Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “MA'LUMOTLAR UZATISH TARMOQLARI VA TIZIMLARI” KAFEDRASI KOMPYUTER TARMOQLARI fanidan Labaratoriya ishi 5-9 Guruh:415-21(NWK014-3) Bajardi:Usmonov A. Tekshirdi: Temirova D. Laboratoriya ishi 5, 6,7 CISCO PACKET TRACER DASTURIDA WAN TARMOQLARINI LOYIHALASH. STATIK VA DINAMIK MARSHRUTLASH Nazariy qism: Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo’llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko’pincha birgalikda ishlatiladi. Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi: kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun; berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lmaydi); bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to’g’ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo’lni ko’rsatish uchun). Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to’g’risidagi xabarlarni jo’natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi. Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari: statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi; statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko’p vaqt talab qiladi; kanalda uzulish bo’lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi. Cisco Systems kompaniyasining EIGRP protokoli IGRP protokolining dastlabki versiyasining takomillashtirilgan ko’rinishi hisoblaniladi. Protokol gibrid hisoblanadi va Diffusing-Update Algorithm (DUAL) algoritmiga asoslangan. U oraliq-vektorli va aloqa kanali holati bo’yicha protokollarning eng yaxshi jihatlarini o’zida nomayon qiladi. EIGRP ning oxirgi versiyasi marshrutizatsiya jadvali elementlarini buzg’unchilar yozib olishga imkon bermaydigan va MD5 kaliti asosida autentifikatsiyalaydigan himoyalash vositasiga ega. Bundan tashqari, bugungi kunda EIGRP uchun IPv6 qo’llab quvvatlaydigan vositalar ishlab chiqilmoqda. EIGRP ning asosiy kamchiligi yopiq hisoblanishi va faqat Cisco Systems qurilmalarida ishlashidir. EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi. Salomlashish (hello) paketi. Qo’shni marshrutizatorlarni aniqlash va qo’shni marshrutizatorlar bilan bo’g’lanish munosabatlarini qo’llab quvvatlash uchun ishlatiladi. Yangilash paketlari. Mashrut to’g’risidagi maʼlumotlar qo’shni EIGRP qurilmalariga yuboriladi. Tasdiqlash paketlari. Ishonchli yetkazib berish yordamida yuborilgan EIGRP xabari olinganligini tasdiqlashda ishlatiladi. So’rov paketlari. Qo’shni qurilmalardan marshrutlarni so’rashda ishlatiladi. Javob paketlari. EIGRP so’roviga javob yuboriladi. OSPF (Open Shortest Path First) 3 versiyasi (OSPFv3) IPv6 uchun ishlab chiqarilgan. OSPF protokolining xususiyatlari: sinfsizlik – protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi; samaradorlik – marshrutda o’zgarish bo’lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo’lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo’lni tanlash uchun SPF qisqa yo’lni izlash algoritmini ishlatadi; marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o’zgarganligini tez translyasiya qilish; masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo’ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo’llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin; xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo’llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo’lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi. Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko’rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng. OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko’rsatadi: qo’shni qurilmalar to’g’risida ma’lumotlar bazasi – qo’shni qurilmalarning jadvalini yaratadi; kanal xolati to’g’risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) – topologiya to’g’risida jadval yaratadi; jo’natmalar ma’lumotlar bazasi – marshrutizatsiya jadvalini yaratadi. Amaliy qism: 24 -variant 5-VAZIFA 6-VAZIFA. 7-ISH Xulosa: Ushbu labaratoriya mashg`ulotida qurilmalar o’rtasida statik va dinamik marshrutlashni o’rgandim. Statik marshrutlashda paketlar ya’ni xabarlar qaysi yo’ldan yurishini uzimiz belgilaymiz. Dinamik marshrutlashda esa biz qurilmalarga yozgan protokol (OSPF, EIGRP, BGP va hk.)imizning uzi qaysi yuldan paket yuborishni hal qiladi. Men OSPF protokolini amalda qo’lladim. Dinamik marshrutlash statikdan ancha qulay, sababi statik marshrutlash kup vaqt talab qiladi. Laboratoriya ishi № 8,9. CISCO PACKET TRACER DASTURIDA TELNET VA SSH PROTOKOLLARINING QO’LLANILISHINI O’RGANISH. Nazariy qism: Ilgari Telnet protokoli asosan tarmoq qurilmalarini uzoqdan sozlash uchun ishlatilgan. Shu bilan birga, u mijoz va server o’rtasida uzatiladigan ma’lumotni shifrlashni ta’minlamaydi, bu tarmoq paketi analizatorlariga parollar va konfiguratsiya ma’lumotlarini ushlab olishga imkon beradi.Secure Shell (SSH) bu yo’riqnoma yoki boshqa tarmoq qurilmasiga xavfsiz terminal emulyatsion ulanishni o’rnatadigan tarmoq protokoli. SSH tarmoq kanali orqali keladigan barcha ma’lumotlarni shifrlaydi va masofadan turib kompyuterning haqiqiyligini tekshirishni ta’minlaydi. SSH protokoli tobora Telnet o’rnini egallamoqda – uni tarmoq mutaxassislari masofadan kirish vositasi sifatida tanlashmoqda. SSH ko’pincha masofaviy qurilmaga kirish va buyruqlarni bajarish uchun ishlatiladi, ammo u shuningdek fayllarni tegishli SFTP yoki SCP protokollari orqali uzatishi mumkin.SSH ishlashi uchun o’z-aro bog’langan aloqa tarmoq qurilmalarida SSH qo’llab-quvvatlashi sozlanishi kerak. Ushbu laboratoriyada siz marshrutizatorda SSH serverini yoqishingiz kerak va keyin SSH mijozi o’rnatilgan kompyuter yordamida ushbu marshrutizatorпa ulanishingiz kerak. Lokal tarmoqlarda ulanish odatda Ethernet va IP-dan foydalanib o’rnatiladi. Amaliy qism: Telnet Switch va kompyuterga ip adres hamda parol qo’yildi(parollarni shifrladim , service passwordencription comandasi orqali) berildi. SSH Switch va kompyuterga ip adres hamda parol qo’yildi(parollarni shifrladim , service passwordencription comandasi orqali) berildi. Xulosa: Telnet va ssh protokollari masofadan qurilmalarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ushbu labaratoriya mashg`ulotini bajarish mobaynida shaxsan uzim ham masofadan boshqarishni sinab kurdim, va bu “aperatsiyamiz” uxshadi. Chunki telnet va ssh kutarilgan edi va kompyuterlardan bemalol switchga kirib unga istalgan comandalarni yozish mumkin. Lekin men faqatgina uning hostnamemini uzgartirib ko’rdim(Albatta masofadan kirish uchun passwordlarni bilish lozim aks holda bunday natijaga erishib bulmaydi). http://kompy.info