Muqimiy hajviyoti. Satira va yumor REJA: 1.Shoir hajviyotida shakl va mavzu rang-barangligi (adolatsiz amaldorlar,chor chinovniklari,sudxo`rlar tanqidi) 2.Shoir hajviyotining xalqchilligi. 3.Muqimiy hajviyoti ta’sirida vujudga kelgan turkum asarlar. 4.Shoir yumor hazillarida ijtimoiy qaloqlik, turmush illatlaridan kulish,yangilikni targ`ib qilish. Muqimiy lirik shoir sifatida adabiyotimiz tarixida qanchalik mashhur bo`lgan bo`lsa,kuchli satirik shoir sifatida ham orasida shunchalik shuhrat qozongan edi.Shoir dastlab satirik mahoratlarini oshirishda o`tmish an’analaridan ijodiy foydalanib ustozlar Navoiy, Mashrab, Turdi, Gulxaniy, Maxmurlar izidan borib,o`z davrining ko`pgina yaratdi.Masalan,Alisher illatlarini satirik fosh etuvchi Navoiyni- ng «Hayratul muxammaslar –abror» dostonidagi zo`ravon,shafqatsiz amaldorlarning qishloqdagi faoliyatlarini tasvirlovchi epizod bilan Muqimiyning «Tanobchilar» satirasidagi qishloqqa chiqqan chor chinovniklarining faoliyatini ifodalovchi misralar ana shunday namunalardandir. Shoirning salaflaridan ilxomlanganini ko`rsatuvchi yana bir misol uning Xapalak qishlog`i haqidagi Maxmurning g`azaliga muxammas bog`lashidir.Bir qator o`tkir satiralarning muallifi Maxmur o`zining bu g`azalida Umarxon davridagi mehnatkash xalqning qashshoq hayotini,son-sanoqsiz soliqlarning o`lka,qishloq-shaharlarni vayronaga aylantirganini Xapalak qishlog`i misolida jonli tasvirlagan edi. Muqimiy Maxmur g`azaliga taxmis bog`lar ekan,unga formal tomondangina yondoshmay,g`azal mag`zidagi ana shu qoralovchi,fosh etuvchi ruhni kuchaytiradi: Chopishur yantog` o`tun marduzan issig`da kuyub, Er zag`ora nonini,topsa otin qand kuyub, Jazi yo`k sho`rva kadu eydigan oshida suyub, Ajriq ildizini mayda kelilarda tuyub, Qaynatib,kunda ichib,otini derlar sumalak. Maxmur g`az.Sh bayti. Bu misra birgalikda,taxmisning boshqa bandlari kabi, feodalizm davri qishlog`ining, uning mhnatkash dehqonlarining qorong`u hayoti lavhasini yorqin gavdalantiradi.Muqimiy bunday ayanchli kabi,betaraf,loqayd qaramaydi.Avtor «Meni» holatga xuddi Maxmur ning alamli,tashvishli,dard to`la norozilik ovozi butun taxmis davomida aniq eshitilib turadi.Og`ir soliqlarning solinishi qishloq ahlini ayanchli holga keltirib qo`yganligini shoir real ko`rsata bilgan. Ko`chgi xalqi yopinib ko`hna,uvoda tunini, Charxdin o`tkarishib oxu fig`onu unini, Solmasun dushman ham boshiga kelgan kunini, Kecha nogoh eshitib shuhrati tillo pulini, Maxmur g`azali, 7-bayti. Muqimiy bu taxmisda Maxmur uslubiga,badiiy-tasviriy vositalariga har jihatdan muvofiq misralar yaratishga muvaffaq bo`lib, mantiqiy izchillikka erishdi. Muqimiy satiralarining mohiyatini ravshanroq ochish uchun va ular to`g`risida mulohaza yuritishni osonlashtirish uchun mazkur satiralarni tanqid ob’ektiga qarab professor G.Karimov uch gruppaga ajratdi: 1.Chor chinovniklari va mahalliy amaldorlar zulmini ko`rsatishga,ularning jirkanch obrazlarini yaratib,fosh etishga qaratilgan satiralar («Tanobchilar», «Dodxoxim», «Axtaring», «Saylov», «Tar mevalar», «Dor mazammati sogeni,ellikboshi» nomda budand» v.b) 2.Mahalliy boylar,mustamlakachi kapitalistlarni- ng kirdikorlarini ochib tashlashga,ularning xususiy mulkchilik zaminida tug`iladigan pastkashliklarini ko`rsatishga qaratilgan satiralar («Moskovchi boy ta’rifida», «Hajvi viktor boy», «Voqeai kur Ashurboy», «To`yi Ikon bachcha», «Hoji qadoqchi», «Gap to`g`risida gap» v.b) 3.Jamiyatda tekinxo`rlik bilan hayot kechiruvchi din ahllarini tanqid qilishga,ularning fe’lu atvorlaridagi iflosliklarni,kulgili hollarni tasvir qilishga bag`ishlangan satiralar («Hajvi xolfai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa», «Avliyo» v.b) Muqimiy ko`p o`rinlarda oddiy xalq vakillarini,kambag`al dehqonni zo`ravon va zolim amaldorlarga qarama-qarshi qilib tasvirlaydi, shular- ning manfaatlari nuqtai nazaridan voqealarga yo`nalish berib,faoliyatlarini baholaydi.Bu holni biz, ayniqsa, «Tanobchilar» satirasida ravshan sezamiz. «Tanobchilar» ga ko`pdan-ko`p soliqlardan biri-er solig`i,uning amalga oshirilishi, amaldorlarning faoliyatlari va dehqonlar ommasining ularga bo`lgan munosabatlari kabi muhim ijtimoiy masalalar asos qilib olingan.Mahalliy amaldorlar va qishloq boylari uchun aldash,poraxo`rlik va qalloblik vositasi bo`lgan «Tanobkashlik» (soliqlar miqdorini belgilash uchun ekinzorlar miqyosini aniqlash) ni tasvirlash bilan shoir qishloqlarning talanishi,dehqonlarning tobora ko`proq qashshoqlanishi manzarasini yaratadi. Tanob solig`i birovga «azob» o`zgacha «rohat» bag`ishlagan. On ikki oyda keladur bir tanob, Ozgalarga rohatu menga azob. Shoir jabrlanuvchi oddiy dehqon tilidan gapiradi.Bu usul ro`y berayotgan adolatsizlikni xolisona baholashga,dehqonlarning dunyoqarashi, kechinmalari, ruxiy kayfiyatlari va sotsial tip sifatidagi xarakterlarini chuqurroq ochishga imkoniyat beradi. Deqon amaldorlar zulmidan,kundan-kunga ortayotgan soliqlardan norozi: Adl qulog`ila eshit holimi, Zulm qilur,baski, menga zolimi. Asarning boshidan-oxirigacha ikki guruh,ikki qarama-qarshi sinf vakillari: amaldorlar-zulm qiluvchilar va dehqonlar –jabrlanuvchilar guruhi harakat qiladi.Unda ezilgan dehqon obrazi-bayonchidan tashqari amaldorlar guruhining vakillari sifatida Sulton Ali Xo`ja va Hakimjonlarning satirik obrazlari yaratiladi.Bu ikkala amaldor o`zlarining qishloq ommasiga qarshi qaratilgan faoliyatlarida bir-birlari bilan qalin ittifoqda: a) Muqimiy Sulton Ali Xo`ja va Hakimjon obrazlarining turli tomonlarini butun asar davomida izchillik bilan ocha borib,juda o`tkir o`xshatishlar kashf etadi.Bu ikki hamtovoqning xarakterlari,ichki dunyosi ham bir-biriga yaqin va ayni zamonda shaxs sifatida o`z qiyofasiga ega: b) Amaldorlar tanob o`lchash uchun kelgan qishloqlarda, birinchi navbatda, dehqonlarni yig`ib, ularga ruhiy ta’sir ko`rsatishga kirishadilar.Bu ishda ularga diniy aqidalar juda qo`l keladi.Oz hukmini o`tkazish uchun ular ijtimoiy kelib chiqishlarini xizr-avliyolarga, «Er xubbi va Bibi Ubaydalarga» olib borib bog`lab sodda dehqonlarni din nomidan qo`rqitadilar. Qalbaki «avliyo»lar bunday ruhiy taziyqdan bir katta maqsadni-o`z buyruq va g`ayriinsoniy shartlarining dehqonlar tomonidan so`zsiz bajarilishini ko`zlaydilar. (P-tom,6-bet) Sulton Ali Xo`ja bilan Hakimjonlar chor hukumatining vakillari sifatida xalq ustidan cheksiz zo`rlik va zulm o`tkazish huquqiga ega edilar.Shu ular o`zlarini xo`jayin hisoblab,xalqni istagancha haqorat qilar,do`q urar edilar. Muqimiy satirada amaldorlarni fosh etishni kuchaytira boradi,ularning poraxo`rligini fosh etadi,shu bilan