MUNDARIJA: KIRISH.................................................................................................................. 2 I-BOB. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI................ 1.1. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.................................................................................... 7 1.2. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini aniqlash mezonlari va ko’rsatkichlari.......................................................................................................... 11 1.3. Ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligini baholash usullari................................................................................................................... II-BOB. SAMARQAND KORXONALARI VILOYATI BOSHQARUVI ISHLAB FAOLIYATI 22 CHIQARISH SAMARADORLIGI TAHLILI............................................................................................................ 2.1. Innovatsion rivojlanish sharoitida Samarqand viloyati ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi holati.............................................................................. 28 2.2. Ishlab chiqarish korxonalari mehnat va asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlili..................................................................................... III-BOB. INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA 38 ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH....................... 3.1. Ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish............................................................................ 40 3.2. Innovatsion rivojlangan iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishining konseptual yo’nalishlari............................................................ 45 XULOSA VA TAKLIFLAR................................................................................ 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI......................................... 57 ILOVALAR……………………………………………………………………... 63 1 KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotini pandemiya bilan bog’liq inqiroz sharoitida Respublikamizda barqaror va innovatsion iqtisodiyotni samarali rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda tobora o’z dolzarbligini ko’rsatmoqda. Chunki, mazkur holatdan chiqishda iqtisodiyotning barcha jabhalarida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, xususan, mamlakatimizda ishlab chiqarish sohasidagi muammolarni yechimini ham talab etadi. XX asrning ikkinchi yarmi XXI asrning boshlarida iqtisodiy tizimda birdan-bir ahamiyatli hodisa bo’lib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish sohasining rivojlanishi va bu sohada ish bilan bandlar sonining kengayib borishi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida ish bilan bandlar salmog’i 70,0 foizdan ziyodni va uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 40,0 foiz atrofida tashkil etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora – tadbirlarini belgilashda pandemiya oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olish, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari mohiyati va mazmuniga ko’ra, zamonaviy hayot sifatini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan inson kapitali rivojlanishiga shart-sharoit yaratish hamda mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan inson faoliyatining turli ko’rinishlarini va yo’nalishlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va eng muhim tarmoqlarni modernizatsiyalash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarini doimiy ravishda o’zgarib boruvchi bozor munosabatlari sharoitida barqaror iqtisodiy rivojlanishi ularning xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni talab etadi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish intensivligini ta’minlash, 2 resurslardan foydalanishda tejamkorlikka erishish, xodim mehnatidan foydalanish samaradorligi va sifati hamda uning natijadorligini oshirish, iste’molchilar talabini to’liq qondirish masalalari sohaning o’ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi ishlab chiqarish darajasi va sifatini oshirish, ushbu asosida ishlab chiqarish korxonalari eksportini ko’paytirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. 2019-yil oxirida boshlangan pandemiyaning ta’sirini O’zbekiston sharoitida bartaraf etish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarining samarali faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish lozim bo’lmoqda. Adabiyotlar tahlili. Bitiruv malakaviy ishini yozishda bir qator ilmiy adabiyotlar, elektron manbalar va xorijiy tadqiqot ishlari, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning farmonlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati madaniyati va vatanparvarlik tarbiyasining ahamiyati to‘g‘risidagi qarori ko‘rib chiqildi1. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligi muammosi tadqiqotining nazariy va amaliy jihatlari iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ishlab chiqarishni har tomonlama kompleks baholashni nazarda tutadi. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlarining amaliy tadqiqotiga xorijlik taniqli olimlardan V.Baumol, B.Bosvort, U.Brinelfsson, Ye.Volff, K.Lumpur, R.Maxadevan, V.Nordxaus, S.Rouch, L.Sammers, R.Solou, D.Triplett, L.Turou, V.Fyuks, L.Xitt va boshqalarning hamda MDH olimlaridan O.N.Antininova, A.L.Lukyanova, I.A.Streles kabilar iqtisodchilarning ilmiy ishlari bag’ishlangan. Iqtisodiyotning ushbu sohasidagi rivojiga A.O’lmasov2, A.Vaxobov3, M.Pardayev4, I.S.Tuxliyev5, O’zbekistonlik Yo.A.Abdullayev6, Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори “Маданият ва санъат соҳасини янада ривожлантириш ва такомиллаштиришга доир чора тадбирлар тўғрисида” 31.05.2017 й., № 3022 1 2O‘lmasov a., Vaxobov A.V. “Iqtisodiyot nazariyasi: darslik. Toshkent, “Sharq” nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. 480 b. 3 Vaxobov A. Bozor munosabatlari tizimidagi ijtimoiy fondler: iqtisod fanlari doktori dissertatsiyasi.Toshkent 2000 y. 166 b. 3 I.Ivatov7, B.A.Abdukarimov8, G’.H.Qudratov9, B.X.To’raev10, Sh.Zaynutdinov11, E.S. Fayziyev12 kabi olimlarning ilmiy ishlarida ishlab chiqarish sohasi rivojlanishi va samaradorligini oshirishning ayrim jihatlari yoritilgan. Ammo bu ishlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi batafsil o’rganilmagan. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Samarqand viloyatida faoliyat yuritadigan ishlab chiqarish korxonalari xo’jalik faoliyati hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog’liq tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadiga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilandi: -ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyatining shakllanish bosqichlari va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, uning mamlakat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini asoslash; -ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligini ijtimoiyiqtisodiy mohiyatini yoritib berish va uning mezonlari va ko’rsatkichlarini taklif etish; 4 Pardayev M.Q., Isroilov J.I., G‘apparov A.Q. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish muammolari. Risola. Samarqand. “Zarafshon”, 2009. - 66 b. 5 Tuxliyev I.S va boshqalar Turizmni rejalashtirish. Darslik. T.: «Iqtitsod-moliya», 2010.-264 b., Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot-texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari..jur.// «Servis» № 1. 2011.SamISI. 6 Abdullayev Yo.A. Statistikaning umumiy nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 1993.- 240 b., Bozor iqtisodiyoti asoslari: T.: «Mehnat», 1997. - 432 b., Makroiqtisodiy statistika. – T.: «Mehnat», 1998. - 382 b., Statistika nazariyasi. – T.: «Mehnat», 2000.448 b., Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. -T.: «Mehnat», 2002. – 215 b. 7Ivatov I. Xususiy tadbirkorlik va marketing 2001 y. 6-son 19-21 b. 8 Abdukarimov B.A. Ichki savdo iktisodiyoti. – T.: «Fan va texnologiya», II tom 2008.- 224 b. 9Qudratov G‘.H., Pardaev M.Q., Abdukarimov B.A. Servis rivoji – aholining bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish omili. Risola. T.: «Fan va texnoloqiya», 2007. – 28 b. To‘rayev B. X. Teoretiko-metodologicheskie osnovы razvitiya turizma. Tashkent «Fan» 2008 166-str. Organizatsionno-ekonomicheskie mexanizmы regionalnogo turizma. Tashkent «Fan» 2009 156- str. 11 Zaynutdinov Sh. Upravlenie razvitiem melkogo turizma i predprinimatelstva v rыnochnoy ekonomike. T-1996 195-str. 12 Fayziyev E.S. Servis tizimi faoliyati asoslari. Ma’ruza matni. Samarqand, 2007. 208 b. 10 4 -ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligini baholashning xorij tajribasini tadqiq etish; - ishlab chiqarish boshqaruvi faoliyati samaradorligini omilli tahlil etish; - ishlab chiqarish korxonalarida resurslardan foydalanish holatini tahlil etish va moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlarni aniqlash; - ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari va yo’nalishlarini aniqlash; - ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy mexanizmining takomillashtirish choralari va tadbirlarini ishlab chiqish; - ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish; - ishlab chiqarish korxonalarining ustuvor rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy ishlanmalar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Iqtisodiy-statistik, moliyaviy tahlillar, guruhlash va taqqoslama tahlil, abstrakt-mantiqiy fikrlash, ekspert baholash, ilmiy bashoratlash usullaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va kutilayotgan natijalar. Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarish korxonalarning rivojlanishi va faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish nazarda tutilgan bo’lib, uning asosida ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni yangicha hal qilish bo’yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarish korxonalarida «samaradorlik» tushunchasining mohiyati bo’yicha takomillashgan ta’rif ishlab chiqildi va uning sohaga oid ijtimoiyiqtisodiy jihatlari asoslandi; - ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini kompleks baholash usullari aniqlandi va uning mezonlari hamda ko’rsatkichlari taklif etildi; 5 - ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tasniflandi; - ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish tavsiya qilindi; - ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish tavsiya qilindi; - ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishining konseptual yo’nalishlari ishlab chiqildi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, uchta bob, 7 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, maqsadi, vazifalari, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot predmeti, ilmiy yangiliklari, tadqiqot metodlari, ishning ilmiy-amaliy ahamiyati, tadbiq etilganligi, tuzilishi va hajmi bayon etildi. «Ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari» nomli birinchi bobda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini aniqlash mezonlari va ko’rsatkichlari hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini baholashning usullari tadqiq etildi. «Samarqand viloyati ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligi tahlili » nomli ikkinchi bobda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligi tahlili va ishlab chiqarish korxonalari mehnat va asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlili, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligining omilli tahlili aniqlandi. Ishning yakuniy qismida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasidan xulosa va tavsiyalar bayon etildi. 6 I Bob. Ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari 1.1. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligining mohiyati va ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ilgan edi. Mustaqilligimizning ilk yillarida Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini berayapdi. Bu borada ta’kidlash lozimki, “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2021-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2020 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’pdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ortiqrog`i yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga to`g`ri keladi. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2021 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi”. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish zahiralaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ular asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab 7 chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish taxlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi. O’z navbatida, ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish holati asosan buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga asosan baholanganligi sababli, ular hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish talab etiladi biri hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatini mutadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi lozim. