Uploaded by Ramazan Abubakirov

Odiljon Nomozov kurs ishi

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot” kafedrasi
“Pul va banklar” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Tijorat banklarining majburyatlari va ularning tarkibi
Tayyorladi: __________________________
Ilmiy rahbar: ________________________
Komissiya a’zolar:_________________________________
_________________________________
_________________________________
Himoya natijasi “___” ball (baho)
TOSHKENT - 2024
REJА:
KIRISH
I BOB. OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA BANK NAZORATINING
ХALQARO STANDARTLARINI QOʻLLASH AMALIYOTI
1.1 Bank nazoratining maqsadlari
1.2Tijorat banklarini tartibga solishda Bazel qomitasi nazorati
1.3Tijorat bank likvidlari
II BOB. Tijorat banklarining majburyatlari va ularning tarkibi
2.1 Tijorat banklarining majburiyat turlari
2.2 Tijorat banklari va uning funksiyalari
XULOSА
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR ROʼYXАTI
2
KIRISH
Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari
(hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash,
ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar)
koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga
oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo
kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga shakllantiradi.
Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan
keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917-yildagi
Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan,
mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari qayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va
uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banklari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlat aksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari
tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi
(2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlat aksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi
xususiy bank, 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir.
Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortiq,
filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari,
4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat banki
faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"
(1996, 25 apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va
kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda
to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir.
Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar
o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning
to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy
resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun
zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir.
3
O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan
beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi
shaxslarga berilishi mumkin emas.
Tijorat banklari qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va
xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali
mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi.
Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun
jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi
mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari
va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning
xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun
to‘lovlarni amalga oshirish oson.
To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida
hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar
uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni
qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
4
I BOB. OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA BANK NAZORATINING
ХALQARO STANDARTLARINI QOʻLLASH AMALIYOTI
1.1 Bank nazoratining maqsadlari
Ma’lumki, moliyaviy bozorlarning globallashuvi nazorat organlarining oʻzaro
munosabati va хalqaro darajada aхborot almashinuvi boʻyicha yangi
vazifalarni yuzaga keltiradi. Shu munosabat bilan, bank nazorati sohasida
boshqa moliyaviy bozorlarda boʻlgani kabi qator хalqaro standartlar ishlab
chiqilishi va joriy qilinishi lozim.
Xalqaro bank nazoratining quyidagi ikkita asosiy maqsadi mavjud:
1. Kredit institutlari хususiy kapitali miqdori va sifatiga qoʻyiladigan talablarni
ishlab chiqish;
2. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish va nazorat qilish boʻyicha talablar va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Banklarni tartibga solish va nazorat qilish jarayoniga aktiv ta’sir qiluvchi – хalqaro
standartlarni joriy qiluvchi muhim tashkilot bank nazorati boʻyicha Bazel
qoʻmitasidir (BNBQ).
Qoʻmita 1974 yilda G10 davlatlari markaziy banklari tomonidan Shveysariyaning
Bazel shahrida Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for International Sattlements)
qoshida tashkil etilib, dastlabki hujjatni (Concordat on cross-border supervision)
1975 yilda chop qildi. Bazel qoʻmitasi oʻzi ishlab chiqadigan standartlarni boshqa
хalqaro
me’yorlarni
ishlab
chiquvchi
tashkilotlarning
talablariga
muvofiqlashtirish maqsadida jahonning koʻplab tashkilotlari bilan hamkorlik
qiladi.
Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi (BNBQ) asosan quyidagi hujjatlari bilan
mashhur:
5
Nazorat boʻyicha хalqaro kelishuv (Concordat on cross-border supervision 1975)
Bazel I (1988)
Bozor tavakkalchiligi boʻyicha tuzatish (Market risk amendment 1996)
Bazel II (2004)
Bazel 2.5 (2009)
Bazel III (2010)
Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (Core Principles for Effective
Banking Supervision (revised 2010))
1988 yilda bank kapitalining yetarliligini baholash tizimi boʻlgan “Kapitalni
hisoblash va kapital standartlari boʻyicha хalqaro konvergensiya” (Bazel I)
hujjatini ishlab chiqish BNBQ faoliyatida muhim qadam boʻldi.Tijorat banklari
ustidan nazorat qilish standartlari Qoʻmitaning “Bank faoliyati ustidan samarali
nazoratning asosiy tamoyillari” (Bazel tamoyillari) nomli tavsiyaviy tusga ega
boʻlgan hujjatda oʻz aksini topgan.
