Uploaded by m.xoliqulov1993

Mikroiqtisodiyot 2- qism 13.03.2023

advertisement
Profi University
Mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot fanidan
taqdimotlar
M.Xoliqulov
Toshkent 2023
5-mavzu:
ISHLAB CHIQARISH
NAZARIYASI
Reja:
1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi
2. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli
texnologik almashtirish normasi
3. Izokosta va
ishlab chiqarish xarajatlarini
minimallashtiruvchi omillar sarfini aniqlash
4. Masshtab samarasi
Xulosalar
1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi
kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda
materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish
jarayonidir.
Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to`g`risidagi
amaliy bilimlardir. Ma′lumki, texnologiyaning takomillashuvi fanda va
texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish
orqali boradi.
Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari
miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab
chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish
funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Q  f ( K , L, M )
Q  f ( K , L)
Ishlab chiqarish funksiyasining umumiy ko’rinishi
2. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli
texnologik almashtirish normasi
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni
ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini
ifodalovchi egri chiziqdir.
Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar miqdori
10.1- rasm. Ishlab chiqarish omillari sarfi o`zgarishiga
ko`ra stul ishlab chiqarish grafigi.
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning
har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to’g’ri
keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi.
10.2-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasi grafigi va uning Q1, Q2 va Q3 darajadagi chiziqlari
Ma′lum vaqt oralig`ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy
mahsulot desak, o`rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgaruvchan ishlab chiqarish
omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi.
Q
AP 
F
Chekli mahsulot - bu o`zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik
miqdorda qo`shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o`sgan
qismiga aytiladi.
Q
MPL 
L
Q
MPK 
K
Bir o`zgaruvchi omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
10.3-rasm. Bir o`zgaruvchi omil (L-mehnat) sarfida ishlab chiqarish grafigi
10.4-rasm. Texnologiya takomillashuvining ishlab chiqarish hajmiga ta′siri
Ma′lumki, izokvanta - bu egri chiziq bo`lib, bir xil hajmdagi mahsulotni
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan omillar kombinatsiyalarini ifodalaydi.
Shuning uchun ham 65 birlik mahsulot ko`proq kapitaldan foydalangan holda
ishlab chiqarish mumkin (A nuqta), yoki ko`proq mehnat sarfidan foydalanib
ishlab chiqarish mumkin (B nuqta).
10.5-rasm. Izokvantalar
Ishlab chiqarish funksiyasining ikki xususiy holi.
10.7-rasm. Ishlab chiqarish
funksiyasining omillari to`liq
almashtiriladigan holati
10.8-rasm. Tarkibi belgilangan
omillardan foydalanishni ifodalovchi
ishlab chiqarish funksiyasi
3. Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini
minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash
Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo`lib,
u umumiy qiymati bir xil bo`lgan ikkita ishlab chiqarish omillari
sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga
oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bo`lgan mehnat va kapital sarflari
kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi.
C W  L  r  K
C  W  LA  r  K A  W  LB  r  K B
W  LM  r  K M  C
10.9-rasm. Izokosta
C W 
K    L
r  r 
K W  200000 сум

