Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash Reja: Kirish I.Bob.Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari 1.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish 1.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. II.Bob. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash 2.1 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. 2.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’lim tizimi sifatini yuqori saviyaga olib chiqishni talab etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida “Informatika” fani o‘qituvchisi faqatgina fan o‘qituvchisi emas, balki ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Axborot hajmining keskin kengayib borayotganligi o‘quvchilar chun ham, pedagoglar uchun ham fanni o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. “Informatika” ta’limi jarayonida turli-tuman pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijaga erishish uchun o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatini oldindan loyihalashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda biz informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini bir butun model ko‘rinishiga keltirib oldik. Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib (ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва ҳ.к.), qo‘llanmada bu texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan. Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib ochib berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar jamoasi, ilmiy tadqiqotchilar, magistr va bakalavrlar uchun zarur manba bo‘lib hisoblanadi. I.Bob.Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari 1.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir . So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin. Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari. To‘garak ishlarini tashkil etish; Soha fidoiylari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar; Bahs munozara kechasini tashkil etish; Iqtidorli bolalar bilan ishlash; Викторина кечалари; “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kechasini tashkil etish“. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir. Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi. To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir . 1.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin. To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin. To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi; to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi; to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi; to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi; yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz. 1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak: kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor; kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada; matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi; prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish; rasm chizish, uni tahrirlash Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash. “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar: kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi; office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi; PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi; MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi; Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k. “Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari [42]: a) ta’limiy maqsad: “Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish; axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish; kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish; o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish. b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda tashkilotchilik, ozodalik, intizomni; kichik guruhlarda ishlash, o‘zaro aloqada bo‘lish, muloqot qilish madaniyatini; ta’lim muassasasi mulkidan ehtiyot bo‘lib foydalanish; sog‘lom turmush tarzi bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish. v) rivojlantiruvchi maqsad; o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani yechishda ijodiy va oqilona yondashuvni, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, asbtrakt va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 1. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichida to‘garak mazmunini belgilaydi, qatnashchilarni tanlaydi, to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi, e’lonlar doskasiga osadi. 2. To‘garak mazmunini belgilab olish uchun to‘garakning o‘qitilishi lozim bo‘lgan mavzulari tematik rejalashtiriladi. Haftasiga bir soatdan yil davomida 36 soat (17.1-jadval). “Yosh informatik” to‘garagi mazmuni na Mashg‘ulot mavzusi Bo‘limning mazmuni vvaqt SSa t.r (17.1-jadval). 1. Kirish. To‘garak haqida To‘garakda o‘rganiladigan ma’lumot, texnika xavfsizligi 1 mavzular, adabiyotlar, qoidalari, kompyuternirng asosiy texnika xavfsizligi qoidalari va qo‘shimcha qurilmalari. bilan tanishtirish, kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha ishlash qurilmalari jarayoni bilan tanishtirish Raint grafik muharriri 2. Raint grafik muharriri bilan tanishish, dasturning 2 dasturiy ta’minoti, dasturga oyna tuzilishi, asboblar paneli 3. kirish, Ranglar palitrasi, to‘g‘ri va siniq 1 Geometrik shakllar yordamida 1 Grafik muharririda matnlar bilan 1 8. to‘g‘ri chizmalarni ranglash ishlarni bajarish. matnlarni kiritish, matnlarni tahrirlash, matn ranglarini o‘zgartirish. ishlash Grafik siniq, Chizmalarga murakkab shakllarni yaratish 7. ranglarni chizish, ularni tahrishlash, tahrirlash. 