O‘zbekiston Respublikasida raqamli ovozli radioeshittirishni tashkillashtirish masalalari va vazifalarini tadqiq qilish Raqamli televideniyaning istiqbolli tizimlari Abdisalomov Avazbek 811-20 guruh Reja KIRISH 1. Raqamli ovozli radioeshittirish (DAB - Digital Audio Broadcasting) ASOSIY QISM 1. Mavjud raqamli ovozli radioeshittirish tizimlari. 2. O'zbekistonda DAB formatidagi raqamli radioni tadbiq etilishi va rivojlanishi FOYDANILGAN ADABIYOTLAR Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli ovozli radioeshittirish (DAB) formatidagi raqamli radioni tadbiq etish va rivojlantirish haqida ko’rib chiqamiz. O‘zining ilk rivojlanish tarixini o‘tgan asrning boshlarida boshlagan radioeshittirish hozirgi kunga qadar talab darajasi eng yuqori bo‘lgan axborot manbasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Radioning boshqa turdagi axborot vositalaridan yagona afzalligi, inson bajarayotgan asosiy ishidan uzilmagan holda, fon rejimida axborotni qabul qilish imkonini beradi. Raqamli radioeshittirish - bu raqamli axborotlarni radioto‘lqinlar orqali simsiz uzatish texnologiyasi bo‘lib, analog tizimlaridagi radiochastota radioeshittirish spektridan samarali foydalanish (30 MGts dan yuqori chastotalarda) yoki analog radioeshittirish chastota polosasida juda yuqori sifat standartlari xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, xarakteristikalarining yaxshilanganligi, tan narxi va iste’mol etiladigan quvvatning pastligi bilan ustunlikka ega hisoblanadi. Raqamli istiqbollarida radiotexnologiyani umumevropa tatbiq etish texnologiyalari standartlaridan DAB alohida o‘rin tutadi. DAB (Eureka147) raqamli radioeshittirishi 1995 yilda Xalqaro Elektraloqa Uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, raqamli radioeshittirish tizimi DAB, Yevropa Radioeshittirish Uyushmasi klassifikatsiyasi asosida “Eureka - 147” nomli xalqaro tadqiqot loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Hozirda raqamli ovozli radioeshittirish (DAB) ultra qisqa to’lqin (UQT) diapazonida mavjud bo‘lgan barcha raqamli radioeshittirish tizimlari ichida eng mukammal va keng tatbiq etilgan yagona tizim hisoblanadi. DAB+ (Digital Audio Broadcasting) — 175.872 - 228.128 MGts chastotalarida raqamli formatdagi radio boʻlib, u FM radiodan oʻzining yuqori sifati hamda koʻplab yangi imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dunyoda birinchi DAB+ radiostansiya 2007-yilda ishga tushgan. Bugungi kunda ushbu turdagi stansiyalar Xitoy, Indoneziya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Germaniya, Daniya, Shveysariya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Raqamli ovozli radioeshittirish (DAB) tizimi quyidagi afzalliklarga ega: • harakatlanishdagi yuqori ishonchli mobil qabul (300 km/s gacha); • SFN qurish imkoniyati; • MPEG Layer II tovushi (sifati yaxshi stereo uchun 192-256 kbit/s, meʼyoriy sifat uchun 128 kbit/s); • maʼlumotlar uzatish xizmati; • tan narxi nisbatan arzon bo‘lgan 350 dan ortiq turdagiradio qabul qilgich modellari va boshqalar. Raqamli ovozli radioeshittirish(DAB - Digital Audio Broadcasting) standartlari kompleksi ma’lumotlarni uzatish usullari, egallanadigan chastotalar sohalari, servis xizmatlari to‘plami va ularni taqdim etish usullari va boshqalarni aniqlaydi. Tizimli qurilishi va tizimning texnik xarakteristikalari 1995 yilda qabul qilingan va 1997 yilda to‘ldirilgan Yevropa ETS 300401 standartida belgilangan. DAB-radiodasturlarni translyatsiyalash tamoyili ko‘rib chiqilgan radioeshittirish tizimlaridan tamoyilial farq qiladi. Endi bitta emas, balki bir necha turli dasturlar ansambl (ENSEMBLE yoki MULTIPLEX) deyiladigan yagona blokka birlashtiriladi va bitta tashuvchi chastotada uzatiladi. Har bir ansambl 6 ta asosiy dasturlardan, shuningdek dasturlarga ma’lumotlardan tashkil topishi mumkin. bog‘liq qo‘shimcha O'zbekistonda Raqamli ovozli radioeshittirish (DAB - Digital Audio Broadcasting) DAB