Uploaded by Aziza Sadullayeva

Abdullayeva Aziza

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA
VAZIRLIGI
Buxoro Davlat Pedagogika Instituti
Boshlang’ich va Maktabgacha ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi
“PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini taʼlimga yoʻnaltirishdagi oila mahalla bilan olib
boriladigan ijtimoiy hamkorlik faoliyati.
Bajardi: 6BT-22S guruh talabasi Abdullayeva Aziza
(imzo)
(ism sharif)
Kurs ishi himoya qiling an sana “____” __________ 2024 yil
Baho “___” ___________________
Ilmiy rahbar:
(imzo)
(ism sharif)
Komissiyaa’zolari: _______________________________
(imzo)
(ism sharif)
__________________________________________________
(imzo)
(ism sharifi)
BUXORO-2024
1
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi
“PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ
Guruh 6BT-22S
Talaba familiyasi va ismi-sharifi Abdullayeva Aziza
Kurs ishi mavzusi: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini taʼlimga yoʻnaltirishdagi oila mahalla
bilan olib boriladigan ijtimoiy hamkorlik faoliyati
Kurs ishining tarkibi.................................................……………………
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:.....................................
................................................................................................................................
.................................................................................................................................
…………………………………………………………………………………….
……………………………………………………………………….…………….
Jadval
va
grafik
materialning
miqdori
(muhim
chizmalarning
ko'rsatgichi)..............................................................................................................
Kurs ishining ijobiy tomonlari.................................................................................
.................................................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari.....................................................................................
.................................................................................................................................
Kurs ishiga qo'yilgan baho......................................................................................
Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi.......................................................
…………………………………………………………………………………….
2
Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini taʼlimga yoʻnaltirishdagi oila
mahalla bilan olib boriladigan ijtimoiy hamkorlik faoliyati
Mundareja:
Kirish
I BOB TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA "OILA,
MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGI" KONTSEPTSIYASINING O’RNI
VA
1.1.
1.2.
AHAMIYATI.
Sinf
rahbarining
Ota-onalar
oila
bilan
va
jamoa
bilan
ishlashning
olib
boradigan
faoliyati.
shakl
va
metodlari.
1.3.O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri
I I. BOB OILA JAMIYAT IJTIMOIY TUZUMINING BIRLAMCHI
BO‘G‘INI
2.1.Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar tarbiyasida sharqona odatlar.
2.3Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari
III. Xulosa
IV.
Foydalanilgan
adabiyotlar
3
ro’yxati.
KIRISH
Mavzuning dolzarblligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng
qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat
ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida
sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni
zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda
ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi
ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi
avvalo xalq,
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng
o’rganilishi,
an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy
bog’liqdir», — deb ta’kidladi
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan
sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi
ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar,
rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini
ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi
fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat
hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy
darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib,
uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand
avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga
tanitadi.
4
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,
o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq
etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro
xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi
uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari
o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa,
undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib
tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi
rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib
bo’lsa,
tarbiya
albatta
samarali
natija
beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan
fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini
asoslaydi.
5
I BOB TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA "OILA,
MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGI" KONTSEPTSIYASINING O’RNI
VA
AHAMIYATI.
1.1. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor
vazifalardan biri bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o‘ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga
asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an’analari “ommaviy madaniyat”,
mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar ta’sirida asl mohiyatini yo‘qotib
borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya’ni tarbiya
masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib
bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, tarbiya borasida taniqli
ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini aslo
unutmasligimiz lozim.
Xo‘sh, bugun yoshlar tarbiyasi borasida nimaga erishyapmiz, qanday yutuq va
muammolarimiz bor? Ertangi kunimiz egalarining odob-ahloqi, bilim va salohiyati,
ma’naviyati, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasidan ko‘nglimiz to‘lyaptimi?
To‘g‘ri, mamlakatimizda farzandlarimizning bolalar bog‘chasidan tortib, maktab,
kollej, oliy o‘quv yurtidagi tahsil davrigacha bo‘lgan jarayonlarda juda katta
hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Biroq, bu borada xato-kamchiliklarimiz, nuqsonlar
ham borki, ular turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘y ko‘rsatib, yosh avlod tarbiyasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayrim yoshlarning yurish-turishi, ayniqsa, kiyinishini ko‘rib, o‘ylanib qolaman.
Nahotki shu qiz yoki yigit bizning farzandimiz, bizning tarbiyamizni olib o‘sgan
bo‘lsa? Ba’zi qizlarimiz millatimizga xos bo‘lmagan liboslarni kiyib yurishini men
aslo oqlamayman. To‘g‘ri, qanday kiyinish har kimning shaxsiy ishi. Biroq
kiyinishda madaniyat, xalqimizning qadim qadriyatlariga hurmat bo‘lishi kerak. Bu
borada keng jamoatchilik, ayniqsa, oilada ota-onaning nazorati muhimdir.
6
Bugun aksariyat yoshlarimiz bo‘sh qoldi deguncha darrov qo‘l telefoni bilan
mashg‘ul bo‘lishi odatiy holga aylanib qoldi. Qandaydir o‘yin o‘ynaydi, qo‘shiq
eshitadi, film tomosha qiladi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman ma’lumotlar bilan
tanishadi. Buning nimasi yomon, texnika davri, taraqqiyot dersiz? To‘g‘ri, buning
yomon tomoni yo‘q. Tan olishimiz kerak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, ayniqsa, internet taraqqiyot darajamizni bir necha pog‘onaga
ko‘tardi, uzog‘imizni yaqin, ishimizni yengil qildi.
Lekin yoshlarimizning uyali telefonga asir bo‘lib qolayotgani, internet va ijtimoiy
tarmoqlardan, ulardagi ma’lumotlardan oqilona foydalanishlari borasida jiddiy
o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.
Yoshlarimizning mobil telefon, internetga bu qadar bog‘lanib qolishlarini aslo oqlab
bo‘lmaydi. Bu eng avvalo, ularning salomatligiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Internet tarmoqlarida aldov va g‘arazli maqsadlar yo‘lida tarqatilayotgan turli
ma’lumotlarga ayrim yoshlarimiz osongina ishonmoqda. Natijada oqni qoradan,
yaxshini yomondan ajrata olmay, kimlarningdir qurboniga aylanayotir.
O‘tmishga, bobo-momolarimizning hayotiga nazar tashlasak, oilada o‘g‘il bola
tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bolaligidan oilaning suyanchi, kattasi, opasingillarining himoyachisi bo‘lishini, qolaversa, Vatanning tayanchi ekanini uqtirib,
shu asosda tarbiya berilgan. To‘g‘ri, ayol oilaning chirog‘i, iqboli. Farzandning
sog‘lom, barkamol tug‘ilib voyaga yetishi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Shunday
bo‘lsa-da, tarbiyada e’tiborni ikki jinsdagi farzandga ham teng qaratish zarur. Hatto,
o‘g‘il bolalarga ko‘proq ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Chunki ayolning
ayolday yurishini ta’minlaydigan erkaklar ekanligini hech qachon unutmasligimiz
kerak.
Ming afsuski, bugun jamiyatimizda ana shu tamoyil biroz izdan chiqdi. Ba’zi
oilalarda otaning o‘rni va roli pasayganday nazarimda.
Shu o‘rinda, ota oilani ta’minlamasa, farzandlar tarbiyasi buziladi, degan aqidani
unutib qo‘ymasligimiz lozim. Biror bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmay xotini,
farzandlari topgan pulga choyxonalarda o‘tirib osh yeydigan va bundan aslo xijolat
7
bo‘lmaydigan erkaklar oramizda, afsuski bor. Ana shunday muhitni ko‘rib
o‘sayotgan farzandlar yoki faqat onasi orqali ta’minlanayotgan bola otasining gapini
gap o‘rnida qabul qilmaydi. Yoxud ota kuni bilan bekor yursayu ovqat paytida
dasturxonda hozir bo‘lsa? Bunday otalar farzandlariga qanday ibrat bo‘la oladi?
Bu kabi holatlar yuzaga kelishining asosiy sababi yurtimizga ommaviy tarzda kirib
kelayotgan, mentalitetimizga yot seriallar, videokliplar, internet, qo‘l telefonlaridagi
videoyozuvlar, umuman, globallashuv davrining turli “mahsulot“laridir. Ayni kunda
mamlakatimizda “ommaviy madaniyat“, u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
illatlarga qarshi zarur ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijonda mahallalar,
ta’lim muassasalarida viloyat, tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan
mutasaddi
tashkilotlar
bilan
hamkorlikda
milliy
qadriyatlarimizga,
ma’naviyatimizga, tarbiya mezonlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga
qarshi keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning sog‘lig‘i va davomiyligini ta’minlaydigan,
milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga qoldiradigan,
shu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bo‘lib kamol topishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi.
Xo‘sh, bugun oilani mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
borasida olib borayotgan ishlarimiz qay darajada samara bermoqda? Kelin-kuyovlar
oilaviy hayot haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lib turmush qurdimi? Ular ro‘zg‘or
aravasini tortib keta olyaptimi? Umuman, mustahkam oilalarni shakllantira
olyapmizmi? Ochig‘i, bugun bu kabi savollarning barchasiga ijobiy javob berishga
biroz o‘ylanib qolamiz.
Ayrim oilalarda to‘ydan hech qancha o‘tmay, turli muammolar yuzaga kelmoqda.
