“INDIVIDUAL LOYIHA ISHI”NI BAJARISHGA DOIR 60610300-Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Farg‘ona - 2022 1 yil Individual loyiha ishlarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. 60610300– Axborot xavfsizligi ta’limi yo‘nalishi bakalavrlari uchun ishlab chiqilgan. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada Individual loyiha ishlarni tayyorlash tartibi, uning bajarilish mazmuni va unga tegishli materiallar bayon etilgan. Ushbu uslubiy ko‘rsatma Individual loyiha bajarayotgan talabalar va ularga rahbarlik qilayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan. Tuzuvchilar: Axborot xavfsizligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, D.Tojimatov Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti J.Mirzayev Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti X.Sadirova Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti R.Raxmatov TATU FF “Axborot xavfsizligi” kafedra dotsenti F.M.Muxtarov “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti M.Djalilov Taqrizchilar: Uslubiy ko‘rsatma “Axborot xavfsizligi” kafedrasida (2023 yil _ avgust 1-sonli bayonnoma). “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri _____________ muhokama etilgan N.Ibroximov (imzo) TATU Farg‘ona filiali “Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot” fakulteti Uslubiy Kengashida tasdiqlangan (2023 yil avgust 1-sonli bayonnoma). Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani: ___________ X.Sotvoldiyev (imzo) “KELISHILDI” O’quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i ____________ (imzo) 2 Sh.Umarov MUNDARIJA I.Individual loyihani bajarish bo‘yicha umumiy qoidalar………...... 4 1.1 Individual loyihaning maqsadi………………………………………. 4 1.2. Individual loyihani bajarish va ximoya qilish tartibi……………….. 5 1.3. Individual loyihani mazmuni, xajmi va yozilish talablari…………... 5 1.4. Individual ishini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma……………….. 6 II.Individual loyiha ishiga namuna………………………………….... 8 Titul varog‘i (1-ilova)……………………………………………………. 8 Topshiriq xati (2-ilova)………………………………………………….. 9 Mundarija (namuna)……………………………………………………... 10 Kirish (namuna)………………………………………………………….. 11 I BOB (namuna)…………………………………………………………. 12 II BOB (namuna)………………………………………………………… 16 Xulosa (namuna)………………………………………………………… 20 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (namuna)…………………………… 21 Ilovalar (namuna)………………………………………………………... 22 III. Qaydlar uchun……………………………………………………... 23 3 I. Individual loyihani bajarish bo‘yicha umumiy qoidalar 1.1. Individual loyihaning maqsadi. Individual loyiha, mutaxassislikka oid bilimlarni mustaqil amalga oshirish jarayonidir. U nazariy va amaliy ishlanmalardan tashqil topadi va yo‘nalishga muvofiq mavzuda bajariladi. Mutaxassis fanlarni o‘rganilgandan olingan barcha bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Individual loyiha talabalarni mustaqil loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish yo‘llari va usullarini o‘rganishni amalga oshiradi. Uslubiy ko‘rsatmada Individual loyiha tayyorlashning barcha elementlari xaqida umumiy tushuncha, mavzuga muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar xamda axborot xavfsizligi sohasida bilm va ko‘nikmalarni oshirib borishda mustaqil yondashuvlarga tayangan holda loyihalarni amalga oshirish, korxona va tashkilotlarda zaiflik va xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish usullarini o‘rganish, axborot xavfsizligi siyosati qoidalari to‘g‘risida xulosaga kelish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Individual loyihada berilgan mavzu bo‘yicha vazifani nazariy jihatdan tahlil qilib, uni to‘liq yoritib berish va tasavvur qilish malakasini shakllantirishni asos qilib olingan. Unda quyidagi umumiy topshiriqlarni bajarish ko‘zda