BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI IQTISODIYOT ( TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) FAN: O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI (MUSTAQIL ISH) MAVZU:IKKINCHI JAHON URUSHI YLLARIDA O’ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI Bajardi: 3-1 IQT - 23 guruh talabasi Yunusov Diyorbek Qabul qildi: Srojeva G. V Reja: 1.Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g'alabaga qo'shgan hissasi. 2.Fashizmning mustabid tuzumiga qarshi urush. 3.Moddiy va ma'naviy kuchlar, resurslar front uchun 4.Tehron va Qrim konferensiyalari. 5.Germaniyaning taslim bo`lishi. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O'ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONGAN G'ALABAGA QO'SHGAN HISSASI Insoniyat juda ko'plab urushlarni boshidan kechirib bo'lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 million mi ortiq kishining yostig'ini quritgan, XX asr fojia bo'lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939-yil sentyabr – 1945-yil sentyabr) davom etgan bu urush er sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61ta mamlakatni o'z ichiga qamrab oldi. O'ZBEK XALQINING URUSHGA SAFARBAR QILINISHI Urushning dastlabki kunlaridanoq butun mamlakatda bo'lganidek, O'zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig'ilishlar tashkil kilindi. 1941. yil 122 iyundayoq Toshkent to'qimachilik kombinatining ishchilari ana shu daqiqadan boshlab o'zlarini Vatan himoyasiga safarbar qilingan, deb hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda Samarkand, Buxoro, Andijon, Namangan, Fargona, Nukus va boshqa shaharlardagi yig'ilishlarda Vatan himoyasi uchun har qanday vazifani bajarishga shay ekanliklarini bildirgan o'zbekistonliklar harbiy komissarliklarga frontga ko'ngilli sifatida jo'natishlarini so'rab arizalar bera boshladilar. FASHIZMNING MUSTABID TUZUMIGA QARSHI URUSH Urushning dastlabki kunlaridanoq sovet xalqi- o'zbekistonliklar xam bosqinchilar ustidan g'alabaga erishishga butun kuchlarini baxshida etdilar. Mustabid tuzum zulmi ostida ezilayotgan xalqlar qandaydir g'oyalarni emas, balki ona-yurt, Vatanlarini himoya qildilar. O'zining vatanparvarlik burchini yuksak darajada his qilgan o'zbek xalqi fashizmdan faqat SSSRni emas, eng avvalo, O'zbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolish maqsad qilib qo'ygan edi. Chunki xalqimiz sostializm niqobi ostida qilingan bosqinchilik, siyosiy qatog onlar zahmini hali unutmagan bir davr gitlerchi bosqinchilarning bosib olingan hududipri qilgan ashaddiy jinoyatlari, ular o'rnatayotgan tarti to'g'risidagi xabarlarní eshitib, fashizmning mustbid tuzumdan ham dahshatliroq, insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini anglab etgan edi ya'ni xalq o'ziki dushmanni to'xtashishga va uloktirib tashlashga qodir bo'lgan birdan bir kuch deb his qildi MODDIY VA MA'NAVIY KUCHLAR, RESURSLAR FRONT UCHUN Urushning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonnish barcha moddiy va ma'naviy kuchlari, resurslari front uchun safarbar qilina boshlandi. Umumiy harbiy safarbarlik e'lon qilindi. MODDIY VA MA'NAVIY KUCHLAR, RESURSLAR FRONT UCHUN O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun 1941 imi iyundan 1942 yil oxirigacha harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo'shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh qo'mondonlik qarorgohi rezerviga 86 diviziya va brigada jo'natdi. Sovet armiyasining 1944-yil shiddatli hujumi sovet davlati hududining fashist bosqinchilandan toliq tozalanishiga olib keldi. Urush SSSR tashqarisiga, Markaziy Yevropa hududiga kochdi. Sovet armiyasi kirgan birinchi mamlakat Ruminiya boldi. 1944-yil 25- oktabrda bu mamlakat fashistlardan ozod qilindi. Uning ketidan Bolgariya ozod etildi. Sovet armiyasi Yugoslaviya Xalq ozodlik armiyasiga fashistlarning Yugoslaviyadagi qo'shinlarini tor-mor keltirishga ko'maklashdi. 1944-yil 20oktabrda Belgrad shahri ozod qilindi. 1944-yil noyabrda nemis-fashist qoshinlari Bolqon yarim orolidan quvib chiqarildi. 1941-yil 22-iyun oqshomi butun dunyo Gitlerning Sovet Ittifoqiga qarshi agressiyasi togrisidagi xabar bilan birga, damini ichiga yutib, Cherchillning Bi-Bi-Si orqali sozlagan nutqini ham tingladi. Bu tarixiy nutq tinchliksevar kuchlarning natsizmga qarshi ittifoqiga asos soldi. Angliya bosh vaziri kommunizmning prinsipial dushmani ekanini yashir-masdi. Biroq, yangi xavf oldida vaziyat ozgardi. TEHRON KONFERENSIYASI 1943-yfl 28-noyabrdan 1- dekabrgacha bo'lib o'tgan uch davlat rahbarlarining Tehron konferensiyasi Gitlerga qarshi koalitsiyaning vujudga kelishida muhim qadam bo'ldi. U Stalingrad jangi va Al-Alamayn yaqinidagi jangdan so'ng, faqat harbiy emas, dunyoning urushdan keyingi taqdiri borasidagi masalalar ham ko'ndalang turgan Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi burilish yasalgan yilda bo'lib o`tdi. QRIM KONFERENSIYASI SSSR, AQSh va Angliya ortasidagi hamkorlikning rivojlanishida 1945-yil fevralda bolib otgan uch buyuk davlatlar rahbarlarining Qrim konferensiyasi muhim bosqich bo'ldi. Urush nihoyasiga yetib qolgan, g'alaba yaqin edi. Konferensiyada mag'lub Germaniya va ozod qilingan Yevropaga nisbatan hamkor-likdagi siyosat rejalarining ishlab chiqilishi bosh masala hisoblandi. Uch davlat rahbarlari natsizmni, uning qurolli kuchlari, bosh shtabi, barcha idoralarini yoq qilish, fashist-lar Germaniyasi rahbarlarini jazoga tortish, natsizmning nemis xalqining madaniy va iqtisodiy hayotiga har qanday ta'sirini bartaraf etishga kelishdilar. GERMANIYANING TASLIM BO`LISHI 1945-yil 9-mayda Berlin yaqinidagi Karlxorstda AQSh, SSSR, Angliya va Fransiya qo'shinlari qo'mondonligi vakillari ishtirokidalari so 'zsiz taslim bo 'lish to'g'risidagi hujjatni imzoladilar. Fashistlar Germaniyasi tomonidan olti yil muqaddarn boshlangan qonli urush uning to'liq tor-mor Gitler orzu qilgan ming yillik reyxning umri o'n ikki yilga ham yetmadı. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!