6. o‘zgartirish, murakkab Geometrik figuralarni chizish, 1 5. chiqish, chiziqlar geometrik figuralar chiziqlarni chizish 4. Raint grafik muharririning muhurririda “O‘z 2 “Mening oilam”, “Bizning ijodingizni qo‘rsating”, ixtiyoriy hovli”, “Bizning qishloq” va ijodiy ish. hokazo nomdagi rasmlarni Bajarilgan ishlarni namoyish 1 etish. chizish. Ushbu dasturda bajarilgan ish bo‘yicha taqdimot qilish. Word matn muharririda ishlash 9. Word matn muharriri, uning menyusi bilan tanishish 2 Word matn muharriri dasturi haqida tushunchalar 10. Word matn muharriri matn terish, 1 matnni tahrirlash 11. bilan, Word matn muharriri jadval bilan 1 Word matn muharriri WordArtda 1 Word matn muharririda rasm, figura va diagrammalar 1 matn matn muharririda sahifani 1 muharririda formulalar 1 1 matn muharririda giper 1 murojaatlar hosil qilish matn 19. muharririda qidirish 1 qo‘yish, dasturi ishi bilan tanishish, turli yozuvlarni Matnda rasm, diagramma, betlash, matn qismlarini formulalar tushirish, ularni Matnga turli simvollar tushirish, simvollarni tahrirlash, gipermurojaatlar o‘rnatish. “Nayti”, almashtirish “zamenit” Katta hajmdagi mantlardan ishini amalga oshirish kerakli Faylni ko‘chirish, o‘chirish, nomini o‘zgartirish, .rtf, 1 Word matn so‘zlarni almashtirish. muharirida muharririni 1 fayllarni Word matn Matn saqlangan .rtf, ko‘rinishlarida yakunlovchi dars qidirib topish, bir so‘zni boshqa so‘z bilan .pdf shakllariga o‘tkazish 20 jadval tahrirlash. ishlash 18. Matnda belgilab, tahrirlash, matnda matn muharririda simvollar bilan 17. tanishish, figuralar tushirish, sahifalarni bilan ishlash 16. uning bajarish. betlash, o‘chirish ko‘chirish 15. vazifalari bilan unda bilan ishlash 14. va jadvalni tahrirlash, WordArt ishlash 13. menyu matn terish ishini bajarish. ishlash 12. olish, dastur oynasi qismlari .pdf o‘tkazish. muharririda o‘rganilganlarni xulosalash. Power Pointda prezentatsiyalar yaratish 21. Power tanishish Point dasturi bilan 2 22. Slaydlar yaratish, slayd fonida 1 turli shablonlardan foydalanish 23. Slaydda rasm va boshqa bezash tushunchalar 1 Obyektlarga olish, dastur oynasi qismlari bilan, menyu va uning vazifalari bilan usullaridan foydalanish 24. Power Point dasturi haqida animatsiya 1 effektlarini qo‘llash tanishish, Yangi slaydlar hosil qilish, slayd fonida turli 25. Slaydda musiqa joylashtirish 1 shablonlardan 26. Slaydda 1 Slaydda rasm va boshqa gipermurojaatlarni foydalanish, bezash joylashtirish usullaridan 27. Slaydda jadvaldan foydalanish. 1 foydalanish, slayd 28. Slaydda formula va simvollardan 1 obyektlariga animatsiya effektlarini qo‘llash, slaydda foydalanish. 29. Slaydda figura, diagrammalardan 1 gipermurojaatlarni foydalanish. 30. Prezentatsiyalarni ochish, 1 slaydda jo‘natish. Prezentatsiya joylashtirish, taqdimotini 1 simvollardan formula 1 ochish, yopish, bosmalash, saqlash va jo‘natish, hosil qilingin Power Point bo‘yicha yakuniy prezentatsiyalarni dars taqdimotini o‘tkazish, o‘tilganlarni xulosalash. Jami 35s 3. O’qituvchisi to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi. Masalan, a) Yoqubova Sarvinoz 9-B sinf; b) Ochilova Dilorom 9-A sinf; c) Hamrayeva Gulira’no 9-A sinf va h.k. va foydalanish. Prezentatsiyalarni o‘tkazish. 32 slaydda jadvaldan foydalanish, yopish, bosmalash, saqlash va 31. musiqa joylashtirish, slaydda 4. To‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; To‘garak har haftaning payshanba kuni soat 2.30 da boshlanadi. to‘garak ishini har 5. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichida haftaning belgilangan kunida, ishlab chiqilgan mazmunga asosan olib boriladi 6. To‘garak a’zolari uchun jurnal ochib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi (17.2-jadval). To‘garak jurnali namunasi. To‘garak a’zolari № ro‘yxati kun T 1. oy (17.2-jadval) sSan To ‘g ara k ma v zula ri a Yoqubova 7 Kirish. Sarvinoz 5.09 To‘garak haqida ma ’lumot, texnika xavfsizligi qoidalari, 2. Ochilova 112. Dilorom 09 Kompyuternirn g asosiy va qo‘shimcha qurilmalari. 7. Yakunlovchi bosqichda to‘garak faoliyati haqida hisobot tayyorlaydi. Yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. Hisobotda to‘garak qachondan ish boshlagani, maqsadi, mazmuni, qatnashchilari, ularning baholari, to‘garakni ish faoliyati, ish faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklar, umumiy xulosalar o‘z aksini topishi lozim. Amaliy ishlarni bajarishda o‘quvchilarga ijodiy yondashishi uchun sharoit yaratish, to‘garakda ijodiy muhitni shakllantirish, har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari va fazilatlarini ochishga ёрдам бериш ва уларни vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish uchun yo‘naltirishga erishish muhim ahamiyatga ega. 8. Xulosa va tavsiyalar berish bosqichida o‘qituvchi olib borilgan to‘garak ishini yutuqlari, kamchiliklari, kelajakda qo‘shimcha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab oladi va kerak bo‘lganda tavsiyalar beradi. Ba’zida to‘garaklar a’zolari va rahbari hamkorligida “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kabi