tutilgan: - vazifani nazariy jixatdan o‘rganib chiqish; - Axborot xavfsizligi sohalarini tadqiq etish; - berilgan mavzular bo‘yicha modulni shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatish; - Mutaxassislikka mos loyihalarni amalga oshirish. Bundan tashqari Individual loyihada talabadan barcha axborot xavfsizligi vazifalarini nazariy jixatdan bilishni maqsad etib qo‘yilgan. Individual loyiha mavzularini rahbar professor-o‘qituvchi ko‘magida mustaqil sohaga oid talabani o‘zi qiziqqan yo‘nalishda shakillantiriladi. Individual loyihaning mavzulari talabalar tomonidan tanlangandan so‘ng, dekan farmoishiga muvofiq ravishda tasdiqlanadi. 4 Individual loyiha mavzusi ishning hajmiga qarab, bir necha talaba bilan jamoaviy tarizda ham bajarilishi mumkin. Bunda xar bir talabani loyihadagi ishtroki alohida ko‘rsatilib o‘tiladi. 1.2. Individual loyihani bajarish va himoya qilish tartibi. Individual loyiha mavzusi tasdiqlangandan keyin 2-ilovaga muofiq Individual loyihani bajarish topshirig‘i tuziladi (rahbar bilan talabaga birgalikda) va talaba uni bajarish uchun qabul qiladi. Individual loyihaning topshirig‘ida talaba uchun bajarilishi kerak bo‘lgan xamma vazifalar to‘liq bayon qilinishi kerak. Topshiriq varaqasida vazifalarni bajarish muddatlari (oylarda) ko‘rsatilishi shart. Bajarilish muddatlari asosida talabani individual loyihani olib borishi nazorat qilib boriladi. Talaba topshiriqni olgandan keyin individual loyihani reja asosida doimiy ravishda bajarishga kirishishi kerak. Talaba rahbar o‘qituvchi tashkil etgan maslahatlarga kelishi, to‘liq bajarilgan individual loyihaning qismlarini rahbarga ko‘rsatib borishi kerak. Individual loyiha rahbari talabaga Individual loyihaning topshiriqlarini bajarilishini tushuntirishi, qo‘yilgan vazifani bajarilish yo‘llarini va uslublarini ko‘rsatishi, unga individual loyihani bajarishda uslubiy yordam berish kerak. Rahbar maslahat kuni, soatini va xonasini talabalarga etkazishi kerak. Talaba Individual loyihani (rahbar, kafedraning biror o‘qituvchisi yoki kafedra mudiri imzo qo‘yganidan so‘ng) komissiya oldida himoya qiladi. Komissiyani tarkibi kafedrada xal qilinadi. Komissiyani xulosasi bilan Individual loyiha reyting sistemasi asosida baholanadi. Komissiyaga talaba Individual loyiha mavzusi bo‘yicha bajarilgan topshiriqni va shu asosida tayyorlangan tushuntirish xatini taqdim etishi kerak. Talaba ishni ximoya qilish davomida o‘z mustaqil fikrlarini bildirishi alohida hisobga olinadi. Komissiya a’zolarining mavzu bo‘yicha berilgan savollarga javob berishi kerak. 1.3. Individual loyihani mazmuni, xajmi va yozilish talablari. Individual loyiha quyidagi qismlardan va ko‘rsatilgan tartibda yozilishi kerak: Titul varag‘i. 5 Topshiriq varag‘i. Mundarija. Kirish. Asosiy qism. 1. Mavzuda berilgan vazifani to‘liq xarakteristikasi 2. Xulosa. 3. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Agar talaba Individual loyihaga amaliy jihatdan dasturiy ta’minot yoki tehnik qurilmadan iborat bo‘lsa “Titul varog‘i, Topshiriq varog‘i, ish haqida qisqacha ma’lumot va hulosa” va loyihani dasturiy yoki texnik ta’minoti topshiriladi. Agar loyihaga nazariy jihatdan yondashilgan bo‘lsa A4 formatli oq qog‘ozga, yuqoridan –10 mm, chapdan – 30 mm, o‘ngdan – 10 mm va pastdan -10mm tashlab loyiha mavzusi bo‘yicha ishlanmalar, yangiliklar, tahlillarni keltirgan holda 20-25 betdan kam bo‘lmagan ma’lumot keltirishi talab qilinadi. 