BNBQ Bazel I standartining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda quyidagilarga
asoslandi:
1. nazoratning asosiy maqsadi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash va
unga ishonchni oshirish, pirovardida omonatchilar va kreditorlarning yoʻqotish
tavakkalchiligini eng past darajaga tushirish;
2. nazorat organlari tomonidan yuqori malakali korporativ boshqaruvni
ragʻbatlantirish hamda ochiq bozorni va nazoratni rivojlantirish orqali bozor
intizomining ta’minlanishiga imkon yaratilishi zarur;
3. nazorat organi oʻz vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun operativ
mustaqillikka ega boʻlishi, kuzatish, shuningdek joyida tekshirish oʻtkazish yoʻli
bilan tegishli ma’lumotlarni yigʻish imkoniyatiga ega boʻlishi, shu bilan birga oʻz
qarorlariga majburiy tus berish vakolatiga ega boʻlishi lozim;
4. nazorat organlari bank faoliyatining mohiyati toʻgʻrisida yaхshi tasavvurga ega
boʻlishi va imkoni boricha nazoratidagi banklar oʻzlari qabul qilayotgan
tavakkalchiliklarni boshqarishiga erishishi lozim;
6
5. samarali nazorat quyidagilarni, ya’ni alohida banklar tomonidan qabul
qilinayotgan tavakkalchiliklar miqdori va хarakteri baholanishini va bu baholarga
nazoratning хususiyati mos kelishini talab qiladi;
6. nazorat organlari quyidagilarga ishonch хosil qilishi lozim: bank oʻzi qabul
qilgan tavakkalchiliklarga mos ravishda resurslarga ega boʻlishi, хususan kapital
yetarliligi, yuqori malakali boshqaruv hamda nazorat va hisob tizimini
shakllantirish;
7. nazorat organlari oʻzaro uzviy hamkorlikda ishlashi zarur.
7
1.2Tijorat banklarini tartibga solishda Bazel qomitasi nazorati
Bazel I hujjati regulyatorlar (aksariyat davlatlarda Markaziy bank) tomonidan
banklar ustidan nazoratning unifikatsiyalashgan umumjahon tizimini yaratishda
asos vazifasini bajardi.
Mamlakatimizda 1998 yilda Bazel qoʻmitasining mazkur tavsiyalari hamda хalqaro
tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy hujjatlar majmui ishlab chiqildi.
Tijorat banklarini roʻyхatga olish va litsenziya berish qoidalarini, bank kapitalining
yetarliligi va likvidligiga qoʻyilgan talablarni, aktivlar sifatini tasniflash va ular
boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхiralar yaratish talablarini, banklar va
ularga daхldor shaхslar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga qoʻyilgan talablar
hamda bir qarzdor yoki oʻzaro daхldor qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi
tavakkalchilikning eng yuqori darajasini belgilovchi me’yoriy hujjatlar shular
jumlasidandir.
Bank kapitalining yetarliligini baholashning yangi yondashuvlarini rivojlanishi
natijasi oʻlaroq, 2004 yil 26 iyunda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining
yangilangan hujjati –BazelII qabul qilindi.
Bazel II standartlari bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini va bank nazorati
tizimini rivojlantirishga qaratilgan va samarali bank nazoratining eng muhim
tamoyillarini amalga oshirishning ahamiyatli elementlarini oʻz ichiga oladi. Bazel
II hujjati uchta asosiy komponentga (Pillar 1, 2, 3) boʻlingan. Ularning birinchisi
(Pillar 1) kapital yetarliligiga qoʻyilgan eng kam talablarni oʻrnatadi; ikkinchisi
(Pillar 2) bankning kapital yetarliligini nazorat qilishni tashkil etishga qaratilgan;
uchinchisi (Pillar 3) esa bozor intizomiga rioya etish, transparentlik tamoyilini
yoʻlga qoʻyish va banklar tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni ochib
berish boʻyicha masalalarga bagʻishlangan. Shuningdek, Bazel II hujjati kredit
tavakkalchiligiga alohida (standartlashgan, ichki reytingga asoslangan)
yondashuvlarni taklif etadi.
8
Jahon hamjamiyatida Bazel II standartlari 2006 yil dekabr oyida rasmiy kuchga
kirdi.
Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi 2007-2008 yillardagi jahon moliyaviy
inqirozidan olingan saboqlar natijasida dastlab 2009 yil dekabr oyida “Bank
sektorini barqarorligini oshirish” maslahat hujjatini (Consultative document),
keyinchalik, aniqrogʻi 2010 yil dekabrda Bazel III: Likvidlilik tavakkalchiligini
hisoblash, mezonlar va monitoring boʻyicha хalqaro standartlarni(Basel III:
International framework for liquidity risk measurement, standards and monitoring)
va Bazel III: Yanada barqaror banklar va bank tizimini tartibga solishning global
standartlarini (Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks
and banking systems ) chop etdi.
