Furqat tumani MMTB tasarrufidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida navbatdan tashqari 1/4 pedagogik kengash yig’ilish bayoni 15.09.2023-yil Ardaxshon qishlog‘i Yig ‘ilishda 33 nafar pedagoglar qatnashdi Yig’ilish raisi: R.Usmonov Kotibasi: SH. Ahmedova Kun tartibidagi masala: 1. Maktabning 2023-2024 o’quv yilida ichki nazoratga olingan o’quvchilar bilan ishlash Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab MMIBDO’ G.Madrahimova so‘zga chiqib, maktabda tarbiyasida salbiy o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida yuqori sinf o‘quvchilaridan:9sinf o‘quvchisi Y,9-sinf o‘quvchisi Mardonov Sanjarbeklar bilan g‘ayriijtimoy xatti-harakatlarning oldini olish va voyaga yetmaganlarning qonuniy va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yuqorida nomlari ko‘rsatilgan o‘quvchilar 9 oy muddatga maktab ichki nazoratiga olinganligi to‘g‘risida so‘zladi.Bu o‘quvchilarga 11-sinf rahbari Z.Shamsiddinov va ChQBT rahbari D.Mirzakarimov,jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.Halilovlar murabbiy etib biriktirilishi haqida gapirdi. Muzokara: Muzokarada so‘zga chiqqan maktab psixologi Sh.Yo‘ldasheva nomlari ko‘rsatilgan o‘quvchilar bilan individual suhbatlashganligi,bu o‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida ishlash zarurligi to‘g ‘risida so‘zladi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi: 1.Maktab MMIBDO‘ I.Akbarov ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ijtimoiy nosog‘lom ,notinch oila farzandlari ,ota-onasi chetga chiqqan ,xulqida o‘zgarishi bor va muntazam dars qoldiruvchi quyidagi o‘quvchilar: 11-sinf o‘quvchilari Sirojiddinov Biloliddin ,Qodirov Jasurbek,9-sinf o‘quvchisi Mardonov Sanjarbeklar 9 oy muddatga maktab ichki nazoratiga olinsin. 3.Maktabning ichki nazoratiga olingan o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotiga fan va tashabbus yuzasidan to‘garaklariga ishtirok etishlari ,ma’naviy yetuk ,barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarini doimiy nazorat qilish uchun quyidagi ustozlar ichki nazoratdagi o‘quvchilarga murabbiy etib biriktirilsin: Z. Shamsiddinov-B.Sirojiddinovga,D.Mirzarahimov-Z.Qodirovga,A.Halilov-S.Mardonovga 4.Maktab ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar bilan individual ishlash maktab psixologi Sh.Yo‘ldasheva zimmasiga yuklatilsin. 5.Maktab ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni nazorat qilish MMIBDO‘ I.Akbarov zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish raisi: Kotiba: G‘.Kobilov X.Ahmedova Scanned with CamScanner