Uploaded by Шерали Абдураимов

Ishchi dastur

advertisement
Fan/modul kodi
QiyPedM3006
O„quv yili
2022-2023
Semestr
5-6
1.
Ta‟lim tili
O„zbek/rus
Fan/modul turi
Majburiy fan
2.
Qiyosiy
pedagogika
Hamma
si
5-semestr
6-semestr
Jami
102
78
180
Jami
auditoriy
a
58
32
90
ECTS Kreditlar
6
Haftadagi dars
soatlari
4
Ma‟ruza
Amaliy
Seminar
Mustaqil
ish
26
14
40
32
18
50
-
44
46
90
I. Fanning mazmuni.
Fanning maqsadi: talabalarni jahon va respublikamizda pedagogika fanining
rivojlanishini qiyosiy tahlil qilishga o„rgatish; jahon pedagogikasining
rivojlanish tendensiyalarini to„la anglay olish qobiliyatini shakllantirishdan
iborat.
Fanning vazifasi: talabalarni jahon va respublikamizda pedagogika fanining
rivojlanishini qiyosiy tahlil qilishga o„rgatish; jahon pedagogikasining
rivojlanish tendensiyalarini to„la anglay olish qobiliyatini shakllantirishdan
iborat.
5-semestr
II. Asosiy nazariy qism (ma‟ruza mashg„ulotlari)
1-mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida. (2 soat)
Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o„rni. Kursning
predmeti, ob‟ekti, maqsadi va vazifalari.
2-mavzu: Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan
farqi. (2 soat)
Mazkur fanni o„rganishning dolzarbligi.Qiyosiy pedagogikaning pedagogika
fanlaridan farqi.
3-mavzu: Qiyosiy pedagogikaning nazariy –metodologik asoslari. (2 soat)
Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar. Melioristik yondashuv,
tarixiy-falsafiy yondashuv, fanlararo yondashuv, ma‟lumotli yondashuv,
etnomadaniy yondashuv.
4-mavzu:
Qiyosiy
pedagogik
tadqiqotlarning
dolzarb
yo„nalishlari. (2 soat)
Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari: tavsiflash metodi, statistik
metod, tarixiy metod, sotsiologik va analitik metod.
5-mavzu: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari. (2 soat)
Fan taraqqiyotining birinchi davri. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining
ikkinchi va uchinchi davri, ularning o„ziga xos xususiyatlari.
6-mavzu: O‟zlashtirish, bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri. (2 soat)
Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari. O„zlashtirish, bashorat,
ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri
7-mavzu: Pedagogik tizimlarni taqqoslash texnologiyasi va tadqiqot
qilish bosqichlari. (2 soat)
Qiyosiy pedagogik tizim: pedagogikaning
xalqaro, regional, milliy
tajribalarini qiyoslashga yo„naltirilishi.
8-mavzu: Zamon va makon omillariga ko‟ra pedagogik tizimlarni
taqqoslash. (2 soat)
Qiyosiy pedagogik tizimni pog„onaviy xarakterda o„rganish. Pedagogik
tizimlarni taqqoslash.
9-mavzu: Qiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tipologiyasi va OO„YUlarida
ta‟lim variativligi. (2 soat)
B.Xolmcning ma‟lumotlar taksonomiyasi. Qiyosiy –tadqiqot metodlari.
10-mavzu:Qiyosiy tadqiqotlarning bosqichlari. (2 soat)
Induktiv metod, gipotetik- deduktiv metod. Qiyosiy tadqiqot bosqichalari.
11-mavzu:Qiyoslash metodining tuzilishi. (2 soat)
Deskripsiya, interpretatsiya, qiyoslash. Davlatlararo, OO„YUlariaro ta‟lim
tizimini qiyoslash bosqichlari.
12-mavzu: Oliy ta‟lim tizimining tipologik-tasnifiy mezonlari va ta‟lim
muassasalari nufuzi. (2 soat)
Oliy ta‟lim tizimining tarixiy rivojlanishiga ko„ra, ixtisoslik kesimiga ko„ra,
tanlov tamoyillariga ko„ra, ta‟lim oluvchilar tarkibiga ko„ra, ta‟lim shaklining
ustunligiga ko„ra tipologik mezonlari.
13-mavzu: Ta‟limning an‟anaviy va noan‟anaviy shakllari. (2 soat)
Ta‟lim olish shakllari. Ta‟limning an‟anaviy shakllari.Ta‟limning
noan‟anaviy shakllari.
