Uploaded by Marifat Meliyeva

Organik kimyoning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

advertisement
JIZZAX POLITEXNIKA
INSTITUTI SIRTQI BO’LIM
K I M Y O V I Y T E X N O L O G I YA
YO’NALISHI
6 3 1 - 2 2 G U R U H TA L A B A S I
O C H I L O V FA R R U X N I N G
O R G A N I K K I M Y O FA N I D A N
T AY Y O R L A G A N
M U S TA Q I L I S H I
ORGANIK
K I M YO N I N G
XALQ
XO ’ JA L I G I DAG I
A H A M I YAT I
Reja:
1.Organik kimyo tarixi haqida qisqacha
nazariy ma’lumot
2.Organik kimyoning xalq xo’jaligida
ishlatilishi
1
Organik kimyo faning rivojlanish tarixi
A. M. Butlerov (1828—1886) o‘zining
«Organik kimyoni to‘liq o‘rganishga kirish»
degan kitobi va 1861- yili organik
moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini
yaratish bilan organik kimyo fanining
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Rus olimi N. N. Zinin (1812—1880) sanoatda
benzoldan anilin olish, akademik A. E. Favorskiy
(1860—1945) asetilen, allen va diyen
uglevodorodlarining kimyosini o‘rganish, akademik
S. V. Lebedev sanoatda sintetik kauchukni olish,
akademik N. D. Zelinskiy (1861—1953) to‘yingan va
to‘yinmagan siklik birikmalar kimyosi va ularni
sintez qilish usullari bilan organik kimyoning
rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
2
Organik kimyoning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining biron tarmog‘i yo‘qki, unga
kimyo fani kirib bormagan bo‘lsin.
Masalan, xalq xo‘jaligida ishlatilayotgan polietilen quvurlar,
plyonkalar, ekinlarning hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan
organik o‘g‘itlar, o‘simliklarni kasalliklardan hamda har xil
zararkunandalardan saqlaydigan preparatlar va boshqa kimyoviy
moddalarning deyarli hammasi kimyoviy modda — organik
birikmalardir.
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar
organik birikmalarning asosiy manbayi hisoblanadi.
Organik kimyo organik moddalarning asosiy manbalari — toshko‘mir, neft, tabiiy
gaz, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan xalq
xo‘jaligi uchun yoqilg‘i, bo‘yoq, portlovchi modda, dori-darmon, sun’iy i pak, o‘g‘it
va boshqa kerakli mahsulotlar yetkazib beradi.
Toshko’mir
neft
Tabiiy gaz
Tabiiy gazning asosi metan yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Metandan metil spirt, sirka kislota, etil spirt, sintetik
kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda,
payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va
tetraxlormetanlar erituvchi sifatida foydalaniladi.
Xloroform tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi.
Alkanlarning yuqori molekular vakillaridan vazelin
moyi (C10H22— C15H32), vazelin (C12H26—C25H52) va
parafin (C19H40—C36H74) lar tibbiyotda ishlatiladi.
Metallurgiya sanoatida ishlatiladigan koks olish
uchun toshko‘mir yuqori temperaturada quruq
haydaladi. Natijada koks gazi, toshko‘mir smolasi,
ammiakli suv va koks hosil bo‘ladi. Koks gazi
yonilg‘i va xomashyo sifatida ishlatiladi.
Paxta tolasini qayta ishlash, sun’iy ipak, kapron,
neylon va lavsan kabilarning olinishi organik kimyoni
to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga qo‘shgan
katta hissasidir.
Kislorodli organik birikmalar: spirtlar
Metil spirti
Etil spirti
Metil spirt asosan,
erituvchi sifatida lokbo‘yoq moddalar
tayyorlashda,
formaldegid olishda
va har xil moddalar
sintez qilishda
xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Etil spirt xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo
sanoatida sintetik kauchuk va bo‘yoq moddalar olishda,
farmatsevtika sanoatida, dietil efir (narkoz uchun), etil xlorid
(ayrim joyni og‘riq sezmaydigan qilish uchun) larni olishda va
parfumeriya sanoatida etil spirt ko‘p miqdorda ishlatiladi. Ilmiy
tekshirish instituti laboratoriyalarida analiz qilish va sintez
ishlari uchun suvsizlantirilgan (absolut) spirt ishlatiladi. Absolut
spirt tayyorlash uchun spirt suvsizlantirilgan ohak bilan 6—8
soat davomida qaynatiladi, so‘ngra haydaladi. Oziq-ovqat
sanoatida ichimliklar asosini etil spirt tashkil etadi. Etil spirt
narkotik bo‘lib, organizmga kuchli ta’sir etadi. U ko‘p iste’mol
qilinganda asab tizimi, ovqat hazm qilish a’zolarini va yurak qontomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og‘ir kasalliklarga olib
keladi.
