O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Sirtqi bo'lim:5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo'l transporti) “_______________________________” KAFEDRASI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO'YICHA HISOBOT Amaliyot o’talgan korxona: DUK “TOSHKENT METROPOLITENI” Bajardi: 3-bosqich SBHT-4 guruh talabasi Turaxanova Mashkura Odilovna. Tekshirdi: _____________________________________ 2024 y Amaliyotchi talabaning obyektlarda bajaradigan ishlari mazmuni: T/r 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 Bajariladigan ishlar mavzulari nomi Amaliyot obekti bilan tanishish Korxonaning xo’jalik vositalari bilan tanishish Korxonada qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi,hisobvaraqalar rejasi Baholash va uning ahamiyati. Asosiy mablag‘larni baholash. Materiallarni baholash usullari. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni. Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari. Korxonada qo’llaniladigan buxgalteriya hisobini avtomatlashitirish dasturi bilan tanishish ‘’1C Предприятие ‘’ amaliy dasturi Hafta Soat 1 8 1 8 1 8 1 2 2 8 8 8 2 8 2 8 3 8 3 8 3 8 KIRISH Toshkent Metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi. 2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 48 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Toshkent Metropolitenini rejalashtirish ishlari 1968-yilda, Toshkentdagi zilziladan ikki yil oʻtib, boshlangan. Markaziy Osiyoda yagona metro yoʻllari va bekatlar qurilishi 1972-yil iyul oyida boshlangan. Chilonzor yoʻli Chilonzor Metro bekati Toshkent metropoliteni 1-liniyasi — Chilonzor yoʻli 1977-yilda ochilgan boʻlib, hozirda bu liniya uzunligi 23,7 km va 17 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 3 asosiy bosqichda amalga oshirilgan: 1977-yil 6-noyabrda birinchi navbatdagi uzunligi 12,2 km boʻlgan 9 ta bekat („Olmazor“, „Chilonzor“, „Mirzo Ulugʻbek“, „Novza“, „Milliy bogʻ“, „Xalqlar do'stligi“, „Paxtakor“, „Mustaqillik maydoni“, „Amir Temur xiyoboni“) ochilgan. 1980-yil 18-avgustda ikkinchi navbatda uzunligi 4,6 km boʻlgan 3 ta bekat („Hamid Olimjon“, „Pushkin“, „Buyuk ipak yoʻli“) foydalanishga topshirilgan. 2020-yil 26-dekabrda uchinchi navbatda yer ustidan oʻtadigan 6,9 km boʻlgan 5 ta bekat (Bekat-1,2,3,4,5) ishga tushirildi. Bekatlar nomlari „Choshtepa“, „O'zgarish“, „Sergeli“, „Yangihayot“ va „Chinor“. Qiymati 82,66 million AQSh dollariga teng boʻlgan bu loyiha 2017—2020-yillarda qurildi. Bu yoʻnalishda kuniga qoʻshimcha 35,000 nafar, yiliga 11,5 million yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda. Oʻzbekiston yoʻli Toshkent metropoliteni 2-liniyasi — Oʻzbekiston yoʻli 1984-yilda ochilgan boʻlib, hozirda bu liniya uzunligi 14,3 km va 11 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshirilgan: 1984-yil 7-dekabrda uzunligi 4,8 km boʻlgan 5 ta bekat („Alisher Navoiy“, „Oʻzbekiston“, „Kosmonavtlar“, „Oybek“ va „Toshkent“) ochilgan. 1987-yil 6-noyabrda uzunligi 3,3 km boʻlgan 2 ta bekat („Mashinasozlar“ va „Doʻstlik“) foydalanishga topshirilgan. 1989-yil 6-noyabrda uzunligi 2,4 km boʻlgan 2 ta bekat („Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“) ochilgan. 1991-yil 30-aprelda uzunligi 3,8 km boʻlgan 2 ta bekat („Tinchlik“ va „Beruniy“) ishga tushirilgan. Yunusobod yoʻli Turkiston Metro bekati Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod tumani bilan bogʻlaydigan 3liniyasi — Yunusobod yo'li Mustaqilik yillarida qurilgab boʻlib, ushbu liniyaning umumiy uzunligi 10,5 kilometr va 8 ta bekatdan iborat. Ushbu liniya qurilishini quyidagi 2 bosqichga boʻlish mumkin: 2001-yil 26-oktabrda uzunligi 7,6 km boʻlgan 6 ta bekat („Mingoʻrik“, „Yunus Rajabiy“, „Abdulla Qodiriy“, „Minor“, „Bodomzor“ va „Shahriston“) qurilgan. 2020-yil 29-avgustda uzunligi 2,9 km boʻlgan 2 ta bekat („Yunusobod“ va „Turkiston“) foydalanishga topshirildi. O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li Halqa yo'li Toshkent metropolitenining 4-liniyasi — O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li yer ustidan oʻtadi. Umumiy uzunligi 52.1 km va bekatlari soni 35 ta boʻlishi rejalashtirilgan bu liniyaning birinchi bosqichi qurilishi 2017-yilda boshlandi va 2020-yil 30-avgustda ochildi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu bosqichda qurilgan 7 ta bekatning (Texnopark, Yashnobod, Tezul, Olmos, Rohat, Yangiobod va Qo'yliq) umumiy uzunligi 11 km. 2023-yil aprel oyida Toshkentda yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan yana 