Uploaded by fergana

1. Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar

advertisement
1. Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar
Xo’jalik faoliyati tahlili ining oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullaridan eng ko’p va avvaldan
qo’llanilib kelinayotgani taqqoslash usulidir. Har qanday iqtisodiy hodisa, jarayonni o’rganish,
taqqoslash, ma’lum ko’rsatkichlar bilan nisbat, solishtirish yo’li bilan o’rganiladi. Bunday
o’rganishda hodisa va jarayonlarni o’zgartirishining asosiy va qo’shimcha sabablari
aniqlanadi, taraqqiyot darajasiga baho beriladi. Odatda tahlil taqqoslash bilan boshlanadi
deyiladi. Taqqoslashning bir necha turlari mavjud: biznes reja ma’lumotlari, o’tgan yillar
erishilgan ko’rsatkichlar, eng ilg’or va yuqori, o’rtacha erishilgan natijalar bilan.Bizga
ma’lumki xo’jalik faoliyati tahlili ning muhim vazifalaridan biri
ko’rsatkichlarini bajarilishiga baho berishdan iboratdir. Shundan ham ma’lumotlardagi
hisobot (o’rganilayotgan) yil erishilgan natijalarini taqqoslash tahlilining ahamiyati yuqoriligi
ko’rinadi.Biznes reja ma’lumotlari bilan haqiqatda erishilgan natijalarni taqqoslab,
aniqlangan farqlar tahlilning keyingi chuqur o’rganish uchun obekt bo’ladi, ya’ni hisoblangan
o’zgarishlar tuzilgan biznes rejaning asoslanganligi, to’g’ri va bor haqiqiy imkoniyatga yaqin,
bajarilish imkoniyati kengligini bildiradi. Shuningdek, bu aniqlangan farqlar biznes rejaning
sifatli tuzilganligi yoki bor haqiqatdan uzoqliligini ifodalaydi.Haqiqatda erishilgan
ma’lumotlarni biznes rejada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslashda aniqlangan
katta farqlar, ayrim hollarda baho o’zgarishlari yoki past rejalashtirilishi, imkoniyatlarni to’la
hisobga olinmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin.Bunday hollarda avvalgi tuzilgan biznesreja ko’rsatkichlari qayta hisoblanishi (korrektirovka) lozim va so’ngra o’rganiladigan
ma’lumotlar taqqoslanadi. Xullas, tahlilda ko’rsatkichlar asoslangan bo’lishi (mumkin) talab
qilinadi.Xo’jalik faoliyati tahlili ining taqqoslash usuli joriy davr ma’lumotlari bilan o’tgan
yillar ko’rsatkichlarini bog’lab o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Ayniqsa kunlik, o’n kunlik,
oylik, kvartallik va yillik faoliyatini aynan o’tgan yillarning shu davrlarida erishilgan natijalarga
taqqoslash zarur, faqat aniq natijalarni bilish uchun taqqoslanish shart va talablarga amal
qilinsa bas. Mahsulotlar tannarxi, xarajat turlari va elementlarini o’rganishda bunday qayta
hisoblashlar, bir xil baho o’lchamida o’rganishlar talab etiladi.Tahlilda muhim ahamiyatni
chet el tajribalarini o’rganish maqsadida tashkil etiladigan xorijiy firmalar bilan korxona
(firma) ma’lumotlarini taqqoslash egallaydi. Bunda ko’rsatkichlar bir-biri bilan taqqoslashi
moslashtirilib, so’ngra esa ilg’or tajriba natijalari o’rganiladi va kelgusi faoliyatda bu
tajribalarga amal qilish yo’llari ko’rsatiladi. Korxona (firma) faoliyatida qanchalik ko’p chet el
ilg’or tajriba va texnologiyasi joriy qilinish yo’llarini belgilash, kelgusida shunchalik samarali,
ishlab chiqarishni tashkil qilishga asosiy zamin bo’ladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida
taqqoslanishning turli usullarini muntazam qo’llash, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatishga,
yuqori ko’rsatkichga va tajribaga ega bo’lgan qo’shni xo’jaliklar yutuqlaridan foydalanishga
imkon yaratadi.Taqqoslash usuli korxonalar faoliyatining tahlilida qo’shni xo’jaliklar, o’rtacha
tuman, viloyat va respublika ma’lumotlari bilan o’rganilayotgan xo’jalik ma’lumotlarini
solishtirishda ham ishlatiladi. Bo’larning barchasi xo’jalik faoliyatining to’la va chuqur
o’rganishga, ko’rsatkichlarni o’sish yoki kamayganini aniq bilishga imkon yaratadi.Xo’jalik
faoliyati tahlili fanida ko’rsatkichlarni taqqoslab o’rganishda quyidagi talablarga rioya qilish
lozim:
1. Taqqoslab o’rganishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan bir xil bo’lishi
kerak. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda o’rganiladigan ko’rsatkichlarni to’g’ri taqqoslash
uchun mazmunan bir xil usulda aniqlanganligini tekshirish lozim. Masalan korxonalarni
rentabellik darajasini foydani ishlab chiqarish fondlariga yoki mahsulotlarning to’liq
tannarxiga nisbatan, ayrim hollarda esa sof foyda yoki sotilgan mahsulotlarning to’liq
tannarxiga nisbatan ham aniqlanishi mumkin. Shuning uchun ham rentabellik ko’rsatkichini
o’rganiladigan davrlar bo’yicha bir xil usulda hisoblab, so’ngra o’zgarish darajasini tahlil
qilishi lozim. Demak, faqatgina ko’rsatkichlarni aniqlash usuli bir xil bo’lganligiga ishonch
hosil qilishidan so’nggina tahlil bilan shug’ullanish lozim.