1.4. Individual loyiha ishini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma Individual loyiha titul varag‘i 1-ilovada, topshiriq varag‘ining formulalari 2va 3- ilovalarida ko‘rsatilgan. Individual ishining qolgan qismlarini yozilishi quyidagicha ko‘rsatilgan: Kirish. Kirish qismida Individual loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari, «Axborot xavfsizligi» fanining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mutaxassislar bilishi zarur bo‘lgan asosiy bilimlar majmui xamda uning arxitekturasi xaqida ma’lumot keltirilishi zarur. Nazariy qism. Bu qismda Individual loyihada bajarilayotgan vazifalarni nazariy asoslari ko‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari, multimedia turlari, multimedia kelib chiqish tarixi, amalga kiritilishining asosiy sabablari, multimedia texnologiyalari sxemalari, turlari va toifalari yoritiladi. Multimedia texnologiyalari asosida tayyorlangan o‘quv 6 materiallari to‘la yoritilib, ularni axamiyati, yutuq tomonlari sabablari xam mavzu dolzarbligiga qarab yoritilishi kerak. 1. Asosiy qism Bu qismda individual loyiha vazifasi qilib berilgan mavzu to‘liq ravishda yoritilishi shart. Unda mavzuga qarab, tanlangan mavzu bo‘yicha tayyorlangan modul materialni to‘la matni, undan foydalanishni algoritmi yoritilishi kerak. 2. Individual loyiha quydagilarni o‘z ichiga olishi lozim: - Mavzu bo‘yicha modulni to‘la matni; a) nazariy materiallar; b)nazariy materiallar bo‘yicha o‘zlashtirish uchun savollar; v)nazariy bilimlar bo‘yicha zaruriy topshiriqlar. - Mustaqil o‘rganuvchi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar; - Multimedia o‘quv materiallariga zaruriy xollarda o‘zgartirishlar kiritishi metodikasi; - Ta’lim oluvchini multimediali o‘quv materialiga murojat qilishi algoritmi; 3. Xulosa. Xulosa qismida mavzuda berilgan vazifani yoritish jarayonida talabada paydo bo‘lgan ijodiy fikrlar to‘g‘risida va o‘rganilgan tizimni takomillashtirish usullari xaqida, boshqa shu tipdagi qurilmalarning afzalliklari ko‘rsatilishi mumkin. 4. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiyotlar ro‘yxati bibliografiya qoidalariga rioya qilgan xolda yozilgan bo‘lishi kerak: muallifning familiyasi, ismi, adabiyotning nomi, nashriyot nomi, chiqarilgan yili. adabiyotlar tartib bilan yoziladi. Raqamlar tushuntirish xatida shu adabiyotga murojat qilish uchun ishlatiladi. 7 II.Individual loyiha ishiga namuna (1-Ilova) O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI TOSHKEN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI “DASTURIY INJINIRING VA RAQAMLI IQTISODIYOT” FAKULTETI “AXBOROT XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI 60610300 - “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi _______kurs ______- gurux talabasi _______________________________________________________________ning “_________________________________________________________________ ________________________________________________________________” mavzusida Individual loyiha ishi Talaba:___________ _________________ (imzo) ________ Kommisiya a’zosi: _______ _____________ (FISH) (imzo) (FISH) Loyiha rahbari: ________ ____________ Kommisiya a’zosi: _______ _____________ (imzo) (imzo) (FISH) (FISH) Kafedra mudiri: _______ ______________________ ____________________ (imzo) Farg‘ona-202_ y 8 (FISH) (2-Ilova) “TASDIQLAYMAN” Kafedra mudiri___________________ « » _______________202_ y. INDIVIDUAL LOYIHA ISHINI ISHINI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ Talaba: __________________________________________________________ (F.I.SH) 1. Individual loyiha mavzusi____________________________________________ _________________________________________________________________ Individual loyiha tarkibi va mazmuni: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2. Kerakli ekran rasmlari ro‘yxati________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3. Foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxati _________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 4. Kalendar reja: Boshlanish sanasi Tugash sanasi Topshiriq mazmuni Individual loyiha rahbari: _________________________ (F.I.SH) ______________ (imzo) Topshiriqni oldim________________________________ ______________ (F.I.SH) (imzo) 9 Talaba tomonidan bajarilgan Individual loyiha namunasi Mavzu: Klassik simmetrik kriptotizimlar va ularning tahlili MUNDARIJA Kirish ....................................................................................................................... 