Uploaded by orifjonovjavohir28

2-variant (Yong'oq)

advertisement
Ona tili va adabiyotifanidan namunaviy test topshiriqlari
yong’oq
ONA TILI VA ADABIYOT
1.
[1,1 ball]
Imloviy to'g'ri yozilgan so'zni toping
A) velasiped
B) svetafor
C) skutter
D) alpinizm
[1,1 ball]
Qo'shib yoziladigan so'z berilmagan qatorini aniqlang.
A) avia// dispecher
C) amper// soat
B) xarsang//tosh
D) amal//haq
3.
[1,1 ball]
Qaysi gapda CHO'KMOO so'zi o'z ma’nosida qo'llanmagan?
A) Imoratning cho'kib qolganini ko'rib hamma hayron bo'ldi.
B) Abduvalining suvga cho'kib qolishiga sal qoldi.
C) Zum o'tmay pahlavon xayolga cho'kdi
D) Yoshi o'tib ancha cho'kibdi.
[1,7 ball]
O'zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so'zlarni aniqlang.
A) cho'loq/lang/oqsoq
B) chidam/bardosh/to’zim
C) g’am/g’ashlik/kulfat
D) g’ulg’ula/qutqi/g’uluv
Ona tili va adabiyotifanidan namunaviy test topshiriqlari
5.
yong’oq
[1,1 ball]
Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Gulnor Yo'lchining onasini mehribon, ko'ngilchan, g'oyat samimiy bir qaynona kabi
tasavvur qildi.
B) Natijaga mehnatsiz erishib bo’lmaydi.
C) Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi
D) Ariqlarni bo'yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib,
nafarmon gullar bilan bezandi.
6.
[1,1 ball]
CHANG_so'zining ma'nolari to'g'ri izohlangan javobni toping?
Chang (yuzdagi chang)
1. Shakldoshi (Chang chaluvchi sozanda)
2. Ma’nodoshi (g'ubor ko'tarildi)
3. Ko'chma ma’noda (O'ljaga chang solmoq)
A) 1
B) barchasi to'g'ri
C) 3
D) 1 va 2
[1,7 ball]
Chiroylidirgo'yoyosh kelin,
Ikki daryoyuvar kokil...
Qor... tog'lar tur... boshida,
Gul vodiy... yashn ar qoshida?
She'riy parchada qo'shimchaning qaysi turi tushib qolm agan.
A) Sifat yasovchi qo'shimcha
B) Fe’llarning lug'aviy shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha
C) Ismlarning lug'aviy shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha
D) I s m l a r n n i n g m u n o s a b a t s h a k l i n i h o s i l q i l uv c h i qo ’ s h i m c h a
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
8.
Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang.
I.Ko'p yig’lama, og’riydi boshing
Axir baxtli bo’lmog’imiz shart.
Yomon bo’lar agar ko’zyoshing
Tugab qolsa,kelgunicha Baxt.
II. Kel yashirib qo’yayin seni
Yurakning eng chuqur yerida
Keyin sen ham yashirgin meni
Yurakning eng chuqur yerida.
III. Qonga botgan dunyoni ko’rib
Azoblarga bera olmas dosh
Ulkan qizil quyosh har kuni
Olib ketar uzoqlarga bosh .
1) buyruq mayli
2) ko'makchi fe’l;
3) sifatdosh
4) ravishdosh;
5) II shaxs birlikdagi fe’l;
6) sof fe’l
A) 1,2 va 4
B) 2,3 va 4
C) 1,4 va 6
D) 2,4 va 6
yong’oq
[2,5 ball]
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
9.
[1,7 ball]
Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan?
A) Kechga qadar tinimsiz ishladik
B) Uygacha suhbatlashib bordik
C) Maktab tomon yo’l oldik
D) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz
10.
[1,7 ball]
Berilgan gap haqidagi noto'g'ri fikrni aniqlang.
Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat
fizik hamda ximiklarga ,balki vrachlar ,adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham
berilishini vasiyat qilib ketdi.
A) Vositali to’ldiruvchi vositasiz to ’ldiruvchini tobelantirgan
B) Vositasiz to’ldiruvchi vasitali to ’ldiruvchilarga nisbatan hokim qism vazifasini
bajargan.
C) Tobe qismi aniqlovchi, hokim qismi otli birikma mavjud
D) Vositali to’ldiruvchilar kesimga bevosita bog’langan
11.
[1,7 ball]
Quyidagi har uchala gapda kuzatilgan xatoliklarni toping.
1. Ezgu niyatimizning ro 'yobga chiqishi uchun taraqqiy topgan marifatli dunyo bilan
birga yashashimizni hayotning o'zi taqozo etdi
2. Har bir pok axloqli iloh sevar shaxs komillikka intilishi va bu yo'lda nasiba olishi
mumkin
3. Uyga ko’p ish qildi - supirdi, kir yuvdi, tozaladi
A) Punktuatsion xatolik
B) Imloviy xatolik
C) Uslubiy xatolik
D) Imloviy va uslubiy
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
12.
[2,5 ball]
Quyidagi barcha gaplarda tire o'zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo'yilmagan?
1. Kiygan to'ning eskiydi - kiydirganing eskimas.
2. Kechqurun osh suzsak,bir nasiba kam,Qo’msayman birovni - allakimimni.
3. Tashqaridagi gap - kir o'radagi mag'zava.
4. Oyoq osti - «chilip-chilip», Zirqiraydi eski yaralar...
5. Dunyo go'zali- sen, qadoqqo'l singlim.
6. Andijon - O'sh yo'lini quyuq tuman bosgan.
A) 1,2 va 3
B) 3,4 va 5
C) 1,2 va 6
D) 3,4 va 6
13.
Bayt haqidagi to ’g’ri hukmni toping.
Ajab emasdur, agar bo'lsa dardim ogohi
Mening shahimkim, erur dardmandlar shohi.
A) Muqayyad qofiya ishtirok etgan
B) A-B tarzida qofiyalangan
C) Ishtiqoq san’ati aks etgan
D) Yig’iq radif ishtirok etgan
[1,7 ball]
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
Badiiy asardagi qahramonlar (narsalar) va ularning tilidan (matnida) keltirilgan
nutqni to'g'ri moslashtiring. (A dan J gacha 4 tasi ortiqcha)
14.
[1,7 ball]
"O'zingga ur tig'ni avval, og'rimasa birovga”
15.
"Tolda chumchuq sayraydi
Ko'rsam ko'nglim yayraydi”
[1,7 ball]
16.
[1,7 ball]
"Hayotimda yangi davr - yashash uchun kurash
davri boshlandi”
A) Qur'oni Karimdan "Qorako’z majnun”
B) Billning hamsafari "Hayotga
muhabbat”
C) Shoh Jahon "Ruhlar isyoni”
D) Ermon buva "Dunyoning ishlari”
E) Poshsha buvi "Dunyoning ishlari”
F) Jamol "Hellados”
G) Narzul Islom "Ruhlar isyoni”
H) Hadisi Sharifdan "Qorako’z majnun”
17.
[1,7 ball]
«Jannatga kiradigan o'n nafar hayvondan biri
bu «As'hobi kahfning vafodor itidir»
Matnni o'qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
Tinch okeani Amerika va Osiyo qit’alari orasida joylashgan dunyoning eng
katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni
aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qo'ygan. Magellan bir necha
kun davom etgan qiyin va kuchli to'lqinli suvda, o'z ismini bergan Magellan
bo'g'ozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli to'lqinlar bitib va o'zi tiniq suvlar
bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" ma’nosini bildirgan "Pasifico"
ismini qo'ygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km2 dan iborat. Tinch okeani,
deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng
chuqur yeri Mariana botig'i bo'lib, u 11.034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning
eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. { 1 } Dunyodagi zilzilalarning 9 0 % 'i va katta
zilzilalarning 80% 'i Tinch okean maydonida sodir bo'lmoqdadir.1950 — 1980 yillari
orasida Tinch okeanida juda katta va kuchli dengiz to'lqinlari bo'lgani tufayli kemalar
o'ta olmayotgan edi. Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr
uzoqlashishi bilan to'lqinlar boshlar edi. U to'lqinlar hozirgi kunlarda ham
ko'rilmoqdadir.
Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi
jihatidan Yer sharida 1-o'rinda. Tinch okeani g'arbdan Yevrosiyo va Avstraliya,
sharqdan Shimoliy va lanubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari
o'rtasidagi yo'lak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. { 2 } U yer yuzidagi
barcha okeanlardan hajmi jihatdan birinchi o'rinda turadi.Tinch okeani orollarining
ko'pligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km2) bo'yicha okeanlar
o'rtasida 1 o'rinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining
yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining g'arbiy chekkasida, sharqida
yong’oq
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
orollarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirg'oqlari yaqinida joylashgan.
Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa vulqonorollar otilishi natijasida kelib chiqqan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert —
marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-g'arbiy qismidagi
orollar Okeaniya deb nomlanadi. Relyefi va geologik tuzilishi. Tinch okeani tubi
tektonik jihatdan o'ziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda
vulkan, suv osti tog'i va atoll ko'p. { 3 }Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi
vulkanlari bo'lgan burmali tog'lar bilan o'ralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan
Shimoliy va Janubiy Amerika qirg'og'i yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha o'n
km). Terrigen nurash materiallari va gilli cho'kindilar materiklarning suv ostidagi
chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida ko'proq to'plangan.
Cho'kindilar qalinligi okean qa’rida va novlarda 2 -3 km, bu esa Tinch okeanini eng
qad. okeanlardan biri ekanligini ko'rsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli)
cho'kindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi.
Pelagial qizil gillar 4 5 0 0 -5 0 0 0 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi.{4} Tinch okeani
g'arbiy qismining tubida cho'kindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida
foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, tem ir va titantem ir qumlari,
oltin, temirmarganes g'uddalari va boshqa uchraydi.
18.
[1,7 ball]
Matn mazmuniga ko'ra to'g'ri shakllantirilgan gapni aniqlang.
A) Tinch okeani Osiyo qit’asi orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir
B) Tinch okeani, to ’liq Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng
kattalikdadir
C) Tinch okeani nomini Ispaniyalik olim qo'ygan
D) Tinch okeanning eng chuqur joyi dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi.
19.
[1,7 ball]
Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni
yuzaga keltirgan?
A) 4
B) 2
C) 1
D) 3
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
20 .
yong’oq
[1,7 ball]
Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang.
A) Tinch okeanida boshqa okeanlardagiga nisbatan vulkan, suv osti tog'i va atoll ko'p
B) Tinch okeanining markaziy va janubi-sharqiy qismidagi orollar Okeaniya deb
nomlanadi.
C) Tinch okeani g'arbiy qismining sirtida cho'kindilarga vulkan jinslari aralashgan
D) Dunyodagi zilzilalarning 9 0 % 'i va kichik zilzilalarning 80% 'i Tinch okean
maydonida sodir bo'lmoqdadir
21 .
[1,7 ball]
Matn mazmuniga ko'ra noto'g'ri ifodalangan ma’lumotni aniqlang.
A) Tinch okeani orollarining ko'pligi va umumiy maydoni bo'yicha qita'lar o'rtasida
dastlabki o'rinda.
B) Cho'kindilar qalinligi okean qa’rida va novlarda 2 -3 km, bu esa Tinch okeanini eng
qad. okeanlardan biri ekanligini ko'rsatadi
C) Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, tem ir va
titantem ir qumlari, oltin va boshqalar uchraydi.
D) Ba'zan hozirda ham Tinch okeanida to'lqinlar sodir bo'lib turadi.
