Uploaded by nazokat baxtiyarova

ABDURAJABOVA ZULFIZAR

advertisement
Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi IV kurs
talabasi Karimova Sanobar Yangiboy qızınıng “Oksokarbon kislota amidlari
atsilgidrazonlari va ularning Cu(II) kompleks birikmalari sintezi,tuzilishi hamda
xossalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Jahonda biologik faol kompleks birikmalarni sintez qilishning maqbul
sharoitlarini aniqlash, ligandlarning tuzilishini oʼrgangan holda biometallar bilan
kompleks hosil qilish xususiyatlarini baholash, ligandning biologik faollikligini
saqlab yoki oshirgan holda yangi koordinasion birikmalarini olish dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda amaliyotda qoʼllanilayotgan kimyoviy
vositalar tarkibida ikki yoki undan ortiq birikmalarning birgalikdagi taʼsiri samarasi
ancha yuqori boʼladi, yaʼni sinergizm kuzatiladi. Shuning uchun tarkibida biometall
va funksional guruh tutgan ligandlarni saqlagan komplekslarni sintez qilish va
faolligini aniqlash muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori yurtimizning oliy ta`lim muassalarida va ishlab chiqarish tarmoqlarida
qo‘llaniladigan IT – informatsion texnologiyalrning o`rni yuqori saviyaga olib
chiqishda katta xizmatga ega. Jumladan, kimyo fani va u bog`liq tarmoq
korxonalarini komputer texnologiyalarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shunday ekan,
kimyo fanining bir tarmog`i hisoblangan organik kimyo va ushbu fanning
aminokislotalar sinfi vakillarining turli xossalarini IT ishtirokida o`rganish va tahlil
etish qator biologik faol moddalar sintez qilishdan oldin foydalanilishi ishning
dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi bir tomondan olingan ligandlar qattiq holatda
va eritmadagi tarkib va tautomer muvozanati element analizi , UB-,IQ-,YaMRH,YaMR -13C,EPR, spektroskopiyasi usuli yordamida isbotlangan,Ni(II) va Cu(II)
ning xelat kompleks birikmalarida markaziy ion va ikki karra deprotonlangan
ligandning besh-va olti-a’zoli metallhalqalar hosil qilishi aniqlangan,olingan
kompleks birikmalar turli mikroblarga qarshi biologik faollik xossaga ega ekanligi
isbotlangan.
Turli alifatik va amid guruhi tutgan oksokarbon kislotalarning xususiyatlari,
nazariy va amaliy ahamiyatini e’tiborga olgan holda bitiruv malakaviy ishining
maqsadi sifatida kvant-kimyoviy hisoblashlarning aminokislotalar koordinatsion,
biologik, farmakologik va boshqa xossalarini o‘rganishdagi ahamiyatini komputer
dasturlari yordamida amalga oshirish belgilab olingan.
Z.Abdurajabova
tomonidan
bajarilgan
bitiruv
malakaviy
Alifatik
monoamino- monokarbon kislotalar qatori – glitsin, alanin, valin va leysin qatorida
hamda asparagin va glutamin – amido monoamino monokarbon kislotalarining
energetik, termodinamik, kvant-kimyoviy, kimyoviy va biofaollik hamda
farmakologik xossalari komputer dasturlarida tadqiq etilgan bo`lib, olingan
birikmalarning tuzilishi zamonaviy fizikaviy tadqiqot usullari yordamida
isbotlangan. Birikmalarning biologik faolliklari hozirgi kunda keng tarqalgan
komputer dasturlari (PASS online, CB-Dock2) yordamida amalga oshirilgan.
Bitiruv malakaviy ishi 90 bet, 3 ta bobdan iborat 140 ta ilmiy adabiyotlardan
foydalanib yozilgan. Bitiruv ishini bajarish davomida zamonaviy fizik tadqiqot
usullari natijalaridan foydalanish, kvant-kimyoviy hisoblash usullarida olingan
natijalarni tajribalarda olingan natijalar bilan taqqoslash Sh.T. Jumaqulovning
bakalavr sifatida yetarli bilim va ko’nikma sohibasi ekanligini ko’rsatadi. Bu esa
uning asosiy yutuqlaridan biridir.
Bitiruv malakaviy ishida yuqorida qayd etilgan yutuqlar bilan birga ayrim
kamchiliklar va takliflarni ko`rsatib o`tish joiz deb hisoblayman. Masalan:
1. Birikmalarning biologik faolligiga mos holda tajribalar o`tkazilsa, ishning
salmog`i yanada ortar edi;
2. Birikmalarning YaMR spektroskopik tadqiqi nazariy DFT hisoblashlari
asosida va eksperimental tajribada olingan spektrlari tahlil qilinmagan.
Koʼrsatilgan kamchiliklar bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy
qiymatini, olingan natijalarning ahamiyatini kamaytirmaydi. Ish O’zbekiston
Respublikasi O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining bitiruv malakaviy ishiga qo’yilgan talablariga to’la mos kelishini
inobatga olib, Abdurajabova Zulfizar tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy
ishini himoyaga tavsiya etaman.
Download