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Qo‘yliq, Matonat, Qiyot, Tolariq, Xonobod va Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr. Yana ikkita stansiyani o‘z ichiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bo‘lgan Quruvchilar, Turon va Qipchoq bekatining (Chilozor liniyasining Chinor bekati) qurilishi davom etmoqda. Harakat Tarkibi Toshkent metropolitenida harakatlanadigan poyezdlarning eng yuqori tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi, oʻrtacha tezlik — 60 km/soat. Profilaktika ishlari olib borilayotgan joylarda — 40 km/soatgacha tezlik pasaytiriladi. Metropoliten huzurida yosh kadrlarni tayyorlash markazi bor ekan. Mashinist boʻlishni xohlaganlar avvaliga 7 oylik nazariy bosqichni oʻqib tugatib, soʻngra amaliyotga oʻtishadi. Mashinistlar 4 toifaga boʻlinadi: yangi ishga kirgan mashinistlar 4-toifaga mansub boʻladi; 2 yil davomida qoida buzmasdan poyezd haydasa, imtihon topshirib 3-toifaga oʻtishi mumkin boʻladi; keyin yana 2 yil davomida yaxshi ishlasa, imtihon topshirib 2-toifa oʻtadi va shu tarzda mashinistlarning mahoratlari oshib boradi. Toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi „Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra Toshkentdagi avtobus va metropoliten yoʻnalishlarida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etildi va 2020-yil 3-yanvardan yagona transport kartalari muomalaga chiqarildi. Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yoʻl chiptalarini sotish shoxobchalari, infokiosklar, barcha elektron toʻlov tizimlari, shuningdek, ATTO — mobil ilovasi orqali toʻldirish imkoniyati mavjud. Yoʻlovchilar toʻlovlarni yagona transport kartalari orqali amalga oshirishadi. Toshkent metropolitenining barcha bekatlari elektron toʻlovni amalga oshirish uchun mobil va statsionar validatorlar bilan toʻliq taʼminlandi. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metrosi kassalarida jetonlar sotilishi toʻxtatildi. Ammo, jetonlardan foydalanish 2020-yil 31-dekabr kuniga qadar davom etdi. Buning uchun bekatlarning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket qoldirildi. Hozirda Toshkent metrosida quyidagi toʻlov usullari mavjud: Toshkent metrosining jetoni. Bunday jetonlardan 2020-yil 31-dekabrgacha foydalanilgan Yagona transport kartasi (ATTO); Bir martalik QR-chipta. U sotib olingan paytdan boshlab 30 daqiqa davomida amal qiladi va faqat u sotib olingan bekatda amal qiladi; NFC chipli bank kartalari (Humo, Visa, MasterCard); ATTO va Click mobil ilovalarida yaratilgan QR-kod bilan. 2019-yil 15-avgustdan boshlab metroda yoʻl haqi 1400 soʻmni tashkil etadi. Nafaqadagi fuqarolar poytaxt metrosidan har kuni soat ertalab soat 10:00dan kech soat 16:00gacha bepul foydanalanish huquqiga ega. Bekatga kirishda pensiya guvohnomasini taqdim etish kerak. Shuningdek, quyidagi toifadagi fuqarolar metropolitendan doim bepul foydalanish huquqiga ega: 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari; 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va 1-guruh urush nogironlarini kuzatib boruvchi shaxs; 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan mukofotlangan shaxslar; Afgʻoniston va boshqa mamlakatlar hududlarida jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq harbiy fuqarolar; Chernobil AESidagi fojea oqibatida radiatsiya va boshqa kasalliklarga chalingan shaxslar; koʻzi ojizlar va ularni kuzatib boruvchi shaxslar; oddiy majburiy harbiy xizmatning barcha harbiy xizmatchilari va shartnomadagi harbiy xizmatchilar. Ish soatlari Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishi ertalab soat 05:00dan kech soat 23:00gacha, Chilonzor va Oʻzbekiston yoʻnalishlari esa soat 05:00dan 00:00gacha ishlaydi. 2021-yil 21-maydan boshlab metropolitenning barcha yoʻllari ish tartibi vaqtincha ertalab soat 06:00dan kech soat 23:00gacha etib belgilanadi. Metroda poyezdlar grafigi ikki turga boʻlinadi: yozgi va qishki. Har xil faslda kun botish vaqti oʻzgarishi sababli grafiklar ham farq qiladi. Poyezdlar kunning eng tigʻiz vaqtlarida, yaʼni tonggi soat 07:00dan 09:00gacha va kechki 17:00dan 19:00gacha Chilonzor yoʻnalishi boʻyicha 4 daqiqa, Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha 5 daqiqa, Yunusobod yoʻnalishi boʻyicha esa 7 daqiqa interval bilan harakatlanadi. Kunning boshqa qismida esa bu interval choʻziladi.[16][24] 2020-yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi sababli Toshkent metrosi yoʻlovchilar uchun yopildi. 5 oylik tanaffusdan keyin 2020-yil 15-avgustdan metro yana qayta ishga tushirildi. 