IV BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 4.1. SHAXSIY KOMPYUTER BILAN JIHOZLANGAN XONALARGA BO‘LGAN ERGONOMIK TALABLAR VA TEXNIK ESTETIKA Kompyuter o‘rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar qo‘yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan 20 tagacha kompyuter o‘rnatilishi mumkin. 5 ta kompyuter o‘rnatilgan xona o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi kerak: 6x10x2,8 metr. Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi: kiyimning yuqori cho‘ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o‘zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo‘lgan buyumlarni saqlash; malakasi ikkinchi toifadan past bo‘lgan shaxslarni xonada bir o‘zi ishlashi; mashinaning tok oqib o‘tadigan qismlariga teginish; manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo‘yish, shuningdek ajralishli yoki bog‘lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash; tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog‘ini yechish; axborotni tasvirlovchi modul (monitor) qopqog‘ini ochish, chunki elektron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi; ventilyatsion tirqishlarni berkitish; malakaviy mas’uliyatga ega bulmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo‘lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish; boshqa nominalga ega bo‘lgan saqlagichlarni ishlatish; nosoz mashinalar bilan ishlash; ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq, holda tashlab ketish; Kiritish/chiqarish qurilmalari (monitor, klaviatura, va sichqoncha) ergonomik ekspluatatsiya va sog‘liqni asrash uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, kiritish/chiqarish qurilmalarini nosoz ishlashi, qo‘lni noto‘g‘ri qo‘yish yoki to‘g‘ri o‘tirmaslik, uzoq vaqt uzluksiz klaviatura yoki sichqoncha orqali axborot kiritish 1 inson tanasining zo‘riqishiga va charchashiga olib kelishi mumkin. Ko‘zni zo‘riqishiga, mushaklarda asab tizimini susayishiga, bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishiga ham sababchi bo‘ladi. Bu holat quyidagi maslahatlarga amal qilinganda sezilarli darajada kamayishi mumkin. Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug‘lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa, yorituvchi qurilmalar orasida turishi kerak. Ko‘zni zo‘riqtiradigan, to‘g‘ri (ko‘rish maydoniga tushayotgan yorug‘lik manbai) va qaytgan (ekrandan qaytgan yorutlik) yorug‘likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o‘zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog‘liq holda sozlanishi kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug‘lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog‘liq bo‘lgan yuzalaridagi ravshanlik 1:10 nisbatdan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavsiya etiladi). Klaviatura va sichqonchani shunday joylashtirish zarurki, ularning ekspluatatsiyasida sezilarli kuchlanishlar paydo bo‘lmasligi kerak. Klaviaturani tananing yuqori qismiga nisbatan parallel ravishda, sichqonchani esa, aynan klaviatura sathida joylashtirish kerak. Stol cheti bilan klaviatura orasi 5—10 sm bo‘lishi kerak. Monitorni shunday joylashtirish kerakki, undagi tasvirni boshni yoki tanani burmasdan ko‘rish mumkin bo‘lsin. Monitorgacha bo‘lgan masofa 70 sm dan oshmasligi zarur (optimal masofa 30 sm). Hujjatlashtirish qurilmalari va tez - tez ishlatib turilmaydigan texnik vositalar operatordan o‘ng tomonda, maksimal erishish zonasida joylashtirish, aloqa vositalari esa chap tomonda o‘ng qo‘lni yozish uchun bo‘sh qoldirish maqsadida joylashtirish tavsiya etiladi. Hujjatgacha bo‘lgan masofa huddi monitor uchun mo‘ljallangan masofadek bo‘lishi kerak. Stol yoki stulning balandligi operatorning bo‘yiga qarab moslashtiriladi. Stulning suyanchig‘i umurtqa pog‘onasini bel qismiga tegib turadigan va operator to‘g‘ri o‘tira oladigan bo‘lishi kerak. 2 O‘tirganda oyoqlarning bukilgan burchagi 90° va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo‘lning tirsakdan to kaftgacha bo‘lgan qismi pol bilan parallel bo‘lishi, yelkalar esa erkin holda bo‘lishi kerak. Monitor tasvirning yuqori chekkasi ko‘z chizig‘ida bulishi zarur. Bu maslahatlarning hammasi kompyuter bilan ishlashda tana a’zolarini toliqtirmasdan, zo‘riqtirmasdan ishlashini ta’minlaydi. Ma’lumki, kompyuter texnikasi elektromagnit nurlanish manbai hisoblanadi. Kompyuter texnikasini ishlab chiqarish jarayonida avtomatikani, tezkorlikni, aniqlikni oshiradi. Lekin bu qurilmani himoyasiz ishlatish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir. kompyuter bilan jihozlangan ish joyidagi elektromagnit maydon darajasi kompyuter ta’minot