Kuyovning tayinli biror ishi yo‘qligi, oilaga bosh bo‘lish, oilani moddiy ta’minlash
layoqatiga ega emasligi, kelinning esa oila tutumlarini yaxshi bilmasligi ularning
oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onga yuzaki qarashlari qator muammolar keltirib
chiqarmoqda. Shu bois ham viloyatimizda qayd etilayotgan ajrimlarning aksariyatini
yosh oilalar tashkil etayotir.
8
Ajrimlarga sabab bo‘layotgan yana bir jihat bu – mol-dunyoga hirs
qo‘yayotganimiz. Qizlarimizga hamma narsani muhayyo qilyapmiz, bekamu ko‘st
turmushga uzatyapmiz. Lekin ayrim qizlarimizning uquvsizligi, oilaviy hayotga
tayyor emasligi, yangi oilaga, uning muhitiga ko‘nika olmayotgani sabab turli
nizolar kelib chiqayotgani ham bor gap. Kasallikni o‘zimiz yaratib, so‘ng unga davo
izlashga majbur bo‘lyapmiz.
Yuqoridagi kabi holatlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha hali juda
ko‘p ishlar qilishimiz kerakligini ko‘rsatadi. Viloyatimizning barcha tuman va
shaharlarida yuqoridagi kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ajrimlarning oldini olishga
qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Baxtli va sog‘lom oila
sari” shiori ostida mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida oilaning
muqaddasligi, oilalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, nikohning
ahamiyati xususida sud, FHDYo bo‘limlari mutaxassislari, imom-xatiblar,
otinoyilar ishtirokida muloqot va davra suhbatlari muntazam o‘tkazilishi yo‘lga
qo‘yildi.
Haftaning chorshanbasi – “Oilalarni mustahkamlash kuni” deb belgilangan bo‘lib,
joylarda “Mening mahallamda har bir oila mustahkam bo‘lishi kerak” g‘oyasi
asosida oilaviy munosabatlarda turli kelishmovchiliklari bo‘lgan oilalarni murosaga
keltirish, oilada erkaklarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, sog‘lom va barkamol
farzandlar tarbiyasi borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, oilalarni
moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini
oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, FHDYo bo‘limlari qoshida tashkil etilgan
“Yosh kelin-kuyovlar maktabi”, “Yigitlar maktabi”, “Oila dorilfununi“da
nikohlanuvchi yoshlar maxsus dastur asosida o‘qitilib, ularning nikoh, oila haqidagi
bilim va tushunchalari boyitilmoqda. Bundan tashqari, turmush qurmoqchi bo‘lgan
yoshlar bilan alohida-alohida mutaxassis, mahalla oqsoqoli, imom, otinoyi
ishtirokida suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarning oila qurishga qay darajada tayyorligi
o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, oliy
o‘quv yurtlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon“ klublari
9
mashg‘ulotlari orqali xalqimizning qadim an’ana va urf-odatlarini keng targ‘ib etish,
qizlarimizning oilaviy hayot, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning
faolligini, pazandalik, orastalik, shuningdek, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi
nikohlarning salbiy oqibatlari xususidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga
qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Yoshlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida,
yuksak ma’naviyatli va salohiyatli qilib tarbiyalash har birimizning ishimiz.
Ayniqsa, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan diniy aqidaparastlik, terrorizm
g‘oyalarini yoyish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini yoshlar ongiga singdirish,
ularning turmush tarziga aylantirishga bo‘layotgan urinishlarga, yoshlarimizning
ana shu illatlar ta’siriga tushib qolmasliklari, yuqoridagi kabi aldovlarga ko‘rko‘rona ergashmasliklari uchun eng avvalo, ularning bilim va tafakkurini boyitish,
internet ma’lumotlaridan o‘rinli va oqilona foydalana bilish ko‘nikmasini
shakllantirishimiz zarur. Yoshlarimizda yot g‘oyalarga, illatlarga qarshi ma’naviy
immunitet, tushuncha shakllanmas, qachonki, ularning o‘zlarida “bu yaxshi, bu
yomon” degan fikr paydo bo‘lmas ekan, axborot xurujlari xavfidan, hayotimizga,
mafkuramizga kirib kelayotgan illatlardan aslo qutila olmaymiz.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul
qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan,
mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti
nufuzini yanada yuqori Pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani
takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh
avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning
10
ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun
qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun
mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va
davlatimiz daxlsizligini asraydigan,
el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari
chorlaydigan yagona g’oya — milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash
ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman
mamlakatdagi
ikkinchidan,
mavjud
insonning
muhitni
hayotda
o’z
butunlay
o’rnini
topishini
o’zgartirishga;
tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan,
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
11
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini
ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil
"Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd
etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo
miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta
ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil
26
martda
sog’lomlashtirish,
qabul
diniy
qilingan
"Ijtimoiy-ma’naviy
aqidaparastlikning
oldini
muhitni
olish
yanada
chora-tadbirlari
to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi.
Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy,
ma’rifiy,
mafkuraviy,
tarbiyaviy
zarurati
ekanligini
bildiradi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy,
madaniy, arixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy
toptirishning
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol
ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik
madaniyatni oshirish;
mamlakatimiz fuqarolari
orasida
milliy
mafkuraviy tarbiya
ishlarini
takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining
asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.
1.2.
Ota-onalar
bilan
ishlashning
12
shakl
va
metodlari.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali
amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
1.Ota-onalar
bilan
yaqindan
aloqa
o’rnatadi
va
aloqani
doimo
mustahkamlab boradi;
2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga
erishadi;
3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol
qatnashishlarini ta’minlaydi;
4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik
madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi
tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida
birbirlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq.
Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi
kerak:
- O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va
muvaffaqiyatsizligi,
ularning
sabablari,
olayotgan
baholari.
- O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi
ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning
boryo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
- O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan
holatlarning
xarakteri,
maktabdagi
munosabatlarnnig
doirasi.
- O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar
berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari
yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi
13
mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti,
dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
-
Belgilangan
kun
-
O’quvchining
maktab
tartibining
haqidagi
bola
tomonidan
hikoyalari,
taassurotlari,
bajarilishi.
gaplari,
sinf
hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan
iltimoslari va takliflari. Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro
xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun
eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z
kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi
to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli
xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni
belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa,
tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy,
sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar
bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy
yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab
talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari,
otaonaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida
bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun
pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari,
savoljavob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror
topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida
o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan
tarbiyaviy
ishlarning
vazifasini
va
yo’nalishini
belgilab
beradi.
Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar
bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan
14
majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga
bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va
o’tkazish tartibiga ega. Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida
odatda otaonalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi
vazifalar taqsimlanadi.
Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan
ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga
kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki
onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar
yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani
o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan
o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi
g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda
yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va
metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa
bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar
bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng
samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning
yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2.
Ota-onalarni
maktabga
chaqirish.
Bundan
maqsad,
faqatgina
o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani
tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy
maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi
orqali amalga oshiriladi.
15
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish
maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati,
xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish,
o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin.
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va
hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8.
Maktab
qoshida
ota-onalar
universitetlarini
tashkil
etish
va
bu
universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini
tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.Bizning yosh avlod xalqimizniig
inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng
yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning
iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni
singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda
ota-onalar ayniqsa muhim o’rintutishlari kerak.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti
davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va
odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan
uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu
16
bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga
xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi,
obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli
tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni
ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan
yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga
o’rgata oladi!
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar
ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga
olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini
shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha
bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi,
shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri
boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri
keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi.
Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha
kuchayadi.
Psixologik-pedagogik
tadqiqotlarning
ma’lumotlari
ba’zan
shaxsning
imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan,
ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan
ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli
shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni
yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga
o’rganish
Vaholanki,
mumkinligi
tajribaning
va
hokazolar
ko’rsatishicha,
ota-onalar
ma’lum
bo’ldi.
ko’pincha
o’zlarini
tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni
egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli
pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati,
— deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va
17
tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan
nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik
tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab
etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni
ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat
va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi,
guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q.
Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va
xatolarini
ajratib
ko’rsatish
mumkin:
1. Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari,
ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining
hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va
hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning
otaonadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir
ko’rsatish
imkoniyatidan
mahrum
etadi.
2. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini
tashkil qila bilmaslik ona ishga ko’milib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan,
turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning
natijasida
mehnatga
bo’ladilar.
mensimay
munosabatda
3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining
pedagogik
yo’qqa
kuch-g’ayratini
chiqaradi.
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o’qishini
tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil
bo’lishiga
yordam
bermaydi.
5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna
asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk
kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir.
6. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni
susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv
18
bilim
yurtiga
qiziqishi
pasayishiga
va
hokazolarga
olib
keladi.
7. Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib,
tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni
talab
etadigan
pedagogik
jihatdan
qarovsizlik
holatiga
olib
keladi.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini
bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik
ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yo’qligi, otaonalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib
ketishi
va
qo’shish
boshqalarni
mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o’z
shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga
xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor
xususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar
bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib
belgilaydi,
tajribaning
ko’rsatishicha,
sinf
rahbarining
ota-onalar
bilan
hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona
birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali
erishiladi.
Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini
ta’minlaydigan
shart-sharoitlarga
qisqacha
to’xtalib
o’tamiz.