2. Bir xil bahoda hisoblangan ko’rsatkichlargina taqqoslanishi lozim. Tahlil qilishda
o’rganiladigan ko’rsatkichlarni turli yillar bahosida hisoblab o’rganib bo’lmaydi. Chunki baho
o’zgarishi qiymat shaklda mahsulotlarni hisoblashda katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham
xo’jaliklar amaliy faoliyatida o’zgarmas (har 5-10 yilgi) solishtirma baholar qabo’l qilingan.
Masalan, hozirgi davrda korxonalarda o’tgan hisobot davridagi baholar solishtirma baho
sifatida qo’llanilmoqda.Bir xil bahoga aylantirishlik metodining kamchiligi shundaki, tahlil
davrida solishtiriladigan mahsulot tarkibini o’zgarmay turishini chegaralab qo’yadi.
3. Reja topshiriqlarining bajarilishi og’irligi mos kelishi lozim. Bu shart ayniqsa korxonalarning
reja topshiriqlarini bajarilishi darajasini tahlil qilishda ko’proq e’tiborga olinishi lozim. Reja
topshiriqlarini bajarilish og’irligini hisoblash bo’yicha metodik qo’llanmada koeffitsentlardan
foydalanish lozimligi ko’rsatilgan. Kuyidagi misolda reja topshiriqlarining og’ir-yengilligiga
qarab ko’rsatkichlarni tahlil qilishni ko’rib chiqamiz.Masalan: №1- sexda mehnat unumdorlik
rejasi 103 % ga bajarilgan, mahsulot ishlab chiqarishni vazmin bajarilishini og’irliq
koeffitsiyenti 0,9 ga teng, №2- sex esa mehnat unumini 105 % ga, rejaning bajarilishini
og’irliq koeffitsiyenti 0,8 ga teng bo’lsa, ¹2 sex 0,9 koeffitsiyentda mehnat unumining 100
foizini bajarar ekan. Demak, bu bilan ¹2 sexga yuqori imkoniyatli deb baholash mumkin.yoki
reja topshiriqlari bajarilishi og’irligini korxonadagi aniq imkoniyatlarga qarab ham aniqlanib,
so’ngra tahlil bilan shug’illanish lozim.
4. Taqqoslab o’rganiladigan davrlar bir xil bo’lishi lozim. Bu talabning mazmuni avvalgi
talabga nisbatan bir muncha oddiy bo’lib, tahlilda o’rganiladigan ko’pgina ko’rsatkichlarning
hajmi va o’zgarishi davr-vaqtning uzun va qisqaligiga bog’liqdir.Masalan: oy, kvartal, dekada
va yil oxirlarida korxonalarda ish qizg’in va tezlashib ketishi bu davrdagi ma’lumotlarni
o’rganishda e’tiborga olinishi lozim. Qurilish tashkilotlarida yil mobaynida ob’ektlarga xarajat
sarflari turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun ham ayrim ko’rsatkichlarni tahlil qilishda, bu
omil e’tiborda bo’lishi kerak. Demak, xo’jalik faoliyati tahlili da taqqoslab o’rganiladigan
ko’rsatkichlarning sodir bo’lishi vaqti va davri albatta hisobga olinadi.