BNBQga koʻra, Bazel III standartlarining ikkita asosiy maqsadi mavjud:
yanada barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida bank kapitali va
likvidligini boshqarish boʻyicha хalqaro me’yorlarni takomillashtirish;
bank sektorining moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish
qobiliyatini yaхshilash, pirovardida bunday muammolarni iqtisodiyotning
moliyaviy sektoridan real sektoriga oʻtish tavakkalchiligini kamaytirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun Bazel III standartlari quyidagi asosiy yoʻnalishlar
boʻyicha boʻlinadi:
1. kapitalni isloh qilish (shu jumladan, kapitalning sifat va miqdori, barcha
tavakkalchiliklarni inobatga olish, qarz yuki koeffitsiyentini, konservatsiya va
kontrsiklik bufer kapitali tushunchalarini joriy etish);
2. likvidlilikni isloh qilish (qisqa (LCR) va uzoq (NSFR) muddatli);
3. moliyaviy tizimni barqarorligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa
elementlar.
Bazel III standartlari 2019 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilangan
(1-diagramma).
9
Mamlakatimizda bank tizimini tartibga solish va nazorat qilishni хalqaro tan
olingan andozalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida doimiy ishlar olib
borilmoqda. Oʻzbekiston bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi
tavakkalchilikni hisobga olgan holda hisoblangan aktivlarning 23,7 foizini tashkil
etmoqda. Bu bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan
standart koʻrsatkichidan qariyb 3 baravar koʻpdir.
Davlat rahbarining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda Respublika
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori
хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi
PQ-1438-son Qarori qabul qilinib, unda moliya-bank faoliyatining normativhuquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Bazel qoʻmitasi tomonidan
belgilangan хalqaro standartlar talablariga muvofiq tijorat banklarini yanada
kapitallashtirish va likvidligini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada
isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting
koʻrsatkichlariga erishish ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi.
10
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Fitch Reytings”,
“Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi хalqaro reyting agentliklarining
“barqaror” baholariga ega. Ta’kidlash joizki, respublikamizning yetakchi banklari
– Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank”, “Ipoteka-bank”,
“Oʻzsanoatqurilishbank”, “Agrobank” va “Ipak yoʻli” banki bir yoʻla ikkita
yetakchi хalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting baholarini olgan.
Yurtimizda bank nazorati samarali yoʻlga qoʻyilganligining хalqaro hamjamiyat
tomonidan ham tan olinishi mamlakat bank tizimiga boʻlgan ishonchni oshirishning
asosiy omillaridan biridir.
Binobarin, 2015 yilning aprel va may oylarida yurtimizda boʻlgan Xalqaro valyuta
jamgʻarmasi missiyasi “Oʻzbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy
faollikning sustligi, shuningdek, neft narхining pastligi bilan izohlanadigan qiyin
tashqi sharoitda ham oʻz barqarorligini namoyon etmoqda. Pul-kredit siyosati ham
moslanuvchanlik darajasida saqlanib turibdi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki 2014 yilning yanvar oyidan asosiy stavkani, qayta moliyalashtirish stavkasini
12 foizdan 9 foizga tushirdi. Iqtisodiyotda kreditlar hajmi yuqoriligicha qolmoqda.
Bank sektori barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini saqlab
qolmoqda. 2014 yilda garov ta’minotini roʻyхatga olishning markazlashtirilgan
tizimi joriy etilgani moliyaviy resurslardan foydalanishni kengaytirish imkonini
berdi”, deb bayonot berishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Mamlakat bank tizimining barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash
masalasi bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmadi. Yurtboshimizning 2015
yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va
ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2344-son
Qarorining qabul qilinishi bilan yurtimiz bank tizimini rivojlantirishning
kelajakdagi rejalari belgilab berildi.
Xususan, mazkur Qaror bilan Markaziy bankka bank nazorati boʻyicha Bazel
qoʻmitasining Bazel-III standartlarini 2015-2019 yillarda bosqichma-bosqich joriy
etilishini ta’minlash yuklatildi.
Jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi banklarning likvidliligini va kapital
monandligini, shuningdek ularni boshqarish usullari va meхanizmlarini belgilovchi
11
me’yoriy talablarni Bazel-III standartlari asosida yanada takomillashtirish vazifasi
berildi:
yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati
sifatida aniqlanuvchi likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyentini (LQMK – LCR)
joriy qilish va unga minimal talabni 100% miqdorida belgilash;
barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning
zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanuvchi sof barqaror moliyalashtirish
me’yori koeffitsiyentini (SBMMK – NSFR) joriy qilish va unga eng kam talabni
100% miqdorida belgilash;
kapital tarkibini oʻzgartirishni joriy qilish va regulyativ kapital monandlik
koeffitsiyentining eng kam miqdorini 10%dan 14,5%ga bosqichma-bosqich
oshirish;
tavakkalchilikka tortilgan jami aktivlarning 3%dan kam boʻlmagan miqdorda
konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda birinchi darajali
kapital monandlik koeffitsiyentining eng kam miqdorini 5%dan 11%ga
bosqichma-bosqich oshirish;
kapital
monandligini aniqlash
maqsadida operatsion
tavakkalchiliklarini baholash usullarini takomillashtirish.
va
bozor
Shuningdek, Qarorda BNBQ tavsiya qilgan “Samarali korporativ boshqaruv
tamoyillari”ni bank faoliyatiga joriy qilish hamda yillik va oraliq moliyaviy
hisobotlarni banklarning veb-saytlarida joylashtirish va bank siri toʻgʻrisidagi
qonunchilik doirasida boshqa yoʻllar bilan bank faoliyati toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni ochiqligini (oshkoraligini) yanada oshirish belgilangan.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Markaziy
bank tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining хalqaro
ekspertlari bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me’yoriy hujjatlarni
хalqaro standartlar, shu jumladan bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining
yangi tavsiyalari asosida takomillashtirilmoqda.
12
Prezidentning 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son Qarori doirasida Markaziy
bankning ayrim nizomlariga oʻzgartirishlar kiritildi, ayrimlari esa tubdan qayta
koʻrib chiqilib, yangi tahriri qabul qilindi.
Jumladan quyidagi me’yoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilib, Bazel qoʻmitasi
talablari asosida qayta qabul qilindi:
Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga
qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizom ishlab chiqilib, Adliya vazirligi
tomonidan 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Markaziy bankning ushbu Nizomi Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalariga
bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadi.
Xususan, bankning I darajali kapitali (T1 –Tier 1) ikki qismga, ya’ni I darajali
asosiy kapital (CET1 –Common Equity Tier 1) va I darajali qoʻshimcha
kapitalga (AT1
–Additional
Tier
1) boʻlindi.
I
darajali
asosiy
kapital (CET1) regulyativ kapitalning (TC – Total capital) 60 foizidan kam
boʻlmasligi hamda I darajali kapital (T1) regulyativ kapitalning (TC) 75 foizini yoki
undan koʻpini tashkil etishi kerakligi belgilangan.
Bank I darajali asosiy kapitali tarkibiga toʻliq toʻlangan va muomalaga kiritilgan
oddiy aksiyalar, taqsimlanmagan foyda va devalvatsiya zaхirasi kiritilgan.
Shuningdek, barqaror kapital bazasini shakllantirish maqsadida, regulyativ
kapitaldan qilingan chegirmalar I darajali kapitaldan chegiriladi.
Bank kapitalini oshirish maqsadida hamda Bazel III tavsiyalariga muvofiq, har bir
bankda moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelganda, ehtimoliy yoʻqotishlarni
qoplash uchun jami aktivlarning 3%dan kam boʻlmagan miqdorda konservatsiya
13
buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda bankning regulyativ kapitalini,
I darajali kapitalini va I darajali asosiy kapitalini yilma-yil oshirib borishi koʻzda
tutilgan.
Jumladan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab regulyativ kapitalning monandlik
koeffitsiyenti (K1)ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 %) miqdorida belgilangan
boʻlib, banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3%i
miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda ushbu
koʻrsatkich 2017 yil yanvardan 0,125 (12,5 %), 2018 yil 1 yanvardan 0,135 (13,5
%) va 2019 yil 1 yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 %)
miqdorida ta’minlashlari lozim.
Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali
kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda balansdan tashqari
vositalar va hosilaviy (derivativ) vositalar qoʻshilgan umumiy aktivlar summasiga
nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga (Leverage ratio) rioya
etishlari kerak.
Ya’ni:
K3 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar+Balansdan tashqari vositalar +
Hosilaviy (derivativ) vositalar — Nomoddiy aktivlar). Leveraj koeffitsiyentining eng
kichik darajasi 0,06 (6 %)ga teng.
“Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar
toʻgʻrisida”gi Nizom Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son
qaroriga asosan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13
avgustda 2709-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Mazkur nizomda bank likvidligini boshqarish talablari, likvidlikni boshqarish
strategiyasi, usullari va likvidlikni baholash masalalari batafsil yoritib berilgan.
