib borishga qaratadi. Bolalarning sо‘z boyligini oshirishda esa ularning kundalik faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish. Bunda bolalarni yо‘naltiruvchi savollar, mashqlar vositasida nutqdagi sо‘zlarni tо‘g‘ri ishlatish, gapni tо‘g‘ri tuzishga о‘rgatish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uchinchi muhim talab, bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishga о‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi. Tо‘rtinchi muhim talab, dialogik nutq, ya’ni sо‘zlashuv nutqini rivojlantirishdir. Beshinchi talab, hikoya qilib berishga (monologik nutq) о‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta ѐrdam berishi amaliѐtda о‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, о‘z fikrini erkin va ravon baѐn eta olish kо‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq. Oltinchi talab, bolalarni badiiy adabiѐt bilan tanishtirish bо‘lib, bolalar adabiѐti va xalq og‘zaki ijodining eng ѐrqin namunalari kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiѐtga mehr - muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi. Yettinchi talab, bolalarni savod о‘rgatishga tayѐrlashdir. Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning ѐsh xususiyati, shaxsiy tayѐrgarlik darajasi hisobga olinadi. Tо‘g‘ri, katta guruhda bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero, bog‘cha ѐshidagi katta bolalar faoliyatining mazmunan va shaklan xilma-xilligi ular nutqining takomillashib borishiga ham ѐrdam beradi. Bolalarning tevarakatrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga о‘zgara boshlaydi: tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni tо‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning о‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin baѐn qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, о‘z fikrini erkin baѐn etish kabi xislatlar paydo bо‘la boshlaydi. Shunga kо‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi sо‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, о‘z fikrini grammatik jihatdan tо‘g‘ri va aniq ifodalay olish kо‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, о‘z fikrini baѐn qila olish, ifodali о‘qish faoliyati jaraѐnida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida о‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir ѐki bir necha jumlalarda о‘z aksini topishi mumkin. Bog‘lanishli nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol о‘ynaydi. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va kо‘nikmalari mavjud bо‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar sо‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning о‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va sо‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini о‘rganish: ona tilidagi antonim, sinonim, omonim sо‘zlarni tushunish va tо‘g‘ri qо‘llashga doir tushunchalar, sо‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini tо‘g‘ri aytishga, ularning о‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yо‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod о‘rgatishga tayѐrlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sо‘zlashish – monologik (bog‘lanishli) nutqning eng muhim metodi. Sо‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. Sо‘zlashuv nutqi bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq bо‘ladi. Bunda bola о‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga tо‘g‘ri javob bera olish bilan birga, sо‘zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jaraѐnida kо‘proq yо‘naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga saѐhat paytida tarbiyachi tomonidan “Hozir yilning qaysi fasli?”, “Bahorda tabiatda qanday о‘zgarishlar yuz beradi?”, “Bahorda qanday qushlar uchib keladi?” kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Bog‘lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan sо‘zlashishdir. Sо‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bо‘lib, unda bola о‘zini tutishi, kо‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining pastbalandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. Sо‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar ѐrdamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jaraѐnida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, kо‘pchilik о‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini tо‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, sо‘rash, sо‘rab bilib olish dialogik nutqqa о‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayѐrlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik haѐt va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bо‘lib, yо‘l-yо‘lakay о‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bо‘lishiga ѐrdam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bо‘lishiga, sо‘z zahirasining boyishiga olib keladi. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarda ham bog‘lanishli nutqni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning ѐrdamisiz, mustaqil ifodalay olishga, lug‘at boyligiga, matn mazmunini baѐn etishda izchillikka rioya qilishi, tilning ifoda vositalaridan foydalana olishi, nutqning ravonligi, tezligi, jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olishi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etishi, nutq madaniyatiga rioya etishiga qaratiladi. Misol tariqasida, “Ovchilar va quѐnlar”, “Oqsoq bо‘ri va qо‘ylar”, “Nimaning pati?” kabi о‘yinlardagi savol-javoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga “nimaning pati?” deb savol beradi. Bolalar о‘rdakniki, qarg‘aniki, burgutniki deya javob qaytaradilar. О‘yin shartiga asosan qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: о‘yinga tushadi, she’r aytadi ѐki qо‘shiq kuylaydi. Bolalarning nutqini rivojlantirishda monologik nutq (bog‘lanishli, hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab о‘tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bо‘ladi. Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayѐrlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog‘lanishli nutq bolalarning mantiqiy tafakkurini va unga bog‘liq bо‘lgan zehnni о‘tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya qilish kо‘nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Maktabgacha katta ѐshdagi bolalarga muayyan mavzular bо‘yicha ertaklar, rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi mumkin. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. Masalan, “Bizning oila”, “Bahor fasli”, “О‘z - о‘tar soz”, “Qaldirg‘ochlar uchib keldi” va hokazo mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi. Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovushlarni, qо‘shimchalarni tо‘g‘ri talaffuz etish, ѐshiga mos darajada tasviriy vositalardan tо‘g‘ri foydalana olishiga ѐrdam berib boriladi. Kattalarning mehnat jaraѐnini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, darѐ, chо‘l, dalalarga saѐhatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda badiiy adabiѐtning imkoniyatlari kattadir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiѐtning eng ѐrqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qо‘shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta’minlab qо‘ya qolmaydi, balki sо‘z zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi. Bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ularni savodxonlikka о‘rgatish bilan davom ettiriladi. Bu jaraѐn eshitganini anglab olishga kо‘nikma hosil qilish, о‘z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan tо‘g‘ri ifodalay olish bilan bog‘liq bо‘ladi. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiѐt namunalaridan foydalanish hamda savod о‘rgatishga tayѐrgarlik kabilarni kiritish mumkin. Tevarak-atrofni о‘rganish jaraѐni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bо‘lmagan hissiy rag‘batlantirishga sabab bо‘ladi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha ѐshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki, tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiѐt bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga kо‘chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning gо‘zalligini, bitmas - tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunѐsiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishiga olib keladi. Zero, bolalik dunѐni zavqlanib, hissiѐtlarga tо‘lib idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir. Demak, bog‘lanishli nutqni rivojlantirish, xilma-xil va betakror dunѐni metodik tomondan qiziqarli, turli shakl va vositalardan foydalangan holda zamon talablari asosida bolalarga yetkazishni tashkil etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bolalarning ѐshi, о‘ziga xos xususiyatlari, lug‘at boyligi, nutq madaniyati, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza olish kabi juda kо‘p talablarni hisobga olish zarurati tug‘iladi. Nazorat uchun savollar. 1. Bog’langan nutq psixologik va lingvistik o’rganish obyekti sifatida, uni shakllanish bosqichlari, rivojlanish jarayonida bog’langanlik shakllarinin o’zgarishi. 2. Egosentrik nutq fenomeni, J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik konsepsiyasi. Egosentriklik nutqi konsepsiyasini L.S. Vigotskiyning ichki nutq konsepsiyasi bilan yaqinlik holatlari. Nutq rivojlanishini situativ yaqinligi. 3. Dialog qurish texnikasini o’zlashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolaning monologik nutqi, uning reproduksiyalovchi va ihtiyoriy fazalari. 3 Modul. Nutqni patologik rivojlanishi 8-MA’RUZA Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari. REJA: 1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari. 2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning o’ziga xos hususiyatlari. Bolaning ruhiy rivojlanishi bir tekisda rо‘y bermaydi. Ularda sekinlik bilan sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan bir qatorda, anchagina shiddatli, tezlik bilan rо‘y beradigan kuzatishlar bir vaqtning о‘zida kuzatilishi mumkin. Bu о‘zgarishlar bora-bora yо‘qolib boradigan eski fazilatlar va yangi ruhiy fazilatlarning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lib, bolani gohida tanib bо‘lmaydigan holatga keltirib qо‘yadi. Bu jadal о‘zgarishlar rivojlanishning krizis davri deb ataladi. [Muxina V.S., 1978] Kо‘pgina yirik psixologlar kabi L.Vigotskiy, A.Leontyevlar ham, maktabgacha yoshda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni ajratib berishgan, ularni faoliyat turlarining asosiy о‘zgarishlari bilan bog‘laganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning zarur hususiyatlari yangi vazifalar tizimiga asoslanishi lozim, bu vazifalar markazida xotira, xotiraning markazida ong turadi. Avvalambor bu bolaning tafakkurini о‘zgartirishi bilan bog‘liq: u umumiy tasavvurlari orasida aloqa о‘rnatish imkoniyatini egallaydi, bu tasavvurlar bolaning bevosita oshirgan malakasida mavjud emas. Bu sof yaqqol tafakkurdan birinchi ajralish, mavhum tafakkurning birinchi bosqichi, bola uchun mumkin bо‘lgan umumlashtirish doirasining kengayishidir. Bola bemalol erkin faraz qiladi, yarata olish darajasiga yetadi. Ikkinchi natija – bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarining о‘zgarishi. Biror bir vaziyatga bо‘lgan qiziqishlari ma’noga ega bо‘lishni boshlaydi. Dastlabki effekttiv umumlashtirish yuzaga keladi. Uchinchi natija – bola yangi turdagi faoliyatlarga о‘tishni boshlaydi, bular fikr va faoliyatning о‘zaro о‘ziga xos munosabatiga ega bо‘ladi. Faoliyatning bunday turlarini ijodiy faoliyatlar deb nomlashimiz mumkin. Va nihoyat maktabgacha yoshdagi bolalalarda dastlab bolalarda ichki axloqiy instansiyalar, shuningdek, tabiat hamda о‘z shaxsi haqidagi dastlabki umumiy tasavvurlar vujudga keladi. A.Leontyev bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimida egallab turgan о‘rnining о‘zgarishidan kelib chiqqan holda, shunday fikrga kelgan: birinchi bо‘lib belgilab oladigan ishimiz bola rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch muammosini hal qilishni aniqlash lozim, bu hayot, unda mavjud bо‘lgan jarayonlarning rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda bolaning ichki va tashqi faoliyatlarining rivojlanishidir. Ruhiy rivojlanishning har bir bosqichi bolaning butun borliqqa bо‘lgan ma’lum, bosh munosabati о‘z faoliyatining muayyan, yetakchi turi bilan xarakterlanadi. Leontyevning fikricha, aynan ilk bolalik davrida yuzaga keluvchi о‘yin turi – asosiy, yetakchi faoliyat turi bо‘lib hisoblanadi. Boshqa asosiy xulosa: maktabgacha bо‘lgan davrdagi bolalik – shaxsning rivojlanishining dastlabki haqiqiy davri, xulq-atvorning shaxsiy mexanizmi rivojlanishi davridir. Maktabgacha yosh davrida ilk munosabatlar va aloqalar о‘rnatiladi, bular yordamida oliy faoliyat birligi va shaxs birligi hosil bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalikda yuzaga keluvchi faoliyatning xarakterli xususiyatlari – bu birbiri bilan almashib turadigan, bir-birini asoslaydigan, yoki bir-biri bilan qarshi tо‘qnashuvlarga duch keladigan hamda bir-biri bilan umuman bog‘liqlikka ega bо‘lmagan motivlarga undaydi va yо‘naltiriladi, unday emas, balki bir-biriga tobe bо‘lgan sabab-vajlarning tizimidir. [Leontyev, 1983]. Maktabgacha yoshdagi shaxsning shakllanishining xususiyatlaridan yana biri, bola va kattalar orasidagi munosabatlar о‘zgarishidir. Bola о‘zini individ sifatida sezishni boshlaydi, ya’ni u о‘z fikriga, о‘z ismiga egadir, u о‘zini erkak yoki ayol jinsi vakili deb sezishni boshlaydi. U tezroq katta bо‘lishga intiladi. Mustaqil samarali natijalarga erishishga intiladi va buning evaziga minnatdorchilik, maqtov yoki boshqa qandaydir baho olishni istaydi. Bolalar kattalarga qarab taqlid qilishga intiladilar. Shunday ekan, bolaning harakati kattalar faoliyatining timsoli bevosita ifodalanadi. Kattalar, ularning predmetlarga va birbiriga bо‘lgan munosabatini kо‘rib, bola ularga taqlid qilishni, u endi nafaqat tomosha qilishni balki kattalar harakatini taqlid orqali aynan ulardek qaytarishni boshlaydi. Bu bola va kattalar orasidagi yangi munosabat bо‘lib, kattalar timsoli bolalar harakatini va qiliqlarini boshqaradi, bu maktabgacha yoshdagi bola shaxsi uchun barcha yangidan yuzaga keluvchi harakatlarning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Bola har qanday rag‘batlantirishga katta e’tibor beradi. Bunda ular xulq-atvorining emotsional-motivatsion boshqaruvini rivojlantiradilar, modomiki maktabgacha yoshdagi bolalar о‘zlari haqida ma’lum bir xulosaga kela olmaydilar, ular о‘zlarini baholashlari kattalar xulosasiga bog‘liq bо‘ladi. [Nemov R.S., 1995]. Maktabgacha yoshda axloqiy normalarni о‘zlashtirish, shaxsning asosiy sifatlarining shakllanishi kechadi. Shaxsning bazaviy sifatlari deb, shaxsning ijtimoiy turi, yoki xarakteri tomonidan aniqlanadigan insonning barqaror individualligining yuzaga kelishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bu shaxsning fundamental tomonlari bо‘lib, individni kо‘p yillardan sо‘ng ham tanib olish mumkin bо‘lgan ustun keluvchi sabab va ehtiyojlarini о‘z ichiga oladi. [Nemov R.S., 1995]. Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining barcha kо‘rinishlari ularning xarakter tuzilishini umumlashtiradi. Bolalar ma’lum bir syujetli о‘yin jarayonida odamlarning о‘zaro munosabatlarini modellashtiradilar. [Uruntayeva G.A., 1999]. Birinchi navbatda, nutqni egallash hisobiga, bolalarda maktabgacha yoshda kattalar bilan muloqot chegarasining ancha-muncha kengayishi rо‘y beradi. Aynan shu yoshda bola faoliyatni keng doirada egallaydi – bular о‘yin, mehnat, sermahsul maishiy muloqot kabi faoliyatlar. Texnik tomonlari shakllangani kabi, motivatsionmaqsadli tomoni ham shakllanadi. Faoliyatning yetakchi kо‘rinishi bо‘lib syujetlirolli о‘yin hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrini ularda yanada intensiv mо‘ljalga olish davri deb atasak bо‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida о‘z о‘rnini aniqlash yangi darajasi, yangi ichki vaziyat asosiy о‘zgarish bо‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola kо‘proq kelajakka qaratilgan maqsadlarni, vositali ravishda namoyon bо‘lgan taqdimotlarni qо‘yishga о‘rganadi, va ularga erishish uchun duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay harakat qiladi. Bilish sohasida erishgan asosiy natija – bu bilishga oid vosita va usullarini egallash hisoblanadi. Bilish jarayonlari о‘rtasida о‘zaro zich aloqalar vujudga kelib, ularning barchasi borgan sari intellektuallashadi, anglanadi, boshqaruvchi xarakterlarni egallaydi. [Uruntayeva G.A., 1999]. Shunday qilib, biz aniqladikki, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxs shakllanishi boshlanadi, atrof-muhit va о‘z-о‘zi bilan yangi munosabatlar о‘rnatiladi. О‘z-о‘zini baholash, mustaqillik, biron-bir muammo haqida о‘z fikriga ega bо‘lish kabi xususiyatlari namoyon bо‘la boshlaydi. Shaxs rivojlanishning bu ikki yо‘nalishi bir-biri bilan tо‘qnash keladi, asosiysi, ularning ikkisi ham rivojlanishi zarur. Maktabgacha yoshdagi bola axloqiy qoidalar va qiymatlarini о‘zlashtirib olishi lozim. О‘yin bolaning asosiy faoliyati hisoblanib, uning yordamida bola о‘zi uchun zarur bо‘lgan barcha norma va qiymatlarni о‘zlashtirib boradi. Shuningdek, huddi boshqa muhim faoliyatlarning rivojlanishi kabi maktabgacha yosh davrida nutq ham intensiv ravishda rivojlanadi. D.B.Elkoninning [1989] hisoblashicha, bola unga qaratib aytilgan kattalar nutqini hayotida ilk yoshining ikkinchi qismida tushuna boshlaydi. U talaffuz qilinadigan sо‘zlar (ularning tovushli tasviri orqali), predmetlar va о‘ziga tegishli xatti-harakatlari orasida aloqalar о‘rnatadi. Bu aloqalar bola va kattalar bilan о‘zaro birgalikdagi faoliyatlari orqali, yoki maxsus ta’lim natijasida vujudga keladi. 9-10 oylikka kelganda ularning miqdori ahamiyatli darajada kо‘payadi. D.Elkonin [1989], huddi L.Vigotskiy singari, bolada birinchi bosqichda predmet haqidagi tasavvurning hosil bо‘lishi shunchaki bо‘ladi, ya’ni u predmetni asl holicha anglamaydi. Masalan soat tushunchasi, bu kichik soat ham, katta devor soatlari ham, budilnik vazifasini bajaruvchi soat sifatida ham tushuniladi. Shunday qilib, mustaqil nutqning paydo bо‘lish davridagina birinchi umumlashtirish malakalari namoyon bо‘ladi, buning asosida oson payqash mumkin bо‘lgan belgi va alomatlarni ajrata olishi mumkin. Narsalarni nomlash malakalari jadal ravishda mustahkamlanib boradi, va nomlangan predmetlar soni ortib boradi. Birinchi navbatda bolani bevosita о‘rab olgan atrof-muhitdagi narsalarni tushunish о‘zlashtiriladi, keyin esa kattalar ismi va о‘yinchoqlar nomi, kiyim predmetlar tasviri, va nihoyat tana va yuz qismlarini nomlash kо‘nikmalari hosil bо‘ladi. Asta-sekinlik bilan bola ikki yoshga kelib, kattalar tomonidan unga aytilgan barcha sо‘zlarni tushuna boshlaydi, amalga oshirilgan emas, balki talaffuzda buyurilgan barcha buyruqlarni bajara oladi. Aktiv lug‘at boyligini jadal о‘sib borishning ilk muddatlari, kattalarga aytilgan 2 va 3 sо‘zdan iborat gaplarning paydo bо‘lishi, birinchi navbatda kattalar va bolalar о‘rtasidagi munosabat xarakteriga, hamda о‘zaro muloqoti orasidagi xususiyatlarga bog‘liq buladi. Bola bilan kam gaplashilsa, yoki ular xohishistaklarini biron urinishsiz, sо‘zsiz bajarishga shoshilsalar, bola nutqiga katta zarar, ya’ni nutq rivojlanishining orqada qolishiga sabachi bо‘lib qolinadi. Kattalar bola gapirishni boshlagandan sо‘ng, u bilan ishlashni tо‘xtatib qо‘yishgan hollar juda kо‘p kuzatiladi. Biroq kattalar ishtirokisiz, bola nutqi kambag‘allashadi, va xatolarga boy bо‘ladi. K.Chukovskiy yozishicha: «Agarda har bir gо‘daklik yoshidagi bola bizning sayyoramizda eng mehnatkash, zahmatkash, fidoiyligini isbotlash uchun hammaga kо‘rgazmali, aniq-ravshan dalil talab qilinganda edi, u juda qisqa muddatda о‘z ona tilini, uning barcha ajoyib shakllaridagi nozik farqlari, turli xil sо‘z yasovchi qо‘shimchalari, sо‘zning turlanishi yoki tuslanishida о‘zgaradigan tugallanmasining ikir-chikirini egallashdek qobiliyatga ega ekanligini aniq dalil qilib kо‘rsatib berishimiz mumkin edi. Bularni egallashda kattalarning bevosita ta’siri ulkan ahamiyatga ega bо‘lsa ham, men uchun bu bola ruhiy dunyosidagi eng katta mо‘jizalaridan biri bо‘lib qolaveradi...» [Elkonin D.B., 1999]. Bola nutqining rivojlanishi uchun eng qulay davr, bu 1,5 yoshdan 3 yoshgacha bо‘lgan davrdir. Agar bola shu yoshda qandaydir sabablarga kо‘ra nutq malakalarini egallay olmasa, u keyinchalik juda katta qiyinchiliklar evaziga о‘tkazib yuborgan bilimlarni egallashiga tо‘gri keladi. Situativ nutq bosqichida bola nutqi rivojlanishida kechikish hollari ham kuzatiladi. Sabablar kо‘p, lekin agar bola sog‘lom bо‘lsa, asosiy sabab ota-onaning vaqtida bola bilan pedagogik jihatdan shug‘ullanmaganligidir. Bolani tо‘g‘ri tarbiyalash jarayonida 2 yoshga kelib nutq rivojlanishida keskin о‘zgarish (yomon tomonga) sodir bо‘lishi mumkin. Bunga sabab bо‘lib, foydalaniladigan sо‘zlar miqdori kо‘payib borgan sari, ilk 2 va 3 sо‘zli gaplar paydo bо‘la boshlashidir. [Elkonin D.B., 1989]. Bola turli bahonalarda murojaat qiladi. bolaning о‘z nutqi uning faoliyatiga aylanib bо‘lgan bо‘lib, kо‘pincha predmet va о‘yinchoqlarni manipulyatsiya qilish bilan kuzatiladi. Nutq uning faoliyatlarini boshqaruvchisiga aylanib, ularning asosiy komponenti sifatida tushuniladi. Kо‘p ma’noli sо‘zlar ikkinchi planga о‘tadi, ular yanada mustahkam, predmetga nisbiylikdaligi aniq ifodalangan sо‘zlar bilan almashinadi. Bola 2 va 3-yoshlarga kelib kattalar bilan nutq orqali suhbatlashadi. Endilikda bu yerda kontekstli nutqqa (bu nutqiy faoliyatni egallashning yuqoriroq darajasi bо‘lib, gapiruvchi voqelikning ketma-ketligini oldindan bilib turish juda muhim, ushbu ketma-ketlikni tо‘g‘ri ifodalash uchun kerakli formalarni topa olish, va voqelikka bо‘lgan о‘z munosabatini aniq bilib turishi lozim) о‘tish kerakligi maslahat beriladi. [Kulesha, 1989]. Nutq ustida ishlash jarayonida reja asosida, asta-sekinlik bilan murakkablashtirish lozim, ya’ni savol-javobdan boshlab asta sekin mustaqil gapirib bera olish darajasigacha olib borish zarur. Bunga ertak yaqqol misol bо‘lishi mumkin. Maktabgacha yosh davrida quyidagi nutq izohli nutqni egallashda davom ettiriladi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarda lug‘at boyligini boyitish jarayoni kechadi. 3 yoshning oxiriga kelib bola 1200 dan 1500 gacha bо‘lgan sо‘z miqdorini egalllaydi. Dialogik nutq asosida ona tilining grammatik tuzilishini jadal ravishda о‘zlashtirish amalga oshadi. A.N.Gvozdeva kuzatuvlariga asoslangan holda, grammatik tuzilishni egallash ikki davrga bо‘linadi. Birinchi davr – 1 yoshu 3 oylikdan bir yoshu 10 oylikkacha davom etib, bu davrda amorf о‘zakli sо‘zlardan tuzilgan gaplarga duch kelinib, bular har qanday holatda о‘zgarmagan holda uchraydi. Bunday davrda ikki bosqich yaqqol namoyon bо‘ladi: a) bir sо‘zli gap (1 yoshu 3 oy – 1 yoshu 8 oy); b) bir nechta sо‘zdan tuzilgan gaplar, asosan ikki sо‘zli gaplar. Ikkinchi davr – 1 yoshu 10 oylikdan 3 yoshgacha. Bu gapning grammatik tuzilishini о‘zlashtirish davri bо‘lib, grammatik kategoriyalarning shakllanishi va ularning tashqi kо‘rinishlari bilan bog‘lik bо‘ladi. Oddiy va murakkab gaplarning jadal yuksalishi namoyon buladi. Ushbu gaplarning gap bо‘laklari tilning sintaksik vositalarini ifodalaydi. Bundan tashqari bu davr ham о‘z navbatida uch bosqichga ega: a) ilk shakllarning shakllanishi (1 yoshu 10 oy – 2 yoshu 1 oy); b) sintaksik aloqalarni ifodalash uchun ona tilining fleksik tizimidan foydalanish (2 yoshu 1 oy – 2 yoshu 3 oy); v) sintaksik munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladigan sо‘zlarni egallash. Bola 2 yoshu 6 oyligidan 3 yoshgacha qator bog‘lovchilardan foydalanish kо‘nikmalarini egallashni boshlaydi. A.N.Gvozdev tekshiruvlari natijasida, bu yoshda quyidagi bog‘lovchilar paydo bо‘lishi aniqlandi, bular: va, chunki, ammo, lekin, esa, bilan, faqat, demak, qayerda, qanday kabilar. 2 yoshga kelib 39 bog‘lovchidan 15 tasigina о‘zlashtiriladi. Normada rivojlanib kelayotgan bola, avvalambor kelishik shakllarini о‘zlashtiradi. 3-3,5 yoshda sо‘z hosil qilish jarayoni ham jadal tarzda kechadi. Bu davrdan boshlab garchi о‘zlari sezmasalarda, ularning nutqlari sо‘z yasovchi, kichraytirisherkalash, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar yordamida boyib boradi. Ular leksik tomondan sо‘zlarni notо‘g‘ri ifodalasalar ham, rasmiy jihatdan ular tо‘g‘ri bajaradilar. (Gvozdev «Ota-о‘g‘il» о‘yinini misol qilib kо‘rsatadi: man ayiqtoyman, siz esa ayiq). Nutq va nutq madaniyatini kengaytirish, fonematik eshitish qobiliyati ustida ish olib borish lozim. Nutq asta-sekin keyingi xatti-harakatlarni rejalashtirishning muhim shartiga aylanadi. Avval bola о‘z faoliyatlarni ketma-ket talaffuz qiladi, keyinchalik, bu ichki nutqqa aylanadi. Ilk bolalik davridayoq nutqni egallash, faol nutq shakllanishi bolaning shu davrda umumiy psixik rivojlanishiga asos bо‘lib xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqot ishlar shuni kо‘rsatadiki, normal nutqqa ega bо‘lgan bolalar nutqi tо‘liq rivojlanmagan tengdoshlaridan elementar umumlashtirish borasida ancha balandda turadilar. (G.L.Rozenberg-Pupko nutqqa ega bо‘lgan va ega bо‘lmagan bolalarning predmetlarni umumlashtirishi bо‘yicha quyidagi ma’lumotni bergan (predmet va miqdorni aniqlash masalasini о‘rtaga qо‘yganimizda; predmet va uning qismi haqida birdaniga 100 nafar nutqi normada rivojlangan bolalarning hammasi tо‘g‘ri javob berdi, NTR bolalardan esa faqat 40 nafarga yaqini tо‘g‘ri aytib bera olishgan)). 4-5 yoshga kelib bolalar о‘z nutqida kasbga oid otlar; mehnat faoliyatini bildiruvchi fe’llardan foydalanishni boshlaydilar, hamda predmetning qayerda joylashganligini (chapda, о‘ngda, orasida, yonida) aytib bera oladilar, kechakunduz vaqtlarini ajrata oladilar, insonlarning kayfiyati va holatini xarakterlab beradilar, predmet qismlari va nomlarini ifodalovchi otlardan; xususiyatlarni ifodalovchi sifatlarni, hamda eng kо‘p ishlatiladigan fe’l, ravish, va kо‘makchilardan foydalanadilar. 5-6 yoshga kelib kasblarni nomlaydigan otlar, predmet belgilarini ifodalovchi sifatlar, odamlarni mehnatga bо‘lgan munosabatini ifodlovchi ravishlar, odamlarning ish-harakatini bildiruvchi fe’llar, bir xil ma’noga ega sо‘zlardan foydalanishni boshlaydilar. Ular sifat, ot, fe’l, ravish, qо‘shimchalarni tо‘g‘ri va о‘z joyida ma’nosiga qarab ishlatishni boshlaydilar. 6-7 yoshga kelib bolalar lug‘at boyligi kengayadi, bular predmetlar, faoliyatlar, belgilarni ifodlovchi sо‘zlardir. Ular nutqda sinonim, antonim, umulashtiruvchi otlardan foydalanishadi, ma’nosiga qarab nutqning turli qismlarini joy-joyida ishlatishadi. [Belobrikina O.A., 1998] Biz maktabgacha yoshdagi bolaning psixologik xarakteristikasini о‘rganib chiqib, ular bilan maxsus maktabgacha muassasalarda qanday ish olib borish katta ahamiyatga ega ekanligini aniqladik. U yoki bu holda, bolalar baribir о‘xshash psixologik vazitlarga duch keladilar, bu ular bilan yanada savodli va professional ravishda ish olib borishga kо‘mak beradi. Shuningdek, biz nutqi normada rivojlanayotgan bolalar nutqining bosqichma-bosqich rivojlanishini kо‘rib chiqdik. Endilikda NTR bolalar nutqining rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib о‘tishlari bilan tanishib chiqamiz. Qachon, va qaysi bosqichda tо‘xtalish yoki orqada qolish kuzatiladi? Albatta avvalambor, nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning barcha hollarini kо‘rib chiqishimiz tо‘g‘riroq bо‘lar edi, bularga alaliya, dizartriya va boshqa nutq nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarni misol qilishimiz mumkin. Biroq biz nutqi tо‘liq rivojlanmaganlikning umumiy masalalarini kо‘rib chiqish bilan cheklandik, shuningdek, NTR III darajasidagi bolalarda batafsil tо‘xtalib о‘tamiz. Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bu bolalar nutqi normada rivojlangan bolalar bilan kо‘p tomonlama о‘xshash bо‘ladi, faqatgina ular nutq jarayonida xatolar qiladilar. Ularni normal bolalardan farqlash qiyinroq, shuning uchun ham biz kо‘pincha ular nutqida paydo bо‘layotgan orqada qolishni payqamay о‘tkazib yuboramiz. Nazorat uchun savollar 1. Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari. 2. Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning o’ziga xos hususiyatlari. 9-MA’RUZA Nutqiy patologiya sharoitida nutqning grammatik qurilish va bog’langan nutqni shakllanishi. REJA: 1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi. 2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’lanишли nutqni shakllanishi. 3. Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola tomonidan til qonuniyatlarini til umumlashmalarini о‘zlashtirish hisoblanadi. Chunki, til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining yetarlicha rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi. Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bо‘lgan bolalarda barcha nutq komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga nisbatan qо‘llaniladi (keyingi sahifalarda NTR deb ataladi). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini о‘zlashtirilishining turg‘un buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‘ladi, morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi, natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.Vorbyeva, B.Grinshpun, V.Gluxov, R.Levina, T.Filicheva, G.Chirkina va b.). Nutq shakllanishidagi о‘zgarishlar, asosan, yuqori ruhiy jarayonlarning iyerarxik tuzilishidagi rivojlanishning buzilishi sifatida qaraladi. Shuningdek, sistematik yondashish kо‘rinishi yordamida nutq tizimidagi komponentlarning holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq kamchiliklarini tadqiq qilishda nutqning rivojlanishini о‘rganishga izchil yondashish prinsipi qо‘llaniladi. Bu esa nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maktabda о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe, N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova, YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi. Bu ishlarda asosiy e’tibor bolalarning nutqiy talaffuzi, lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator masalalarni о‘rganishga qaratilgan. Bundan tashqari, yana bir qator olimlar bolalar nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining turli yо‘nalishlari psixolingvistika, neyrolingvistka (V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga oid S.S.Lyapidskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Grushevskaya, M.Velyakov, S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan. Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe, A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular tomonidan bо‘g‘in tuzilishi tartibining о‘zlashtirilishi kabi masalalargina keng yoritildi. Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishining о‘ziga xosligi R.YE.Levina, V.K.Orfinskaya, N.N.Traugott, S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina, A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi. Bu ishlarda nutqning talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishiga, bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganishga katta hissa qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels keyinchalik M.YE.Xvatsev, N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, R.YE.Levina, L.V.Melexova, G.V.Matsiyevskaya, YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni qо‘llash asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning tuzilish xususiyatlari (fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar) ajratib kо‘rsatilgan. Shuningdek, ularda NTRning turli shakllari ta’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta’sir metodikasi ishlab chiqilgan. Sо‘nggi yillarda bolalardagi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganish bо‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning о‘z ishlarida muammo tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari natijasidir. Bolalar nutqining psixolingvistik aspekti bunday yondashuvning dastlabkilaridan hisoblanadi va bu YE.F.Sabotovich, V.A.Kovishkov, B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni о‘rganishning barcha masalalari hali tо‘liq ochib berilmagan. Biroq V.K.Ofrinskaya hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari orasida umum tomonidan qabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali masalalar va ziddiyatlar, logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari yuzasidan NTRga umumiy qarashlar misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini belgilaydi. I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya pо‘stlog‘i tо‘qimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasi yetishmasligini aniqlaydi. NTR bolalarda miyaning elektr faolligini о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakkatepa-ensa sohalarida, peshona-chakka va dominat yarim sharning chekka shoxlarida biopotensiallarning aniq lokal о‘zgarishlarini belgilab berdi (L.A.Belogrud, A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova). V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab chiqib, til tuzilishining buzilishlari yetakchi kо‘rinishlarining birlamchi va ikkilamchi shakllarini ajratadi. S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot turkumlarini о‘zlashtirishda, sо‘zdagi о‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir о‘tkazish ana shu nuqson tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi: I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish. II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash. III. Nutqni umumiy rivojlantirish. N.N.Traugotning ta’kidlashicha, ruhiy jihatdan sustlik, cheklanish, tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi. Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil talaffuz qilishning birdaniga pasayishida bolalarning faol lug‘at boyligini о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi. M.Sovak NTR tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan mutizm hamda demensiya va shizofreniyada nutqning yо‘qolishi, eshitishning pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar. G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi xususiyatlarini kо‘rsatib о‘tadi. Shunga asoslanib, u о‘qitishning quyidagi yо‘nalishlarini belgilab beradi: I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish. II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish. Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda, fonetik, fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim ish sanaladi. Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini rivojlantirish bо‘yicha logopedik yо‘nalishdagi ishlarni shartli ravishda 5 bosqichga ajratadi: I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish. II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil sо‘zlarni ajrata bilish. III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish. IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish. V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish. YE.M.Mastyukova nutqning tо‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar ekan, shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi mumkin. Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli о‘laroq, nutq tо‘liq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini ta’kidlab о‘tadi. K.P.Bekker va M.Sovak nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi holatlarida biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq komponentlarni ajratadilar. An’anaviy tarzda nomlanuvchi eshituvchi soqovlik kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi. I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy faoliyatini tashkil etuvchi struktural tarkibiy qismlar orasida dissatsiatsiya aniqlangan. Ularning bir xillarida operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan. Bu muammoga til konsepsiyasida zamonaviy psixolingvistik nuqtai nazardan yondashish YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, B.M.Grinshpun, V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan. L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni о‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining о‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan. Mualliflar bunday bolalarda klinik alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd etadilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmaganlik turlicha, ya’ni nutq umuman mavjud emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bо‘lgan holatlarni qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish lozimligini taklif etishadi: 1. Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar tuzatiladi, oydinlashtiriladi). 2. Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish. 3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim asosida bolalar savodga о‘rgatiladi. Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy rivojlanishining о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor, sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar. J.V.Antipovaning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqidagi sо‘zlarning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar tahlil etilgan. Sо‘zning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar sintagmatik va paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy doiraning tashkil etilishi darajasining pastligi, sо‘zni izlash jarayonining mukammal emasligida namoyon bо‘ladi. Ular leksikasining о‘ziga xosligi, odatdagidek kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib bera oladigan sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi holatlarda kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha ma’nodagi sо‘zlar bilan almashtirish kabi kamchiliklar sifatida ularda hali ma’noviy tizimning yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin. L.F.Spirova neytral leksikadan kelib chiqib, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan. Leksik ma’nolarni о‘zlashtirishning kognifikativ yondashuvi T.V.Tumanova tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik umumlashtirish shakllanishining о‘ziga xos jihatlarini aniqladi va sо‘z hosil qilish operatsiyasini о‘zlashtira olmaslikning asosiy sabablarini asoslab berdi. YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada shakllanmaganligini aniqlaydi. Muallif buni narsalarni nomlash va harakat vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok etuvchi paradigmatik va sintagmatik til apparatlarining umumiy tarzda yetarli rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi. О‘tgan asrdayoq professor R.YE.Levina nutq buzilishlarining eng murakkab qо‘rinishlarini tadqiq etgan holda nutqning barcha tomonlari rivojlanmaganligi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligini chegaraladi va uni batafsil ta’riflab berdi. Mazkur toifadagi bolalarda tovushlar talaffuzi va fonemalarni ajratish holatining buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular nutqida morfema(о‘zak)lar tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq sо‘z о‘zgartirish va sо‘z hosil qilish(yasash) kо‘nikmalarining yaxshi rivojlanganligi, lug‘at boyligining meyorga nisbatan orqada qolishida namoyon bо‘ladi. Tabiiyki, mazkur omillar bog‘lanishli nutq rivojlanishiga salbiy tasir qо‘rsatadi. Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi. Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U nutq buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli yondashuv asosida о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va oqibatlari, ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksikgrammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan. Har bir darajada nutq komponentlarining rivojlanishini susaytiruvchi nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga ega bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq qiluvchi qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin. Masalan, “umumiy” sо‘zi bir vaqtning о‘zida “о‘qituvchi”, “о‘qitadi” va shu sо‘zning boshqa grammatik shakllarini anglatadi. Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday morfemalarsiz tanlashda chiziqli biriktirish” orqali gap tuzish holatlari (A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu gaplar tarkibiga kiruvchi sо‘zlar sonini orttiradi. U, shuningdek, gap tuzish qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum, tushunarsiz, farqlanmagan sо‘zlar konturidan meyordagi nutqiy rivojlanishga, grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi: “Bunda e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning о‘zak qismi mavhum talaffuz qilinishicha qoladi”. A.V.Korotkova , YE.N.Drozdova, A.G.Zikeyev , R.I.Lalayeva, N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54; 78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik jihatdan rivojlanishining ikkilamchi orqada qolishi kuzatilishini ta’kidlab о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning о‘ziga xos xususiyatlari hozirda ham logopediyaning kam о‘rganilgan jabhalaridan biri sifatida qolmoqda. Nutqning grammatik jihatdan rivojlanmaslik darajasi nuqtai nazardan mazkur bolalar kategoriyasi simptomatikasining polimorfligi, variativligi (tilning morfologik va sintaktik tizimi shakllanishidagi yengil orqada qolishdan to ekspressiv nutqdagi yaqqol agrammatizmlarda namoyon bо‘luvchi og‘ir darajasigacha) bilan xarakterlanadi. Nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda nutqning grammatik jihatdan shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Chunki grammatik mazmun leksik ma’no-mazmunga nisbatan doimo mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til qoidalari asosida tashkil etiladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap turlarining grammatik shakllari nutqning meyorda rivojlanishida kuzatiladigan ketma-ketlikdagi singari bosqichma-bosqich rivojlanadi. NTR bolalar nutqni grammatik jihatdan о‘zlashtirishdagi о‘ziga xos xususiyatlar о‘zlashtirish sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi hamda rasmiy tilga oid semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy tajribaning, xususan, faol nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab grammatik tizimining empirik tarzda о‘zlashtirilishining zamini bо‘lmish “til sezgirligi”ning yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur bolalar kategoriyasi tomonidan grammatik shakllarni tushunishdagi qiyinchiliklarga sabab bо‘ladi. Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi shundan iboratki, ular morfemalarni ajratishdagi qiyinchilik va ikkilanishlar, morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar tarzida belgilanadi. N.S.Jukova, V.A.Kovshikov, L.F.Spirova, YE.F.Sobatovich, T.B.Filicheva, S.N.Shaxovskaya [54; 68; 105; 102; 118; 132]kabi tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida gap tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi: 1) kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri qо‘llash; 2) kelishik va egalik qо‘shimchalarini sonlar bilan notо‘g‘ri qо‘llash (kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q); 3) ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular kelyapti(lar); 4) о‘tgan zamondagi fe’l qо‘shimchalarini notо‘g‘ri qо‘llash (daraxt yiqil(gan)di); 5) tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan). Amaliy grammatikani egallash jarayonida bolalar nutqida turli-tuman “okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar) ishlatiladi. Umumiy okkazionalizmlar11 meyoriy nutqiy rivojlanish kabi nutq rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir. T.N.Ushakovaning [112; 78-b.] fikricha, okkizionalizmlarning asosiy nutqiy mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni ortiqcha umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl о‘zgartirish demakdir. Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy tendensiyalar: turlanish va tuslanishdagi sо‘z о‘zgarishini umumlashtirishda kuzatiladi. S.N.Seytlin [130; 6-b.] fikriga kо‘ra, bolaning nutqni о‘zlashtirishda shakl о‘zgartirishdagi okkazionalizmlarning quyidagi turlarini farqlash mumkin: - urg‘uli bо‘g‘inni bir xillashtirish, urg‘uni sо‘zdagi ma’lum bir bо‘g‘inda mustahkamlash. Otning turli shakllarida ham avvalgi sо‘zdagi urg‘u saqlanib qoladi; - unlilarni qо‘shish, ketma-ket kelgan unlilarni tushirib qoldirish (salomsalm, bо‘lak-bо‘lk, maktab-makitab); - sо‘zlarning oxirida kelgan undoshlarni e’tiborga olmaslik; - qо‘shimchalarning о‘zgarishi, kо‘plik –lar son kategoriyasining о‘rnida birlik shaklining qо‘llanishi (dо‘st-dо‘stlar, stul-stullar, mushuk-mushuklar, daraxt-daraxtlar); - shakl о‘zgarishida suppletivizmlarning yо‘qligi (odam-odamlar, bolabolalar, ot-otlar). Bunda okkazional qо‘shimchalarni tanlash bir xil grammatik ma’nodagi ot shakllarining turlanishida paydo bо‘ladi. Kо‘rinadiki, funksional elementlarning almashtirilib tanlanishi nutqiy vaziyatda doim talab etiladigan funksional kategoriyalar ostida sodir bо‘ladi. Bola nutqida grammatik shakllar ketmaketligining о‘zlashtirilishi ularning semantik oppozitsiya darajasi bilan belgilanadi. Agar grammatik shakl asosida aniq, semantik qarama-qarshi qо‘yilgan kognitiv rivojlanish yotgan bо‘lsa, u oson farqlanadi. Bu esa bolalarning bosh kelishikdagi birlik va kо‘plik shakllarni farqlash erta о‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalariga kо‘ra, okkazional shakllar bilan bog‘liq agrammatizmlar normal bolalar uchun ham, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar uchun ham xosdir. Изоҳ: Сўз ясашдаги оккозионализмлар (лат. occasio – тасодифан) сўз ясаш билан боғлиқ қонуниятларнинг бузилиши билан боғлиқ янги сўзлар ясалишидир. Термины и понятия: Морфемика. Словообразование: Словарь-справочник. — Назрань: ООО «Пилигрим». Т.В. Жеребило. 2011. 11 Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining xarakterli xususiyatlaridan yana biri bir vaqtning о‘zida nutq grammatik qurilishining ikki usulini о‘zlashtirish xususiyatiga ega: - sо‘zlarni bо‘laklarga ajratmasdan, yaxlit holatda о‘zlashtirish (taqlid qilish mexanizmi asosida); - analiz va sintez mexanizmi asosida sо‘zlarni va uni tashkil etuvchi morfemalarini ajratishni о‘zlashtirish. Bu nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda ancha sekin kechishi belgilangan. YE.F.Sobatovich [102] nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni (motoralalik) ikki guruhga ajratadi: 1-guruh bolalar nutqida gapning chuqur semantik mazmuni saqlanishi bilan bog‘liq ravishda ularning nutqida tilning morfologik tizimi buzilishi kuzatiladi. Bu guruhdagi barcha bolalar nutqida chuqur morfologik agrammatizmlar mavjudligiga qaramasdan, 2-3 sо‘zdan iborat gaplarni tо‘g‘ri tuzadilar, sо‘zlar orasidagi semantik bog‘liqlik va tartibni tо‘g‘ri ifodalaydilar. Yuqoridagi misollardan kо‘rinib turibdiki, gaplar tuzilishida tartib saqlangan bо‘lsa ham, sо‘zlar о‘rtasidagi morfologik kо‘rsatkich, sintaktik aloqa bо‘lmaydi. Shu tariqa birinchi guruh bolalar nutqida tilning sintaktik va morfologik tizimining rivojlanish jarayoni о‘rtasida keskin disproporsiya о‘rin egallaydi. Ikkinchi guruh bolalar nutqida nafaqat tilning morfologik tizimi, balki gapning sintaktik tuzilishidagi buzilishlar ham kuzatiladi. Bunda gap sintaktik strukturasining buzilishi kо‘p hollarda gap bо‘laklarining tushirib qoldirilishi (elmepsis)da, kо‘pincha predikatlarni, sо‘zlarni noodatiy tartibda ifodalash (inversiya)da aks etadi. Bu hatto gapni takrorlashda ham bо‘ladi. Kо‘p о‘rmonda bor (bolalar о‘rmonda kо‘p qо‘ziqorin terishdi); sut tо‘kdi (sutni mushuk tо‘kib qо‘ydi). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida sintaktik imkoniyatlarning buzilishini mohiyatiga kо‘ra chuqur sintaktik buzilish hamda yuzaki sintaktik buzilishga ajratish mumkin. Nutqda sintaksisning chuqur buzilish darajasini sо‘z birikmalari semantik komponentlari о‘rtasida (obyektiv, relyativ, atributiv) munosabatlarni о‘zlashtirishda gap ifoda semantik tizimini tashkil etishdagi qiyinchiliklarda paydo bо‘ladi. Yuzaki darajadagi buzilish holati sо‘zlar о‘rtasidagi grammatik bog‘liqlikning buzilishida, gapda sо‘zlarni notо‘g‘ri ketma-ketlik asosida shakllantirish holatlarida paydo bо‘ladi. Ba’zan nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy vaziyatda dastlab bitta gapda 3-5ta о‘zgarmagan о‘zak-sо‘zdan foydalanishadi. Keyinchalik, nutqning rivojlanishi jarayonida ular sо‘z о‘zgartirishni ham egallab oladilar, biroq ular sо‘zlarni biriktirishni eski usullardan foydalangan holda о‘z fikrlarini ifodalaydilar. Bolaning tilni о‘zlashtirishi, sо‘z tarkibini tahlil qilish jarayoni gapda sо‘zlarni joylashtirish “texnikasi” bilan bog‘liq bо‘lib, 3, 5 va undan kechroq davrlarda kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan, ba’zi hollarda bolalar sо‘z oxirini grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuza oladilar. Sintaksisning boshqa anologik qurilishida esa tо‘g‘ri sо‘z shakli о‘rniga bola sо‘zning shakllanmagan turini yoki ularning fragmentlarini qо‘llashini kuzatishimiz mumkin. Bolalar nutqining shakllanishida gapni grammatik jihatdan tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri tuzishning uzoq muddat davom etishi nutq dizontogenezining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar sintaktik konstruksiyalar bilan sо‘zlarni bog‘lash zarurligi haqidagi bilimlarga ega bо‘lishlariga qaramay, turg‘un holatda uzoq vaqt sо‘zlarni ma’nosiga mos bо‘lmagan xolda qо‘llaydilar. Nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining og‘ir shaklida bolalar uzoq vaqt kelishik qо‘shimchalarining sintaktik mazmunini о‘zgartira olmaydilar: “bо‘tq ye”, “stul о‘tir”(bо‘tqani ye, stulga о‘tir). Bolalar nutqi patologiyasi haqidagi materiallarda shuni kuzatish mumkinki, bola sо‘zning grammatik tо‘g‘ri shaklini egallash davrida turli leksik va grammatik til birliklaridan foydalanadi. Shu bilan birga, tanlangan sо‘zning grammatik shakli, kо‘pincha, umumiy kо‘rinishda shakllangan leksik-grammatik va sintaktik nutq kо‘rinishiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘langan bо‘ladi. A.N.Gvozdev, N.X.Shvachkin, M.N.Krasnogorskiy kabi olimlarning ta’kidlashlaricha, meyoriy nutqiy rivojlanish sharoitida 5 yoshli bola amalda morfologiya va sintaksisning asosiy qonunlarini о‘zlashtirgan bо‘ladi. U nafaqat sodda, balki kо‘pgina murakkab gaplarni ham tо‘g‘ri shakllantiradi. Ammo nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda boshlang‘ich maktab yoshida (7 yoshda) tilning leksik-grammatik vositasi shakllanganligi sezilarli darajada meyordan farq qiladi. Ularda tilning grammatik qonunlarini qо‘llash va о‘zlashtirishda turg‘un buzilishlar kuzatiladi. Bolalarning faol nutqiy faoliyati rivojlanishining turli darajasida kо‘p qirrali agrammatizmlarning paydo bо‘lishi xarakterlidir (R.YE.Levina, N.A.Nikashina). Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalardagi impressiv agrammatizmlarning paydo bо‘lishi G.I.Jarenkova tomonidan tavsiflangan. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar tomonidan sо‘z shakllari va grammatik qurilmalarning ma’nosini yetarlicha tushunmaslik faol lug‘atning rivojlanmaganligi, nutqiy malakaning tо‘liq emasligi, tilning barcha murakkab grammatik tizimi meyoriy egallanishiga tо‘sqinlik qiluvchi til sezgirligi deb nomlanuvchi qayta ishlashning yо‘qligi oqibatidir. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda agrammatizmlarning paydo bо‘lishi nafaqat og‘zaki nutqda, balki yozma nutqda ham kuzatiladi. Agrammatizmlar nutqi tо‘liq rivojlanmaslikning paydo bо‘lishidagi asosiy va turg‘un bо‘lmagan hodisa hisoblanadi. A.N.Gvozdevning ta’kidlashicha, ona tilini egallash, turli xil gap turlarini о‘zlashtirish kо‘rinishida sodir bо‘ladi. M. Gopnik, M. B.Cragolarning ta’kidlashicha, og‘ir nutq nuqsonlariga ega bolalar nutqining grammatik jihatini egallashlari sust kechadi, bolalar sо‘z oxiridagi kо‘plik, zamon tushunchalarini ifodalovchi qо‘shimchalarni kо‘p xollarda tushirib qoldiradilar. Friedmann va Novogrodsky, Van der Lelylarning tadqiqotlarida ushbu toifadagi bolalar nutqning sintaksis va semantik tomonlarini egallashlaridagi qiyinchiliklari belgilangan. Smith-Lockning ilmiy izlanishlarida og‘ir nutq nuqsonlariga ega bolalar nutqi meyorda rivojlanuvchi bolalarga nisbatan gaplardagi sо‘zlarni grammatik jihatdan moslashtirish kо‘nikmalarning kech rivojlanishi bilan xarakterlanishi keltirib о‘tilgan. Marc E. Fey, Patricia L. Cleave va Steven H. Long tomonidan о‘tqazilgan tadqiqotlarda mazkur guruh bolalari nutqining grammatik tomonidagi kamchiliklar taxlil etilib, ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab о‘tilgan. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda kichik maktab yoshida ham gap tarkibiga kiruvchi lug‘at boyligi ortishi mumkin, ammo nutqda sо‘zlarni hatto sodda gaplarda ham bir-biri bilan bog‘lash yetarlicha shakllanmagan bо‘ladi. Bolalar nutqida asosan hodisalarning ketma-ketligi yoki ularning qaramaqarshi bog‘lanishi ifodalanadi. Buning uchun bolalar rasmda tasvirlangan hodisalarni tasvirlashda gaplar zanjiridan foydalanishadi. Sо‘zlarni grammatik kategoriyalariga kо‘ra farqlashda bola turli xil tuzilishdagi gaplarni о‘zlashtirishda, eng avvalo, tilning leksik tarkibini adekvat tushunish va qо‘llashga tayanadi. Ammo lug‘at boyligining rivojlanish kо‘rsatkichi, leksik va grammatik mazmunlarni egallash darajasi sifatida muhim bо‘lib, gapda sо‘zlarning о‘zaro munosabati va bu munosabatlarni aks ettirish vositasi majmui sifatida namoyon bо‘ladi. Sо‘zlarni farqlash va amaliy qо‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ularning grammatik shakl va sо‘zning gap tarkibidagi grammatik о‘zgarishiga bog‘liq ravishda normada ancha erta egallanadi. Bola sо‘zlarni juda tez turli shaklda ifodalash, ularni grammatik kategoriyalari belgilariga kо‘ra qо‘llash va farqlashni о‘rganadi. Kо‘pgina olimlar bolalar nutqida avval, ot va fe’llarni aks ettiradi, keyinroq esa, ularda tilning morfologik tizimi shakllanadi deb ta’kidlaydilar. Sо‘zlarni gaplarda tо‘g‘ri bog‘lash uchun nutqi tо‘liq rivojlanmagan о‘quvchilar nafaqat moslashtirish qoidalarini, balki boshqaruvni ham yaxshi egallashi kerak. Barcha otlar sо‘z birikmasi va gaplarda faqat ma’lum kelishik qо‘shimchalari va qо‘shimchalarsiz berilishi mumkin. Sо‘zlar о‘rtasidagi rasmiy sintaksis qurilish usuli an’anaviy lingvistikada boshqaruv nomini oldi. Boshqaruv, deyarli doimo ma’lum mazmunni beruvchi vosita hisoblanadi. Masalan, xat yozmoq, qalam bilan yozmoq yoki akamga yozmoq, turli kelishiklarda nafaqat bir sо‘z ikkinchisiga “bо‘ysunishi” vositasi bо‘lmay, yangi turli ma’nolarni hosil qiladi. Shuning uchun boshqaruvchi sо‘zlarni ma’lum ma’noni berishi yuzasidan kelishik qо‘shimchalari bilan qо‘llash sifatida qarash kerak. Qо‘shimchalarni notо‘g‘ri qо‘llash, nutqning grammatik jihatdan qurilishining buzilishi barcha turdagi nutqiy kamchiliklarga xos hisoblanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik jihatdan rivojlanish xususiyatlarini nutq holatini normadagi ma’lumotlar bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutq fazasini belgilash, til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash, tashxis qо‘yish hamda ular bilan korreksion-pedagogik ishlarni tо‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir. Demak, yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus о‘qitish natijasida ularda til tizimidagi nutqiy munosabatlar shakllanadi, sodda va ancha keng tarqalgan murakkab gaplar о‘zlashtiriladi. Maktab yoshiga yetganida esa, о‘z nutqida sodda (4-6 sо‘zli), keng tarqalgan gaplarni qо‘llashga о‘tadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan о‘quvchilar murakkab gaplarni nafaqat nutqda qо‘llashga, balki ularni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzishga ham о‘rganishadi. Bu esa, nafaqat muloqot qilishning osonlashganini, balki ularning ona tilini о‘zlashtirib borayotganligidan ham dalolat beradi. Nazorat uchun savollar. 1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllanishi. 2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’lanishli nutqni shakllanishi. Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. 1-Mavzu: Nutqiy va psixik me’yor va patologiya tushunchasi Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda nutqning normada va patologiyada farqlash tushunchalari haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. 4. Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting. “Venn” diagrammasi asosida (3-ilova) 1-ilova “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Nutq nima? Uning mohiyati nimadan iborat? 2-ilova Rangli kartochkalar № 1. Bolalarda nutqning lug‘at tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. № 2. Bolalarda nutqning talaffuz tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. № 3. Bolalarda nutqning grammatik tomonini ontogenez va disontogenezda rivojlanishi mohiyatini ochib bering. 3-ilova “Venn”diagrammasi Ontogenez va disontogenez tushunchalarini yoriting. Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Tilni tizimli tuzilishi haqida tushuncha Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarni nutqning anatomik-fiziologik mexanizmi bilan tanishtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash. Analizatorlar faoliyatini yoritish va “Venn” diagrammasida mustaxkamlash (2-3-ilovalar). 3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. 1-ilova “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Nutq so’zini izoxlab bering. 2. Nutq apparati necha qismdan iborat? 3. Nutq apparati va uning qismlari vazifalarini izohlang. 4. Bola nutqining rivojlanishi uchun qanday sharoitlar bo`lishi kerak? 5. Bola nutqining rivojlanishida ko`rish, eshitishning roli qanday? 2. Amaliy topshiriqlar. 1. Nutq harakat analizatori. 2. Nutq kо‘ruv analizatori. 3. Nutq eshituv analizatori. ( izoh: mazkur topshiriq yozma amaliy ish sifatida yoziladi, bajarilgan ish taqdimoti o’tkaziladi topshiriladi.) 3. Amaliy topshiriq. 1. Artikulyatsiya apparati organlarining kesimi rasmini chizing. (3-rasmga qarang). Uning barcha tarkibiy qismlarini rangli qalamlar bilan boyang. 2. Artikulyatsiya organlarining kesimi rasmini chizing. Uning barcha harakatchan qismlarini bir xil rang bilan bo`yang (guruhlarga vatmanlar taqdim etiladi) 2.1.-ilova “Venn”diagrammasi. Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Bolalar nutqning rivojlanishini davrlashtirish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda bolalar nutqning rivojlanish xususiyatlari haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. 4. G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez jarayonida bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang. “Venn” diagrammasi asosida (3-ilova) 1-ilova “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Bola nutqining rivojlanishi necha davrni o‘z ichiga oladi? Uning mohiyati nimadan iborat? 2. G.L. Rozengrad-Pupko nutq rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi? 3. A.N. Leontev bola nutqining rivojlanishini qanday davrlarga ajratdi. 2-ilova Rangli kartochkalar № 1. Nutq rivojlanishida tayyorgarlik davrining mohiyatini ochib bering? № 2. Nutq rivojlanishida bog‘chagacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting. № 3. Nutq rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davr mazmunini yoriting. № 4. Nutq rivojlanishida maktab davri mazmunini yoriting. 3-ilova “Venn”diagrammasi. G.L. Rozengar-Pupko, L.N. Leonteva materiallari asosida ontngenez jarayonida bola nutqining rivojlanish davrlarini taqqoslang 6-ilova Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: So’zni tovushli shaklini o’zlashtirish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda so’zni tovushli shaklini o’zlashtirish haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 5. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 6. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 7. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Fonematik eshituv- bu….. 2. Fonematik idrok so`ziga ta`rif bering. 3. Nutqiy eshituv so`zini izohlab bering. 4.Nutqni idrok etish qachondan boshlanadi? 5.Fonetik-fonematik buzilish nima? Amaliy topshiriq Jadvalni to`ldiring. Bosqich Tayyorgarlik (1 yoshgacha) Maktabgacha (1-3yoshgacha) Maktabgacha (7 yoshgacha) Maktab yoshi (7-17) Ta`rifi Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Bola nutqini leksikasini rivojlanishi Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda bola nutqini leksikasini rivojlanishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 8. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 9. Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 10.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Leksika bu –davom ettiring. 2. Lug`at boyligini rivojlantirish ma`nosini izohlang. 3. Bola so`zning ma`nosini tushunishi uchun nimalar kerak? 4. MTMlarda lug`at boyligi bilan ishlash nimalarda yo`naltirilgan? 5.Bog`langan nutq ma`nosini izohlang. 6.Monolog so`zining ma`nosi? 7.Dialogik nutqning vazifasi qanday? Amaliy topshiriq Jadvalni to`ldiring. Nutqning tuzilish komponentlari Iborali nutq Nutqni tushunish Lug‘at boyligi. Nutqning grammatik tuzilishi Tovushlarning talaffuz Fonematik idrok Bog‘langan nutq. Ta`rif Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda tilni grammatik qonuniyatlarini o’zlashtirish haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 11.Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 12.Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 13.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1. Grammatika so`ziga ta`rif bering. 2. Morfologiya so`zini izohlang 3. Sintaksis qanday ma`noni anglatadi? Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chiziqli shaklda tasvirlang Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda bolalarda bog’langan nutqni ontogenetik rivojlanishi haqidagi bilimlarini umumlashtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 14.Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 15.Mavzu yuzasidan kichik guruhlarda ishlash (2-ilova). 16.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1.Bog`langan nutq ma`nosini izohlang. 2.Monolog so`zining ma`nosi? 3.Dialogik nutqning vazifasi qanday? Amaliy topshiriq. Quyidagi jadvalni to`ldiring. Dialog Monolog Davom ettiring. Vaziyatli nutq Iborali nutq ___________________________________________ __________________________________________ Nutqni tushunish ____________________________________ Bog`langan nutq ______________________________________ Nutqning grammatik tuzilishi ___________________________________ Mavzu: Umumta’lim maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini o’rganish va tahlil qilish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarni umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida fonetik kamchiliklarga ega bolalar nutqini mashg’ulotlarda kuzatish, tahlil etishga o’rgatish va bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlari bilan tanishtirish Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. Logoped mashg‘ulotini kuzatib, 2-ilovada keltirilgan jadvalni tо‘ldiring. Yakka tartibda (2-ilova). 3. Ommaviy maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarning tibbiypedagogik hujjatlarini o’rganish va daftarga qayd etish. 1-ilova “Blits-so’rov” savollari. 1. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasida qanday guruhar mavjud. 2 Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasida fonetik nutq nuqsoniga ega bolalarni logopunkt royhatiga kiritish tartibi. 3. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasi qoshidagi logopunktda yuritiladigan bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlarini sanab o’ting. 4. Umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasasi qoshidagi logopunktda ish faoliyati. 2-ilova Amaliy topshiriq Amaliy topshiriq sifatida quyidagi berilgan tahlil varog’i to’ldiriladi. Mahsus bolalar bog’chasida mashg’ulot tahlilini o’tkazish. № Baholash mezonlari 1 Mavzuning kalendar reja va dasturga to’g’ri kelishi. Mashg’ulot mavzusining maqsadi va vazifalarini anik ravshanligi O’qituvchining fanni bilish darajasi Yuqori O’rta Past Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi Defektologning mashg’ulot jarayonidagi o’zaro munosabati Pedagogning xulk atvori 2 3 4 5 Reyting ko`rsatkichi Baholang 6 7 8 9 10 Kamtarligi Xushmuomilaligi Talabchanligi Madaniyatliligi O’quvchi dikkatini uziga karata olishi Mashg’ulotga e`tiborsiz o’quvchiga tanbex berish yuli Kasb maxorati: Notiqlik maxorati Ma`lumotlarni tushunarli etkazish shakli Mashg’ulotning uslubiy ta`minlanganligi ( mashg’ulotlik, o’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, rasmlarning mavjudligi) Mashg’ulotning moddiy texnik ta`minoti. Sinf xonasining xolati Doska va undan unumli foydalanish Ko’rgazmali qurollardan foydalanish O’tilgan mashg’ulot yuzasidan savol javoblar muloqoti Jami 2.1.