Uploaded by Sherjahon Abdufatayev

Ayollar huquqlari xalqaro standartlari

advertisement
Ayollar huquqlarini ta'minlash sohasidagi xalqaro-huquqiy satndartlar
Xotin-qizlar
huquqlari
masalasi
inson
huquqlarining
ajralmas
qismi,
sivilizatsiyaning eng muhim yutuqlaridan biridir.Inson huquqlari hamda xotinqizlar haq-huquqlarining tan olinishi uchun xalqaro miqyosdagi harakatlar
tarixida muhim bosqich Ikkinchi jahon urushidan so'nggi yillarda boshlandi 1.
1945-yil iyun oyida urush yakun topgach, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan 1948-yilning 10-dekabrida inson huquqlari xartiyasi Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasini qabul qilindi. Ushbu hujjatning ikkinchi moddasida
Deklaratsiyada bayon qilingan huquq va erkinliklarga irqi, terisining rangi, jinsi,
tili, e'tiqodi, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi,
mulk, tabaqa yoki boshqa mansubiyatidan qat'i nazar, barcha insonlar teng
ravishda
egaligi
qayd
etilgan
bo'lib,
u
hozirda
milliy
va
xalqaro
antidiskriminatsion qonunchilikka asos sanaladi. Haqiqatan, hozirgi kunda ayol
huquqlari va inson huquqlari sohasidagi ko‘plab xalqaro shartnomalar,
rezolyutsiyalar, deklaratsiyalar va harakatlar dasturlarida kafolatlangan asosiy
inson huquqlaridan biridir. Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro
shartnoma
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
ayollarga
nisbatan
kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi
(CEDAW) va uning Fakultativ protokoli hisoblanadi. Bundan tashqari, ayollar
huquqlari BMTning boshqa shartnomalarining, jumladan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Irqiy
kamsitishga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya, Bola huquqlari to‘g‘risidagi
Konvensiya, singari muhim elementlardir.
1
«O‘zbekisotn Respublikasi Konstitutsiyasi» (Constitution of the Republic of Uzbekistan.
O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta'minlashga alohida
e'tibor beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, 1995-yil 6mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi Konvensiyasiga3 qo‘shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish
to‘g‘risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish to‘g‘risidagi Konvensiyalari va
boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan.O‘zbekiston BMTning ayollarga
nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi
konvensiyasiga qo‘shilganidan beri oltita davriy hisoboti BMTning xotinqizlarga nisbatan kamsitishni tugatish Qo‘mitasiga topshirildi. BMT Ayollar
tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollar
huquqlarini kengaytirishga qaratilgan tashkilotidir. BMT Ayollar tashkiloti butun
dunyo bo‘ylab ayollar va qizlar uchun Barqaror O‘zbekiston Respublikasi
mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1995-yil 6-maydagi 87-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1979-yil 18dekabrda NyuYorkda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishning barcha
shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi
qaroriga asosan qo’shilgan. rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish maqsadini
ko‘zlaydi va 4 ta strategik ustuvorlikka e’tibor qaratgan holda hayotning barcha
jabhalarida ayollarning teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi:
-hukumat faoliyatida ayollar boshqaruvi va ishtiroki teng;
-ayollarning daromad olish, munosib ish tanlash va iqtisodiy mustaqillikka ega
bo‘lish imkoniyati;
-barcha ayollar va qizlar zo‘ravonlikning barcha shakllaridan xoliligi;
-ayollar va qizlar barqaror tinchlik va insonparvarlik harakatlaridan teng foyda
olishi.
