Uploaded by javoxir ziyatov

foizli foizsiz

advertisement
Reja
KirishYuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi farqi tijorat
banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar va kreditlar
bo‘yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini tushuntiradi. Yuqorida aytilgan
daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi farqi tijorat banklarining foydasi
hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nima
uchun farq qilishini tushuntiradi. Yuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning
o‘rtasidagi farqi tijorat banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida,
omonatlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini
tushuntiradi.
1.Foizli va foizsiz xarajatlar
2. Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada
ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur
huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va
moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi,
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi hamda
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. SHu bilan
birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi
aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining
etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini
iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik
qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini
kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida
axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini
lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini
kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda1.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti dinamik ravishda rivojlanib borayotgan hamda tijorat banklari oldiga
o’z faoliyatlarini xalqaro darajaga yеtkazish talabi qo’yilgan hozirgi vaqtda, tijorat banklari o’z
oldiga qo’yilgan vazifalarni boshqaruv usullarini takomillashtirish va ko’rsatiladigan xizmatlar
sifatini oshirish hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Boshqaruv usullarini takomillashtirish va
boshqaruv bo’yicha tеgishli qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy tahlilning o’rni bеqiyosdir. Shuni
ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tahlilning nazariy masalalari nafaqat banklarda, balki
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham hozirgi paytda yеtarli darajada ishlab chiqilgan dеb
bo’lmaydi. Ayniqsa, bu pul oqimi kontsеptsiyasi, pul mablag’larining vaqtincha qiymati,
daromadlilik va xavf o’rtasidagi tafovut, jalb qilingan mablag’lar bo’yicha xarajatlar, krеdit va
invеstitsiya portfеlini boshqarish va boshqalarga tеgishlidir.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar kabi,
faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda
olishlari lozim. Foyda –tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa – zarari,
ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadalaridan xarajat hamda soliq va
to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summa ekan.
Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank
daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan
foizlar, mabodo kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar
bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatbaxo qog‘ozlar operatsiyalaridan
olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar –kabilar foizli
daromadlarga kiradi. Tijorat banklari xarajatlari ham foizli xarajatlar va operatsion xarajatlarga
guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan mablag‘larga, olingan kreditlarga to‘langan
foizlarga, qimmatbaxo qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga – foizli xarajatlar deyiladi.
Tijorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu
kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarga – operatsion xarajatlar
deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan
o‘zgarganligi, tejamkorlikka rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy
natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim
ekan.
Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar
buxgalteriya balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlardan, hamda audit tekshiruvi,
yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik
yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari bo‘lib:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
• foydaning belgilangan reja, o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;
• foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o‘zgarganligini o‘rganish hamda bu o‘zgarish
sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikka rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o‘zgarayotganliklarini
o‘rganish;
• xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko‘paytirib, foydasini ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini
aniqlash va shu kabilar.
Respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarish imkoniyatlarini
kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish muhim masalalardan hisoblanadi. Bunda esa
moliyaviy mablag‘larning muhim manbasi sifatida bank aktivlari muhim o‘rin tutadi. Tijorat
banklari faoliyatining asosiy qismini aktiv amaliyotlari tashkil qiladi. Aktiv amaliyotlar –
bankning foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali
joylashtirishi bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, banklar aktivlari hajmining o‘sishi bilan bir qatorda bank
aktivlari tarkibida muammoli, ya’ni qaytishi dargumon bo‘lgan aktivlar hajmining o‘sishi, bank
aktivlarining muayayn sohaga yig‘ilib qolishi natijasida aktivlar tavakkalchiligi
darajasiningortishi, bankda daromad keltirmaydigan aktivlar hajmining me’yor darajasidan oshib
ketishi kabi salbiy holatlarning yuzaga kelish ehtimoli ham ortadi. Fikrimizcha, bunday sharoitda
banklarda samarali menejment tizimi, ya’ni maqbul boshqaruv mexanizmini rivojlantirish asosiy
masalalardan hisoblanadi.
Bank menejmenti moliyaviy menejmentning asosiy bo‘g‘ini sifatida o‘zida bank faoliyatini
samarali tashkil etish, boshqarish va istiqbolli rivojlantirishning aniq mexanizmini qamrab oladi.
Zamonaviy bank menejmenti tizimi bankni rivojlantirish, moliya instrumentlarini hamda
hududlarda bank tarmoqlarini kengaytirish, raqobat siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, muloqot
strategiyasini rivojlantirishni samarali boshqarishga oid munosabatlarni mujassamlashtiradi2.
Banklarda aktivlarni boshqarish masalalari bank menejmentining asosiy yo‘nalishi sanaladi.
Bunda bank menejmentining muhim unsurlaridan hisoblangan – rejalashtirish, tahlil
(monitoring), muvofiqlashtirish, nazorat (baholash) tamoyillari bank aktivlarini boshqarishning
tashkiliy asoslarini ifodalaydi. Bank aktivlarini boshqarishda strategik, tavakkalchilik, sifat,
marketing, innovatsiya kabi menejmentning turi usullaridan foydalanish zarurati asoslab
berilgan.Rivojlangan mamlakatlar tajribasini ko‘rsatishicha, bank aktivlarini boshqarish,
aktivlarning samaradorlik darajasini saqlab turish, aktiv operatsiyalar hajmini oshirib borish
banklarni rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Bunday vaziyatda bank aktivlarini to‘g‘ri
boshqarish orqali bankning resurslar bazasini mustahkamlash, aktiv amaliyotlarni ko‘paytirish
asosida bank daromadini oshirish talab qilinadi. Bundan tashqari, moliya bozorida banklarning
raqobatbardoshligini mustahkamlash, mijozlar, aksiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini to‘liq
kafolatlay oladigan bank mexanizmini shakllantirish ko‘p jihatdan banklarda aktivlardan
samarali foydalanish, xarajatlar samaradorligini oshirish kabi bir qator ichki imkoniyatlardan
keng foydalanishni talab etadi.
Aktivlarni boshqarishda asosiy e’tibor tavakkalchilikning eng past darajasi sharoitida daromadlar
va xarajatlar orasidagi ijobiy farqni mumkin qadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror
darajada saqlab turishga qaratilishi zarur.
Taraqqiyot ilgarilab borayotgan hozirgi sharoitda banklar faoliyatini, xizmatlar turini
ko‘paytirish, reklama va boshqa zamonaviy usullar yordamida mijozlarni kengroq jalb etish
zamon talabiga aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirshda
banklarning rolini yanada oshirishga xizmat turlarini ko‘paytirishga, qolaversa, jahon bank
amaliyotini chuqur tahlil qilgan holda respublikamizda universal bank tizimi faoliyatini
kengaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
2.Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari




foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli
omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;
foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki
tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va
boshqalar;
operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat
safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;
birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga
mablag‘lar to‘lovlari. Yuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi
farqi tijorat banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar
va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini tushuntiradi.
Download