Uploaded by Jasurbek Hamidov

13.Mis metallurgiyasi. Misning xossalari va ishlatilishi.

advertisement
Mis metallurgiyasi. Misning xossalari va ishlatilishi.
Reja:
1.O‘zbekistonda mis metallurgiyasining rivojlanishi.
2. Mineral tarkibining xilma-xilligiga karab, rangli ma’danli rudalar turt
xil turga bulinadi
3. Mis iste’molchilari. mis ishlab chiqarishning xom ashyosi
Xulosa
Adabiyotlar
1.O‘zbekistonda mis metallurgiyasining rivojlanishi.
Xar qanday ruda asosan tog jinslari xamda minerallaridan tashkil topgan.
Minerallar uz urnida rudali, ya’ni tarkibida ajratib olishga moilligi bor rangli
ma’danlar, xamda nokerak tog jinslardan iborat buladi. Nokerak tog jinslari asosan
tarkibida kam mikdorda rangli xamda kerakli bulmagan minerallardan iborat bulib,
kuprok silikatli, karbonatli, kvarsli va alyuminosilikatli minerallardan tashkil topgan
buladi. Goxan ushbu minerallar tarkibida temir oksidi xam buladi.
Rudalarning tarkibi asosan kimyoviy, fizik- kimyoviy yoki fizikaviy usullarga
asoslangan taxlillar bilan aniklanadi. Kup xollarda yukorida kayd etilgan taxlillar
biz kutgan natijani bermasligi mumkin, ya’ni rudaning kimyoviy tarkibini bilsakda,
ma’danning kanday minerallar, birikmalar tarkibida mujassamligini yoki ajratib
olish kerak bulgan ma’danning fazali tarkibini bilish aloxida axamiyat kasb etadi.
Xom- ashyo yoki ruda tarkibidagi mineral xamda birikmalarning ratsional va
fazaviy tarkibini anik bilishimiz esa, ma’danchilik jarayonini tugri tanlashimizga va
kaysi usul bilan uni kayta ishlab, eritib, iktisodiy samara bera oladigan texnologiyani
kullashimizga imkon yaratadi. Shuningdek, metallurgik xisob uning ratsional
tarkibini xisoblash, ashyolar tengligini keltirib chikarishda, rudaning fazali xamda
mineral tarkibini bilgan xoldagina amalga oshiriladi.
Mineral tarkibining xilma-xilligiga karab, rangli ma’danli rudalar turt xil turga
bulinadi:
1.
Sulfidli rudalar, ya’ni ma’dan asosan oltingugurt bilan birikkan xolda
buladi.
2.
Oksidlangan rudalar, ya’ni unda tarkibidagi ma’danlar kislorod bilan
birikkan xolda, goh oksidli, gidrooksidli, karbonatli xolda bo‘ladi.
3.
Aralash xoldagi rudalar. Bunda ma’dan ham oksid, ham sulfid xolida
uchrashi mumkin.
4.
Tug‘ma ma’dan, ya’ni sof xolidagi ma’danli rudalar. Bunda ma’dan asosan
erkin xolatda joylashgan bo‘ladi.
Yer qobig‘idagi birikmalarda ma’danlar juda kam joylashganligiga qaramay,
hozirgi kunda ularni qazib olib, boyitib, qayta ishlab, sanoatda iqtisodiy samara bera
oladigan usullar bilan sof ma’dan xolda kerakli miqdorda olinmoqda. Biz ko‘rib
chiqayotgan mis ma’dani ham yer qobigida 0,01 foizinigina tashkil etadi xolos.
Joylashish xususiyati bo‘yicha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to‘rtta turi ham tabiatda
uchrab turadi. Shuningdek, mis ma’danining ikki yuz ellikdan ortik minerallari
bo‘lib, ulardan ba’zi birlari juda kam uchraydi.
Asosan sanoatda misning
oltingugurt va kislorod bilan birikkan minerallar ko‘p uchraganligi tufayli, mis
ishlab chiqarishda har ikkala xili ham keng qo‘llaniladi.
