Uploaded by sanam “Rason” Xamatova

ИК автомобиль боскич 3 курс узб 2 — копия

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
«Ro‘yxatga olindi»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
№ ________________
Gulamov A.A. ______________
“____”____________ 202__ y.
“____”____________ 202__ y.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining
ishlab chiqarish amaliyot dasturi
Qabul 2021
Bilim sohasi:
200000- Ijtimoiy soha, biznes va huquq
Ta’lim sohasi:
230000- Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishi: 5230400 – “Iqtisodiyot” (iqtisodiyot avtomobil transporti)
“Iqtisodiyot” fakulteti
“Transport iqtisodiyot” kafedrasi
Toshkent-202_
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi universitet Ilmiy-uslubiy kengashining yig‘ilishida
muhokama qilingan va tasdiqlangan (202__ yil «____» _______dagi «____» - sonli bayonnoma).
Ishlab chiqarish amaliyoti
t/r
Semestr
Umumiy yuklama
xajmi
Amaliyot o‘tash
davri
1
6
240
8 hafta
Izoh
Tuzuvchi:
“Transport iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
S.A.Yuldasheva
“Transport iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi
O.B.Egamberdiev
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi Iqtisodiyot fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib
chiqilgan (202__ yil “__” ______ dagi “_____” - sonli bayonnoma) va fakultet Kengashida
tavsiya qilingan (202__ yil “___” “_______“ dagi “____” - sonli bayonnoma).
Iqtisodiyot fakulteti
Kengash raisi
M.N.Masharipov
“Iqtisodiyot”fakulteti
Ilmiy – uslubiy Kengashi Raisi
J.D. Matkarimova
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Iqtisodiyot” kafedrasida ko‘rib chiqilgan va fakultet
Ilmiy-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan (202__ yil “_____ “ “_____” dagi “____” - sonli
bayonnoma).
“Transport iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
S.A.Yuldasheva
2
Kirish
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos
sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk
insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual
salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini
kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarish amaliyotining rolini hozirgi kunda korxonalarda kadrlarni tanlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish masalalari dolzarb masala sifatida qaralayotganligidan ko‘rish
mumkin. Chunki kadrlar salohiyatini rivojlantirmasdan turib juda jadal sur’atlarda o‘zgarib
borayotgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, ulardan samarali foydalanish, jahon
bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada
samarali faoliyat olib borayotgan kompaniyalar kadrlar salohiyatini oshirishni tashkil etishda katta
tajribaga egadirlar. Kadrlar salohiyati oliy ta’lim muassasasida tahsil olish davridan boshlab,
universitet va ishlab chiqarish hamkorligida rivojlantirib boriladi. Universitetda olgan nazariy
bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoni yaratiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tash davomiyligi 6 hafta.
1. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashdan maqsad talabalarni tanishilayotgan transport
tizimidagi korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini o‘rganish davomida oliy o‘quv yurtida o‘qish
jarayonida olgan dastlabki nazariy bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, iqtisodiyot
sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi bo‘yicha
ma’lumotlar to‘plash, mehnatning ilg‘or metodlari bilan tanishish, shuningdek, iqtisodiyot
bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangicha tashkil qilish bo‘yicha umumiy bilimlarga ega
bo‘lishdan iborat.
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayonida talabalar transport korxonalarining tarixi va
rivojlanish kelajagi, strukturasi, asosiy va qo‘shimcha syex, uchastkalar hamda ularning o‘zaro
aloqasi, ishchilarning kasblari bo‘yicha iqtisodiyotga oid ishlarni va ularga doir ma’lumotlari bilan
tanishadilar. Ishlab chiqarish amaliyoti ob’yektlari Transport vazirligi tasarrufidagi tuzilmaviy
bo‘linmalar, boshqarmalar, tashkilotlar va sanoat korxonalari hisoblanadi.
