O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI Buxoro Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich va Maktabgacha ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi “PEDAGOGIKA” fanidan KURS ISHI Mavzu: XIV - XV asrlarda Movorounnahrda ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Bajardi: 1BT-22S guruh talabasi Safarova Munira (imzo) (ism sharif) Kurs ishi himoya qiling an sana “____” __________ 2024 yil Baho “___” ___________________ Ilmiy rahbar: (imzo) (ism sharif) Komissiyaa’zolari: _______________________________ (imzo) (ism sharif) __________________________________________________ (imzo) (ism sharifi) BUXORO-2024 1 Boshlang’ich ta’lim kafedrasi “PEDAGOGIKA” fanidan KURS ISHI UCHUN TAQRIZ Guruh 1 BT-22S Talaba familiyasi va ismi-sharifi Safarova Munira Kurs ishi mavzusi: XIV - XV asrlarda Movorounnahrda ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Kurs ishining tarkibi.................................................…………………… Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:..................................... ................................................................................................................................ ................................................................................................................................. ……………………………………………………………………………………. ……………………………………………………………………….……………. Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi).............................................................................................................. Kurs ishining ijobiy tomonlari................................................................................. ................................................................................................................................. Kurs ishining kamchiliklari..................................................................................... ................................................................................................................................. Kurs ishiga qo'yilgan baho...................................................................................... Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi....................................................... ……………………………………………………………………………………. 2 MUNDARIJA Kirish I. Bob. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti. 1.1. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 1.2. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek va Zahiriddin Muhammad Bobur ning pedagogik qarashlari. II. Bob. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 2.1. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. 2.2. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asari. Xotima Foydalanilgan adabiyotlar 3 KIRISH Bitiruv ish mavzusining dolzarbligi. Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. SHuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda SHarq Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. CHunki, bu davr madaniyati o’z tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IXXII asr madaniyatining. davomi sanaladi. SHu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi SHarq Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IXXII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning 4 ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilmma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas kuchaydi SHu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi SHarq Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IXXII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilmma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas kuchaydi. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qo’l ostida bo’lsa ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mo’g’uliston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig’atoy avlodidan Tug’luq Temur ko’tarildi. Tug’luq Temur dastlabki davrlardanoq o’z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga bir necha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o’zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. 5 Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishloqida Barlos beklaridan Muhammad TaraQay oilasida 1336 yil 8 aprelda dunyoga kelgan. Uning amakisi Hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo’lib, u o’z atrofiga barlos urug’idan chiqqan yosh jangchilarni to’plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug’luq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik, milliy g’urur va iftixor hissiyoti kuchli bo’lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini dushman qo’liga bermaslik uchun Tug’luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi. Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o’zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to’g’ri yo’l edi. Chunki Movarounnahr amirlarining Tug’luq Temurga qarshi bosh ko’tarib chiqishi Mo’g’ul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat Tug’luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o’g’li Ilyosxo’jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo’jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o’sha vaqtda Balx hokimi bo’lib turgan Amir QozoQonning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Temur o’z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Mo’g’ullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo’lgan janglarning birida, aniqrog’i Seyistonda turkmanlarga qarshi bo’lgan janglarda o’ng qo’li va o’ng oyog’idan yaralanib bir umrga oqsoq bo’lib qoladi. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 1363 yilda Tug’luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo’lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Lekin Mo’g’ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahr yerlarini bermasliklari ma’lum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tug’luq Temur vafotidan so’ng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qo’shinlari 1365 yilda Ilyosxo’ja qo’shinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va 6 Chinoz oraliQida bo’lgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar o’rtasidagi kelishmovchilik tufayli mag’lubiyat bilan tugaydi. Ushbu voqealardan so’ng Amir Husayn va Amir Temur o’rtasida dastlabki ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da g’alabaga erishgan Ilyosxo’ja uchun Movarounnahrga keng yo’l ochilgan edi. U katta qo’shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr Qalaviy boshliq sarbadorlar Ilyosxo’jaga qarshi chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko’rsatib qarshilik qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan Mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo’ladilar. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat Movarounnahrda Mo’g’ullar ustidan qozonilgan G’alaba haqida xabar eshitgach, Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo’l olib Samarqand yaqinidagi Konigil degan joyda sarbadorlarning rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o’zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo’li bilan o’ldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur o’rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi. 7 I. Bob. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. XIV asrning 50 yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi. Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi. Temurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etildi. Ulug`bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samaraqnd, Fijduvonda madrasalar qurildi. Bu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi. Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Hirotda esa Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi. Ali Qushchi astronomiyaga oid "Risolai dar falakkiyot" asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang`ich bilimlarni bayon etdi. 8 XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zubdan tavorix" (Tarixning qaymog`i) kitobi yozib, unda 1427 yilgacha voqealar bayon etildi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib, "Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo" asrini yozgan Mirxond, "Xabibus siyar" asarini yozgan Xondamir asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yollab o`qitish odat tusiga kirdi. Shahar, qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o`qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O`quvchilar maktablarda savod chiqargacha madrasaga kirib diniy va dunyoviy fanlardan bilim olardilar. 