III. Amaliy mashg„ulotlar bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg'ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan
auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o„qituvchi tomonidan
o„tkazilishi zarur.Mashg„ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o„tilishi,
mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo„llanilishi
maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv
usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga
kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi, auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va
o`cherish vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati
aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar
tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulotda ko`proq talabalar guruhini bir nechta kichik
guruhlarga ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat
metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar talabalarni
mavzu yuzasidan ko`proq mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga
undaydi. Darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga
o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir
talabaning faoliyatini togri va xolisona baholashga erdishishi zarur.
Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning familiyalarini aytib
rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki uyatchan
talabalarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar
bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib
boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek
amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda
nimalarga alohida e`tabor qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari
kam yoki ko`proq yoritilgani va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda
maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim.
Amaliy mashg„ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan
auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o„tiladi. Mashg„ulotlar faol va
interfaol usullar yordamida o„tiladi, «Keys-stadi» texnologiyasi ishlatiladi,
Keyslar mazmuni o„qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko„rgazmali materiallar
va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
Amaliy mashg`uloti mavzulari va rejasi
V-Semestr mavzulari
1-mavzu. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining davriy xususiyatlari;
mazmuni, maqsadi, vazifalari.(4-soat)
Reja:
1.Fan taraqqiyotining birinch davri.
2.Qiyosiy pedagogika fani taraqqivotining ikkinchi va uchinchi davri,
ularning o„ziga xos xususiyatlari.
3. 0„zlashtirish, bashorat, ilmiyqiyosiy tadqiqotlar davri. Qiyosiy
pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
2-mavzu. YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning ta‟lim
sohasini rivojlantirishdagi faoliyati.(4-soat)
Reja:
1. BMT, YUNESKO, YUNISEF tashkilotlari
2. YUNESKOning “Buyuk ipak yo‟li”ni o‟rganish dasturi
3. Jahon tarixiy yodgorliklariga O‟zbekistondagi obidalar
3-mavzu. Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o„ziga
xos xususiyatlari. O„zbekiston- Yaponiya ta‟lim tizimini qiyosiy
tahlil qilish. (4-soat)
Reja:
1. Yaponiya ta‟lim tizimi va uning tarkibi.
2. Boshlang„ich, o„rta ta‟lim jarayonini tashkil qilish mazmuni.
3. O„rta maxsus va hunar-texnika ta‟limi.
4-mavzu. Xitoy, Koreya mamlakatlarida ta‟lim-tarbiya masalalarining
qiyosiy tahlili. (4-soat)
Reja:
1 . Koreya ta`limining xususiyatlari
2. Oliy ta`lim va uning darajalari
3. Xitoyda boshlang‟ish va o‟rta ta`lim.
4. Kasbiy ta`lim.Oliy ta`lim va undan keyingi o‟qish.
5-mavzu. Yevropa mamlakatlarida ta‟lim-tarbiya masalalarining olib
borilishi va qiyosiy tahlil. Polsha, Buyuk Britaniya ta‟lim tizimi. (4-soat)
Reja:
1. Polshada ta‟lim-tarbiya jarayonlarining o„ziga xos xususiyatlari.
2. Buyuk Britaniyada ta‟lim siyosatining olib borilishi.
6-mavzu. Italiya va Ispaniyada ta'lim-tarbiya masalalarining olib
borilishi va qiyosiy tahlil. (4-soat)
Reja:
1. Italiya ta‟lim tizimi va uning tarkibi.
2. Ispaniyada ta'lim-tarbiya masalalari
7-mavzu. Avstriya, Avstraliya va Shveytsariya davlatlaridagi ta'lim
tizimiga qiyosiy tahlil. (4-soat)
Reja:
1. Shveytsariyada boshlang‟ish va o‟rta ta`lim.
2. Kasbiy ta`lim.
3. Oliy ta`lim va undan keyingi o‟qish.
8-mavzu. AQSHda ta'lim tizimining qiyosiy tahlili. (4-soat)
Reja:
1. AQSH ta‟lim tizimi va uning tarkibi.
2. Niderlandiya ta‟limining ayrim masalalari.
VI-semestr mavzulari:
1-mavzu: Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va
ularning faoliyati. (2 soat)
YUNESKO tashkilotining taxlil sohasidagi faoliyati. YUNISEF MOT(XMT)
xalqaro tashkilotining vazifalari va ta‟lim-tarbiya jarayonlari yuksalishidagi
o„rni. MOT(XMT) xalqaro tashkilotining kasbiy ta‟limni rivojlantirishga doir
faoliyati.