4
L
r  50000 сум
K
W

L
r
K  4  L.
Demak, firma umumiy xarajatni o`zgartirmasdan bir birlik
mehnatni 4 birlik kapital bilan almashtirishi mumkin.
4. Masshtab samarasi
Ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi sur′ati
ishlab chiqarish hajmining o`sish su′ratiga teng bo`lsa, bunday
o`sishga o`zgarmas masshtab samarasi deyiladi.
Agar ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi
sur′atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish su′rati yuqori
bo`lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o`sishiga musbat
masshtab samarasi deyiladi. Musbat masshtab samarasida uzoq
muddatli o`rtacha xarajatlar kamayadi.
Qisqa xulosalar
Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo`lib, bu jarayon cheklangan
resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori,
ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog`liq
Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan
holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab
chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab
chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.
Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko`rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish
omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o`zgarmaganda),
shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo`shimcha ishlatilgan omil
ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli
mahsulotning kamayishini ifodalaydi.
Izokvantaning ma′lum nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan
(bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday
bo`layotganligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining
absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?
2. Ishlab chiqarish funksiyasi nimani ifodalaydi?
3. Izokvanta yordamida nimalarni tahlil qilish mumkin?
4. Chekli texnologik almashtirish normasining mazmuni
nimadan iborat?
5. Izokosta nimani ifodalaydi?
6. Izokostaning yotiqlik burchak koeffitsenti nimani
ifodalaydi?
7. Firmaning umumiy xarajatlari cheklanganda maksimal
mahsulot ishlab chiqarish masalasining qo`yilishi va uning
echimi qanday amalga oshiriladi?
8. Chekli va o`rtacha mahsulotni hisoblash usulini ko`rsating.
9. Izokosta chizig`ning parallel siljishi sabablari nimada?
10. Masshtab samarasi nimani ifodalaydi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
• Андреу
Мас-Колелл,
Майкл
Д.Уинстон,
Джерри
Р.Грин.
Микроэкономическая теория Книга-1,2.–М.: Издательский дом. “Дело”
РАНХиГС, 2016-736 с.
• Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan
Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
• Pindyck, Robert S.Microeconomics. – Copyright 2013, Macmillan Publishing
Company, a division of Macmillan, Inc.
• Пиндайк Р., Рабинфельд Д.П32 Микроэкономика / Пер. с англ. — СПб.:
Питер, 2011. — 608 с.: ил. (Серия «Классический зарубежный учебник»).
• Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue, Thomas P. Barbiero. Microeconomics.
557 бет. Дарслик. 2015.
• Salimov
B.,Mustafakulov
Sh.,
Salimov
D.
Mikroiqtisodiyot
masalalar,namunalar,topshiriqlar,testlar. -T.: Iqtisodiyot, 2013.
• Максимова В.Ф. Микроэкономика: учебник. М:Маркет ДС, 2014.
• Xodiyev B.Yu., Salimov B.T., Yusupov M., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot:
Darslik. 2019. - 365 b.
6-mavzu:
ISTE’MOLCHI TANLOVI
NAZARIYASI
Reja:
1. Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
2. Iste′molchi talabining alohida xususiyatlari
3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari
4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining
muvozanatlilik sharti
1. Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab
yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining
fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan,
qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i
bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim
tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob
izlaydi:
1. Nimani xarid qilish?
2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha?
3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi?
6.1-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari
6.2-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy postulatlari
Ne′matning nafliligi deganda
nimani tushunasiz?
Iste′mol nazariyasida ne′mat
deganda nimani tushunasiz?
Naflilik funksiyasi deganda
nimani tushunasiz?
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta
ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat
- bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol
ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki
majmua tartibda yoki “iste′mol savati” bilan iste′mol qilinadi.
Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan
ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol
qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi:
TU  f x1 , x2 ,..., xn 
x1 , x2 ,..., xn
bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi;
ne′matlar hajmi.
6.3-rasm. Suv va olmos paradoksi
6.4-rasm. Umumiy naflilik va chekli naflilikning o`zgarishi
2. Iste′molchi talabining alohida xususiyatlari
Ommaviy
xaridorlardan
ajralish
qimmat tovarlarni
harid kilish
6.5-rasm. X. Leybenstayn bo`yicha iste′molchi talabining turkumlanishi
6.7-rasm. Befarqlik egri chiziqlari
6.8-rasm. Gamburger va fanta ichimligi
uchun befarqlik egri chizig`i
Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf
beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi (6.8-rasm).
Faraz qilaylik, X1 - gamburger, X2 - fanta ichimligi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosish zonasi deb - bir ne′matni
ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan
oraliqga aytiladi (6.10-rasm).
6.10-rasm. Ne′matlarni bir-biri bilan almashtirish zonasi
4.Byudjet cheklanganligi va iste′molchining
muvozanatlilik sharti
6.12-rasm. Iste′molchi tanlovini befarqlik egri chizig` va cheklangan byudjet
chizig`i orqali ifodalanishi
Qisqa xulosalar
Naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi.
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini
qondira olish xususiyatidir. Umumiy naflilik biror ne′matdan ketma-ketlikda
iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u
o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda
umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi.
Chekli naflilik
ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha
naf miqdorini ifodaladi.
Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar
kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri
chiziqlari kartasini hosil qiladi.
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi
ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi.
Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi
va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar
majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iste′molchi tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?
2. Umumiy va chekli naflilik deganda nimani tushunasiz?
3. Naflilik funksiyasi nimani ifodalaydi?
4. Biror ne′matni ketma-ket iste′mol qilinganda maksimal
naflilikka erishish sharti qanday?
5. Chekli naflilikning kamayish qonuni asosida nima yotadi?
6. Befarqlik egri chizig`i va ne′matlarni bir-birini o`rnini bosishi
zonasi nimani ifodalaydi?
7. Byudjet chizig`i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi?
8. Iste′molchining muvozanatlik shartini izohlab bering.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
• Андреу
Мас-Колелл,
Майкл
Д.Уинстон,
Джерри
Р.Грин.
Микроэкономическая теория Книга-1,2.–М.: Издательский дом. “Дело”
РАНХиГС, 2016-736 с.
• Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan
Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
• Pindyck, Robert S.Microeconomics. – Copyright 2013, Macmillan Publishing
Company, a division of Macmillan, Inc.
• Пиндайк Р., Рабинфельд Д.П32 Микроэкономика / Пер. с англ. — СПб.:
Питер, 2011. — 608 с.: ил. (Серия «Классический зарубежный учебник»).
• Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue, Thomas P. Barbiero. Microeconomics.
557 бет. Дарслик. 2015.
• Salimov
B.,Mustafakulov
Sh.,
Salimov
D.
Mikroiqtisodiyot
masalalar,namunalar,topshiriqlar,testlar. -T.: Iqtisodiyot, 2013.
• Максимова В.Ф. Микроэкономика: учебник. М:Маркет ДС, 2014.
• Xodiyev B.Yu., Salimov B.T., Yusupov M., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot:
Darslik. 2019. - 365 b.
Download