11 I BOB. KLASSIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR TADQIQI ............................... 12 1.1 Axborotlarni kriptografik himoyalash. .......................................................... 12 1.2 Simmetrik kriptotizimlarda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash.............. 14 1.3 Mavjud klassik kriptotizimlar va ularning tadqiqi. .................................... 15 II BOB Affin tizimidagi Sezar shifrlash usulida ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash. .............................................................................................................. 16 2.1 Affin tizimidagi Sezar shifrlash usulida ma’lumotlarni shifrlash.................. 16 2.2 Affin tizimidagi Sezar shifrlash usulida ma’lumotlarni deshifrlash .............. 17 2.3 Affin tizimidagi Sezar shifrlash algoritmining dasturiy ta’minoti. ............ 18 Xulosa...................................................................................................................... 19 Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................................... 21 Ilovalar. ................................................................................................................ 22 10 KIRISH Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining rivojlanishi hozirgi kunda bizlarga ko‘pgina qulayliklar va yangiliklarni taqdim etmoqda. Lekin shu bilan birga ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish xajmining ortishi uni xavfsizligini ta’minlash borasida qiyinchiliklarni yuzaga keltirmokda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil kilish masalasidir. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida va O’zbekiston hududida axborot texnologiyalari soxasida juda ham tezlik bilan rivojlanish bormokda. Kundan kunga rivojlanish bor ekan, turli xilda tartib buzarliklar sodir bo‘ladi. Natijada jinoyatga yo‘l ko‘yiladi, bu jinoyatchilik komp’yuter jinoyatchiligi deb ham yuritiladi. Bu jinoyatchilarga qarshi butun dunyo bo‘ylab kurash olib borilmokda, shu katori O’zbekiston Respublikasida ham. Afsuski bu harakatlar o‘z natijasini to‘lakonli ravishda oqlay olganicha yo‘k. Chunki zamonoviy texnikalar bilan taminlangan komp’yuter jinoyatchilari ko‘pchilik joylarda o‘z ustunligi bilan oldinda bormoqda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil qilish masalasidir. Axborot xavfsizligini xukukiy ta’minlashning asosini O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron rakamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi bir qator qonunlarda ko‘zda tutilgan moddalar tashkil etadi. …………………..…………………………………………………(matn) 11 I BOB. KLASSIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR TADQIQI 1.1 Axborotlarni kriptografik himoyalash. Qadim zamonlardan beri inson mo‘‘jizalar, sirli voqea va hodisalar sababi hamda mohiyati haqida axborot olishga intilgan. Axborot inson tili va yozuvida o‘z aksini topadi. Dastlabki yozuvlar o‘ziga xos bo‘lgan kriptografik tizim bo‘lib, qadimgi jamoalarda ularni faqat nufuzli shaxslargina tushunishgan. Qadimiy Misr va Hindistonda mavjud bo‘lgan ilohiy kitoblar bunga misol bo‘la oladi. Bundan 4000 yil avvalgi davrga oid eng qadimiy shifrmatn Messopatamiya qazilmalarida topilgan. Unda loydan ishlangan taxtachada o‘ymakor yozuvda tijorat siri – kulolchilik buyumlarini glazurlash retsepti yozilgan. Qadimiy Misrda shifrlangan diniy matnlar va tibbiy retseptlar ham mavjud