2020-yilning 24-sentabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17ta vestibyul vaqtincha yopilgandi. 2020-yilning 10-dekabrigacha barcha vestibyullarning bosqichmabosqich ochilishini maʼlum qilindi. Kelajakdagi loyihalar Toshkent metropoliteni tarkibida 2030-yilga qadar 10 ta yangi bekat, xususan, Beruniy bekatidan Qoraqamishgacha 2 ta bekat, Buyuk Ipak Yoʻli bekatidan TTZgacha (Toshkent Traktor Zavodi) 3 ta bekat hamda Mingoʻrik bekatidan Janubiy vokzalgacha 5 ta bekat qurish rejalashtirilmoqda. 2025-yilga borib Toshkent metropoliteni yana 4 barobar kattalashadi va poytaxt yer osti temir yoʻllarining umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 1-bosqich: Doʻstlik bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi. 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi. 3-bosqich: Beruniy bekatigacha boʻlgan qism quriladi. 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi. 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi. Toshkent Metropoliteni Maʼlumot Oʻzbekiston Davlat Shahar Toshkent Ochilgan vaqti 1977-yil 6-noyabr Boshqaruvchi shirkat "Toshkent Metropoliteni" DUK Oʻzbekiston Davlat Uzunligi 67,2 km Stantsiyalari soni 50 ta Yoʻllari soni 4 ta Kunlik yoʻlovchilar soni 620,000 (2022) Yillik yoʻlovchilar soni 71 million (2019)[1] Boshligʻi Rahmonbek Usmonov Tashkilotlarda boshlang‘ich hisob hujjatlari qonunchilikda belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosidatuzilishi mumkin. Bunda, elektron hujjatlar qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilingan holda va boshlang‘ich hisob hujjatlarining asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo‘lishi shart. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ulaming o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ulaming belgilangan muddatlarda tashkilot buxgalteriyasiga topshirilishiga javobgar. Moddiy qimmatliklami xarid qilishga doir hujjatlarda moddiy javobgar shaxsning bu qimmatliklami olganligi to‘g‘risidagi imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa, ishni qubul qilganlik to‘g‘risida tegishli shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak. Hujjatlardagi yozuvlar siyoh bilan yoki sharikli ruchka, kimyoviy qalam bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikalari vositasida yoziladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida o‘chirish, qirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolari tuzalish noto’g‘ri yozilgan matn yoki summani ustidan chizib o'chirish va uning ustiga to‘g‘ri matn yoki summani yozib qo‘yish yo'li bilan bajariladi. Noto‘g‘ri yozuvni o‘chirishda uning ustidan ingichka chiziq bilan (keyinchalik uni o‘qish mumkin bo‘lishi uchun) chizib qo‘yish kerak. Boshlang‘ich hisob hujjatidagi barcha xatolami tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan izohlanishi va luzatish kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklaming kirtmi va chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlami rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiyjavobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi. Pul mablag4lari va tovar-moddiy qimmatliklarini saqlashga javobgar bo'lgan shaxslar bilan belgilangan tartibda ulaming shaxsan to‘liq moddiyjavobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang‘ich hisob hujjatlari- ning qonunchilikka muvofiqligi (boshlang‘ich hisob hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha rekvizitlarining mavjudligi, ayrim ko‘rsatkichlaming bir-biri bilan mantiqan bog‘langanligi va boshqalar) tekshirilishi shart. Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo‘lgan hujjatlar shtamp yoki qo‘lda yozish yo‘li bilan “Olindi” yoki “To‘landi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) ko'rsatilgan holda yopilishi kerak. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlami har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Stomo” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Bunda, operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalami tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi. Alohida memorial оrderlar operatsiyalaming sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlaming bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jumal kitobi”da ro‘yxatga olinadi. “Boshjumal kitobi” har bir subschyot bo'yicha yuritiladi. “Bosh-jumal kitobi” o‘tgan yildagi yalcunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalami ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order -jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlaming debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi dcbetda ham kreditda ham “Order bo'yicha summa” qatorining jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi. Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi. Har bir buxgalteriya daftarida unga yozishdan oldin barcha betlari (varaqlari) raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomoniga bosh hisobchining imzosi bilan quyidagi yozuv yozib qo‘yiladi: “Ushbu daftarda hammasi bo‘lib bet (varaq) raqamlangan”. Kassa daftari (440-son shakl), undan tashqari, shnur bilan tikilgan va surg‘uchli muhr bilan muhrlangan, varaqlar soni esa, tashkilot rahbari va bosh hisobchining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Har bir daftar ustiga tashkilotning nomi va daftar oсhilgan hisobot yili yozib qo‘yiladi. Daftarda unga oehilgan subschyotlarning mundarijasi bo‘lishi kerak. Yozuvlar daftaming boshqa betiga o‘tkazilganda mundarijada shu subschyot bo‘yicha yozuvning o‘tkazilganligi, yangi betlaming raqami ko‘rsatilgan holda belgilab qo‘yiladi. Buxgalteriya daftarlarida yil tugagandan keyin bo‘sh varaqlari ko‘p bo‘lsa, kelgusi yil operatsiyalarini yozish uchun ham foydalanilishi mumkin. Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir subschyot uchun alohida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida ro‘yxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida ro‘yxatga olinadi. Kartochkalar kartotekalarda, subschyotlarga, ulaming ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda saqlanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlami saqlashni, ulami rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi ta’minlaydi. Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventor kartochkalarning ro‘yxati AV-10 son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventor kartochkalar bo‘yicha oxirgisi- ning ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan invcntaming nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi. Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi. Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning jami hisoblanadi va subschyotlar bo'yicha qoldiq chiqariladi. Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar quyidagi tartibda tuzatiladi: - balans topshirgunga qadar shu hisobot davrida aniqlangan, memorial order ma’lumotlarining o‘zgarishini talab qilmaydigan xatolar ana shu xato yozilgan yozuv yoki matnning ustidan ingichka chiziq bilan o‘chiriladi (o‘chirilgan yozuvni o‘qish mumkin qilib) va uning ustiga yangi, to‘g‘ri matn (yozuv) yoki summani yozib qo‘yish yo‘li bilan tuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh hisobchining imzosi bilan “Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi ko‘rsatiladi; - balans topshirish vaqtiga qadar memorial orderga o‘tib ketgan xato yozuv uning xarakteriga qarab qo‘shimcha memorial order bilan yoki “Storno” usulida tuziladi; Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlaming har bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (М-44-son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnoma) tuzikdi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl “Bosh-jumal kitobi”dagi mazkur subschyotlaming qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi. Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydno- madagi yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin. Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registlarida-yil boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi. Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘Isa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga asosan bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib qo‘yiladi. Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order - jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ulaming uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri - yil va oy, memorial ordeming boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi. Tashkilotlardan boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registr- lari, moliyaviy hisobotlar faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan olinishi mumkin. Agar hali to‘liq rasmiylashtirilmagan hujjatlar tomi (tikil- magan, raqamlanmagan va h.k) olinayotgan bo‘Isa, hujjatlami olayotgan organ vakilining ishtirokida tashkilotning mansabdor shaxslari bu tomlami rasmiylashtirishlari (ro‘yxat qilishi, varaqlami raqamlashi, shnurlashi, muhrlashi va o‘z imzolari bilan tasdiqlashlari) lozim yoki olinayotgan hujjatlarning ro‘yxatini tuzib (har bir hujjatdagi varaqlar sonini ko‘rsatgan holda), uni o‘zlari va hujjatlami olayotgan organning vakili imzolashlari lozim. Boshlang‘ich hisob hujjatlari yo‘qolib qolgan hollarda tashkilot rahbari buyruq bilan yo‘qolish sabablarini tekshirish uchun komissiya belgilaydi. Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq xo‘jaligi miqyosida ham kattadir. Barry Elliot, Jamie Elliot “Financial accounting and reporting”da “Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir”- deydi. Ya`ni “Evaluation is a method of reflecting the economic resources, liabilities and business processes in monetary units.”6 Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi. «Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: 1. Xaqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi. 2. Bozor bahosida – sotish sof qiymati. Korxona mulklari baholanayoganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. YAna bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan foydalaniladi. Boshlangich qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat. Joriy qiymat – ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Asosiy vositalar qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi: hukumat qaroriga ko‘ra; - ta’sischilar qaroriga asosan. Koldik qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamgarilgan amortizatsiya summasi farqidir. Tugatish qiymati – asosiy vositani foydali foydalanish muddati oxirida tugatish natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayogan xarajatlar ayirmasidir. Amortizatsiya qilinadigan qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati bilan nazarda tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir. Asosiy vositalarni yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BXMS) № 5 da keltirib o‘tilgandir. Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda xaqikiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart. Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘lari sumda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi. Bir xillik prinsipi baholashda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart. YUqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi hisobot ma’lumotlarni keltirildi. Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi hisobot so‘z yuritamiz. Materiallar aylanma mablag‘lar xisoblanib, ularni korxona xo‘jalik faoliyatidagi xarakati tez amalga oshadi. Materiallar xar bir turini tayyorlash ular xaqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisoblashishni, hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda qo‘yidagi baholardan foydalaniladi: materiallarni reja bahosi va haqiqiy tannarhi. Materiallarni xaqikiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» - 1610 schetda aks ettiriladi. Materiallar xaqikiy tannarxini aniqlashda baholashni qo‘yidagi usullaridan foydalaniladi: 1O‘rtacha tannarx AVECO. 2.FIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi xarajat. 3.LIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, ohirgi tushum – ohiri xarajat. Buxgalteriya hisobi milliy standartining № 5 sonida materiallarni baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan. Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi. Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda xisobga olinadi Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr xarajatlari korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi. Kalkulyasiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. SHuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulyasiyadan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54son qarori bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Maxsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida vujudga keladigan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan. Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir. Kalkulyasiya usulini schetlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schetlarda aks ettirilganligidir. Baxolash bilan kalkulyasiyaning bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi. Turli mablag‘lar tannarxi kalkulyasiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham kalkulyasiya yordamida aniqlanadi. Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha jarayonlaridagi – ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hisobga olinadi. Ushbu Nizomda barcha xarajatlar qo‘yidagilarga guruhlangan: 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. A) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar. B) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari. V) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 2 Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar. A) sotish xarajatlari: B) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar): V) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari: A) foizlar bo‘yicha xarajatlar: B) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari: V) kimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash: G) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar: YUqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar keltirib o‘tildi. Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular Nizomda keng yoritilgan. Ob’ekt tannarxi kalkulyasiya qilinayotganda uning qay darajada aniq bo‘lishi hisobni tugri yuritilishiga, xarajatlarni tegishli schetlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir. Bunga erishish uchun xarajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yulga qo‘yish, xarajatlar bilan bog‘liq, xo‘jalikni yaxshi yulga qo‘yish, shuningdek xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi o‘zlashtirib olish kerak bo‘ladi. Maxsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash kerak bo‘ladi. Bunday holat gazeta va oynomalar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar sarflangan davrda yuzaga keladi. Ma’lumki korxonalar obunani yilni oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna to‘lovlari ham shu oylarda to‘lanadi. Vaxolanki, obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun mo‘ljallangandir. SHuning uchun ham obuna to‘lovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga tegishli xarajatlarni qo‘shish maqsadlidir. Agar to‘langan obuna xaqlari shu to‘langan oyda ishlab chiqilgan mahsulotlar tannarxiga birdaniga qo‘shilsa, shu oydagi mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir. Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga tegishligiga ishonch xosil qilinadi. SHunga uxshash xarajatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schet mo‘ljallangan. Xarajatlar amalga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schetda yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan davrda, kelgusi davr xarajatlari schetidan joriy davr xarajatlari schetiga o‘tkazib boriladi. Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlarga yana qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovkatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar (xom ashyo, mehnat xaqi va xakozo) joriy davrda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi. YAngi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schetiida hisobga olib qo‘yilgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab boriladi. Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalar jismoniy eskirishi natijasida ta’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash ishlari ko‘p miqdordagi xarajatlar sarflanishini e’tiborga olsak, ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi xarajatlarni, ya’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib ketishini oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ishlari yuzasidan zahira hisoblab boriladi. Zahira hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira» passiv scheti mo‘ljallangan. Zahira hisoblanganda ham shu oydagi xarajat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) hamda zahira (KREDIT 8910 ) ko‘payadi. SHunday qilib,, har oyda ma’lum bir miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hisobidan ta’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko‘paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi. Zahiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlarni mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat xaqi xarajatlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir mehnat ta’tilini olish huquqiga egadir. Ba’zi bir korxonalarda ishchilar soni ko‘p bo‘ladi, bizga ma’lumki, kupchilik shaxslar mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga xarakat qiladi. Agarda mehnat xaqlari mahsulot tannarxiga qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham, ular o‘rniga mehnat qilayotgan xodimlarga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar hisobiga oshib ketishini oldini olish maqsadida zahira hisoblab boriladi. Zaxira umumiy summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi. Mehnat ta’tili uchun ish xaqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yul