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib
ular
quydagilardir:
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga
olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning
otaonasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni
ta’minlash;
—oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini
anglab
yetishlarini
va
ularga
19
rioya
qilishlarini
ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli
kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor
mos
munosabatlariga
tushunchalarni
bo’lgan
kasb-hunar
farzandlar
o’rgatish,
iqtisodiy
ongiga
singdirish;
- shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy
va
ijtimoiy
muhitni
yaratish;
- shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga
sadoqat
ruhida
tarbiyalash;
- shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli
tashkil
qilish,
ularga
qo’shimcha
ta’lim
berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur
sharoitlarni
yaratish;
- o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi
burchlarini
to’la
ado
etishlari
uchun
oilada
mas’uliyatli
bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib
borishi;
- shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini
shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda
bosqichma-bosqich
amalga
oshirishga
mas’ullikni
ta’minlash;
- sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik,
ichkilikbozlik,
giyohvandlikka
qarshi
tarbiyani
amalga
oshirish;
- oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hattiharakatlari
uchun
javobgardir;
- sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos
ravishda
bilim
va
kasb-kor
o’rgatishdan
iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda,
farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish,
ilmli,
kasb-hunarli
qilish,
oilali
va
uyli-joyli
qilishdan
iboratdir.
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
20
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki
bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda
samaradorlik
yanada
yuqori
bo’ladi:
- ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining
ish
birligi;
tarbiyalanuvchiga
-
hurmat
va
talabning
uyg’unligi;
- hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
-
faoliyat
-
jarayonida
millat
va
davlat
hamkorlikning
manfaatlari
ilmiy
ustuvorligi;
asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga
tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va
Otalar “ maktabini tashkil qilish
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti
- harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni
o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik
xislatlarini
shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik
va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat
bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish,
o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish,
o’z
hatti-harakatlari
uchun
jamiyat,
qonun
va
ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
dunyoqarashini
yuzaga
keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini
ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari
21
bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit
yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga
javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali
bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos
pedagogik
tizim,
uslub
shakllarga
va
ega
bo’lishi
zarur.
O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran,
qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda,
estetik
jihatdan
keng
ko’lamli
bo’lishi
kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi",
"Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", «Hayot—ustoz,
Yo’ldoshev J. «Zamonaviy o’zbek oilalarida o’smir bolalar shaxsining
shakllanishi”
nomzodlik
dissertatsiyasi,
T.,
2002
“Xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat",
"Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot
bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan
baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz
kimmiz"
kabi
tadbirlardan
iborat
bo’lishi
mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman
va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya
muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida
22
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
1.3.O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri
O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan
biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish
madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi
u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga yordam
beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat
bo’lmog’i lozim.
Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga katta
e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga javob
berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish masalasining
keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko’p
asrlik
tajribasi
yordamida
yoshlarning
zamonaviy
bozor-iqtisodiyoti
munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash mumkinmi; - degan
masalada qizg’in bahs munozara boradi.
Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan
bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? SHubhasiz, moziy tajribasida, xalq
pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa
bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish
uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish,
yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.
Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, g’oyalari,
an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u
birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega,
ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o’z ifodasini xalq pedagogikasining
23
barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda sinalgan va yosh
avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi..
Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar,
kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq
pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq va
ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi.
Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni
mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, yuqori
axloq, rostgo’ylik.
Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo’ladiki, u
ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va
boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar
olimlar tomonidan o’rganilmoqda.
O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali
o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga
kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson
bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar bilan
o’zaro munosabatiga bog’liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina avvalgi
avlodlar
tomonidan
erishilgan,
ishlab
chiqarilgan
turli
ong
shakllarini
o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga,
tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan
hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan.
Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga
g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya qilish,
kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi.
24
O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u o’ziga
yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin.
Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini
o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy
topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar
tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan AlFarobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir
Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi.
Xalq
pedagogikasini
o’rganishga
S.R.Rajabov,
A.Ismoilova,
I.Obidova,
S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek
olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda
o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi:

bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro
aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;

shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;

xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida
mujassamlashuvi;

ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;

xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;

xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila
faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.
25
Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston,
rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z
ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o’git mazmuniga
ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi
matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi
orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi.
Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan
bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz.
An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning
tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat
jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda
bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning
an’anaviy muomala shakli shakllanadi.
Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxiroqibat
axloqiy
holatlarning
yomonlashuviga
olib
keldi.
So’nggi yillarda
insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo
bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik
o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida
yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi
asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq.
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba
ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va
amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan. Xalq
pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila
26
jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini aniqlashi
kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini
belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro
munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. CHunki bola o’zini
qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi
bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi,
hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining
markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom
bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat
go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng
huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi,
oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki
ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada
ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi,
kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan.
II. BOB OILA JAMIYAT IJTIMOIY TUZUMINING BIRLAMCHI
BO‘G‘INI
2.1.Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‗g‗ini bo‗lib, inson shaxsini
shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-murakkab ijtimoiy guruh. U biologik,
ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida
vujudga keladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi.
27
«Oila-kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talabehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‗lgan majmua.
Ya'ni mikroijtimoiy tuzilmadir», - deb ta'kidlaydi o‗zbekistonlik olim A. O‗lmasov.
Jamiyatdagi o‗zgarishlar oilaga ta'sirini ko‗rsatganidek, oiladagi o‗zgarishlar ham
jamiyatga o‗z ta'sirini ko‗rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi
ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat
manfaat do rdir. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni
oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish
lozim.
Oila-jamiyatning boshlang‗ich ijtimoiy bo‗g‗inidir. U o‗zida oila a'zolarining
ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks
ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy,
nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir
ko‗rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilalar respublikamiz shahar va
qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni
paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‗zining milliy xususiyatlariga ham
egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o‗z milliy va demo grafik
xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada
oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila
a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‗quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‗quvchi-talaba
shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan
ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning
tarkib topib borishini jadallashtiradi.
Yoshlarning
xulqida
uchraydigan
nuqsonlar:
yolg‗onchilik,
agressivlik,
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda o‗quv maskanlarida beriladigan
ta'lim-tarbiyaning ta'sirini oshirish yo‗llarini tadqiq etishda oila diagnostikasining
muhim ahamiyati mavjud.
28
Hozirgi vaqtda pedagoglarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularning har
tomonlama bilimli, mahoratli bo‗lishlarini ta'minlash masalasi maktabni, bog‗chani
isloh qilish talablari sirasiga kiradi.1
1 Bulatov Z, Ustozning shaxsiy va kasbiy fazilatlari ―Xalq ta‘limi‖, 2012. 2-son,
64-67-bet
Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil
yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-Rubinshteyn,
E. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, M. Qur'onov, O. Musurmonova, L.
Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda
yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlar-ning mazmuni va
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab
chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga
muvaffaq bo‗linmoqda.
Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‗z samarasini beradi,
shuning uchun muayyan ijtimoiy-pedagogik yordamga muqtoj oilalarni ijtimoiy
pedagogik tashxis asosida aniklab, ularga real yordam ko‗rsatish, ya'ni oilada
valeologik sog‗lorti turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‗g‗ri tarbiya
berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila diagnostikasi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spes-praktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oilada sog‗lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‗yicha amaliy ish quyidagicha
amalga oshiriladi:
- maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniklab, ularga suyangan
holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekaniiklarini hamda qanday
yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
- harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‗rnatishga doir
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‗ra, ota29
onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi
faoliyatdir;
- diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni
amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Bu oilaviy tarbiyaning o‗ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik,
avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs
sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o‗zining murakkab va ko‗p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi
bilan ajralib turadi» (42,54), - deb ta'kidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o‗ziga
xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‗magan olam, u tarbiya
ishida o‗ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‗zida namoyon qiladi. Ana shuning
uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo‗l-yo‗riqlari mavjud
emas.
O‗zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‗zini-o‗zi anglash, milliy
tuyg‗u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‗z aksini topadiki,
o‗zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‗rganishda bularni chetlab
o‗tish mumkin emas. O‗zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‗p
bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‗lishi; qarindoshchilik,
bir necha avlodlaming birgalikda yashashi.
Oilashunos olimlar: D.Abdullayeva, N.Ismoilova, F.Habibullayevlar tomonidan
oilaning asosiy funkciyalari turlicha klassificatsiya qilingan. Bu o’rinda oila
funksiyalarini sanab o‗tish bilan kifoyalanmay, balki ularni bir tomondan
odamlarning moddiy, xo‗jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emosional va
ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim.
Jamiyatning asosiy bo‗g‗ini bo‗lmish-oilalarning vazifalari turli-tuman .
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulativ
(boshqaruv).
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiya-sidir. Bolalarning
aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb
30
ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‗yish bilan cheklanmay, balki uning so‗ngi
g‗ishti qo‗yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish,
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki
shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a'zolarining o‗zaro muloqot va o‗zaro
tushunishga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Oilaning rekreativ funksiyasi. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki,
ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‗lgan xususiyatlardan bin, oila
a'zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta'minlash, yosh bolalarga va
mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy
yordam ko‗rsatish kabilardan iborat bo‗lib kelgan.
