Uploaded by Obidjon Oripov

Oripov-ishi

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
1-Amaliy ish
Bajardi:
Oripov O.S.
Fan:
Operatsion tizimlar
Guruh:
0170-21
1-Amaliy ish
VIRTUAL BOXNI O’RNATISH
Virtual mashinaga Ubuntu operatsion tizimini o’rnatish va OT
terminalida ishlash.
VirtualBox (Virtual Qutti)- bu operatsion sistemalarni ishlatishimiz uchun
ko'mak beradigan virtual muhit hisoblanadi. Windows, Linux, MacOs va h.k
dasturlarni ishlatib ko'rish mumkin bo'lgan muhitni sizga beradigan dastur.
VirtualBox Oracle Corparation ning mahsuloti hisoblanadi.
Demak siz bilan VirtualBox ni o'rnatishni boshlaymiz. VirtualBox ni yuklab
olish uchun https://www.virtualbox.org/wiki/Downloads orqali kirib yuklab
olishingiz mumkin. Endi o'rnatishni qadam va qadam bilan o'rgatishga harakat
qilaman.
1-qadam https://www.virtualbox.org/wiki/Downloads orqali VirtualBox ni
yuklab oling.
2-qadam VirtualBox yuklab olganidan so'ng dasturni ishlatish uchun
sichqoncha bilan ikki marta bosing va sizda o'rnatish jarayoni boshlanadi.
3-qadam. O'rnatish jarayoni boshlanganidan so'ng quyidagi oyna hosil
bo'ladi. Joriy oynadagi NEXT tugmasini bosing.
4-qadam Joriy oynada sizda o'rnatilayotgan packet lar va VirtualBox ni
qayerda o'rnatilishi va xotiradan qancha joy olishi haqida sizga ma'lumot berayabdi.
Siz shu joyning o'zida boshqa
C:/ emas balki D:/ sizda bor bo'lgan diskga o'rnatishingiz mumkin. Next
tugmasini bosing.
5-qadam Joriy oynada siz o'rnatilayotgan VirtualBox dasturini Shortcut
(Ярлик) qilish joylarini tanlashingiz mumkin.
Tanlaganingizdan so'ng next buyrug'ini bosing.
6-qadam. Boshlang'ich 5 qadamni bosib o'tganizdan so'ng install tugmasini
boshingiz kerak bo'ladi.
7-qadam. VirtualBox o'rnatish jarayoni yakunlandi.
Qisqacha nazariy ma’lumot:
•
Linux operatsion tizimi UNIX operatsion tizimi asosida yaratilgan bo’lib, bu
tizimni Linus Torvald ishlab chiqqan (1991 yil). Linux OT ning asosiy g’oyasi –
tizimning ochiqligi va foydalanuvchi hohlagancha modul qo’shishi va uni ochiq
holda qoldirishi shart.
•
Linux operatsion tizimi UNIX operatsion tizimi asosida yaratilgan bo’lib, bu
tizimni Linus Torvald ishlab chiqqan (1991 yil).
•
Linux OT ning asosiy g’oyasi – tizimning ochiqligi va foydalanuvchi
hohlagancha modul qo’shishi va uni ochiq holda qoldirishi shart. Linux – bu monolit
tizimli operatsion tizim hisoblanadi. Ushbu tizim qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi
drayverlar va dasturiy ta’minotlarni boshqarish uchun mo’ljallangan modullardan
iborat. Linux tizimi boot GRUB orqali ishga tushadi va bu dastur maxsus tizimni
ishga tushiruvchi xotira sektorida joylashadi (/boot/grub).
•
GNU – bu linux uchun ko’p sathli qobiq instrument (dastur) bo’lib, 6 ta
sathdan tashkil topgan.
•
1-sath -> bir foydalanuvchili terminal
•
2-sath -> ko’p foydalanuvchili terminal
•
3-sath -> ko’p foydalanuvchili terminal va tarmoq komponentasi
•
4-sath -> oraliq sath
•
5, 6 – sath -> tizimni o’chirish va qayta yuklash
•
"Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak” – Stolmen “ta’limoti” GNU
- rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas"
qisqartmasi demakdir.
•
1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun erkin dasturiy ta'minot
fondini (Free Software Foundation - FSF) tashkil qiladi. Bu jamg'arma orqali
yaratilayotgan dasturlar sotilib, mablag’ loyihani qo’llab-quvvatlashga sarflanadi
•
1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilish
taklifi paydo bo’ladi. "Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak” – Stolmen
“ta’limoti”
•
GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks
Emas" qisqartmasi demakdir. 1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun
erkin dasturiy ta'minot fondini (Free Software Foundation - FSF) tashkil qiladi. Bu
jamg'arma orqali yaratilayotgan dasturlar sotilib, mablag’ loyihani qo’llabquvvatlashga sarflanadi
•
1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilish
taklifi paydo bo’ladi.