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida ishlab chiqarish zahiralarining o’rni juda kattadir. Ishlab chiqarish zahiralari asosiy vositalardan farq qilib, bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tan narxiga o’tkazadi. Shunday qilib aylanma mablag’lar xarakatchanligi bevosita ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishga bog’liqdir. Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish zahiralarining mahsulot tannarxidagi salmog’i borgan sari oshib bormoqda. Agar ijtimoiy ishlab chiqarishning kengayib borayotgan ko’lamini ko’z oldimizga keltirsak, ishlab chiqarish zahiralarini tejab-tergab sarflash xalq xo’jaligiga katta samara keltirishini tushunib etish qiyin emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qandaykorxona asosiy maqsadiga erishishi uchun aylanma mablag’larni jumladan ishlab chiqarish zahiralarini tejab foydalanishga alohida e’tibor beradi. Chunki shuning natijasida 8 ular o’z raqobatdoshliligini oshirishga va foydalarini ko’paytirishga, oqibat natijada o’z foydalilik darajasini oshirishga erishadilar. Ishlab chiqarishni bir qancha belgilariga ko’ra turkumlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ishlab chiqarishni turkumlanishini quyidagi 1chizmada ko’rishimiz mumkin. Butlovchi buyumlar Xom-ashyo va materiallar Yarim tayyor mahsulotlar Yoqilg’i Ehtiyot qismlar Qurilish materiallari ISHLAB CHIQARISH Idish va idish materiallari Inventar va xo’jalik anjomlari Boshqa materiallar Qayta ishlashga berilgan materiallar 1.1-chizma. Ishlab chiqarishning turkumlanishi13. Mahsulot ishlab chiqarishda ishlab chiqarish zahiralarining ahamiyati va roli juda kattadir. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklansa, ayrim hollarda ularsiz umuman mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish zahiralari hisoblangan materiallar, xom- ashyolar, yoqilg’i, elektr quvvatlari va boshqalar mavjud bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi. Ulardan yil davomida to’liq hamda tejab foydalanish eng muhim maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish natijasida 13 O. Bobojonov «Moliyaviy hisob». – T.: «Sharq» NMAK, 2016 yil. 276-bet. 9 ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi oshadi. Shuning bilan birgalikda mehnat buyumlaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish zahiralarini iqtisod qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni soddalashtirish va ularning har biridan samarali foydalanish hamda ular ustidan nazorat o’rnatish bir muncha osonlashishini hisobga oladigan bo’lsak ishlab chiqarish zahiralarini turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Birinchi xil materiallar ishlab chiqarish jarayonida to’liq iste’mol qilinadi, masalan xom-ashyo yoki materiallar, ikkinchi xili o’z shaklini o’zgartiradi, masalan moylash materiallari, bo’yoq, uchinchi xili buyumga hech qanday tashqi o’zgarishlarsiz kiritiladi, masalan ehtiyot qismlar va xokazo. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko’ra, XXI asrning boshlarida barcha turdagi xizmatlar hajmi 1500,0 trln. AQSh dollarini (bu ko’rsatkich jahon yalpi ichki mahsulotining 70,0 foizini tashkil etadi) tashkil etgan. Xalqaro savdo xizmatlari esa, jahon xo’jaligining barqaror rivojlanuvchi sektorini tashkil etadi14. Бурменко Т.Д. Экономика сферы услуг (Вводный курс) / Т.Д.Бурменко. –Иркутск: Изд-во БГУЭП, 2004. – С.37-38. 14 10 1.2. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini aniqlash mezonlari va ko’rsatkichlari Umuman, ishlab chiqarish iqtisodiyotining nazariy asoslarini ko’rib chiqish orqali shuni qayd qilish lozimki, rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarda ro’y berayotgan xo’jalik yuritish sharoitlarini o’zgarishi samarali faoliyat kategoriyasini kengroq tashkil etishni talab etadi. Samaradorlik kategoriyasiga yangicha yondashuv xorij iqtisodiyoti fanida tobora ommalashib bormoqda. Bu yondashuvda samarali faoliyat mazmuniga sof miqdoriy nuqtai nazardan emas, balki sifat jihatidan natijalarga erishish mumkinligi takidlanadi. Iqtisodiyot fanidagi fikrlarni umumlashtirib shuni qayd qilish mumkinki, xo’jalik yurituvchi subyektlarni samarali faoliyati deganda iqtisodiy va siyosiy ko’rsatkichlarning umumiyligi tushuniladi. Shuning uchun ham unga nisbatan umumlashtiruvchi tushuncha – ijtimoiy va iqtisodiy tushuncha mos keladi. Bu tushuncha samaradorlikni ikki tomonlama ko’rinishini, ya’ni miqdoriy va sifatiy jihatlarini aks ettiradi (1-rasm). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samaradorligi (faoliyati) Ijtimoiy samaradorlik Iqtisodiy samaradorlik Ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik 1.1-rasm. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning samaradorligi. Iqtisodiy samaradorlik xo’jalik yurituvchilar faoliyati natijasini aks ettiradi, ijtimoiy samaradorlik esa iqtisodiy subyektlarning ijtimoiy samaradorligini, uni 11 jamiyat hayotining turli tomonlariga ta’sirini aks ettiradi. Bunda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik muayyan darajada o’zaro bog’liqdir. Ijtimoiy samaradorlikka erishish – insonlarning ijtimoiy yashash sharoitlarini yaxshilanib borishi bo’lib, u iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratadi. Oqibatda u insonning mehnat qilish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatib, uning mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi. Shu bilan birgalikda, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun moddiy asos zarur. Bu moddiy asos korxonalar faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali erishiladi. Demak, ishlab chiqarish iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyatning yangicha mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: faoliyat samaradorligi samaradorlik tushunchasining mohiyati yoki mazmuni bilan o’lchanmaydi, balki ijtimoiy samaradorlikni tashkil qiluvchi ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy samaradorlikni belgilovchi ko’rsatkichlarga nisbatan kengroq mazmunga ega. Samaradorlikni tashkil etuvchi sifatiy holatlarni o’zgarishi xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorligini baholash zaruratini keltirib chiqaradi. Shu bilan umumiy qabul qilingan nuqtai nazarga ko’ra, ijtimoiy samaradorlikni aniq miqdoriy o’lchovga tushirib bo’lmaydi. Shunday qilib, an’anaviy tarzda samaradorlikni faqat iqtisodiy tabiatini aks ettirish mumkin, uning ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini miqdoriy mezonlar bilan o’lchash murakkabdir. Bunday nuqtai nazar hozirgi davrda iqtisodiy fanlarda keng tarqalgan. Shu bilan birgalikda, xizmatlar sohasiiqtisodiyoti sharoitida samaradorlikni baholash muammosi yechimiga bog’langan ilmiy tadqiqotlar dolzarb bo’lib bormokda va bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga talab, bizning fikrimizcha, ancha yuqoridir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarda ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishi bilan faoliyat samaradorligini baholash masalalari tadqiqotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz ham o’z tadqiqotimizda ushbu masalaga o’z e’tibormizni qaratmoqchimiz. Buning uchun birinchi navbatda samaradorlik tushunchasiga va uning ta’rifiga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Samaradorlik tushunchasi murakkab tushuncha ekanligini e’tirof etib, ilmiy adabiyotlarda (efficieny – 12 inglizcha) bir nechta tarjimaviy talqinga ega, bir muncha keng tarkalgan «efficieny» iborasini samaradorlik, harakatchanlik, mahsuldorlik, harakatchanlik qobiliyati, operativlik15 kabi tushunchalar bilan izohlash mumkin. Hozirgi vaqtda samaradorlikni ko’plab ta’riflari nafaqat iqtisodiyot fanlarida, balki boshqa fanlarda ham keltirilgan. Iqtisodiyot fanlarida «samaradorlik» tushunchasi keng va tor ma’noda talqin qilinadi. Keng ma’noda «Samaradorlik» tushunchasi – atrof muhitga samarali va adekvat yondashuv qobiliyati16, nisbiy samara, operatsiyalar va loyihalar17 sifatida talqin qilinadi. Samaradorlik mohiyatini aniqlashning yuqoridagi ta’rifini qaraydigan bo’lsak, uning bir qancha resurslari mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Chunki bu tushuncha bir qancha mezonlar, xususiyatlar orqali ifodalanishi mumkin. Shuningdek, samaradorlik kategoriyasi iste’molni qondirish sifatida ham, ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi sifatida ham, korxonalarning samarali shakllanishi sifatida va hokazo ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Samaradorlik tushunchasi konkret tor ma’noda potensial va real faoliyatlar natijasining kompleks tasnifi bo’lib, bunda asosiy e’tibor faoliyat bo’yicha olingan natijalarga qaratiladi. Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan ta’riflar «Samaradorlik» mohiyatining quyidagi asosiy jihatlarini ifodalaydi: birinchidan, samaradorlik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, u bir yoki bir necha mezonlar asosida aniqlanadi; ikkinchidan, samaradorlik nisbiy tushuncha bo’lib, u har doim muayyan maqsadlar faoliyatiga bo’ysunadi. Ya’ni samaradorlikni baholash bosh maqsadlar asosida faoliyatlarni tavsiflaydi. Shunday qilib, samaradorlik nisbiy tushunchadir. Mazkur tushuncha haqida fikr yuritilganida bir necha holatlar taqqoslanadi. Masalan, iqtisodiy nazariyada – iqtisodiyotdagi biror-bir manfaat bilan bog’liq bo’lgan farovonlik darajasi taqqoslanadi. Gap shundaki, jamiyat farovonligi barcha jamiyat a’zolarining manfaatlarini to’g’ridan-to’g’ri umumlashtirish natijasidir. Мюллер Д.К. – Англо-русский словарь М.: «Русский язык» 1992 . –С. 233-234. Кравченко С.А. Социально-экономический русско-английский словарь –М.: Астрель, 2004. –С. 511. 17 Борисов А.Б. Большой экономический словарь/А.Б. Борисов – М.: Книжный Мир, 1999.–С. 825. 15 16 13 Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifasi iqtisodiyot uchun muddatli ishlab chiqarishda o’sish darajasining past darajada ekanligi uni rivojlantirishning hayotiy muhim vazifasiga aylantiradi. Shu bilan birga, samaradorlik talqini yuqorida aytib o’tilganlardan farq qilib boshqa harakterda ham bo’lishi mumkin. Italiyalik iktisodchi Vilfred Pareto (18481923yy) nomi bilan bog’liq bunday talqin mohiyatiga ko’ra quyidagichadir: «Agar kimdir o’z holatini, bu holat boshqa birov uchun yomonlashmaydigan qilib yaxshilay olsa, resurslar samarali taqsimlangan bo’ladi»18. Paretoning fikricha, iqtisodiyotda shunday holat (A holat) samarali holat hisoblanadi. Agarda bitta individ uchun (A holat) oldingi holatga (B holat) qaraganda qolgan individlarning foydalilik darajasi pasaymasa yuqori darajada foyda keltiradi19,20. Shunday ekan (A holat)dan (B holat)ga o’tishda hech kim hech narsa yo’qotmaydi, balki kimdir nimadir yutadi. A holat B holat bilan solishtirilganda Pareto – afzal, B holatda esa A holat bilan solishtirilganda muvofiq ravishda Pareto salbiy sifatida aniqlanadi. Pareto samarali hisoblanadi, agarda Pareto afzal holati munosabat bo’yicha unga amal qilmasa Pareto samarasiz (agarda munosabat bo’yicha Pareto afzal holati amal qilsa). Pareto konsepsiyasi tovarlar ishlab chiqariladigan resurslarning taqsimlanishini baholashdan iborat bo’ladi. Mavjud resurslarni taqsimlash, agar iqtisodiyotda qandaydir bir tovarni, boshqalarini ishlab chiqarishni kamaytirmay turib, ko’proq mikdorda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo’lmasa, samarali hisoblanadi. Tahlil qilingan adabiyotlar orqali shunday xulosa qilishimiz mumkinki, iqtisodiy fanlarning rivojlanib borishi jarayonida samaradorlikni baholash uchun ahamiyatli ravishda miqdoriy yondashuvlar shakllangan. Biroq bizning fikrimizcha, ularning barchasi umumiy bo’lgan belgilari bo’yicha ikki bir-biridan farq qiluvchi yondashuvlarga bo’linadi: resursxarajat va maqsadga yo’naltirilganlik. Ularning mohiyati va mazmunini batafsil ko’rib chiqamiz. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik) T.: «Mehnat», 2004. –B. 395. Vilferdo Pareto iqtisodiyot fanida birinchi bo‘lib samaradorlikning shunday tushunchasini taklif etadi. 20 Экономическая школа – М.: Высшая школа экономики, 1999. №5. – С. 91. 18 19 14 Bir muncha keng tarqalgan resurs-xarajat yondashuvda samaradorlikni o’lchash unumdorlik ko’rsatkichlaridan foydalanish orqali ifodalangan. Shuni aytish joizki, «efficieny» tushunchasini lug’aviy ma’nosi – bu mahsuldorlik, unumdorlik ma’nolarini bildiradi. Bunga teskari bo’lgan ma’nolarni ham keltirishimiz mumkin. Masalan: S.E.Sarkisov «unumdorlikni mahsulot yaratish uchun foydalanilgan resurslar samaradorligi o’lchovi»21 deb ta’riflaydi. A.B.Borisov esa unumdorlikni «foydalanilayotgan resurslar birligiga to’g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi»22 deb e’tirof etadi. Shuning uchun bundan keyingi tahlillarda «unumdorlik» tushunchasiga ta’rif berish zarur deb hisoblaymiz. «Unumdorlik» tushunchasi (inglizcha productivity – unumdorlik, mahsuldorlik, mahsulot chiqarish) – odatda odamlar ishlab chiqarish faoliyatining mahsuldorligi, samaradorligi sifatida aniqlanadi. XXI asrning 70 yillarida o’ta naflilik nazariyasi paydo bo’lganda mazkur tushuncha keng talqin etila boshlandi. Ammo, shuncha vaqt o’tganiga qaramasdan hozirgi vaqtda ham unumdorlik tushunchasiga ta’rif eskiligicha kolmokda. Xususan, «Bolshoy ekonomicheskiy slovar» kitobida unumdorlikka, bir ishchi jihozlar birligi, bo’linma va boshqalar tomonidan vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot, xizmatlar, yarim tayyor mahsulotlar»23 deb ta’riflar berilgan. Shu bilan birgalikda, xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida mehnat unumdorligini tahlil qilishda J.B.Seyning chegaraviy unumdorlik nazariyasi va Dj.Klarkning unumdorlikni pasayib borish nazariyalariga asoslanadi. Chegaraviy unumdorlik nazariyasi jamiyatda daromad va qiymatni shakllanish jarayonida ishtirok etuvchi barcha omillarni unumdorlik xususiyatiga ega ekanligini bildiradi. Dj.Klarkning nazariyasiga asosan ishlab chiqarishning har bir omili qandaydir chegaraviy unumdorlikka, unga mos holda har bir mehnat muayyan bahoga ega bo’ladi. Саркисов С.