bo‘lgan. Kriptologiya (grekchada kryptos - “sirli” va logos -“xabar”) deganda aloqa xavfsizligi haqidagi fan tushuniladi. U aloqa kanallari orqali axborotning xavfsizligini ta’minlab saqlash hamda uzatish tizimlarini yaratish va tahlillash to‘g‘risidagi fandir. Kriptologiya ikki ilmiy irmoqqa ajraladi. Bular kriptografiya va kriptotahlildir [1-10]. Kriptografiya axborot almashtirish tamoyillari, vosita va usullari bilan shug‘ullanadigan fan sohasi bo‘lib, uning maqsadi axborot mazmunidan beruxsat erkin foydalanishdan muhofazalash va axborotni buzishning oldini olish hisoblanadi. Kriptotahlil shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya ob’ektining sirini ochish san’ati va ilmi bo‘lib, kalitni bilmasdan turib shifrlangan matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‘yicha kalitni hisoblash jarayonidir. Kriptotahlil usullari tarixi kriptografiya tarixi bilan egizdir. 12 Kalitdan foydalangan holda alohida qoidalar bo‘yicha ochiq (dastlabki) ma’lumotlar to‘plamini shifrlangan ma’lumotlar to‘plamiga almashtirish uchun amalga oshiriladigan qaytar almashtirishlar majmui shifr deb ataladi. Dastlabki ochiq matnni uning ma’nosini berkitish maqsadida shifrlangan ma’lumotga o‘girish natijasi shifrmatn (shifrma’lumot) deb ataladi. Keng ma’noda axborotni shifrlash deganda shifrmatnga o‘girish jarayoni tushuniladi. Dastlabki ma’lumotlar (axborotlar)ni shifr (kalit) yordamida shifrlangan ma’lumotlarga almashtirish jarayoni ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish (yoki tor ma’noda shifrlash) jarayoni deyiladi Маълумот (1-rasm). Криптотизим Шифрматн Калит 1-rasm. Ma’lumotlarni shifrmatnga o‘girish jarayoni Shifrmatnga o‘girilgan ma’lumotlarni shifr (kalit) yordamida dastlabkisiga almashtirish ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish (yoki tor ma’noda deshifrlash) jarayoni deyiladi (2-rasm). Шифрматн Криптотизим Маълумот Калит 2-rasm. Ma’lumotlarni dastlabki matnga o‘girish jarayoni …………………………………………………………….(matn) 13 1.2 Simmetrik kriptotizimlarda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash. Simmetrik kriptotizimlarning ilmiy nazariyasi yaratilishi va amaliyoti rivojiga ilmiy kriptografiya asoschisi K. Shennon, A.N. Kolmogorov va formal kriptografiya namoyandalari O. Kerxgoff, Ch. Bebbidj, U. Fridman, G. Vernam, E. Xebern va boshqalar katta hissa qo‘shgan. Axborot uzatish va saqlash jarayonlarining raqamlashtirilishi uzlukli (nutq) va uzluksiz (matn, faks, teleks, tasvir, animatsiya) axborotlarni muhofazalash uchun yagona algoritmlardan foydalanish imkonini beradi. Shifrlash algoritmlariga quyidagicha asosiy talablar qo‘yiladi: - shifrlangan axborotni o‘zgartirib qo‘yish yoki uning shifrini buzib – ochishga yo‘l qoldirmaslik; - axborot muhofazasi faqat kalitning ma’lumligiga bog‘liq bo‘lib, algoritmning ma’lum yo noma’lumligiga bog‘liq emas (O.Kerkgoff qoidasi); - dastlabki axborot (ma’lumot)ni yoki kalitni biroz o‘zgartirish shifrlangan matnning butunlay o‘zgartirib yuborishi lozim (K. Shennon tamoyili, “o‘pirilish” hodisasi); - kalit qiymatlari sohasi shunday katta bo‘lishi kerakki, undan kalit qiymatlarini bir boshdan ko‘rib chiqish asosida shifrni buzib ochish imkoni bo‘lmasligi lozim; - algoritm iqtisodiy jihatdan tejamli va yetarli tezkorlikka ega bo‘lishi lozim; - shifrmatnni buzib ochishga ketadigan sarf-xarajatlar axborot bahosidan yuqori bo‘lishi lozim []. Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim, shifrlash hamda shifrni ochish algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shifrlanadigan hamda shifrlangan matnlar va bularning o‘zaro moslashish qoidalarini mujassamlantirgan protokol (bayonnoma)dan iborat majmuadir. ……………………………………………………………(matn) 14 o‘zida 1.3 Mavjud klassik kriptotizimlar va ularning tadqiqi. Ming yilliklar davomida kriptografiyadan davlat qurilishida, harbiy va diplomatiya aloqasini muhofazalashda foydalanib kelingan bo‘lsa, axborot asrining boshlanishi bilan kriptologiya jamiyatda, xususiy sektorda foydalanish uchun ham zarur bo‘lib qoldi [14-15]. Qariyb 35 yildan buyon kriptologiyada keng miqyosda ochiq tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda konfidensial axborot (masalan, yuridik hujjatlar, moliyaviy, kredit stavkalari to‘g‘risidagi axborotlar, kasallik tarixi va shunga o‘xshash)larning talay qismi kompyuterlararo odatdagi aloqa kanallari orqali uzatilmoqda. Jamiyat uchun bunday axborotning konfidensialligi va asl holda saqlanishi zaruratga aylangan. Kriptografiya tarixini shartli ravishda 4 bosqichga bo‘lish mumkin [1, 3-6]: 1. Dastlabki kriptografiya. 2. Formal kriptografiya. 3. Ilmiy kriptografiya. 4. Kompyuter kriptografiyasi, bu bosqich kriptografiyada simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlar bo‘yicha ikki ilmiy yo‘nalish yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Dastlabki kriptografiya (XVI asr boshigacha) bosqichi uchun sodda usullardan foydalanib, shifrlangan matn mazmunidan begonalarni chalg‘itish xosdir. Bu bosqichda axborotni muhofaza qilish uchun kriptografiya oilasiga mansub, ammo aynan bo‘lmagan kodlash usullaridan foydalanilgan. Foydalanilgan shifrlarning ko‘pchiligi bir alifboli o‘rniga qo‘yish yoki ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan. …………………………………………………………..(matn) 15 II BOB AFFIN TIZIMIDAGI SEZAR SHIFRLASH USULIDA MA’LUMOTLARNI SHIFRLASH VA DESHIFRLASH. 2.1 Affin tizimidagi Sezar shifrlash usulida ma’lumotlarni shifrlash Affin kripototizimlari keng tarqalmagan o‘rniga qo‘yish usullari sanalib, bir alfavitli shifrlash usullariga kiradi. Bu tizimlarga affin tizimidagi Sezar usuli, ROT13 va Atbash usullari kiradi. Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula bo‘yicha aniqlanadi: E(x)=ax+b (modm), bu yerda a, b - butun sonlar bo‘lib, kalitlar hisoblanadi, 0≤a, b<m. m – alfavit uzunligi. Deshifrlash jarayoni quyidagi formula asosida amalga oshiriladi: 𝐷(𝐸(𝑥)) = 𝑎−1 (𝐸(𝑥) − 𝑏)𝑚𝑜𝑑𝑚. Bu yerda a-1 modm bo‘yicha a ga teskari bo‘lgan son. Lotin alfaviti foydalanilganda u quyidagicha raqamlanadi: A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2 2 2 2 2 2 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 1 2 3 4 5 Shifrlash. Ushbu usulda ma’lumotlarni shifrlash uchun “ATTACK AT DAWN” ochiq matni olinib, kalit sifatida a=3 va b=4 olindi. Alfavit uzunligi m=26 ga teng. Bu holda shifrlash funksifsining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:𝑦 = 𝐸(𝑥) = (3𝑥 + 4)𝑚𝑜𝑑26. Yuqoridagi jadvalga asoslanib quyidagini olish mumkin: Xabar A T T A C K A T D A W N 0 19 19 0 2 10 0 19 3 0 22 13 ……………………………………………………………………(matn) 16 2.2 Affin tizimidagi Sezar shifrlash usulida ma’lumotlarni deshifrlash Deshifrlash jarayoni. Deshifrlash formulasi 𝐷(𝑦) = 𝑎−1 (𝑦 − 𝑏)𝑚𝑜𝑑𝑚 ga teng bo‘lib, 𝑎−1 = 9 , b=4 va m=26 ga teng bo‘ladi. Bu yerda 𝑎−1 modul 𝑛 bo‘yicha a soniga teskari son. Shifr matn E J J E K I E J N E S R 4 9 9 4 10 8 4 9 13 4 18 17 Deshifrlashning umumiy ko‘rinishi esa : Shifrmatn E J J E K I E J N E S R y 4 9 9 4 10 8 4 9 13 4 18 17 9(y-4) 0 45 45 0 54 36 0 45 81 0 126 117 9(y-4)mod26 0 19 19 0 2 Xabar A T T A C 10 0 19 3 K A T 0 22 13 D A W N Olingan alfavitdagi barcha belgilarni shifrlash natijasi quyidagiga teng bo‘ladi. Xabar A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z X 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 (3x+4 )mod2 4 7 6 1 1 1 1 2 2 0 3 6 9 2 5 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2 2 2 2 2 2 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 1 2 3 4 5 2 5 8 1 1 1 2 2 1 4 7 0 3 17 0 3 6 9 1 1 1 2 2 2 5 8 1 4 1 ………………………………………………………….(matn) 2.3 Affin tizimidagi Sezar shifrlash algoritmining dasturiy ta’minoti. 