XALQARO NORDIK UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA'LIM 5-MMT 22 GURUH TALABASI ABULQOSIMOVA MUNAVVARXONNING BOLALARNI IJODIY FAOLIYATGA O'RGATISH FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. QO'G'IRCHOQ TEATRI TURLARI. REJA: ❑1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida teatr turlari ❑2. Soya teatri ❑3. Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari ❑ 4. Stol teatri ❑5. Barmoq teatri 1. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TEATR TURLARI ▪ Ma'lumki‚ mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so`zidan olingan bo`lib tomoshaxona degan ma'noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo`g‘irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o`zlariga yaqin va tanish bo`lgan o`yinchoqlarni, ayiqcha, quoncha, kuchukcha va boshqa qaxramonlarni jonli ravishda ko`radilar. ▪ Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta spektakllarni qo`yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o`zlarining o`yinchoqlari yordamida qo`yishlari mumkin. Bu kichik ko`rinishlarining har biri ham bolalarda katta taasurot uyg‘otadi va bayram ertaklariga ko`tarinki ruh bahsh etadi Har qanday badiiy asarni qo`g‘irchoq teatri orqali ko`rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo`ladi qo`g‘irchoq qo`lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi. QO`G‘IRCHOQ TETRI UCHUN ENG KERAKLI BO`LGAN SHIRMALAR ▪ Qo`g‘irchoq tetri uchun eng kerakli bo`lgan shirmani tayyorlab olish kerak. Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, charm orqali birlashtirib unga parda tiqiladi va o`rnatiladi. Qo`g‘irchoqlarni pape - mashe usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo`lgach, tekstni yozib, sahnalashtirishga tayyorlanadi. Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo`ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko`ngil ochish soatlarida quyidagi teatr turlaridan foydaniladilar 1.SOYA TEATRI; 2.STOL TEATRI; 3.BARMOQ TEATRI; 4.PAXMOQ TEATRI; 5.QO`G‘IRCHOQ QO`LQOP TEATRI. ▪ Soya teatri – qo`g‘irchoq teatrining o`ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo`g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o`yinchoqlar o`ynaydi. Tomosha qiluvchilar saxna ro`parasida o`tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanaotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko`rishi mumkin QO`LQOP QO`G‘IRCHOQLAR ▪ Qo`lqop qo`g‘irchoqlar (barmoqsiz qo`lqop). Eski qo`lqopcha, qo`lqop qo`g‘irchoqlarni yasash uchun asho bo`la oladi. Bunday o`yinchoqlarni ham bolalarning o`zlari yasashlari mumkin. Qo`lqop qo`g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo`lib xizmat qiladi. Qo`lqopni to`liq xayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o`taydi. Qo`lqop qo`g‘irchoq tanasi bo`lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo`lqop topilmasa‚ unda to`qilgan eski buyum yoki matodan foydalanamiz. Bunda bichishda barmoq o`rnini bichish shart emas, turli detallar unga tikib qo`yiladi. ▪ Qo`lqop qo`g‘irchoqlar (barmoqli qo`lqop). Qahramonlarni eski qo`lqoplardan tayyorlasa bo`ladi. Agar eski qo`lqop topilmasa, uni tiqish mumkin. Bolalarga tavsiya etiladigan qo`lqopning andozasi (besh barmoqlimas, to`rt barmoqli) bo`lishi mumkin. Detallarni bolalar bichib, halqa choki bilan tikadilar. Bosh qismini chizib yoki tikib, belgilangan joyga birlashtirib qo`yish mumkin. ▪ Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari. Ma'lumki‚ bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida turli o`yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda stol ustida o`ynaladigan o`yinchoqlar qo`g‘irchoqlar teatridan keng foydaniladi. Pahmoq teatrining o`ziga hos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ asosan‚ ertak qahramonlarining aynan o`zini ko`radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi Karton teatrning jihozlari. ▪ Karton teatrda kartondan yasalgan yassi va hajmli qoʻgʻirchoq figuralar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular engil harakat qiladilar, burila oladilar. Saxna uch boʻlak karton yoki fanerdan yasaladi. Saxnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekorasiyalar osiladi. ▪ Dekorasiyalarni ularning oʻzlaridan kattaroq kartonga yopishtirish kerak, chunki ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham oʻzidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni koʻtarish va tushirishga spektakllar qulaydir. uchun Koʻpgina harakatlanuvchi dekorasiyalar kerak boʻladi. Bunday dekorasiya shakllarning qilayotganligini qoʻllaniladi. tez harakat bildirish uchun FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Asosiy adabiyotlar ▪ 1 D.Q.Asqarova Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish. (metodik qo’llanma) Namangan- ▪ 2.Z.S.Teshabayeva . Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish (o’quv qo’llanma) T 2021 y, ▪ 3 O.A.Maxmudova. Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi moduli bo’yicha o’quv uslubiy majmua Qo’shimcha adabiyotlar. ▪ 4.X.A.Meliyev, O.Jamoliddinova, “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati” T.: Zarvaraq ▪ 5 Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonun. Toshkent 2019 yil 16 dekabr ORQ-595 ▪ 6 Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida .ORVM qarori , 22.12.2020 ▪ 7.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. T.: 2018 ▪ 8.”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. T.: 2018 ▪E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!