22 .
[1,7 ball]
Quyidagi qaysi ma’lumot to'g'ri?
A) Tinch okeani sharqdan Yevrosiyo va Avstraliya, g’arbdan Shimoliy va lanubiy
Amerika bilan chegaralangan.
B) Tinch okeanining nomi portugalcha nom sanaladi
C) Tinch okeani sathi 17.97 million km2 dan iborat.
D) Magellan bitta okenga o'z ismini bergan.
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
Matnni o'qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
ADABIYOT MUALLIMI (HIKOYA)
O’zining aytishiga ko'ra "nafis adabiyot muallimi" o'rtoq Boqijon Baqoev og'ilga kirib
ta’bi xira bo'ldi: sigirning qulog'iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko'ra sigir uning
achchig'ini keltirdi: kanani teray desa qo'ymaydi — boshini silkiydi, pishqiradi.
— Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og'ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon!
Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.
— Hayvon! — dedi Baqoev,— bu sigirni sotib puliga cho'chqa olish kerak!
— Shaharda cho'chqa asrash mumkin emas,— dedi Mukarram samovarga ko'mir
solayotib.
— Nima uchun? Taqiq qilinganmi? Kim aytdi? Men aytib edimmi? To'g'ri, mumkin
emas... albatta, mumkin emas...
— Uyga kiring, Hamida keldi.
Hamida o'n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz, pochchasini ko'rib sevinib ketdi.
— Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman... esizgina...
O’rtoq Boqijon Baqoevning ta’bi ochildi — sigir, uning qulog'idagi ko'm-ko'k kana,
g'o'qillab tumshug'i bilan ariq yoqalarini buzib yurgan cho'chqa ko'z oldidan ketdi.
— Texnikumdan rabfakka o'tibsan, deb eshitdim, rostmi? — dedi.— Himm... yaxshi
qilibsan. Rabfakka o't, deb men aytib edim shekilli? Himm... Auff, zarda bo'libman...
Rabfak yaxshi. Men bir borgan edim. Kantselyariyaning eshigiga praktikum deb yozib
qo'yipti. To'g'ri emas. Praktikum, minimum, maksimum bular hammasi lotincha yoki
lotinchaga yaqin so'zlar. Men, shaxsan shunday deb bilaman.
Bir oz jim qolishdi.
— Boqijon aka,- dedi qiz uyalibroq,- bir narsani sizdan so'ramoqchi edim: biz sinfda
Chexovning "Uyqu istagi"ni o'qidik, go'dakni o'ldirgan qizni sud qilmoqchimiz.
Da’vogar go'dakning onasi — Rahima bo'ladi, qoralovchi — Sharifjon. Sudyalar ham
bo'ladi. Men qizni oqlab, butun gunohni uning xo'jayiniga, yosh qizni bu qadar
berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga qo'ymoqchiman. Mana shu... Shuni yozdim. Shu
to'g'rida sizning fikringizni bilmoqchiman. Chexov shunday demoqchi emasmi?
O’rtoq Baqoev o'ylab turib, so'radi:
— Nafis adabiyot darsini sizlarga kim beradi? Hakimov? Axmoq odam! O’z ustida
ishlamaydi. Savol alomati hamma vaqt"mi" dan keyin qo'yiladi desam, kuladi. Gap
bunda ham emas...
Mukarram samovar ko'tarib kirdi. Hamida irg'ib turib, samovarni opasining qo'lidan
oldi va stolga qo'ydi. U, homilador xotinga samovar ko'tartirib, qarab o'tirgan
pochchasidan o'pkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. O’rtoq Boqijon Baqoev juda
chanqab turgan ekan, ustma-ust to'rt piyola choy ichdi va terladi.
— Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da,— dedi yuzidagi terni artib,—
Himm... soqol ham o'sipti, sartarosh bo'lmasa odamlar maymun bo'lib ketar edi.
Maymun, juni to'kilib, odam bo'lgan. Bu haqda Engelsning fikri bor...