birga ham pora olishi va er solig`ini ikki barobar qilib belgilab ketishlarini yorqin aks ettiradi.Bu tipik hodisa edi. . . Xulosa. «Dodxoxim», «Saylov», «Ter mevalar» mustaqil o`zlashtirish. Muqimiyning satirik merosi ichida feodal-burjua axloqini ro`y-rost ko`rsatuvchi, mahalliy sharoit etishtirgan o`ziga xos Plyushkin, Gobsek, Kori Ismat kabi tiplar obrazini yaratuvchi «To`y» she’ri alohida ajralib turadi. Asarning syujeti unga murakkab emas.Voqea Toshkentlik savdogarning Qo`qonning Ikon mahallasida istiqomat qiluvchi gumashtasiga Xatna to`yini o`tkazishga ruxsat bermay «sim qoqishi»dan boshlanadi.Ana shu go`yo arzimas, «shaxsiy» voqea tasviri orqali shoir umuman boy-savdogarlarning va ular davrasida etishib chiqqan boshqa ijtimoiy guruh-gumashtalarning sotsial tipini favqulodda mahorat bilan chiqadi,adabiyotimiz tarixida xassislikning klassik obrazini yaratadi,jahon adabiyotida bu obraz parallel qiyoslanadi. Gumashtalar o`z xo`jayinlariga faqat moddiy jihatdangina emas,balki ma’naviy jihatdan ham qaram ekanliklarini ta’kidlash bilan birga,ularning tabiatiga xos bo`lgan,laganbardorlik va munofiqlik kabi xususiyatlarni ham ochadi. «Xo`jayin»ning o`zi asarda bevosita ishtirok etmaydi.Ammo «sim qoqish» mazmunidan uning qanday shaxs ekanligini o`quvchi osongina bilib oladi.Dastlab uch-to`rt baytdayoq Toshkentlik boy-savdogar xarakterining etakchi belgilari:qurumsoqlik,baxillik, molu mulkka,kapital- «dastmoya»ga sajda qilish kabilar to`la-to`kis o`z aksini topgan.Bu shaxsninng borligi, faoliyati,mohiyati,hayotdan kutgani va yashashdan maqsadi-birovga zarracha manfaat etkazmaslik,u o`z gumashtasini ham shunga da’vat etadi: g) Satiraning keyingi qismida shoirning diqqat markaziga gumashta obrazi ko`chadi, «To`y» tasviri fanida uning hajviy obrazini chizish birinchi planga o`tadi.Endilikda shoirning nafrat uyg`otuvchi o`tkir kulgisi hukmron o`ringa chiqib,shafqatsiz va masxaralovchi ruhni egallaydi. Gumashta «to`y»ni yashirin o`tkazishga qaror qildi. Ko`pchillikning bilib qolishidan vahimada.Shuning uchun u «To`yxona»da favqulotda holat joriy qiladi,qattiq tartib qoidalar o`rnatadi.Gumashta va uning hamtovoqlarining «sekin bozorga chiqishlari», «So`yilgan» oriq qo`yning go`shtila yog`ini xumga bosishlari» «is chiqarmasdan! Oshni damlashlari»ning tasviri katta badiiy kashfiyot darajasiga ko`tariladi. To`yxonadagi yurakni siquvchi tajang vaziyatning tasviri diqqatga loyiq u erda shodlik emas,g`ulg`ula va qo`rquv aralash ehtiyotkorlik hukmron.Shoir misralari ana shu kayfiyatlarga muvofiq goh tahlikali ohang kasb etadi: d) To`y kuni hech kimga bildirmay,odam yuborib,katta ehtiyotkorlik bilan etti kishini chaqirish,ularga yalinib-yolvorib to`y qilayotganini sir tutishlarini iltimos qilishi,ko`cha darvozani to`y kuni zanjirlab qo`yilishi epizodlari ataylab bo`rttirish,mubolag`a qilish orqali gumashta xarakterining o`ta mumsiqligini ko`rsatadi. Muqimiyning muxammas shaklida yozgan «Hajvi Bekturboy» asari o`z mavzui, taqdiri, tarqalishi, davr adabiyotida o`ynagan roli jihatidan alohida diqqatga ega. Ma’lum bo`lishicha, Qo`qondagi og`a-ini Kamenskiylar kontorasining bosh boshqaruvchisi Viktor Dmitrievich Axmatov ayni zamonda yirik savdogar ham edi.U Evropa kapitalistlaridan turli mollar keltirib beraman deb,ko`plab