Quyida sulfidli va kislorodli minerallarning tabiatda keng ko‘lamda uchrab
turadiganlarining nomlarini va misning ular tarkibidagi foiz ko‘rsatkichi keltirilgan:
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida, hamda O‘zbekistonimizda
ko‘proq sulfidli rudalar sanoatda ishlatilsa, chet ellarda oksidli hamda aralash
rudalar ham qazib olinmokda. Respublikamizda asosan sulfidli rudalar qazib
olinayotganligi uchun batafsilroq shu rudalar haqida ma’lumot beramiz. Sulfidli
rudalar o‘z o‘rnida yalpi (sploshnыe) va tarqoq (vkraplennыe) turlarga bo‘linadi.
Yalpi rudalar o‘z nomi bilan ma’lumki, asosan sulfidli birikmalardan iborat bulib:
nokerak tog‘ jinslari va boshqalar bor-yo‘g‘i 10-20 % ni tashkil qiladi, xolos. Tarqoq
rudalarda buning aksi, ya’ni asosiy massa nokerak tog‘ jinslari bo‘lib, sulfidli
birikmalar ozgina mikdorni 10% tashkil etadi.
Rangli ma’danlarni ajratib olish kerak bo‘lgan ma’danlarning rudadagi miqdoriga
qarab, ularni polimetall (ko‘p ma’danli) hamda monometall (bir ma’danli) rudalarga
ajratamiz. Monometall deganimizda, ajratib olish uchun qazib olingan rudaning
tarkibida bitta ma’dan bo‘lib, texnologik jarayon faqat o‘sha rudani qayta ishlash
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Polimetalli ruda qazilma konlarida juda ko‘p
joylashgan bo‘lib, ko‘p xollarda o‘ntagacha, ayrim xollarda o‘ntadan ortiq bo‘lgan
ma’danlarni o‘zida biriktirib, shulardan ko‘pchiligini texnologiya jarayoni bo‘yicha
ajratib olish, olinayotgan iqtisodiy samarani oshiradi. Biz ko‘rib chiqayotgan mis
rudasi ko‘pincha mana shu guruhga mansub bo‘lib, uning tarkibida mis bilan nikel,
kobalt, oltin kumush yoki mis ruxli, unga ko‘rg‘oshin, kadmiy, gohan mis
molibdenli xolida bunda unga volfram, oltin, reniy kabi unsurlar bilan birgalikda
uchrab turadi.
Bugungi kunda kazib olinayotgan mis konlariga va urganilayotgan konlar
xakidagi ma’lumotlarga e’tibor bersak, tarkib jixatidan ular ancha kerakli ma’danlar
buyicha kambagaldir. Misning tarkibi bu konlarda kup xollarda 1-2 foizni tashkil
etsa, katta konlarda esa bu kursatkich 0,35-0,75 foizdangina iborat. Lekin shunday
mis konlari mavjudki, bular tabiatda uziga xos mu’jiza kasb etgan desak mubolaga
bulmaydi. Tarkibida misi bor tabiiy birikmalarning bir joyga mujassam bulishi uz
urnida mis konlarini xosil kilsada, ularning joylashuvi va kimyoviy tarkibi jixatdan
yukorida sanab utilgan barcha ruda turlariga tugri keladi.
Misni ishlab chiqarish XX asrni ikkinchi yarmida keng rivojlangan. 1999 yilda
dunyoda taxminan 8,5 - 9,0 mln. t. mis ishlab chiqildi. Eng ko‘p ishlab chiqargan
davlat - Chili, yiliga 2 mln. tonnaga yaqin mis ishlab chiqargan. Chilidan tashqari
asosiy mis ishlab chiqaradigan davlatlar: AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya,
Olmoniya, Ispaniya, Meksika, Portugaliya, Rossiya, Polsha, O‘zbekiston,
Qozog‘iston va boshqalardir.
Iste’mol bo‘yicha rangli metallar bo‘yicha mis aluminiydan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Mis va uni birikmalarini asosiy iste’molchi sohalar:
- elektrotexnika va elektronika;
- mashinasozlik;
- transport vositalari;
- qurilish materiallari;
- kimyo sanoati;
- qishloq xo‘jaligi va boshqalardir.