-ilova Oliy ta`lim muassasasining nomi __________________________________________________________________ Fakultet __________________________________________________________________ Talabaning ismi,sharifi _________________________________________________________________ Fanning nomi va defektolog-o’qituvchining ismi-sharifi __________________________________________________________________ Mashg’ulot mavzusi __________________________________________________________________ Mashg’ulotni olib borish tili ____________ gurux ____ xona ____Sana ______ Mashg’ulotning borishi ______________________________________________ I. Tashkiliy qism____________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ II.O’tilgan mavzuni takrorlash_______________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ III.Yangi mavzu bayoni_____________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ IV.Jismoniy daqiqa_________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ V.O’tilgan mavzuni mustaxkamlash___________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ VI.Uyga vazifa_____________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ VII.Bolalar faoliyatini baxolash va rag’batlantirish______________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ VIII.Mashg’ulotni yakunlash_________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ IX.Mashg’ulotning ijobiy tomonlari 1.______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 2.______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 3.______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 4_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ X.Mashg’ulotdagi kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar: 1_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 2_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 3_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 4_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ III. Taklif va mulohazalar: 1_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 2_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 3_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 4_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ________________________________________________________________ Mashg’ulot qatnashchisi (ismi sharifi, ) _______________imzo Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini o’rganish va tahlil qilish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarda nutq bog’chasining tuzilishi va ish faoliyati bilan tanishtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. “Qarama-qarshi munosabat” jadvalini tо‘ldiring. Yakka tartibda (2ilova). 3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. 4. “Venn” diagrammasi asosida MMTM a MTM faoiyatini yoriting va daftaringizga qayd eting (3-ilova). 1-ilova “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1.Nutq bog’chalari va undagi logoped ishi haqida nimalarni bilasiz? 2-ilova “Qarama-qarshi munosabat” jadvali 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalining o’ziga xos jihatlari Ommaviy bog’chada Maxsus bog’chada 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 3-ilova “Venn”diagrammasi. Ommaviy MTMning ish faoliyati Maxsus MTMning ish faoliyati Amaliy mashg’ulot ta`lim texnologiyasi modeli. Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini o’rganish va tahlil qilish Amaliy mashg’uloti maqsadi: Talabalarni nutq bog’chasining guruhlari hamda logoped ishi bilan tanishtirish. Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari: 1. Mavzu yuzasidan savol-javob о‘tkazish (1-ilova). 2. “Klaster” strategiyasi asosida mavzuni yortish. Yakka tartibda (2-ilova). 3. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing va daftaringizga qayd eting. 4. “Qarama-qarshi munosabat” jadvali asosida MMTM a MTM logoped ish faoliyatini yoriting va daftaringizga qayd eting (3-ilova). 1-ilova “Blits-so’rov” topshiriqlari. 1.Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? 2. Nutq bog’chalarida guruhlarga komplektasiyalash qaysi tamoil va mezonlar asosida amalga oshiriladi? 2-ilova “Klaster” grafik organayzerini tuzish topshirig’i Maxsus MTM guruhlari 3-ilova “Qarama-qarshi munosabat” jadvali Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalining o’ziga xos jihatlari MTM da (ommaviy) logopedning ish Maxsus MTM da logopedning ish faoliyati faoliyati 1. 1. 2. 2. 3. 3. 4. 4. 5. 5. 6. 6. MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari bevosita talabalar tomonidan bajarilib, uning nazorati referat yozish, tanlangan mavzu bо‘yicha ma’ruza qilish, barcha talabalar ishtirokida о‘zaro savol-javoblar, hamda mustaqil ish mavzularini talabaning nazariy bilimlarini nazorat qilishning asosiy turlaridan hisoblangan oraliq baholash savollariga kiritish orqali ham amalga oshirilib, talabalar bilimi muntazam ravishda joriy baholash orqali amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik, о‘quv qо‘llanmalar va о‘quv-uslubiy majmua bо‘yicha fan boblari va mavzularini о‘rganish; maxsus adabiyotlar bо‘yicha fan bо‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; fan mavzulari bо‘yicha referat yozish; fan mavzulari bо‘yicha ma’ruza qilish; tanlangan mavzu bо‘yicha о‘zaro savol-javoblar о‘tkazish; Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 1. Nutq faoliyatining norma va patologiyasi. 2. Pereferik nutq apparati tuzilishi. 3. Nutqni neyrofiziologik mexanizmlari 4. Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni 5. Nutqning tug’ma asoslari. 6. Guvrash jarayonining davrlari 7. Bolalar nutqida ona tili tovushlarini paydo bo’lish ketma-ketligi. 8. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar nutqida odatiy fonetik xatolar 9. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning fonetik tomonini shakllanish hususiyatlari. 10. Bolalar lug’at boyligini shakllanishining asosiy bosqichlari 11. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning leksik tomonini shakllanish hususiyatlari. 12. Bolalar tomonidan nutqni morfologik qonuniyatlarini o’zlashtirishi 13. Ontogenezda so’z hosil qilish mexanizmlarini shakllanishi 14. Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarini shakllanishi 15. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishni shakllanish hususiyatlari. 16. Ontogenezda bog’langan nutqni shakllanishining asosiy bosqichlari 17. J.Piaje J.Piaje tadqiqotlarida egosentriklik konsepsiyasi. 18. L.S.Vigotskiy tadqiqotlarida ichki nutq konsepsiyasi. 19. Kontekstli nutq hususiyatlari. 20. Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda bog’langan nutqni shakllanishi hususiyatlari. 21. Pereferik nutq apparati tuzilishi. 22. Bola nutqini rivojlanishida biologik va sotsial faktorlarning roli. Glossariy Faol lug‘at- gapiruvchi ushbu tilda nafatqat tushunadigan, balki faol kо‘llaydigan sо‘zlar. Akustik-eshituvli. Alaliya- meyordagi eshituv va saqlangan intellektda bosh miya yarim sharlarining tug‘ruq trvamalari, bolani nutqgacha bо‘lgan davrda boshidan о‘kazgan bosh miya kasalliklari yoki jaraohatlari oqbatida nutqning tо‘g‘iq rivojlanmaganligi yoki yо‘qligi. Alaliyaning motor( nutqning ekspressiv tomonini buzilishi) va sensor(nutqni tushunishning buzilishi) shakllari farqlanadi. Alveolali undoshlar-til uchini yuqori tish ildizlaridagi alveolalarga bosib hosil qilinadigan til oldi undoshlari. Ambidekstriya- о‘ng va chap qо‘llarni birdek boshqara olish malkasi. Amimiya-yuz muskullarining parezlari, paralichlari yoki yuz muskullari harkatlari koordinatsiyalarining markaziy nevr tizimining turli kasalliklari , falajlanish oqibatida yuz muskullarining ifodalliligining pasayishi yoki yо‘qligi. Amneziya- xotra buzilishi bо‘lib,bunda odam avval shakllangan tasavvur va tushanchalarni ifodalab bera olmaydi.Amneziyaning ikkita asosiy shakllari farqlanadi: 1) Retrograd(jaholatparast) amneziY. Bunda kasallik ( travmalar) oqibatida xotira buzilishi kuztiladi, bu holatda kasallikkacha bо‘lgan bir necha soat oldin sodir bо‘lgan voqealar , ba’zan kasallikka bо‘lgan bir yildagi voqealar esdan chiqib ketadi. Analizatorlar-murakkab nerv mexanizmlari bо‘lib, hayvonlar va inson organizmi ichki va tashqi muhitdan qabul qilinadigan qо‘zg‘atuvchilarni nozik tahlilini ta’minlaydi. Har bir analizator quyidagilardan tashkil topgan: 1) qо‘zg‘alishni qabul qiluvchi soha- retseptordan; 2) retseptorlarda paydo bо‘lgan qо‘zg‘alishlarni orqali oliy nerv tizimiga yetkazib beruvchi о‘tkazuvchi yо‘llar(afferent) va yuqori markazlardan quyi darajadagi analizatorlarga impulslarni yetkazib beruvchi efferent yо‘llardan; 3) bosh miyaning aks ettiruvchi maydonlaridan. Analizatorlarga barcha sezgi organlari (kо‘rish, eshitish, ta’m bilish, teri tuyish, hid bilish), shuningdek, ichki organlar va muskullarda joylashgan maxsus retseptorlar. Anamnez- bemorning uning hayoti, kasallikni rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlari bо‘lib, tashxis qо‘yish va zarur davolash choralarini belgilash uchun zarur bо‘ladi. Anartriya- dizartriyaning og‘ir shakli bо‘lib, bunda nutq harakat muskullarining falajlanganligi, artikulyatsiya tizimining kesikn buzilishlariga kо‘ra , deyarli nutqning umuman yо‘qligi. Anomaliya-organizm va uning qismalari faoliyatlarini meyordan patologik chetga chiqishi. Antitsipatsiya- oldingi tovushlarni keyingisi bilan almashtirilishi. Apraksiya- maqsadaga qaratilagan harakatlar va faoliyatlarning bosh miya qobig‘ining jaraohatlanishi oqibatida buzilishi. Apraksiyali bemor qо‘lini harakatlantira oladi, ammo, maqsadga qaratilagan faoliyatni bajara olmaydi( kо‘rsatma asosida qо‘lini kо‘tara olmaydi, tugmalarini qaday olmaydi va hakozo). Apraksiyaning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: 1) kinestetik- kinestetik analiz va sintez buzilishi kо‘rinishida zarur harakatlar tо‘plamini buzilishi; 2) fazoviy ( konstruktiv)- harakat aktlarini kо‘ruv-fazoviy tashkil etishning buzilishi; 3) kinetik ( dinamik)- turli harakat kо‘nikmalari asosida yotuvchi ketma- ket bajariladigan harakat akatlarni bajarishining qiyinlashuvi, harakat perservatsiyalarininng yuzaga kelishi; 4) “ peshona” boshqaruvchi- berilgan dasturga bо‘ysunishni buzilishi. Artikulyatsion fazalar- tovush artikulyatsiyasining uchta qismi: pristup( eskursiya),ushlab turish( о‘rtacha qism), boshidan boshlash (rekursiY.) Artikulyatsiya- berilgan tovush, bо‘g‘inlar va sо‘zlarni tashkil etuvchi, artikulyatsion fazalardan о‘tgan tovushlar kompleksini talaffuz qilish uchun zarur nutq organlarining faoliyati, holati va harakati. Astenik – kuchsiz, bо‘sh, zaif. Astenik sindrom-nerv- psixologik holatining zaifligi, nerv jarayonlari tonusining buzilishi. Asteniya- nerv jarayonlarining qattiq charchashida namoyon bо‘luvchi nervli- psixologik zaiflik, qо‘zg‘aluvchanlik, ishchanlik qobiliyatining va barcha psixik faollik shakllarining pasayshishi. Asteniya bolalarda boshidan о‘tkazgan ( yuqumli) kasalliklari va miyaning jarohatlanishi natijasida paydo bо‘ladi. Astereognoz- taktil sezgirlik saqlangan holda predmetlarni paypaslabbilish qobiliyatining buzidishidir;bosh miya qobig‘iningdominant yarimsharlarini ikkilamchi jarohatlanishida kuzatiladi. Asfiksiya- homilaning yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas olish markazini qо‘zg‘aluvchanligini yо‘qotishi yoki pasayishi oqibatida nafas ololmay qolishi oqibatida bо‘g‘ilib qolishi. Tovushlar atakasi-ovoz hosil bо‘lishida ovoz boylamlari faoliyatini kо‘rish usuli. Qattiq, yumshoq, nafasli tovushlar atakasi farqlanadi. Ataksiya- harakat yо‘nalishi, kо‘lami, aniqligi tempini nomutanosibligida paydo bо‘luvchi harakati koordinatsiyasi, bо‘ysunuvchanligining buzilishi. Bu miyachaning vestibulyar labirinti va chuqur sezuvchanliu yо‘llarini jarohatlanishida paydo bо‘ladi. Atrofiya- qaysidir sezgi, xususiyatni yо‘qotilishi, о‘tmaslashib qolishi. Atrofiyada a’zo tо‘qimalarni kichrayishi hisobiga kichrayib qoladi. Patologik atrofiya tо‘qimalarni oziqlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan turli xil omillar natijasida paydo bо‘ladi. Audiogramma-maxsus audiometr asbobi yordamida eshitishni tekshirishdan olingan ma’lumotlarni maxsus jadvaldagi grafik tasviri. Audiometriya- eshitish о‘tkirligini tekshirish. Autizm- psixik holatning kasalligi bо‘lib, tashqi dunyodan tashqaridaligi, о‘zining ichki dunyosi, о‘zining ichki kechinmalari bilan chegaralangan.Autimzmda kо‘pincha, hozir bо‘layotgan vaqea- hodisalar о‘tib ketgan hodisalar bilan, haqiqiysi- fantaziya bilan aralashtiriladi.Autizmli bolalarda hulq –atvorning buzilishlari, fantaziyalar, о‘yinlardagi faollikning pastligida yaqqol namoyon bо‘ladi. Bolalar hafa, о‘zi- bilan о‘zi bо‘lib qoladi, tengdoshlari va kattalar bilan muloqotchanligi yо‘qoladi, nutqiy ikloqot kamyib ketadi. Ba’zan bolalar nutqdan foydalanmay qо‘yishadi (mutizm), atrofdagilar nutqiga ta’sir kо‘rsatishmaydi. Autogen mashqlar-davolashning psixoterapevtik metodi bо‘lib, bemorlar muskullarini bо‘shashtirish, о‘z- о‘ziga ishontirishga о‘rgatish, diqqatni turg‘unligini va tasavvur kuchini, ixtiyorsiz aqliy faollikni subyekt faoliyatini ahamiyatini, samaradorligini oshirish maqsadida rivojlantirishdir. Ikki xil autogen mashqlar farqlanadi: 1) relaksatsiya, tanani og‘irligini, sovuqni sezishga о‘rgatish bо‘lib, bu vegetativ faoliyatlarni boshqarishdan dalolat beradi; 2) turli darajadagi gipnoz holatlarini yaratish. Afaziya- bosh miya tramvmalari natijasida ( qon- tomir kasalliklari, insult, miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari- ensefalit, abssesslarda) nutq о‘choqlarini jarohatlanishi natijasida nutqni tо‘liq yoki qisman yо‘qolishi. Afaziya о‘zida nutq faoliyatining turli xil tizimli buzilishlarini aks ettiradi, u nutqning fonematik , morfologik,semantik tuzilishini buzilishida shuningdek, nutq apparati harakatlarining saqlangan holda nutqni tushuninshning buzilishi kо‘rinishlarida namoyon bо‘ladi. Quyidagi afaziya turlari farqlanadi: 1) Afferent afaziya- sо‘zlarni talaffuzining buzilishi, bir tovushni boshqasi bilan almashtirilishi, mustaqil yozish va diktovka asosida yozishning buzilishi; 2) Efferent motor afaziya- nutq aktlarining kinetik buzilishi, nutqiy stereotiplarning turg‘unligi sababli bir sо‘zdan ikkinchisiga о‘tishdagi qiyinchiliklar; 3) sensor afaziya- eshitiuv о‘tkirligi saqlangan holda idrok etilayotgan barcha tovushlarning buzilishi; og‘zaki nutqni tushunnishdagi qiyinchiliklar, diktovka asosida yozishda nutq toushlarini akustik tahliliga muhtoj bо‘ladilar, kо‘chirib yozish, о‘qishda esa bunga muhtojlik sezishmaydilar; 4) akustik- mexanik afaziya- nutq eshitiuv xotirasining atrofdagilar nutqini tushunishdagi qiyinchiliklar kо‘rinishida buzilishi,predmetlar nomi va ularning tasvirini, sо‘zlar ka kichik iboralarni esdan chiqarilishi; 5) semantik afaziya- alohida mantiqiy grammatik qurilmalarni buzilishi( dadamning ukasi, dadamning ukasining akasi, yozdan oldin bahor keladi kabi), sanoqningbuzilishi, fazoviy tafakkurning buzilishi qо‘shilib keladi; 6) dinamik afaziya- nutqiy ifodani ketma- ketligini buzilishi nutqni rejalashtirishni buzilishi kо‘rinishida namoyon bо‘lib, bog‘langan og‘zaki nutqni buzilishida va yozma nutqda faoliyatlarni bildiruvchi sо‘zlarni faollashtrishdagi qiyinchiliklar kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Affekt- emotsional holatninng bir turi bо‘lib, bu kuchli, qisqa muddatli, keskin kechivchi hissiyotlardir. Afferentli- markazga boruvchi, uzatuvchi. Afoniya- shivirlagan nutq saqlangan holda jaranglagan ovozning yо‘qligi. Bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida, shamollashlarda, bо‘g‘iz muskullarining falajlanishida, bо‘g‘iz о‘smalarida kuzatiladi. Ovoz boylalaridagi о‘zgarishlarda ( sohta yoki bо‘g‘izli afaoniya), shuningdek, turli isterika