O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversiteti Farg‘ona filiali Sport faoliyati 03-21 guruh talabasi Ahmadaliyev Rustamning Sport mashg’ulotlarining nazariy asoslari fanidan“Sport tayyorgarligi ko‘p yillik jarayon sifatida ” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi. Reja: • 1. Ko‘p yillik tayyorgarlik tuzilishi • 2. Ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlarini aniqlovchi omillar • 3. Ko’p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish Sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi tuzilishini aniqlovchi asosiy omillar sportchi organizmining o‘sishi va rivojlanishining yoshga bog‘liq fiziologik bosqichlari, adaptiv jarayonlarning shakllanish qonuniyatlari hisoblanadi. Uzoq muddatli mashg‘ulotlarning quyidagi bosqichlari mavjud: boshlang‘ich yoki dastlabki, asosiy umumiy tayyorgarlik, ixtisoslashtirilgan asosiy tayyorgarlik, individual imkoniyatlarni maksimal darajada ro‘yobga chiqarish, yutuqlarni saqlash va sportga moslashish. Ko‘p yillik tayyorgarlikning davomiyligi va tuzilishi quyidagi omillarga bog‘liq: 1.inson organizmining o‘sishi va rivojlanishining qonuniyatlari; 2.sportning biror turini olib boruvchi funksional tizimlarning adaptatsion jarayonlarning shakllanishi qonuniyatlari; 3.sportchining individual va jinsiy o‘ziga xosligi, ularning biologik yetilishining templari; 4.sportchining qaysi yoshdan boshlab shug‘ullangani, shuningdek maxsus trenirovkaga qachon kirishgani; 5.trenirovka jarayonida qo‘llaniladigan vosita va usullar, yuklamalar dinamikasi, trenirovka jarayonining strukturalarini paydo bo‘lishi; 6.yuklamalardan keyin organizmni tiklash uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha stimulyasiya omillaridan foydalanish. Ushbu omillar quyidagilarni aniqlaydi: a) ko‘p yillik tayyorgarlikning umumiy davomiyligini (sportdagi staj); b) yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishish uchun zarur vaqt; v) sport natijalariga erishilgan yosh; Ko‘p yillik sport tayyorgarligida quyidagilarni hisobga olish kerak: 1.Eng yuqori yuklamalar hajmini sportchining optimal yoshida individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaqinlatirish. 2.Morfofunksional rivojlanishdagi nomutanosiblik, endokrin tizimning keskin qayta tuzilishi, sport natijalari barqarorligining pasayishi, jismoniy mashqlardan keyin tiklanish jarayonlarining sekinlashishi bilan kechadigan rivojlanishning pubertal davridagi mashg‘ulot jarayonini diqqat bilan rejalashtirish. 3.Erta sport ixtisoslashuvi, qoida tariqasida, sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga, yuqori sport natijalarini, sportni tark etishga sabab bo‘ladi. 4. Mashg‘ulot jarayonining faollashishi sport yutuqlarining tez o‘sishiga olib keladi va shu bilan birga sportchilarning eng yuqori saviyada chiqishlari muddatini qisqartirdi. 5. Individual yosh rivojlanishini hisobga olgan holda yuklamalarning hajmi va intensivligini optimallashtirish zarur. 6. Sportchi tanasining emotsional, aqliy, funksional va jismoniy charchashiga olib keladigan "ijobiy" va "salbiy stereotiplarning" namoyon bo‘lishini hisobga olish zarurati. Organizmning emosional – ruhiy, funksional va jismoniy zaiflashishiga olib keluvchi “ijobiy” va “salbiy streotiplarining” hisobga olish zarur. 7. Sportning bir turi(disiplina)dan ikkinchi turi(dislipna)ga o‘z vaqtida o‘tish. ko‘rinishini Sport natijalarining yosh chegaralari. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va olimpiya zaxiralar maktabi tomonidan tavsiya etilgan yosh standartlari 32jadvalda keltirilgan, u bo‘yicha qonuniylikni kuzatish mumkin: 1. tezlik sifatlarini rivojlantirishni talab qiladigan sport turlarida va dissiplinalarida sportchilar chidamlilikni talab qiluvchi dissiplinalarga nisbatan sport faoliyatini erta boshlab, erta tugatadi. Suzish esa bundan mustasno, 800 va 1500 m.ga suzuvchilardan ko‘ra 100, 200, va 400 m. masofada suzuvchilar erta boshlab kechroq tugatadi; 2. energiya talab qiluvchi sport turlari va sport dissiplinalarida kamroq energiya talab qiluvchi turlarga nisbatan sportchilar mashg‘ulotlarni boshlash va tugatishni kechroq o‘tkazishadi; 3. ayollar sport bilan shug‘ullanishni erkaklarga nisbatan erta boshlaydi va erta tugatadi; Sportda yuqori natijalarga erishishni optimal yoshi qonunlari aniqlangan: tezlikni va murakkab koordinasion imkoniyatlarini rivojlanishini talab qiluvchi turlarda, kuch va chidamlilikni talab qiluvchi turlarga qaraganda sportchilar tomonidan natijalarga yoshroq vaqtda erishiladi. Qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqori natijalraga ertaroq erishadilar. Ayollarda sportda bo‘lish erkaklarga qaraganda kamroq va ular vaqtliroq ketishadi Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari. “Sportchilarni tayyorlash” tushunchasi yuqori natijalar sporti va sport zaxiralarini tayyorlash uchun xosdir. Bu musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va musobaqalashuv vaqtida sportchining mavjud imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlardir. “Sportdagi hayot”ning butun davri (odatda 10-20 yil) musobaqalarda ishtirok etishning takroriy almashinuvi va ular uchun maxsus tayyorgarlik bilan tavsiflanadi. Sportchilarni tayyorlash ixtisoslashtirilgan sport mashg‘ulotlarining boshlanishidan yuqori natijalar sporti sohasiga o‘tishgacha bo‘lgan davrni (turli sport turlari bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha) qamrab oladi. Yuqori natijalar sportida sportchi sport turiga qarab 4 yoshdan 10 yoshgacha. Sport mashg‘ulotlarining uzoq muddatli davri, bir tomondan, shug‘ullanuvchilarning yoshi bilan, ikkinchi tomondan, sportning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlarga bo‘linadi. Sport mashg‘ulotlarini tashkillash jarayonida mashg‘ulot jarayonining yaxlitligi ma’lum bir tuzilma asosida ta’minlanadi, bu tarkibiy qismlarni (quyi tizimlar, tomonlar va alohida bo‘g‘inlar) birlashtirishning nisbatan barqaror tartibi, ularning bir-biri bilan muntazam munosabatlari va umumiy ketma-ketlikgi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi boshlang‘ich maktab yoshini qamrab oladi va sport mutaxassisligi boshlanishi bilan keyingi bosqichga o‘tadi. Sport tayyorgarligining boshlang‘ich (oldindan) bosqichining maqsadi: bolaning sport bilan shug‘ullanishiga qobiliyatini aniqlash; sport bilan tizimli shug‘ullanishga barqaror qiziqishni ishlab chiqish. Bosqich vazifalari: jismoniy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni korreksiya qilish, sog‘ligini mustahkamlash, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, tanlangan sport turida bazali texnikaga o‘rgatish. Yosh sportchilarni tayyorlash ko‘p tuli vosita va usullari to‘ldirilgan, ko‘pincha sport o‘yinlarining o‘yin usullaridan foydalaniladi. Musobaqa paytidagi jismoniy yuklamalar kichik, o‘rtacha va kam holatlarda katta hajmda rejalashtiriladi. Trenirovkalar haftasi 3 martadan ortiq o‘tilmaydi, vaqti 60 minutgacha bo‘ladi va maktabdagi jismoniy mashqlar bilan garmonik moslashadi. Yillik hajm 100 – 150 soatni tashkil etadi. 6 – 7 yoshdan boshlab shug‘ullanishda boshlang‘ich bosqich 3 yil davom etadi, hajmi: 1 – yili – 80 soat, 2 – yili – 100 soat, 3 – yili – 120 soat. Mashg‘ulotlar 9-10 yoshdan boshlanganda boshlang‘ich bosqich 1,5 – 2 yil davom etadi, hajmi: 1 – yil – 200 soat, 2 – yili – 250 soat. Bosqich, sportchi I o‘smirlar tasnifi (razryadi) ni olishga erishganda tugaydi.