Uploaded by nazokat baxtiyarova

3333

advertisement
5140500-kimyo ta’lim yo‘nalishi IV kurs talabasi
Karimova Sanobarning “Oksokarbon kislota amidlari atsilgidrazonlari va
ularning Cu(II) kompleks birikmalari sintezi,tuzilishi hamda xossalari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
TAQRIZI
Keyingi yillarda dunyoda fan va texnikaning jadal rivojlanishidan, kimyo fani
o’zlashtirilishi, kompleks birikmalardan tibbiyotda yangi turdagi antimikrob,
saratonga qarshi va boshqa xususiyatlariga ega kimyoviy dori-darmon vositalari,
qishloq xoʼjaligida esa ekinlar hosildorlikni oshiruvchi biostimulyatorlar,
zararkunandalarga qarshi kurashish uchun fungitsidlar ishlab chiqarish amaliyorda
joriy qilinmoqda. Kompleks birikmalar tarkibida biometallarning mavjudligi,
shuningdek, dentatli ligandlarning turli xil biologik faol funksional guruhlar
saqlashi, ularning juda past konsentratsiyali eritmalarining yuqori samarali taʼsir
etishi, olimlarning keyingi yillarda kompleks birikmalarga boʼlgan qiziqishiga sabab
boʼlmoqda.
Respublikamizda oʼsimlik va hayvonot dunyosiga xavfli kasalliklarga qarshi
ishlatiladigan dori va turli biologik vositalarni yaratishda foydalaniladigan
moddalarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy rentgen struktur tahlil (RST) usulida
aniqlanayotgani, qishloq xoʼjaligi, farmakologiya va tibbiyot sohasida ilmiy
izlanishlar olib borayotgan olimlarga ushbu vositalarni yaratish va tuzilishlarini
aniqlashda qo’l kelmoqda. Shundan kelib chiqib ushbu bitiruv malakaviy ishi.
Oksokarbon kislota amidlarining atsilgidrazoni asosida Cu(II) komplekslari
sintezi, tuzilishi va xossalarini o’rganishga bag’ishlangan.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi va
ahamiyati, ishning tuzilishi bayon qilingan.
Taqrizchi
BuxDU assistenti B.G’aniyev
Download