Shuningdek, nizomda banklar oʻzlarining likvidlilik holatlarini har chorakda
kamida bir marta stress testlaridan oʻtkazishlari lozimligi, stress testlarining
yakuniy natijasi boʻyicha tavakkalchilikni boshqarish strategiyasini toʻgʻrilab
borishlari kerakligi va stress testlarining natijalaridan kelib chiqib kutilmagan
stress holatlarida qoʻshimcha mablagʻlar bilan ta’minlash rejalarini ishlab
chiqishlari zarurligi belgilangan.
14
Nizomdagi asosiy oʻzgarish sifatida joriy likvidlilik koeffitsiyentidan (JLK) tashqari
2016 yil 1 yanvardan boshlab likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti (LQMK
– LCR (Liquidity Coverage Ratio)) hamda 2018 yil 1 yanvardan boshlab sof
barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsiyentining (SBMMK - NSFR (Net Stable
Funding Ratio)) joriy etilishini qayd etish lozim. Ushbu koʻrsatkichlar quyidagicha
hisoblanadi:
a) JLK = Joriy aktivlar / Joriy majburiyatlar * 100% > 30%
Bunda,
joriy aktivlar - toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va
qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar
mustasno;
joriy majburiyatlar - talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha
boʻlgan majburiyatlar.
b) LQMK = Yuqori likvidli aktivlar / Keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim *
100% > 80%
LQMK 2017 yil 1 yanvardan boshlab 90%dan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab
100%dan kam boʻlmasligi lozim.
v) SBMMK = Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi / Barqaror
moliyalashtirishning zarur summasi * 100% > 100%
Bunda,
Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi:
-bank regulyativ kapitali;
-amaldagi qaytarish muddati 1 yil va undan ortiq boʻlgan bank majburiyatlari;
15
-qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari
summasining 30%i;
-qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari
summasining 30%i;
Barqaror moliyalashtirishning zarur summasi:
- qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu jumladan
muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari, binolar, mebel,
kompyuterlar va avtoulovlar);
-sud jarayonida boʻlgan yoki belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar;
-qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa aktivlar summasining 30%i,
qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan yoki muddatsiz likvidli aktivlar bundan
mustasno;
-balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning 15 %i.
16
1.3Tijorat bank likvidlari
1-jadval. Oʻzbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga
qoʻyilgan talablarning kuchga kirish sanasi.
Ushbu nizomlarga asosan mamlakatimiz banklari Bazel-III standartlariga
Koʻrsatkichlar
Kuchga kirish sanasi
01.09.2015
2016
2017
2018
2019
Regulyativ kapital, (K1)*
10%
11,5%
12,5%
13,5%
14,5%
I darajali kapital, (K2)*
7,5%
8,5%
9,5%
10,5%
11%
I darajali asosiy kapital
6%
7%
7,5%
8,5%
9,5%
Leveraj koeffitsiyenti, (K3)
6%
6%
6%
6%
6%
Joriy likvidlik koeffitsiyenti,
(JLK)
30%
30%
30%
30%
30%
80%
90%
100%
100%
100%
100%
Likvidlilikni qoplash me’yori
koeffitsiyenti, (LQMK)
Sof barqaror moliyalashtirish
me’yori
koeffitsiyenti,
(SBMMK)
bosqichma-bosqich oʻtishini quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin:
* kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda.
3. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy
yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish
tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi
14/3-son qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 iyulda
2696-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Mazkur nizomda aktivlarni tasniflash toifalarining nomlari jumladan, “yaхshi”
kreditlar – “standart” kreditlarga, “standart” kreditlar – “substandart”
kreditlarga, “substandart” kreditlar – “qoniqarsiz” kreditlarga oʻzgartirilgan.
17
Banklar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan foyda
hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan e’tiboran ajratilib, hisobot sanasiga
“standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldigʻiga 1 % miqdorida
zaхiralar tashkil qilinishi joriy qilindi.
Mazkur zaхira bank kapitali tarkibida yaratiladi va bu bankning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashga хizmat qiladi.
Nizomda tijorat banklari tomonidan korхonalarning qimmatli qogʻozlariga qilingan
investitsiyalarini tasniflashning aniq omillari koʻrsatilgan. Jumladan,
oхirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya –
“qoniqarsiz” sifatida;
oхirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya –
“shubhali” sifatida;
oхirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya–“umidsiz” sifatida
tasniflanadi.
Yuqorida keltirilgan qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari tomonidan muddati
oʻtgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan molmulklarni sotish boʻyicha choralarni yanada kuchaytiradi va banklarning moliyaviy
barqarorligini oshirish imkoniyatini yaratadi, pirovardida tijorat banklarining
omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishi
ta’minlanadi.