formatidagi raqamli radioni tadbiq etilishi va rivojlanishi Barchamizga ma’lumki hozirda O‘zbekistonda televideniye to‘liq ravishda raqamli tarzda efirga uzatilmoqda. Faqatgina radioeshittirish tizimigina analog shaklda efirga uzatilishda davom etib kelinayotgan edi. Lekin, 2021- yilning 27- dekabr sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent teleminorasida Toshkent shahar aholisi uchun test rejimida DAB+ standartida raqamli radiokanallar uzatilishi ta’minlandi. Bugungi kunda Yevropada FM analog radioeshittirishdan zamonaviy raqamli radioeshittirishga o‘tilayotgan bir davrda O‘zbekiston Respublikasi ham radioeshit- tirish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan O‘rta Osiyo davlat- lari orasida birinchilardan bo‘lib DAB+ (Digital audio Broadsasting) standartdagi radioeshittirishni test rejimida efirga uzatilishini yo‘lga qo‘yildi. DAB+ raqamli radioeshittirish bilan parallel ravishda FM diapazonida ham radiokanallar uzatib kelinmoqda. O‘zbekiston uchun DAB+ standarti qanday ahamiyatga ega, degan tabiiy savol yuzaga keladi. Bunda eng avvalo, hozirda asosan faqat Toshkent shaharaholisigina o‘z efirlarni uzatish bilan imkoniyati cheklanayotgan FM tijorat radioeshittirish stantsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan qator muammolar o‘zining ijobiy yechimini topadi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyo davlatlari orasida birinchilardan boʻlib DAB+ (Digital Audio Broadcasting) standartidagi raqamli radioeshittirish yoʻlga qoʻyilgan. “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” (RRTM) DUK tomonidan Toshkent teleminorasida DAB+ standartida raqamli radiokanallar uzatishi ish boshlagan. Raqamli radioeshittirish bilan parallel ravishda FM diapazonida ham radiokanallar uzatib kelinmoqda. DAB va odatiy FM o‘rtasida bir necha farqlar mavjud. Masalan, axborotlarni uzatish usulini olaylik. Unga ko‘ra har bir FM radiostantsiyalari o‘zining radioeshittirish dasturlarini mustaqil tarzda uzatadi. DAB+ standartida esa, bitta uzatgich o‘zida 18 tagacha bo‘lgan radiokanallar multiplekserga birlashtiriladi. Qolaversa, DAB+ standartida qo‘llaniladigan ovoz signalini kodlashda foydalaniladigan MPEG-4 HE-AAC v2 (ISO/IEC 14496-3 standarti) samarali usuli, raqamli tovush signal tezligini uch martagacha kamaytirgan holda uning sifatini saqlab qolish imkonini beradi. DAB standartining hayotga tatbiq etilishi tinglovchilar uchun ulkan imkoniyatlarni beradi. Eng muhimi analog eshittirishda mavjud bo‘lmagan sifat raqobat bardoshligini oshiradi. Texnik jihatdan qaraydigan bo‘lsak, DAB ning hal qiluvchi va inqilobiy xususiyati mavjud bo‘lgan qator uzatish rejimlaridan tanlash imkoniyati hisoblanadi. Bu esa eshittiruvchi uchun uzatish tezligi, signal ishonchliligi, uzatish quvvati va qamrov doirasini egallashda yuqori samaradorlikni kafolatlaydi Raqamli radioeshittirishning yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklarni hisobga olgan holda, ayni vaqtda O‘zbekistonda DAB+ standartini joriy etish maqsadida respublikaning turli hududlarida qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. FOYDANILGAN ADABIYLAR 1. Usmonov M. T. The Concept of Number. The Establishment of the Concept of Natural Number and Zero. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR), Vol. 4 Issue 12, December - 2020, Pages: 7-9. 2. Usmonov M. T. The Concept of Compatibility, Actions on Compatibility. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS), Vol. 4 Issue 12, December - 2020, Pages: 66-68. 3. Usmonov M. T. General Concept of Mathematics and Its History. International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR). Vol. 4 Issue 12, December - 2020, Pages: 38-42 4. Ali, S., Zhou, F., Bailey, A., Braden, B., East, J., Lu, X. and Rittscher, J., 2021. A deep learning framework for quality assessment and restoration in video endoscopy. Medical ImageAnalysis, [online] 68, p.101900.