bilan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi. Mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxini aniqlash usullari ularning turlari, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy nomenklaturasiga bog‘liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usullari ham qo‘llaniladi. Hisoblab borilgan zahira summalari ortib kolsa, korxona foydasiga o‘tkazadi. SHubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdaniga oshishiga yul kuymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa, 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira» passiv schetida yuritiladi. Bunda har oyda Debet 9430 KREDIT 4910 buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. SHubhali qarzlar yuzasidan yig‘ilgan zahira hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi yoziladi: Debet 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira». KREDIT 4010 «Olinadigan schetlar». Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bo‘lib, ular hisobi 9410 schetda yuritiladi. Muomala xarajatlarining 23 ta moddasi mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalkulyasiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi. Masalan: muzlatgich bilan bog‘liq xarajatlar (shu muzlatgich eskirish summasi, ta’mirlash xarajatlari, elektro energiya sarfi uchun to‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori o‘rtasida proporsional taqsimlash zarur, ya’ni muzlatgichda oy davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan bog‘liq barcha xarajatlarni shuncha foizi tegishli tovar bilan bog‘liq xarajatga qo‘shiladi. Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarining aniqlash amalietda qo‘llaniladi. Bu bilan oy davomida sarflangan transport xarajatlarini jami shu oydagi xarajatlarga qo‘shilishi oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlarni barchasi shu oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari aniqlanib, transport xarajatlari qoldig‘i sifatida qolishi kerak. Sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari esa, joriy davr muomala xarajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobidan qoplanadi. Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, kalkulyasiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini e’tiborga olsak kalkulyasiya o‘rnini, ahamiyatini bilish qiyin emas. Qiymat ko‘rsatkichining mohiyati. Ishlab chiqarish korxonalarida aktivlar hisobini yuritishda quyidagicha qiymatlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Baholash pulda o‘lchash uslubi. Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun respublikamiz miqyosida ham kattadir. Baholash — xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. Baholashning asosiy tamoyillari. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: Haqiqiy tannarxda — ishlab chiqarish tannarxi. Bozor bahosida — sotish sof qiymati. Korxona mulklari baholanayotganda ularning tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljallanganligi kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan, savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. Ishlab chiqarish korxonalarida asosiy vositalar hisobi yuritishda quyidagicha baholardan foydalaniladi. Baholash va uning ahamiyati. Ishlab chiqarish korxonalarida asosiy vositalar hisobi yuritishda quyidagicha baholardan foydalaniladi. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Asosiy vositalarning qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi: — hukumat qaroriga ko‘ra; — ta’sischilar qaroriga asosan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini baholash va uni amalga oshirish tamoyillari. Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi. Baholash usullari. Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; AVEKO — o‘rtacha tannarx. Boshlang‘ich qiymat. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Qoldiq qiymat. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Joriy qiymat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Sotish qiymati. Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar ayirmasidir. Balans qiymat. Korxona aktivlarining balans qiymati bu hisobot davri oxirida domiy schyotlarda aks ettriligan qiymat bo‘lib, bu qoldiq qiymatni anglatadi. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari. Kalkulatsiya — tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx deganda mahsulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Kalkulyasiya turlari: smeta, rejali, normativ, hisobot Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘langan. Kalkulatsiya usulining schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schyotlarda aks ettiriladi. Asosiy mablag‘larni baholash. Asosiy vositalarning yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari buxgalteriya hisobi milliy standartining (BHMS) 5-sonli standartida keltirib o‘tilgan. Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart. Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi. Xo‘jalik mablag‘larining baholanishida bir xillik prinsipi quyidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart. Materiallarni baholash usullari. Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; AVEKO — o‘rtacha tannarx. O‘zbekiston Resbulikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartining 4 standartida materiallarni baholashda korxonaning ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan xolda ma’qul usulidan foydalanish tavsiya etilgan. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari. “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomda barcha xarajatlar quyidagicha guruhlangan: 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan xarajatlar kiradi): a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; d) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan xarajatlar kiradi): a) sotish xarajatlari; b) ma’muriy-boshqarish xarajatlari; d) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliya- viy faoliyati bo‘yicha xarajatlari: a) foizlar bo‘yicha xarajatlar; b) xorijiy valuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; d) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; e) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. Korxonada qo’llaniladigan buxgalteriya hisobini avtomatlashitirish dasturi bilan tanishish ‘’1C Предприятие ‘’ amaliy dasturi Bugungi kunda 1C to'plamini qo'llash iqtisodiy, moliyaviy va buxgalteriya maqsadlarida dasturiy mahsulotlar bozorida etakchi o'rinlardan birini egallab turibdi. Ilovalar to'plami yirik korxonalar va sanoat xoldinglari, o'rta kompaniyalar va kichik firmalar, kichik biznesmenlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan buxgalteriya hisobi va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Har qanday 1C dasturiy mahsuloti o'zining yadrosida texnologik platformadan va odatdagi echimdan (konfiguratsiya) integratsiyalangan foydalanishni anglatadi. Texnologik platforma dasturdan foydalanishga asoslangan va konfiguratsiya ushbu dasturning yo'nalishini belgilaydi. Boshqacha aytganda, 1C texnologik platformasi bu konfiguratsiya "buzilgan" o'ziga xos ramka. Ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarga "1C 8" tizimining buxgalteriya hisobi va boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga qaratilgan bir nechta standart echimlarini taklif qilmoqdalar: "Savdo menejmenti","Korxonalar hisobi", "Ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish", " Ish haqi va xodimlarni boshqarish ”va boshqalar. Ulardan birgalikda va alohida foydalanish mumkin. 1C texnologik platformasining moslashuvchanligi tufayli har qanday standart echim muayyan korxonaning ehtiyojlariga osonlikcha moslashtirilishi mumkin. "1C: Buxgalteriya 8" dasturidan har xil mulkchilik va faoliyat turlari korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Korxonaning moliyaviy resurslari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish, tijorat va boshqa turdagi xarajatlar, boshqa aktivlar va majburiyatlarini hisobga olish funktsiyalari buxgalteriya hisobi uchun katta imkoniyatlar ochib beradi va buxgalteriya hisobining an'anaviy standartlaridan ancha yuqori. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida davlat ulushi mavjud bo’lgan barcha aksiyadorlik jamiyatlari 2021 yildan boshlab buhgalteriya hisobini halqaro standartlari asosida yuritish talabi qo’yilgan. Bu aksiyadorlik jamiyatlari buhgalterlariga qo’shimcha vazifa degani. Endi ular o’z o’zidan 1C dasturiga qo’shimcha talablar qo’ymoqda. Dasturchilarimizga qo`yilgan vazifa esa 1C dasturi platformasiga tegishli o’zgartirishlar kiritgan xolda ham milliy standartlarimiz asosida ham xalqaro standartlari asosida buhgalteriya hisobini yuritishni ta’minlashdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Sultonali Umaraliyevich Mehmonov, Davron Yo‘Ldashbayevich Ubayduiiayev Buxgalteriya Hisobi 2. R.D. Do‘Smuratov, Sh.N. Fayziyev, I.N. Qo‘Ziyev, A.Z. Avloqulov, G‘.V. Po‘latov Audit 3. U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova Buxgalteriya Hisobi 4. S. Xudoyberganova Buhgalteriya hisobi nazariyasi 5. https://tashmetro.uz/ 6. https://ru.wikipedia.org/