Bu holat oiianing rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oiianing rekreativ funksiyasi
- o‗zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko‗rsatish
funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Oilaning muhim bo‗lgan funksiyalaridan yana biri - bu uning reproduktiv
(jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish)
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan
iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan,
insoniyat paydo bo‗lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy
yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularaing salomatligini saqlab turishdan ham
iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko‗rishga
ularni o‗stirishga va tarbiyalashga bo‗lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni
qondirmasdan turib, kishi, odatda, o‗zini baxtiyor his eta olmaydi. Ma`lum bir
davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta`sirini inkor etib, faqat
tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o‗z zamondoshlari — buyuk mutafakkirlar
Farobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga yetishining eng muhim
omillari ilm-ma`rifatli bo‗lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid,
ta`lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta`lim nazariyasida o‗ziga xos maktab
yaratdi.2 2 Pedagоgika tarixi (I.Xоshimоv) T., 2001.76-bet.
31
Beruniy o‗z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga
xolisona baho berish — inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini ta`kidlab,
kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo‗lishga undaydi. Olimning
ta`kidlashicha,
sezgi
o‗z
qo‗zg‗atuvchi
a`zolari
orqali
yuzaga
keladi.
Qo‗zg‗atuvchilar bir me`yorda bo‗lsa, yoqimli va zararsiz, agarda me`yordan ortiq
bo‗lsa, dardli va halokatli bo‗ladi.
Yozuvni dastlabki vaqtlarda grafik jihatdangina kuzatsa, keyinchalik orfografik
jihatdan ham kuzata boshlaydi.
Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning
muhim talabi va asosiy maqsadi bo‗lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi kunda ta‘lim
islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bunyodkorlik
ishlari
amalga
oshirilayotgan hozirgi kunda mehnat tarbiyasida yoshlarni ijtimoiy-foydali
mehnatga tayyorlash ishiga katta e‘tibor berilmoqda. Chunki mehnat kelajak avlodni
aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, ularning dunyoqarashini hamda
mustahkam iroda sifatlarini shakllantiradi. Irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularga
mehnat ko‗nikmalarini singdirish g‗oyat murakkab jarayon hisoblanadi.
O‗quvchilar mehnat tarbiyasini tashkil etishda maktabning roli qanchalik katta
ahamiyatga ega bo‗lmasin, oila, mahalla hamkorligisiz bu ishni muvaffaqiyatli hal
etib bo‗lmaydi. Zero, oila birinchi tarbiya o‗chog‗i, birinchi muallim, bolaning
mehnatga layoqatini, qobiliyatini, ijtimoiy qiziqishini uyg‗otadigan dastlabki
tarbiya maskani bo‗lsa, mahalla uni rivojlanishi, ranaq topishi uchun muhit
hisoblandi. Bolaga mehnat tarbiyasini berishda sog‗lom oilaviy muhit, otaonalarning shaxsiy namunasi, mehnatga munosabatlari, mehnat ahliga bo‗lgan mehr
oqibatlari, tinch-totuv mahalla, mehribon qo‗shnilar ham muhimdir. Bolada mehnat
faoliyatiga qiziqish va extiyoj ancha barvaqt shakllanadi. Ota yoki ona farzandining
xarakter-xususiyatini, qiziqishini hisobga olib, yoshligidan mehnat tarbiyasini berib
boradi. Bolalarni o‗z-o‗ziga xizmat qilishga odatlantirishda harakatlarni
tushuntirish va ko‗rsatishdan ko‗proq foydalanish kerak. Kichik yoshidanoq har bir
32
bola mehnatda ishtirok etsa, o‗z-o‗ziga xizmat qilsa, ya‘ni kiyinish, ovqatlangandan
so‗ng yig‗ishtirish, chang artish, oyoq kiyimlarni taxlash, gullarga suv quyish va
boshqa uncha qiyin bo‗lmagan yoki xususiyatiga mos keladigan ishlarni muntazam
bajarsa, mehnat bolaga tarbiyaviy ta‘sir etadi. Bularning barchasiga oilada asos
solingan bo‗lsa, mahalla faoliyatida shakllanadi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‗tkaziladigan turli mashg‗ulotlar orqali
bolalar o‗z oldiga maqsad qo‗yish, ish jarayonini rejalashtirish, materialdan oqilona
foydalanish, ishning maqsadiga muvofiq usullarni qo‗llash malakasini o‗stiradilar.
6-7- yoshdagi bolalarga nisbatan chaqqonlik, harakatlardagi aniqlik va tezlik,
materialni moslash, murakkab holatdan mustaqil chiqa olish ko‗nikmasi rivojlanadi.
Bularning barchasi kelgusida umumta‘lim maktablarida ijodiy faoliyat asoslarini
rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Shuningdek, umumta‘lim fanlari qatori mehnat ta‘limi darslarida bu jarayon
uzviyligi va uzluksizligi ta‘minlangan holda davom etib, o‗sib kelayotgan yosh
avlodni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‗nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish,
mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini
tushunishga o‗rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha
tayyorgarliklarni amalga oshirishdan iboratdir. O‗quvchilar o‗z qobiliyati va
qiziqishi asosida kasb tanlab, ta‘limning keyingi bosqichlarida o‗qishni davom
ettirib, kelajakda jamiyat manfaati uchun foyda keltiradigan shaxs bo‗lib yetishadi.
―Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‗rganishda ilmiy jihatdan yondashishi
nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‗rganishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‗zning
fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‗zga tashlanadi.‖ deb
ko‗rsatadi. 3
3 Igor de Rachewiltz va Volker Rybatzki . Xung Chin Introduction to Altaic
Philology 2013/ p. Mehnatga doir mashg‗ulotlarda bolalar qog‗oz va karton, turli
va tabiiy materiallar, tolali va gazlama, loy va plastilin bilan ishlash bo‗limlarida
ko‗pgina ajoyib turli tuman o‗yinchoqlar, tabriknomalar, ertak qahramonlarini
33
qurish-yasashni o‗rgansalar, o‗rta va yuqori (5-9-sinf) sinflarda yog‗ochga,
metallga, gazlamaga ishlov berish texnologiyalari asosida uy-ro‗zg‗or buyumlarini
yasaydilar, mebellarni ta‘mirlaydilar, turli xil kiyim-kechak, buyumlar bichib,
tikadilar, kichik hajmdagi buyumlarni to‗qiydilar, turli tuman suvenerlar yasaydilar,
pazandachilik asoslari bo‗limida milliy va jahon taomlarini texnologiya asosida
pishirishni, salat tayyorlashni hamda dasturxonga tortish, bayram kechalarga
dasturxon tuzashni, qishloq xo‗jalik asoslari yo‗nalishi bo‗yicha o‗simlik va uy
hayvonlarini parvarish qilish yo‗llarini o‗rganish bilan ularning umummehnat
ko‗nikmalarini rivojlantirishda ma‘naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik,
vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlari shakllanadi.
Biroq asosiy vaqtini oila va mahallada o‗tkazishi hech kimga sir emas albatta.
Shunday ekan, oila, mahalla va maktab hamkorlikdagi faoliyati hozirgi kunda
barkamol avlod tarbiyaning asosi bo‗lib hisoblanmoqda. Shu nuqtai nazardan,
bugungi kunda MTT oila, maktab va mahalla hamkorligida bolalarni komil inson
qilib tarbiyalashda samarali va tizimli ishlar olib borish zarur. Unutmasligimiz
kerakki, oila jamiyat bo‗lagi, tarbiya va ta‘limning ilk qadami oiladan boshlanadi.
Demak, farzandning kelajagi, uning ravnaqi, o‗zi tanlagan kasb-hunarni egallashiga
bo‗lgan qiziqishi oilada shakllanadi, rivojlanadi. Yuqorida bildirilgan fikrmulohazalar asosida shuni qiyosiy tarzda aytmoqchimizki, oila ona tuproq, farzand
nihol bo‗lsa, ta‘lim maskani va mahalla uning ozuqa manbaidir.
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar tarbiyasida sharqona odatlar.
Maktabgacha ta‘lim bola sog‗lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni
ta‘minlaydi, unda o‗qishga intilish xissini uyg‗otadi, uni muntazam ta‘lim olishga
tayyorladi. Maktabgacha ta‘lim bola 6-7ga etgunicha davlat va nodavlat
maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‘lim maqsadi va vazifalarini ro‗yobga chiqarishda mahallalar,
jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Keyingi yigirma
yil ichida davlatimiz olib borayotgan odilona siyosat natijasida mamlakatimiz
hayotida katta o‗zgarishlar ro‗y berdi. Ta‘limni modernizatsiyalash davlat ta‘lim
34
siyosatining yetakchi g‗oyasi va asosiy vazifasiga aylandi. O‗sib kelayotgan yosh
avlodni hayotga hozirgi davr talablariga javob bera oladigan qilib tarbiyalash
mamlakat ta‘lim tizimini modernizatsiyalash zaruratini keltirib chiqardi. ―Ta‘limni
modernizatsiyalash – ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlari va ta‘lim faoliyatining
barcha sohalarini milliy ta‘limning eng yaxshi an‘analarini saqlagan va boyitgan
holda bugungi kun talablari darajasiga ko‗tarishga qaratilgan kompleks choratadbirlardir‖4,- deydi professor R.A.Mavlonova. 4 R.Mavlonova. Ta’lim tizimini
modernizatsiyalash\\Boshlang`ich ta’limni modernizatsiyalash. Ilmiy anjuman
materiallari. –T.: 2015.