Э. Менеджмент: словарь справочник. – М.: АНКИЛ, 2005 –С. 551. Борисов А.Б «Большой экономический словарь» - М.: Книжный мир, 1999. –С. 554. 23 Азримян А.Н «Большой экономический словарь» - М.: Фонд «Правовая культура», 1994. – С. 322. 21 22 15 Xususan, klassik boshqaruv maktabi namoyondalari (F.Geylar, G.Fort, A.Fayol va boshqalar) boshqaruv samaradorligini sarf-harajatlar bilan maksimum natijaga erishish deb hisoblashadi. Shuning uchun unumdorlik korxona rahbarlari va menedjerlari foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimida asosiy mezon hisoblanadi. Samaradorlikni baholashda resurs-xarajat yondashuvidan foydalanishni marketing bo’yicha adabiyotlarda ko’rishimiz mumkin. Taniqli marketolog G. Assel marketing samaradorligi deganda marketing sarflari va natijalarini tushungan24. Biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, unumdorlik va samaradorlik mohiyati bo’yicha turlicha qarashlar va yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. Xususan, V.A. Varashilovning fikricha, unumdorlik va samaradorlik o’rtasidagi farq shundaki, unumdorlik bu ishlab chiqarish kategoriyasi, samaradorlik esa yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarini o’z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish kategoriyalaridir. U mexnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini jonli va iste’mol qilingan mehnat vositalariga qilingan sarflarga nisbati sifatida, samaradorlikni esa – barcha mehnat sarflari va ishlab chiqarish vositalari qiymatiga nisbatan hisoblaydi. Boshqa iqtisodchi olimlar samaradorlikni, ya’ni jonli va buyumlashgan mehnat unumdorligiga, mehnat unumdorligi esa faqat jonli mehnatni qamrab oladi deb, e’tirof etishadi. Yuqoridagi fikrlarni taqqoslaydigan bo’lsak, unumdorlik va samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash tamoyili bir xil. Ammo unumdorlik ko’rsatkichlarida faqat jonli mehnat sarflari taqqoslansa, samaradorlikda esa jonli va buyumlashgan mehnat taqqoslanadi. Agar ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga taqqoslansa, ishlab chiqarishning umumiy sarflari yig’indisida jonli mehnat sarflari qanday ulushni tashkil etishini ko’rsatuvchi koeffitsientga ega bo’lamiz. Bu ulushning kamayishi bevosita ishlab chiqarishdan jonli mehnatni nisbatan va mutloq ozod qilinishi to’g’risida dalolat beradi25. 24 Ассель Г. Маркетинг: принципы и стратегия. М.: ИНФРА–М, 1999.–С. 803. 25Abduraxmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti (Darslik). T.: Mehnat, 2004. -B.397. 16 «Samaradorlik» tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olingan samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi26. Samaradorlashtirish – mehnat faoliyatining u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu natijalarning birligiga sarflarni qiskartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni izlashdir. Mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsuldorligi iqtisodiy makonning bir-birini to’ldirib turuvchi parametrlaridir. Chunki ular ayni bir o’sha ob’ektning – ishlab chiqarilgan mahsulotini turli tomondan, ya’ni jonli mehnatni tejash, ishlab chiqarish chiqimlarini qiskartirish va jamiyat ehtiyojini mumkin qadar qondirish tomonidan ko’rib chiqadi. Iqtisodiy makonning aniqlangan parametrlari tabiiydir, chunki ular iqtisodiy hodisalar mohiyati va tabiatini aks ettiradi27. Shunday qilib, resurs-xarajat nuqtai nazaridan samaradorlik va unumdorlikni tashkil qilishda bir xil ko’rsatkichlar sifatida tadqiq etiladi. Ammo iqtisodiy tushunchalar sifatida ular turlichadir. Shuning uchun resurs-xarajatyondashuvi bo’yicha samaradorlikni baholashda unumdorlik ko’rsatkichlari tizimiga to’xtalish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyot fani o’rganayotgan unumdorlik konsepsiyasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimini ishlab chiqarish omillari nazariyasi asosida tuzilgan. Mazkur nazariyaga asosan, unumdorlikning asosiy vazifasi minimal sarflar asosida maksimal natijalarga erishish hisoblanadi. Bunga ko’ra unumdorlikni umumiy formulasi quyidagicha: Unumdorlik = mahsulot ishlab chiqarish / sarflar (1.1); Yuqori ko’rsatkichni hisoblashda bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi unumdorlikni ajratib ko’rsatishimiz mumkin: xususiy unumdorlik, umumiy unumdorlik, ko’p omilli va ishlab chiqarish omillarining yalpi unumdorligi. 26 Abduraxmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti (Darslik). T.: Mehnat, 2004. -B.398. 27 Abduraxmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti (Darslik). T.: Mehnat, 2004. -B.400. 17 Xususiy unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foydalaniladigan bir resursni so’nggi natijaga nisbatan tavsiflaydigan ko’rsatkich. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarishning bir omilli samaradorligini namoyon etadi. Umumiy unumdorlik – ishlab chiqarish omillari sifatida bir necha resurslarni so’nggi natijalariga nisbatan tavsiflovchi ko’rsatkichdir. Mazkur ko’rsatkich ishlab chiqarish omillarining samaradorligini ifodalaydi. Yalpi unumdorlik - ishlab chiqarish omili sifatida foylanadigan barcha resurslarni barcha so’nggi natijaga nisbatini tasniflaydigan ko’rsatkich bo’lib, yalpi faoliyat samaradorligini ifodalaydi. Shuni e’tirof etish mumkinki, yalpi, umumiy va xususiy unumdorlik qabul qilingan ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarishning barcha darajalarida, ya’ni tarmoq, soha, hudud yoki alohida korxona miqyosida foydalanish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda yuqorida ta’kidlangan umumiy qabul qilingan tasnifdan tashqari yana bir necha tasnifni ajratib ko’rsatish mumkin. Masalan, sarflar va natijalarni to’liq hisoblash darajasi uchun unumdorlik ko’rsatkichi tasnifini ham uch turini ajratib ko’rsatish mumkin:28 a) xususiy (bir natijani bir sarfga nisbati); b) umumlashgan (bir yoki bir necha natijalarni bir necha sarflarga nisbati); v) integral (unumdorlikning to’liq hisoboti); Oldingi tasnifga farqli ravishda ushbu tasnifda nafaqat ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdori, balki ishlab chiqarish natijalarini tabaqalanish imkoniyatlari ham inobatga olingan. Unumdorlikni hisoblashda xususiy unumdorlik ko’rsatkichini hisobga oluvchi ishlab chiqarishning uch omili (mehnat, kapital va materiallar) tasnifi ham amal qilmokda (1.4-jadval). Hozirda amal qilayotgan unumdorlik ko’rsatkichlari turlicha bo’lib, tarkibiga mehnat unumdorligi, material qaytimi, fond qaytimi, rentabellik kabilarni qamrab, ularni hisoblash yagona tamoyil asosida ishlab chiqarish natijalarini 28 1. Беляев К.К Проблемы изучения затрат и результатов на предприятии.Иркутск, ИГЭА, 1999. –С. 104. 18 sarflarga nisbati asosida (1.1 formula asosida) amalga oshiriladi. 1.4-jadvaldagi ko’rsatkichlar tasnifi ishlab chiqarish natijalarini (ishlab chiqarish hajmi, foyda, qo’shilgan qiymat) hamda ishlab chiqarish omillari mezon asosida turli xil variantlardan foydalanish bo’yicha tuzilgan. Mazkur tasnifda unumdorlik qiymat va natural ko’rinishida ifodalangan. 1.1-jadval Ishlab chiqarish omillari unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari Natija Ishlab chiqarish Daromad Sarflar hajmi (birlikda) Sarflar (so’m) Jami unumdorlik (so’m) Jami omilli unumdorlik Foyda (so’m) Rentabellik (foydali jami unumdorlik) Qo’shilgan qiymat (so’m) Qo’shimcha qiymat unumdorligi Shundan faqat so’mda Ishchilar tarkibiga 1. Mehnat Mehnat Mehnat Foydali mehnat sarflari (kishi) unumdorligi unumdorligi unumdorligi Mehnat Mehnat Mehnat Foydali mehnat sarflari (so’m) unumdorligi unumdorligi unumdorligi Mehnat Mehnat Mehnat Foydali mehnat Ish vaqtiga bog’lik sarflari (soat) unumdorligi unumdorligi unumdorligi bo’lgan unumdorlik Fond qaytimi Fond qaytimi (so’m) Material sarflar (birlik) Material sarflar (so’m) unumdorlik Ishchilar kuchiga bog’lik bo’lgan unumdorlik Asosiy 2. Asosiy fondlar sarfi bog’liq bo’lgan fondlarning Asosiy moliyaviy foydali kapital unumdorligi unumdorligi Material qaytimi Material qaytimi Material qaytimi Material qaytimi 19 - - Aylanma aktivlar unumdorligi Aylanma aktivlar unumdorligi Maqsadga muvofiq yondashuv doirasida samaradorlikni quyidagi ko’rinishlarini ajratib ko’rsatish mumkin: - tashqi samaradorlik (tashkilot tashqi imkoniyatlaridan foydalanish nuktai nazaridan samaradorlik)-uni hisoblash oldindan rejalashtirilgan natijalarni biror bir jarayonni bajarilishi orqali olingan natijalarga nisbati sifatida aniqlanadi: - ichki samaradorlik (tashkilotning ichki imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan samaradorlik)-uni hisoblash minimal zarur resurslarni foydalanishga mo’ljallangan rejalarga nisbati sifatida amalga oshiriladi. - umumiy samaradorlik, (tashqi va ichki samaradorlik asosida aniqlanadi): Umumiy samaradorlik tushunchasi dastlab P. Druker tomonidan taklif qilingan. Shuni ta’kidlash lozimki, amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif qilingan samaradorlik talqinini keng maqsadlarda foydalanish mumkin, ya’ni nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, madaniy, tabiatni muhofaza qilishva boshqalarda foydalanish mumkin. Shuningdek, ishlab chiqarishda mazkur yondashuv asosiy ahamiyatga ega. Samaradorlikni hisoblashning maqsadga yo’naltirganlik yondashuvi asoschilaridan biri amerikalik G. Emirsondir. U o’zining «samaradorlikning un ikki tamoyili» nomli (tvelve prinsiples of efficiency 1992)29 asarida unumdorlikni samaradorlikning un ikki tamoyilidan biri deb aytadi. Ammo G. Emirsonning fikricha, unumdorlik va samaradorlik teng ko’rsatkichlar emas. Shuni aytish kerakki, G. Emirsonning samarali ishlab chiqarishning yuqori unumdorligini birlamchi vazifa qilib qo’ymaydi30. Samaradorlikni hisoblashda maqsadga yo’naltirilganlik yondashuvi rossiyalik iqtisodchi olimlar tomonidan ham keng yoritilgan. Xususan, O.B. Agabekyan, N.A. Gorelov, A. Shafronovlar ushbu yondashuvni yoqlab chiqqan. Masalan, Gorelov N.A. «Unumdorlik faqat mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini ifoda etadi, ishlab chiqarish samaradorligi esa 29 Эмирсон Г. Двенадцать принципов производительности. – М.: Экономика, 1992, -СМ. 216. 30 Уша ерда. – Б. 35-36. 20 murakkab, kompleks kategoriya bo’lib, mehnat jarayonida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish harakteri va unumdorlik darajasi hamda mahsulot realizatsiyasi bo’yicha korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati bilan belgilanadi31»deb ta’kidlaydi. Samaradorlikni hisoblashda maqsadga yo’naltirilgan yondashuvda D. Djobber ham o’z fikrini bildirgan. U samaradorlik va unumdorlikni quyidagicha tasniflaydi: unumdorlik ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tejamkorlik asosida mahsulot ishlab chiqarish bilan belgilanadi. Uning fikricha, samaradorlik «zarur bo’lgan narsani» yaratish qobiliyatidir. Djobber unumdorlik va samaradorlik o’rtasida o’zaro bog’liklikni quyidagicha belgilaydi: Unumsiz Unumli Samarasiz Samarali Biznesdan tezda chiqib ketadi. «Yashab qoladi» O’z faoliyatini sekinlik bilan tugatadi «Gullab yashnaydi» 1.2-rasm. Xo’jalik yurituvchi subyektlar samaradorligi va unumdorligining o’zaro bog’liqligi32. Bizning fikrimizcha, unumdorlik va samaradorlikning mohiyatini yoritib berishda Q.X.Abduraxmonovning qarashlari ancha o’rinlidir. Uning fikricha, «unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish samaradorligi bilan yetarli darajada mos keladi deb hisoblangan va bunga uni keng moslashtirilgan: bunda mehnat natijalari faqat mehnat sarfi bilangina emas, balki resurslar bo’yicha hamma turdagi sarflarning o’zaro nisbati qiymat shaklida aniqlanadi»33. Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan fikrlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, samaradorlikni baholashda maqsadli yo’naltirilganlik yondashuvi resurs-xarajat yondashuvidan keskin farq qiladi. Maqsadli yo’naltirilgan yondashuvidan foydalanish faoliyat samaradorligini baholash imkoniyatini kengaytiradi. Винокуров Р.А, Горилов М.А, Экономика труда. – СПВ.: Питер, 2004. –С. 64-65. Джоббер Д. Принципы и практика маркентинга: Пер. анг-М: издательский дом «Вильянс) 2000.-С.22. 33 Abduraxmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti (Darslik). T.: Mehnat, 2004. -B. 273-274. 31 32 21 1.3. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini baholash usullari Hozirgi vaqtda ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda ishlab chiqarish faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bo’yicha turli qarashlar mavjud. Masalan, G. A. Avanesovaning fikricha «ishlab chiqarish faoliyati – bu individual, guruh kishilarning o’zaro harakatlaridir»34. O’zaro harakatdagi insonlarning bir qismi o’zlarining ko’plab ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar olishni xohlaydilar, boshqalari muayyan xizmatlar ko’rsatish asosida insonlarning ehtiyojlarini qondiradilar. Bunday munosabatlardan asosiy maqsad – moddiy ne’matlar yaratish, insonlarni tobora o’sib borayotgan ehtiyojlarini to’liqroq qondirish hisoblanadi. Garchi ishlab chiqarish faoliyati buyumlarda (moddiy ne’matlarda) mujassamlansa ham, u bevosita mehnat jarayonida iste’mol qilingan foydali mehnat samarasi hisoblanadi. J. A. Romanovich ishlab chiqarish faoliyatini xizmatlar ko’rsatish yuli bilan insonlarning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan faoliyat35 deb ta’rif beradi. Ammo shuni ta’kidlashimiz kerakki, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish jarayonida nafaqat aniq bir insonning ehtiyojlari qondiriladi, balki tashkilotlar hamda jamiyat ehtiyojlari ham qondiriladi. B.A.Abdukarimovning fikricha, «ishlab chiqarish faoliyati deganda insonlar talabini qondirishga yo’naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi korxonalar shugullanishadilar. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo’lib mahsulot hisoblanadi. Agar yuqoridagi ta’riflarni tahlil qiladigan bo’lsak, ishlab chiqarish faoliyatiga bir muncha tuliqroq ta’rifni V.K.Romanovich bergan. Uning fikricha, ishlab chiqarish faoliyati ishlab chiqarish asosida mijozlar, ya’ni alohida shaxslar, ijtimoiy guruhlar va tashkilotlar ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan faoliyat 34 35 Abdukarimov B.A va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik) T.:Fan, 2015. –B. Abdukarimov B.A va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik) T.:Fan, 2015. –B.. 22 turidir36. Bunda muallif tomonidan ishlab chiqarishning turli shakllarini o’z ichiga oluvchi inson faoliyatining turtta asosiy shakllari qarab chiqiladi37. Bular: – moddiy jixatdan qayta ishlash faoliyati - bu inson tomonidan tabiatni, jamiyatni o’zgartirish bilan amalga oshadi. Mazkur jarayonda ishlab chiqarish faoliyati o’zida insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishni mujassamlashtiradi; – intellektual bilim faoliyati – insonning moddiy extiyojlarini emas, balki ma’naviy ehtiyojlarini kondirishga yo’naltirilgan faoliyat sifatida bilish va axborotlar manbaiga ega bo’lishni talab etadi; – qadr-qimmatni oshirishga yo’naltirilgan faoliyat – bu insonlarni reklama, ekspertiza, psixodiagnostika, imidj xizmati, badiiy-bezash faoliyati, diniy harakterdagi xizmatlar orqali qadr-qimmatini oshirish orqali amalga oshiriladi; – kommunikativ faoliyat – bu alohida odamlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar urtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Bu yunalishdagi ishlab chiqarish faoliyatiga uchrashuvlar, kurgazmalar, mulokotlar, internet orqali mulokotlar, tarjimonlik xizmatlari va boshkalar kiradi. V.K.Romanovich taklif etgan tasnifda ishlab chiqarish faoliyatini qat’iy tarzda biror-bir faoliyat turiga kiritishni yoqlashmaydi. Mazkur faoliyat real iqtisodiy xayotda o’zaro bir-biri bilan aloqada bo’ladi va bog’liqdir. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish faoliyati bu – turli shakl va yunalishlarda ishlab chiqarish asosida aholi, ijtimoiy guruh, korxona va tashkilotlarning moddiy, ijtimoiy-moddiy, ma’rifiy talab va ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan, yakuniy natijalarga erishishda iste’molchilarning bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi bilan amalga oshiriladigan faoliyatdir. So’nggi yillarda respublikamizda kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash va rag’batlantirish borasida xukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, alohida olingan tarmoqlarni rivojlantirish bo’yicha qabul 36 37 Abdukarimov B.A va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik) T.:Fan, 2015. –B. Abdukarimov B.A va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik) T.:Fan, 2015. –B. 23 qilinayotgan qarorlar, dasturiy yunalishlar ishlab chiqarish va ishlab chiqarish sohasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik – chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy darajasini yuksaltirishdir. Ish – inson kamolotini yuksalish, moddiy va ijtimoiy farovonligini o’sishida, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi.38 Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiyot tarmoqlaridagi samaradorligini o’rganishda uning mezonlari va ko’rsatkichlarini to’g’ri tushunish va hisoblab chiqish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlik sifat jihatidan hisoblab chiqilmasa va o’lchanmasa, uni muntazam oshib borishi bo’yicha belgilangan ishlarni bajarib bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlikning o’sishi - ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning har qanday shakli rivojlanishini ob’ektiv qonuniyatidir, chunki jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi va sifati ortishini, ishlab chiqarish va muomala, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun jamg’arishni ko’paytirishni talabetadi. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini kompleks tahlil qilish faqat samaradorlik mezonini o’z ichiga olish bilan chegaralanib qolmasligi kerak, chunki mezon asosan samaradorlikni oshirishning mohiyatini va asosiy vazifalarini ifodalaydi, lekin o’lchov hamda baholash vositasi bo’lib xizmat qila olmaydi. Bu vazifani iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari hal qiladi. Bizning fikrimizcha, iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari ikki guruhga: xususiy va umumlashgan ko’rsatkichlarga bo’linadi. 38 Abdukarimov B.A va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik) T.:Fan, 2015. –B. 122-123. 24 Ishlab chiqarish korxonalari tavsiflovchi xususiy ko’rsatkichlarga ko’rsatkichlari, moddiy va faoliyatining moliyaviy mehnat iqtisodiy samaradorligini resurslaridan resurslardan foydalanish samarali foydalanish ko’rsatkichlari kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari tizimida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari alohida o’rin egallaydi. Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi (natural va qiymat ko’rsatkichlari); o’rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to’g’ri keladigan maxsulotlar hajmining o’sish sur’ati va mehnatga haq to’lash sur’atining nisbati; mehnat haqining bir so’miga olingan natija ko’rsatkichlari tizimidan foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini keng tavsifiga ega bo’lish mumkin. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini chuqur va har tomonlama tahlil qilish uchun samaradorlikning xususiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda umumlashtirilgan ko’rsatkichlari ham qo’llaniladi. Adabiyotlarda umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga: rentabellik, xarajatlar nisbiy darajasi, fond samaradorligi, sarflangan barcha resurslar fond samaradorligi va boshqa ko’rsatkichlar kiradi. Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish korxonalarida ijtimoiy samaradorlik deganda xodimlarning ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayonida ularning ijtimoiy jihatidan rivojlanishni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ijtimoiy samaradorlikning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi ikkinchi mezoni ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga bilvosita ta’sir qiluvchi istemol xarajatlarini kamaytirishdir. Ishlab chiqarish tizimida ijtimoiy samaradorlikni yagona mezon bilan o’lchab bo’lmaydi, chunki soha ijtimoiy samaradorligining mezoniva ko’rsatkichlari bir xil emas. Agar ijtimoiy samaradorlikning mezoni uning 25 mazmuni va vazifasini ifodalasa, ko’rsatkichlari esa samaradorlikni o’lchash va baholash quroli bo’lib xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy samaradorlikning statistik ko’rsatkichlarini quyidagi guruhga bo’lib o’rganish mumkin: 1. Iste’molchilik talabi qondirilishini tavsiflovchi statistik ko’rsatkichlar; 2. Ishlab chiqarish vaqtini qisqarishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; 3. Mehnat sharoiti va xarakterini yaxshilanishini tavsiflovchi statistik ko’rsatkichlar. Fikrimizcha, iste’molchilar talabini qondirishni tavsiflovchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: – maxsulotlarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hajmi; – maxsulotlarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi maxsulot miqdori; – ishlab chiqarishning oshib borish koeffitsienti; – ishlab chiqarish vaqtini qisqartirishni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; – iste’molchilarning ishlab chiqarish korxonalarida sarflaydigan vaqtini kamaytirish koeffitsienti; – bir iste’molchiga ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt; – bir iste’molchining ishlab chiqarish korxonasiga qayta tashrif buyurishi uchun sarflangan vaqt. Bu ko’rsatkich ijtimoiy samarani pasayganligidan dalolat beradi; – o’rtacha bir marta ishlab chiqarish kerak bo’lgan kishi uchun sarflanadigan vaqt; Mehnat sharoiti va mehnat xarakterini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga: – mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish (yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash darajasi); – ishlab chiqarish korxonalari bino va inshootlarini zamon talablari darajasiga javob berishi; 26 – ishlab chiqarishda ilg’or mehnatni tashkil qilish usullaridan foydalanish darajasi; – korxonada foydalaniladigan texnologiya, asbob-uskuna va mexanizmlarni ilg’orlilik darajasi; – ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning malakasi, ma’lumoti, mutaxassisligining yuqoriligi darajasi; – soha uchun zarur bo’lgan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil qilish darajasi kiradi. Xizmatlarning turli-tumanligi va xilma-xilligi Dj.Zingelman tomonidan e’tirof etilgan va u xizmatlarni ishlab chiqarish, iste’mol, ijtimoiy va taqsimot xizmatlariga tasniflagan (1.3-rasm). Ishlab chiqarish Ishlab chiqarish Iste’mol (shaxsiy) Ijtimoiy Taqsimot Injinering, konsalting, moliyaviy, bank va boshqalar Restoran, mehmonxona, maishiy, uy xizmati va boshqalar Umumta’lim, tibbiyot va boshqalar Savdo, transport, aloqa va boshqalar 1.3-rasm. Dj.Zingelmanning xizmatlarni tasniflash tarkibi. Dj.Zingelman tomonidan tasniflagan xizmat turlarining har biri o’zining murakkab tasnifiga ega. Misol uchun, banklarning, tibbiyotning, maishiy xizmatning bir necha yuz turlari mavjud. Shuning uchun ham bir xizmat doirasida bir necha farqlanuvchi belgilari bo’lishi mumkin. Xususan, tibbiyot xizmati bir vaqtning o’zida yuqori malakadagi kasbiy tayyorgarlikni talab qiluvchi kapital intensiv ko’rinishdagi (misol uchun: kompyuter diagnostikasi va turli apparatlar bilan davolash) va yuqori mehnat talab qilmaydigan mehnat intensiv (misol uchun, jarrohlik aralashuvi, tashxis qo’yish) ko’rinishidagi xizmatlarni o’z ichiga qamrab oladi. 27 II Bob. Samarqand viloyati ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi faoliyati samaradorligi tahlili 2.1. Innovatsion rivojlanish sharoitida Samarqand viloyati ishlab chiqarish korxonalari holati Ishlab chiqarish bu – korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan umumlashtirilgan toifadir. Ushbu sohani ko’pincha rivojlangan zamonaviy infratuzilma tufayli sanoatdan keyingi iqtisodiy tuzilma tarzida ko’riladi. Ishlab chiqarish murakkab, ko’p qirrali mexanizm bo’lib, tayyor maxsulotni is’temolchilarga yetkazib berishgacha bo’lgan keng doiradagi faoliyatni qamrab oluvchi zamonaviy iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Samarqand viloyatining iqtisodiy holatini baholashda ishlab chiqarishning ko’lami, tarkibi va rivojlanish darajasi alohida o’rin tutadi. Samarqand viloyatida 2021-yilda ishlab chiqarilgan maxsulotlar hajmi 10043,5 mlrdi.so’mga teng bo’lgan bo’lsa, 2020-yilga nisbatan 7,3% ni tashkil etgan. 2.1-rasm. 2021-yil Samarqand viloyatida ishlab chiqarish sohasining rivojlanishi Ma’lumotlarga ko’ra, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish hajmi 14 318,7 mlrd.so’mga yetdi. Uning nominal hajmi 1 531, mldr so’mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 102,6% ni tashkil qilgan. 28 2.1-jadval Samarqand viloyati bo’yicha ishlab chiqarish hajmi (2021 yilning yanvardekabr oylarida) Hududlar bo’yicha ishlab Hajmi, O’tgan yilga nisbatan chiqarish hajmi mlrd.so’m o’sish sur’ati, %da Samarqand viloyati 14 375,8 2021 yil 2020 yil 102,6 112,4 104,1 115,4 101,1 106,8 shaharlar: Samarqand 6 935,8 (48.2%) Kattaqo’rg’on 384,1 (2.7%) tumanlar: Oqdaryo 381,2 (2.65%) 100,8 100,5 Bulung’ur 410,2 (2.85%) 101,2 102,2 Jomboy 567,1 (3.95%) 101,4 106,5 Ishtixon 469,6 (3.25%) 101,0 104,7 Kattaqo’rg’on 466,1 (3.24%) 101,5 113,6 Qo’shrabot 299,1 (2.08%) 100,5 106,7 Narpay 411,4 (2.86%) 100,8 104,6 Payariq 428,0 (2.98%) 102,5 101,4 Pastdarg’om 810,1 (5.63%) 100,9 105,6 Paxtachi 287,9 (2%) 100,6 107,9 Samarqand 796,5 (5.55%) 101,5 101,8 Nurobod 298,8 (2.07%) 100,4 105,4 Urgut 832,3 (5.8%) 101,7 117,9 Toyloq 540,5 (3.75%) 100,7 101,2 Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari. Biz ishlab chiqarish zahiralarining holati va undan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilgan mahsulot tan narxiga nisbatan o’rganamiz, 29 ishlab chiqarish zahiralaridan noishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan boshqa jarayonlarda foydalanishni esa korxona sarflarining alohida tarkib qatorida ko`riladi. Ishlab chiqarish omillarining bir ko’rsatkichi bo’lgan materiallarning cheklanganligi, avvalo ulardan samarali va to’g’ri foydalanishni talab etadi. Shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish zahiralari bilan qanday ta’minlanganligi va ulardan qay darajada samarali foydalanayotganligiga katta e’tibor qaratish kerak bo`ladi. Ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga nisbatan o’rganar ekanmiz avvvalo material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishining ta’sirini o’rganib chiqishimiz kerak bo`ladi. Lekin, hisob-kitob qilinadigan yuqorida keltirib o’tilganidek ikki omil, bular, material xarajatlar sarf me’yori hamda material xarajatlar bahosining o’zgarishidir (2.2-jadval). 2.2-jadval “King WOOD-mebel” MCHJda mahsulotni ishlab chiqarish uchun materiallar sarfi19 Material turlari Sarf miqdori (dona) I II Lakbo`yoqlar Yog`och mahsulotlari Jami Haqiqatda Material birligi bahosi (so’m) Rejada Material birligi bahosi (so’m) Summa (so’m) Sarf miqdori (dona) III IV=II*III V VI VII=V*VI 140 120 16800 125 112 14000 130 125 16250 116 120 13920 x x 33050 x x 27920 Summa (so’m) Biz 2.2 va 2.3-jadvallarda sarf me’yori va material bahosi o’zgarishining materiallar harajatiga ta’sirini ko’rib chiqamiz (2.3-jadval). 30 2.3-jadval “King WOOD-mebel” MCHJda materiallar xarajatlarga sarf me’yori va baho ta’sirining tahlili Materiallar xarajati, so’mda Farqi (+,-) Shartli, Material Reja Haqiqiy haqiqiy turlari miqdor va miqdor miqdor va baho haqiqiy reja bahosi Shu jumladan Jami baho Sarf Material me’yorining bahosining o’zgarishi o’zgarishi hisobiga hisobiga 1 2=V*VI 3=II*III 4=II*VI 5=3-2 6=4-2 7=3-4 Lak- 14000 16800 15680 +2800 +1680 +1120 13920 16250 15600 +2330 +1680 +650 27920 33050 31280 +5130 +3360 +1770 bo`yoqlar Yog`och mahsulotlari Jami “King WOOD-mebel” MCHJ materiallar xarajatlariga e’tibor beradigan bo’lsak maxsulot ishlab chiqarish uchun ikki xom-ashyolar kerak bo’ladi. Agar maxsulot ishlab chiqarish uchun haqiqatda sarflangan materiallar xarajatini rejadagisi bilan solishtiradigan bo’lsak u rejaga nisbatan 5130 so’mga ko’p. Shundan 1770 so’mi materiallar bahosining ortishi evaziga, qolgan 3360 so’mi esa sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli yuzaga kelgan. Materiallar bahosi lak-bo`yoqlar bo’yicha 8 so’mga oshishi tufayli bu turdagi materiallar xarajatlarni 1120 so’mga oshishiga olib kelgan, Yog`och mahsulotlari bo’yicha esa 5 so’mga narxning ko’tarilishi ushbu turdagi materiallar bo’yicha xarajatlarni 650 so’mga oshishiga olib kelgan. Tahlil davomida materiallar sarfining o’zgarish sabablari, ishlab chiqarish stanoklarining texnik nosozligi, xom-ashyo sifati, ishchilarning malakasi, materiallar bahosiga inflyatsiyaning ta’siri va boshqa sabablarga alohida ahamiyat beriladi. Materiallar samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar tizimiga materiallar qaytimi va va mamateriallar sig’imi ko’rsatkichlari kiritiladi. 31 Materiallar qaytimi ularning har bir summasiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmini tavsiflasa, sig’imi har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan materiallar qiymatini tavsiflaydi. Materiallarni har ikki ko’rsatkich bo’yicha tahlil etishda ularning qiyosiy farqlanishlarini va o’zgarish sabablarini o’rganishimiz lozim. Materiallar qaytimi va sig’imi tahlilida materiallar qiymati va qaytimi ta’sirida mahsulot hajmining o’zgarishlariga baho beriladi. Mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir etuvchi moddiy omillar tahlilida ularning o’rtacha yillik qiymatlarining o’zgarishi va materiallar qaytimi o’zgarishlariga muhim ahamiyat beriladi. Bu bevosita korxonada mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash va belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi (2.4- jadval). 2.4-jadval “King WOOD-mebel” MCHJda ishlab chiqarish zahiralarining samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning mahsulot tannarxi hamda mahsulot hajmi o’zgarishiga ta’sirining tahlili20 № 1 Ko’rsatkichlar Material xarajatlarning o’rtacha Reja Haqiqatda Farqi(+,-) 61200 60500 -700 103000 110500 +7500 0,5941 0,54751 -0,04666 xx -5155,93 yillik qiymati, ming so’m Sotiladigan mahsulot, ming so’m 2 3 Sotiladigan mahsulot material sig’imi, so’m (1/2) 7 Material sarfi o’zgarishining ta’siri (+,-) a) sotiladigan mahsulot tannarxidagi material xarajatlarning ko’payishi (+) 4 pasayishi (-) - 0,04666*110500= =-5155,93 b) yoki xx +8677,53 sotiladigan mahsulot hajmiga -5155,93:0,59417=+8677,53 5 Material qaytimi (2/1) 1,683 1,826 +0,143 Yuqoridagi 2.4-jadval ma’lumotlaridan shularni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, korxonada material xarajatlar qaytimi o’tgan yilga nisbatan 0,143 so’mga ortgan. Material xarajatlar sig’imi esa 0,04666 so’mga kamaygan. Bu korxona uchun 32 ijobiy holatdir, chunki har bir so’mlik sotiladigan mahsulot tannarxida mavjud material xarajatlarining kamayishi mahsulot qiymatidagi tannarx miqdorini pasaytirib, kutilayotgan foyda miqdorini oshiradi va bu korxonaning rejalashtirayotgan foydasini oshirishga xizmat qiladi. Material xarajatlar sarfi, ya’ni sig’imining 0,04666 so’mga kamayishi mahsulot tannarxini 5155,93 ming so’mga kamaytirgan. Korxona avvalgi materiallar hajmi bilan avvalgidan ko’ra ko’proq mahsulot ishlab chiqara boshlagan, chunki mahsulot tannarxi materiallar hisobiga kamaygan va natijada material xarajatlarining kamayishi sotiladigan mahsulot hajmini 8677,53 ming so’mga ko’paytirgan. Bu esa o’z navbatida korxonaning materiallardan samarali foydalanayotganini ko’rsatadi (2.5-jadval). 2.5-jadval “King WOOD-mebel” MCHJda LIFO va FIFO usullarida hisoblangan ishlab chiqarishga berilgan materiallar bahosini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga ta’sirining tahlili21 № Ko’rsatkichlar LIFO FIFO LIFOning usulidagi usulidagi FIFOdan hisob hisob farqi (+,-) 1 Material xarajatlar 356000 307000 49000 2 Boshqa xarajatlar 89000 89000 0 3 Maxsulot tannarxi, so’m 445000 396000 49000 80 77,5 2,5 1 so’mlik maxsulot 4 tannarxida material xarajatlar,so’m Yuqoridagi 2.5-jadval ma’lumotlaridan xulosa qilib aytish mumkinki korxona ishlab chiqarayotgan maxsulot tannarxida material xarajatlarning salmog’i yuqori. U mahsulot tannaxining LIFO usulida 80 %ni, FIFO usulida 77,5 %ni tashkil etmoqda. Bu esa o’z navbatida korxonaning material xarajatlariga alohida e’tibor berishini va ularning salmog’ini me’yoriy darajada ushlab turishini taqozo 33 etadi. Jadvalda materiallarning ishlab chiqarishga berilishi 2 usulda ko’rib chiqilib ularning mahsulot tannarxiga ta’siri o’rganib chiqildi. Korxonada FIFO usuli qo’llanilishi ko’rsatib o’tilganligi tufayli, uning LIFO usuli bilan taqqoslama tahlili o’tkazildi. Bizga ma’lumki materiallarni LIFO usulida ishlab chiqarishga bersak ishlab chiqarishga berilgan materiallar qiymati 356000 so’mni, FIFO usulida bersak 307000 so’mni tashkil etmoqda. Boshqa xarajatlarning har ikki usulda ham tengligi sababli mahsulot tannarxining farqi ham aynan material xarajatlari farqini, ya’ni 49000 so’mni ko’rsatib turibdi. Demak ishlab chiqarishga berilgan materiallar miqdori o’zgarmasdan, LIFO va FIFO usullarida hisoblangan tannarx 49000 so’mga farq qilib, sun’iy ravishda ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Bir so’mlik maxsulot tannarxidagi material xarajatlar LIFO usuli bo’yicha 80 so’mni, FIFO usuli bo’yicha esa 77,5 so’mni tashkil etgan. Bu esa bir so’mlik maxsulot tannarxini sun’iy ravishda 2,5 so’mga oshishiga sabab bo’lgan daromad solig’i bazasiga sotilgan mahsulot tannarxining ta’sir etishini hisobga oladigan bo’lsak soliq bazasi sezilarli ravishda kamayib ketadi. Natijada soliq summasi va korxona sof foydasi ham kamayib ko’rsatilishiga asos bo’ladi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko’p jihatdan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga bog’liqdir. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun etarli bo’lmaydi. “Ishlab chiqarish zahiralarilardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot 34 barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin: - korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi; - erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi; - moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi”. Ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi 2.6-jadvaldan foydalanamiz: 2.6-jadval “King WOOD-mebel” MCHJda materiallardan foydalanishning tahlili23 Ko’rsatkichlar “A” “B” 1 2 3 18170 13200 Reja bo’yicha mahsulot birligiga sarflangan 1. material (100 dona) - Haqiqatda 18050 13270 - Farqi ( + , - ) -120 +70 Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot mihdori 78500 50700 -9420 +3549 +52 -27 2. (100 dona) 3. Iqtisod ( - ), ortiqcha ( + ) jami mahsulotga (ming birlik) 4. Qo’shimcha yoki kam mahsulot ishlab Chiqarish Yuqoridagi 2.6-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki tahlil etilayotgan «King WOOD-mebel” MCHJda “A” mahsulotni tayyorlashda unga sarflangan lakbo`yoqlari materiallari iqtisod qilinishi natijasida qo’shimcha ravishda 52 dona “A” turdagi mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo’lingan. “B” mahsulotni tayyorlashda esa rejadagidan ko’proq materiallarning sarflanishi natijasida 35 asoslanmagan ortiqcha xarajatlar amalga oshirilgan. Buning natijasida esa 27 ta “B” nomdagi mahsulot kam ishlab chiqarilgan. Shu bilan birgalikda materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini tahlil etilganda alohida materiallardan foydalanishni tadqiq qilish bilan birgalikda korxona bo’yicha materiallardan foydalanishni o’rganish maqsadga muvofiqdir. 2.7-jadval “King WOOD mebel” MCHJda materiallardan foydalanishning tahlili24 Ko’rsatkichlar Biznes Xaqiqatda rejada Farqi, (+,-) 1 2 3 4 1. Moddiy xarajatlar (ming so`m) 42843 42043 -800 2. Tovar mahsuloti (ming so`m) 74260 79797 +5537 0,5769 0,5268 -0,050 x x -3989 x x +6914 1,73 1,89 3. Tovar mahsuloti material sig’imi (so`m) (1/2) Material sarfi o’zgarishining ta’siri 4. ( +, - ) - tovar moddiy mahsuloti xarajatlarning tannarxidagi qimmatlashishi (+), pasayishi (-) - 0.050 * 79797 = - 3989 - tovar mahsulotining xajmi, ming so’m - 3989 : 0.5769 = 6914 +0,16 5. Material qaytimi, so’m (2 / 1) Tahlil etilayotgan 2.7-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, korxonada moddiy xarajatlarni iqtisod qilish natijasida qo’shimcha ravishda 6914 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi. Bundan ko’rinadiki, korxonada tovar mahsulotiga sarflanadigan materiallardan samarali foydalanish borasida ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Korxonada material qaytimi biznes rejada belgilangan 36 1,73 so’mdan haqiqatda 1,89 so’mga o’sgan. Bunday natija korxonada materiallardan samarali foydalanilganligidan dalolat beradi. Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi lozim. Ya’ni, universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtai-nazaridan. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Korxonalarida biznes rejada ko’rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi. Ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo’yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi. Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. 37 2.2. Ishlab chiqarish korxonalari mehnat va asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlili Korxonalarda moddiy resurslardan to’liq, bir me’yorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Shu jumladan asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag’lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida turlari bo’yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar, xom ashyo, elektr energiyasi, yoqilg’i va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin. Moddiy resurslardan foydalanishning to’liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. Korxonalarda mehnatni moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo’lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko’rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin. Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida vujudga kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati iqtisodiy jihatdan samarali bo’lib bormoqda, chunki ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy mablag’larning aylanishi samaraliroqdir. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish xizmatlari soni va sifatiga qo’yilayotgan talablar oshib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasining qo’llanilishi ishlab chiqarish sohasiga bo’lgan talabning oshishiga olib keldi. Bu o’z navbatida, iste’mol bozori tarkibida o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Aholining ayrim qatlamlari moddiy farovonligining oshishi natijasida o’zlarining talablari 38 va ehtiyojlari mavjud bo’lgan iste’molchilarning yangi kategoriyasi vujudga keldi. Moddiy jihatdan ta’minlangan iste’molchilar o’zlarining hayot qulayliklarini oshirishni ta’minlaydigan turli assortimentdagi mahsulotlarga katta talabgor hisoblanishadi. Shu sababli ayrim ishlab chiqarish korxonalari o’z faoliyatini aynan aholining ushbu talablar va ehtiyojlarini qondirishga qaratadilar. Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahonda ruy berayotgan pandemiya oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai nazaridan shakllantirish va ularni izchil amalga oshirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda pandemiya davrining salbiy ta’siriga qaramasdan 2020-yilda qurilish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 72,4 foizni tashkil etdi. Eksport salmog’ining 20,5 foizga qadar pasayishi esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda xizmat ko’rsatishning boshqa turlari (yetkazib berish, ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko’rsatish tizimi) yildan-yilga oshib borayotganligini ko’rsatadi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no va mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Iqtisodiy o’sishning yangicha talqini jahon iqtisodiyoti fanida zamonaviy, konseptual yondashuvlarni zarurat etmoqda. Xususan, ishlab chiqarish iqtisodiyotida samarali faoliyat industrial faoliyatga nisbatan birmuncha kengroq tadqiq etilgandiki, bunda birinchi navbatda ijtimoiy yo’naltirilgan faoliyat jamiyatda aholi turmush darajasi va sifatini ta’minlashga qaratilganligi bilan izohlanadi. 39 III Bob. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish 3.1. Ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini takomillashtirish Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish sohasini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan to’g’ri shakillantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ushbu sohaning rivojlanishi tashkiliy jihatdan optimal va xizmatlar bozori konyukturasiga nisbatan egiluvchan bo’lsa, ishlab chiqarish sifati va samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish sohasida mehnat faoliyatini tashkil etishni to’g’ri yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyot miqyosida bir qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga sabab bo’ladi. Masalan, sohani rivojlantirish asosida aholining ish bilan bandligini ta’minlash, xizmatchilarni ishbilarmonlik faolligini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarni operativ tarzda tashkil etilishi va boshqalarni yaxshilanishiga sabab bo’ladiki, bularning barchasi oxir-oqibatda mamlakat aholisi turmush darajasi va sifatini oshirishga olib keladi. Ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish jarayoni tarkibiy qismlarining murakkabligi va xilma xilligi, ularning bajarilish tadbirlarini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish va muvofiqlashtirish imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o’zgarishlar kiritadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar mehnat faoliyatining eng samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonlarini o’rganish, takomillashtirish va har tomonlama asoslangan ishlab chiqarish normalarini ishlab chiqish va ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini o’stirish imkoniyatini aniqlash zarur. Biroq mehnat unumdorligini oshirishni sekinlashtiruvchi va to’xtatuvchi omillar bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi sharoitida ham mavjud. Chunki xizmat ko’rsatayotgan korxonalar xarajatlarini to’xtovsiz kamaytirish, ishlab chaqarish va ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish bilan emas, balki o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yoki 40 ko’rsatayotgan xizmatlar kamchiligidan, tanqisligidan foydalanib, ularning baholarini oshirish evaziga rejalashtirilgan miqdorda daromad olishga erishmoqdalar. Bunday hol, o’z navbatida nafaqat boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayonining yanada rivojlanishini kuchaytiradi, balki har tomonlama ilmiy asoslangan ishlab chiqarish normalarini keng joriy etib, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish va boshqarish xarajatlarini qisqartirishga umuman imkon bermaydi39. Bizning fikrimizcha, xorijiy mamlakatlar ishlab chiqarish sohasining tashkiliy tuzilishi xizmatlar bozori tashkiliy tuzilmasining tadqiqoti orqali respublikamizda xizmatlar bozorining tashkiliy tuzilmasini quyidagicha tasniflashimiz mumkin: – amal qilish mexanizmlari bo’yicha; – mulk shakli bo’yicha (xususiy, kooperativ (jamoa), davlat, ijtimoiy, xorijiy); Ko’pchilik xorijiy iqtisodchi olimlar ishlab chiqarish sohasining tarkibiy tuzilishini uning tarmoq belgilari va rivojlanish nuqtai nazaridan tasniflashni taklif etishadilar.Bizning fikrimizcha, ushbu sohani tashkiliy-iqtisodiy nuqtai nazardan tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bunday holda quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish zarur: – axborot-tijorat infratuzilmasi (marketingmarkazlari, reklama agentliklari, axborotlarni to’plash va qayta ishlash markazlari va h.z.); – iqtisodiy-huquqiy infratuzilma (sudlar, huquqiy maslahat markazlari, advokatlik va notarial idoralar va h.z ); – moliyaviy-kredit infratuzilmasi (tijorat banklari, kredit, sug’urta va kafolat tashkilotlari); – savdo, vositachilik infratuzilmasi (yarmarkalar, birja, savdo uylari, tijoratmarkazlari va hokazo). 39 Q.X.Abduraximov. Mexhat iqtisodiyoti (darslik). – Ye. «Mehnat», 2009. – B 91 – 92. 41 Ishlab chiqarish sohasi samaradorligini ta’minlashda yuqorida ta’kidlangan tasniflar muhimahamiyat kasb etadi. Ammo, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida xizmatlar salmog’ini oshirishga qaratilgan islohotlar ushbu xizmat sohalarini yanada rivojlantirishni talab etadi. Masalan, xizmatlar turlari sifatida savdo uylari, tashkilotlari, yarmarkalar, oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlarini realizatsiyasiga hamda ularni ishlab chiqaruvchilarini samarali faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ammo, xizmatlar maxsus tovar sifatida uni ko’rsatuvchilarga o’ziga xos talablarni bajarishni talab etadi. Ushbu fikrni tasdig’i sifatida yarmarkalarning o’rni va rolini misol qilish mumkin. Keyingi vaqtlarda xizmat sohasining savdo-vositachilik tarkibiy tuzilmasi sifatida ularning roli jahon tajribasida birmuncha pasayib bormoqda. Yetakchi o’ringa xizmatlar bozori tarkibida ushbu bozorning holati haqida ishlab chiqaruvchilar va xizmat iste’molchilari haqidagi axborotlarni to’plash va qayta ishlashzarur. Samarqand viloyatida ishlab chiqarish sohasi korxonalarining faoliyati tahlili shundan dalolat bermoqdaki, pullik xizmatlar ko’rsatish tashkiliy jihatdan yetarli darajada rivojlanmagan, xususan, moliya-kredit xizmatlari infratuzilmasi samarali shakllanmagan. Samarqandda bank tizimidan tashqari moliya-kredit tashkilotlari, kredit, kafolat, sug’urta, assotsiatsiyalar yetarli darajada shakllanmagan hamda ularning tashkiliy mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Vaholanki, bizning fikrimizcha tadbirkorlar, ishbilarmonlar, xo’jalik yurituvchi subyektlar, alohida shaxslar faoliyati uchun ushbu xizmat muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning yana bir tashkiliy mexanizmlaridan biri – bu soha uchun xizmat qiladigan axborotlar tizimidir. Mazkur tizim o’z ichiga, fikrimizcha, quyidagilarni qamrab oladi: reklama agentliklari, marketing xizmati markazlari, doimiy yoki ko’chib yuruvchi ko’rgazmalar, axborot vositalari va elektron aloqa tizimlari va boshqalar. Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish sohasida axborot ta’minotini yanada rivojlantirish aholini xizmatlarga bo’lgan to’lov qobiliyatini to’la qondirish, ushbu sohani o’sish dinamikasini baholash, ko’rsatiladigan xizmatlar sifati va samaradorligini 42 yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Buning uchun viloyat miqyosida xizmatlarga bo’lgan talabni o’rganish bo’yicha maxsus xizmatni-marketing markazlarini tashkil etish kerak. Ushbu tashkiliy tuzilmasi quyidagi faoliyat yo’nalishlarini o’z ichiga oladi: - yangi xizmat turlarga bo’lgan talab va taklifni o’rganish bo’yicha ilmiyamaliy qo’llanmalarni ishlab chiqish; - xizmatlarga ehtiyoj sezayotgan subyektlar uchun viloyat miqyosida xizmatlar konyukturasi uchun hisobotlar, bukletlar, ma’ruzalar tayyorlash; - ko’rsatiladigan xizmat sifatini aniqlash uchun so’rovnomalar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish; - xizmatlar sohasidagi muammolarni yechish bo’yicha ijtimoiy tadbirlarda, yarmarkalarda, ko’rgazmalarda ishtirok etish. Bizning fikrimizcha, hududiy darajada ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha axborot ta’minotini shakllantirish zarur. Bunga ko’ra, viloyatda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish subyektlari uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda ma’lumotlar banki muhim rol o’ynaydi: - viloyat aholisiga, korxonalarga, tadbirkorlarga ma’lumotlar banki orqali ularning xizmatlar haqida to’liq ma’lumotlar olish imkonini beradi; - viloyat miqyosida axborot punktlarini ochish, joylashtirish yo’li bilan jami aholi uchun axborotlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning korxona ish faoliyati tizimidagi o’rni va xodimlar faoliyatini tashkiliy ta’minlashning elementlari 3.2-rasmda keltirilgan. 3.2-rasm. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi elementlari. 43 Har qanday korxona faoliyatini tashkil etishning negizi bo’lib mehnatni to’g’ri taqsimlash hisoblanadi. Ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayonida xodim holatining o’zgarib borishiga ta’sir etuvchi omillar, biror jarayon ta’sirida yangilanadigan yoki o’zgaradigan sabab va holatlarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyoti mehnat jarayonlarida xodim holatini o’zgartirishning daliliy ta’sir qiluvchi sababidir. Texnika-texnologiyaga bog’liq tarzda mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish ham uzluksiz o’zgarib boradi. Masalan, xizmat ko’rsatishdagi texnologik jarayon (qisqarishi) mehnat unumdorligi o’zgarishiga (oshishiga) olib keladi. Bu holat xodim mehnatidan intensivfoydalanishni oshiradi va mehnat talabchanligini pasaytiradi. Shuningdek, mehnat jarayonidagi tashkiliy-texnikaviy omillarning ta’siri mehnat me’yorlarini takomillashtirishni zarurat etadi. Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish xodimlari faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning asosiy maqsadi samaradorlikka erishish bilan bog’liq ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarga: raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va realizatsiyasini amalga oshirish, ish kuchini tiklash uchun korxonalarning mavjud imkoniyatlari va natijalariga faol ravishda ta’sir etishdan iborat. 44 3.2 Innovatsion rivojlangan iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishining konseptual yo’nalishlari Bozor munosabatlarining rivojlanishi jarayonida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida faoliyat yurituvchi sube’ktlarning samaradorligini oshirish iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning asosini yaratadi. Ishlab chiqarish korxonalarida umumiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida ne’matlar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi40. Biz bitiruv malakaviy ishi tadqiqot jarayonida samaradorlikni baholash uchun resurs-xarajat yondashuvidan foydalanishning nazariy va tahliliy tadqiqotini olib borish jarayonida ushbu yondashuvning cheklanganligini asoslagan edik. Bu ayniqsa, sof xizmatlarni (inert-indivudal xizmatlarni) ko’rsatishda mehnat unumdorligi va fondlar qaytimini pastligi ishlab chiqarish omillari hisoblangan mehnat yoki kapitaldan unumsiz foydalanish natijasida emas, balki mazkur xizmatlarda mehnat sarflari salmog’ining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, xizmatning ba’zi turlarida (inert individual va asimptotik inert shaxssiz xizmatlarda) faoliyat samaradorligini obe’ktiv ifodalash uchun maqsadga muvofiq yondashuvdan foydalanish lozim. 40 B.A. Abdukarimov va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti (darslik). – T., «Fan», 2005, - B.123. 45 3. 1-jadval Inert individual va asimptotik inert kategoriyalarida ichki va tashqi samaradorlikni hisoblash uchun zarur bo’ladigan axborotlar* Ko’rsatkichlar Kiritilganlarni xisoblash ma’lumotlari guruxlari Ichki samaradorlik Tashqi samaradorlik Yalpi sarflar mehnat sarflari Ishlab chiqarish (barcha faoliyat kapital sarflar turlari bo’yicha yalpi ko’shilgan material sarflar qiymat), rentabellik, foyda, tovar energiya sarflari aylanmasi Ishlab chiqarish boshqa sarflar Iste’molchilarning Marketing uchun sarflar, sifatni bozor ulushi, yaxshilashga sarflar, marketing bozorni o’sish darajasi, ishlab kompleksi uchun sarflar, Marketing qoniqishi, chiqarish sifati, jumladan: narx siyosati natijasi, - baho sifati uchun sarflar; sotish siyosati natijasi, - tovar siyosati uchun sarflar; ishlab chiqarish vaqti, - imkoniyatni oshirish uchun imkoniyatni sarflar; oshirish iste’molchilarning - xizmatlar muhitini yaxshilash va ta’minlash uchun sarflar; - ichki marketing uchun sarflar natijasi, befarqlik darajasi, iste’molchilarni axborotlar bilan ta’minlanganligi, sotish hajmi. Xodimlar Tashkiliy malakasini oshirish Xodimning qoniqishi, boshqaruv sifati, texnik ta’minot darajasi, uchun sarflar, texnik ta’minot sarflari, ilmiy- ilmiy-texnik yangiliklar natijasi. teknik yangiliklar uchun sarflar 3. 1-jadvalda keltirilgan zaruriy ma’lumotlarni ishlab chiqarish, marketing va tashkiliy yo’nalishlar bo’yicha samaradorlik ko’rsatkichlarinimos ravishda uch guruhga ajratib ko’rsatish mumkin. Bizning fikrimizcha, keltirilgan ma’lumotlar xizmat ko’rsatuvchi subyektlar faoliyatini uch yo’nalish bo’yicha, ya’ni ishlab chiqarish, marketing va tashkiliy yo’nalishlar bo’yicha samaradorlikni nafaqat 46 kompleks baholash mumkin, balki ishlab chiqarish faoliyatini ichki va tashqi muhit nuqtai nazaridan, ya’ni ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va personal nuqtai nazardan baholash mumkin. Shuningdek, keltirilgan ma’lumotlar (ko’rsatkichlar guruhi) ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi sube’ktlar ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni baholashga imkoniyat yaratadi. Quyida keltirilgan ko’rsatkichlar guruhlarini to’liqroq qarab chiqishga harakat qilamiz. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlari. Ichki ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) omillaridan samarali foydalanishni ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblash, bir vaqtning o’zida ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning jami omillardan foydalanish samaradorligini baholash uchun hamda uning alohida omillari, ya’ni mehnat, natija, moddiy omillar samaradorligini baholash uchun foydalansa bo’ladi. Yana shuni e’tirof etish joizki, ishlab chiqarish omillarining ichki ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari ham qiymat, ham natural ko’rinishda bo’lishi mumkin. Tashqi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari ishlab chiqarish faoliyati natijalari samaradorligini ifodalaydi. Oldingi guruh ko’rsatkichlari singari ushbu ko’rsatkichlar ham qiymat (ya’ni qo’shilgan qiymat, foyda) va natural (ishlab chiqarish yoki xizmat hajmi) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ichki va tashqi samaradorligi ko’rsatkichini hisoblash orqali olingan natija umumiy ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichini hisoblash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarishning barcha omillaridan faoydalanishni o’zida ifodalasa, tashqi ishlab chiqarish samaradorligi esa ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi sube’kt tomonidan erkin holda tanlanadi va o’z faoliyati natijasiga tashqi ta’sirni o’rganadi. Marketing ko’rsatkichlari. Marketing samaradorligi ko’rsatkichlari guruhining zarurligi xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bu 47 xususiyatlar inert-individual va asimptotik inert shaxssiz xizmat ko’rsatishdagi ishtiroki jarayonida xizmatlarning geterogenligi (xizmatlarning sezilmasligi) kabilarda namoyon bo’ladi. Marketing ko’rsatkichlari guruhi ko’proq iste’molchilarni sube’ktiv baholariga va ularni ko’rsatilayotgan xizmatlarni qabul qilishi omillariga bog’liq. Tanlangan ma’lumotlar asosida ichki samaradorlikning marketing ko’rsatkichlari marketing tadbirlariga jami sarflar nisbatida ham yoki marketing kompleks elementlari bo’yicha, ya’ni tovar narxi, sotish, imkoniyatini oshirish va boshqa elementlar bo’yicha ham hisoblanishi mumkin. Ichki samaradorlikning marketing ko’rsatkichlari ma’lumotlari faqat qiymat ko’rinishida hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, tashqi samaradorlikning marketing ko’rsatkichlarini hisoblash uchun ma’lumotlar sifat tasnifiga ega (iste’molchilarning qoniqishi, xizmat sifati, raqobatbardoshligi va boshqalar) va indeks yoki koeffitsientda ifodalanadi. Ba’zi hollarda ushbu ko’rsatkichda qiymat ifodasi ham foydalaniladi (masalan sotish hajmi). O’z navbatida samaradorlikning marketing ko’rsatkichlarini hisoblashdan oldin xizmat ko’rsatilayotgan subyektlarning ustuvor faoliyat yo’nalishini va unga mos ravishda marketing samaradorligining ichki va tashqi ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur. Umumiy marketing samaradorligi ko’rsatkichi umumiy ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi kabi hisoblanadi. Tashkiliy ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini ushbu ko’rsatkichlar guruhidan foydalanish zarurligi dastlab xizmatlarni ishlab chiqarish (yaratish) va iste’mol qilishda personalni o’ziga xos ahamiyati bilan ifodalanadi. Xizmat ko’rsatishning interfaol jarayoni va xizmatlarni ularni yaratuvchilar bilan uzviy bog’liqligi inert-individual va asimptotik-inert shaxssiz xizmat kategoriyalari aniq farqlanuvchi xususiyatlardir. Shu sababli tashkiliy samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi subyektlar umumiy samaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy samaradorlik ko’rsatkichlari oldin ta’kidlangan guruhlar ko’rsatkichlari kabi oldindan aniqlangan ma’lumotlarga asoslangan holda tuziladi va ichki samaradorlikni (masalan, xizmat 48 ko’rsatishda tashkiliy va texnik ta’minot sarflari) hamda tashqi samaradorlikni (xizmat jarayonida tashkiliy va texnologiyadan foydalanishdan olingan samara, boshqaruv sifati, ya’ni boshqaruv tizimining yalpi talabini boshqaruv jarayonining barcha bo’g’inlariga mos kelishi darajasi) hisoblash imkonini beradi. Umumiy tashkiliy samaradorlik ko’rsatkichi ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan ichki va tashqi samaradorlik ko’rsatkichlarini qo’shish yo’li bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan klassifikator inert-individual xizmat kategoriyalarida faoliyat samaradorligini baholash chizmasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi (3. 3 - rasm). 3.3-rasm. Progressiv komponent past hissasi bilan inert individual va asimptotik inert shaxssiz xizmat kategoriyalari uchun ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash jarayoni chizmasi. 3.3-rasmdan ko’rinib turibdiki, mazkur tadqiqotda ishlab chiqilgan asoslardan faoydalanish, birinchidan, ishlab chiqarish faoliyati turlari ta’sirida, ikkinchidan, samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar ro’yxati, uchinchidan, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash jarayoni chizmasi progressiv komponent past hissasi bilan inert individual va asimptotik inert shaxssiz xizmat kategoriyalari xo’jalik sube’ktlari faoliyati kategoriyalari faoliyati samaradorligini to’liq va adekvat baholash imkonini yuzaga keltiradi. 49 ASOSIY XULOSA VA TAKLIFLAR Olib borilgan tadqiqotlar natijasi quyidagi taklif va mulohazalarni bildirish imkonini berdi. 1. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish xizmatlari soni va sifatiga qo’yilayotgan talablar oshib bormoqda. Bu o’z navbatida iste’mol bozori tarkibida o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Moddiy jihatdan ta’minlangan iste’molchilar o’zlarining hayot qulayliklarini oshirishni ta’minlaydigan turli assortimentdagi xizmatlarga katta talabgor hisoblanishadi. Shu sababli ayrim ishlab chiqarish korxonalari o’z faoliyatini aynan aholining shu talablarini qondirishga qaratadilar. 2. Samaradorlik tushunchasi konkret tor ma’noda potensial va real faoliyatlar natijasining kompleks tasnifi bo’lib, bunda asosiy e’tibor faoliyat bo’yicha olingan natijalarga qaratiladi. Samaradorlik kategoriyasining mohiyati quyidagi asosiy jihatlarni ifodalaydi: birinchidan – samaradorlik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, u bir yoki bir necha mezonlar asosida aniqlanadi. Ikkinchidan – samaradorlik nisbiy tushuncha bo’lib, u har doim muayyan maqsadlar faoliyatiga bo’ysunadi, ya’ni samaradorlikni baholash bosh maqsadlar asosida faoliyatlarni tavsiflaydi. 3. Tadqiqotlar jarayonida samaradorlik ko’rsatkichini resurs-xarajat nuqtai nazaridan va maqsadga yo’naltirilganlik yondashuvi nuqtai nazaridan baholashning umumiy va farqli jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi. 4. Ishlab chiqarish tarmoqlarida samaradorlikning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini har tomonlama chuqur o’rganish asosida alohida ijtimoiy va alohida iqtisodiy samaradorlik mezonlari hamda ko’rsatkichlari tasniflandi. 5. Xorijiy adabiyotlarni o’rganish va ishlab chiqarish faoliyati unumdorligini resurs-xarajat yondashuvi nuqtai nazaridan ko’rasatkichlarni tahlil qilish asosida V.Baumol tomonidan unumdorlikni o’sish darajasiga bog’liq xizmatlarni uch kategoriyasi, ya’ni inert-individual xizmatlar, progressiv xizmatlar, asimptotik-individual xizmat turlari alohida guruhlar bo’yicha tasniflandi. 50 Tadqiqot jarayonida V.Baumol xizmatlar tasnifi bilan Dj.Zingelman tasnifining o’zaro bog’liqligi ilmiy jihatdan asoslandi. 6. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, progressiv xizmat turi hisoblangan moliyaviy xizmatlarga yuqori natijadorlik sohada fondlar qaytimini oshishiga olib kelmoqda, inert-individual xizmatlar hisoblangan ijtimoiy xizmatlarda faoliyat turi ijtimoiy xarakterga ega bo’lganligi sababli boshqa xizmat turlariga nisbatan fondlar qaytimi bir muncha pastroqdir. 7. Tadqiqot jarayonida qo’yilgan vazifalardan biri V.Baumolning xizmatlar turi tasnifi bo’yicha asimptotik-inert shaxssiz xizmatlar (savdo, transport, maishiy xizmat) samaradorligini baholash uchun resurs-xarajat yondashuvidan foydalanish chegaralanganligini asoslashdan iborat. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar (sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot) hisoblangan inert-individual xizmatlar samaradorligini resurs-xarajat nuqtai nazaridan atroflicha ifodalab bo’lmaydi. Shu sababli tahlil etilayotgan ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida asosiy fondlar samaradorligini tahlil etish uchun mazkur soha va tarmoqlarda fondlar qaytimi va fondlar bilan qurollanish ko’rsatkichlarini taqqoslash zarur. 8. Samarqand viloyatida bozor munosabatlari rivojlanishining dastalabki yillarida ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy o’sish ekstensiv omillar hisobiga erishilgan (ya’ni, shu sohada band bo’lganlar soni va asosiy ishlab chiqarish fondlari miqdori). Shuning uchun ham viloyat ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida iqtisodiy o’sishning intensiv va ekstensiv omillari ta’siri darajalariga qarab tahlil etish va baholash muhim ahamiyatga ega. 9. Ishlab chiqarish sohalarida iqtisodiy o’sishga, asosan unumdorlik ko’rsatkichlarini oshirish hisobiga erishish muayyan vaqt o’tib borishi bilan tobora kamroq samara berib boradi. O’z navbatida, ishlab chiqarish sohasida unumdorlik ko’rasatkichlarining ahamiyatini oshishi va hisoblanishi o’zining dolzarbligini yo’qotadi, chunki ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlikka ekstensiv omillarining ta’siri nisbatan ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuningdek, 51 mazkur qonuniyat asimptotik-inert ishlab chiqarish turida va inert-individual xizmat kategoriyalarida ko’proq darajada namoyon bo’ladi. 10. Tahlillar asosida olingan ma’lumotlar, o’z navbatida xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda e’tirof etilgan fikrlarni, ya’ni muayyan vaqt o’tib borishi bilan ishlab chiqarish sohasida intensiv omillarning ta’siri susayib boradi degan tezis o’z tasdig’ini topayotganligini isbotlaydi. Shuning uchun ham, mehnat unumdorligi va fondlar qaytimini oshishi hisobiga ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida iqtisodiy o’sishni ta’minlash ob’ektiv qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Chunki, ishlab chiqarish sohalarida keyingi vaqtlarda moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan mehnat resurslarining bandligi oshib bormoqda va aksincha, mehnat unumdorligi kamayib bormoqda. 11. Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida ularning faoliyatini to’laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ham muallif tomonidan ishlab chiqarish sohasi tashkiliy tarkibini optimallashtirish usullari va yo’nalishlari ishlab chiqildi. 12. Hududiy darajada xizmatlarga bo’lgan talabni o’rganish bo’yicha maxsus xizmatni, marketing markazlarini tashkil etishning asosiy vazifalari va yo’nalishlari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari tizimida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari alohida o’rin egallaydi. Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi (natural va qiymat ko’rsatkichlari); o’rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to’g’ri keladigan xizmatlar hajmining o’sish sur’ati va mehnatga haq to’lash sur’atining nisbati; mehnat haqining bir so’miga olingan natija ko’rsatkichlari tizimidan foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini keng tavsifiga ega bo’lish mumkin bo’ladi. Bizningcha, ishlab chiqarish korxonalarida ijtimoiy samaradorlik deganda xodimlarning ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayonida ularning ijtimoiy 52 jihatidan rivojlanishni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ishda qayd etilgan mezonlar va ularning ko’rsatkichlaridan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini baholash, kompleks tahlil qilish va strategik rejalashtirishning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tadbiq etishda foydalanish mumkin. Tadqiqot jarayonida V.Baumol xizmatlar tasnifi bilan Dj.Zingelman tasnifining o’zaro bog’liqligi ilmiy jihatdan asoslandi. Xususan, unumdorlik o’sish darajasi (samaradorlik) progressiv xizmatlar kategoriyasi ishlab chiqarish xizmatlari bilan ko’proq ahamiyat kasb etadi. Harakatsiz individual xizmatlar ijtimoiy xizmatlar tarkibida kamroq xususiyatga ega. Assimptotik harakatsiz xizmatlar esa ko’proq xilma-xillikga ega bo’lib, bunda unumdorlik (samaradorlik) darajasi progressiv komponenti yuqori bo’lgan xizmatlar hissasiga bog’liq. Bunday xizmat turlariga iste’mol va taqsimot xizmatlari ham kiradi. Ishda o’tkazilgan omilli tahlil doirasida ekstensiv va intensiv omillar indeksi taqqoslash usuli orqali iqtisodiy o’sish shakli belgilandi. Samarqand viloyati iqtisodiyot soxalari va tarmoqlari (sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish) iqtisodiy o’sishining umumiy indeksi, ya’ni mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, band bo’lgan ishlovchilar va asosiy ishlab chiqarish fondlari indeksi hamda iqtisodiyot sektorlari bo’yicha iqtisodiy o’sish dinamikasi ishlab chiqildi. Tahlillar asosida olingan ma’lumotlar va o’z navbatida xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda e’tirof etilgan fikrlarni, ya’ni muayyan vaqt o’tib borishi bilan ishlab chiqarish sohasida intensiv omillarning ta’siri susayib boradi degan tezis o’z tasdigini topayotganligi isbotlandi. Shuning uchun ham, mehnat unumdorligini va fondlar qaytimini oshishi hisobiga ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida iqtisodiy o’sishni ta’minlash ob’ektiv qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Chunki, ishlab chiqarish sohalarida keyingi vaqtlarda moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan mehnat resurslarining bandligi oshib bormoqda va aksincha, mehnat unumdorligining pasayib borishi kuzatilmoqda. 