Shu bilan birga PQ-2344-son Qaror doirasida Markaziy bankning “Tijorat
banklarining korporativ boshqaruvi toʻgʻrisida”gi Nizomiga tegishli oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritildi.
Qayd etish lozimki, Bazel qoʻmitasi tijorat banklarini nazorat qilishning samarali
yoʻnalishlarini belgilovchi boshqa me’yorlarni ham ishlab chiquvchi хalqaro
tashkilot hisoblanadi.
Xususan, bank auditini takomillashtirish va uni bank menejmenti hamda
nazoratidagi rolini oshirish maqsadida хalqaro amaliyotni oʻrgangan holda
banklar uchun tavsiya ahamiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni chop etadi.
18
Jumladan, Bazel qoʻmitasi tomonidan 1998 yildan buyon bank ichki auditi boʻyicha
yangi standartlar joriy qilinib, ularni zamon talablariga mos ravishda yangilab
kelinmoqda.
Xususan, Bazel qoʻmitasining Audit kichik guruhi tomonidan 1998 yil sentyabr
oyida “Ichki nazorat tizimining standartlari”, 2001 yil avgust oyida “Banklarda
ichki audit va bank nazorati organining audit bilan aloqalari”, 2011 yil dekabr
oyida “Banklarda ichki audit хizmati” Konsultativ hujjati chop qilingan.
Audit kichik guruhi tomonidan 2011 yil dekabr oyida “Banklarda ichki audit
хizmati” Konsultativ hujjati hamda unga Bazel qoʻmitasiga a’zo davlatlar Markaziy
banklari va yirik banklari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida 2012
yil iyun oyida “Banklarda ichki audit хizmati” deb nomlangan yakuniy hujjatni chop
etdi.
Mazkur hujjat quyidagi uch qismga boʻlingan 20 ta prinsipdan tashkil topgan.
Birinchi qism “Ichki audit хizmatiga taalluqli nazorat alomatlari”, ikkinchi qism
“Bank nazorat organi va ichki audit хizmati oʻrtasidagi munosabatlar” hamda
uchinchi qism “Ichki auditni bank nazorat organi tomonidan baholanishi”. Bunday
talqin bank muassasalarida kuchli ichki audit хizmatini tashkil etishga хizmat qiladi.
Shuningdek, hujjat bank ichki auditorlarini milliy va хalqaro professional
standartlarga rioya qilish va ularni rivojiga oʻz hissasini qoʻshishni ragʻbatlantirib,
pirovardida chuqur oʻylangan ichki audit standartlarini va tartiblarini ishlab
chiqishga yordam beradi.
19
II BOB. Tijorat banklarining majburiyatlari
2.1Tijorat banklarining majburiyat turlari
Tijorat banklarining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Depozit majburiyatlari:
Mijozlardan qabul qilingan depozitlarni saqlash va ularni o'z vaqtida qaytarish.
Depozitlar uchun foiz to'lash.
Depozitlarni saqlash, hisobini yuritish va ulardan foydalanish uchun xavfsiz
tizimlarni yaratish.
Kredit majburiyatlari:
Mijozlarga kredit mablag'larini o'z vaqtida va to'liq hajmda taqdim etish.
Kreditlar uchun foiz stavkalarini belgilash va hisoblab berish.
Kreditlarni qaytarish vaqtida mijozlar bilan kelishib olish.
To'lov tizimi majburiyatlari:
Pul o'tkazmalari, to'lovlar, hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Plastik kartalar, internet, mobil banking xizmatlarini taqdim etish.
To'lov tizimlarini saqlash va rivojlantirish.
Xavfsizlik majburiyatlari:
Mijozlarning axborot va moliyaviy ma'lumotlarini himoya qilish.
Qonuniy va xavfsiz faoliyatni ta'minlash.
Bank xodimlarining professional va axloqiy xulq-atvorini nazorat qilish.
Hisobotlik majburiyatlari:
Davlat organlari oldidagi hisobotlarni to'liq va o'z vaqtida taqdim etish.
Mijozlarga ularning bank operatsiyalari to'g'risidagi axborotlarni yetkazib berish.
Depozitlar qabul qilish va saqlash:
Fizik va yuridik shaxslarning pul mablag'larini qabul qilish va saqlash.
Depozitlar uchun foizlar to'lash.
Kreditlar berish:
Jismoniy va yuridik shaxslarga turli maqsadlar uchun kreditlar (qarz) berish.
Kredit foizlarini belgilash va undirib olish.
To'lov tizimlarini yuritish:
Hisob-kitoblar, pul o'tkazmalari, akreditivlar, cheklar orqali to'lovlarni amalga
oshirish.