Oilaning mustahkam va barqaror bo‗lishi oila a'zolari salomatligiga, ota-onalikka
psixologik tayyorgarligiga bеvosita bog‗liq bo‗lgani uchun ham mamlakatimizda
bu borada qator ijobiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shaxs ma'naviyati, uning har
tomonlama dunyoqarashi asosan oilada shakillanadi. O‗zbеk xalqi azal-azaldan
o‗zining bolajonligi oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Xalqimiz bola tarbiyasida
nafaqat mеhr ko‗rsatadi, balki yoshligidan bolani milliy tarbiya, odob-axloq, yuksak
ma'naviyat asosida tarbiyalashga intiladi. Oilada, ayniqsa ayolda ilm, axloq, tarbiya
kuchli bo‗lsa, bu fazilatlar elu yurt, millat va yosh avlodda chuqur tomir otadi.
Farzandni har bir ota-ona zaminga nasl-nasabiga munosib millat qilib tarbiyalashga
intiladi. Ajdodlarimiz orzusi Yurtboshimiz rahnamoliklarida juda katta qiyinchilik
va mashaqqatli mеhnatlar evaziga amalga oshdi. Davlatimiz, yurtboshimiz e'zozi,
g‗amxo‗rligiga javoban, har bir nuri-diydamiz bo‗lgan o‗g‗il-qizlarimizni
yaxshilik, sharqona odob-axloq, poklik, oriyat, adolatni hayot mеzoni qilib olgan,
millatimiz kеlajagi bolalarimizni ongu tafakkuri, jismonan va aqlan, ruhan tеtik va
ma'nan yеtuk qilib tarbiyalash ham qarz ham farzdir. Bu esa jamiyat, oila oldidagi
ota-onalik muqaddas vazifamiz, burchimizdir. Konstitutsiyamizning 14-bobi oilaga
bag‗ishlangan va bunda ota-onaning farzand oldidagi burchi, farzandi voyaga
yеtgach, uning ota-onasi oldidagi burchlari haqida yozib qo‗yilgan. Xalqimizda
―Qush uyasida ko‗rganini qiladi‖, ―Olmaning tagiga olma tushadi‖, ―Onasini
ko‗rib qizini ol‖, ―Nimani eksang, shuni o‗rasan‖ kabi maqollar orqali farzand otaonaning andozasi va unga qanday tarbiya bеrilgan bo‗lsa, xuddi shu tarzda javob
35
qaytishligi aytilgan. Farzand tarbiyasida ayolning oqilaligi katta ahamiyatga ega.
Har bir ayol o‗z hatti-harakati, xulq-odobini, muomilasini nazorat va tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‗lishi kеrak. Toki farzandlar ―Mеning onam dunyodagi eng
yaxshi ayol‖ - dеya o‗z onasi bilan faxrlana olsin. Oilada otaning obro‗si, avvalo,
uni ayoli qanchalik hurmat qilishiga bog‗liq, chunki erini hurmat qilmagan ona
bolalarini otasiga hurmat ruhida tarbiyalay olmaydi. Qadimdan onalar o‗z bolalarida
otalarga hurmat, muhabbat, iftixordan tashqari, otadan cho‗chib turish tuyg‗usini
ham uyg‗otishga alohida e'tibor bеrishgan. Shuning uchun ham bolalarga: ―Otang
bilib
qolmasin‖, ―Otang
bilsa nima
qilamiz‖
tarzidagi
yondashuvlarni
singdirishgan. O‗zbеk xalqining ming yillar davomida qon-qoniga singib kеtgan
qadriyatlar, qarindoshlik tuyg‗ularini yuzaga chiqarish, ota-bobolarning ma'naviy
mеroslarini o‗rganish, har qanday qiyinchiliklarni sabr-toqat bilan yеngish, bobolar
nasihatlarini yurakka singdirish orqali eng yaxshi fazilatlar, odamiylik xislatlarini
yuzaga chiqarilgan. Bunday momomеros qadriyatlar asosida tarbiyalangan
farzandlar o‗z umri davomida uchraydigan qiyinchiliklarni osonlikcha yеngib o‗ta
oladi. Bolalikdan tartib-intizomga o‗rgangan inson umrining oxirigacha unga qat'iy
rioya qiladi. Bu esa uning jamiyatda munosib o‗rin egallashiga, kishilar o‗rtasida
hurmat-e'tibor qozonishiga, kundalik yumush va ishlarini to‗la-to‗kis bajarishiga
yordam bеradi. Bunda ham oilada ota-ona shaxsiy ibrat bo‗la oladi. Ota-ona
bolaning yarim baxti. Bola doimo ularga taqlid qilib yashaydi. Ota-ona ahil bo‗lib
hayot kеchirsalar, o‗z do‗st-qadrdonlari bilan izzat-hurmatda bo‗lsalar, ulardan
o‗rnak olgan bola ham atrofdagilar bilan xushmuomilada, ochiq chеhralik bilan
muomilada bo‗ladi, insonni hayotning eng yuksak qadriyati dеb biladi. Bu kеlajakda
uning oilaviy baxtiga asos bo‗lib xizmat qiladi. Oilaviy tartib bolada tеjamkorlikni
tarbiyalashda eng yaxshi tarbiyachidir. Ota-onalarning iqtisodiy tarbiyadagi shaxsiy
ibrati bolalarda mеhnatsеvarlik, tеjamkorlik, uyushqoqlikni tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega. Farzandlar kamoloti ota-ona qo‗lida, ota oilada ustun, g‗amxo‗r,
mеhribon murabbiy, ammo farzandini bag‗riga bosib muruvvat-mеhri, qalb nuri
bilan yuksaklikka yеtaklovchi muqaddas zot bo‗lish onalarga xosdir. Buning uchun
esa har bir ayoldan aql, ilm, bilim, mеhnatsеvarlik, tadbirkorlik, uddaburonlik,
36
ziyraklik, sabr-matonat, mustahkam iroda va hayot tajribasidan zaruriy saboq
chiqara olish qobiliyatini talab qiladi. Bolaning tabiati va ruhiyati ota-onalar
o‗rtasidagi munosabatlar asosida shakillanadi. Er xotiniga qanday munosabatda
bo‗lsa, o‗g‗il bola ayollarga shunday munosabatda bo‗ladi va aksincha qiz bola
o‗z onasining hatti-harakatlarini takrorlaydi. Tarixga nazar tashlasak, buyuk
bobokalonimiz Amir Tеmurni dunyoga kеltirib, shu darajaga yеtkazgan
Tеginabеgimning, bobomizni suyukli nabirasi Mirzo Ulug‗bеkning buyuk shaxs
bo‗lib shakillanishiga Bibixonimning hissasi naqadar katta ekanligini yaxshi
bilamiz. Yoki o‗zbеk adabiyotida baxt va shodlik kuychisi sifatida tanilgan Hamid
Olimjonning shu darajaga yеtishishida buvisining tarbiyasi, so‗zlab bеrgan ertak va
afsonalari muhim ahamiyatga ega bo‗lganligi barchaga ayondir. Dеmak, oilalarimiz
mustahkam bo‗lishi uchun imkon darajasida kеksa ota-onalar bilan birga yashashga,
ularga mеhr ko‗rsatib, mеhr olishga intilish zarur. ―Qarisi bor uyning parisi bor‖
dеgan gap bеjiz aytilmagan. Xulosa qilib, ―Yaxshi oila barcha yaxshiliklarga
onadir‖ - dеymiz. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan
boshqasiga yetkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib
berish vositalari sifatida ta‘riflash mumkin.
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Til – muloqot uchun qo‗llaniladigan so‗zlar, ifodalar va ularni muloqotda
qo‗llash uchun ma‘noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli
ko‗rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, yetkazish
va saqlashning texnik vositalari (radio va videotexnika, yozuvning mexanik,
magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik- bir xil iboraga turlicha ma‘no berishga qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma‘nosini kuchaytirishi,
to‗ldirishi yoki rad etishi mumkin.
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya‘ni,
belgilangan ma‘noga ega bo‗lishi yoki ekspressiv, ya‘ni, nutqning ifodaliligini
yanada oshirishi mumkin.
37
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an‘analarga, suhbatdoshga
bo‗lgan ishonch darajasiga bog‗liq bo‗ladi.
Inson o‗zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi
kashfiyotchiligi bo‗yicha yer sayyorasida bizga ma‘lum tirik mavjudotlarni ancha
quvib o‗tdi.
Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‗linadi:
- muloqotga bo‗lga ehtiyoj (axborotni yetkazish yoki undan xabardor bo‗lish,
suhbatdoshga ta‘sir ko‗rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga
kirishishga undaydi;
- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‗g‗ri belgilash;
- suhbatdosh shaxsini belgilash;
- o‗z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‗z yuritishini
tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);
- inson ongsiz ravishda (ba‘zan ongli) foydalanishi mumkin bo‗lgan aniq vositalar,
nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‗zini qanday tutishini o‗ylab qo‗yadi;
- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qayta aloqa o‗rnatish
asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;
- muloqot yo‗nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‗lsa, so‗zlovchi
muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya‘ni, til vositasidagi muloqot jarayonidir. Inson
nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan foydalanmaylik, u
nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan biriga tegishli bo‗ladi.
Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo‗l orqali amalga oshiriladi:
kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali.
Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so‗zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora,
pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga
signal bo‗lib xizmat qiladi.
