Amerika Qoʻshma Shtatlari Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — jami 9 833 520 km2. Aholisi 334 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi Amerika Qoʻshma Shtatlari United States of America Bayroq Gerb Shior: „In God We Trust“ („Xudoga ishonamiz “) Boshqa an'anaviy shiorlari:[koʻrsat] Madhiya: The Star-Spangled Banner Poytaxt Vashington Eng katta shahar New York Rasmiy til(lar) ingliz tili Hukumat Prezidentlik Respublika • Prezident Joe Bayden • Vitse-prezident Kamala Harris Qonun chiqaruvchi hokimiyat Kongress • Yuqori palata Senat • Quyi palata Vakillar palatasi • Mustaqillik (Buyuk Britaniya) Sana 4-iyul 1776-yil Maydon 9 833 520[2] km2 (3/4-oʻrin) • Suv (%) 4.66[3] • Aholisi 2022yilgi roʻyxat 334 Mln.dan ortiqroq (3-oʻrin) 2022-yil roʻyxati YaIM (XQT) • Butun $24.8 trillion[5] (2-oʻrin) • Jon boshiga $74 725[5] (5-oʻrin) 2022-yil roʻyxati YIM (nominal) • Butun $24.8 trillion[5] (1-oʻrin) • Jon boshiga $74 725[5] (5-oʻrin) Pul birligi AQSh dollari ($) (USD) Qisqartma Telefon prefiksi USA U.S. America +1 Xoʻjaligi AQSh — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994—1996-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh birinchi oʻrinda turibdi. Transporti Ichki yuk tashishda temir yoʻl, avtomobil transporti, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo transporti, gaz va neft quvurlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Yangi Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk koʻllarda — Chikago, Dulut. Aviatsiya qatnovi asosiy uzellari — Nyu York, Chikago, Atlanta, Los Anjeles, Mayami, Dallas. Tashqi savdosi[ Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — Amerika dollari. Aholisi Yil 1610 1620 1630 1640 1650 1660 1670 1680 1690 1700 1710 1720 1730 1740 1750 1760 Aholi ±% y.oʻ.s. 350 — 2 302 +20.73% 4 646 +7.27% 26 634 +19.08% 50 368 +6.58% 75 058 +4.07% 111 935 +4.08% 151 507 +3.07% 210 372 +3.34% 250 888 +1.78% 331 711 +2.83% 466 185 +3.46% 629 445 +3.05% 905 563 +3.70% 1 170 760 +2.60% 1 593 625 +3.13% Yil Aholi ±% y.oʻ.s. 9 638 453 +2.90% 1820 +2.93% 1830 12 866 020 +2.87% 1840 17 069 453 +3.11% 1850 23 191 876 +3.09% 1860 31 443 321 +2.06% 1870 38 558 371 +2.67% 1880 50 189 209 +2.30% 1890 62 979 766 +1.93% 1900 76 212 168 +1.93% 1910 92 228 496 +1.40% 1920 106 021 537 +1.51% 1930 123 202 624 +0.70% 1940 132 164 569 +1.36% 1950 151 325 798 +1.71% 1960 179 323 175 +1.26% 1970 203 211 926 1770 1780 1790 1800 1810 2 148 076 2 780 369 3 929 214 5 308 483 7 239 881 +3.03% +2.61% +3.52% +3.05% +3.15% 1980 226 545 805 1990 248 709 873 2000 281 421 906 2010 308 745 538 2020 331 449 281 +1.09% +0.94% +1.24% +0.93% +0.71% AQSh milliy daromadining 66,3% sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1% GESlarda, 14,1% AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari — Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbobuskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari — Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, NyuYork, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari — goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki. Afgʻoniston Islom Amirligi Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston Islom Respublikasi) — Janubi-Gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga koʻra Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 32 mln. 225 ming 560 kishi (2019y). Poytaxti — Kobul shahri. Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatgaboʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km. Shuningdek, Afg'onistonning yutuq tomonlaridan biri, qorako'l terisi tayyorlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Afgʻoniston Islom Amirligi اف غان س تان ا س المی امارت Imorati Eslomiyi Afgʻoniston (forscha) امارت ا س المي اف غان س تان د Da Afgʻoniston Islomi imorat (pashtucha) Bayroq Shior: lā ʾilāha ʾillà l-Lāh, Muḥammadun rasūlu l-Lāh (ahcbara) ال إل ه إال هللا محمد ر سول هللا (Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad uning rasulidir) Madhiya: Afgʻoniston Madhiyasi Poytaxt Kobul (shahar) Eng katta shahar Kobul (shahar), Qandahor (shahar) Rasmiy til(lar) dariy, pashtu 9 viloyatda rasmiy oʻzbek tili Hukumat Amirlik Islomiy davlatlar • Amir Haybatulloh Oxundzoda • Bosh vazir Hasan Oxund (Bosh vazir vazifasini bajaruvchi) Mustaqillik (- Birinchi Afgʻon Davlati 1747-yil oktabrda - Mustaqil (Birlashgan Qirollikdan) 1919-yil 19-avgustda) • Maydon Butun • Aholi soni 2019-yilgi roʻyxat 32,225,560[2] (43-oʻrin) YaIM (XQT) 2018-yil roʻyxati 652,864[1] km2 km2 (41-oʻrin) • Butun $72,911 milliard (96-oʻrin) • Jon boshiga $2,024 Pul birligi afgʻoni (AFN) Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi. Bunday shahar va viloyatlarga misol: Samangan; Shibirgʻon; Mozori-Sharif; Maymana; Qunduz. Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori-Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz hamda Toshqoʻrgʻon shaharlarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon[3]. Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta I. Karimov 1993-yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-yil 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-oktabr da NyuYorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi oʻtkazildi. uchrashuvi Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSh va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktabrda oʻrnatilgan. Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom (Rahbari — Burhoniddin Afgʻoniston islom „Tolibon“ harakati jamiyati Rabboniy); partiyasi (Rahbari — Gulbiddin (Rahbari — Mulla Hikmatyor); Muhammad Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Afgʻoniston ozodlik islom Afgʻoniston milliy islom Afgʻoniston islom birligi jabhasi Rashid (Rahbari — Abdu harakati Do`stum); Mujaddadiy); Rasul Sayyof); Ahmad Giyloniy); (Rahbari — Muhammad Haliliy). (Rahbari — Sayid partiyasi Umar); Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shimoliy Ittifoq qolgan. Shimoliy Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan. Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik Qunduz, Ko`kcha, Balx, Daryoyi- Safed, Murg`ob daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi. Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, janubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997-yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate- riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi. Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan KushkaTorgundi temir yoʻl istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — Afg`oni. Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.