3 Algoritm dasturini tuzishda Visual C# dasturlash muhitidan foydalanildi. Jarayon aniqroq bo‘lishi uchun dastur forma ko‘rinishida ifodalandi. Quyida dastur bilan tanishib chiqamiz. 4 Dastlab masalaga mos forma yaratib olamiz: 5 VisualStudio 2013 dasturini ishga tushiramiz va Visual C# dasturlash tilini forma oynasini tanlaymiz. 7-rasm. VisualStudio2013 dasturi krish oynasi Bunda uskunalar panelidan Button, label, textbox, kabi tugma va uskunalarni olib formaga joylaymiz. 18 8-rasm Dasturning ishchi oynasi Ushbu oynada 𝒌𝒂𝒍𝒊𝒕 bo‘limida shifrlash va deshifrlash uchun kalit kiritiladi, 𝑲𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒊 𝒎𝒂𝒕𝒏 qismiga ochiq matn kiritiladi, 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒖𝒗𝒄𝒉𝒊 𝒎𝒂𝒕𝒏 qismida esa shifrmatn aks etadi. Dasturni ishchi kodlarini asosan Shifrlash va Deshifrlash tugmalarini orqali ikki marta chertish orqali hosil bo‘lgan oynalarga kiritiladi. 11-rasm. Dasturning kod kiritish oynasi ………………………………………………………………(matn) 19 XULOSA Ushbu Individual loyiha Klassik simmetrik kriptotizimlar va ularning tahlili mavzusida bo‘lib,quyidagi natijalar olindi: - Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganib chiqildi. - Kritpografik algoritmlarga oid atamalar va ular turlari tahlil qilindi. - Mavjud klassik kriptotizimlar tadqiq qilindi. - Affin tizimidagi Sezar algoritmida shifrlash va deshifrlash jarayonlari ko‘rib chiqildi - Affin tizimidagi Sezar simmetrik klassik kriptografik algoritmi dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi. Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, kriptografik axborotni xavfsizligida ma’lumot konfidensialligini nazorat qilish keng muhim ahamiyatga ega ekanligini bilish mumkin. ………………………………………………………….(matn) 20 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi “ O’zbekiston respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-614- son Qarori. 2. 2013-yil 27-iyundagi “O’zbekiston Respublikasining milliy axborot- kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantrish chora tadbirlari tog‘risida” PQ1989- son Qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining 21.11.2007 yildagi “Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalsh to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” gi №242 –sonli Qarori. 4. S.K.G’aniyev, M.M.Karimov, K.A. Tashev, Axborot xavfsizligi. Toshkent, 2008. 5. Akbarov Davlatali Yegitaliyevich, Xasanov Po‘lat Fattoxovich, Xasanov Xislat Po‘latovich, Axmedova Oydin Po‘latovna. (t.f.d., professor P.F. Xasanov tahriri ostida) “Kriptografiyaning matematik asoslari” – TOShKYeNT 2010. 210 b 6. Akbarov D.Ye. “Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari va ularning qo‘llanilishi”. Toshkent 2009 7. Forouzan posobiye/forouzan B.A Kriptografiya i bezopasnost setey: Uchebnoye B.A.; peryusyuanglyupod red A.N. Berlinayu- Myu:Univesitet Informatsionnыx Texnologiy: BINOM. Laboratoriya znaniy, 2010.-784s 21 Ilovalar. using System; using System.Collections.Generic; using System.ComponentModel; using System.Data; using System.Drawing; using System.Linq; using System.Text; using System.Threading.Tasks; using System.Windows.Forms; namespace Affin_sezar_usuli { public partial class Form1 : Form { public Form1() { //richTextBox2.Enabled = false; InitializeComponent(); } private void button1_Click(object sender, EventArgs e) { int key = int.Parse(textBox1.Text); // shifr=key*matn+b; int n = key % 256; string matn = richTextBox1.Text; int k = matn.Length; int b = 53; int[] shifr= new int[k]; int[] d = new int[k]; for (int i = 0; i < k; i++) { d[i] = (int)matn[i]; ………………………………………………………………………(ilova) 22 III. Qaydlalar uchun. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ _________________________________________________________________ 23 24