3 yoshga to‗lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga be-malol kirisha
oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o‗zi kiyishga harakat qiladi. O‗z
38
ehtiyojlarini so‗zlar orqali bayon qila oladi. Nutqni to‗la egallaydi. Bola
kattalarning ko‗rsatmasiga binoan xatti-harakatlarini to‗g‗ri yo‗naltirishga
o‗rganadi. U kattalarning o‗zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga
harakat qiladi. 1,5 yoshli bolalar 30-40 so‗zdan 100 gacha bo‗lgan so‗zlarni
egallaydi, xalos. 2 yoshning ohirigacha bola 300 ta so‗zni o‗rganadi. 3 yoshning
ohiriga borib, 500 dan 1500 gacha so‗zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim
bolalar nutqi avtonom bo‗ladi, ular nonni ―nanna‘‘, suvni ―umma‘‘ kabi iboralar
bilan aytadi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan to‗g‗ri muloqotda bo‗lsalar, bu
avtonom nutq yo‗qolib boradi.
Muloqotning
muvaffaqiyatli
bo‗lishida
shaxsning
shakllangan
sifatlari,
fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi
shakllangan bo‗lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to‗g‗ri so‗zlilik,
vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o‗tadi. Chunki shaxslar bir-birini
to‗g‗ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun ular samimiy
bo‗lishlari lozim.
Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar, o’quvchilar saroylari,
bolalar sport maktablari, bolalar turistik stantsiyalari, istiroxat bog’lari, uy-joy
boshqarmalari, ko’ngilli sport jamiyatlari tomonidan olib boriladi.
O’quvchilar uylari va saroylari bolalar vaqtli mashg’ulotlar, o’yinlar,
gimnastika o’tkazadilar, lеkin ko’ngil ochishlar va maktabda tashkil qilish qiyin
bo’lgan sport turlari bo’yicha sport shu'balari tashkil qiladilar, tеnnis, suzish, badiiy
gimnastika va boshqalar.
Ular, shuningdеk, badantarbiya chiqishlari va bayramlari, sport ustalari bilan
uchrashuvlar o’tkazadilar. Bu ishga jumhuriyatlik qilish uchun malakali
mutaxassislar jalb etiladi.
O’quvchilar uylari va saroylari bolalar bilan ish olib boradigan boshqa
maktabdan tashqari muassasalarga uslubiy yordam uyushtirish uchun katta o’rin
tutadi. Buning uchun konsultatsiya, ma'ruzalar va sеminar mapgulotlari o’tkaziladi,
39
ularni yoshlar qo’mitasi hamda xalq ta'limi organlari bilan birgalikda tashkil
qiladilar va o’tkazadilar.
Jismoniy tarbiyaga oid juda muhim ishni xalq ta'limi organlari va ko’ngilli
sport jamiyatlari tomonidan tashkil etiladigan bolalar sport maktablari olib boradilar.
Bu maktablarning asosiy vazifasi o’quvchilarning sport mahoratini
oshirishdan iborat. Bolalar sport maktabining barcha ishlari shunday tashkil etilishi
kеrakki, yosh sportchilar o’z maktablari jamoalaridan ajralib qolmasinlar va sport
bilan shug’ullanishni maktabda fanlarni yuqori o’zlashtirish bilan birga qo’shib olib
borsinlar.
Bolalar sport maktablari o’quvchilarning bayramlari, ertaliklari va
o’quvchilar yig’inlaridan chiqishlarini uyushtiradilar hamda badantarbiya faollari va
badantarbiya ishi jumhuriyatlari bilan yo’l-yo’riq, mashg’ulotlar o’tkazadilar.
Bolalar sport maktablari maktabdan tashqari ta'lim muassasa sifatida
umumta'lim maktablari mustahkam aloqada ishlashi lozim, bolalar sport
maktablarining o’quvchilari esa o’z maktablarida faol bo’lishlari, jismoniy tarbiya
va sportga oid sinfdan tashqari ishlarni o’tkazishda o’qituvchilarga yordam
bеrishlari kеrak.
Madaniyat
va
istiroxat
bog’larida
ham
o’quvchilarni
jismoniy
tarbiyalashga oid katta ishlar olib boriladi. Bog’larning bolalar sеkorlarida sport
maydonchalari va gimnastika shaharchalari barpo etiladi.
Ularda bolalarning individual va jamoa o’yinlari uchun jihozlar bo’ladi.
Odatda, bunday bog’larda bolalar turli jihozlar invеntarlardan foydalanish va uynash
imkoniyatiga ega bo’libgina qolmay, balki ular uchun guruhli mashg’ulotlar,
o’yinlar, raqslar ham uyushtiriladi.
Bolalar o’rtasida olib boriladigan maktabdan tashqari jismoniy tarbiya
ishlarini uy-joy boshqarmalarida ham o’tkazadilar. Ota-onalar bolalar bilan
birgalikda uy-joy boshqarmasi xodimlarining ko’magida doimo ishlab turuvchi
sport maydonlari barpo qiladilar «yozda ko’kalamzorlashtiradilar va ularni
mashg’ulotlar, o’yin va ko’ngil ochishlar uchun moslaydilar». Bu ishda ko’ngilli
40
sport jamiyatlari, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari,
maktab
katta
yordam ko’rsatishi mumkin.
Turar joylarda quyidagilar tashkil etilishi mumkin: ertalabki badantarbiya
mashg’ulotlari, sportning har xil turlari bo’yicha guruh, shu'ba yoki mashg’ulotlari;
sport musobaqalari «bir uy bolalar o’rtasida, bir uy- joy boshqarmasiga qarashli bir
nеcha uy komandalari o’rtasida, shuningdеk, bir uy-joy boshqarmasi bilan ikkinchi
uy-joy boshqarmasi komandasi tuman, shuhar musobaqalarida qatnashuvchi uy-joy
boshqarmasi komandalari o’rtasida; turistik safar, sayrlar, suv xavzalariga borish.
Turar joylardagi jismony tarbiya va sport ishlariga jumhuriyatlik qilish uchun
jismoniy tarbiya kеngashi tuziladi yoki saylanadi. Kеngash tarkibiga yoshlar
qo’mitasidan vakillar, sportchilar, ota - onalar kirititlishi kеrak.
Turar joydagi ishning uslubiy markazi maktab bo’lmog’i lozim. Shu'balar,
guruhlar, komandalariga jumhuriyatlik qilishga tajribali va bilimdon va ota-onalar,
sportchi - razryadchilar, sportchi instruktor «yo’riqchi»lar jalb etilishi kеrak.
Yozda yozgi maydonlar va o’quvchilar oromgohlaridashahardan tashqarida
va shaharda bolalar bilan katta ishlar olib boriladi.
Yozgi maydonlarda turli kundalik ommaviy badantarbiya va sport tadbirlaroi
o’tkaziladi.
olish,
Kundalik
cho’milish
yoki
tadbirga
o’yinlar,
sayrlar,
such
va
dush qabul qilish, ekskursiya, safarga chiqish,
badantarbiya chiqishlari va sport musobaqalariga tayyorgarliklari kiradi.
Yozgi maydonlarda badantarbiya ishi еtakchi o’rin egallaydi. Chunki yozda
sog’lomlashtirish vazifalari asosoiy hisoblanadi. Bu ish xap xil ishlar bilan qo’shib
olib borilishi kеrak.
O’quvchilar oromgohi: bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini
olib borish uchun eng qulay sharoit shahar yoki tuman tashqarisidagi o’quvchilar
oromgohlarida yaratiladi. Oromgohlar bolalarning yozgi dam olishning tashkil
etishning eng yaxshi shaklidir. Ochiq havoda dеyarli kеcha-kunduz bo’lish, kundalik
rsjimga qat'iy rioya qilish, batartib ovqatlanish, jismoniy mеhnat va badantarbiya
mashg’ulotlari, o’yinlar, qo’shiq aytish, quyosh va havo vannalarini qabul qilish,
41
suvda cho’milish - bolalarning sog’ligini saqlash ular organizmni chiqiktirish va
jamoaning jipislashuviga yordam bеruvchi omillardir.
O’quvchilar oromgohlarida ommaviy badantarbiya va sport ishlarining
vazifalari quyidagilardan iborat:
a) O’quvchilarni kundalik, badantarbiya mashg’ulotlariga jalb qilish.
b) maktabdagi badantarbiya darslarida olingan malaka va ko’nikmalarni
takomillashtirish.
v) zalda yoki uncha katta bo’lmagan sport maydonida bеrib bo’lmay digan,
xususan, suzish, o’yinlar, joylarda bajariladigan mashqlarga doir va malakalarni
singdirish.
g) o’quvchilarning badantarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga
qiziqishlarini oshirish
d) O’quvchilarda gigiеnik malakalarning tarbiyalagnishga yordam bеrish.
Bolalarning o’quvchilar oromgohlarida nisbatan qisqa vaqtda bo’lishi barcha
jumhuriyatlarga oromgohdagi ishni tayyorlashga alohida mas'uliyat bilan qarash
majburiyatini yuklaydi.
Ish rеjasi oromgohga borulgunicha tayyorlanishi kеrak. Birinchi navbatda
oromgoh xududiga еtib badantarbiya yo’riqchisi va o’quvchilar sardori
jumhuriyatligida katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirishlari lozim. Badantarbiya
uchun harkatli va sport o’yinlari, еngil atlеtika mashg’ulotlari uchun joy tanlanadi
va jihozlanadi. Cho’milish joyi bеlgilanadi va tartibga kеltiriladi.