— Haligini aytmadingiz, Boqijon aka,— dedi qiz,— Chexov shunday demoqchi
emasmi?
O’rtoq Baqoev yana bir piyola choy so'radi.
— Chexovmi? Himm... burjuaziya realizmi to'g'risida so'zlaganda, eng avval uning
ob’ektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks egtirgan
yong’oq
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
ob’ektiv voqelikni anglash lozim bo'ladi. Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdanoyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya’ni... himm... Mukarram, tovuqqa
moyak qo'ydingmi? Qo'yish kerak, bo'lmasa daydi bo'lib ketadi... Tavba, tovuqdan
ahmoq jonivor yo'q — moyak qo'ysang tug'adi! Nima guchun moyak qo'ysang tug'adi?
Xo'roz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya o'qiysizlarmi?
Hamida biologiyadan nimalar o'qiganini, bu o'qish yilida yana nimalar o'tilajagini
so'zlab berdi va o'zining oqlash nutqida fiziologik asoslar ham ko'rsatish niyati bor
ekanini aytib, yana so'zni Chexov ustiga burdi.
— Himm...- dedi Baqoev,-Chexov to'g'risida o'zimning fikrim bor. Boshqalar nima
desa desin, har holda uning dunyoga qarashida... Uning dunyoga qarashi Pushkin va
Lermontovlarning dunyoga qarashidan farq qiladi. Bir davr, bir sinf, bir mamlakat
yozuvchilari bo'lishlariga qaramasdan, mutlaqo farq qiladi!
— Chexov Pushkin bilan bir davrda yashagan emas-ku,— dedi Mukarram,— bizning
kutubxonada uning Maksim Gorkiy bilan oldirgan surati bor. Chexov 1 9 0 4 yilda
o'lgan bo'lsa kerak.
O’rtoq Baqoev bir oz o'ng'aysizlandi.
— Sizlar qaysi Chexov to'g'risida gapirayotibsizlar? Choydan quy!.. Bu Chexov
haqidami? To'g'ri, bu 1 9 0 4 yilning birinchi yarmidami, ikkinchi yarmidami o'lgan...
Boshqa ro'molcha ber, bundan piyoz hidi kelayotipti. Men ana u Chexov, ilk
burjuaziya realizmining namoyandasi bo'lgan Chexov haqida so'zlayotibman.
— "Uyqu istagi" qaysi Chexovniki? — dedi Hamida.
— Hech shubhasiz bu Chexovniki. Bu narsa birinchi marta "Sovremennik" jurnalida
bosilgan.
Shundan keyin o'rtoq Boqijon Baqoev uzundan-uzoq so'zlab ketdi. Uning nima
to'g'rida so'zlayotganini Hamida bilmas edi. Detirding degan allaqanday mashhur
tanqidchi Shelling degan yozuvchiga "sen dastyorga zor bo'lguncha o'g'ling dastyor
bo'ladi" deb xat yozgan; Marks Dobrolyubovni Mering bilan bir qatorga qo'ygan;
Stending degan allaqanday bir dramaturg o'lar chogida Demping degan bir
tanqidchiga: "Agar butun jonivorlarni xudo yaratgan bo'lsa, men uning zavqiga qoyil
emasman, echkiemar ham jonivor bo'ldimi?" degan...
Hamidaning boshi og'irlashib ketdi; ikki marta sekin, og'zini ochmasdan esnadi.
Hamida mezbonlar bilan xayrlashib ko'chaga chiqqanda qorong'i tushgan edi; "Uyqu
istagi" to'g'risida pochchasidan hech qanday fikr ololmadi. Uning so'zlaridan nima
olgani haqida o'ziga hisob berar ekan, g'uvillab turgan boshida shundan boshqa hech
narsa yo'q edi: praktikum, minimum, maksimum; Detirding, Stending, Shelling,
Mering, Demping...
23 .
Asarda qanday badiiy maqsad ifoda etilgan?