5. Korxonaning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisobga olinishi lozim. Turli xil iqlim
va sharoitda joylashgan korxoanlarning ko’rsatkichlarini hato xulosalarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ham bu tabiat omillarini ta’siri xo’jalik faoliyati tahlili
da e’tiborga olinishi lozim.Shuning uchun ham taqqoslash belgisi sifatida turli tizim va tabiiy
omillar ta’sirini hisobga oluvchi maxsus usullar joriy qilinishi lozim. Faqat aniq shart-sharoitni
hisobga olgan holda xo’jalik faoliyati tahlili ning taqqoslash usulini qo’llab o’rganishgina
to’g’ri natijalarni beradi.
6. Ko’rsatkichlari taqqoslanuvchi korxonalarning ixtisoslashuvi, mahsulotlar ishlab chiqarish
hajmi va xo’jalik yo’nalishlari bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak.Bu talabning muhim tomoni
shundaki, har xil korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlicha mehnat, mashinaxarajatlar talab qilishi, asosiy fondlarning tarkibidagi o’zgarishlar va farqlar, o’rtacha mehnat
unumdorlikni, fond qaytimini va mahsulot birligiga sarflar hajmini o’zgarib ketishini e’tiborga
olishlik lozimligini ko’rsatadi.Lekin yuqorida ko’rsatilgan farq va tafovutlarni aniq
hisoblashning umumiy tartibi iqtisodiy adabiyotlarda ham yetarli darajada yoritilmagan.
7. O’rganiladigan ob’ektlar soni ham mos bo’lishlik sharti - bunda taqqoslanuvchi ko’rsatkich
faqat ayrim sex yoki brigada bo’yicha olingan bo’lsa qolgan talab qilingan ma’lumotlar ham
faqat shu ob’ektlarga tegishli bo’lishi lozim. Umuman tarmoq yoki xo’jalik bo’yicha
o’rganiladigan ma’lumotlar bilan ikkinchi korxonadagi ayrim kichik ma’lumotlar solishtirilishi
aniq natijani aks ettirmaydi. Faqatgina hajmi jihatidan mos keluvchi belgilar bo’yicha
ma’lumotlarni o’rganishgina tahlil natijalarini yanada aniqlashtiradi.Iqtisodiy ma’lumotlarni
taqqoslash yuqoridagi shartlarga amal etgan holda tahlilni bajarish, natijalarni aniq va bor
haqiqatni to’g’ri ifodalashga yordam beradi. Bunday taqqoslash natijasida korxonaning yangi
mahsulot ishlab chiqarishi to’g’risidagi ko’rsatkichlarini o’tgan davrlarga nisbatan o’zgarishini
tahlil qilish mumkin
2. Xarajatlarni turkumlash: Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari,
«o’zgaruvchan» va «o’zgarmas» xarajatlar
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash
jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy
vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq
xarajatlarining qiymat ko’rinishini ifoda etadi.Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab
chiqarishni tashkil qilish uslubi va texnologiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish
(ish, xizmatlar bajarish) bilan bevosita bog’liq xarajatlar kiritiladi. Bo’larga: bevosita va
bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish
yo’nalishidagi ustama xarajatlar hamda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi.Ishlab
chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini
tashkil etadigan Yoki mahsulot Tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda) zarur
komponent hisoblanadigan xom-ashyo va materiallar;
-mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan
materiallar, ta’mirlash uchun ehtiYot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;
-texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun
sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg’ining hamma turlari;
-korxonaning texnologik, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik
zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
-tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va
buzilishlaridan yo’qotishlar;
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
-korxonada qabo’l qilingan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari,
tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab
chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
-natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati;
-amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari
uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb
mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik
xizmatlari uchun (shu xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga
beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga
nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun
ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish
vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar.
Amaldagi Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha xarajatlari quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
A) Ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga
qo’shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko’rilgan foydani aniqlash uchun);
Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan ko’rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga
olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Favqulodda zarar (soliq to’lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo’yicha guruhlanganda, har
bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar quyidagicha turkumlanadi:
a) Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) Bevosita va bilvosia mehnat xarajatlari;
v) Ishlab chiqarishdagi ma’muriy xarajatlar.
Davr xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
a) Sotish bo’yicha xarajatlar;
b) Boshqaruv xarajatlari;
v) Boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar quyidagicha turkumlanadi:
a) Foizlar bo’yicha sarflar;
b) Chet el valyutasi ko’rsi o’zgarishidan ko’rilgan zarar
v) Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zarar;
g) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf xarajatlar.
Favqulotda zararlar odatda turkumlanmaydi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
-Material xarajatlari;
-Mehnat haqi xarajatlari;
-Ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar.