53 Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar inert-individual va asimptotik-inert xizmatlar samaradorligini baholashda resurs-xarajat yondashuvini cheklanganligidan va ularda sohani rivojlantirish uchun progressiv komponentlarni hissasini pastligidan dalolat beradi. Bu hol tahlil etilayotgan muammoga kompleks tarzda yondashish zarurligini taqozo etadi. Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida ularning faoliyatini to’laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil eta olish imkoniyatiga ega emas. Bizning fikrimizcha, xorijiy mamlakatlar ishlab chiqarish sohasining tashkiliy tuzilishi xizmatlar bozori tashkiliy tuzilmasining tadqiqoti orqali respublikamizda xizmatlar bozorining tashkiliy tuzilmasini quyidagicha tasniflashimiz mumkin: – amal qilish mexanizmlari bo’yicha (vositachilik moliyaviy, axborottexnologik, xuquqiy, marketing); – mulk shakli bo’yicha (xususiy, kooperativ (jamoa), davlat, ijtimoiy, xorijiy); – ko’rsatiladigan xizmatlar ko’lami bo’yicha (xalqaro, milliy, hududlararo, hududiy, mahalliy); – ko’rsatiladigan xizmatlar turlari va yo’nalishlari bo’yicha: ishbilarmonlik xizmatlari (moliyaviy, sug’urta, kredit xizmatlari), taqsimot xizmatlari (savdo, umumiy ovqatlanish), ijtimoiy xizmatlar (ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy madaniyat, huquqiy xizmatlar). Ko’pchilik xorijiy iqtisodchi olimlar ishlab chiqarish sohasining tarkibiy tuzilishini uning tarmoq belgilari va rivojlanish nuqtai nazaridan tasniflashni taklif etishadilar. Bizning fikrimizcha, ushbu sohani tashkiliy-iqtisodiy nuqtai nazardan tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bunday holda quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish zarur: – axborot-tijorat infratuzilmasi (marketingmarkazlari, reklama agentliklari, axborotlarni to’plash va qayta ishlash markazlari va h.z.); 54 – iqtisodiy-huquqiy infratuzilma (sudlar, huquqiy maslahat markazlari, advokatlik va notarial idoralar va h.z ); – moliyaviy-kredit infratuzilmasi (tijorat banklari, kredit, sug’urta va kafolat tashkilotlari); – savdo, vositachilik infratuzilmasi (yarmarkalar, birja, savdo uylari, tijoratmarkazlari va h.z). Bizning fikrimizcha, hozirgi vaqtda ishlab chiqarish korxonalari assotsiatsiyasini tashkil etish xizmatlar sohasi samaradorligini ta’minlovchi muhim tashkiliy tarkib hisoblanadi. Uning tarkibiga mijozlarga kompleks xizmat ko’rsatishni (barcha xizmatlarni ko’rsatishni) tashkil qilish mumkin bo’ladi. Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish sohasida axborot ta’minotini yanada rivojlantirish aholini xizmatlarga bo’lgan to’lov qobiliyatini to’la qondirish, ushbu sohani o’sish dinamikasini baholash, ko’rsatiladigan xizmatlar sifati va samaradorligini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Buning uchun viloyat miqyosida xizmatlarga bo’lgan talabni o’rganish bo’yicha maxsus xizmatni-marketing markazlarini tashkil etish kerak. Ushbu tashkiliy tuzilmasi quyidagi faoliyat yo’nalishlarini o’z ichiga oladi: - yangi xizmat turlarga bo’lgan talab va taklifni o’rganish bo’yicha ilmiyamaliy qo’llanmalarni ishlab chiqish; - xizmatlarga ehtiyoj sezayotgan subyektlar uchun viloyat miqyosida xizmatlar konyukturasi uchun hisobotlar, bukletlar, ma’ruzalar tayyorlash; - ko’rsatiladigan xizmat sifatini aniqlash uchun so’rovnomalar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish; - xizmatlar sohasidagi muammolarni yechish bo’yicha ijtimoiy tadbirlarda, yarmarkalarda, ko’rgazmalarda ishtirok etish. Hozirgi kunda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’z reklama xizmatlarini tashkil etish imkoniyatiga ega emaslar, chunki ularning bu maqsad uchun na moliyaviy, na moddiy imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, viloyat miqyosida xizmat turlarini targ’ibot qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari 55 va iste’molchilar o’rtasida shartnomalar tuzuvchi, maxsus buyurtmalar bilan ishlovchi maxsus reklama agentliklarini tuzish zarur. Bizning fikrimizcha, hududiy darajada ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha axborot ta’minotini shakllantirish zarur. Bunga ko’ra, viloyatda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish subyektlari uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda ma’lumotlar banki muhim rol o’ynaydi: - viloyat aholisiga, korxonalarga, tadbirkorlarga ma’lumotlar banki orqali ularning xizmatlar haqida to’liq ma’lumotlar olish imkonini beradi; - viloyat miqyosida axborot punktlarini ochish, joylashtirish yo’li bilan jami aholi uchun axborotlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan subyektlarning samarali faoliyatini ta’minlovchi hududiy-tashkiliy boshqaruv organlari to’laqonli amal qilishi katta miqdorda moliyaviy resurslarni talab etadi. Ushbu moliyaviy resurslarni real manbai, fikrimizcha, hududiy kimmatli kogozlarni emissiya qilish va ularni aholiga, fond birjalari orqali moliyaviy tashkilotlarga sotish yo’li bilan shakllangan mablag’lar bo’lishi mumkin. Boshqa barcha manbalar, hozirgi vaqtda ushbu tashkiliy tuzilmani amal qilishi uchun yirik moliyaviy resurs bo’la olmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 56 1.1. O’zbekston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2017 y. yanvar 1.2. O’zbekston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: “Iqtisodiyot huquq dunyosi”, 2010. 1.3. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» qonuni. Oliy ta’lim. Me’yoriy Xo’jjatlar to’plami. T.: «Sharq», 2001. 2.O’zbekston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari 2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-son Farmoni // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son. 2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlanitrish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 2.3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’grisida» PF-4947-son Farmoni. 2017 yil. 2.4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqod ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori // Xalq so’zi, 2017 yil 18 fevral 2.5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentabrdagi“Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etishni chora-tadbirlari”gi qarori. mineekonomiy.uz 2018 yil 18 sentabr. 2.6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. mineekonomiy.uz 2018 yil 30 iyul. 2.7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 07 iyundagi “Har bir 57 oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to’g’risida”gi qarori. mineekonomiy.uz 2018 yil 15 iyun. 2.8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 05 maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori. Xalq so’zi, 2018 yil 18 may. 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 3.1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 apreldagi 104-sonli Qarori. “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, 2009 yil 15son. 3.2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi “Tadbirkorlik subektlariga ajtatilgan yer uchastkalarida meva sabzavot mahsulotlarini bevosita yetishtirish joylarida sug’orish, tayyorlash va saqlash bo’yicha yengil konstruksiyali infratuzilma obektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriminekonomy.uz 2019 yil 05 mart. 4. O’zbekston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalari 4.1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqieti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yillshiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. «Xalq so’zi», 2016 yil 8 dekabr. 4.2. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. /Sh.M.Mirziyoyev. — Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. — 488 b. 58 4.3. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O’zbekiston, 2017. — 104 b. 4.4. Mirziyoyev Sh. M. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvar oyida bo’lib o’tgan «Mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan majlisida so’z-lagan nutqi // «Xalq so’zi», 2017 yil 16 yanvar. 4.5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Ruspublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. «Xalq so’zi», 2016 yil 15 dekabr. 4.6. Mirziyoyev Sh.M. Ilm fan yutuqlari - taraqqiyotning muhim omili// «Xalq so’zi», 2016 yil 31 dekabr. 4.7. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi vvv.my.gov.uz 4.8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojatnomasi. AA.Norma.uz 28.01.2020 5. Darslik va o’quv qo’llanmalar 5.1. Islom Karimov. Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan boshlagan islohotlarimizni yangi bosqichga ko’tarish - bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimizdir. 23-jild. -T: «O’zbekiston», 2015. 5.2. Bekmurodov A.Sh., G’afurov U.V. O’zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash: natijalar va ustuvor yo’nalishlar. O’quv 59 qo’llanma. – T.: TDIU, 2007. - 102 b. 5.3. Blank I.A. Osnovi finansovogo menedjmenta. V 2-x t.T.1.: ucheb.kurs. - Kiyev: Nika-Sentr, Elga, 2005. –592 s. 5.4. Brikxem Yu.F. Ensiklopediya finansovogo menedjmenta: per. s angl.- 5-ye izd.-M.: Ekonomika, 2002. – 823 s. 5.5. Brikxem Yu., Gapenski L. Finansoviy menedjment. V 2 t. per. s angl. pod red. V.V. Kovaleva. - SPb.: Ekonomicheskaya shkola, 2007. -407 s. 5.6. Burxanov A. Sanoat korxonalarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash omillari. / Bozor, pul va kredit. 2008. №6. – B. 33-36. 5.7. Burxanov U. Davlat xaridi. – Toshkent, 2010. – 160 b. 5.8. Zaynalov J., Sattorov T. Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari // Moliya. –Toshkent, 2010. -№2. –B. 12-17. 5.9. R.S.Muratov., Korxona iqtisodiyoti // Fan va texnologiyalar.- Toshkent, 2014. 425.B. 5.10. Абдукаримов Б. А. ва бошқалар Корхона иқтисодиёти. Дарслик Т.: Фан ва технология, 2013. 5.11. Дадабоев Ю., Худойбердиева А. Корхона иқтисодиёти.– Андижон.; “Аndijon”, 2002. 5.12. Пардаев М.Қ., Исроилов Б.И. Иқтисодий таҳлил. 1-қисм.Т.: Иқтисодиёт ва хуқуқ дунёси нашриёт уйи, 2001. 5.13. Пардаев М.Қ., Исроилов Б.И. Иқтисодий таҳлил. 2-қисм.Т.: Иқтисодиёт ва хуқуқ дунёси нашриёт уйи, 2001. 5.14. Xalim Xamroev. Tadbirkorlik asoslari. –T.: ”Yangi noshr”-2010 yil. 360 bet. 5.15. Shodibekova D.A., Shodibekov D.I. Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari.—T.: “Sharq”- 25 iyun 2017 yil. 5.16. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009. 511. 60 5.13. 5.14. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2012. 5.15. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “Iqtisodiyot”, 2013. 5.16. Volgin N.A. Ekonomika truda: rinochnie i sosialnie aspekti. Uchebnometodicheskiy kompleks dlya podgotovki magistrov. –M.: Izd-vo RAGS, 2010. – 368 s. 5.17. Genkin B. M. «Yekonomika i sosiologiya truda»; M.: Norma, 2007. 448s. 5.18. Kibanov A.Ya. i dr. Motivasiya i stimulirovanie trudovoy deyatelnosti. Uchebnik. M.: INFRA-M, 2009. 5.19. Kotlyar, A.E. Trudovoy potensial. Naselenie i trudovie resursi. Spravochnik./ A.Ye. Kotlyar.- M.: Nauka.- 2007.- 417 s. 5.20. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T: “Iqtisodiyot moliya”, 2009, 529-b. 6. Muallif va ilmiy rahbarning magstrlik dissertatsiyasi ishida foydalanilgan ilmiy ishlari 6.1 Ashurov A. Мамлакат иқтисодиётини тубдан ислоҳ қилиш шароитида корхоналар ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари. Халкаро миқёсидаги илмий - амалий анжуман. Самарканд 2021 йил 6.2 Ашуров A. Ишлаб чиқариш корхоналари фаолиятини ривожлантириш йўллари. 6.3 Ашуров A. Ишлаб чиқариш самарадорлигининг моҳияти ва корхона фаолиятидаги аҳамияти 7. Internet saytlari 7.1 htpp: //www.prezident.uz – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining veb-sayti. 61 7.2 htpp: //www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi veb-sayti. 7.3 htpp: //www.samarqand.uz – Samarqand viloyat hokimligi veb-sayti. 7.4 htpp: //www.samdu.uz – Samarqand davlat universiteti veb-sayti. 7.5 htpp: //www.school. edu.ru. 7.6 htpp: // www. inter – pedagogika. ru Ilovalar 62 Butlovchi buyumlar Xom-ashyo va materiallar Yarim tayyor mahsulotlar Yoqilg’i Ehtiyot qismlar Qurilish materiallari ISHLAB CHIQARISH Idish va idish materiallari Inventar va xo’jalik anjomlari Boshqa materiallar Qayta ishlashga berilgan materiallar Ishlab chiqarishning turkumlanishi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samaradorligi (faoliyati) Ijtimoiy samaradorlik Iqtisodiy samaradorlik Ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik Xo’jalik yurituvchi subyektlarning samaradorligi 63 Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmi elementlari. 64