va nevrozlarda( funksional yoki isterik afoniya) kuzatiladi. Afoniyaning bevosita sababi ovoz boylamlarining birikmasligi yoki tо‘liq birikishi bо‘lib, uning oqibatida ovoz chiqarish vaqtida havo oqimining siqilib chiqishidir. Affrikat- qorishiq undosh tovush. Bunda talaffuziga kо‘ra о‘xshash tovushlar birgalikda kо‘shimlib, qorishib talaffuz qilinadi. Battarizm- nutq tempining patologik tezlashuvi, taxilaliyaning bir kо‘rinishi. Battarizmda nutqiy nafas buzilgan, sо‘zlar haddan tashqari tez tempda talaffuz qilinib, noaniq, oxirigacha aytilmasdan “ yeb qо‘yiladi”,nutq tushunarsiz. Kо‘pincha battarizmdagi fonematik kamchiliklarga uning sintaksisi, fikralarni ketma-ket bayon qilinishining buzilishi ham qо‘shilib keladi. Battarizm- umumiy darajadagi yuqori qо‘zg‘alish hodisalaridan biri bо‘lib, u kо‘pincha nevropat bolalarda uchraydi. Bradikineziya-harakatlarning umumiy sustlashuvi. Bradilaliya- nutqning patologik sekinlashuvi bо‘lib, bunda unlilar chо‘zilib, sust, noaniq talaffuz qilinadi. Sinonimi- bradifraziY. Battarizm о‘zida nerv jarayonlarini sekinlashishini, umumiy bо‘shlikni, tormozlanishni aks ettiradi. Bilingvizm- ikki tillilik. Broka markazi- bosh miyaning chap peshona qismida joylashgan nutq harakat markazi. Broka markazi jarahatlanganda odam sо‘zlarni talaffuz qiloa olmaydi ( motor alaliya va afaziya). Nutqni motor faoliyatini boshqarishda bu markazdan tashqari yana boshqa maydonlar ham ishtirok etadi( motor oldi va boshq). Harf- Ma’lum bir tilni alifbosi tarkibidagi grafik belgilar bо‘lib, tovushlarni yozuvda va ularni turli – tumanligini ifodalashga xizmat qiladi. Birtta harf turlicha tovushlarni anglatishi mumkin. Boshqa tomondan bitta tovush turli harflar bilan ifodalanishi mumkin. Bitta harf ikkita tovushni anglatishi mumkin ( rus tilida:ya, ye,yu ). Rus tilida yana tovush anglatmaydigan harflar ham mavjud: ь,’. Bulbar falajlik- uzunchoq miyaning kassaliklaridagi klininik hodisa. Uzunchoq miyadagi peshona- miya nervlari- til- yutqun, sayyor, til osti nervlarining jarohatlanishida kuzatiladi. Kо‘pincha yuz va uch boshli nervlar ham jarohatlangan bо‘ladi. Bulbar falajlik til, lab, yutqun,ovoz boylamlari muskullarining periferik falajlanishi bilan xarakterlanadi va yutishning buzilishidisfagiya kuzatiladi. Bulbar falajlikda odatda artikulyatsiya buzilishlari kuzatiladi( dizartriya): nutq tuzunarsiz, burunli ottenka bilan chiqadi. Ba’zan og‘zaki nutq imkonsiz (yо‘q) bо‘ladi. Kundalik lug‘at- har kuni qо‘llaniladigan sо‘zlar, predmetlar, hodisalarning nomlari, bizni о‘rab turgan muhit, an’analar, odatlar va boshqalar nomlari. Velyar tovushlar- til orqa tovushlari (k, g, x) Verbal- sо‘zli yoki nutqli. Vernike markazi- bosh mb, miyaning ensa qismida joylashgan bо‘lib, nuqtni idrok qilish markazi hisoblanadi. Agarda odamda bu markaz jarohatlansa, inson nutq tovushlarini eshitadi, ammo, bu sо‘zlarni ma’nosini idrok etish qobiliyatini yо‘qotadi ( sensor alaliya va afaziya). Portlovchi undoshlar-bu undoshlar talaffuz qiliganda tovushlar portlab chiqadi. Sinonimlari: bir muddatli, ekspoziv, portlovchi undoshlar. Vibrant- titrovchi undosh. Tashqi nutq- о‘z nomi bilan tashqi, tovushli, ovozli ifodaga ega bо‘lgan nutq. Diqqat- bir vaqtda boshqalardan farqli, bitta predmet yoki hodisaga yо‘naltirilgan psixik hodisa. Diqqatning fiziologik asosi- bosh miyaning boshqa о‘choqlaridan u yoki bu darajada ustunlik qiluvchi qо‘zg‘alish о‘chog‘i (nerv jarayonlarining manfiy induksiyalari qonuni). Diqqat ixtiyoriy va ixtiyorsiz bо‘ladi. Diqqatning oddiy va sodda shakllridan biri insonning hech bir maxsus istaklarisiz paydo bо‘luvchi diqqat, mо‘ljal oluvchi refleksdir. Ixtiyoriy diqqatda inson о‘z oldiga ma’lum bir obyektga e’tiborini qaratishni maqsad qilib qо‘yadi. Ichki nutq-yopiq, tovushlarsiz nutq, haqiqiy muloqotni amalga oshirish uchun tilning turli xil shakllaridan Ichki nutqning asosiy uch xil turi farqlanadi: 1) ichki sо‘zlashish“ichida gapirish”; tashqi nutqning tuzilishi saqlangan, ammo ovozsiz, 2) о‘zining ichki nutqi, u tafakkurning ifoda vositasi sifatida yuzaga chiqqanida maxsus birliklar bilan qо‘llaniladi( obrazli kodlar va sxemalar, predmetli kod, predmetli mazmun) va о‘ziga xos tizim, tashqi nutqdan a’lo tizimga ega bо‘ladi; 3) ichki dasturlar, nutqiy ifoda va uning mazmanini maxsus ma’noviy birliklarini shakllantirish va mustahkamlash. Ishontirish- anglash va tanqidiylikni pasayishi bilan bog‘liq ravishda insonlarning psixologik sohasiga ta’sir etish jarayoni, ishontirilayotgan narsani idrok etish va amalga oshirishda subyektning avvalgi malakalari va hozirgi holati bilan solishtirish, uni faol maqsadli tushunish, maktiqiy tahlil qilish va baholash mavjud bо‘lmaydi. Ishontirish turli sezgi organlari orqali asosan, eshitish va kshrish analizatorlari orqali amalga oshirriladi. Ishontirish tibbiyotda bemorning ruhiy va somatik holatini tuzatishda, shuningdek, duduqlanuvchi о‘smirlar va kattalarda duduqlanishni barataraf etishga kompleks yondoshuvda keng qо‘llaniladi. Idrok- Psixologik jarayon bо‘lib, obyektiv olamdagi predmetlar va hodisalarni turli qismlari va xususiyatlari majmuyi bilan hozirgi vaqtda faoliyat kо‘rsatayotgan sezgi organi bilan aks ettirishdir. Sezish, his qilish jarayonlari bilan birshga idrok bevosita atrof olamda hissiy mо‘ljal olishni ta’minlaydi. Diqqat, xotira, taffakkur bilan bog‘liq. Ifodalash- xotira jarayonlaridan biri. Eski xotiralar, hissiyotlar, kechinmalar,nutqiy materillar, harakatlarni jonlantirishda ishtirok etadi, natijada avval sodir bо‘lgan tizim faollashib, ularni voqelikda aks ettirishda inson ongida paydo bо‘ladi. Yuqori ton- vaqt birligida ovoz boylamlarining tebranish chastotasiga bog‘liq ovoz sifati: tebranishlar qancha kо‘p bо‘lsa, shuncha ovoz kо‘p bо‘ladi, tebranishlar qancha kam bо‘lsa, ovoz shuncha past bо‘ladi. Oliy nerv faoliyati- bosh miya katta yarim sharlari va unga yaqin qobiq osti bо‘limlarning faoliyati, ular butun organizmni ichki va tashqi olam bilan murakkab munosabatlarini meyorda kechishini va vaqtga bog‘liq ravishda qayta ishlash va tormozlash asosida muntanosiblashuvini ta’minlaydi. organizmni tashqi olam sharoitlari bilan Gemiplegiya- tananing bir tomonini falajlanishi. bо‘lmagan darajasi gemiparez deb ataladi. Gemiplegiyaning tо‘liq Genezis- kelib chiqishi. Nutq mashqlari- logoped kо‘rsatmalari bо‘yicha nutq a’zolari uchun belgilangan mashqlar tizimi. Giperakuziyapast, atrofdagilar uchun ahamiyatsiz sezgirlikning yuqoriligi. Sensor buzilishlarda kuzatiladi. tovushlarga Giperkinez-haddan tashqari ixtiyorsiz harakatlar, bosh miya qobiq ostida paydo bо‘ladigan, bosh miya qobig‘ining organik va funsional buzilishlarida paydo bо‘ladigan keng qamrovli harakat buzilishlari. Harakat buzilishlari xarakteriga kо‘ra quyidagi buzilishlar farqlanadi: 1 ) atetozqо‘llarning, barmoqlarning va yuz muskullarining jimjimador, chuvalchangsifat harakatlari; sekin, 2) torzion distoniya- atetozga yaqin harakatlar, ammo, tana muskullarini ham qamrab oladi, odatda yotgan holatda ular yо‘qoladi; 3) xoreik giperkinez- muskullar tonusi pasayganda tananing turli qismlarida paydo bо‘luvchi bosimsiz, ritmsiz, tartibsiz, tarqalgan, tez harakatlar; 4) miokloniya- alohida yoki bir guruh muskullarning qmsqarishi; tez, tо‘lqinli klonik 5) muskullarni pir- pir uchishi- tez, ixtiyorsiz stereotip takrorlanuvchi harakatlar ma’lum guruh musullarda, kо‘pincha yuz muskullarida , kamroq bо‘yin, yelka qismida kuzatiladi( kо‘pincha kо‘z qovoqlarini uchishi, kо‘zlarni ochib –yumilishi, qoshlarni yuqoriga kо‘tarilishi, yelkani yuqoriga kо‘tarilishi va hakozo); muskullarni pir- pir uchishi ixtiyoriy harakatlarni buzmaydi; 6) titrash ( tremor) - butun tana yoi tananing bir qismini qamrab olgan majburiy tebranishli harakatlar. Gipoakuziya- eshitish о‘tkirligining pasayishi. Gipnoz- ongning qisqa muddatli holati bо‘lib, uning kо‘lami va mazmuni ishontirish mazmunini xarakterlaydi, bu faoliyatlarni idividual boshqarish va о‘z о‘zini boshqarish orqali о‘zgatiradi Gipnozchining maxsus ta’siri ostida yuzaga keladiga holat. Unli tovushlar- og‘iz bо‘shlig‘idan havo oqimini erkin о‘tishi bilan, deyarli hech qanday shovqinlarsiz hosil bо‘ladigan tovushlar. Ularni guruhlashda artikulyatsiyaning quyidagi holatlari asos qilib olinadi: tilning kо‘tarilish darajasi, uni kо‘tarilish joyi ( tilning gorizonatal yoki vertikal holatiga kо‘ra),lablarning ishtirokigiga kо‘ra. Kar-soqovlik- eshitishning chuqur buzilishi yoki yо‘qligi va shu bilan bog‘liq nutqning yо‘qligi. Burunlanish- nutq tovushlari va ovozni noxush burunli ohang bilan aytilishi. Ovoz- artikulyatsion apparat orqali uzatiladigan turli xil balandlikda, kuchda va tembrdagi tovushlar majmui. Ovoz- nutq komponentlaridan biri hisoblanadi. Nafas va artikulyatsiya orqali mazmunni ( sо‘zlarni) tashqi ifodalashga xizmat qiladi va bosh miya qobig‘i orvali nazorat qilinadi. Lab –tish undoshlari- pastki labni yuqori lab bilan yaqinlashishi natijasida hosil bо‘ladigan undoshlar. Grafema- shu tilning yozuv variantiga kiruvchi asosiy tizimli birlik; fonemalarni yozuvda harflar bilan ifodalash. Gu-gulash- bolaning hayotini birinchi 2-3 oyligida ovoz reaksiyalari, ilk guvranish bosqichlari. Daktilologiya- kar- soqov odamlarni о‘zaro va atrofdagi boshfa odamlar bilan muloqot qilishiga xizmat qiluvchi qо‘l alifbosi. Daktil belgilar harflar о‘rnini bosadi, chiziladigan belgilar bosma yoki qо‘l yozma shriftdagi harflarni bildiradi. Ikki tillilik-ikki tilni birdek о‘zlashtirish. Debillik- oligofreniyaning ancha yengil darajasi bо‘lib, bunda bolar nutq, elementar yozuv qv hisob kо‘nikmalarini , keyinchali yordamchi maktab dasturidagi barcha fanlarni egllay oladilar; jamoat, foydali mehnatga moslasha oladilar, murakkab bо‘lmagan kasblarni egallay oladilar va buning oqibatida о‘zlari mustaqil hayot kechira oladilar. Demensiya- aqli zaiflik, bilish faoliyatlari, tanqid va xotraning turg‘un pasayishi, hissiyotlarning qо‘polloshishi. Oligofreniyadan farqli о‘laroq, bunda smya faoliyatining buzilishi bolaning meyorda rivojlangan davrdan keyin, bir qator sababalar( shizofreniya, epilepsiya, miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari, travmalari) oqibatida paydo bо‘ladi. Demensiyadagi intellektual nuqson tabiatiga kо‘ra orqaga qaytmaydi. Defekt- bolaning meyoriy rivojlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan jismoniy yoki psixik nuqsonlar . Asosiy nuqson turlari: kо‘rish,eshitish, harakat buzilishlari, psixika va nutq buzilishlari. Deontologiya- pedagogik etika, estetika, hulq- atvor haqidagi fan bо‘lib, xususan logoped sifatida logopatlar, ularning qarindoshlari, ishdagi hamkasblari bilan qanday munosabat о‘rnatishni о‘rganish. Deprivatsiya- asosiy ehtiyojlarni yetarlicha qondirilmasligi. DekompensatsiyaDefektologiya- jismoniy va psixik kamchiliklarga ega bolalar rivojlanishi, ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlari haqidagi fan. Defektologiya quyidagi mustaqil sohalarga bо‘linadi: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediY. Didaktik material- о‘quv kо‘rgazmalari turi. Dizartriya- nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi oqibatida nutqning talaffuz tomonidan buzilishi. Bunda artikulyatsiyaning buzilishi, nutqning motor faoliyatida ishtirok etuvchi muskullardagi parezlar, tortishishlar, giperkinezlar yoki mushaklar ataksiyasi sababli nutqda undosh tovushlarni talaffuz qilish qiyinlashadi. Nutq tushunarsiz, noanik yoki chо‘zilgan, sekinlashagan, uzulishli bо‘ladi . Dizartriya jarohatlanish о‘chog‘iga qarab farqlanadi: bulbar, psevdobulbar, ekstrapiramidali, miyachali, qobiq osti. Dinamik sterotip- shartli va shartsiz reflekslarning turg‘un tizimiga tegishli. Disgrafiya- yozuv jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi. Yozuv grammatik qoidalarni bilishiga bog‘liq bо‘lmagan turg‘un, qо‘pol va о‘ziga xos xatoliklar bilan amalag oshiriladi. Quyidagi tur disgrafilar farqlanadi: artikulyator- akustik, fonematik idrokni buzilishi bilan bog‘liq, til analizi va sintezi buzilishi asosida kelib chiqadigan, agrammatik va optik disgrafiyalar. Disgrafiya odatda og‘zaki nutq buzilishlari bilan qо‘shilib keladi( alaliya, afaziya,dizartriya, dislaliya) , shuningdek, eshitish nuqsonlarida, oligofreniyada kuzatiladi, ammo, о‘zi mustaqil ham paydo bо‘lishi mumkin. Dislaliya- nutq apparati innervatsiyasi va eshituv saqlangan holda tovushlar talaffuzining buzilishi. Kelib chiqish sabablariga kо‘ra funksional va mexanik ( organik) dislaliya farqlanadi. Disleksiya- О‘qish jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi. Disleksiyada о‘qishda kо‘pincha fonetik jihatdan bir- biriga о‘xshash tovushlarni almashtirlishi va qorishtirilishi kuzatiladi. Shuningdek, grammatik jihatdan о‘xshash harflar ham almashtiriladi, sо‘zlarning tovush- bо‘g‘in tarkibi buziladi, agrammatizm, о‘qiganlarini tushunishni buzilishi kuzatiladi. Quyidagi tur disleksiyalar farqlanadi: fonematik, semantik, agrammatik, mnestik, optik, taktil. Disleksiya asosidda asosan og‘zaki nutqning buzilishi yotib, u lug‘atining kambag‘alligida,nutqning grammatik qurilishini buzilishida, shuningdek, fonematik idrokning buzilishi va tovushlar talaffuzining buzilishida namoyon bо‘ladi. Disfoniya- bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida ovoz buzilishi. Disfoniyada ovoz saqlanib qoladi, ammo tо‘laqonli bо‘lmaydi, ovoz sust, xirillagan, titroqli, uzulishli bо‘ladi. Diksiya- sо‘zlarni aniq, tushunarli, ifodali talaffuz qilinishi. Tovushlar differensiatsiyasi- tovushlar talaffuzini tarbiyalash bо‘yicha korreksion ish bosqichi bо‘lib, bu bosqichda logopetlarda о‘rganilayotgan tovushni talaffuziga va hosil bо‘lish о‘rniga kо‘ra yaqin tovushlardan farqlash malakasini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Ta’limning tushunarliligi- didaktik tamoyil bо‘lib, bunda ta’lim о‘quvchilarning tayyorgarlik darajjasi , ularning yoо‘i, individual xususiyatlarini hisobga olib tashkil etiladi. Duduqlanish- kommunikativ faoliyatini buzlishi, bunda uning ravonligi ixtiyorsiz, tutilishlar, majburiy takrorlash, alohida bо‘g‘inlar va sо‘zlarni chо‘zilishi kuzatiladi. Nutqiy tutilishlarga bо‘ysunadi( klonik, tonik, aralash). Ruhiy rivojlanishning sustlashuvi-bolalarda meyoriy ruhiy rivojlanish tempining buzilishi. Nutq tovushi- nutq a’zolari orqali hosil qilnadigan,nutqda talaffuz qilinadigan element. Nutqni fonetik tahlil qilishda tovush- sо‘zning bir qismi, bir artikulyatsiyada talaffuz qilinadigan qisqa tovush birligi hisoblanadi. Oynavand yozuv- yozma nutq buzilishi bо‘lib, unda sо‘zlar va harflar huddi oynadagi aksidek yoziladi. Logopedik zondlar-tovushlarni nutqga qо‘yishda tilga mexanik ta’sir kо‘rsatish va ba’zi tovushlar talaffuzini korreksiyalash uchun mо‘ljallangan zanglmaydigan metlldan tayyorlargan asboblar. Impressiv nutq-nutqni idrok etish, tushunish. Og‘zaki impressiv nutq talaffuz qilingan sо‘zlani tо‘g‘ri eshitishda, yozma impressiv nutq – matnni kо‘rib idrok etishda ( о‘qishda ) namoyon bо‘ladi. Inversiya-sо‘zlarning aks tartibi. Innervatsiya- a’zorlar va tо‘qimalarni narv bilan ta’minlash. Inspiratsiya- nafas olish. Infantilizm-rivojlanishdan orqada qolish, katta bо‘lg‘anda ham jismonan tuzilishi yoki hulq-atvorini yosh bolalarga xosligicha qolishi. Qо‘zg‘alish irradiatsiyasi- qо‘zg‘alish jarayonini u paydo bо‘lgan о‘chog‘idan atrofidagi nerv tо‘qimalariga tarqalishi. Iteratsiya-takrorlashlar, tutilishlar, nutqdagi takrorlashlar. Katamnez- bemor haqida tuzalaganidan keyingi ma’lumotlar. Kinestetik sezgi- a’zolar holati va harakatlarini va о‘zining tana a’zolari qismini sezish. Kommunikativemotsional, g‘am, qayg‘u, quvonch va boshqa hissiyotlardan farqli о‘laroq, nokommunikativ ifodalardan tashkil topgan intellektual mazmunni berish kо‘rinishidagi muloqotdir. Kompensatsiya- buzilgan faoliyat о‘rnini boshqa faoliyat bilan о‘rnini bosish. Konvergensiya- tilning turli tovushlarini о‘xshashi yoki hatto mos kelishini ifodalash kо‘rinishidagi о‘zgarishlar. Kontaminatsiya- sо‘zlarni xato ifodalash bо‘lib, ikki va undan oriq sо‘zlarni о‘zaro qorishtirilishi. Mazmuniy va fonetik yaqin sо‘zlar kontaminatsiya paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Kontaminatsiya alaliya va afaziyada kuzatiladi, ammo sog‘lom odamlarda ham yanglish sifatida kuzatiladi. Korreksion pedagogika-( maxsus pedagogika, defektologiya) pedagogik fan bо‘lib, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni rivojlanishi, ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlarini о‘rganadi. Tovushlar talaffuzini korreksiyalash- tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tuzatish. Laringospazm-bо‘g‘iz, qisqarishi. tovush paychalari muskullarining tortishishli Lateral- yon tovush. Bо‘g‘inli nutq- bolaning ijobiy qо‘zg‘atuvchilarga nisbatan ovozli reaksiyasi. Bо‘g‘inli nutq odatda gu-gulashdan keyin 5-6 oylikda paydo bо‘lib, turli xil bolaning ona tilida mavjud va mavjud bо‘lmagan unli va undosh tovushlar birikishidan hosil bо‘ladi. Logonevroz- nutq buzilishi- duduqlanish shaklida namoyon bо‘luvchi nevroz. Logopat- nutq nuqsoniga ega shaxs. Logoped- bolalar va kattalar nutqidagi nuqsonlarni barataraf etish bilan shug‘ullanadigan о‘qituvchi. Logopedik punkt-og‘zaki va yozma nutq nuqsonlarini baratarof etish bо‘yicha logoped- о‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotlar olib boriladigan maxsus muassasa. Logopediya- nutq nuqsonlari, ularni oldini olish, aniqlash va maxsus ta’lim va tarbiya vositasida barataraf etish metodlari haqidagi fan bо‘lib, korreksion pedagogikaning bir bо‘limidir. Soxta un paychalari- bо‘g‘izda shilliq pardalardan hosil bо‘luvchi burmalar. Lokolizatsiya- qandaydir hodisa, jarayonlarni rivojlanish joyi. Makroglossiya- til muskullarini haddan tashqari о‘sib ketishi, kam uchraydigan tug‘ma anomaliY. Manoral tizim-tovushlar artikulyatsiyasini kо‘z ilg‘amaydigan elementlarini tо‘ldiruvchi maxsus qо‘l belgilari tizimi. Qо‘l panjalari va barmoqlarining turlicha holatlari yordamida ovoz paychalarining birikkan yoki birikmaganligini, yumshoq tanglayni kо‘tarilgan yoki tushirilganligini, shuningdek, kо‘z bilan ilg‘ab bо‘lmaydigan tilning artikulyatsiyasi belgilarini bildirish mumkin. Monoral tizim belgilari labdan о‘qish uchun yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi. Tibbiy- pedagogik-psixologik konsultatsiya- anomal bolalarni mos о‘quvtarbiya muassasasi yoki sog‘lomlashtirish muasssasalariga yо‘llanma berish uchun kompleks tibbiy- psixologo- pedagogik tekshirishni о‘tkazadigan maxsus muassasa. Maxsus metodika- rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni barataraf etishga yо‘naltirilgan ta’lim usullari va vositalari tizimi. nuqsonlarni Mimika- insonlarning turli xil kechinmalarini( quvonch, qayg‘u, havotir, qо‘rquv va hakozo) aks ettiruvchi yuz, kо‘z muskullarining harakati . Imo-ishorali nutq- og‘zaki nutqga ega bо‘lmagan kar-soqov odamlarning muloqot shakli bо‘lib, sodda muloqot va tafakkur shakli bо‘lsa ham mustaqil muloqot shakli. Uning asosini imo- ishoralar tizimi tashkil etib, har biri о‘ziga xos ma’noni bildiradi. Shuningdek,bunda mimika ham ishtirok etib, u nafaqat histuyg‘u vaolatlarni bildiradi, balki imo- ishoralarning ma’nosini о‘zgartiradi. Miokloniya- giperkinez, alohida yoki bir guruh muskullarning tez va qisqa tortishishi. Motorika- insonlar va hayvonlarning harakat reaksiyalari tizimi. Tovush modulyatsiyasi- intonatsiya bilan bog‘liq ravishda ovoz balandligini о‘zgarishi. Tovush modulyatsiyasi zaif eshituvchilikda va ayniqsa karlikda aziyat chekadi, nktq monoton bо‘lib qoladi. Ta’limda ovoz kuchaytiruvchi apparatlardan, maxsus mashqlardan foydalaniladi. Monoplegiya- bir tomonni falajlanishi. Ovoz mutatsiyasi- balog‘atga yetish davrida bо‘g‘izni jadal о‘sishi bilan bog‘liq ravishda ovozni о‘zgarishi. Mutizm- psixik travmalar oqibatida nutqiy muloqotning buzilishi ( nutqni yо‘qotish) . Mutizm vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, ba’zan yillab davom etadi. Uning asosida nutq –harakat analizatorining tormozlanishi qobiq osti tо‘qimalarnini u yoki bu kuchli qо‘zg‘atuvchilar ta’siri natijasida(qat’iy talabchanlik, turli konliktlar, janjallar, hafagarchili va hakozo ) zaiflashuvi sifatida yotadi. U uyatchan, bо‘sh, о‘z kuchiga ishonmaydigan bolalarda uchraydi. Ba’zan mutizm psixogen travmalarning bir qismini, masalan, о‘tkir psixologik shokning bir qismini tashkil etadi. Tafakkur- predmetlarni umumlashtirish va bevosita predmetlar va hodisalarni voqelikda aks ettirish. U hissiy bilishga tayanadi( sezgi, idrok, tasavvur, obrazli xotira), ammo, uning chegarasidan chiqib, odamda nutq bilan о‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Tafakkur bilish faolidantining yuqori darajadagi jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tafakkurning fiziologik asosini – bosh miya qobig‘idagi analiz- sintezining oxirgi faoliyati tashkil etadi. Intellekti meyorda va analizatorlari tizimi sog‘lom bolalarda avval kо‘rgazmali- harakatli tafakkur, sо‘ng, uning asosida – kо‘rgazmali- obrazli tafakkur rivojlanadi. Optik-gnostik buzilishlar- alohida belgilar va xususiyatlarni ilg‘ab qolish qobiliyatiga qaramasdan, predmetlarni bir butunligicha kо‘ra olmaslik. Nutq organlari- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi inson organizmining turli qismlari ( nutq apparati). Nutq organlaridan faol, harakatchan asosiy ishni bajaradigan, tovush hosil bо‘lishi uchun zararlari- til, lablar, yumshoq tanglay, kichik tilcha, halqum. Nutq organlarining pasiv, harakatsiz, mustaqil harakatlana olmaydigan, ammo tovush hosil bо‘lishida faol organlar uchun tayanch bо‘ladiganlari- tishlar, qattiq tanglay , alveolalar, yutqun, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz. Tovushlar hosil bо‘lishida harakatlantiruvchi kuch sifatida (hvao oqimini hosil qilish uchun) diafragma, о‘pka, bronxlar, traxeya ishtirok etadi. Ortodontiya-tishlar qatori va yuz-jag‘ skletining turg‘un deformatsiyasini oldini olish va tuzatishni о‘rganish bilan shug‘ullanadigan tibbiyot bо‘limi. Deformatsiya -tishlarning shakli va soni, joylashishini о‘zgarishi, prikuslardagi kamchiliklar kо‘rinishida kuzatiladi. Ortofoniya-ovoz buzilishlarini davolashning maxsus turi Muloqotning paralingvistik vositasi- imo- ishoralar, mimika. Parez- tо‘liq darajada bо‘lmagan falajlik yoki qayta rivojlanish bosqichidagi falajlik. Paroksizm- tо‘satdan va tez paydo bо‘luvchi kasallik hodisalari yoki ularni о‘tkir hurujlar kо‘rinishida kuchayishi. Paronimlar-bir о‘zakli talaffuziga qо‘ra о‘xshash , lekin ma’nolari turlicha bо‘lgan sо‘zlar. Paronimlar kо‘pincha bir tovush bilan bir- biridan farq qiladi. Masalan: amr-amir, asr-asir, shoh-shox va hakozo. Passiv lug‘at- odatdagi nutqiy muloqotda qо‘llanilmaydigan, ammo, tushunarli, tanish sо‘zlar. Patogenez-patologiyaning bir bо‘limi bо‘lib, kasallik asosida yotadigan patologik jarayonlarning kelib chiqishini ichki mexanizmlarini va rivojlanishini о‘rganadi. Patologik- kasal, meyorda emas. Perservatsiya- xotra obrazidagi bitta sо‘zni xiralik bilan kо‘p marta takrorlanishi. Perservatsiya kо‘pincha afaziyaning bir nechta shakllarida ovoz chiqari о‘qish va yozishida kuzatiladi. Nerv jarayonlarining harakatchanligi- nerv jarayonlariga xos asosiy jarayonlardan biri bо‘lib, organizmni atrof muhitdagi о‘zgarishlaraga tezda ta’sir kо‘rsatish qobiliyatini ta’minlaydi. Nerv jarayonlari harakatlarining patologik о‘zgarishi nerv tizimining bir qancha jarohatlanishlarida, xususan, oligofreniyadagi patologik inertlikda kuzatiladi. Taqlid- Bola rivojlanishida katta rol о‘ynab, ixtiyoriy yokki ixtiyorsiz ravishda qandaydir harakatlar, holatlar, faoliyatlar va boshqalarni takrorlashdir. Kattalarga taqlid qila turib bola nutq va hulq- atvor shakllarini, turli xil odatlar va kо‘nikmalarni egallaydi. Bola rivojlanishida ixtiyorsiz taqlid ongli, ixtiyoriy bо‘lib boradi. Tovush qо‘yish- kar, zaif eshituvchi va nutq nuqsoniga ega bolalarda talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirishning birinchi bosqichi bо‘lib, saqlangan analizatorlardan , turli xil metodik usullar, mexanik vositalardan keng foydalanilishi bilan xarakterlanib, natijada bola u yoki bu tovushning birlamchi talaffuz malakalarini о‘zlashtiradi. Nutqning predikativ faoliyati- muhokama predmetini ifodalovchi nutqiy ifoda faoliyati (ma’lumot berish faoliyatlaridan biri). Odatlar- inson ehtiyoji uchun ma’lum sharoitlarda bajariladigan avtomatlashgan harakatlar.Tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri- bolalarda ijobiy odatlarni shakllantirish, salbiy odatlarni oldini olish va shakllanib bо‘lgan salbiy odatlar bilan kurashishdir. Kо‘nikmalar- avtomatlashgan harakatlar. Ta’limdagi kо‘rgazmalilik- didakatik tamoyillardan biri bо‘lib, bunda ta’lim о‘quvchilar bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosida tashkil etiladi. Kо‘rgazmali vositalardan foydalanish nafaqat bolalarda ta’limiy tasavvurlarni, balki, ular orasidagi farqli bog‘liqlik va о‘zaro aloqlar haqidagi tushanchalarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Nazallanish ( burunlanish)- tanglay burmalrini pasga tushirilishi va bir vaqtda havo oqimining og‘iz va burun bо‘shlig‘idan chiqarilishi oqibati burunli ottenkaga ega tovushlarni, asosan undosh tovushlarni talaffuz qilinishi. Ovoz buzilishlari- ovoz hosil bо‘lish apparatidagi kamchiliklar natijasida ovozning yо‘qligi yoki buzilishlari. Nutq buzilishlari- nutq faoliyatining psixolingvistik mexanizmlarini meyoriy faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan va qisman buzilishlar sifatida( tovushlar talaffuzi, ovoz, nutqning tempi, ritmi va hakozolar.) namoyon bо‘ldgan gapiruvchining shu til meyorlarida qabul qilingan qoidalarni buzib gapirishi. Kommunikativ nuqtayi nazardan nutq buzilishlari- bu verbal muloqotning buzilishidir.Sinonimlari: nutq buzilishi, nutq nuqsoni, nutqdagi yetishmovchilik, nutqiy patologiY. О‘qish va yozish buzilishlari- nutqning grafik shaklini egallashdagi keskin qiyinchiliklar, bu kо‘pincha bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligida kuzatiladi. Ammo, о‘qish va yozish buzilishlari kо‘pincha nutqning talaffuz tlmonini buzilishlarida ham kuzatiladi. О‘qish va yozish buzilishlarini bartarf etishning asosiy vazifasi bolalarda sо‘zning tovush tarkibi haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish bilan bir vaqtda tovushlar talaffuzini tuzatish, nutqiy tovushlarni idrok etish va ifodalashda analiz va sintez kо‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Bunday ishlar ommaviy maktablardagi logopunktlarda yoki nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar uchun maxsus maktab- internatlarda amalga oshiriladi. Nevropatiya-konstitutsional qо‘zg‘aluvchanligi). asabiylik( nerv sistemasining yuqori Negativizm- bolani unga kattalar tomonidan ta’siriga sababsiz qarshilik kо‘rsatishi. Nutqiy negativizm-bu nutqiy muloqotdan kat’iy bosh tortish. Neyrolingvistika- psixologiyaning bir bо‘limi nevrologiya va lingvistikani о‘z ichiga qamarab oladi. bо‘lib, psixologiya, Oligofreniya- turli sabablar natijasida kelib chiqadigan psixologik rivojlanmaslikning о‘ziga xos shakli: patologik nasliylik, xromosoma abberatsiyalari ( о‘zgarishlari),homilaning jarohatlanishi, tug‘ruq patologiyalari, homiladorlik davrida yoki erta rivojlanish bosqichlarida markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi. Oligofreniyada bilish faoliyatlarining murakkab va xilma- xil buzilishlari namoyon bо‘ladi: atrofdagi predmetlarni idrok etishning torligi , ularni va fazoviy munosabatlarini farqlay olmaslik, idrokning noaniqligi, о‘xshash obrazlarni ajrata olmaslik, mantiqiy eslab qolishning qiyinligi, о‘rgangan narsalariniesda saqlay olmaslik va hakozo. Oligofren bollarda kо‘rgazmali- obrazli tafakkur buzilgan bо‘lib, bu sо‘z mantiq tafakkrining rivojlanmaganligida yaqqol namoyon bо‘ladi. Ular anliz va sintezning murakkab shakllarida qiynalishadi: taqqoslash va umumlashtirish, sabab- oqibat bog‘iqliklarini aniqlashda. Bolalar voqelikni sodda aks ettirishadi, ular tafakkurida sezib anglashdan absalyut tafakkurga о‘tish mavjud bо‘lmaydi. Intellekt buzilishlari darajalariga qarab uch toifadagi oligofren bolalar farqlanadi: og‘ir daraja- idiotiya, о‘rta og‘ir daraja- imbetsillik, yengil daraja- debillik. Oligofrenopedagogika- defektologiyaning bir bо‘limi, aqli zaif bolalarni ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Ontogenez- jonli yoki о‘simlik organizmining tug‘ilganidan to hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenezda har bir organizm bosqichmabosqich rivojlanish davrlarini bosib о‘tadi. Individum rivojlanishining pernatal, psnatal rivojlanish davrlari farqlanadi. Postanal rivojlanish davri chaqaloqlik va kо‘krak yoshi davri, bolalik va kichik maktab yoshigacha , pubertat davri yoshliq, qarilik davrlarini qamrab oladi. Prikus-yuqori va pasiki jag‘lardagi birikishidagi tishlarning о‘zaro holati. Prikusda yuqori jag‘ tishlari pastki tish qatorini qisman yopib turishi meyoriy holat hisoblanadi. Prikusdagi kamchiliklar, progeniya, prognatiya,ochiq prikus kо‘rninishida uchrab, unda yuqori va pastki jag‘lar birikkanda tishlar orasida tirqishlar bо‘ladi. Old ochiq prikusda yuqori va pastki jag‘lar birlashganda old tishlar orasida oraliq hosil bо‘ladi. Bir yoki ikki tomonlama prikusda jag‘larning yon tomonlarining qiyshayishi natijasida yon tishlarorasida tirqish hosil bо‘ladi, old tishlar esa, bir- birini ustiga tushadi. Prikuslardagi kamchiliklar talaffuz nuqsonlarini keltirib chiqarib, ular ortodontik metod bilan bartarf etiladi. Progeniya- prikus kamchiligi bо‘lib, bunda pastki jag‘ oldinga turtib chiqqan bо‘ladi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga tushmaydi. Prognatiya- prikus kamchiligi bо‘lib, yuqori jag‘ni sezilarli darajada oldinga turtib chiqishi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga tushmasligi bilan xarkaterlanadi. Talaffuz- nutqni fonetik tashkil etish va bir vaqtda ular belgilaydigan kompleks nutq- harakat kompleksidir. Bu nutqiy nafas, ovoz hosil qilish, tovushlar va tovush birikmalarini ifodalash uо‘nikmalari, sо‘z urg‘usi va ibora intonatsiyasi barcha vositalari bilan birga, orfoepiya qoidalariga amal qilishdir. Kar, zaif eshituvchi, shuningdek, nutq nuqsonlariga ega bо‘lagan bolalarni talaffuzga о‘rgatish va uni korreksiyalashdagi muhim bо‘limlardan biri- nutqni fonetik tashkil etishga о‘rgatishdir. Prosodiya- nutqning ritmik- intonatsion tomoni, balandligi, toni va boshqa shu kabilarning umumiy nomi. Bolalarning psevdobulbar falajlik -mimik- artikulyatsion muskullarning markaziy falaji bо‘lib, bu bosh miya qobig‘idan yutqun, sayyor, qо‘shimcha va til osti nervlari yadrolariga (9-12 juft nervlar) olib boruvchi yо‘llarning ikki tomonlama jarohatlanishi sababli kelib chiqadi. Klinik kо‘rinishiga kо‘ra u bulbar falajlikka mos keladi, ammo, u psevdobulbar ( soxta bulbar) falajlik deb atalaodai, chunki, u uzunchoq siyaning jarohatlanishidan emas, balki qobiq ostdagi harakat zonalarining jarohatlanishi tufayli kelib chiqadi. Bolalar psevdobulbar falajligiga xos simptomlar dizartriya hisoblanadi. Psevdoovoz ( sohta ovoz)– bо‘g‘iz olib tashlangan odamlardagi ovoz. Bunday shaxslar maxsus ta’lim natijasida yuqori yutqun devori yaqinlashishi tebranishi evaziga sohta ovozni egallashadi. Sohta ovoz havo ta’siri oqibatida pastdagi yutqun va oshqozonning siqilishi natijasida hosil bо‘ladi. Maxsus mashqlar yо‘li bilan qoniqarli va bо‘g‘iz yо‘qligida nutqni tushunarliligini, modulyatsiyasini ta’minlaydigan sohta ovozga erishiladi. Psixogen- psixik vaziyatlarni jarohatlanishi bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadigan holat. Psixolingvistika- 1) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, unda nutq jarayoni nuqtayi nazaridan gapiruvchi (yozuvchi), ma’lumot beruvchi shaxsning hattiharkatlari va nutq akti mazmunini о‘rtasidagi munosabatlar о‘rganiladi; 2) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, gapiruvchi jamoaning ijtimoiy hayoti, jamoat tafakkuri va til tomonidan mazmun mohiyati о‘rtasidagi bog‘liqlikni о‘rganadi. Psixolingvistika о‘zida psixologiya va lingvistikani tahliq qilishni namoyon etib, qkyidagi bо‘shliqlar: nutqni idrok etish, tilni о‘zlashtirish ( bollarda nutqni о‘zlashtirish, ikki tillilik), anglashdagi lingvitik jarayonlar va boshqalarni о‘rganadi. Psixoterapiya-psixik ta’sir bilan davolash: mehnat terapiyasi, turli xil korreksion – tarbiyaviy ishlar, shuningdek, bevosita psixoterapevtik ta’sir etish shakllari- suhbat, ishontirish, gipnoz. Psixoterapiya kasal bollarni davolashda katta rol о‘ynaydi. Nutqning yо‘qolishi- bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida mavjud nutqiy kо‘nikmalar va kommunikativ malakalarni yо‘qolishi. Tanglay yoriqliklari- yumshoq yoki qattiq tanglay tuzilishidagi tug‘ma anomaliyalar. Anomaliyalarning namoyon bо‘lish darajasiga qarab , ochiq yoki yopiq (submukoz)tanglay yoriqliklari farqlanadi. Tanglay yoriqliklari og‘ir nutqiy nusonlarni keltirib chiqaradi: ovoz burunlanib chiqadi,kо‘p tovushlarning talaffuzi buziladi, nutq tushunarsiz bо‘ladi. Tanglaydagi yoriqliklar bevosita xirurgik yо‘l bilan davolanadi. Xirurgik operatsiya imkoniyati bо‘lmaganda, yumshoq yoki qattiq tanglaydagi yoriqliklar maxsus tayyorlangan protezlar bilan bekitiladi. Reabilitatsiya-organizmning turg‘un buzilishlari,salomatlikning buzilishi oqibatida kelib chiqadigan hayotiy imkoniyatlarni chegaralanganligini bartarf etish yoki kompensatsiyalashga yо‘naltirilgan bir butun tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy- iqtisodiy tizim. Regeneratsiya- avvalgi holatni tiklash jarayoni, yо‘qotilgan a’zolar, tо‘qimalarni tiklanishi. Ovoz registri- ketma- ket joylashgan, ohangiga kо‘ra bir- biridan farq qiluvchi qator ovoz tonlari. Uch xil ovoz tnlari farqlanadi: kо‘krakli, boshli (falset),aralash (mikst). Sо‘zlashuv nutqida bevosita mikst qо‘llaniladi. Rezonator- ovozni kuchaytirishga xizmat qiladigan moslama. Insonda rezanator sifatida turli bо‘shliqlar xizmat qilib ( xususan, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz, kо‘krak qafasi), ularning kо‘lami va shakliga qо‘ra tovush ohangi о‘zgaradi. Relaksatsiya-tana va nutqiy muskullar tonusini pasaytirish, bо‘shashtirish. Relyefli shrift-kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun maxsu bо‘rtma shrift. 