1.1. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. Amir Temur Kuragon ibn Amir Tarag`ay (1336-1405). Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati deyarli o`rganilmay qolgan edi. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozgan edi: "Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora buyoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalkimizning(ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin o`zbek xalki o`z ajdodlarini, uz bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida saqladi". Mustaqilligimizdan so`ng esa o`z milliy qadriyatlarmizni, tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik. Sohibqiron Amur Temurning dunyo taraqqiyotida tutgan o’rni beqiyosdir. O’sha davrda Yevropa va Osiyoda mo'g'ul-tatarlarning, ayniqsa, Chingizxonning istilochilik urushlari, uning oqibatlari qariyb 300 yil davom etadi. Bunday qullikdan ozod etish, mustaqil davlatlar sifatida rivoj topish va madaniyatning taraqqiy etishida Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixiy jihatdan 9 muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston mustaqilligi tufayli Sohibqiron Amir Temurning haqiqiy faoliyati xalqimizga to'la ayon bo'ldi. 1996-yilda uning tavalludiga 660 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro anjumanlar va yurtimizdagi an'analar uning nomini ochiqcha ilk bor tarannum etishga muvaffaq bo'ldi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurga bag'ishlab katta xiyobonlar qayta bezatildi va uning haykallari o'rnatildi. Bu milliy qadriyatlarni qay tarzda tiklash va milliy madaniyatimizni yuksak cho'qqilar kabi yanada baland ko'tarishning buyuk namunasi bo'lib qoldi. Amur Temur davrida Turkiston zamini obod bo’lib, yanada rivojlandi hamda ilm-fan va madaniyati rivojlangan davlatlar qatoridan joy oldi. Amur Temurning sa’yharakati bilan obod etilgan shaharlar, qishloqlar, karvonsaroylarni Shahrisabz, Buxoro, Samarqand shaharlarida qad ko’targan imoratlar, “Temur va Temuriylar davlati”, ”Temuriy madaniyati”, “Ulug’bek va Samarqand” kabi tushunchalarni dunyoga kelishi va dunyo xalqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir. Sohibqiron Amir Temur odob-axloq, iymon_e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar pand-nasihatlarni, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirishimiz lozim. Tarixiy asarlarda yozilishicha, Sohibqiron Amir Temurning eng xarakterli xususiyatlari davlat, mamlakat va fuqaroning g’amxo’ri bo’lgan. Jahongirlik qoidasi esa haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib, haqiqat – adolat deb e’tirof etgan. Sohibqiron Amir Temur har vaqt: “Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi”, – degan hikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va hayotda o’zlari bunga amal qilganlar. Sohibqiron Amir Temur haqidagi tarixiy asarlarda bobomiz amal qilgan quyidagi sifatlar keltirib o’tiladi: Sifatlarning birinchisi – beg’arazlik; - Islomga qat’iy rioya qilish; - Har bir mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirib, to’g’ri va odilona hal etish; - Rahm-shafqatli bo’lish, nohaq ozor yetkazmaslik; - Barcha so’zlarda haqiqatga amal qilish; Va’daga vafo; - Insofli bo’lish. Bu o’gitlar juda mashaqqatli va sertashvish, goh muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goh g’amgin umrdagi hayot 10 saboqlari orqali vujudga kelgan. Sohibqiron Amir Temurning bu o’gitlari orqali davlatni boshqarish va idora etish, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida buzilmas do’stlik, mehr-shafqat, axloqodobni tarbiyalashimiz mumkin. Sohibqiron Amir Temurning axloq va odob haqidagi qarashlarini quyidagicha o’rganamiz: - adolat va adolatsizlik; - so’z va ishning birligi; - do’stlik va dushmanlik; - botirlik va qo’rqoqlik; - so’z va shirinsuhanlik. So’z haqida shunday deydi: “Shirin so’z aytib g’animni iymonga kiritgin. Bir kalima yomon so’z qilichni qinidan chiqarar”. Bu o’gitlarning barchasi Sohibqironning o’z tajribasida sinalgan. Amir Temur “Axloqi husniya, ya’ni yaxshi xulqlar egasi” bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’ylab bir kesgan. Amir Temur singari jahon madaniyatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan bobokalonlarimizning axloq va go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kunning talabi bilan yozilgandek tuyiladi, go’yo.Bundan tashqari sohibqironning do’stlik va dushmanlik haqidagi fikrlaridan ham keng foydalanishimiz mumkin. Masalan: “Do’stlik – sinovda chiniqadi”, “Do’studushman bilan murosai-madora qildim”, “Shijoatli kishilarni do’st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi”, “Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og’ayni, qo’shnilar va men bilan bir vaqtlar do’stlik qilgan barcha odamlarni davlatu-ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim”, “Do’stu-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo’lsa, ularga shunday muomala qildimki, ularning dushmanligi do’stlikka aylandi”. Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o’gitlarining har biri mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. I.A.Karimov Amir Temur hayoti, faoliyati, koldirgan buyuk merosiga katta e’tibor berdi, "Istiqlol va ma’naviyat" asarida Temurning yoshlikdan mard, dovyurak,mag`rur, o`tkir zehn va aql egasi bo`lganligi, Qur’onga amal qilib yashaganligini ta’kidlab o`tgan edi. 11 Islom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida ham Amir Temur qoldirgan katta meros haqida yozgan edi: "Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug` bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar, Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul, teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Temurning qanchalik buyuk zot bo`lganligini uning nomiga qo`shilgan unvonlardan ham kurish mumkin. Uning ismiga "Kuragon" (xon kuyovi yoki kurkam, toza urug`dan), "Sohibqiron" (yulduz burjlarining baxtli kelishi (qiron)da tug`ilgan farzand) Iskandar, Muhammad payg`ambar, Temur), "Qutbiddin" (zamona peshvosi), "Abulmansur" (zafarmand, g`alaba qozonuvchi) kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan. Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan. Temur tuzuklarida shunday yoziladi: "Harbir shaharda masjidlar, madrasalar, honaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim". Amir Temur odob, axloq,iymon - e’tiqod, tarbiya sohasida o`zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan insonlardan bo`lgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya. Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg’or mamlakattaga aylantirildi. Amir Temurning sa’y harakati tufayli obod etilgan shaharlar, qishloqlarni SHaxrisabz, Buxoro, YAssi (Turkiston)shaharlarida qad ko’targan imoratlar «Temur va Temuriylar davlati «Temuriy madaniyati», «Ulug’bek va Samarqand», «Observatoriya maktabi» kabi ulug tushunchalarni dunyoga kelishi va dunyo halqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir. 12 1.2. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek va Zahiriddin Muhammad Bobur ning pedagogik qarashlari. Mirzo Ulug`bek (1394-1449). Mirzo Ulug`bek urta Osiyo xalqlari ilm - fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir. Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi. Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. 13 Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan. 1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan. Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillan yakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan. Asosiy asbob - sekstant (burchak o‘lchagich) - janubdan shimol tomon meridian chiziqlari bo‘ylab mo‘ljallangan. Asosiy asbobdan tashqari, rasadxonada boshqa astronomik anjomlar ham bo‘lgan. Ehtimol, aniq astronomik kuzatishlarni amalga oshirishiga sekstantning o‘lchami, uning qulay tuzilishi, Ulug‘bekning bilimlari va uning sherigi sabab bo’lgan. Buyuk astronom Ulug‘bek rahbarligi va ishtirokida rasadxonaning asosiy ishi “Zidjiy Ko‘rag‘oniy”, “Ulug‘bekning yulduzlar jadvali” tuzilgan. Kitobda ushbu Samarqand observatoriyasidan 1018 ta yulduz joylashuvi aql bovar qilmas 14 aniqlikda, Gipparxdan so‘ng ilk bor belgilangan. Astronomik turkum yaratilishi jahon astronomiya fani xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi. Bundan tashqari, rasadxonada ekliptikning ekvatorga qiyaligi va yulduz yilining uzunligini belgilash; sinusning bir burchakdagi ahamiyatini - muhim astronomik doimiylikni - verguldan so‘ng o‘n sakkizinchi belgigacha aniqlikda hisoblash bo‘yicha ishlar olib borilgan. Ulug‘bek o‘z ma’lumotlarini bir necha bor tekshirib, uning sonlarini to‘g‘ri, degan xulosaga keladi. 1437 yil u astronomik yil uzunligini aniqlaydi: 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Keyinroq o‘zgarishlar farqi 58 soniyada ekanligi aniq bo‘lgan. Agar astronomik yil uzunligi 31 million 558 ming 150 soniya ekanligini inobatga olsa, Ulug‘bek o‘z o‘lchamlarini naqadar yuqori aniqlikda olib borganligiga amin bo’lish mumkin. Buyuk olim bo‘lish bilan birga, Ulug‘bek kuchsiz sarkarda edi. Asosiy vaqtini rasadxonada o‘tkazar edi va davlat ishlariga kam vaqt ajratgan. Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdulatif, ruhoniylarning keskin ta’siri ostida otasiga qarshi urush e’lon qiladi. O‘g‘li otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif qiladi. 1449 yil Makkaga safari chog‘i Ulug‘bek shariat qaroriga muvofiq, xoinona o‘ldiriladi. Buyuk Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng, uning yorqin yulduzi so‘nmadi. Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi, ona Samarqandini tark etishga majbul bo‘lib, Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” kitobini Ovrupaga olib chiqib ketadi. Keyinchalik kitob ko‘plab olimlar avlodining mulkiga aylandi. Ulug‘bekning ismi va mehnatlari Ovrupa va Osiyo olimlari orasida mashhur bo‘ldi. XVII asrda Yan Geveliy tomonidan nashr etilgan Ulug‘bekning “Yulduzli osmon turkumi”da turli zamon va makonlarda yashab o‘tgan buyuk dunyo astronomlarining aksi tushirilgan naqsh mavjud. Ular astronomiya ilhom manbai bo‘lmish Uraniyaning ikki tomonida stol qarshisida o‘tirishgan holda aks ettirilgan. Ular orasida Ulug‘bek ham bor. Nashq muallifi Ulug‘bekni portretiga ega bo‘lmay, uning suratini tushirgan. Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 15 yil, o‘ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so‘ng yakunlagan. Astronomik ma’lumotnoma tez orada, Klavdiya Ptolemeyning “Almagest” hamda butun Ovrupa rasadxonalarida qo‘llanma hisoblangan kastiliya qiroli Alfons XVning astronomik jadvali bilan bir vaqtda lotin tiliga o‘girilgan. Mazkur jadvallarning aniqligi avvalroq Sharqda hamda Ovrupada erishilgan yutuqlardan ilgarilagan. XVII asrga kelibgina, Tixo Brag samarqandlik kuzatuvlarga teng keladigan aniqlikka muvaffaq bo‘lib, keyinroq, undan ham aniqroq natijaga erishgan. “Ulug‘bekning Zidji” Sharqda bo‘lgani kabi, Ovrupa astronomlarining diqqatini o‘ziga tortganligining hayratlanarli yeri yo‘q. “Ulug‘bekning Zidji” to‘rt yirik qilsmdan iborat. Xronologiya nomini olgan birinchi qismida turli Sharq xalqlari tomonidan qabul qilingan xronologik usullar bayon etilgan. Ikkinchi qismida amaliy astronomiya masalalari ifodalangan, uchinchisi — dunyoning geomarkaziy tizimi asosida ko‘zga ko‘rinarli yulduzlar harakati haqida ma’lumot bersa, to‘rtinchisi astrologiyaga bag‘ishlanadi — o‘rta asrlar dunyoqarashi fanining muqarrar taqdiri. Ulug‘bek hisoblab chiqqan 1018 yulduz turkumi qadimiy xronogiyani o‘rganuvchi astronomlar va tarixshunoslar uchun kompas vazifasini o‘taydi. Ulug‘bekning yulduzlar jadvali “Almagest”da keltirilgan Ptolomeyning yulduzlar xaritasining haqiqiyligini tasdiqlaydi. 1648 yil Oksfordda — fan va madaniyatning eng qadimiy o‘choqlaridan bo‘lmish Angliyada ilk bor Ulug‘bekning mashhur Samarqand rasadxonasida amalga oshirilgan asosiy ishi qisman nashr etilgan. Ishni nashr uchun tayyorlab, unga sharh yozgan Jon Grivs (1602 - 1652), Oksford universitetining astronomiya professori. Keyinchalik, turkum lavhalari Angliyada bir necha bor chop etilgan. Ilk oksfordlik nashrdan 17 yil o‘tgach, olim, Oksforddagi Bodleyansk kutubxonasi qo‘riqchisi, angliyalik sharqshunos va tarjimon Tomas Xayd (1636-1703) samarqandlik nashrni fors va lotin tillarida yangi nashr uchun tayyorlab, “Tabulae Long, as Lat. Stellarum Fixarum, ex observatione Ulugh Beighi”, Oxonii nomlari ostida chop etgan, 1665. 16 Ulug‘bek jadvallarining Ovrupada chop etilishi, shu o‘rinda, tuzish uchun ulkan va sermashshaq kuzatuv va hisob mehnatini talab qiluvchi o‘ziga xos yulduzlar katalogi sanoqli shaxslar tomonidan hisoblangan va osmon tadqiqotchilari tomonidan yuqori baholangan. Xaydning oksfordik nashridan 25 yil o‘tgach, Ulug‘bek jadvalining ma’lumotlari polyak astronomi Yan Geveliyning (1611-1687) Gdanskda chop etigan “Prodromus Astronomiae” kitobi sahifalaridan joy oladi. Bu yerda o‘z vaqtida mavjud bo‘lgan turkumlardagi ma’lumotlar o‘rtasida taqqoslash keltirilgan: Ptolemey, Tixo Brag, Richchioli, shahzoda Gass va Geveliy. 1839 yil fransuzs sharqshunosi L.A.Sediyo (1808-1876) Ulug‘bek jadvalini “Tables astronomigue d'Oloug Beg, commentees et publiees avec le texte en regard” nomi ostida qisman chop ettiradi, I bob, I bo‘lim, Parij, 1839. Va, nihoyat, Buyuk Britaniya kutubxonalarida saqlangan 8 ta qo‘lyozmani o‘rganish asosidagi Ulug‘bek jadvalining aniqroq tahlili 1917 yil AQShda E. B. Nobl tomonidan “Ulugh Beg's Catalogue of Stars. Revised from all Persian Manuscripts Existing in Great Britain” nomi ostida chop etilgan. Aytish joizki, Ovrupa va Osiyo kitob saqlanuvchi omborlarda “Zidjiy”ning o‘nlab qo‘lyozmalari mavjud. Ulug‘bekning yulduzlar jadvali o‘rta asrlar astronomiyasining so‘ng so‘zi bo‘ldi. Mazkur jadval teleskop ixtirosidan avvalgi, o‘rta asrlar astronomiya fanining eng yuqori poyasi bo‘ldi. Ulug‘bekning boy ilmiy merosi u faqatgina buyuk musulmon o‘g‘loni bo‘lmaganligini tasdiqlaydi. Ijodiy tafakkur dahosi butun insoniyat ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan. Shu sababli, ko‘p asrlar o‘tib, hatto bugun ham Ulug‘bekning ismi savob maqsadlarga erishish niyatida Sharq va G‘arb xalqlarini birlashtirgan timsol bo‘lib qoladi. Mirzo Ulug‘bekning yuqori ma’naviy va sezilarli merosi dunyoning yetakchi o‘quv muassasalarida va ilmiy markazlarida o‘rganib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan, O‘zbekiston Milliy universiteti ushbu atoqli olim sharafiga nomlanganligi respublikaning bugungi yuqori ilmiy-ma’naviy qudratini tasdiqlaydi. 17 1994 yil olim tavalludining 600 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlangan, shu sabab, xorij olimlari, mutaxassislari va jamoat arboblari ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazilgan. 2009 yil Parijda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilgan. Anjumanda 130 dan ziyod olimlar va turli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etgan. O‘tkazib kelinayotgan tadbirlardan butun dunyoda Mirzo Ulug‘bekning ilmiy va ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqish naqadar ulkanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Mirzo Ulug‘bek – Samarqand podshohi tarix sahifalaridan buyuk olim, o‘z davrining ma’lum va mashhur siymosi, atoqli matematik va astronomi sifatida o‘rin olgan. Mirzo Ulug‘bek, shuningdek, Sharq Islom olamining yetuk olimlari qatorida o‘z mehnatlari va ilmiy xizmatlari bilan ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek o‘rta asrlarda jahondagi eng muvaffaqiyatli rasadxonani tashkil qilgan edi. Uning “Zijji jadidi Ko‘ragoniy” astronomiya jadvali XVI asrda Turkiya orqali G‘arb ilm-fan doiralariga ma’lum bo‘ladi va uzoq yillar mobaynida dunyo astronomiya fanida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Amir Temurning nabirasi bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek 1394yilda Sultoniya shahrida tavallud topgan. Uning otasi Shohruh Buyuk Sohibqironning bevosita davomchisi sifatida Temuriylar imperiyasini bir necha o‘n yillar mobaynida muvaffaqiyatli boshqargan. Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim – g‘oyatda o‘qimishli, san’atda nihoyatda nozik didga ega malika bo‘lgan. Bo‘lajak podshoh bolalik yillaridanoq boshqalarnikiga o‘xshamagan xotirasi, til o‘rganishga bo‘lgan iste’dodi bilan ajralib turgan. Mirzo Ulug‘bek avvaliga arab, so‘ng fors hamda hind tillarini, notiqlik san’ati va adabiyot sirlarini o‘rgangan. Tarixiy manbaalarning yozishicha, rasadxona tuzilishi silindr shaklida bo‘lgan. Uning balandligi 30,4 metr bo‘lib, 3 qavatdan iborat edi. Silindr diametri 46,40 metrni tashkil qilgan. Inshoot Temuriylar davri me’morchiligi uslublariga ko‘ra qad rostlagan. Uni qurishda alohida e’tibor rasadxonaning seysmik mustahkam bo‘lishiga qaratilgan. Shu bois, u bunyod 18 etilgan sertosh tepalik 2,5 metr kovlanib, o‘rni pishgan g‘isht bilan qoplangan. Hosil bo‘lgan bu maxsus yerga mustahkam qilib burchak radiusi hamda vaqtni o‘lchash asbobi, ya’ni sekstant o‘rnatiladi. Sekstant shunday o‘rnatilgan edi-ki, bir qarashda uning o‘rnashgan joyi noodatiy bo‘lib, u janubdan sharqqa tomon yulduzlar yo‘nalishini ko‘rsatar edi. Aynan ana shunday tuzilishga ega bo‘lgani uchun ham, olimning kuzatish va hisob-kitoblari hayratlanarli aniqlikka ega bo‘lgan. Sektant ustida barpo etilgan aylana shakldagi binoda bir qancha asosiy va yordamchi xonalardan iborat bo‘lgan. Rasadxon Ulug‘bek va uning izdoshlari uchun 20 yildan oshiqroq vaqt davomida Alma-mater, ilmiy markaz bo‘lib kelgan. I.A.Karimov Ulug`bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi: "Taqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" T.1994). 1411 yili 17 yoshli Ulug`bek Movorounnahr va Turkistonning hokimi etib belgilanadi. Uning tashabbusi bilan o`lkada ilm - fan, ayniqsa falakkiyot ilmi yuksala bordi. U riyoziyot fanini mukammal egallagan va ungacha hech kim unchalik tez va aniq hisoblay olmagan. U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik Fijduvonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan. Madrasalarda mashhur, bilimli kishilar mudarrislik qildi. Yirik olimlardan Qozizoda Rumiy, Fiyosiddin Jamshid ibn Mas’ud, Mansur Koshiy, Muhammad Birjoniy, Ali Qushchi kabilar faoliyat ko`rsatdi. Madrasada Ulug`bekning o`zi ham astronomidan ma’ruzalar o`qigan. Madrasa qurdirganidan 4 yil o`tgach, Obirahmat soyining bo`yida rasadxona qurdiradi. Uning qurilishiga 5 yil ketadi. Kutubxona ochib, mashhur asarlarni yig`adi. 19 Madrasa bilan rasadxona o`rtasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlaganlarning bir qismi madrasada mudarrsilik ham qilishgan. Bu esa riyoziyot va yulduz ilmini yuksaklikka ko`tardi. Ulug`bekning "Ziji Ulug`bek" asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid "Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola", yulduzlarga bag`ishlangan "Risolai Ulug`bek" va tarixga oid "Tarixi arba’ ulus" asarlari bor. Ulug’bekning ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning «Ziji» bo’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek»dir. Cheksiz aql-idroki, azmu qata’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo qariyb qirq yil mobaynida Movarounnaxr diyorining donishmand xukmdori bo’lib, halqlarning azaliy orzusi-tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz shijoat va matonat ko’rsatdi. Ulug’bek, avvalo ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod «Ziji jadidi ko’rgoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomik jadvali asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, yevropa olimlari orasida tarqalgani fikrimizning yakqol isbotidir. Ulug`bek yoshlar ta’lim - tarbiyasiga katta e’tibor beradi. Madrasalarda o`qitish tizimini janlantiradi. O`qish muddati 15-20 yildan 8 yilga tushiradi. O`quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg`ulotlar o`tkazishni joriy etadi. Ulug`bek o`qituvchi - mudarrisga katta talablar qo`yadi. Mudarrsilar avvalombor, uzini tarbiyalamog`i, bilim va malakalarni egallamog`i, uz ustida tinmay ishlashi, darslarni yuqori saviyada o`tishga ahamiyat berishi kerak. U ta’limda darsliklarning o`rnini muhim deb biladi. Shuning uchun darslik mazmuniga katta e’tibor beradi va mualliflar oldiga jiddiy talablar qo`yadi. Darslik hayot haqiqatidan uzoq bo`lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim. Ulug`bek ta’limda matematika, falakkiyot, adabiyot, tarix fanlariga katta ahamiyat beradi. U o`z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog`lom, harbiy hunar egallagan, jasur, mard bo`lib yetishishlariga alohida e’tibor beradi. U do`stlik va birodarlikni ulug`laydi. 20 Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). O`zbek xalqining ilm va madaniyat xazinasiga o`lmas hissa qo`shgan mutafakkir olim, tarixchi, qonunshunos va lirik shoirdir. Bobur ilm - fan. san’at,madaniyat va ularning sohalari bilan yaqindan tanishgan, uning ijodini asosan lirik she’rlar va adabiy - tarixiy asari - "Boburnoma" bilan ko`zga tashlanadi. "Boburnoma" qomusiy xarakterdagi kitob bulib, unda tarix, geografiya, botanika va boshqa fan sohalariga oid ma’lumotlar berilgan. Bobur yana musulmonchilikqoidalari va qonushunoslikka bag`ishlangan "Mubayyin". arab alfavitini isloxiga oid "Xatti Boburiy", aruz vazni va qofiyaga oid "Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan. Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at ahllari bilan yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi. Ilm va bilimdonlikni ulug`laydi. U kamtarlik, uzini tuta bilish, ezgulik, vafodorlik, boshqalarga yaxshilik qilish sifatlarini ulug`lab, yovuzlik, zulm, qabihlikni qoralaydi. Boburning pedagogik qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir. "Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori, urf - odati, madaniyati, dini, adabiti, turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar beriladi. Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari«Boburnoma» bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil topgan va temuriylar davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, qomusiy xarakterdagi «Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashqari, mazkur asar eski o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir. 21 Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning tabiiy manzaralarini ham maxalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham xayvonlari, qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan narsalarni teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi. Bobur o’rta asrlardagi Xindiston halqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari doktori S.Azimjonova shu masalani tahlil qilib, chiqargan xulosasida aytgandek,xind halqi xayotining turli tomonlariga taallukli materiallarning izchil bayon etilishi, orginalligi va ishonarligi jihatidan Beruniyning ma’lumotlariga faqat «Boburnoma» dagi ma’lumotlarni tenglashtirish mumkin. Iste’dod sohibi bo’lgan Bobur 12 yoshida podsho bo’lganidan boshlab, to umrining oxirigacha o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga daxldor bo’lgan yuzlab tarixiy shaxslar hayotini, fan uchun muhim ahamiyatga molik ko’plab dalillarni adabiy shaklda yoritgan. «Boburnoma» va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va qonunshunoslikka bag’ishlangan «Mubayn», arab alfavitini o’rganish to’g’risidagi «Xatti» shuningdek musiqa va harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir o’zining ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning ko’p qirrali merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola mavjud bo’lmasa-da, deyarli hamma asarlarida xayotga va vatanga muhabbat hislatlarining yakqol ifodasini, insonning yuksak burchi va kishilarning ma’naviy qiyofasi haqidagi teran fikr-mulohazalarni, fan va dinga munosabat masalalarini, yaxshi xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashgacha chaqiriqni, ahloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va mazmundor hayot kechirishga targ’ib qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin. Fan va ma’rifatni juda yuqori qadrlagan bobur adabiyot, san’at va ilm ahli bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga xomiylik qildi, ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga intilgan 22 odamlarni juda kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini ta’kidlaydi. SHuning uchun ham u ilm fanning ahamiyatini chuqur his qilib, o’zi juda qadrlagan ilm-fan kishilarini eng avvalo, ularning yurish-turishiga, ko’pchilik manfaati uchun qilgan xizmatlariga qarab baholaydi. O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zida avvalgi kasbdoshlariga Bulardan tashqari, ergashib Bobur yovuzlikni, zulmni, qabixlikni do’stlikni, hayetni, uning har qoralaydi. bir fursatini qadrlashga, qayg’u-xasrat bilan emas, balki oqilona, xushchaqchaqlik bilan yashashga chorlovchi, yoshlarga ibrat bo’ladigan talaygina baytlar bitgan. Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin Bunda mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ullug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi. Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam, Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. yoki Odami ersang demagil odami Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami. Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 23 Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari. Abdurahmon Jomiy Mavlono Nuriddin Ayudurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni o’z ichiga o’olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab o’tgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid o’oqimlarini qamrab o’olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi. 1469 yil Movaraunnaxr Abusaidning farzandlariga, Xuroson esa Umarshayxning avlodiga o’tishi arafasida Temuriylar imperiyasi batamom parchalanib ketdi. Bu davr mobaynida Xurosonning eng katta hukmdori Hirotda qariyb qirq yil hukmronlik qilgan va nisbatan mustahkam hokimiyatni o’rnatgan Sulton-Husayn (1469-1506) edi. Umuman olganda, Sulton Husayn hamda Sulton Ahmadlarning (1469-1494 y.y. markaz bilan Samarqanddan boshqargan) temuriylar davlati siyosiy tuzum nuqtai nazardan, temuriylar oila azolariga tegishli alohida hokimiyatlarga ega feodal monarxiya hukmronligidagi birlashuv deb qaralgan. V.V.Bartoldning yozishicha, “Temur va temuriylar davri O’rta osiyo uchun eng buyuk tashqi yog’du davri bo’lgan”. Amir Temurning yorqin poytaxti — ajoyib me’moriy binolar qad rostlagan, dunyoning eng yirik va eng boy shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandni yodga solishning o’zi kifoya. Shahar Temurning nabirasi Ulug’bek davrida chinakam ilm markaziga aylangan. Ulug’bekning xiyonotkorona o’limi Samarqandning ilmiy faoliyati zaifligiga olib keldi. Ulug’bekning o’limidan so’ng madaniy jihatdan Hirotning ahamiyati orta boshladi. Shaharning martabasi, ayniqsa, Sulton Husayn hukmronligi davrida yuksak bo’lgan. Unga, shuningdek, Kaspiy orti viloyati va Xorazm qarashli bo’lgan. Hirot ikki yirik savdo nuqtalarida joylashgan bo’lib, u yerga mahalliy ishlab chiqarish mollari bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Movaraunnaxr, Eron, G’arbiy Ovrupa hamda Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar yetkazilgan. Shahar qurilishi, turli hunarmandchilik jabhalari, savdo-sotiq va boshqa sohalar yuksalishi bilan birga Hirotda madaniyat taraqqiy etganligini she’riyat, miniatyura, kalligrafiya, musiqa, raqs va san’atning boshqa turlari orqadi ko’rish mumkin. 24 Aytish joizki, shaharning hunarmadlar qatlami bunda alohida o’rin tutgan. Shunday qilib, Sulton Husaynning poytaxt shahri davrning mashhur aqliy faoliyat markaziga aylangan. Shubhasiz, Sulton Husayn davridagi Hirot madaniyati faqat o’sha davrning ijod samarasi emas, balki Somoniylar va boshqa davrlarga oid madaniy sintezni ham o’zida mujassam etgandir. U o’z ichiga ko’plab musulmon Sharq mintaqalarini Xuroson, Movaraunnaxr va Xorazmning madaniy yutuqlarini qamrab olgan. Bu davrdagi adabiyot va san’at rivojiga salmoqli ta’sir ko’rsatgan yana bir jihat o’sha davrdagi ikki mashhur shaxsning do’stligi bo’lgan, ya’ni, tojik shoiri va olimi Abdurahmon Jomiy va uning o’quvchisi, do’sti hamda homiysi o’zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy. Jomiy va Navoiylarning tanishuvi, ehtimol Navoiyning Hirotga ko’chishi bilan bog’liq (1469). Do’stlik tez orada chuqur sadoqatga aylanib, ularni bir umrga bog’ladi. Bu ikki atoqli shaxsning qalin munosabatlari ularning ijodiy hamfikrliligiga, shuningdek, dunyoqarashi, adabiyot va san’atga bo’lgan nazari, hamda davlat va hayot bilan bog’liq masalalar umumiyligiga olib keldi. Jomiy va Navoiyning atrofida shoirlar, olimlar, tarixshunoslar, rassomlar, xattotlar, me’morlar to’plangan. Jomiy va Navoiy she’riyat, nasr, musiqa, tasviriy san’at kabi madaniy hayot masalalari muhokama qilinadigan yirik uchrashuvlar, adabiy bahs-munozaralarning tashabbuskorlari va tashkilotchilari bo’lishgan. 1468 yil hokimiyat tepasiga Husayn Boyqaro keladi, uning vaziri etib Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiyning shogirdi va homiysiga aylanib ulgurgan Alisher Navoiy tayinlanadi. Sulton saroyi adabiy kuchlarni tortuvchi markaz bo’lib, Jomiyning saroyga yaqinlashuvi uning tarjimai holida juda samarali o’rin egalladi. Jomiyning Hirot va Samarqand madrasalarida olgan bilimi saroy xizmati nuqtai nazardan uning uchun yaxshi istiqbol bo’la oldi, biroq o’sha davrlarda Jomiy “naqshbandiya” ordenining so’fiylik mafkurasi bilan qiziqib qoladi va faol yaxshilik qilish da’vatlari unda katta taassurot qoldirdi. Ordenga oddiy a’zo sifatida qo’shilib, Jomiy 1456 yil Hirotning orden boshlig’i lavozimini egallaydi. 25 O’z o’rnida Hirot mamlakatning haqiqiy poytaxti hisoblanib, musulmonlar Sharqiga katta ta’sir ko’rsatgan. Jomiyning erta ijodi — bu “Oltin zanjir” (1472) dostonining birinchi qismi bo’lib, unda naqshbandiylik, so’fiylar haqidagi tasavvurlar nasrda hikoya qilinadi, dunyoviy xarakterdagi asarlar — metrik va qofiya haqida risola, she’riy shakldagi jumboq (XV asrda juda mashhur bo’lgan juda qiyin va maroqli san’at turi bo’lgan) tuzish bo’yicha “yo’riqnoma” ham mavjud. Aynan ushba davrda shoirning ijodiy uslubining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan: barcha an’anaviy she’riy shakllar uning she’riyatida o’z aksini topgan. 1474 yildan uning adabiyotshunos sifatida ijodining eng gullagan pallasi boshlanadi. Bunga 1475 yil yozilgan “Sirlar dengizi” va “Ruh yog’dusi” diniyfalsafiy qasidalari ibtido bo’lib, ularda ijodkor Ibn Sinoning aql-idrokka asoslangan nuqtai-nazariga qarama-qarshilikni qizil chizgilarda ifodalagan. 14761478 yillar oralig’ida u “Muqaddas dargohdan do’stlik shamoli” nomli to’plamini tuzgan bo’lib, undan so’fiylik avliyolarning tarjimai holi o’rin o’olgan. 1480-1487 yillar Jomiyning qalamiga mansub “Yetti toj” deb nomlangan dostonlar majmui birin-ketin yoziladi. U o’z ichiga boshqa dostonlar qatorida “Salomon va Absol”, “Yusuf va Zulayho” hamda “Layli va Majnun”ni ham olgan — ularning sevgi negiziga shoir so’fiylar ta’limotini poydevor qilgan, ze’ro, unga ko’ra, chinakam, ilohiy sevgiga erishish uchun shahvoniy maylni yengib o’tish zarur. 1481-1482 yillar yozilgan “Olijanoblarga tortiq” dostoni pand-nasihat, oshkoralik xarakteridagi 20 ta masaldan iborat. Ushbu majmuadan, shuningdek, “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483) dostoni, “Oltin zanjir” dostonining 2 hamda 3-qismlari, “Iskandarning donolik kitobi” (1486-1487) ham o’rin o’olgan. Jomiy ijodiy merosining so’nggi yillari “Bahoriston” (1487) dostoni, uchta lirik devon (1479-1491) va “Musiqa hamda risola” bilan boyitilgan. Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiy ijodining insonparvarlik yo’nalishi, ijodkorning yuqori odob va ahloqiy g’oyalarni targ’ib qilishi keyinchalik nafaqat Forsda, balki boshqa islomiy davlatlarda ham adabiyot yanada rivojlanishiga yo’l ochdi. Jomiyning ijodiga fors tilida yozilgan mumtoz she’riyat yakun yasadi, deb hisoblanadi. 