Bevosita material xarajatlari mehnat haqi bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni tashkil
etadi.Mehnat haqi va ishlab chiqarish xarakteridagi ma’muriy boshqaruv xarajatlari
birgalikda konversiya xarajatlarini tashkil etadi.Material xarajatlari konversiya xarajatlari
bilan birgalikda to’liq ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi.Noishlab chiqarish
xarajatlari.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish
xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga sotish bilan bog’liq xarajatlar, ilmiy tekshirish va
tadqiqot xarajatlari, umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xarajatlari,
olingan kredit uchun foiz to’lovlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan,
Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar quyidagilarni
tashkil etadi.
1. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat;
2. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi;
3. Mahsulot birligining tannarxi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidagi xarajatlarni yuqoridagi ko’rinishda turkumlash
bilan bir qatorda yana quyidagi xususiyatlari bo’yicha ham tasniflab chiqishimz mumkin.
Yuzaga chiqish shakliga ko’ra:
-asosiy ishlab chiqarish xarajatlari;
-moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
-tasodifiy, favquloddagi xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga ko’ra:
-mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
-mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Yuzaga chiqish o’rni bo’yicha:
-bo’lim bo’yicha qilingan xarajatlar;
-sex bo’yicha qilingan xarajatlar;
-uchastka bo’yicha qilingan xarajatlar va hakozo.
Sotish hajmiga hisobdan chiqarilishiga ko’ra:
-mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
-davr xarajatlari.
Davriga ko’ra:
-joriy davr xarajatlari;
-kelgusi davr xarajatlari.
Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda hisobga olinishiga ko’ra:
-soliqqa tortiladigan bazaga qayta qo’shiladigan doimiy tafovutlar;
-soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan davri bo’yicha tafovutlar;
-soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda hisobga olinmaydigan xarajatlar.
Mahsulot hajmining o’zgarishiga muvofiq:
-o’zgaruvchan xarajatlar;
-o’zgarmas xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo’shilishiga qarab:
-to’g’ri xarajatlar (bevosita);
-egri xarajatlar (bilvosita).
Moliyaviy natijalarga daxlsizligi bo’yicha:
-mahsulot tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
-foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar.
Tahlil etishda o’rganish ob’ekti va maqsadidan kelib chiqqan holda korxona xarajatlarining u
yoki bu turkumi bo’yicha o’zgarishlar va o’zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki
qiyosiy o’rganishda joriy davr va o’tgan yil ma’lumotlari, biznes reja ko’rsatkichlari, o’rtacha
ko’rsatkichlar va tarmoq bo’yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko’rsatkichlar
bo’yicha mutloq o’zgarishlar nisbiy ko’rsatkichlarni qo’llash orqali to’ldiriladi..
3.Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va to‘lovga
layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi deganda,
balansdagi likvid mablag‘larning balansida ko‘rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi
tushuniladi.Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarning
pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi. Likvidlilik darajasi bo‘yicha balans aktivini
guruhlashtirish:eng ko‘p to‘lov qobiliyatli aktivlar, tez sotiladigan aktivlar, sekin sotiladiga
aktivlar, qiyin sotiladigan aktivlar.Balans passivlari ularni to‘lash muddatlari darajasi buyicha
quyidagicha guruxlashtiriladi: eng tez to‘lanadigan majburiyatlar, qiska muddatli passivlar,
uzoq muddatli passivlar, doimiy passivlar.Korxonaning to‘lov qobiliyati eng muhim
ko‘rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To‘lov
qobiliyati korxonaning o‘z aylanmma mablag‘larining saqlanuvchanligi, tez pulga aylanadigan
(likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bularga
quyidagilar kiradi:
- joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiyenti. U aylanma aktivlarga qo‘yilgan moliyaviy
resurslarning necha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
- oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiyenti. U joriy majburiyatlardagi pul mablag‘lari, hisobkitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi.
- mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich pul mablag‘larining qisqa muddatli
majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi.
Moliyaviy barqaror korxona deganda, korxona aktivlariga qo‘yilgan mablag‘larni o‘z
mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l
qo‘ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan korxona tushuniladi.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.. Ularga mustaqillik, moliyaviy qaramlik va moliyaviy barqarorlik
ko‘rsatkichlari kiradi:
- mustaqillik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkich korxona mablag‘larining qarz mablag‘lariga
qaram emasligini tavsiflaydi. U o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga
nisbati tariqasiga aniqlanadi;
- moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘`rsatkich korxonani o‘z mablag‘larining bir
so‘miga qancha xo‘jalik mablag‘lari too‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi va xo‘jalik mablag‘larining o‘z
sarmoyasiga nisbati sifatida aniqlanadi;.
- moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. U o‘z mablag‘larining qarz mablag‘lariga nisbati sifatida
aniqlanadi.
Download