kechalar tashkil etiladi. Bahs munozara kechasini loyihalashtirish. Bahs munozara kechalarini tashkil etish barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Merriam Vebster lug‘atida bahs-munozara(debat) biror mavzu yuzasidan ma’lum qoidaga muvofiq “so‘z va dalillar raqobati”, rasmiy muhokamadir [97]. G‘arb olimi M.Zaleski fikriga ko‘ra bahs munozara (debat) berilgan topshiriq, mavzu yuzasidan ikki qarama-qarshi guruhning o‘z qarashlari, fikriga ishontira olish musobaqasi, o‘yinidir. Bahs munozaraning natijasi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi [67]. Asosiy e’tibor dalillarni chiroyli, rivojlangan nutq orqali ishonchli bayon etishga qaratiladi. M.Zaleskidan farqli ravishda rus olimi YE.I.Passov bahs munozara o‘yin bo‘lmasdan, halollik, raqibni hurmat qilish, yutqazuvchi tomonlar mavjud bo‘lmaganlik qonuniyatiga asoslangan munozara, fikr almashinuvi deb baholaydi. Ikki jamoa, guruh mavzu yuzasidan o‘z dalillarini to‘plangan ishonchli ma’lumotlariga asoslanib ekspertlarga bayon etadilar [73]. Informatika o‘qituvchisi bahs munozarani loyihalashtirishi uchun quyidagilarni amalga oshiradi. 1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; O‘qituvchi mavzuni tanlaydi, guruhlarni shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi. 2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollarni tayyorlaydi. 3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. Ma’qul topsa bo‘lsa, chetdan o‘qituvchilarni, o‘quvchi, talabalar, ota-onalarni taklif qiladi. 4. Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javoblar beriladi, qo‘shimchalar qilinadi. 5.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa qiladi: O‘qituvchi o‘zi uchun yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beradi. Yuqoridagi loyihalash bosqichiga asosan bahs munorzarani loyihasini tuzamiz. 1.Bahs munozara uchun mavzu tanlash. Har bir bahs munozara mavzusi biror yo‘nalishdagi jarayonni ifodalashi, dolzarb va bahsli, munozarali masala mavjud bo‘lishi. Vaqt cheraralanganligini hisobga olib, mavzu keng qamrovli bo‘lmasligi, jarangdor bo‘lishi kerak. Masalan, O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak: tarafdorlar va qarshilar. “Internet-bolalar-ota-ona” muammosi yechiladimi? Internet global yaxshilikmi? Internetdan foydalanish uchun chet tilini bilish kerak: tasdiqlovchilar va qarshilar va h.k. 2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar hisoblanadilar. Guruhdan so‘zga chiquvchilar va vaqtni belgilash. Guruhlar shakllanganidan so‘ng, guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar qancha qancha vaqt davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi. E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini hisobga olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga chiqariladi. Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga, guruhlarga tarqatiladi 1. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, yig‘ilgan materialni vaqtga moslab, reja asosida nutqni yozadi, uni so‘zga chiquvchilarga taqsimlaydi. Masalan, “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”: tarafdorlar va qarshilar” mavzusi yuzasidan 1-guruh- “Tarafdorlar” guruhidan Botirov O‘lmas “Internet salbiy jiqatlari” rejasida chiqish qilib, internet keng o‘quvchilar ommasiga kirib kelayotganligi bugungi kunda uning o‘quvchilar hayotida salbiy tomonlari ko‘pligini hisobga olib “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligiga ishontirishga harakat qiladi. Uning fikr mulohazalarini yoqlab Alimov Faxriddin, o‘quvchilar internetdan emas, ko‘proq kitoblar, darsliklardan foydalanib bilim olishlari ularning shaxsiy hayotlarini rivojlantirishiga hissa qo‘shishini takidlaydi, misollar keltiradi. “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi 2- “Qarshilar”guruhdan Samiyeva Nargiza “Internetning ijobiy tomonlari” rejasi bo‘yicha chiqish qilib, o‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak emas, ular ixtiyoriy vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yib berishni yoqlab chiqadi. Shu guruhdan Abdiyeva Salima “O‘quvchilarning internetdan foydalanib erishayotgan yutuqlari” rejasida chiroyli, tizimli nutki bilan chiqish qilib, internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak emasligiga bahs munozara qatnashchilarini, ekspertlarni o‘z fikr mulohazalariga ishontirishga harakat qiladi. Ularning nutqi bir necha bor mashq qildiriladi. 1. Har bir guruhdan “Tarafdorlar” va “Qarshilar” ning qo‘shimcha fikr mulohazalari tinglanadi. 2. O‘qituvchi ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollar ro‘yxatini tayyorlaydilar: 3. Siz bilim olishda ko‘proq internetdan foydalanisizmi, kitoblardanmi? 4. Internetdan butunlay foydalanish kerak emas deb o‘ylaysizmi? 5. Internetdan foydalanuvchilarning barchasi yomon yo‘lga kirib ketishyaptimi? 6. “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, zulmat izlaganga, zulmatdir dunyo” maqolini qanday tushunasiz? 7. Internet-qo‘shtirnoqsiz yoziladigan mo‘jiza-hikmatli so‘ziga sizning fikringiz va h.k. 5. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bahs munozaraning texnologik xaritasi tayyorlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini amalga oshirish jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Bahs munozaraning loyihasini namunaviy ko‘rinishquyidagicha bo‘lishi mumkin (17.3-jadval). Bahs munozaraning loyihasi. (17.3-jadval) Loyiha Jarayonning borishi bosqichi O‘qituvchi faoliyati 1-bosqich Mavzuni O‘quvchi faoliyati tanlaydi, guruhlarni Guruhni shakllantirishga Tayyorgarlik shakllantiradi, so‘zga ishtirok etadi. (izlanish) chiquvchilarni bosqichi va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi. 2-bosqich O‘quvchilar Loyihani mavzu bilan bo‘yicha birgalikda O‘qituvchi bilan birgalikda materiallarni mavzu bo‘yicha materiallarni tayyorlash yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga yig‘adi, nutqni yozib oladi, (konstruk- chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq so‘zga chiqishga, torlik) qildiradi, ekspertlar tomonidan javob berishga bosqichi beriladigan namunaviy savollarni nutqni mashq qiladi. savollarga tayyorlanadi, tayyorlaydi. 3-bosqich Bahs munozarani o‘tkazadi. Loyihani Kirish so‘zi (10minut): Internet internetdan foydalanishni bajarish, haqida umumiy fikrlar beradi. ta’qiqlash kerak”ligi, amalga Guruhlarni tanishtiradi, maqsadni “Tarafdorlar”ining 1-guruh“O‘quvchilarga so‘zga va kutiladigan natijalarni e’lon chiqishi (2 ta reja-20 minut) oshirish qilib, Guruhni bahs munozaraga bosqichi; chorlaydi. 2-guruh Boshqaruvchanlikni so‘zga qo‘ldan bermaydi. “Qarshilar”ning chiqishi (2ta reja- 20minut). O‘zaro bahsli savol-javob (20 minut) Ekspertlarning xulosasi, baholash (10 minut). 4-bosqich Bahs munozaraga qatnashganlarni Yakunlovchi rag‘batlantiradi, bosqich; savollarni umumlashtirib javob ochiq qolgan Tushunmovchilik bo‘lsa, savol beradi, tinglaydi. beradi, qo‘shimchalar qilinadi (10 minut) 5-bosqich Xulosa O‘qituvchi o‘zi uchun o‘tkazilgan (O‘quvchi ishtiroki yo‘q) va bahs munozara haqida xulosa tavsiyalar qiladi: yutuq va kamchiliklarni berish belgilab bosqichi; ko‘paytirish, oladi. Yutuqlarni kamchiliklarni (Jami 80-90 minut) bartaraf etish uchun tavsiya ishlab chiqadi. Bahs munozarada qatnashchilarini quyidagilarga e’tiborga berishlari hisobga olinadi: O‘rganilgan bilimlardan samarali foydalanilganlik; Munozarada chuqur tahliliy yondashuvning mavjudligi; Nutqning tizimli, tiniq, ravon va ishonli ifodalanganligi; Nutqda tajovuzning, qo‘pollik mavjud emasligi. Bahs munozaradan darsdan tashqari vaqtda va dars jarayonida ham foydalanish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi dars jarayonidagi bahs munozaraning loyihasini tayyorlash va uning asosida darsni tashkil etishi lozim. Bahs munozaralarni tashkil etish o‘quvchilarda informatikaga oid nutqni rivojlantirishga, tizimli so‘zlashga, o‘z fikr-mulohazalarini erkin ayta olishga, muloqotga kirishish, savol berish, berilgan savolga javob topishga o‘rgatishi bilan, o‘rganiladigan fanga qiziqtirish ortishiga olib keladi. Shuningdek, bahs munozaraga kirishish mantiqiy, kommunikativ aloqani rivojlantirishga tezda reaksiya(har qanday ta’sirga javob qaytarish)ga kirisha olishga o‘rgatadi. Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim. Informatika o‘qituvchisi soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha ish yuritadi: Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k. Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz ona Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, “Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, “Mehnat baxt keltirar” va h.k. Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi. Masalan [42]: nega siz shu kasbni tanlagansiz? kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan? ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi? siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz? farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi? biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo. II.Bob. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash 2.1 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir. Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi. To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir [42]. O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin. To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin. To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi; to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi; to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi; to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi; yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak: kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor; kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada; matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi; prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish; rasm chizish, uni tahrirlash Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash. “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar: kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi; office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi; PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slaydshou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi; MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi; Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k. “Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari [42]: a) ta’limiy maqsad: “Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish; axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish; kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish; o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish. 2.