Mavzu: Jahon xom-ashyo bozorlarining rivojlanish xususiyatlari Reja: 1. Xom-ashyo nima? 2. Jahon xom-ashyo bozorida neftno o’rni. 3. Jahon bozori Xom-ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom-ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom-ashyo jarayonida Xom-ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom-ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi Xom-ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom-ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom-ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom-ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) i.ch. Xom-ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy Xom-ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom-ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom-ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom-ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom-ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi Xom-ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom-ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom-ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi. Neft Neftning butun jahonda isbotlangan zaxirasi 140 mlrd. tonna, yillik qazib olish 3 ,5 mlrd tonnaga teng. Lekin bu 40 yildan so’ng neft zaxiralari tugashi bilan global mu- ammolar boshlanadi, degani emas. Chunki iqtisodiy statistik aniqlangan, isbotlan- gan , hisoblangan zaxiralarga tayanadi. Lekin bu yer yuzining hamma zaxirasi emas. Hattoki ko’pgina tekshirilgan konlarda umuman aniqlanmagan yoki qisman aniqlangan neft maydonlari mavjud. Bir qancha neft maydonlari esa o’zining kashfiyotchilarini kutmoqda. Neft zaxirasi juda katta bo'lgan (neft zaxirasi 10 mlrd. tonna yoki jahon zaxirasining foizi bo’lgan) davlatlar - Iroq, Eron, Venesuela . Bu davlatlar oldindan ko’p aholiga, katta yoki kichik iqtisodiy rivojlanishga ega , Iroq va Eron esa jahon sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri. Barcha yirik mintaqalarda, Xorijiy Yevropa va Rossiya Federatsiyasi bilan birga neft zaxiralari 100 foizni tashkil qiladi. Hattoki Shimoliy Amerika ham , AQSH ning o ’z neft zaxiralarini «konservatsiya » qilishiga qaramay, o’z zaxiralarini Meksikada olib borilgan tekshiruvlarga ko’ra orttirib olishdi. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi. Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar. Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki oʻziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 2000-yil jahondagi bevosita xorij investitsiyalari 865 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi. Ular amalga oshirgan oldi-sotdi operatsiyalari 1999-yilda 14 trillion dollarni tashkil etdi. Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Jahon bozori sigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng. Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70 % dan koʻprogʻi) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar. Jahon bozorida ishtirok etadigan jami mamlakatlarning eksporti 6,48 trillion dollarni, importi 6,41 trillion dollarni tashkil qildi (1996; 1980-yilda tegishlicha 2,44 va 2,42 trillion dollar). Oʻzbekiston Jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va b. eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi. Xulosa Sanoat va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar mustaqillikning moddiytexnika bazasini yaratishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan qo`yilgan amaliy vazifalarni to`la bajarish sanoatni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Sanoatning rivojlanishidagi asosiy shartlaridan biri sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta`minlash, undan to`la va to`g`ri foydalanishdir. Xom ashyo har qanday texnologik jarayonlarning asosiy elementi hisoblanib, u ishlab chiqarish texnologiyasinigina belgilamasdan, balki uning iqtisodiy samaradorligini hamda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning sifatini ham belgilaydi. Xom ashyo keng miqyosda iste`mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar (birikmalar) dan iborat bo`lib, u quyidagi talablarga javob berishi kerak: Miqdori jihatdan yetarli bo`lishi; Qazib olish arzon va oson bo`lishi; Texnologik jarayonlar oson borishi kerak. Ma`lumki, sanoatda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 70-80% ini jarayonda ishlatiladi. Mineral xom ashyolar. Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar xom ashyolar deyiladi. Bunday minerallar Yer yuzida 2500 ga yetadi va bular Yer sharining turli qismlarida turli miqdorda bo`ladi. Rus olimlari V.I.Vernadskiy, N.S.Kurnakov, A.E.Fersman va I.M.Gubkinlar yer osti mineral boyliklarini qidirib topish, qazib olish va qayta ishlash asoslarini yoritib beradi. MDH o`zidagi ko`mir, torf, fosforli va kaliyli tuzlar, osh tuzi, natriy sulfat va shu kabi boyliklarning zapasi jihatidan dunyoda birinchi o`rinlarda turadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://aim.uz/referaty/57-khimiya/77518-kimyoviy-texnologiyada-xomashyo-va-uni-boyitish-usullari.html 2. Bender H. U. Fundamente. Geographischcs Grundbuch Sekundarslulc. II. Stuiluart. Klettw Pertes, 1994. 3. file:///C:/Users/User/Videos/Jahon-ijtimoiy-iqtisodiy-geografiyasi fur die