•
Ubuntu- zulu tilida «odamiylik», ma’nolarini beradi. Ubuntu logotipi
«do’stlar» davrasini anglatadi. Canonical kompaniyasi operatsion tizimni
rivojlantirib kelmoqda. Ubuntu tizimi ostida hamma saytlarning 8.2% ishlaydi.
Ubuntu asosida 131 ta distributiv ishlamoqda. Ubuntu One serverlari Amazon S3
joylashtirilgan. Amazon S3 foydalanuvchilarining 54% Ubuntu tizimlari afzal
ko’rishadi. 2008 — yildan buyon Ubuntu Wikipedia tizimi serverlarida ishlatilyapti.
•
Fedora - Linux (avvalgi Fedora Core) 2002- yilda Gavayi universitetida Red
Hat Linux bilan birlashgan ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun yaratildi.
•
Debian- eng mashhur distributivlardan biri bo’lib, boshqa proyektlar uchun
asos sifatida olingan. Distributiv nomi proyekt mualliflari Yan Merdok (Ian
Murdock) va uning do’sti Debraning (Debra) ismlaridan kelib chiqqan.
•
2013 — yilda uning ochiq kodli matnida 100 million qator borligi ma’lum
qilinidi. Eng faol qatnashuvchi Yonas Smedegord hisoblanib, 2001-yildan buyon
9349 ta o’zgarishni amalga oshirildi. Dasturlar kodining 32.1% qismi C, 18.7% C++,
9.8% XML, 7.6% Autoconf, 4.5% shell tillarida yozilgan.
•
LINUX ga eng ko’p o’zgartirishlar mobil telefonlar va elektronika ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan kiritilmoqda.
•
Linaro, Samsung va Texas Instruments kabi kompnaiyalar tomonidan
o’zgartirishlar kiritilmoqda. Google kompaniyasi tomonidan Android bilan bog’liq
bo’lgan 7000 qator kod tizimning hamma quyi tizimlarini qamrab olgan: tarmoq
tizimi, havfsizlik va boshqalar. Samsung kompaniyasi yadroga yangi fayl tizimi
F2FS ni, Android tizimi bilan bog’liq bo’lmagan boshqa patchlarni kiritdi. Linux
emblemasi uzoq tanlandi va oxiri pingvin Tux da to’xtaldi. Sababi esa Torvaldsning
«Just for Fun» kitobida keltiriladi: 1993-yili Avstraliya zooparklaridan biridagi
sayrda uni pingvin cho’qib oladi va bu holat Tux ning yaralishiga sabab bo’lgan.
Linux emblemasi amerikalik dasturchi Larri Erving tomonidan yaratilgan.
•
Hozirgi vaqtda Torvalds RedHat kompaniyasi aksiyalariga egalik qiladi va
Linux Foundation da ishlaydi.
•
Multics loyixasida qatnashib Thompson, Kennet 1969 yili komputeri uchun
Unix ОТ ni yaratgan.
•
1971-1973 yillarda Thompson, Kennet ва Деннис Ричи UNIX ОTni PDP-11
computer uchun terminallarini qurgan.
•
1973 yilda Unixning katta qismi C tilida qayta yozib chiqilgan.
•
1974 yilda UNIXning dastlabki buyruqlari AQSH universitetlarida keng
tarqalgan.
•
Server-kompyuter, boshqa kompyuterlarning so’rovlariga tarmoq orqali
ishlov berish va saqlash qayta ishlash va ma’lumotlarni jo’natish uchun o’z
resurslarini taqdim etadi. UNIX boshqaruvidagi serverlar quyidagicha ko’rinishga
ega: Fayl serverlari;
•
Web-server;
•
Oqimli server;
•
Masofadan turib qayt qilish serveri (аутентификации);
•
Yordamchi Web-xizmat serverlari (DNS, DHCP); Internet serverlar.
Operatsion tizim kompyuterning qurilmaviy qismda quyidagi minimal talablarga
ega bo’lishi kerak:
•
Protsessor: 1,4 GHz, 32- razryadli ;
•
Tezkor xotira : 512 Mb (32-bit)
•
Diskda bo’sh joy: 16 GB (32-bit)
•
Videadapter : DirectX 9 grafigini qo’llashi, 64 MB joy;
•
DVD disklarni o’qish uchun qurilma.
Download