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish Ishdan maqsad: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan va maktabdan tashqari uchrashuvlar, mashg‘ulotlar: musobaqalar, to‘garaklar, olimpiadalar, kechalar, “Bilimlar olimlar bellashuvi” bilan tanlovi, viktorinalar, ekskursiyalarni tashkil qilish metodikasi. Vertual tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar vazifalarini tashkil etish prinsiplari. Kompьyuterning paydo bo‘lishi informatika mashg‘ulotlarga keng imkoniyat ochadi, bo‘yicha o‘quvchilarni darsdan tashqari qobiliyatlarining rivojlantirishga imkon beradi va quyidagi maqsadlariga o‘z oldiga qo‘yadi: - hayotiy va mehnat faoliyatiga tayorlash; - aniq ilmiy sohada faoliyat va fikrlashning asosiy uslublarini o‘zlashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni belgilashda ularning foydali uslubini ishlab chiqish uchun darsni tashkil etish va boshqa turlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir umumiy talablar mavjud. SHuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ixtiyoriy darslarini tashkil etish shakllari va uslublari mazmunidagi izchillik informatikani o‘qitish maqsadlari, o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash orqali belgilanishi kerak. YUqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsad va vazifalarini e’tiborga olib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etishga xarakterli bo‘lgan uslubiy va maxsus prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda tarixiy materialdan foydalanish prinsipilari umumta’lim maktabida yaxshi qabul qilinadi. Tarixiy material yaxshi esda qoladi; informatika rivojlanish tarixi asosiy fikr va uslublarining shakllanishiga xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi kuchini ko‘rishga, insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning dunyo qarashi va ilmiy fikrlashining shakllanishiga yordam beradi. Informatika va axborot texnologiyalari darslarida tarixiy materiallardan foydalanishning bir necha turlarini keltiramiz. 1. Informatika va axborot texnologiyalari tarixiga epizodik ekskursiya: birinchi uslublar, tarixiy vazifalar va ularni EHM yordamida echish uslublari. 2. Informatika va axborot texnologiyalari va kibernetika sohasidagi taniqli olimlarning hayoti va ijodini ko‘rib chiqish. 3. Aniq davrda olingan natijalarni ko‘rib chiqish. (yangi turdagi kompьyuterning paydo bo‘lishi, yangi dasturiy atamaning paydo bo‘lishi va boshqalar.) 4. Informatika va axborot texnologiyalari, kibernetika va dasturlash haqida fikrlar, hamda informatika va dasturlash sohasidagi buyuk olimlar fikri. O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish uchun qadimgi SHarq buyuk olimlarining ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (al Xorazmiy; al Beruniy). O‘zbekistonda kibernetikaning rivojlanishini o‘quvchilar qiziqib eshitadilar. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni echish, loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish uchun EHMdan foydalanishdan iborat. Bunday vazifalarni echish va dasturlash tilida dastur yozish o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini oshiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga: - to‘garaklar, - disputlar, - konkurslar, - kechalar, - leksiyalar, - devoriy gazetalar kiridi. To‘garak. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garak bu faol va natijaviy darsdan tashqari mashg‘ulotlardan biri. To‘garak asosida ixtiyoriylik prinsipi yotadi. Ekskursiyalar. O‘quvchilar o‘quvchilarni maktab ekskursiyalarga matbuoti bilan juda qiziqadilar. tarbiyalash Ma’lumki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi. U maktab gazetalari mazmuni va o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. O‘quvchilar EHM yordamida mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni tekst va grafik redaktorlari bilan ishlashga o‘rgatish kerak. Kecha va konkurslar o‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uig‘otadi. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha konkurs sifatida: - “Nima?, Qaerda?, Qachon?”, - “Kompьyuter o‘yini musobaqasi” o‘yinlarini tashkil qilish zarur. Hozirgi kunda qaysi sohani olmaylik, barchasida yangi zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda. SHu maqsadda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanining o‘qitilishi hozirgi kunda asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishib kompьyuterlar bilan minimal darajada ishlashni o‘rganish va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Sinfdan tashqari ishlar o‘tkazilganda nafaqat o‘quvchilar bilan balki ularni hozirgi kunda kompьyuterlarning hayotimizdagi o‘rni zamonaviy axborot texnologiyalari haqida tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, fikrlash madaniyatini tarbiyalash, kompьyuter savodxonligini oshirish ko‘zda tutiladi. Informatika va axborot texnologiyalari to‘garagi har bir maktabda tashkil etilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biridir. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni informatika va axborot texnologiyalari faniga qiziqishini oshirish bilan birga to‘garakda shu maktabda mavjud bo‘lgan kompьyuter bilan uning imkoniyatlari va xalq ho‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan har xil dasturlar bilan yaqindan tanishadilar. To‘garakka informatika faniga qiziquvchi o‘quvchilar qabul qilinadi. To‘garak a’zolari 10-12 tadan oshmasligi lozim. To‘garakka yuqori sinf o‘quvchilaridan ham, o‘rta sinf o‘quvchilaridan ham olish mumkin. To‘garak haftasiga 2 martadan darsdan keyin bir-ikki soat o‘tkazish mumkin. Bu to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish va informatikaning asosiy tushunchalarini chuqur o‘rganishni ta’minlaydi. O‘quvchilar dunyoqarashini ilg‘or zamonaviy dasturiy va amaliy vositalar yo‘nalishida shakllantiradi. Mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi. To‘garakning asosiy yo‘nalishi – o‘quvchilarni yangi kompьyuter texnologiyasi bilan tanishtirish, ularga hozirgi paytda foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish, keng tarqalgan dasturlash tillaridan birida ishlashni o‘rganish. To‘garak a’zolari bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quvchilar bellashuvining tashkil qilinishi bo‘yicha qisqacha na’muna keltirib o‘tamiz. Bellashuv ikki guruh orasida tashkil etiladi. Har bir guruhdan 6-8 ta o‘quvchi ishtirok etishi mumkin. Tashkiliy qism: Saxna bezatish. Informatika o‘tkaziladigan sahna talabga javob bera oladigan qilib bezatilishi, ya’ni uning devorlariga to‘garak a’zolari tayorlagan turli xil kompьyuter olamiga ta’luqli devoriy gazetalar(turli bosh qotirmalar, rebuslar, topishmoqlar bo‘lishi mumkin). Kecha uchun maxsus «Robotlar olamida» deb yoki «XXI – asr Informatika va axborot texnologiyalari asri» degan ko‘rgazma tashkil etilsa va bu ko‘rgazmada har xil kompьyuter modellari robotlar umuman zamonaviy axborotlar texnologiyalari bilan modellari o‘quvchilar tomonidan yasalishi mumkin. YUqorida aytilganlarning hammasi kechalar o‘tkazishning birinchi qismiga doirdir. 1-shart: «XXI – asr-kompьyuter asriga olg‘a» Bunda guruh ishtirokchi o‘zlarining XXI –asr kompьyuterlar va robotlar haqida ta’savvurlarini sahna ko‘rinishda yaratishadi. Ular robotlar kiyimida bo‘lishadi. Ularning chiqishlarini qiziqarli qilish guruh sardorlari va rahbarlarining mahoratiga bog‘liq. 1-shart «5» ballik tizimda baholanadi. 2-shart: «Bir lahzalik» savol-javob. Bu shartda kechani olib boruvchi guruhlarga navbatma-navbat savol beradi. Savollarga javob berish vaqti, savollar soni va to‘g‘ri javoblarni hay’at a’zolari hisoblab borishadilar. Har bir to‘g‘ri javob «1» ball bilan baholanadi 3-shart: «Informatikaga doir atamalarni bilasizmi ?» Bu shartda oldindan tuzilgan bosh qotirma yoki rebuslarni har bir guruhga berib ularga vaqt beriladi. Guruh a’zolari birgalashib bu bosh qotirmani echish mumkin. Vaqt tugagandan so‘ng hay’at a’zolari tekshirib, guruhlarga har bir atama uchun «1» balldan qo‘yishadi. 4-shart: «Guruh sardorlari bellashuvi» Bu shartda guruh sardorlariga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 3 tadan fanga doir savollar beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun «5» ball qo‘yiladi. 5-shart: «YOsh dasturchi» Bu shartda har bir guruh biror dasturlash tilida oldindan tayyorlab kelgan dasturlarini namoyish etilib, dasturchi tomonidan izohlanadi. Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi Kecha yakunida har ikala guruh ham sahnaga taklif qilinadi. Guruhlarning kecha davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklariga qisqacha izoh berilib, umumiy ballar va g‘olib guruh e’lon qilinadi. Malaka oshirish ta’limi jarayonida axborot texnologiyalari fanini o‘qitilishida darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etish va musobaqalar uyushtirish. Ta’lim jarayonining jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda asosiy tarmoqlardan biri bo‘lgan axborot texnologiyalarining taraqqiyotimizdagi o‘rni beqiyosdir. Dars jarayonining oxirgi haftasi biror kunida beshala guruh o‘rtasida intellektual musobaqa uyushtirilishi va musobaqa shartlari to‘liq yozilishi kerak bo‘ladi. Musobaqa shartlarini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi: 1- shart. “Har bir guruh o‘zlarini tanishtirishi”. SHartni bajarish uchun 510 daqiqa vaqt beriladi. Bunga ko‘ra sahnada har bir guruh o‘zlarini tanishtirishi, o‘zlariga axborot texnologiyalari muhim atamalariga oid nom berishi va o‘z nomlarni to‘liq izohlab berish talab etiladi (Masalan, “Operatsion sistema-Windows”, “Internet”, “Kompьyuter tarmoqlari”, “Dasturlash asoslari - Pascal, S+, Delphi va h.k.”, “Kompьyuter qurilmalari – Monitor, vinchestr, skaner va h.k. ” guruhlarga nom berish mumkin). 2-shart. “Axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o‘rni” mavzusida sahna ko‘rinishi tashkil etish. SHartni bajarish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi. Bunda jamiyatning biror sohasida kompьyuter qurilmasidan maksimal foydalnish va siz bajarayotgan ishning samarasi pastligini ko‘rsatib berish talab qilininadi. 3-shart. “Siz dars jarayonida axborot texnologiyalaridan qanday foydalana olasiz” mavzusida erkin fikr bayon etish yoki sahna ko‘rinishida chiqarish. SHartni bajarish uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Bunda axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda darslarni tashkil etish, slaydlar yaratish, elektron darsliklardan foydalanish va boshqa kompьyuterdan dars jarayonida foydalanish haqida aniq fikrlar berish talab etiladi. 