Tashkilot quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1)
ayollarning huquqiy maqomi bo‘yicha komissiya va hukumatlararo
organlarni siyosat, global mezonlar va me’yorlarni ishlab chiqishda qo‘llabquvvatlash; a’zo davlatlarga ushbu mezonlarni joriy etishda yordam berish, talab
1
qilgan mamlakatlarga tegishli texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish va fuqarolik
jamiyati bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
2)
BMT tizimining gender tengligi bo‘yicha ishiga rahbarlik qilish,
muvofiqlashtirish va mas’uliyatni oshirish, shu jumladan tizim miqyosida
muntazam monitoring o‘tkazish.Inson huquqlarining individual tabiati haqidagi
e'tirofdan
voz
kechish
va
ayollar
huquqlarining
alohida,
avvalo,
diskriminatsiyaga uchrovchi, ijtimoiy guruh sifatida tan olinishi inson
huquqlarining uchinchi (siyosiy, fuqarolik va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan
keyingi) avlodi shakllanishi bilan bog'liq. U ijtimoiy, siyosiy, jismoniy va boshqa
sabablarga ko'ra barcha insonlar uchun umumiy bo'lgan huquq va erkinlikparni
amalga oshirishda boshqalar bilan teng imkoniyatga ega bo'la olmaydigan va shu
boisdan davlat tomonidan ham, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qo'llabquvvatlanishga muhtoj fuqarolar toifasi huquqlarini qamrab oladi.
Shu bois BMT tomonidan Ayollarga nisbatan diskriminatsiyani bartaraf etish
deklaratsiyasi4 (1967 y.) hamda Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha
shakllarini bartaraf etish haqidagi konventsiya (1979 y.) qabul qilingan. Aynan
ikkinchi hujjatda ayollarning kollektiv va individual huquqpari himoyasi
masalasiga kuchliroq urg'u berilgan. Xususan, 1979 yilgi Konvensiyaning 1moddasiga muvofiq, “ayollarga nisbatan diskriminatsiya" tushunchasi jins
belgilari asosida, xotin-qizlarning, oilaviy ahvolidan qat'i nazar, ayol va erkak
tengligiga tayanib, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va
boshqa sohalardagi huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanishiga to'sqinlik
qilish, ularni tan olmaslikka qaratilgan har qanday cheklov yoki taqiqni bildiradi”.
Ayni paytda Konventsiyaning 4moddasida a'zo-davlatlar tomonidan onalikni
himoyalash, shuningdek, ayollar va erkaklarning faktik tengligini o'rnatishni
jadallashtirishga yo'naltirilgan maxsus muvaqqat choralar diskriminatsiya
sanalmasligi ta'kidlanadi.
Umuman olganda, o'tgan asrning 70-yillari dunyo miqyosida ayollar teng
huquqliligi masalalarida uyg'onish, jadallashuv sezilgan davr bo'ldi, desak
2
mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 1975 yilning BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan Xalqaro ayollar yili, deb atalishi, 1976-1985 yillar oralig'idagi
davrning esa “Tenglik, taraqqiyot, tinchlik” shiori ostida BMT Ayollar O'n yilligi
e'lon qilinishi fikrimiz isbotidir. 1979 yilgi BMT Konvensiyasi esa erkak va
ayollarning huquqiy asosga bo'lgan huquq va imkoniyatlarini tenglashtirish
vazifasini ko'ndalang qo'ygan, mazkur masalaga bag'ishlangan prinsipial
ahamiyatli ilk xalqaro hujjat bo'ldi. 1985 yilda ayollar ahvoli yuzasidan Nayrobi
(Keniya)da o'tkazilgan xalqaro konferensiya “gender tengligi” tushunchasiga
yangicha mazmun bag'ishladi. Tenglikka faqatgina huquqiy tushuncha, ya'ni
diskriminatsiyaning bartaraf etilishi emas, balki ayollarning taraqqiyot jarayonida
nafaqat iste'molchi (benefitsiar), balki faol harakatlanuvchi kuch sifatida ishtirok
etishi uchun imkoniyat, shart-sharoit va huquqlar tengligi sifatida yondashila
boshlandi.
Yevropa, xususan, Skandinaviya mamlakatlari miqyosida bu holat huquqiy
davlatlarning huquqiy ijtimoiy davlat shakliga o'zgarishi bilan izohlanadi.