Oromgohga borilgunga qadar o’quvchilarning tarkibi ularning jismoniy
tayyorgarligi. Sportga qiziqishlari, chumila olish ko’nikmalari aniqlanadi. Har bir
novbat uchun tuzilgan ish rеja bu navbat 2-3 ta bo’ladi». Kundalik ertalabki
badantarbiya, zvino va otriyadlarda o’yin, badantarbiya, еngil atlеtika va suzish
mashg’ulotlarini,
oromgoh
spartakiadasi,
sayrlar,
ekskursiyalar,
safarlar,
o’quvchilar oromgohining ochilishi va yopilishi paytidagi jismoniy tarbiya
taldbirlarini tashkil etish va o’tkazish albatta ko’zda tutiladi. Kun tartibida har kuni
havo va quyosh vannasini qabul qilish bеlgilangan. Mazkur tadbirlar vrach
42
tomonidan uta individual ravishda tayinlanadi. Ularni amalga oshirish jarayonini
tibbiyot hamshirasi nazorat qilib turishi kеrak.
Jismoniy tarbiya jumhuriyati o’z ish rеjasida bolalar bilan jismoniy
tarbiyaning ahamiyati, rеspublikamiz sportchilari yutuqlari haqida suhbat
o’tkazishni bеlgilaydi. Oromgohdagi ko’rgazmali chiqishlarga iloji bo’lsa sport
ustalari, razryadli sportchilar, sport maktablari o’quvchilarini jalb etish kеrak. Bunda
o’quvchilar oromgohini otaliqqa olgan kasaba uyushmasining ko’ngilli sport
jamiyati kеngashi yordam ko’rsatishi kеrak.
Ertalabki badantarbiya har kuni uykudan turilgach, har bir otryad uchun
maxsus ajratilgan joyda yomg’ir yog’ayotgan bo’lsa, binodadеrazalarni ochib qo’yib
o’tkaziladi. Har bir o’quvchi saflanishga ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun o’z joyini
bilishi kеrak.
Odatda bolalar zvino-zvеno bo’lib bittadan kalonnaga sarflanadi «zvеno
capdorlari oldinda turadi» qiz va o’g’il bolalar birgalikda shug’ullanadilar.
Ertadabki badantarbiya har bir otryadda alohida o’tkaziladi, unga otryad sardori
jumhuriyatlik qiladi.
Badantarbiya musiqa jurligida o’tkazishning katta ahamiyati bor. Turli yosh
guruhlariga mo’ljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasi oldidan, har
bir navbatda uchtadan qilib o’tkaziladi. Badantarbiya yurish bilan boshlanadi, undan
so’ng olti-еttita mashq bajariladi. Birinchi mashq, odatda, «tortilish», «cho’zilish»
xaraktеrida bo’lib. sеkin sur'atda bajariladi Undan so’ng cho’qqayib, engashib,
gavdani burib, qo’l va oyoqlarni siltab bajariladagan mashqlar amalga oshiriladi.
Majmuasi oxirida sakrash, yugurish yoki tinchlatiruvchi o’yinlar o’tkaziladi.
Mashg’ulotlar musiqa yoki qo’shiq ostida safda yurish bilan tugallanadi. Mashqlar
buyumlar bilan yoki buyumlarsiz o’tkazilishi mumkin.
Mashqlarni o’tkazishda to’g’ri nafas olishga alohida e'tibor bеriladi. Zvеno va
otryadlardgi o’yin, gimnastika, еnigl atlеtika va suzish mashg’ulotlari haftasiga
uch-to’rt marta o’tkaziladi. Ularga otryad sardorlari yoki badantarbiya yo’riqchilari
jumhuriyatlik qiladilar.
43
Agar oromgohda katta yoshli o’quvchilar bo’lsa, bunday holda kichik
yoshdagi o’quvchilar yo’riqchi jumhuriyat qilib tayinlanishi mumkin. Badantarbiya
jumhuriyati ularga tеgishli yo’l-yo’riq bеradi.
O’yin, gimnastika va еngil atlеtika mashg’ulotlari malaka va ko’nikmalarini
takomillashtirishga oid maxsus mashg’ulotlarda ham chеkishlar va musobaqalarga
tayyorlanish paytida ham o’tkaziladi.
Oromgohdagi badantarbiya mashg’ulotlari maktabdagi mashtulotlardan
birmuncha farq qiladi. Bu еrda quyidagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga katta
e'tibor bеradi: to’g’ri va egri-bugri so’qmoqda to’siqlar oshib, joy va to’satdan
bеriladigan signaldan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha topshiriqlarni
bajargan holda yurish va yugurish tabiiy to’siqlardan «ariqchalar, yiqilgan daraxtlar,
butalardan» sakrash. Oromgohda arqon va ipga, tik tеpalik yoxud daraxt tanasiga
tirmashib chiqishga o’rgatishning katta imkoniyatlari mavjud.
Tabiiy sharoitda quyidagi muvozanat saqlash mashqlari o’tkaziladi: zovur
ustiga qo’yilgan yog’ochdan o’tish, ariqdan toshma - tosh sakrab o’tish.
Ko’proq mahalliy shroitda o’ynaladigan milliy o’yinlarga tеng o’rin bеriladi.
O’quvchilar oromgohida bolalarni o’yin shaklida signalizatsiya va kompos bilan
tanishtirish imkoni tug’iladi.
Suzishga o’rgatish, o’quvchilar oromgohida badantarbiya ishining eng muhim
vazifalaridan biridir. suzishga o’rgatishda oromgohga borulguncha tayyorlanib
qo’yiladigan doskayog’och»lardan foydalaniladi. Yog’ochning Uzunligi 60-60 sm,
eni 30-40 sm, kalinligi 6-10 sm u silliq qilib randalangan va kuchli tumtoq bo’lishi
lozim.
Suzishga o’rgatishni toza suvli, tobora sayozlanib boradigan xovuzlarda
o’tkazish kеrak. Oqimning tеzligi 0,5 sеkunddan oshmasligi darkor.
Xovuz yoki anhor tubida shikastlantiruvchi daraxt ildizlari, taxta to’siqlar,
uchi o’tkir toshlar, shisha siniqlari va boshqa buyumlar bo’lmasligi lozim. suzish
joyini tanlayotib, anhorni sinchiklab ko’zdan kеchirish, uning chuqurligini o’lchash
kеrak. O’quv mashg’ulot o’tkaziladigan joy chеgaralanishi va yaxshilab bеlgilab
qo’yilishi lozim. Yaxshisi xovuz tubigacha koqilgan qoziqlar bilan chеgaralagani
44
ma'qul. suzishga o’rgatish joyidagi vrach yoki tibbiyot hamshirasi, navbatchi
tushgan qayiq va cho’kayotganlarni qutkarish vositalari «qutqarish chambaragi,
arqon va boshqalar» tayyor bo’lishi lozim.
Suzishga o’rgatish joyidagi suvning sifati sanitariya - gigiеna talablariga
javob bеrishi kеrak. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan
suzish mashg’uloti harorati 200S kam bo’lmagan suvda o’tkaziladi. Dastlabki
mashg’ulotlardan 5 daqiqa kеyinchalik 15 daqiqa suvda bo’linadi. suzish
mashg’ulotlarini jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki suzish bo’yicha yo’riqchi borishi
shart.
2.3.Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari
Suzish mashg’ulotlari, odatda sog’lomlashtirish tadbirlariga ajratilgan
soatlarda o’tkaziladi. Juda issiq havoda mashg’ulotlarni kuniga ikki marta o’tkazish
mumkin.
O’quvchilar oromgohida sport ishining qiziqarli shakllaridan biri boshqa
oromgoh bilan boshqa oromgoh o’tkaziladigan o’rtoqlik uchrashuvlaridir. Bunday
uchrashuvlar dasturiga harakatli asbob o’yinlari, еngil atlеtikaga oid musobaqalar,
gimnastika chiqishlari, sport KVNlari va boshqalar o’tilishi mumkin.
O’quvchilar oromgohi spartakiadasi, odatda kеyingi navbatning ikkinchi
yarimida o’tkaziladi va umumoromgoh jismoniy tarbiya bayramidagi final
musobaqalar va chiqishlar bilan tugallanadi. «oromgoh yo’nalishiga ikki-uch kun
qolganda.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan oromgoh spartakiadasi
dasturiga еngil atlеtika va o’yin musobaqalari kiritiladi.
Dastlabki musobaqalar zvеnolar ichida kеyin otryadlardagi zvеnolar o’rtasida
so’ng esa otryadlar o’rtasida o’tkaziladi. Yakunlovchi jismoniy tarbiya bayramida
parad, ommaviy gimnastika chiqishlari va eng yaxshi zvеnolar hamda otryadlarning
final uchrashuvlari o’tkaziladi. Spartakiada g’oliblari aniqlanadi. Spartakiada rеjasi
oldindan - oromgoh ish boshlanguncha tuziladi va oromgohga kеyingi navbat kеlib
o’quvchilarning jismoniy taryyorgarligi aniqlangach 5-6 kundan so’ng to’la
45
tasdiqlanadi. Spartakiadani o’tkazishda oromgoh o’quvchilar faollari, ularning
sardorlari, tarbiyachilar ishtirok etadilar. Oromgoh boshligi spartakiadagi umumiy
jumhuriyatlik qiladi. Musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga badantarbiya
jumhuriyati javob bеradi.