2-mavzu: Osiyo mamlakatlarida ta‟lim-tarbiya jarayonining o„ziga xos
xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili. (2 soat)
O„zbekiston va Osiyo davlatlarida maktabgacha, boshlang„ich, o„rta, kasbiy,
oliy va oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim.
3-mavzu: Osiyo davlatlari ta‟lim tizimining o„ziga xos va farqli
jihatlari. (2 soat)
Osiyo davlatlari ta‟lim tizimi. Osiyo davlatlari ta‟lim tizimining o„ziga xos va
farqli jihatlari
4-mavzu: AQSH va
Evropa mamlakatlarida
ta‟lim-tarbiya
masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil. (2 soat)
O„zbekiston va AQSH ta‟lim tizimining qiyosiy tahlili. Evropa davlatlarida
ta‟lim-tarbiya jarayonlarining o„ziga xos xususiyatlari.
5-mavzu: Pedagogika fani taraqqiyotidagi o„ziga xosliklar. (2 soat)
Umumiylik va tafovut. Pedagogika fani taraqqiyotidagi o„ziga xosliklar.
6-mavzu: Jahon mamlakatlari ta‟limi taraqqiyotining ayrim
masalalari. (2 soat)
Jahon mamlakatlarida ta‟limni integratsiyalashtirish va kasbga yo„naltirish
masalalari.
7-mavzu: Ta‟limni differensiyalashtirish muammolari. (2 soat)
Ta‟limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar faoliyati.
Integratsion va masofaviy ta‟lim.
Amaliy mashg‟ulot mavzulari
VI-semestr mavzulari
1-mavzu. Hindiston, Malayziya va Indoneziyada ta'lim
taraqqiyoti. (2 soat)
Reja:
1. Hindiston, ta'lim taraqqiyoti
2. Malayziya ta'lim taraqqiyoti
3. Indoneziyada ta'lim taraqqiyoti
2-mavzu. Afrika davlatlarida ta'lim muammolari. (2 soat)
Reja:
1.Jazoir ta'lim tizimi.
2. Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi.
3. Zambiya ta'lim tizimi.
3-mavzu. Turkiya ta'lim tizimining o„ziga xos xususiyatlari. (2 soat)
Reja:
1. Turkiya talim tizimining mamlakat Konstitutsiyasida ifodalanishi.
2. Turkiya ta‟lim tizimi va uning turlari.
3. Turkiya litseylari va ularda ta‟lim dasturlarining bajarilishi.
4-mavzu. MDH davlatlarining ta‟lim tizimi va o„ziga xos
xususiyatlari(4-soat)
Reja:
1. MDH davlatlarining ta‟lim tizimi
2.o„ziga xos xususiyatlari
5-mavzu. Rossiyada qiyosiy pedagogika fani taraqqiyoti va pedagogik
jarayonlar. (4-soat)
Reja:
1. Rossiyada umumiy o‟rta ta`lim tizimi
2. Kasbiy ta`lim
3. Oliy ta`limdan keyingi o‟qish.
6- mavzu. Jahon ta‟lim tizimida masofaviy ta‟limning rivojlanishi.
Jahon mamlakatlarida ta‟limni integratsiyalash va differensiyalashtirish
hamda kasbga yo„naltirish masalalari. (4-soat)
Reja:
1. Ta‟limni isloh qilishda o„quv dasturlarining ahamiyati.
2.
Jahon mamlakatlarida ta‟limni integratsiyalashtirish
va
kasbga
yo„naltirish masalalari.
3.
Ta‟limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar
faoliyati.
IV. Mustaqil ta‟lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta‟lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Mustaqil o„zlashtiriladigan mavzular bo„yicha talabalar tomonidan
ishlanmalar tayyorlash va uni taqdimot qilish uchun tavsiya etiladi. Jahon
mamlakatlari ta‟lim tizimining integratsiyalashuvi.
1. Zamonaviy qiyosiy pedagogik masalalar taraqqiyoti.
2. Jahon mamlakatlarida qiyosiy pedagogika jamiyatlarining faoliyati va
vazifalari.
3. Qiyosiy pedagogika fanining tadqiqot metodlari.
4. Jahon mamlakatlarida qiyosiy pedagogik izlanishlarning ilmiy-nazariy
manbalari.