vilkasini tarmoq rozetkasiga mo‘ljallanishiga bog‘liq holda 35 martta o‘zgaradi. ish joyida ko‘chirma tarmoq filtrlarini ishlatishda elektromagnit maydon darajasi tez ko‘tariladi. statistik ma’lumotlarga qaraganda zamonaviy kompyuterlarning 20% foiziga yaqini elektromagnit maydon hosil qilish darajasi bo‘yicha oldingi ishlab chiqarilgan modellaridan kamroq farq qiladi. Shuningdek, korxonalarda ishlatiladigan yevropa standarti buyicha bajarilgan elektr ta’minot rozetkalari amaliyotda kompyuter ta’minot vilkasini yerga ulovchi o‘tkazgich bilan kerakli kontaktni ta’minlab bera olmaydi. ish joyida displey ekranlariga o‘rnatilgan, past chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonni kamaytirishi kafolatlangan himoya filtrlari odatda 2-4 marttadan kup kamaytira olmaydi. himoya filtrlarining materiallari va ularning xujjatlarida o‘zgaruvchan elektromagnit maydonni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatilgan 95-99% ko‘rsatkich hech qachon real sharoitda erishilmaydi. Bunday filtrlar ish joyida ekrandagi elektrostatik potensialni kamaytirishi mumkin. ixcham kompterlar (noutbuk)ni ekspluatatsiyasida ham to‘liq havfsizlik ta’minlanmaydi. To‘g‘ri past kuchlanish iste’mol qiladigan bu kompyuterlar 3 ekranda elektrostatik potensial hosil qilmasada, lekin ta’minot tizimida o‘rnatilgan impulsli o‘zgartirgichlardan hosil bo‘ladigan o‘zgaruvchan elektromagnit maydon qiymati sezilarli darajada mavjud. Xatto noutbuklarning ayrim turlaridagi elektromagnit maydon elektron - nur trubkali displeylarda hosil qilinadigan maydondan unchalik kam emas. Kompyuterni ekspluatatsiya qilishda o‘tkazilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, elektromagnit xavfsizlikni ta’minlash kompyuterlarning sifatiga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘zining ma’lum ahamiyatiga ega. Kompyuter texnikalarining sifati, kerak bo‘lgan tashkiliy va texnik tadbirlarni narhi va hajmiga, tavsifiga hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Lekin bunday tadbirlarda majmuani o‘zi kompyuter bilan ishlaganda mehnat sharoitida gigienik me’yorlar talabini ta’minlashni kafolatlash uchun mas’uliyatli joyga ega bo‘lishi kerak. Mutaxassislarning elektromagnit xavfsizlik sohasidagi ishlash malakalari shuni ko‘rsatadiki, bu muommo hal qilinishi mumkin va uni hal qilishda hamma narsa yetarli: ilmiy qo‘shimcha ishlash va muommoni hal qilish usullarini tasdiqlash, mutaxassislar, o‘lchov texnikalari, himoya vositalari va h.k. Bu borada o‘z ichiga kompyuter ekspluatatsiyasi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitishni, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari va kompyuter bilan ishlashda xavfsizlik talablarini qondira oladigan maxsuslashtirilgan laboratoriyalarni, kompyuter ishlatiladigan ish joylarida baholash usuli bo‘yicha texnik vositalarni tanlashni, nurlanishni o‘lchash va kamaytirish usullarini, kompyuterdan foydalaniladigan ish joyini tashkillashtirish usullarini va optimal ish tartibini o‘z ichiga oluvchi tizimli yondashish zarur. Aynan shunday kompleksli yondashish shaxsiy elektron hisoblash mashinasi bilan ishlaganda ish joyida elektromagnit xavfsizlikni ta’minlaydigan namunali dasturni taklif qiladi. Axborot asri ko‘pchilik sozhalar uchun o‘zining majburiyatlarini bajarish usulida dramatik o‘zgarishlarga olib keldi. Hozir o‘rta darajadagi texnik mutaxassislar bo‘lmaganlar ham, ilgari yuqori malakali dasturchi qilgan ishini 4 bajarishi mumkin. Xodim o‘z ixtiyorida hech qachon ega bo‘lmagan bir qancha aniq va operativ axborotlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlar birinchi paydo bo‘lgan vaqtda ular faqat ularni ishlata oladigan son jihatdan unchalik ko‘p bo‘lmagan mutaxassislarga tegishli bo‘lgan. Odatda ular ish joyidan hududiy jihatdan uzoqroq bo‘lgan maxsus binolarda joylashtirilgan. Hozirda esa kompyuterlashtirish avtomatikasi ancha rivojlandi, bajariladigan ishlarni osonlashtirmokda, lekin inson salomatligiga ozmi—ko‘pmi salbiy ta’sir qilmokda. Bunday nurlanishdan himoyalanish choralarini ko‘rish global muommolarga aylangan va uni hal qilishda ko‘p himoya vositalari ishlab chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikri bo‘yicha 50 sm masofada elektrostatik maydon ta’siri inson uchun havfsiz darajagacha kamayadi. Maxsus himoya filtrlarini qo‘llash orqali ularni nol qiymatgacha kamaytirish mumkin. Lekin monitor ishlaganda nafaqat uning ekrani elektrlanadi, balki xona ichidagi havo ham elektrlanishi tabiiy, albatta. Bu holda havo o‘z holatini o‘zgartiradi, ya’ni o‘zida musbat zaryad to‘playdi, musbat elektrlangan kislorod molekulasi inson organizmiga kisloroddek singmaydi va nafaqat o‘pkani bo‘sh ishlashiga, balki o‘pkaga changlarning mikroskopik zarrachalarini ham olib keladi. Stol va stullarga talablar. Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo‘lib, stol balandligi yerdan 68-77 sm bo‘lib, stullar esa aylanuvchan bo‘lishi kerak va albatta orqasida suyanchig‘i bo‘lishi kerak. Chunki stol-stullar o‘z gabariti bilan to‘g‘ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi va zerikishga olib keladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o‘qituvchi bemalol xar bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini kompyuterda bemalol ko‘rsata olishi kerak. Monitordan insonning ko‘zigacha bo‘lgan optimal masofa. Monitor ko‘zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo‘lmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko‘z orasidagi masofa 60-70 sm bo‘lishi tavsiya 5 qilinadi, bu masofa kichik bo‘lsa, insonni ko‘zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o‘ziga e’tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida har xil reklama yopishtirg‘ichlarini olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko‘k ranglarga bo‘yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko‘ziga eng yaxshi ranglardan hisoblanadi. Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi: - Ekranni yorug‘ligi; - Kontrast va fon o‘rtasidagi aniqligi; - Kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; - Kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri; - Kompyuter buzuqligi. Kompyuter xonasiga talablar. Xonaning shipi ok-ko‘k fon balan oqlanishi, devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar va oftob nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib beradi. 4.2. NURLANISHDAN HIMOYALANISH Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo‘lgan magnit maydonlaridan xar xil texnika ishlarida, masalan metallarni qizdirib toblash, eritish, yog‘och maxsulotlarini yelimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik operaqiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha uskunalarga bo‘lgan extiyojning kamayishi bu usulning keng ko‘lamda qo‘llanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bundan tashqari bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida xavoning tozaligini ta’minlanganligi sababli sanitariya-gigiena tomonidan birmuncha qulayliklar tug‘diradi. Xozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarining keng ko‘lamda qo‘llanilishi, radiotelemetriya, radionavigaqiya va boshqa elektromagnit 6 tebranishlarga asoslangan apparaturalarning keng ko‘lamda qo‘llanilishi, radio apparaturalar bilan ko‘pchilik ishchilarning muloqotda bo‘lishiga olib kelmoqda. Shuning uchun xam xozirgi vaqtda elektromagnit tebranish to‘lqinlaridan muxofazalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to‘lqinlari inson organizmiga xatarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Bu ta’sirning xatarli tomoni shundaki, inson bu nurlar ta’siriga tushganligini sezmaydi. Elektromagnit maydoni ma’lum kuchlanishdagi elektr maydoni Ye (V/m) va magnit maydoni N (A/m) vektorlari orqali ifodalanadi. Xarakatlanuvchi elektromagnit to‘lqinlarining Ye va N vektorlari xar vaqt o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi. O‘tkazuvchi muxitda tarqalayotganda ular o‘zaro quyidagi bog‘lanishga ega bo‘ladi: EH kz e bunda: w - elektromagnit tebranishlarining aylanma chastotasi; - ekran moddasining solishtirma o‘tkazuvchanligi; - bu moddaning magnit o‘tkazuvchanligi, k - so‘nish koeffiqienti; z - nurlanayotgan ekran yuzasidan aniqlanayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa. Elektromagnit to‘lqinlari vakuumda yoki xavo muxitida tarqalayotgan bo‘lsa, Ye=377N bo‘ladi. Elektromagnit to‘lqinlarining tarqalishi maydondagi energiyani ko‘chirish bilan bog‘langan. Elektromagnit maydondagi energiya oqimining zichligi vektori I (Vt/m2) (intensivligi) - “Umov-Poynting vektori” deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi: I EH Elektromagnit maydoni nazariyasiga asosan o‘zgaruvchi elektr yoki magnit maydoni manba yaqinida ikki zonaga bo‘linadi: yaqin zona yoki indukqiya zonasi bo‘lib, R 2 6 7 - to‘lqin uzunligi bo‘lib, =S/f - tenglamasiga asosan aniqlanadi, bunda: S - elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi (vakuum yoki xavo muxiti uchun yorug‘lik tezligi); f - elektromagnit to‘lqinlarining chastotasi va nurlanish zonasi bo‘lib, R > l /6 masofalarda joylashgan bo‘ladi. Indukqiya zonasida (yaqin maydon) xali xarakatlanayotgan elektromagnit maydon xosil bo‘lib ulgurmagan bo‘ladi va elektr bilan magnit