pullarni to`plab olib,1889 yilning oktyabr’ oyida soxta hujjatlar bilan qochadi. «Hajvi Bekturboy»ning yaratilishi fakt shuni ko`rsatadiki,Muqimiy o`z davri ijtimoiy hayotida yuz berayotgan voqea-hodisalarga loqayd munosabatda bo`lmagan.Uning o`tkir satirik tuyg`usi har bir ro`y bergan narsani tez idrok etib,ichki mohiyatini ochib tashlash kuchiga ega.Fribgar Viktor Axmatov qo`lga olinib, 1892 yil avgust oyida Farg`ona olblastida sud qilinadi.Ammo bu sud prtsessi ancha kechikkan edi. N.P.Ostroumov: «Mahalliy shoir Qo`qonlik Madaminxo`ja (uni Muqimiy deb ham atashadi) Viktor boy ustidan sudda ham oldinroq hukm chiqarib,qo`yidagi misralarni yozgan edi»,-deydi va shoir satirasining tekstini keltiradi.Bu haqqoniy baho edi.Chindan ham «Hajvi Bekturboy» burjda axloqini tanqid etuvchi o`tkir tarixiy aybnomadir. Aftidan, «Viktor ishi» ga o`xshash olg`irliklar turli ko`rinishlarda ko`plab sodir bo`lgan.Chunki, Muqimiy xajvlari orasida «Lyaxtin» radifli bir g`azal mavjud bo`lib,unda ham xuddi tovlamachilik va fribgarlik haqida gap boradi. «Mosk.boy ta’r», «Veksil’» must.ur. Muqimiy o`zbek demokratik adabiyotida alohida o`rin tutuvchi satirik ruhdagi qator antiklerikal asarlarning ham muallifidir.Shoirning bu tekinxo`r tabaqa vakillari-dan ahllarini o`z ijodida fosh etishga ahamiyat berib,ularning nafratli satirik obrazlarini yaratgan: Shoirning «Avliyo» radifli g`azali bunga yaqqol misol bo`la oladi.Din arboblarining tipik vakili bo`lgan avliyo qiyofasida bu guruhga tegishli hamma riyokorlikni uchratish mumkin.U dindan o`z manfaati yo`lida bir qurol o`rnida foydalanishga urinadi.Avliyoning yagona bir imonimazxabi ham yo`q.Agar bugun salla o`rab,musulmon libosiga kirish foydali bo`lsa,u islom kishisi.Ertaga musulmonlikdan ko`ra g`ayridinlikning manfaati ortiqroq bo`lsa,hech ikkilanmay mazxabni ham,libosini ham o`zgartiradi: Boshlarida shapka,gohi,gohi dastur avliyo; Qo`llarida subxayu bo`ynida zunnor avliyo. Bu tushunchalarning baytda qarama-qarshi qo`yilishi «avliyo» xarakteridagi beburdlikni,aniqrog`i,riyokorlik munofiqlik juda yaxshi ifodalaydi.Keyingi misralarda shoir bu qalbaki din arboblarining xarakterining boshqa salbiy belgilarni (maishiy buzuq, qo`pol, tamagir, surbet ekanligini) xalq iboralaridan foydalangan holda izchillik bilan ocha boradi. «Avliyo»lik da’vosini qilib yurgan bu tekinxo`r fribgarning «karomati» ham bor.Bu hid bilish,isdan tezda xabar topish «karomati»dir. Shul erur kashfu karomatini bo`ylab subxu shom, Ishqsa har erdin bir is-hozir,xabardor avliyo. Shoir din arboblarining nafratli qiyofasini chizishda salbiy hodisalar va yaramas shaxslar to`g`risida jonli xalq tilida qo`llaniladigan «Taqlididan qor yog`adi», «rasvolikda shuxrat topti» kabi bo`rttirma iboralarni ustalik bilan ishlatib,ob’ektning salbiy tomonlarini ochiqroq ifodalaydi. Professor G.Karimov va X.Yoqubovlarning yozishi- cha Muqimiyning «Hajvi xalifai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa» satiralari tarixiy shaxs Dukchi eshon (Muhammad Ali xalifa) kirdikorlarini fosh etishga bag`ishlangan.Ozbekiston tarixidan ma’lumki Andijon yaqinidagi Mingtepada uya qurib olgan bu shaxs «g`azovot» shoirini qurol qilib,kofirlarni haydab musulmonlar davlatini tuzish xayoli bilan yashab Angliya,Amerika panohi ostida,Eron va