26 Shoir 1492 yil 7 noyabrda Hirotda vafot etgan. XV asrning ikkinchi yarmida adabiyot rivojlanishi natijasida bir qator tarixga oid asarlar (tazkir) va o’zbek hamda tojik adabiyoti nazariyalari yuzaga kelgan. Jomiy bir qator adabiyotga oid risolalar yozgan, jumladan, “Qofiya risolasi”, Qamaliddin Husayniy – “Jumboq risolasi”, Sayfi Buxoriy – “Vazn” (“Amruz”) va boshqalar. She’riy saylanmalaridan Jomiyning “Bahoriston” (“Bahor bog’i”), va Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat-ush-shuaro” (“Shoirlar saylanmasi”) asarlari. Alisher Naoviyning ushbu yo’nalishdagi shaxsiy mehnati samarasi natijasi o’rnida o’zbek tilida yozilgan tazkirasi bo’lmish “Majolis un-nafois” (Asarlar to’plami) va muhim nazariy-tarixiy masalalar yoritilgan boshqa asarlarni aytish mumkin. Hirot madaniyati markazi arboblari, shuningdek, yirik ijrochi-ustalar ham bo’lishgan. Chunonchi, musiqachi Xoja Abdulla Marvarid, Qulmuhammad Udiy, Shayh Naiy, Husayn Udiylar shular jumlasidan bo’lib, Boburning fikriga ko’ra, raqqos Saad Badr, bastakor G’ulom Shodiy, Mirg’ozi va boshqalar “bekning (Navoiy) yordami va madadi bilan mashhur shon-shuhrat va muvaffaqiyat qozonishgan”. Sanatning ushbu sohalarining amaliy rivojlanishi musiqiy madaniyatning yutuqlarini nazariy umumlashtirilishiga olib keldi (Jomiyning “Musiqa haqida risolasi”). Shu vaqtning o’zida Shohrux tomonidan tashkil etilgan kutubxona ham o’z faoliyatini davom ettirgan. Unda mahoratli nusha ko’chiruvchilar, xattotlar va muqovalovchilar faoliyat yurgizib, jamoaviy tartibda Firdavsiyning “Shohnoma”si ro’yxatini, shuningdek, Nizomiy Ganjaviy, Navoyi, Jomiy va Saadiy asarlarini badiiy bezatish bilan shug’ullanishgan. Xattotlar va miniatyurachi rassomlar orasida eng mashhurlikka erishganlar sirasida “xattotlar shohi” Sulton Ali erishgan; “Sharq Rafaeli” Kamoliddin Behzod esa miniatyura san’atida yangi yo’nalishni yaratgan; Xoja Muhammad, Shoh Muzaffar va boshqalarni aytish mumkin. Hirot madaniyati doirasi yaratilishida ilm-fanning turli yo’nalishlaridagi mehnatlar samarasi zamin bo’ldi: Jomiyning “Arab grammatikasi haqida risola”si o’zida mashhur arab tilshunosi Ibn-al-Xojibning (Kofiya) asarlariga bo’lgan sharhni kasb 27 etadi; Jaloliddin Davvoniyning “Jalol ahloqi”; Husayn Vaiza Koshifiyning “Muhsin ahloqi”. Husayn Vaiz tomonidan, shuningdek, “Kalila va Dimna” asari “Kanopus nurlari” (Anvar va Suhayli) nomi ostida tuzatilgan. Hirot madaniyati doirasida yuzaga kelgan barcha ishlarni birma-bir sanab o’tmay, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning moddiy va ma’naviy ko’magi ostida umumiy ellik yettita tarixiy va ilmiy-amaliy asarlar yaratilganligini aytib o’tish maqsadga muvofiq. Abdurahmon Jomiy o’z davrining buyuk insonparvari bo’lib, hunarmand, dehqon, san’at namoyondasi kabi oddiy insonlarning muhabbatini himoyachi, ustoz va chinakam do’st o’rnida qozona olgan. U hayotligidayoq zamondoshlari va temuriylar avlodi vakillari orasida tanilgan. Uning “Sulton Husayn hukmronligi davridagi shoirlarning yo’l boshchilik va rahbarlik” (Bobur) obro’si shu qadar buyuk ediki, O’rta Osiyo, Xuroson, Eron, Kavkaz orti, Turkiya va Hindistonda ham mashhur bo’lib, hatto o’z davrining eng yirik shaxsi, eng buyuk shoiri va ustozi, nuroniysi va murabbiysi deb hisoblangan. Biroq, shunga qaramay, buyuk shoir o’ziga va yashash tarziga nisbatan juda talabchan, kundalik yashash tarzi ziroatchi va hunarmandlarniki kabi juda odmi bo’lgan. Shoirning zamondoshlari asarlarida Jomiyning hayoti, qahramonliklari bilan bog’liq ko’plab o’ziga xos hikoyalar bor. Ularning mazmunidan shoir o’ta sodda, odmi, dono bo’lganligi yaqqol namoyon bo’ladi. Abdurahmon Jomiy hayotligida omma e’tirofini qozongan, jamiyat, ilm-fan, falsafa, san’at, shoirona so’zlash mahoratida baobro’ inson bo’lgan. Bularning barchasiga buyuk Jomiy nomini asrlarga muhrlab qo’ygan uning umuminsoniy shoirona merosi sabab bo’lgan bo’lib, mahorati qarshisida nafaqat Sharqning ma’rifatparvar donolari, balki sharqiy davlatlarning mag’rur hukmdorlari ham bosh eggan. Fors she’riyatidagi eng samarali mualliflardan biri Mavlono Abdurahmon Jomiy o’zidan so’ng buyuk she’riy meros qoldirdi. U «Xaft avrang» (“Yetti taxt”) nomli romantik va so’fiy-falsafiy dostonlar to’plamini yaratdi. An’anaviy g’azallar, ruboiy, she’riy bandlardan iborat uchta devon yaratgan, devonlar ijodkorning hayoti bosqichlariga ko’ra ajratilgan va Alisher Navoiyning taklifiga ko’ra uchta 28 devon Amir Husrav Dehlaviyning namunasiga ko’ra nomlangan — “Yoshlikning birinchi qismi”, “Shoda orasidagi o’rtacha marjon”, “Hayot xotimasi”. Jomiyning eng yirik shoirona asari “Xaft avrang” (“Yetti taxt”) hisoblanadi. U doston majmualaridan iborat yetti qismdan iborat: 1. “Olijanoblarga tortiq” (1481-1482); 2. “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483); 3. “Yusuf va Zulayho” (1485); 4. “Layli va Majnun” (1485 yil yakunlangan); 5. “Iskandarning donishmandlik kitobi” (1485); 6. “Oltin zanjir” (uning uchinchi qismi muallif hayotining har xil davrlaridan tashkil topgan); 7. “Solomon va Absal” (1480-1481). Abdurahmon Jomiy ijodiy merosi durdonasi (nafaqat ushbu doston va XV asr she’riyatini, balki butun tojik-fors adabiyotini butunlay) sirasiga “Solomon va Absal” dostoni kiritilsa mubolag’a bo’lmaydi. Mazkur doston, mana besh asrki, she’riyat shinavandalari, romantik rivoyatlarning havaskorlari va hikmatli she’riyatning nozik ihlosmandlari diqqat markazidan chetlashmagan. U chuqur she’riy shakldagi qadimiy syujetga ega ilk muhim badiiy asargina bo’lib qolmay, shoirning yetuk davridagi adabiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o’z ichiga olgan doston hamdir. Jomiyning “Solomoy va Absal” asari o’tgan yuz yillikda g’arbiy Ovrupada ham juda mashhur bo’lgan: 1856 yil doston mashhur shoir, Umar Xayyom to’rtliklarini tarjima qilgan mashhur tarjimon Fitsdjerald (1809-1883) tomonidan ingliz tiliga she’riy qofiyada tarjima qilingan. “Solomon va Absal” fransuz tiliga doston ko’rinishida Avgust Brikte tomonidan tarjima qilingan va 1927 yil Parij shahrida nashrdan chiqqan. Jomiyning “Solomon va Absal” dostoni rus tiliga ilk bor sovet sharqshunosi Konstantin Chaykin tomonidan tarjima qilingan va 1935 yil III Xalqaro Eron san’ati va arxeologiyasi kongressiga bosib chiqarilgan. 29 (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi. Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi. Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan. Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan. Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi). 30 II. Bob. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ullug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi. Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’limtarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-ahloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o’rni aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi. Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. Shunga ko’ra o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham xalqning, o’z mamlakatining baxt saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi. U bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u (fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. 31 Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshida maktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi. Alisher Navoiy o’zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o’z zamonasiga yetuk muddarislarini yig’di va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar. Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam, Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. yoki Odami ersang demagil odami Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami. Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o`rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi. Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning yonidan maktab ochib, o`z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga amal qilingan. Adib ustoz - murabbiylarga ham katta talablar qo`yadi, ularni avvalo o`zlari bilimli va tarbiyali bo`lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi: Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuzganj ila. Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin: 1. Falsafiy masalalar. 2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar. 3. Axloqiy - ta’limiy masalalar. Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6 bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot quyish, so`ngra yaxshi 32 muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi: Boshni fido ayla ato qoishiga, Jismni qil sadaqa ano boshiga. Ikki jahoningga tilarsen fazo, Hosil et ushbu ikkisidan rizo. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birisin oy ayla, birisin quyosh. Alisher Navoiy o`z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya berish, o`g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar va hunar egallashni maslahat beradi. U o’zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», « Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga ko’rsatadi. U jarayonlarini, vositalarini, talablarni asoslanganlik, tarixiylik, kabi e’tibor talablarni asos qilib berar ekan, tarbiya ta’limda ilmiylikka oladi. O’z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi. Navoiyning haqiqiy insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to’g’ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni kerak deydi va ahloqiy tarbiyalash fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi. 33 2.1. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. Jaloliddin Davoniy Jaloliddin Davoniy (1427-1502) — pedagogik tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta asr Sharqining eng taniqli mutafakkirlaridan Muhammad Asad bin Jaloliddin (ba’zi manbalarda Saadiddin) ko‘pqirrali ensiklopedik olim bo‘lgan. Jaloliddin Davoniy Kazarun (Eron) poytaxtining Dovon qishlog‘ida tug‘ilgan, bolalik yillari shu yerda o‘tgan. Sherozdagi Dorul Aytom madrasasida Mavlono Qo‘shqanor va Xoja Xasanshoh Baqqol ulamolar rahbarligi ostida ta’lim olgan. Ta’limni yakunlagach, madrasada dars beradi, so‘ngra, Sheroz qozisi bo‘ladi. Qozilik lavozimida xizmatni o‘tab, murabbiylik faoliyatiga qaytadi, ko‘p sayohat qilgan, Eron, Iroq, Hindiston kabi shaharlarda, Kushon, Gilon, Tabriz, Hirotda (Afg‘oniston) bo‘lib, olimlar bilan uchrashadi. Manbalarga ko‘ra, u O‘rta Osiyoning ko‘plab olim va shoirlarining ishlarini yaxshi bilgan. U Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiylarning ilmiy ishlarini va ijtimoiy g‘oyalarini o‘rgangan, u Hirot, Vizantiya (Rum), Ozarbayjon, Karmana, Xurmuza, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan yozishmalar olib borgan. Muhammad Ali Tabriziyning aytishicha, Davoniy o‘z asarlarida “Vizantiya, Xuroson, Turkiston va Sulton Abu Said Temuriy zamondoshlarining boshqa buyuk olimlari mehnatlaridan fodalangan” (Muhammad Ali Tabriziy. Rayxonot ul-adab. Tehron, 1949, 3-tom). Davoniy uzoq yillar mobaynida Hirotda yashab, u yerda Abdurahmon Jomiy va boshqa olimlar bilan tanishgan. Sherozga kelgach, u doimiy ravishda Jomiy bilan yozishmalar olib borgan. Davoniy Ali Qushchi bilan yaqindan tanish bo‘lgan. Davoniyning falsafiy va ijtimoiy nuqta nazarining shakllanishida Movaraunnahr olimlarining fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘z ustozlarining firk va mehnatlarini targ‘ibot qilish bilan birga, ularning madaniya, falsafiy va ilmiy o‘rta osiyolik an’analarini davom ettirgan. 34 Bundan tashqari, u qadimiy yozuvchi Yunon va Arastu, Aflotun, Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiy kabi o‘rta osiyolik olimlar mehnatlarini yaxshi bilan, ularning asarlariga sharhlar va qaydlar yozgan. U, shuningdek, qadimiy olimlar o‘z asarlarida ko‘targan muammolarga sharhlar yozib, avvallari javobsiz qolgan savollarga javob bera olgan. Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo‘lgan. U falsafa, mantiq, huquqshunoslik, axloq, matematika va geometriyadan kitobchalar yozgan. Ko‘plab zamondosh olimlar uning asralaridan foydalangan, o‘rganishgan va u tomonidan yozilgan g‘oyalarga chuqur kirishga harakat qilishgan. Uning ijodiy mehnatlari ko‘plab fanlardan o‘quv qo‘llanmaga aylangan. U tomonidan “Risolayi isboti vojib” (“Zaruriyatni isbotlash haqida risola”), “Risolat ul-xuruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolayi fi tavjix ul-tashbix” (“Tashbix sharhi haqida risola”), “Risola dar ilm ul-nafs” (“Qalb amri haqida risola”), “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Tariqati tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarga tarbiya berish uslubi”), “Arznoma” (“Qurolli kuchlarni boshqarish usuli”) va boshqalar. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviyaxloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”). U nafaqat ilm-fan bilan shug‘ullangan, balki Foniy tahallusi ostida Navoiy singari she’rlar ham yozgan. Uning she’rlari Eron va Iroqda chop etilgan. Davoniy o‘zining ijodiy asarlarida Movaraunnahr va Xuroson madaniy merosidan foydalangan. Ular o‘sha hududda istiqomat qilgan xalqning ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Davoniyning eng yirik asar - “Axloqi jaloliy” (“Axloqi jaloliy”). U 1470 - 1478 yillar uzilgan va Uzun Xasanga - G‘arbiy Eronning hukumat vakliga bag‘ishlangan. Mazkur kitob V.F. Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning “Axloqi jaloliy” kitobi forsiyda yozilgan va qo‘l yozmasi dunyoning ko‘plab muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda. 35 1911 yil u Kalkuttada chop etilgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik Institutida Davoniyning “Axloqi jaloliy” asarining ayrim qo‘l yozmalari va toshdagi bitiklari saqlanib keladi. 1948 yil Eshonjon Muhammadxo‘ja asarning ma’noviy tarjimasini qilib, uni o‘zbek tilida qisqa ko‘rinishda nashrdan chiqargan. A.A. Semyonov, Re va Braunlarning fikriga ko‘ra, Davoniyning mehnati musulmon Sharqining eng ommabop kitoblaridan bo‘lgan. Bu kitobda o‘sha davrning jamoaviy-siyosiy va axloqiy tartibi ta’riflangan. Unda jamiyat tuzimi, uning sinfiy bo‘linmasi, davlat qurilishi va uni boshqarish yo‘llari, adolatli va adolatsiz hukmdorlar va ularning qo‘l ostidagilarga munosabatlari, odamlarning jamiyatdagi, ta’lim-tarbiyadagi o‘rni bayon etilgan. U bir o‘zi yashagan va o‘ziga-o‘zi ovqat tayyorlagan, kiyim tikkan, qishloq xo‘jaligi mehnati uchun ish-qurollar yasagan va ko‘p ishlarni o‘zi qilgan, shu sababli, u hamma soha ustasiga aylangan. “Axloqi jaloliy” kitobining 135-betida “Odamlar birlashib, bir-biriga yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va aloqa-o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi”, deb yozilgan. Unda ijodkor davlat tuzumi haqida o‘zining xayoliy g‘oyalarini ifodalaydi. U ibn Miskavayh, Forobiy va Nasriddin Tussiylar singari shahar va davlat rivojlangan bo‘lib, unda fan va madaniyat taraqqiy etishi bilan birga, yuksalishda qoloq bo‘lishi ham mumkin deb hisoblagan. Davoniy rivojlanayotgan va taraqqiy topayotgan shaharlar “qonun-qoidalari insonni ravnaq toptirib, hayotning mushkul holatlaridan olib chiquvchi tartibda belgilanishi” (shu kitobning o‘zida, 152-bet) haqida gapirgan. Rivojlangan shaharlarni adolatli, kuchli insonlar boshqarishi zarur. Barcha odamlar, qaysi sinfga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona qonunga bo‘ysunishi lozim. Qoloq shaharlar boshqaruvchilari faqat o‘z manfaatlari haqida o‘ylaydi, u yerda poraxo‘rlik va mansabdorlarga bo‘ysunish avj olgan. 36 Ensiklopediyachi-olim Davoniy ko‘proq pedagogik meros qoldirgan. Unga falsafa, mantiq, huqushunoslik, axloq, matematika va geometriyaga oid asarlar tegishli. Davoniyning umumiy yuzdan ortiq kitoblari mavjud. U tomonidan “Muhimlikni isbotlash haqida risola”, “Moddalar haqida risola”, “Qalbni bo‘ysundirish haqida risola”, “Qalb amri haqida risola”, “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Bolalarga tarbiya berish uslubi” kabilar yaratilgan. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”). Uning ijodiy mehnatlari, xususan “Axloqi jaloliy” O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston xalqining pedagogik fikrlari rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Davoniyning “Axloqi Jaloli” ko‘p yillar mobaynida Samarqand va Buxoroning maktab va madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi o‘rnida foydalanilgan. Mazkur asar Yusuf Qorabog‘iy, Abu Tohir Samarqandiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik va axloqiy dunyo qarashi shakllanishida katta o‘ringa ega bo‘lgan. Shu sabab, Davoniyning mazkur asarini o‘rganmay, XV asrdan keyingi O‘zbekistonning pedagogik fikri rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash qiyin bo‘lardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo`yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti vojib" (Zaruratning isboti haqida), "Risola-tul-Xuruf" (Harflar haqida risola), "Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan. "Axloqi Jaloliy" mashhur bo`lib, madrasalarda o`qitilgan. U 1839 yilda V.