1929 yilda fransuz tiflopedagogi L.Brayl tomonidan relyefli- nuqtali shrift ixtiro qilingan bо‘lib, u kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun unversal deb tan olingan va butun dunyoga tarqalgan. Retseptiv nutq- boshqa odamlar nutqnini tushunish. Retseptorlar- analizatorlarning bir qismida qabul qilinadigan- turli sezgi organlarida hosil bо‘ladigan periferik nerv hodisalari. Nutq apparati- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi organlar tizimi. Nutq analizatorining periferik va markaziy bо‘limlari farqlanadi. Nutq apparattining markaziy bо‘limi bosh miyada joylashgan bо‘lib, qobiq osti markazlari va qobiq osti tugunlaridan, zarur nervlarga olib boruvchi yо‘llar va yadrolardan iborat. Periferik nutq apparati tarkibiga ovoz hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi va artikulyatsiya a’zolari, shuningdek, sezuvchi va harakat nervlari kiradi. Nutqiy oqim- eshituvchi va qabul qiluvchi tomonidan sо‘zlarni qanday tuziganligini ajratsa bо‘ladigan uzluksiz nutqiy zanjir. Nutqiy kinesteziya- nutqiy mexanizmni psixofonematik tashkil etish bilan bog‘liq qayta aloqalar hodisalarni belgilovchi harakat sezgilari. Nutq- insonlarning moddiy faoliyatlari jarayonida tarixiy shakllangan, bevosita til yordamida amlga oshiriladigan muloqot shakli. “ Nutq ” atamasining asosiy ma’nolari: 1. gapiruvchining til vositasidan foydalanib, shu tilda sо‘zlashuvchi boshqa jamoa a’zosi bilan muloqoti yoki о‘z- о‘ziga murojaati ( ichki nutq); 2. muloqot maqsadi va sharoitidan kelib chiqib u yoki bu leksik va grammatik vositalarning tanlashni xarakterlaydigan til yordamidagi muloqotning xilma-xilligi( odatda stilistik). 3. sо‘zlashishni sintaktik qurilishi turi ( avtor nutqi, qisman olingan nutq, yarim tо‘g‘ri, tо‘g‘ri nutq, birovning nutqi va boshqlar) Ichki nutq- haqiqiy muloqotdan tashqarida tilning turli shakllaridan foydalanish. Nutqni tushunish. Yozma nutq- yozma matnlar yordamidagi ( sо‘zli) verbal muloqot. Og‘zaki nutq- eshitish mumkin bо‘lgan til vositalari yordamidagi verbal muloqot. Rinolaliya- Nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Burun bо‘shlig‘ida rezanatorlikning buzilishi burun- halqumdagi mexanik kamchiliklar sababli ovoznafasni notо‘g‘ri yо‘naltirishdan , burun bо‘shlig‘i, yumshoq va qattiq tanglaydagi kamchiliklar sababli yoki yumshoq tanglay faoliyatining buzilishlari sababli yuzaga keladi. Rinolaliyaning ochiq, yopiq va aralash shakllari farqlanadi. Ritmika-harakatlarni musiqa bilan bog‘lash asosida tashkil etiladigan jismoniy mashqlar tizim. Ritmika- bolalarni jismoniy tarbiyalashning asosiy qismi bо‘lib, nutqni shakllantirish va korreksiyalashda muhim ro о‘ynaydi, nutqning ravonligi va ritmliligini ta’minlaydi ( logoritmika). Rotatsizm- “ R” tovushining talaffuzini buzilishi bо‘lib, u bu tovushni buzib talaffuz qilinishida yoki uni nutqda tushirib qoldirilishida namoyon bо‘ladi. Salivatsiya-sо‘lak ajralishi. Mustaqil nutq- bevosita tayyor namunalarsiz talaffuz qilingan sо‘z yoki iborali nutq;nutqiy muloqotni rivojlantirish bо‘yicha maxsus mashqlar qо‘llash orqali logopedik ishlar natijasida qayta ishlangan nutqiy kо‘nikma va malakalar. Mustaqil nutqning ikkita asosiy turlari farqlanadi: tayyorlangan, va tayyorlanmagan. Nutqiy faoliyat bajaradigan faoliyatiga bog‘liq ravishda vaziyatli va kontekstli mustaqil nutq farqlanadi. Mustaqil nutqni qо‘llash bilan bog‘liq mashqlar, ayniqsa, duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda yaxshi ishlab chiqilgan. Mashqlar tizimi vaziyatli va kontekstli mustaqil nutqni murakkablashib borishi hisobga olinib tuzilgan. Sensomotor- sezgi-harakatli. Sensor- sezgili. Sigmatizm-Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuzining buzilishi. U nutqning tо‘liq rivojlanmaganligida yoki uning fonetik tomonidan rivojlanmaganligida paydo bо‘lishi mumkin. Kо‘pincha sigmatizmning paydo bо‘lishi nutq organlari motorikasining va tuzilishining, xususan, tishlar, prikuslar, tilning haddan tashqari kattaligi, uning harakachmnligining yetarli emasligi bilan bog‘liq bо‘ladi. Logopedik mashg‘ulotlar sigmatizmni barataraf etishga yordam beradi. Tovush kuchi-tebranishlar amplitudasiga bog‘liq tovush sifati, shuningdek, tovush tо‘lqinlarining yuqoriga qо‘tarilish va pastga tushish nuqtasiga bog‘liq, tebranishlar qanchalik kuchli bо‘lsa, tovush shuncha kuchli bо‘ladi. Simptom-kasallik holatlarini apydo bо‘lishini xarekterlaydi. Simptomlar obyektiv av subyektiv simptomlarga bо‘linadi. Har bir simptomni aniqlash, uni tahlil qilish boshqa simptomlar bilan qarshi qо‘yish tashxis qо‘yish, kasallikni aniqlash va davolash metodalarini belgilash uchun zarur bо‘ladi. Simptokompleks- qandaydir kasallikni xarakterlovchi simptomlar guruhi. Smnonimi-sindromlar. Simultan- ma’lum bir butun xarakterga ega analiz va sintez qilish jarayoni Sinkeniziya- bevosita ixtiyoriy harakatlar bilan tutushuvchi qо‘shimcha harakatlar. Sinkeniziyaning meyoriy va patologik holatlari farqlanadi. Situativ- ushbu vaziyatga bog‘liq yoki vaziyatli. Sintagma- sintaktik intonatsion- ma’noviy birlik. Skandirlangan nutq-she’rlarni metrlar bilan о‘lchab ( qadamlab) о‘qish, urg‘uli bо‘g‘inni tomon bilan sun’iy ajratish. Skandirlangan nutq duduqlanuvchi bolalar, taxilaliyadagi logopedik mashg‘ulotlarda alohida muhim usul sifatida qо‘llaniladi. Kо‘pincha skandirlangan nutq meyoriy nutqining turg‘un buzilishi hisoblanib, u notо‘g‘ri о‘qitishda ( masalan, kar , zaif eshituvchilarda) yoki miya kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Bola lug‘ati- sо‘z boyligi uzluksiz impreyesiv raviо‘shda ortib boradi. Ikki xil lug‘at farqlanadi: bola faqat tushunadigan sо‘zlar-passiv va bola nutqda qо‘llaydigan- faol lug‘at. Murakkab (mujassam) nuqson- ma’lum bir bog‘liqlikdagi nutqsonlar, masalan,nutqiy va kо‘rishdagi kamchiliklar va boshqa qо‘shilib keladigan nuqsonlar. Tovushlarning almashtirilishi- u yoki bu tovushni talaffuz qila olishiga qaramasdan,bu tovushlarni nutqda almashtirishi bilan anmoyon bо‘ladigan nutq buzilishi ( masalan: ”shapka” о‘rniga sapka, “rom” о‘rniga lom ). Tovushlarning almashtirilishi – fonetik tizimni egallash jarayoning buzilishidan darak beradi. Bu jarayon meyorda 4-5 yoshda tugaydi. Bu vaqtga kelib bolalar tomonidan barcha tovushlar ravon talaffuz qilinadi va farqlanadi. Savodga о‘rgatish ta’sirida tovushlarni almashtirilishining 60% dan ortig‘i maxsus logopedik aralashuvsiz bartarf etiladi. Ammao, holat yuz bermasa, tovushlarning almashtirilishi, disgarfiyani keltirib chiqarishi mumkin. Hamkorlikdagi nutq- sо‘z yoki iboralari ikki yoki undan ortiq shaxslarni birgalikda talaffuz qitlishi. Bir qancha nutqiy nuqsonlarda nutqiy mahsuldorlikni oshirishning bir turi sifatida qо‘llaniladi. О‘zining afzalliklari bilan hamkorlikdagi nutq ayniqsa, duduqlanishi bartarf etish bо‘yicha an’anaviy metodiklar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning birinchi bosqichida keng qо‘llaniladi. Ijtimoiy adaptatsiya- anomal bolalarning individual va guruhli tarzda hulqatvorlarini jamiyat meyordlari , qonunlari va qadriyatlari tizimiga moslashtirish. Ijtimoiy reabilitatsiya- imkoniyati psixofiziologik imkoniyatlari darajasida meg‘natga jalb qilish. cheklangan bolalrni ularning ijtimoiy muhit, ijtimoiy foydali Klonik tortishishlar-muskullarni ixtyorsiz tez- tez, birin-ketin qisqa muddatli tortishishi yoki bо‘shashishi. Tonik tortishlar-bir martalik impulslar oqibatida muskullar qisqarishining davomiyligi. Suksessiv-tо‘liq emas, qisman , qismlarga bо‘lib jarayoni. analiz va sintez qilish Surdomutizm- Psixogen xarakterdagi kar-soqovlik. Eshitish va nutqning funksional buzilishi. Surdomutizm vaqtinchalik, о‘tib ketuvchi xarakterga ega. Taktil-sezishli. Taxilaliya-Nutq tempining haddan tashqari tezlashishi namoyon bо‘ladigan nutq buzilishi. Battarizmdan farqli о‘laroq, taxilaliya о‘zida nutqning faqatgina tempining buzilishi bilan namoyon bо‘ladi, qolgan nutq komponentlari fonetik, leksik va grammatik qurilish saqlangan bо‘ladi. Taxilaliya logopedik mashg‘ulotlarda nutqni skandirlash yо‘li bilan bartarf etiladi. Muskullarni pir- pir uchishi- zо‘rlik xarakteridan farqli о‘laroq, muskullarni tez, ixyorsiz, sterotip ravishda takrorlanuvchi klonik tortishishidir. Nutqiy pir- pir uchishda bemorlar ba’zan mazmunsiz sо‘zlar va iboralarni talaffuz qiladi. Pir-pir uchishni kechishi surunkali bо‘lib, resmissiyalar bо‘lishi mumkin, ba’zan о‘z –о‘zidan tо‘htab qoladi. Tremor- qо‘l- oyoqlar, ovoz, tilni ixtiyorsiz ritmik tebranishi. Tormozlanish- qо‘zg‘alishga qarama-qarshi nerv jarayonlaridan biri bо‘lib, nerv markazlari ishlayotgan a’zolar( muskullar, bezlar) faoliyatini tо‘htatadi. Tormozlanish о‘ziga xos muhim ahamiyatga ega: u organizmaning hayot faoliyatini, xususan, saqlanuqchi faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlari qobig‘ida tormozlanish keng tarqalganda uyqusirash, qobiq ostida tormozlanish tarqalganda uyqu kuzatiladi. Karlik- nutqni idrok etishga tо‘sqinlik qiluvchi turg‘un eshitish pastligi. Karlik turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: shivirlagan nutqni eshita olmaslikdan to sо‘zlashuv nutqini eshita olmaslikkacha. Karlikning uchta darajasi farqlanadi: yengil, о‘rta va og‘ir. Karlik bilan aziyat chekadigan bollarda odatda nutqiy rivojlanishda nuqsonlar mavjud bо‘ladi va ular maxsus maktabinternatlarda tarbiyalanadi. Yuganchaning kaltaligi- tug‘ma nuqson bо‘lib, u til uchini tortib turadi va natijada til kalta holatda bо‘ladi. Bunday nuqsonda tilning harakatlanishi qiyin bо‘lishi mumkin. Til yuganchasining kaltaligi odatda mexanik dimlaliyaga sabab bо‘ladi. Til yuganchasini chо‘zish uchun maxsus logopedik mashqlar- til gimnastikalari qо‘llaniladi. Bunday holatlarda xirurgiu aralashuv kerak bо‘lmay qoladi. Uranoplastika- qattiq va yumshoq tanglayni operatsiya yо‘li bilan bekitish. Havf-xatar omili- organizmning patologik holatni rivojlantiruvchi turli xil ichki va tashqi shart-sharoitlar. Nutq fobiyasi( nutqdan qо‘rqish)- kо‘pincha kuzatiladigan nutqdan qо‘rqish, muloqotdan qо‘rqish holati. duduqlanuvchilarda Fonosteniya- ovoz apparatida organik о‘zgarishlarsiz ovoz hosil bо‘lish faoliyatining buzilishi. Fonosteniyada ovozning tez charchashi, uzilib qolishi, kuylash va sо‘zlashishda tomoqda yoqimsiz hislarning( qirilishi, achishishi) paydo bо‘lishi kuzatiladi. Kichik yoshdagi maktab о‘quvchilarida ba’zan soxta fonosteniya kuzatilishi mumkin, bu- kо‘pincha darslarda javob berayotganda hayojonlanish oqibatida ovozning uzilib qolishi kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Fonema- nutq tovushlari. Har bir tilda ma’lum sondagi fonemalar mavjud bо‘lib, ular bir- biriga akustik belgilari va sо‘zlarni bir -biridan farqlash uchun qarshi qо‘yiladi. Masalan : rus tilida 42 ta fonema, 6 ta unli va 36 ta undosh tovush bor. Fonematik idrok- tovushlarni farqlash va sо‘zning tovushli tuzilishini aniqlash bо‘yicha maxsus aqliy faoliyat. Fonematik eshituv- nutq tovushlarini eshitib idrok etish qobiliyati bо‘libning tovush , fonema- tomonini egallashda muhim ahamiyatga ega. Fonematik eshitishning buzilishi bolalarda tovushlar talaffuzininng buzilishiga, о‘qish va yozish kо‘nikmalarini egallashdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Fonematik eshitishni asta- sekin yо‘qotish sensor afaziyada kuzatiladi. Nutq tovushlari va sо‘zlarni idrok etib farqlay olmaslik impressiv nutqni buzilishiga olib keladi. Fonetik- fonematik rivojlanmaganlik- ona tilining talaffuz tomonini shakllanishini buzilishi bо‘lib, turli nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda fonemalarni talaffuz va idrok qilishni buzilishi. Nutqni fonetik tashkil etish- nutq va mazmunni farqlashni asosini ta’minlaydigan moddik asosni tashkil etuvchi nutqning tovush tomoni. Nutqni fonetik tashkil etishning buzilishi eshitilishi noxush nutqga olib keladi, ancha yaqqol namoyon bо‘ladigan holatlarda esa, yeutqiy muloqotni umuman tushunarsiz qilib qо‘yadi, bu ba’zi xollarda bolalarda о‘qish va yozish buzilishlariga olib keladi. Fonopediya- Bо‘g‘izdagi nerv muskullar apparatini koordinatsiyasi va faollashtirish, nafasni korreksiyalar va о‘quvchi shaxsini qayta tarbiyalashga yо‘naltirilagan pedagogik ta’sirlar kompleksi. Xeyloplastika-Yuqori lab yoriqliklarini operatsiya yо‘li bilan bekitish. Boshqa asoratlardan qochish maqsadida bu operatsiyani 10-12 oylikda qilish tavsiya etiladi. Xitizm-“X” tovushining talaffuzini buzilishi yoki nutqda bu tovushning tushirib qoldirilishi. Mustaqil nuqson sifatida “X” tovushining buzilishi kam uchiraydi, u kо‘pincha dislaliya yoki eshitish buzilishlaridagi talaffuz kamchiliklari sifatida uchraydi. Serebral- miyali. Labdan о‘qish-og‘zaki nutqni kо‘rinarli nutq organlari orkali kо‘rib idrok etish. Karlar va zaif eshituvchilarda labdan о‘qish ma’lum darajada nutqni eshitib idrok eta olmaslik yoki chegaralanganligini о‘rnini bosadi, ammo, bu maxsus о‘qitishni talab etadi. Egzogen-organizmga bog‘liq bо‘lmagan sabalar asosida paydo bо‘lishi. Ekspiratsiya-nafas chiqarish. Ekspressiv nutq-nutqning tashqi shakli, faol og‘zaki yoki yozma nutq. Ekstirpatsiya-biror bir organni operatsiya yо‘li bilan olib tashlash. Embolofraziya-qо‘shimcha tovushlar, bо‘g‘inlar va kо‘pincha : anaqa, anavi, nimaydi,demak va boshqa sо‘zlar qо‘shilishi oqibatida gapning sintaktik qurilishining buzilishi. Embolofraziya odatda duduqlanish va afaziya kabi murakkab nutq nuqsonlarida uchraydi. Sinonimlari- embolaliya, nutqiy embol. Endogen- organizmni ichki muhiti asosida yotuvchi sabablarga kо‘ra paydo bо‘lishi. Etiologiya-kasallik yoki biror- bir nuqsonning kelib chiqish sabablarini о‘rganish, ba’zan u keng kо‘lamli bо‘lib, о‘z ichiga kelib chiqish sharoitlarini о‘rganishni ham qamrab oladi. Efferent- markazdan qochuvchi. Exolaliya- sо‘zlar, tovushlar, savollarni takrorlashga patologik moyilik, exopraksiyaning shakllaridan biri; bosh miyaning organik kasalliklari bilan og‘rigan kattalar va bolalarda kuzatiladi.Exolaliya ba’zan meyorda rivojlanayotgan bolalarda ham kuzatilib, u nutq shakllanishining erta bosqichlaridan biri hisoblanadi.