Turkiya kabi feodal davlatlar bilan til biriktirib xarakat boshladi. . . Ana shu voqea munosabati bilan demokratik adabiyotda «Dukchi Eshon tsikli» yaratiladi.Chimkentlik shoir Sulton Ahmad,demokratik shoir Zavqiy,shoir Nodim Namangoniy, shoir Rojiy ya.b.o`z satirik she’rlari bilan bu tsiklga hissa qo`shdilar. X1X asrning yarmi va XX asr boshidagi o`zbek demokratik adabiyotida yumorning rivojlanishida ham Muqimiyning xizmatlari katta bo`ldi.Shoirning o`ttizga yaqin yumorlari bo`lib,ulardan 25 tasi nashr etilgan.Muqimiy yumorlarida kulgi ko`p o`rinlarda hayotdagi qoloq, chirigan,taraqqiyotga to`siq bo`lib turgan g`ovlarni,shaxslar ongi va tabiatidagi ojizlik va nuqsonlarni,xunuk fe’l-atvor va o`rinsiz hatti-harakatlarni qoralash,tanbeh berish, «turtib o`tish», tanqid qilish vazifalarini o`taydi. Muqimiyning «Devonamen», «Ko`samen» radifli yumorlarida oddiy kishilarning qiyin iqtisodiy ahvoliga achinish,ko`pgina talantli kishilarni ma’naviy mayib etgan,sermashaqqat hayot girdobiga tortgan o`sha jamiyat,o`sha tuzumdan norozilik motivlari ham eshitilib turadi. Demokratik adabiyotda «Ko`samen», «Devonamen» tsiklidagi she’rning tug`ilish tarixi,asosi bor.Zamona- sining mashhur shoirlari diqqatini o`ziga jalb etgan va maxsus she’rlar tsiklining yaratilishiga sabab bo`lgan Ismoil ota degan Qo`qonlik naychi san’atkor o`tgan.U kishi butun hayotini san’atga bag`ishlagan,lekin umri qashshoqlik bilan o`tgan. Muqimiy Ismoil ota bilan do`stona aloqada bo`lgan,uning san’atkorlik istedodiga hurmat bilan qaragan.Muqimiy engil hazil yo`li bilan unga bag`ishlab to`rtta («Ko`samen», «Hayron ko`samen», «Parishon ko`samen», «Devonamen») she’rlarini yozgan bo`lsa-da, lekin bu hazil-kulgi ostida achchiq haqiqat yotadi. Shunigdek, o`z zamonasidan qadr-qimmat ko`rmay,fig`on qilib o`tgan Muqimiy o`z taqdirini, qisman,devona-tilanchi san’atkor taqdiriga o`xshatar edi.(P-tom, 57, 58, 59-60 betlar) Muqimiyning bir qator yumorlari hayotdagi o`zgarishlarga. . . yangicha munosabatning samarasi sifatida yuzaga kelgan. «Dar tarifi pech’», «Aravang», «Aroba qursin», «Loy» kabi she’rlar shular jumalsidan. Bu asarlar paydo bo`layotgan yangiliklarning xalq hayotiga tezroq tadbiq etilishida ma’lum rol’ o`ynagan,deyish mumkin.Masalan,shoir kulgi vositalari orqali rus pechining sandaldan afzalligini,qulayligi-ni ko`rsatib,shaldiroq,noqulay aravani xalq latifalari ruhida tanqid etib,yana kulgi bilan «prujinali kolyaska»ni targ`ib qiladi v.h. «Bezgak», «Yomon bezgak» yumorlarida esa shoirning o`zi ko`p marotaba chalingan kassalikdan shikoyat o`ziga xos bir uslubda juda jonli tasvirlanadi.Bu asarlarda aniq eshitilib turgan beg`araz,quvnoq shikoyat motivlariga batamom boshqacha ruh beradi,ya’ni asli g`amgin va jiddiy bo`lgan mavzu sof yumoristik planda tahlil etilib,engil va hatto sho`x o`qiladi.Bu she’r («shikoyati bezgan») klassik adabiyotimizda keng tarqalgan «shiru-shakar» usulining namunasidir.Yumorni tashkil etuvchi sakkiz baytning olti bayti o`zbek tilida,ikki bayti-to`rtinchi va oltinchi baytlari fors-tojik tilida yozilgandir. Ptom,75-bet. ADABIYOTLAR: 1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958. 2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960 3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975. 4. www.ziyonet.uz