Etilenglikol xalq xo‘jaligining ko‘pgina
tarmoqlarida ishlatiladi. U suv bilan
aralashtirilganda suvning muzlash
temperaturasini pasaytirib yuboradi, shuning
uchun «antifrizlar» tayyorlashda ishlatiladi.
Etilenglikol avtomobil sanoatida, shuningdek,
motorlar va pulemyot stvolini sovitishda keng
qo‘llaniladi. Undan to‘qimachilik sanoatida
sintetik tola (lavsan) olishda foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda kauchuk va rezina mahsulotlarining ahamiyati xalq
xo‘jaligida bebahodir. Kauchukdan aviatsiya, avtomobil shinalari,
elektroizolatsiya buyumlari, keng iste’mol mollari (poyabzal, sport
mollari, o‘yinchoqlar), turli xil tibbiyot buyumlari, laboratoriyada
qo‘llaniladigan noyob asboblar va ko‘plab boshqa buyumlar
tayyorlanadi.
Kauchuk. Tabiiy kauchuk (C5 H8 )n formulaga ega bo‘lib,
Braziliyada o‘sadigan geveya daraxti shirasidan olinadi. Kauchuk
«koocho» so‘zidan olingan bo‘lib, u daraxtning ko‘z yoshi ma’nosini
bildiradi. Olingan daraxt shirasiga sirka kislota qo‘shilsa, kauchuk
ajralib chiqadi. Kauchuk organik erituvchilar benzol, benzin,
uglerod-sulfidda yaxshi eriydi. Kauchuk oltingugurt ishtirokida
vulkanizatsiya qilinsa, rezinaga aylanadi.
Rezinadan avtomobil, samolyot, velosi ped,
mashinasozlik sanoatlarida va uy-ro‘zg‘or buyumlarini
tayyorlashda keng foydalaniladi. Agar kauchukni
vulkanizatsiya qilish vaqtida oltingugurt miqdori 32%
gacha yetsa, qattiq modda — ebonit hosil bo‘ladi.
Ebonit izolator sifatida elektr asboblarida ishlatiladi.
Nikotin. Tamaki (Nicotiana tabacum) o‘simligining bargi va
ildizida uchraydigan, suvda yaxshi eriydigan moysimon
suyuqlik. U eng zaharli alkaloidlardan biri bo‘lib, qishloq
xo‘jaligida kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi.
Galantamin — uni akademik S. Y. Yunusov maktabida Surxondaryo
viloyatida o‘sadigan Unqernia victoris“ (Omon qora) o‘simligining
yer ustki qismidan (Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida) olinadi.
Galantamin vodorod bromid tuzi tibbiyotda bolalarni shol
kasalliklaridan (poliomiyelit) davolashda ishlatiladi. Uni xlorid
kislota bilan ishlab, metilopogalantamin preparati olinadi, u qon
bosimni tushiruvchi dori sifatida keng ishlatiladi.
Kofein — choy bargini
qayta ishlash sanoatida choy
barglari chiqindisidan
olinadi. U oq kristall bo‘lib,
234—237°C eriydi,
tibbiyotda markaziy nerv
sistema ishlarini
yaxshilashda keng ishlatiladi.
Polietilen asosan plyonkalar, ro‘zg‘or idishlar, vodoprovod
trubalar va hokazo materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Polietilen
materiallar qishloq xo‘jaligida keng ishlatiladi.
Fenol o‘tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall bo‘lib,
42,3°C da suyuqlanib, 182°C da qaynaydi. U havoda turganda bir
qismi oksidlanib kristall pushti, so‘ngra qo‘ng‘ir rangga ega bo‘ladi.
Fenol ko‘p mikroorganizmlarni o‘ldiradigan modda. Tibbiyotda
uning 3—5% li eritmasi (karbol kislota) dezinfeksiya vositasi sifatida
ishlatiladi. Ko‘pgina plastmassa va polimerlar olishda xomashyo
hisoblanadi. Fenol asosida olingan preparat fenolftalein
laboratoriyada indikator sifatida, tibbiyotda esa ichni yumshatuvchi
(surgi) dori sifatida ishlatiladi.
Sirka kislota CH3COOH uzoq vaqtlardan beri
ma’lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil
bo‘ladi. U ko‘p o‘simliklarda, hayvon chiqindilarida sof
holda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida
uchraydi.
Sirka kislota va uning tuzlari — asetatlar sanoatda
keng ishlatiladi. U to‘qimachilik, ko‘n va kimyo
sanoatida, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda va
boshqa sohalarda ishlatiladi. Sirka kislotaning temir,
aluminiy va xromli tuzlari, ayniqsa, katta ahamiyatga
ega, chunki ular to‘qimachilik sanoatida xurush sifatida
ishlatiladi.
E’tiboringiz
uchun
rahmat
Download