maydonlarini birbirlariga bog‘lanmagan deb xisoblash mumkin. Shuning uchun bu zonadagi normalashtirish eletromagnit maydonining xam elektr, xam magnit maydonlari qo‘shilmalari sifatida olib boriladi. Nurlanish zonasida esa maydon xarakatlanayotgan elektromagnit to‘lqinini vujudga keltiradi va bu xarakatlanayotgan to‘lqinning muxim parametri to‘lqin oqimining zichlik quvvati xisoblanadi. Bu zonadagi normalashtirish intensivlikka asosan olib boriladi va bu intensivlik nuqtasimon manbagacha bo‘lgan masofa kvadratiga teskari proporqional bo‘ladi. I PM 4R 2 bunda: Rm - manbaning nurlanish quvvati. Agar bu manba yo‘naltirilgan xarakatga ega bo‘lsa, (antenna), unda: I PM Q 4R 2 bunda: Q - antennaning kuchaytirish koeffiqienti bo‘lib, xisoblashlar yordamida aniqlanadi. Induktorlar, termik qurilmalarning kondensatorlari, generatorlarning ayrim qismlarini ulovchi fider liniyalari, transformatorlar, antennalar, to‘lqin uzatgichlarning ochiq qismlari va o‘ta yuqori chastota generatorlari elektromagnit to‘lqinlarining manbalari sifatida qaralishi mumkin. Eletromagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifi 8 Qisqa to‘lqinlar /KV/ 3.106-3.108 100-1,0 Ultra qisqa to‘lqinlar /UKV/ 3.108-3.109 1,0-0,1 O‘ta yuqori chastotadagi to‘lqinlar /SVCh/ 3.109-3.1011 0,1-0,001 Diapazonlar ularning belgilari Chastota, Gs To‘lqin uzunligi, m Uzun to‘lqinlar /DV/ 3.104-3.105 10000-1000 O‘rtacha to‘lqinlar /SV/ 3.105-3.106 1000-100 O‘zgaruvchan elektromagnit maydoning inson organizmiga ta’siri Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to‘planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo‘lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo‘nalishga qarab xarakatlana boshlaydi. Qon, xujayra va xujayralar oraligidagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar xosil qiladi. O‘zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi xujayralarini o‘zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek o‘tkazuvchi toklar xosil bo‘lishi xisobiga qizdiradi. Issiqlik effekti elektromagnit maydonlarining energiya yutishi xisobiga bo‘ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning xosil bo‘lishi biologik xujayralarga maxsus ta’sir ko‘rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va xujayralaridagi nozik elektr potenqiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funkqiyalarining o‘zgarishi xisobiga bo‘ladi. O‘zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo‘nalishlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko‘rsatish jixatidan kuchsiz bo‘lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo‘lmaydi. Maydonning kuchlanishi qancha ko‘p bo‘lsa va uning ta’sir davri davomli bo‘lsa, organizmga ko‘rsatuvchi ta’siri shuncha ko‘p bo‘ladi. 9 Tebranish chastotasining ortishi tana o‘tkazuvchanligini va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarning asosiy qismi teri xujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri xujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularnnng yutilishi insonning ichki organlariga to‘g‘ri keladi. Bunday nurlanishlar nixoyatda xavfli xisoblanadi. Organizmda xosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining termoregulyaqiyasi xisobiga yo‘qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I >10 mVt/sm2), inson organizmda xosil bo‘layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi va tana xarorati ko‘tariladi, bu esa o‘z navbatida organizmga katta zarar yetkazadi. Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o‘pka, jigar va x.k.). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va termoregulyaqiya ta’siri kam bo‘lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko‘z, bosh miya, buyrak, ovqat xazm qilish organlari, o‘t va siydik xaltalari kiradi. Ko‘zning nurlanishi ko‘z qora cho‘g‘ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko‘z qora cho‘g‘ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha xafta keyin paydo bo‘ladi. Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan dielektrik material sifatida xujayralarga issiqlik ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki bu xujayralarga biologik ob’ekt sifatida xam ta’sir ko‘rsatadi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi, xujayralarning yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo‘nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qon tomir sistemasining funkqiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinuvini o‘zgartiradi. Ammo bu o‘zgarishlar funkqional xarakterda bo‘lib, nurlanish ta’siri to‘xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og‘riq sezgilari yo‘qoladi. 10