OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BYUDJET HISOBI VA G‘AZNACHILIK” FAKULTETI “MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” YO’NALISHI “MOLIYA” fanidan KURS ISHI MAVZU: DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARINING TURLARI , TASHKILIY- HUQUQIY ASOSLARI , DAROMADLARI VA XARAJATLARI FAOLIYATINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI Bajardi : MMT 93-2G. Rajabova Nuriniso Qabul qildi : G.T.Kasimova Toshkent – 2024 yil Mavzu: Davlat maqsadli jamg'armalarining turlari , tashkiliy- huquqiy asoslari , daromadlari va xarajatlari faoliyatini samarali boshqarish masalalari Reja: Kirish : 1. Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari. 2. Davlat byudjeti haqida tushuncha va uning nazariy jihatlari. 3. Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili. 4. Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar . KIRISH Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardosh iqtisodiyotni qaror topdirish davrida moliya – budjet sohasida kechayotgan islohatlar o’zining yangi sifat bosqichiga ko’tarildi. Davlat moliyasi davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarining bajarilishida, davlat budjeti mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora - tadbirlar moliyalashtirish asosan, budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganidir. Vaholanki, davlat budjeti mablag’lari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda, yangilanishda bo’lib, yangi g’oyalar, qarashlar va yondashuvlarning paydo bo’lishi uni yanada boyitmoqda budjet mablag’laridan samarali foydalanish nafaqat bizning davlatimizda balki butun dunyoda bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, shu bilan birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Shu sababli ushbu kurs ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadi va xarajatlarini sarfini boshqarishdagi muommolarni hal qilishning samarali yo’nalishlarini aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: Davlat budjeti haqida umumiy tushuncha hosil qilish va uning iqtisodiy mohiyatini o’rganish, budjet mablag’larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasini ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rnini tadqiq etish O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ko’rib chiqish Budjet daromadlari va xarajatlaridan samarali foydalanish va boshqarish holatini tahlil etish O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosining joriy holati tahlilini amalga oshirish Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalarini tadqiq etish Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. ijtimoiy soha muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini; Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. 2 1. Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari Mamlakat iqtisodiyotini barqaror tarzda o’sishi uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining yanada mustahkamlanishida davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yeg’indisi hisoblanib, ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’gini sifatida gavdalanadi. Davalat maqsadli jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy – huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hozirgi kunda, butun dunyo bo’ylab alohida sohalarni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor ortib bormoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish, uni moddiy jihatdan ta’minlash va faoliyati natijasida yuzaga keladigan mablag’larni alohida jamg’armaga jamlash uchun maxsus fondlar hamda jamg’armalarni tashkil etishga bo’lgan talab oshmoqda. O’z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari miqdorining ortishi (ko’payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg’arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgani bois, ayrim jamg’arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgani bois, ayrim jamg’armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo’lsa, ayrimlarida yetishmovchiliklar paydo bo’lgan. O’zbekistonda Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini ham tashkil etishga zarurat tug’ilishi bu borada qilinishi zarur bo’lgan ishlar uchun yetarlicha asos bo’la oladi. Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat budjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat budjeti defitsitini niinflyatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi Mazkur kurs ishida, Davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatining rivojlanish istiqbollari umumiy 4 ta reja asosida yoritilgan bo’lib, dastlab Davlat maqsadli jamg’armalarini tashkil etishning ahamiyati, uning qonunchilik bazasi, daromadlari va xarajatlarini nazorat qilish ularni shakllanishi va sarflanishi bo’yicha ma’lumotlar tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar tahlil etilib, Davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo’yicha qilinadigan amaliy ishlar, ularning faoliyatini tahlil etilishi natijasida bir qator amaliy tusga ega bo’lgan xulosa va takliflar bayon etilgan. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjet paydo bo’lishidan ancha avval vujudga kelgan. Datlabki ko’rinishi mamlakatlarda fondlar deb yuritilgan. Ularning paydo bo’lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bo’lgan qo’shimcha mablag’lar bilan bog’liq. Eng qadimgi davlat maqsadli jamg’arma (fond)lariga qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bo’lgan hayriya fondlarini kiritish mumkin. Keyinchalik bu fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa funktsiyalarni bajara boshlagan. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida davlatlarda, iqtisodiy rivojlanishga bo’lgan harakat kengayib, davlat maqsadli pul mablag’lariga ega qo’shimcha fondlarni tashkil etishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Bu davrda iqtisodiy ko’maklashuv va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ya’ni aholining alohida ijtimoiy guruhlari manfaatlarini himoya qilish uchun davlat maqsadli fondlari paydo bo’ldi. Hozirgi kunga kelib, ushbu jamg’armalar o’z aktualligini ko’rsatib kelmoqda: Jamg’arma va fondlar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga aralashuviga imkon beradi va tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi; davlat maqsadli fondlarining maqsadli xarakteri va maqsadi ularning mablag’laridan samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni yengillashtiradi; ma’lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarning mablag’lari byudjet defitsitini qoplash uchun jalb qilinishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir. Davlat maqsadli jamg’armalarini tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo’lgan xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdan iboratdir. Davlat maqsadli fondlarining mablag’lari bilan ishlab chiqarish jarayonida katta ahamiyat kasb etib, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi, ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarini amalga oshirishda ko’maklashadi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Davlat byudjetidan tashqari jamg’armalar tashkil etish uchun quyidagi omillar ta’sir e’tadi: Iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar hisobidan yangi shakldagi qo’shimcha Davlat fondlarini tashkil etish; Davlatning byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolari ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli yo’nalishga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’iladi; Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklda qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar umudavlat moliyasining muhim bo’g’ini bo’lib, ularning faoliyati qat’iy belgilanganbo'ladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat maqsadli pul fondlarining o’rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga davlat maqsadli fondlaridan ham foydalaniladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo’nalishlarini aniqlash va mablag’larni maqsadli ishlatilishi va yo’naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish uchun asos bo’ldi. O‘zgarishlarga boy iqtisodiy sharoitlar ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlanishida ham yuzaga keladi. Budjet mablag‘laridan foydalanish hukumat organlari qonun asosida qa’tiy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari jamg‘armalar esa ijroiya organlari orqali belgilanadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni iqtisodiy sharoitiga moslashishni tezlatadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhum omil - bu budjet tangligidir. Xarajatlarning daromaddan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Mana shunday sharoitda ma’lum tarmoq va sohalarni rivojlantirishda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni roli kattadir. Iqtisodiyotni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiy jamg‘armalarning roli alohida ahamiyatga molikdir. Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari kiradi. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan ro‘yxatda: Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma; Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi; Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi; Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi; Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi; Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi; Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi; Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi; “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari g‘aznachilik ijrosi bilan to‘liq qamrab olinadi. Moliya vazirligiga bir oy muddatda davlat maqsadli jamg‘armalarining hisobot shakllarini xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq keltirish topshirildi 2. Davlat byudjeti haqida tushuncha va uning nazariy jihatlari. Har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, davlatning jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi nafaqat mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy islohotlarida balki davlatning moliya sohasining islohotlari hamda moliya tizimining bu iqtisodiy ravnaq jarayonidagi o'rniga ham bog’liqdir. Ayniqsa jahon hamjamiyatining keyingi yillardagi holatlari shuni ko'rsatmoqdaki moliya sohasi nafaqat davlat sohasi bilan balki iqtisodiy sohalar bilan ham to'g’ridan to'g’ri bog’langanligi hamda moliya tizimining barqarorlikni, iqtisodiy ravnaqni ta'minlashga zamin yaratishi mumkin bo'lib qolmoqda. Shu borada moliya sohasining eng katta bo'g’ini bo'lgan davlat moliyasi va uning elementlarini to'g’ri shakllantirilishi hamda boshqarilishida moliyaviy instrumentlardan to'g’ri va oqilona foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng davlat tomonidan ko'plab iqtisodiy islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bular orasida davlat moliyasini isloh qilish borasida olib borilgan islohotlar alohida e'tiborga molikdir. Bunday islohotlarning bosh maqsadi, birinchidan, budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini yoki unumdorligini oshirish, ya'ni davlat organlarining funksiyalarini bajarishda xarajatlarini yanada maqsadli sarflanishi, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish bo'lsa, ikkinchidan, davlat xizmatlari faoliyatini doimiy yaxshilashning ichki oqibatlarini yaratish hamda o'z o'zini rivojlantirishni ta'minlash. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat moliyasini isloh qilish strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri dasturiy maqsadga mo'ljallangan budjet tizimini yaratishdir. “Budjet” (ingl. budget – hamyon, mablag’) iqtisodiy so’z bo’lib, (1) “Muayyan vaqt (yil,chorak) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan va qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi” va (2) “Shaxsiy kirimchiqim majmui” ma’nolarini anglatadi”. Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan bo'lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan. Masalan, sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi. Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan. Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, davlatchilik rivojlanishi bilan davlat moliya tizimi va uning markaziy zvenosi bo'lgan davlat budjetining milliy iqtisoddagi roli va mohiyati oshib borgan. Agar XX-asrning boshlarida dunyoda mamlakatni yalpi ichki mahsulotini 10-12% davlat budjetini shakllantirish uchun yo'naltirilgan bo'lsa, XX-asrning oxirida ushbu ko'rsatgich 25-35% tashkil qiladi. Natijada budjet xarajatlari YAIMga nisbati keskin o'sa boshladi. Bu esa ayrim mamlakatlarda budjet taqchilligini keltirib chiqardi.Budjetni balanslashtirish uchun ushbu mamlakatlar tashqi va ichki qarzlarni jalb qila boshladilar va bu davlatning tashqi qarzlari oshishiga olib keldi. O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi “Budjet kodeksi”da davlat budjetiga quydagicha ta’rif berilgan “O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi hamda 2014-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Budjet kodeksi»ga binoan “davlat budjeti – respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi" deb belgilab qo’yilgan. Davlat budjetining huquqiy asosi Konstitutsiyaning 122 moddasida ham ta'kidlangan bo'lib, unda "O'zbekistonning davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan iborat" deb ko'rsatilgan. Bosh qomusimizning 123 moddasida esa "O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilinishiga faqat O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi haqli" deb belgilab qo'yilgan. Bunda, Oliy majlis tomonidan davlat budjetining xarajatlari qabul qilinib, soliq va yig’imlar joriy etilsa, Vazirlar Mahkamasi har moliya yili uchun tegishli qaror qabul qilib, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismini ijro uchun tasdiqlaydi. Shu bilan birga, xarajatlarning yo'nalishlarini hamda soliq va to'lovlarning foizlarini belgilaydi. Davlat budjetida rejalashtirilgan xarajatlar daromadlar bilan qoplanishi shart. Daromadlar yetmagan vaqtda, turli manbalardan mablag’ jalb etilishi lozim. Masalan, davlat tomonidan ichki (markaziy bank, tijorat banklari mablag’lari) va xorijdan mablag’ jalb etish. Biroq, qonunga asosan mahalliy budjetlar taqchillik bilan qabul qilinmaydi. Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to'plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumentidir. O'zining mohiyatiga ko'ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo'lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo'lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o'zida, davlat budjeti faqat o'ziga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o'z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o'rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo'lsada, uning bu xislati, ya'ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo'ladi. Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma'muriyhududiy budjetlarning ko'pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo'g’inlarning yuqori bo'linmalarga bo'ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o'zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta'minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o'zlarining budjet mablag’lariga ega bo'lib, bu borada ular o'zlariga tegishli bo'lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat budjetiga xos bo'lgan ana shu oxirgi ikki xarakterli belgilar mablag’lar bilan budjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. “Davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi” — president Prezident endilikda davlat budjetining har bir satri bo‘yicha aniq shaxslar javobgar bo‘lishini ma’lum qildi. U budjet intizomini kuchaytirish zarurligini, budjet mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o‘tkazishni kengaytirishni ta’kidladi. Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Jumladan, sanoat 5,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz, xizmatlar 12,1 foizga oshgan. Eksport 23,5 foizga oshib, 17,7 mlrd dollarni tashkil qildi. 226,6 trln so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga ko‘paygan. “Biroq ko‘rsatkichlarimiz yaxshi bo‘lgani bilan ayrim tarmoq va hududlardagi ishlar ahvoli meni tashvishga solmoqda. Barqaror iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirish uchun faqat ichki imkoniyatlarni ishga solishimiz zarur. O‘zimizga ishonishimiz kerak. Millatimizni o‘ylasak, bugun har birimiz, har bitta vazir, har bitta hokim o‘zgarishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiy o‘sishga zarur sharoit yaratib, daromad bazasini yanada kengaytirish hukumat va hokimlarning asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. “Endi davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi. Agar viloyat, tuman va shahar hokimi dunyoqarashini o‘zgartirib, mahalliy korxonalarning ishini rivojlantirib, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumni ko‘paytirmas ekan, iqtisodiyot barqaror bo‘lmaydi. Shuni tushunish kerak”, — deb hisoblaydi prezident. Ayrim hollarda davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to'g’ri deb e'tirof etib bo'lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat budjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish shaklidir. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalarning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo'la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni quyidagi uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin: a) iqtisodiy ma’noda; b) moddiy ma’noda; d) huquqiy ma’noda. Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat budjeti - davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida mamlakatda yaratilgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo'lib, ular natijasida iqisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo'ljallangan pul fondi - budjet tashkil topadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. Moddiy tushuncha sifatida davlat budjeti markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. O'zbekiston Respublikasining «Budjet kodeksi»dagi qonunda davlat budjetiga aynan moddiy ma'nodagi tushuncha sifatida ta'rif berilgan. Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti - markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko'zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasida davlat budjeti «Budjet kodeksi»dagi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun (O'zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning an'analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, budjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko'rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Davlat budjetining ijtimoiyiqtisodiy mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ko'pchilik iqtisodchi olimlarning fikricha, Davlat budjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi; Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi; Ijtimoiy funksiyasi; Nazorat funksiyasi. Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligini ta'minlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta'sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan: daromadlar va xarajatlar qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda nazarda tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks ettirilib, ularga avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari hamda boshqa daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet mablag‘laridan foydalanishning aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Davlat budjeti daromadlari - davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o'rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Jahon amaliyotida budjetga pul tushumlarining uch asosiy yo'nalishi mavjud: yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan soliqlar va yig’imlar ko'rinishida undiriladigan majburiy to'lovlar; foydalanish evaziga to'lovlar va badallar undiriladigan davlat mulki va umumdavlat resurslari; davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog’ozlar, lotereyalar sotishdan tushgan daromadlar, davlat banklariga qo'yilgan omonatlarning qismlari va boshqalar ko'rinishida jalb qilingan resurslar. Budjet daromadlarining hajmi soliq solishning belgilangan soliq stavkalari bilan aniqlanadigan YAIMning Daromadlarning asosiy o'sishi vazifasi va soliq budjet yukiga xarajatlarini bog’liqdir. ta'minlashdir. Budjet xarajatlari – bu davlat va mahalliy o'zini o'zi boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun yo'naltirilayotgan pul mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli va hududiy yo'nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Budjet xarajatlari kategoriyasi aniq xarajatlar turlari orqali namoyon bo'ladi va ularning har biri son va sifat jihatidan tavsiflab berilishi mumkin . O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo'linadi. Budjetning joriy xarajatlari - budjet xarajatlarining bir qismi bo'lib, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga davlat tomonidan boshqa budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko'rsatish uchun ajratiladi. Budjetning kapital xarajatlari - budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta'minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta'mirlashni o'tkazish xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat. Davlat budjeti xarajatlari o'zining funksional tayinlanishiga ko'ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari. Iqtisodiyot xarajatlari. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari. Sud,prokuratura,huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash xarajatlari. Vazirlar Mahkamasining zaxira fondini shakllantirish xarajatlari. Boshqa xarajatlar. Budjet mablag’lari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarini o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari mamalakat yalpi ichiki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Davlat budjetining mablag’lari o’zlarining manbalari, ijtimoiy - iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlaring turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi: Soliqli daromadlar Nosoliq daromadlar Tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Respublika budjetining daromadlari quydagilardan iborat: umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar; davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan mablag’lar; boshqa daromadlar. Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi budjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan budjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Hozirgi kunda amaliyotda davlat budjetining daromadlarini quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayotganini ko’rishimiz mumkin.. O’zbekistonda budjet daromadlarining klassifikatsiyalanishi Davlat budjetini ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o'zgarishida, ya'ni davlat budjeti tomonidan mablag’lar taqsimlash orqali ularni tartibga solish vositasi sifatida ham ko'rib o'tish mumkin. Hozirgi kunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy ta'minlash darajasi budjet mablag’lari hisobidan ta'minlanayotganligi ko'rsatmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo'g’ini bo'lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etarkan. Davlat budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o'z oldiga bir nechta vazifalarni qo'yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlashda budjet mablag’lari xizmat qiladi. 2. Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili. Bizga ma’lumki Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradiga dastaklardan biri – davlat budjetidir. O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi.1 Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o’zida davlatning bir yilga mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi Shunday ekan har qanday hududning daromadlar bazasini oshirish va xarajatlarni optimal sarflash uchun, daromadlarni oshirish doirasida turli kreditlar ajratish, investitsiyalar jalb qilish, kerak ekan. Xarajatlarni optimal sarflashda esa ob’ektivlikka yo‘l qo‘yish kerakligi, zamonaviy texnalogiya usullaridan keng foydalanish evaziga samaradorlikka erishish mumkin. To‘g‘ri soliqlarning mohiyatini yaxshi tushunish uchun ularni egri soliqlardan farqli jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Egri soliqlar tovar (ish, xizmat)lar bahosiga ustama ravishda belgilanib, ularning bahosini oshishiga olib keladi va iste’molchi xarid qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar bahosi tarkibida bunday soliqlarni to‘laydilar. Ma’lumki, bunda iste’molchi tovar bahosi tarkibida to‘layotgan soliq miqdori haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Aslida iste’molchi uchun buning qizig‘i ham yo‘q. Chunki, iste’molchi qancha soliq to‘layotganini bilsa ham tovarni arzonroq narxda sotib olish imkoniyati mavjud emas. Egri soliqlar soliq to‘lovchilarning daromadlilik darajasini e’tiborga olmaydi. Ular qancha ko‘p tarkibida egri soliqlar mavjud tovar (ish, xizmat)larni xarid qilsalar, shuncha miqdorda ko‘proq soliq to‘laydilar. Shuning uchun egri soliqlar ayrim nashrlarda iste’mol solig‘i deyiladi. Nazarimizda, soliqlarning adolatliligini ta’minlashda to‘g‘ri soliqlarga ustuvorlik berish maqsadga muvofiq. Lekin biz yuqorida mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, to‘g‘ri yoki egri soliqlarga ustuvorlik berish kerak degan fikr bildirgan edik. Chunki, to‘g‘ri soliqlarning obyekti yoki bazasi unchalik katta bo‘lmagan sharoitda soliq yukining ko‘proq qismini to‘g‘ri soliqlarga qaratilishi soliq to‘lovchilarning soliqdan qochishga bo‘lgan moyilligini oshiradi. Ma’lumki, to‘g‘ri soliqlarni to‘lovchilar to‘layotgan solig‘i haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, ya’ni ular soliq yukini to‘liq his etadilar. Shu bois, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlarda yoki rivojlanayotgan davlatlarda to‘g‘ri soliqlarga qaraganda egri soliqlarga ustuvorlik beriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibidagi soliqli daromadlar hamda ularning tarkibini tahlil qilamiz. Jadvalda davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlarning har biri uch yillik davr mobaynidagi statistik ko‘rsatkichlariga tayangan holda tahlil qilingan. Jadvaldan ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, soliqli daromadlarning eng yuqori ulushi bilvosita soliqlarga tegishli. Ayniqsa qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘zi 2020-yilda soliqli daromadlaring 40%ini tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich 2022-yilga kelib salbiy farqqa o‘zgarganiga qaramasdan o‘zining yuqori ulushdaligini ta’minlagan. Yurtimizda davlat byudjeti daromadlarining soliqli daromadlari qismida bevosita soliqlarning ahamiyatini hamda salmog‘ini oshirish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Quyida soliq turlari boʻyicha amalga oshirilgan ayrim islohotlarni ko’rib chiqsa. Foyda solig‘i bo‘yicha. 2023-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanligini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi. 2023-yilning 1-yanvaridan 13-yanvariga qadar davlat budjeti xarajatlari daromadlardan 2,3 barobar oshib ketgani, buning natijasida taqchillik 5,5 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergandi. Bu 2023-yilda rejalashtirilgan taqchillikning beshdan bir qismidan ko‘proq hisoblanadi (25,1 trln so‘m, gap davlat budjeti haqida ketmoqda, konsolidatsiyalashgan budjet haqida emas). Shuningdek, bu ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga nisbatan 17,4 barobar ko‘p (2020-yildagidan 20,4 baravar). Yanvar oyining o‘rtalaridan boshlab vazirlik kamida 2019-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan budjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishni to‘xtatdi. 28-avgust kungi ma’lumotlarga ko‘ra, davlat budjeti xarajatlari 3 trln 250 mlrd so‘mni tashkil etdi va bu daromadlariga nisbatan 456 mlrd so‘mga yoki 7 barobar ko‘p hisoblanadi. 