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Asarda ijtimoiy - siyosiy masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan. U tarbiyada maktab va oila rolini kursatadi. U qo`pol, badjahl muallimlarni tanqid qiladi, u aklli, yaxshi hislatli bo`lish lozim, deydi. Ota bolani jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy tarbiyalaydi. Oila va maktab tarbiyasini taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o`rni yuqoriligini ko`rsatadi. U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi. 37 Jaloliddin Davoniy kasb - hunar egalarini 4 toifaga bo`ladi: Qalam ahllari: olim, noib, munajjim, qozi, muxandislar Harbiylar Savdogar, hunarmandlar Dehqonlar 3-13. chizma Davoniy insoniy fazilatlarni 4 ga bo`ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. U bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga buladi: 1.Ilohiy sevgi. 2. Ota - onaga muhabbat. 3. Muallimning o`ztalabasiga muhabbati. 4. Podshoning fuqarosiga muhabbati. 5. Ilm - ma’rifatga muhabbat. U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi. Davoniy insondagi yomon xislatlar haqida gapirish bilan birga ularni bartaraf etishga ham maslahatlar beradi. Davoniyning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir. 2.2. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asari. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni. XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo’lib, u ahlok, nujum mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, musiqashunoslikda tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200dan ortiq asar qoldirib SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi. Xusayn Voiz Koshifiy tug’ilgan yili noma’lum bo’lib, taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatining Sabzavor shaxrining Bayxaqi qishlog’ida dunega kelgan deyiladi. U keyinchalik Jomiyning tavsiyasi bilan Xirotga keladi va shu 38 yerda yashaydi. Xirotda u Navoiy bilan ham uchrashadi va u bilan do’stona munosabatda bo’ladi. Koshifiy Xurosonda Xusayn Boyqaroning voizi, ta’birchisi maslahatchisi sifatida shuhrat qozondi. U Qur’on va Xadis masalalarini sharhlab xalq orasida hurmat-e’tibor qozondi. Xusayn Voiz Koshifiyning «Ahloqi Muxsiniy», «Ahloqi Karim», «Anvari Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha : yetib kelgan. Uning mashhur asari «Ahloqi Muxsiniy» uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan. R.Maxmudov Koshifiyning ahloqiy g’oyalariga insonni kamolga yetkazish maqsadida unda tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan hislatlarni turkumlashtiradi. Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an’anaga ko’ra buyuk donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta’riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi. Koshifiy faqat podsholarnigina emas, balki har bir oddiy insonda ham eng olijanob hislatlar tarkib topishini istaydi. U o’zining ijtimoiy-ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi. Inson odobli, saxovatli, to’g’ri, xalol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin deydi. Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb biladi. Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi bo’lishi uchun unga qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi. Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Koshifiyning ahloqiy qarashlari Kur’on va Xadislardagi qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat, burch, vijdon, or -nomus, baxt saodat 39 kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi, hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqiylikning asosiy mezonlari deb insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi. Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari ham boshqa ta’limiy-ahloqiy asarlar qatorida ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda Javonmardlikning ruknlari o’n ikkita etgan. bo’lgan: oltitasi zoxiriy, oltitasi botiniy. Yuqoridagi pandnomalarning inson kamolotida o’z o’rni bor. Sharqshunos olim Bertels «Qobusnoma»ni o’ta amaliyotga oid asar sifatida ta’riflagan. Bu fikr Xusayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asariga ham tegishlidir. Uning mundarijasi va mazmunida ham ko’rinib turibdiki, mazkur asar yoshlarni har tomonlama yetuk inson sifatida kamolga yetkazishda haqiqatdan amaliy ahamiyatga ega. Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-xunar, ilmga katta e’tibor beradi. U ilm boylik orttirish uchun emas, balki hayot kechirish uchun zarurdir, deb tushuntiradi. Chunki ilm-doimiydir mol dunyo esa o’tkinchidir, haqikiy, dono, bilimli kishilar o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar deydi. 40 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Karimov I.A.Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Т.: Sharq, 1997. – 64 b. 2. Karimov I.А. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Т.: O’zbekiston, 1999. – 48 b. 3. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T: “Ma’naviyat”, 2008y. 4. Avliyoqulov N.H.O’qitishning modul tizimi va pedagogik texnologiyasi amaliy asoslari. B.: 2001. – 100 b. 5. Аdizov D. Ijodiy ta’lim jarayoniga tizimli yondashish // Xalq ta’limi. – 2001. - №4. – B. 102-104. 6. Azizxodjaev N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Тoshkent: ТDPU, 2003. - 174 b. 7. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. – М.: Изд-во Института профессионального образования министерство образования России, 1995. – 336 с. 8 Golish L.V. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: mazmun loyihalashtirish va аmalga oshirish. Ekspress qo’llanma. Т.: ТАSИS, 2001. – 59 b 9. Zaripov K.Z. Pedagogik kadrlarni malakasini oshirish tizimini metodologik tadqiq qilish // Xalq ta’limi. – Т.: 2003. – № 3. – B. 15. 10. Ziyomuhammedov B, Abdullaeva Sh. Ilg’or pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot «Ma’naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan o’quv qo’llanma. – T.: Abu Ali Ibn Sino, 2001. – 80 b. 11. Zunnunov A, Mahkamov U. Didaktika (Тa’lim nazariyasi). Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun – Т. Sharq, 2006. – 125 b. 12. Muslimov N.А. Pedagogik faoliyatga tizimli yondashuv muammolari // Kasbhunar ta’limi. – 2004. – № 3. – B. 24. 13. Мuslimov N.А. Elektron darslik yaratish metodik tamoyillari va texnologiyalari // Infocom.UZ., 2004. – № 7. – B. 62-66. 14. Мuslimov N.А, Qulieva Sh.H. Каsbt ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash 41 jarayoniga tizimli yondashuvni amalga oshirishda muammoli vaziyatlar. – Т.: Fan va texnologiyalar, 2007. – 54 b. 15. Оlimov Q. Uzoqova L. Halimov E va boshqalar. Махsus fanlarni o’qitish metodikasi . – Т.: Fan, 2004. – 120 b. 16. Pedagogika fanidan izohli lug’at / J. Hasanboev, Х.To’raqulov, М.Haydarov, О. Hasanboeva, N.Usmonov. – Т.: Fan va texnologiyalar, 2009. – 672 b. 17. O’.Q.Tolipov., M.Usmonboeva . Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – Т.: Fan, 2006. – 262 b. 18. Тo’rabekov F.S. Bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarni tayyorlash jarayonida ахborot texnologiyalarini qo’llash metodikasi. Аvtoref. p.f.n., Т.: 2011. – 22 b. 29. Qulieva Sh.H. Таlim tizimi va tizimli yondashuv tushunchalari // Кasb-hunar ta’limi. – Тоshkent, 2006. – № 6. – B. 20-21. 20. Qulieva Sh.H. Umumkasbiy fanlarni o’qitishda muammoli vaziyatlar yaratish // Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida pedagogik va ахborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash muammolari. Resp. ilmiyamaliy коnferensiya materiallari. – Т.: 2007. – B. 108-109. 21. Qulieva Sh.H., Ismoilova М.М. Та’lim jarayonida tizim va tizimli yondashuv // Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Т.: 2010. – B. 148. 22. Muslimov N.А. Qulieva Sh.H. Кasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida tizimli yondashuvni amalga oshirishga muammoli vaziyatlar. – Т.: Fan va texnologiyalar, 2007. – 54 b. 23. Ш.X.Кулиева, педагогической З.Д.Расулова. компетентности Формирование будущих профессионально- специалистов на основе информационных технологий. «Молодой учёный», №8 (112), Апрель 2016 г., С. 977-978. 24. Ш.X.Кулиева, З.Д.Расулова. Инновационная деятельность педагога в образовании. «Молодой учёный», №8 (112), Апрель 2016 г., С. 978-979. 25. Ш.X.Кулиева, З.Д.Расулова. Касб таълими укитувчиларини тайёрлаш 42 жараёнига тизимли ёндашув. Педагогик махорат. №2, 2013, С. 35-37. 26. Ш.X.Кулиева, З.Д.Расулова. Учебный процесс как педагогическая система в процессе подготовки учителей профессионального обучения. «Молодой учёный», №9 (56), Сентябрь 2013 г., С. 383-385. 27. http://www.aim.ru/ 28. http://www.bilimdon.uz 29. http://www.edunet. 43