A) Ayolga zug’um o'tkazish va u illatning qoralangani.
B) Kamsitish va tanqid qoralangan
C) O'z sohasidan bexabar, ammo sir boy bermaydigan inson hayoti
D) Qizlarni oliy o'quv yurtlarida ta ’lim olish kerakligi
[1,1 ball]
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
24 .
yong’oq
[1,1 ball]
Asarning qahramoni Boqijon Baqoyev obraziga mos ta ’rif berilgan javobni aniqlang.
A) Adabiyotni teran anglaydigan o'qituvchi
B) U Hakimovni to'g'ri ayblab, haqorat qilgan
C) Oilasi va farzandlari mehribon inson
D) Vaziyatdan chiqishga usta odam
25 .
[1,1 ball]
Asardagi iborada Boqijon Baqoyevning qaysi holatlari ifoda etilgan
A) savodsizligi
B) kayfiyatining tushishi va ko'tarilishi
C) jahli
D) bee’tiborligi
26 .
[1,1 ball]
Asarning qahramoni Hamida obraziga mos ta ’rif berilmagan javobni aniqlang.
A) U ma’lum darajada bilimli va o'z sohasini biladigan qiz edi
B) U “Gap kelsa otangni ham ayama’’lar xilidan edi.
C) U pochchasidan tayinli ma’lumot ololmaydi.
D) U Chexovning "Uyqu istagi" asarini o’qiydi va u asosida ma’lum bir ilmiy ish yozadi
27 .
[1,1 ball]
"Nafis adabiyot muallimi" ushbu birikma orqali adib Boqijon Baqoyev xususiyatini
ochib beradi ?
A) kibri
B) kinoyasi
C) maqtanchoqligini
D) ilmsizligi
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
G'azalni o'qing va quyidagi to p sh iriq la rn i b ajarin g .
1.Erur ko’ngulda safo ishq toza dog’i bila,
Nechukki ko’zda yorug’luq erur qarog’i bila.
2.Firoq shomi yengilmas o’qung ko’ngul yo’lini,
Ki borur ul sori paykonidin charog’i bila.
3.Erur sukutu fano ishq lozimi bulbul,
Ne voqif oncha fig’onu ulug’ dimog’i bila.
4.Ul o’tki o’rtadi parvonani, hamul o’tdin
Ko’rungki qovruladur sham’ dog’i yog’i bila.
5.Shahu ulus g’amiyu jomi lam, xusho ulkim,
Sinuq safol ila durd ichgay o’z farog’i bila.
6.Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr,
Ki ulki men tiladim, keldi o’z ayog’i bila.
7.Qucharg’a sarv niholi biri qadingdek emas,
Agar ketursa ani bog'bon quchog’i bila.
*Lug'atlar: 1.o'q— kiprik, paykon - kamon uchi
28 .
[2,5 ball]
G'azal matla’si haqidagi NOTO'G'RI hukmni aniqlang.
A) Ishqning dog’i — dardu alami, asorati, yarasi tozarishidan ko’ngilda shodlik, surur
va ravshanlik paydo bo’ldi
B) Ko’zning qorachig’i ravshanligi uning qorachug’idan.
C) Ishq ko’ngilga dardu dog’ solsa-da, lekin ko’ngil ko’zini ravshanlashtiradi
D) Lirik qahramon ko'ngliga murojaat qilib, ishq safo, ya’ni rohat emas, faqat dog',
dard-u alam keltirishini uqtiradi. haqidagi afsonaviy qadimiy tasavvurlardan kelib
chiqqanligi nazarda tutilgan
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
29 .