O'tgan asrning 90-yillari ham gender tengligi, ayollar huquq va erkinliklari
himoyasi masalalarida samarali davr bo'ldi. Jumladan, harbiy ziddiyatlar davrida
eng ko'p aziyat chekadigan qatlam ayollar va bolalar ekanligi inobatga olingan
holda, 1993 yil Venada o'tkazilgan Inson huquqlari bo'yicha xalqaro konferensiya
kun tartibiga ayollarning inson sifatidagi huquqlari umuminsoniy haqhuquqlarning ajralmas tarkibiy qismi ekanligi haqidagi masala qo'yildi. Vena
konferentsiyasida qabul qilingan hujjatlar harbiy ixtiloflar davrida ayollar
huquqlarining buzilishini inson huquqlari va gumanitar huquq sohasidagi xalqaro
huquqning tayanch tamoyillarini buzishga tenglashtirdi.
Inson huquqlari bo'yicha Vena xalqaro konferentsiyasi Bosh Assambleyaga
Ayollarga nisbatan zo'ravonlik haqida deklaratsiya qabul qilishni taklif qildi va
mamlakatlarni bunday sharmandali holat bilan kurashishga chorladi. O'sha yili
— 1993 yilning 20 dekabrida Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash
haqida deklaratsiya qabul qilindi. Unga ko'ra, BMTga a'zo davlatlar BMT
3
organlariga inson huquqlari borasida taqdim etadigan hisobot ma'ruzalariga
ayollarga nisbatan zo'ravonlik va unga qarshi ko'rilayotgan choralarga oid
ma'lumotlar, shuningdek, mazkur masaladagi tendentsiyalar tahlilini ham kiritishi
lozim bo'ldi. Bundan tashqari, Inson huquqlari bo'yicha BMT Komissiyasi
tomonidan ayollarga nisbatan zo'ravonlik masalalari yuzasidan maxsus
ma'ruzachi tayinlandi.Biroq shuni ta'kidlash joizki, xotin-qizlar huquqlari uchun
milliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan xatti-harakatlardan qat'i nazar,
maishiy zo'ravonlik, tajovuzlar, ish haqlaridagi nomutanosiblik, mehnat
huquqlarining kamsitilishi kabi muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki
DEVAW (Ayollarga nisbatan zoʻravonlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi
deklaratsiya) 1993-yilda
(BMT) rezolyutsiyasi boʻlib, ayollarga nisbatan
zoʻravonlik va zoʻravonlikni bartaraf etishga qaratilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20dekabrdagi 48/104 rezolyutsiyasida ovoz berishsiz qabul qilingan. Deklaratsiya
„Barcha insonlarning tengligi, xavfsizligi, erkinligi, daxlsizligi va qadrqimmatiga taalluqli huquq va tamoyillarni ayollarga nisbatan umumbashariy
tatbiq etishga shoshilinch ehtiyoj bor“ degan bayonot bilan boshlanadi.
Umuman olganda, rezolyutsiya 1979-yilda qabul qilingan Ayollarga nisbatan
kamsitishning
barcha
shakllariga
barham
berish
toʻgʻrisidagi
xalqaro
konvensiyani (CEDAW) hamda Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturini
toʻldiradi va mustahkamlaydi.Deklaratsiya natijasida davom etayotgan jarayonda
1999-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 25noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida
belgilandi. Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zoʻravonlik va oilaviy
zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi anjumani,
ya’ni Istanbul anjumani nomi bilan tanilgan, Yevropa Kengashining ayollarga
nisbatan zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonlikka qarshi inson huquqlari boʻyicha
shartnomasi boʻlib, 2011-yil 11-mayda imzolanish uchun Turkiyaning Istanbul
4
shahrida ochilgan. Konventsiya zo'ravonlikning oldini olishga, jabrlanuvchilarni
himoya qilishga va jinoyatchilarning jazosiz qolishini tugatishga qaratilgan.
2019-yil mart oyi holatiga ko'ra, uni 45 davlat va Yevropa Ittifoqi imzolagan.