2. Ishlab chiqarish amaliyotining vazifalari
Ishlab chiqarish amaliyoti vazifalari - transport korxonalari, ularning faoliyati va mamlakat
transport tizimining rivojlanishidagi alohida o‘rni, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish,
ishlab chiqarishdagi iqtisodiyot va menejment, ishlab chiqarishda zamonaviy vositalardan
foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish hamda amaliyot ob’yektining faoliyat xarakteri
va turlari, vazifalari va funksiyalarini o‘rganish, ishlab chiqarish amaliyoti yakunida amaliyot
natijalari bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun ma’lumotlar
tayyorlash hisoblanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash vaqtida talaba tomonidan
asosiy e’tibor korxonada iqtisodiyot bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hisobotini to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi, bunda ishlab chiqarishga oid iqtisodiy va moliyaviy hujjatlardan hamda
ishchi xujjatlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, amaliyot bo‘yicha hisobot
uchun materiallarni tayyorlash qaratiladi.
3. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotchi
talabalarga qo‘yiladigan talablar
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotchi talabalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
universitetdan belgilangan rahbardan amaliyot kundaligi va uni to‘ldirish bilan bog‘liq
yo‘riqnomalarni olish hamda har haftada uni to‘ldirib borish; ishlab ishlab chiqarishga kelgan
zahoti xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishish va ularga qatiy rioya qilish;
3
korxona faoliyati va vazifalari bilan tanishish; korxona xududida joylashgan asosiy va yordamchi
ishlab chiqarish uchastkalari bilan tanishishda har bir uchastkaga tegishli xavfsizlik
yo‘riqnomalari bilan tanishib, ularga amal qilish; amaliyot rejasida ko‘rsatilgan hamma amallarni
bajarish; uchastkalarning ishlab chiqarish faoliyati va ularga tegishli texnik xujjatlar bilan
ishlashni o‘rganish; amaliyot kundaligini surunkali olib borish, unga kerakli yozuvlar, eskizlar va
boshqa materiallarni to‘la kiritib borish; amaliyot so‘nggida hisobotni tayyorlash va uni ishlab
chiqarishdan hamda universitetdan belgilangan rahbarlar tomonidan nazoratdan o‘tkazish hamda
himoyalashdan iborat.
4. Amaliyotchi talabaning ob’yektlarda bajaradigan ishlari mazmuni
Amaliyot davrida talaba universitet va ishlab chiqarishda tayinlangan amaliyot rahbarlari
tomonidan belgilangan quyidagi masalalarni o‘rganishi lozim:
1. Korxona (Transport vazirligi tassarufidagi tuzilmaviy bo‘linmalar va boshqalar)
faoliyatining tavsifi.
2. Korxona (Transport vazirligi tassarufidagi tuzilmaviy bo‘linmalar va boshqalar)
funksiyalari, vazifalari.
3. Korxona (Transport vazirligi tassarufidagi tuzilmaviy bo‘linmalar va boshqalar)
boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi.
4. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi asosida xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari bilan
tanishish va ularni tavsiflash.
5. Hisobot davri uchun korxona faliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va
ularning bajarilishini tahlil qilish.
6. Korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalarini o‘rganish.
7. Korxona syexlari, uchastkalari, bo‘limlarini tavsifi, ularning faoliyat turlari, texnik
jixozlanganligi, texnologik jarayonlarni tavsiflash.
8. Mazkur tuzilmaviy bo‘linma, korxona, tashkilotning yordamchi-ko‘makchi faoliyatini
tavsiflash.
9. Mazkur tuzilmaviy bo‘linma, korxona, tashkilotning tashqi iqtisodiy faoliyatini
tavsiflash.
10. Mehnat sarfi bo‘yicha texnik asoslangan me’yorlar, ish vaqtini yo‘qotilishi,
unumsiz xarajatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish
takliflarini kiritish.
11. Mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, korxonaning
texnik salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish takliflarini
kiritish.
