Qo'qon universiteti sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 3-kurs PSS 1-21 guruh talabasi Soatov Odil ning Ijtimoiy faoliyat psixologiyasi fanidan 2-topshiriq Mavzu: G‘am yo‘qotish sindiromini boshdan kechirganlar bilan ijtimoiy ish. Reja: 1. Yo‘qotish sindiromi. 2. Suisid xatar omillari. 3. Fanga oid savollar. 1-reja: 1. Surunkali qayg‘u Yo‘qotish bilan bog‘liq qayg‘u hissi, doimiy harakterga ega bo‘lib, inson bu kechinmalardan voz kecha olmaydi. 2. Nizoli qaygʻu. Yoʻqotish sindromida qaygʻu aybdorlik xissi bilan uzviy bogʻliq holda namoyon boʻla boshlaydi 3. Niqoblangan qaygʻu. Aslida qaygʻu aytarlik darajada xis qilinmaydi. Surunkali ipoxondriya taʼsirida somatik kasalliklar kuzatila boshlaydi. 4. Tasodifiy qaygʻu. Tasodifan yuz bergan vaziyat insoyeda xavotirlanish xissini kuchaytiradi va emotsiyalarni qoʻzgʻaluvchanligiga olib keladi. 5. ortga surilgan qayg’u Ushbu holatda gʻam qaygʻuni xis qilish ortga suriladi. Yaqin kishisi yoʻqotilgandan soʻng darrov emotsional kechinmalar yuzaga kelib, bir oz vaqtdan soʻng uning oʻrnini “qaygʻu ishi” egallab oladi. Keyinchalik bu holat insonda ruhiy tushkunlik holatini keltirib chiqaradi. 6. Qaygʻuning yoʻqligi. Inson qaygʻu holatini toʻliq inkor etadi va shok holatiga tushib qoladi. 2-reja: “Suisid xatar omillari” mavzusida(200-300so‘zdan iborat) tezis. Suitsid – qasddan oʻlimga olib keluvchi shikast yetkazish (oʻz joniga qasd qilish). Bunday psixologik holatning paydo boʻlishi, koʻpincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuygʻularning yoʻqolishi, irodasizlik kabilarni oʻz ichiga oladi. Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha oʻz joniga qasd qilish harakati, deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (yetuklik) suitsid” atamasi ham qoʻllaniladi. Bu butun bir koʻrinishga ega boʻlib, oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova, Ye.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) oʻsmirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini taʼkidlaydi. A.G.Amburovaning konsepsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan oʻtkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiypsixologik moslashmasligi bilan bogʻliq. Shunga koʻra, oʻz joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va oʻz joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk oʻzining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa oʻlimga olib kelmaydigan shikast yetkazish harakati, deb belgilaydi. Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon boʻlishi. Bu oʻz ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni oʻz ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta oʻylab oʻz joniga qasd qilish, balki, koʻpincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”. Suitsidal fikrlashda oʻlim, suitsid yoki jiddiy oʻziga shikast yetkazish tushuniladi. Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha boʻlib, unga suitsidal fikrlash, shuningdek, insonning oʻz joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal urinish atamasini oʻz joniga shikast yetkazishga urinish yoki oʻz joniga qasd qilish oʻlim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan toʻxtatish tushunchasi koʻproq tibbiyot amaliyotida qoʻllaniladi va shaxs oʻz joniga qasd qilishga oʻzini tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini oʻzgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, oʻz joniga qasd qilish arafasida oʻziga shikast yetkazayotganini tushunib qoladi. • Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga koʻra oʻlim bilan tugamaydigan, yaʼni suitsidentga bogʻliq boʻlmagan (masalan, oʻz vaqtida tegishli jonlantirish) qayd etiladi. • Suitsidal urinishlarga namoyishkorona harakatlar, yaʼni suitsident oʻzi qoʻllayotgan vositaning joniga qasd qilishiga xavfsiz hisoblanadi. Yuqorida aytilganlar bu harakatlar amalga oshishi mumkinligi xavfini kamaytirmaydi. • Suitsidal namoyishlarga oʻz joniga qasd qilishga yoʻnaltirilgan biron-bir harakatlarga olib kelmaydigan suitsidal fikrlar, ishoralar va mulohazalarga tegishlidir. 3-rejani Fanga oid savollar. 1. Suisidal fikrlash qanday yuzaga keladi? 2. Yo’qotish sindromi bosqichlari nechta? 3. Surunkali va nizoli qayg’u nima? 4. Niqoblangan va tasodifiy qayg’u nima? 5. Qayg’uning yo’qligi nima? 6. Suisid nima? 7. Suisidning qanday turlari bor? 8. Suisidal ishlarni sodir etganlar bilan qanday ishlash lozim? Adabiyotlar ro`yxati: 1. G‘aniyeva M.X, Kayumova Q.N, Sherov M.B. Ijtimoiy ishga kirish. T- 2020 2. Aslonov I. Ijtimoiy faoliyat va muomala psixologiyasi. T-2019.