2012- yil 12-martda Turkiya konvensiyani ratifikatsiya qilgan birinchi davlat
bo'ldi, undan keyin 2013-yildan 2022-yilgacha 35 ta davlat tarkibida bo’lgan.
E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, oila institutini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
ishlari yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. O‘zbekiston xotin-qizlarni har qanday
kamsitish va tahqirlashlardan himoya qiladigan barcha asosiy xalqaro hujjatlarga
qo‘shildi. Bunda «Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Jeneva Konvensiyasi,
«Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida»gi hamda «Xotin-qizlar
huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi NyuYork Konvensiyalari, «Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa,
ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning
uchun jazolash haqidagi» Bayonnomasi kabi xalqaro hujjatlarni misol qilib
keltirish mumkin.
Yurtimizda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida», «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi
qonunlar qabul qilindi. E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda xotin-qizlarning
huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi rolini
kuchaytirish, oila institutini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks choratadbirlarni amalga oshirish ishlari yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. O‘zbekiston
xotin-qizlarni har qanday kamsitish va tahqirlashlardan himoya qiladigan barcha
asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Bunda «Onalikni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi Jeneva Konvensiyasi, «Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari
to‘g‘risida»gi hamda «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga
5
barham berish to‘g‘risida»gi Nyu-York Konvensiyalari, «Birlashgan Millatlar
Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini
to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini
olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi» Bayonnomasi
kabi xalqaro hujjatlarni misol qilib keltirish mumkin.Ta’kidlash kerakki, 2030
yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish
maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 83-son qarori bilan
tasdiqlangan «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy maqsad va vazifalar»ning 5-maqsadi – Gender tenglikni ta’minlash va
barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish – mamlakatimizda
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga
qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
«Bolalarga aliment undirish va oilani ta’minlashning boshqa shakllarining
xalqaro tartibi to‘g‘risida»gi Gaaga Konvensiyasiga qo‘shilish xotin-qizlarning
mehnat huquqlari ta’minlanganlik holatini o‘rganish; xo‘jalik hisobidagi korxona
va tashkilotlarda rasmiy ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi
to‘lash tizimini yaratish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan xotinqizlarning
oilalaridagi
ijtimoiy-ma’naviy
muhitni
shakllantirishga
ko‘maklashish; «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risida»gi, «Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Bola huquqlari
to‘g‘risida»gi konvensiyalar asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini
o‘rganish va boshqa masalalar belgilangan.
6
Dunyo bo‘ylab xotin qizlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha juda ham samarali
ishlar va dasturlar qabul qilinmoqda bunday hujjat va qonunlar qabul qilishdan
maqsad ayollarga nisbatan har qanday tajovuz va hurmatsizliklar shuningdek
ularni ish va o‘qish joylarida diskiriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi
masalalarni hal etish turadi. Shu sabali xalqaro huquqda ayollar huquqlari juda
ham muhim hisoblandi, bu fikirmizga asos sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkiloti, Pekin deklaratsiyasi va BMT xartiyasi kabi xalqaro tashkilot va
davlatlar nizomi va qonunlariga kiritganligidan bilsak bo‘ladi. Shu asnoda
ayollarga faqat uy ishlarida yoki bolalarga qarashga qodir inson sifatida ko‘rish
emas balki biror tashkilot yoki organ rahbari, har sohaning yetuk mutaxassisi
sifatida ko‘rish va qadirlash lozimdir zeroki erkaklarsiz armiyani tassavur qila
olmaganligimiz singari ayollarsiz ham hoytni tassavur qilib bo‘lmaydi .