4-shart. “Oldindan tayyorlab qo‘yilgan konvertlardagi yashirin savollarni har bir guruhga navbatma-navbat olishi talab qilinadi”. SHartni bajarish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi. Konvertda 10 tadan axborot texnologiyalari va uning qurilmalariga oid savollar berilgan bo‘lib, savollarga aniq va to‘liq javob berish talab etiladi. 5-shart. “Kompьyuter qurilmalari maketini yasash va uning vazifasini izohlab berish”topshirig‘i beriladi. 2.1 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Ishdan maqsad: Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quvuslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va portallaridagi elektron resurslari tahlili. Iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilari. Iqtidor inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Psixologik lug‘atda – iqtidor tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: 1) iqtidor bu – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir; 2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar; 3) iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi; 4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining o‘ziga xosligi va ularning namoyon bo‘lishi darajalari; 5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi. Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash davomiy jarayon bo‘lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog‘liq. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlar bellashuvi umumta’lim maktablarining 8-sinfida o‘tkaziladi. Barcha bosqichlarda amaliy ish va test topshirig‘i buyicha o‘tadi. Mavzular 7-8 sinflarda Informatika va axborot texnologiyalari fanining optimallashtirilgan o‘quv dasturi buyicha shu kunga qadar o‘rganilgan mavzulari asosida tanlanadi, har biri to‘g‘ri bajarilgan topshiriq 8 balldan, jami 40 ball bilan baholanadi va uni bajarish uchun 120 minut vaqt ajratiladi. Ushbu turda 5 ta masalaning echimini ko‘rsatish uchun o‘quvchi tomonidan ofis dasturlari yoki grafik muxarrirlar yordamida kompьyuterdan amaliy foydalanilishiga imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi shart. Topshiriqlarni tuzishda mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan iborat bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim. O‘quvchi tomonidan savollar tanlanadi va har bir amaliy ish kompьyuter yordamida amaliy bajariladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 8-sinflar uchun amaliy ish topshiriqlarini baholash mezonlari Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish mezonlari Ishdan maqsad: Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatishdan ko‘zlangan maqsadlar. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo‘yilgan talablar Darsni tahlil qilish usullari. Darsni kuzatish va uni tahlil etish o‘qituvchining umumiy tayyorgarlik belgilaridan biri sifatida. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat: O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi. O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi: Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish; O‘zi dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish; tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni qo‘llay bilish; ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali o‘z bilimini kengaytirish; kompьyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "Ziyonet" axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir. O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir. Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: 1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi. 2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi. 3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekt) tayyorlanadi. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. SHu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. CHunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. SHuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan: dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik; interfaol metodlardan samarasiz foydalanish; dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik; o‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik; o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik. o‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik; o‘qituvchi nutqining ravon, ta’sirchan emasligi; mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik; mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik; sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi; o‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar. Darslarni tahlil etish maqsadlari Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. SHundagina natijasi samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘qituvchiga amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi. Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi. SHu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi. Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi: ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash; o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish; ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish; o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi; o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish; dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarini o‘ziga xosligini e’tiborga olish; darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi. Dars - o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. SHunga ko‘ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Darsni kuzatishga tayyorgarlik. Darsning borishini kuzatish. O‘z-o‘zini tahlil qilishni ta’minlash. Dars tahlili va takliflar berish. Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik: dars kuzatishdan ko‘zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish; kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish; dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash; kerakli materiallarni tayyorlash; o‘qituvchi bilan suhbatlashish. 2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: o‘quv fani va mavzuning o‘ziga xos tomonlari, o‘quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to‘g‘ri va asosli qo‘yilganligi; o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o‘rnini hisobga olgan holda maqsad qo‘yilishining to‘g‘riligi va asoslanganligi; dars asosiy g‘oyasining to‘g‘ri qo‘yilishi va o‘quvchilarga maqsadning etkazilishi, maqsadga erishish darajasi. 3. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda: dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;. darsning turi, strukturasining puxta o‘ylanganligi; dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog‘liqligi; dars bosqichlari uchun vaqtning to‘g‘ri taqsimlanganligi; o‘qitish shakllarining to‘g‘ri tanlanganligi; dars rejasining mavjudligi va uning o‘qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish; dars jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish. 4. Dars mazmunini tahlil qilishda. dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi; materiallarning ishonchliligi, to‘liqligi, tushunarliligi; bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi; darsning tarbiyaviy yo‘nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi; darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash; o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; yangi materialning asosiy g‘oyasini ajratish. YAngi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko‘rsatish. 5. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o‘quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi; o‘qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi; XULOSA Hozirgi paytda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayonini avtomatlashtirishning qulay vositalaridan biri kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Kompyuterlarning keng qo’llanilishi o’qituvchilar tomonidan metodik qo’llanmalarni tayyorlashdagi murakkabliklarni bartaraf qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi. Turli xil “elektron o’quv uslubiy majmualar”, metodik qo’llanmalarning kompyuterda taqdim etilishi ko’pgina afzalliklarga ega. Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Kasbiy pedogogik faoliyatiga kirish” fanidan elektron o’quv uslubiy majmua yaratishning barcha nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va quyidagi natijalar olindi: - o’quv-uslubiy majmuaning tuzilishi va asosiy xarakteristikalari o’rganildi; - o’quv moduli strukturasi tavsifi, o'quv-uslubiy majmua va kompyuterli o’qitish muhiti tahlil qilindi; - O'quv-uslubiy majmua va kompyuterli o’qitish muhiti tamoyillari o’rganildi; - Elektron o’quv uslubiy majmualar yaratish bosqichlari va tamoyillari o’rganildi; - “Kasbiy pedogogik faoliyatiga kirish” fanidan elektron o’quv uslubiy majmuaning tuzilishi ishlab chiqildi; - “Kasbiy pedogogik faoliyatiga kirish” fanidan elektron o’quv uslubiy majmua yaratildi; - elektron o’quv uslubiy majmuadan foydalanish uchun ko’rsatmalar ishlab chiqildi; Yaratilgan multimediali elektron o’quv uslubiy majmua mazkur fan bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’limga doir bilimlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari mazkur fan bo’yicha Davlat ta’lim standartlari me’yoriy hujjatlari va qo’shimcha ma’lumotlar ham o’rin olgan, talabalarning o’zlashtirish darajasini baholash uchun test o’tkazish vositasiga ega. - ADABIYOTLAR 1. Islom Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” Toshkent: O’zbekiston, 2009. -58 b. 2. Мархель И. И., Овакимян Ю. О. Комплексный подход к использованию технических средств обучения. М.: Высшая школа, 1987. 3. Савельев А. Я., Новиков В. А., Лобанов Ю. И. Подготовка информации для автоматизированных обучающих систем: Метод, пособие для преподавателей и студентов вузов/Под ред. А. Я. Савельева. М.: Высшая школа, 1986. 4. Глушаков С.В., Жакин И.А., Хачиров Т.С. "Программирование Web- страниц", Изд-во "Фолио", М:. 2003г. 5. Фленов М. Е. «Библия Delphi.» - СПб.: БХВ-Петербург, 2004. - 880 6. Гофман В.Э., Хомоненко А.Д. «Delphi 6». - СПб, БХВ-Санк- с. Петербург. 1152 с. 7. Фаронов В. В. «Delphi 2005. Разработка приложений для баз данных и Интернета». - СПб.: Питер, 2006. - 603 с. 8. Флёнов М. Е. «Delphi 2005. Секреты программирования». -СПб.: Питер, 2006. - 266 с. 9. Бурлаков М. В. Путеводитель по Adobe Photoshop CS2. — СПб.: БХВ- Петербург, 2005. - 688 с. А. Божко «Dreamweaver 4. Базовый курс». - Москва: «ДЕСС КОМ», 2001. 448 с. 10. Хомоненко А. Д., Хомоненко Н. А. «Самоучитель Microsoft Word 2003».- СПб.: БХВ-Петербург, 2004. - 672 с. 11. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. Под ред. Е.С. Полат. Изд. центр «Академия» Москва 2002 г. Г олиттт Л.В., Файзуллаева ДМ. Педагогик технологияларни