12. Korxona faoliyati haqidagi hisobotlarning turlari va mazmuni, ularni ishlab chiqish
va yuqori organlarga taqdim etish muddatlarini o‘rganish.
13. Axborot texnologiyalardan foydalangan holda hisobotlarni tayyorlashni o‘rganish.
T/r
Ishlar ketma-ketligi
Haftalar
1
Ishlab chiqarish bilan tanishuv ekskursiyasi.
1-hafta
2
3
Korxonadagi asosiy va qo‘shimcha ishlab chiqarish uchastkalari
bilan tanishuv
Ishlab chiqarishda amal qilinadigan asosiy xavfsizlik texnikasi va
mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishuv
Soatlar
1-hafta
1-hafta
4
Korxona bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar bilan tanishuv
1-hafta
5
Korxona ob’yektlari (syex, uchastka, park, punkt)ning vazifasi,
uskunalar joylashuvi, ishchilar haqida ma’lumotlar bilan tanishuv
1-2-hafta
4
6
Korxonaning tarixi va faoliyati, korxonaning ishlab chiqarish va
boshqaruv strukturasini o‘rganish
2-3-hafta
7
Korxona nizomi, vazifalari va funksiyalari bilan tanishuv
2-3-hafta
8
9
Korxona bo‘limi vazifalari va funksiyalari hamda faoliyati bilan
tanishuv
Ob’yektdagi moliyaviy-iqtisodiy jarayon va unga doir moliyaviyiqtisodiy xujjatlar bilan ishlash va hisobotga kiritish
3-5-hafta
3-5-hafta
10
Individual vazifa bo‘yicha topshiriqlar bilan ishlash
11
Kerakli materiallarni to‘plash, hisobot tayyorlash, korxonadan
tayinlangan rahbar ishtirokida amaliyot hisobotini himoyalash
Amaliyot
davomida
Amaliyot
davomida
12
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotni himoya qilish
6-hafta
Jami:
6 hafta
5. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi
Har bir talaba korxonaga kelishi bilan ichki tartib qoidalar bilan tonishib chiqib, mehnat,
texnika va elektr xavfsizliklari bo‘yicha kirish yo‘riqlarini olishi kerak.
Amaliyotni o‘tish quyidagi tartibda belgilanadi:
- Tyexnika havfsizligi bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar olish, korxona bilan umumiy ishlab chiqarish
- Korxona tashkiliy tizimi, uning iqtisodiy ko‘rsatgichlari, ishlab chiqaruvchi maxsulot texnik
ko‘rsatgichlari bilan tanishish
- Asosiy bo‘limlar (mexanika, elektr mashina, elektr apparat va boshqalar) ish faoliyati bilan
tanishish
- Bosh iqtisodchi, iqtisodchi mehnatni ilmiy tashkil etish, texnik nazorat bo‘limlari,
eksperimental syex, zavod laboratoriyasi ishlari bilan tanishish
- Individual vazifani va amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish
Individual vazifa sifatida quyidagi mavzularni o‘rganish topshirilishi mumkin:
− ishning ilg‘or uslublari, ularni qo‘llash va foydalanishning iqtisodiy samarasi;
− hisobot shakllari va ularni takomillashtirish;
− texnologik jarayonlar, mehnat sarfi me’yorlarini ishlab chiqishda, korxona hisobotlarini
tayyorlashda ishtirok etish;
− amaliyot ob’yektida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda qatnashish va boshqalar.
Individual vazifa talabaga amaliyot davrida amaliyot dasturiga qo‘shimcha savollar
sifatida, o‘rganish maqsadida va olingan ma’lumotlarni amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil ishni
tayyorlashda, amaliyot bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish, ilmiy ish va boshqalarda
foydalanish uchun beriladi.