Og‘ir davrlarda misni elektrotexnikada iste’moli, optika rivojlanishi sababli,
biroz kamayib bormoqda. Lekin uni har xil mis quymalari turli tizimlarda iste’moli
tobora oshib borayapti. Toza miss va mis kukunlarni iste’moli ham oshib borayapti.
1999 yilda AQSh, Olmoniya, Yaponiya va Fransiya davlatlari misni dunyoda
iste’molini 75 % o‘zlashtirishdi. Rivojlanayotgan davlatlar esa misni yarmini ishlab
chiqarib, faqat uni 5 - 7 % iste’mol qilishadi xolos. Rivojlanayotgan davlatlarda bir
kishi boshiga 8-12 kg mis iste’mol qilinadi, rivojlanayotgan davlatlarda esa faqat 0,2
- 2,0 kg.
1999 yilda misni asosiy iste’molchilari ming.ton:
AQSh - 2200;
Chili - 34;
Yaponiya - 1200;
YuAR - 63;
Angliya - 600;
Olmoniya - 800;
2000 yilga dunyoda qolgan zaxiralar:
Aluminiy
2525 mln. t.
Mis
90 mln. ton.
Qo‘rg‘oshin
27 mln. ton.
Rux
18 mln. ton.
Nikel
29 mln. ton.
Kobalt
1,3 mln.ton.
Oltingugurt
4 mln. ton.
Neft
7 * 10 m.
Tabiiy gaz
1310 m 3.
Uran
Zaxiralarni qiymati geologiya, iqtisodiyot va transportga bog‘liqdir. AQSh da
zaxiralarni yer qatlamini chuqurligidan kelib chiqiladi, qaysidan foydali
qazilmalarni olib chiqish samaradorli bo‘ladi.
Mis metallurgiyasi oxirgi davrlarda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanayapti:
- mineral zaxiradan to‘laroq foydalanish;
- atrof muhitni ximoya qilish;
- avtogen jarayonlarini keng qo‘llash;
- shlak bilan misni isrofgarchiligini kamaytirish;
- pirometallurgiyada kisloroddan keng foydalanish;
- uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash va boshqalardir.
Rivojlangan davlatlar keng miqdorda Tolling sistemasidan foydalanilayapti.
Tolling - bu rivojlanayotgan davlatdan hom ashyo sotib olib, uni usha yerda, yoki
boshqa davlatlarda qayta ishlab, o‘zlariga toza mahsulotni olib ketishdir. Bunday
yo‘l O‘zbekistonga munosib emasdir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish quyidagi raqamlardan iborat, %:
AQSh - 85 - 88;
Kanada - 95 - 97;
Chili - 901 - 95;
Zambiya - 97 - 98.
O‘zbekiston bir yilda 100 - 120 ming ton. xomaki mis ishlab chiqarish imkoniyati
bor, lekin tozalangan misni esa 200 - 210 ming ton. ishlab chiqarish mumkin.
Xomaki misni olishdan uni tozalash imkoniyatlari ko‘proqdir.
Dunyoda asosan mis traditsion pirometallurgik sxema: eritish - konverterlash tozalash sxemasi asosida olinadi. Faqat uni 10 - 12 % gidrometallurgik usuli
yordamida olinadi.
Oxirgi davrlarda bir xil davlatlarda (AQSh, XMD, Avstraliya, Zambiya va
boshqalarda) misni hisobdan tashqari rudalardan gidrometallurgik usuli bilan ajratib
olishga axamiyat tobora oshib bormoqda. Bu uyali va yer tagida tanlab eritish
usullaridir.
Qo‘shma murakkab rudalardan misni tanlab eritish sementlash - flotatsiya usuli
bilan qayta ishlash keng tarqalgan (Mostovich sxemasi).
Hamdo‘stlik davlatlarda mis asosan Olmaliq, Balxash, Djezkazgan, Norilsk va
boshqa
yirik
tog‘
-
metallurgiya
kombinatlarida
ishlab
chiqa-
riladi. Bu kombinatlar to‘liq sxemasi: konchilik - boyitish - xomaki mis olish - uni
tozalash - tayyor mahsulot olish qismlardan iboratdir.
Mis iste’molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi.