5. Fransiya ta‟lim tizimining «Dual bosqichi» xususiyatlari.
6. Hindiston ta‟lim tizimi va qiyosiy tahlil.
7. Germaniyada bolalarning huquqiy vakolatlari.
8. Afrika mamlakatlarida ta‟lim-tarbiya jarayonlari.
9. Italiya ta‟lim tizimi.
10. Malayziya ta‟lim tizimi.
11. Singapur ta‟lim tizimi.
12. Kanadada ta‟lim tarbiya jarayonlari.
13. SHvetsiyada umumta‟lim tizimining o„ziga xos xususiyatlari.
14. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonlarning etnik
xususiyatlari.
15. Qiyosiy pedagogikaning xalqaro vazifalari.
16. Jahon mamlakatlarida ta‟limni integratsiyalash va differensiyalashtirish
muammolari.
17. MDH davlatlarining ta'lim tizimi va o„ziga xos xususiyatlari.xos
xususiyatlari
18. Jahonda masofaviy ta‟limning rivojlanishi. Globalizatsiya va qiyosiy
pedagogika.
IV.2. Mustaqil ta‟limni o`zlashtirish tartibi.
Mustaqil ta‟limdan ko„zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda
mustaqil bilim olish ko„nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta‟lim amaliy mashg„ulotlariga tayyorgarlik ko„rishdan tashqari
fan dasturida ko„rsatilmagan, ammo fan bo„yicha talabaning bilim doirasini
kengaytiruvchi qo„shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni
bajarishni o„z ichiga oladi.
V. Fan o„qitilishining natijalari(shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o„zlashtirish natijasida talaba :
 bo„lajak o„qituvchilarni qiyosiy pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari
bilan tanishtirish orqali fan bo„yicha nazariy bilimlarga ega bo„lishi; qiyosiy
pedagogika asoslarini o„rganishi; fanning maqsad va vazifalarini o„zlashtira
olishi; «qiyosiy pedagogika»ning asosiy manbalarini bilishi kerak;
- bo„lajak o„qituvchilarda yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni
modernizatsiyalash uchun zaruriy kasbiy mahoratni shakllanganlik;
 jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta‟lim-tarbiya jarayonlarini
samarali amalga oshirish yo„llari, uning rivojlanish tendensiyalari,
3. muammolari, istiqboli to„g„risida ma‟lumotlarni ko„nikmalariga ega bo„lishi
kerak;
- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o„zini tarbiyalash va o„zining
mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borish;
- pedagogik-psixologik adabiyotlar bilan ishlash, ta‟limning axborot
texnologiyalaridan foydalana olish, erkin fikrlovchi barkamol shaxsni
shakllantirishni amalga oshirish;
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to„g„ri tashkil etishga tayyorgarlikni
shakllantirish;
- fan bo„yicha mustaqil izlanish, mustaqil bilim olish, o„zini tarbiyalash va
o„zining mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borish malakalariga ega
bo„lishi kerak.
VI. Ta‟lim texnologiyalari va metodlari :
4.
Grafik organayzerlar
Grafik organayzerlar ma‟ruza, amaliy va mustaqil ta‟lim
mashg„ulotlarida
talabalar
o„quv
materiallarini
samarali
o„zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba‟zilari
keltirilgan.
1) BBB jadvali. Barcha ma‟ruza darslarida qo„llaniladi. BBB usuli
(“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o„zini
kuzatishi, o„qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida
mavzu bo„yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini
(B2) daftariga yozib qo„yadi. Dars so„ngida nimalarni bilib olganligini (B3)
qayd qilib qo„yadi.
2) Insert usuli. Bu usul matnni o„zlashtirishda qo„llaniladi. Talaba sahifa
hoshiyasiga o„z belgilarini qo„yib ularga munosabat bildiradi. Masalan:
“v” – zarur; “–“- xato; “+” - yangi; “!” – e‟tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” ko„chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.
3) SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash,
baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish ko„nikmalarini rivojlantiradi.
SWOT atamasi inglizcha so„zlarning qisqartmasi hisoblanadi:
Strengths
– ob‟ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities –
tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan
S, W, O, T harflarini yozib yoniga ob‟ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.
4) “Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash
ko„nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu,
yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar
yoziladi.
5) Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish
maqsadida g„oyalarni jamlash va saralash uchun qo„llaniladi. Har bir talaba
o„zining shaxsiy g„oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat
paydo qilish; yechimni topish uchun g„oya, fikr berish; yechimlar
taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish.
6) Esse. Bu mavzu bo„yicha cheklangan hajmda yoziladigan insho
hisoblanadi. Esseda talaba o„quv materiali bo„yicha o„zining shaxsiy
fikrini erkin ifoda etadi.