To'lov tizimi xizmatlariga haq olish.
20
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish:
Qimmatli qog'ozlar, valyuta, umumiy fondlar bozorida investitsiya operatsiyalarini
bajarish.
Investitsiya faoliyatidan foyda olish.
Boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish:
Sug'urta, lizing, konsalting xizmatlarini taqdim etish.
Milliy va xalqaro to'lovlarni amalga oshirish.
Bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlash:
O'z kapitali, ehtiyot fondlari, likvidlik me'yorlarini saqlash.
Davlat tomonidan belgilangan boshqa normativlarni bajarish.
Depozitlar qabul qilish va saqlash:
Banklarning asosiy faoliyati qabul qilingan depozitlar (omonatlar) asosida kreditlar
berish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat.
Banklarning omonatlar uchun to'laydigan foiz darajalari depozit turi, muddati,
miqdoriga qarab belgilanadi.
Banklarning depozitlarni saqlash majburiyati mavjud bo'lib, ular tijorat bank
tomonidan saqlangan mablag'larga ega bo'lgan iste'molchilarga qonunda
belgilangan tartibda va muddatda qaytarib berilishi lozim.
Kredit berish:
Banklarning kredit oluvchilarga foiz to'lash shartlari va muddatlari bo'yicha tuzilgan
shartnomalar asosida kreditlar berish majburiyati mavjud.
Kreditlar turli maqsadlar uchun - investitsiya loyihalarini amalga oshirish, biznesni
rivojlantirish, iste'molchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun beriladi.
Banklarning kreditlash siyosati va kredit tahlili tizimi mavjud bo'lib, bu ularning
kredit riskini boshqarish va muvofiqlashtirish imkonini beradi.
To'lov tizimlarini yuritish:
Tijorat banklari milliy va xalqaro to'lov tizimlarida ishtirok etib, hisob-kitoblar, pul
o'tkazmalari, plastik kartochkalar orqali to'lovlarni amalga oshiradi.
Banklarda to'lov xizmatlarini ko'rsatish uchun maxsus bo'limlar mavjud bo'lib, ular
mijozlarga tez, ishonchli va qulay to'lov xizmatlarini taqdim etadi.
Banklarning to'lov tizimlarini yuritish majburiyati ularning asosiy funksiyalari
hisoblanadi.
21
2.2Tijorat banklari va uning funksiyalari
Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat
banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib
bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bank
rivojlanishining asosiy manbasidir. Bank foydasining o‘sib borishiga ta'sir qiladigan
bir necha xil omillar mavjud bo‘lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo‘sh
mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli xil pullik xizmatlar ko‘rsatish doirasini
(faktoring, lizing, trast xizmatlari va h.k.) kengaytirish, foyda keltirmaydigan
aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish va boshqa omillar
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish
tamoyillaridan biri-yuqori darajada foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Banklarning
faoliyati doimo foyda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, ular faoliyatida zarar ko‘rish
ehtimoli ham uchrab turishi mumkin. Banklar faoliyati ijobiy bo‘lgan hollarda,
ularning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida, banklarning zarar ko‘rish ehtimoli
yuqori darajada bo‘ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni amalda
tatbiq qilish jarayonida, bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk (zarar ko‘rish
ehtimoli) bilan bog‘liq bo‘ladi. Tijorat (aksiyali, pay asosida va xususiy tartibda
tashkil qilingan) banklar huquqiy va xususiy shaxslarga
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni
bajarish va xizmatlar ko‘rsatish orqali shartnoma asosida kredit, hisob-kitob va
boshqa xil bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Tijorat banklari ustav kapitali kimga
qarashli ekanligiga va uni tashkil qilish uslubiga qarab, bajarilayotgan
operatsiyalarning turi, faoliyat ko‘rsatish xududi va tarmoq belgilariga qarab birbiridan farq qiladi. Respublikada, mintaqalarda ko‘zda tutilgan ma'lum dasturlarni
bajarish va o‘zga faoliyat turlarini pul mablag‘lari bilan ta'minlash uchun
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin. Tijorat banklari O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankidan tegishli lisenziyani olganlaridan keyin chet el
valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradilar. Tijorat banklari o‘z ustavlari asosida
ish olib boradilar. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ
tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi
muassislar (qatnashuvchilar) yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Bankning ustavida:
- bankning nomi va uning manzili (aloqa manzili); - bank amalga oshiradigan
operatsiyalarning ro‘yxati; - bank tashkil etadigan fondlarning ro‘yxati; - ustav
fondining miqdori;
- bankning huquqiy shaxs ekanligi va o‘zini-o‘zini moliya resurslari bilan
ta'minlashi negizida ishlashi to‘g‘risidagi nizom; - bankning boshqaruv idoralari,
22
ularning tarkibi va tuzilishi to‘g‘risidagi nizom; - bankga qarashli muassasalarning
ro‘yxati va ularning maqomi; - bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning
faoliyatini to‘xtatish tartibi; - faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni matbuotda e'lon
qilish majburiyati (tartibi); - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro
munosabatlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning
ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyador jamiyatlar va mas'uliyati
cheklangan jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi
lozim. Bank ustavga bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa
qoidalar ham kiritilgan bo‘lishi mumkin. Ustavga o‘zgartishlar O‘zbekiston
Respublikasi qonunlaridagi o‘zgartishlar munosabati bilan kiritiladi. Aksiyador
tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari hisobidan yoki aksiyalar
chiqarish va sotish hisobidan vujudga keltiriladi.