Hozirgi kunda texnika taraqqiyoti yuksak darajada shunchalik tez va eng
zamonaviy elektron texnikalar bilan jihozlangan holda rivojlanmoqdaki, bu esa o‘z
navbatida, mis olish texnologiyasiga ham o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda. Mis
olish, uning xomashyolarini qayta ishlash qadimdan yo‘lga qo‘yilganligi, miloddan
oldingi asrlarda ham bizning hududimizda mis rudalari qazib olinganligi oldingi
bo‘limlarda ta’kidlab o‘tilgan edi.
Arxeologik qazilmalar va ayrim tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, qadimiy Iloq
viloyatining poytaxti Tunkentda, To‘qkentda (Pskent tumani, hozirgi Qirqqiz jamoa
xo‘jaligida), Qurama tog‘ tizmalarida misli hamda qo‘rg‘oshinli, oltin va kumushga
boy rudalar qo‘l mehnati orqali qazib olinib, ba’zan alohida boyitilib, ba’zan esa
boyitilmasdan pechlarda eritilgan. Taxminlarga qaraganda, VI asrgacha mis va oltin
boyitilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritilgan. Mis, oltin izlovchilar tomonidan konlarda
yer osti va yer usti usuli bilan ularni rangiga qarab (mis qizg‘ish, oltin sarg‘ish rangda
bo‘lgan) o‘tkir bolg‘acha va teshalar bilan ajratib olingan. Ayrim joylarda toshlarni
yuqori alangada qizdirib, so‘ng suv sepib, minerallarni darz ketkazish yo‘li bilan parchalab, eritish pechlariga olib keltirilgan. Bu eritish pechlari uchun avvaliga yerni 1–
2 metr o‘yib, yon tomonlariga, chekkalariga, mo‘rilariga o‘tga chidamli toshlarni
terib, havo berish orqali eritish jarayonini amalga oshirganlar.
VIII – X asrlarga borib nafaqat erkin holdagi mis, balki oksidlangan holdagi
mislar ham ishlatiladigan bo‘ldi. Sabab, oksidlangan mis xrizokola, malaxit, kuprit,
azurit holatida bo‘lib, ular konning ustki qatlamida joylashadi va boshqa tog‘ jinslariga nisbatan o‘zining rangi orqali ajralib turadi.
Pechlar esa bir oz hajmi kengaytirilib, yer ustida poydevor qurilib, so‘ng o‘tga
chidamli g‘ishtlardan terilgan. Ularni hozirgi minorali pechlarga, bir oz bo‘lsa-da,
o‘xshatish mumkin.
X–XII asrlarga kelib Shosh, Iloq davlati mis, oltin, kumushni nafaqat metall,
balki qotishma holida, tanga, zebu ziynat holida tayyorlash bo‘yicha butun O‘rta
Osiyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Tozaligi va sifatliligi jihatidan bu davlat
butun Mo‘g‘uliston, Arab mamlakatlari hatto Yevropaga ham aynan shu metallar
orqali tanildi.
Mo‘g‘ullar davri va undan keyingi davrlarda metalni eritib olish juda kam
amalga oshirilgan. Yozma ma’lumotlarga suyangan holda shuni aniqlash mumkinki,
Petr I davrida Rossiyada metallurgiya, ayniqsa, qora metallurgiya nihoyatda
rivojlanib, dunyoda birinchilar qatoridan o‘rin egallagan.
1920–1930 yillarga kelib esa metallurgiya asta-sekin qayta tiklanib, rangli, so‘ng
nodir va qimmatbaho metallar ajratib olish yo‘lga qo‘yila boshlandi.
Bir vaqtlar 80–90 % mis aynan yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida qayta ishlanib,
bu usul dunyo bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan bo‘lsa, hozirgi
kunda ushbu usul zamonaviy talablarga javob berolmay qoldi. Lekin shunday
bo‘lsa-da, AQSh, Kanada, Finlyandiya va MDH mamlakatlarining ko‘pgina eritish
korxonalarida haligacha ishlab turibdi.
Misni ishlab chiqarishning umumiy prinsiplari.