Amaliyot rahbari har kuni talabalarni syex va bo‘limlarda ishlarni tashkil qilish, ta’mirlash
texnologiyasi jarayoni bilan tanishtirib boradi. Syex va bo‘limlar ishlari bilan ishlab chiqarish
muddat kuniga 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
7. Ishlab chiqarish amaliyot bo‘yicha hisobotni tayyorlash va hisobotni himoya
qilish tartibi
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida talaba doimiy ravishda kundalik to‘ldirib boradi
va uni rahbar nazoratidan o‘tkazib turadi. Kundalikda hafta davomida olingan ma’lumotlar qisqa
ko‘rinishda, to‘liq ma’lumotlar esa hisobot uchun rasmiylashtirib boriladi.
Barcha ma’lumotlar bo‘yicha hisobot tayyorlanib, ishlab chiqarishdan tayinlangan rahbar
nazoratidan o‘tkaziladi, amaliyot so‘ngida universitetdan tayinlangan rahbarga amaliyotda
5
to‘ldirib borilgan kundalik bilan birgalikda taqdim etiladi va himoya qilinib “Iqtisodiyot”
kafedrasiga topshiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti, kundaligi to‘ldirilmagan va amaliyotda sababsiz
qatnashmagan talabalar universitetdan tayinlangan hay’at tomonidan baholanmaydi va “amaliyot
o‘tamagan” deb hisoblanadi. Bunday talaba amaliyotni talabalik ta’tili davrida qayta o‘tashi kerak
bo‘ladi. Ba’zi xollarda esa rektor tomonidan uni talabalik safidan chetlashtirish masalasi ko‘rib
chiqilishi mumkin.
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talaba ishlab chiqarishda o‘zining namunali xulqi,
madaniyatli intizomi, bilim va yangilikni o‘rganishga intiluvchanligini ko‘rsatishi bilan birga,
ishlab chiqarishdagi ishchi-xodimlari o‘rtasida hurmatga loyiq bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot 30−35 varaq hajmida, A4 formatdagi varaqning
faqat bir tomoniga qo‘lyozma yoki bosma matni ( ba’zi hollarda aralash shaklda) ko‘rinishida,
kerakli xujjatlarning ilovalarini hisobotning so‘ngida keltirilib rasmiylashtiriladi. Amaliyot
natijalari bo‘yicha talaba amaliyot dasturiga muvofiq aniq bajarilgan ishlar bo‘yicha
ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobotning titul varag‘ini
rasmiylashtirish ilovada ko‘rsatilgan.
Hisobotga individual vazifa va amaliyot davrida talabaning xafta kunlari bo‘yicha bajargan
ishlari mazmuni qayd etilgan amaliyot kundaligi taqdim etiladi.
Hisobotning har bir bo‘limi bo‘yicha xulosa va takliflar keltirilishi kerak.
Yuqorida qayd etilgan xujjatlar amaliyot davrida ishlab chiqilgan va tayyorlangan bo‘lishi,
korxona tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlangan bo‘lishi,
hamda kafedraga topshirilishi lozim.
Amaliyot bo‘yicha hisobot, individual vazifa korxonada amaliyot rahbari tomonidan
imzolangan va muhr bilan tasdiqlanishi shart.
Hisobot himoyasi barcha xujjatlar taqdim etilgan va ko‘rib chiqilgandan so‘ng kafedrada
amaliyot tugaganga qadar bajariladi.
Amaliyot o‘tish natijalari bo‘yicha qo‘yilgan baho ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishda va
stipendiya tayinlashda hisobga olinadi.