29-avgust kuni daromadlar 1,58 trln so‘m, xarajatlar 1,32 trln so‘mga yetdi. Xarajatlarning keskin o‘sishi pensiya va nafaqalarning Mustaqillik bayrami oldidan to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘ fuqarolarning kartalariga 29−31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘lganini ma’lum qilgandi. 2023-yil yakuniga ko‘ra profitsit prognoz qilinganiga qaramay, defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi. Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligi haqida so‘ralganda aniq miqdorni aytmagan, biroq bu limitdan “biroz yuqori” ekanini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning o‘sishi gaz importining ortishi bilan bog‘liq, vaholanki, birinchi olti oyda O‘zbekiston atigi 200 million dollarga gaz import qilgan (bu 2,5 mlrd dollarlik defitsitdan ancha kam). Avval xabar berganimizdek, prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining maksimal chegarasini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan 5 foizga yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa bu davlat xarajatlarining yana 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlari, (mln.so‘mda)1 Soliq turlari 2019 Foizda 2020 Foizda 2021 Foizda 2022 Foizda Qo‘shilgan qiymat solig‘i 40786,30 0,40 31177,40 0,23 46955,40 0,32 53300,00 0,27 Aksiz solig‘i 12681,30 0,12 11697,30 0,09 11820,10 0,08 1503,80 0,01 Jismoniy shaxslarda n olinadigan daromad solig‘i Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq Foyda solig‘i Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Yer solig‘i Mulk solig‘i Yagona ijtimoiy to‘lov Bojxona boji Boshqa soliqsiz tushumlar Aylanmadan olinadigan soliq Jami: 11367,40 0,11 15140,80 0,11 16905,80 0,11 22045,00 0,11 10679,70 0,10 16417,10 0,12 13588,20 0,09 14403,50 0,07 7526,90 0,07 28712,20 0,22 27779,40 0,19 38557,20 0,19 268,50 0,01 478,80 0,15 387,30 0,00 910,00 0,06 1834,30 1851,10 0,02 0,02 1974,30 1353,90 0,01 0,01 2941,00 2510,30 0,02 0,02 5173,80 4826,60 0,03 0,02 1192,10 0,01 - - - - - - 2018,80 0,02 3553,70 0,03 3751,20 0,03 4826,60 0,02 11835,40 0,12 2386,70 0,02 18403,60 0,13 40764,10 0,20 - - - - 2160,00 0,01 2728,30 0,01 102627,60 1,00 132938,10 1,00 147202,30 1,00 200000,00 1,00 3. Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari. O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo'g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o'zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining g’azna ijrosiga o'tish amalga oshirilmoqda. Jahon tajribasida davlat budjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi: Davlat budjetining kassaviy ijrosi; Davlat budjetining g’azna ijrosi; Davlat budjeti ijrosining aralash tizimi. Davlat budjetining kassaviy ijrosi amalda bo’lgan sharoitda Markaziy bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish (g’azna ijrosiga o’tmasdan oldingi tizimda) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilar edi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi: budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) emasligi; daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va budjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois budjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi; Soliq daromadlarining budjet tizimi bo'g’inlari o'rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi; budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi; budjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan budjet mablag’larining turib qolishi; budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga yetib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi; Sanab o'tilgan holatlar davlat budjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o'tishning zarurligini belgilab berdi. G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo'ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, shuningdek, davlat budjeti bo'sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg’armasi o'rtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ular qatorida respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb e'tirof etilib, u hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining negizini tashkil etadi. Davlat budjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat budjeti ijrosini g‘aznachilik shakliga o‘tish orqali budjet mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlashdan iboratdir. Davlat moliyasini boshqarish isloh qilish uchun Hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan — 14,2 mln. dollarlik kredit, Yaponiya hukumati tomonidan — 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan — 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan — 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilgan Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturi xarajatlarni samarali boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi vazifalarni nazarda tutgan holda taqsimlash, budjet ijrosi va budjet nazoratini samarali ta’minlash, uning tiniqligini oshirish va davlat mablag‘larini ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur maqsadlarga erishish uchun budjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish, shu jumladan, g‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirildi . Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo'lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo'lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o'rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o'zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob'ektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo'jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi. Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat o'tilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik printsiplaridan chetga og’ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob'ekti bo'lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta'minlashga xizmat qilmog’i lozim. Mamlakatimizda davlat budjeti g’aznachilik ijrosi tizimining joriy etilishi bilan budjet mablag’larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan amalga oshiriladigan dastlabki va joriy nazorat kuchaymoqda. O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi doirasida g’aznachilik tizimini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda birinchi navbatda davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini yaratish ko'zda tutilgan. Mazkur dasturning amaliyotga tadbiq etilishi davlatning budjet, budjetdan tashqari mablag’larining real vaqtda to'liq hisobga olinishini, davlat budjeti ijrosi jarayoning tizimli nazorat qilinishi davlat budjeti mablag’larining yagona g’azna hisob raqamiga tushgan vaqtdan boshlab davlat buyurtmasining so'nggi pudratchi hisob raqamiga kelib tushguncha bo'lgan bo'lgan davrda samarali boshqarilishini ta'minlaydi. Istiqboldagi vazifa budjetning g’azna ijrosini yaratish doirasida davlatning moliyaviy resurslarini samarali va oqilona boshqarish shuningdek budjet mablag’lari ustidan samarali nazorat o'rnatishni taminlash hisoblanadi. Budjet mablag’larining ishlatilishi bo’yicha nazorat qilish jarayonida budjet xarajatlarining dastlabki nazorati katta va muhim o'rin tutadi. Dastlabki nazoratga quyidagilar kiradi: budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan smeta xarajatlarining to'g’ri va aniq hisob-kitoblarga tayangan holda tuzilishi, budjet tashkilotlariga mablag’larni moliyalashtirishdan oldin tuziladigan hujjatlarning to'g’ri va aniq qilib tuzilishi, ya'ni avvalo ushbu qilingan xarajatlarga smeta xarajatlarida belgilanishi hamda belgilangan limitlar doirasidan oshib ketmasligi, xarid qilingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiyligi va ularning narxlarining to'g’ri kelishi va boshqalar. Bularning barchasini inobatga olib shunday qulay nazoratni amalga oshirish lozimki bunda budjet tashkilotlarining huquq va vakolatlarini qisqartirmagan holda mahalliy hokimiyat organlarining qonunga zid ravishda asosiz aralashuvlarini bartaraf etuvchi va xarajatlarning samaradorligini yanada oshiruvchi tartib ishlab chiqish kerak. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlat bosh islohatchi sifatida cheklangan moliyaviy resurslar yordamida yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish uchun tasdiqlangan budjet mablag’larining samarali va maqsadli foydalanishini nazorat qilishi lozim. 2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025-yillarga budjet mo’ljallari . T/r 1. 2. 3. 4. 5. 6. Ko’rsatkichlar Yalpi ichki mahsulot, mlrd so’m Yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati, foizda Iste’mol narxlari indeksi, o’tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda Sanoat mahsulotlarining o’sish sur’ati, foizda Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaliklarida ishlab chiqarishning o’sish sur’ati, foizda Xizmatlar ko’rsatishning o’sish sur’ati, foizda 2023-yil uchun prognoz 1 068 044 5,3 9,5 Maqsadli mo’ljallar 2024-yil 2025-yil 1 235 398 1 411 965 5,6 6 5-6 5,1 - 6,9 5 6 3,5 3,7 6,7 6,2 7,2 3,9 6 Ushbu jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, 1-4-5-ko’rsatkichlarga qaraydigan bo’lsak, 0,3 foizli o’sishni ko’rishimiz mumkin. Ammo 3-6-ko’rsatkichlar esa buningaksini ko’rsatib turibdi. Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijroetish, budjetdan mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta’minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qa’tiy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, budjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashtirilishi va islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo Xulosa Xulosa o’rnida aytishimiz kerakki mamlakatimizda mavjud ijtimoiy ehtiyojlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun mustahkam moddiy asosni yaratish zarur, lekin davlat budjeti daromadlarisiz bunga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham davlat budjetining daromadlari tushumini barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Biz davlat budjeti daromadlarini tarkibida birgina soliqlarning mohiyati va soliq munosabatlarining ahamiyatini o’rganar ekanmiz soliqlar budjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda qanchalik muhim vazifalarni amalga oshirishini tushunib yetdik. Biroq, ming afsuski ayrim soliqlar bo’yicha ko’zlangan prognozlar amalga oshirlmagan. Bunday holatlarni kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to’g’ri yo’lga qo’yilmagaligi bo’lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o’z vaqtida va to’liq tushmasligidir. Bunday holatlarni kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to’g’ri yo’lga qo’yilmagaligi bo’lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o’z vaqtida va to’liq tushmasligidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, budjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirish yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: budjet daromadlarini rejalashtirish bazasiniyetarli va sifatli darajada shakllantirish; uchun zarur ma’lumotlar bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va budjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usullari, muddatlari hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish; ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida qo’llaniladigan usullarni tatbiq qilish; Kurs ishi qismida biz yuqorida amalga oshirilgan tahlil va tadqiqot natijalariga asoslangan holda davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda aks ettirishga harakat qilamiz. Ular quydagilardan iborat: Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishda tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna xisob raqamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi. Amalda bo’lgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish orqali,xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga utildi. Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishda samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki budjet jarayoning asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy 84 nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, to’lovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega bo’ldi. Bu o’z navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi bo’yicha ma’lum o’rnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda xarajatlarni amalga oshirish tartibi o’rnatildi. Natijada budjet mablag’larini suiste’mol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi. Davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish, bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy xarajatlarni amalga oshirish uchun yo’naltirish imkonini beradi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘rganishlar va tahlillardan to‘g‘ri soliqlarning darajasi rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga turlicha va to‘g‘ri soliqlar uchun yuqori miqdorning belgilanishi o‘rta va quyi qatlam aholisining daromadlariga salbiy ta’sir qilishini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari har bir soliq turlarnining nima maqsadga yo‘naltirilganligining jamoatga ochiq ma’lumotlar berib borilishi aholida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va soliq ma’muriyatchiligiga ishonchini orttiradi. Ushbu jarayon nafaqat mustahkam soliq bazani shakllantirishga, balki iqtisodiy jarayonning yanada barqaror bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro hamkorlikning ham to‘g‘ri soliqlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asosiy sababi ikkiyoqlama soliq solishdagi muammolar, rezident va norezident shartnomalari, fuqarolarning qaysi mamlakat soliq to‘lovchisi ekanligi kabi bir qancha savollarga javob topishimiz Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. darslik “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent-2020 y. 14 b. 2. Malikov T.S. “Byudjet-soliq siyosati” T.: “Iqtisod-moliya” 2019 y. 3. Lex.uz O’RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 1-ilova 4. Lex.uz O’RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 2-ilova 5. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116. 6. Jumaniyazov, I. T. (2022). O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. 3(5), 1637-1645. 7. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654. 8. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund’s expenditure on GDP growth. Science, research, development № 9. Monografiya pokonferencyjna. 10. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033–1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941 11. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O’RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191. 12. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O’zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509–1516. 13. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.–Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229). 14. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund’s financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386. 15. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37. 16. Jumaniyozov, I. T., & Abdumannobov, A. M. (2020). MANAGING PUBLIC DEBT. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 3-7). 17. Jumaniyozov, I. T., & Bakhodirkhujayev A.F. (2020). ISSUES AND CHALLENGES FOR THE IMPLEMENTATION OF MACROPRUDENTIAL POLICY IN UZBEKISTAN. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 8- 11). 18. Ibragimov, A., & Xolmo’Minov, J. U. (2023). Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’laridan foydalanishning nazorat tizimini takomillashtirish masalalari. Science and Education, 4(5), 1289-1300. 19. Xazratqulov, Y. R., Abdunaimova, I. Z., Xazratova, L. A., Qahramonov, Q. Q., & Burxonova, M. T. (2022). Byudjet mablag’laridan samarali foydalanishdamoliyaviy nazoratni takomillashtirish. Science and Education, 3(11), 1171-1181. 20. R.Xasanov, X.Asatullayev, A.Sultonqulov, X.Xakimov, Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash, Iqtosod-moliya, Toshkent 201 21. Erkaboyev S.O, Ibragimov A.G (2023). Davlat moliyasini boshqarish tizimida davlat moliyaviy nazorati: Yevropa tajribasini tahlil qilish. Nazariy va amaly haqida xalqaro jurnali , 3(3), 6-18. doi : 10.5281/zenodo.7821225 22. Huseynov R. (2019) Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy nazoratning o‘rni . Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha 37-xalqaro ilmiy konferensiya - "Barqaror rivojlanishning ijtimoiyiqtisodiy muammolari" - Boku, 14-15 fevral. P. – 238 23. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimining moliyaviy barkarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to’grisida"gi PQ -1317-son Qarori 22.10.2022 24. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston” 2020 yil 1 yanvar 25. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimining moliyaviy barkarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish choratadbirlari to’grisida"gi PQ -1317-son Qarori. 35