Misni ishlab chiqarish XX asrning ikkinchi yarmida keng rivoj- langan. 1999yilda dunyo bo‘yicha taxminan 8,5—9,0 mln t mis ishlab chiqildi. Eng ko‘p ishlab
chiqqan davlat — Chili hisoblanadi. U 2 mln tonnaga yaqin mis ishlab chiqardi.
Chilidan tashqari asosiy mis ishlab chiqaradigan davlatlar: AQ H, Kanada,
Avstraliya, Yapo- niya, Olmoniya, Ispaniya, Meksika, Portugaliya, Rossiya, Polsha,
O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqalardir.
Iste'mol bo‘yicha rangli metallar bo‘yicha mis aluminiydan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Mis va mis birikmalarining asosiy iste'molchi sohalar:
elektrotexnika va elektronika;
mashinasozlik;
transport vositalari;
qurilish materiallari;
kimyo sanoati;
qishloq xo‘jaligi va boshqalardir.
Optika rivojlanishi sababli misning elektrotexnikada iste'moli biroz kamayib
bormoqda. Lekin uning har xil quymalar tizimidagi iste'moli tobora oshib borayapti.
Toza misni hamda mis kukunlarining iste'moli ham oshib bormoqda.
1999-yilda AQ H, Olmoniya, Yaponiya va Fransiya davlatlari misning dunyodagi
iste'molining 75 foizini o‘zlashtirishdi. Rivojlanayotgan davlatlar esa misning
yarmini ishlab chiqarib, faqat uning 5—7 foizini iste'mol qilishadi xolos. Bu
davlatlarda bir kishiga 8—12 kg mis iste'mol qilinadi. Boshqa rivojlanayotgan
davlatlarda esa, faqat 0,2—2,0 kg.
1999-yilda misning asosiy iste'molchilari ming tonna hisobida:
AQ H
2200
Chili
34
Yaponi
1200
JAR
33
Angliy
600
Olmoni
80
ya
a
ya
0
2000-yilga kelib, dunyoda qolgan zahiralar:
Aluminiy 2525 mln t
Mis
90 mln t
Qo‘rg‘oshin
27 mln t
Rux
18 mln t
Nikel
29 mln t
Kobalt
1,3 mln t
Oltingugurt
Neft
7·10 m
Tabiiy gaz
Uran
4 mln t
1310 m3
1620 ming t
Zahiralarning qiymati geologiya, iqtisodiyot va transportga bog‘liqdir. AQ H da
zaxiralarni yer qatlamining chuqurligini hisobga olgan holda foydali qazilmalar
sifatida qazib olish samaradorlidir.
Mis metallurgiyasi hozirda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha rivojla- nayapti:
mineral zaxiradan to‘laroq foydalanish;
atrof-muhitni himoya qilish;
avtogen jarayonlarini keng qo‘llash;
shlak bilan misni isrofgarchiligini kamaytirish;
pirometallurgiyada kisloroddan keng foydalanish;
uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash va boshqalardir.
Rivojlangan davlatlar keng miqdorda Tolling sistemasidan foydalanishayapti.
Tolling — bu rivojlanayotgan davlatdan xomashyo sotib olib, uni o‘sha yerda yoki
boshqa davlatlarda qayta ishlab, o‘zlariga toza mahsulotni olib ketishdir. Bunday
imkoniyat O‘zbekistonda yo‘q.
Xulosa
Mis metallurgiyasi, metallarni qazib olish va qayta ishlash sanoatining muhim bir
qismi bo'lib, asosan mis rudalarini qazib olish, boyitish, eritish va qayta ishlash
jarayonlarini o'z ichiga oladi. Misning keng qo'llanilishi tufayli, jumladan elektr
o'tkazuvchanlik, korroziyaga chidamlilik va mikroblarga qarshi xususiyatlari
sababli, bu metallga bo'lgan talab doimiy ravishda yuqori bo'lib qolmoqda. 2023yilgacha bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra, mis metallurgiyasining umumiy ahvoli
quyidagicha xarakterlanadi:
Qazib Olish
Mis rudalari asosan ikki turdagi konlardan qazib olinadi: sulfid rudalari va oksid
rudalari. Sulfid rudalaridan misni qayta ishlash ko'proq tarqalgan bo'lib, chunki bu
turdagi rudalar ko'pincha yuqori mis miqdoriga ega. Oksid rudalari esa odatda heap
leaching kabi kimyoviy usullar yordamida qayta ishlanadi. Global miqyosda mis
qazib olish sohasida doimiy o'sish kuzatilmoqda, biroq bu jarayon ko'pincha qattiq
ekologik va ijtimoiy muammolarga sabab bo'ladi.