Xulosa qilib aytganda, dunyo mamlakatlari qatorida va xalqaro
hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lgan O‘zbekistonning davlat va jamiyat
sifatidagi taraqqiyoti silsilasida ayolning o‘rni, uning siyosiy va huquqiy
madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi, bugungi globallashuv jarayonida yangi
avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish masalasida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidanda
muhim. Shu bois islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi
g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
sa’y-harakatlar,
o‘zgarishlar
va
ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat. Zero, inson
qadrini ulug‘lash, avvalo, ayolga hurmat va ehtirom, mo’tabar onalarimizni
e’zozlash, munis opa-singillarimizni qadrlash orqali ro‘yobga chiqadi, desak
ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Taraqqiyot strategiyasi va joriy yil bo’yicha Davlat dasturidan ayollarimizni
har
tomonlama
qo’llab-quvvatlash,
onalar
va
bolalar
salomatligini
mustahkamlash, ularni bepul dorilar va vitaminlar bilan ta’minlash, jismoniy
7
tarbiyani rivojlantirish, yosh qizlar ta’limi, ularni ish bilan ta’minlash kabi
ko’plab masalalar joy olganki, bularning barchasi mamlakatimiz xotin-qizlari
uchun davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatilayotgan chinakam g’amxo’rlik
na’munasidir.
8
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. «The convention on the Elimination of all forms of Discrimination
Against»(CEDAW)
1995-yilda
Pekinda qabul qilingan «Pekin deklaratsiyasi» (Beijing Declaration).
2. «Ayollar uchun Global jamg‘armalar» (Global fund for Womon).
3. «BMT Xartiyasi».
4. «Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi»
(Universal
to‘g‘risidagi
konvensiya»
Declaration of Human Rights)
5. «Ayollarning
siyosiy
huquqlari
(Convention on the political of women)
6. «Nigohga rozilik to‘g‘risidagi konvensiya» (Convention on Sudden
Consent)
7. «Favquloda quroli to‘qnashuvda ayollar va bolalarning himoya
qilish to‘g‘risdagi deklaratsiya».
8. «Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakillariga barham
berish to‘g‘risidagi konvensiya» (Declaeation on the Protection of Women
and Children in Emergency Armed Conflict. Convention on the Elimination
of all Forms of Discrimination against Women),
9. «Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi
deklaratsiya»
(Declaration on the elimination of violence against women)
10.
«Harakatlar Platformasi» (The Beijing Declaration and
Platformas of Actio)
11.
«O‘zbekisotn Respublikasi Konstitutsiyasi» (Constitution of
the Republic of Uzbekistan.
12.
«O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni» ( The Law of the
9
Republik of Uzbekistan on Protection of Women from Harassment and
Violence)
13.
«Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonun» (Law on
political rights of women) (1952-yili 20-dekabrda , New-yorkda qabul
qilingan)
14.
«Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun» ( Law on guarantees of equal
right and opportunities for women and men)
15.
Rahmatova, F. (2020). Математика фанини ўқитишнинг
дидактик таъминоти. Архив Научных Публикаций JSPI.
16.
Rahmatova,
такомиллаштиришда
F.
(2020).
матнли
Математик
масалалардан
тафаккурни
фойдаланишда
узлуксизлик тамойилининг аҳамияти. Архив Научных Публикаций
JSPI.
17.
Rahmatova, F.
(2020).
Талабаларда
математик тафаккурни шакллантириш омиллари. Архив Научных
Публикаций JSPI, 1-6.
18.
Rahmatova,
F.
(2021).
Bo'lajak
boshlang'ich
sinf
o'quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yunalishi bo'yicha
faoliyat. Журнал инновации в начальном образовании, 2(3).
19.
Rahmatova, F. (2021). O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy
tarbiyalash texnologiyasi. Журнал инновации в начальном образовании,
2(3).
20.
Rahmatova, F. (2021). The Formation Of Research
Competencies Of Future Primary School Teachers. Журнал инновации в
начальном образовании, 1(Архив№ 2).
21.
Rahmatova, F., & Abrorxonova, K. (2021). Educational
issues in the works of enlightened intellectuals. Журнал инновации в
начальном образовании, 1(Архив№ 2).
10
Internet resurslari:
1. https://tdpu.uz
2. https://pedagog.uz
3. https://ziyonet.uz
4. https://edu.uz
11
Download