2-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang.
yong’oq
[2,5 ball]
A) Firoq shomida, ya’ni sening yoding, vaqtincha ko’ngildan ko’tarilib, dunyo ishi —
tashvishi parda bo’lib meni sendan ajratganda, o’qing adashmasdan ko’ngil yo’lini
topadi degan tasvir
B) O’qning holatini shoir chiroq ko’tarib borayotgan odamga o’xshatib, jonli va
chiroyli suvrat chizilgan
C) Yorning kiprigi — zulmatni yorib borayotgan mash’ala, go’yo zim-ziyo tunda
chaqilgan chaqmoqqa qiyoslangan
D) Oshiq o’z nishoniga paykonini chiroq qilib borayapti degan tasvir
30 .
[2,5 ball]
3-4 baytlar mazmuni to'g'ri izohlangan javobni belgilang.
A) Oshiqning nolali muhabbati bilan parvonaning jim, ammo vujudini yondiruvchi
«indamas» muhabbatini qiyoslamoqda.
B) Baytdagi mazmun oshiq ishqi ustida borayapti
C) Shoir tashbehlar vositasida Ishqning beintiho zarrotu jonzotlar, oshiqu ma’shuq
barini qamrab oluvchi qudratini bizga tushuntirmoqchi bo’lgan.
D) «Ul o’t» ishq alangasi faqat parvonani emas, sham’ning o’zini-da, mumi va yog’i
bilan qo’shib qovuradi, eritib kuydiradi.
31 .
[2,5 ball]
G'azalda qaysi o'xshatish mavjud emas?
A) Shoh fuqaro tashvishi va o’zining shonu shuhrati, tuganmas davlati, ishrati bilan
ovora, u bu g’amdan forig’ bo’lolmaydi
B) Birinchi baytdagi tashbih asoslari dog’ va ko’z qorachig’i ijobiy ma’nodagi rang edi,
aniqroq qilib aytsak, bu qoraliklar oqlik-ravshanlik keltiradigan edi
C) Sukut saqlash va fano — jismu nafs ehtiyojlaridan batamom qutulish ishqning
zaruratidir, yor buni qaydan bilsin.
D) Shoir mahbuba qomatini eng chiroyli daraxtga o’xshatadi
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
32 .
yong’oq
[2,5 ball]
G'azaldagi ostiga chizilgan so'zlarda qaysi she’riy san’at AKS ETMAGAN?
A) Talmeh
B) Istiora
C) Tanosub
D) Tashbeh
Gaplar (33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A -F) ni o'zaro to'g'ri
moslashtiring
33 .
Osh o'ng qo'l bilan yeyiladi.
[1,7 ball]
34 .
[1,7 ball]
-Siz qaysi kitoblarni o'qidingiz? Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar”
asarini.
A)atov g ap
B)So 'z- g ap
C)to'liqsiz g ap
D)undalmali gap
E) shaxsi (egasi) noma'lum g ap
F) ajratilgan b o la k lig a p
35 .
[1,7 ball]
U har kuni, quyosh tikka kelganda,
shaharga tushadi.
36 . Ajratib ko'rsatilgan har uchala so'z bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so'zni
yozing.?
1. Bu so'nggi yo'l
2. Bunga yo'q iloj.
3. Tadbirini top
[1,7 ball] Javob: ___________________________
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
37 . Berilgan gapda qo'llanilishi lozim bo'lgan tinish belgilarining to'g'ri ketmaketligini yozing.
Ilm ikki xil bo'ladi biri qalbdagi ilm ikkinchisi tildagi ilm
Diqqat! To'g'ri javobni tinish belgilari yordamida aks ettiring.
[2,5 ball] Javob: _____________________________
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
38 . Gapda qaysi qo'shimchaning qo'llanishi bilan bog'liq uslubiy xatolik kuzatilgan?
Hur Vatanning bag'riga qad ko'targan yorug' kelajakning baland poydevori bo'lmish go'zal
binolarga ko'z tashlayman: Omon bo'l, Ozodlik!
[1,7 ball] Javob: _____________________________________________________________
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
39 . Gapni sintaktik tahlil qiling va gap bo’laklari bila aloqaga kirishmaydigan so’z
qaysi bo’laklar orasida kelganini yozing.
Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o'quvchilar faoliyatiga
ham zarar keltiradi.
