Uploaded by Lochinbek Qushaqov

э ва с -2,2

advertisement
2-laboratoriya ishi
Mavzu: IMS kuchaytirgichni xarakteristika va parametrlarini tadqiq etish
Ishni bajarishdan maqsad:
prinsiplarini o‘rganish
IMS larning tayanch elementlarining ishlash
Boshlang‘ich ma’lumotlar
KMOP-seriyali IMS larning tayanch elementlarini ko‘rib chiqaylik. KMOPinvertor bunday elementlarning eng soddasi bo‘lib hisoblanadi. KMOP-invertor har
xil turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita KMOP-tranzistordan tashkil
topgan, n-turdagi tranzistorning istoki nol potensialga ega bo‘lgan shinaga va pturdagi tranzistorning istoki esa ta’minlash manbasining musbat shinasiga ulanadi.
Sxema EMAS mantiqiy amalini amalga oshiradi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
1. Multisim-2001 dasturida KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasini
olish sxemasini tuzing (1-rasm).
2.1-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasini olish sxemasi
2. Xarakteristikasini olish uchun Multisim-2001 dasturining Simulate
menyusidan avval Analyses va keyin DC Sweep bo‘limlari tanlanadi (2-rasm).
2.2-rasm. Multisim-2001 dasturining Simulate menyusi
3. Hosil bo‘ladigan oynaning Analysis Parameters bo‘limida o‘zgartirilishi zarur
bo‘lgan parametrning (masalan, kirish kuchlanishining) boshlang‘ich Start value va
so‘nggi Stop value qiymatlari hamda o‘zgarish qadami Increment ko‘rsating (9.3rasm).
2.3-rasm. Multisim-2001 dasturining Analysis Parameters bo‘limi
4. Oynaning Output variables bo‘limi tanlang va uning zanjirdagi o‘zgaruvchilar
Variables in circuit bo‘limida xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan
o‘zgaruvchilar belgilab modellash davomidagi grafiklar Plot during simulation
knopkasini bosish yo‘li bilan oynaning tahlil uchun tanlangan o‘zgaruvchilar
Selected variables for analysis bo‘limiga o‘tkazing (9.4-rasm).
2.4-rasm. Xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni
tanlash
5. Xarakteristikani olish uchun oynadagi Simulate knopkasi bosing. Ekranda 2.5rasmdagiga o‘xshash xarakteristika hosil bo‘ladi.
2.5-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasi
6. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun n-turdagi
MOPtranzistorlarni parallel va r-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket ulang (6-rasm).
Bundan tashqari har bir kirishda n-turdagi va r-turdagi tranzistorlarning zatvorlari
mos ravishda o‘zaro birlashtiring.
7. YOKI-EMAS sxemaning X1 kirishiga yuqori sathli signal bering va VT1
tranzistorning ochilishi hamda VT4 tranzistorning yopilishiga e’tibor bering.
8. Sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
9. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering (2.7-rasm)
va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
10. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering (2.8-rasm) va
sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
2.6-rasm. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish
2.7-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi
2.8-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi
11. VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun (2.9-rasm) n-turdagi MOPtranzistorlarni ketma-ket va r-turdagi MOP-tranzistorlarni parallel ulang.
12. Sxemaning kirishlaridan biriga past va ikkinchisiga YUqori sathli signal
bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
13. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering va
sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
14. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering va sxemaning
chiqishidagi signalni yozib oling.
2.9-rasm.VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish
Download