Tijorat banklari iqtisodiy o'sishga quyidagi asosiy yo'nalishlar orqali hissa qo'shadi:
Kreditlash faoliyati:
Tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga kreditlar berib, ularning investitsiya
va ishlab chiqarish faoliyatlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi.
Kreditlar orqali korxonalar va tadbirkorlar yangi loyihalar amalga oshirish, yangi
texnologiyalar joriy etish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmlarini oshirish
imkoniyatiga ega bo'ladi.
Iste'molchilar esa kreditlar orqali to'lov qobiliyatini oshirib, iste'mol hajmini
kengaytiradi.
To'lov tizimlarini yuritish:
Tijorat banklari to'lov tizimlarini samarali tashkil etib, pul aylanishining
jadallashishiga, iqtisodiy operatsiyalarning tezlashishiga va moliyaviy
barqarorlikning mustahkamlanishiga hissa qo'shadi.
Investitsiya faoliyati:
Tijorat banklari o'z mablag'larini turli kapital qo'yilmalarga, qimmatli qog'ozlar
bozoriga investitsiya qilib, iqtisodiy sub'ektlarning investitsion faolligini
rag'batlantiradi.
Boshqa xizmatlar:
Tijorat banklari valyuta almashuvi, sug'urta, leasing, konsalting kabi xizmatlar
ko'rsatib, iqtisodiy sub'ektlarga qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
23
Xulosa
Tijorat
banki korxonalar, tashkilotlar,
fuqarolarga
universal bank xizmatlari
(hisob-kitob,
toʻlov
operatsiyalari,
qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish,
shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan
yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish
uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo
kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga
shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta
Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida
paydo boʻlgan va 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat
koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin
respublikada Tijorat bankilari qayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya
beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banklari mulkchilikning turli
shakllari asosida - davlat ishtirokidagi, davlat aksiyadorlik, ochiq va
yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika
hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi
davlat banki, 3 tasi davlat aksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank,
4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir.
Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800
dan ortiq, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7
chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining
vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat banki faoliyati Oʻzbekiston
Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25 apr.)
qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
24
Foydalanilgan adabiyotlar:
1."Banklar va moliyaviy bozorlar": S. Mishkin, F. Allen, A. Saunders, P. Howells
tomonidan yozilgan bu adabiyot banklar, moliyaviy bozorlar va moliyaviy
muamolarni tahlil qiladi.
2."Banklar va bank faoliyati": P. Rose va S. Hudgins tomonidan yozilgan bu
adabiyot bank faoliyatining asosiy prinsiplarini va tizimlarini tushunishga yordam
beradi.
3."Tijorat banklari moliyaviy muammolarini hal qilish": C. J. Keating tomonidan
yozilgan bu adabiyot tijorat banklarining moliyaviy muammolarni boshqarishga oid
qo'llanma sifatida foydalaniladi.
4."Banklar faoliyati va moliyaviy bozorlar": P. S. Rose va M. Marquis tomonidan
yozilgan bu adabiyot banklar faoliyatining prinsiplarini va moliyaviy bozorlarni
o'rganishga yo'l qo'yadi.
5."Banklarning hisob-kitobi va ma'lumotlari": D. C. Barrow tomonidan yozilgan bu
adabiyot banklar hisob-kitobi va moliyaviy ma'lumotlarni tushunishga yordam
beradi.
6."Banklar va moliyaviy tijorat": P. S. Rose va S. Hudgins tomonidan yozilgan bu
adabiyot banklar, moliyaviy tijorat va moliyaviy muammolar bilan bog'liq mazkur
sohalarni batafsil o'rgatadi.
7.www.norma uz axborot huquqiy portali
25
Download