[1,7 ball]Javob: __________________________________________________________________
Diqqat! Javobingizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
4 0 . Gapdagi so'zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog'lanishini tahlil qiling.
Mustaqilligimizning shukuhli kunlarini, bayram tantanalarini munosib kutib olish uchun,
dillami xushnud etish uchun ishga kirishdik.
[1,2 ball] a) gapda ajratib ko'rsatilgan so'zga tobelanib bog'langan so'zning sintaksis
vazifasini yozing.
Javob: ________________________________________________
[1,3 ball] b) gapda ajratib ko'rsatilgan so'zni tobelantirib bog'langan so'zning
sintaksis vazifasini yozing.
Javob: ________________________________________________
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
4 1 . Berilgan gaplarni grammatik jihatdan to'g'ri bog'lang.
1. Shohga ma’lum qildilar,
2. Navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o'tib ketadi
[0,8 ball]a) Birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita yordamida to'g'ri
bog'lash mumkin?
Javob: ________________________________________________
[0,9 ball]b) Natijada qo'shma gapning qaysi turi hosil bo'ladi?
Javob: ________________________________________________
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
4 2 . She’riy parchadagi ostiga chizilgan she’riy san’atni aniqlang va yozing.
Gul-u gulzor sening bog’i jamolingg’a fido
Sarv-u shamshod dog’I toza niholingg’a fido
[0,8 ball]a) Birinchi she’riy san’at.
Javob: ____________________________
[0,9 ball]b) Ikkinchi she’riy san’at
Javob: _____________________________
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
4 3 . She’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing.
Tushda ko’rdum yorni xandon raqibin o’truda
Rashkdin har lahza tish qirchillaturmen uyquda.
[0,8 ball]a)Qofiyadosh so'zlardagi raviyni yozing.
Javob: ____________________________
[0,9 ball]b)Natijada raviyning o'rniga ko'ra qofiyaning qaysi turini hosil qilgan?
Javob: ____________________________
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
4 4 . Quyidagi qit’a mazmunini tahlil qiling va savollarga javob yozing.
Viqor gavhari-yu hilm ma’dani bo’la ko’r
Desangki, qilg’ay itoat sanga gado bila shoh
Bu sheva tog’da zohirdururki, davrondin
Qachonki tafriqa yeti ulusg’a bo’ldi panoh.
[0,8 ball] a) qit’ada qanday insonga xos xislatlar tilga olingan?
Javob: ___________________________
[0,9 ball]b) tilga olingan xislatlar nimaga qiyoslangan?
Javob: ___________________________
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko'chirib yozing.
Ona tili va adabiyoti fan idan namunaviy test topshiriqlari
45.
ESSE
Quyidagi v aziyat yuzasidan o'z m u nosabating izni yozm a bayon qiling.
Bugungi kunda ko'pchilk zamonaviylik tarafdori bo'lsa, ayrimlar esa an'analar
sodiq qolishni istashadi.
• Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling.
• Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til m e’yorlariga amal qilgan holda
ifodalang.
Esse uch ta rk ib iy qism d an ib o ra t b o 'lish i lozim :
I. K irish. Essening kirish qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo'lishi lozim;
2) berilgan vaziyat matnini aynan ko'chirmang.
II. A sosiy qism . Essening asosiy qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo'lishi lozim, har bir xatboshida
tomonlarning qarashlari
va shaxsiy qarashlaringizni batafsil yoriting;
2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang;
3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting;
4) bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat mavzu doirasida bo'lishi lozim.
III. Xulosa. Essening xulosa qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:
1) asosiy qismda ifodalangan fikr-mulohazalarni umumlashtiring;
2) xulosa ikki-uch jumladan iborat bo'lishi lozim.
DIQQAT! Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo'yilmaydi. [24 ball]
Ona tili va adabiyoti fanidan namunaviy test topshiriqlari
Ona tili va adabiyoti fanidan namunaviy test topshiriqlari
Download