Interfaol o„qitish usullari (Activity)
Amaliy mashg„ulotlarda interfaol o„qitish usullari qo„llaniladi. Bu
usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy
fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko„nikmalarini
shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba‟zi usullar bayon
etilgan.
1) «Tushunchalar tahlili» usuli. Talabalar tushunchalarni dastlab yakka
tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O„qituvchi jamoaning fikrini
yo„naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Talabalar
o„z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi.
2) «Zinama-zina» usuli. Talabalar mavzu bo„yicha yakka tarzda fikrini
grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar
taqdimoti o„tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog„onalar
tarzida ilib boriladi.
3) “Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o„z tarqatma materiallaridagi
vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo„ylab bir- biriga uzatishadi, har bir
guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o„zlariga qaytib
keladi. Guruhlar o„z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda
taqdimot qilishadi.
4) «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o„z kichik guruhida,
keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so„ng yana o„z guruhiga
qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o„tkaziladi.
5) «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o„rganilib, tahlil
qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko„rsatilmaydi,
boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi
xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi.
6) «Muammo» usuli. Dastlab muammoli videolavha ko„rsatiladi. Kichik
guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin
ularning echimlarni o„zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida
muammo bo„yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi.
7) «Labirint» usuli. O„qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa
bo„lib undan chiqish yo„li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa
muammoli vaziyatlar o„rganiladi va taqdimot o„tkaziladi.
8) FSMU usuli. Talabadan o„z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab
qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko„rsatish; M – sababni
asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish.
9) «Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o„rganiladi va
turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin
kichik guruhlar o„rtasida muloqot bo„lib o„tadi. O„qituvchi kichik
guruhlarning fikrlarini maqsadli yo„naltirib boradi va oxirida o„z
munosabatini bildiradi.
5.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‟la o‟zlashtirish, tahlil
natijalarini to`g`ri aks ettira olish, o‟rganilayotgan jarayonlar haqida
mustaqil mushohada yuritish, joriy nazorat, oraliq nazorat shakllarida
berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‟yicha yozma
ishni topshirish.
Joriy nazorat. Joriy nazorat semestr davomida seminar mashg‟ulotlariga
ajratilgan soatlar (juftlik) dan kelib chiqib umumiy 30 ball bilan baholanadi.
Jami seminar mashg‟ulotlari bo‟yicha o‟zlashtirish natijalari 100 ballik
tizimda 30 ball bilan baholanadi.
Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida ma‟ruza
mashg‟ulotlari o‟quv soatidan kelib chiqqan holda 1 marta o‟tkaziladi.
Oraliq nazorat 100 ballik tizimda 20 ball bilan baholanadi. Oraliq nazorat
ishi tarkibida mustaqil ta‟lim topshirig‟i kiradi.
Oraliq va joriy nazorat uchun ajratilgan ballning 60% ini to‟plagan
talabalarga yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.
Yakuniy nazorat. Yakuniy nazorat yozma shaklida o‟tkaziladi.
Talabaning yakuniy nazoratdagi o‟zlashtirishi 100 ballik tizimda 50 ball
bilan baholanadi va yakuniy nazorat uchun ajratilgan ballning 60% ini
to‟plagan talabalar fanni o‟zlashtirgan hisoblanadi.
Asosiy adabiyotlar
1. Mutalipova M.J. “Qiyosiy pedagogika”- T.: Alisher Navoiy nomidagi
O‟zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2016-yil.
2.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. -T.: Iqtisod-moliya, 2011. –
420 b.
3. Vulfson B.F. Sravnitelnaya pedagogika. Uchebnoe posobie
- M.:
“Prosveщenie”.
Qo„shimcha adabiyotlar
3. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika
iqtisodiyotiga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ4300 – son qarori. lex.uz
4. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo„lishi kerak.
6.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va
2017 yil istiqbollariga bag„ishlangan majlisidagi O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti nutqi. // Xalq so„zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
5 Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. “O„zbekiston”, 2017.
6. O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha harakatlar
strategiyasi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O„zbekiston
Respublikasi qonun xujjatlari to„plami, 2017yil, 6-son,70-modda.
7. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta‟minlash
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O„zbekiston”, 2017.
* Izoh: qo„shimcha adabiyotlar boshqa axborot-resurs markazlarida mavjud.
Axborot manbalari:
1.
http://www. conflictologiy. narod.ru
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
http://www.ziyonet.uz
http://www.ca-c.org/journal
http://www.airwar.ru
http://www.vor.ru/Kosovo
http://www.evronews.ru
http://www.geo2003/Giorgiya
http://www.tdpu.uz
Download