Uploaded by Bunyod Sharipov

Tuman M va MTB Elektron hujjatlar buyruq

advertisement
QO‘SHRABOT TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI
BUYRUQ
29«5»2024 yil.
450-7-97-MMTM/2024-son
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuritiladigan o‘quv-pedagogik hujjatlarni
maqbullashtirish to‘g‘risida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida yuritiladigan o‘quv-pedagogik hujjatlarni maqbullashtirish, boshqaruv
jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan xoli etish orqali samaradorlikka erishish va boshqaruv
jarayonlari shaffofligini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Maktabgacha va
maktab
ta’limi vazirligining 2024-yil 17maydagi 163-sonli va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining
2024 yil 24-maydagi 01-282/22-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul
qilinsin.
2.
2024-2025-o‘quv
maktablarida:
yilidan boshlab,
barcha
umumiy o‘rta ta’lim
a) quyidagi o‘quv-pedagogik hujjatlar elektron shaklda yuritilsin:
pedagogik kengash bayonnomalari;
o‘quvchilar harakatiga oid buyruqlar;
elektron sinf jurnali;
o‘quvchining elektron baholar tabeli;
maktab bitiruvchilariga berilgan shahodatnomaning hisobot reyestri;
qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish reyestri.
b) quyidagi o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish bekor qilinsin:
shahodatnoma va sertifikatlarni hisobga olish hamda tarqatish
daftari;
qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari;
o‘quvchilar harakati daftari;
buyruqlar daftari;
maktab pedagogik jamoasining shaxsiy tarkibini qayd etish daftari.
Imzolovchi F.I.SH
Bahodir Abduvohidov
Abduqodirovich
Imzolangan sana
29.05.2024 16:38
Hujjat kodi
ZQ6131466150
Xulosa kodi
WO5161164
084
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish
bo‘yicha tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi
(G‘.Ahmedov) barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari bilan birgalikda:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maqbullashtirilgan o‘quv-pedagogik hujjatlar
yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borsin hamda hujjatlarni qog‘oz shaklida
yuritishdan
tejalgan vaqtda ta’lim boshqaruvi samaradorligini oshirish va sifatli ta’limni ta’minlashga
alohida e’tibor qaratsin;
tashkilotlar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlarni
qog‘oz shaklida yuritilishi talab etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olsin.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi
“Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quv-pedagogik hujjatlar yuritilishini
maqbullashtirish to‘g‘risida”gi 205-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Bo‘limning AKT xodimi (X.Aripov) mazkur buyruqning mazmunmohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirib borish maqsadida muntazam
ravishda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda tuman
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining rasmiy veb-sayti orqali keng yoritsin.
7. Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash mutaxassisi (T.Raxmatov) ushbu
buyruqni bir kun muddatda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yetkazilishini
ta’minlasin.
8. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Imzolovchi F.I.SH
Bahodir Abduvohidov
Abduqodirovich
Imzolangan sana
29.05.2024 16:38
Hujjat kodi
ZQ6131466150
Xulosa kodi
WO5161164
084
Download