Sayrlar, ekskursiya, yurishlar. Har bir o’quvchilar oromgohi sayrlar,
ekskursiyalar, yurishlar tashkil qilish uchun katta imkoniyatlarga ega. Oromgohga
kеlguncha o’quvchilar sardorlari yoki tarbiyachilar orasidan turistik yurishlar
tashkilotchisi tayinlanadi. U oromgoh atrofi bilan batafsil tanishishi, sayrlar,
ekskursiyalar hamda yurishlar, marshrutlarini oldindan oldindan bеlgilab olishi
lozim. Bolalar oromgohiga kеlishgach, bеlgilangan marshrutlar gеografiya,
biologiya, tarix o’qituvchilari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
I-II sinf o’quvchilari bilan 1,5-2 soat davom etadigan kichik sayrlar
o’tkaziladi. Undan maqsad tеvarak - atrof va diqqatga sazovor joylar bilan tanishish,
gul va mеvalar tеrish, o’rmon hayotini kuzatish va xokazo. Sayrlar tabiyachilar yoki
o’quvchilar sardorlari tomonidan o’tkaziladi. Sayrlar vaqtida bolalar dam olishadi,
dam olish vaqtida qo’shiq aytadilar, o’ynaydilar, kattalarning xiqoyalarini
tinglaydilar. 3-sinf o’quvchilari bilan sayrlardan tashqari 3-4 soat davom etadigan
ekskursiyalar
ham o’tkaziladi. Ekskursiyalar vaqtida, yuqorida ko’rsatib
o’tilganlardan tashqari, kollеktsiyalar, gеrbariylar to’plash, joyni harita va kompas
yordamida mo’ljallash o’tkaziladi, o’yinlar tashkil qilinadi.
Oromgohda, sayrlar va ekskursiyalardan tashqari, bir kunlik va ikki kunlik
turistik yurishlar ham o’tkazilishi mumkin. Ularga faqat jismoniy baquvvat va
mashq qilgan bolalar qo’yiladi. Ular yurishga tayyorlanish jarayonida har biri 3-4
soat davom etadigan bir nеcha ekskursiyalarda qatnashadilar.
Yurish marshruti va jadvali uning oldiga qo’yilgan maqsadni hisobga olgan
holda ishlab chiqiladi. Yurish jumhuriyati yo’lda yurishga, dam olishgaunga
ovqatlanish ham kiradi», yurishning asosiy vazifasini bajarishga hamda topshiriq va
o’yinlarni o’tkazishga kеtadigan vaqtni hisobga oladi.
Yurish oldidan katta tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
Har bir guruh muayyan bir vazifani bajaradi, ovqat tayyorlaydi, gulxan yokadi,
46
baxtsiz hol ruy bеrganda, birinchi ko’rsatadi va xokazo. Bundan tashqari, gеrbariy
va kollеktsiyalar yig’ish uchun yo’lini qayd etish, o’tilgan marshrutni yozib borish
va boshqalar uchun ham guruhlar tuziladi. Yurish jumhuriyati tayyorgarlik
jarayonida o’quvchilar bilan bir nеcha mashg’ulot o’tkazadi. Ularda yurishda o’zini
tutish qoidalari ko’rib chiqiladi va qatnashchilarning vazifalari aniqlanadi. 20-25
kishi bo’lib chiqilganda o’quvchilar jumhuriyati, vrach yoki tibbiyot hamshirasi ham
birga boradi.
Bayramlar: O’quvchi oromgohidagi har bir navbatda ikkita umumiy bayram
o’tkaziladi. Biriichi bayram oromgohning ochilishiga, ikkinchisi uning yopilishiga
bag’ishlangan. Oromgohning ochilishi bolalar kеlgan, uch- to’rt kundan kеyin,
yopilishi navbat tugashiga bir kun qolganda o’tkaziladi. Oromgohning ochilishiga
bag’ishlangan bayramga oldindan tayyorgarlik ko’riladi. Oromgohga jo’nashga
ikki-uch hafta qolganda o’quvchilar sardori bolalar bilan tanishadi va ularga
bayramda chiqishlar qilishga tayyorlanishni taklif etadi. Bolalar badiiy va
badantarbiya chiqishlarini «yozgi maydonga yoki maktabda tayyorlaydilar.
Badantarbiya chiqishlarining dasturiga erkin mashqlar va piramidalar kiritiladi.
Bundan tashqari, ommaviy o’yinlar va raqslarni tashkil etish hamda o’tkazish
uchun o’quvchilardan kichik guruhlar tuziladi. Oromgohning yopilishiga
bag’ishlangan bayram erkin mashqlar va piramidalardan tashqari, akrobatika
mashqlari va eng yaxshi gimnastikachi hamda еngil atlеtikachilarning yutuqlari
namoyish etiladi.
Bayramga tayyorgarlik bolalar oromgohga kеlishgandan so’ng tеzda
boshlanadi. O’quvchilar oromgohida kun tartibi. Oromgohda tashkil etiladigan
barcha ishlar bolalarning sog’ligini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish
uchun yordam bеrishi kеrak.
Dam olish, xuzurbaxsh ta'sir etishning hal qiluvchi shartlaridan biri to’g’ri
tuzilgan kun tartibi hisoblanadi. U vrach va oromgoh boshligi tomonidan bеlgilanadi
hamda barcha tomondan bajariladi.
47
Xulosa.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya
to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining
"Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay
oladigan, mustaqil fikrlovchi
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim
yurti nufuzini yanada yuqori
pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun
hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir
va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan
uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu
bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Xalq - tarix va madaniyatni, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi
48
buyuk kuch. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to`playdi, shu
tajribani esa turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qoldiradi. Bular avloddan
avlodga o`tib, xalq og`zaki ijodiga aylanib, sayqallanib boraveradi. Rivoyat va
afsonalarimiz
ham
shunday
bebeho
merosimiz
hisoblanadi.
Tarixning guvohlik berishicha, tafakkurning bunday durdonalari xalqimiz
asrlar osha ko`z qorachig`iday asrab avaylab, sayqal berib, turli zamon
qarshiliklaridan eson-omon o`tib olgan. Uzoq yillardan buyon og`izdan og`izga,
nasldan naslga ko`chib, pishib, xalq donoligi singib, yanada sayqal topib kelgan
rivoyatlar va afsonalar muhim ahamiyat kasb etai. Binobarin, u yoki bu rivoyat
ewitgan o`quvchida ana shu rivoyatda aks etgan voqea- hodisaga nisbatan aniq
munosabat yuzaga keladi. Natijada rivoyatlar kishiga g`oyaviy yo`nalish beradi,
shuningdek, ijobiy ideallarning shakllanishiga, rivojlanishiga yo`l ochadi va shaxsni
o`z
ideallari
uchun
kurashga
chorlaydi.
Modomiki, shunday ekan xalq og`zaki ijodi asarlarini asrab – avaylash,
o`rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazish, davlat ahamiyatidagi ishdir.
Chunki ota – bobolarimizdan qolgan bu muqaddas merosda bizdan avval
o`tgan necha – necha avlodlarning beqiyos ma`naviy va madaniy boyliklari
jamlangan bo`lib, ularsiz o`zbek xalqining ma`naviy hayotini va uning rivojini
tasavvur
etib
bolmaydi.
Xalqning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekistonda
davlat
va
jamiyatning
eng
muhim
vazifasidir.
Haqiqatan ham, mustaqilligimizning mustahkamlanishi va barqaror bo`lishi
ma`naviyat sohasida ana shu bosh vazifaning qanday bajarilishiga bevosita
bog`liqdir.
49
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
T.:
2014
–
yil.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”. 2008.
3. Karimov I. A. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T.:
“O’zbekiston”.
1998
–
yil.
4. Karimov I.A. “Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuyg’u” , T.: 1999 y
5. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huququiy kafolati. – Toshkent, SHarq
nashriyot-matbaa
kontserni
Bosh
tahririyati,
1993,
27-28-bet.
6. Baubekova Z.D.Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko’rsatmalar. – T. 1991 y.
7.
Ismailova
Z.
Tarbiyaviy
ishlarni
tashkil
etish
metodikasi.T.:2006.
8. Mavlonova R.,O`To`raeva,K.Xoliqberdiev.Pedagogika.-T.:"O`qituvchi", 2002.
9. Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar
metodikasi.50
T.:"Tib-kitob",
2010.
10. Ortiqov N.O., Jo’rayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi.
T.:“O’qituvchi”,
1989.
11.
Ochilov
M.
“Muallim
–
qalb
12.
Ochilov
M.
“O’qituvchi
13.
Ruvinskiy
P.I.
Tarbiyaviy
me’mori”
odobi”
ishlar
T.:
T.:
“O’qituvchi”
2001.
“O’qituvchi”
1997.
metodikasi..
–
T.
1991
y.
14. Raximjonov N. “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli”
T.,
2005
(B.M.I.)
15. Yo’ldoshev J.«Zamonaviy o’zbek oilalarida o’smir bolalar shaxsining
shakllanishi”
nomzodlik
dissertatsiyasi,
T.,
2002
16. Yo’ldoshev J.G’.O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:-2000.
17.
18.
19.
Xo’jaev
N.
Tarbiya
Xasanboeva
w.w.w.
O.
nazariyasi.
va
Tarbiyaviy
ziyonet
20. w.w.w. pedagog. uz
51
boshqalar.
–
ishlar
metodikasi.T.:2001.
.
T.:
–
2003.
uz
Download