Boyitish
Qazib olingan mis rudalari odatda boyitish jarayonidan o'tkaziladi, bu jarayon
natijasida foydali minerallar atrofdagi gang (foydalanilmaydigan minerallar) dan
ajratiladi. Flotatsiya eng ko'p qo'llaniladigan boyitish usuli hisoblanadi, bu usulda
mis minerallari suv va kimyoviy moddalar aralashmasida ko'piklanadi va keyin
ajratiladi.
Eritish va Elektroliz
Boyitilgan rudalar keyinchalik eritiladi, bu jarayonda mis sulfidlar kislorod bilan
reaksiyaga kirishib, sof misga va kükürt dioksidiga aylanadi. Bu jarayon odatda ikki
bosqichda amalga oshiriladi: pechda eritish va konverterda pufaklash. Sof mis olish
uchun nihoyatda, eritilgan mis elektroliz orqali qayta ishlanadi, bu jarayonda mis
katodlarga yopishib, sof mis qatlamlarini hosil qiladi.
Qayta Ishlash va Qayta Tiklash
Mis metallurgiyasi sohasida materiallarni qayta ishlash va qayta tiklash muhim
ahamiyatga ega, chunki bu usullar resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi
va atrof-muhitga ta'sirni kamaytiradi. Mis chiqindilari va eskirgan mis mahsulotlari
qayta eritilib, yangi mis mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlatilishi
mumkin.
Ekologik va Ijtimoiy Ta'sir
Mis qazib olish va qayta ishlashning ekologik ta'siri katta bo'lib, suv va tuproq
ifloslanishi, atmosferaga zararli gazlarning chiqarilishi va biologik xilma-xillikning
yo'qolishi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, soha vakillari
tobora ko'proq atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini, jumladan, qayta ishlashni
va ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish texnologiyalarini joriy etishga harakat
qilmoqdalar.
Umuman olganda, mis metallurgiyasi sohasi tez o'sib borayotgan talabni
qondirish uchun innovatsion va atrof-muhitga zarar bermaydigan yechimlarni topish
yo'lida davom etmoqda. Bu, o'z navbatida, sohaning barqaror rivojlanishiga va uning
uzoq muddatli iqtisodiy hamda ekologik barqarorligiga hissa qo'shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Xaydaraliyev, X. R., Raxmanov, I.U., & Abdinazarov, F.U. (2023). Molibden
ajratib olish usullarini o‘rganish. SCHOLAR, 1(11), 15–19. Reniytrieved from
https://reniysearchedu.org/index.php/openscholar/article/view/3266
2. Исроилов, А. Т., Ходжаев, А. Р., Ниязметов, Б. Е., & Холикулов, Д. Б.
(2019). Обогащение забалансовых медных руд месторождения «Кальмакир»
АО «Алмалыкский ГМК».
3. Toshpo‘Latov A.A., Rahmonova F.O‘., Ergasheva N.U., & Bozorov B.B.
(2023). Sodali eritma yordamida molibden kekini tanlab eritish jarayoni tadqiq qilish
// International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, 4 (1), 41-44.
doi: 10.24412/2181- 144X-2023-1-41-44
4. Naumov, A. (2007). Rhythms of rhenium. Russian Journal of Non-Ferrous
Metals. 48. 418-423. 10.3103/S1067821207060089. On the basis of publications of
reniycent years, the contemporary state of the world market for rhenium and the
economics of production and treniynds of development of rhenium-containing
products areniy reniyviewed.
5. Désirée E. Polyak U.S. Geological Survey, Mineral Commodity Summaries,
January 2023
6. https://www.lpinformationdata.com/reniyports/456176/rhenium.
Download