5. Baholash mezonlari, taqsimoti va tartibi
“90-100”,
a’lo baho
“70-89,9”,
yaxshi
baho
“60-69,9”,
qoniqar-li
baho
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi Qaror va
Farmoyishlari, O‘zRO va O‘MTV, universitet rektorining buyruq va farmoyishlari
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, amaliyot o‘tilayotgan ishlab chiqarish
korxonasi faoliyati va unda ishning tashkil etilishi, mexnat muxofazasi, texnika,
elektr xavfsizligi va mehnatga haq to‘lash masalalari bilan tanishishlari va ma’lum
bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Amaliyot rahbari tomonidan berilgan topshiriq
asosida o‘quv jarayonida o‘tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ishlab
chiqarish korxonasida mavjud jixoz va qurilmalar, syex va bo‘limlar tarkibi va
o‘zaro munosabatlari; sifatni boshqarish va mahsulotni attestasiyalash
masalalarini bilish va ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Amaliyot o‘tilayotgan ishlab chiqarish korxonasi faoliyati va unda ishning
tashkil etilishi, mexnat muxofazasi, texnika, elektr xavfsizligi va mehnatga haq
to‘lash masalalari bilan tanishishlari va ma’lum bilimlarga ega bo‘lishlari lozim.
Amaliyot rahbari tomonidan berilgan topshiriq asosida o‘quv jarayonida o‘tilgan
nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ishlab chiqarish korxonasida mavjud
jixoz va qurilmalar, syex va bo‘limlar tarkibi va o‘zaro munosabatlari; sifatni
boshqarish va mahsulotni attestasiyalash masalalarini bilish va ko‘nikmaga ega
bo‘lish
Amaliyot rahbari tomonidan berilgan topshiriq asosida o‘quv jarayonida
o‘tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ishlab chiqarish korxonasida
mavjud jixoz va qurilmalar, syex va bo‘limlar tarkibi va o‘zaro munosabatlari;
6
sifatni boshqarish va mahsulotni attestasiyalash masalalarini bilish va ko‘nikmaga
ega bo‘lish .
O‘quv jarayonida o‘tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ishlab
“0-59,9”,
qoniqar-siz chiqarish korxonasida mavjud jixoz va qurilmalar, syex va bo‘limlar tarkibi va
o‘zaro munosabatlari; sifatni boshqarish va mahsulotni attestasiyalash
baho
masalalarini bilmaslik va ko‘nikmaga ega bo‘lmaslik.
9. Adabiyotlar ro‘yxati
9.1. Asosiy:
1. Ekonomika jeleznodorojnogo transporta / Pod red. N.P. Tereshinoy i dr. – M.: 2008.
2. Abramov A.P. i dr. Marketing na transporte. – M.: Jeldorizdat, 2001
3. Lyakisheva O.M. Menedjment na jeleznodorojnom transporte – M.: UMK MPS Rossiya,
2002
4. Organizasiya, normirovaniye i oplata truda na jeleznodorojnom transporte / Pod red.
Yu.D. Petrova, M.V. Belkina – M.: Transport, 2001
5. Zayseva T.V., Zub A.T. Upravleniye personalom. – M.: Forum: INFRA – M.: 2006
6. Temir yo‘l transporti korxonalari menejmenti. Bublik G.P., Nazarov M.N. T.: 2008.
7. Temir yo‘l transporti korxonalari iqtisodiyoti. Fayzixodjayeva M.L., Ismailxodjayev A.I.
T – 2012.
9.2. Qo‘shimcha:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: "O‘zbekiston", 1992 (lex.uz).
2. “Mehnat Kodeksi”. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. –T.: 2005.
37-38 – son (lex.uz).
3. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun. 1993.
4. “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi. –T.: 2000. 5-6-son (lex.uz).
5. Tojiyev M.X., Nigmatov I., Ilxomov M.X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro
muhofazasi» O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. - 195 b.
6. Yormatov Gʻ.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. – T.: “Aloqachi”, 2009. – 348
b.
7. Yormatov Gʻ. Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.
8. O‘. Yo‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 2005.
9. Nigmatov I., Tojiyev M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.:
Iqtisod-moliya. 2011. -260 b.
9.3. Qo‘shimcha axborot manbalari:
1. www.cer.uz – Iqtisodiy tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti.
2. www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Hukumati rasmiy veb sayti.
3. www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb sayti.
4. www.mineconomu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining sayti.
5. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik hujjatlari sayti.
6. www.review.uz – “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnalining rasmiy sayti.
7
Download